logo

AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

456 KB
AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT
BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISH .................................................................................................................................... 3
I BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI ........................................ 9
1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi. ........................................................................................................ 9
 1.2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar. ....................................................... 14
1.3 Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, asosiy mansab va unvonlar. ....... 20
II BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA SUD -HUQUQ TIZIMI. .. 44
2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi. ......................................................................... 44
2.2 Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi. ...................................................................................... 51
III BOB. AMIR TEMUR AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI SIYOSATI VA 
DIPLAMATIYASI. ................................................................................................................. 60
3.1 Amir Temur davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari. .............................................................. 60
3.2 Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari. ........................................................................ 65
XULOSA ............................................................................................................................... 85
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ................................................................. 91 KIRISH
Magistrlik   dissertatsiyasi   mavzusining   asoslanishi   va   uning
dolzarbligi;   Mustaqillik   milliy   o‘zligimizni   anglash   imkoniyatini   yaratdi.   Istiqlol
yillarida   o‘tmishda   unutilib   ketgan   urf-odatlar,   o‘zbekka   xos   an’analar   qaytadan
tiklanib, milliy tariximizning nomalum sahifalari tadqiq etilmoqda.
Yurtimizda shakllangan va turli bosqichlarda katta taraqqiyot yo‘lini bosib
o‘tgan   milliy   davlatchilik   tariximiz   o‘zbek   xalqining   siyosiy   tarixi   bo‘lib,   ular
o‘zbek millatining kuch-qudrati, erki, ozodligi, g‘ururi timsoli hisoblanadi.
-   Baqtriya,   Xorazm,   So‘g‘diyona,   Dovon,   Kushon,   Turk   xoqonligi,
temuriylar   kabi   davlatlar   ana   shunday   davlatlardan   edi.   Bu   davrlarda   o‘ziga   xos
boshqaruv   asoslari   -   davlatchilik   ta’limotlari   yaratilgan.   Ushbu   davlatlarning
taraqqiyotiga   turtki   bergan   omillarni   tadqiq   etish   va   amaliyotda   ulardan   keng
foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish   bugungi   kundagi   davlat   boshqaruv   asoslarimizning
mustahkamlanishiga xizmat kiladi.
Milliy tariximizda buyuk davlat  arbobi  va sarkarda Amir Temur  va uning
davlatchilik   tarixi   alohida   o‘rin   tutadi.   Afsuski,   sovet   davrida   Amir   Temur
faoliyatini   xolisona   o‘rganishga   katta   to‘siqlar   qo‘yildi   va  uning   nomiga  tuhmatu
dashnomlar otildi.
Sovet davrida Amir Temurga otilgan tuhmatlar mustaqillik davrida barham
topdi, uning tariximizdagi, umuman insoniyat  tarixidagi  katta xizmatlari  munosib
baholandi.   Bevosita   bu   ulug‘   zotning   xizmatlarining   etirof   etilishida   O’zbekiston
Respublikasi   birinchi   prezidenti   I.A.Karimovning   katta   o‘rni   bor.   Birinchi
prezidentimizning   tashabbusi   bilan   1994-yil   29-dekabrda   «Amir   Temur
tavalludining  660   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida»gi   hukumat   qarori,  1995-yil   26-
dekabrdagi «1996-yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida'»gi, 1996-yil
martida   «Temuriylar   tarixi»   davlat   muzeyini   tashkil   etish   va   «Amir   Temur»
ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonlari chiqdi. YUNESKO xalqaro tashkiloti
dunyo   sivilizatsiyasiga   qo‘shgan   hissasini,   tarixdagi   buyuk   xizmatlarini   inobatga
olib   Amir   Temur   tavalludining   660   yilligini   nishonlash   to‘g‘risida   qaror   qabul
3 qildi 1
.   1996-yil   Amir   Temur   yili   deb   elon   qilindi   va   bu   tarixiy   voqea   dunyo
miqyosida keng nishonlandi.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti;   Markaziy   Osiyoning   Amir   Temur
davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvidagi davlatlar, Temuriylar davri
tarixiy   geografiyasiga   oid   ma’lumotlar   usha   davrda   yozilgan   tarixiy-geografik,
tarixiy   va   boshka   asarlar,   xujjatlar,   taqrizlar,   malumotlar,   insho-yozishmalar
kabilardan o‘rin olgan.
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari;   Markaziy   Osiyoning   o‘rta   asrlar   davri
ijtimoiy-madaniy   hayotida   Amir   Temur   davlatidagi   ma’muriy   va   harbiy   davlat
boshqaruvini o’ziga hos hususiyatlari, temuriylar davri ta’lim tizimi xususiyatlarini
ochib berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi;   “Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi”
mavzusi   hali   tadqiqotchilar   tomonidan   doktorlik   dissertatsiyasi   darajasida
bajarilmaganligi uning ilmiy yangiligiga dalildir.
Birinchidan, biz tomonimizdan tanlangan mavzuga  tegishli  bazi  masalalar
avval   tadqiqotchilar   tomonidan   u   yoki   bu   darajada   o‘rganilgan,   ammo   ularning
hech   qaysisida   bu   sohalarning   davlatchilik   taraqqiyotiga   tasiri   va   u   bilan
chambarchas   bog‘liqligi,   ularning   bu   davrda   yaratilgan   davlatchilik   talimotining
muhim nazariy konsepsiyasi ekanligi tahlil etilmagan edi.
Shuningdek   bu   tadqiqotda   Amir   Temur   davlat   boshqaruvining   asosiy
sohalariga   etibor   qaratilib,   bu   sohalarning   davlatchilik   asoslarini   yaratishga
ko‘rsatgan tasiri tahlil etiladi.
Ikkinchidan,   Amir   Temurning   o‘rta   asr   boshqaruv   ananalariga   asoslangan
holda   davlatni   boshqargani,   ammo   o‘z   davridagi   forsiy-arabiy,   turkiy-chingiziy
ananalardan   davlatni   boshqarishda   foydalangani,   ular   o‘rtasidagi   muvofiqlikni
topgani va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar haqida tahlillar berishga intildik.
Tadqiqotimizda   jamiyatda   siyosiy   ong   va   manaviyatni   yo‘naltirishga
qaratilgan tadbirlarni ilk bora tahlil etdik. Shuningdek ilm -fan taraqqiyotiga turtki
bergan omillarni, jumladan, yagona, yirik qonunchilikka asoslangan saltanatda ilm
1
 UNESCO: Resolutions twentyeighteen session ofthe general Conference.-Vol.I. - Paris, 1996. - P.89.
4 fan.   taraqqiyotiga   katta   zamin   yaratilgani,   Amir   Temurning   ushbu   sohaga   davlat
siyosati   darajasida   yondashganligi,   natijada   ilm-fan   integratsiyasi   yuzaga
kelganligi haqida fikrlar berib o‘tdik.
Uchinchidan   bu   tadqiqotda   birinchi   marta   ijtimoiy   tizim   va   uning
davlatchilikning   muhim   bo‘g‘ini   ekanligi   tahlil   etilgan.   Mazkur   ishda   davlat
boshqaruvida   ijtimoiy   sohaning   o‘rni,   ijtimoiy   sohaning   davlat   boshqaruvi   va
qonunchilik   bilan   o‘zaro   uyg‘unlik   kasb   etganligi,   xodimlarni   tanlash   siyosati,
ijtimoiy himoya, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida Amir Temur davrida
pul   va   natura   shaklida   kredit   tizimi   yaratilgani,   soliqlar   xam   aynan   ijtimoiy
ximoyaga yo‘naltirilgan holda tashkil etilganligi tahlil etildi.
              To‘rtinchidan   birinchi   marotaba   bu   davr   davlatchilik   taraqqiyotida
davlat rahbarining o‘rnini Amir Temur misolida ochib berishga intildik.
Beshinchidan, ilk bor avvalgi tadqiqotlardan farqli ravishda qurultoylarning
davlatchilikda tutgan o‘rni va ta’sirini tahlil etdik.
Oltinchidan, Amir Temur markaziy va mahalliy davlat boshqaruv idoralari,
ularning o‘zaro aloqadorligi, bir-biriga bo‘ysunishi va chambarchas bog‘liqligi, bu
davlat boshqaruv mexanizmining davlatchilikka ta’sirini ilk bor o‘rgandik, avvalgi
tadqiqotlarga tayangan holda bu mavzuni yangi ma’lumotlar bilan boyitdik.
Yettinchidan,   Amir   Temur   davridagi   mansab   va   unvonlar   ularning
davlatchilikka ta’siri tahlil etilgan;
Sakkizinchidan,   birinchi   bor   davlatni   ichki   va   tashqi   xavflardan   ximoya
qilishga   mo‘ljallangan   mudofaa   siyosati   va   uning   barqaror   davlat   qurishga   ta’siri
tahlil   etildi.   Harbiy   soxadagi   o‘n   ikki   pog‘onali   amirlik   darajalari,   harbiylarni
mukofotlash   va   harbiy   tizimning   boshqa   jihatlari   olimlar   tomonidan   o‘rganilgan
bo‘lsa-da, bizning  ishimizda  ulardan  farqli   o‘laroq harbiy  sohaning  davlatchilikni
mustaxkamlashga   ko‘rsatgan   ta’siri   tahlil   etilgan,   shuningdek   sud-xuquq
tizimining   Amir   Temur   davlatining   majburlov   funksiyasini   bajarishdagi   o‘rni
ochib berilgan.
To‘qqizinchidan,   dissertatsiyadagi   “Amir   Temur   davri   tashqi   siyosati   va
5 diplomatiyasi”   mavzui   ko‘plab   olimlar   tomonidan   o‘rganilganligiga   qaramay   hali
diplomatiya   va   tashqi   siyosatning   davlat   boshqaruv   asoslarini   yaratishga
ko‘rsatgan   tasiri   ochib   berilmagan   edi.   Avvalgi   tadqiqotlardan   bizning
tadqiqotimizning farqi ham shundadir.
takrorlanishlarga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Shu   bois   o‘rganilish   darajasiga
tegishli   bo‘lgan   bazi   malumotlarni   asosiy   boblarni   yoritishda   va   adabiyotlar
ro‘yxatida keltirdik.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari;   Amir   Temur   butun
bashariyat   tarixida   katta   iz   qoldirgan   davlat   arbobidir.   U   o‘z   faoliyati   davomida
yurtimiz   va   dunyo   xalklari   obodligi   uchun   quyidagi   murakkab   va   masuliyatli
vazifalarni ado etdi:
1. O‘rta Osiyodan mo‘g‘ullarni tag-tomiri bilan yo‘qotish;
2. Tarqoqlik,   ichki   urushlar   va   adolatsizliklar   hukm   surgan   mamlakatni
yagona   davlatga   birlashtirish   va   davlat   boshqaruvida   muhim   islohotlarni   amalga
oshirish;
3. Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini yaratish;
4. Uning   iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy   va   manaviy   asoslarini
mustahkamlash;
5.Movarounnahrni   dunyoning   eng   gullagan   saltanatiga   aylantirish;
Shuningdek   Amir   Temur   homiylgi   ostida   uning   davrida   yaratilgan   intellektual
meros Evropa Uyg‘onishiga samarali tasir ko‘rsatdi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);   Amir Temur va
temuriylar   davrida   yashagan   muarrixlar   Sharafiddin   Ali   Yazdiy,   Nizomiddin
Shomiy,   Mirxond,   Ibn   Arabshoh,   Muiniddin   Nataniy   va   boshqa   qator
mualliflarning   aksariyati   o‘sha   davrda   yashaganliklari   uchun   bo‘lib   o‘tgan   voqea
va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli
tarzda bayon qilingan. 
XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn
Duqmoq,   As-Suyutiy,   Al-Qalqashandiy,   As-Sahoviy,   Bahriddin   al-Ayniy,   Ibn-
6 Iyos, Ibn Tag‘riberdi, Ibn Hajar al-Asqaloniy, al-Maqriziy va boshqalar o‘z tarixiy
asarlarida   Amir   Temurga,   ayniqsa   uning   shaxsiga,   Iroq,   Shomga   qilgan   harbiy
yurishlari,   diplomatik   aloqalar   haqida   ko‘pdan-ko‘p   qimmatli   ma’lumotlarni
keltirilgan.
Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va
umumlashmalar   ko‘plab   saqlanib   qolgan.   Shu   ma’noda   Zayniddin   Vosifiyning
“Badoye’ ul-vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma”, Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari
qimmatlidir.   Ayniqsa,   an’anaviy   teatr,   raqs   va   sirk   bo‘yicha   ma’lumotlar
umumlashma fikrlar va mo‘jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning butun ijodi bo‘ylab
sochilgan. Shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn
Sino,   Abdurahmon   Jomiy,   Darvesh   Ali   Changiy   va   boshqalarning   musiqa
sa’natiga   oid   risolalarda   raqs   ritmi   va   usullari   haqida   ma’lumotlar,   ilmiy
mushohadalar uchraydi. Amir Temur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy-
amaliy   konferensiyalarning   materiallari,   tadqiqotlardagi   ilmiy-nazariy   tavsiyalar,
tadqiqotning ilmiy manbaviy asosini tashkil etdi.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi;   Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 2
  tarix   fani   oldida   turgan   dolzarb   masalalar   to‘g‘risidagi
fikrlari   va   Amir   Temur   haqidagi   asarlari   ilmiy   ishimizning   uslubiy   asosini
belgilashda   katta   ahamiyat   kasb   etdi.   Milliy   davlatchilik   tariximizni   xolisona
o‘rganish   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarilgani,   unda   belgilangan   vazifalar,   bu
muammoga   tegishli.   Ushbu tadqiqotda	 asosan,	 mavjud	 manbalarni	 davr	 va	 
makon	
 jihatdan	 mazmuni	 va	 yozilish	 uslubiga	   ya’ni,	   ilmiy-tarixiy	   hamda	 
ishonchliligiga	
  qarab	  ajratib,	  guruhlab	  olindi,	  shuningdek,	 tahlil	 va	 sintez	 
hamda	
 tarixiylik	 usullaridan	 foydalanildi,	 asosiy	 e’tibor	 birlamchi	 
ahamiyatga	
 ega	 bo‘lgan	 ma’lumotlarga	 qaratildi.
2
  Шавкат   Мирзиёев.   Танқидий   таҳлил ,   қатъий   тартиб - интизом   ва   шахсий   жавобгарлик   - ҳар
бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши   керак .   Мамлакатимизни   2016   йилда
ижтимоий-щтисодий   ривожлантиришнинг   асосий   якунлари   ва   2017   йилга   мўлжалланган
щтисодий   дастурнинг   энг   муҳим   устувор   йўналишларига   багишланган   Вазирлар
Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017 йил 14 январь . 
7 Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati;   O‘zbekiston
tarixining   o‘rta   asrlar   davri   ijtimoiy   –   iqtisodiy,   siyosiy   jarayonlarning   murakkab
bosqichidir.   Bu   davrning   nazariy   jihatdan   yechilmagan   muammolari   ko‘pligicha
qolmoqda.   Tarix   fanining   ko‘pgina   sohalarida   amalga   oshirilgan   izlanishlar
natijalari asosida bajarilgan ushbu tadqiqot o‘rta asrlar davri tarixi bo‘yicha kelgusi
tadqiqotlar   uchun   ma’lumotlar   zahirasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.     Amir   Temur
davlatining   ijtimoiy   tizimini   o‘rganish   milliy   davlatchilik   tariximizni   yana-da
chuqurroq tushunib etishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy   tarix   masalalari   bazi   tadqiqotlarda   qisman   yoritilgan   ammo,   bu
muammo temurshunoslikda maxsus tadqiq etilmagan.
Ishning   natijalarini   qo‘llash,   tatbiq   etish   yo‘nalishlari   ko‘p,   uning
natijalaridan   eng   avvalo,   oliy   o‘quv   yurti   talabalari,   akademik   litsey,   kasb-hunar
kollejlari   o‘quvchilariga   ijtimoiy-gumanitar   sohalarda   ma’ruza   va   maxsus   kurslar
o‘qitilishida;  
- dissertatsiya   materiallaridan   hamda   tadqiqot   davomida   chiqarilgan
ilmiy   xulosalardan   mamlakatimizdagi   savdo-iqtisodiy   aloqalar   va   ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini o‘rganishda; 
- o‘rta,   o‘rta-maxsus   va   oliy   ta’lim   tizimida   darslik   va   qo‘llanmalar
yaratishda,   fundamental   va   umumlashtiruvchi   tarixiy   nashrlarning   tegishli
qismlarini   yozishda   keng   foydalanish   mumkin.   Shuningdek,   dissertatsiyada   qayd
etilgan mulohazalar mamlakatimiz hududidagi milliy davlatchilik tarixi borasidagi
bilimlarni yanada chuqurlashtiradi. 
Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Tadqiqot   kirish,   uch   bob,   xulosa,   foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.  Dissertatsiyaning umumiy hajmi  98
betni tashkil etadi. 
 
8 I  BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI  
1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi.
Amir   Temur   davlatining   ijtimoiy   tizimini   o‘rganish   milliy   davlatchilik
tariximizni yana-da chuqurroq tushunib etishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy   tarix   masalalari   bazi   tadqiqotlarda   qisman   yoritilgan   ammo,   bu
muammo temurshunoslikda maxsus tadqiq etilmagan.
«Temur   tuzuklari»dagi   ma’lumotlarga   ko‘ra,   Amir   Temur   davri
jamiyatining ijtimoiy qatlamlari o‘n ikki toifaga bo‘lingan. Ularning manfaatlari va
ijtimoiy   himoya   masalalari   davlat   boshqaruvida   inobatga   olingan.   Bu   ijtimoiy
tizimlar  o‘rtasidagi  aloqadorlik va ularning muxofazasi  qonun yo‘li bilan tartibga
solingan.   Amir   Temur   davridagi   ijtimoiy   tizimi   davlat   hokimiyatini   amalga
oshirishdagi   eng   muhim   usullardan   biri   bo‘lgan.   «Temur   tuzuklari»da   ijtimoiy
qatlamlar   o‘n   ikkitaga   ajratilgan.   Bu   o‘n   ikki   toifa   kuyidagilardir:   1   -   sayyidlar,
ulamo,   shayxlar   va   fozillar;   2   -   aqlli   kishilar   va   kengash   sohiblari;   3   -   duvogo‘y
kishilar;   4   -   amirlar,   sarhanglar,   sipohsolorlar;   5   -   sipoh   va   raiyat;   6   -   ishonchli,
to‘g‘ri  etiqodli kishilar;  7 - vazirlar, devon kotiblari  va munshiylar;  8 - hakimlar,
tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9 - muhaddislar, payg‘ambarlar va avliyolar
tarixini   o‘rganuvchi   tarixchilar;   10   -   mashoyixlar,   so‘fiylar,   oriflar;   11   -   kasbu
hunar egalari; 12- sayohatchilar, musofirlardir 3   4
.
Amir   Temur   davrida   urug‘-qabilalarning.   ham   davlat   boshqaruvidagi   roli
katta bo‘lgan.
Xilda Xukxem Amir Temur harbiy lashkarining eng katta kuchlaridan biri
chig‘atoylarning   katta   imtiyozlarga   ega   bo‘lganligi,   ular   har   qanday   soliqlardan
ozod etilgani, dasht-sahrolarning hohlagan yerlarida chorvalarini boqish imtiyoziga
ega bo‘lganligini alohida takidlab o‘tgan  
.
3
Manz Beatrice Forbes. The Ulus Chaghatay in the mid fourteenth century.. The rise and rule of Tamerlane. 
Cambrige University Press, 1989. -P.21-40; Mukminova R.G. Sotsialnsh sostav naseleniya. B kn: - B.Axmedov, 
R.Mukminova, G.Pugachenkova. Amir Temur.T.: Universitet, 1999. - S. 117-126.; Azamat Ziyo. O‘zbek 
davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida... - B. 190-208 va boshqalar.
4
Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog‘uniy va H.Karomatov tarjimalari. - B.Ahmedov tahriri ostida.-T.: G‘afur 
G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 1996. - B. 81-84 :
9 R.   G.   Mukminova   Amir   Temur   davri   ijtimoiy   tarkibini   yoritishda   davlat
xizmatidagi oliy toifa kishilarni “qilich” va “qalam” sohibi kabi ikki toifaga ajratib
ko‘rsatgan.   U   qabila   harbiy   boshliqlari   jumladan   chig‘atoylar   boshliqlari
yurishlarda hal qiluvchi kuchga ega bo‘lganligi tufayli katta imtiyozlarga xususan,
dasht-sahrolarning hohlagan erlarida chorvalarini boqish, soliq to‘lashlardan ozod
etilganligi haqida to‘xtalib o‘tgan 5   6
. Ular o‘zlariga berilgan suyurg‘ol yoki xususiy
mulklari evaziga keladigan boyliklar hisobiga moddiy tomondan taminlanganlar.
Feodal   zamindorlarning   ham   turli   toifalari   mavjud   bo‘lgan.   Ular   orasida
davlatga   ko‘rsatgan   xizmatlari   evaziga   “tarxon”   yorlig‘iga   ega   bo‘lgan   kishilar
katta nufuzga ega bo‘lgan. Ular yer solig‘idan ozod etilgan, podshoh majlislarida
bemalol   o‘tirgan,   to‘qqiz   martagacha   gunohlari   kechirilgan.   Xilda   Xukxem   hatto
“tarxon”larning   yurishlarda,   ovlarda   qo‘lga   kiritilgan   o‘ljalari   ham   o‘zlarigagina
tegishli   bo‘lib,   podshoh   bilan   bo‘lishmaslik   huquqiga   ega   bo‘lganliklarini   aytib
o‘tgan 7
.
Bazi   yirik   zamindor-feodallar   nafaqat   qishloqda   yashaganlar,   ular
shaharlarda katta foyda keltiradigan do‘konlar, ustaxona hammomlar, uylarga ega
bo‘lib ularni ijaraga berish evaziga katta foyda olganlar. Ularning bazilariga qator
savdo rastalari, karvonsaroylar qarashli bo‘lgan.
Amir   Temur  hokimiyatining  markazlashishidan  katta  feodallar   bilan birga
o‘rta va kichik er egalari ham manfaatdor bo‘lganlar 8
.
Feodallarning o‘zi ham oliy, o‘rta va kichik tabaqalarga bo‘lingan.
Ijtimoiy   tabaqalar   ichida   musulmon   ruhoniylar   katta   mavqega   ega
bo‘lganlar.   Shayxulislom,   qozi,   imom   xatib,   voiz,   mudarris,   sadr,   shayx   kabi
mansab   va   unvon   egalari   mamlakat   manaviy   hayotiga   katta   tasir   ko‘rsatganlar.
Ularning   ijtimoiy   taminoti   uch   taraflama-   davlat,   vaqf   mulklaridan   keladigan
daromadlar,   badavlat   kishilar   hamda   fuqarolar   tomonidan   hadya   etiladigan   turli
yer-mulklar, moddiy pul-buyumlar evaziga amalga oshirilgan.
5
Xilda Xukxem . Vlastitel semi sozvezdiy... - S.72.
6
Mukminova R.G. Sotsialn|y sostav naseleniya... - S. 117-118
7 6
 Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - B.72.
8
 Mukminova R.G. Sotsialnsh sostav naseleniya... - S. 117-118
10 Amir Temur davrida savdogarlarga katta imtiyozlar yaratilgan va ularning
orasida ham o‘ziga xos tabaqalanish yuzaga kelgan.
Ularning   orasida   eng   nufuzlisi   tujjorlar-asosan   xalqaro   savdo   ishlari   bilan
shug‘ullanganlar.   Bozorda   savdo   qiluvchilar   “axli   bozor”   deb   yuritilgan,   ular
sotuvchi savdogarlar, olib sotarlar, chayqovchilar va boshqa guruhlarga bo‘lingan.
Ularning samarali mehnat qilishlari uchun bozorlar, savdo rastalari, tim va ravoqlar
qurilgan.   Xalqaro   savdoni   rivojlantirish   maqsadida   Buyuk   Ipak   yo‘li   qayta
tamirlangan va kelib-ketuvchilarning xavfsizligi taminlangan.
Sohibqiron   saltanatida   yoshu-qari,   erkaklar   bilan   bir   qatorda   ayollar
tadbirkorlik   bilan   shug‘ullanish   huquqiga   ega   edi.   Fikrimizga   dalil   sifatida   bir
misol   keltirmoqchimiz:   «Uning   siyosati   o‘rnatilgan   kunlarda   Movarounnahrning
eng   chekka   joylaridagina   emas,   balki   Xitoy   va   Xo‘tan   chegarasidan   Dehli   va
Kanboyit   atroflarigacha,  Bob   ul-Avbobdan  to  Misr   va  Rum  hududigacha   bo‘lgan
erlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matoli oltin-
kumush va eng zarif tijorat mollarini keltiradilar va olib ketadilar. Hech bir kimsa
ularning   bir   doniga   ham   ko‘z   olaytira   olmaydi   va   bir   dirhamga   ham   ziyon
yetkazmasdi» .
Amir   Temurning   elchi   orqali   Misr   hukmdoriga   etkazgan   xatida   ham
ishbilarmon savdogarlar alohida tilga olinadi: «Endilikda vazifa shulki, hamsoyalik
haqqiga   rioya   qilib,   do‘stlik   eshigini   ochaylik,   toki   bundan   buyon   har   ikki
tomondan elchilar borib-kelib tursinlar, har ikki mamlakat savdogarlari uchun yo‘l
ochib qo‘yilsin va bu ma’ni xalq osoyishtaligiga va yo‘llarning yeminligiga sabab
bo‘lsin».
Amir Temur davrida hunarmandlar tabaqasi ham jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy
hayotida   katta   rol   o‘ynagan.   Hunarmandlarning   to‘quvchi,   tikuvchi,   kandakor,
novvoy,   temirchi   kabi   o‘nlab   turlari   bo‘lib   ishlab   chiqarishning   asosiy   salmog‘i
ular   hissasiga   to‘g‘ri   kelar   edi.   Hunarmandlarning   kichik   birlashmalari   mavjud
bo‘lib,   bu   birlashmalarga   oqsoqol   ustalar   rahbarlik   qilgan.   Bu   birlashmalarda
o‘ziga   xos   ustoz-shogird   munosabatlari   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan   edi.   Shogirdlar
11 ustoz   qo‘lida   yillar   davomida   o‘z   kasbining   sir   asrorlarini,   kasbiy   ko‘nikmalarni
egallaganlar. Biz bu davrdagi hunarmandlar faoliyatini kuzatib ularning o‘ziga xos
kasb-hunar,   maorif   va   marifiy   maskan   ekanligini   anglab   etamiz.   Bu   erda   yoshlar
yillar   davomida   nafaqat   hunarmandchilik   sirlarini   o‘rganishgan,   balki   manaviy
jihatdan ham  hayotga puxta tayyorlangan. Milliy tarixiy qadriyatlarimizga asosan
ustozlarni, yoshi ulug‘ kishilarni, hurmat qilish, halollik, mehnatsevarlik masuliyat
va boshqa burchlar haqida ko‘nikmalar hosil qilingan.
Oddiy   qishloq   aholisining   ham   o‘ziga   xos   tabaqalari   mavjud   edi.   Mayda
xususiy  yer  egalari, ijarachilar, erkin dehqonlar, qullar  oddiy xalqning o‘ziga  xos
tabaqalarini   tashkil   etar   edi.   Qullar   mehnatidan   asosan   uy   ishlarida,   katta
qurilishlarda foydalanilgan 9 10
.
Bu   davrda   yer   egaligi   to‘rt   xilda   bo‘lgan.   1-   davlat   mulki(mamlakat);   2   -
xususiy yerlar; 3 - vaqf yerlari; 4 - jamoa yerlari.
Bu davrda ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va qonunchilik o‘rtasida o‘zaro
aloqadorlik   va   mutanosiblik   saqlangan.   Ularning   bir-biri   bilan   munosabatlari
qonunlar bilan tartibga solingan.
Sohibqiron   Amir   Temurning   ijtimoiy   siyosatidagi   yana   bir   muhim
muvaffaqiyati   shundaki,   u   ijtimoiy   qatlamlarni   o‘z   vaqtida   yetkazilgan   munosib
maosh,   suyurg‘ol,   mukofot,   kiyim-kechak,   oziq-ovqat   va   boshqa   moddiy
taminotlarini   to‘g‘ri   tashkillashtirish   orqali   rag‘batlantirdi.   U   sifatli,   o‘rtacha   va
kamroq ish beradigan xodimlarni bir xil xizmatda ishlashlaridan qatiy nazar bir xil
moddiy   taminlash   yo‘lidan   bormadi   va   u   xodimlarning   ilm   va   malakalariga   xos
ravishda turli maoshlarni adolat bilan belgiladi.
Amir   Temur   mamlakatni   boshqarishda   xizmatchi   va   xodimlarni   to‘g‘ri
tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishni davlatning eng muhim masalasi deb bildi va
ilmli, tajribali, dono, halol, xushyor va tadbirkor kishilarga tayangan holda davlatni
boshqardi.
U   vazirlarni,   amirlarni,   devonbegini,   viloyatlardagi   devon   xodimlari   va
9
Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma... - B. 288-289.
10
Mahmudov N. Zemledelie i agrarnme otnosheniya v Sredney Azii XIV-XVvv. Dushanbe, 1966. - C.l 11-112.
12 beklarni   tanlash,   ularni   joy   joyiga   qo‘yishda   nomzodlarning   nasl-nasabiga,   aql-
farosatiga,   xalqparvarligiga,   sabr-toqatlilik,   tinchliksevarlik,   adolatparvarlik   kabi
fazilatlariga,   ko‘tarinki   ruhiy   hayotiga,   ziyrakligiga,   malakasi   va   odamlar   bilan
murosa qilish qobiliyatiga katta baho bergan 11
.
Amir   Temur   o‘tmishda   hukmronlik   qilgan   sultonlar,   yirik   davlatlarning
qonun-qoidalari,   podshohlikning   sir-sinoatlari,   hatto   payg‘ambarlar   hayotini
o‘rganib   ularning   g‘alabasi   yoki   mag‘lubiyatining   sabablarini   chuqur   mushohada
etdi   va   o‘ziga   zarur   xulosalarni   chiqardi,   ularning   ijobiy   jihatlaridan   davlat
boshqaruvida   foydalandi.   Uning   davlatchilik   talimotida   milliy   davlatchilik
ananalari,   o‘z   davrining   muhim   ijodiy   qonunchiligi   va   talimotlari   uyg‘unlashib
yangicha   mukammal   davlat   asoslari   yaratilgan.   Bu   omillar   Amir   Temur   davrida
nafaqat fan, madaniyat va boshqa sohalarda balki avvalo davlatchilikda uyg‘onish
pallasiga   o‘tilganligini   va   bu   keyinchalik   boshqa   sohalarga   ham   o‘z   tasirini
o‘tkazganligini ko‘rsatadi.
U avvalo bo‘lajak hukmdorlarga alohida e’tibor berdi. Keyingi temuriylar -
Shohruh  Mirzo,  Mirzo   Ulug‘bek,  Abu  Said  Mirzo  va   boshqalarni   davlat  ishlarini
to‘g‘ri yuritishga yo‘naltirdi.
