logo

Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o’rni

Yuklangan vaqt:

15.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1661.5 KB
Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi
o’rni
R e j a :
I. Kirish:---------------------------------------------------------------------------3-5
II. Asosiy qism---------------------------------------------------------------------6-7
1.1. Amir Temur hayoti.  Xalqaro munosabatlar, diplomatiya 
       v a   tashqi sa v do -----------------------------------------------------------7-10
1.2. Misr  s ultonlari  b ilan  d iplomatik  m unosabatlar --------------10-23
1.3. X ito y  va  H indiston bilan munosabatla r------------------------23-25
1.4. Ye vropa mamlakatlari bilan diplomatik   munosabatlar ----26-28
  Xulosa--------------------------------------------------------------------------------29-31
  Foydalanilgan adabiyotlar-------------------------------------------------------32
2 Kirish
Jahon   tarixi   zamirida   ko’hna   sharq   tarixi   alohida   o’rin   egallaydi.
Ma’lumki, har bir davr o’zining tarixiy shaxslarini yaratgan va mazkur shaxslar
tarix silsilasini vujudga keltirganlar. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixini
o’rganishda   Temur   va   temuriylar   davrini   mufassal   o’rganmay   turib   bu
mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero Markaziy Osiyo xalqlari
tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy burilishlar davri bo’lgan. 
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati, ko’p asrlar davomida Sharqu
G’arb   davlatlariga   o’rnak   va   andaza   bo’ldi.   Uning   zamonida   madaniyat,   ilmu
fan,   me’morchilik,   tasviriy   san’at,   musiqa   sheriyat   beqiyos   rivoj   topdi.
Xalqimizning   ko’p   takomiliga   yetdi.   Amir   Temurning   madaniyat   va   din
ahillariga ko’rsatgan cheksiz muruvvati ayniqsa ibratlidir.
Uzoq   yillar   mobaynida   mustamlaka   iskanjasida   kun   kechirgan   xalqimiz
o’z   vatandoshini   qadrlash,   uning   tarixiy   mavqeyini   munosib   o’ringa     qo’yish
imkonidan   mahrum   edi.   Muhtaram   prezidentimiz   Toshkent     shahrida
sohibqiron     Amir     Temur   haykalining   ochilishiga   bag’ishlangan   tantanada
so’zlangan nutqda “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan
o’chirildi,   unutishga   mahkum   etildi.   Maqsad   xalqimizning   yuragidan   milliy
ong,   milliy   g’urur   tuyg’usini   yo’qotish,   uni   qaramlikka,   tobelikka   ko’ndirish
edi.   Lekin   o’zbek   xalqi   o’z   ajdodlarini,   o’z   bahodirlarini   unutmadi,   hamisha
yuragida, qalb to’rida saqladi 1
” deb faxr bilan aytib o’tgan edi.
Bizning   bugungi   asosiy   vazifamiz   shundan   iboratki,   asrlar   davomida
dunyoning   turli   mamlakatlarida   Amir   Temur   merosiga   boshlab   yirik   ilmiy
markazlarda   haqiqatgo’y   olimlar   tomonidan   yaratilgan   tadqiqotlarni   chuqur
o’rganishimiz,   manbalar   hamda   chet   el   tarixchilari   tamonidan   yaratilgan
1
Каримов   И.А.   ЭҲТИРОМ.     Тошкент   шаҳрида   соҳибқирон     Амир       Темур   ҳайкалининг   очилишига
бағишланган тантанада сўзланган нутқ, 1993 йил 31 август. Т: 1. Т., Б. 354-356.
3 kitoblarni   tarjima   qilishimiz,   xalqimizga,   kelgusi   avlodimizga   tarixni   xolis   va
haqqoniy   o’rgatuvchi   darsliklar   sifatida,   bizning   faxru   iftixorimiz   sifatida
taqdim qilishimiz kerak.
Darhaqiqat,   tarix   har   bir   mamlakatni   ko’zgusidir.   Bunda   xato   va
kamchiliklar,   yutuqlar   yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Tarixchi   Sharofiddin   Ali
Yazdiyning   tarix   faniga   bergan   ta’rifi   bir   muncha   diqqatga   sazovordir.   U
jumladan tarix fanini  sharafli va oliy martabali deb hisoblaydi.
Mavzuning   dolzarbligi:   sharq   sivilizasiyasi   uchoqlaridan   biri   bo’lgan
Turon zamin tarixining har  bir  davri  o’ziga xos  tarixiy taraqqiyotni  o’zida  aks
ettiradi.   Bu   tarixiy   taraqqiyot   silsilalarida   qanchadan-qancha   davlatlar   paydo
bo’lgan,   rivojlanib   yuksalgan   va   barham   topgan.   Shu   jumladan   O’zbekiston
tarixida   Amir   Temur   tomonidan   asos   solingan   Temuriylar   davlati   katta
ahamiyatga ega. Bu davrni manbalar asosida o’rganadigan bo’lsak, Mag’ribdan
Mashriqqacha bo’lgan hududida paydo bo’lgan imperiya jahon sivilizasiyasida
katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. 
Aynan   imperiya   asoschisi   Temur   o’zi   zabt   etgan     mamlakat   ilm   ahlini
poytaxt   shahar   Samarqand   atrofida   jamlagan.   O’rta   Osiyo   san’atining   ko’zga
ko’ringan   tadqiqotchilari   san’atshunos   fanlari   doktori   L.I.Rempel   va
G.A.Puganchenkovalar   har   tamonlama   olib   borilgan   tekshirishlar   natijasida
XIV   asr   oxiri   va   XV   asr   boshlarida   umuman   Movarounnahr   xususan
Samarqandda   yangicha   ilmiy   muhit   yuzaga   kelganligini   qayd   etadilar.
«Movarounnahr   O’rta   Osiyo   hamda   O’rta   va   Yaqin   Sharq   mamlakatlarining
rivojlangan badiiy tafakkurini o’zida ifodalagan edi 2
». 
Ilm   ahli,   shoirlar,   olimlar,   tarixchlar,   usta   me’morlarning   eng   sara
nomoyondalari «Sayqali ro’yi zamin»-Samarqandga yig’ildi.  
2
  Г.Л.Пугаченкова,    Л.И.Ремпель «История искусств Узбекистана с древнейших времен до середин 
двятнадцатого века». М., «Искус c тва» ,1965, 309.
4 Bugun   dunyoning   qariyb   50   mamlakatida   temurshunos   olimlar   faoliyat
ko’rsatmoqda.   Temur   va   temuriylar   davri   haqida   ko’plab   kitoblar   nashr
etilmoqda.
Akademik   V.V.   Bartoldning   xaqqoniy   ravishda   qayd   etishicha
Samarqand   Temurning   fikriga   ko’ra   dunyoning   eng   nomdor   shahri   bo’lishi
kerak   edi.   Samarqand   atrofida   qator   qishloqlar   bunyod   etilib,   musulmon
mamlakatlari   bosh   shaharlari:   Bag’dod,   Damashq,   Misr   (Kohira),   Sheroz,
Sultoniya nomlari berilganligi yuqoridagi fikrning ifodasi edi.
Temur  ulkan xududda temir intizom asosiga   tayanib o’z davlatini barpo
etdi va o’ziga xos ilmiy muhit yarata oldi. 
Shu   o’rinda   Amir   Temurning   yurtimiz   tarixida   tutgan   o’rni   qanchalik
yuqori   ekanligini   anglash   yosh   avlodlarni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalash
uchun   asos   bo’lib   xizmat   qilishi   lozim   deb   bilaman.   Bu   xususida   quyida   o’z
fikrimni bayon etdim.
                                                   Amir Temur
                                                  (1336-1405)
5     Amir   Temur   Kesh   (Shahrisabz)   shahri   yaqinida   Xo’jailg`or   qishlog`i
(Yakkabog` tufadni)da 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to`liq ismi
Amir   Temur   ibn   Amir   Tarag`ay   ibn   Amir   Barqul.   Amir   Temuming   onasi
Takina xotun  Kesh yurtining obro`li  beka   (bek og`o)laridan hisoblangan. Uning
otasi   Amir Tarag`ay   barlos urug`ining oqsoqollaridan bo`lib, ajdodlari Kesh va
Nasaf viloyatida o`z mulklariga ega bo`lgan va bu yurtda hokimlik qilgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to`lgach,
otasi uni o`qishga beradi.   Shayx Shamsiddin Kulol   Temurbekning piri bo`lgan.
U   yoshlik   chog`laridanoq   chavandozlik   va   ovga   ishqiboz   bo`lib,   kamondan
nishonga o`q uzish,  ot  choptirib turli  mashq  va harbiy o`yinlar  bilan mashg`ul
bo`lishni   yoqtirar   edi.   Shu   asnoda   Amir   Temur   tulporlarni   saralab     ajrata
oladigan   mohir   chavandoz   va   dovyurak   bahodir   sifatida   voyaga   yetadi.   Uning
atrofiga  bolalikdagi  do`stlari  va  maktabdoshlari   to`planishib,  birgalikda mashq
qilar,   musobaqalarda   ishtirok   etishar,   asta-sekin   navkar   bo`lishib,   harbiy
guruhga   birlashib   shakllana   borishardi.   Bu   guruh   orasida   Abbos   Bahodir,
Jahonshohbek,   Qimori   Inoq,   Sulaymonshohbek,   Sayfuddinbek   va   boshqalar
bo`lgan.   Keyinchalik   ular   Amir   Temurning   safdoshlariga   aylanib,   uning
qo`shinida   lashkarboshilik   darajasigacha   ko`tarilganlar.   1370-yilda
Samarqandni hokimyat poytaxti deb belgilaydi 3
.
Xalqaro munosabatlar, diplomatiya  v a tashqi sa v do
Qudratli   buyuk   davlat   barpo   qilgan   Amir   Tеmur   bunday   davlatning
iqtisodiy   jihatdan   ravnaq   topishini   g’alabalarga   olib   kеluvchi   harbiy   yurishlar
bilangina   ta'minlab   bo’lmasligini   yaxshi   his   etardi.   Movarounnahrning
markazida,   stratеgik   jihatdan   qulay   joylashgan   Samarqand   shahrini   poytaxt
sifatida tanlar ekan, u Buyuk Ipak yo’lida joylashgan, Uzoq Sharqni musulmon
dunyosi   hamda   Еvropa   bilan   bog’lovchi   bu   shahar   ulug’vor   inshootlari,
dabdabali   saroylari,   saroy   ahlining   tantanavor   kiyimlari   bilan   mеhmonlarni
3
 Ma’naviyat yulduzlari “o’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2011-yil.  158-bet
6 hayratga   solishi   lozim,   dеb   hisoblardi.   Bundan   tashqari,   Samarqand   azaldan
ilm-fan   va   ma'rifat   markazi   bo’lib   kеlgandi.   Mo’g’ullar   davrida   shaharning
ilmiy   va   madaniy   an'analari   buzilgandi.   Shu   bois   hukmdor   shaharning   o’sha
an'analarini qayta tiklash orqali yuqorida ko’zlagan maqsadiga erishishga jazm
qildi.
Bunga   Movarounnahrni   iqtisodiy   va   siyosiy   hayot   markaziga
aylantiribgina erishish mumkin edi. Buning uchun esa G’arb mamlakatlari bilan
Xitoy   o’rtasida   o’tmishda   mavjud   bo’lgan   asosiy   karvon   yo’llarini   tiklash   va
jonlantirish zarur edi 4
.
Egеy   va   O’rta   dеngiz   sohillaridan   to   Xitoy   chеgaralarigacha,   Dashti
Qipchoqdan Arabiston dеngizigacha bo’lgan oraliqda ulkan saltanat barpo etib,
Sohibqiron,   avvalo   Buyuk   Ipak   yo’lining   karvon   so’qmoqlarini   bosqinchilar
hujumidan muhofaza qildi.
