logo

Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi va shaharsozligi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

166.1904296875 KB
MAVZU: Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi va
shaharsozligi
KIRISH
I BOB.   Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligining
o‘ziga xos xususiyatlari
1.1. Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida 
1.2. Amir Temur va temuriylar davri me morchiligining manbalarda aks etishiʼ
II BOB.  Amir Temur davrida qurilish ishlarining kengayishi hududlar misolida 
2.1. Amir Temurning Shahrisabzda amalga oshirgan qurilish ishlari tarixi
2.2. Amir Temurning ulug’ zotlarga ehtiromi me’morchilik ishlari misolida
III BOB.  Temuriylar davrida binokorlik va shaharsozlik ishlari tarixi
3.1.   Mirzo Ulug’bek davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari
3.2.   Samarqand   —   Yangi   O‘zbekistonning   turizm   darvozasi”   konsepsiyasining
ahamiyati
  XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi.   Must aqillik   yillarida   Samarqand
o‘zgacha   tarovat   va   mahobat   kasb   etdi.   Amir   Temur   tavalludining   660   yilligi,
Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yilligi   munosabati   bilan   Samarqandda   ulkan
bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida Sohibqiron bobomizning
salobatli   haykali   qad   rostladi.   Mirzo   Ulug‘bek   rasadxonasi   va   madrasasi   qayta
ta mirlandi.  ʼ Birinchi   Prezidentimiz   farmoniga   muvofiq   1996   yil   18   oktabr   kuni
Samarqand shahri “Amir  Temur” ordeni  bilan mukofotlandi. Shundan buyon bu
kun yurtimizda Samarqand shahri kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.   Davlatimiz
rahbari   tashabbusi   bilan   Samarqandning   asl   tarixiy   qiyofasini   tiklash,   iqtisodiy
salohiyatini   yuksaltirish   borasida   beqiyos   ishlar   amalga   oshirildi.   2007   yilda
Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.
Samarqand   shahri   o‘zining   qadimiyligi   va   betakrorligi   bilan   ajralib   turadi.   U
o‘zining   salkam   uch   ming   yillik   tarixini   o‘zida   mujassamlashtirgan.   O‘z
tarixining   turli   yillarida   bunyod   etilgan   muhtasham   binolar   shahar   ko‘rinishiga
zeb   bag‘ishlaydi.   Ana   shunday   muhtasham   inshootlardan   biri   Ulug‘bek
madrasasidir. U o‘zining mahobatliligi, noyob me moriy xususiyati, boy qurilishi	
ʼ
va   ta mirlash   tarixi   bilan   ajralib   turadi.   Prezidentimiz   SH.M.   Mirziyoevning	
ʼ
qadim   va   navqiron   Samarqand   shahrining   boy   madaniy   merosini   saqlash
bo‘yicha: “Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ta mirlash va	
ʼ
obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi ” – deya bejizga aytmagan edilar.
Shu   ma noda   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   Amir   Temur   va   Temuriylar	
ʼ
davrida   Samarqand   me`morchiligi   va   shaharsozligi   mavzusining   tadqiq   etilishi
dolzarb hisoblanadi. 
  Mavzuning o‘rganilish darajasi.   Dissertatsiyada ko‘tarilgan  Amir Temur
va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi va shaharsozligi   mavzusi ilmiy
adabiyotlarda   u   yoki   bu   darajada   o‘rganilgan   bo‘lsa-da,   alohida   dissertatsiya
ko‘rinishidagi   tadqiqot   sifatida   shu   choqqacha   ilmiy   jihatdan   keng   qamrovli
o‘rganilmagan.   Biz   o‘rganayotgan   sohaga   taaluqli   ilmiy   ishlar   T.F.Qodirova,
A.S.Uralov,   K.D.Raximov,   M.K.Axmedov,   D.A.Nozilov,   E.M.Masson,
R.I.Rempel,   V.A.Nilsen,   K.S.Kryukov,   E.N.Negmatov,   L.A.Adilova   kabi olimlarning   ishlarida   uchraydi.
Dissertatsiyaning   maqsadi.   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   Samarqandda
amalga   oshirilgan   shahrsozlik   va   me’morchilik   ishlarini   tarixiy   manbalar   va
adabiyotlarga   tayangan   holda   o’rganib   chiqilib,   bu   boradagi   ishlarning   tarixiy
ahamiyatini   istiqboldagi   ilg‘or   yo‘nalishlarini   aniqlash   va   ularni   rivojlantirish
bo‘yicha   takliflar   ishlab   chiqish.   Bizga   ma’lumki,   Samarqand   shahridagi   asosiy
tarixiy   qulrilish   ishlari   va   shaharsozlik   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida
amalga   oshirilgan.   Bu   esa   Amir   Temur   va   Temuriylarning   qudratini   namoyon
etib   turadi.   Hozirgi   kundagi   bu   bunyodkorlik   va   shahrsozlik   ishlarining   tarixiy
ahamiyati   sifatida   Samarqandga   ko’plab   mahalliy   va   xorijiy   sayyohlarni   jalb
etayotganligini   ta’kidlash   kerak.    
Tadqiqotning   vazifalari.   Dissertatsiya   maqsadidan   kelib   chiqqan   holda
quyidagilardan   iborat   bo‘ldi:
-   O’rta   asrlarda   Amir   Temur   davrida   Samarqand   me’morchiligining   shakllanish
jarayonini   o’rganish;
-   Amir Temur  davrida qurilish ishlarining kengayishi  hududlar misolida olingan
holatda yoritib berish;
- Temuriylar   davrida   binokorlik   va   shaharsozlik   ishlari   tarixini   yoritish ;
Tadqiqot   ob ekti.  ʼ   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   Samarqandda   qurilgan
tarixiy   binolar:   madrasalar,   masjidlar,   maqbaralar,   xonaqohlar,   kupriklar,
karvonsaroylar.  
Tadqiqot   predmeti.   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   Samarqanddagi
shaharsozlik   va   me’morchilik     ishlari   yoritilgan   manbalar.  
Tadqiqotning   yangiligi.   Mazkur   ishda   Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida
Samarqanddagi   shaharsozlik   va   me’morchilik     ishlari   yuzasidan   tarixiy
manbalardan   ma’lumot   olinib   Samarqand   shaharsozlik   va   me’morchiligining
istiqbolli   tarixiy   yo‘nalishlari   aniqlangan   va   ularni   rivojlantirish   bo‘yicha   ilmiy
takliflar   ishlab   chiqilgan.
Tadqiqot uslubi.   Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand shaharsozlik va me’morchiligi   tarixini     ilg‘or   an ana   va   yo‘nalishlarini   kompleks   o‘rganish   vaʼ
umumlashtirish.
Tadqiqotning   ahamiyati.   Amir   Temur   va   Temuriylar   davridagi   Samarqand
shaharsozligi   va   me’morchiligining   tarixiy   ahamiyati   hamda   ularning   kelajak
avlodni buyuk kelajagimizga bo’lgan hurmat va e’tiborlarini yanada yuksaltirish
maqsadiga qaratilgan.
Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   amalga   oshirilgan   shaharsozlik   va
qurilish   ishlari   tarixshunosligini   yuqori   darajaga   ko’tarish   maqsadi   quyilgan.  
Mazkur   dissertatsiya   yutuqlari,   shuningdek,   bo‘lajak   tarixchilar   va   yosh
tadqiqotchilarni   tayyorlash   ta lim   tizimida   ham   foydadan   holi   bo‘lmaydi.	
ʼ
Shuningdek,   bu   sohadagi   darslik,   o‘quv   qo‘llanmalar   va   ilmiy   tadqiqotlar,
monografiyalar   tayyorlashda   katta   ahamiyatga   egadir.
Tadqiqotning   sinov(aprobatsiya)dan   o‘tish   va   amaliyotga   joriy   etilish
holatlari.   Ilmiy   tadqiqot   natijalari   Sharof   Rashidov   nomidagi   Smarqand   davlat
universitetining 2022-2023-yillarda bo‘lib o‘tgan yosh olimlar, iqtidorli talabalar,
magistrlar     va   tadqiqotchilar   ilmiy   konferensiyalari   va   arxitektura   fakultetining
ilmiy-uslubiy   seminarlarida   ilmiy   doklad   (ma ruza)   tarzida   hamda   FARS	
ʼ
International   Joarnal   of   Education,   Social   Science   G   Humanities   (FIJESh)
jurnalida   chop   etilgan   ilmiy   maqolalar   tarzida   e lon   qilingan   va   muhokamadan
ʼ
o‘tgan.
Dissertatsiyaning   tarkibi   kirish,   3   ta   bob,   yakuniy   xulosalar,   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Amir Temur davrida Samarqand me’morchiligining  o‘ziga xos
xususiyatlari
1.1. Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida  Yer   yuzining   sayqali   deb   atalgan   muazzam   va   mo‘ tabar   Samarqand   jahonʼ
fani   va   madaniyati   taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo‘shgan   buyuk   siymolarni   o‘z
bag‘rida   tarbiyalab   kamolotga   yetkazdi.   Bugungi   kunda   biz   VIII   asrdayoq
Samarqanda   tug‘ilib,   zamonasining   falsafiy   mafkurasini   ko‘rsatib   beruvchi
asarlarning mualliflari, mashhur muhaddis, hofiz va boshqa donishmand   kishilar
haqida ma lumotga egamiz.	
ʼ   IX asrning ikkinchi  yarmida esa Movarounnahrning
madaniy   hayotida   yangi   davr   boshlanadi.   Xalifalik   hukmronligi   tugab,   mustaqil
Somoniylar   davlatining   qaror   topishi   bilan   madaniy   hayotning   jonlanishi   uchun
keng   yo‘l   ochiladi.   Bu   davlatning   eng   yirik   shaharlari,   jumladan,   Samarqand
ilmiy va madaniy markaz sifatida tez sur atlar bilan taraqqiy qilgan.	
ʼ   Somoniylar
davlatining   tashkil   topishi   va   Xorazmning   yuksalishi   siyosiy   barqarorlik   va
iqtisodiy   ko‘tarilish,   madaniy   hayotning   ravnaqiga   imkon   berdi.   Bu   davrda
Samarqandda   ilm   ahlining   hammasi   ham   qozi,   imom   bo‘lavermay,   ular   orasida
dunyoviy ilmlar - tabobat,   handasa, matematika, kimyo, falakiyot, falsafa, mantiq,
tarix va boshqa sohalar bo‘yicha mukammal bilim orttirgan olimlar ham yetishib
chiqqan.  
Samarqand   milliy   davlatchiligimiz   poydevori   yaratilgan,   qadimiy   poytaxt
maqomiga ega bo‘lgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Bu ko‘hna
va   betakror   shahar   O‘zbekiston   tarixida,   bugungi   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotimizda
alohida   o‘rin   tutadi.   Jahon   ilm-fanida   “G‘arbda   –   Rim,   Sharqda   –   Samarqand”
degan   ibora   bejiz   paydo   bo‘lmagan.     Ayniqsa,   buyuk   Sohibqiron   Amir   Temur
bobomiz   davrida   Samarqandning   shuhrati   butun   dunyoga   taraldi.   Samarqand
zaminida   o‘nlab,   yuzlab   buyuk   ajdodlarimiz   –   mashhur   sarkarda   va   davlat
arboblari, alloma va mutafakkir zotlarning qadamjolari    mavjud 1
.
Markaziy Osiyoni arablar istilo qilganining dastlabki yillarida bu yerga tashrif
buyurgan   tarixchilar   va   sayyohlar   Movarounnahr   shaharlarining   uch   qismdan,
ya ni   ark   yoki   ko‘handiz,	
ʼ   shahriston   yoki   madina   va   savdo-hunarmandchilik
qismi-rabotdan   tashkil   topganligiga   e tiborni   qaratishadi.   Ba zi   holatlarda	
ʼ ʼ
1
  https://uza.uz/uz/posts/shavkat-mirziyoev-samarqandning-buyuk-farzandlarini-yodga-oldi_304771 shahriston   ikkiga   –   ichki   shahar   va   tashqi   shaharga   bo‘lingan.   Arklar   ilk   o‘rta
asrlarda   shahristondan   tashqarida   joylashgan   bo‘lsa   (Buxoro,   Panjikent),
keyinchalik  ko‘p  holatlarda  ular  o‘zaro  birikib,  arklar  hatto  shahriston   hududiga
kirib   ketgan.   Bunga   misol   tariqasida   o‘rta   asrlardagi   Buxoro   va   Samarqandni
ko‘rsatib   o‘tish   mumkin.   XIII   asrga   kelib,   Samarqandni   mo‘g‘ullar   istilo   etgan
chog‘ida   uning   arki   hozirgi   Afrosiyob   deb   ataladigan   ichki   shahriston   qal asiʼ
mudofaa devorlari ichida bo‘lgan.   Bu ichki shahar to‘rt qator, yarim halqasimon
mudofaa   devorlaridan   tashkil   topgan.   Har   bir   halqa   sirtida   chuqur   mudofaa
handaqlari bo‘lgan. Afrosiyobning janubida esa hozirgi   Siyob bozoridan boshlab
Ruhobod   mavzeigacha,   shaharning   janubiy   darvozasidan   tashqarisidagi   savdo-
hunarmandchilik   hududi-raboti   mavjud   bo‘lgan.   Rabotning   o‘zi   ham   ikki
qismdan – ichki va tashqi rabotlardan tashkil topgan va ichki rabot tashqi shahar
deb   atalgan.   Bunga   misol   tariqasida   o‘rta   asr   manbalarida,   jumladan,
“Samariya”da Abdi Darun xonaqohini shahar devoridan 1300 qadam ichkarida va
Abdi   Birun   xonaqohini   qal a   devoridan   500   odim   tashqarida   hamda   Sherdori	
ʼ
berun deb nomlangan Nodir devonbegi
madrasasini   ham   shahar   (ya ni   rabot)   tashqarisida   joylashgan   deb   yozilgan.	
ʼ
Tarixiy manbalarda Samarqand shahar  xarobalarining Afrosiyob atamasi  XVIII-
XIX asrdan boshlab qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Taniqli so‘g‘dshunos olim V.A.
Livshits   “Afrosiyob”   so‘zi   so‘g‘dcha   “Parshvab-Parsiab”   so‘zlaridan   kelib
chiqqan   bo‘lib   Siyob   ustida,   Siyob   yuqorisida   degan   ma noni   anglatadi   degan	
ʼ
fikrda.   Keyinchalik   bu   atama   turk   shohi   Al   Ertunga   yoki   Alp   Artunga   nomiga
muqoyasi qilinib, Afrosiyob deb atalib ketilgan bo‘lsa kerak. 
O‘rta asrlarda yashab o‘tgan arab tarixchi, jug‘rofiyachi olimlari Maqdisiy,
Yoqut,   Ibn   Havqal,   Ibn   Battuta   va   boshqalar   Samarqandning   nihoyatda   go‘zal
hamda   Movarounnahrning   eng   yirik   shaharlaridan   ekanligini   e tirof   etishgan.	
ʼ
O‘sha   davrda   Samarqand   shahri   nafaqat   Afrosiyob   qal asi   va   uning
ʼ
Ruhobodgacha   yoyilgan   raboti   hududinigina   egallab   qolmasdan,   balki   bizga
tarixiy asarlardan ma lum bo‘lgan Devori Qiyomat nomli mashhur devor halqasi	
ʼ
ichida joylashgan bo‘lgan. V.V.Bartold va Sadriddin Ayniylar fikriga qaraganda mana shu mavzeda XIX asrgacha o‘sha devorning bir qismi saqlanib qolgan va u
Devori   Ko‘ndalang   deb   atalgan.   Shunday   qilib,   IX-XII   asrlardagi   Samarqand
shahri   haqida   gap   borganida   uning   nafaqat   Afrosiyob   qo‘rg‘oni,   balki   Devori
Qiyomat ichidagi ko‘plab rabot, mahallot, hayyot, kichik qo‘rg‘on (diz)larni ham
o‘z ichiga olganligini e tirof etish kerak. Samarqandga 1333 yili tashrif buyurganʼ
Ibn Battuta bunday yozadi: “Samarqand dunyoning yirik va go‘zal shaharlaridan
biri   hisoblanadi.   Mazkur   shahar   kir   yuvuvchilar   arig‘i   sohilida   joylashgan.   Bu
kanaldan bog‘lar va ekinlarni sug‘orish uchun charxpalaklar bilan suv chiqariladi.
Kechki   namozdan   keyin   shahar   xalqi   mana   shu   ariq   bo‘yiga   dam   olish   va   sayr
qilish   uchun   chiqishadi.   U   yerda   o‘tirish   uchun   o‘rindiqlar   va   meva   hamda
boshqa   xo‘rokvorlar   sotish   uchun   do‘konlar   o‘rnatilgan.   Shaharda   ko‘plab
saroylar,   samarqandliklarning   mahoratini   ko‘rsatuvchi   yirik   imoratlar   borki,
ularning   katta   qismi   shaharning   o‘zidek   vayrona   ahvolda   yotibdi.   Shaharda   na
devor va na darvozalar mavjud” 2
.  
Ilk   arabzabon   manbalardan   hisoblanadigan   Ibn   al-Faqihning   “Kitob   al-
buldon”   asarida   Samarqand   shahri   haqida   quyidagicha   ma lumot   keltirilgan:	
ʼ
“Samarqand shahri tashqi devorining uzunligi o‘n ikki farsahdir. Uning o‘n ikkita
darvozasi   bo‘lib,   har   bir   darvozadan   boshqasining   oralig‘idagi   masofa   bir
farsahga teng. Devor tepalarida tirgohlar va jangchilar uchun minoralar qilingan.
O‘n   ikkita   darvozaning   barchasi   yog‘ochdan,   ikki   tabaqali   qilib   ishlangan.
Darvozaxonaning   oxirida,   kiradigan   darvoza   qarshisida   yana   shunday   darvoza
bor   va  ularning  oralig‘ida qorovulxona  joylashgan.   Ekinzor  dalalardan   o‘tib,  siz
rabotda   to‘xtalasiz,   u   yerda   imoratlar   mavjud.   Rabot   va   uning   ichidagi
sug‘oriladigan   yerlar   olti   ming   jaribga   teng   va   uning   ichidagi   qishloq,   bog‘   va
bog‘chalar   devor   bilan   o‘rab   olingan,   yuqoridagi   o‘n   ikki   darvoza   mana   shu
devorda o‘rnashgan. Shundan so‘ng siz   besh ming jarib yerni egallagan shaharga
kirasiz.   Bu   yerning   to‘rtta   darvozasi   bor...   Keyin   siz   ichkari   shaharga   kirasiz,
uning   maydoni   ikki   ming   besh   yuz   jarib.   Bu   (ichki)   shaharda   jome   masjidi,
ko‘handiz va hokim qarorgohi joylashgan. Shahardan oqar suv o‘tadi. Katta devor
2
  Ибн Баттута. Саёҳатнома “Туҳфат ан-нуззор фи ғаройиб ал-амсор ва ажоиб ал-афсор” / масъул муҳаррир 
ва муқаддима муаллифи Н.Иброҳимов. – Т.: “Шарқ”, 2012. – 377-378 бетлар.  ichida esa soylar va kanallar  bor. Ko‘handizning boshi  va oxirida temir  darvoza
o‘rnatilgan.” 3
Ibn   al-Faqihning   ma lumotlarini   arxeologik   va   tarixiy   ma lumotlar   bilanʼ ʼ
to‘ldirib,   ilmiy   mushohada   o‘tkazib,   ancha   aniqlik   bilan   Samarqandning   X-XII
asrlarga   oid   planirovkasini   taxminan   tiklash   mumkin.   Ibn   al-Faqih   ta riflagan	
ʼ
shaharning tashqi devori asoslari biz yuqorida aytib o‘tganimizdek ba zi yerlarda	
ʼ
saqlanib   qolgan.   Ichki   rabot   yoki   tashqi   shahar   deb   nomlanuvchi   shaharning
ikkinchi   qismi   asosan   Temuriylar   davridagi   Samarqand   hududini   egallagan.
O‘sha paytlarda uning 4 ta darvozasi bo‘lgan ekan. Muallif zikr etgan shaharning
uchinchi   qismi   esa   Afrosiyob   qal asiga   mos   keladi.   Uningham   to‘rttadarvozasi	
ʼ
bo‘lgan.   Al-Istaxriy   ichki   shahar   darvozalarining   nomlarini   ham   keltirgan:
sharqdagisi   Xitoy   darvozasi,   g‘arbdagisi   Navbahor   (Navbegar),   shimoldagisi
Buxoro va
janubda   Kesh   darvozalari.   Al-Istaxriy   va   Al-Umariylar   Jo‘yi   Arzis   nomli
ko‘rg‘oshindan   qilingan   osma   quvur   yoki   tarnov   (nov)li   suv   o‘tkazgich   haqida
ma lumot   berishib,  bu  joy nomini  Ras  at-Toq,  ya ni   Toq  (arka)  ning  boshlanish	
ʼ ʼ
joyi   deb   nomlashadi.   U   ichki   shaharning   Bob   ul-Kis   (Kesh   yoki   Qarshi
darvozasi)ga tutash bo‘lganligi va mana shu joyda katta bozor tashkil qilinishini
ma lum   qilishadi.   darvozasi   bo‘lgan.   Al-Istaxriy   ichki   shahar   darvozalarining
ʼ
nomlarini   ham   keltirgan:   sharqdagisi   Xitoy   darvozasi,   g‘arbdagisi   Navbahor
(Navbegar), shimoldagisi Buxoro va janubda Kesh darvozalari. Al-Istaxriy va Al-
Umariylar Jo‘yi Arzis nomli ko‘rg‘oshindan
qilingan   osma   quvur   yoki   tarnov   (nov)li   suv   o‘tkazgich   haqida   ma lumot	
ʼ
berishib,   bu   joy   nomini   Ras   at-Toq,   ya ni   Toq   (arka)   ning   boshlanish   joyi   deb	
ʼ
nomlashadi.   U   ichki   shaharning   Bob   ul-Kis   (Kesh   yoki   Qarshi   darvozasi)ga
tutash   bo‘lganligi   va   mana   shu   joyda   katta   bozor   tashkil   qilinishini   ma lum	
ʼ
qilishadi.   Ibn   al-Faqih   Samarqand   ichkari   shahrini   2,5   ming   jaribga   teng   deb
yozadi.   Bir   jaribni   900   m2   deb   olsak,   ichkari   shahar,   hozirgi   Afrosiyob
3
  Самарқанд шаҳрининг умумбашарий маданий тараққиёт тарихида тутган ўрни.  Самарқанд шаҳрининг 
2750  йилик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материалари. Самарқанд – 2007.  qal asining   hududi   2,5  ming  tanob  x  900  m2  =  2250000  m2  bo‘ladi.  Bir  gektarʼ
10000 m2 ekanligini  hisobga olib 2250 ming kv.m. ni  unga taqsimlasak  225 ga
(gektar)   chiqadi.   Bu   hozirgi   ma lumotlar   (219   ga)   ga   juda   ham   yaqin.   Shundan	
ʼ
kelib   chiqib,   Samarqand   shahrining   X-XII   acrlardagi   tashqi   shahristoni   5   ming
jarib   yoki   450   gektar   va   uning   raboti   6   ming   jarib   yoki   540   gektar,   rabot
devorining uzunligi 12 farsax yoki 84 km atrofida bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Ibn   Battuta   Samarqandga   1333   yil,   ya ni   Amir   Temur   shahar   qal asini	
ʼ ʼ
ta mirlashidan   sal   kam   40   yil   oldin   kelgan.   Bu   ko‘p   katta   sana   emas.   Demak,	
ʼ
uning ma lumotlaridan foydalanib, Amir Temur dastlab Samarqand atrofini devor	
ʼ
oldirib,   (1370-1371   yillarda)   qurgan   qal asi   qanaqa   bo‘lganligini   aniqlash	
ʼ
mumkin.   Hozirgacha   fanda   keng   foydalanib   kelinayotgan   M.E.Masson   taxmin
qilgan temuriy shahar asosan XIV acr oxiri va XV acr boshlarida shakllangan deb
hisoblanadi. 
Samarqandning   tabiiy   ko‘rinishi,   tarixi,   me moriy   obidlari   haqida   xabar	
ʼ
beruvchi   Abu   Tohirxojaning   “Samariya”   asari   ham   muhim   manba   hisoblanadi.
Asar fors tilida (1844-1848 yy.) yozilgan va 11 bobdan iborat bo‘lib, Samarqand
shahrining   vujudga   kelishi   va   Amir   Temur   va   Temuriylar   davri   me morchilik	
ʼ
tarixini   o‘rganishda   ahamiyatli   asar   hisoblanadi.   Qo‘lyozma
nusxasi   O‘zbekiston   FA   Beruniy   nomidagi   sharqshunoslik   in-tida   saqlanmoqda.
(inv. №600).
Asarda muallif shaharning “Samarqand” deb atalishi haqida bir sabablarni
ko‘rsatib   o‘tadi.   Muallif   bu   o‘rinda   “Burhoni   qote ”,   “Masolik   ul-mamolik”,	
ʼ
“Tarixiy   Tabariy”   ,   “Haft   iqlim”   kabi   kitoblarga   murojaat   qilib,   shahar
“Samarqand”,     “Samar   qazdi”,   “Samar”   degan   shaxs   tomonidan   shaharga   asos
solinganligi haqida qimmatli ma lumotlarni keltirib o‘tadi. 	
ʼ
Yana   bir   muhim   ma lumot   muallif   “Osor   ul-bilod”   asariga   ishora   qilib,	
ʼ
Samarqand   shaharning   qo‘rg‘oniga   Kaykubod   o‘g‘li   Kaykovus   tomonidan   asos
solinganlini keltirib o‘tadi 4
.   
4
  Абу Тоҳирхожа. Самария. 2 бет.  Samarqand   qo‘rg‘onining   ikkinchi   imorati,   Malik   Tubba   Yaman   tomonidanʼ
qurilgan. Uchinchi imorat Malik Iskandar bo‘lib, shahar tevaragida ayri bir devor
qurdirdi.   Bu   devor   hozirda   “Devori   qiyomat”   deyiladi.   To‘rtinchi   imorat,   Amir
Temur   Ko‘ragon   tomonidan   bunyod   etilgan 5
.   Tadqiqotimiz   doirasida,   Amir
Temur va temuriylar davri haqida “Samariya” asarida muhim xabarlar keltirilgan
bo‘lib, kerakli o‘rinlarda iqtiboslar keltiriladi. 