Bu   davrda   shahzodalarni   davlat   ishiga   tayyorlash   siyosiy   masala   bo‘lgan.
Ular   davlat   boshqarish   ishiga   yoshligidan   tayyorlanib   borilgan.   Shahzodalar
tug‘ilishi  bilan ota-onasidan olib enaga(shahzodani  emizuvchi  ayol) va uning eri-
otaliqqa   berilgan.   Uni   o‘z   onasi   emas   boshqa   malika   tarbiyasiga   olgan   .   Bu
tarbiyada   axloqiy   omillarga   katta   ahamiyat   berilgan.   Haqiqatan   ham   axloqi,
manaviyati   tuban   davlat   rahbari   o‘zi   boshqarayotgan   xalqning   orzu-umidlarini
ro‘yobga chiqara olmas, davlatni mustahkam boshqara olmas edi. Amir Temur o‘z
avlodlarining   adolatli,   insofli,   jasur,   mard,   jismoniy   baquvvat,   iymonli   bo‘lishi
uchun barcha sayi harakatlarini ishga solgan edi.
Bu masalada ayniqsa sportga alohida e’tibor berilgan. Shahzodalar suzish,
ot   surish,   kamondan   o‘q   otish,   chim   ustida   xokkey   o‘ynash,   kurash   kabi   ko‘p
sohalarni mukammal egallashgan.
11
 Mamatov X. «Temur tuzuklarilda ... - B.94.
13 Amir   Temur   vazirlar   tanlash   masalasini   ham   muhim   deb   bilgan.   Amir
Temur   fikricha   saltanat   ishlarida   vazirlar   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi,   ular   davlat
ustunlaridir.   Amir   Temur   fikricha   vazir   bo‘lmish   kishida   quyidagi   sifatlar
mujassamlashgan bo‘lishi kerak:
1   -   vazir   bo‘lmish   kishi   toza   nasllik;   2   -   aql-farosatlilik;   3   -   sergaklik,
ogohlik   va   xushmuomalalik;   4   -   sabr-bardoshlilik,   tinchliksevarlik   Amir   Temur
shunday   fazilat   sohiblarigagina   davlat   ishlarini   ishonib   topshirish   mumkin   deb
hisoblangan.   Bunday   vazirga   to‘rt   imtiyoz:   ishonch,   e’tibor,   ixtiyor,   qudrat
berilgan 12   13
.
Amir   Temur   o‘ylashicha,   kamolga   etgan   vazir   davlat   ishlarini   tartibga
keltira oladi, mulkiy va moliyaviy ishlarni adolat bilan hal qiladi. Ruxsat beruvchi
yoki ta’qiqlovchi buyruqlarda u o‘zining toza naslligi bildirar edi.
1. 2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar.
Ma’lumki,  Qurultoylar   bizning  qadimiy   davlat   boshqaruvimizning  muhim
bo‘g‘inlaridan   hisoblangan.   Qurultoylar   orqali   jamiyat   va   davlat   o‘rtasidagi
munosabatlarni   yaxshilashga   erishish   jamiyat   va   davlat   ehtiyoji   edi.   Qurultoyda
davlat   ahamiyatiga   molik   eng   muhim   masalalar,   boshqa   davlatlarga   urush   qilish,
tinchlik   o‘rnatish   yoki   davlat   boshqaruviga   oid   boshqa   muhim   masalalar   hal
etilgan.   Bundan   ko‘rinadiki,   qadimiy   davlat   boshqaruv   ananalarimizga   muvofiq
davlat rahbari biror muhim ishni va o‘zgarishlarni boshlashdan avval xalq vakillari
bilan   kengashish,   masalaning   echimida   biror   xato   va   adolatsizlikka   yo‘l
qo‘ymaslik uchun oliy darajadagi kengashda muammolarni hal etgan. Biz qadimgi
Qurultoylar   tarixini   mushohada   etar   ekanmiz,   ular   bugungi   parlament   tizimining
dastlabki   bosqichi   va   uning   asoslari   bizning   davlat   boshqaruvimizda   azaldan
mavjud   bo‘lganligini   anglab   etamiz.   To‘g‘ri   Qurultoylar   mo‘g‘ullarda   va   boshqa
xalqlarda   ham   bo‘lgan,   ammo   bu   siyosiy   institut   bizda   ham   avvaldan   mavjud
bo‘lgan.   Oqsoqollar   yig‘ini,   harbiy   demokratiya   va   boshqa   ijtimoiy-   siyosiy
institutlarning   o‘tmishdagi   faoliyati   fikrimizga   dalildir.   Demak,   aslida   bugungi
12
 Xilda Xukxem. Vlastitel... - S.78 .
13
Temur tuzuklari... - B. 94 .
14 parlamentimizning   tarixi   ming   yilliklarga   borib   taqaluvchi   tarixiy   jarayondir.
Tarixiy   taraqqiyot   bois   qonunlar   ham   takomillashib   asrlar   osha   sayqallanib
bugungi ikki palatali parlament tizimiga qadam qo‘yildi.
Biz   turkiy   davlatchilikda   muhim   siyosiy   institutlardan   hisoblangan
qurultoylarning   Amir   Temur   davrida   qanday   maqomga   ega   bo‘lganligini,   uning
davlat   va   jamiyat   hayotidagi   ahamiyatini   ko‘rsatib   berish   maqsadida
tadqiqotimizga ushbu mavzuga tegishli alohida mavzu ajratdik.
Turkiy   davlatchilik   udumlarimizga   ko‘ra,   davlat   rahbarlari   Qurultoyda
saylangan va ular ok kigiz ustiga o‘tqazilib yuqoriga ko‘tarilgan. Oq kigizning to‘rt
uchini   eng   nufuzli   amaldor   va   diniy   rahnamolargina   ko‘tarish   huquqiga   ega
bo‘lgan.   Ushbu   udumlar   bajarilgan   taqdirdagina   uning   hokimiyati   qonuniy
hisoblangan.   Bu   ananalar   o‘sha   davr   davlatchiligining   odatlaridan   biri   sanalgan.
Demak,   Qurultoyda   davlat   hokimiyati   rahbari   saylangan   va   o‘z   hokimiyatini
qonunan   mustahkamlagan.   Sohibqiron   Amir   Temur   ham   o‘zining   davlat
hokimiyatini   Qurultoy   orqali   mustahkamlagan.   U   1370-yilning   8-aprelida
Qurultoyda   amir   etib   saylangan   va   o‘sha   davrdagi   odatga   muvofiq   u   oq   kigiz
ustiga   o‘tqazilib,   yuqori   ko‘tarilgan,   unga   diniy   rahnamosi   Sayyid   Baraka   oq
fotiha, hukmdorlik nishoni tug‘, nog‘ora va bayroq bergan .O‘sha kundan etiboran
Sohibqiron   Amir   Temur   butun   Movarounnahrning   qonuniy   hukmdor-amiri
hisoblangan.   Biz   Qurultoylarning   davlatchilikdagi   muhim   o‘rniga   qarab   uni
davlatning   oliy   maslahat   kengashi   deb   ko‘rsatishimiz   mumkin.   Amir   Temur
davrida   Qurultoy   oliy   tabaqa   vakillarining   kengashi   hisoblangan.   Mantiqan   olib
qaralganda   shunday   bo‘lishi   ham   kerak   edi.   Negakim,   yirik   saltanatda   ommani
yig‘ishni tashkillashtirish, shuningdek masalani tartib bilan hal qilishning iloji yo‘q
edi.   SHu   tufayli   xududlarning   vakillari-   mamurlar,   harbiy   boshliqlar,   zodagonlar
va   olimlar   Qurultoyda   qatnashib,   asosiy   qabul   qilingan   qarorlar   haqida   malumot
olgan   va   qarorlar   qabul   qilinishida,   mansabdorlarni   saylashda,   ovoz   berishda
ishtirok etib, ushbu yangiliklarni joylarga borib etkazganlar.
Qurultoyda   qabul   qilingan   qarorlar   zudlik   bilan   munshiylar   tomonidan
15 ko‘paytirilib   mamlakatning   eng   chekka   joylariga   ham   jarchilar,   chopqunchilar
orqali   etkazilgan.   O‘sha   davrdagi   muhim   karorlar   va   farmoyishlar   birinchi
tomondan   mamurlar,   ikqinchi   tomondan   xabargirlar   orqali   keng   ommaga
etkazilgan.   Bo‘layotgan   o‘zgarishlardan   xalk   ommasi   xabarsiz   qolmagan.
Ommaviy   axborot   vositalari   bo‘lmagan   va   transport   cheklangan   o‘rta   asrlarda
axborot   kommunikatsiyasining   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilganligi   davlat   boshqaruvi
yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Biz   davlatchiligimizda   Qurultoyning   tutgan   o‘rni   haqida   mushohada   etar
ekanmiz,   Qurultoy   Amir   Temur   davrida   faollashganligini   alohida   qayd   qilib
o‘tmoqchimiz.
«Temur saltanatini boshqarishda, xususan uni siyosiy va iqtisodiy jihatdan
mustahkamlashda   davlat   ahamiyatiga   molik   masalalarni   muhokama   qilish   va
tadbiru   choralar   belgilab   olish   maqsadida   Qurultoylar   va   kengashlar   o‘tkazishga
katta ahamiyat bergan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temur tomonidan
Qarshi,   Samarqand,   Qorabog‘   va   boshqa   joylarda   o‘tkazilgan   qator   Qurultoy   va
kengashlarda   shahzodalar,   davlat   ma’murlari,   harbiy   boshliqlar,   ulamolar   va
mulkdor   zodagonlarning   vakillari   katnashganlar.   Oliy   darajadagi   bunday
yig‘inlarda   mamlakatning   iqtisodiy   va   harbiy   ahvoliga   oid   eng   muhim   masalalar
muhokama   etilar   va   zaruriy   ishlarni   bajarish   to‘g‘risida   qarorlar   qabul   qilinib,
tadbirlar belgilanar edi. Davlat ahamiyatiga ega har bir masalani hal etishda Temur
shu sohani bilimdonlari va olimlar bilan maslahatlashar edi» 14
Haqiqatan   ham   Sohibqiron   Amir   Temur   Qurultoylarni   davlat
boshqaruvidagi   eng   samarali   yo‘l   deb   tushungan   va   shuning   uchun   uning
faoliyatini   kuchaytirishga,   u   orqali   davlat   va   jamiyat   o‘rtasidagi   aloqani   yana-da
mustahkamlashga intilgan.
U   Qurultoyni   faollashtirish   orqali   turkiy   davlatchilik   asoslarini
takomillashtirdi.   Manbalardagi   malumotlar   Qurultoyning   milliy
davlatchiligimizdagi   eng   gurkiragan   va   faol   davri   Amir   Temur   davriga   to‘g‘ri
14
 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128; Muxammadjonov A.R. Temur va 
temuriylar... - B. 33.
16 keladi, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi.
Sohibqiron   Amir   Temur   davrida   bo‘lib   o‘tgan   bir   Qurultoy   haqida
Sharafuddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltiradi:
«Hazrat   Sohibqiron   davlatidin   turk   elining   azamat   va   shavkatlari   a’lo
martabag‘a   etib   erdi,     alalxusus   Chig‘atoy   ulusikim,   alarning   davlati   mag‘rib
olamdin mashriqqa to‘lub erdi va alarning mol jihatlarini hech kim sanaolmas erdi.
Va   yosoqlarig‘a   ancha   mol   va   azimat   bo‘lub   erdikim,   o‘zga   erning   beklaridin
erdilar.   Hazratning   muborak   xotirig‘a   kechtikim,   cherikni   kerak   burung‘idin
ko‘brak   qilg‘ay.   Bas,   Qurultoy   qilmoq   farmon   qildi   (1390   y.   bahor   va   har
viloyatdin va tumonot va xazorijotning beklari va viloyatlarining darug‘alari hozir
bo‘lsun!,   deb   hukm   qildi.   Viloyat   darug‘alari   va   tumonot   va   xazorijot   beklari
andoq   azimat   va   shavkat   bilan   va   asos   bila   keldilarkim,   Faridun   va   Afrosiyob
andoq asos ko‘rmagandurlar». Demak, mahalliy va markaziy davlat amaldorlari bu
yig‘ilishga   qatnashgan.   Bu   Qurultoyda   bir   ovozdan   yurish   qilish   masalasi   hal
etilgan.   Bu   haqda   Sharafuddin   Ali   Yazdiy:   Ishorati   oliy   bo‘ldi:   «Har   bekka   ne
miqdor   kishi   taaluq   turur   va   cherik   kuni   necha   kishi   otlandurur,   barchani   ehtiyot
kilib, mufassal qilinglar!» Baxshilar va tavachilar yurub beklardin mufassallar olib,
tavachilarg‘a   topshurdilarkim,   tonglasi   cherik   har   kimki   qabul   qilg‘on   kishisini
otlandurmagay,   gunohkor   bo‘lg‘ay.   Mundoq   muqarrar   qilib   zabt   qildilar” 15  
deb
ma’lumot keltirib o‘tgan.
Amir   Temur   davridan   keyin  Qurultoyning  jamiyat   hayotidagi   mavqeining
pasayishi   (ayniqsa   xonliklar   davrida)   parokandalikka,   inson   huquqlarining
toptalishiga olib kelgan katta sabablardan biri bo‘ldi.
Amir   Temur   davrida   Qurultoyning   huquqi   shunchalik   katta   ediki,   ba’zan
Sohibqiron   usiz   bir   qarorga   kelishini   lozim   topmagan.   Amir   Temur   va
To‘xtamishxon   munosabatlarini   hal   etish   masalasida   bu   siyosiy   institutning   roli
yana-da yaqqolrok ko‘rinadi.
Amir   Temur   va   To‘xtamishxon   munosabatlari   ko‘pchilikka   ma’lum.   U
Sohibqiron   ko‘magida   Oltin   O‘rdaga   hukmdor   bo‘lib   olsada   To‘xtamishxon
15
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; - B.128.
17 ermish. Va kishi yibarib erdikim, biz Erondin viloyatimizg‘a kelduk, kelgon kishisi
bizning   xabarimizni   topg‘ach   qochtilar   Emdikim   bilib   tururkim,   biz   aning   sori
borur   biz,   ajzu   niyoz   yo‘lidin   kirib,   uzrxohlik   qiladur.   Bas,   andin   necha   qatli
yaman   ishlar   voqi’   bo‘ldi.   Emdi   aning   so‘ziga   inonsa   bo‘lmas   va   bu   yurushdin
qaytmasbiz va aning sori borur biz ko‘rgaybizkim: Tangri taborak va taolo kimga
nusrat   berur.   Va   agar   so‘zi   chindur'   va   yarashg‘ali   ko‘ngli   bor   bo‘lsa,   Alibekni
bizga   yibarsun,   to   ul     kelib,   beklar   bilan   kengashib   har   na   maslahat   ko‘rsalar,
andoq qilg‘aybiz».
Sohibqiron   bu   masalani   Qurultoyga   qo‘yadi   va   «Chahorshanba   kunida,
rabi’ al-avval oyining o‘n oltisida (21.02.1391) Qurultoyda shahzodalar va beklar
barcha   yig‘ilib,   kengashib,   To‘xtamishxondin   kelgan   elchilari   bilan   va   tamomi
cherik bilan otlanib yo‘lg‘a kirib, To‘xtamish sori yuridilar» 16   17
. Yuqoridagilardan
anglashiladiki, demak, eng nozik masalalarda Amir Temur vakillar fikrini eshitgan.
Qurultoyrning o‘tkazilish muddati anik belgilanmagan bo‘lib, bir yilda bir
necha   marta   chaqirilishi,   xatto   yilda   bir   marta   chaqirilmasligi   ham   mumkin   edi.
Amir   Temurning   tashqi   yurishlar   bilan   band   bo‘lgan   mahallarida   bizningcha
Qurultoylar ko‘pincha chaqirilmagan. Qurultoy vaziyatga va masalaning nechog‘li
ahamiyatli ekanligiga qarab chaqirilgan.
Masalan,   Sohibqiron   Amir   Temur   1390-yil   bahorida   va   kuzida   Qurultoy
chaqirgan.   Yuqorida   biz   1390-yil   bahorida   chaqirgan   Qurultoy   haqida   ma’lumot
keltirgandik.
Ma’lumotlariga   ko‘ra,   «1390-yil   kuzida   Temur   Kesh   yaqinida   katta
Qurultoy   o‘tkazdi.   Umarshayxning   nikoh   tantanalari   Qurultoyga   ulanib   ketdi.
Amir   Temur   saltanatining   barcha   qo‘shinini   bir   joyga   yig‘di,   o‘nlab   lashkar
favjlarini   tuzdi,   ularning   qo‘mondonlarini   belgiladi,   o‘zi   yo‘qligida   shahar   va
tumanlarni boshqaradigan hokimlar, boshqa yuqori mansabdorlarni o‘tirgan o‘g‘li
tomonidan o‘ldirilgan va bunday xunrezliklar Hindistonda uzoq vaqt davom etgan.
16
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 
17
Sharafuddin Ali Yazdiy. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 175.-
18 Xuddi   shunday   fikrlar   Bertold   Spuler   tomonidan   ham   qayd   etilgan 18   19
.   U
o‘z   tadqiqotida   Hindistonda   murakkab   vaziyat   ro‘y   berganini,   ushbu   qaltis
vaziyatda Amir Temur Hindistonga yurish qilganlini aytib o‘tadi.
Amir   Temur   Dehlida   anchadan   beri   ro‘y   berayotgan   voqealardan   yaxshi
xabardor edi. Bu voqealarga aralashishi uchun uning talaygina asosi  ham bor edi.
O‘zaro nifoqlar  va birodarkushlik oqibatida Shimoliy Hindiston nafaqat  osongina
o‘ljaga,   balki   biror   mushkulotsiz   zabt   etish   mumkin   bo‘lgan   boshsiz   va   jilovsiz
o‘lkaga aylangan edi.
Ulug‘ Amir Qurultoy chaqirib, o‘z qarorini amirlarga ma’lum qildi: «Dehli
taxt   vorislarining   o‘zaro   kurashlaridan   foydalanib,   biz   Hindistonga   yurish
boshlashga ahd qildik, toki bu o‘lka biz Amir Temur Ko‘ragondan o‘zga xoqonni
tan olmagay» 20
.
Demak,   Sohibqiron   Amir   Temur   nafaqat   o‘z   yurtidagi   balki-   mag‘rib   va
mashriqdagi   parokandalik   va   adolatsizlikka   qarshi   kurashgan.   Manbalarda
Qurultoylar   haqida   qolgan   malumotlar   fikrimizga   dalildir.   Bizningcha,
tadqiqotchilar   uning   yurishlardan   ko‘zlagan   maqsadi   va   o‘z   oldiga   qo‘ygan
vazifalari,   ularning   sabab   va   oqibatlarini   yangicha   nuqtai   nazardan   o‘rganib
chiqmoqlari, uning faoliyatiga adolatli va atroflicha baho bermoqlari, uning har bir
yurishini alohida mavzu sifatida o‘rganmoqlari, uning xalqaro maydondagi o‘rnini
aniq ko‘rsatib berishlari kerak.
Qurultoyning   davlat   va   jamiyat   hayotidagi   rolini   chuqur   va   atroflicha
o‘rganish   bizningcha,   bu   davr   davlatchilik   an’analarini   yana-da   chuqurroq
tushunishga yordam beradi.
Qurultoyda nafaqat lashkarboshilar amirlar, davlat amaldorlari qatnashgan,
balki   olimu   ulamolar   o‘z   fikrini   bildirgan,   ulug‘   va   keksa   tajribali   kishilar,
lashkarboshilar   markaziy   va   mahalliy   davlat   amaldorlariga   maslahatchi   etib
tayinlangan.
18
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va 
Fransiya.Toshkent, 1996.B 98
19
Spuler Bertold. India before Timur. The nrongol period, history of the muslim world. - P.60-65
20
 Xilda Xukxem . Vlastitel semi sozvezdiy... - S.72
19 1.3 Amir Temur davri   markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi,
asosiy mansab va unvonlar.
Amir   Temur   davri   markaziy   va   mahalliy   davlat   boshqaruv   tizimi   hali
olimlar   tomonidan   alohida   mavzu   sifatida   tahlil   etilmagan   bo‘lsa-da,   bu
muammoga   olimlar   o‘z   tadqiqotlarida   qisman   to‘xtalib   o‘tganlar.   Davlatning
muvaffaqiyatli   boshqarilishi   davlat   boshqaruv   mashinasi-   markaziy   va   mahalliy
hokimiyatning   qanchalik   to‘g‘ri   tashkil   etilishiga   va   ular   o‘rtasidagi
mutanosiblikni,   o‘zaro   aloqadorlik   va   bir-biriga   bog‘liqlikligini   to‘g‘ri   tartibga
solishga bog‘liq. Amir Temur davlat boshqaruv tizimi uning davlatchiligidagi eng
muhim sohalardan birini tashkil etadi.
Bu   mavzu   haqida   “Amir   Temur   jahon   tarixida”   nomli   fundamental
tadqiqotda,   B.Ahmedov   «Amir   Temurning   davlatni   idora   qilish   siyosati» ,   A.R.
Muxammadjonov ham «Temur va temuriylar saltanati» 21   22
  asarlarida ma’lumotlar
keltirgan.
Azamat   Ziyoning   «O‘zbek   davlatchiligi   tarixi»   asarining   «Davlat
boshqaruvi qonunchilik va harbiy siyosat» 23
 deb nomlangan bo‘limda Amir Temur
davrida   boshqaruv   ikki   idora-   dargoh   va   devonlarga   (vazirliklarga)   bo‘linganligi
ularning vazifalari, «soxta xon»lar Suyurg‘atmish va Mahmudxon haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tiladi.
Biz   ushbu   ishimizda   avvalgi   olimlarning   tadqiqotlaridan   farqli   ravishda
markaziy   va   mahalliy   davlat   organlari   tizimini   yana-da   kengrok   ochib   berishni,
ushbu   tizimning   milliy   davlatchilikdagi   o‘rnini,   uning   yutuq   va   kamchiliklarini
ko‘rsatib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
21
Manz   Beatrice   Forbes.   Adminstration   and   the   delegation   of   Authority   in   Temur’s   Dominions   /   Central   Asiatic
Journal, XX.  1976. - P. 191-207;  Manz B.F. The Ulus Chagatay  before  and  after  Temur's rise  to power  / Central
Asiatic Journal, XXVll. 1983. - P. 79-100.; Manz B.F.Structure and function in Temur's administration. The rise and
rule of Tamerlane. Cambrige University Press, 1989. - P. 107-127; Ahmedov - B.A. Amir Temurning davlatni idora
qilish siyosati.- / Amir Temurni yod etib . T.: 1996. B.5--22; Azamat Ziyo. Uzbek davlatchiligi tarixi... - B.171-189
Fragner Bert. Amir Temurning ma’muriy islohotlari va ularning O‘rta Osiyo, Eron va Hindiston davlat idoralariga
ta’siri.-«Amir   Temur   va   uning   jahon   tarixida   tutgan   o‘rni»   mavzuidagi   xalkaro   konferensiya   materiaplari.   T.:
O‘zbekiston, 1996. - B.13-15; Pritsak Omelian. Amir Temur saltanatining tuzilishi- / Amir Temur va uning jahon
tarixidagi o‘rni... - B. 15-16. va boshkalar.
22
Davlat   boshkaruvi.   Amir   Temur   jahon   tarixida.   T.:   Sharq,   1996.   -   B.   64-69;   Ahmedov   B.   Amir   Temurning
davlatni   idora   kilish   siyosati.   -   B.   5-22   ;   Muhammadjonov   A.R.   Temur   va   temuriylar   saltanati.   Tarixiy   ocherk.   -
Toshkent, Qomuslar bosh tahririyati. 1996.
23 22
 Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 171-189.
20 Amir   Temur   qurgan   davlat   o‘z   davridagi   siyosiy   tizimlarning   eng
mukammali   bo‘lmog‘i   lozim   edi.   Sohibqiron   avvalo   siyosiy   tizimni
mustahkamlashga   intilib,   ana   shu   mustahkam   davlat   mashinasi   orqali   davlatni
taraqqiyot   yo‘liga   olib   chiqishga   intildi.   Bu   davrda   har   bir   jabhada   davlatning
boshqaruv   talimot   va   konsepsiyalari   ishlab   chiqildi   va   shunga   monand   islohotlar
o‘tkazildi.   Davlat   tomonidan   o‘tkazilgan   bu   islohotlar   asl   qonunchilikka
asoslangan davlat boshqaruv asoslarining yuzaga kelishiga olib keldi.
Amir   Temur   markaziy   va   mahalliy   davlat   boshqaruv   tizimiga   katta
o‘zgarishlar kiritdi. Unda arab-fors, turkiy, mo‘ng‘uliy davlat boshqaruv udumlari
o‘z   aksini   topdi,   ular   davlat   boshqaruvida   uyg‘unlashtirildi   va   muvofiqlashtirildi.
Amir   Temur   boshqaruv   apparati-ma’muriy   tizimning   davlat   boshqaruvidagi
maqsadlarni   amalga   oshirishga   xizmat   qiluvchi   davlat   apparati   va   mashinasi
ekanligini tushunib bu sohaga katta etibor berdi.
Islohotlar   olib   borishda   u   davlat   boshqaruv   organlari   tizimiga   davlatning
harakatlantiruvchi   mashinasi   sifatida   qaradi   va   uni   har   tomonlama   qulay,   tezkor,
engil,   sodda   va   iqtisodiy   jihatdan   tejamkor   qilib   tuzdi.   Shuningdek   u
boshqaruvning   gorizontal   asoslarini   mukammalllashtirib,   bu   mukammal
davlatchilikning   vertikal   chizig‘ini   ham   shunga   monand   tashkillashtirdi,   yani   bu
mamuriy   apparatga   mos   va   kuchli   iymonli   hamda   malakali   mutaxxassislarni
qo‘ydi. Amir Temur davri davlat organlari tizimida markaziy apparat va mahalliy
boshqaruv   idoralarining   o‘zaro   aloqadorligi   va   bir-biriga   bo‘ysunish   qbidalari
tartibga   solindi.   Jamiyat,   boshqaruvning   shakli   va   mazmuni   mutanosibligi
taminlandi.   Bu   sohani   takomillashtirish   orqali   yuksak   kommunikatsiya   tizimi
yaratildi.
Amir   Temur   davlatidagi   islohotlar,   tezkor   axborot   almashinuvini   amalga
oshirish   va   mukammallashtirish   uchun   Qurultoyning   faoliyatiga   etibor   qaratdi.
Qurultoylar   Amir   Temur   davlatining   muhim   yo‘nalishlarini   belgilashda   muhim
ahamiyat kasb etdi.
Bu   jihat   uning   izchil   va   mukammal   ma’muriy   islohotlar   olib   borganligini
21 ko‘rsatadi.   Bu   qonunlarda   shariat,   to‘ra   va   tuzuk,   yasa   qoidalarining   eng   afzal
jihatlari   singdirilgan,   ular   ijodiy   rivojlantirilgan   va   oqibatda   yangicha   boshqaruv
tizimi   yaratilgan   Sohibqiron   Amir   Temur   davlatining   ma’muriy   tizimi   o‘sha
davrdagi milliy davlatchilik, fors, arab, mo‘ng‘ul va o‘z davrining davlatchilikning
eng   asl   sifatlarini   o‘zida   mujassamlashtirdi.   Unda   urf-odatlar,   turli   milliy
qadriyatlar   taraqqiyotiga   yo‘l   ochish,   insoniyat   farovonligini   ta’minlash   asosiy
maqsad  qilib olingan edi. Sohibqiron Amir  Temurning ma’muriy tizimi  yangicha
an’analarni   o‘zida   mujassam   etsa-da   davlatining   barcha   sohalarida   turkiy
davlatchilik an’nalari ustunlik qildi.
Sohibqiron   Amir   Temur   o‘rta   asr   turkiy   davlatchilik   an’analarini
boshqaruvga asos qilib olib, ularni yangi asosda rivojlantirdi.
Ma’lumki, mamlakatda hokimi mutlok shubhasiz Sohibqironning o‘zi edi.
U cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, uning amr-farmonlari so‘zsiz ijro etilardi.
Ammo   o‘rta   asr   davlatchilik   ananalariga   muvofiq   u   Suyurg‘atmish,   keyinchalik
Mahmudxon kabi  soxta  xonlarni  rasmiy  xon qilib ko‘targan. Amir  Temur  davlati
tangalarida   ham   bu   xonlar   nomi   zikr   etilgan.   Amir   Temur   o‘zini   xon   emas   amir
deb  atagan.   Amalda   esa   davlatning   mutloq  hokimi   Amir   Temur   bo‘lib  saltanatga
tegishli ishlarni uning o‘zi hal qilgan.
Manbalar   va   tadqiqotchi   mualliflarning   shohidlik   berishicha,   Amir   Temur
yigirma   etti   davlatni   o‘z   ichiga   olgan   saltanatni   etti   vazirlar   yordamida
boshqargan 24   25
.   Ulardan   to‘rt   vazir   oliy   dargoh   ishlarini   yuritsa,   uchta   vazir
viloyatlar   ishlari   bilan   mashg‘ul   bo‘lganlar.   Vazirlar   devonbegiga   bo‘ysunganlar
va   bu   oliy   tashkilot   Oliy   Devon   deyilgan.   S.   Appendiks   Amir   Temur   davri
markaziy   va   mahalliy   boshqaruvini   to‘rt   sohaga   bo‘lib   o‘rgangan:   1   -   markaziy
boshqaruv idoralari; 2 - mahalliy idoralar; 3 - sud idoralari; 4 - harbiy idoralar 26
.
Azamat   Ziyoning   aytishicha,   «Dargoh   tizimida   devonga   devonbegi
boshchilik   qilgan.   Oliy   devonnning   ahamiyati   va   mavqei   shu   qadar   baland
24
Haider M. The sowereign in the Timurid state. (XIV-XV sentuires) P. 62.
25
Amir Temur jahon tarixida... - B. 64-65.
26
 Appendix S. The formal administrative structure. -Manz B. F.The rise and rule of Tamerlane. Cambrige 
University Press, 1989. P. 167-175.
22 bo‘lganki, ba’zan uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham kuzatilgan. 
Oliy   devonda   har   kuni   to‘rt   vazir,   ya’ni   ijroiya   idoralaridan   bosh   vazir,
harbiy   vazir,   mulkchilik   va   soliq   ishlari   vaziri,   moliya   vaziri   hozir   bo‘lib,   o‘ziga
xos ravishda hisobot berib turganlar».
Olimning   fikricha,   ushbu   oliy   idoralar   tegishli   ko‘rsatmalar   olib   turganlar
va   bu   fikrni   biz   ham   qo‘llab-quvvatlab   shu   mulohazani   aytmoqchimizki,   ular
nafaqat topshiriq olishgan, balki tez-tez tekshirib turilgan.
«Amir  Temurning  tarixiy  xizmatlaridan  biri  shu   bo‘ldiki,  o‘z  davri  uchun
davlat   boshqaruvining   taraqqiyparvar   an’nalari   bo‘lgan-dargoh   va   devon
sistemasini qayta tikladi. Shu bilan birga, Amir Temur ungacha bo‘lgan 150 yillik
tarixdagi reallikni hisobga olish lozim bo‘ldi» 27
, - deb yozadi Azamat Ziyo.