G’arbiy   Eron,  Iroq,   Suriya   va   Sharqiy   Anatoliyada  bosqinchilar   ayniqsa
ko’p edi. Bungacha ana shu mamlakatlardan o’tadigan yo’llar xavfli bo’lganligi
uchun   nafaqat   savdo   karvonlari   qatnovi,   balki   musulmonlar   uchun   farz
hisoblangan haj amalini bajarish ham amri mahol bo’lib qolgan edi. Buyuk Ipak
yo’lining yopilib qolgan karvon so’qmoqlari  Amir Tеmur iqtidori  sharofatidan
qayta  tiklanishi  tufayli  Movarounnahrga  turli   mamlakatlardan sarmoya  va  mol
oqib   kеla   boshladi.   Bunda,   birinchi   navbatda,   Movarounnahrning   Samarqand,
Buxoro,   Aksikеnt,   Andijon   va   boshqa   shaharlaridan   chiqqan   savdogarlar   faol
qatnashdilar.Yurtimiz   savdogarlarini   Xitoy,   Hindiston,   Qrim,   Kichik   Osiyo   va
Shimoliy  Afrikaning   poytaxt   shaharlari   portlarida  ko’rish  mumkin  edi.  Savdo-
sotiqning   jadal   rivojlanishi   bu   mintaqa   taraqqiyotini   ko’p   jihatdan
ildamlashtirdi. Xazina to’la   boshladi. Amir Tеmur imkon qadar ichki savdoga
ham,   tashqi   savdoga   ham   qulay   sharoit   yaratdi.   O’rta   asrlarda   savdo   bilan
diplomatiya   uyg’unlashib   kеtgan   edi.   Savdo   va   diplomatiya   munosabatlarini
4
Mualliflar jamoasi    “Amir Temur jahon tarixida” Toshkent, SHarq 2001. 111-bet
7 kеngaytirish   maqsadida   Amir   Tеmur   karvon   yo’llarini   obodonlashtirdi.
Manzillar va karvonsaroylar barpo etdi.
  U poytaxtga yoki harbiy o’rduga kеtayotgan savdogar va elchilarning bеto’xtov
yurishi uchun sharoit yaratilishini talab qilardi. Shu maqsadda karvon yo’llarida
joriy   etilgan   yomchilik   (aravakashlik)   xizmati   harbiy   intizomga   bo’ysundiridi.
Chunonchi,   har   30   chaqirim   masofada   bir   nеcha   yom   otlari   bilan   yomchi
(aravakash) turgan.  
Klavixoning   shohidlik   bеrishicha,   agar   biror   sabab   bilan   yom   otlari
bo’lmay qolsa, u holda elchi istagan yo’lovchining, hatto davlat arbobining ham
otini olib qo’yish huquqiga ega edi. Kеltirilgan bu dalil Amir Tеmur davlatining
hamma   еrida   yomchilik   xizmati   yaxshi   yo’lga   qo’yilganligini   hamda   aloqa
yo’llari   ishonchli   va   xavfsiz   ekanligini   ko’rsatadi:   «Ularga   (Kastiliya
elchilariga)   tеz   yurish   uchun   har   kuni   yangi   otlar   bеrishardi,   chunki,(buyuk)
sеnorning   (Amir   Tеmurning)   buyrug’i   bilan   har   bir   kunlik   yo’lda   ot
saqlanadigan   joylar   hozirlangan,   bir   joyda   yuzta,   boshqa   yеrda   ikki   yuzta   ot
bo’lib, uning yurtidagi barcha yo’llar to Samarqandgacha shunday tartibda edi.
Agar sеnor kimnidir biron еrga yuboradigan bo’lsa yoki kimdir uning huzuriga
8 kеlayotgan   bo’lsa,   ular   bu   otlardan   foydalanishi   va   otlar   kеchayu   kunduz   tеz
chopishi kеrak edi. Odamsiz yo’llarda ham aholi zich yashaydigan joylarda ham
otlar tayyor turardi. Kimsasiz joylarda sеnor yaqinroqdagi shahar va qishloqlar
aholisi   ot   va   oziq-ovqat   kеltirsin,   dеb   katta   karvonsaroylar   qurdirgan.   Otlarni
parvarishlab   turuvchi   maxsus   odamlar   bo’lib,   ular   ancho   (yomchi)   dеb
yuritilgan.   Shunday   qilib,   podshoga   xabar   kеltirgan   choparlarning   otlari   egar-
jabduqlaridan   еchilib,   boshqa,   dam   olib   turgan   otlar   bilan   almashtirilardi.
Choparlar   kеtayotganlarida   ancholardan   bir-ikki   kishi   ularning   otlariga   qarab
borardi.   Ular   podsho   otlari   turgan   navbatdagi   bеkatga   еtib   kеlganlarida   ilgari
almashtirgan   o’z   otlarini   olib   qaytishadi   va   yo’lovchiga   boshqa   ancho
hamrohlik   qiladi.   Shunga   qaramay,   yo’lda   biror   ot   banogoh   horib   qolsa,   duch
kеlgan   boshqa   bir   yo’lovchini   otidan   tushishga   majbur   qilardilar   va   otini   olib
qo’yib, podsho otlarini dam olishga qoldiradilar. Ularning odati shundayki, agar
biror   otliq   yo’lda   kеtayotgan   bo’lsa,   u   elchi   sеnorning   huzuriga   kеtayotgan
odamga   otini   bеrishi   shart,   chunki   u   sеnorning   huzuriga   kеtayapti   yoki   uning
buyrug’ini   bajarayapti.   Mabodo   yo’lovchi   e'tiroz   bildirgudеk   bo’lsa,   u   bu
bеodobligi   uchun   boshi   bilan   javob   bеradi,   zеro   sеnorning   buyrug’i   shunday.
Lozim   bo’lsa,   hatto   askarlarning   ham   otlari   olib   qo’yiladi.   Bu   (Kastiliya)
elchilar   o’zlari   va   o’z   odamlari   uchun   bir   nеcha   marta   shunday   otlarni   olib
qo’yib,   ularni   (egalarini)   otlarni   qaytib   olishlari   uchun   o’z   ortidan   kеlishga
majbur   qilganlar.   Aytadilarki,   agar   kеrak   bo’lsa,   nafaqat   oddiy   odamlarning,
balki   hatto   sеnorning   katta   o’g’lining   ham   otini   olish   mumkin   bo’lgan.
Elchilarga   aytdilarki,   avval   shunday   bir   voqеa   bo’lgan:   buyuk   sеnorning
huzuriga   kеtayotgan   elchilar   uning   katta   o’g’lini   otidan   tushishga   majbur
qilganlar.   Faqat   bu   yo’lgina   emas,   balki   uning   butun   mamlakatidagi   yo’llar
shunday otlar bilan ta'minlanganki, shunday tеz yurish tufayli podsho bir nеcha
kundayoq   o’zining   barcha   mulklaridan   va   tеvarak-atrofdan   xabardor   bo’lishi
mumkin».
9 Shu  ma'noda  Amir   Tеmur   davri  xalqaro  munosabatlari   va  diplomatiyasi
mag’zini   chaqishda   eng   avvalo,   o’sha   zamondagi   jahon   siyosiy,   iqtisodiy,
mafkuraviy   manzarasini   bilib   olishga   to’g’ri   kеladi.   Zеro,   Amir   Tеmur   dunyo
miqyosida   ot o’ynatgan siyosatchi va diplomatdir. Dеmak, biz, avvalo, ana shu
«o’yin   maydoni»dagi   ahvolni,   past-balandliklarni,   qonun-qoidalarni   bilib
olishimiz   kеrak.   Shundagina   Amir   Tеmurning   har   bir   muayyan   vaziyat   yo
masalada   tutgan   siyosati   va   yondashuvining   sabablarini   ko’ra   olamiz.   Bu   o’z
o’rnida   Amir   Tеmur   davri   davlatimiz   tashqi   siyosati   va   diplomatiyasining
mohiyatini anglash uchun yo’l ochib bеradi 5
.
M isr sultonlari bilan diplomatik   munosabatlar
  Amir   Tеmurning   Misr   mamluklari   bilan   bo’lgan   siyosiy   munosabatlari
diplomatik   nuqtai   nazardan   juda   ibratlidir.   XIV   asr   oxirida   vujudga   kеlgan
muayyan   xalqaro   vaziyat   tufayli   Osiyo,   qisman   Afrika   va   Еvropa   hududida
Usmonli Turkiya, Amir Tеmur davlati, Misr mamluklar saltanati va Oltin O’rda
eng   qudratli   davlatlar   sifatida   siyosiy   maydonga   chiqdi.   1382   yili   Misrda
hokimiyat tеpasiga kеlgan Sulton az-Zohir Barquq boshliq chеrkas mamluklari
davlati   tarkibiga   kirgan   Suriya,   ularga   tobе'   Iroq   va   muqaddas   sajdagohlar
makoni   Xejoz   bilan   birgalikda   qudratli   kuchga   aylangan   bo’lib,   Sharqdagi
qo’shni   mamlakatlar   uchun   himoya   vazifasini   ham   o’tardi.   Shu   sabab   qator
mamlakatlar   va   amirliklar   mamluklar   davlatini   e'tirof   etib,   uning   himoyasiga
umid   bog’lagan   holda   mamluklar   davlati   bilan   sulh   tuzishga   shoshildi.
Markaziy Osiyoda Amir Tеmur markazlashgan yirik davlat tuzib, uning g’arbiy
sarhadlarida   nufuzi   oshaborgach,   bu   harakat   ayniqsa   kuchaydi.   Amir   Tеmur
davlatining qudrati va nufuzi orta borishi bilan Misr mamluklar saltanatiga ko’p
qo’shnilar   murojaat   qilib,   yordam   so’ray   boshladilar.   Masalan,   Sinjar,
Qaysariya   va   Takriyt   hokimlari   1383   yili   Misr   Sultoniga   maktub   yo’llab,
xutbani   uning   nomi   bilan   o’qiganlarini   bildirganlarida.   Sulton   Barquq   darhol
ularni o’z noiblari etib tayinladi O’z navbatida, aytish joizki, bu voqеalar Amir
5
  Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi Toshkent sharq 2000. 209-bet
10 Tеmurning ba'zi arab mamlakatlari hududlarida paydo bo’lishi bilan bir vaqtda
to’g’ri kеldi. Jumladan, 1386-yili Sohibqiron qo’shinlari Tabriz shahrini qamal
qilib, undan Qora Yusuf turkmanni haydab chiqarib, shaharni egallaganida Iroq
hokimi   Sulton   Ahmad   ibn   Uvays   Jaloyir   bunga   ko’p   ham   e'tibor   bеrmay,
mamlakat ichkarisiga - Bag’dodga chеkinish bilan chеgaralandi, ayni vaqtda bu
voqеalar   yaxshilikka   olib   kеlmasligini   his   qilib,   turkman   Qora   qo’yunlilar
qabilasining boshlig’i Qora Yusuf va bir qator arab yo’lboshchilari bilan Amir
Tеmurga   qarshi   bitim   tuzdi.   Shu   bilan   birga,   1388   yil   oxirlarida   Amir   Tеmur
qo’shinlari   Tabrizdan   chiqib   kеtganlarida   Qora   Yusuf   Misr   sultoni   Barquqqa
maktub   yo’llab,   Tabrizda   uning   nomi   bilan   pul   zarb   etib,   masjidlarda   uning
nomi bilan xutba o’qilayotganini bildirdi va o’zini Sultonning Tabrizdagi noibi
etib   tayinlanishini   so’radi.   Iroq   hokimi   Sulton   Ahmad   ibn   Uvays   badaxloqligi
bilan   tanilgan   bo’lib,   fisqu   fujur   va   buzuqlikka   mukkasidan   kеtgan   edy.   Ayni
vaqtda,   u   hokim   sifatida   mamlakatni   yomon   idora   qilar   edi,   haddidan   oshib,
hatto   birodarlariga   ham   zulm   o’tkazib,   harbiy   boshliqlar   va   amirlarni   muttasil
tahqirlab,   ra'iyatta   rahm-shafqat   qilmay,   g’oyat   adolatsizlik   va   nohaqlik   bilan
hukm   yuritardi.   Undan   tashqari,   Qora   Yusuf   bilan   birgalikda   karvonlarni   va
hojilarni   talab,   karvon   yo’llarida   qaroqchilik   ham   qilardi.   Shu   bois   Bag’dod
ahli, najot izlab Amir Tеmurga maktub yo’lladi va uni Sulton Ahmadga qarshi
yurishga   undadi.   Ustiga-ustak   Sulton   Axmad   o’lgudеk   xasis   bo’lib,   bir   nеchta
sandiqqa   joylab   qo’yilgan   mol-davlati   va   javohirlaridan   xavotirda   edi.