Mustaqillik   yillaridagi   keng   qamrovli   islohotlarni   amalga   oshirish   jarayonida
milliy   tiklanish,   ma naviy   yangilanish,   milliy   o‘zlik   va   o‘ziga   xoslikni   yaxlit	
ʼ
tarzda   anglab   yetgan,   erkin   demokratik   tafakkurga   ega   bo‘lgan   va   mustahkam
milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a zolarini tarbiyalash vazifalarini hal	
ʼ
etishda   tarix   fanining   roli   jiddiy   ravishda   ortmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi
Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta kidlab   o‘tganidek,   “Milliy   o‘zlikni,   milliy	
ʼ
iftixorni   tiklash   va   rivojlantirish   jarayonida   tarixiy   xotira,   xalqning,   jonajon
o‘lkaning ob ektiv tarixini, davlat hududini tiklash nihoyatda muhim ahamiyatga	
ʼ
egadir”1.     Qadriyatlarni   belgilovchi   mezon   -   bu   o‘tmish   yodgorliklari   bo‘lib,
ularga   san at,   madaniy-tarixiy   yodgorliklar   kabi   ma naviy   va   moddiy   boyliklar	
ʼ ʼ
kiradi.     Amir   Temur   va   temuriylar   davri   tarixi   O‘zbekiston   tarixi   sahifalarida
alohida, o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Movarounnahrni mo‘g‘ul bosqini iskanjasidan
ozod etib, mustaqil va yagona davlat tuzgan Amir Temur ayni paytda madaniyat,
obodonchilik homiysi va tashkilotchisi sifatida ulkan xizmatlar qildi. Bu davrning
ma naviy   va   moddiy   meroslari   -   dunyo   madaniyatining   yorqin   sahifalaridan	
ʼ
biriga   aylandi.   Ilm-fan,   me morchilik,   tasviriy   va   amaliy   san at,   adabiyot,	
ʼ ʼ
she riyat, musiqa san ati o‘zi bilan dunyo miqyosidagi ajoyib favqulodda holatni	
ʼ ʼ
namoyon etdiki, bu o‘z navbatida shu davrning “temuriylar Uyg‘onish davri” deb
shuhrat   qozonishi   bejiz   emasligining   shubhasiz   dalilidir.   Lekin,   afsuski,   milliy-
madaniy   boyliklarning   talon-taroj   qilinishi   turli   bosqinchilik,   istilochilik
yurishlari   davrida   avjga   chiqdi.   Biroq,   turli   savdo-sotiq   jarayonlari,   madaniy
aloqalar   davrida   ham   ko‘plab   madaniy   boyliklar   begona   yurtlarda   qolib   ketdi.
Mustaqillik   yillariga   kelib,   o‘zbek   xalqi   o‘zining   boy   tarixidan,   milliy
5
  Ўша асар. 3 бет.  qadriyatlaridan ogoh bo‘la boshladi. Ajdodlari qoldirgan bebaho merosdan bahra
ola   boshladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   qayd
qilganidek,   “   Har   qaysi   xalq   yoki   millatning   ma naviyatini   uning   tarixi,   o‘zigaʼ
xos   urf-odat   va   an analari,   hayotiy   qadriyatlaridan   ayri   holda   tasavvur   etib	
ʼ
bo‘lmaydi.   Bu   borada,   tabiiyki,   ma naviy   meros,   madaniy   boyliklar,   ko‘hna	
ʼ
tarixiy   yodgorliklar   eng   muhim   omillardan   biri   bo‘lib   xizmat   qiladi” 6
.   Amir
Temur nomini insoniyat tarixida qoldirgan omillardan biri u kishining bunyodqor
shaxs   sifatida,  mamlakat  obodonchiligi  va  el-yurt  farovonligi   yo‘lida  ko‘rsatgan
faoliyatidir.   Amir   Temur   mo‘g‘ullar   bosqini   davrida   vayronaga   aylangan
Samarqand,   Buxoro,   Termiz,   Marv   kabi   qadimiy   shaharlarni,   bir   qancha   katta-
kichik   qal a   va   istehkomlarni   qayta   tikladi.   Shaharlar   tevarak-atroflarida	
ʼ
ma muriy binolar, suv inshootlari qurilib, bog‘u bo‘stonlar barpo etiladi, minglab	
ʼ
gektar   qo‘riq   va   bo‘z   yerlar   o‘zlashtirilib,   sug‘orma   dehqonchilik   maydoni
kengaytiriladi.   Amir   Temur   hukmronligi   davrida   Kesh   (Shahrisabz)   shahrining
obodonligiga   katta   e tibor   berildi,   uning   maqsadi   ona   shahrini   Markaziy	
ʼ
Osiyoning   ma naviy   qalbiga   aylantirish   edi.     Dunyoga   dong‘i   ketgan     Oqsaroy	
ʼ
o‘z   davrida   juda   mahobatli,   go‘zal   bino   bo‘lib,   balandligi   74   metr   va   mingdan
ortiq   xonasi   bo‘lgan,   har   bir   xonalarining   bezaklari   birbiridan   farq   qilib,   ajralib
turgan.   Bu   bino   hozirgi   davrdagi   yigirma   qavatli   binoga   tenglashadi.
San atshunoslik   fanlari   doktorlari   L.I.   Rempel   va   G.A.   Pugachenkovalarning	
ʼ
fikricha, xuddi shu holat, ya ni arxitekturaning yangi tasviriy vositalarini qidirish	
ʼ
o‘sha   davrda   butun   Sharqda   tenggi   bo‘lmagan   hashamat,   dabdabaga   erishgan 7
.
Darhaqiqat,   Samarqand   saltanat   poytaxtiga   aylantirilgandan   qeyin   qo‘plab
saroylar,   masjidlar,   madrasalar,   maqbara   va   xonaqoxlar   qurildi.   Amir   Temur
o‘gitlarida ta qidlanishicha, «Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqoxlar	
ʼ
qurishni,   musofir,  yo‘lovchilar  uchun   yo‘l  ustiga   rabotlar   bino  qilishni,  daryolar
ustiga ko‘priklar qurishni буюрдим» 8
 - deb ta kidlanadi.  Amir Temur yuqoridagi	
ʼ
fikrini   davom   ettirib,  shunday   deydi:   «Xarob  bo‘lib  yotgan  yerlar   egasiz   bo‘lsa,
6
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008.- Б. 30.
7
  История искусств Узбекистана с древнейших времен до сер. XIX в., 1965. С. 309.
8
  Амир Темур ўгитлари, 1992. 19-бет. xolisa   tarafidan   obod   qilinsin.   Agar   egasi   bo‘lsa-yu,   (lekin)   obod   qilishga   qurbi
yetmasa,   unda   turli   asboblar   va   kerakli   narsalar   bersinlar,   toki   o‘z   yerini   obod
qilib olsin» 9
  - deb izohlaydi. Shahar tashqarisida bog‘-rog‘lar barpo etildi. 1403-
1404   yillarda   Samarqandda   bo‘lgan   Ispaniya   elchisi   Rui   Gonsales   de   Klavixo
Temurning   olib   borayotgan   bunyodkorlik   ishlaridan   hayratda   qolgan   edi.   Xuddi
shu davrda Shohizinda me moriy yodgorliqlari guruhining Shodimulk og‘a, Amirʼ
Husayn,   Shirinbeka   og‘a,   kabi   qator   ajoyib   maqbaralari,   jome   masjidi,   Go‘ri
Amir   dahmasi   va   boshqalar   bunyod   qilindi.   Shuni   alohida   ta kidlash   kerakki,	
ʼ
mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan va aholisi tomonidan tashlab
chiqilgan   Samarqand   shahri   Temur   hukmronligi   davrida   o‘zining   qadimgi
o‘rnidan   birmuncha   janubroqda   yangidan   qayta   quriladi.   Qurilishga   Amir
Temurning   eng   yaqin   sarkardalaridan   biri   Oq   Bug‘a   boshchilik   qiladi.   Shahar
atrofida   Ohanin,   Shayxzoda,   Chorsu,   Qorizgoh,   So‘zangaron   va   Feruza   kabi
nomlar   bilan   yuritiluvchi   oltita   darvozali   mustahkam   qal a   devori   bilan   o‘rab	
ʼ
chiqiladi.   O‘sha   davrda   yangidan   qad   ko‘targan   Samarqand   shahrining   g‘arbiy
qismida davlat mahkamasi uchun Arki Oliy quriladi. Bu yangi arkda Temurning
qarorgohi   Ko‘ksaroy   va   Bo‘stonsaroy   bunyod   qilinadi.   Manbalardan   ma lum	
ʼ
bo‘lishicha,   Ko‘k   saroy   to‘rt   qavatli   bo‘lib,   gumbazlari   va   devorlari   zangori
koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun shu nom bilan
atalgan. 
O‘sha   davrlarda   amalga   oshirilayotgan   bunyodkorlik   ishlarining   borishi   haqida
Sharafuddin   Ali   Yazdiy   shunday   deydi:   «801   yil   ramazon   oyining     4-kuni
yakshanbada  mohir  me morlar  va so‘z  san atida benazir  ustalar  baxtli  soatda  va	
ʼ ʼ
yulduzlar uchun qulay paytda shahar jome  masjidiga asos solindi. ...Ozarbayjon,	
ʼ
Eron, Hindistondan 500 toshtarosh masjidning o‘zida ishlar, boshqalari esa tog‘da
tosh   yo‘nib,   shaharga   jo‘natish   bilan   band   edi.   Butun   yer   yuzidan   poytaxtga...
turfa san at mutaxassislarining uyushmalari va musavvirlar to‘planishdi. Qurilish	
ʼ
ishlarini   nazorat   qilishni   Temur   shahzodalar   va   amirlarga   topshirdilar...
Qurilishga  shaxsan  o‘zi  keldi   va  o‘sha  kezlari   vaqtining ko‘p qismini   shu  yaqin
9
  Амир Темур ўгитлари, 1992. 19-бет. atrofda   -   Xonim   madrasasi   va   Tuman   Og‘a   maqbarasida   o‘tkazdi...   Bino
balandligi   binokorlarning   mahorati   yanglig‘   ko‘k   gumbaziga   yetishguncha   va
hovli   ozodaligi...   jannat   bog‘larining   chiroyini   unuttirar   darajada   bo‘lmaguncha
davom etdi... Osmon gumbazi bo‘lmaganda bu gumbaz yagona bo‘lardi, Somon
yo‘li   bo‘lmaganda   peshtoq   yagona   bo‘lardi.   Devorlar   tutashgan   to‘rtta
burchakning har birida minora qad ko‘tardi. Muazzinlar dunyoning to‘rt tomoniga
qarab   azon   aytishadi.   Masjidning   yetti   xil   ma dandan   qo‘yilgan   buyukʼ
darvozalarining   ovozi   yetti   iqlimdagi   mo‘minlarni   tangri   uyiga   chorlaydi.
Devorlari   ichki-tashqi   tarafidan   va   ravoq   atrofi   toshga   o‘yilgan   bitiklar   bilan
bezatilgan... Minbar  bag‘oyat  go‘zal  qilib bezatildi, mehrob temirdan yasaldi» 10
.
Amir  Temur o‘z davrida mamlakatni  obod qilishda ilm-fan vakillari  g‘oyalariga
tayangan   va   ularga   tez-tez   murojaat   qilib   turgan.   Bu   haqda   Amir   Temur   o‘z
o‘gitlarida: «Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga
yordam   berib   kelganlar.   Sizlar   esa   menga   nisbatan   bunday   qilmayapsizlar.
Mening   maqsadim   -   mamlakatda   adolat   o‘rnatish,   tartib   va   tinchlikni
mustahkamlash,   fuqaroning   turmushini   yaxshilash,   yurtimizda   qurilishni
kuchaytirish,   davlatimizni   rivojlantirishdir.   Sizlar   bu   ishlarni   amalga   oshirishda
menga o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak» - deb uqtiradi. Amir
Temur   shaharlardagi   qurilishlardan   tashqari,   Samarqand   atrofida   o‘zining   xeshu
aqrobalariga   atab   ko‘pgina   ko‘rkam   ko‘shklar,   go‘zal   bog‘lar   qurdirdi.   Mohir
me mor,   tajribali   soxibkorlarning   aql-zakovati,   mehnatiyu   mahorati   bilan   barpo	
ʼ
etilgan   Bog‘i   Dilkusho,   Bog‘i   Chinor,   Bog‘i   Baland,   Bog‘i   Nav,   Davlatobod,
Bog‘i   Shamol   kabi   chorbog‘lar   va   ulardagi   go‘zal   ko‘shklar   o‘sha   davr
bog‘dorchilik san atining namunalaridandir. Manbalarda ta rif etilishicha, shahar	
ʼ ʼ
atrofi   o‘sha   vaqtlarda   Samarqandning   eng   go‘zal   va   eng   hashamatli   qismi
hisoblangan.   Temur   boshlab   bergan   bunyodkorlik   an anaga   aylanib,   bunday	
ʼ
ishlar vorislari tomonidan davom ettirildi. Temuriy shahzodalardan tortib nufuzli
amirlaru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari o‘z shaxsiy mulk va mablag‘larining
kattagina qismini markaziy shahar  va ularning tevarak-atrofida shohona ko‘shku
10
  Шарафуддин Али Яздий, Зафарнома. Тошкент,   1996. 276-277-бетлар. saroylar   qurishdan   tashqari,   xayriya   ishlariga   -   masjidu   madrasalar,   xonaqoxu
shifoxonalar, hammomu bozor rastalari, rabotu karvonsaroylar, suv inshootlariyu
bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar barpo etishga sarf qilganlar. Ayniqsa ular e tiqod, ilmʼ
va   ma rifat   maskanlari   -   masjidlar   va   madrasalar,   shifoxona   va   xonaqoxlarning	
ʼ
sarfu   xarajati   uchun   katta-katta   ekin   yerlari,   tegirmon,   objuvoz,   moyjuvoz   va
do‘konlar kabi qo‘zg‘almas mulklarni vaqf qilib, mudarris olimlaru tolibi ilmlar,
zohidlar   va   mashoyixlarga   maoshlar   belgilaydilar.   Kishilik   jamiyati   tarixida
bunyodkorlik   g‘oyalari   yurtni   obod,   xalq   hayotini   farovon   qilishdeq   olijanob
maqsadlar   bilan ajralib turadi. Ular   insoniyat   sivilizatsiyaga  erishgan  davrlardan
buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab qelmoqda. Birinchi
Prezident   Islom   Karimovning   «O‘zbek   tom   ma noda   bunyodkordir”,   degan	
ʼ
so‘zlarida   ham   ana   shu   boqiy   g‘oyalar   o‘z   ifodasini   topgan.   Bunyodkorlik
xalqimizga ota-bobolarimizdan merosdir.
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot
bosqichiga   ko’tarildi.   Temuriylar   davlatining   qudrati   ayniqsa   me’morchilikda
namoyon   bo’ldi.   Oqsaroy   peshtoqida   bitilgan   «Qudratimizni   ko’rmoq   istasang-
binolarimizga   boq!»   degan   yozuv   Temur   davlatining   siyosiy   vazifasini   ham
anglatar   edi.   Temur   davrida   Movarounnahr   shaharlari   qurilishida   istehkomlar,
shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi
shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq
qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Temur
davrida   Kesh   shahar   qurilishi   yakunlandi.   «Hisor»ning   janubi-g’arbida   hukumat
saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.
Temur saltanat  poytaxti Samarqandni bezatishga  alohida e’tibor berdi. Shaharda
«Hisori”,   qal’a,   ulug’vor   inshoatlar   va   tillakor   saroylar   bunyod   ettirdi.
Samarqandga kiraverishdagi Ko’hak tepaligida Cho’pon ota maqbarasi Ulug’bek
davrida  qurilgan bo’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning  nafisligi,
bezaklarda   ulug’vorlik   uyg’unlashib   ketgan.   Temur   davrda   Samarqand
Afrosiyobdan janubda mo’g’ullar davridagi ichki va tashqi  shahar o’rnida qurila
boshladi  hamda  bu maydon qal’a devori  va xandok bilan o’ralib (1371   y)  Hisor deb   ataldi.   Hisor   500   gektar   bo’lib   devor   bilan   o’ralgan.   Shaharga   oltita
darvozadan kirilgan.
Shahar   mahalalardan   iborat   bo’lib,   guzarlarga   birlashgan.   Shaharda   me’moriy
majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug’i bo’ldi.
Me’morchilik   taraqqiyotning   yangi   bosqichiga   ko’tarildi,   inshootlar   ko’lami
bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va
naqqoshlar   zimmasiga   yangi   vazifalarni   qo’ydi.   Temur   davrida   gumbazlar
tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan
yoysimon   qovurg’alarga   tayangan   tashqi   gumbazni   ko’tarib   turuvchi   poy
gumbazning   balandligi   oshdi.   Ulug’bek   davrida   gumbaz   osti   tuzilmalarning
yangi   xillari   ishlab   chiqildi.   Aniq   fanlardagi   yutuqlar   me’morchilik
yodgorliklarida   aniq   ko’rinadi   (Shohizinda,   Ahmad   Yassaviy,   Go’ri   Amir
maqbaralari,   Bibixonim   masjidi,   Ulug’bek   madrasasi).   Ularning   old   tomoni   va
ichki   qiyofasi   rejalarini   tuzishda   me’moriy   shakllarning   umumiy   uyg’unligini
belgilovchi   geometrik   tuzilmalarning   aniq   o’zaro   nisbati   bor.   Bezak   va   sayqal
ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Temuriylar   davrigacha   va   undan   keyin   ham   Movarounnahr   va   Xuroson
me’morchiligida   bezak   va   naqsh   bu   qadar   yuksalmagan.   Temur   va   Ulug’bek
davri   me’morchiligida   bezakda   ko’p   ranglilik   va   naqshlar   xilma-xilligi
kuzatiladi.   Epigrafik   bitiklarni   binoning   maxsus   joylariga,   xattotlik   san’atini
mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin   qatamlarida   tasvir   mavzui   kam   uchraydi.   Oqsaroy   peshtoqlarida   Sher
bilan   Quyoshning   juft   tasviri   uchraydiki,   bu   ramziy   ma’noga   ega.   Temur   va
Ulug’bek   davrida   bino   ichining   bezagi   ham   xilma-xil   bo’lgan.   Devor   va   shift,
hatto   gumbaz   ham   naqsh   bilan   ziynatilgan.   Temur   davrida   qurilgan   binolarda
ko’k   va   zarhal   ranglar   ustun   bo’lib,   dabdabali   naqshlar   ishlangan,   Ulug’bek
davrida Xitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi.
Bu   davrda   diniy   inshootlar,   hukmdor   saroylari,   aslzodalarning   qarorgohlari
ko’plab qurildi. Temur Hindiston yurishidan so’ng (1399   y). Samarqandda jome
masjidi  qurdiradi.  Uning  ro’parasida   Bibixonim  madrasasi   va  maqbara  bunyod ettirdi.   Ulug’bek   Buxoro   Jome   masjidini   kengaytirib,   qayta   qurish   ishlarini
boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Temur davrida Saroy Mulk xonim Go’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan.
Ulug’bek   Samarqand,   Buxoro   va   G’ijduvonda   madrasalar   bunyod   etirdi.   XV
asrda madrasa me’morchiligi o’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo’ldi. Madrasa
qurilishi   yagona   tizim   bo’yicha   rejalashtirilsa   ham,   asosiy   shakllari,   ularning
o’zaro   nisbatlari   va   bezaklariga   ko’ra   har   biri   o’z   qiyofasiga   ega   edi.
Temuriylarning   ikki   san’at   durdonasi-Samarqanddagi   Ulug’bek   va   Hirotdagi
Gavharshodbegim   madrasalari   yagona   tizim   rejasi   bo’yicha   qurilganiga
qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Temuriylar   davridan   qolgan   maqbara,   din   arboblari   va   ruhoniylar   qabrini   o’z
ichiga   oluvchi   to’siq-xazira,   avliyolar   qadamjolari,   dahma   alohida   guruhni
tashkil   qiladi.   Samarqandda   Temur   davrida   shayx   Burxoniddin   Sag’orjiy
xilxonasi   –   Ruhobod   maqbarasi   va   Temuriylar   xilxonasi   -Go’ri   Amir.
Shuningdek,   Shohizinda   majmuasida   peshtoqli   maqbaralar   guruhi   quriladi.
Ulug’bek   davrida   ijodiy   izlanishlar   samarasi   dahmalarning   me’moriy
ko’rinishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara
va   hozirgacha   Qozizoda   Rumiy   maqbarasi   deb   kelinayotgan   («Sultonning
onasi»   uchun   qurilgan,   asli   noma’lum)   maqbara   quriladi.   Ulug’bek   Buxoro,
G’ijduvon,   Shahrisabz,   Termiz,   Toshkentda   ham   noyob   obidalar   qurdirgan.
Ammo qurilish miqyosi  va bezaklar  bo’yicha Samarqanddagi obidalar  ustunlik
qiladi.   Toshkentda   Zangi   ota   maqbarasi   va   Shayxontohur   majmuasi,   bo’lib,
Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.
Temur   davrida   ulkan   inshoot-Turkiston   shahrida   Ahmad   Yassaviy   maqbarasi
barpo   qilindi.   Bu   maqbara   musulmon   Sharqining   me’moriy   yodgorliklari
orasida eng noyobidir.
Qadamjolar   me’morchiligi   ham   o’ziga   xos   tuzilishga   ega.   Temur   Buxoroda
Chashmai   Ayub   (1380y.)   yodgorligini   qurdiradi.   Shunigdek,   Temur
Shahrisabzda   ziyorat   va   dafn   marosimlari   uchun   «hazira”-»Dor   us-Siyozat”
(1389-1400)   xilxonasini   qurdirgan.   O’g’li   Jahongir   vafot   etgach   Shahrisabzda maqbara   (hazrati   Imom)   qurdirgan.   Unda   Xorazm   me’morchiligi   an’analarini
ko’rish mumkin.
Samarqand   milliy   davlatchiligimiz   poydevori   yaratilgan,   qadimiy   poytaxt
maqomiga ega bo‘lgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Bu ko‘hna
va   betakror   shahar   O‘zbekiston   tarixida,   bugungi   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotimizda
alohida   o‘rin   tutadi.   Jahon   ilm-fanida   “G‘arbda   –   Rim,   Sharqda   –   Samarqand”
degan   ibora   bejiz   paydo   bo‘lmagan.     Ayniqsa,   buyuk   Sohibqiron   Amir   Temur
bobomiz   davrida   Samarqandning   shuhrati   butun   dunyoga   taraldi.   Samarqand
zaminida   o‘nlab,   yuzlab   buyuk   ajdodlarimiz   –   mashhur   sarkarda   va   davlat
arboblari, alloma va mutafakkir zotlarning qadamjolari    mavjud 11
.
Amir   Temur   davrida   qurilgan   Samarqand   me’morchiligida   muhum   ahamiyatga
ega   bo’lgan   tarixiy   inshootlardan   biri   Shohizinda   me’moriy   ansambilidir.   Unda
Amir   Temur   va   Temuriylar   xonadoniga   mansub   va   yaqin   kishilari   uchun
maqbaralar qurilgan.
Tuman   oqo   masjidi.   Shohi   Zinda   me’moriy   xazirasi-nekropoli   eng   yuqorisidagi
hovlining g’arbiy tomonidagi o’zaro bog’langan ikki bino-masjid va maqbara bor.
Masjidning chuziqroq xonasiga uchta eshikdan kirish mumkin 12
. 
O’rtadagi   eshikka   chortoq   orqali   o’tamiz.   Masjidning   me’moriy   konstruvtiv
tuzilishi-ravoq va gumbazlar, izora va muqarnaslar o’zaro mutanosib belgilangan.
Janubiy   eshik   ustidagi   koshinli   bitik   tarjimasi:   “Hazrati   Malika   Hayrun-Niso
nomli   Tuman   oqo,   Odil   Amir   Musoning   qizi,   Alloh   uni   yorlaqsin   va   rahmatiga
Musharraf etsin. Alloh taoloning irodasi ila ushbu masjid poydevorini qurdirdi” 13
.
Ushbu   tarixiy   bitik   muhim   ahamiyatga   ega:   darvoqe,   masjidni   bunyod   etgan
shaxs   “Hazrati   Malika”   Tuman   oqo   Amir   Muso   qizi,   uning   bolaligidagi   ismi
Xayriniso   eganligini   tasdiqlaydi.   Masjidning   shimol   tomoniga   tutash   maqbara
ham malika nomi bilan bog’liq.
11
12
  Amir   Temur   jahon   tarixida  “ Sharq ”,  Toshkent , 1996.  154 bet.
13
 Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida…. 31-bet. Tuman   oqo   maqbarasi.   Maqbara   mujazgina   chorsu   xonadan   iborat.   To’rt
tarafidagi   ravoqlar   yuqorida   sakkiz   raxli   ravoqchalar   xalqasi   orqali   gumbaz   osti
bezaklariga   bog’langan.   Tashqi   tomondan   xushqad   koshinkoriy   peshtoqi   va
baland   ko’k   gumbazi   balan   kishi   diqqatini   jalb   qiladi.   Binoning   ichki   va   tashqi
bezaklari   o’z   qalbining   mohir   ustalari   tomonidan   bajarilgan   ko’zga   yaqqol
tashlanadi.   Bino   peshtoqi   bezaklari   ichida   muhim   tarixiy   ma’lumotlar   qisman
saqlanib   qolgan.   Bino   sanasi   808   xijriy,   ya’ni   1405-yil   deb   ko’rsatilgan.   “Alloh
uning   saltanatini   davomli   aylasin”   so’zlari   Amir   Temurga   nisbatan   aytilgani
sezilib turibdi.
O’ljaoyim   xonaqohi.   Qo’shgumbazli   bino   Shohi   Zinda   me’moriy   majmuidagi
Amir Temur davrining ajoyib yodgorligidir. O’zaro bog’langan ikki chorsi xona:
kattasi-ziyoratxona, shimol tomondagi kichigida-gurxona joylashgan. Gurxonada
bitta   qabr   toshi,   uning   ustida   tagxona-sardoba   bor.   Xonalar   baland,   usti   ko’k
gumbazlar   bilan   bog’langan.   Koshinkor   va   bezaklari   jozibali.   Ichkarida   naqshli
bazaklari nozik va nafis.
Qusam   ibn   Abbos   me’moriy   majmui.   Shohi   zinda   nomi   bilan   mashhur
ziyoratgohdir.   Payg’ambar   Muhammad   alayhisalom   amakisining   o’g’li   shu
manzilda   shahid   bo’lgan   va   dafn   etilgan.   Amir   Temur   zamonida   bu   me’moriy
majmua   ancha   kengaytirilib   ta’minlandi.   Zero,   Amir   Temur   saltanat   tutishdagi
dastlabki   shiori   haqida:   “Davlat   va   saltanatimga   bog’langan,   lekin   birinchi
tuzugim-Tangri   taoloning   dini   va   Muhammad   Mustafoning   shariatiga   dunyoda
rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim” degan edi 14
.