Amir   Temur   turkiy   davlatchilik   an’nalaridan   hisoblangan   Qurultoy
faoliyatini kuchaytirdi, markaziy boshqaruvda u muhim o‘rin tutdi. Amir Temur bu
siyosiy   institutni   demokratlashtirishga,   uning   samaradorligini   oshirishga,   shu
orqali   ham   o‘z   davlatining   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   manaviy   mavqeinn
oshirishga   intildi.   Amir   Temur   davrida   Qurultoy   Millat   majlisi   vazifasini   o‘tadi.
Qurultoyda   eng   ahamiyatga   molik   urush   va   sulh   masalalari,   shuningdek
amaldorlarni   tayinlash   va   boshqa   masalalar   muhokama   etilgan   va   saltanatning
mahalliy   hokimiyat   boshliqlari   unda   qatnashgan.   Markaziy   va   mahalliy   davlat
organlari   o‘rtasidagi   aloqadorlikni   kuchaytirishda   bu   siyosiy   institut   katta   rol
o‘ynagan. 
Sohibqiron  saltanatida,  Qurultoydan  keyingi   o‘rinda maxsus   organ,  davlat
majlisi   turgan.   Tuzuklarda   bu   xususda   “Saltanat   saroyida   o‘tirish   va   o‘rin   olish
tuzugi»   da   keltirilgan.   Sohibqiron   huzurida   mazkur   kengash   ikki   ko‘rinishda
chaqirilgan.   Katta   kengash   tinchlik   paytida,   Samarqandda   amir   saroyida
yuqoridagi ko‘rinishda chaqirilgan. Harbiy yurishlar paytida, katta janglar oldidan
chaqiriladigan   kichik   kengashda   Amir   Temurning   eng   yaqin   kishilari   ishtirok
27
 Azamat Ziyo. Amir Temur davrida davlat boshqaruvi.-«Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni» mavzuidagi 
halqaro konferensiya materiallari. -T.: O‘zbekiston, 1996. - B. 12-13
23 etgan 28
.
Sohibqiron saltanatidagi  kengashlar  o‘z vazifasi  va ahamiyatiga ko‘ra bir-
biridan birmuncha farqlanib turgan. Bazi kengashlar o‘ta maxfiy tarzda o‘tkazilgan
va unda tegishli kishilargina ishtirok etgan.
Sohibqiron   dargohidagi   xuddi   shunday   kengashlardan   biri   haqida   Azamat
Ziyo shunday fikr yuritadi: «Amir Temur dargoh qoshida maxsus kengash tuzgan.
Bu   kengash   ichki   va   tashqi   siyosatning   eng   muhim   masalalarini,   hokimiyatning
yuqori amallariga mansabdor shaxslar tayinlash va boshqa masalalarni muhokama
qilgan» 29
.   Shubhasiz,   Sohibqiron   saltanatida     bunday   kengashlarning   mavjudligi
tabiiy hol edi.
Yigirma   yetti   davlatni   birlashtirgan   saltanatni   qonun-qoida   va   adolat   ila
boshqarmoq   uchun   unda   yuz   berayotgan   voqea   va   hodisalarni   chuqur   bilmoq   va
ularning   qonunga   qanchalik   bo‘ysunayotganligini,   tegishli   muammolarini   to‘g‘ri
hal   etish   uchun   chora-tadbirlar   ko‘rishi   kerak   edi.   Kengashda   kunda   va   oyma-oy
olingan habarlar muhokamadan o‘tar, kamchiliklar darhol to‘ldirilar, joylarga tez-
tez tekshiruv hay’ati jo‘natilib, ahvol aniqlanar edi.
«Temur tuzuklari» dagi ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlarning biri mamlakat va
raiyat   vaziri   bo‘lib,   u   davlatning   muhim   va   kundalik   ishlari,   raiyat   ahvoli,
viloyatlarda   yig‘ilgan   hosil,   soliq-o‘lponlar,   ularni   taqsimlash,   kirim-chiqimlarni
(mamlakat) obodonligini, aholining farovonlik ishlari va mulkni qay tarzda tartibga
keltirayotgani bilan shug‘ullanib, u haqda Amir Temurga xabar berib turgan 30   31
.
Ikkinchisi   sipoh   vaziri   bo‘lib   sipohiylarning   oylik   va   boshqa   haqlarini
o‘rgangan va bu haqda amirga xabar berib turgan. Ular sipoh tarqoq holga tushib
qolmasligi uchun harbiylar ahvolidan xabardor bo‘lib turgan 32   33
.
Uchinchisi   mulkchilik   va   solik   ishlari   vaziri   bo‘lib,   u   o‘lib   ketgan   va
28
 Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 177
29
 Tojixonov U., A. Saidov. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1 O‘zbekiston IIV Akademiyasi nashri. T.:
1998. - B. 176-179.
30
 Azamat Ziyo. Amir Temur davrida davlat boshkaruvi... -B. 12-13.
31
 Temur tuzuklari... - B. 107.
32
 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.b 41
33
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.B 45.
24 qochganlarga   tegishli   mollarni,   kelib-ketayotganlarning   (sayyohlar   va
savdogarlarning)   mol-mulkidan   olinadigan   zakot   va   bojlarni,   mamlakat
chorvalarini,  ularning  o‘tlov-yaylovlarini  boshqarib,   bularning  barisidan  yig‘ilgan
daromadni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan. U g‘oyib bo‘lganlar
va o‘lganlarning mol-mulki bo‘lsa, merosxo‘rlariga topshirgan 
To‘rtinchisi-saltanat   ishlarini   yurituvchi   vazir.   U   butun   saltanat
idoralarining   kirim-chiqimlari,   hazinadan   sarf   qilingan   tamom   harajatlar   (hatto)
otxona   va   (saroydagi)   boshka   jonzotlarga   qilingan   harajatlargacha   baridan   ogoh
bo‘lishi lozim edi 34
.
Bu   vazirlikning   faoliyatiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   Amir   Temur   davrida
moliyaviy   siyosat   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilganligining   guvohi   bo‘lamiz.Sohibqiron
Amir Temur davlat kirim va chiqimlari va sarf- xarajatlarni yuritishda o‘rtamiyona
yo‘l   yurytish   lozimligini   aytib   o‘tgan.Ushbu   vazirlikning   anik   va   to‘g‘ri   ishlashi
Amir Temur davridagi davlat boshqaruvi to‘g‘ri tashkillashtirilganligini ko‘rsatadi.
Amir   Temur   davlatida   chegara   erlar   va   davlatga   tobe   davlatlarga   oid   uch
vazirdan iborat davlat  hay’ati tuzilgan va u xolisa deyilgan. Ular  qaram erlardagi
moliyaviy muammolarni va keladigan daromadlarni boshqargan 35
.
«Temur   tuzuklari»   dagi   ma’lumotlarga   muvofiq   bu   uch   vazirlar   quyidagi
vazifalarni   bajargan:   birinchi   vazir   xalqdan   olinadigan   soliqlar   undirilishini
kuzatgan,   o‘z   faoliyati   to‘g‘risida   markazga   hisobot   berib   turgan.   U   soliqlar
miqdori,   soliq   to‘lovchining   nomini   yozib   borgan.   Tarixdan   malumki,   soliqlar
davlat   qudratini   oshirish   vositasi   deb   hisoblangan   va   bu   masalada   bazan   haddan
oshish   va   xalqni   qiynash   xolatlari   ham   kuzatilgan.   Ammo   Amir   Temur   davrida
soliq   borasida   ancha   engil   shart-sharoitlar   yaratilgan.   Soliq   yig‘ishda   bazan
xalqning hohish- irodasi ham hisobga olingan.
Ikkinchi   vazir   sipoh   ishlarini   boshqargan.   U   sipohga   berilgan   va   berilishi
lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini olib borgan.
Uchinchi   vazir   daraksiz   yo‘qolgan   kishilar,   kelib-ketib   yuruvchilar
34
 B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati»77-b.
35
 B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati»87-b.
25 (sayohatchilar   va   savdogarlar),   har-xil   yo‘llar   bilan   yig‘ilib   kolgan   hosil,   aqldan
ozganlarning   mol-mulki,   vorissiz   mol-mulkni,   qozilar   va   shayxulislomlarning
hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirgan.
Tuzuklarda ushbu vazirlik haqida gap borsa-da olimlarning davlat organlari
tizimi   to‘g‘risidagi   qarashlarida   ixtiloflar   bor.   Masalan:   -   B.Ahmedov
mulohazalarini   keltiramiz,   «Amir   Temur   tuzgan   markaziy   davlat   tizimini   bor
yo‘g‘i   etti   vazir:   1)   mamlakat   va   raiyat   vaziri;   2)   sipoh   vaziri,   3)   moliya   ishlari
vaziri;   4)   saltanat   ishlarini   yurituvchi   vazir,   beshinchi,   oltinchi,   ettinchi   vazirlar
sarhad vazirlari orqali boshqargan.
Lekin   ularning   kim   va   nimaligi,   ya’ni   zimmasiga   qanday   vazifalar
yuklatilganligi   aniq   ma’lum   ema-   S.   «Tuzuklar»da   aytilishicha,   bu   uch   vazir
sarhadlar vaziri deb atalgan va tobe’ mamlakatlarga tegishli ishlar bilan mashg‘ul
bo‘lganlar. Xususan, «ular mazkur erlardagi moliyaviy muammolarni va keladigan
daromadlarni boshqarishsin» -deyilgan. Balkim va’ziri tangalarda forscha “Temur
Kurgon” , turkchada “Temur Ko‘ragon” so‘zlari bitilgan.
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  “Tug‘ro podshohning  yorlig‘i,  farmoni, gerb,  davlat
nishonasi   bo‘lib,   unda   harflar   bir-biriga   chirmashtirib   yozilgan.   Bunday   usulda
podshohning nomi va laqablarini uning farmoni tepasiga bitganlar. 36   37
”.
Amir   Temur   davrida   davlat   boshqaruvining   turli   sohalari   bir-   biriga
uyg‘unlashtirilgan. Davlat va mahalliy hokimiyat organlarining barcha bo‘g‘inlari
yagona markazga birlashgan. Bu davrda mamuriy boshqaruv ahloqiga katta etibor
qaratilgan   va   bu   jihatlar   davlat   boshqaruvi   bilan   uyg‘unlashtirilgan.   Bu   davrdagi
qonunlarda   harakatchanlik,   mansabdor   shaxs   yashagan   davrdagi   mutanosiblik,
alimentatsion   (mansabdor   shaxsning   mansabiga   qarab   haq   to‘lash)   bo‘ysunish   va
mansabdor  shaxsning shaxsiy  javobgarligi, sovg‘alar olishi  masalasi  va intizomiy
javobgarligi meyorlashtirilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat organlari
36
 Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996.B 42 .
37
Abdurazzoq Samarqandiy. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T- B. 460 .
26 tizimini tashkillashtirishda davlatga qarshi jinoyatlar, hamda korrupsiyaning oldini
olishga katta qonuniy asoslar yaratilgan.
Shuningdek   markaziy   va   mahalliy   davlat   amaldorlari   biror   lavozimga
tayinlanayotganda avvalo ularning rahbarlik salohiyatiga katta etibor qaratilgan.
A.R. Muhammadjonov «Temur saltanatida o‘tkazilgan Qurultoy, kengash,
shohona   qabullar   va   dabdabali   saroy   marosimlaridan   o‘rta   asr   davlatchiligining
o‘ziga   xos   rasmiy   an’analari   mujassam   edi.   Tantanali   izdaham   tartibiyu
qoidalaridan   tortib,   a’yonlarning   to‘yona   liboslarigacha   ulardan   katta   e’tibor
berilgan edi» deb yozadi 38
. Demak ushbu jihatlar ham mamuriy tizimga kiritilgan.
Tadqiqotchi   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadi   Eron,   Safaviylaridan   tortib
Shayboniylar, Ashtarxoniylar O‘rta Osiyo xonlarigacha Amir Temur davlatchiligi
an’analarini   namuna   sifatida   o‘zlariga   qabul   qilganliklarini   isbotlab   berish
ekanligini   aytib   fikrini   shunday   davom   ettiradi:   «Bu   masalaning   nihoyatda   qiziq
tomoni   shundaki,   na   XV   asr   turk   xukmdorlari,   na   XVI   asr   shia   safaviylar
tarafdorlari   va   na   Shayboniylar   o‘zlarini   Amir   Temur   boshqaruvi   an’analarining
izdoshlari va tarafdorlari deb o‘ylamagan. Shunga qaramay, ular G‘arbda Usmonli
turk saltanatidan to Qoshg‘argacha va Hindistongacha bo‘lgan bepoyon chegarada
Amir   Temurni   ulug‘   hukmdor   sifatida   tan   olishgan   va   uning   g‘oyalarini   qabul
qilishgan» 39
.
Demak   biz   tadqiqotchining   ushbu   odil   fikri   asosida   shunday   xulosa
qilishimiz   mumkinki,   o‘sha   davr   davlatchiligidagi   eng   afzal   va   mukammal
an’analar Amir Temur davrida shakllangan va- ko‘plab SHarq davlatlari rahbarlari
davlatni ana shu qoidalar asosida boshqarganlar.
Bizning   fikrimizcha,   ma’muriy   tizimning   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilishi   tufayli
yuk tashish va pochta xizmati bir tizimga tushdi.
Bu davrda rasmiy til fors tili bo‘lsa-da, qolgan tillarning erkin rivojlanishi
uchun   imkoniyatlar   yaratilgan,   hamda   joylardagi   milliy   urf-   odatlarga   xalal
berilmagan,   ularga   ichki   mustaqilliklar   berilgan.   Amir   Temur   davlat   boshqaruv
38 37
 Muxammadjonov A.R. Temur va temuriylar... - B. 33.
39
 Fragner Bert. Amir Temurning ma’muriy islohotlari ... - B. 14.
27 shakli   haqida   X.   Mamatov   shunday   mulohaza   bildiradi   :«Ma’lumki,   davlat   va
huquq fanlarida o‘rta asr davlatlarini boshqarish shakli bo‘yicha «ilk feodal yakka
hokimligiga   (yakka   hokimlik)   a)   tabaqali   vakillik   monarxiyasi   va   v)   muloqiy
monarxiya   davrlariga   bo‘lib   o‘rganiladi. 40
  O‘zbekiston   davlati   va   huquqi   tarixida
eftalitlar   davlatidan   boshlab   undan   keyingi   barcha   davlatlar:   turk   xoqonlari,
Saljuqiylar,   Xorazmshohlar   davlatlari   mutloqiy   yakka   hokimligiga,   hokimiyatni
cheklanmagan ko‘rinishidagi davlatlar edi, deb hisoblash mumkin. 
Amir   Temur   saltanati   (imperiyasi)   esa   davlatshunoslik   nuqtai   nazaridan
olganda, mana shu mutlokiy monarxiyaning cho‘qqisidir»
Amir   Temur   davlati   mafkurasining   negizini   islom   ananalari   tashkil   etadi.
Malumki,   asl   manodagi   islom   mafkurasi   umuminsoniy   qadriyatlarga   asoslangan
tinchlikparvar   va   insonparvar   mafkuradir.   Aslida   esa   bu   tushunchalar
umuminsoniy g‘oyalarni targ‘ib qiladi.
Amir   Temurning   millat   jihatdan   qurama   yirik   saltanatida   diniy,   irqiy   va
milliy nizolarning kelib chiqmaganligi ham bu davr davlatchiligini mafkurasining
poydevori   umuminsoniy   qadriyat   ekanligidan,   Sharqona   demokratiya   an’analari
mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Temuriylar davri mafkurasini  o‘rganish orqali
davlatchiligimizdagi Uyg‘onish davrining yana bir qirrasi ochiladi, deb o‘ylaymiz
va fikrimizcha bu mavzu alohida tadqiqotlarga muhtojdir.
Bizning   nazarimizda   Amir   Temur   davri   ma’muriy   tizimi   hamda   bu
davrgacha   va   bundan   keyingi   davr   davlatchiligi,   shuningdek   Sharq   va   G‘arbning
o‘sha   davrdagi   davlatlari   ma’muriy   tizimlari   chuqurroq   o‘rganilishi   kerak,   ana
shundagina Amir Temur  davlati ma’muriy tizimining o‘ziga xos jihatlari yana-da
chuqurroq namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, Amir Temur davlat apparatini tashkil etuvchi ma’muriy tizim,
tizimlararo va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar mutanosib rivojlangan va ularning
har   birining   aniq  vazifasi   belgilangan,   har   qanday   qonun   va  ijrolar   ana   shu   tizim
orqali  bajarilgan. Mamlakatning eng chet  joylarigacha qonun ustivorligi va uning
40
 Mamatov X.T. Temur tuzuklarida davlat va huquq masalasi.yu.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya. - T.: 2002.-156 6
28 ijrosi   ta’minlangan.   Bu   omillar   markazlashuv   ananalari   kuchayishiga   tasir
ko‘rsatgan.
Amir   Temur   davri   davlat   boshqaruv   tizimi   mukammal   davlatchilik   tizimi
bo‘lib u davlat hokimiyatini amalga oshirishda samarali vosita vazifasini bajargan
edi.   Yuqoridagi   ma’lumotlardan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   Sohibqiron
saltanatida   kishining   aniq   belgilangan   o‘z   o‘rni   va   vazifasi   bo‘lishi   bilan   birga
hatto   ularning   kiyim-kechaklariga,   muomala   madaniyatlariga,   etika   va   estetika
qoidalariga qat’iy amal qilingan hamda memoriy qurilishlar ham bu talabga javob
bergan.   Davlatchilik   tizimidagi   ushbu   qoidalar   milliy   boshqaruvimiz   san’at
darajasiga ko‘tarilganini, davlat organlari tizimini yaratishda u bilan bog‘liq har bir
soha   e’tiborga   olingani,   bir-biri   o‘rtasidagi   munosabatlar   tartibga   solingani   va
muvofiqlashtirilgani,   bu   borada   yaxlit   konsepsiya   yaratilganini   ko‘rsatadi.   Amir
Temur   davridagi   asosiy   mansab   va   unvonlar   mavzusi 41
  42
  olimlarimiz   va   xorijlik
temurshunos   olimlar   tomonidan   qisman   o‘rganib   chiqilgan.   Beatris   Mans,S.
Appendiks,   M.Xaydar   kabi   chet   el   tadqiqotchilarning   yutug‘i   shundaki,   ular
mavjud   urug‘   va   qabilalarning   mansab   va   unvonlar   olishdagi   o‘rni,   ularni
taqsimlashda   Amir   Temurning   katta   vakolati,   u   atayin   mansab   va   unvonlarni
taqsimlash   masalasida   aniq   bir   tizim   yaratmaganligi,   bundan   maqsad   davlat
hokimiyatini   o‘z   qo‘lida   mustahkam   ushlab   turish   uchun   o‘z   vakolatini
kengaytirgani   va   boshqa   xususiyatlarni   qayd   etib   o‘tganlar.   Bu   olimlar   Amir
Temur   davlatida   mansablarga   chig‘atoy   zodagonlari   keng   jalb   etilgani,   forsiy
mamurlar   ikkinchi   darajali   mansablarni   egallagani   va   ularning   vakolatlari   ancha
cheklanganligi   kabi   xususiyatlarni   ham   qayd   etib   o‘tganlar.   Biroq   ushbu
tadqiqotlardagi malumotlar bazan uzuq-yuluq, ularda ko‘plab mansab va unvonlar
keltirilmagan.   Ushbu   muammo   temurshunoslar   tomonidan   kam   o‘rganilganligi
uchun ham  Amir  Temur   davrini   o‘rganishdagi  eng  muhim  muammolardan bo‘lib
41
  'Ahmedov   -   B.A.   Amir   Temurning   davlatni   idora   qilish   siyosati...   -   B.   5-22;   Muhammadjonov   A.R.   Temur   va
temuriylar saltanati... - B. 25-33 ; Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 171-189. vaboshqalar.
42
 Appendix S. The formal administrative structure. -Manz B. F.The rise and rule of Tamerlane. Cambrige 
University Press, 1989. P. 167-175; Manz Beatrice Forbes. Adminstration and the delegation of Authority in 
Temur’s Dominions / Central Asiatic Journal, XX. 1976. - P. 191-207; Manz B.F. The Ulus Chagatay before and 
after Temur's rise to power / Central Asiatic Journal, XXVII. 1983. - P. 79-100.; Manz B.F.Structure and function in
Temiir's administration. The rise and rule of
29 kolaveradi.
Biz   ushbu   tadqiqotimizni   Nizomiddin   Shomiy,   Sharafuddin   Ali   Yazdiy,
Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa Amir Temur va temuriylar davri muarrixlari
asarlaridagi mansab va unvonga taalluqli malumotlardan, o‘zbek va xorij olimlari
tadqiqotlaridan foydalanib yoritdik. Amir Temur davri mansab va unvonlari ancha
ko‘pligi   bois   ularni   markaziy,   mahalliy,   sud-huquq,   harbiy   va   diniy   tizimidagi
mansab va unvonlarga ajratgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiq keladi.
Markaziy hokimiyatga oid mansab va unvonlar:   Amir  Temur  davlatda
yagona   hukmdor   sanalib   u   cheklanmagan   hokimiyatga   ega   bo‘lgan.   U   mo‘g‘ul
ananalaridan   farqli   ravishda   o‘zini   xon   deb   emas   amir   deb   atagan.   Amir   Temur
hokimi   mutloq   sanalsa-da,   o‘sha   davr   ananalirag   ko‘ra,   chingiziylardan   bo‘lgan
Suyurg‘atmish va Mahmudxonlarni xon qilib ko‘tarilgan. Ular soxta xonlar bo‘lib
amalda   saltanatga   doir   ishlarning   ahamiyatga   moliklari   Amir   Temur   tomonidan
had   etilgan.   O‘zi   ham   mo‘g‘ul   xonining   qizi   Saroymulkxonimga   uylanib   faxrli
Ko‘ragon   unvoniga   ega   bo‘lgan   va   shu   orqali   o‘zining   siyosiy   hokimiyatini
mustahkamlagan.   Amir   Temur   cheklanmagan   vakolatga   ega   bo‘lib,   o‘zi   lozim
topgan   paytda   davlat   mansabdorlari   tomonidan   qabul   qilingan   qarorlarni
o‘zgartirishi   va   yangi   qarorlar   qabul   qilishi   mumkin   bo‘lgan.   Hukumat
devonlarining boshlig‘i   Devonbegi'   bo‘lib, bazan   Sohibi devon- vaziri a’zam 43   44   45
deb   atalgan.   Devonbegi   podshohdan   keyin   turadigan   oliy   mansab   bo‘lib,   davlat
ishlarida   muhim   rol   o‘ynagan.   Biz   yuqorida   S.Appendiks   va   B.Mans   podshoh
devonini   ikkiga-   Devoni   alo   va   Devoni   buzurglarga   bo‘lib   ko‘rsatganligini   aytib
o‘tgan   edik.   Devoni   aloning   boshlig‘i   Sohibdevon   deb   aTanraH J
.   Bu   oliy
mansabga   chig‘atoylar   zodagonlari   orasidan   qo‘yilgan.   Devonbegi   saltanatda   yuz
berayotgan vokealarni nazorat qilgan va ularning hisobotini har kuni shaxsan Amir
Temurga   berib   turgan.   Xo‘ja   Masud   Simnoniy   Amir   Temurning   eng   ishonchli
sohib devonlaridan biri bo‘lgan 46
.Amir Temur Devonbegiga katta vakolatlar berish
43
 Axmedov - B. Amir Temurni yod etib... - B. 14.
44
 Axmedov - B. Amir Temurni yod etib .... - B. 15.
45 44
 Appendix S. The formal administrative structure... - P. 168
46
 Appendix C. The formal administrative structure... - P. 114.
30 bilan   birga   ular   tomonidan   qabul   qilingan   qarorlarni   istagan   vaqtida   bekor   qila
olgan.   S.Appendiks   “yarguchi”   mansabi   shoh-   xonadoni   va   chig‘atoy
zodagonlarini   sud   qilishga   mo‘ljallangan   oliy   tribunal   sudi,   Devoni   buzurgning
oliy   mansabdori   degan   fikrlarni   ilgari   suradi 47   48
.   Markaziy   hokimiyatning   eng
muhim mansabdorlaridan biri  vazirlar  hisoblangan. Bazan ular Devoni adl, devoni
quzzot kabi devonlar deb atalgan bo‘lishi ham mumkin. Biz yuqorida Amir Temur
saltanatida etti vazir faoliyat yuritganligi, ular Devonbegiga bo‘ysunganligi haqida
to‘xtalib   o‘tgan   edik.   Beatris   Mans   Amir   Temurning   vazirlarning   vakolatlarini
cheklashga   intilgani,   hatto   ularni   uzoq   bir   mansabda   -ushlab   turmaslik,   tez-tez
almashtirib   turish,   bundan   maqsad   fors   mamurlarining   imkoniyatlarini   cheklash
bo‘lganligi haqida to‘xtalib o‘tgan 49
.
Bizning   fikrimizcha,   vazirlarning   fitnalariga   tez-tez   duch   kelgan   Amir
Temur   markaziy   hokimiyatni   kuchaytirish,   o‘z   qo‘lida   hokimiyatni   mustahkam
ushlab   turish   uchun   ham   vazirlarning   imkoniyatlarini   cheklashga   intilgan   va
ularning   faoliyatini   qattiq   nazorat.qilgan.   Podshoh   va   davlat   xazinasini   (hazorayi
amira   atalgan)   tasarruf   etib   turuvchi   mansabdor   hazinador   (xozin) 50
  deb   atalgan.
Bizningcha   ular   davlat   xazinasiga   javobgar   bo‘lib,   ularning   ishlari   qattiq
tekshirilgan. Markaziy hokimiyatda  muhrdor  lavozimi katta ahamiyatga ega bo‘lib
davlat hujjatlariga muhr qo‘yish ishiga masul bo‘lgan. Muhrdor hukmdorning eng
yaqin   kishisi   bo‘lgan  
.   Podshoh   huzuriga   arz-dod   bilan   keluvchilar   haqida,
shuningdek   el   yurtining   umumiy   ahvoli,   joylarda   oliy   hukmdorning   farmon   va
buyruqlari   qanday   bajarilayotganini   vaqti-vaqti   bilan   Oliy   hukmdorga   etkazish
huquqi   va   vakolatiga   ega   bo‘lgan   oliy   mansabdorlar   arzbegi   deb   atalgan 51   52   53
.
Uning   zimmasiga   mamlakatda   bo‘layotgan   voqea-hodisalarni   haqqoniyat   bilan
etkazish   masuliyati   yuklangan.   Amir   Temur   saroyida   shsho‘ovullar 2
’   ham   katta
47
 Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 114.
48 47
 Appendix C. The formal administrative structure ... - P. 171-172
49 48 
 Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 114.
50
 O‘rinboev A. Tarjimasiz qoldirilgan so‘zlar va tarixiy istiloh-terminlarga izoxdi lug‘at. / Abdurazzoq 
Samarqandiy Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. - T.: Fan, 1969. - B.460.
51
 Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 112-113.
52
 Ahmedov - B. Amir Temurni yod etib... - B. 14 .
53
Shomiy... - B. 519; Abdurazzoq Samarqandiy... - -B. 315; 461.
31 nufuzga ega bo‘lishgan. Ular turli davlatlardan keladigan elchilar va o‘z davlatidan
boshqa   davlatga   ketadigan   elchilarning   tashkiliy   masalalari   bilan   shug‘ullangan.
Biz   agar   Amir   Temur   davlatining   elchilik   faoliyatining   kengligini   va   elchilar
kelganda   ularni   kutib   olishdagi   rasmiy   marosimlarni   kuzatadigan   bo‘lsak   bu
mansab  egalarining katta  mehnatini,  tajribasi  va  masuliyatini   his  etamiz. Saroyda
elchilarni   tanlash   va   tayyorlash   markazi   mavjud   bo‘lib   ular   bevosita   shu   ishga
masul bo‘lganlar. Oliy martabalardan biri  tavochi(adyutant)  mansabi bo‘lgan. Ular
Qurultoyga davlatning turli o‘lkalaridan shahzoda va boshqa mahalliy boshliqlarni
to‘plash,   yurishlar   oldidan   lashkar   to‘plash,   janglar   vaqtida   vafot   etgan
harbiylarning  hisobini  olish  ishlari   bilan  ham   mashg‘ul  bo‘lishgan 54
. Ular   lashkar
to‘plash,   ularning   aniq   hisob-kitobini   olib   borish,   sharoitini   yaxshilash,   qurol-
aslaha bilan taminlanish darajasini aniqlash, amirlarga kerakli vazifalarni yuklash,
ularni   tartib   raqamlarini   belgilash   ishlariga   masul   bo‘lganlar.   Tovachilar   tinchlik
paytida   lashkarni   qurilish   ishlariga   tortish   ishlari   bilan   ham   shug‘ullanishgan.
Ozarbayjonda kanal qurilishiga ham tovachilar rahbarlik qilgan. Ular yurishlardan
tushgan   o‘ljalarni   adolatli   taqsimlash,   qo‘shinni   bir   joyga   qo‘nishini
tashkillashtirish va boshqa ishlarga ham masul bo‘lganlar. Umuman olganda ushbu
mansab ham eng nufuzli  ishlardan hisoblanib bu ishlarga katta tajriba va kuchga,
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan Amir Temurning yaqin kishilari qo‘yilgan.
Podshohning ov hayvonlarini tasarruf qilib turgan xizmatkor (qushchi)lar tepasida
turgan oliy mansabdor  sushbegi 55   56
 deb atalgan. Bu mansabdagilar podshohning ov
bilan shug‘ullanishida ko‘mak berish bilan birga o‘rgatilgan kushlar orqali aloqalar
olib   borishga   ham   masul   bo‘lganlar.   Keyinchalik   ularning   nufuzi   ortib   Buxoro
amirligida   bosh   vazir   «Qushbegi»   deb   yuritilgan.   Amir   Temur   davridagi   eng
nufuzli   unvonlardan   biri   Ko‘ragon   kuyovi   unvoni   bo‘lgan.   Ko‘ragon   Chingizxon
avlodiga   mansub   xon   qiziga   uylangan   aslzodaga   berilgan   faxrli   unvon 57
  bo‘lib,
o‘sha   davr   siyosiy   an’analariga   muvofiq   mo‘g‘ul   xonlari   qiziga   uylangan
54
Xukxem X. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 67-68.
55
Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 173-174.
56
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» ... - B 16.
57
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» - B.14 .
32 hukmdorlar o‘z qonuniy hokimiyatini shu unvon orqali mustahkamlaganlar. Amir
Temur,     Jahongir,   Mironshox,   Mirzo   Ulug‘beklar   shunday   faxrli   nomni   olganlar.
Bizningcha   davlatning   kuch-qudratini   oshirishda   unga   har   tomonlama   maqom
berishda   bu   unvonning   ahamiyati   yuksak   bo‘lgan.   Deyarli   130   yil   davomida
mo‘g‘ul   xonlari   o‘zlarini   davlatning   huqukiy   egasi   deb   targ‘ib   qilganlar.