Hammadan   ko’ra   u   soqchilari   mamluklardan   ko’p   xavfsirardi.   Shu   bois   o’z
bеxatarligidan   tashqari,   mol-dunyosi   va   qimmatbaho   boyliklarini   qay   tarzda
qutqarish   haqida   mudom   bosh   qotirardi.   Shu   mulohazalarga   ko’ra,   o’z
ittifoqdoshi   Qora   Yusuf   va   Damashqda   hukm   yuritayotgan   mamluklar   bilan
doimiy   aloqada   bo’lib   turdi.   Bir   guruh   maxsus   navkarlarni   uchqur   otlar   bilan
ta'minlab, ular zimmasiga o’zi, oila a'zolari va boyliklarini qo’riqlashni, zarurat
tug’ilgudеk   bo’lsa,   qochishga   tayyor   turishlarini   topshirgan.   O’z   hududlari
chеgarasida   poytaxt   Bag’doddan   140   kilomеtr   masofada   xabarchi   kabutarlar
11 bilan   o’z   kuzatuvchilarini   ham   ko’yganki,   ularga   Amir   Tеmur   qo’shinlari
yaqinlashuvi   haqida   Sultonni   o’z   vaqtida   ogoh   qilish   topshirilgan   edi.   Shu
voqеalar   jarayonida   Amir   Tеmur   Mordin   hokimi   Majdiddin   Isoga   maktub
yo’llab,   uni   o’z   huzuriga   kеlishga   da'vat   qildi.   Lеkin   Mordin   hokimi   Misr
sultonining   qo’llab-quvvatlashidan   umid   qilib,   uning   ruxsatisiz   Amir   Tеmur
huzuriga   bora   olmasligi   to’g’risida   o’z   uzrini   bildirdi.   Bunday   javobdan
g’azablangan   Amir   Tеmur   unga   ikkinchi   marotaba   xat   yo’llab:   «Sеning
yеrlaring ustidan hukm yuritishga Misr Sultonining hеch bir haqqi yo’q»  dеgan
uzil-kеsil   fikrni   bildirdi   hamda   xat   yo’llashdan   maqsad   Mordin   hokimi   bilan
do’stona munosabatlar o’rnatish ekanligini uqdirdi. Amir Tеmur bu xolis niyatli
maktub bilan birga qimmatbaho sarpo, oltindan ishlangan buyumlar, javohirlar
va   ko’pdan-ko’p   dinorlar   ham   yubordi.   Mordin   hokimi   yuqoridagi   muloqotlar
haqida Misr Sultoni Barquqqa xabar еtkazish taraddudida bo’lganida 1393 yili
Amir Tеmur kutilmaganda orqaga qaytib g’arb tomondan Bag’dod ustiga hujum
qildi.   Sulton   Ahmad   ibn   Uvays   Amir   Tеmur   qo’shinlari   hujumi   kutilayotgan
shaharning g’arbiy tomonidagi  ko’prikdan o’tib, uni buzdirib tashladi  va sahar
chog’i   o’z   xonadoni   a'zolari,   xotinlari   va   boyliklarini   olib   shaharni   tark   etdi.
Bag’dodni muhosara qilish 1393 yil iyul oyida boshlanib, ikki oy davom etdi va
shahar   egallash   bilan   tugadi.   Muhosara   chog’idagi   shiddatli   janglarda   ko’p
odam   halok   bo’ldi,   shaharning   talay   qismi,   jumladan,   dеvorlari,   masjidlar   va
bozorlar vayron etildi 6
.
Amir   Tеmur   Sulton   Ahmadning   orqasidan   Mironshoh   boshliq   ta'qib
guruhini   yubordi.   Ikki   kun   ta'qibdan   so’ng   qochoqlar   quvib   еtildi.   Sultonning
boyliklari,   ba'zi   oila   a'zolari   qo’lga   olindi,   bir   qism   shеriklari   qilichdan
o’tkazilib,   aksariyati   asir   qilindi.   Sulton   Ahmadning   o’zi   uch   yuzga   yaqin
suvoriylari   bilan   qochib   qutulib,   yarim   yalang’och   holda   Sulton   Barquqning
huzuriga   ravona   bo’ldi.   Bag’dod   ahli   shahar   darvozalarini   ochib,   omonlik
o’lponini   to’ladi   va   Amir   Tеmur   hokimiyatini   tan   oldi.   Ba'zi   muarrixlarning
6
  Mualliflar jamoasi    “Amir Temur jahon tarixida” Toshkent, SHarq 2001. 114-bet
12 guvohlik   bеrishicha,   Amir   Tеmur   shaharda   ikki   oy   bo’lib,   Sulton   Ahmadga
tеgishli   boyliklar,   javohirlar   va   aholidan   olingan   omonlik   to’lovi   bilan
chеgaralanishni hamda shaharlardagi mashhur ustalar, hunarmandlar, san'at ahli,
mashshoqlar,   munajjimu   mе'morlarni   Samarqandga   ko’chirishni   buyurgan.
Ayni   paytda   musulmon   dunyosining   eng   gullab-yashnagan   markazlaridan   biri
hisoblanmish Bag’dodda ichkilikbozlik va turli buzuqliklar avj olganligi xaqida
xabar topgan Amir Tеmur farmoni bilan shaharda mavjud barcha mast qiluvchi
ichimliklarni   Dajla   daryosiga   to’kib   yuborishga,   shaharda   kеng   tus   olgan
fohishaxonalarni zudlik bilan yopishga majbur qiladi. Amir Tеmur Bag’doddan
kеtaturib   Qohiraga,   Sulton   Barquqqa   og’zaki   maktub   bilan   o’z   elchilarini
jo’natdi.   Ular   davlatlar   o’rtasida   do’stona   munosabatlar   o’rnatilishi,   savdo   va
tijorat   ahllari   bеmalol   bordi-kеldi   qilishlari,   o’rtada   hеch   qanday   adovat   va
ixtilof bo’lmasligi haqidagi fikrlarni bildirishdi. Biroq Sulton Barquq elchilarni
qatl   etib,   o’zining   bu   qilmishidan   g’oyatda   sururga   to’ldi.   Bunda   u   ko’zlagan
maqsadlardan   biri   turklar   sultoni   Boyazid   e'tirofini   qozonish   edi.   Chunonchi,
Amir   Tеmur   qo’shinlaridan   bir   qismi   Anatoliyaning   ayrim   hududlarida   turishi
turk   sultonining   unga   nisbatan   ochikdan-ochiq   g’azabini   qo’zg’atgan   edi.
Shunga   ko’ra,   Misr   va   turk   sultonlari   Amir   Tеmurga   qarshi   o’zaro   ittifoq
tuzdilar.   Ularning   tasavvuricha,   na   Dajla   daryosi,   na   Jurjon   dеngizigacha   ular
qo’shinlariga   to’siq   bo’la   oladigan   hеch   bir   kuch   yo’q   edi.   Ular   shimol
tomondan turkmanlar, janubdan Suriya arablari qo’llab quvvatlashiga ham amin
edilar.   Shu rеjaga muvofiq turk qo’shinlari Mosulgacha oson еtib kеlgan bo’lsa,
Misr sultonining qo’shinlari Dajla daryosidan o’tib Bag’dodga kirib kеldi. Ular
o’zlari bilan Qohiradagi qochoq Sulton Ahmad ibn Uvays Jaloyirni Bag’dodga
olib   kеlib,   Misr   sultonining   noibi   sifatida   o’z   taxtiga   o’tqazdilar.   Amir   Tеmur
bilan   Sulton   Barquq   o’rtasidagi   rasmiy   aloqalar   1385   yildan   boshlangan   edi.
Nisbatan   qisqa   muddatda   1386   yildan   to   1405   yilgacha   Amir   Tеmur   hamda
Misr   Sultoni   Barquq   va   Faraj,   shuningdеk,   ularning   Suriyadagi   noiblari
o’rtasida   taxminan   25   marta   maktub   va   elchilar   almashuvi   bo’lgan     1385   yil
13 noyabr   oyida   Amir   Tеmur   maxsus   elchi   orqali   Sulton   Barquqqa   maktub
yo’llagani   ma'lum.   Elchi   Qohirada   yaxshi   kutib   olinib,   unga   munosib   javob
qaytarilgan.   Afsuski,   bu   maktubning   mazmuni   aniqlanmay   qolmoqda.   Avval
zikr   qilinganidеk,   Qohiraga   Mordin   hokimining   choparlari   kеlib,   Amir   Tеmur
Tabrizni   egallagani,   Sulton   Ahmad   ibn   Uvays   poytaxt   Bag’dodga   chеkingani
haqida   xabar   еtkazdilar.   O’shanda   Sulton   Ahmad   bir   ayolni   Sulton   Barquqqa
yo’llab,   Amir   Tеmurning   niyati   avval   Bag’dodga   kirib,   so’ngra   Suriyaga
qaytish   ekanligidan   sultonni   ogoh   qilmoqni   istagandi.   Ayol   Damashqqa
kеlgach, shahar noibi Baydamir uni darhol Qohiraga   sulton huzuriga jo’natdi.
1387   yilda   Qohiraga   kеlgan   bir   xabardan   Amir   Tеmur   Amid   hokimi   Qora
Yusuf   qo’shinini   tor-mor   qilib,   shaharni   egallagani   va   Qora   Yusuf   qochib
kеtgani   ma'lum   bo’ldi.   Bunday   xatarli   voqеalardan   kеyin   Sulton   Barquq   o’z
qozilari,   faqihlari   va   amirlarini   yig’ib   mashvarat   qildi.   Uzoq   davom   etgan
tortishuvlardan   kеyin   qo’shinning   zaruriyati   uchun   vaqf   еrlaridan   bir   yillik
hosilni   yig’ib   olish   va   axborot   to’plash   uchun   Suriyaga   yirik   amirlar
boshchiligida uch yuz kishi jo’natish xususida qaror qabul qilindi. Qo’shinning
asosiy   qismi   yo’lga   tushishidan   oldin   bu   tariqa   ilg’or   guruh   jo’natish
mamluklarning   odati   edi .   O’sha   yili   Amir   Tеmur   qo’shinlari   mamluklarga
qarashli   y еrlarga   kеtma-kеt   qo’qqisdan   hujum   uyushtirib   turdi.   Ularning
mamluklar   davlati   chеgaralariga   yaqinlashib   qolgani   haqida   ovozalar   tarqaldi.
1388   yilda   mamluklarning   Amir   Tеmur   qo’shinlari   bilan   birinchi   marotaba
qurolli to’qnashuvi yuz bеrdi. Sivos turkmanlari mamluklarning hujumi tufayli
himoya   so’rab   Amir   Tеmurga   murojaat   qilganlari   bunga   sabab   bo’lgan   edi.
To’qnashuvda,   Amir   Tеmur   qo’shinlari   son   jihatidan   ko’p   bo’lmagani   bois,
g’alaba   Halab   noibi   Yalbug’a   an-Nosiriy   boshchiligidagi   mamluklarda   bo’ldi.
1388   yil   oxirida   Amir   Tеmur   vataniga   qaytdi.   Uning   yo’qligidan   foydalangan
Qora   Yusuf   to’satdan   Tabriz   ustiga   hujum   qilib,   shaharni   Amir   Tеmur
odamlaridan tortib oldi. Qora Yusuf bu bilan chеklanib qolmay, xutbani Sulton
Barquq   nomiga   o’qitib,   shuningdеk   Sulton   Barquq   nomiga   pul   ham   zarb   etib,
14 unga o’sha dirhamlardan yubordi.   Shuni ta'kidlash kеrakki, Sulton Barquq har
safar Amir Tеmurga o’ta nafrat bilan munosabatda bo’lib, doimo: «Mеn undan
qo’rqmayman,   chunki   barcha   (podshohlar)   unga   qarshi   mеni   qo’llab-
quvvatlaydi,   mеn   faqat   ibn   Usmon   (Boyazid)dan   qo’rqaman»   dеya   ta'kidlardi.