Shohi  Zinda qabristoni  uchinchi  chortoqining kichkinagina hayratangez nafis  va
badiiy did bilan bezatilgan o’ymakor eshik bor. Unda ustoz Yusuf Sheroziy nomi
va 807-xijriy (1404-yil) qayd etilgan. Eshik ortidagi nim qorong’i miyonqoradan
izorasi va mehrobi koshinkor bezatilgan masjidga o’tiladi. Bu masjidga tutash XII
asr binosining bir minorasi va o’ymakor yog’och araqi tusin saqlanib qolgan. 
14
 Temur tuzuklari. Toshkent. 1992. 53-bet. Masjidning   ikkinchi   eshigidan   gumbazli   chorsi   ziyoratxonaga   o’tiladi.   Uning
janubiga Qusam  ibn Abbosning mo’jazgina go’rxonasi tutashgan. O’rtada sirkor
va naqshinkor bezatilgan ajoyib sag’ana. Bu o’sha davr sirkor bezaklarining eng
ko’rkam   namunasidir.   Sag’ananing   uchinchi   pog’onasida   Qur’oni   karimning
“Alloh   yo’lida   o’ldirilganlarni   o’lik   deb   hisoblamang!   Yo’q,   ular   tirikdirlar!”
oyati   bitilgan.   Bu   oyat   qabristonga   berilgan   “Shohi   Zinda”-“Tirikshoh”   nomiga
bog’lanib ketadi. (Ba’zi talqinlarga ko’ra-“shahid zinda”) 15
.
Xoja   Ahmad   maqbarasi-Shohi   Zindaning   eng   yuqorisidagi   gumbazli   chorsi
xonadan   iborat   bino.   Tashqi   peshtoqning   sirkor   bezaklari   nihoyatda   yuksak
san’atkorona   bajarilgan.   Bu   binoni   XIV   asrning   60-yillarida   me’mor   Faxrali
bunyod etgan. 
Shohi   Zinda   me’moriy   xazirasidagi   bir-biridan   ajoyib   maqbaralar   Amir   Temur
avlodlari,   xususan,   uning   singlisi   Qutlug’   Turkon   og’o,   singlisi   Shirinbeka   oqa,
qarindoshlaridan Shod Mulk oqa kabi ayollar osoyish topgan manzillardir. 
Shohi   Zinda   me’moriy   majmui   Markaziy   Osiyoning   Amir   Temur   davrida
me’morchilik sohasida erishilgan bezak namunalarining qomusidir 16
. 
1.2. Amir Temur va temuriylar davri me morchiligining manbalardaʼ
aks etishi
Amir   Temurning   dastlabki   shaharsozlik   faoliyati,   ya ni   1370-1371	
ʼ
yillardagi qurilgan shahar qal asi ko‘rsatilmagan. Shuningdek, bu olim chizmada	
ʼ
tiklagan o‘rta asrlar Samarqand devor va darvozalarining ba zilari XVIII acrda bu	
ʼ
yerda   Shohmurod   ibn   Doniyol   olib   borgan   qurilish   faoliyatiga   tegishli   bo‘lib,
uning   Amir   Temur   qurdirgan   devor   va   darvozalardan   farqi   ko‘rsatilmagan.
Sohibqiron   1370-1371   yillarda   dastlab   XII   asrning   shahri   Birun   hududiga   mos
tushadigan yerni Ibn al-Faqih ta riflagan mo‘g‘ullar buzib tashlagan qal a sifatida	
ʼ ʼ
tiklaydi.   Uning   o‘sha   paytda   to‘rt   darvozasi   hamda   chorsusi   bo‘lgan   va   shahar
15
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 155-bet.
16
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 155-bet. an anaviy   rub a   yoki   qit a   shaklidan   tashkil   topgan.   Amir   Temur   XIV   asrʼ ʼ ʼ
oxiridan to umrining oxiri (1405 y.) gacha shaharni kengaytirib, yangi ko‘chalar
ochtirdi.   Samarqand   shahri   qo‘rg‘onining   XIV   acrning   60-yillarida   buzilib
ketganligi   Shomiyning   “Zafarnoma”   sida   ham   ta kidlangan	
ʼ 17
.   Amir   Temur
Samarqand   shahrida   o‘z   poytaxtini   tashkil   qilgan   paytida   ilgari   qal ani	
ʼ
ta mirlagan.   Samarqand   qal asi   dastlab   Sohibqiron   va   uning   farzandlari   davrida	
ʼ ʼ
qurilgan Kesh, Hirot, Andijon, Binoket, Marv, Buxoro, Baylaqon shaharlari kabi
ark   va   markazda   ikkita   katta   ko‘cha   kesishgan   shahristonli   shahar   ko‘rinishida
bo‘lgan.   Buni   hozirgi   davrgacha   bizga  yetib   kelgan   shahar   strukturasida   ko‘rish
mumkin.   Bunday   shahar   ko‘rinishi   Movarounnahr   shaharsozligida   rub a   yoki	
ʼ
qit a deb nomlanib, shaharning to‘rt dahaga bo‘linishini anglatadi. Shahristondan	
ʼ
sharqroqda,   Obi   Mashhadga   tutash   hududda   Amir   Temur   qo‘g‘irchoq   xon   qilib
ko‘targan Suyurg‘atmish va Sulton Mahmud rabotlari joylashgan bo‘lgan. Uning
shimoliy qismida esa Tuman oqaning rabodi va shimolroqda, Shohizindaga tutash
yergacha   Bibixonimning   onasi   O‘lja   oyim   charbog‘i   va   keyinchalik   maqbaraga
aylantirgan ko‘shki joylashgan bo‘lgan. Bu rabotlar devor bilan o‘rab olinganligi
va   shahardan   ihota   qilinganligi   uchun   bu   hudud   Dari   Zanjir,   ya ni   zanjirlangan	
ʼ
eshik   deb   yuritilgan.   Keyinchalik   Amir   Temur   mavqei   oshib   borgach   shahar
hududi   ham   kengaya   bordi.   Jumladan,   1380   yillarda   Sohibqiron   shaharning
janubi-sharqidagi   Ruhobod   mavzesini,   unga   tutash   shaharning   chaqar   (harbiy
gornizoni)   yerlarini   shahar   hududi   tarkibiga   kiritdi.   Unga   tutash   bo‘lgan   aholi
yerlarini sotib olib, Muhammad Sulton uchun binolar majmuasi va chorbog‘ bino
qildi. Ispaniya elchisi Rui Gonzales Klavixoning guvohlik berishicha, 1404 yilda
Ohanin darvozasidan Chorsu darvozasigacha butun shaharni kesib o‘tadigan katta
ko‘cha   qurilishi   boshlab   yuborildi.   Uning   bir   boshida   Ohanin   darvozasi   yonida
Bibixonim nomi bilan
bog‘langan   Jome   masjidi   va   qarama-qarshisida   shu   nomli   madrasa   ko‘chaning
boshqa   boshidaesa   Muhammad   Sulton   madrasasi   va   xonaqohi   joylashgan   edi.
Ko‘cha   chorsuni   kesib   o‘tganligi   tufayli   janubdagi   darvoza   Chorsu   deb
17
  Низомиддин Шомий. Зафарнома. – Т.: “Ўзбекистон”, 1996.  nomlangan.   Shahar   markazi   -   Chorsuda   Tuman   oqa   toqi-savdo   gumbazi
joylashgan   edi.   Bu   yopiq   bozor   yana   Timi   kulohfurushon   deb   ham   nomlangan.
Shu tariqa ilgarigi rub a yoki qit a ko‘rinishidagi shahar keng tarmoqlangan butunʼ ʼ
boshli strukturaga aylandi.
Amir Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatda ma lum	
ʼ
darajada   qaror   topgan   osoyishtalik   tufayli   qadim   zamonlardan   davom   etib
kelayotgan   an analar   asosida   ilm-fan   va   madaniyat   yanada   jonlandi   va   keyingi	
ʼ
davrlarda rivojlanishiga zamin   yaratildi.
Amir Temur va Temuriylar davri me morchiligi haqida so‘z borganda,   albatta	
ʼ
o‘sha davr muarrixlari tomonidan yozib qoldirilgan manbalarga murojaat etiladi.  
Amir   Temur   o‘zi   barpo   etgan   ulkan   saltanatning   shon-shuhrati   uchun   uning
markaziy   qismi   –   Movarounnahrni,   ayniqsa   Samarqand   shahrini
obodonlashtirishga   alohida   ahmiyat   berdi.   U   zabt   etilgan   mamlakatlardan
boyliklardan   tashqari,   mohir   hunarmandu   musavvir-naqqoshlarni,   me moru	
ʼ
binokorlarni, muhandis olimlarni Movarounnahrga olib keldi. 
Amir   Temur   o‘z   hukmronligining   ilk   davrida   Kesh   shahrini   mamlakat
poytaxtiga   aylantirish   niyatida   uning   obodonchiligiga   katta   ahamiyat   berdi.   Bu
yerda   dunyoga   dong‘i   ketgan   Oqsaroy   qad   ko‘tardi.   Bu   muhtasham   saroyning
peshtoqi,  toqu ravoqlari, devorlari   zangori  va  oltin rang arabiy  naqshli   koshinlar,
guldor   o‘ymakor   parchinlar   bilan   ziynatlandi.   Sohibqiron   Keshni   Markaziy
Osiyoning ma naviy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar	
ʼ
“Qubbatul ilm val adab”, ya ni “Ilm va adab gumbazi” degan unvonga ega bo‘ldi. 	
ʼ
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida Amir Temurning
Samarqandni   poytaxt   qilishini   sabablari   haqida   quyidagi   fikrlarni   keltiradi.
“Temurbekning zodi-budi Keshdin uchun, shahr va poytaxt qilurig‘a ko‘p sa y va	
ʼ
ehtimollar qildi, oliy imoratlar Keshta bino qildi. O‘ziga devon o‘lturur uchun bir
ulug‘ peshtoq va yana o‘ng yonida va so‘l yonida tavochi beklari bila devon beklari
o‘lturub   devon   so‘rar   uchun,   ikki   peshtoq   qilibtur.   ....Yana   Keshda   madrasa   va
maqbara   qilibtur.   Jahongir   Mirzo   va   yana   ba zi   avlodining   maqobiri   anadadur.	
ʼ Chun Keshning qobiliyati shahr bo‘lmoqqa Samarqandcha emas edi, oxir poytaxt
uchun Temurbek Samarqandni-o‘q ixtiyor qildi” 18
.
Amir   Temur   Samarqaandni   o‘z   davlatining   poytaxtiga   aylantirar   ekan,   uning
boy   va   rang-barang   o‘tmishi,   geografik   jihatdan   qulayligi,   ob-havosini   ham
hisobga olgan edi. 1370 yilda iyunida qurultoy chaqirilib, uning ulkan shaharsozlik
tadbirlari   haqidagi   rejalar   belgilab   olinadi.     U   mashhur   me mor   va   ustalar   bilanʼ
suhbatlashadi.   Uning   rejasi   bo‘yicha,     qurilgan   har   bir   me moriy   obida,   poytaxt
ʼ
devorlaridan tortib, to gumbazining uchigacha, koshinlari, g‘ishtlarigacha yagona,
tugal va mukammal ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak edi. 
1371   yilda   qisqa   muddat   ichida   shahar   atrofiga   mudofaa   istehkomi   vazifasini
bajaruvchi   qal a   devori   burjlari   bilan   oltita   darvoza   quriladi.   Ohanin,   Feruza,	
ʼ
So‘zangaron,   Gozuriston   (Korizgoh),   Buxoro   va   Shayxzoda   (Chorraha)   kabi
darvozalar shaharga olti tarafidan keladigan keladigan yo‘llarini belgilab turardi va
bu yo‘llar markaziy bozorga olib borardi.    Samarqand   saltanatini  o‘z  ko‘zi   bilan
ko‘rgan   ispan   elchisi   Rui   Gonsales   de   Klavixoning   yozishicha,   Amir   Temur
“Qaysi bir mamlakatni zabt etgan va bo‘ysuntirgan bo‘lsa, ularning hammasidan
odamlar,   Samarqand   va   uning   atrofidagi   yerlarga   joylashtirdi.   Shoh   har   xil
hunarmadlarni   yig‘ishga,   ayniqsa,   ko‘p   harakat   qildi” 19
.   Ibn   Arabshoh,
Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali  Yazdiy va boshqa olimlar  ham  shuni  qayd
etishadi.   Misr,   Shom,   Ro‘m,   Ozarboyjon,   Eron,   Xorazm,   Hindiston   va   ko‘plab
boshqa   yurtlardan   minglab   hunarmandlar   ko‘chirib   keltirilgan   va   hammasi   ish
bilan   ta minlangan.   “Shoh,   —   deb   yozadi   Klavixo,   —   turli   tomondan	
ʼ
Samarqandga   keltirilgan   har   xil   toifadagi   erkak   va   ayollarning   hammasi,
aytishlaricha,   bir   yuz   ellik   mingdan   oshiq   bo‘lgan.   Bular   orasida   turk,   arab   va
boshqa   elatlar,   arman   xristianlari,   yunon   katoliklari,   nasroniylar,   yakobitlar   va
yuzi   bilan   o‘tga   topinuvchi   o‘ziga   xos   mashabga   ega   bo‘lgan   kishilar   ham   bor
edi”   (Klavixoning   “Samarqandga   –   Amir   Temur   saroyiga   sayohat   kundaligi”
asaridan).   Olib   kelingan   xaloyiq   hayratlanarli   darajada   ko‘p   ediki,   shaharga,
ko‘cha va maydonlarga, qishloqlarga, hatto shahar tashqarisidagi daraxtlar ostiga,
18
 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент “Шарқ”, 2002, 61 бет. 
19
  Амир Темур жаҳон тарихида. Тошкент “Шарқ”, 1996, 98-99.  g‘orlarga   ham   odam   sig‘may   ketgan   edi.   Amir   Temur   ularni   bir   –   biridan
ajratmasdan, qavmi va oilasi bilan birga jamoa – jamoa joylashtirgan, zarur shart
–   sharoit   yaratib   bergan,   chunki   yangi   joyda   o‘z   hunarlarini   yo‘lga   qo‘yishlari,
mahorat   va   bilimlarini   namoyon   qilishlari   uchun   ular   yotsiramasligi,   mahkam
o‘rnashib   olishlari   kerak   edi.   Samarqand   atrofida   Damashq,   Misr,   Bog‘dod,
Sultoniya,   Sheroz   nomli   qishloqlarning   paydo   bo‘lishini   shu   bilan   izohlash
mumkin.   Bunday   qishloqlar   Shahrisabz,   Qarshi,   Buxoro   atroflarida   ham   yuzaga
kelgan.   XIV   asr   oxirlaridayoq   qurilishda   birga   ishlagan   mahalliy   va   kelgindi
me morlar,   ustalar   o‘rtasida   o‘zaro   ta sir   va   o‘ziga   xos   ijodiy   amaliy   birdamlikʼ ʼ
yuzaga kelgan. Musiqa, raqs, tomosha san atlarida bunday birdamlik va uyg‘unlik	
ʼ
birmuncha kechroq paydo bo‘lgan, deb o‘ylaymiz. XV asr boshlaridayoq umumiy
badiiy   maktablar   shakllangan.   Natijada   nainki   me morchilik,   naqqoshlik,	
ʼ
o‘ymakorlik   va   boshqa   qator   hunarlarda,   balki   musavvirchilik,   musiqa,   raqs,
tomosha   san atlarida   ham   keskin   yuksalishlar   yuz   berdi.   Buni   aksar   olimlar	
ʼ
uyg‘onish davri, temuriylar renessansi deb ataydilar.
Shahrisabzdagi   mashhur   Oqsaroyning   koshinkor   va   parchinkor   peshtoqining
guldor   naqshlari   orasiga   “Agar   bizning   quvvat   va   qudratimizga   ishonmasang,
qurgan   imoratlarimizga   boq”   degan   xitobnoma   bitilganligi   fikrimiz   dalilidir.
Saltanat   poytaxti   Samarqand   Amir   Temur   davrida   ayniqsa   gullab   yashnadi.
Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shahrilarining
me moru   binokorlari   qo‘li   bilan   saroylar,   masjidlar,   madrasalar,   maqbaralar	
ʼ
quriladi. Shahar tashqarisida esa bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar barpo etiladi. Xususan
Shohizinda   me moriy   majmuasiga   mansub   Shodimulk   og‘o   maqbarasi,	
ʼ
Shirinbeka   og‘o   maqbarasi   va   boshqalar   quriladi.   Shaharda   Bibixonim   jome
masjidi, Amir Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qad ko‘taradi.
Umuman olganda Samarqand shahri Amir Temur davrida o‘zining qadimiy o‘rni
Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi
mustahkam   qal a   devori   bilan   o‘ralib,   Ohanin,   Shayxzoda,   Chorsu,   Korizgoh,
ʼ
So‘zangaron   va   Feruza   kabi   nomlar   bilan   ataluvchi   6   ta   darvoza   o‘rnatildi.
Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish   tarmoqlari   chiqarilib,   dehqonchilik   maydonlari   kengaytirildi.   Yangi
qishloqlar barpo etildi.
Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad ko‘targan
bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq),
Misr,   Bag‘dod,   Sultoniya   va   Sheroz   nomlari   bilan   atadi.   Amir   Temurning
fikricha,   Samarqand   kattaligi,   go‘zalligi   hamda   tevarak-atrofining   obod
etilganligi   jihatidan   dunyodagi   eng   yirik   shaharlardan   ham   ustunroq   turmog‘i
lozim edi. 
Amir   Temur   va   temuriylar   qurgan   bino,   imorat   va   inshootlarning   aksariyati
hali hamon ajdodlarimiz zakosidan xabar berib, butun dunyo ahlini hayratga solib
kelmoqda. Birgina Samarqandni olsak, bu ko‘hna shahar «The Huffington Post»
internet nashri tomonidan inson o‘z umri davomida hech bo‘lmasa bir marta borib
ko‘rishi   shart   bo‘lgan   dunyodagi   50   shahardan   biri   sifatida   e tirof   etilishiga,ʼ
albatta,   Sohibqiron   bobomiz   va   uning   avlodlari   tomonidan   bunyod   etilgan
muhtasham saroylar, masjidu madrasalar, bog‘-rog‘lar ham sababdir.
«Boburnoma”da   Samarqand   mavzusi   alohida   o‘ringa   ega.   Chunki   Bobur
mirzo Samarqandni juda sevar edi, chunki Samarqand taxtiga astoydil intilgandi,
chunki   Samarqand   taxti   o‘sha   paytlar   temuriy   mirzolarning   mavqeini   belgilab
beradigan taxt edi, chunki ota-bobolari bu ulug‘ shaharda tug‘ilib voyaga yetgan
edi,   chunki   Samarqandni   buyuk   Sohibqiron   ulkan   davlatiga   poytaxt   qilgan
edi:   «Mo‘g‘ul	
 va	 turk	 ulusi	 Semirqand	 derlar.	 Temurbek	 poytaxt	 qilib	 edi.
Temurbekdin	
 burun	 Temurbekdek	 ulug‘	 podshoh	 Samarqandni	 poytaxt	 qilg‘on
emasdur » 20
.  
«Temurbekning	
 va	 Ulug‘bek	 mirzoning	 imoroti	 va	 bog‘oti	 Samarqand
mahallotida	
 ko‘ptur.	 Samarqand	 arkida	 Temurbek	 bir	 ulug‘	 ko‘shk	 solibtur,	 to‘rt
oshyonliq,	
 Ko‘ksaroyg‘a	 mavsum	 va	 mashhur	 va	 bisyor	 oliy	 imorattur» 21
.
Temuriylar   tarixida   Ko‘ksaroy   qanday   o‘rin   tutganini   ushbu   parcha   nihoyatda
aniq   ifodalaydi:   «Temurbek	
 solg‘on	 oliy	 imoratlardin	 biri	 Ko‘ksaroydurkim,
Samarqandning	
 arkida	 voqi	 bo‘lubtur.	 Ajab	 xosiyatliq	 imorattur.	 Temurbek	ʼ
20
 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент “Шарқ”, 2002, 59 бет. 
21
 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент “Шарқ”, 2002, 54 бет.  avlodidin har	 kim	 bosh	 ko‘tarib	 taxtqa	 o‘ltursa	 ham	 munda	 o‘lturur,	 har	 kim	 taxt
doiyasi	
 bila	 bosh	 qo‘ysa	 ham	 munda	 qo‘yar,	 hattokim,	 kinoyati	 bo‘lub	 erdikim,
falon	
 podshohzodani	 Ko‘ksaroyg‘a	 chiqardilar,	 ya ni	 ulturdilar»	ʼ 22
.  
Ko‘ksaroyda   Amir   Temurning   taxti,   xazinasi   va   boy   kutubxonasi
joylashgan   edi.   Bu   yerda   Sohibqiron   xorijdan   kelgan   elchilarni   hamda   saroy
a yonlarini   qabul   qilgan.   Amir   Temurdan   keyin   ham   Ko‘ksaroy   temuriy	
ʼ
hukmdorlar   uchun   rasmiy   saroy   vazifasini   bajargan.   Afsuski,   bu   keltirilgan
ma lumotlar manbalarda saqlanib qolgan. 	
ʼ
Keltirilgan   ma lumotlardan   ko‘rinadiki,   shahar   bosh   reja   asoida   qurilgani	
ʼ
bois   Bo‘stonsaroy,   Ko‘ksaroy,   Qutbi   Chahordum,   Ruhobod   va   Amir   Temur
maqbarasi, Muhammad Sulton madrasasi va xonaqohlari bir qatorda joylashgan 23
.
Amir   Temurning   bevosita   rahbarligi   va   tashabbusi   bilan   Samarqandda   20   dan
ortiq mahobatli me morlik inshooti barpo qilingan.  	
ʼ
Shuningdek,   davlatni   boshqarish   uchun   devonxona   Arki   a lo   qurdirdi.   30	
ʼ
gektar   maydonni     egallagan   ark   ikki   qator   mudofaa   devori   bilan   o‘ralgan.
Mudofaa devorining tashqi tomonidan chuqur va keng xandaq qazilib, u Novadon
arig‘ining suvi bilan to‘ldirilgan. Arkning ichi ikki qismga ajratilgan bo‘lib, uning
shimoliy   tomonida   ma muriy   binolar   hamda   harbiy   maqsadda   foydalanilgan	
ʼ
inshootlar joylashtirilgan. 
Shuningdek,   Amir   Temur   va   Temuriylar   davri   haqida   muhim   xabarlar   beruvchi
Sharafuddin   Ali   Yazdiyning   “Zafarnoma”   asarida   quyidagi   xabarlarni   keltiradi:
“Sohibqironni   gitisiton   Jahonnamo   qasridan   saodat   va   iqbol   bila   otlanib,
muharram   oyida,   torix   sakkiz   yuz   yettida   (iyul   1404)   Samarqandda   Bog‘i
Chinorda   kelib   tushti.   Va   andin   shaharg‘a   kirib,   shahzodai   sa id   Mirzo	
ʼ
Muhammad   Sulton   madrasasig‘akim,   ani   yang‘i   yasab   edilar,   va   hazrat   ani
ko‘rmaydur erdi, borib ziyorat qildi....” 24
 
Amir   Temur   maqbarasi   kim   tomonidan   bunyod   etilgani   ham
«Boburnoma”da ko‘rsatib o‘tilgan:   «Temurbekning nabirasi, Jahongir  mirzoning
22
 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Тошкент “Шарқ”, 2002, 54 бет. 
23
  Самарқанднинг 2750 йиллигига бағишлаб чиқарилган китоб-альбом. 104-105 бетлар 
24
 Шарафуддин Али Йаздий. Зафарнома. Тошкент, “Шарқ”, 1997, 289 бет.  o‘g‘li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning tosh qo‘rg‘onida — chaqarda bir
madrasa   solibtur.   Temurbekning   qabri   va   avlodidin   har   kimki   Samarqandta
podshohlik qilibtur, alarning qabri ul madrasadadur» 25
.
Sohibqiron   o‘z   davrida   Samarqandni   dunyoning   eng   go‘zal   shahriga
aylantirish   uchun   ko‘p   sa y-harakat   qilgan.   Xususan,   o‘zi   zabt   etganʼ
mamlakatlarning eng yaxshi ustayu me morlarini Samarqandga chorlab, ularning	
ʼ
imoratlar   barpo   etishiga   sharoit   yaratib   bergan.   Bu   haqda   «Temur   tuzuklari”da
o‘qiymiz:   «Muhandislar	
 bilan	 ittifoqda	 oliy	 imoratlar	 barpo	 etib,	 bog‘u
bo‘stonlarning	
 tarhini	 chizdirardim» 26
.  
«Boburnoma”da   Temurbek   nomi   eng   so‘nggi   marta   1525   yil   voqealari
bayonida   tilga   olingan:   «Nechukkim    	
“Zafarnoma”da	 Temurbekning	 “masjidi
sangin”	
 imoratini	 qilurda	 Mullo	 Sharaf	 mundoq	 mubolag‘a	 bila	 bitibdurkim,
Ozarbayjon	
 va	 Fors	 va	 Hinduston	 va	 yana	 o‘zga	 mamolik	 sangtaroshlaridin	 har
kunda	
 ikki	 yuz	 kishi	 masjidda	 ish	 qilurlar	 edi» 27
.
Amir Temur faqat Turon o‘lkasini emas, qayergaki zafarli qadami yetgan bo‘lsa,
o‘sha yerlarni ham obod etishni o‘zining burchi deb bilgan:   «Yana	
 amr	 qildimki,
xarob	
 bo‘lib	 yotgan	 yerlarda	 korizlar	 qursinlar,	 buzilgan	 ko‘priklarni
tuzatsinlar,	
 ariqlar	 va	 daryolar	 ustiga	 (yangi)	 ko‘priklar	 solsinlar,	 yo‘l	 ustida
har	
 manzilgohga	 rabotlar	 bunyod	 этсинлар…   Yana	 amr    	etdimki,	 katta-kichik
har	
 bir	 shahar,	 har	 bir	 qishloqda	 masjid,	 madrasa	 va	 xonaqohlar	 bino	 qilsinlar,
faqiru	
 miskinlarga	 langarxona	 solsinlar,	 kasallar	 uchun	 shifoxonalar	 qursinlar
va	
 ularda	 ishlash	 uchun	 tabiblar	 tayinlasinlar» 28
.  
