O’zbekiston tarixida Temuriylar davlatining tutgan o’rni
O’zbekiston tarixida Temuriylar davlatining tutgan o’rni . KIRISH …………………………………………………………………………………………..3 I BOB A.Temur va Temuriylar davlati tarixiga oid manbalar. 1.1 Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat va buyuk saltanatning tashkil etilishi………………………………………………………………..8 1.2 << Temur tuzuklari>> muhim tarixiy manba sifatida yoritilishi……………………………………………………………………………………………...14 1.3 A. Temur va Temuriylar davrida harbiy yurishlar va islohotlar………………………………………………………………………………………………17 II BOB Temuriylar renessansining tashkil topishi va asoslari . 2.1 A. Temur va Temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyoti …………27 2.2 Temuriylar davrida badiiy adabiyot ravnaqi ……………………..34 2.3 Temuriylar davrida me’morchilik ……………………………………………43 III BOB Xulosa……………………………………………………………………………..54 Foydalangan va manba adabiyotlar ro’yhati………………………60
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharofati bilan tariximizning ko’pdan-ko’p sahifalari, eng avvalo, Amir Temurning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni haqida Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, <<Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, fuqorolik ongini shakllantirmoqda>> 1 . Bobokalonimiz Amir Temur O’zbekiston tarixida kam uchraydigan buyuk davlat arbobi edi. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr boshida Movarounnahrda milliy birlikni yuzaga keltirgan mustaqil davlatga hamda temuriylar uyg’onish davriga asos solgan. O’rta asr madaniyati, ilm-fani, san’ati taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan , uning benazir homiysi bo’lib tanilgan bu ulug’ zitning muborak nomi har turli mafkuraviy ta’sirotlarga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga qaramay, asrlar osha avlodlarning faxri va iftixori bo’lib keldi. 1996-yil mamlakatimizda Amir Temur yili sifatida keng nishonlandi. Buning ta’siri ostida Temuriylarning O’zbekiston tarixida tutgan o’rni va uning dolzarb masalar bilan chambarchars bog’liqligi haqida bir qator masalalar ko’rib chiqildi. O’zbekiston tarixi va Temuriylar davlatida ilm-fan, badiiy adabiyot , davlat boshqaruv tizimi harbiy islohotlar va me’morchilik tizimi haqida bir qator omillarni keltirib o’tilgan edi. << Amir Temur va temuriylar >> mavzusida nemis va o’zbek olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy << Biz o’zbeklarni ulug’, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday,- deb ta’kidlaydi Sh. Mirziyoyev YUNESKOning Parijdagi qarorgohida so’zlagan nutqlarida ta’kidlab o’tdilarki, ijodkor, shaxs bo’lganini fan, madaniyatga homiylik qilib, O’zbekiston tarixi sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo’shganini olam ahliga bildirish edi… 3 ____________________________________ 1 И . Каримов . Узбекистон XXI аср бусагасида : хафсисликка тахдид баркарорлик шартлари ва тарракиет кафолатлари . Т ., << Узбекистон >> 1997, - Б . 140 2 Жураев Т . A мир Темур дахосининг тантанаси << Олти аср адолати >> Т ., << Узбекистон >>, 1998, - Б .94-95