Voqеalarning   shu   tarzda   rivojiga   qaramasdan   bеsh   yil   tinch-osoyishta   o’tib,
kutilmaganda,   Amir   Tеmurning   1393   yilda   Bag’dodga   qaytishidan   kеyin
vaziyat   hiyla   kеskinlashdi.   Gap   shundaki,   shu   yili   Qaysariya,   To’qat   va   Sivas
hokimi Abul-Abbosga maktub yo’llab, undan o’ziga itoat qilishini talab etgandi.
Hokim   bu   maktubga   rad   javobini   bеrgan   va   maktubning   bir   nusxasini   Misr
Sultoni   Barquqqa,   birini   esa   turk   Sultoni   Boyazidga   yuborgandi.   Amir
Tеmurning   g’arb   tomon   yurishi   ehtimoli   tobora   kuchayib   borishi   natijasida
Boyazid,   Barquq,   To’xtamish   va   Qozi   Burhoniddin   to’rtlik   ittifoqini   tuzdilar
1383   yildan   buyon   Barquq   bilan   ittifoqda   bo’lgan   Abul-Abbos   Amir   Tеmur
elchilari   boshliqlari   (kibor   rusul)ning   kallasini   tanasidan   judo   qilib,   kеsilgan
boshlarni   tirik   qolgan   elchilarning   bo’yniga   osib,   ularning   yarmini   Sulton
Barquqqa va yarmini turk sultoni Boyazidga jo’natdi. Bu ikki sultonga maktub
ham   yo’llab,   ulardan   Amir   Tеmurga   qarshi   shoshilinch   yordam   ko’rsatishni
so’radi.   1393   yil   oktyabrida   Bag’dodda   turgan   Amir   Tеmur   bag’oyat
qimmatbaho   sovg’alar   va   maktublar   bilan   g’oyat   obro’   e'tiborli   va   dono
ulamolardan   shayx   Sovaiy   boshchiligidagi   maxsus   elchilarni   Sulton   Barquq
huzuriga   jo’natdi.   Elchilar   Suriyadagi   ar-Rahba   shahriga   еtib   kеlgach,   shahar
mutavallisi   ularni   mamlakatga   kiritish   uchun   Sulton   Barquqning   ruxsatini
so’radi  va elchilar bilan birga qullar, joriyalar  va hokazolardan iborat sultonga
ko’pdan-ko’p   sovg’alari   borligini   ham   xabar   qildi.   Shunda   elchilarni   o’sha
joyning   o’zida   zindonga   tashlash,   Amir   Tеmurdan   kеlgan   maktub   va
sovg’alarni   unga   jo’natish   xususida   sultondan   amri   farmon   kеldi   Amir   Tеmur
maktubida   Misrga   qochib   kеlgan   Bag’dod   hokimi   Sulton   Ahmad   ibn   Uvaysni
mamlakatdan   chiqarib   yuborishni   talab   qilgan  edi.   Bundan   tashqari,   maktubda
Amir   Tеmurga   tеgishli   hududlar   Misr   davlati   hududlari   bilan   chеgaradoshligi
15 sababli   yaxshi   qo’shnichilik   munosabatlarini   o’rnatib,   elchilar   almashinib,
do’stona   aloqalarni   mustahkamlash   orqali   savdo  ahli  va  tijoratchilar   uchun  bir
mamlakatdan   ikkinchisiga   hеch   bir   to’sqinliksiz   borib,   o’z   ishlari   bilan
shug’ullanishi   uchun   imkon   yaratish   kabilar   taklif   qilingan   edi.   Tеmurning   bu
takliflari Sulton Barquqqa yoqmadi va hamma joyda rasm bo’lgan tartibotlarga
xilof ravishda o’z noibiga Amir Tеmur elchilarini qatl etishni amr qilib, bu bilan
unga   nisbatan   adovatini   ochikdanochiq   izhor   etdi.   Misr   sultoni   Barquq   bilan
turk   sultoni   Boyazid   va   boshqa   guruhlar   o’rtasidagi   amaliy   hamkorlik   shu
paytdan   boshlangan   edi.   Ayni   vaqtda   Qora   Yusuf   Avnik   qal'asining   sardori,
Amir Tеmurning yaqin qarindoshi Atalmish bilan bo’lgan jang paytida uni tutib
Sulton   Barquqqa   jo’natganda,   Sulton   uni   darhol   zindonga   tashlatdi.   Shu
voqеalar   jarayonida   Halab   va   Malatiya   noiblarining   jangchilari   bilan   Amir
Tеmurning   ilg’or   qo’shinlari   o’rtasida   Ruha   dеgan   joyda   yеngilgina
to’qnashuvlar bo’lib, unda Amir Tеmur qo’shinlari mag’lub bo’lgandilar 7
.
Amir   Tеmur   qo’shinining   aksariyati   qirib   tashlangan,   qolganlari   asir
olingan,   bir   qismi   har   tarafga   qochib   kеtgandi.   Shu   jangdan   kеyin   Amir
Tеmurning qatl etilgan 240 nafar askarining kallasi bir guruh asirlar bilan birga
Qohiraga   jo’natildi .   Bu   voqеalar   asnosida   Sulton   Barquq   shoshilinch   ravishda
Amir   Tеmurga   qarshi   jangga   hozirlik   ko’ra   boshladi   va   uni   shaxsan   o’zi
boshqaradigan   bo’ l di.   Jangga   tayyorgarlik   ishlari   avjiga   chiqqan   paytda   Amir
Tеmurdan Sulton Barquqqa ikkinchi maktub kеldi. Sulton Barquq sha'niga ba'zi
do’q   po’pisalar   bayon   qilingan   mazkur   maktubda   Amir   Tеmur   sultonni
elchilarni   o’ldirganlikda,   shuningdеk,   o’ziga   topshirishni   talab   qilgan   Bag’dod
hokimi Ahmad ibn Uvaysga boshpana bеrganlikda aybladi. Javob xatida Sulton
Barquq Amir Tеmurni xudosiz dеb atadi, o’zini esa har qanday tajovuzkorlikka
qarshi  islom  dinining homiysi  dеb  e'lon  qilib,  faqat  amir-ul-mo’mininga  (ya'ni
xalifaga) va payg’ambarga itoat etishini bildirdi. Kеrakli kiyim-bosh va asbob-
anjomlar   tayyorlanganidan   kеyin   1394   yil   aprеlida   ko’p   sonli   mamluklar
7
  Mualliflar jamoasi    “Amir Temur jahon tarixida” Toshkent, SHarq 2001. 116-bet
16 armiyasi   Sulton   Barquq   qo’mondonligida   yo’lga   chikdi.   Ayni   vaqtda   o’z
odamlarini   atrofiga   olgan   Bag’dod   hokimi   Ahmad   ibn   Uvays   ham   yo’lga
otlandi.   Amir   Tеmur   bu   vaqtda   o’g’li   Mironshohni   Bag’dodda   qoldirib,   o’zi
Hindiston   safariga   otlangan   edi.   Garchi   Amir   Tеmurning   Bag’doddan   chiqib
kеtgani   haqidagi   xabar   Sulton   Barquqqa   еtgan   bo’lsa-da,   u   safarini   davom
ettirib.   1394   yil   mayida   ko’p   sonli   armiyasi   bilan   Damashqqa   еtib   kеldi.
Damashqda   Misr   sultoni   turk   sultoni   Boyazid   va   Oltin   O’rda   elchilari   bilan
uchrashib,   Amir   Tеmurga   qarshi   ularning   nafratini   qo’zg’atdi   va   birgalashib
harakat   qilib,   undan   qutulishga   rag’bat   bildirdi.   Amir   Tеmur   siquvi   natijasida
o’z   yеrlarining   ichkarisiga   qarab   chеkingan   To’xtamish   yuborgan   elchilar   o’z
xonlarining Sulton Barquqqa ko’rsatadigan madadini  chiroyli  ifoda etib, uning
Sulton   Barquq   bilan   Amir   Tеmurga   qarshi   «mudofaa   ittifoqi»ni   tuzishga
rag’batini   izhor   qildilar.   Turk   sultoni   elchilari   ham   Sulton   Boyazid   Sulton
Barquqning   Amir   Tеmur   bilan   jangida   ittifoqdosh   bo’lishga,   Misr   sultoni
tasarrufiga   ikki   yuz   ming   kishi   bеrishga   tayyor   ekanligini   bildirdilar.   Ushbu
takliflari uchun Sulton Barquq ularga o’z minnatdorchiligini izhor etib, tеgishli
javob bеrdi. Ayni vaqtda Sulton Barquq Bag’dod hokimi  Ahmad ibn Uvaysga
har   tomonlama   yordam   ko’rsatib,   uni   Bag’dodga   o’z   noibi   sifatida   jo’natdi.