Sohibqiron   Amir   Temur   bu   an’analardan   foydalandi   va   mo‘g‘ul   xonlari   orasida
ham o‘zining hukmdorlik maqomini mustahkamladi.   Amir Temur saroyidagi eng
nufuzli yorliqlardan biri  tarxondir.
Saltanat   oldida   ko‘rsatgan   ayrim   xizmatlari   uchun   er-mulklari   soliqlardan
ozod qilingan va yana bir qancha imtiyozlarga ega bo‘lgan (xon huzuriga bemalol
kira   oladigan,   to‘qqiz   martagacha   gunohi   kechiriladigan,   tegishli   o‘ljasi
taqsimlanmaydigan,   gohida   avlodlari   ham   soliqdan   ozod   qilinadigan)   amir.   Amir
Temur saroyidagi nufuzli unvonlardan biri no‘yondir.Ular Amir Temur tomonidan
tamg‘aga   ega   bo‘lgan   chig‘atoy   zodagonlaridan   chiqqan   bo‘lib,   ulug‘   amir,   noib,
tuman   (o‘n   ming   kishilik   lashkar)   boshlig‘i   ma’nolarida   qo‘llanilgan.   Bu   unvon
egasi  ham  Amir  Temur saroyida katta nufuzga ega bo‘lgan. Amir Temur  davrida
iqtodorlar 58   59
  ham   katta   nufuzga   ega   bo‘lishgan.   Iqto   yuqori   harbiy   lavozimdagi
kishilarga  oliy   hukmdor   lashkarlari   va   boshqa   davlat   ishlarida  ko‘rsatgan   jasorati
evaziga  berilgan  er   ulushi.Ular   bazan  vaqtinchalik,   bazan  umrbodga  berilgan.   Bu
usul  albatta markazlashuv  jarayonlariga  xalal  berishi  mumkin edi. Bizga tarixdan
malumki,   iqto   tizimi   Somoniylar   va   Qoraxoniylar   davrida   ham   mavjud   bo‘lgan.
Shahzoda va xonzodalarning tarbiyachilari  otalits  deb atalgan va bu mansabga ham
Amir Temur xonadoniga eng yaqin kishilar tanlangan. Ular atko, otabek deb ham
atalgan.   Ular   hukmdor   oldiga   bemalol   kirish   huquqiga   ega   bo‘lgan   va
shaxzodalarni   har   tomonlama   mukammal   tarbiyalashdek   muhim   vazifani
bajarishgan.   Ma’lumki,   qadimdan   davlat   boshliqlari   yangi   tug‘ilgan   farzandlarini
biror   enagaga   berib   emizdirganlar.   Enaga   bo‘lmish   toza   nasllik,   yangi   farzand
ko‘rgan bo‘lishi kerak bo‘lgan. Atkalar esa ana shu enaganing eri hisoblangan va u
58
Кароматов  H . Айрим атамалар ва тарихий истило h ларнинг изохди лу g ‘ати.. / Низомиддин Шомий. 
Зафарнома ... -  Б .516.
59
 Sharafuddin Ali Yazdiy.. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128;. - B. 172 .
33 shaxzodaga otaday hisoblangan. Har qanday kishi enaga yoki atka bo‘lavermagan,
balki   toza   nasslik,   har   tomonlama   sog‘lom,   ziyrak,   aqlli,   dono   kishilar   bu   ishga
loyiq deb topilgan. Ular shahzodalar  tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullangan. Otaliq
bolaga   turli   sohalarda   murabbiy   ustozlar   olgan   va   ularni   har   taraflama   davlat
ishlariga   tayyorlab   borgan.   1394   yil   14   avgustda   SHohruh   Mirzo   o‘g‘il   ko‘rdi.
Unga   Ibrohim   Sulton   deb   ism   qo‘yadilar.   Shahzodaga   Tuman   og‘o   (Amir
Temurning   dono   zavjasi-Sh.U.)   murabbiya   etib   tayinlanadi.   «Va   amir   Usmon
Abbosni otabek (Otaliq—Sh.O’.) qildilar va xotuni Sotqin og‘okim, Sohibqirong‘a
urug‘   bo‘lur   erdi,   enagaliqqa   muqarrar   bo‘ldi".   Shahzodalar   yosh   vaqtida
saltanatga   o‘tirsa   yoki   yangi   ish   boshlasa   otaliqlari   ularga   maslahatchilik   qilgan.
Shahzodalar o‘n ikki yoshga to‘lganda ularga viloyat berilgan. Obro‘li amir yoxud
beklardan   biri   unga   murabbiy,   ya’ni   otaliq   yoki   otabek 60   61
  etib   tayinlangan.   U
shahzoda   o‘n   olti   yoshga   etguncha   bola   nomidan   viloyatni   boshqargan 62   63   64
.
Podshoh   amr   farmonlarini   mahalliy   hukmdorlarga   etkazuvchi   mansabdor
parvonachi   deb   atalgan.   Bu   mansab   ham   Amir   Temur   saroyidagi   nufuzli
mansablardan   hisoblangan.   Lo‘kal   -ko‘kaldosh,   shahzoda   enagasining   o‘g‘li;   sut
emishganlik jihatidan shahzodaga birodar bo‘lgan kishi. Biz yuqorida Atka haqida
to‘xtalib   o‘tganda   go‘dak   shahzodalarni   yangi   farzand   ko‘rgan   onalar   emizib
o‘stirgani,   enaganing   zavji   atko   deb   atalishini   aytib   o‘tgan   edik.   Xuddi   shu
enaganing  o‘g‘li  ko‘kaltosh  deyilgan  va   bir  onadan  sut   emganligi   hurmati  tufayli
ular   saroyda   katta   nufuzga   ega   bo‘lganlar.   Lokovul-shaxsiy   nomga   qo‘shilib
kelgan   unvon   bo‘lib,   bu   martabadagi   amaldor   podshohga   beriladigan   ovqatni
oldindan tatib ko‘rgan. Uning zimmasiga hukmdor va saroy ahliga mazali taomlar
tayyorlash,   ularning   xavfsizligini   taminlash   vazifasi   yuklatilgan.   SHuningdek,
bakovul to‘y va mehmondorchilik ishlarini ham boshqargan. Saroy oshpazlarining
boshlig‘i   bakovulboshi   deb   atalgan.   Bakovulboshi   nufuzli   mansablardan   bo‘lib,
saroy   oshxonasida   taomlar   tayyorlanishi,   umuman   ovqatlanishi   bilan   bog‘liq
60
 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B. 100.
61
60  Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B. 93
62 61 
Ahmedov - B. Milliy tarbiya sarchashmalari ... - B.125-126.
63
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B.458 .
64
 Sharafuddin Ali Yazdiy.... - B.128; Abdurazzoq Samarqandiy... - B.196;
34 barcha   masalalarga   ma’sul   bo‘lgan.   Nozik   did   farosatli,   oliy   mansabli,   bilimdon
kishilar bu mansabga qo‘yilgan. Shuningdek,  bovarchi  unvoni ham shaxsiy nomga
qo‘shib aytilgan' va bu unvon saroy bosh oshpaziga berilgan. Podshoh taomlarini
oldindan   totib   beruvchi   xonsolar'   saroy   dasturxonini   bezatuvchisi   bo‘lgan.
Podshohning   shaxsiy   kotibi   munshii   deb   atalgan.   U   munshiyi   xos   deb   ham
deyilgan. Munshiy maxfiy kengash va majlislardagi bo‘lgan gaplarni xolislik bilan
daftarga qayd qilib borgan. Munshiylar tomonidan fathnomalar va boshqa etiborga
molik   xatlar   ham   yozilgan.   Ular   xusnixatda   mohir   bo‘lganlar.   Amir   Temur
davlatida yozuv ishlari bilan shug‘ullanuvchi devon xodimlari   baxshiylar 65
  bo‘lib,
ular saroy hujjat ishlarini yuritganlar. Ulardan davlat ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida
yuritish   talab   etilgan.   Ularning   ham   bakovul,   bakovulboshi   kabi   saroyda   nufuzi
katta   bo‘lgan.     Amir   Temur   saroyida   katta   mansab   va   unvon   egalari   bilan   birga
xizmatchi-xodimlar   ham   faoliyat   yuritishgan.   Bitikchi,   kotib,   devon   xizmatchisi
deb   atalgan   xizmatchilar   saltanatning   yozuv-chizuv   ishlarini   olib   borgan.   Podsho
devoni ish faoliyatini to‘g‘ri yuritish muhimligini inobatga olsak bu xizmatga ham
Amir   Temurga   yaqin,   bilimdon,   ziyrak   kishilardan   qo‘yilgani   anglashiladi.
Qo‘lyozma   kitoblardan   nusxa   ko‘chiruvchi,   kotib,   xusnixat   sohibi   bo‘lib,   ular
davlat ahamiyatiga molik maktublar yozish ishlarini ham bajarishgan. Podshoh va
shahzodalarning otlariga egar uruvchi hizmatkor   zinbardor'   hukmdorga tez va har
doim ot-aravalarini tayyorlashi kerak bo‘lgan.
Hukmdorning xos ishonchli navkarlari  ichkilar 66   67
 deb atalgan. Bizningcha
hukmdorning eng ishongan kishilari, shu bois ular ichkilar deyilgan bo‘lsa kerak.
Oliy   hukmdorning   kengash   va   mashvaratlarida   navbatma-navbat   hozir
bo‘lib, majlisda ko‘rilgan va yechilgan muhim masalalar va ayrim ishlar tafsilotini
maxsus daftarga yozib olib saqlovchi xodimlar  majlisnavis  deb atalgan.
Bundan   tashqari   ularning   zimmasiga   podshohga   tushgan   arzlar,   qabul
etilgan   qaror   (hukm),   mamlakat   ahamiyatiga   molik   ishlardan   tortib   to   shaxsiy
65
64 Sharafuddin Ali Yazdiy. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128;.. - B. 262.
  Abdurazzoq Samarkandiy.. Tarixi ko’rogon. - B. 454.
66
 Ahmedov B. Temurni yod etib..Temuriylar tarrixi. - B. 14.
67
66 Abdurazzoq Samarqandiy.Tarixi ko’rogon.. - B. 351.
35 gaplargacha qayd etib borish ishlari ham yuklatilgan.
Bu   esa   Amir   Temur   davrida   bajarilgan   davlat   ahamiyatiga   molik   ishlar
bayonnomalar tarzida saqlanganini bildiradi.
Podshoh   otxonasi   xizmatchilari   tepasida   turgan   mansabdor   miroxur 68  
deb
nomlangan. Ular podshoh otlarining zotdorini tanlash, ozuqasini taminlash, ularni
maxsus tayyorlash ishlariga masul bo‘lganlar.
Podshoh   saroyida   Mirobboshi   mansabi   ham   mavjud   bo‘lgan.   Ular   suv
xo‘jaligi   boshqaruvchisi   miroblar 69   70
  faoliyatiga   rahbarlik   qilgan.   Suniy
sug‘orishga asoslangan O‘rta Osiyo iqlimini inobatga olsak, suv taqsimoti masalasi
katta ahamiyatga molik ekanligini anglaymiz.
Geometriya   ilmini   yaxshi   bilgan   olim,   binolarning   tarixini   tuzib   beruvchi
mutaxassis; quruvchi-injener. O‘sha davrdan qolgan betakror va zalvorli imoratlar
ularning   saviyasi   va   ilmi   darajasidan   darak   beradi.   Bu   mutaxassis   ham   Amir
Temurning bunyodkorlik faoliyatida faol ishtirok etgan.
Shaxsiy   nomga   qo‘shilib   kelgan   mihaffachi 1
  podshoh   taxtiravoni
(mihaffasi)ga bog‘liq bir lavozim ekanligi bildiradi.
Saroy   xizmatchilari   orasida   farro’ilar   ham   bo‘lib   ular   podshoh   xonalarini
supurib-sidiruvchi,   gilam,   to‘shak   va   boshqa   kerakli   narsalarni   to‘shovchi
xizmatkor. Ular saroydagi ozodalikka, sarishtalikka javob berishgan.
Podshoh   saroyida   (haramda)   xizmat   qiluvchi   bichilgan   (axta)   qullar   xoja
sarolar 71   72
 deb atalgan. Ular haram ahlini xizmatini kilgan.
Saroy xizmatchilari orasida  chuhralar  ham faoliyat yuritgan. Ular oqsuyak
toifadan   chiqqan   va   saroy   xizmatida   bo‘lgan   yosh   yigitlar   edi 73
.   Bizningcha   ular
shahzodalarning   shaxsiy   qo‘riqchilari   bo‘lgan.   Ularning   boshliqlari   chuhraboshi
deb atalgan 74  
Podshohlar   chodirini   olib   yuruvchi,   soyabon   ko‘tarib   yuruvchi   xos
68
67Ahmedov B.Amir Temurni yodetib... - B.15.
69
Ahmedov B. Amir Temurni yod etib... - B. 15.
70
Muhammadjonov A.R. Amir Temur va temuriylar ... -B. 121.
71
70 Nizomiddin Shomiy... - B.512-513.
72
 Nizomiddin Shomiy... - 518.
73 72
 Abdurazzoq Samarqandiy ... - B.461; Shomiy ... -B. 519.
74
- B.Axmedov. Amir Temurni yod etib... - B.16.
36 xizmatkor   shukurchi   deb   atalgan.   Amir   Temur   ko‘proq   vaqtini   yurishlarda
o‘tkazgan va doim shukurchining ishi shunga yarasha murakkab bo‘lgan.
Podshoh   saroyini   nazorat   qilib   turuvchi   qurolbardor,   yarog‘bardor,
salohdor   kishi   hurchi   deb   atalgan.   Bizningcha,   ular   saroy   xavfsizligini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan 75
.
Mahalliy boshqaruvga oid mansab va unvonlar:
Sheroz,   Isfahon,   Yazd,   Hirot,   Samarqand   kabi   shaharlarda   mahalliy
devonlar   mavjud   bo‘lib   devon   boshliqlari   ,,   devon’’   deb   atalgan 76
.   Mahalliy
devonlar   haqida   bizgacha   kam   ma’lumotlar   yetib   kelgan.   Bizningcha   bunday
mahalliy   devonlar   katta   ahamiyatga   molik   bo‘lgan   shaharlarda   tashkil   etilgan.   S.
Appendiksning   aytishicha,   mahalliy   devon   fors   ma’murlaridan   tuzilgan,   ammo
soliqlarni yig‘ish to‘lig‘icha ularning vakolatiga kirmagan.
Devonlarning   vakolatli   muddati   haqida   malumotlar   kam   bo‘lib,   sohibi
devonlar bir viloyatlardan boshqa joylarga ham o‘tkazilgan.
Mahalliy boshqaruvda  dorug’alar  katta rol o‘ynaganlar. Ular tuman, shahar
yoki   viloyat   hokimi,   soqchilar   boshlig‘i   kabi   ko‘plab   vakolatli   ishlarni   bajargan.
Ular   ko‘pincha   chegara   viloyatlarga   ham   tayinlangan.   Raiyatni   ro‘yxatga   olish,
askar   to‘plash,   soliqlarni   yig‘ish   va   podshoh   saroyiga   yetkazish,   mahalliy
hukmdorlarni   nazorat   qilish   ishlari   ham   dorug‘alar   zimmasida   bo‘lgan 77   78
.
Dorug‘alar   yurishlar   vaqtida   Amir   Temur   qo‘shinini   kuzatuvchisi   vazifasini   ham
bajargan 79
.   Shuningdek   tumanlarni   boshqarish,   pochta   stansiyalari   ish   faoliyatini
to‘g‘ri   tashkillashtirish,   soliqlar   yig‘ish   va   ularni   saroyga   yuborish   ishlari   bilan
ham shug‘ullangan 80
. Dorug‘alar qishloq xo‘jaligini tiklash, shaharlar qurilishi yoki
qayta tiklash ishlariga ham masul bo‘lgan 81
.
Demak   mahalliy   ijroiya   hokimiyatini   boshqaruvchi   dorug‘alar   o‘z
75
Appendix S. The formal administrative structure ... -P. 173-174.
76
Appendix C. The formal administrative structure ... - P. 168.
77
Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 170.
78
Sharafuddin Ali Yazdiy... - B.148, 264; Abdurrazzok Abdurazzok Samarkandiy... - B. 70, 90;
79 86
 Appendix S. The formal administrative structure ... - P.170.
80
Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 67.
81
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P.l 16.; Appendix C. The formal administrative 
structure... - P. 170.
37 hududlaridagi   barcha   masalalarga   javobgar   shaxslar   bo‘lib,   ular   temuriylar
davlatchiligi   tarixida   muhim   o‘rin   tutganlar.   Dorug‘alarga   ham   davlat   tomonidan
katta   talab   va   majburiyatlar   qo‘yilgan.   «Temur   tuzuklari»   da   keltirilishicha,   agar
ularga   qarashli   hududda   biror   fuqaroning   mol-mulki   talon   taroj   qilinsa,   o‘sha
ma’murlar   o‘z   hisobidan   mol-mulkni   to‘laganlar,   shuning   uchun   bu   mansab   ham
juda ma’suliyatli hisoblangan. Bu mansablarga ham tamg‘a yorlig‘iga ega bo‘lgan
chig‘atoy zodagonlari qo‘yilgan.
Muhossillar   ham   ko‘proq   chig‘atoylardan   qo‘yilgan 82
.   Muhossil   ham   eng
nufuzli   mansablardan   hisoblangan.   Ular   dorug‘alar   bilan   bir   qatorda   ko‘p
shaharlarda   faoliyat   yuritgan.   Muhosillar   ko‘pincha   moli   omon   solig‘ini,   qaram
yerlarda xiroj solig‘ini yig‘ishga masul bo‘lganlar.
Tamg’achilar   savdo-sotiqdan   va   bojxona   xizmati   orqali   keladigan
tushumlarni yig‘ish ishlariga masul bo‘lgan.
Har   bir   viloyat   va   shaharda   adolat   amiri   mavjud   bo‘lib   u   shu   hududning
adliya   ishlarini   nazorat   qilib   borgan.   Amir   Temur   davrida   hokimiyat   idoralari,
soliq   boshqaruvi,   bojxona   xizmati   va   boshqa   mahalliy   davlat   boshqaruv
idoralarining   faoliyatini   muvofiqlashtirish   darajasini   ana   shu   turli   mansab   va
unvonlarni tahlil etish orqali bilib olishimiz mumkin.
Joylardagi   moliyaviy   kirim-chiqim   ishlari   bo‘yicha   yerlardagi   vakillar
muhosib-hisobchi, hisob-kitoblarni saqlovchilar  mustavfiylar 83   84  
deb atalgan.
Qal’a   boshlig‘i   kutvol 85
  deyilgan.   Bizningcha   ular   mudofaa   ishlarida
muhim rol o‘ynagan. U paytda mustahkam qal’alar mavjud bo‘lib ularni zabt etish
mushkul   masala   bo‘lgan.   Bu   qal’alar   avvalo   strategik   va   mudofaa   maqsadlarida
qurilgan.   Yov   bostirib   kelgan   taqdirda   ham   qal’a   darvozasini   ochish   yoki
ochmaslik masalasini  ko‘pincha kutvol hal qilgan. Qala darvozlari kaliti kutvolda
turgan.   Shuning   uchun   bizningcha   bu   mansabga   vatanparvar,   tadbirkor,   aqlli
kishilar ko‘yilgan.
82
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 115
83
 Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 170
84 83
 Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 457.
85 84
 Sharafuddin Ali Yazdiy... - B. 148 ; Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 63.
38 Mahalliy   boshqaruvda   muhtasiblar 86
  ham   muhim   rol   o‘ynaganlar.   Ular
mo‘min-musulmonlar   tomonidan   shariat   qonun-qoidalarining   bajarilishi,   bozorda
narx-navo   va   toshu   tarzularning   to‘g‘ri   yoki   egriligini   nazorat   qilib   turuvchi
mansabdor hisoblangan. Muhtasiblar manaviy ishlarni ham nazorat qilishgan.
Moliya   va   qishloq   xo‘jaligini   boshqarish   ishlari   bilan   shug‘ullangan
mahalliy   kichik   ma’murlar   aminlar     ma’nosi   ishonchli   kishilar   deb   atalgan.   Ular
mahalliy hududlarda ekin yerlari, soliq yig‘ish, u yerlarni nazorat etish huquqi va
vakolatiga   ega   bo‘lgan 87
.       Oliy   hukmdorlarning   farmonlari   va   podshohlikda
(xususan   saroyda)   yuz   berib   turadigan   muhim   voqealarni   xalqqa   e’lon   qilib
turuvchi   kichik   mansabdor   jarchi   deyilgan.   Ular   mahalla   va   qishloqlarda,
bozorlarda va  xalq ommasi  yig‘ilgan  yerlarda baland ovoz  bilan  jar  chaqirganlar.
Bu ham o‘rta asr davlatchiligiga xos axborot almashish usullaridan biri edi.
Suv taqsimlovchi mirob   juybon   deb atalgan. Ular o‘z vakolatlari doirasida
o‘zlariga tegishli hududlarda suv taqsimoti bilan shug‘ullangan.
Mahalla   raisi,   hunarmandlar   rastasining   boshlig‘i   Kulu   deb   atalgan.
Avvalgi   hududiy   joylashuvga   ko‘ra   mahalla   va   qishloqlarda   malum   kasb-   hunar
egalari   istiqomat   qilgan.   Ularga   esa   ham   kasb-u   hunari,   ham   oilaviy   ahvoli   bilan
ibrat bo‘la oladigan kishilar mahalla raisi etib saylangan.
Bizningcha   qishloq   hokimlari   kalontarlar   deyilgan   va   ular   mahalliy
hokimiyat idorasi vakili hisoblangan. Ular ham o‘z hududining ijtimoiy- iqtisodiy
hayotiga, tinchlik farovonligiga javobgar bo‘lganlar.
Sud-huquq hokimiyatiga oid mansab va unvonlar:
Amir   Temur   davrida   qozilik   mansabi   eng   nufuzli   va   ma’suliyatli
vazifalardan   biri   bo‘lgan.   Qozilar   davlatning   sud,   huquq-tartibot   ishlarini
muvofiqlashtirishda   muhim   rol   o‘ynaganlar.   Ular   ijtimoiy   adolat   tamoyillarini
amalga   oshirish,   davlat   va   hukuq,  davlat   va   fuqaro,   fuqaro  va   jamiyat,   fuqaro  va
fuqaro   o‘rtasida   muhim   vositachilik   rolini   bajargan   va   o‘zaro   munosabatlarni
huquqiy jihatdan tartibga solib turgan. Ular nainki huquq-tartibot balki davlatning
86
Muhammadjonov A.R Temur va temuriylar ... - B. 121.
87
Nizomiddin Shomiy... - B. 370; Abdurazzok Samarqandiy... - B. 453.
39 huquqiy madaniyatini oshirishda ham muhim rol o‘ynaganlar. Qozilar davlat kuch-
qudrati   ramzlaridan   biri   bo‘lgan.   Shuningdek     bu   davrdagi   qonuniylikning   qaror
topishida   ham   katta   ahamiyat   kasb   etgan.   Qozilarning   qonunga   so‘zsiz   amal
qilishi,   bu   davrda   qaror   topgan   huquqiy   muvozanat   o‘z   zamonasida   juda   katta
ma’naviyat,   ilm   va   salohiyatga   ega   bo‘lgan   qozilar   yetishib   chiqqanini
ko‘rsatadi.Chig‘atoy amirlari va shahzodalar ishlarini ko‘ruvchi amaldor  yarg’uchi
deb atalgan. U oliy tribunal sudida faoliyat yuritgan.
Qozilar   qonuniylik,   qonun   oldida   barchaning   tengligi,   adolat,   qonunlarga
so‘zsiz amal qilish kabi tamoyillarga amal qilgan.
Ulardan   adolatli   va   qonuniy   hukm-qarorlar   chiqarish   talab   etilgan.   Agar
tomonlardan   biri   qozining   chiqargan   qarori   yoki   hukmidan   norozi   bo‘lsa,   uning
ustida   turgan   qozilarga,   qozikalonga,   hatto   davlat   boshlig‘iga   shikoyat   qilishga
haqli   bo‘lgan.   Butun   mamlakat   bo‘yicha   qozilar   faoliyatini   nazorat   qilish
qozikalonga yuklatilgan.
Amir  Temur  davlatida  sudlov ishlari  qozilar  tomonidan amalga oshirilgan
bo‘lib, ular shariat, fuqarolik, harbiy sudlarga bo‘lingan.
Azamat   Ziyo   ham   bu   davrda   «adliya   ya’ni   '   sud   -   huquq   tizimi   uchga
bo‘lingan edi deb takidladi. Adliya vazirligi to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolar, yo manba
tili   bilan   aytganda,   dunyoviy   ishlar   bilan   shug‘ullangan.   Harbiy   sud   (lashkar
qozisi)   esa   alohida   ravishda   faoliyat   ko‘rsatgan)   Shariat   tartiblari   bilan   esa   islom
qozisi shug‘ullangan» 88   89   90
 degan fikrlarni ilgari surgan.
B.   Ahmedov   fikriga   asosan   dunyoviy   masalalar   bilan   shug‘ullanuvchi
qozilar   ahdos  qozisi   deb  nomlangan.  Shariat   ishlari   bilan  shug‘ullanuvchi   qozilar
shariat  qozisi,   sipohiylar  o‘rtasidagi  kelishmovchilik va tortishuvlarni hal  etuvchi
qozi-qozg/  askar  deb aytgan.
Amir   Temur   davri   huquq-tartibotini   o‘rganar   ekanmiz,  bu   sohada   ko‘plab
mansabdorlar  faoliyat  yuritganligi, ularning har   qaysisi  o‘zining aniq  vazifalariga
88
 Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B. 
178.
89 88
 Azamat Ziyo. Davlat boshkaruvi, konunchilik va harbiy siyosat... - B. 180-181.
90 89
 Ahmedov - B. Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati ... -B. 16
40 ega bo‘lganligini bilib olamiz. Shulardan biri  asaslardir 91
.  Ular tunda fuqarolarning
tinchlik-xotirjamligini saqlashga masul bo‘lganlar.
Fuqarolardan   tushgan   arz-dodlarni   qabul   qiladigan   va   mamuriyatga
etkazadigan mansabdor  dodhoh  deb atalgan.
Soliq yig‘uvchi, yasoni amalga oshiruvchi mansabdor yosoqmn-bo‘lib, ular
sarboz 92   93   94   95
  deb   ham   atalgan.   Davlat   ma’muriy   tizimida   yosoqiylar   ham   katta
ahamiyat   kasb   etganlar.   Davlat   boyligi,   ravnaqining   bosh   manbai   soliq   va
xirojlarning   kamchiliksiz   xazinaga   kelib   tushishi   ularning   xalolligiga   bogliq   edi.
Ularning   zimmasiga   xalqni   qiynamaslik   va   shuningdek   davlatni   ham   unutmaslik,
qonundan chetga chiqmaslik vazifalari yuklatilgan.
Politsiya   mahkamasi   yasagliq   deb   atalgan.   Ular   davlat   ichidagi   tartib-
intizomni   saqlashga   ma’sul,   jamoat   tartibini   buzgan   kishilarni   tekshirish,   so‘roq
qilish va jazolash vakolatlariga ega bo‘lganlar.
Tungi soqchilar  pos (yoki posbonot‘  deb atalgan. Ular tunda fuqarolarning 
tinchini saqlashga ma’sul bo‘lishgan. Biz yuqorida asaslar, yasag‘liq va boshqa 
huquqni muhofaza qiluvchi mansablar haqida ma’lumotlar bergandik. Bu 
ma’lumlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar turli-tuman bo‘lganini va ularning 
ma’lum vazifasi mavjudligini ko‘rsatadi.
Diniy boshqaruvga oid mansab va unvonlar:
Amir Temur davrida islom dinining mavqei balandligini inobatga oladigan
bo‘lsak   diniy   boshqaruv   ham   katta   ahamiyat   kasb   etganini   anglab   etamiz.   Amir
Temur   davlat   boshkaruvida   islom   mafkurasi   davlat   va   xalq   tayanchi   vazifasini
bajargan. Shu tufayli  u boshqaruvda diniy boshqarish  usullarini  takomillashtirgan
edi.
Amir   Temur   davrida   musulmonlar   peshvosi   shayxulislom   deb   atalgan.
Alisher   Navoiy   «Shayxulislom   musulmonlar   peshvosidan   iboratdur   va   islom
91
 O‘rinboev. Keltirilgan asar... - B.453; Karomatov X. Keltirilgan asar.,. - B.506.
92
 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma... - B. 172
93
92 Abdurazzoq Samarqandiy... - B.455.
94 93
 Xusayn Bayqaro... - B. 21-22 bet
95
 Karomatov X. ... - B. 514 .
41 muqtadosig‘a   ishorat.   Mundoq   kishi   olimi   kerak   islompanoh   va   orifi   kerak.
Muharrabi   dargoh,   huradmandi   shariat   shior   va   fakrg‘a   hursand   va   tariqqat   osor,
yaxshi-yamong‘a shafqati fazli  va ulug‘-kichikka irshodi nafvi molokalom. Komil
bo‘lg‘ay sharx qonunig‘a rosix va barcha mubtadelar bidatig‘a nosix» deydi.
Shayxulislom   avvalo   ilmli,   islom   dinining   panohi,   orif   ya’ni   komil   inson,
har   tomonlama   mukammal,   shariatga   so‘zsiz   itoat   etadigan,   uni   qattiq   himoya
qiladigan, inson bo‘lmish miskinlarga, yaxshi-yomonga shafqatli bo‘lmog‘i, ulug‘-
kichikka   nafi   etadigan,     mutasavvuf,   bidatni   zaiflashtirmog‘i   va   islomni
kuchaytirmog‘i,  turli   g‘oyalarga  qarshi   kurashmog‘i   kerak.   Bu   mansab   oliy  diniy
martaba   hisoblanganligi   bois   bu   martabaga   katta   salohiyatli,   halol,   pok,   ilmli,
omma orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan, o‘z ortidan kishilarni ergashtira oladigan
kishilardan   qo‘yilgan.   Chunki   o‘rta   asr   musulmonlari   davlatchiligida   islom
g‘oyalari   asosiy   mafkura   hisoblangan.   O‘rta   asrlarda   shayxulislom   katta   siyosiy
nufuzga ega bo‘lgan va u ma’naviy hayotga, hatto mamlakat siyosiy hayotiga katta
ta’sir ko‘rsatgan 96   97
.
Saroydagi   eng   katta   diniy   lavozimlardan   biri   a’lam   deyilgan.   Bu   oliy
lavozimga   fiqh   va   shariat   qonunlarini   puxta   bilgan   olimlar   orasidan   tanlab
qo‘yilgan.   Ular   shariat   qonunlariga   oid   masalalarda   bosh   hukmdorga
maslahatchilik ham qilishgan 98
.
Mo‘min-musulmonlar   tomonidan   shariat   qonun-qoidalarining   bajarilishi,
bozorda   narx-navo   va   toshu   tarzularning   to‘g‘ri   yoki   egriligini   nazorat   qilib
turuvchi oliy mansabdor   muhtasib 99
  deb atalgan. Ular asosan ma’naviyat ishlariga
ma’sul bo‘lganlar.