Langarxona   —   yo‘lovchilar   qo‘nib   o‘tadigan   yer;   miskin   va   yetim-esirlarga
taom   beriladigan   joy,   g‘aribxona.   «Boburnoma”da   1506—1507   yil   voqealari
bayonida   muallif   Hirotdan   Kobulga   qaytayotganda   shunday   langarlardan   biriga,
ya ni   Temurbek   langariga   qo‘nganlarini   yozadi:	
ʼ   «Temurbek	 langaridin
25
 Бобурнома … 59 бет. 
26
 Темур Тузуклари. Тошкент “Ўзбекистон”, 2011, 94 бет. 
27
 Бобурнома….. 209 бет. 
28
 Темур туз уклари.  Тошкент   “Ўзбекистон” , 2011, 145 бет.  Muhammad Andijoniy	 otliq	 Qosimbekning	 navkari	 To‘qboydin	 Kobuldog‘i
beklarga	
 bu	 yerga	 kelganimizning	 kayfiyatini	 bitib	 yiborduk» 29
.
Sohibqiron	
 Amir	 Temur	 va	 uning	 jahon	 tarixida	 tutgan	 o‘rni	 haqida
Fransiyada	
 o‘nlab	 tarixiy-badiiy	 va	 ilmiy	 asarlar	 yaratilgan	 bo‘lib,	 shulardan
biri	
 Lyusen	 Kerenning	 “Amir	 Temur	 salatanati” 30
 	asaridir.	 Ushbu	 asarda	 Amir
Temurning	
 hayoti,	 harbiy	 yurishlari	 haqida	 keltirilgan	 manbalar	 tahlil	 etilgan	 va
unda	
 Sohibqironning	 avlodlari	 va	 bunyodkorlik	 ishlari	 haqida	 ham	 so‘z	 boradi.
Quyida	
 asardan	 Temur	 davrida	 Samarqandda	  amalga	 oshirilgan	 me morchilik	ʼ
haqidagi	
 ma lumotlarni	 keltiramiz.	ʼ
Amir	
 Temurning	 me morchilik	 va	 tasviriy	 san atga	 katta	 ixlos	 qo‘yganini,	ʼ ʼ
aksincha,	
 hamma	 tan	 oladi	 deydi	 olim.	 “U	 hukmronlik	 qilgan	 davrda	 Samarqand
va	
 Keshda	 bunyod	 ettirilgan	 imoratlar:	 jomelar,	 saroylar,	 madrasalar	 va
masjidlar	
 fors	 yoxud	 chin	 yodgorliklarining	 ko‘r-ko‘rona	 nusxasi	 emas.	 Ular
turli-tuman	
 va	 betakror;	 ular	 Ulug‘	 amir	 Samarqandning	 chiroyiga	 chiroy
qo‘shishni	
 ishonib	 topshirgan	 turli	 madaniyat	 va	 texnikaga	 ega	 ma morlar	ʼ
mahoratining	
 mahsulidir.	 
Hozirgi	
 kunda	 ham	 Samarqandda	 ana	 shu	 me moriy	 majmualardan	 uchtasi	ʼ
mavjud:	
 bular	 “Bibixonim”	 deb	 nomlangan	 jome	 masjidi,	 xilxonaga	 aylangan
Go‘ri	
 Amir	 masjidi	 va	 ajoyib	 bezaklar	 berilgan	 xilxonalar	 majmuasi	 –
Shohizinda” 31
.	
 
 	
L.Keren,	 Ibn	 Arabshohning	 asaridan	 quyidagi	 parchani	 keltiradi:	 “Temur
o‘z	
 saroylaridan	 ayrimlarining	 devorlariga	 suratlar	 chizishni	 amr	 ayladi;	 ularda
saroy	
 ahlining	 majlislari,	 o‘zining	 goho	 kulib,	 goho	 qahrli	 turgan	 holatlari,
qilgan	
 mahoraba	 (jang)	 va	 qamallari,	 huzuriga	 qabulga	 kelgan	 podshohlar,
amirlar,	
 sayidlar,	 ulamoyu	 fozillar	 hamda	 ulug‘lar	 tasvirlangan	 edi...	 Saltanat
taxtiga	
 o‘tirgan	 kunidan	 boshlab	 hayotida	 ro‘y	 bergan	 qator	 voqea-hodisalar,
hatto,	
 eng	 so‘nggilari	 ham,	 shu	 davomli	 suratlarda	 o‘z	 aksini	 topgan	 edi.	 Ularda
hech	
 narsa	 unutilmagan	 va	 hech	 narsa	 qo‘shilmagan	 edi.	 Uning	 bunday
29
 Бобурнома … 149 бет. 
30
  Люсьен Кэрен. Амир Темур салатанати. Тошкент “Маънавият”, 1999. 
31
  Люсьен Кэрен. Амир Темур салатанати. Тошкент “Маънавият”, 1999, 164-165 бетлар.  qilishdan maqsadi	 qo‘lga	 kiritilgan	 zafarlaridan	 bexabarlar	 ularni	 ko‘rish	 va
hatto,	
 shu	 mahorabalarda	 bevosita	 qatnashgandek	 tasavvurga	 ega	 bo‘lish
imkoniyatini	
 yaratish	 edi” 32
Biz   yuqorida   Abu   Tohirxojaning   “Samariya”   asari   haqida   to‘xtalib   o‘tgan
edik. Ushbu asarda Amir Temur va Temuriylar davriga oid qimmatli ma lumotlar	
ʼ
mavjud bo‘lib, shahar me morchiligi haqidagi xabarlarni keltiramiz. 	
ʼ
Samarqandda   Amir   Temur   ko‘ragon   soldirgan   bog‘lar-kim,   Eram   gulistoni
rashk   qilar   darajada,   yettita   ekan:   Birinchisi   Bog‘i   shimol   —   Samarqandning
shimolida,   Devori   qiyomat   ichida,   ikkinchisi   Bog‘i   baland.   Bu   ham   shimol
tomonda.   Uchinchisi   Bog‘i   bihisht,   to‘rtinchisi   Bog‘i   chinor.   Bu   ikki   bog‘
shaharning kunchiqar tomonida. Beshin-chisi Bog‘i dilkusho bo‘lib, Konigilning
janub   tomonida.   Konigil   Ko‘hak   daryosining   yoqasida,   Samarqandning   eng
go‘zal   va   chiroylik   yeridir.   Oltinchi:   Bog‘i   zog‘on.   Shovdor   tumanining   shimol
tarafida   voqe dir.   Yettinchi:   Bog‘i   jahonnumo.   Anhor   tumanida   bo‘lib,   tog‘	
ʼ
etagiga yaqin yerda, Samarqandning janubida bino qilingandir 33
.
Asarning 8 bobida Samarqanddagi masjid va madrasalar haqida bayon etilgan
bo‘lib,   muallif   har   bir   davrda   qurilgan   masjid   va   madrasalar   haqida   ma lumot	
ʼ
berib,   Amir   Temur   va   Temuriylar   davriga   katta   e tibor   qaratgan   va   quyidagi	
ʼ
ma lumotlarni keltiradi. [Yettinchi] Amir Temur ko‘ragonning jome  masjidi. Bu	
ʼ ʼ
masjid   shahar   ichida,   [uning]   shimol   tomonida   hazrati   Shoh   [Dari   ohanin]
darvozasining yaqinidadir. Amir Temur ko‘ragon Hindistonni olgandan keyin [u
yerda o‘lja olingan] oltin, inju va qiymatlik toshlarni to’qson bir filga yuklab olib
keltirdi   va   istadikim,   poytaxti   bo‘lgan   firdavsmonand   Samarqandda   bir   jome	
ʼ
bino   qilg‘ay.   801   hijriy/1398-99   milodiyda   kuchli   va   tezishlik   ustalarni   dunyo
tevaragidan   yig‘ib   ishga   boshladi.   Va   shunday   bir   masjidi   jome   bino   qildiki,	
ʼ
sahnining   sof   ishlanishi   hushyor   dillardan   ham   munavvarroq   va   baland
kungiralari oy mukarnasida bezakli, firuzasimon koshinlari lojuvard, osmonrang,
32
 Ибн Арабшоҳ. Ажойиб ал-мақдур фи тарихи Таймур. 82-бет. (тарж). Кэрэн Л. Амир Темур салтанати. 166 
бет. 
33
  Абу Тоҳирхожа Самарқандий. Самария. Сўз боши ва шарҳлар Б.Аҳмедов. Тошкент, 1969,  10 бет  oftobga jiloli zarnigor naqshlari bilan go‘zal charx gumbazlariga barobar. Baland
ovozalik darvozasi «kimki bu yer [xonai ka ba]ga kirdi, omonlik topdi» oyatiningʼ
kalidi bilan ochildi. Har bir yuksak toqlari falak peshtoqida qad ko‘tardi. Jome -	
ʼ
ning   ravoqi   ustida   yoznlgandirkim:   «Amir   Tarag‘ay   o‘g‘li   buyuk   xoqon   Amir
Temur   ko‘ragon   801   yilda   ushbu   jome niig   solinishiga   amr   qildi”.   Jome	
ʼ
darvozasining   uzo-rida   yozilgandirkim:   «Ushbu   jome ni   bitkizishga   806-da	
ʼ
[milodiy 1403-04] muvaffaq bo‘lindi”.  Ushbu   tengsiz bino besh yil orasida ulug‘
xoqon   buyrug‘i   bilan   solinib   bit-kazildi.   Ushbu   jome ning   eshigi   ikki   tabaqalik	
ʼ
bo‘lib, xulo [birinch, mis va rux birga qo‘shilib eritilsa xulo bo‘lur] qo‘yulgan va
fusunkor ustalar jome ning kirar yeriga po‘lod qalam uchi bilan juda ham go‘zal	
ʼ
tabiatli   naqshlar   qilganlar   ekankim,   Samarqandning   buzuqchiliq   chog‘ida
yo‘qolgandir 34
. 
Movaraunnahr   qadimgi   bog’-rog’lar   mamlakati   deb   ta’kidlab   kelingan.   Unda
bog’ tuzishning an’analari yuksak rivojlangan va ajoyib namunalari bo’lgan. Oqar
yozuvli jannatmakon bog’lar yaratilgan. 
Amir   Temur   davrida   bog’   tuzish   san’ati   o’zgacha   shukuh   baxsh   etdi.   Shaxsan
Sohibqiron   bu   sohaga   alohida   e’tibor   berib,   ko’plab   bog’lar   yaratgani   ma’lum.
Ispan  elchisi   Boysun   tog’  tizmasidagi   Temur   qapu  nomi   bilan  mashhur   daradan
o’tar   ekan,   tog’   yonbag’ridagi   “ajoyib   bino”ning   koshinkor   va   naqshinkor
bezaklarini   hayrat   bilan   kuzatadi.   Ispaniya   elchisi   Shahrisabzdan
Samarqandgacha bo’lgan yo’l yoqalaridagi va dorusaltanat tevaragidagi diqqatga
sazovor   bog’larni   tomosha   qiladi.   Klavixoning   safar   kundaliklari   ko’p   hollarda
mazkur   bog’larning   me’morchiligi   xususida   muhim   ma’lumotlar   berganligi
sababli qo’yida uning tavsiflarini keltiramiz 35
. 
Bog’i Jahonnamo-Taxti Qoracha.   Shahrisabzdan chiqqan elchilar Amir Temurga
qarashli   “katta   uyda”   tushlik   qilishdi.   “Bu   uy   anhor   buyidagi   tekis   yerda,   ulkan
bog’   o’rtasida   qad   rostlab   turardi” 36
.   Bog’   Samarqanddan   24   chaqirim   janubda
joylashgan   hozirgi   Qoratepa   qishlog’i   yaqinida   bo’lgan.   “Samariya”   da
34
 Самария....24 бет. 
35
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 157-bet.
36
 Samariya. Toshkent. 1992. 19-bet. aytilishicha, Amir Temurning yettinchi bog’i Jahonnamo Angor tumanida bo’lib,
tog’   etagiga   yaqin   yerda,   Samarqandning   janubida   bino   qilingandir” 37
.
Sharafiddin   Ali   Yazdiy   anhor   bo’yidagi   bog’ni   boshqacha   nomda   tasvirlaydi:
“Bog’   o’rtasida   voqe   bo’lgan   kuhbora   ustida   esa   bir   qasr   qurish   buyurildi.
Bajarilishi   vojib   bo’lgan   bu   amr   ijro   etilib,   qasr   qurilib,   bitgach,   unga   “Taxti
qoracha” deb nom berilgan.
Gulbog’-Davlatobod.   Samarqand   janubidagi   Misr   qishlog’iga   tutash   bir   bog’da
to’xtagan   ispan   elchilari   bir   necha   kun   davomida   bog’ni   kuzatish   imkoniga   ega
bo’ldi.   Shuning   uchun   ham   Davlatobod,   ba’zan   Gulbog’   deb   atalgan   bog’ning
to’liqroq tavsifi yozib qoldirilgan. 
“Bog’   atrofi   paxsa   devor   bilan   o’ralgan   bo’lib,   devor   aylanasi   to’la   birligi   (6
kilometr)   barobar   kelardi.   Bog’da   anvoyi   mavali   daraxtlar   bore   di.   Unda   oltita
hovuz   bo’lib,   bog’   o’rtasidagi   anhor   oqib   o’tardi.   Hovuzlar   baland,   sersoya
daraxtlar   qatoridan   hosil   bo’lgan   yo’lak   orqali   bir-birlari   bilan   tutashtirilgan.
Ushbu   yashil   yo’lak   balandlik   bog’   tomon   ko’tarilgan,   sersoya   yo’llar   qiyalab
ketardi. Bog’da tuproqda ko’tarilgan, usti yog’och panjaralar bilan o’ralgan, tekis
baland tepalik mavjud. Unda ajoyib qasr  qad ko’targan. Qasrda tillayu, lojuvard
va   rangli   koshinlar   bilan   tekis   va   mukammal   sayqal   berilgan.   Qasr   joylashgan
mazkur tepalik atrofi suvga limmo-lim handoq bilan o’ralgan. Handoqda uzluksiz
suv oqib turadi. Tepa usti saroyning ikki tomonida unga o’tiladigan ikkita kuprik
qurilgan.   Ko’priklarning   narigi   tarafida   ikkita   eshik   bor.   Eshikdan   kirilgach,
tepalikka zinapoyadan ko’tariladi”.
Davlatobod   bog’ining   qoldiqlari   arxiologik   yodgorlik   sifatida   Darg’om   anhori
yoqasida   saqlanib   qolgan.   Bog’   tasvirida   Amir   Temur   davrida   ayniqsa   ko’plab
bunyod   etilgan   maxsus   bog’lar   tuzilishi   va   eng   tor   joydagi   qasrning   me’moriy
ko’rinishi to’liq ifodasini topgan.
Bog’i   Dilkusho.   Elchilar   Samarqand   tashqarisidagi   Bog’i   Dilkushoga   kelib
tushdilar.   Bu   manzil   shahar   atrofidagi   eng   katta   va   ko’rkam   bog’dir.   “Oltin
37
 Somon yo’li…. 51-bet. hamda   zangori   koshinlar   bilan   zeb   berilgan   juda   keng   va   baland   darvozadan
boqqa   kiriladi.   Darvoza   oldida   nayzalar   bilan   qurollangan   posbonlar   turar
edilar” 38
.
Sharafiddin   Ali   Yazdiy   “Zafarnoma”da   Bog’i   Dilkusho   haqida   nihoyatda
qimmatli   ma’lumotlar   keltirgan.   “Ko’shkning   toqu   ravoqlari   naqshinkoriy   va
sirkor  g’ishtlar  bilan bezatilgan. Bog’ning to’rt burchagida katta mahorat  va did
bilan   serhasham   shiyponlar   qurildi.   Bog’   sahni   chorqirra   va   boshqa   turli   xil
shakldagi   chamanzor   va   gulzorlarga   bo’lindi.   Amir   Temur   xiyobon   yo’llari
chetiga mevali daraxtlar, ba’zilariga gul o’tkazishni xohlardi. Bog’ uning mayliga
mos bo’lgani uchun ham Amir Temur uni Bog’i Dilkusho deb atadi. 
Bog’ning  o’rtasida   uch  peshtoqli   yuksak   ko’shk   tikladilar   va   uni   inson   nigohini
lol   qoldiruvchi   turfa   bezaklar   bilan   bezadilar,   mustahkam   va   chidamli   qurilgan,
bezaklari turli-tuman, tashqi izorasi shohona mahobat bag’ishlar edi”.
Loyihasi Amir Temur tomonidan tasdiqlanib, uning bajarilishi qurilish davomida
shaxsan   kuzatib   borilgan.   Qishki   Dilkusho   va   ulkan   bog’   sohibjamol
To’kalxonimga bag’ishlangan edi. Bog’ va ko’shkning dovrugi o’sha davrdayoq
afsonaga aylangan edi.
Bog’i   Dilkusho   va   uning   kushki   joylashgan   manzil   haqida   aniqroq   ma’lumotni
faqat   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   voqeanomasida   uchratamiz.   Samarqand
shahrida ikkita bog’ solibdur, birikim, yiroqdir. Bog’i Buldudur, yovuqrog’i bog’I
Dilkushodur.   Andin   Feruza   darvozasigacha   xiyobon   qilib,   ikki   tafarda   terak
yog’ochlar   ektirdi.   Dilkushoda   ham   ulug’   kushk   soldiribdur,   ul   kushkda
Temurbekning Hindiston urishini tasvir qilibturlar. 
Dilkusho bog’ining taxminiy manzili birmuncha aniq nishonlar bilan belgilangan.
G’iyosiddin Ali uni “shahar tashqarisidagi bog’” deb shaharga bog’langan bo’lsa,
Sharafiddin Ali Yazdiy uni Konigil ulangi sarhadiga joylashtirgan.
38
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 158-bet. Zahiriddin   Bobur   esa   sharqiy   darvoza-Feruzadan   Dilkusho   bog’iga   eltuvchi
terakzor  xiyobonni  tilga olgan. Xuddi  o’sha qadimgi  xiyobon bo’ylab sharq sari
borar   ekanmiz,   Konigil   sarhadida   bir   ajoyib   me’moriy   yodgorlik   oldidan
chiqamiz.   Bu   dunyoga   Ishratxona   nomi   bilan   mashhur   me’moriy   yodgorlikdir.
Ishratxona binosi Amir Temur nazorati asosida qurilgan Bog’i Dilkusho o’rtasida
barpo etilgan buyuk ko’shkning xuddi o’zginasi ekan 39
.
Dastavval, Ishratxona-Dilkusho ko’shkining diqqat bilan kuzatamiz. Uning o’zida
qurilish davrini va bino vazifasini tasdiqlovchi ashyoviy dalillar oz emas.
Bino   asosi   ganch   qorishmada   27x27x6   santimetr   o’lchamdagi   chorsi   g’ishtdan
tiklangan. Tashqi libos-qoplama g’ishtlar o’lchami 25x25x5 santimetr. 
Tillarang   singgi   g’ishtlar   orasidagi   choklar   moviy   koshin   tasmasi   bilan
hoshiyalangani   uchun   ham   devor   sathi   bejirim   tus   olgan.   Poydevor   xarsang
parchalaridan ko’tarilgan, chuqurligi 5 metr. Xuddi shunday binokorlik ashyolari
Amir   Temur   davri   me’morchiligi   asosini   tashkil   etgan.   Markaziy   chorsi   xona-
mehmonxona   to’rt   tarafi   ravoqli   to’rt   shohnishinni   tashkil   etadi.   Usti   to’rt
ravoqning   o’zaro   kesishishi   natijasida   iroqi   uslubidagi   murakkab   gumbaz
bog’langan.   Izora   esa   nisbatan   baland   belgilangan.   Markaziy   xona   atrofidagi
qo’shni   xonalar   ikki   qavatli.   Shimol   tomonida   chuqurroq   xona-yotoqxona
vazifasini   o’tagan.   Janub   tomoni   serhasham   bostirmadan   iborat.   Burchaklarda
chog’roq yordamchi xonalar bor 40
. 
Markaziy   xonaning   to’rt   chekkasidagi   to’rtta   aylanma   zina   orqali   bolaxona   va
tomga   chiqish   mumkin.   Xona   tagida   esa   –   sakkiz   burchakli   xonadan   iborat
sardoba bor. Xona devorlari tosh taxtalar bilan bezatilgan.
Markaziy   mehmonxona   har   jihatdan   diqqatga   sazovor.   Baland   izora   nozik
koshinlar   bilan   bezatilgan.   O’zaro   kesishgan   iroqi   ravoqlar   o’ramida   naqshin
bo’rtma   bezaklar   –   kundal   keng   qullanilgan.   Katta   xonaning   to’shamasi
39
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 158-bet.
40
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 158-bet. marmardan,  boshqa  xonalarda –  g’ishtlik.  Ko’shkning  old tomoni  o’rtasi   baland
va   bejirim   peshtoq   mavjud.   Ikki   qanotida   ikki   qavat   xonalar   qator   tizilgan.
Binoning   ikki   yon   tomonida   kichik   peshtoqlari   bo’lgan.   Uzoqdan   baland   ko’k
gumbaz   ko’zga   tashlanadi.   Ishratxona   shaklu   shamoili   bilan   ma’lum   bog’
ko’shklari   kurinishini   eslatadi.   Xuddi   shunga   o’xshash   binoni   Hirot   shahridagi
Bog’i   Safedning   Tabarxona   nomi   bilan   mashhur   kushki   misolida   kuzatish
mumkin. 
Shunday   qilib,   Dilkusho   kushki   –   Ishratxona   misolada   Amir   Temur   davrida
bog’dorlik   san’ati   va   me’morchiligining   yetuk   namunasi   sifatida   namoyon
bo’ladi.
Bog’i   Chinor.   Amir   Temur   bog’i   Dilkushodan   uning   yaqinida   yangi   bunyod
etilgan Bog’i Chinorga o’tadi. Klavixo ta’rifiga ko’ra, bu “bog’li juda hashamatli
uy”.   Bog’i   chinorning   qayerda   joylashgani   hozircha   aniq   emas.   Ba’zi
tadqiqotchilar   bu   bog’   Samarqandning   shimol   tomonida   bo’lgan   deb   taxmin
qilishadi. “Samariya”da esa Bog’i Behisht va Bog’i Chinor shaharning kunchiqar
tomonida   deb   xató   ma’lumot   berilgan.   Bizningcha,   Zahiriddin   Bobur   aniq
yo’nalishni   ko’rsatgan:   “Samarqandning   janubida   Bog’i   Chinordur,   qal’aga
yovuqdur”.   Amir   Temur   kichik   qal’a   toshqo’rg’onda   Muhammad   Sulton
ma’rakasini   o’tkazib,  yangi   maqbara   binosini   kutarar   ekan,   shu   manzil   yaqinida
Bog’i   Chinorga   chiqib   dam   olgani   ma’lum.   O’sha   joylarning   toponimikasini
kuzatsak,   hozirgi   Nomozgoh   bog’i   o’rni   o’sha   qadimgi   Bog’i   Chinorning   o’zi
degan xulosaga kelamiz. 
Bog’i   Shimol.   Amir   Temur   Samarqandning   kunbotarida   Mironshohning   qizi
“oliy  ifrat   sohibi  Beka  Sulton  nomiga  atab  dilni   rom  etuvchi  baland   bir  qasr  va
go’zal   bir   ishratgoh   qursinlar”,   deb   keskin   farmon   bergan 41
.   Sharafiddin   Ali
Yazdiyning   ta’kid   etishicha,   bu   tadbirni   amalga   oshirish   uchun   “Fors
o’lkalarining   barcha   viloyatlari,   Iroq,   Ozorbayjon,   Dorussalom,   (Bog’dod)   va
41
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 159-bet. boshqa   mamlakatlardan   dorussaltana   (Samarqand)ga   jam’   bo’lgan   mohir
muhandislar, ravshan fikrli me’morlar qasrning tarixini o’tkir farosat qalami bilan
mahurat   lavhasiga   chizdilar”.   Chamasi   bu   gal   ham   Amir   Temur   odatiga   ko’ra
me’mor-muhandislar o’rtasida eng yaxshi loyiha uchun tanlov o’tkazilgan.   Qasr
ko’shkining   me’moriy   tuzilishiga   doir   ma’lumot   ham   bor:   markaziy   xona   tarxi
odatdagidek   chorsi-chortoq   bo’lib,   o’rtada   yana   to’rtta   ustun   bo’lgan.   Ustunlar
tabrizdan   keltirilgan   marmardan   yasalgan.   Demak,   mehmonxona   “chor   ustun”
uslubida   tarkib   topgan,   ustunlar   o’zaro   ravoqlar   orqali   birlashtirilgan,   hosil
bo’lgan   to’qqiz   gumbazli   bino   tuzilishiga   o’ziga   xos   joziba   baxsh   etgan.
“Mustahkam   ruknlarni   bag’oyat   mahkam   va   puxta   qilib   kutardilar.   Har   birining
rukniga   Tabrizdan   keltirilganlari   marmar   toshdan   ishlangan   bittadan   ustun
o’rnatdilar. Devorlari sathini lojuvart va oltin bilan shunday ajoyib va hayratomus
darajada go’zal etib naqshladilarki, ularning tarovatidan Moniy rasmlari va Chin
nigohxonasini uyatu xijolat g’ubori qopladi.
Qasrning   sathiga   marmar   toshlardan   va   Ko’hi   Nur   (Nurota)dan   keltirilgan
toshlardan shunday chiroyli qilib yotqizilganki, ularning latofatidan boshdan xush
uchib,   aql   hayron   qoladi.   Tashqi   devorning   ichkari   tarafidagi   izofasini   koshin
bilan bezadilar”.  Binokorlar jiddu jahl bilan beqiyos g’ayrat ko’rsatib kunduz va
kechasi   uzluksiz   ishladilar.   Qasr   bir   yarim   oy   muddatda   bunyod   etilgan   va   shu
muddat davomida Amir Temur bog’ ichiga o’rnatilgan ulkan saroparda (shohona
chodirda) istiqomat qilib, Shimol ko’shkining qurilishini shaxsan kuzatib boradi. 