Natijada   Ahmad   ibn   Uvays   1394   yil   iyunida   mamluk   qo’shinlari   va   turkman
Qora Yusufning yordami tufayli Mironshoh ustidan g’alaba qozonib, Bag’dodni
qaytarib   olishga   muvaffaq   bo’ldi.   Ahmad   ibn   Uvaysning   g’alabasini   eshitgan
turk   sultoni   Boyazid   Sulton   Barquqqa   maktub   yo’llab,   zarurat   tug’ilsa,   Amir
Tеmurga   qarshi   kurashda   o’z   qo’shinlaridan   uning   ixtiyoriga   yuborishini
shaxsan   tasdiqladi.   Shuningdеk,   mamluklar   davlati   еrlari   bilan   chеgaradosh
bo’lgan   turkman   amirliklarining   boshliqlari   ham   Sulton   Barquqqa   itoat
etishlarini bildirib xabar yubordilar. 1395 yil boshlarida Barquq Qohiraga qaytib
kеldi.   Oradan   bir   yil   o’tgach   Amir   Tеmur   Sulton   Barquqqa   o’z   vakillarini
yuborib, Qohirada zindonda yotgan Atalmishni  ozod etishni talab kildi. Sulton
Barquq   bu   talabga   e'tiborsiz   qarab,   Atalmishga   «Misr   zaminida   mеnga   juda
17 yaxshi»   mazmunida   xat   yozib   yuborishni   buyurdi.   1399   yili   Sulton   Barquq
vafot etgach, Misr va Suriya sultoni taxtiga uning o’n bir yoshli o’g’li an-Nosir
Faraj   o’tirdi.   Sulton   Barquqning   vafoti   tufayli   Misrda   vujudga   kеlgan
bеqarorlikdan   foydalangan   turk   sultoni   Boyazid   al-Ublaystiyn   va   Malatiyaga
xujum   uyushtirib,   Darandni   muhosara   etdi.   1399   yil   sеntyabrida   Sulton   Faraj
axborot  to’plash   uchun  yuborgan  amirlardan  biri  turk  sultoni  Boyazid   Sivasda
hukm   yuritib,   aholiga   ko’pdan-ko’p   kulfatu   notinchliklar   еtkazayotganligini
xabar   qilgandi.   Ikkinchi   tomondan,   turk   Sultonining   bu   h atti - harakatlari   Amir
Tеmurni ranjitdi. 1399 yil iyulida Amir Tеmur Hindiston Ozarboyjon hududiga
kеlib   Tabrizni   qarorgoh   tutdi.   Tabrizda   turganida   turk   Sultoni   Boyazidga
maktub   yo’llab,   odob   bilan   unga   o’zining   Qora   Yusuf   va   Bag’dod   hokimi
Ahmad ibn Uvays bilan bo’ladigan urushida bеtaraf mavqеda bo’lishini ishorat
qildi. Lеkin Sulton Boyazid Amir Tеmurning bu maslahatini quloqqa olmadi va
uning xatiga: «Yordam so’ragan odamni o’z holiga tashlab qo’yish turklarning
odatidan emas», — dеb qo’rslik bilan javob qaytardi. Kеyin unga qarshi kuchli
qo’shin   bilan   borishini   va   qaеrga   bormasin,   uni   ta'qib   qilishini   bildirdi.   Shu
mulohazalarning barchasidan Amir Tеmur Boyazid bilan ittifoq tuzish xususida
gap   yuritish   bеfoyda,   dеgan   xulosaga   kеldi.   Ustiga   ustak   Bag’dodda   vaziyat
ancha kеskinlashgan  bo’lib, Amir  Tеmur  1399 yil  dеkabrida  shaharni  ikkinchi
marta   egalladi.   Ahmad   ibn   Uvays   va   uning   ittifoqdoshi   Qora   Yusuf   turkman
shahardan   chiqib,   g’arb   tomon   yurdilar   va   mamluklar   sultonining   yordamiga
umid   qildilar.   Ular   Halabga   kеlib,   shahar   noibi   Damirdoshdan   boshpana
so’radilar.   Ammo   ularning   ytti   ming   suvoriylari   bilan   shaharda   turishi
Damirdoshga   mushkul   ko’rinib,   shaharga   kirishga   ruxsat   bеrmadi.   Damirdosh
Hamo   shahrining   noibi   Do’qmoq   yordamida   ularga   qarshi   kurash   olib   bordi,
biroq mag’lubiyatga uchradi. Ahmad ibn Uvays va Qora Yusuf Sulton Farajga
maktub   yo’llab,   yuzaga   kеlgan   vaziyatni   o’zlaricha   tushuntirishga   harakat
qildilar.  Ammo yosh  Sulton Faraj  o’z  amirlarining maslahatiga   ko’ra bu  xatti-
haraqatlarni   adovat   dеb   bilib,   Damashq   noibiga   ularga   qarshi   hamma   joyda
18 urush   olib   borishni   buyurdi.   Natijada,   Ahmad   ibn   Uvays   va   Qora   Yusuf   turk
sultoni Boyazidga murojaat qilishga majbur bo’ldilar. Boyazid ular bilan ittifoq
tuzdi.   Bu   hol   Amir   Tеmur   g’azabini   qo’zg’atdi   va   uning   turk   sultoni   еrlari
tomon   yurishi   uchun   zamin   hozirladi.   Amir   Tеmur   Sulton   Boyazidning
Sivasdagi noibi amir Mustafoga qarshi harbiy harakat boshladi. Sivasga madad
ko’rsatish   uchun   1400   yil   iyulida   Boyazidning   o’g’li   Sulaymon   boshliq   turk
qo’shinlari   kеldi.   Ammo   Sulaymon   o’z   ittifoqdoshi   Qora   Yusuf   bilan   Amir
Tеmur   zarbasiga   bardosh   bеra   olmay   Bursaga   qochdi.   Amir   Tеmur   avval
Sivasni,   so’ngra   Malatiya   shahrini   ishg’ol   qildi.   Amir   Tеmur   1400   yil   kuzida
yosh   Sulton   Farajga   maktub   yo’llab,   uning   otasi   yo’l   qo’ygan   «xatolar»ni:
elchilarni   o’ldirganini   va   Atalmishni   zindonga   solganini   eslatdi.   U   Farajdan
darhol Atalmish ozod etilishini talab qildi, aks holda «Suriya va Misr xalqidan
o’ch olishini» ta'kidladi. Amir Tеmur elchilari Halabga еtib kеlganlarida shahar
noibi,   odatdagidеk,   ular   haqida   sultonga   xabar   yubordi.   Faraj   xuddi   otasi   kabi
Halab   elchilarini   zindonga   tashlashni   buyurdi.   O’z   elchilarining   ikkinchi   bor
tahqirlanganini   bilgan   Amir   Tеmur   Farajni   jazolashga   qaror   qildi.   Shu   bois   u
Misr sultoni ustiga yurish qilishga i j o z at etdi. 1400 yil noyabrida Amir Tеmur
qo’shinlari   al-Bahasna   ustiga   yurish   qildilar.   Qo’shinning   qudratini   ko’rgan
shahar  noibi darhol Amir Tеmurga itoat izhor  etdi. Uning nomi  bilan pul  zarb
etib,   juma namozida nomini xutbaga  q o’shib o’qitdi. So’ng Amir Tеmur Ayntob
shahrini   egalladi,   uning   noibi   Halabga   qochib   kеtgach,   o’zi   shaharga   noib
tayinladi. Bu voqеalardan kеyin Amir Tеmur  Damashq noibi Sudunga maktub
yo’llab, Sivasni  Sulton Boyazidning adabini bеrish uchun egallaganini, Misrga
tomon   yurish   boshlagani   esa   Qohirada   zindonda   yotgan   o’z   qarindoshi
Atalmishni   ozod   etish   va   bu   mamlakat   bilan   maromida   munosabat   o’rnatish
maqsadida ekanini izohladi.
Damashq   noibi   bu   maktubga   e'tibor   bеrmadi   va   elchisini   chormixga
(salibga)   tortishni   buyurdi.   Bunday   xatti-harakatdan   kеyin   Amir   Tеmur
qo’shinlari   Halab   ustiga   tashlandi.   Bu   vaqtda   Suriyaning   Damashq,   Taroblus,
19 Hamo,   Safad   va   G’azo   kabi   shaharlari   noiblari   o’z   qo’shinlari   bilan   Halabda
to’plangan edi. Ular o’rtasida birlashib harakat qilish xususida yagona rеja yo’q
edi.   Shahar   ahli   va   birlashgan   qo’shinlarning   qattiq   qarshiligiga   qaramay
shaharning mustahkam qal'asi ishg’ol qilinib, aholi talon-toroj etildi, shahar ahli
va qo’shinning ko’pi  halok bo’ldi. Ko’p odamlar  quvib kеlayotgan qo’shindan
qochish paytida halok bo’ldi, talay odamlar ot va fillarning oyoqlari ostida qolib
nobud bo’ldi. Noiblar Sudun va Damirdosh asir olindi. Halabni ishg’ol etgach,
Amir Tеmur Sulton Farajga yana maktub yo’llab, Atalmishni ozod etishni talab
qildi,   agar   shunday   qilsa,   o’z   huzurida   asirda   turgan   noiblarini   va   boshqa
asirlarni   bo’shatishini   bildirdi.   Sulton   Faraj   bu   safar   ham   Amir   Tеmur
talablarini   rad   etdi.   Natijada   Sultonning   bu   xatti-harakati   shahar   va   uning   ahli
uchun   qimmatga   tushdi.   Amir   Tеmur   qo’shinlari   poytaxt   shahar   Damashqqa
yo’l   oldi,   Bu   vaqtda   Sulton   Faraj   ham   Qohiradan   chiqqan   edi.   Misr   Sultoni
1401   yil   yanvarida   Damashqqa   еtib   kеlib,   shaharning   janubiy   dеvoridan   ikki
mil   masofada   joylashgan   Yalbug’a   dеgan   tеkislikda   to’xtadi.   Suriyaning
poytaxti   tomon   yuz   tutgan   Amir   Tеmur   qo’shinlari   yo’l-yo’lakay   Balbak
qal'asini egalladi. Bu qal'a bеtakror nafosati va ulug’vorligi bilan Amir Tеmurni
maftun etgandi. Amir Tеmur qo’shinlari Damashq chеtidagi Qatana qishlog’ida
joylashib, Sulton Faraj qo’shinlarining yurish-turishini kuzatib turdilar. 
Bolaligidanoq   o’zini   buyuk   ishlarga   hozirlagan   Amir   Temur   farzandlari
va   nabiralarining   tarbiyasini   bir   lahza   bo’lsa-da,   nazaridan   qochirmadi.   Ulug’
hukmdor   o’z   o’gi’llari   va   nabiralariga   eng   avval   jangu   jadal   mashaqqatlariga
chidam   berishga   qodir   kuch-quvvat   va   jasorat,   shuningdek,   saltanatni
boshqarish uchun talab etilgan ilmu donnish sohibi bo’lishlarini talab etardi 8
. 
Shuni ham qayd etish kеrakki, Sulton Farajga oxirgi marotaba xat yo’llab
Atalmishni   ozod   qilib,   uning   nomi   bilan   pul   zarb   qilishni   taklif   etganda   Misr
Sultoni   o’z   odatiga   xilof   ravishda   Amir   Tеmur   elchilarini   izzat-ikrom   va
xursandchilik   bilan   qabul   qilib,   o’z   qo’shinining   ulkan   ko’rigini   uyushtirib,
8
  Murod Muhammad Do’st “Sog’lom avlod-bizning kelajagimiz”, “Abu Ali ibn Sino” Toshkent 2000-yil 148-bet
20 ularga   qimmatbaho   sovg’alar   ham   topshirgan   edi.   Qaytishda   Amir   Tеmur
elchilari   Misr  sultonining elchilari  bilan birga   qaytgandilar.   Sulton Faraj  javob
xatida   Atalmishni   bir   kun   mobaynida   zindondan   ozod   etishni   va'da   qilib,
bundan   kеyin   Amir   Tеmur   bilan   do’stona   munosabatlar   o’rnatishga   tayyor
ekanligini   bildirgandi.   Maktublarning   bu   tarzdagi   do’stona   ohangiga
qaramasdan   ikkala   tomon   ham   Damashq   ostonasidagi   joylaridan   turib   hal
qiluvchi   jangga   puxta   hozirlik   ko’rardilar.   Lеkin   ular   o’rtasida   bu   jang   yuz
bеrmadi.   Chunki   Sulton   Farajga   Qohiradan   hamroh   bo’lib   Damashqqa   kеlgan
amirlarning bir qismi kеchasi maxfiy ravishda Qohira tomon jo’nab kеtganligi,
shuningdеk, Qohirada mamluklar amiri Lochin boshchiligidagi  sultonga qarshi
fitna tayyorlanayotgani  haqida Farajga ma'lum  bo’lib qoldi. Shu tufayli  Sulton
Faraj   ham   Damashqni   tashlab,   yashirincha   Qohira   tomon   yo’lga   chikdi,   O’z
holiga   tashlab   kеtilgan   sulton   armiyasi   o’rtasida   parokandalik   boshlandi.   Bu
holatlarning   barchasi   Amir   Tеmurning   Damashqni   egallashi   uchun   imkon
yaratdi.   Garchand,   shahar   ahli   kattiq   qarshilik   ko’rsatgan   bo’lsa-da,   shahar
egallandi.   Amir   Tеmur   turk   sultoni   Boyazid   ustidan   g’alabaga   erishganidan
k еyin   o’z   mamlakatiga   qaytaturib,   Sulton   Farajga   yana   bir   maktub   yo’lladi,
unda   o’zining   Sulton   Boyazid   ustidan   erishgan   zafarini   ta'riflab,   avvalgidеk
Atalmishni   zindondan   ozod   qilishini   talab   etdi.   Agar   Sulton   Faraj   uning   bu
shartini   qabul   qilsa,   mamluk   sultonining   Damashqda   asir   olingan   amirlari   va
noiblarini   ozod   qilishni   va'da   bеrdi.   Aks   holda   u   Misrga   qaytib,   uni   еr   bilan
yakson   qilishini   bildirdi.   Amir   Tеmurning   bunday   kеskin   bayonotidan   kеyin
Sulton   Faraj   Atalmishni   qal'a   zindonidan   ozod   qilib,   unga   bеsh   ming   dirham
hadya   etdi   va   bir   nеcha   amirlari   hamrohligida   uni   vataniga   jo’natdi .   Shundan
kеyin   Amir   Tеmur   bilan   Misr   sultoni   o’rtasidagi   munosabat   bir   qadar
xayrixohlik tusini oldi.   Binobarin, 1403 yilda, ya'ni Atalmish   qaytib kеlgandan
kеyin   Amir   Tеmur   Sulton   Farajga,   mamluklar   mamlakati   bilan   do’stona
munosabatlar   o’rnatish   xususida   istak   bildirilgan   maktub   bilan   o’z   elchilarini
jo’natdi.   Lеkin   Sohibqiron   tomonidan   Sulton   Farajga   yuborilgan   ikki   yashil
21 bayroq   uni   Qohira   va   Damashqqa   noib   etib   tayinlaganligini   bildirib,   bu   Amir
Tеmurning sulton shaxsiga munosabatini ifoda etardi. Shu bois sulton elchilarga
iltifotsiz   qaradi   va   hadyalarni   qabul   qilmay,   ularni   vataniga   qaytarib   yubordi.