Vatanimiz tarixida uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi Amir Temur va Temuriylar davriga to’g’ri keladi. Bu davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilaning uning biirgalikda uning ma’naviy - madaniy hayotining ham gurkirab rivojlanishiga, ilm-fan adabiyot, va san’at sohalarining o’sishiga bu soha olimlarining iste’dodli va ijodining kamol topishiga qulay shart- sharoitlar yaratildi. Bu o’rinda Amir Temur , Shohrux Mirzo, Ulug’bek, Boysunqur Mirzo, Sulton Husayn, kabi ulug’ siymolarning shaxsiy ibrati tahsinga loyiqdir. Shu bois ham Amir Temur davri madaniy hayot tarixini taqdid qilish tarixshunosligimizdagi dolzarb masalalardan biridir. Mana shundan kelib chiqib mazkur bitikuruv malakaviy ishimizda bu masalani yoritishini asosiy maqsad qilib oldik. Bituruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari . Mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, A. Temur va temuriylar davrida madaniy hayot tarixini milliy istiqlol mafkurasi, milliy g’oya ruhida tahlil qilish va nzariy xulosalar chiqarish taqdiqot maqsadini tashkil qiladi. Shu maqsadan kelib chiqib, tadqiqotga quyidagi vazifalar qo’yildi: - Amir Temur shaxsi va nasabiga doir ma’lumotlarni berish - Markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi jarayonini yoritish; - Amir Temur va Temuriylar davridagi madaniy hayot rivojini ochib berish - Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyoti va unga ta’sir o’tkazgan omillarni yoritib berish; - Temuriylar davri badiiy adabiyoti taraqqiyotini va bu davrda ijod qilgan olimu fuzalolar ilmiy merosini o’rganish - Temuriylar davrining 5 o’zgacha o’ziga xos jihatlari va buning o’zbekiston tarixida ajralmas qism sifatida ko’rib o’tilishi _____________________________________________ 4 I. Karimov . << Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q>> Toshkent << Sharq >> 1998, -B 15 5 Temur davlati tarixi B. Ahmedov T : 1998 b 126 -158 betlar
Mavzuning o’rganilish darajasi . Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston tarixida Amir Temur va temuriylar davlatining tutgan o’rni mavzusida shu paytga qadar bizlarga noma’lum bo’lgan tarixiy- ilmiy hamda badiiy asarlar, monografiyalar, risolalarni endilikda o’rganish imkoniga ega bo’ldik. Turli davrlarda yozilgan bu tadqiqotlarni biz bir xil tarzda qabul qila olmaymiz . shu bois ham biz ularni shartli ravishda bir necha guruhlarga bo’lib o’rganamiz. Birinchi guruhga o’z davrining tarixnavislik an’analariga rioya qilgan holatda yozilgan solnomalar mualliflari Nizomiddin Shomiy ( << Zafarnoma >>), G’iyosiddin Ali ( Temurning Hindistonga yurishi kundaligi ) Hofiz- Abru (<<Zubdat ut-tavorix >> - ya’ni <<Tarixlar sarasi>> , Abdurazzoq Samarqandiy (<< Matla us - Sa’dayn>> , Mirxond ( << Ravzat us -safo>>) , Xondamir (<<Xabib as -siyar>>), Muinidzin Notanziy (<< Muntaxab ut - tavorix -ya’ni – tarixlar saylanmasi) singari mahalliy tarixchi olimlarni kirgizisak bo’ladi. Bu Tarixchilar bevosita Amir Temur davrida yashab ijod etgan bo’lib, sodir bo’lgan tarixiy voqealarni o’z ko’zlarini bilan ko’rganlar, o’zlari ham ishtirok etganlar. Ikkinchi guruhga mansub mualliflar, bu turli -tuman mamlakat olimlari, adiblari bo’lib, ular Temur va uning avlodlari davrida yashab ijod etganlar. Ibn Arabshoh 6 Rui Gonsalesde Klavixo 7 va XVI asrdan to bugungi kungacha ijod qilib kelayotgan ijodkorlar bor. Forest (1543), Perodino (1553 ), Meksiya (1564), ning << Buyuk Temur kitobi >>, Silvestr De Sasi, Sharida, Elayes- Fermor, Mignapelli, Feridunbey va boshqalarning sohibqironga atab yozgan asarlari . Keyingi yillarda farang olimlari Lyusen Keren 8 , Jan Pol Ru, V. Furniyo ( Samarqand -1400-1500Temurlan poytaxti ; imperiya va uyg’onish yuragi. 