Bog’i   Bihisht.   Amir   Temur   amriga   binoan   qurilgan   va   mashhur   chorboqdir.   Bu
bog’   Samarqandning   kunbotar   tomonida   bo’lgan.     Yangi   bog’   va   ko’shkni
Klavixo   “nihoyatda   go’zal”   deb   ta’riflaydi:   “Bu   bog’ning   g’ishtin   va   naqshin,
lojuvard va oltin bilan bezatilgan baland va go’zal darvozasi bor. Bog’ nihoyatda
katta. Unda meva va sersoya daraxtlar ko’p. Yog’och panjaralar bilan ihotalangan
xiyobon va yo’laklardan odamlar o’tib turadi. Bog’da o’rnatilan ko’plab chodirlar
va   kapalar   gilam   va   rang-barang   shohi   matolar,   usti   guldor   laxtaklar   bilan
bezatilgan 42
.   Bog’   o’rtasida   chortoq   ko’rinishidagi   serhasham   bezatilgan   juda
42
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 159-bet. ko’rkam uy (ko’shk) bor. Uyning ichida esa chorpoyalar qo’yish mumkin bo’lgan
uch shohnishin mavjud, xona sahni va devorlari koshinkor bezatilgan. Uy to’rida
esa eng katta shohnishin, uning o’rtasida oltin-kumush halli, kengligi uch tirsak,
balandligi   odam   bo’yi   xontaxtalar   o’rnatilgan,   uning   oldida   esa   ustma-ust
tashlangan   darduzi   baxmal   va   boshqa   shohi   matolardan   tikilgan   ko’rpachalar
to’shalgan taxt”. 
Sohibqiron   shu   yerda   o’tiradi,   devorlar   esa   alvon   ipak   pardalar   bilan   tusilgan.
Katta   ravoqli   peshgohda   ham   shunday   parda   osilib   turar,   u   ham   nayzasimon
tayoqlarga osilgan, bezatilgan, ipga osilgan ipak popuklari yergacha tegib turardi.
Boshqa ravoqlar esa o’zgacha pardalar bilan bezatilgan, xona sahniga esa bo’yra
ustiga   gilam   tushalgan.   Bu   uyning   o’rtasida   eshik   qarshisida   to’rt   oyoqli   ikkita
oltinxontaxta   turar,   xontaxtalar   ham,   ularning   oyoqlari   ham   bir   butunlik   kasb
etardi. Ularning uzunligi besh, kengligi uch qarich edi.  
Bog’i   Nav.   Klavixo   Amir   Temur   qurdirgan   yangi   bog’   -   Bog’i   Navni   shunday
tasvirlaydi. “Bog’ning to’rt tarafi baland devorlar bilan o’ralgan, har bir (tashqi)
burchagida g’ulasimon burch-minora.Devor juda ham baland va bezaklari xuddi
minoralardagi   kabi.   (Bog’ning)   o’rtasida   katta   chortoq   uy,   oldida   sarhovuz.   Bu
ko’shk boshqa bog’lardagi shu kabi binolardan anchagina katta, oltin va lojuvard
bilan   juda   mo’l   bezatilgan” 43
.   Sohibqiron   tomonidan   alohida   ixlos   bilan
qurdirilgan yangi bog’ har jihatdan mukammal bo’lgan. Shu boisdan bu manzilda
shohona   qabullar   o’tkazilgan.   Bog’   Samarqand   arkiga   shimol   tomondan   yaqin
bo’lgan.   Samarqand   tevaragida   Amir   Temur   bunyod   ettirgan   bir-biridan   go’zal,
mukammal va jozibador bog’-rog’lar, ularning ko’shku saroylari ko’pincha aholi
istirohati   uchun   ochiq   bo’lgan.   Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   bu   bog’lar   tarafi
afsonalarga   aylangan,   badiiy   asarlardagi   afsonadek   bog’lar   tavsifiga   qiyos
bo’lgan.   Amir   Temur   davri   Markaziy   Osiyo   me’morchiligida   katta   o’rin
egallagan,   u   yangi   uslubiy-badiiy   yo’nalishlarga   hayot   baxsh   etdi.   Mahalliy
43
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 160-bet. ustalar   o’zga   yurtdan   kelganlar   bilan   hamkorlikda   yuksak   bunyodkorlik
namunalarini namoyish etdilar.
Turli   maqsadlarga   mo’ljallangan  keng   ko’lamdagi   imorat   va   inshootlar   qurilishi
yuksak   did   bilan   bunyod   etilgan   me’moriy   majmua-ansambillarning   paydo
bo’lishi,   koshinkor   va   naqshin   bezaklarda   rang-barang   sirlar,   buyoqlarning
qo’llanilishi, zeb-ziynatlarning o’rnida ishlatilishi,  o’ymakorlikning qo’llanilishi,
o’zaro   mutanosiblik   mazkur   davr   me’morchiligining   umumiy   siyratu   qiyofasini
belgilaydi 44
.     Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   loyiha   tuzish   san’ati   yuksak
pog’onaga   ko’tarildi.   Buxoroda   topilgan   XV   asrga   oid   usta   chizmalari
fikrimizning dalilidir. Me’morchilik ilmi ham keng rivojlandi: maxsus risolalarda
bog’   tuzish   san’ati,   me’moriy   shakllarni   yasash,   geometrik   naqshlar   tuzish
yo’llari   ko’rsatib   berilgan.   Zotan,   V.V.Bartold   asrimizning   boshlarida
yozganidek:   “Musulmon   me’morchiligining   eng   yaxshi   davrlaridan   biri   Amir
Temur va uning avlodi nomi bilan bog’liqdir”.
44
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 160-bet. II BOB. Amir Temur davrida qurilish ishlari hududlar misolida
2.1.   Amir Temurning Shaxrisabzda amalga oshirgan qurilish ishlari tarixi
Amir   Temur   vatanining   Shahrisabz   deb   atalishi   bejiz   emas:   shahar   haqiqatdan,
yam-yashil,   sersuv,   bahavo   jannatmakon   yerda   joylashgan.   Ilgari   uning   nomi
Kesh (Kash) bo’lgan. Islomiyat davrida ismlar markazi sifatida “Qubbatul-ilm va-
l-adab”,   ya’ni   “ilm   va   adab   gumbazi”   degan   sharafli   maqom   mashhur   bo’lgan.
Sohibqiron   Amir   Temurning     Kindik   qoni   tukilgan   Vataniga   kelgan   Ispaniya
elchilari (1404-yil avgust oyi) uni katta shahar sifatida ta’riflaydilar. 
Qal’a devorlari, burju darvozalari  Amir Temurning amri  bilan va shaxsan uning
rahbarligida qurilgan. Devorning uzunligi taxminan 5 klometr bo’lib, tarxi 770 x
1730   metr   masofadagi   to’g’ri   to’rtburchak   qal’a   edi:   har   tarafida   qo’sh   minora,
peshtoqli darvozaxona orqali ichkariga kirish mumkin bo’lgan 45
. 
Ispaniyalik elchilar Amir Temurning bunyodkorlik faoliyati bilan bog’liq barcha
imoratlarni   diqqat   bilan   ko’zdan   kechirishgan.   O’sha   davr   imoratlari   bizgacha
dastlabki   qiyofasini   qisman   yo’qotgan   va   vayron   holda   yetib   kelgan,   ba’zilari
butunlay   buzulib   ketgan.   Shuning   uchun   ham   ularni   o’z   ko’zi   bilan   ko’rgan
Klavixoning   voqeiy   ma’lumotlari   hozirgi   me’morchilik   ma’lumotlari   va
amaliyoti uchun alohida qimmatga ega 46
. 
Shayx Shamsiddin Kulol Shahrisabzda eng hurmatli avliyo hisoblangan. U Amir
Temur xonadoniga juda yaqin bo’lgan. Otasi Amir Tarag’ay o’z piri oldiga yangi
tug’ilgan   farzandini   olib   kelganda,   Shayx   Qur’on   kurib   bolaga   Temur   ismini
quyadi. Amir Temurning e’tirof etishicha, yoshligidan avliyolarning nasihatlarini
olgan,   saltanatda   erishgan   shavkatli   zafarlarga   o’sha   pirning   homiyligi   va
himmati   katta   yordam   bergan.   Amir   Temur   Movaraunnahr   hukmdori   deb   e’lon
45
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996.  152- bet .
46
  Руи Гонсалес де Клавихо Диевник пулешествия в Самарканд к двору Темура (1403-1406). М., 1992. С. 102. qilingan   yilda   (1370   -yil)   Shayx     Shamsiddin   Kulol   vafot   etgan   va   katta   izzat-
ikrom bilan Shahrisabzning janubiy sarhadidagi manzilga kumilgan. Avliyo qabri
ustiga   tiklangan   gumbazli   maqbara   tufayli   muborak   qabristonga   aylandi.   Amir
Temur   1374-yilda   pirining   qabri   yoniga   yangi   qurilgan   maqbaraga   otasi   Amir
Tarag’ayning   qabrini   kuchirtirdi.   Masjidi   jome   bilan   bog’lanib   tashkil   topgan
me’moriy   majmua   Dorul-tilovat,   ya’ni   marhumlar   ruhiga   tilovat   qilinadigan
maskan   nomi   bilan   mashhur   bo’ldi.   Mazkur   muqaddas   manzil   sharqida,
shaharning   ko’hna   Simxona   darvozasi   yonida   boshqa   bir   ulkan   me’moriy
majmua-Dorus-siyosat, ya’ni Payg’ambar avlodlari-sayidlar uyi qad ko’tardi.
Sharafiddin   Ali   Yazdiy   ta’kidlaganidek,   Kesh-Shahrisabz   shahrida   payg’ambar
hadislarini to’plab, sharxlovchi muhandislar ko’p bo’lgan.
Bular orasida Hazrati Imom sifati bilan elga tanilgan Ibn Nasr-Keshiy (865-yilda
vafot   etgan)   Keshning   janubiy-sharqiy   sarhadida   dafn   etilgan.   Amir   Temur
tomonidan   bunyod   ettirilgan   ulug’vor   imorat   hozir   Hazrati   Imom   nomi   bilan
ataladi. Mazkur imomning muborak ismi-sharifi 1868-yilda o’rnatilgan o’ymakor
eshik kitobasiga bitilgan. 
Xonaqoh, ikkita maqbara va hovli atrofidagi bir necha hujralar me’moriy majmua
tarkibiga kiradi. Imoratning old tomoni baland va keng peshtoqdan iborat bo’lib,
peshtoqning faqat shimoliy qismi kulahiy gumbazi va burchakdagi minorasi bilan
saqlanib qolgan. 
Me’moriy mo’jiza hisoblangan muhtasham Oqsaroy majmui qurilishi 1380-yilda
boshlangan bo’lsa, 1404-yil kuzida ham bu afsonavor va beqiyos saroyda pardoz
ishlari davom etar edi. Ta’rifi tillarda doston bo’lgan Oqsaroy binolari zamonlar
o’tishi bilan buzilib ketgan. Ispaniya elchisi Rui Gansales de Klavixo sinchkovlik
bilan yozib qoldirgan taassurotlar me’morchilik tarixi uchun yagona guvoh-hujjat
bo’lib   kelmoqda:   “Saroyga   kirish   joyi   juda   uzun   va   darvozasi   juda   baland,   shu
yerning   o’zida,   kiraverishdagi   o’ng   va   chap   tomonlarda   koshinkor   bezatilgan
g’ishtin   ravoqlar   joylashgan.   Bu   ravoqlar   ichida   eshiksiz   kichik   xonalar,
koshinkor   sahnli   sufalar   bor.   Darvozadan   o’tganda   boshqasi   ko’zga   tashlanadi, uning   ortida   esa   oq   toshtaxtalar   to’shalgan   katta   hovli,   atrofi   hashamatli
bezatilgan ayvonlar bilan qurshalgan, hovli o’rtasida katta hovuz bor. Hovlining
kengligi chamasi uch yuz qadam…”.
Peshtoqdan   o’tgach,   to’g’ri   to’rtburchak   keng   hovlining   bosh   o’qida   ikki   toqu
ravoqli   ayvon   bo’lgan.   Gumbazli   katta   xonalarda   ko’rinishxona,   devonxona,
xizmatchilarning   yig’inlari   o’tkazilgan.   Peshtoq   ayvonlar   orasida   uncha   katta
bo’lmagan qo’shqavat hujralar qatori bo’lgan 47
. 
Sohibqiron   saroyida   ko’rinishxona   asosiy   o’rinni   egallab,   dabdabali,   serhasham
ko’rinishi   bilan bilan  ajralib  turardi.  Ko’rkam, mahobatli   peshtoq  tepasida  Amir
Temurning uch xalqadan iborat tug’rosi Arslon va Quyosh mujassami shakllarida
berilgan. 
Elchi  saroy ichkarisidagi  zebu ziynatli  bezaklar haqida hayrat bilan yozadi:  “Bu
eshik   orqali   chorsi   kurinishxonaga   kiramiz:   devorlari   oltin   va   lojuvart   koshinlar
bilan bezatilgan, shifti butunlay zarhallangan. 
Bu yerdagi elchilar yuqori qavatdaga olib chiqilgan. Xonaqohning hamma tarafi
zarhal bo’lgani uchun, ularning biri haqida mufassil so’zlab berish mumkin”.
Oqsaroy   o’tmishdagi   beqiyos   ulug’vorligining   dalili   sifatida   bosh   peshtoqning
ikki   rukni   vayronalari   hozirgach   saqlanib   qolgan.   22   metr   kenglikdagi   peshtoq
ravoqi,   ikki   tomondan   minorasimon   burchlar   va   dahanasi   bilan   diqqatni   jalb
qiladi. 
Peshtoqning   tepa   qismi   saqlanmagan.   Xuddi   shu   yerdagi   uch   doira-quyosh   va
arslon tasviri bilan koshinkoriy bezaklar muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 
Peshtoqning   mahobatiga   mahliyo   bo’lgan   Zahiriddin   Bobur   “Muncha   oliy   toq
olamda kam  nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidin bu buyukroqdir” 48
, degan
edi. Markaziy Osiyo me’morchiligida bunday bino bo’lmagan. Oqsaroy Markaziy
47
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 153-bet.
48
 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. 1958. 106-bet. Osiyo   me’morchiligida   xalq   me’morlari   ijodining   eng   yuksak   chuqqisi   sifatida
sunmas iste’dod va me’moriy izlanishlar namunasi bo’lib qoladi.
anchkor bezak turlari juda ko’p. Buyurtma ganch bezakning eng nafis turi-kundal
ustidan, odatda, zarhal berilgan. 
Naqqoshlikda,   asosan,   mahalliy   madan   buyoqlari   ishlatilgan.   Naqqoshlik   bino
ichkarisidagi nozik va nafis bezaklarda keng o’rin egallagan. Bino tashqarisidagi
bezaklarda   oddiy   sopol,   sirkor   sopol-parchin   va   qoshiq   keng   qo’llanilgan.   Bino
poydevorida   tosh   parchalari   ishlatilgan:   tashqi   izora   kabi   bezaklarda   har   xil
o’ymakor, muqarnas, girih shakllari bilan toshtaxtalarni kuramiz. 
Ikki-uch   qavatli   uy   qurilishida   sinch   keng   qo’llanilgan.   Kuchma   va   yig’ma
binolar   asosida   me’moriy   konstruksiyalarning   yangi   imkoniyatlari   sinovdan
o’tkazilib,   so’ngra   keng   qullanishga   tavsiya   etilardi.   Amir   Temurning   bunday
yig’ma masjidini hayrat bilan tomosha qilgan Klavixo: “Masjid shunday qurilgan
ediki, zarur hollarda uni bo’laklarga ajratib, taxlab quyish ham mumkin”,-deydi.
G’ishtin   binolarda   ravoq,   gumbaz   asosidagi   konstruksiyalar   keng   qo’llanilgan,
iloji boricha katta sahnlar usti berkitilgan. 
Amir   Temur   davri   me’morchiligimizdagi   baland   toqu   ravoqlarni   kuzatar
ekanmiz,   Sharafiddin   Yazdiyning:   “Agar   osmon   gumbazi   bo’lmaganda   masjid
gumbazi olamda yagona bo’lar edi”, degan mubolag’asi yodga tushadi. 
Yangi konstruksiya g’oyalarining paydo bo’lishi  toqu ravoqli tizimlarning ildam
rivojiga   olib   keldi.   Burchak   ravoqlari   tashkil   etgan   sakkiz   yoqli   devor   ustiga
bog’lanadigan gumbaz qadami  o’z nihoyasiga yetmagani  uchun ham, gumbazga
o’tish   orasida   boshqacha   pog’onalar   paydo   bo’ldi.   Turkistondagi   Ahmad
Yassaviy xonaqoh maqbarasida yangi konstruksiyaning sodda iqtibosini kuzatsak,
Samarqanddagi   Oqsaroy,   Bog’i   Dilkusho   kushki,   Cho’ponota   binolarida
anchagina   murakkab   shakllarni   ko’ramiz 49
.   Gumbazlar   tuzilishida   ham
o’zgarishlar   sodir   bo’ldi.   Qo’shrabot   gumbazlar   keng   qo’llanildi.   Go’ri   Mir
49
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 160-bet. singari  ba’zi   noyob me’moriy  yodgorliklarda  uch qobiqli  gumbazlar   ham  paydo
bo’ldi.   Mashhur   musavvir   Kamoliddin   Behzodning   bir   jajji   tasviri
Samarqanddagi Jome masjidining qurilish jarayonini juda mukammal ko’rsatgan.
Tasvirni   diqqat   bilan   o’rganar   ekanmiz,   beixtiyor   Alisher   Navoiyning   xuddi
shunday“ bino oliy ravoqiga”ga havoga bog’langani, stunlarga toshlardan pilpoya
yasalgani,   najjor   arrasi   bilan   yog’ochni   kesishi,   loykash   belkurak   bilan   loyga
ishlov berishi, xorotarosh Tesha bilan toshni mo’mdek yo’nishi, kordonlar naqsh
pardoz qilishi haqidagi hikoyati esga tushadi. 2.2. Amir Temurning ulug’ zotlarga ehtiromi me’morchilik ishlari misolida
Amir   Temur   Samarqand   shahrini   rivojlantirishga,   gullab-yashnatishga
alohida   ixlos   quygan   edi.   Davlat   poytaxtiga   aylangan   Samarqandda   1370-yil
iyunida   qurultoy   chaqirilib,   uning   ulkan   shaharsozlik   tadbirlari   haqidagi   rejalar
belgilab olindi. 
1371-yili  qisqa   muddat   shahar  atrofiga  mudofaa  istehkomi   vazifasini   bajaruvchi
qal’a   devori   burjlari   bilan   oltita   darvozaxona   barpo   qilindi.   Ohanin,   Feruza,
Suzangaron,  Goriston   (Korizgoh),  Buxoro   va  Shayxzoda   (Chorraha)   darvozalari
shaharning   olti   tarafidan   keladigan   yo’llarni   belgilab   turardi.   Darvozalardan
boshlangan shahar ko’chalari markaziy bozorga borib ulanardi.
Samarqand binokorlik ko’lamining kengligi katta shaharsozlik ishlari bajarilishini
taqazo etardi 50
. 
Ayrim   xiyobon   va   maydonlar   yangicha   qiyofaga   ega   bo’ldi.   Chorsu   bozorini
Ohanin darvozasi oldidan yangi me’moriy majmua bilan qulay tutashtirish uchun
yangi   xiyobonlar   barpo   etildi.   Me’moriy   xususiyatlari   yaqqol   namoyon   bo’lgan
bu  yangi   qurilish   an’anaviy   savdo  rastasining  o’ziga  xos  namunasidir.   Umuman
bozorlar,   ulardagi   do’kon,   ustaxona   va   har   xil   binolar   shaharning   me’moriy
qiyofasini belgilaydi. Hozirgi Registon yaqinida Amir Temur malika Tuman oqo
begim uchun qurdirgan Toqi Telpakfurushon deb ataluvchi gumbazli bozor binosi
bo’lgan. 
Ko’ksaroy.   Amir  Temur  bunyod  ettirgan  ikkinchi   ulkan  imorat   Ko’ksaroy  nomi
bilan   mashhur.   Shaharning   kunbotar   tomonidagi   qal’a-Arki   Oliy   qiyofasi   ancha
o’zgardi.   Amir   Temur   bu   yerda   atrofi   mustahkam   o’ralgan   qal’a   bunyod   etdi,
50
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 154-bet. mahobatli   darvozaxonalar   qurdirdi,   qal’a   ichiga   maxsus   obmo’ri   orqali   suv
keltirdi. 
Bu   yerda   qad   ko’targan   “to’rt   oshyonlik”   Ko’ksaroy   har   jihatdan   ajralib   turgan.
Ko’ksaroyning   to’rt   qavatli   ulkan   imorat   bo’lganligi   uning   naqadar   ulug’vor,
mahobatli va noyob ekanligidan darak beradi. 
Amir   Temur   jome   masjidi.   Bu   buyuk   me’moriy   obida   Sohibqiron   tasdiqlagan
loyiha   asosida   boshlanib,   juda   tez   sur’atlar   (1399-1404)   bilan   qurilgan.   Bu
inshoat   usha  davrning eng  katta va  eng  muhtasham   Jome  masjidi   bo’lishi  kerak
edi. Xuddi shunday bo’lib qurildi 51
. 
Masjidning saqlanib qolgan qoldiqlari ham o’z mahobati bilan hayratga soladi. 
Toshqo’rg’ondagi   Muhammad   Sulton   me’moriy   majmui   bilan   Arki   Oliy
xiyobonga   birlashtirilgan   bo’lib,   orasida   mo’jaz   bog’lar   ham   bor   edi.   Shunday
bog’lardan   birida   XIV   asr   80-yillarida   vafot   etgan   shayx   Burhoniddin
Sog’arjiyning maqbarasi bo’lgan. Amir Temur shayxga alohida ehtirom kursatib
qoldirgan   maqbara   hozir   ham   aholi   o’rtasida   Ruhobod   nomi   bilan   muqaddas
ziyoratgoh sifatida ardoqlanadi. 
Qutbi  chohardahum-“O’n to’rtinchi  qutb” faxrli  kunyasiga  sazovor  karomatgo’y
avliyo   shayx   Nuriddin   Basir   qabri   ustiga   tiklangan   maqbara   Arki   Oliyning   eng
ko’zga   tashlanadigan   joyida   bo’lgan.   Rassom   A.Vereshchagin   ishlagan   tasvirda
maqbaraning   shaklu   shamoili,   uning   ko’rkam   qiyofasi   yagona   hujjatdek
muhrlanib qolgan. Maqbara ba’zi amaldor, harbiylarga yoqmagani uchun XX asr
boshlarida   atayin   parchalab   yuborilgan.   Ko’hna   Buxorodagi   qator   me’moriy
ziyoratgohlarning   qayta   ta’mir   etilishi,   ba’zi   o’rinlarda   yangidan   qurilishi   Amir
Temur nomi bilan bog’liq. 
Kulaxiy   gumbazi   bilan   ajralib   turadigan   muqaddas   qadamjo-Chashmai   Ayyub
binosi  ichkarisida uni  Amir Temur  1380-yilda qurdirgani qayd etilgan. Qadimgi
Nomozgoh-shahar   tashqarisidagi   sayillar   o’tadigan   joydagi   masjid   ham   Amir
51
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 154-bet. Temur   amri   bilan   ta’mir   etilib,   tartibga   keltirilgan.   Buxoro   chekkasidagi
Sayfiddin   Boxarziy   va   Boyonqiloxon   maqbaralari   ham   Amir   Temur   davrida
tiklanib, atroflari barpo etilgan. 
Amir Temur sa’y-ehtiromi bilan bunyod etilgan turli binolar boshqa shaharlarda
ham mavjud.
Zangi   ota   maqbarasi   (Toshkent   viloyati).   Zangi   ota-Yassaviy   muridlaridan
birining kunyasidir. Uning nomi-Oyxo’ja Toshxo’ja o’g’li. Bu avliyo Hakim ota
nomi   bilan   mashhur   ma’rifatparvar   shoir   Sulaymon   Boqirg’oniyning   shogirdi
bo’lgan. 
          Maqbara   ikki   chorsi   xonadan   iborat:   oldida-ziyoratxona,   uning   ortida-
go’rxona.   Ikkala   xona   ham   har   xil   kattalikdagi   gumbazlar   bilan   bog’langan.
Ziyoratxona   ustidagi   baland   gumbaz   esa   o’n   olti   qirrali   pastroq   asosga
o’rnatilgan.     Maqbara   old   tarafidagi   peshtoq   va   ikki   yonidagi   xonalar   bilan
ko’rkamlashgan:   koshinkor   bezaklar   maqbaraga   mahobat   bag’ishlagan.
Ichkaridagi   oq   marmardan   o’ymakorlik   va   naqshlar   bilan   bezatilgan   qabrtosh
diqqatga   sazovor.   Unda   Zangi   ota   nomiga   atalgan   marsiya   satrlari   xushxat
yozilgan.   Peshtoqli   qo’shgumbaz   maqbara   tashqi   ko’rinishi,   badiiy   koshinkor
bezaklari   bilan   Amir   Temur   davri   me’morchiligining   ajoyib   namunasi   bo’lib
qoladi 52
. 
Xoja   Ahmad   Yassaviy   xonaqoh-maqbarasi.   Hazrat   Ahmad   Yassaviy   istiqomat
qilgan, “xilvat” turgan va, nihoyat, xoki osoyish topgan oromgoh manzil muborak
Turkiston   shahri   zamini   necha-necha   asrlardan   beri   muqaddas   ziyoratgoh   bo’lib
kelmoqda. 
Me’moriy   majmua   loyiha   rejasi   g’oyat   san’atkorona   tuzilgan.   Tashqi   tomondan
qaraganda mahobatli yagona imorat devorlari tepasida uchta yirik hajm diqqatni
jalb qiladi:  kun chiqarda-ikki  minorali  baland  peshtoq, o’rtada  xonaqoh ustidagi
katta   gumbaz,   kunbotarda   esa   maqbara   ustidagi   baland   va   bejirim   piltavor
52
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 156-bet. gumbaz.   Kichik   gumbaz   shaklan   Samarqanddagi   Guri   Mir   maqbarasining
mashhur   gumbazini   eslatadi.   Maqbaraga   to’rt   tomondan   kirib,   o’rtadagi
muqaddas   qabrni   ziyorat   etish   mumkin.   Peshtoq   ayvoni   ichkarisida   uchta   eshik
bor, o’rtasida ajoyib o’ymakor eshik, odatda, bayram tantanalarida ochilgan.
     Kundalik xizmat zarurati uchun ikki yondagi mo’jazkor o’ymakor eshiklardan
foydalanilgan.   Ichkarida   ulkan   jamoatxona   –   gumbazli   xonaqoh   tarxi   chorsi.
Asosiy   chorsupa   ravoqlarining   kengligi   7.2   metr.   Ziyoratxona   turida   maqbara
joylashgan.   Maqbaraning   g’arb   tomonida   masjid,   sharq   tomonida   esa   katta
mehmonxona   –   Katta   Oqsaroy   nomi   bilan   ma’lum.   Uning   janubida   chog’roq
xona   –   Kichik   Oqsaroy.   Bundan   tashqari,   kutubxona,   oshxona   kabi   maxsus
xonalar ham.