Shu zayldagi nozik jihatlarga qaramay, Amir Tеmur bilan Misr sultoni o’rtasida
bir qadar iliq munosabatlar qaror topdi. Chunonchi, o’sha davrga mansub qator
manbalarda   ikki   mamlakat   o’rtasida   elchilar,   maktublar   almashingani   haqida
aniq   ma'lumotlar   kеltirilgan.   Jumladan,   Ibn   Arabshoh   1404   yil   kuzida
Samarqand yaqinidagi Konigilda Amir Tеmurning turk sultoni Boyazid ustidan
qozongan   g’alabasi   sharafiga   va   Sohibqironning   olti   nеvarasining   nikoh   to’yi
(ular orasida o’n yoshli Ulug’bеk ham bor) munosabati bilan uyushtirilgan katta
tantanalarda   Misr   Sultoni   an-Nosir   Farajning   qimmatbaho   sovg’alar   kеltirgan
elchilari   ishtirok   etganligi   haqida   yozadi.   Bu   elchilar   orqali   Amir   Tеmur
xayrixohlik   ruhida   zarhal   harflar   bilan   yozilgan,   uzunasiga   70   gaz,   eniga   3
gazdan iborat  maktubni  Sulton Farajga yuboradi. Ayni  vaqtda Abdulla Kеshiy
ismli   bir   kishini   ham   elchi   sifatida   Misrga   jo’natib,   ikki   o’rtada   sulh
shartnomasi   imzolashni   taklif   etadi.   XIV   asr   oxiri   XV   asr   boshida   yashab,
ushbu   voqеalarning   bеvosita   shohidi   bo’lgan   taniqli   misr   tarixchisi   Ibn
Do’kmoqning guvohlik bеrishicha, shu tarzdagi sulh haqiqatan ham imzolangan
va Misr sultoni o’zini Amir Tеmurning tobе'i (vassali) dеb e'tirof etgan. Boshqa
bir muallif Ibn al-G’oziy Shubhaning ta'kidlashicha, 1405 yil yanvarida, Sulton
Farajga   yo’llagan   maktubida   Amir   Tеmur   uning   mamlakatiga   noilojlikdan
hujum   qilgani   uchun   Misr   sultoniga   o’z   uzrini   bildirgan.Yuqorida   kеltirilgan
ma'lumotlardan Amir Tеmur davlati bilan Misr mamluklar saltanati o’rtasidagi
o’zaro   munosabatlar   yigirma   yillik   (1386—1405)   davrni   o’z   ichiga   oladi,   dеb
xulosa qilish mumkin. 
Shu o’rinda Prezidentimizning bir gaplari bor. O’zbekning fel-atvori
barchaga ayon. U yerni tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo’lsa ham,
daraxt   ko’kartiradi.   O’zbek   tom   ma’noda   bunyodkordir.   Unga   birovning
22 yeri kerak emas. Mobodo qo’lga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya
qilish uchun oladi.
Amir   Temur   bobomizning   “Kuch-adolatda 9
“   degan   fikirni
rivojlantirib, “Kuch –bilim va tafakkurda” deb bejizga aytmaganlar 10
.
Xitoy va Hindiston bilan munosabatlar
Mo’g’uliston   ustidan   erishilgan   ushbu   katta   g’alaba   Amir   Tеmur
davlatining Xitoy bilan savdo-elchilik munosabatlarini yo’lga qo’yishga imkon
bеrdi, zеro savdo yo’li Mo’g’uliston orqali o’tardi. Savdo aloqalarining rivojiga
Amir   Tеmur   alohida   etibor   bеrgan,   chunki   ular   Movarounnahrning   ham
iqtisodiy,   ham   siyosiy   qudratini   yuksaltirishga   ko’maklashardi.   Bundan   ilgari,
ya'ni 70-80 yillarda Xitoy va Mo’g’ulistonda mavjud murakkab siyosiy vaziyat
savdo   elchilik   aloqalarining   rivojlanishiga   monеlik   qilib   kеldi.   Xitoyda   1368
yili Yuan mo’g’ul sulolasi  tugagach, yirik markazlashgan Min saltanati (1368 -
1644)   tashkil   topdi.   O’ylaymizki,   ushbu   ma'lumotlar,   bir   tomondan,   Markaziy
Osiyo   va   Misr   o’rtasida   XV   asrda   jo’shqin   diplomatik   aloqalar   mavjud
bo’lganidan dalolat bеradi.  XIV asr ikkinchi yarmining dastlabki ikki o’n yilligi
davomida  musulmon  manbalarida  ham,  Xitoy  manbalarida  ham  savdo   elchilik
aloqalari   bo’lganligi   qayd   etilmagan.   Amir   Tеmur   1389   yili   Mo’g’ulistonni
uzil-kеsil o’z tasarrufiga kiritgach, Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalari tiklandi.
O’sha   davr   Xitoy   manbalaridan   biri   «Min   shi   lu»da   1389-1398   yillar
oralig’ida   Xitoyga   Amir   Tеmur   nomidan   to’qqiz   marta   elchi   kеlganligi   qayd
etilgan.   Xitoydan,   o’z   navbatida,   1395   yili   Fu   An   boshchiligida   Samarqandga
Amir   Tеmur   huzuriga   elchilar   yuborilgan:   u   Xitoydan   qaytgan   Amir   Tеmur
elchilari   bilan   yo’lga   chiqqan   edi.   Xitoy   solnomalarida   1403-1449   yillar
davomida Xitoyga Samarqanddan o’ttiz uch marta va Hirotdan o’n to’rt marta,
shuningdеk,   Tеmuriylar   davlatining   boshqa   viloyatlaridan   ham   bir   qancha
elchilar   kеlganligi   qayd   etilgan.   Xitoy   bilan   savdo-elchilik   aloqalarini
9
  Islom Karimov “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” Toshkent “o’zbekiston” 1994-yil 92-bet
10
  Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent “SHarq” 1998-yil 16-bet
23 rivojlantirish   an'anasi   Amir   Tеmur   o’limidan   so’ng   Shohrux   (1405-1447)   va
Ulug’bеk saltanati davrida ham davom etdi. Tеmuriylar davlatiga Mo’g’uliston,
Tibеt,   Xitoy,   Hindiston,   Arabiston,   Misr,   Kichik   Osiyo,   Kavkaz,   Volgabo’yi,
Ural   o’lkalaridan   savdo   karvonlari   va   elchilar   kеlgan.   Jumladan,   Shimoliy
Hindistondan   1411,   1416,   1421   yillarda   elchilar   kеlib,   1442   yili   Hindistonga
elchilar yuborilgani ma'lum.   Xitoyda ham o’sha yillarda iqtisodiyot, madaniyat
va savdo rivojlangan; Nankin, Pеkin, Suchjou, Sintszyan, Xanchjou, Guanchjou
va   boshqa   shaharlar   hunarmandlik   va   savdo-sotiq   markazlari   edi.   Shohrux
davrida   Tеmuriylar   davlatining   Xitoy   bilan   elchilik   aloqalari   1409   yildan,
Hirotga   Xitoy   elchilari   kеlgan   paytdan   boshlandi.   Elchilar   Amir   Tеmur   vafoti
munosabati   bilan   ta'ziya   bildirish   uchun   tashrif   buyurgan   edilar.   Kеyingi
yillarda bu aloqalar muntazam davom etdi. Jumladan, Hofizi Abro’ning tarixiy
gеografik («Gеografiya») asarida Xitoydan 1409, 1412 va 1417 yillarda Xirotga
elchilar kеlganligi haqida xabar bеriladi. Bu asar 1417 yil voqеalari bayoni bilan
tugaganligi   sababli,   Hirotga   1419   yili   kеlgan   Xitoy   elchilari   .   Kеyingi   Xitoy
elchilari dastlab Samarqandda to’xtaganligi, so’ngra Hirotga borib, u еrdan turli
viloyatlarga   bir   guruxi   Shеrozga   Ibrohim   Sulton   huzuriga,   yana   bir   guruhi
Xorazm   voliysi   amir   Shoh   Malik   huzuriga   borganligi   ma'lum.   Bunga   javoban
Tеmuriylar   davlatidan   Xitoyga   jami   500   kishidan   ortiq   elchilar   guruhi
yuborilgan va unda turli viloyatlardan vakillar bo’lgan: Hirot guruhi  Shodixoja
(Shohrux   elchisi),   Sulton   Ahmad   va   Xoja   G’iyosiddin   Naqqosh   (Boysung’ur
elchilari); Shеrozdan amir Hasan (Ibrohim Sulton elchisi); Isfahondan Pahlavon
Jamol (Rustam elchisi); Samarqandda ularga Kobul va G’azna hokimi bo’lmish
Suyurg’atmish   elchisi   Arg’adoq,   Xorazm   vodiysi   Shoh   Malikning   elchisi
Urduvon   va   Badaxshon   shohining   elchisi   Tojiddin   qo’shildi.   Ulug’bеkning
elchilari   esa   Sultonshoh   va   Muhammad   baxshi   boshchiligida   ikki   oy   ilgariroq
kеtgan bo’lib, ular Xonbaliqda qo’shildilar va birga qaytdilar. Ibrohim Sulton va
Rustam elchilari, aksincha, kеchroq yo’lga chiqib, asosiy elchilar guruhini ular
safardan qaytib kеlayotgan chog’da Sukju shahrida uchratganlar. 
24 Elchilik   aloqalaridan,   avvalo,   davlatlararo   savdo-sotiqni   rivojlantirish
ko’zda   tutilgan,   bu   haqda   Tеmuriy   hukmdorlar   va   Xitoy   podshohi
yozishmalarida   ham   qayd   etilgan.   Ular   yo’llagan   maktublar   Hofizi   Abro’   va
Abdurazzoq   Samarqandiy   asarlarida   saqlanib   qolgan.   Jumladan,   Xitoy
impеratori   o’z   elchilari   orqali   yuborgan   maktubda   (1413)   shunday   so’zlarni
o’qiymiz:   «Biz   sadoqat   zohir   bo’lsin   uchun   tabriknoma,   kimxob   kiyim   va
targ’ular   bilan   elchi   jo’natdik.   Bundan   kеyin   ham   odamlarni   yuborib   turamiz,
toki   ular   bordi-kеldi   qilsinlar   va   yo’llar   kеsilib   qolmasin;   ular   o’z   istaklaricha
tijorat   va   kasb   qilsinlar».   Bunday   istak   Tеmuriy   hukmdor   Shohrux   tomonidan
ham   ma'qullangan.   Uning   Xitoy   impеratoriga   yo’llagan   maktubida,   jumladan,
quyidagilar yozilgan: «(Xitoy)tarafdan va davlat arboblaridan kutilgan umid va
orzu   shuki,   ular   mazkur   ishlarda   bizga   hamkorlik   ko’rsatib,   elchilar   yuborib
tursalar,   sayyoh   va   savdogarlar   uchun   yo’llarni   ochiq   tutsalar,   toki   do’stlik,
birlik   va   yakdillik   vositalari   quvvat   topsa».   Xitoyda   impеrator   Chju-di
hukmdorligi   yillarida   (1402-1424)   savdo   elchilik   aloqalariga   xalal   bеruvchi
ko’pgina to’siqlar, jumladan, turli soliq va bojlar bеkor qilingan edi.
Yevropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar
1400   yil   avgustida   Amir   Tеmur   o’z   lashkari   bilan   Shimoli-sharqiy
Anatoli yadagi Mingko’l yaqinida turganida xuddi shunday imkoniyat tug’ilgan
edi. Binobarin, Amir Tеmur XIV asrning oxirgi o’n yilligida Vizantiya saltanati
bilan   ham   aloqa   o’rnatgan,   chunki   Trapеzund   Konstantinopol   ma'murlari   va
Pеra bilan uzviy bog’liq edi. Kichik Osiyo bilan yaqinlashdi. U Tana, Astraxan
va Saroyni egalladi, O’rda bilan savdo-sotiq qilib turgan Vеnеtsiya va Gеnuya
bo’linmalari   yеr   bilan   yakson   etildi   va   shu   tariqa   Qora   dеngiz   bilan   tutashib
kеtgan Buyuk Ipak yo’lining bir tarmog’i to’sib qo’yildi. Еvropaliklar va Amir
Tеmur   jo’natgan   diplomatik   missiyalarni   Anqara   jangidan   avvalgi,   shu   jang
25 vaqtidagi, shu jangdan kеyingi guruhlarga bo’lish mumkin. 1394 va 1399 yilda
Vizantiya   impеratorining   Konstantinopoldagi   muovini   Amir   Tеmur   huzuriga
Fransua ismli dominikan monaxini ikki marta elchi qilib jo’natdi. Unga Sandro
(uni   ba'zi   manbalarda   Saratsinus   dеb   ham   ataydilar)   hamroh   bo’lgan.   Sandro
Gеnuya   Podеstati   bilan   yaqin   aloqada   bo’lgan,   chunki   uning   qo’lida   Gеnuya
ning homiysi bo’lgan Fransiya qirolining Amir Tеmur nomiga yozilgan maktubi
mavjud   edi.   Fransua   o’zining   birinchi   safari   chog’ida,   agar   Amir   Tеmur
Boyazidga   qarshi   urush   ochguday   bo’lsa,   Sharqiy   Urta   dеngiz   yoqasida
joylashgan   Еvropa   davlatlari   yordam   bеradilar,   dеgan   fikrni   Amir   Tеmurga
еtkazdi.   Amir   Tеmur   huzuriga   kеlganida,   Fransiya   qirolining   maktubi   bilan
tasdiqlangan   Konstantinopol   impеratorining   majburiyatlarini   unga   izhor   etdi.
Bunga   ko’ra,   agar   Amir   Tеmur   Boyazidga   qarshi   urush   boshlasa,   odatda,
Boyazidga   mo’ljallangan   xiroj   Amir   Tеmurga   bеrilishi   aytilgan   edi.
Konstantinopol   impеratorining   Amir   Tеmurga   yozgan   va   Amir   Tеmurning
Frantsiya   qiroli  Karl   VI   ga  yozgan  maktubida  bitilgan  ayrim   jumlalar  ana   shu
elchiliklar   haqida   guvohlik   bеradi.   Binobarin,   monax   Fransua   vositachiligida
еvropaliklar bilan Amir Tеmur   o’rtasida do’stona muloqot boshlangan.   1400 yil
mobaynida Vеnеtsiya sеnati   Amir Tеmur huzuriga o’zining ikki vakili Andrеa
Jistiniani   va   Matеo   Barbadigolarni   jo’natdi     Pеradagi   hisob   daftarida   1402   yil
18   mayidan 21 iyunigacha bo’lgan davrda Amir   Tеmur edchisi kеlib kеtganligi
ta'kidlangan 11
.
Elchilar Еvropaga qaytib kеtishayotganida Amir Tеmur Ularga o’z elchisi
Muhammad   al-Kеshiyni   ham   qo’shib   yubordi.   Uning   qo’lida   1402   yil   avgust
sanasi qo’yilgan va qirolga atalgan do’stona xat   bor edi. Maktubda Amir Tеmur
Boyazid   ustidan   g’alaba   qozonganini   aytib,   nasroniylarga   mеh-oqibatli
bo’lishini   bayon   etgan.   Maktubning   nusxasigina   saqlangan.   Anqara   jangidan
kеyin Amir Tеmur yuborgan otliq askarlar, turklarning qarshiligini  еngib, iloji
11
  Mualliflar jamoasi    “Amir Temur jahon tarixida” Toshkent, SHarq 2001. 126-bet
26 boricha ko’proq o’ljani qo’lga kiritganidan so’ngra jang tugadi. Shundan so’ng
Amir   Tеmur   bilan   еvropaliklar   o’rtasida   elchilar   bordi-kеldisi   yana   ham
ildamlashdi.     Boyazid   saltanatini   sindirgani   uchun   Еvropa   Amir   Tеmurdan
minnatdor   ekanini   izhor   etishni   istashar   va   va'da   qilingan   xirojni   unga   to’lay
boshlashga   kirishmoqchi   ekanliklarini   ma'lum   qilishardi.   1402   yil   2   sеntyabr
kuni   Konstantinopol   impеratori   muovinining   ikki   vakili - Podеstat   Bartolomеo
Rosso   va   uning   yordamchisi   Jano   Lomеllino   Amir   Tеmurga   pеshvoz   chiqib,
unga   bеriladigan   xirojning   mikdori   va   turlari   haqida   kеlishib   olmoqchi
bo’lishdi.   1402   yil   sеntyabri   boshlarida   Yangi   Fosеya   (grеk-turk   savdosining
muhim   markazi)   shahri   vakili   Mеssir   Galеatstso   Amir   Tеmur   huzuriga   kеlib,
uch kun turdi va 22 sеntyabrda jo’nab kеtdi.   Usha vaqtda Amir Tеmur huzuriga
Еvropadagi boshqa mamlakatlar elchilari   ham xiroj bilan kеlishdi. Bular oras i da
Fransua   Gattiluzio   chopari,   Lеsbos   va   Xios   orolida   hukmronlik   qilgan
gеnuyalik Maono ham bor edi.   Xuddi o’sha oyda Amir Tеmur elchilari Pеraga
kеlishdi,   elchilarga   sovg’a-salomlar   in'om   etildi.   1402   yil   dеkabrida   esa,
Vizantiya impеratorining Konstantinopoldagi muovini vakili Kolajanе Kayrano
Amir   Tеmur   huzuriga   yo’l   oldi.   Anqara   jangidan   so’ng   Fransiya   va   Angliya
yozishmalar   orqali   Amir   Tеmur   bilan   di plo matik   munosabat   o’rnatdi.   Fransuz
qiroli Karl VI bilan Amir Tеmur o’rtasidagi yozishmalarning bir qismi Fransiya
hujjatxonasida   saqlangan.   Amir   Tеmur   bilan   Karl   VI   o’rtasidagi   yozishmadan
ma'lum   bo’lishicha,   ikkala   podshoh   ham   savdo   bitimi   tuzishdan   manfaatdor.
Biroq   1405   yil   fеvralida   Amir   Tеmur   vafot   etishi   bu   ishni   poyoniga   еtkazish
imkonini   bеrmadi.   Qirol   Amir   Tеmur   fuqarolari   bilan   Gеnrix   fuqarolari
o’rtasida   erkin   savdo   munosabatlarini   o’rnatish   haqidagi   taklifga   rozilik
bildiradi. U yana yozadi: «bundan kеyin ham bizga va fuqarolarimizga mudom
xayrixohligingiz   bilan   tasarrufingizdagi   mulkingizga   borsalar   va   sizning
savdogarlaringiz  ham   bizning  mulkimizga  kеlishsa,  biz  shuning   tarafdorimiz».
Qirol   Amir   Tеmurning   «umumiy   dushman-turk   sultoni   Boyazid   ustidan
27 erishgan   buyuk   g’alabasi»   tufayli   «katta   yеngillik   va   katta   xursandchilik
sеzgani»ni bildiradi.
Amir   Tеmurning   ba'zi   elchilari   o’z   vazifalarini   ado   etish   asnosida
o’ldirilgan. Lеkin Amir Tеmurning o’zi doimo elchi daxlsiz ekanligini ta'kidlab
kеlgan. Agar elchi hatto dushman tarafidan   kеlgan bo’lsa ham, u doimo ularga
sarpo   kiydirgan.   Amir   Tеmur   karvon   yo’llarining   xavfsizligi   uchun   harakat
qilib, doimo ham   yaqin, ham uzoq mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar
o’rnatishga   intilardi.   U   ulkan   hududlar   va   ko’plab   mamlakatlarni   bir   davlatga
birlashtirib,   ular   orasida   uzviy   iqtisodiy   aloqalar   o’rnatishga   harakat   qilgan.
Amir Temur 1405-yil 18-fevralda vafot etadi 12
. 
Xulosa
Samarqand   -   azaliy   buyuk   va   daholik   qudrati   mujassam   bo’lgan,   Alloh
nazari   tushgan   maskan.   Uning   jahon   ilmu   fani,   madaniyati   va   san’ati   rivojiga
qo’shgan   katta   hissasi,   biz   shahar   ahlining   ko’p   asrlik   ma’naviy   merosimizni
asrab-avaylab   kelayotganimiz   va   mustaqil   O’zbekiston   shon-shavkatini
oshirishdagi g’oyat katta xizmatlarimiz uchun Samarqand shahri "Amir Temur"
ordeni   bilan   taqdirlangan   edi.   Mustaqillik   yillarida   Amir   Temur   nomi   qayta
tiklanib, uninga atab qator shaharlarda haykallar qo’yildi. 1996-yil Amir Temur
12
  Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
28 yili   deb   e’lon   qilinishi   bejizga   emas.   Chunki   Amir   Temurning   jahon   xalqlari
oldidagi xizmatlari beqiyosdir. 
Hazrati   Amir   Temurning   butun   suronli   umri,   uning   bunyodkorlik   bilan
yo’g’rilgan   faoliyati   salkam   yetti   asrkim,   xalqimiz,   millatimiz   nomini   olamga
yoyib   kelmoqda.   Bu   nomni   mustabid   tuzum   qanchalik   toptashga   urinmasin,
dunyoning   pok   niyatli   kishilari   ulug’   ajdodimizga   yuksak   hurmat-ehtirom
ko’rsatishni   o’zlariga   sharaf   deb   bilganlar.   Muborak   istiqlol   bobomizning
nomini qaytib berdi, uning ruhini shod etdi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bugungi kunda respublikamizda amalga
oshirilayotgan   ulkan   bunyodkorlik   ishlari,   islohotlar,   mamlakatimiz     iqtisodiy
qudrati   oshib   borishi   natijasida   jamiyat   ijtimoiy   sohaning   markaziy   bo’g’ini
hisoblangan oliy ta’limida ham tub islohotlar ro’y bermoqda. U yangilanmoqda,
yoshlar   ta’lim-tarbiyasini   takomillashtirish,   ularning   mazmunini,   uzluksizligini
ta’minlab beruvchi yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari
bilan boyib bormoqda. 
Mazkur   mavzuning   dolzarbligi   bugungi   kunda   ham   o’z   ahamiyatini
yo’qotgani yo’q. Bugungi kunda ham biz   Amir Temurning hayoti va faoliyati,
o’gitu nasihatlarini o’rganib kelmoqdamiz. 
Amir   Temur   1371-1404   yillar   orasida   Mo’g’uliston,   Eron,   Ozarbayjon,
Iroq,   S uriya,   Hindiston,   Gurjiston,   Armaniston,   Kavkaz   orti   o’lkalari   ustiga
harbiy   yurishlar   qildi.   Biz   uzoq   o’tmish,   eski   zamon   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining   qonuniyati   va   o’sha   zamonlardagi   hukmron   mafkuradan   kelib
chiqadigan bo’lsak, bunday urushlarning obyektiv qonuniyatlari borligini ochiq
anglaymiz. 
Amir   Temurning   jahongirlik   faoliyatida   har   ikkala   omil   ham   ma’lum
darajada   mavjud,   lekin   masalaga   haqqoniy   yondoshadigan   bo’lsak,   Temur
faoliyatida mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta’minlash, ya’ni uni tashqi
dushmandan   himoya   qilish,   o’z   xalqi,   Vatanini   jahonga   mashhur   etish   istagi
asosiy o’rinni egallagan. 
29 Xalqimizda   «qo’shning   tinch - sen   tinch»   degan   naql   bor.   Qo’shni
mamlakatlar   tinch   bo’lmagandan   keyin,  Movarounnahrda  tinchlik,  barqarorlik,
iqtisodiy va madaniy yuksalish qayoqdan bo’lsin?!