Muhtasibga   bo‘ysunuvchi   mansabdorlar   ixtisob   ahli   (ixtisobchi)   lar   deb
atalib,   ularga   shariat   asosida   ijtimoiy   tartibni   saqlash   va   buzuqchilikning   oldini
olish   vazifasi   yuklatilgan.   Ular   ichkilik,   maishatbozlik,   tarozidan   urish   kabi   turli
96 95
Navoiy Alisher. Mahbul qulub. Asarlar XV tomlik. T.XSh . T.: 1966. - B.17.
97 96
 Amir Temur jahon tarixida... Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV 
Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B. 178. - B. 65.
98 97
 Ahmedov B...O’zbek davlatchilik tarixi - B. 14.
99
 Muhammadjonov A.R... Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV 
Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B. 178. - B. 121.
42 salbiy   illatlarga   qarshi   ish   ko‘rganlar   va   jamiyat   tartib-intizomini   saqlashda   katta
rol   o‘ynaganlar.   Ular   o‘zlariga   tegishli   xolatlardagi   huquqbuzarlarni   jazolash
huquqiga   ega   edilar.   Ular   o‘zlariga   tegishli   xududlardagi   manaviy   masalalarga
masul bo‘lganlar.
Vaqf yerlarni boshqarish kabi muhim ishlarni olib borgan mansabdor  
sadr
deb   atalgan.   Sadrlar   masjid,   madrasa,   xonaqo   kabi   diniy   maskanlar,   davlat
tomonidan,   xususiy   mulkdorlar   tomonidan   hadya   etilgan   diniy   idoralarga   tegishli
erlarning oliq-soliq, sarf-xarajat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ular  sadri a’zamga
bo‘ysunganlar.   Sadri   a’zam-sayyidlar   va   diniy   arboblarga   suyurg‘ol   tariqasida
berilgan   yerlar,   shuningdek   vaqflarni   taftish   qilib,   vaqti-vaqti   bilan   oliy
hukmdorning  arziga  yetkazib  turish  zimmasida   bo‘lgan  oliy mansabdor   bo‘lib  bu
mansabga   fikh   va   shariat   ilmini   yaxshi   bilgan,   halol,   taqvodor   olimlardan
qo‘yilgan.
Amir   Temur   davrida   musulmon   huquqini   sharhlash   va   tasnif   etish   ishlari
bilan   faqixlar   shug‘ullangan.   Ular   musulmon   huquqidagi   bazi   yechilmagan
muammolarni yechishga intilib avvvalo Quroni Karim, hadislar va o‘zlaridan avval
musulmon huquqiga oid asarlar  yozgan olimlarning asarlariga tayanib tadqiqotlar
olib borganlar.
Imom xatiblar  masjid ishlarini yuritish va xalqni namozga chaqirish, namoz
o‘qish   va   boshqa   ishlarga   boshchilik   qilganlar.   Ular   aholini   turli   davatlari   bilan
yaxshilikka   chaqirganlar.   Bu   davatlar   ayniqsa   juma   namozi   kuni   yaxshi
tashkillashtirilgan.
Amir   Temur   davrida   voizlar   o‘z   nutqlarining   ravonligi   va   tasirchanligi
bilan ommaning ongiga katta tasir ko‘rsatgan.
Madrasalarda   diniy   va   dunyoviy   ilmlardan   dars   beruvchi   muallimlar
mudarrislar  deyilgan. Bular aholining savodxonligi, manaviy dunyosini oshirishda
katta rol o‘ynaganlar. Mudarrislarning obro‘si xalq orasida baland bo‘lgan.
Bu   davrda   shayxlar   va   ularning   avlodlari   ham   eng   obro‘li   kishilardan
hisoblangan.
43 Biz yuqorida Sohibqiron Amir Temur davridagi mavjud bo‘lgan mansab va
unvonlarni   imkon   darajasida   ko‘rib   chiqdik,   ammo   bu   mukammal   ma’lumotlar
emas   albatta.  Biz  bu  ishimizda   mansab   va  unvonlar  tizimini  to‘la   ochib  berishini
maqsad   qilib   qo‘ymaganmiz,   bizning   bu   masaladagi   tadqiqotimizdan   maksad
mansab   va   unvonlar   tizimining   davlatchilikdagi   o‘nini   va   bu   tizimning   davlat
ravnaqiga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘rsatib o‘tishdir. Agar Amir Temur davri markaziy
va mahalliy davlat organlari tizimi asoslarini boshqarishning gorizontal tartibi deb
qabul   qilsak,   mansab   va   unvonlar   va   boshqaruv   qoidalari   uning   vertikal   tartibini
tashkil   etgan   va   ulardagi   mazmun   va   shakl   o‘rtasidagi   muvofiqlik   va   proporsiya
yaxshi   saqlab   turilgan.   Yuqorida   keltirilgan   mansab   va   unvonlar   bu   davrda
mukammal   ma’muriy   tizim   yaratilganini,   bu   tizim   davlat   ravnaqi   va   fuqarolarni
himoya qilishga va ularning farovonligini ta’minlashga xizmat qilganini ko‘rsatadi.
Bu   davrda   har   bir   mansabdor   o‘z   mansabining   yukori   va   quyi   pog‘onadaligidan
qat’iy   nazar   u   dastur,   qonun   va   qoida   orqali   faoliyat   yuritgan,   qonunning
ustuvorligi   tamoyiliga   amal   qilgan,   ularning   burch   va   vakolatlari   aniq   belgilab
qo‘yilgan edi, deb xulosa qilamiz deb baholaydi.
II  BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA
SUD -HUQUQ TIZIMI.
2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi.
44 Amir   Temur   davrining   harbiy   tizimi   olimlar   tomonidan   tadqiq   etilgan
bo‘lsa   ham   bu   davrdagi   mudofaani   tashkillashtirish   ishlari   fanda   hali   maxsus
o‘rganilmagan.
Amir Temur davrida davlat mudofaasini mustahkam tashkillashtirish davlat
siyosatining   ustivor   vazifalaridan   biri   bo‘lgan.   Biz   avvalgi   mulohazalarimizda
Amir Temur davri harbiy feodalizm, bosqinlar davri bo‘lganligini alohida takidlab
o‘tgan edik. Shu bois har lahzada tashqi xurujlar, urushlarning kelib chiqishi tabiiy
hol bo‘lib, qo‘shni  davlatlar  bir-birining erlarini  bosib olish rejalarini tuzayotgan,
raqobatchi   davlatlarning   yutuq   va   kamchiliklarini   sinchiklab   o‘rganayotgan,
josuslik kuchaygan davr edi.
Amir   Temur   tinchlikni,   yagona   davlatning   yaxlitligini   saqlashning   o‘zi
murakkab   masala   bo‘lgan   o‘rta   asrlardagi   murakkab   sharoitda   mamlakat
mudofaasini tashkillashtirdi. Bu esa undan katta kuch va matonatni talab etar edi.
Tabiiyki, har lahzada urushlar xavfi mavjud bo‘lgan o‘rta asrlarda davlat tinchligi
va   osoyishtaligiga   raxna   soluvchi   xavflar   ko‘p   edi.   Sohibqiron   mamlakat   uchun
ikki   yirik   xavf   doimo   mavjud   bo‘lishini   yaxshi   tushungan   va   davlatni   tinch-
osoyishta   saqlash   uchun   ana   shu   ikki   xavf-ichki   va  tashqi   xavfni   bartaraf   etishga
intilgan.
Amir   Temur   amirlari   va   vazirlarning   davlatga   qarshi   fitnasini   ham   katta
xavf   hisoblagan.   Uning   amirlaridan   birortasi   davlatga   qarshi   fitna   uyushtirsa,   u
mansabdan tushirilgan.
Amir Temur shunday ta’kidlaganki, «agar vazirlar davlatga hiyonat qilgan
taqdirda ular shoshma-shosharlik bilan o‘ldirilmasin».
Fikrimizga   dalil   sifatida   «Tuzuklar»   dan   bir   misol   keltirmoqchimiz.
«Yaqinlarimdan ba’zilari yolg‘iz qolganimizda va odamlar oldida ulug‘ va e’tiborli
amirlarimdan   sanalgan   Amir   Abbosga   hasad   va   dushmanlik   qilib,   u   haqda
bo‘lmag‘ur   gaplarni   aytdilar.   Yolg‘on   so‘zlari   shamoli   bilan   g‘azabim   o‘tini
alangalatdilar. Natijada gaplarini tekshirib ko‘rmasdan g‘azab ustida Amir Abbosni
o‘limga   mahkum   etdim.   Oxir   oqibatda   esa   ularning   amir   Abbos   haqiga   hiyonat
45 etganliklarini angladim va qilgan ishimdan o‘kinib pushaymon bo‘ldim».
Amir   Temur   davlat   boshqaruvini   nozik   siyosat   maydoni   deb   tushungan.
Agarda   hukumdor   bo‘sh,   sodda   va   laqma   bo‘lsa   ichki   xavf-xatarlarning   o‘ziyoq
davlatni parokanda etishi mumkin.
U   mamlakatda   qonunlarning   buzilishi,   ularga   amal   qilmaslik   ham   oxir
oqibatda davlatni adolatsizlik va parokandalikka olib keladi deb hisoblagan.
Amir   Temur   mamlakatga   tahdid   soluvchi   tashqi   xavfning   oldini   olishga
ham intilgan va qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan siyosiy voqealarni sinchiklab
kuzatgan.   Bu   haqda   u   “Temur   tuzuklari”da   «Har   yerda   viloyat-u   shaharda   va
o‘rduda   kundalik   voqealarni   yozuvchilarni   tayin   qilsinlarki,   hokimlar,   raiyat,
sipoh,   o‘zining   va   yot   lashkarlarning   hatti-   harakati   haqida   meni   habardor   qilsin.
Atrofdan kirgan-chiqqan yot mol- mulk, chetdan kirgan yoki chetdan chiqqan yot
kishilar,   har   mamlakatdan   kelgan   karvonlar   va   hukmdorlik   haqidagi   xabarlar,
qo‘shni   podshohlar,   ularning   gap-so‘zlari,   ishlari   va   uzoq   o‘lkalardan   kelib,
mening   dargohimga   kelgan   ulamolar,   fuzalo   haqidagi   so‘zlarni   to‘g‘rilik   bilan
menga yozib tursinlar... Amr qildimki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini,
qo‘shni   hukmdorlarning   maqsadlari   va   niyatlarini   bilib,   huzurimga   kelib,   xabar
qilsinlar, toki biron voqea, kor-hol yuz bermasidan burun chora va ilojini qilaylik»
deya alohida takidlagan.
Sohibqiron   Amir   Temurning   xavfsizlik   qoidalariga   qat’iy   amal   qilishi
tabiiy   hol   edi.   Chunki   o‘sha   davrda   unga   muholifatda   bo‘lgan   kuchlar   ko‘p   edi.
Ikkinchidan   esa   o‘rta   asrlar   davlatlar   va   xalqlar   uchun   tahlikali,   har   lahza   tashqi
hujum   extimoli   mavjud   bo‘lgan   davr   edi.   Albatta   bunday   sharoitda   davlatning
kuchli mudofaasini tashkillashtirish eng dolzarb masalalardan biri edi.
Amir   Temur   avvalo   saroy   va   devonni   qo‘riqlash   masalasini   muhim   deb
hisoblagan.
Uning   saroyi   va   devonni   qo‘riqlashga,   «o‘n   ikki   ming   qilich   osgan   askar
urushu tinchlik vaqtida butun yaroq aslahalari bilan ko‘shkda, devonxonaning o‘ng
va   so‘l   tarafidan,   orqasidan   va   oldidan   qurshab   turgan.   Shu   tartibda   har   kecha
46 ulardan   ming   kishi   soqchilik   qilish   uchun   hozir   bo‘lgan.   Har   yuz   qilichlik   ustiga
bir yuzboshi qo‘yilgan 100
. O‘n ikki ming askar urush va tinchlik paytida ham saroy,
devonxonani   muttasil   qo‘riqlagan.   Har   kechada   ming   kishi   saroy   va
devonxonaning oldi va orti, o‘ng va so‘lini qo‘riqlaganlar. Har bir askarning aniq
belgilangan   posti   bo‘lgan   va   ular   har   kecha   navbati   bilan   qo‘riqchilik   qilishgan.
Har   yuz   qilichlik   ustiga   bir   yuzboshi   tayinlangan   va   har   bir   yuzlik   o‘z   rahbariga
so‘zsiz bo‘ysungan. Bunday qo‘rikchilar nafaqat saroy va devonxonani balki, ular
chegaralar, shahar va qishloqlar, muhim yo‘lllarga qo‘yilgan. Bizning nazarimizda
bu o‘n ikki ming qo‘riqchilar bo‘linmasiga o‘nboshi, yuzboshi va mingboshi ham
tayinlangan bo‘lishi mumkin.
«Temur   tuzuklari»   dagi   ma’lumotlarga   ko‘ra,   hatto   bu   o‘n   ikki   ming
qo‘riqchilar   bir-birlari   bilan   maxfiy   tilda   so‘zlashishgan.   Bu   esa   xavfsizlik
koidalariga   qat’iy   amal   qilinganligiga   va   biz   yuqorida   ta’kidlab   o‘tgan
«Xavfsizliknning   mukammal   tizimi   ishlab   chiqilgan»   degan   fikrimizga   yana   bir
dalildir.
Amir   Temur   saltanatida   nafaqat   tinchlik   paytida   balki   urush   paytida   ham
xavfsizlik koidalariga qat’iy amal qilingan.
Demak,   Amir   Temur   xavfsizlik   xizmati   ixtisoslashgan   va   bu   soha
xizmatchilaridan   katta   san’at,   matonat   talab   etilgan.   Sohibqiron   lashkarlari   va
o‘rduga alohida-alohida kutvol tayinlanganki, o‘rduni  qo‘riqlash, soqchilik ishlari
shular   zimmasiga   yuklangan.   Bundan   tashqari   kutvollar   harbiy   yurishlar   vaqtida
o‘rdu   atrofida   savdo-sotik   ishlari   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan   kishilardan   soliq   olish
ishlari   bilan   ham   shug‘ullangan.   Agar   o‘rdu   ahlidan   birontasining   narsasi
o‘g‘irlansa,   ular   javobgarlikka   tortilgan.   Demak,   ularning   ma’suliyati   katta
bo‘lgan.   Zukko   siyosatchi   va   tadbirkor   Amir   Temur   qo‘shin   va   o‘rduning
himoyasini   yana-da   kuchaytirish   maqsadida   qo‘shin   orqasidan   to‘rt   favj
chopqunchilar tayyorlashni buyurgan. Bular to‘rt farsang masofada lashkar yonida
yurib,   ularni   qo‘riqlab   borgan.   Bordiyu   chopqunchi   lashkardan   biron   kishi
100
 
Temur tuzuklari... - B. 106.
.
47 o‘ldirilganini yoki yaralanganini ko‘rsa, uning ishini o‘z zimmasiga olgan.
Ularning ma’suliyati shunday kuchli ediki, agarda biron kimsaning narsasi
o‘g‘irlansa ham ular javobgar bo‘lgan. Xavfsizlik xizmati uchun belgilangan to‘rt
favj   chopqunchi   lashkarning   uchdan   bir   qismi   chegaralarni   qo‘riqlash   ishiga
tayinlangan.   Qo‘shinning   uchdan   ikki   qismi   esa   doimo   saltanat   ishiga   shay
turgan 101
.
Demak,   Sohibqiron   saltanatida   maxsus   tayyorgarlikdan   o‘tgan   minglab
kishilar   davlat   bosh   ma’muriy   binosini,   o‘rduni,   chegaralarni,   saltanatni
qo‘riqlaganlar.   Shuningdek,   mamlakat   uchun   katta   xavf   tug‘ilganda   armiyani
safarbar   etish   qoidalari   ham   ishlab   chiqilgan.   Notinch   va   urushlarga   boy   bo‘lgan
o‘rta asrlarda mamlakat mudofaasini yo‘lga qo‘yish ham mushkul muammo bo‘lib,
Amir Temur bu masalaning munosib echimini topish orqali o‘z davlatidagi tinchlik
va barqarorlikni saqlagan.
Amir   Temur   davlatining   mudofaa   ishlari   iqtisodiy,   siyosiy,   diplomatik   va
harbiy   vositalar   bilan   amalga   oshirilgan.   Amir   Temur   o‘z   davrida   mustahkam
harbiy   doktrinaga   ega   bo‘lgan.   Bunday   doktrinaning   mavjudligi   unga   Osiyo
mintaqasidagi   tartibsizliklar   va   agressiyalarning   oldini   olish   imkonini   bergan.
Bundan   maqsad   mamlakat   mudofaasini   mustahkamlash,   qurolli   kuchlarni   doimiy
takomillashtirib   borish,   davlat   chegaralarini   mudofaa   etish,   qurolli   kuchlarning
harbiy ilmi va malakasini oshirish, fuqarolarning mudofaasini amalga oshirish edi.
Bu   vazifa   davlat   boshqaruv   vazifalari   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan.
Masalalarning bunday echimi, davlatchilik asoslarning mukammallashuviga ijobiy
tasir ko‘rsatgan.
Temuriylar   davrida,   ayniqsa   Shohrux   Mirzo,   Mirzo   Ulug‘bek,   amirzoda
Umar,   Husayn   Boyqaro   Mirzo   davrida   ham   davlat   himoyasi   yaxshi   yo‘lga
qo‘yilgan,   biroq   temuriylar   o‘rtasidagi   toju   taxt   uchun   kurashlar   bu   himoyaning,
demakki   davlat   va   saltanatning   zaiflashuviga   olib   kelgan.   Amir   Temur   davrida
shitob   bilan   ishlagan   davlat   mexanizmi   temuriylar   davrida   izdan   chiqarilgan   va
101
102
 B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati».91-b
48 shayboniylar ta’siriga dosh bera olmagan.
Sohibqiron   Amir   Temur   turli   hujum   va   tartibsizliklarga   qarshi
kurashishdan   ko‘ra,   uning   oldini   olishni   muhim   bilgan.   Amir   Temur   davlatdagi
tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun barcha masul bo‘lmog‘i shart deb bilgan va
ushbu masalani davlat siyosatidagi ustuvor masala hisoblagan. 
Sohibqiron Amir Temurning harbiy tizimida muhim o‘rin tutuvchi qo‘shin
tuzilishini o‘rganish bizningcha muhim ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron   Amir   Temur   qo‘shiniga   asli   toza,   aql-farosatli,   bahodir,
dovyurak,   tadbirkor,   sergak,   ehtiyotkor,   oldi   va   ketini   o‘ylab   ish   tutadigan,   jang
sir-asrorini   biladigan   uch   yuz   o‘n   uch   amirlar   rahbarlik   qilib,   ularning   kichigi
kattarog‘iga   bo‘ysungan 102
.   Uch   yuz   o‘n   uch   amirdan   yuztasi   o‘nboshi,   yuztasi
yuzboshi,   yuztasi   mingboshi   bo‘lgan.   Jang   paytida   amir   ul-   umaro   amirlarga,
amirlar-mingboshilarga,   mingboshilar   yuzboshilarga,   yuzboshilar   o‘nboshilarga
boshliq bo‘lgan va buyruqlar so‘zsiz bajarilgan.
Ularning har  biriga o‘rinbosarlar tayinlangan. Agar ulardan birortasi  vafot
etsa,   jangda   rahbarning   yo‘qligi   ko‘shinda   parokandalik   keltirib   chiqarmasligi
uchun   bu   nomzodlar   amir   o‘rnini   egallagan   va   «amirlikka   nomzod»   deb   atalgan.
Amirlik   darajasiga   ega   bo‘lish   sharafli   va   ayni   paytda   mushkul   ish   edi.   Ular
jangning sir-asrorini, g‘animni  sindirish  yo‘lini  bilsa  va qo‘shinni  jangga boshlab
olsa, agarda qo‘shinda sarosima paydo bo‘lgudek hollarda ham  vaziyatdan tez va
tadbirkorlik bilan chiqib keta olsa va jangda shaxsan uning o‘zi tinimsiz jasoratlar
ko‘rsatgan bo‘lsa u amirlikka loyiq hisoblangan.
Qo‘shinda qirq aymoqdan o‘n ikkitasiga maxsus tamg‘a berilgan va bu o‘n
ikki urug‘dan xos navkarlikka olingan. Ular barlos, tarxon, arg‘in, jaloyir, tulkichi,
duldoy,   mo‘g‘ul,   suldus,   tug‘oy,   qipchoq,   orlot,   tatar   urug‘lari   ediL   Tamg‘aga
etmagan yigirma sakkiz aymoq boshliqlariga kichikroq darajadagi ulus amirliklari
berilgan. Har bir aymoq o‘zining maqomi va huquqlariga ega bo‘lgan. Rossiyaning
yirik   davlat   va   imperiyaga   aylanishiga   katta   hissa   qo‘shgan   Pyotr   I   (1672-
102
 Temur tuzuklari... - B. 98-99.
49 1725)ning   harbiy   o‘n   ikki   pog‘onali-   mansabga   ko‘tarish   usuli   Amir   Temurning
amirlarni o‘n ikki darajali mansabga ko‘tarilish uslubini eslatadi va Pyotr 1 bunda
Sohibqiron   Amir   Temur   uslubidan   foydalangan   bo‘lsa   ehtimol.   Demak   bu   usul
keyingi harbiy tizimlarga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Amir   Temur   harbiy   tizimida   janglarda   birinchi   marta   katta   bahOdirlik
ko‘rsatgan   oddiy   askarga   o‘nboshilik   darajasi   berilgan.   Agar   shu   askar   jangning
muvaffaqiyatli   tugashiga   ikkinchi   marta   katta   hissa   qo‘shsa,   qo‘shinni   birinchi
marta   etti   qismga   bo‘lganligi   bilan   uning   tizimidan   farqlanib   turishini   ta’kidlab
o‘tgan.
Tadqiqotlardan shunday  xulosa qilish  mumkinki, Amir  Temur  davlatining
harbiy   tizimi   avvalo   mamlakat   xavfsizligi,   adolat   barqarorlikni   kuchaytirish,
tartibsizliklar   va   boshboshdoqliklarni   oldini   olish   maqsadlarini   amalga   oshirishga
qaratilgan   edi.   U   yurishlarda   tinchlik,   adolat,   sof   islomiy   g‘oyalarni   singdirishga
intilgan.   O‘z   navbatida   bu   yurishlar   davlatlararo   integratsion   jarayonlarini
tezlashtirishga   xizmat   qilgan.   Shuningdek,   Amir   Temur   qo‘shinining   taminotini
muvofiqlashtirish   bilan   birga,   harbiy   tizimni   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsad   va
vazifalariga   erishishning   vositasi   deb   hisoblagan.   Sohibqiron   mulk,   hazina   va
lashkarni davlat tayanchi deb tushungan va ularning mutanosibligini asrash davlat
taraqqiyotining bosh omili deb hisoblagan.
Amir   Temur   davlati   harbiy   tizimining   mukammal   darajada
tashkillashtirilishi   davlatning   ichki   va   tashqi   vazifasini   og‘ishmay   amalga
oshirishida muhim ahamiyat kasb etgan va davlat taraqqiyotiga katta imkoniyatlar
yaratilgan va bu soha mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning taminlanishiga katta
tasir ko‘rsatgan.
Sohibqironning   harbiy   sohadagi   betakror   merosi   va   an’analari   Temuriylar
davrida ham  davom etdi, biroq Temuriylar ko‘proq mudofaa xarakteridagi harbiy
faoliyat   yuritdilar.   Shohruh   Mirzo,   Mirzo   Ulug‘bek,   Xusayn   Bayqarolar   imkon
boricha   harbiy   sohani   takomillashtirishga   intildilar,   biroq   ular   ichidan   Amir
Temurday sarkarda ikkinchi marta etishib chiqmadi va teranroq qaralsa, XV asrdan
50 keyin   boshqa   biror   yirik   sarkarda   jahon   sahnasida   Amir   Temurchalik   harbiy
faoliyat yurita olmadi.
Amir   Temurday   sarkarda   insoniyat   tarixida   kamdan   kam   uchraydigan
noyob hodisadir.
2.2  Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi.
Amir Temur davrida huquqni muxofaza etish ishlari bilan nafaqat  maxsus
organlar balki, har bir xududning mamurlari ham shug‘ullangan, Ularning barchasi
davlat   va   fuqarolarning   tinchlik   va   xotirjamligini   taminlashga   masul   bo‘lgan   va
asosan   mamuriy   tartibdagi   kichik   huquqbuzarliklarni   jazolash   ishlari   bilan
shug‘ullangan.   Agarda   davlatga,   shaxsga,   hayotga   va   sog‘liqqa   qarshi   jiddiy
jinoyatlar   sodir   etilsa,   ular   tegishli   qoziliklarda   ko‘rilgan   va   munosib   jazolar
tayinlangan.
Amir Temur davlatining majburlov funksiyasini tashkil etishdan davlatning
asosiy   maqsadi   ommani   qonunlarga   hurmat   ruhida   tarbiyalash   va   jinoyatlarni
oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo berish, fakat jinoyat
sodir   etilgani   aniqlangandagina   jazo   tayinlash,   davlat   va   jamiyatning   tinchlik
xotirjamligini   saqlash   edi.   Bu   davrda   huquqbuzarlik   va   jinoyatlarni   ochishda
haqiqatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur «Temur tuzuklari»da
bu   haqda   alohida   to‘xtalib   shunday   degan:«Buyurdimki,   har   erning   g‘arazgo‘y,
tuhmatchi   va   nafsi   buzuq   kishilarning   tuhmat   so‘zlari   bilan   katta   va   kichik
shaharlar   aholisidan   hech   kimni   jazolamasinlar.   Faqat   birovning   gunohi   to‘rt
kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolansin». Demak
jinoyatga   jazo   berishda   tuhmat,   g‘iybatlarga   ishonib   qolmaslik   uchun   u   obdon
o‘rganilgan   va   to‘g‘ri   so‘z,   halol   to‘rt   kishining   guvohligiga   tayanilgan
«Tuzuklar»da   ma’muriy   tizim   borasida   ham   juda   ko‘p   qoidalar   uchraydi.
Jumladan, Sohibqiron hokimlar har kimning tuhmat gaplariga kirib, aholiga jarima
solishlarini ta’qiqlaydy.
Amir   Temur   davlatning   majburlov   kuchini   saqlab   turishda   sudlar   katta
ahamiyat kasb etgan.
51 Sohibqiron   saltanatida   sudlar   ixtisoslashgan   bo‘lib   ularning   uch   xil   turi
mavjud edi. Birinchisi-lashkar kozisi. Bu qozilik harbiy masalalarga  oid jinoyat va
nizoli masalalarni  ko‘rgan. Ikkinchisi-shariat  qozisi  bo‘lib, u shariat  bilan bog‘liq
jinoyat va nizolarni ko‘rib chiqqan.
Uchinchi   qozilik   dunyoviy-fukarolik   va   davlatga   tegishli   bo‘lgan
masalalarni   masalan,   o‘g‘irlik,   moliyaviy   va   mamuriy   sohalarga   oid   ishlarni
ko‘rgan.
Bu   qoziliklarni   har   birining   aniq   va   alohida   vazifalari   izchil   belgilab
berilgan.   Sudlarning   faoliyati   haqidagi   barcha   malumotlar   to‘g‘risida   devonga
shaxsan   Sohibqironga   uzluksiz   hisobot   berib   turilgan.   Amir   Temur   davri   sud   -
huquq tizimi qatiy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan.
Adolat   va   qonun   ustivorligi   tamoyili   nafaqat   mamlakatda,   balkim   xalqaro
munosabatlarda ham bosh mezon bo‘lganligi haqida manbalar shohidlik beradi. Bu
haqda Sharafuddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltirgan: «Sohibqirondin avval
holdakim,   olamdagi   viloyatlarning   har   birida   bir   podshoh   bor   erdi   va   alarning
muholifat va munozi’atlari jihatidin musulmonlar ichida ko‘b tashvish bor erdi. Va
hech erda amin va amonliq qolmaydur erdi. Va yo‘llar o‘g‘ri va qaroqchi jihatidin
bog‘lanib erdi. Va hech musulmon hech sori borolmas erdi.
Viloyatlarni  zolimlarning eliklaridir  qutqarib, adlu ehson bila orosta qildi.
Va aning adlidin andoq bo‘ldikim, agar birov bir tabaq oltun yo kumush boshiga
qo‘yub yalg‘uz sahroda Boxtardin Xovarg‘acha borg‘ay, hech kishi anga tik boqa
olmas   erdi.   Ammo   ul   holda   ko‘b   erlarni   talab   asiru-   toroj   qildi   zarurat
jihatidankim, agar andok qilmasa erdi, olam nizom topmas erdi» 103
.
Sharafuddin   Ali   Yazdiy   Sohibqiron   davlatida   biror   kimsaga   zo‘ravonlik
qilinmagani, hatto yolg‘iz ketgan yosh bolalarning moliga ham birov ko‘z olaytira
olmaydigan darajada adolat va konun ustivorligiga erishganligini alohida ta’kidlab,
uning   nabxu   g‘oratlarining   bosh   sababi   jinoyatga   jazo   bermoklik   bo‘lganligini
aytib o‘tgan.
103
 SHarafuddin Ali Yazdiy . Zafarnoma. -T.: SHarq, 1997. -384 b
52 Uningcha,   agar   Sohibqiron   qattiqqo‘l   siyosat   yuritmasa   va   beboshlarni
jazolamasa   olamda   tartib   o‘rnatib   bo‘lmaydi.   Demak   zo‘ravonlikka   qarshi
davlatning   kuch   ishlatilmog‘i   shartdir.   Ana   shundagina   adolat   va   qonun
ustivorligiga erishish mumkin.
Shu   o‘rinda   Iazdiyning   yana   bir   ma’lumotiga   murojaat   etmoqchimiz:
«Muhammad   Muzaffarning   avlodi   muddati   erdikim,   bu   viloyatlarda   podshohlik
qilur   erdilar   va   har   biri   bir   shaharda   hokim   erdilar.   Va   xutba   va   sikkani   o‘z
otlarig‘a o‘quv erdilar. Va har biriga da’vo ul erdikim, «Viloyatlar barcha menga
taaluq   bo‘lg‘ay».   Va   bovujud   ulkim,   bir-biriga   qarindosh   erdilar,   doim   bir-biriga
qasd etib, dushman  erdilar. Va agar birikim, birovning elikiga tushsa  erdi, ani  yo
o‘ldurub, yo ko‘r qilur erdilar; ato o‘g‘ul va o‘g‘ul ato bilan o‘shal tariq edilar va
alarning jihatidin ra’oyat zahmatda erdi.
Bu   mahaldakim,   viloyat   Sohibqiron   tasarrufida   bo‘ldi,   barcha
viloyatlarning   sodot   va   qazot   va   arboblari   kelib,   bu   voqe’alarni   arz   qildi   va
dedilarkim   «Umidimiz   sizdan   ultururkim,   bu   viloyatlarda   yana   Oli   Muzaffarni
qo‘ymag‘aysiz.   Va   agar   yana   bularg‘a   bu   viloyatlarda   daxl   bersangiz,   viloyat
buzulur   va   faqiru   miskin   harob   bo‘lur».   Bu   jihatdin   Sohibqiron   dinparvardin
dushanba   kuni,   jumada   al-oxir   oyining   yigirma   uchida   (6.03.1393)   hukm
bo‘ldikim, «Oli Muzaffarni tutub berkitsunlar!» 1
.