Bundan tashqari, kutubxona, oshxona kabi kabi maxsus xonalar ham bor. 
Xonaqoh-maqbara   binosining   bezaklari   orasida   tashqi   va   ichki   adabiy   yozuvlar
alohida   o’rin   tutadi.   Qur’oni   karim   va   hadisi   shariflardan   ko’plab   namunalar
keltirilgan.   Bino   tashqarisidagi   devor   va   gumbazlar   libosi-koshinkor,   bezaklari
orasida   ko’proq   katta   ko’fiy   usulida   bitilgan   monumental   yozuvlar   ko’zga
tashlanadi. Maqbara gumbazi osti g’o’lasida ulkan yozuvlar balandligi 5 metrdan
ortiq.   Ulkan   bino   devorining   (balandligi   16   metr)   tepasidagi   hoshiyasiga
balandligi   2,6   metr,   uzunligi   163   metr   bo’lgan   xatti   nasx   uslubida   Qur’oni
karimning   oyatlaridan   anchagina   namunalar   yozilgan.   Ziyoratxona   o’rtasida
quyilgan   qirq   quloqli   qozon   har   jihatdan   ham   san’at   asari   sifatida   diqqatni
tortadi 53
.
53
 Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996. 157-bet. III BOB. Temuriylar davrida binokorlik va shaharsozlik ishlari tarixi
3. 1 . Mirzo Ulug’bek davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari
Ulug‘bek   Amir   Temurning   nabirasi,   Shohrux   mirzoning   to‘ng‘ich   o‘g‘lidir.
796 hijriy, yakshanba   kuni  jumodi  alavval  oyining 19-da  [milodiy 1394  yili, 23
martda]   tug‘ilgandir.   Shohrux   mirzo   otasi   Amir   Temur   ko‘ragonning   o‘limidan
besh   yil   keyin   Hirotdan   Samarqandga   kelib,   Mironshohning   o‘g‘li   o‘z
birodarzodasi   Sulton   Xalilni   Samarqand   taxtidan   tushirib,   o‘z   o‘g‘li   Ulug‘bekni
[taxtga]   o‘tqazdi.   Ulug‘bek   xonligidan   16   yil   so‘ng   hijriy   823   [milodiy   1420-
21]da   ushbu   madrasani   soldirdi.   Ushbu   Madrasa   shahar   o‘rtasida   [arki   oliyga
yaqin   bir   o‘rindadir].   [Madrasaning]   tog‘   shukuhli   hay ati   ustuxonbandʼ
mustahkamligidan   falak   binosidan   tinchlikni   olgan,   yuksaklik   jihati   bo‘lmish
azamatnishon   peshtoqi   og‘irligidan   yerga   zilzila   keltir-gan,   uning   oliy   darajali
kungiralarini   qudrat   ustasi   falak   ayvonining   muqarnaskorligi   bilan   bir   xilda
yasagan,   lojuvard   koshinlarini   qazo   naqqoshi   falakning   charog‘on   yulduzlari
bilan   bir   tartibda   naqsh   qilib,   ularga   daxldor   qilgan   quyoshdek   jilvasi,   zarnigor
naqshlari, go‘zal falak gunbazi bilan hamvazn edi. Bu buyuk Madrasa ikki qavatli
bo‘lib, har bir ravoqda bir hujrada talabadan ikki kishi turar ekan. Samarqandning
buzuqchilik   chog‘larida   o‘zbek   xonlaridan   birovi   podshohlik   o‘rdasiga   sarko‘b
[qo‘rg‘on   ichidagi   yovni   to‘pga   tutnsh   uchun   ko‘riladigan   yuksak   o‘rin]
bo‘lmasin, deb ustgi qavatini buzdirgan. Hozirda [u] bir qavatlikdir. Madrasaning
imorati   bitgandan   keyin   Ulug‘bek   mirzo   u   yerda   Qozizoda   Rumiyni
mudarrislikga belgiladi.  Ba zi vaqt o‘zi ham dare aytmoqqa kirishar edi	
ʼ 54
. 
Madrasa   solingandan   to‘rt   yil   keyin   833   [1429-30]   Ulug‘bek,   Qozizoda
Rumiy,   mavlono   G‘iyosiddin   Jamshid,   mavlono   Muiniy   Koshiy,   mavlono
Salohiddin   Muso   bilan   Ko‘hak   pushtasining   etagida,   Obi   rahmat   arig‘ining
54
  Самарқанд шаҳрининг умумбашарий маданий тараққиёт тарихида тутган ўрни. Самарқанд шаҳрининг 2750 йилик
юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материалари. Самарқанд – 2007. yoqasida   rasadxona   binosiga   boshladi.   Rasadxonaning   tevaragida   buyuk-buyuk
hujralar   tuzdi.   Rasadxona   tepasining   etagida   go‘zal   chorbog‘   va   chinixona
yasatib, ko‘pincha unda turar edi. Rasadxonani imorat qilayotganda bitkazishdan
burun, brya-gi ulamo o‘tar duiyodan mangulik olamiga jo‘nadilar. Bundan so‘ng‘
alloma   Ali   Qushchi   kengashi   bilan   rasadxonani   bitkazdi.   Ulug‘bek   Mirzo   hijriy
841   [milodiy   1437-38   yil]dan   boshlab   munajjimlar   orasida   e tiborli   bir   kitobʼ
sanalgan «Zi j i Ko‘ragoniy”ni yozdi.
Ulug‘bek mirzoning ikki o‘g‘li bor edi. Birinchisi mirzo Abdullatif, ikkinchisi
mirzo   Abdulaziz   edi.   Abdullatif   851   hijriy   [milodiy   1447-48]   o‘z   otasi
Ulug‘bekni o‘ldirdi. [Ulug‘bek mirzo] 57 yil yashadi. Mirzo Abdulazizni otasidan
ikki kun ilgari o‘ldirgan edi. Bundan olti oy so‘ngra Abdullatifni Bog‘i chinordan
shahar  sari  kelayotganda,   Ulug‘bek   odamlaridan  Bobo   Husayn   degan  birov  otib
o‘ldirdi66.   Uniig   boshini   Ulug‘bek   madrasasining   peshtoqiga   osdilar.
Ulug‘bekning   qabri   o‘z   bobosi   Amir   Temur   ko‘ragon   ko‘milgai   gumbaz
ichidadir 55
. 
     Samarqand tasvirida Bobur shaharning ko‘plab bog‘lari, me’morchilik 
obidalari haqida ma’lumot beradi. Temuriylar saltanatining poytaxti bo‘lgan 
ushbu shaharda Amir Temur davrida yanada ko‘plab me’moriy obidalarning 
barpo etilgan, bog‘u rog‘lar yaratilgan va bu bunyodkorlik ishlari shahzodalar 
Shohruh, Ulug‘bek, Muhammad Sultonlar tomonidan munosib davom ettirilib 
bir qancha madrasalar, inshootlar, minoralar qad roslaganini alohida ta’kidlab 
o‘tadi. Xususan, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bo‘ldu, Naqshi Jahon, Bog‘i Chanor, 
Bog‘i Shamol, Bog‘i Behisht kabi bog‘lar mazkur shaharga o‘zgacha ko‘rk, 
go‘zallik bag‘ishlab turganini zavq bilan tasvirlaydi. Uning o‘zi ham shu kabi 
obidalar, bog‘lar yaratishni maqsad qiladi, ammo bu orzusini Kobul va 
Hindistonda amalga oshirishga majbur bo‘ladi.   
     Bobur Samarqand tasvirida Ulug‘bek madrasalari va rasadxonasini batafsil 
keltiradi: “Temurbekning va Ulug‘bek Mirzoning imorati va bog‘oti 
Samarqand mahallotida ko‘pdur... Ulug‘bek Mirzoning imoratlaridin 
55
 Самария.... 25 бет.  Samarqand qal’asining ichida madrasa va xonaqohdur. Xonaqohning gunbazi 
bisyor ulug‘ gunbazdur. Olamda oncha ulug‘ gunbaz yo‘q deb nishon 
berurlar”,    tarzidagi ma’lumotlardan madrasa va xonaqohning ulug‘vorligini, 
uning gunbazi ham ancha muhtasham ekanini tasavvur qilish mumkin. Bobur 
Samarqandni qo‘lga kiritganidan so‘ng bu yerda Ulug‘bek Mirzo tomonidan 
bunyod etilgan inshootlarni, me’moriy obidalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga 
musharraf bo‘ladi. Xususan, Ulug‘bek ilmiy salohiyatining nodir namunasi 
bo‘lgan rasadxonani ham diqqat bilan ko‘zdan kechiradi: “Pushtayi Ko‘hak 
domanasida rasaddurkim, zij bitmakning olatidur. Uch oshyonliqtur. Ulug‘bek
Mirzo bu rasad bila “Ziji Ko‘ragoniy”ni bitibtur...”. Bu ma’lumotlardan 
muallifning Ulug‘bek shaxsiyatiga, uning ilmiy faoliyatiga alohida ehtirom 
bilan qaraganini ko‘rish mumkin. Boburning ushbu tarixiy faktlari yana 
shunisi bilan ham muhimki, sobiq sho‘rolar davrida Ulug‘bek rasadxonasi 
uning vafotidan keyin Xoja Ahror Vali topshirig‘i bilan buzib tashlangan 
degan soxta ideologiyaga munosib javob ham bo‘ladi. Sababi, Ulug‘bek 
vafotidan bir qancha vaqt o‘tib bu rasadxonani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, uni 
o‘sha davrda hali ham muhtasham inshoat ekanini tasvirlagan Boburning bu 
tarixiy ma’lumotlari juda qimmatli hisoblanadi 56
.
     Mirzo Ulug‘bek haqida fikr yuritar ekan, Bobur uning falakkiyot ilmida 
beqiyos iste’dod sohibi bo‘lganini, o‘z davrining ko‘plab astranomlaridan 
kuchli salohiyati bilan ajralib turganini aniq dalillar bilan asoslaydi. Tabiatan 
har narsaga qiziquvchan Boburning falakkiyot ilmidan ham yaxshigina 
xabardor bo‘lganini uning bu sohada yaratilgan asarlar haqida keltirgan 
ma’lumotlaridan ham anglash mumkin. Jumladan, “Ulug‘bek mirzo bu rasad 
bila “Ziji Ko‘ragoniy”ni bitibturkim, olamda holo bu zij musta’maldur. O‘zga 
zij bila kam amal qilurlar. Mundin burun “Ziji Elxoniy” masta’mal erdikim, 
Xoja Nosir Tusiy Halokuxon zamonida Marog‘ada rasad bog‘latibtur, 
Halokuxondurkim, Elxon ham derlar. G olibo olamda yetti-sekkiz rasad besh ʻ
bog‘lamaydurlar...” tarzida ma’lumot bergan Bobur falakiyot ilmida “Ziji 
56
  Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida…. Тошкент “Шарқ”, 2003. 86-bet. Ma’muniy”, “Ziji Batlimus” hamda Hindistonda tuzilgan zijlar haqida fikr 
yuritadi va ulardan eng mukammali Ulug‘bek tomonidan bitilgan zij ekanini 
alohida ta’kidlab o‘tadi. Shu o‘rinda bir ma’lumotni ham keltirib o‘tish lozim, 
boburiylar sulolasidan Muhammadshohning topshirig‘i bilan hind astronomi 
Savay Jay Singh Ulug‘bek asari ta’sirida “Ziji Muhammadshohiy” kitobini 
yozadi.
Mirzo Ulug‘bekning ushbu asari muqaddima, trigonometrik, jo‘g‘rofiy, 
sayyoralar harakati, yulduzlar koordinatlari, ekliptikaning og‘ishi va shunga 
o‘xshash yuzdan ortiq jadvaldan iborat. Asar Ulug‘bekning shogirdi Ali 
Qushchi tomonidan Istanbulga olib ketilgan nusxasi orqali Yevropa 
davlatlariga tarqaladi, ko‘plab nashrlar, tarjimalarning yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ladi.
          Umuman   aytganda,   Mirzo   Ulug‘bek   hukmronligi   davrida   ilm-fan,
madaniyat,   san’at   Movarounnahrda   o‘zining   eng   yuqori   cho‘qqisiga   yetdi,
Samarqandning ilm-fan markazi sifatidagi dovrug‘i keng tarqaldi. 
Temuriylar   davri   O‘rta   Osiyo   madaniyati   tarixida   alohida   o‘rin   tutadi.   Bu
davrdagi madaniy yutuqlar umumbashariy sivilizatsiyasi darajasida Amir bo‘lgan.
Madaniyat   tarixidagi   ushbu   mumtoz   davrda   o‘zbek   madaniyatining   shakllanishi
bu   davrdagi   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   bilan   bog‘liqdir.   Xususan,
me morchilik,   ilm-fan,   adabiyot,   san at,   hunarmandchilik   ravnaq   topdi.ʼ ʼ
Mamlakat, shuningdek, yirik shaharlar Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Termiz,
Toshkent va Hirotning obodonchiligi, madaniy ravnaqi yo‘lida Movarounnahr va
O‘rta   Sharq   mamlakatlaridan,   Hindistondan   ko‘plab   fan   va   san at   ahllari,	
ʼ
hunarmandlar, me mor va musavvirlar jam bo‘lgan. Ularning sa y-harakati bilan	
ʼ ʼ
Shohizindadagi   bir   guruh   me moriy   yodgorliklar,   Bibixonim   masjidi,   Dor   us   -	
ʼ
siyodat   (Kesh),   Turkistondagi   Ahmad   Yassaviy   maqbarasi   kabilar   barpo   etildi.
Shuni   alohida   ta kidlash   joizki,   Amir   Temur   va   temuriylardan   Shohruh,	
ʼ
Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Abu Said Mirzo va boshqalar madaniyat, adabiyot,
naqqoshlik, me morlik rivojiga katta e tibor berdilar va ularga homiylik qildilar.	
ʼ ʼ Temuriylar davlati Xitoy, Tibet, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan
muntazam   savdo-sotiq   aloqalari   olib   borgan.   Chet   davlatlar   bilan   savdo
aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb
etgan.   Amir   Temur   yirik   shaharlarda   savdo   rastalari,   bozor   va   yo‘llar   qurdirdi,
savdo yo‘llarida karvonsaroylarni ko‘paytirdi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda
bozor,   chorsu,   tim,   toq,   kappon   kabi   savdo-hunarmandchilik   inshootlari   qad
rostladi.   Samarqandning   markaziy   qismi   bo‘ylab   o‘tgan   keng   ko‘chaning   ikki
tomoniga savdo do‘konlari (rastasi) joylashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo
maydonlarining   kengligi   va   ixtisoslashtirilgan   bozorlarga   egaligi   bilan   ajralib
turgan.   Bozor   savdo   markazi   bo‘lishi   bilan   birga   hunarmandchilik   ishlab
chiqarishi   joyi   ham   bo‘lgan.   Shuningdek,   bozorlarda   qo‘lyozma   kitoblar,   yozuv
qog‘ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar ham o‘tirgan.   Savdo rastasi
unda   sotiluvchi   tovar   nomi   bilan   atalgan   ( Toqi   zargaron ,   T oqi
telpakfurushon   kabi ) .   Bozorlarda   adabiyot,   she riyat,   ilm-fan   haqida   suhbatlarʼ
tashkil   etilgan,   farmonlar   e lon   qilingan   va   aybdorlar   jazolangan.   Turli	
ʼ
tomoshalar   shu   joyda   ko‘rsatilgan,   masjid,   madrasa,   hammom   bozorga   yaqin
joyga   qurilgan 57
.   Temuriylar   davrida   karvon   yo‘llarida   elchilar,   choparlar   va
savdo   karvonlari   uchun   dam   olish,   otlarni   almashtirish
joylari-   yomlar,   rabotlar,sardobalar   qurilgan.   XIV-XV   asr   oxirlarida
Movarounnahr   ko‘p   mamlakatlar   bilan   ijtimoiy-iqtisodiy,   ba zan   siyosiy   va	
ʼ
harbiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   karvon   yo‘llaribilan     bog‘langan   edi.   Bu   yo‘llar
xalq turmush tarzi, diniy,   iqtisodiy,   ma naviy va moddiy madaniyati jihatidan bir-	
ʼ
biridan   farqlanuvchi   mamlakatlarning   o‘zaro   aloqasini   rivojlantirishga   imkon
yaratdi.   Karvon   yo‘llari   savdo,   diplomatik   munosabatlar   borasidagi   amaliy
vazifasidan tashqari, ayni vaqtda mamlakatlar va xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va
madaniy aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Dadil aytish mumkinki,
bu  davrda   Buyuk   Ipak   yo‘li   tiklanib,  mintaqalarning  madaniy   taraqqiyoti   uchun
xizmat qildi.   
57
  Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida…. Тошкент “Шарқ”, 2003. 86-bet. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davrida me morchilik, ilm-fan, adabiyot, san atʼ ʼ
sohalari   kamolot   bosqichiga   ko‘tarildi.   Temuriylar   davlatining   qudrati
ayniqsa   me morchilik	
ʼ da   namoyon   bo‘ldi.   Oqsaroy   peshtoqida   bitilgan   “Agar
bizning   quvvat   va   qudratimizga   ishonmasang,   imoratlarimizga   boq!»   degan
yozuv   Amir   Temur   saltanatining   siyosiy   maqsadini   ham   anglatar   edi.   Chunki
barpo   etilayotgan   inshootlarning   ulug‘vorligi   siyosiy   vazifalardan   biri   edi.   Bu
davrda Movarounnahr shaharlari qurilishida mudofaa devorlari, shoh ko‘chalarni
tartibga   solish,   me moriy   majmualarni   qurish   avj   olgan.   Ilk   o‘rta   asrlardagi	
ʼ
shaharning asosiy qismi bo‘lgan «shahriston”dan birmuncha farq qiluvchi «hisor”
qurilishini   Samarqand   va   Shahrisabzda   kuzatish   mumkin.   Amir   Temur   davrida
Kesh   (Shahrisabz)   shahar   qurilishi   yakunlandi.   Hisorning   janubi   -   g‘arbida
hukumat saroyi - Oqsaroy va atrofida rabotlar qurildi, bog‘-rog‘lar barpo etildi.
Shahar   mahallalardan   iborat   bo‘lib,   bir   qanchasi   guzarlarga   birlashgan.
Shaharda   me moriy   majmualar   shakllanishi   Temuriylar   davrining   eng   katta	
ʼ
yutug‘i   bo‘ldi.   Me morchilik   taraqqiyotning   yangi   bosqichiga   ko‘tarildi.   Bu	
ʼ
jarayon   muhandis,   me mor   va   naqqoshlar   zimmasiga   yangi   vazifalarni   qo‘ydi.	
ʼ
Amir     Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli
gumbazlar   qurishda   ichkaridan   yoysimon   qovurg‘alarga   tayangan   tashqi
gumbazni   ko‘tarib   turuvchi   poygumbazning   balandligi   oshdi.   Mirzo   Ulug‘bek
davrida gumbaz osti  tuzilmalarning yangi xillari  ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi
yutuqlar       me morchilik yodgorliklarida ham yaqqol namoyon bo‘ldi (Shohizinda,	
ʼ
Ahmad   Yassaviy,   Go‘ri   Amir   maqbaralari,   Bibixonim   masjidi,   Ulug‘bek
madrasasi).   Ularning   old   tomoni   va   ichki   qiyofasi   rejalarini   tuzishda   me moriy	
ʼ
shakllarning   umumiy   uyg‘unligini   belgilovchi   handasaviy   tuzilmalarning   aniq
o‘zaro   mutanosibligi   bo‘lgan.   Bezak   va   sayqal   ishlari   ham   bino   qurilishi
jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr hamda Xuroson
me morchiligida   bezak   va   naqsh   bu   qadar   yuksalmagan   edi.   Amir   Temur   va	
ʼ
Mirzo Ulug‘bek davri me morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-	
ʼ xilligi   kuzatiladi.   Epigrafik   bitiklarni   hattotlik   san atini   mukammal   egallaganʼ
ustalar   binoning   maxsus   joylariga   olti   xil   yozuvda   yozganlar.   Koshin
qoplamalarda   tasviriy   mavzular   kam   uchraydi.   Oqsaroypeshtoqlarida   sher
bilan   quyoshning juft tasviri mavjudki, bu ramziy ma noga ega. 
ʼ Bu davrdagi bino
ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh
bilan ziynatlangan. Amir Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar
ustun   bo‘lib,   dabdabali   naqshlar   ishlangan .   Mirzo   Ulug‘bek   davrida   esa,   Xitoy
chinnisiga o‘xshash oq zamindagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi 58
.
XV asrda madrasa me morchiligi o‘zining uzil-kesil shakllangan qiyofasiga	
ʼ
ega   bo‘ldi.   Madrasa   qurilishi   yagona   tizim   bo‘yicha   rejalashtirilsa   ham,   asosiy
shakllari,   ularning   o‘zaro   nisbatlari   va   bezaklariga   ko‘ra   har   biri   o‘z   qiyofasiga
ega   edi.   Temuriylarning   ikki   san at   durdonasi   -   Samarqanddagi   Ulug‘bek   va	
ʼ
Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo‘yicha qurilganiga
qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Samarqanda   Ulug‘bek   madrasasini   qurilish   tarixini   o‘rganish   bo‘yicha
monografiya,   bir   necha   o‘nlab   ilmiy   maqolalar   va   maʼruzalar   tayyorlanib   chop
etilgan.   Registon   maydoni   haqidagi   nashr   etilgan   monografiyalardan   biri
«Mavzaley   Регистан»   deb   yuritilib,   olimlar   ham   muallifligi,   M.E.Masson   tahriri
ostida  yozilgan   ilmiy  maqolalar  to‘plamidan   iborat.  U   1958  yilda  rus   tilida  chop
etilgan.   Kitobda   yodgorlikka   doir   deyarli   barcha   masalalar:   yodgorlikning
meʼmoriy   rejaviy   yechimi,   uning   naqshi-nigorlari,   yodgorlik   ustida   olib   borilgan
meʼmoriy-arxeologik   izlanishlar   natijalari,   yodgorliklarning   qurilish   tarixi   kabi
masalalar   yoritib   berilgan.   Madrasalarni   o‘rganishda   G.A.Pugachenkova 59
,
M.E.Masson   va   boshqa   olimlarning   xizmatlari   kattadir 60
.   M.E.Masson   rahbarligi
ostida 1929 yilda nashr qilingan “Registan i yego medrese” deb nomlangan kitob
Samarqandda   nashr   etilgan   bo‘lib,   asosan   Registon   ansambli   va   uning
58
  Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida…. Тошкент “Шарқ”, 2003. 88-bet.
59
  Пугаченкова Г.А.Самарканд. Бухара. (По древним памятникам). (Серия « Архитектурно-художественные
памятники городов СССР »). М., Искусство. 1961. 213 с.
60
  Алескеров Ю.Ж. Самарканд. Страницы истории. Ташкент. 1967 г madrasalari   va   ularning   dastlab,   qurilishdan   oldingi   loyihalaridan   tortib,
madrasalardagi   har   bitta   hujralar   haqida   alohida   taʼkidlab   o‘tilgan.   Bundan
tashqari,   100   yil   oldingi   eski   shaharning   bunyod   etilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
maʼlumotlar   keltirib   o‘tilgan 61
.   Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   meʼmorchilik
sohasida   juda   katta   yutuqlarga   erishildi   va   bu   borada   meʼmorchilikka   oid   bir
nechta kitoblar chop etilgan. Bulardan biri «Samarqand asrlar chorraxasida» deb
nomlanib,   2001   yil   nashrdan   chiqqan   bu   kitob   Samarqand   shahriga   «Amir
Temur»   orderi   berilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu   erda   mustaqillikdan   keyingi   olib
borilgan ishlar to‘g‘risida va meʼmorchilikda bo‘layotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida
taʼkidlab o‘tilgan 62
.
Ulug‘bek   madrasasi   va   uning   qurilish   tarixi   haqida   R.Sh.Zohidovning
«Registon maydoni tarixi» deb ataladi. U 2007 yilda chop etilgan. Ushbu asarda
muallif Registon maydoning yaʼni Tillakori, Sherdor va Ulug‘bek madrasalarining
taʼmirlash jarayoni to‘g‘risida maʼlumotlar keltirib o‘tilgan 63
.
Ulug‘bek   m adrasa si   loyihasi ni   Shohruh   Mirzoning   saroy   meʼmori
Qavmiddin   Sherozoy   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Ulug‘bek   madrasasi   binosi
meʼmorchilik   asari   jihatidan   va   sifat   nuqtai   nazardan   ham   musulmon   Sharqida
ana   shu   tipdagi   binolarning   klassik   namoyondasidir.   Ulug‘bek   madrasasining
saqlanib   qolgan   qiyofasining   o‘zi,   o‘tmish   meʼmorchilik   sanʼati   naqadar   yuksak
ekanligidan darak beradi. Madrasa to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, sathi 56 x 81 metr
to‘rtburchak  (chorburchak),  hovlining  sathi  30  x  40  metr,  uning  o‘rtasida sakkiz
qirrali   hovuz   bo‘lgan.   Registonga   qaragan   tomoni   bosh   tomon   bo‘lib,   katta
peshtog‘i   chuqur   tokchadan   iborat   va   15   metrli   nayzasimon   ark   bilan   yopilgan.
Keyinchalik   peshtoq   o‘qida   joylashgan   bosh   darvozadan   yana   ikki   tomonidagi
rovoq   tokchalari   o‘rtasidan   ikkita   egri-bugri   shakldagi   yo‘laklardan   eshik   ham
61
  Массон.М.Е. Регистон и его медресе. Самарканд. 1929 г.
62
  Рўзиев. Э.М. Самарқанд асрлар чоррахасида. А.Қодирий. -Тошкент.2001. – Б. 19-35.