1995) F. Bressand ( << Mo’jizakor Samarqand >>), amerikalik sharqshunoslar Betritsa Farbes Mane 9 , Jon Vuds va nemis olimi Genri Ryomerning asarlarida ham Amir Temur davlati va uning ichki siyosati doir ma’lumotlar berib o’tilgan. ______________________________________ 6 Ibn Arabshoh . << Amir Temur tarixi >>, ( Temur tarixida taqdir ajobiyotlari) T: Mehnat , 1991-1992. 7 Rui Gonsales de Klavixo << Samarqandga Temur saroyiga sayohat>> kundaligi ( 1403-1406) T: Adolat. 1998
8 L. Kren. << Temurlan yohud Temur xoqon salatanati Parij 1978: Muallif Temurlan davrida Samarqand yo’li . 1990 Uchinchi guruhga oid mualliflar, bu Rossiya mustamlakachiligi davrida ijod qilgan tarixchi olimlardan hisoblanar edilar. XIX asr birinchi yarmida Peterburgda xizmat qilgan fransuz olimlari M.SHarmua 9 , Moskva professori T.N.granovskiy (1813-1855) 10 kabi olimlar asarlarida Temurning istilochilik yurishlarining shafqatsizligini, shu bilan bir qatorda uning sarkarda va harbiy boshliq sifatidagi talantini jang vaqtida qo’shinlarni boshqarish sa’natining ustasi ekanligini tan oladilar. Temur istilochilik yurishlarining asosida << ma’lum bir iqtisoduy reja>> bor, ya’ni Yevropa- osiyo savdosiga karvon yo’llari ustidan to’liq nazorat o’rnatganligi haqida bir qator fikrlar yotar edi. Umuman Amir Temur va uning saltanati tarixiga qiziqish O’zbekiston tarixda va tarixnavisligida o’chmas iz qoldirgan desak bo’ladi. Sharq tillarida 900-ga yaqin bo’lsa, Yevropa tillarida 500-dan ziyod , tadqiqotlar namoyon bo’lar edi desak bo’ladi. Ulardan 300- dan ortiqrog’iga bag’ishlangan dastlabki ilmiy ko’rsatkich yaratildi 11 . O’zbekiston tarixida Temuriylar davlatining tutgan o’rni ijtimoiy -iqtisodiy - siyosiy jihatlarini o’z ichiga olgan holatda boyib borar edi. Temuriylar davlatining o’zbek davlatchiligidagi o’z o’rni tizimlari mamlakatdagi ichki va tashqi aloqalari haqida bir qator fikrlarni keltirib o’tishimiz joyimiz hisoblanadi. Amir Temur va Temuriylar tarafidan yozilgan ko’plab, asl va noyob asarlar ,o’rta asarlar yozma manbalari Sohibqiron davri haqida ayniqsa ichki siyosatiga doir ma’lumorlarni keltirib o’tar edi. Istiqlol yillarida buyuk amir Temur va uning saltanati tarixini o’rganishga doir ulkan ishlar amalga oshirildi. Amir Temur merosini o’rganishga doir bir qator adabiyotlar mavjud sanaladi . O’zbekiston tarixida Amir Temurning << Kuch _adolatdadir>> kabi so’zlari hali -hanuzgacha vatanparlik tuyg’usuni inson ongida payvand qila olar edi. Temur davlati o’zining harbiy jihatdan kuchli davlat ekanligi kuchli harbiy tayyorgarlil tashqi alioqa munosabatlarining kuchliligi o’ziga xoslik kabi jaroylar bilan bog’lab o’tiladi. Temur tarixi va uning dolzarblik jihatidan o’rganish tamoyillari bilan bir qator masalalarni bog’lab qiyoslab t akomillashtirib keladi. __________________________________________ 9 Mans Beatrise Fordes. The rise and rule of Tamerlan.- Gambridge, 1989, 228 p.1 Introduction.