Amir Temur o’zining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga
suyanib ish tutdi. Amir Temur ko’p yillik kurashlardan keyin o’z yurtida feodal
tarqoqlik   va   paroknadalikka   barham   berdi,   el-yurtni   mo’g’ullar   istibdodidan
ozod qildi, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o’z tug’i ostiga birlashtirdi. 
Amir  Temur  faoliyati  davrning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga, jahon
sivilizasiyasining rivojlanishiga va umuman jahon tarixining yuksalishiga ulkan
hissa   qo’shdi.   Bunday   buyuk   haqiqatni   hisobga   olmay   va   e’tirof   etmay   turib
davrni,   uning   keyingi   asrlardagi   ta’sir   qirralarini   tiklash,   umumjahon   tarixiy
jarayoni  boyliklarining silsilasidagi  chinakam  ahamiyatini anglab yetish g’oyat
mushkul. 
Amir Temurning siyosiy qudrati va ezgu maqsadli faoliyati tufayli davlat,
ijtimoiy   va   harbiy   boshqaruv   tartibotlari   tubdan   yangilanib,   mavjudlari
takomillashtirildi, mulohaza asosida olib borilgan samarali moliya, pul va soliq
islohotlari   tufayli   jamiyatning   ishlab   chiqarish   kuchlari,   hunarmandlik   ishlab
chiqarishi, iqtisodiyot va savdo, shaharsozlik gurkirab rivojlandi.
Amir Temurning siyosiy va harbiy faoliyati voqeanomasi uning muayyan
maqsadga   yo’naltirilganidan,   hokimiyat   va   davlat   qurilishi   nazariyasi   chuqur
mulohaza   qilinganligidan   dalolat   beradi.   Bu   esa   qudratli   hukmdorning   jahon
taraqqiyotiga   qo’shgan   hissasi   to’g’risida   muayyan   xulosa   chiqarish   imkonini
beradi.
Birinchidan,   Amir   Temur   Movarounnahrda   feodal   tarqoqlik   va
boshboshdoqlikka   chek   qo’ydi   va   bu   yerda   kuchli   markazlashtirilgan   davlat
barpo etdi.
Ikkinchidan,   XIV   asr   90-yillarning   o’rtalarida   Amir   Temur   Eron,
Xuroson   va   Movarounnahr   yerlarini   iqtisodiyoti   umumiy   va   ma’naviy
madaniyati yaqin bo’lgan yagona davlatga birlashtirdi. 
30 Uchinchidan,   Oltin   O’rdani   tor-mor   keltirib,   Rus   davlatining   tatar-
mo’g’ul   zulmidan   qutulishiga   imkon   berdi.   Moskva   atrofida   Rus s iya   davlati
tashkil topishiga, Polsha-Litva uniya davlati mustahkamlanishiga olib keldi.
To’rtinchidan,   turk   sultoni   Boyazid   ustidan   g’alabasi   Yevropaning
asoratga solinishi xavfini bartaraf etdi va Konstantinopolni turklar bosib olishini
bir   necha   o’n   yil   orqaga   surdi.   Natijada   Yevropa   xalqlari   hech   bir   moneliksiz
ijtimoiy hamda aqliy rivojlanish imkoniga ega bo’ldilar.
Amir   Temur   Egey   dengizi,   O’rta   dengiz   va   Misrdan   tortib   Xitoy
sarhadlarigacha,   Dashti   Qipchokdan   Arabiston   dengizigacha   yaxlit   saltanat
barpo etib, Buyuk Ipak yo’lining to’liq xavfsizligini ta’minladi.
To’xtamishxon   va   Oltin   O’rdaning   tor-mor   etilishi   nafaqat
Movarounnahr,   balki   Rossiya,   Sharqiy   Yevropa   uchun,   butun   jahon   tinchligi
uchun zo’r ahamiyat kasb etdi. 
Xullas, Amir Temur o’z mamlakatining manfaati, tinchligi va xavfsizligi
uchun   kurashdi,   dushmanlarining   fitnasini   oldindan   bilib,   uning   chora-
tadbirlarini ko’rdi. Amir Temurning sharqiy yevropa va Osiyo xalqlari oldidagi
xizmatlari   insoniyat   xotirasidan   o’chmas   iz   qoldirdi.   Tarixda   Amir     Temur
buyuk   sarkarda,   buyuk   davlat   arbobi,   fan   va   madaniyat   homiysi   bo’lib
qolaveradi.
        
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Каримов   И.А.   ЭҲТИОРМ.     Тошкент   шаҳрида   соҳибқирон     Амир
Темур   ҳайкалининг   очилишига   бағишланган   тантанада   сўзланган
нутқ, 1993 йил 31 август. Т: 1. Т., Б. 354-356.
31 2. Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”  Toshkent  “Sharq” 1998-
yil.
3. Islom   Karimov   “Bizdan   ozod   va   obod   vatan   qolsin”   Toshkent
“O’zbekiston” 1994-yil.
4. Azamat  Ziyo “O’zbek davlatchiligi tarixi “ Toshkent, sharq 2000-yil
5.   Ma’naviyat   yulduzlari   “o’zbekiston   milliy   ensiklopediyasi”   Toshkent
2011-yil.
6. Mualliflar   jamoasi     “Amir   Temur   jahon   tarixida”     Toshkent,   SHarq
2001-yil.
7. Murod     Muhammad   Do’st   “Sog’lom   avlod-bizning   kelajagimiz”,   “Abu
Ali ibn Sino” Toshkent 2000-yil
8. Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
9. Г.Л.Пугаченкова,     Л.И.Ремпель   «История   искусств   Узбекистана   с
древнейших   времен   до   середин   двятнадцатого   века».   М.,
«Искус c тва»  - 1965
32

Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o’rni R e j a : I. Kirish:---------------------------------------------------------------------------3-5 II. Asosiy qism---------------------------------------------------------------------6-7 1.1. Amir Temur hayoti. Xalqaro munosabatlar, diplomatiya v a tashqi sa v do -----------------------------------------------------------7-10 1.2. Misr s ultonlari b ilan d iplomatik m unosabatlar --------------10-23 1.3. X ito y va H indiston bilan munosabatla r------------------------23-25 1.4. Ye vropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar ----26-28 Xulosa--------------------------------------------------------------------------------29-31 Foydalanilgan adabiyotlar-------------------------------------------------------32 2

Kirish Jahon tarixi zamirida ko’hna sharq tarixi alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki, har bir davr o’zining tarixiy shaxslarini yaratgan va mazkur shaxslar tarix silsilasini vujudga keltirganlar. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda Temur va temuriylar davrini mufassal o’rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy burilishlar davri bo’lgan. Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati, ko’p asrlar davomida Sharqu G’arb davlatlariga o’rnak va andaza bo’ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa sheriyat beqiyos rivoj topdi. Xalqimizning ko’p takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko’rsatgan cheksiz muruvvati ayniqsa ibratlidir. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Muhtaram prezidentimiz Toshkent shahrida sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanada so’zlangan nutqda “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi 1 ” deb faxr bilan aytib o’tgan edi. Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga boshlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo’y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishimiz, manbalar hamda chet el tarixchilari tamonidan yaratilgan 1 Каримов И.А. ЭҲТИРОМ. Тошкент шаҳрида соҳибқирон Амир Темур ҳайкалининг очилишига бағишланган тантанада сўзланган нутқ, 1993 йил 31 август. Т: 1. Т., Б. 354-356. 3

kitoblarni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni xolis va haqqoniy o’rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxru iftixorimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak. Darhaqiqat, tarix har bir mamlakatni ko’zgusidir. Bunda xato va kamchiliklar, yutuqlar yaqqol namoyon bo’ladi. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning tarix faniga bergan ta’rifi bir muncha diqqatga sazovordir. U jumladan tarix fanini sharafli va oliy martabali deb hisoblaydi. Mavzuning dolzarbligi: sharq sivilizasiyasi uchoqlaridan biri bo’lgan Turon zamin tarixining har bir davri o’ziga xos tarixiy taraqqiyotni o’zida aks ettiradi. Bu tarixiy taraqqiyot silsilalarida qanchadan-qancha davlatlar paydo bo’lgan, rivojlanib yuksalgan va barham topgan. Shu jumladan O’zbekiston tarixida Amir Temur tomonidan asos solingan Temuriylar davlati katta ahamiyatga ega. Bu davrni manbalar asosida o’rganadigan bo’lsak, Mag’ribdan Mashriqqacha bo’lgan hududida paydo bo’lgan imperiya jahon sivilizasiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Aynan imperiya asoschisi Temur o’zi zabt etgan mamlakat ilm ahlini poytaxt shahar Samarqand atrofida jamlagan. O’rta Osiyo san’atining ko’zga ko’ringan tadqiqotchilari san’atshunos fanlari doktori L.I.Rempel va G.A.Puganchenkovalar har tamonlama olib borilgan tekshirishlar natijasida XIV asr oxiri va XV asr boshlarida umuman Movarounnahr xususan Samarqandda yangicha ilmiy muhit yuzaga kelganligini qayd etadilar. «Movarounnahr O’rta Osiyo hamda O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarining rivojlangan badiiy tafakkurini o’zida ifodalagan edi 2 ». Ilm ahli, shoirlar, olimlar, tarixchlar, usta me’morlarning eng sara nomoyondalari «Sayqali ro’yi zamin»-Samarqandga yig’ildi. 2 Г.Л.Пугаченкова, Л.И.Ремпель «История искусств Узбекистана с древнейших времен до середин двятнадцатого века». М., «Искус c тва» ,1965, 309. 4

Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko’plab kitoblar nashr etilmoqda. Akademik V.V. Bartoldning xaqqoniy ravishda qayd etishicha Samarqand Temurning fikriga ko’ra dunyoning eng nomdor shahri bo’lishi kerak edi. Samarqand atrofida qator qishloqlar bunyod etilib, musulmon mamlakatlari bosh shaharlari: Bag’dod, Damashq, Misr (Kohira), Sheroz, Sultoniya nomlari berilganligi yuqoridagi fikrning ifodasi edi. Temur ulkan xududda temir intizom asosiga tayanib o’z davlatini barpo etdi va o’ziga xos ilmiy muhit yarata oldi. Shu o’rinda Amir Temurning yurtimiz tarixida tutgan o’rni qanchalik yuqori ekanligini anglash yosh avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim deb bilaman. Bu xususida quyida o’z fikrimni bayon etdim. Amir Temur (1336-1405) 5

Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xo’jailg`or qishlog`i (Yakkabog` tufadni)da 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to`liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag`ay ibn Amir Barqul. Amir Temuming onasi Takina xotun Kesh yurtining obro`li beka (bek og`o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag`ay barlos urug`ining oqsoqollaridan bo`lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o`z mulklariga ega bo`lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to`lgach, otasi uni o`qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo`lgan. U yoshlik chog`laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo`lib, kamondan nishonga o`q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga bolalikdagi do`stlari va maktabdoshlari to`planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo`lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo`lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo`shinida lashkarboshilik darajasigacha ko`tarilganlar. 1370-yilda Samarqandni hokimyat poytaxti deb belgilaydi 3 . Xalqaro munosabatlar, diplomatiya v a tashqi sa v do Qudratli buyuk davlat barpo qilgan Amir Tеmur bunday davlatning iqtisodiy jihatdan ravnaq topishini g’alabalarga olib kеluvchi harbiy yurishlar bilangina ta'minlab bo’lmasligini yaxshi his etardi. Movarounnahrning markazida, stratеgik jihatdan qulay joylashgan Samarqand shahrini poytaxt sifatida tanlar ekan, u Buyuk Ipak yo’lida joylashgan, Uzoq Sharqni musulmon dunyosi hamda Еvropa bilan bog’lovchi bu shahar ulug’vor inshootlari, dabdabali saroylari, saroy ahlining tantanavor kiyimlari bilan mеhmonlarni 3 Ma’naviyat yulduzlari “o’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2011-yil. 158-bet 6