63
  Зоҳидов.Р.Ш. Регистон майдони тарихи. А.Қодирий. -Тошкент.2007 й. Б. 47-69 o‘tkazilgan.   Ikki   yonboshdagi   ko‘chalardan   kirish   uchun   yordamchi   eshiklar
qilingan.   Binoning   burchaklarida   to‘rtta   o‘quv   xonalari   mavjud.   Beshinchisi
cho‘zilgan   shaklda   bo‘lib   asosiy   tomonning   ro‘parasida   joylashgan   va   masjid
vazifasini o‘tagan. Darsxonalarga kiradigan eshiklar, tepasi yopilgan yo‘laklardan
o‘tadi va hovlining to‘rt tomonida joylashadi, o‘quv xonalariga yorug‘lik kichkina
oynachalardan   kiradi.   Oynalar   binoning   tashqi   yuzasida   joylashgan.   Kirish
darvozalari, ayvon va darsxonalar balandligi ikki oshyonli hujralar balandligi bilan
teng.   Ikki   oshyonli   hujralar   ichki   hovlini   o‘rab   olib,   har   tomondan   oltitadan
tutashtirilgan,   faqat   birinchi   qavatdagi   kirish   yo‘laklar   to‘rtta   qanos   enligini
egallab   bu   tutashuvga   kirmagan.   Reja   tuzilishi   binoning   o‘qiga   nisbatan
simmetrik   berilgan.   Yashash   hujralariga   kirishdagi   yo‘laklarda   tokchalar   va
peshayvonlar   mavjud,   xonalarning   sathi   3x3,7   yoki   3,2   x4,6   bo‘lib,   to‘rida
yordamchi   xona   ham   bor.   Ulug‘bek   madrasasi   yopiq   to‘rtburchakli   hovli   bo‘lib
orqasida masjid va xonaqo bo‘lgan. Ansamblning to‘rt burchagida to‘rtta minora
bo‘lgan. Hovlining atrofida  hujra  bo‘lib  ulardan  yuzdan  ortiq  madrasa  talabalari
yashaganlar.   Boshlang‘ich   ko‘rinishda   Ulug‘bek   madrasasi   xonaqolar   ustiga
o‘rnatilgan.   To‘rtta   gumbazdan   va   ikki   qavatli   binodan   iborat   bo‘lgan.   Madrasa
maydonga ulkan  ark  ko‘rinishida  qaratilgan.  Ularning  qolgan  uchta  tomoni  xam
o‘qsimon   ark   bilan   bezatilgan.   Orqa   portal   minoraning   kirish   qismidir.   Portallar
ushbu inshoatlarning eng ajoyib elementlari hisoblanib bezak vazifasini bajargan,
inshootga   ulug‘vorlik   baxshida   etgan.   Bu   ulug‘vorlik   juda   oddiy   usul   bilan   eshik
o‘yiqlarini katta qilib ko‘rsatish bilan amalga oshirilgan. Inshoot odamda nafosat
va   yengillik   hislarini   uyg‘otadi.   Devorlarda   relyef   bezaklari   va   uning   qalinligi
ishora   qiladi,   baʼzida   bu   narsa   yo‘qqa   chiqadi   geometrik   bezak   ornamentlari
arkning bezak pannosi, devorning ko‘k, havorang bezaklari insonlarning binoning
og‘ir   g‘isht   qatlamlaridan   iborat   ekanligi   haqida   o‘ylantirmaydi.   V.L.Vyatkinning
so‘zlariga qaraganda u «O‘rta Osiyodagi saqlanib qolgan qadimgi madrasalardan biri   xisoblanadi» 64
.   XV   asrning   20-40   yillarida   Registon   maydonida   ko‘plab
monumental   binolar   qad   ko‘tarib,   bu   maydon   Samarqand   shahrining   bosh
maydoniga aylanadi. 
“Mirzo   Ulug‘bek   o‘zining   bunyodkorlik   faoliyatini   shaharsozlik,
meʼmorchilik,   bog‘-landshafti,   qayta   tiklash   va   taʼmir   ishlari,   tasviriy   sanʼat   va
naqqoshlik   kabi   sohalarda   keng   ko‘lamda   olib   bordi.   Muhimi   shundaki,   u   bu
ishlarni   nafaqat   poytaxt   Samarqandda,   balki   Shahrisabz,   Buxoro,   G‘ijduvon,
Yassa,   Marv,   Zangi   ota   kabi   shaharlar   va   qasabalarda   olib   bordi.   Samarqandda
amalga   oshirilgan   bunyodkorlik   ishlarining   mavqei   va   unda   qo‘lga   kiritilgan
yutuqlar bu yerda o‘ziga xos meʼmoriy maktab yaratilganligining dalilidir” 65
. 1420
yilda   madrasa   qurilishi   nihoyasiga   yetganligi   haqida   binoning   bosh   ark
peshtoqidagi   yozuv   xabar   beradi.   «Bu   ilm   binosining   asoschisi   ulug‘   sulton,
sultonning   o‘g‘li,   dunyoning   va   asrlarning   mutafakkiri   Ulug‘bek   Ko‘ragoniy,
balandligi   osmonga   qadar   ikki   o‘lcham,   og‘irligidan   yer   yuzining   cho‘qqisi
titraydi”, degan so‘zlar madrasa peshtog‘ida yozilgan. Ammo bu so‘zlar Ulug‘bek
madrasasining hozirgi holatining asl nisbatlari va sifatlari haqida yetarli darajada
xabar   bera   olmaydi.   Hovli   perimetri   bo‘ylab   binoning   ikkinchi   qavati   mavjud
emasligi,   Sherdorga   o‘xshagan   baland   gumbazlari   yo‘qligi,   to‘rtta   minoralardan
faqat   ikkitasi   saqlanib   qolganligi,   bosh   peshtoq   va   minoralarning   tojlari   buzilib
ketganligi   sababli   madrasaning   oldingi   holatini   tasavvur   qilish   imkoniyatini
bermaydi.   Yuzlab   yillar   davomida   yonidan   o‘tgan   ko‘chalarga   nisbatan   bino
ancha   cho‘kkan.   Hovlining   sathi   maydondan   2,2   metrga   pastdir.   Lekin,   hozirgi
kungacha   saqlanib   qolgan   bino   shakllari   Ulug‘bek   madrasasining   bunyodkorlari
va   quruvchilarining  meʼmorchilik   mahorati  yuqori   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.
Madrasaning   chap   va   o‘ng   tomonida   qad   ko‘tarib   turgan   minoralariga   nazar
solsak,   minorani   qiyshayib   turganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Asosan   buni   quyosh
64
  В.Л.Вяткин. Памятники древностей Самарканда. Т., 1929. стр 27.
65
  Ўролов А., Хожихонов М. Улуғбек яратган маънавият -Т.: 1994, 82-бет botayotganida   madrasani   yonida   tik   turmaganini   yaqqol   kuzatish   mumkin.
Ulug‘bek madrasasini olti asr davomida 2 metrga cho‘kkan degan taxminlar bor.
Har   bir   minoralarning   og‘irligi   400   tonna   bo‘lib,   balandligi   33   metrdan   bo‘lsa,
ularning poydevori 9 metrni tashkil etadi. Har bir minoralarning ichida 56 tadan
zinalari   bor.   Shuning   uchun   bu   madrasani   baʼzida   «Minoralari   cho‘kayotgan
madrasa»   deb   yuritiladi.   Aslida,   ushbu   minoralarni   ustida   sharafalari   bo‘lgan
yaʼni,   ikki   pog‘onali   bo‘lishgan.   Lekin   afsuski,   yuqori   pog‘onalari   bizning
davrimizgacha   yetib   kelmagan.   Demak,   minoralar   orqali   yana   ham   balandga
chiqishgan degan maʼlumotlar ham bor 66
.
Tarixiy   maʼlumotlarga   ko‘ra,   Ulug‘bek   madrasasidan   1752   yilda   Amir
Muhammad Rahim davriga kelib non ombori sifatida foydalanishgan.  Keyinchalik
XIX   asrga   kelibgina   Ulug‘bek   madrasasi   yana   talabalar   bilim   olishi   maskanida
aylantirilgan.  Aynan   mana  shu   davrda  hovlidagi  tashqi  ayvonchalarni  taʼmirlash
ishlari   olib   borilgan.   Ulug‘bek   madrasasi   yillar   to‘foni,   zilzila   va   ayniqsa   XVIII
asrdagi   jangu-jadallar   taʼsiridan   ancha   talafot   ko‘radi.   Tashqi   minora,   gumbaz,
ikkita minora va bir necha turar joylari vayron bo‘lgan. 1907 yilda zilzila oqibatida
hovlidagi   ayvonlarning   deyarli   hammasi   shikastlangan.   Shu   yilda   zararlangan
joylarni   taʼmirlash   uchun   maxsus   komissiya   tuzilgan.   Unga   rahbar   qilib
V.L.Vyatkin   tayinlangan   edi,   ammo   uning   rahbarligi   ostidagi   guruhning   faoliyati
samarasiz   bo‘lgan.   1918   yil   birinchi   bo‘lib   shimoliy   sharqiy   minoraning
og‘ayotganini,   har   kuni   bu   minora   asosiy   binodan   ajralib   qiyshayayotganini
sezishadi. Aniq ediki agar chora ko‘rilmasa  minora vayrona bo‘lar edi. Minorani
o‘zlarining   do‘konlari   ustiga   qulashidan   qo‘rqib   bu   maʼlumotni   Samarqandning
muzeylarini   va   qadimiy   yodgorliklarini   himoya   qilish   bo‘yicha   qo‘mitasi   xodimi
V.L.Vyatkinni   xabardor   qilishga   qaror   qiladi.   V.L.Vyatkin   Samarqanddagi
yodgorliklarni qo‘riqlash bo‘yicha mutaxassis edi. Bu qo‘mita tomonidan 1920 yil
may   oyida   Samarqanddagi   qadimiy   yodgorliklarni   qutqarish   va   restavratsiya
66
  Ремпел Л.И. Архикетурный орнамент Узбекистана. Ташкент, 1961 qilish bo‘yicha maxsus komissiya «SamKomistaris” ish boshladi. Komissiya tarkibi
uchta   bo‘limdan   iborat   bo‘lib,   qurilish,   badiiy   va   arxeologik   yo‘nalishlarda
bo‘lgan 67
. Vaqtinchalik  minorani qutqarish  uchun  uni  yog‘och  karset  bilan  o‘rab
qo‘yadi.   36   tonnali   24   ta   po‘lat   arqon   bilan   minorani   shimoli-sharqiy   podium
tomonga   yog‘och   langarlarga   mahkamlab   qo‘yiladi.   Buning   natijasida   minora
og‘ishdan to‘xtab normal holatidagi 108 belgida to‘xtaydi.
1931 yilga kelib minoraning og‘ishi 5,1 ga ko‘paydi, u uni vayron bo‘lishi
xavfini   ko‘rsatar   edi.   Minoraning   og‘irlik   markazi   gorizontal   tekislik   yuzasidan
fundament   o‘qiga  nisbatan   1055  mm   siljigan.  Zudlik  bilan  ishni   boshlash   lozim
edi.   Shuxov   loyihasi   bo‘yicha   ishlar   boshlanib   ketdi.   Minoraning   asosidagi   o‘n
beshta  xoda ustunlarni  olib tashlashdan  oldin belgilangan marradan  yuqoriroqda
temir   albastor   quyib   mahkamlash   zarur   edi.   Xodalar   kvadrat   quti   ko‘rinishidagi
konstruksiyaga   mahkamlangan   edi.   Konstruksiya   minoraning   korpusini   o‘rab
olgan   har   bir   olib   tashlangan   xodalar   temir   albastor   qorishma   orasi   2-4   sm.   Bu
oraliq   suv   bilan   aralashtirilgan   va   kley   bilan   to‘ldirib   boriladi.   Keyin   xodalarni
og‘ib   ketishdan   saqlash   uchun   ularni   mahkamlash   lozim   edi.   Har   bir   posongi
uzunligi 1275 mm, qalinligi bir tarafi 89,2 mm, ikkinchi tomonida 147 mm og‘ir
mahkamlangan   xodalar   progonlarga   borib   taqaladi.   Bosimning   bir   tekisda
taqsimlanishi   uchun   fasonli   ostiga   qalin   svinets   yo‘l   o‘tgan.   Minorani   og‘ib
ketishini   oldini   olish   va   xavfsizlikni   ta minlash   uchun   posongilar   tomonlarigaʼ
(slindr   yuzaga)   ponalar   qoqildi.   Bu   ponalar   slindr   yuzaga   ega   po‘lat
yostiqchalardan   iborat   edi.   Bu   yostiqchalar   yangi   joylarga   o‘tkazib   turiladi.
Chetki   yostiqchalar   qayrag‘ochdan   yasalgan,   chunki   qayrag‘och   emandek
mustahkam  hisoblanadi.   Konstuksiyalarning   barcha   elementlari   aniq  hisob-kitob
bilan   yig‘ilgan.   Minoraning   aylanishi   tros-arqonlar   tizimi   yordamida   amalga
oshiriladi.   Minoraning   bezaklari   buzilmasligi   uchun   ular   ostiga   yumshoq   daraxt
yotqizildi. 
67
Плетнев. И.Е. Обаснавание к проекту реставрации соффитов главного портала Улуғбека. Ташкент. 1920 г Madrasadagi   eng   katta   ta mirlash   ishlari   1952   yilda   olib   borilgan,   bungaʼ
ko‘ra   binoning   qayta   ta mirlanishi,   hovlidagi   arkalarning   ko‘chib   tushgan	
ʼ
joylarini to‘g‘rilash va binodagi kichik ta mirlash ishlari ham to‘laqonli ravishda	
ʼ
olib borilgan.   1967 yilga kelib esa Gendel loyihasi asosida madrasaning sharqiy-
janubiy   minorasi   qayta   ta mirlangan.   Bunga   ko‘ra   minoraning   asosini	
ʼ
mustahkamlab,   uning   shikastlangan   qismlarida   konstruktiv   ishlar   amalga
oshirilgan. Ulug‘bek madrasasining katta peshtoqining ichida belbog‘lar mavjud,
buning   qo‘yilishining   sababi   binoning   ikkinchi   etaji   qulab   ketadi   va   uning   ikki
tomonidagi   qovirg‘ali   gumbazlari   umuman   yo‘q  bo‘lib  ketadi   va  shundan   so‘ng
katta   ravoqli   peshtoq   o‘zini   ushlolmay   ag‘darilib   ketadi.   Peshtoqning   qulab
ketishini   oldini   olish   uchun   o‘rtasidan   troslar   bilan   tortib   qo‘yilgan.   1977   yil
oktabr   oyiga   kelib,   Ulug‘bek   madrasasi   binosining   asosiga   suv   sizib   o‘tishi
sababli uni ta mirlash ishlari olib borilgan. Bunga ko‘ra muhandislarga binoning	
ʼ
g‘arbiy   devor   qismining   asosini   ta mirlashni   vazifa   qilib   berilgan   edi.   Ayniqsa	
ʼ
g‘arbiy   qismning   shimoliy-janubiy   qismi   haddan   ziyod   yaroqsiz   holatga   tushib
qolgan   edi.   Asosning   zararlangani   sababli   shimoliy-sharqiy   hamda   janubiy-
sharqiy minoralarni to‘g‘rilash ham zarur bo‘lgan.  
Shunday   qilib,   Ulug‘bek   madrasasida   yillar   davomida   turi   zilzila   va   suv
toshqinlari   va   namgarchilik   sabab   kichik   kichik   konstruksiv   ishlar   amalga
oshirilgan.   Mustaqillik   yillariga   kelib   madrasaning   deyarli   barcha   joylari   qayta
ta mirlanadi.   2011-2012   yillarga   kelib   madrasaning   g‘arbiy-shimoliy   tomon	
ʼ
gumbazlari   tiklangan.   Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   madaniy   yodgorliklarni
saqlash   va ta mirlash  jarayonini   uzliksiz  ravishda  olib  borilishida  sezilarli   ishlar	
ʼ
amalga oshirilmoqda. Jumladan,  2014 yilda Ulug‘bek madrasasida  olib borilgan
so‘nggi   ta mirlash   ishlari   va   Sherdor   madrasasining   hovlisidagi   qarama   qarshi	
ʼ
peshtoqning ta mirlanayotganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.	
ʼ
Mirzo   Ulug‘bek   davrida   ijodiy   izlanishlar   samarasi   dahmalarning
me moriy ko‘rinishiga ham ta sir o‘tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali	
ʼ ʼ
maqbara   va   hozirgacha   Qozizoda   Rumiy   maqbarasi   deb   kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, kimligi noma lum) maqbara quriladi. Mirzoʼ
Ulug‘bek   Buxoro,     G‘ijduvon,   Shahrisabz,   Termiz,   Toshkentda   ham   noyob
imoratlar   qurdirgan.   Ammo   qurilish   miqyosi   va   bezaklar   bo‘yicha
Samarqanddagi   obidalar   ustunlik   qilardi.   Toshkentda   Zangi   ota   maqbarasi   va
Shayhontohur   majmuasi   bo‘lib,  uning tarkibidagi  Qaldirg‘ochbiy  maqbarasi   XV
asrning birinchi yarmiga mansub.
Samarqanddagi   Ulug‘bek   rasadxonasi   me moriy   san atning   noyob	
ʼ ʼ
yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir.
Rasadxonada   Ulug‘bek   bilan   birga   Jamshid   Koshiy,   Qozizoda   Rumiy,   Ali
Qushchi va boshqa allomalar astronomiya ilmiga rivoj berdilar.
Temuriylar   davrida   yaratilgan   maqbara,   din   arbobi   va   ruhoniylar   qabrini
o‘z   ichiga   oluvchi   panjara-xazira,   avliyolar   qadamjolari,   dahmalar   alohida
guruhni   tashkil   qiladi.   Samarqandda   Amir   Temur   davrida   shayx   Burxoniddin
Sog‘arjiy   xilxonasi   -   Ruhobod   maqbarasi   va   temuriylar   xilxonasi   -   Go‘ri   Amir
mahbarasi,   shuningdek,   Shohizinda   majmuasida   peshtoqli   maqbaralar   guruhi
quriladi.
Mirzo   Ulug‘bek   davrida   ijodiy   izlanishlar   samarasi   dahmalarning
me moriy ko‘rinishiga ham ta sir o‘tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali	
ʼ ʼ
maqbara   va   hozirgacha   Qozizoda   Rumiy   maqbarasi   deb   kelinayotgan
(«Sultonning онаси» uchun qurilgan, kimligi noma lum) maqbara quriladi. Mirzo	
ʼ
Ulug‘bek   Buxoro,     G‘ijduvon,   Shahrisabz,   Termiz,   Toshkentda   ham   noyob
imoratlar   qurdirgan.   Ammo   qurilish   miqyosi   va   bezaklar   bo‘yicha
Samarqanddagi   obidalar   ustunlik   qilardi.   Toshkentda   Zangi   ota   maqbarasi   va
Shayhontohur   majmuasi   bo‘lib,  uning tarkibidagi  Qaldirg‘ochbiy  maqbarasi   XV
asrning birinchi yarmiga mansub.
Amir   Temur   davrida   tuzilishi   va   miqyosi   bo‘yicha   ulkan   inshoot   -
Turkiston   shahrida   Axmad   Yassaviy   maqbarasi   barpo   qilindi.   Bu   maqbara
musulmon Sharqining me moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.	
ʼ Samarqanddagi   Ulug‘bek   rasadxonasi   me moriy   san atning   noyobʼ ʼ
yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir.
Rasadxonada   Ulug‘bek   bilan   birga   Jamshid   Koshiy,   Qozizoda   Rumiy,   Ali
Qushchi va boshqa allomalar astronomiya ilmiga rivoj berdilar.
Mirzo   Ulug‘bek   davrida   Samarqandning   Registon   maydoni   shakllandi,
Masjidi   muqatta ,   210   gumbazli   Alika   Ko‘kaldosh   jome   masjidi   qad   ko‘tardi.	
ʼ
Shohizindadagi   ayrim   maqbaralar,   Chilustun   va   Chinnixona   saroylari,
Shahrisabzda   Ko‘kgumbaz   masjidi   uning   davrida   Xoja   Ahror
madrasasi,     Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Samarqanddagi   Ulug’bek   rasadxonasi   me’moriy   san’atning   noyob
yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo’lib, uch qavatlidir.
Temuriylar   davrida   qurilgan   saroylar   ikki   xil   bo’lgan.   Birinchisi-ma’muriy-
siyosiy   maqsadda   bo’lib,   qal’a   yoki   shahar   ichida   qurilgan.   Ikkinchisi-shahar
tashqarisidagi   bog’larda   qurilgan   qarorgohlarda   qabul   marosimlari,   majlislar
o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri
22 metr bo’lib, toq va ravoqlari beqiyos bo’lgan. Temur va Ulug’bekning asosiy
qarorgohi   Samarqanddagi   Ko’ksaroy   va   Bo’stonsaroy   deyiladi.   Shuningdek,
shahar tashqarisida Temur o’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.
Ulug’bek   davrida   Samarqandning   Registon   maydoni   shakllandi,   «Masjidi
Muqatta’»,   210   gumbazli   Ko’kaldosh   jom’e   masjidi   qad   ko’tardi.   Shohizindada
ayrim   maqbaralar,   Shahrisabzda   Ko’kgumbaz   masjidi,   «Chilustun”   va
«Chinnixona” saroylari uning davrida qurildi.
XV   asrning   ikkinchi   yarmida   Samarqandda   Xo’ja   Ahror   madrasasi,   Ishratxona,
Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Ko`hna   Samarqand   Temur   va   Temuriylar   zamonida,   ayniqsa   Ulug`bek
hukmronlik   qilgan   yillarda   (1409-1449)   yanada   gullab   yashnadi;
hunarmandchilik,   me'morchilik   va   adabiyot   ravnaq   topdi,   ilm-fan   yuksaldi,
savdo   rivojlandi.   Ulug`bek   farmoyishi   bilan   Buxoroda   (1417),   Samarqandda
(1420),   G`ijduvonda   (1432-33)   madrasalar   va   Marvda   xayriya   muassasalari qurildi.   Bibixonim   masjidi,   Amir   Temur   maqbarasi,   Shohi   Zinda   ansambli
qurilishlari poyoniga yetkazildi 68
.
          Ulug`bek   bulardan   tashqari,   talaygina   jamoat   binolari,   ya'ni   karvonsaroy,
timlar,chorsu,   hammom   va   hokazolarni   ham   qurdirgan.Karvonsaroylardan   eng
kattasi Registon, hozirgi Tillakori madrasasi o`rnida bo`lgan va Mirzoyi Karvon
saroyi nomi bilan shuxrat topgan.
Bunday karvon saroylar Ulug`bek zamonida, shaxar ichkarisidagina emas, balki
Samarqand bilan tutash hamma savdo yo`llarida qurilgan edi.
          Ulug`bek   Mirzo   bobosi     davrida   qurila   boshlagan,   lekin   ayrim   sabablarga
ko`ra   bitmay   qolgan   talaygina   binolarni   ham   bitkazdi.   Go`ri   Amir   maqbarasi,
Shohi   zinda   mozori   va   Shaxrisabzdagi   Ko`k   gumbaz   masjidi   shular
jumlasidandir.
3.2.  SAMARQAND — YANGI O‘ZBEKISTONNING TURIZM DARVOZASI
KONSEPSIYASI NING AHAMIYATI
Turizm   –   iqtisodiyotning   yuqori   daromad   keltiradigan   va   jadal
rivojlanayotgan   tarmoqlaridan   biri.   Mazkur   soha   dunyo   mamlakatlari   va
xalqlarining madaniyat borasidagi amaliy muloqotida o‘ziga xos robita vazifasini
o‘tamoqda.   Ayni   paytda   dunyoda   235   milliondan   ortiq   kishi   ushbu   sohada
mehnat   qilayotir.   BMT   Jahon   sayyohlik   tashkilotining   ma lumotlariga   ko‘ra,ʼ
dunyoda sayyohlar oqimi har yili 4-5 foizga ko‘paymoqda.     Mustaqillik yillarida
Prezidentimiz   rahnamoligida   O‘zbekiston   zamonaviy   sayyohlik   infratuzilmasi
rivojlangan davlatlar qatorida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Mamlakatimizga
keluvchi   sayyohlar   oqimi   muntazam   oshib   bormoqda.   Toshkent,   Samarqand,
Buxoro,   Xiva   kabi   shaharlarimiz   oliy   darajadagi   uchrashuvlar,   xalqaro
konferensiyalar, nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilayotir.  
O‘zbekiston   sayyohlik   sohasida   ulkan   salohiyatga   ega.   Vatanimiz   tarixiy
qadamjolari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakat qatorida turadi.
68
  Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida…. Тошкент “Шарқ”, 2003. 90-bet. Mamlakatimizda   yetti   mingdan   ziyod   tarixiy   va   madaniy   yodgorlik   bor.
Samarqand,   Buxoro,   Xiva   va   Shahrisabz   shaharlari   YuNESKOning   Butunjahon
merosi   ro‘yxatiga   kiritilgan.   Yurtimizda   sayyohlikning   ekoturizm,   geoturizm,
ekstremal,   tibbiy   va   madaniy   yo‘nalishlari,   otda,   tuyada,   avtomobilda   sayohat
qilish, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi ko‘plab turlari rivojlanmoqda.  
Yangi   sayyohlik   yo‘nalishlari   ishlab   chiqilayotgani,   xalqaro   va   mahalliy
aeroportlar,   transport   kommunikatsiyalari   barpo   etilayotgani   samarasida
yurtimizga kelayotgan sayyohlar safi yildan-yilga kengayib borayotir. 2011-2013
yillarda   mamlakatimizga   kelgan   xorijlik   turistlar   soni   129,5   foizga   oshdi.
Sayyohlik   xizmatlari   hajmi   175,8   foiz,   shunday   xizmatlar   eksporti   180,2   foiz
o‘sdi. Mingdan ortiq sayyohlik tashkiloti, jumladan, 550 turoperator va agentlik,
500   dan   ziyod   mehmonxona   ularga   jahon   andozalari   darajasida   xizmat
ko‘rsatmoqda.  
Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   ulkan   bunyodkorlik   ishlari
samarasida   xorijiy   mehmonlar   va   delegatsiyalarni   qabul   qilish   hamda   ularga
zamonaviy   talablar   asosida   xizmat   ko‘rsatish   imkoniyatiga   ega   o‘nlab
mehmonxonalar qad rostladi. Dunyo miqyosida tan olingan “Radisson”, “Lotte”,
“Dedeman”, “Grand Plaza” kabi brendlar ostida xizmat ko‘rsatuvchi otellar bilan
birga,   kichik   guruhlarda   va   oilaviy   sayohat   qiluvchilar   uchun   xususiy
mehmonxonalar tarmog‘i barpo etildi.  
O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 oktabrdagi
“O‘zbekiston   Respublikasida   turizm   sohasini   yanada   qo‘llab-quvvatlash   va
rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   turizm   va   sayyohlik
infratuzilmasini   rivojlantirish,   milliy   turistik   xizmatlarni   xalqaro   sayyohlik
bozorlariga faol taklif etishda muhim dasturulamal bo‘lmoqda.  