Sohibqiron   Amir   Temur   «tuzuklar»   da   “saltanatim   martabasini   qonun-
koidalar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech kimsaning
qurbi   etmasdi» 104   105
  deb   o‘z   saltanatida   o‘rnatilgan   adolat   va   qonun   ustivorligi
haqida   alohida   ta’kidlagan.   Amir   Temur   qonun   ustivorligi   va   adolatni   tarozining
ikki   pallasiday   muvozanatda   tutishga   intildi.   U   o‘z   amirlari,   amaldorlaridan
buyruqlar bajarilishida xalqni kamsitmaslikni talab qildi.
Amir Temur davlatida o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, sharob ichish, zino va boshqa
jinoyatlar  uchun  eng og‘ir  jazolar  tayinlangan. Akademik olim  I. Mo‘minov ham
bu   haqda   shunday   takidlab   o‘tgan:   “Sohibqiron   yozishmalaridan   anglanishicha,
104
Sharafuddin Ali Yazdiy.Zafarnoma.. - B. 154.
105
Mo‘minov I.M. Asarlar. Uch jildlik, 1-jild. - B.434-435
53 saltanatda   vaqti-vaqti   bilan   so‘roq   va   taftishlar   to‘tkazib   turilgan.   O‘z   amalini
suiistemol   qilish,   poraxo‘rlik,   ichkilikbozlik,   maishiy   buzuqlik   og‘ir   gunoh
hisoblanib bunga yo‘l ko‘ygan kishilar qattiq jazolangan”
«Tuzuklar»dan   anglashiladiki,   shariatga   bog‘liq   bo‘lmagan   jinoyatlarga
«Yasa» qonunlari bo‘yicha jazo berilgan 106
.
Unga muvofiq va o‘rta asr an’analariga xos ravishda barmoq, qo‘l, burun,
quloq   kesish,   ko‘zga   mil   tortib   ko‘r   qilish,   darra   va   qamchi   bilan   urish,   sazoyi
qilish kabi jazo turlari qo‘llanilgan.
Xilda Xukxem “Esoq” qonunlariga binoan sodir etilgan jinoyatlarga qattiq
jazolar   qo‘llangani,   ayniqsa   ot   o‘g‘irlagan   kimsa   jazodan   qutulish   uchun   si   yana
to‘qqizta   ot   berishi   shart   bo‘lgani,   aks   holda   u   qatl   etilgani   haqida   malumotlarni
keltirgan.
Jinoyatlarning   sodir   etilganligi   va   adolatli   jazolar   qo‘llanilayotganligi
xaqida xabargirlar saltanatning eng chekka erlaridan ham muttasil yozma ravishda
xabar   berib   turishlari   shart   edi.   Agar   xabargiri   biror   sipohiy   yoki   amaldorning
xizmatini   yashirsa,   yohud   yolg‘on   xabar   yozsa,   qilmishi   isbotlangach,   uning
qo‘llari   kesilgan.   Voqealarni   ataylab   yozmasalar   xabargirlarning   barmoqlari
kesilgan.   Agarda   xabarchilar   yolg‘on   xabarni   tuhmat   yoki   g‘araz   bilan   yozgan
bo‘lsa,   u   qatl   etilgan.   Xabarlar,   kunma-kun,   hafta-xafta,   oyma-oy   Amir   Temurga
yetkazilib turilgan .
Amir   Temur   karvon   yo‘llaridagi   xavfsizlikni   taminlash   maqsadida   turli
qonunlarni   joriy   etdi.   Karvon   yo‘llarida   agar   kimgadir   hujum   qilinib,   uning   moli
tortib   olinsa,   o‘sha   erning   hokimi   mol   egasiga   yo‘qotilgan   molning   ikki   barobar
miqdorida   jarima   to‘lagan,   shu   xolatni   nazorat   qila   olmaganligi   tufayli   Amir
Temur xazinasiga  esa besh barobar miqdorda jarima to‘lagan 1
. Ko‘zni  ko‘r qilish
jazosi  «ko‘zga mil  tortish» deb atalgan va bu jazo juvoldizga o‘xshash metalldan
ishlangan   asbob   (mil)   orqali   amalga   oshirilgan.   U   qattiq   qizdirilgan   va   ko‘zga
106
Temur tuzuklari... - B. 94
54 surtilgan 107   108
.
Og‘ir jinoyat sodir etgan kishilar dorga osilgan yoki boshi kesilgan. Jazoni
ijro   etish   uchun   mas’ul   kishilar   ixtisob   ahli   deb   yuritilgan,   ularga   muhtasib
boshchilik qilgan.
Muhtasib   beradigan   jazo   quyidagicha   bo‘lgan:   muhtasibning   pahlavon   bir
navkari   mujrim   (aybdor)ni   opichgan,   ikkinchisi   uning   etagini   ko‘tarib   ishtonini
tushirgan, uchinchisi dunbasiga rais aytgan miqdorda darra urgan. Shundan keyin
mujrim   o‘zini   yig‘ishtirib   olib   muhtasibga   ta’zim   bilan   tavba   qilib,   ko‘zini   ochib
qo‘yganligi   uchun   unga   minnatdorchilik   bildirgan.   Tavba   va   minnatdorchilik
muhim shartlardan bo‘lib, ado qilinmagan taqdirda jazoni davom ettirish ehtimoli
bo‘lgan 109
.
Sohibqiron   Amir   Temur   davlatida   mard,   jasur,   ishbilarmon   va   tadbirkor
kishilar   yuqori   darajada   hurmat   e’tiborda   bo‘lgan,   jazo   borasida   ham   ularga
engilliklar   yaratilgan.   Sohibqiron   aytadiki,   «Botir   kimsaning   gunohi
isbotlangandan keyin undan jarima olsalar so‘ng yana darra bilan urmasinlar» 110
.
«Tuzuklar» da biror kishining aybi isbotlanganda unga nisbatan faqat bitta
jazo chorasini qo‘llash, ya’ni agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan
urilsa   jarima   solmaslik,   ya’ni   «bir   jinoyatga   faqat   bir   jazo»   prinsipini
mustahkamlab qo‘yilgan 111
.
Mansabdorlar   tomonidan   sodir   etilgan   mamuriy   huquqbuzarliklar   va
jinoyatlarga jazo tayinlash alohida nazorat qilingan. Mansabdorlar tomonidan sodir
etilgan   qilmish   turiga-   extiyotsizlik   tufaylimi   yoki   qasddan   sodir   etilganligiga
ahamiyat berilgan va shunga yarasha jazo tayinlangan.
Agarda  qishloq  oqsoqoli  va   shahar  ulug‘lari  kichikroq  darajadagi   odamga
zulm qilsalar, o‘sha zulmga yarasha, har kimning sharoitiga ko‘ra jarima solingan,
ya’ni fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzi e’tibordan chetda qolmagan.
107
Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 165.
108
Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 457 .
109
 Baykaro Xusayn. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: Alibek Rustam, Karimbek Hasan . T.: Sharq, 1991.
110
 Temur tuzuklari... - B. 94.
111
 Temur tuzuklari... - B. 94
55 Agar   dorug‘a   va   shahar   hokimi   xalqqa   jabr   zulm   etsa,   ularni   xonavayron
etsa,   bu   qilmishiga   yarasha   ayovsiz   jazolangan.   Bu   jazo   oddiy   jarimadan   tortib
o‘lim jazosigacha borib etgan..
Davlat   amaldorlarining   qo‘poruvchiligi,   poraxo‘rligi   va   boshqa   jinoyatlari
ham   eng   xavfli   jinoyatlardan   hisoblangan.   Bular   bugungi   kundagi   korrupsiya   va
qo‘poruvchilik jinoyat turIga to‘g‘ri keladi.
Amir   Temur   bunday   jinoyatlarni   davlatga   qarshi   qaratilgan   jinoyatlar   deb
hisoblagan   va   ularga   qattiq   jazolar   tayinlangan.   Davlatning   majburlov   funksiyasi
ularni   tag-tomiri   bilan   yo‘qotish,   moliyaviy   va   davlatdagi   barqarorlikni
muvofiqlashtirishga qaratilgan edi.
Demak   Amir   Temur   davlatida   bunday   jinoyatlar   og‘ir   jinoyatlar
hisoblangan va ularga qarshi qatiy jazolar belgilangan.
Amir   Temur   va   temuriylar   davridagi   majburlov   apparatining   tarbiyaviy
kuchi   shundaki,   jazolar   xalqdan   yashirincha   emas   ochiqchasiga   bozor   va   ochiq
xalq gavjum bo‘lgan maydonlarda ijro etilgan. ' •
Sharafuddin   Ali   Yazdiyda   ham   ko‘plab   keltirilgan.   U   shunday   yozgan:
«Sohibqironni komkor shahzoda Shohruh Mirzoni Samarqandda yibardikim, anda
borib zabing‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay va dod adli bila mashg‘ul bo‘lib, ra’oyo, fuqaro
va masokin ahvollaridin g‘ofil  bo‘lmag‘ay deb  shahzodag‘a ko‘p pand so‘zlar  va
nasihatlar qildi. Va avval nasihat so‘zi bu erdikim, «Anda borsang, o‘zingdin g‘ofil
bo‘lmag‘il va ra’iyat ahvolidin habardor bo‘lg‘il. Ikkinchi ulkim, toat va ibodatda
komillik   qilg‘aysen.   Har   viloyatdakim,   devon   va   zobit   va   darug‘a   qo‘ysang,
mo‘min   va   musulmon   kishini   qo‘yg‘il   va   andoq   kishini   qo‘ymag‘ilkim,
musulmonlarga zulm qilg‘ay» 112
.
U   xiroj   yig‘uvchi   amaldorlarga   nisbatan   shunday   fikrda   edi:   Xirojni
raiyatdan kaltaklash va savalash yo‘li bilan emas, balki ogohlantirish va qo‘rqitish
yo‘li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta’siri kaltaklash ta’siridan kamroq
ekan, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdir 113
.
112
 Sharafuddin Ali Yazdiy . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997.
113
Temur tuzuklari... - B. 70 .
56 Amir   Temur   «Adolat   va   insof   bilan   tangrining   yaratgan   bandalarini
o‘zimdan   rozi   etdim.   Gunohkorga   ham,   begunohga   ham   rahm-shafqat   bilan,
haqqoniyat   yuzasidan   hukm   chiqardim.  Fuqaro   va  qo‘l   ostimdagilarga   rahmdillik
qildim,   sipohiylarga   in’omlar   ulashdim.   Zolimga   qarshi   mazlum   dodiga   etdim»-
degan   edi.   Sohibqiron   adolatsizlik,   zulm   qilgan   kimsalarga   hatto   o‘lim   jazosini
berardi. Uning jazolari og‘ir, biroq adolatli edi.
Amir  Temurning o‘g‘li  Shohruh Mirzoga «Agar  bilsang, zulm  qilib turur,
ul zolimni tirik qo‘yma» 114  
  deb aytgan nasihatida ham qat’iyat va adolat seziladi.
Hatto   u   vafoti   oldidan   ham   quyidagi   so‘zlarni   aytgan:   «...   bugun   Eronu   Turonda
kishiga   majol   yo‘q   tururkim,   muxolifat   qilg‘ay.   Va   hazrat   Haqqdin   umidim
borkim,   zolimlarning   eliklarini   mazlumlardin   qisqa   qilibdurmen.   Va
qo‘ymadimkim,   mening   davrimda   qaviydin   zaif   kuch   egay.   Agar-chi   dunyog‘a
vutu’i   va   saboti   yo‘q   to‘rur,   nechukkim   menga   vafo   qilmadi,   sizlarga   ham
qilmag‘usidir.   Bale,   dunyo   ishini   muhmal   qo‘ymangizkim   saboti   oshub   va
musulmonlar tashvishda bo‘lg‘aylar» 115 .
Amir   Temur   fuqarolarni   qo‘rqinch   va   umid   orasida   saqlagan,   u   buni
zaruriyat   deb   bilgan   edi.   Bu   esa   bizningcha   fuqarolarning   jamiyat   va   qonun
oldidagi huquq va burchlari, majburiyatlarini, imkoniyatlarini, ular ustida, o‘zlarini
himoya qiladigan va jazolaydigan kuchli davlat turganligini har lahza eslatib turadi
va   sodir   etayotgan   hatti-   harakatlaridagi   ma’suliyat,   javobgarlik   hissiyotlarini
uyg‘otadi.   Sohibqiron   qonunlar   va   uning   amaldagi   ijrosi   davlat   mayog‘i   va
ko‘rinmas tayog‘i ekanligini tushungan va shunga amal qilgan hukmdor edi.
O‘rnatilgan   qonunlarga   Amir   Temurning   o‘zi   amal   qilar   oila   azolaridan
ham   shuni   talab   etar   edi.   Agarda   kimda   kim   qonunlarga   xilof   ish   qilsa,   qattiq
jazolangan.
Miroshohning   o‘g‘li   Xalil   Sulton   Mirzo   botir,   jasur,   ma’suliyatli   va
tadbirkor   amirzoda   bo‘lib,   kelajakda   ulug‘   davlatga   u   hukmdor   bo‘lib   qolishi
mumkin   edi.   Ammo   uning   bir   noqonuniy   harakati   barcha   rejalarini   chippakka
114 118
 Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma... - B. 172.
115
  Sharafuddin Ali Yazdiy.. Zafarnoma... -. - B. 296.
57 chiqardi.   Xalil   Sulton   Mirzo   amir   Sayfiddinning   kanizagi   bo‘lmish   Shodmulk
og‘oga nosha’riy uylanib olishi tufayli, og‘ir jazoga buyuriladi. Keyinchalik u avf
etildi, biroq Sohibqironda uning saltanat adolatli ish yuritishiga ishonchi qolmagan
edi.   SHu   tufayli   u   hokimiyatni   boshqarishdan   mahrum   etildi.   Tarixdan   bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
L.Kerenning   ma’lumotlariga   ko‘ra,   “Sohibqiron   Amir   Temur   yurishdan
qaytgandan   so‘ng   ertasi   kundan   boshlab   Amir   Temur   saltanat   yumushlariga
sho‘ng‘ib   ketdi:   uning   qahri   qattiqligini   bilgan   amaldorlar   va   sipohiylar   qaltirab
turishardi.   O‘zi   uzoq   vaqt   bu   erda   bo‘lib   o‘tgan   voqealar   bayonini   diqqat   bilan
tinglagach,   narx-navoning   haddan   tashqari   oshib   ketishiga   yo‘l   qo‘ygan
savdogarlar   va   aybdorlarni   dorga   ostirdi.   Beva-   bechoralarga   kiyim-kechak   va
oziq-ovqat   ulashildi,   fuqarolar   esa   uch   yil   davomida   barcha   soliqlardan   ozod
qilishdilar” 116
.
L.Keren   «Klavixo   shahar   va   qishloq   ahli   uchun   Konigilda   katta   bayram
uyushtirilganligini,   bundan   barcha   shodu-xurramligini   tasvirlab   «kundaliklari»ni
shunday   davom   ettiradi:   jarchilar   Amir   Temur   adolat   o‘rnatajagini   ma’lum
qilganlarida olomonning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Nihoyat, kulgilar to‘xtadi.
Chodirlar   oralig‘idagi   bo‘shliqlarga   jallodlar   bir   necha   dor   tikkan   edilar.   Amir
Temur o‘qigan hukmlar shafqatsiz bo‘lib shu zahotiyoq ijro etilardi.
U eng avvalo bosh vazirni jazolashdan boshladi: Amir Temur safardaligida
Samarqandni   uzoq   vaqt   boshqargan   saltanatning   eng   yirik   amaldorlaridan   biri
bo‘lgan   bu   kishi   o‘z   vazifasini   sovuqqonlik   bilan   ado   etganligi   uchun   shu
zahotiyok   dorga   osildi.   Davlat   mablag‘ini   va   otlarini   talon-taroj   qilgan   qator
yuksak   martabali   amaldorlarning   ham   qismati   shunday   bo‘ldi;   o‘g‘irlangan
mablag‘lar   qaerga   yashirilganini   aytmaganliklari   uchun   ularning   ayrimlari   oldin
qiynovga   olinib,   keyin   osildilar.   Shundan   so‘ng   do‘konlardagi   mollarining
narxlarini haddan tashqari ko‘tarib yuborgan savdogarlar va tijoratchilarga navbat
keldi,   ba’zilarining   boshlari   tanalaridan   judo   etildi,   ba’zilarining   mol-   mulklari
116
 Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996.B 9
58 musodara etildi» 117   118
.
«Tuzuklar»   da   aytilishicha,   agarda   amirlar   ish   ustida   o‘zaro   nifoqqa
borsalar,   ular   martabasidan   tushirilgan.   Agarda   davlatga   ziyon   etkizgudek   ish
qilsalar, ular boshka amirlarga tobe’ etilgan.
Demak, bunday temir qonunlar va jazo usullari davlat  apparati va jamiyat
o‘rtasidagi   mutanosiblikni   ta’minlagan.   Moliya   vazirlari   jinoyat   sodir   etganda
quyidagicha chora qo‘llanilgan. Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari
moliya ishlarida xiyonat qilib, Sohibqiron davlatida, ayniqsa sipohiylarning jinoyat
va jazo masalalari qattiq bo‘lgan. 
Yuqoridagi fikrlar, dalillarga asosida xulosa qilish mumkinki, Amir Temur
davrida sodir etilgan jazo usullarida adolat qoidalariga qat’iy amal qilingan. Ularda
qonun   ustivorligi,   uning   barchaga   barobarligi,   davlatning   kuch-qudrati,
boshqaruvchilik   mahorati   ta’minlangan.   Huquqni   muhofaza   qiluvchi   tarkibning
aniq vazifa va yo‘nalishlari bo‘lgan.
Amir   Temur   davrida   sodir   etilgan   jinoyatlar   va   ularga   berilgan   jazo
usullarini   obdon   o‘rgangan   G‘arb   olimi   Herman   Vamberi   bu   haqda   shunday
xulosaga   kelgan   edi:«Temurni   Chingiz   ila   bir   safga   qo‘yib,   uni   vaxshiy,   zolim,
qaroqchi   deb   atagan   kishilarning   fikrlari   ikki   marotaba   xatodir.   U   avvalo   Osiyo
sarkardasi   edi.   O‘zining   g‘olib   askarlari   va   qurollaridan   o‘z   zamonasining
taomilicha   foydalangan.   Uning   faoliyati,   xususan,   dushmanlari   tomonidan   gunoh
hisoblangan ishlari va urushlari teranroq qaralsa jinoyatga jazo tarzida ro‘y bergan.
To‘g‘ri jazo qattiq, lekin adolatli bo‘lgan» 119
.
Bugungi   kundan   tubdan   farq   qilgan,   urushlar   xavfi   kuchli   bo‘lgan   o‘rta
asrlarda   tinch-farovon   hayotni   ta’minlash   uchun   ana   shunday   jazo   usullarini
qo‘llash bizningcha to‘g‘ri edi, albatta. Chunki bunday jazo usullari o‘sha davrda
deyarli   barcha   davlatlarda   qo‘llanilardi.   Amir   Temur   ham   o‘z   davrining
117
 Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996.B 
118
 Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996.B80
119
 Vamberi Herman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat 
nashriyoti, 1990.-B. 17
59 udumlariga binoan davlat boshqaruvini olib borgan edi.
Bulardan   shunday   xulos   qilish   mumkinki,   Amir   Temur   davri
qonunchiligining mohiyatida va markazida fuqaro va davlat turadi 120   121
.
Biz yuqoridagi fikr xulosalar asosida Amir Temur va temuriylar davridagi
Uyg‘onishga qonunchilik va sud-huquk tizimi katta tasir ko‘rsatgan va bu davrdagi
taraqqiyotga qonuniy asoslar katta turtki bergan deb baholaymiz.
III BOB. AMIR TEMUR  AMIR TEMUR DAVLATINING  TASHQI
SIYOSATI VA DIPLAMATIYASI.
3.1  Amir Temur  davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari .
120
Vamberi Herman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti,
1990.-B. 18.
121
Mamatov X... - B. 137.
60 Amir Temur davri diplomatiyasini o‘rganish milliy davlatchiligimiz tarixini
va mohiyatini yana-da kengroq tushunishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki
bu mavzu milliy davlatchilik, diplomatiya va xalqaro munosabatlar tarixidagi eng
yorqin sahifalardandir.
Sohibqiron Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z
qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati orqali erishgan. Bizning
turkiy   davlatchiligimizga   muvofiq   ajdodlarimiz   azaldan   xalqaro   munosabatlar   va
diplomatiya   qonun-qoidalariga   amal   qilib,   bu   sohaning   qonun-qoidalarini   ijobiy
rivojlantirganlar.   Mehmondo‘st   xalqimiz   azaldan   o‘zga   xalqlarni   hurmat   qilish,
ular bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni muqaddas tushuncha deb bilganlar.
Amir   Temur   davrida   xalqaro   va   diplomatiya   ilmining   nazariy   asoslari
amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda boyitilgan, bu davrda diplomatiya sohasida
erishilgan   yutuqlar   er   yuzidagi   insoniyat   farovonligi   uchun   xizmat   qilgan.
Tinchlik, o‘zaro hurmat, raqibiga shafqat qilish va unga katta imkon yaratish, har
qanday   og‘ir   sharoitda   ham   elchini   qadrlash,   diplomatiya   qoidalariga   qat’iy   amal
qilish,   inson   hayotining   daxlsizligi,   gumanizm   Amir   Temur   diplomatiyasining
asosiy   xususiyatlaridandir.   Sohibqiron   Amir   Temur   diplomatik   aloqalari
tadqiqotchilar   tomonidan   o‘rganilayotganiga   qaramay,   bu   ishlar   Amir   Temurning
diplomatik faoliyatiga kirish qismi yozilgan deb hisoblaymiz
Chunki   Amir   Temurning   ushbu   merosining   barcha   jabhalarini   bir   necha
jildli fundamental tadqiqotlarda ham ochib berishi mushkul masala. 
“Amir Temur davri diplomatiyasining g‘oyalari, xususiyatlari o‘sha davrda
boshqa   davlatlarning   olib   borgan   diplomatiyasining   g‘oya   va   hususiyatlaridan
nimasi   bilan   farq   qiladi?”   degan   savol   qo‘yish   bizningcha   masalani   to‘liqroq
tushunib etishimizga yordam beradi.
Misrlik   tadqiqotchi   olim   Fatxi   al-Guveyli   haqli   ravishda   «Amir   Temur
tomonidan   boshqa   davlatlar   arboblari   bilan   bo‘lgan   munosabatlarda   qo‘llangan
diplomatik   usullar   va   ularning   ayrim   nozik   jihatlari   nazariy   va   amaliy   jihatdan
61 chuqur o‘rganishga arzigulikdir» deb ta’kidlagan 122
.
Fatxi Al-Guveyli «Amir Temurga teran aql-farosat  va ziyraklik xos bo‘lib
bu   sifatlar   diplomat   shaxsning   eng   muhim   jihatini   va   asosini   tashkil   etadi.   Amir
Temur  u yoki  bu mamlakatga o‘z elchilarini  yuborib, boshqa  davlatlar  elchilarini
qabul   qilib,   qirol   va   amirlar   bilan   diplomatik   yozishmalar   o‘rnatib,   bu   sohaning
shakl   mazmunlarini   yana-da   boyitdi»   deb   yozadi.U   «Yusuf   So‘fi   garchi   o‘rinsiz
men   bilan   muholifat   qilgan   bo‘lsa   hamki,   ammo   oramizda   qarindoshlik   bor
bo‘lgani uchun birinchi qovunni usiz eyishga loyiq emasdur» deb qovunni bir oltin
taboqqa   qo‘yib,   Yusuf   So‘figa   yubordi.   So‘fi   Yusuf   buning   evaziga   ta’zim   va
hurmat   maqomida   turib   uzr   so‘rashi   va   necha   hissa   qilib   tuhfa   va   sovg‘alar
yuborishi   lozim   edi.   U   esa   o‘sha   qovunlarni   suvga   tashlashni   buyurdi   va   oltin
taboqni darvozabonlarga baxshida qildi» 123
, - deydi Nizomiddin Shomiy.
Sohibqiron   Amir   Temur   diplomatik   munosabatlarda   tashabbus   ko‘rsatib
xalqaro   aloqalarni   rivojlantirishga   intilgan.   Uning   diplomatiyasi   tenglik,   raqibiga
yon   bosish,   jo‘mardlik   kabi   umuminsoniy   g‘oyalar   bilan   sug‘orilgan   edi.   Uning
qarashlariga ko‘ra, inson, irqi, millati, qaerda yashashidan qat’iy nazar er yuzining
barcha eri hamma inson uchun muqaddas bo‘lmog‘i kerak.
Demak,   inson   omili,   farovonligi   va   obodligi   uning   qarashlarida   va
diplomatiyasida   avvalgi   o‘rinda   turadi.   Uning   diplomatik   yozishmalari,   u   haqda
bitilgan tarix solnomalarida bu g‘oya yaqqol aks etgan.
Sohibqiron   diplomatiyasining   xos   xususiyatlaridan   yana   biri   shuki,   u
elchilarni   tanlash   masalasiga   katta   e’tibor   berdi.   U   eng   qiyin   diplomatik
vaziyatlarda   mashhur   avliyo   va   shayxlarni   elchi   qilib   tayinladi   va   muhim
elchiliklar   uyushtirishda   o‘z   davrining   mafkuraviy   ruhiyatini   hisobga   oldi.
Shuningdek,   elchilikka   tayinlanadigan   kishilar   avval   ziyrak,   bilimli,
huquqshunoslik   ilmini   puxta   egallagan,   har   qanday   og‘ir   vaziyatlarda   to‘g‘ri
tadbirlar   qo‘llay   oladigan   va   dono   kishilar   orasidan   tanlab   olinib   maxsus
tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Ularga o‘zini tutish, kiyim va aytadigan gaplarigacha
122
 Fatxi Al-Guveyli. Amir Temur diplomatiyasi... - B. 107.
123
 Nizomiddiy Shomiy. Zafarnoma... - B. 110.
62 puxta o‘rgatilgan.
Ma’lumki, Sohibqiron savdo-iqtisodiy aloqalarni  rivojlantirish uchun ko‘p
sa’yi   harakat   qilgan.   «Sohibqironning   himmati   ul   erdikim,   yo‘llar   aning   ayomi
davlatida amin bo‘lg‘ay va xudoy bandalari har sorikim borsalar, alarg‘a tashvish
va   taraddud   bo‘lmag‘ay,   farog‘at   bila   borib   kelgaylar.   Munga   ko‘p   sa’yi   qilur
erdi», - deb yozadi Sharafuddin Ali Yazdiy.
Sohibqiron   Amir   Temur   diplomatiyasida   kelishuvchilik   siyosati   bilan
iqtisodiy   va   integratsion   jarayonlarni   kuchaytirish   maqsadi   uyg‘unlashib   ketgan
edi.   Uning   diplomatik   aloqalari   shaxsan   Amir   Temur   nomidan   olib   borilgan   va
rasmiy   jihatdan   mukammal   maktublar   yozish   uslublari   ishlab   chiqilgan.   Temur
nomalari «Amir Temur Ko‘ragon, so‘zimiz» deb boshlangan.
Amir   Temur   saltanatida   elchilarni   qabul   qilishdek   rasmiy   marosimlarning
ssenariylari-yuksak me’moriy-badiiy echim, siyosiy- badiiy kompozitsiya, etika va
estetika   qoidalari   asosida   har   taraflama   puxta   ishlab   chiqilgan.   Xatto   diplomatik
korpus   Amir   Temur   yurishdalik   chog‘ida   ham   muntazam   ishlab   turar,   barcha
muomala Amir Temur nomidan olib borilar va uning saroyi elchilar bilan to‘la edi 
Klavixo bu davrda har  bir  sohaga etibor  berilgani, rasmiy marosimlardagi
mukammallik va go‘zallik hakida hayratlanib yozgan 124   125
.
Tarix zarvaraqlari Sohibqiron Amir Temur saltanatida dasturxon bezash va
ovqatlanish odobi ham san’at darajasiga ko‘tarilganligiga shohidlik beradi. Rasmiy
analarga ko‘ra, ziyofatdan so‘ng esa turli davlatlarning elchilari keltirgan sovg‘alar
namoyish etilgan.
Diplomatik   munosabatlarda   ayollar   ham   qatnashishgan   va   ular   yuzlariga
yupqa harir mato tutib yurishgan va ularning yuzlari bemalol ko‘rinib turgan. Hatto
marosimlarda ayollarning chiqib kelishi va qaerdan joy olishi ham alohida mahorat
bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida bajarilgan.
Elchilarga xuddi  bugungi davlatchiligimizdagi  kabi  zardo‘zi to‘n, sarpolar
va   boshqa   milliy   kiyim   hamda   hadyalar   inom   etilgan.   Bir   so‘z   bilan   aytganda
124
Rui Gonsales de Klavixo. Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar).
Ruschadan O. Tog‘aev tarjimasi . -// San’at, T, 1990. № 6. - B. 22 .
125
Klavixo.... - //Sanat, 1990. № 8. - B. 22.
63 oddiy ovqatlanish, davralarda o‘zini tutishdan tortib barcha yirik marosimlargacha
puxta ishlab chiqilgan va ular maxsus qonun- qoidalar asosida olib borilgan.
Temuriylar   davri   xalqaro   va   diplomatiya.   huquqi   tarixi   xalqaro
munosabatlar tarixida muhim o‘rin tutadi. Temuriylar Amir Temurning diplomatik
merosini   saqlab   qolishga   intildilar.   Mirzo   Shohruh,   Mirzo   Ulug‘bek   va   Xusayn
Bayqaro kabi yirik temuriy hukmdorlar o‘zga davlatlar bilan ancha iliq diplomatik
munosabatlarni olib borishgan.
Ayniqsa,   Shohruh   Mirzo   ancha   layoqatli   diplomat   bo‘lib,   u   Hindiston,
Xitoy,   Misr   kabi   davlatlar   bilan   diplomatik   munosabatlarda   tashabbuskorlik
ko‘rsatgan.
Xulosa   o‘rnida   shuni   alohida   takidlab   o‘tish   lozimki,   Amir   Temur
diplomatiyasi   umuminsoniy   g‘oyalarga   sadoqat   ruhida   shakllangan   va   doimo
insoniyat tinchligi va farovonligiga xizmat qilgan. U yagona makon g‘oyalarining
dastlabki   targ‘ibotchisi   edi.   U   bu   faoliyati   bilan   ilk   bora   integratsiya   haqidagi
g‘oyalarnining shakllanishiga asos solgan, madaniyatlararo ko‘prik o‘rnatgan.