“O‘zbekturizm”   milliy   kompaniyasi,   “O‘zbekiston   havo   yo‘llari”   milliy
aviakompaniyasi,   “O‘zbekiston   temir   yo‘llari”   davlat   aksiyadorlik   kompaniyasi
va   boshqa   tashkilotlar   “O‘zbekiston”   milliy   stendi   doirasida   dunyoning   ko‘plab
yirik shaharlarida o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib
kelayotir.   Bu   mamlakatimiz   sayyohlik   tashkilotlariga   xorijiy   hamkorlar   bilan yangi   aloqalar   o‘rnatish,   o‘zaro   manfaatli   hamkorlik   olib   borish   imkonini
berayotir.  
Sayyohlikni   rivojlantirish   ushbu   sohada   kadrlar   tayyorlash,   qayta
tayyorlash   va   malakasini   oshirish   bilan   bog‘liq.   Toshkent   davlat   iqtisodiyot
universiteti,   Samarqand   iqtisodiyot   va   servis   instituti,   poytaxtimizdagi   Singapur
menejmentni   rivojlantirish   instituti,   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro   va   Xiva
shaharlaridagi   turizm   kollejlarida   sayyohlik   marketingi   va   menejmenti,   xizmat
ko‘rsatish, xalqaro turizm, mehmonxona boshqaruvi va restoran ishi yo‘nalishlari
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.    
Yurtimizning har bir go‘shasi o‘ziga xos an analari, tarixiy obidalari, tabiiyʼ
iqlim   sharoiti   bilan   ajralib   turadi.   Aholi   daromadlari   oshib   borayotgani   va
sayyohlik   infratuzilmasi   takomillashayotgani   samarasida   mamlakatimizda   ichki
turizm   ham   tobora   rivojlanmoqda.   Har   bir   hududning   o‘ziga   xos   jihatlari,   ichki
imkoniyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   manzilli   dasturlar   amalga   oshirilmoqda.
Masalan, tarixiy obidalar kamroq bo‘lgan joylarda ekoturizm, geoturizm, off-road
sayohatlari,   tog‘li   zonalarda   ekstremal   turistik   xizmatlar   tashkil   etilmoqda.
Sayyohlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   hududiy   dasturlarga   muvofiq   madaniy
meros   ob ektlarini   restavratsiya   qilish,   turistik   ob ektlarni   qurish   va   ta mirlash,	
ʼ ʼ ʼ
yangi   sayyohlik   yo‘nalishlarini   ishlab   chiqish,   sayyohlik   tashkilotlari   faoliyatini
takomillashtirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.  
Mamlakatimiz BMT Jahon sayyohlik tashkilotiga 1993 yilda a zo bo‘lgan.	
ʼ
Samarqandda mazkur tashkilotning Buyuk ipak yo‘lida sayyohlikni rivojlantirish
bo‘yicha   mintaqaviy   markazi   faoliyat   yuritmoqda.   YuNESKOning   2011   yil
oktabr   oyida   Janubiy   Koreyada   o‘tgan   Bosh   assambleyasida   O‘zbekiston
Respublikasi ikkinchi marta ushbu tashkilot Ijroiya kengashi a zosi etib saylandi.	
ʼ
Bu maqomga dunyoning juda kam davlatlari sazovor bo‘lgan.    
2014   yilning   iyun   oyida   Ispaniyaning   Santyago-de-Kompostela   shahrida
bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 98-sessiyasida
Ijroiya   kengashning   navbatdagi   99-sessiyasini   Samarqandda   o‘tkazish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.     “Yer yuzining sayqali” va “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron Samarqand azaldan o‘z ko‘rku salobati
bilan barchani maftun etib keladi. Shaharning qadimiy va zamonaviy inshootlari,
go‘zal   va   so‘lim   tabiati   sayyohlikni   rivojlantirish   uchun   ulkan   imkoniyatlar
yaratmoqda.  
Prezidentimiz   ta biri   bilan   aytganda,   Samarqand   tuprog‘ining   har   birʼ
zarrasida  ulug‘   bir  hikmat   bor,  har  bir   ko‘chasi,  maydon  va  xiyobonida  salobat,
fayzu tarovat  bor. Bu qadimiy va hamisha navqiron shaharning har bir  g‘ishtida
bunyodkor   xalqimizning   buyuk   iste dodi   va   mahorati,   boqiy   qadriyatlari	
ʼ
mujassam.     Istiqlol   yillarida   Samarqand   o‘zgacha   tarovat   va   mahobat   kasb   etdi.
Amir   Temur   tavalludining   660   yilligi,   Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yilligi
munosabati   bilan   Samarqandda   ulkan   bunyodkorlik   ishlari   amalga   oshirildi.
Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli  haykali qad rostladi. Mirzo
Ulug‘bek   rasadxonasi   va   madrasasi   qayta   ta mirlandi.   Prezidentimiz   farmoniga	
ʼ
muvofiq   1996  yil   18  oktabr   kuni   Samarqand   shahri   “Amir   Temur”   ordeni   bilan
mukofotlandi. Shundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand shahri kuni sifatida
nishonlab   kelinmoqda.   Davlatimiz   rahbari   tashabbusi   bilan   Samarqandning   asl
tarixiy   qiyofasini   tiklash,   iqtisodiy   salohiyatini   yuksaltirish   borasida   beqiyos
ishlar   amalga   oshirildi.   2007   yilda   Samarqand   shahrining   2750   yilligi   keng
nishonlandi.   Ushbu   qutlug‘   to‘y   arafasida   boqiy   shahar   yanada   go‘zallashdi.
Barpo   etilgan   o‘nlab   ijtimoiy-maishiy   inshootlar   –   ta lim   muassasalari   va   sport	
ʼ
maydonchalari,   tibbiyot   maskanlari   va   mehmonxonalar,   magistral   yo‘llar,
ko‘rkam   bog‘u   xiyobonlar   Samarqand   aholisi   va   mehmonlariga   har   tomonlama
munosib   sharoit   yaratish   barobarida,   qadim   shahar   ko‘rkiga   ko‘rk   qo‘shmoqda.
Amir   Temur,   Ruhobod   maqbaralari,   Registon   maydoni,   Hazrati   Hizr   va
Bibixonim masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi qayta
ta mirlandi.   Ularni   bir-biriga   bog‘lovchi   kichik   halqa   yo‘lining   qurilishi   shahar	
ʼ
ahli   va   sayyohlar   uchun   yana   bir   qulaylik   yaratdi.     Samarqandning   sayyohlik
imkoniyatlari   shahar   iqtisodiyotini   yanada   rivojlantirish,   aholi   bandligini
ta minlashda   muhim   omil   bo‘lmoqda.   Bugungi   kunda   bu   yerda   yuzdan   ziyod
ʼ
sayyohlik firmasi va yuzga yaqin mehmonxona faoliyat ko‘rsatayotir.   BMT   Jahon   sayyohlik   tashkiloti   Ijroiya   kengashining   99-sessiyasi
mamlakatimizning   sayyohlik   borasidagi   ulkan   salohiyati   bilan   jahon
jamoatchiligini   keng   tanishtirish   uchun   yana   bir   qulay   imkoniyat   bo‘lib,   xorijiy
sayyohlik   tashkilotlari   va   kompaniyalari   bilan   hamkorlikni   yanada   kengaytirish
va   mustahkamlashga   xizmat   qiladi.   Sessiya   dunyoning   yetakchi   ekspertlariga
jahon   sayyohlik   bozorining   bugungi   holati   va   istiqbollari   xususida   tajriba
almashish,   bu   boradagi   yangi   tendensiyalar,   dolzarb   sayyohlik   muammolarini
muhokama qilish imkonini berayotir.  
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Registon majmuasi, Amir Temur va Xo‘ja
Doniyor   maqbaralari,   Mirzo   Ulug‘bek   rasadxonasi,   «Afrosiyob”   muzeyi   kabi
diqqatga sazovor joylar va zamonaviy ta lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.ʼ
Istiqlol   yillarida   Prezidentimiz   rahnamoligida   Samarqand   shahrida   amalga
oshirilgan keng  ko‘lamli   bunyodkorlik  va obodonlashtirish  ishlariga,  shaharning
ulkan sayyohlik salohiyatiga, sohada kadrlar tayyorlashga qaratilayotgan alohida
e tiborga yuksak baho berdi.	
ʼ  
Samarqand   yurtimizning   qadim   shahri   sifatida   nafaqat   yurtdoshlarimiz,
balki   dunyo   sayyohlarini,   tarixchiyu   madaniyat   olami   hamda   ilmu   urfon
vakillarini   o‘ziga   chorlab   keladi.   Shu   sabab   shahardan   mahalliy   va   xorijiy
sayyohlar,   olimu   nufuzli   mehmonlar   qadami   uzilmaydi.   Ma lumotlarga   ko‘ra,	
ʼ
Samarqand   shahridagi   birgina   “Registon”   ansambliga   2022   yilda   1   million   28
mingga   yaqin   mahalliy   va   xorijiy   turistlar   tashrif   buyurgan.   Prezidentimiz
tashabbusi   bilan   tashkil   etilgan   Samarqand   turizm   markazi   sayyohlar   oqimini
yanada   oshirmoqda.   Endilikda   Samarqandni   O‘zbekistonning   “Turizm
darvozasi”ga aylantirish va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga
oshirish   mo‘ljallanmoqda.   Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2022   yil   24   dekabrdagi   “Samarqand   viloyatining   turizm   va   transport
salohiyatidan   samarali   foydalanish,   viloyatni   “Samarqand   —   Yangi
O‘zbekistonning   turizm   darvozasi”   konsepsiyasi   asosida   rivojlantirish   bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘ladi 69
.
69
  http://old.muslim.uz    ›   index.php/maqolalar/item/34707-se-…    Shu   o‘rinda   ta kidlash   joizki,   yaqinda   The   Times   nashri   2023   yildaʼ
dunyoning   borish   tavsiya   etilgan   13   ta   joyi   ro‘yxatini   e lon   qildi.   Mamlakatdan	
ʼ
tortib   aniq   manzilgacha   bo‘lgan   bu   ro‘yxatda   O‘zbekiston   va   Samarqand   ham
mavjud.  Nashr   Charlston   va   Samarqanddagi   madaniy   yo‘nalishlar   e tibor   uchun	
ʼ
kurashayotganini   alohida   qayd   etadi.   Shuningdek,   Samarqand   turizm   markazi
ham tilga olingan. “Shahar tashqarisidagi Silk Road Samarkand yuqori darajadagi
mehmonxonalar va gastronomiyani va da qiladi”, deya qayd etilgan.	
ʼ
Davlat   rahbarining   yuqoridagi   qarori   asosida   “Samarqand   —   Yangi
O‘zbekistonning   turizm   darvozasi”   ta rifining   berilishi   va   ushbu   g‘oya   asosida
ʼ
sayyohlikni   yanada   rivojlantirish   borasidagi   amaliy   ishlar   alohida   e tibor   va	
ʼ
e tirofga   munosib.   BMTning   Butunjahon   turizm   tashkiloti   Bosh	
ʼ
Assambleyasining  25-sessiyasi  Samarqand shahrida o‘tkazilishi ham bejiz emas.
O‘zining   boy   tarixiga,   taraqqiyot   bosqichlariga   ega   ko‘hna   shahar,   minglab
ziyolilarga oshyon, ilm-fan ravnaqiga makon bo‘lgan ko‘hna zamin yurtimizning
nomini dunyoga tarannum etilishida, turizm rivojida muhim o‘rin tutadi.
Xulosa   qilib   aytganda,   Buyuk   ipak   yo‘li   –   xalqaro   sayyohlikni
rivojlantirishning   yangi   istiqbollari,   sohada   kadrlar   tayyorlash   va   mutaxassislar
malakasini   oshirish,   mintaqaviy   rivojlanish   va   integratsiyani   rag‘batlantirishda
sayyohlik marshrutlarining roli, xalqaro turizmning bugungi holati va istiqbollari
kabi mavzularda ma ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.	
ʼ  
Amir   Temur   va   Mirzo   Ulug‘bek   tufayli   boshlangan   madaniyat   va   fandagi
uyg‘onish davri hamma zamonlarda o‘z ta sirini ko‘rsatib turdi. Ijtimoiy fanlar -	
ʼ
arxeologiya,   tarix,   san atshunoslik,   tabiiy   fanlar   -   biologiya,   geografiya,	
ʼ
Samarqand   zaminining   sirlarini   ochishga   imkon   bergan   texnika   fanlari   ayni   shu
yerda   ravnaq   topdi.   Bu   yerda   go‘zal   me moriy   obidalar   muhitida   xalqning	
ʼ
betakror   madaniyati   rivojlanmokda.   Ulug‘   ajdodlarining   munosib   vorislari
bo‘lgan   olimlar,   talabalar,   tadbirkorlar,   davlatarboblari   va   xizmatchilar   samarali
mehnat   qilmoqda.   Samarqand   savdo-tijorat   markazlaridan   biri   bo‘lib   qolmoqda.
Ayni   vaktda   bu   shahar   jahon   sayyohlarining   “Ipak   yo‘li”dagi   asosiy
ziyoratgohlaridan biridir Xulosa
Must aqillik   yillarida   Samarqand   o‘zgacha   tarovat   va   mahobat   kasb   etdi.   Amir
Temur   tavalludining   660   yilligi,   Mirzo   Ulug‘bek   tavalludining   600   yilligi
munosabati   bilan   Samarqandda   ulkan   bunyodkorlik   ishlari   amalga   oshirildi.
Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli  haykali qad rostladi. Mirzo
Ulug‘bek   rasadxonasi   va   madrasasi   qayta   ta mirlandi.  ʼ Birinchi   Prezidentimiz
farmoniga   muvofiq   1996   yil   18   oktabr   kuni   Samarqand   shahri   “Amir   Temur”
ordeni bilan mukofotlandi. Shundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand shahri
kuni   sifatida   nishonlab   kelinmoqda.   Davlatimiz   rahbari   tashabbusi   bilan
Samarqandning   asl   tarixiy   qiyofasini   tiklash,   iqtisodiy   salohiyatini   yuksaltirish
borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. 2007 yilda Samarqand shahrining 2750
yilligi keng nishonlandi.
Shu ma noda magistirlik ishida Amir Temur va Temuriylar davrida 	
ʼ Amir Temur
va Temuriylar davrida Samarqand me`morchiligi va shaharsozligi
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch.-T.: Ma naviyat, 2008.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoev   SH.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz// -T.:O‘zbekiston, 2017.  187-bet.
3.   Ibn Battuta. Sayohatnoma “Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroyib al-amsor va ajoib
al-afsor”   /   mas ul   muharrir   va   muqaddima   muallifi   N.Ibrohimov.   –   T.:	
ʼ
“Sharq”, 2012.
4. Samarqand   shahrining   umumbashariy   madaniy   taraqqiyot   tarixida   tutgan
o‘rni. Samarqand  shahrining 2750  yillik  yubileyiga  bag‘ishlangan  xalqaro
ilmiy simpozium materiallari. Samarqand – 2007.
5.   Akramov   Sh.   va   boshqalar.   O‘zbekistonning   madaniy   obidalari.   –
Toshkent.: «O‘zbekiston”, 1993 y.
6. Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremen do ser. XIX v., 1965.
S. 309.
7.  Amir Temur o‘gitlari, 1992. 19-bet.
8. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma. Toshkent, 1996
9.  Amir Temur jahon tarixida “Sharq”, Toshkent, 1996.
10. Amir   Temur   va   Ulug’bek   zamondoshlari   xotirasida….   Toshkent   “Sharq”,
2003. 
11. Temur tuzuklari. Toshkent. 1992. 12. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – T.: “O‘zbekiston”, 1996.
13. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent “Sharq”, 2002.
14. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent, “Sharq”, 1997 .
15. Lyusen Keren. Amir Temur salatanati. Toshkent “Ma naviyat”, 1999.ʼ
16. Abu   Tohirxoja   Samarqandiy.   Samariya.   So‘z   boshi   va   sharhlar
B.Ahmedov. Toshkent, 1969.
17. Rui   Gonsales   de   Klavixo   Diyevnik   puleshestviya   v   Samarkand   k   dvoru
Temura (1403-1406). M., 1992. 
18. Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremen do ser. XIX v., 1965.
S. 309.
19. V.L.Vyatkin. Pamyatniki drevnostey Samarkanda.  T., 1929. str 27.
20. Q.   Mamarahimov.   A.Berdimurodov.   Samarqand   tarixiy   malumotnoma.
Toshkent. 2000. 109-112 bet.
21. Aleskerov YU.J. Samarkand. Stranits ы  istorii.  Tashkent. 1967 g
22. Masson.M.E. Registon i yego medrese.  Samarkand. 1929 g.
23. Ro‘ziyev.   E.M.   Samarqand   asrlar   chorraxasida.   A.Qodiriy.   -
Toshkent.2001. – B. 19-35.
24. Zohidov.R.Sh.   Registon   maydoni   tarixi.   A.Qodiriy.   -Toshkent.2007   y.   B.
47-69
25. O‘rolov A., Xojixonov M. Ulug‘bek yaratgan ma naviyat -T.: 1994, 82-bet	
ʼ
26. Rempel L.I. Arxiketurn ы y ornament Uzbekistana.  Tashkent, 1961
27. Pletnev.   I.E.   Obasnavaniye   k   proyektu   restavratsii   soffitov   glavnogo
portala Ulug‘beka.  Tashkent. 1920 g
28. Bartold.V.V. Ulug‘bek i yego vremya.  Tashkent. 1915 g.
29. O‘zRMDA,   S–68-65/A-90-fond,   Albom   Fotoilliustratsii.   Medrese
Ulugbeka v.g. Samarkande.  1994 y.
30. Bartold V.V. Istoriya kulturnoy jizni Turkestana. Sochineniye, T.II. ch. 1.
1963. – S. 167-433.
31. Sem	
е?nov A.A. Nekotorыe osobennosti materialnoy kulturы proshlыx epox
Sredney Azii // Izvestiya Sredazkomstaris.  1928. Vыp. 1. – S. 11-13.
32. Lunin B.V. Iz istorii russkogo vostokovedeniya i arxeologii v Turkestane. –
Tashkent: Fan, 1958.
33. Yego je. Nauchn ы e ob щ estva Turkestana i ix progressivnaya deyatelnost. –
Tashkent: Fan, 1962. – 112 s.
34. Pugachenkova   G.A.Samarkand.   Buxara.   (Po   drevnim   pamyatnikam).
(Seriya   « Arxitekturno-xudojestvenn    ы    e   pamyatniki   gorodov   SSSR    »).   M.,
Iskusstvo. 1961. 213 s.

MAVZU: Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi va shaharsozligi KIRISH I BOB. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari 1.1. Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida 1.2. Amir Temur va temuriylar davri me morchiligining manbalarda aks etishiʼ II BOB. Amir Temur davrida qurilish ishlarining kengayishi hududlar misolida 2.1. Amir Temurning Shahrisabzda amalga oshirgan qurilish ishlari tarixi 2.2. Amir Temurning ulug’ zotlarga ehtiromi me’morchilik ishlari misolida III BOB. Temuriylar davrida binokorlik va shaharsozlik ishlari tarixi 3.1. Mirzo Ulug’bek davrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari 3.2. Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasining ahamiyati XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Must aqillik yillarida Samarqand o‘zgacha tarovat va mahobat kasb etdi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qayta ta mirlandi. ʼ Birinchi Prezidentimiz farmoniga muvofiq 1996 yil 18 oktabr kuni Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. Shundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand shahri kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi. Samarqand shahri o‘zining qadimiyligi va betakrorligi bilan ajralib turadi. U o‘zining salkam uch ming yillik tarixini o‘zida mujassamlashtirgan. O‘z tarixining turli yillarida bunyod etilgan muhtasham binolar shahar ko‘rinishiga zeb bag‘ishlaydi. Ana shunday muhtasham inshootlardan biri Ulug‘bek madrasasidir. U o‘zining mahobatliligi, noyob me moriy xususiyati, boy qurilishi ʼ va ta mirlash tarixi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoevning ʼ qadim va navqiron Samarqand shahrining boy madaniy merosini saqlash bo‘yicha: “Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ta mirlash va ʼ obodonlashtirish ishlari izchil davom ettiriladi ” – deya bejizga aytmagan edilar. Shu ma noda Amir Temur va Temuriylar davrida Amir Temur va Temuriylar ʼ davrida Samarqand me`morchiligi va shaharsozligi mavzusining tadqiq etilishi dolzarb hisoblanadi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Dissertatsiyada ko‘tarilgan Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi va shaharsozligi mavzusi ilmiy adabiyotlarda u yoki bu darajada o‘rganilgan bo‘lsa-da, alohida dissertatsiya ko‘rinishidagi tadqiqot sifatida shu choqqacha ilmiy jihatdan keng qamrovli o‘rganilmagan. Biz o‘rganayotgan sohaga taaluqli ilmiy ishlar T.F.Qodirova, A.S.Uralov, K.D.Raximov, M.K.Axmedov, D.A.Nozilov, E.M.Masson, R.I.Rempel, V.A.Nilsen, K.S.Kryukov, E.N.Negmatov, L.A.Adilova kabi

olimlarning ishlarida uchraydi. Dissertatsiyaning maqsadi. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqandda amalga oshirilgan shahrsozlik va me’morchilik ishlarini tarixiy manbalar va adabiyotlarga tayangan holda o’rganib chiqilib, bu boradagi ishlarning tarixiy ahamiyatini istiqboldagi ilg‘or yo‘nalishlarini aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Bizga ma’lumki, Samarqand shahridagi asosiy tarixiy qulrilish ishlari va shaharsozlik Amir Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan. Bu esa Amir Temur va Temuriylarning qudratini namoyon etib turadi. Hozirgi kundagi bu bunyodkorlik va shahrsozlik ishlarining tarixiy ahamiyati sifatida Samarqandga ko’plab mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etayotganligini ta’kidlash kerak. Tadqiqotning vazifalari. Dissertatsiya maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat bo‘ldi: - O’rta asrlarda Amir Temur davrida Samarqand me’morchiligining shakllanish jarayonini o’rganish; - Amir Temur davrida qurilish ishlarining kengayishi hududlar misolida olingan holatda yoritib berish; - Temuriylar davrida binokorlik va shaharsozlik ishlari tarixini yoritish ; Tadqiqot ob ekti. ʼ Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqandda qurilgan tarixiy binolar: madrasalar, masjidlar, maqbaralar, xonaqohlar, kupriklar, karvonsaroylar. Tadqiqot predmeti. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqanddagi shaharsozlik va me’morchilik ishlari yoritilgan manbalar. Tadqiqotning yangiligi. Mazkur ishda Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqanddagi shaharsozlik va me’morchilik ishlari yuzasidan tarixiy manbalardan ma’lumot olinib Samarqand shaharsozlik va me’morchiligining istiqbolli tarixiy yo‘nalishlari aniqlangan va ularni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot uslubi. Amir Temur va Temuriylar davrida Samarqand shaharsozlik va

me’morchiligi tarixini ilg‘or an ana va yo‘nalishlarini kompleks o‘rganish vaʼ umumlashtirish. Tadqiqotning ahamiyati. Amir Temur va Temuriylar davridagi Samarqand shaharsozligi va me’morchiligining tarixiy ahamiyati hamda ularning kelajak avlodni buyuk kelajagimizga bo’lgan hurmat va e’tiborlarini yanada yuksaltirish maqsadiga qaratilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan shaharsozlik va qurilish ishlari tarixshunosligini yuqori darajaga ko’tarish maqsadi quyilgan. Mazkur dissertatsiya yutuqlari, shuningdek, bo‘lajak tarixchilar va yosh tadqiqotchilarni tayyorlash ta lim tizimida ham foydadan holi bo‘lmaydi. ʼ Shuningdek, bu sohadagi darslik, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Tadqiqotning sinov(aprobatsiya)dan o‘tish va amaliyotga joriy etilish holatlari. Ilmiy tadqiqot natijalari Sharof Rashidov nomidagi Smarqand davlat universitetining 2022-2023-yillarda bo‘lib o‘tgan yosh olimlar, iqtidorli talabalar, magistrlar va tadqiqotchilar ilmiy konferensiyalari va arxitektura fakultetining ilmiy-uslubiy seminarlarida ilmiy doklad (ma ruza) tarzida hamda FARS ʼ International Joarnal of Education, Social Science G Humanities (FIJESh) jurnalida chop etilgan ilmiy maqolalar tarzida e lon qilingan va muhokamadan ʼ o‘tgan. Dissertatsiyaning tarkibi kirish, 3 ta bob, yakuniy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Amir Temur davrida Samarqand me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari 1.1. Samarqand tarixchilar va sayyohlar nigohida

Yer yuzining sayqali deb atalgan muazzam va mo‘ tabar Samarqand jahonʼ fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. Bugungi kunda biz VIII asrdayoq Samarqanda tug‘ilib, zamonasining falsafiy mafkurasini ko‘rsatib beruvchi asarlarning mualliflari, mashhur muhaddis, hofiz va boshqa donishmand kishilar haqida ma lumotga egamiz. ʼ IX asrning ikkinchi yarmida esa Movarounnahrning madaniy hayotida yangi davr boshlanadi. Xalifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining qaror topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochiladi. Bu davlatning eng yirik shaharlari, jumladan, Samarqand ilmiy va madaniy markaz sifatida tez sur atlar bilan taraqqiy qilgan. ʼ Somoniylar davlatining tashkil topishi va Xorazmning yuksalishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Bu davrda Samarqandda ilm ahlining hammasi ham qozi, imom bo‘lavermay, ular orasida dunyoviy ilmlar - tabobat, handasa, matematika, kimyo, falakiyot, falsafa, mantiq, tarix va boshqa sohalar bo‘yicha mukammal bilim orttirgan olimlar ham yetishib chiqqan. Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega bo‘lgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Bu ko‘hna va betakror shahar O‘zbekiston tarixida, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda alohida o‘rin tutadi. Jahon ilm-fanida “G‘arbda – Rim, Sharqda – Samarqand” degan ibora bejiz paydo bo‘lmagan. Ayniqsa, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz davrida Samarqandning shuhrati butun dunyoga taraldi. Samarqand zaminida o‘nlab, yuzlab buyuk ajdodlarimiz – mashhur sarkarda va davlat arboblari, alloma va mutafakkir zotlarning qadamjolari mavjud 1 . Markaziy Osiyoni arablar istilo qilganining dastlabki yillarida bu yerga tashrif buyurgan tarixchilar va sayyohlar Movarounnahr shaharlarining uch qismdan, ya ni ark yoki ko‘handiz, ʼ shahriston yoki madina va savdo-hunarmandchilik qismi-rabotdan tashkil topganligiga e tiborni qaratishadi. Ba zi holatlarda ʼ ʼ 1 https://uza.uz/uz/posts/shavkat-mirziyoev-samarqandning-buyuk-farzandlarini-yodga-oldi_304771