Amir   Temur   diplomatiyasida   o‘z   davrida   ustuvor   bo‘lgan   xalqaro
diplomatiya   qonun   -   qoidalariga   qatiy   amal   qilingan.   O‘zining   raqiblaridan   farqli
ravishda   Amir   Temur   «elchiga   o‘lim   yo‘q»   shioriga   amal   qilib   har   qanday   qalis
vaziyatlarda ham elchinining hurmat - izzatini o‘z joyiga qo‘yishga harakat qilgan.
SHuningdek,   Amir   Temurning   mardlik,   jasurlik,   tashabbuskorlik   kabi   xislatlari
uning   diplomatik   muvaffaqiyatlariga   katta   zamin   bo‘lib   xizmat   qilgan.   U   o‘z
raqiblariga   katta   o‘urmat   ko‘rsatib,   ularni   qilayotgan   ishlari   yuzasidan   tegishli
xulosalar   chiqarishga   imkon   yaratgan.   Uning   qat’iyati,   tirishqoqligi   maqsadga
intiluvchanligi   va   imkoniyatdan   maksimal   foydalanganligi,   tezkorligi,   diplomatik
yutug‘ining   omillaridan   hisoblanadi.   U   nizolarni   iloji   boricha   muzokaralar   yo‘li
bilan   hal   qilishga   intilgan.   U   murakkab   vaziyatlarni   o‘z   tomoniga   ijobiy   hal
bo‘lishi   uchun   ko‘proq   vaqtni   cho‘zish   yo‘lidan   borgan.   Uning   kechiruvchanligi
ham dushmanlari va do‘stlarining hurmatiga sazovor etgan. U pastkashlikka qarshi
saxiylik,   sabr-toqat,   kechiruvchanlik   va   bag‘rikenglik   yo‘lini   tutgan.   Uning
64 diplomatiyasida yutqiziqsiz va talofatsiz maqsadga erishish bosh g‘oya bo‘lgan.
Amir   Temur   vaziyatlarga   qarab   diplomatiyaning   nasihat,   ogohlantirish,
qo‘rqitish   va   ovoza   tarqatish   kabi   usullaridan   foydalangan.   Shuningdek,   u
raqiblarining   zaifliklaridan   ustalik   bilan   foydalana   bilgan.   Amir   Temurning
elchilik   faoliyati   va   elchi   tanlashga   alohida   etibor   bergani   ham   uning   tashqi
siyosatda   katta   yutuqlarga   erishishiga   olib   kelgan.   Shu   maqsadda   amir   devonida
elchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus diplomatik mavjud bo‘lib, u korpus
davlatlararo   munosabatlarning   rasmiy,   estetik   va   boshqa   masalalarini
takomillashtirish   ishlari   bilan   shug‘ullangan.   Bu   davrda   elchilar   bilan
uchrashishdagi   rasmiy   marosimlar,   dasturxon   bezash   va   ovqatlanishning   maxsus
memoriy   badiiy   echimlari   ishlab   chiqilgan   va   bu   davrda   ushbu   soha   ham   o‘z
takomiliga etgan.
Amir   Temur   o‘zining   diplomatik   faoliyati   bilan   dinlar,   mafkuralar,
madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo ko‘prik qo‘ygan yirik davlat arbobidir.
Bugungi   globallashuv   jarayonida   uning   bu   merosini   chuqur   o‘rganish
alohida ahamiyat kasb etadi.
3.2  Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
Sohibqiron   Amir   Temur   tashqi   siyosatining   yo‘nalishlari   mavzusi   alohida
mavzu   sifatida   tadqiq   etilmagan   bo‘lsa-da,   bazi   tadqiqotlarda   qisman   ochib
berilgan.
Sohibqiron Amir Temur murakkab tarixiy davrda tashqi siyosat olib bordi.
Bir   tomondan   hali   Chingiziy   mo‘ng‘ullarning   xavfi   kuchli   ekanligi,   chegaralar
xavfsizligini   ta’minlash,   Chig‘atoy   ulusiga   egalik   qilish,   Buyuk   Ipak   yo‘lining
muhim   tarmoqlari   ustidan   nazorat   o‘rnatish   kabi   masalalarni   davlat   manfaatlari
jihatidan to‘g‘ri hal etish nozik tashqi yo‘nalishlarini belgilashni taqazo etdi.
Sohibqiron Amir Temurning mo‘g‘ul zulmiga zarba berishi unga yangicha
muammolarni   tug‘dirdi.   Vaziyat   Amir   Temurdan   Xorazm,   Oltin   O‘rda,
Mo‘ng‘iliston,   Eron,   Xuroson   kabi   o‘z  davrining  kuchli   davlatlari   bilan   yangicha
65 bir-biridan farqlanuvchi tashqi siyosat yo‘nalishlarini belgilashni talab etdi.
Bu  davrda  davlatning  siyosiy  qudratini  mustahkamlashda   Xorazm  alohida
ahamiyatga   ega   edi.   1370-yilgi   Qurultoydan   keyin   Chig‘atoy   ulusi   hududlarini
tiklashni maqsad qilib qo‘yadi va bu io‘lda o‘z etiborini Xorazmga qaratadi 126   127
.
Uzoq   yillar   davomida   raqibiga   katta   imkoniyatlar   yaratgan   Amir   Temur
1388-yilda   g‘azablanib   Xorazmga   beshinchi   marta   yurish   qiladi   va   uni   vayron
ettiradi.
Amir   Temur   Chig‘atoy   ulusi   yerlariga   egalik   qilishga   talabgor   ekanligini
inobatga   olsak,   uning   Xorazm   bilan   yuzma-yuz   kelishi   aniq   masala   bo‘lib,
so‘fiylar   Amir   Temurga   qarshi   bormaganda   balki   ularga   siyosiy   imkoniyatlar
berilishi ham mumkin edi, ammo so‘fiylarning siyosiy voqealarni salbiy tomonga
tez   rivojlantirishi   va   Amir   Temurning   kuch   va   imkoniyatlarini   to‘g‘ri   baholay
olmaganligi   'ularning   siyosiy   sahnadan   barvaqt   tushib   ketishiga   sabab   bo‘lgan.
Xorazmda   sodir   etilgan   g‘orat   so‘fiylar   sulolasi   vakillarining   kaltabin   siyosati
natijasi edi
Biz   tashqi   siyosat   yo‘nalishida   Xorazm   bilan   munosabatlarni   mushohada
etar   ekanmiz,   Sohibqiron   Amir   Temur   nozik   diplomatik   siyosat   olib
borganligining,   yurishlar   uchun   esa   katta   sabablar   mavjud   bo‘lsa-da,   yana-da
So‘fiylarga uzoqroq vaqt va katta imkoniyatlar yaratilganligining guvohi bo‘lamiz.
Sohibqiron  Amir   Temurning Oltin O‘rda bilan  olib borgan tashqi  siyosati
uning siyosatidagi muhim yo‘nalishni tashkil etadi.
Amir Temur bu davlat  bilan faol tashqi  aloqa olib borganining bir qancha
sabablari   bor.   Shimoliy   Xorazm   va   Oq   O‘rda   Movarounnahrga   chegaradosh   edi.
126
Askarov   A.   Amir   Temur   va   Xorazm.   /   Amir   Temur   va   uning   jaxon   tarixidagi   o‘rni   mavzuidagi   xalqaro
konferensiya materiallari. - T.: O‘zbekiston, 1996. - B.39-40; Ismoil Aka. Buyuk Temur davlati. T.: Cho‘lpon, 1996.
- B.152; Buriev O. Amir Temur davrida Movarounnaxr va Mo‘g‘uliston munosabatlari. -// Sharkshunoslik, 1996. №
7. - B. 37-44; Buriev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 186 B; Abduraimov M. Temur
va To‘xtamish. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 2000. - 79 b; Muhammadjonov A.R. Temur
va   Temuriylar   saltanati.   T.:   Qomuslar   bosh   tahririyati,   1994;   Yakubovskiy   A.Yu.,   Grekov   -   B.D.   Oltin   O‘rda   va
uning   qulashi.   M.:   1957;   Uvatov   U.   Amir   Temur   va   mamluklar.   -   //   Sharqshunoslik,   1996.№   7.   -   B.60-72;
G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir. - // Sharkshunoslik, 1997. № 8. - B.
196-200 va boshqalar.
127
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro 
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 39.
66 Temur tuzayotgan yangi mamlakatiga Oltin O‘rda xavf solishini sezardi 128
.
SHuning uchun ham u Xorazm kabi Oltin O‘rda hududida yuz berayotgan
siyosiy voqealarni sergaklik bilan kuzatdi.
M.Abduraimovning   aytishicha,   O‘rusxon   S.irdaryodan   Volga   bo‘ylariga
kelishi   bilan   Oltin   O‘rdada   Botuxonning   akasi   O‘rda   Ichen   avlodidan   sanalgan
yangi xonlar sulolasi boshlandi.
To‘yxo‘ja   o‘g‘lon   O‘rusxon   tomonidan   qatl   etilgach,   uning   o‘g‘li
To‘xtamish ham o‘z hayotidan xavfsirab, qudrati olamga taralayotgan Amir Temur
davlatidan   panoh   topdi'.Bu   vaziyat   esa   Amir   Temurga   juda   o‘ng   keldi,   chunki   u
Oltin O‘rda xoni o‘ziga tarafkash, tobe bo‘lishini anchadan buyon orzu qilardi 129
Bizningcha   u   ana   shu   istaklarni   amalga   oshirishni   To‘xtamishxon
siymosida ko‘rdi.
Sohibqiron   unga   madad   so‘rab   kelayotgan   To‘xtamishni   har-xil
qimmatbaho   sovg‘alar   bilan   qarshiladi.   Nizomiddin   Shomiy   bu   haqda   shunday
yozadi:   «To‘xtamish   o‘g‘lon   kelganda,   amirlar   uni   Temur   qabuliga   olib   kirishdi.
Hazrati oliylari uni yetarlicha hurmat-ehtirom bilan qarshi oldi.
Uni   Samarqandga   boshlab   borib,   shohona   ziyofat   berdi.   To‘xtamish   va
uning   yo‘ldoshlariga   munosib   sovg‘a-salomlar   ulashdi,   tilla   va   (qimmatbaho)
bezaklar, mol va gazmol, ot va xachir, chodir, nog‘ora va bayroq hamda jangovor
qo‘shin berdi. O‘tror va Savron viloyatyga hokim etib tayinladi 130
.
U   mutassil   ravishda   To‘xtamishga   harbiy   madad   berib   turadi.   Biroq
To‘xtamish   O‘rusxon   bilan   jangda   bir   necha   marta   engiladi   va   yolg‘iz   o‘zi
chakalakzorga kirib bekinadi 131
.
Shunda ham Amir Temur To‘xtamishni oyoqqa turgizish va Oltin O‘rdani
unga  olib   berishga   intiladi   va   o‘z   Birodari   Idiguy   Barlosni   uning  oldiga   yuborib,
128
       Bo‘riev O. Amir Temur davrida Movarounnahr va Mo‘g‘uliston munosabatlari... - B.37-38.
129
      Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro 
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 39..
130 137
 Abduraimov A. Temur va To‘xtamish....- B. 7 yoki qarang Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma...- B. 83.
131
  Abduraimov A. Temur va To‘xtamish....- B. 7 yoki qarang Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma...- B. 83.
67 «podshohlik ishida mardona va jasur bo‘lsin, dushmanni daf qilishni vojib bilsin 132
133
» deydi va uni kurashga undaydi».
Bu orada Temurning Buxorodagi qarorgohiga O‘rusxonning elchilari kelib,
To‘xtamishni topshirishni talab qildi. Temur bu taklifni qat’iy rad etdi va tez orada
o‘zi jangga kirishini aytdi.
Sohibqiron   O‘rusxonga   qarshi   kurashmoq   uchun   Sig‘noq   yaqiniga   kelib
joylashdi va ob-havoning yomonligi, ya’ni qahraton qish va yog‘ingarchilik tufayli
ortga   qaytib   bir   necha   oy   Keshda   va   O‘rusxonga   qarshi   yurish   boshlash   uchun
To‘xtamishni   yo‘lboshchi   qilib   olgan   bir   paytda   vaziyat   birdan   o‘zgarib,   avval
O‘rusxon keyinroq esa uning o‘g‘li To‘qtaqiyo vafot etdi.
Oq   O‘rda   taxtiga   Temur   Malikning   o‘g‘li   Temur   Malik   o‘tiradi.   Temur
Malikdan   To‘xtamishning   qo‘shinlari   uchinchi   marta   engiladilar.   Amir   Temur
sovg‘a   qilgan   ot   To‘xtamishning   joniga   oro   kiradi.   Temur   Malikning   davlat
ishlaridan uzoqlashib, ichkilikka mukkasidan ketganligi Amir Temur uchun qulay
vaziyat   edi.   Buning   ustiga   To‘xtamishga   hayrihohlik   bildirayotganlar   ko‘paydi.
Amir Temur To‘xtamishning harbiy layoqatiga shubhalanib qolgan bo‘lsa-da, unda
taxtiga   o‘z   odamini   qo‘yish,   mag‘lubiyat   uchun   o‘ch   olish   istagi   kuchli
edi.Vaziyatdan foydalanib 1376 yilda Amir Temur ko‘magi bilan To‘xtamish xon
qilib yo’naltirdi. Bu haqda Abulg‘ozi Bahodirxon ham shunday ma’lumot bergan:
«Vaqtiki,   To‘xtamishning   O‘ro‘sxondin   qochib   Temurning   yonig‘a   Samarqand
keldi.   Ortidin   Edigay   mang‘it   keldi,   aytdikim   O‘rusxon   jami   lashkar   qilib   bu
tarafga   mutavajjih   bo‘ldi,   te-   B.   Temurning   madadi   birlan   To‘xtamishxon
O‘rusxonni bosib Jo‘chixonning xalqig‘a ega bo‘lib shahri Saroyda xonlik taxtida
o‘lturdi» 134
.
To‘xtamish   o‘z   hukmronligining   dastlabki   yillarida   Temurga   nomigagina
bo‘ysunardi,   qulay   payt   kelishi   bilan   mustaqil   bo‘lib,   uning   hokimiyatidan   yuz
o‘girib ketish niyatida yurardi 135
.
132
 Nizomiddin Shomiy..Zafarnoma..- B. 103.
133
 Nizomiddin Shomiy.. ..Zafarnoma..- B. 104
134
Abdulg‘oziy. Shajarayi turk. Nashrga tayyorlovchilar Munirov Q. Va Mahmudov Q. T.: Cho‘lpon, 1992. - 
B.99.
135
Abduraimov M. Temur va Tuxtamish...- B. 8.
68 M.Abduraimov   To‘xtamish   boshqarayotgan   Oltin   O‘rda   davlati   Rus
knyazliklari   yoki   Amir   Temur   davlatiga   o‘xshab   mustahkam   zaminda,   o‘z
xalqining   tabiiy   o‘sishiga   bog‘liq   ravishda   emas   qurama   va   xo‘jaliklararo   tarqoq
zaminda   bunyod   etilganligini   alohida   ta’kidlaydi.   Bizningcha   ham   bu   hol
To‘xtamishga ancha murakkabliklar tug‘dirishi mumkin edi.
Amir   Temurning   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlashi   bilan   Oltin   O‘rda
taxtiga o‘tirgan To‘xtamish rus knyazliklari ustidan nomigagina emas, to‘la- to‘kis
hukmronlik   o‘rnatish   uchun   Jo‘chi   ulusi   kuchlarini   oshirishga   ahamiyat   berdi   va
rus feodal knyazliklarining Moskva atrofida birlashtirishga to‘sqinchlik qildi. Oltin
O‘rda   va   rus   tarixidan   ayonki,   mo‘g‘ul   xonlari   xususan,   To‘xtamish   ham   rus
erlarida   va   tub   feodal   ajralishiga   bo‘lgan   harakatlarini   qo‘llab   quvvatlardi.   Jo‘chi
ulusining   nufuzi,   ta’siri   tushib   borishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   u   butun   kuch-
g‘ayratini ayamay sarfladi. O‘z hukmronligini mustahkamlash uchun u Ozarbayjon
va Eronga ham ko‘z tikdi 1
.
M. Abduraimovning ta’kidlashicha, Oltin O‘rda va Amir Temur o‘rtasidagi
nizo   Sohibqironning   Oltin   O‘rdadan   bo‘ladigan   xavfni   bartaraf   qilishga   va
mo‘ng‘ullar   davrida   shimoliy   tarmog‘i   kuchaytirilgan   Buyuk   ipak   yo‘lini
egallashga bo‘lgan sa’yi harakati tufayli chiqqan.
Har ikki tomon ham ana shu masala yuzasidan muxolifatchilik qilardi.
Bu   davrda   Buyuk   Ipak   yo‘lining   muhim   bittadan   tarmog‘i   bu   ikki   davlat
hududidan   bevosita   o‘tgan.   M.   Abduraimovning   keltirishicha,   bu   yo‘llarning   bir
Rus   janubidan   Qora   va   Qizilqum   (Kaspiy)   dengizi   sohillari   bo‘ylab,   ikkinchisi
Kaspiydan janubroqdagi Shom, Kichik Osiyo, Kavkazorti, Eron, Samarqand orqali
o‘tgan.   Berkaxon   davridan   beri   Oltin   O‘rda   xonlari   dastlabki   savdo   yo‘lini
egallagan   bo‘lsa-da,   ikkinchisi   ham   qo‘lga   olishga,   jilla   qursa   kesib   tashlashni,
birinchi navbatda boy Tabriz shahrini egallashni orzu qilardilar 136   137
.
Tabrizni   bosib   olishga   eronliklar,   avval   jaloyirlar   va   Amir   Temur   qarshi
chiqdi. Temur sobiq jaloyiriylar hukmronligidagi Ozarbayjonga o‘ziga qaram ulus
136
 Abduraimov M... - B. 17. ' •
137
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro     
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 55.
69 tariqasida   ko‘z   tikkan.   Shunday   qilib,   1385-1386-yillarda   Oltin   O‘rdaliklarning
Ozarbayjon   va   Tabrizga   bostirib   kirishi   Oltin   O‘rda   xoni   va   Samarqand   amiri
o‘rtasida ixtilof tug‘ulishiga sabab bo‘lgan. Ular o‘rtasida jang chiqishiga ikkinchi
sabab   Dashti   Qipchoqning   shimoliy   qismini   egallashga   bo‘lgan   intilish   bilan
bog‘lanadi 1
.
M.Abduraimovning   ta’kidlashicha,   Temur   va   To‘xtamish   o‘rtasida   aloqa
buzilishga   yana   bir   sabab   Xorazm   masalasi   borasida   kelib   chiqqan.   Chunki,
Xorazm   XIV   asrning   60-yillarigacha   Oltin   O‘rdaning   tarkibiy   qismi   hisoblanib
kelgan,   To‘xtamishning   Ozarbayjonga   yurishi   Amir   Temurning   Xorazmning   o‘z
tasarrufiga kiritgani uchun bir qasos edi.
Amir   Xusayn   va   Saroymulkxonim   mo‘g‘ul   urug‘idanligini   hisobga   olgan
holda va Ibn Arabshoh fikriga tayanib, M. Abduraimov yana bir ikkinchi darajali
sababni amir Xusaynning o‘ldirilishidan kelib chiqqan deb taxmin qiladi 138   139
.
Demak, bizningcha Amir Temurning Oltin • O‘rdaga nisbatan tutgan tashqi
siyosat yo‘nalishi quyidagi maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan:
■ birinchidan   shimoldagi-Oltin   O‘rdadan   bo‘ladigan   xavfni   bartaraf
etish;
■ ikkinchidan,   davlat   taraqqiyotida   muhim   o‘rin   tutgan   Buyuk   Ipak
yo‘lining shimoliy tarmog‘i ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish;
■ uchinchidan,   Oltin   O‘rdaning   kuchli   davlatga   aylanishga   yo‘l
qo‘ymaslik va uni ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish;
■ to‘rtinchidan   uni   Eron   va   Ozarbayjonda   hukmronlik   qilishga   yo‘l
qo‘ymaslik;
■ beshinchidan Dashti Qipchoqning shimoliy kismiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazish;
■ oltinchidan, Xorazmni o‘z tasarrufida saqlab qolishga intilish.
Biz Sohibqiron Amir Temurning Oltin O‘rda munosabatlari muhim siyosiy
138
           ?
 Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi 
xalkaro konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 57.  
139
  ?
 Abduraimov M... - B. 19 .
70 nuqtalardan   biri   ekanligini,   u   bu   bilan   davlatni   har   tomonlama   yuksaltirishga,
muhofazalashga   va   xalqaro   katta   tayoq   siyosatini   olib   borishga   intilganini
kuzatamiz.   Demak,   u   diplomatiyada   geostrategiyani   avvalgi   o‘ringa   qo‘ygan   va
uning bu siyosati bizning mustaqil davlatchiligimiz uchun ham katta mohiyat kasb
etadi.
To‘xtamishxon   Amir   Temurning   tashqi   yurishldri   bilan   band   bo‘lganidan
foydalanib Kaspiyning G‘arbiy sohili bo‘ylab o‘tgan qadimgi yo‘l-Darband orqali
Amir Temur davlatiga yurish qiladi.
Amir   Temurning   sabr   kosasi   to‘ldi.   U   xavfli   dushmanga   aylangan
To‘xtamishga   qarshi   1389,1391   va   1394-1395   yillarda   uch   marta   yurish   qildi   va
uning   engib   o‘z   maqsadiga   erishadi.   Ya’ni,   Oltin   O‘rdani   engib   uni   xoldan
toydiradi,   Buyuk   Ipak   yo‘lining   shimoliy   tarmog‘ini   butunlay   izdan   chiqaradi,
Eron va Ozarbayjonning dahlsizligini va boshqa maqsadlarini amalga oshiradi.
Sohibqiron   Amir   Temur   dunyo   siyosiy   haritasida   muhim   va   katta
o‘zgarishlar   yasab   rus   knyazlarining   ravnaqiga   sharoit   yaratdi   va   ularning
rivojlanishi   uchun   zamin   yaratdi.   A.Yu.   Yakubovskiy   g‘alabaning   ahamiyatini
ko‘rsatib,   shunday   yozgan   edi:   1395   yilda   Temurning   To‘xtamish   ustidan
qozongan   g‘alabasi,   Astraxan   va   ayniqsa   Oltin   O‘rda   poytaxti   Saroy   Berkaning
xarob qilinishi va yondirib yuborilishi faqat O‘rta Osiyo va o‘sha vaqtdagi janubi-
Sharqiy   Yevropa   uchungina   emas,   balki   Rus   uchun   ham   katta   ahamiyatga   ega
bo‘ldi...
Oqsoq   Temur....   To‘xtamishni   engishi   bilan   Rus   eriga   ob’ektiv   ravishda
katta   xizmat   ko‘rsatgan,   lekin   shunday   bo‘lishini   uning   o‘zi   mutlaqo
payqamagan 140   141
.
Sohibqiron   Amir   Temur   o‘sha   davrdagi   ancha   mayda   davlatlar   bilan   ham
tashqi   siyosat   yo‘nalishini   belgilab-   olgan.   U   o‘ziga   qarshi   bosh   ko‘targan
Mozandarondagi   Amir   Vali   va   boshqalarning   harakatini   to‘xtatish   uchun   olib
borilgan   jangda   erli   tinch   aholiga   zulm   o‘tkazmaslikka,   zarar   etkazmaslikka
140
Sharafuddin Ali Yazdiy...Zafarvoma - B. 109.
141
Yakubovskiy A.Yu., Grekov - B.D. Zolotaya Orda i yee padenie. - M.: 1950. - S.
71 harakat qilgan. Birinchidan u hech qachon tunda uxlab yotgan shahar aholisi ustiga
hujum   qilmagan.   Ikkinchidan,   hujumdan   avval   ularni   ogohlantirgan,   ya’ni   iloji
boricha, muammoni muzokara-tinchlik yo‘li bilan hal etishga intilgan. Eng oxirgi
pallada jang qilishga majbur bo‘lgan.
Amir   Temurning   Misr   va   Usmoniylar   davlati   bilan   olib   borgan   tashqi
siyosatini   o‘rganayotgan   olimlar   S.   G‘ulomov   va   U.   Uvatovlarning   olib   borgan
tadqiqotlari   bu   davrdagi   xalqaro   aloqalar   mazmunini   chuqurroq   tushunishimizga
erdam beradi 142   143
.
S.G‘ulomov   Boyazid   Yildirim   va   Amir   Temur   o‘rtasidagi   nizolarini
keskinlashishiga   va   Anqara   jangining   kelib   chiqishiga   Qora   Yusuf   Turkmaniy
bilan   birga   Ahmad   ibn   Uvays   Jaloyir   ham   sababchi   bo‘lganligini   ko‘rsatib
o‘tadi 144
.
Ma’lumki, manbalar Sulton Ahmad Jaloyirning tuban, zolim, xalq nafratini
qo‘zg‘atadigan,   yo‘llarda   qaroqchilik   bilan   shug‘ullanadigan   salbiy   shaxs
bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Aytishlaricha,   Bog‘dod   ahli   undan   nafratlanib,   uning   dastidan   Temurdan
madad so‘rab arz qilganlar» 145
.
Sohibqiron Amir Temur Sulton Ahmadga qarshi kurashishga bel bog‘laydi,
ammo uning bu xayrli ishiga Boyazid Yildirim xalaqit berib, Sulton Ahmadni o‘z
panohiga oladi.
Abulxusayn Navoiyning «Asnod va makotibi tarixiy» asarida keltirishicha,
Eron hukmdori Shoh Mansur ustidan g‘alabaga erishgan Amir Temur Iroq tomon
urush   boshlagan   paytida   Sulton   Ahmad   o‘z   mamlakatini   tashlab   Suriya   tomonga
yo‘l   oladi   va   u   erdan   Iildirim   Boyazidga   maktub   yo‘llab,   Temurning   Bog‘dodni
egallagani,   o‘zi   (.Sulton   Ahmad)   ning   Qora   Yusuf   bilan   birgalikda   ortdan   quvib
kelayotgani, Temur lashkarlaridan bir guruhi bilan jang qilib, g‘olib kelganliklarini
142
151 The Cambridge history of Iran the Timurid and Safarid period. № 6. Cambridge universit press. P. 55-56.
143
 Uvatov U. Amir Temur va mamluklar. -// Sharqshunoslik. 1996. № 7. - B. 60-72; G‘ulomov S. Amir Temur bilan
Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir. - // Sharkshunoslik, № 8. - B. 196-200; yana u: Amir Temur va 
Boyazid munosabatlari. -// Sharqshunoslik. 1996. № 7. - B.74-82 va boshkalar.
144
153 G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabdtlariga doir. Sharkshunoslik, № 8. - B. 
198
145
 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I kitob... - B.137. 
72 va shu bilan birga voqea xabari Temurga etib borgandan so‘ng katta jang bo‘lishi
muqarrarligini   va   bu   borada   uning   (Boyazidnin)   yordamiga   muxtoj   ekanliklarini
bildiradi.
U   bunday   maktubni   Misr   Sultoni   Barquqqa   ham   yo‘llagan 146   147
.   Xalqaro
munosabatlar jarayonini tadqiq etar ekanmiz, biz Sohibqiron Amir Temurga qarshi
yirik davlatning ittifoqqi yuzaga kelganligini his etamiz.
Misr  sultoni   Az-Zohir  Sayfuddin  Barquq  (1382-1399),  usmoniylar   sultoni
Yildirim  Boyazid (1389-1402), Oltin O‘rda xoni  To‘xtamish (1376- 1395). Sivos
hokimi   Qozi   Burxonuddinlar   oralarida   Temurga   qarshi   ettifoq   tuzilib 148
  uning
ko‘lami   yana-da   kengayadi.   Bu   ittifoqqa   qora   qo‘yunlular   hukmdori   Qora   Yusuf
Turkman   (1389-1420)   Muzaffariy   hukmdor   Shoh   Mansur   (1389-1395)   Iroq
hukmdori Sulton Ahmad Jaloyir ham qo‘shiladi 149   150
.
Ana shunday yirik ittifoqqa qarshi Sohibqiron Amir Temurning birgina o‘zi
kurashayotgan   edi.   Sulton   Ahmad   Jaloyir   Amir   Temurni   haqorat   qilsa-da,
Sohibqiron unga hurmat va ogohlantirish bilan murojaat qiladi .
Sohibqiron   Amir   Temur   qulay   vaziyatni   poylab   ularning   har   biri   bilan
alohida   hisoblashdi   va   iloji   boricha   tinchlik   va   muzokara-   diplomatiya   yo‘lini
izladi.   1395-yilda   To‘xtamishning   engilishi,   1398-yilda   Qozi   Burxoniddin   oq
quyunlular   bilan   jangda   halok   bo‘lishi,   1399-yilda   Barquqning   vafot   etish
munosabati bilan Iildirim Boyazid mamluklarning ba’zi qismlarini o‘z tasarrufiga
olishi   bilan   bu   ittifoq   barham   topdi   va   Qora   Yusuf   Turkman   va   Sulton   Ahmad
Jaloyir   Amir   Temurga   kurashishdan   ojiz   bo‘lib,   nihoyat   Temur   vafotidan   keyin
Sulton Ahmadni sobiq ittifoqchisi Qora Yusuf Turkman qatl etdi 151
.
Amir Temurning Turkiya sultoni Eldirim Boyazid bilan olib borgan tashqi
146
          ?
G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabdtlariga doir. Sharkshunoslik, № 8. - B. 
198
147
           ?
Uvatov U. Amir Temur va mamluklar... - B. 64.
148
157 G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir.-// Sharqshunoslik 1996.
№ 8 - B.
149
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252.
150
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 257
151
          ?
  G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir.-// Sharqshunoslik 1996. 
№ 8 –
           B.
73 siyosat   yo‘nalishi   bu   davr   siyosiy   jarayonlarini   chuqurroq   o‘rganishda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Amir   Temur   va   Boyazid   munosabatlari   olimlar   tomonidan   o‘rganilgan'
bo‘lsada,   ammo   uning   shakli,   mazmuni   va   mohiyati,   shuningdek   bu
munosabatlarining davlatchilikka ta ’ siri hali fanda maxsus o‘rganilmagan. |
Buning bir qancha sabablari bor edi. Temur Tabrizda hukmronlikni qo‘lga
kiritgan Qora Qo‘yunlu hukmdori Qora YUsuf Turkman (791-1389- 823|1420) dan
bir necha bor itoat etishni talab etgan. Uning otasi Qora Muhammadni esa Temur
ilgaridan   haj   va   savdo   karvonlariga   bosqinchilikda   ayblab   kelgan   va   o‘zining
ashaddiy   dushmani   deb   bilgan,   Qora   Yusuf   Turkman   Temurning   itoat   borasidagi
talabini   rad   etgan.   Buning   ustiga   to‘qnashuvlardan   birida   Avnik   qal’asiga   Temur
tomonidan   hukmdor   etib   tayinlangan   Otlamish   Kuchin   ismli   shaxsni   1388-yilda
asir olib Qohiraga, mamluklar sultoni huzuriga yuborgan va u shaxs hibsga olingan
edi“.
Qora   Yusuf   va   Sulton   Ahmad   Jaloyirlar   o‘zlarining   xavfli   dushmanlari
bo‘lmish   Amir   Temurga   qarshi   kurashish   choralarini   ko‘radilar   va   nihoyat   ular
Boyazid yonida qo‘nim topishadi.  
Har ikki hukmdor o‘rtasida ziddiyatli keskinlashish jarayonlari Sharafuddin
Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida ham ancha batafsil yoritilgan.
Ularda   keltirilishicha,   Sohibqiron   Amir   Temur   Boyazidga   qayta-kayta
elchilar jo‘natib undan raqiblarini bandi qilib yuborishini va yoki qatl etishini talab
etardi.   Navbatdagi   elchilik   orqali   Amir   Temur   Boyazidga   «Qora   Yusuf
Turkmonkim,   musulmonlar   ichida   kirib   turur',   yo   uldurkim   ani   o‘ldurub
musulmonlarning xotirini andin jam etsun yo ulkim uni band qilib bizga yubarsun.
Bu ishdin birini qilsa aromizda do‘stluq bo‘lg‘usi turur» 152
 deydi.
Biroq,   Boyazid   uning   istagini   bajarmas,   uni   haqoratlab   javob   qilar,
o‘rtadagi nizo esa chuqurlashib borardi. O‘rtada urush chiqishi aniq edi. O‘rtadagi
sovuq   munosabatlarga   qaramay   Sohibqiron   Boyazid   elchilarini   hurmatini   joyiga
152
 Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252
74 qo‘yar, ularning hayoti daxlsizligini ta’minlar edi.
Manbalarda   keltirilishicha,   Boyazid   Amir   Temurga   bo‘ysungan   Arzinjon
hokimi   Tahurtanning   kishilarini   ham   asirda   saqlar   edi.   Sohibqiron   Amir   Temur
elchilar   orqali   Boyazidga   yana   bir   imkon   berdi   va   Tahurtanning   kishilari   bilan
birga   Boyazidning   o‘g‘illaridan   birini   garov   sifatida   yuborishni   so‘radi.   Shu
taqdirda   u   omon-eson   o‘z   mamlakatida   hukmronlik   qilishini   uqtirdi 153   154
.   Bu
talablar Boyazid Eldirim tomonidan qondirilmadi.
Aslida   har   ikki   tomon   ham   xalqaro   maydonda   o‘z   manfatlari   va   obro‘si
uchun kurashayotgan, yukorida keltirilgan sabablar esa har ikki tomonning o‘zaro
munosabatlarining ifodasidir.
Tabiyki, Osiy mintaqasida tasir kuchini saqlab turgan Usmoniylar  xalqaro
maydondagi   yangi   raqobatdosh   kuchning   paydo   bo‘lishini   istamas   va   uni   har
qanday yo‘l bilan yanchib tashlashga intilishi tabiiy hol edi. Bundan tashqari bizga
malumki, Buyuk geografik kashfiyotlarga qadar Buyuk Ipak yo‘lining yirik hududi
turklar ko‘lida edi, Usmoniylar bunday imkoniyatni qo‘ldan berishni istamas edi.
Kuch   va   qudrat   timsoli   bo‘lgan   Buyuk   Ipak   yo‘lini   nazorat   qilish
maqsadlari ham Amir Temur va Boyazid o‘rtasida kelib chiqkan nizolarning bosh
sabablaridan biri bo‘lgan.
Bir   oz   muddatdan   keyin   Boyazid   elchilari   Temurga   xat   keltiradi.   Bu
maktubda   Boyazid   ularning   o‘rtasida   nizo   chiqadigan   asosiy   sybab   yo‘qligini,
buning   o‘rniga   kofirlar   bilan   urushib,   yangi   xududlarni   qo‘lga   kiritishni   taklif
qiladi.   Mamlukiylar   bilan   Temurning   o‘rtasini   yaxshilash   uchun   vositachilik
qilishni   taklif   etadi.   Temur   esa   elchilarni   juda   yaxshi   kutib   oladi   va   Onado‘li
xalqiga dushmanligi yo‘qligini o‘zi ham do‘stlik munosabatlari o‘rnatishini aytadi.
Buning   uchun   esa   Usmoniylar   Qora   Yusufni   tutib   berishini   yoki   uni   Usmoniylar
davlatidan   chiqarib   yuborishni   talab   qiladi.   Lekin   Boyazid   bir   paytlar   mo‘g‘ullar
bilan   Misrga   qochgan   Abbosiylarni   hohlamaganligini   ifoda   bilan   tushuntirib,
o‘zlariga   sig‘inganlarni   quva   olmasliklarini,   bugungi   kunda   ular   Onado‘lida
153
       Sharafuddin Ali Yazdiy... Zafarnoma - B. 253.
154
Sharafuddin Ali Yazdiy... Zafarnoma - B. 257.
75 emasligini ular kelsa chiqarib yubormasligini, yana qabul qilinishini bildiradi.
Sohibqiron   Amir   Temurning   Sulton   Boyazid   bilan   olib   borgan   tashqi
munosabatlari   bizga   shunisi   bilan   ibratliki,   u   bunda   birinchidan-   diplomatiya
qonun-qoidalari,   etikasiga   qat’iy   amal   qildi   va   o‘z   raqibining   ta’na-dashnomlari,
haqoratlariga   sabr   toqat   bilan   javob   qaytarib,   u   bilan   har   qanday   vaziyatda   ham
kelishishga intildi.
Ikkinchidan   u   o‘z   raqibining   kuchliligini   yaxshi   bilgan   holda   vaqtdan
yutishga,   uzoq   masofali   azobli   yo‘ldan   keyin   kuchlarini   qayta   jonlantirishga   va
to‘g‘ri strategik taktikalar ishlab chiqishga intildi;
Uchinchidan,   u  Boyazidga   qaram   kichik  hukmdorlardan  ittifoqchi   qidirib,
ular o‘rtasida adovatdan to‘g‘ri foydalana bildi;
To‘rtinchidan,   psixologik   taktikalar   qo‘llab   Boyazidning   ayblarini   xalqqa
to‘g‘ri   etkaza   bildi,   undan   ommaning   ijobiy   fikrini   qaytardi   va   o‘zining   haqiqiy
rahnamo ekanligini ko‘rsata bildi.
Biz Amir Temur va Boyazid munosabatlarini mushohada etar ekanmiz, har
ikki   buyuk   davlat   arboblarining   munosabatlari   kesqiylashishiga   nafaqat   obektiv
omillar   balki,   subektiv   omillar   ham   sababchi   bo‘lganligini   anglab   etishimiz
mumkin. Do‘stlik, hech bo‘lmaganda betaraflik maqomida turishi mumkin bo‘lgan
har  ikki  shaxsni  Misr  podshosi  Barquq, Oltin O‘rda podshosi  To‘xtamish,  Sulton
Ahmad   Jaloyir,   Qora   Yusuf   Turkman   kabi   shaxslar   ham   dushmanlik   girdobiga
tortganlar.
Amir   Temurning   mardligi   shundaki,   u   Boyazidni   enggach   butunlay
Usmoniylarni hokimiyat tepasidan supurib tashlashi, erda yangi bir sulolaga imkon
yaratish mumkin edi, ammo u bunday qilmadi.
Jang   va   Boyazid   Eldirimning   engilishi   bilan   yakun   topgan
munosabatlardan   keyin   ham   Amir   Temur   usmoniylarga   yana   katta   imkoniyatlar
yaratdi.   U   Boyazid   Eldirimga   katta   hurmat   ko‘rsatib,   undan   o‘ch   olmadi,   uning
marhamati tufayli Usmoniylar sulolasi XX asr I choragigacha hukm surdi.
Amir   Temur   nafaqat   sanab   o‘tilgan   davlatlar   bilan   balki,   etti   iqlim
76 davlatlari bilan ham diplomatik munosabatlarni olib borgan.
Sharafuddin   Ali   Yazdiy   va   Xofizi   Abruning   yozishlaricha,   «2   oy   davom
etgan   Konigil   tantanalarida   Misr,   Ifranj,   X,ind,   Dashti   Qipchoq,   Jata,   Oltoy   va
boshqa o‘lkalardan elchilar ham hozir bo‘lganlar» 155
.
Tadqiqotchi N. Karimova Temuriylar va Xitoy aloqalarini Xitoy manbalari
asosida   yoritishga   intilgan.   Muallifning   keltirilishicha   1395   (ayrim   manbalarda
1387)   yilda   Min   hukmdori   tomonidan   Temur   Saroyiga   Fu   An   boshchiligidagi
birinchi   elchilar   yuborilgan.   Min   imperatori   Chen   Szu   (1403-1425)ning
Turkistondan   elchilarning   kelishini   faollashtiruvchi   siyosat   yuritdi   va   «G‘arbiy
mamlakatlar   haqida   qissa»   («Siyuy-chjuan»)   nomli   (1403)   oliy   farmon   chiqarish
natijasida   Xitoy   va   Turkiston   o‘rtasidagi   savdo   aloqalari   o‘z   rivojining   yuqori
cho‘qqisiga etgan.
Amir   Temurning   tashqi   siyosati   an’analarini   Temuriylar   hukmdorlar   ham
davom   etirganlar.   Temuriylar   davlatiga   Mo‘ng‘uliston,   Tibet,   Xitoy,   Hindiston,
Arabiston.   Misr,   Kichik   Osiyo,   Kavkaz,   Volgabo‘yi,   Ural   o‘lkalaridan   savdo
karvonlari va elchilar kelgan 156   157
.
Ayniqsa   Shohruh   Mirzo   davrida   xalqaro   diplomatik   aloqalar   rivojlangan.
SHohruh davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409 yildan,
Xirotga   Xitoy   elchilari   kelgan   paytdan   boshlanadi.   Xofizi   Abruning   «Zubdat   at-
tavorix»   asarida   va   u   orqali   Abdurazzoq   Samarqandiyning   «Matla   us-sa’dayn»
kitobida   Xitoydan   kelgan   va   Temuriylar   davlatidan   yuborilgan   elchilar   haqida
xabar   beriladi 158
.   Shuningdek   G‘iyosiddin   Naqqoshning   Xitoy   safari   esdaliklari
ham   fikrimizga   dalildir 159
.   Tashqi   munosabatlarda   Temuriy   hukmdorlar   Amir
Temur   kabi   o‘zaro   tinchlik   totuvlik,   yaxshi   qo‘shnichilik,   savdo-   sotikni
rivojlantirish, karvon yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga, demakki, tadbirkorlarni
himoyalashga,   tadbirkorlik   va   mulk   huquqini   kuchaytirishga,   xalqaro   huquq
155
 Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo...- B.5.
156
Karimova H. Temuriylar bilan Xitoy aloqalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha). -// Sharqshunoslik, 1996.№ 7. -
B.48 49.
157
Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 16.
158
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252
159
O‘rinboev A., Bo‘riev O. G‘iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi. - T.: Fan, 1991. - B. 55.
77 me’yorlariga qat’iy amal qilishga intilganlar.
L.Keren   Amir   Temurning   niyati   Samarqand   tevaragida   ravnaq   topgan   va
yaxshi   idora   qilinadigan,   tashqi   hujumlardan   himoyalangan   bir   podsholik   barpo
qilish   bo‘lganligi,   u   manfaati   uyg‘un   (madaniyati,   dini   umumiy)   qo‘shni
davlatlarni   qo‘shib   olganligini,   xorijiy   podsholiklar   bilan   oraliq   davlatlarni   kuch
yoki diplomatiya yo‘li bilan olganligini aytib yana shunday ta’kidlaydi: Itoatkorlik,
to‘langan   soliq   va   boj   evaziga   Temur   ularga   yordam   va   harbiy   muhofaza   va’da
qilib,   o‘z   hollariga   qo‘yib   bergan.   Usmonli   Turk   qo‘shnisi   Tahurtan,   Turkman
amirligi, Gurjiston, Qashg‘ar,    nomli (1403) oliy farmon chiqarish natijasida Xitoy
va Turkiston o‘rtasidagi savdo aloqalari o‘z rivojining yuqori cho‘qqisiga etgan 160
.
Amir   Temurning   tashqi   siyosati   an’analarini   Temuriylar   hukmdorlar   ham
davom   etirganlar.   Temuriylar   davlatiga   Mo‘ng‘uliston,   Tibet,   Xitoy,   Hindiston,
Arabiston.   Misr,   Kichik   Osiyo,   Kavkaz,   Volgabo‘yi,   Ural   o‘lkalaridan   savdo
karvonlari va elchilar kelgan 161   162
.
Ayniqsa   Shohruh   Mirzo   davrida   xalqaro   diplomatik   aloqalad   rivojlangan.
Shohruh davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409-yildan,
Xirotga   Xitoy   elchilari   kelgan   paytdan   boshlanadi.   Xofizi   Abruning   «Zubdat   at-
tavorix»   asarida   va   u   orqali   Abdurazzoq   Samarqandiyning   «Matla   us-sa’dayn»
kitobida   Xitoydan   kelgan   va   Temuriylar   davlatidan   yuborilgan   elchilar   haqida
xabar   beriladi 163
.   Shuningdek   G‘iyosiddin   Naqqoshning   Xitoy   safari   esdaliklari
ham   fikrimizga   dalildir 164
.   Tashqi   munosabatlarda   Temuriy   hukmdorlar   Amir
Temur   kabi   o‘zaro   tinchlik   totuvlik,   yaxshi   qo‘shnichilik,   savdo-   sotiqni
rivojlantirish, karvon yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga, demakki, tadbirkorlarni
himoyalashga,   tadbirkorlik   va   mulk   huquqini   kuchaytirishga,   xalqaro   hukuk
me’yorlariga qat’iy amal qilishga intilganlar.
L.Keren   Amir   Temurning   niyati   Samarqand   tevaragida   ravnaq   topgan   va
160
         ?
 Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 53
161
Karimova N. Temuriylar bilan Xitoy alokalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha). -// Sharqshunoslik, 1996.№ 7. -
B.48 49.
162
Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 16.
163
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252.
164
O‘rinboev A., Bo‘riev O. G‘iyosiddin Naqkoshning Xitoy safarnomasi. - T.: Fan, 1991. - B. 55.
78 yaxshi   idora   qilinadigan,   tashqi   hujumlardan   himoyalangan   bir   podsholik   barpo
qilish   bo‘lganligi,   u   manfaati   uyg‘un   (madaniyati,   dini   umumiy)   qo‘shni
davlatlarni   qo‘shib   olganligini,   xorijiy   podsholiklar   bilan   oraliq   davlatlarni   kuch
yoki diplomatiya yo‘li bilan olganligini aytib yana shunday ta’kidlaydi: Itoatkorlik,
to‘langan   soliq   va   boj   evaziga   Temur   ularga   yordam   va   harbiy   muhofaza   va’da
qilib,   o‘z   hollariga   qo‘yib   bergan.   Usmonli   Turk   qo‘shnisi   Tahurtan,   Turkman
amirligi,   Gurjiston,   Qashg‘ar,   Hind   va   Boyazidga   karshi   urush   davridagi
Trabzunlar   bunga   misol   bo‘la   oladi.   Bu   qaram   yoki   ittifoqdosh   mamlakatlar
atrofida   Rus   erlari,   Oltin   O‘rda,   Turkiya,   Suriya,   Bog‘dod   sultonligi,   Dehli
sultonligi va Xitoy kabi qudratli tashqi podsholiklar turgan. Shu podsholiklar unga
g‘animlik   qilganlarida   va   xavf   solganlarida,   Temur   ular   ustiga   ayovsiz   harbiy
yurishlar kilgan, shahar qo‘rg‘onlarni bosib olgan, xazinalaridan ko‘plab boyliklar
bilan   qaytgan.   Shunday   qilib,   o‘z   yurti   atrofida   bepoyon   mudofaa   qo‘rg‘onini
saqlab turgan 165
.
Demak,   Sohibqiron   Amir   Temur   nafaqat   o‘z   mamlakatlari   sarhadlarida,
balki   boshqa   qo‘shni   mamlakatlar   sarhadlarida   ham   mamlakat   mudofaasini
mustahkamlashga intilgan.
Sohibqiron   Amir   Temurning   Evropa   hukmdorlari   bilan   olib   borgan
munosabatlari ham xalkaro munosabatlarda muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Sohibkironning   Yevropa   davlatlari   bilan   diplomatik   aloqalari   Boyazid
Eldirim bilan ziddiyatli munosabatlar keskinlashayotgan davrda o‘rnatilgan.
Bu paytda Evropa davlatlari Boyazid Eldirim qutqusidan xavotirda bo‘lib,
bu xavfni bartaraf etishning chorasini topolmayotgan edi. Boyazidning qutqusi esa
shimol va shimoli Earbga kundan kunga kuchayib borar edi. Xuddi shu murakkab
siyosiy   jarayonlar   davrida   Boyazidga   raqobatchi   yangi   kuchning   paydo   bo‘lishi
Evropaliklar uchun mislsiz imkon edi va ular albatta Amir Temurning g‘alabasidan
manfaatdor edilar. Shuning uchun ham ular Amir Temurni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga tayyor edilar.
165
         ?
 Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 54
79 L.Keren   «Amir   Temur   va   Evropa   qirollari   o‘rtasidagi   munosabatlar   ko‘p
jihatlari   bilan   kishini   hayratga   soladi.   Aslini   olganda   ularni   ko‘p   narsa   ajratib
turardi:   e’tiqodlari,   tillari,   bir-biriga   dushman   xalqlari,   166
  oralaridagi   masofa   va
ayniqsa, manfaatlarning turli-tumanligi» deb yozadi.
Dini bir, urf-odatlari o‘xshash . ikki sarkardaning muxolifatchiligini dunyo
xalklari   hayajon   bilan   kuzatdilar.   Albatta   Ovro‘poliklar   Sohibqiron   g‘alabasi
tarafdori   edilar,   ular   o‘z   g‘animi   Boyazidni   Amir   Temur   qo‘li   bilan   yanchib
tashlanishini va shu bilan xavf bartaraf bo‘lishini orziqib kutdilar.
L.Keren Amir Temur tashqi munosabatlariga oid yangi ma’lumotlarni topib
ilmiy   doiraga   kiritdi.   Ulardan   bir   shuki,   «tomonlar   maktublar   va   iltifotlar   bilan
almashdilar,   Amir   Temur   Ispaniyaga   elchi   yo‘llab,   Boyazid   haramidan   ozod
qilingan   uch   nasroniy   go‘zalni   qo‘shib   yubordi   (Bu   ulug‘   amirning   Kastiliya
qiroliga tuhfasi edi)» 167
.
Amir   Temur   «Nasroniy   Ispaniya   (hukmdori   Xenri   III)   bilan   boshqa
Ovro‘po   davlatlariga   qaraganda   ancha   muhim   diplomatik   munosabatlar
o‘rnatdi» 168
.
Buni   sababi   shuki,   usmonlilar   nasroniylarga   Nikopol   yonida   katta   zarba
berib,   butun   Evropaga   katta   xavf   tug‘dirayotgan   bir   paytda   nasroniy   hukmdorlar
uchun   ikki   yo‘l   qolgan   edi:   birinchidan   diplomatik   aloqalar   o‘rnatish,   ikkinchisi
bevosita   to‘qnashuv.   Kastiliya   qiroli   esa   diplomatik   munosabatlarni   tanladi,
Boyazidga, Amir Temurga, Bobil, Fes va Tunis hukmdoriga elchilar jo‘natdi.
Batamom boshqa vazifa bilan kelgan elchilar vaziyatdan unumli foydalanib
kolib, Sohibqironni aytaylab qutlash uchun kelganliklarini bildirishadi.
«Amir   Temur   ularni   iltifot   bilan   tingladi   va   shundan   keyingi   kunlar
davomida   ularni   bir   necha   marotaba   qabul   qildi.   Qadimiy   ispan   solnomalarida
elchilarning   Sohibkiron   huzurida   bo‘lgan   davri   haqida   afsonasifat   hikoyatlar
bitilgan.   Bu   yozuvlarda   Amir   Temur   Kastiliya   elchilariga   bag‘oyat   katta   iltifot
166                175
  Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 54 .
167
  ?
        Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va 
Fransiya.Toshkent, 1996.B 98
168
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va 
Fransiya.Toshkent, 1996. B-99
80 ko‘rsatgan,   ularning   har   bir   istagini   ro‘yobga   chiqarishga   harakat   qilgan   mard
hukmdor sifatida tasvirlanadi» 169  
deb yozadi L.Keren.
Fursatdan   foydalanib   Gomes   va   Hernan   shaxsan   Amir   Temur   ularga
shamshir   sovg‘a   qilishini   iltimos   qilishadi.   Ularning   bu   niyati   bajo   keltiriladi.
Gomes turklarning birortasi bilan yakkama-yakka jang qilishga ruxsat so‘raydi va
bunga ijozat  oladi, jangda u g‘olib chiqadi va Amir Temurning taxsiniga sazovor
bo‘ladi.
Amir Temur «o‘g‘li» Hernan ushbu uchrashuvdan xotira sifatida o‘z ismi-
sharifiga uning ham ismini qo‘shib olishini taklif qiladi; shunday ham bo‘ladi, zero
yuqorida   tilga   olingan   salnomada   ta’kidlanishicha,   keyinchalik   Hernanning
Arevalo   yaqinidagi   Raparnegos   cherkovi   hovlisiga   quyidagi   so‘zlar   bitiladi:   «Bu
erda   qirol   Xenri   III   saroyining   a’yoni   va   uning   Amir   Temur   huzuridagi   elchisi
marhamatli ritsar Xernan Sanches do Palasuelos Tamerlan dafn etilgan».
Mazkur   uchrashuvdan   keyin   «Henri   Shuning   diplomatik   tashabbusidan
ulug‘   amir   ham   unga   o‘z   elchisini   yo‘llashga   qaror   qiladi   va   al-Muhammad
Keshiyni sovg‘a-salomlar va nasroniy go‘zal bilan Kastiliyaga yuboradi».
L.Keren Sevilya shahrining qadimiy arxivlarida ham Amir Temur elchiligi
xususida yozuvlar saqlanib qolganligini ta’kidlab o‘tgan.
Bu   elchilikka   javoban   Sohibqiron   Amir   Temur   saroyiga   (1404-1406
yillarda)   Kastiliya   qiroli   elchisi   Rui   Gonsales   de   Klavixo   kelgan   va   u
taassurotlarini «kundaliklari» asosida yozib qoldirgan edi.
Amir   Temrning   Evropa   davlatlari   bilan   olib   borgan   tashqi   aloqalariga
to‘xtalar   ekanmiz,   u   davrda   ham   rasmiy   diplomatik   an’analar,   ularning   qonuniy
kuchi   mustahkamligi,   davlatchilik   tizimida   diplomatik   korpusning   tezkor
harakatlari va ahamiyatiga iqror bo‘lamiz.
U davrda ham hukmdorlarga xalqaro va diplomatiya huquqini ta’minlovchi
ishonch yorliqlari topshirilgan.
Masalan,  Amir   Temur   tomonidan  yo‘llangan   dominikan  ordeni  (mazhabi)
169
 Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996. B107
81 ruhoniysi   Sultoniyaning   Jan   ismli   episkopi   Sharl   VI   ga   ishonch   yorliqlarini
topshirdi,   zarhal   harflar   bilan   bitilgan   yorliqning   birida   «Ulug‘   amirning   «rosti-
rusti» shiori bitilgan kichik shaxsiy muhri bosilgan edi» 170
.
Sohibqiron   Amir   Temur   Evropaliklarga   birinchilar   qatori   Sharq   va   G‘arb
o‘rtasida   manfaatli   savdo-sotiq   aloqalarini   o‘rnatishni   va   buni   qonun   va
shartnomalar yo‘li bilan mustahkamlashni taklif qilgan.
U   shu   darajada   mustahkam   va   keng   ko‘lamli   diplomatik   aloqalar
o‘rnatdiki,   Yazdiy   ma’lumotlariga   ko‘ra   o‘zining   san’atkorona   bezatilgan   chodir
shaharchasi   Konigilda   yetti   iqlimdan   kelgan   elchilar   o‘n   ikki   poya   ko‘lankasida
o‘tirardilar 171
.
Sohibqiron Amir Temurning tashqi siyosat yo‘nalishida mudofaa, tinchlik,
barqarorlik,   yaxshi   qo‘shnichilik   va   savdo-iqtisod   aloqalarini   rivojlantirish
maqsadlari yotardi.
U mustahkam bojxona tizimini yaratdi. Bu esa davlatning iqtisodiy siyosiy
qudratini mustahkamladi.
Amir   Temur   asrlar   davomida   Movarounnahr   xududlaridan   o‘tgan,   ammo
mo‘ng‘ullar davrida yo‘nalishlari birmuncha buzilgan Buyuk ipak yo‘lining an’ana
va   yo‘nalishlarini   qaytadan   tikladi   va   rivojlantirdi.   Buyuk   Ipak   yo‘lining   eng
so‘nggi rivojlanish davri ham Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi.
Amir   Temur   Oltin   O‘rda   bilan   ham   avvalo   Buyuk   Ipak   yo‘li   masalasida
kurashdi.   Sohibqiron   Buyuk   Ipak   yo‘lining   iqtisodiy   va   siyosiy   asoslarini   teran
tushunib,   uning   himoyasini   ta’minladi   va   shu   orqali   har   tomonlama   mustahkam
xalqaro uzviy aloqalarni o‘rnatdi.
Sohibqiron   Amir   Temur   davrida   xalqaro   savdo-sotiq   aloqalari
rivojlantirilib,   tadbirkorlikka   katta   imkoniyatlar   yaratildi.   Amir   Temur   ko‘pgina
Sharq   va   G‘arb   davlatlari   rahbarlariga   bitgan   maktublarida   ham   avvalo   xalqaro
savdo-sotiq   va   tadbirkorlarga   katta   imtiyozlar   berish   lozimligi   va   davlat
170
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent, 
1996. - B.98.
171
 Sharafuddin Ali Yazdiy.Zafarnoma- B. 291.
82 taraqkiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta tasir ko‘rsatishi  mumkinligi  xaqida
alohida takidlab o‘tgan.
U  tadbirkorlikka  imtiyozlar   yaratish   va  uni   samarali  ishlashini  kafolatlash
maqsadida Buyuk ipak yo‘lining ish faoliyatini bir maromga solib, har bir bekatga
alohida   nigohbonlar   tayinlanadiki,   natijada   karvonlarning   bir   Mansildan   ikkinchi
joyga   bexatar   etib   borishi   taminlandi.   Sohibqiron   karvon   yo‘llarida   kimda   -   kim
zarar ko‘rsa bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim va
boshqa   ma’murlariga   yukladi.   Zararni   amaldorlar   hissasidan   undirish   qoidasining
joriy etilishi xalqaro savdo yo‘lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo‘lib qoldi.
Amir Temur davrida karvon yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor berildi.
Bu   davrda   12000   chaqirim   uzunlikdagi   Ipak   yo‘li   orqali   ko‘plab   Sharq
davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek Ipak yo‘lining O‘rta
er   dengiziga   chiqishi   orqali   G‘arbiy   Evropa   davlatlari   bilan   ham   uzviy   savdo-
iqtisodiy   va   diplomatik   aloqalar   o‘rnatildi.   Buyuk   Ipak   yo‘li   o‘sha   davrda   katta
strategik ahamiyatga ega bo‘lib jumladan u xalqaro ko‘prik vazifasini o‘tagan.
Sohibqiron Buyuk Ipak yo‘lini mustahkamlash orqali o‘z davlati va ko‘shni
davlatlarning   mudofaa   va   xavfsizligini   taminlash   maqsadlarini   amalga   oshirishga
ham harakat kilgan. Amir Temur zamonida davlatlarning tutash mintaqalarida yirik
bojxonalar   barpo   kilindi.   Bulardan   biri   Kavkaz   tog‘   tizmalarining   Kaspiy
dengiziga   joylashgan   erida   joylashgan.   Darband   bojxonasi,   ikkinchisi   ham   shu
nom   bilan   atalib,   Samarqand   bilan   Balx   o‘rtasida   joylashgan   Shaxrisabzdan   ikki
kunlik masofada barpo etilgan. Ana shu bojxonalar markaziy xazinaga har yili juda
katta miqdorda mablag‘ o‘tkazar edi.
Ma’lumotlarga   karaganda,   bu   daromadlar   Avstriya   yoki   Daniya
davlatlarining   yillik   daromadlaridan   qolishmas   edi.   Ayrim   yillari   bu   daromadlar
hatto   Amir   Temur   qo‘l   ostidagi   barcha   mamlakatlardan   keladigan   yer   solig‘i
miqdori bilan tenglashardi 172   173
.
Demak Ipak yo‘li orqali Amir Temur nafaqat mudofaa, tinchlik barqarorlik,
172
Zaynuddinov 0.3. O‘zbekistonda bojxona tizimi va uning o‘zbek davlatchiligida tutgan o‘rni (1991-2001) 
t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. —T, 2002. - B. 14.
173
Amir Temur jahon tarixida,- Parij: Toshkent: 1996. - B. 90.
83 yaxshi   qo‘shnichilik   va   savdo-iqtisod   aloqalarini   rivojlantirish,   balki   geosiyosiy
maqsadlarini ham amalga oshirgan. Hali dengiz yo‘llari ochilmagan davrda yagona
aloqa vositasi bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘li xalqaro maydonda katta strategik kuchga
ega bo‘lgan va qaysi  davlat  bu yo‘lda sarbonlik qilsa  u katta iqtisodiy va siyosiy
imkoniyatlarga ega bo‘lgan.
Tarixdan   malumki,   Buyuk   Ipak   yo‘liga   sarbonlik   qilish   uchun   katta
kurashlar   ketgan   va   uning   bizning   davlatimizdan   o‘tgan   katta   tarmoq   xatto
shimolga ko‘chirilgan ( Turk xoqonligi, mo‘ng‘ullar davri).
Sohibqiron Amir Temur ham Buyuk Ipak yo‘lini har qanday sharoitda ham
qo‘lga   olish   va   nazorat   qilishni   muqaddas   tushuncha,   taraqqiyot   va   xavfsizlik
garovi deb bilgan.
U   integratsiya   jarayonlarida   bir   sahifa   ochdi.   Uning   27   davlatni
birlashtirgan   saltanatida   yagona   pulning   muomalada   bo‘lishi,   tadbirkor-
savdogarlarga keng imtiyozlar yaratilishi, nasroniy va islom dunyosining iqtisodiy
ayirboshlashi   va   savdosining   oavnaq   topganligi   va   uning  «jahon   savdo   ahli   bilan
obod   bo‘lajak»   degan   gaplari   fikrimizga   dalildir.   Bundan   600   yil   avvaloq
Sohibqiron   biz   oldimizga   qo‘ygan   integratsiyalashuv   maqsadimizni   o‘z   davrida
bajargan.
Xulosa   o‘rnida   shuni   alohida   takidlash   joizki,   Amir   Temur   tashqi
siyosatning   yo‘nalishlarini   avvalo   o‘z   davlatining   manfaatlari   yuzasidan
muvofiqlashtirishga   harakat   qilgan.   Bu   siyosatnyng   asosida   davlat   birligi   va
mudofaasini mustahkamlash, davlatning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, mintaqada
adolatni taminlash va boshqa maqsadlar yotgan.
■   Amir   Temurning   tashqi   siyosatini   olib   borishda   unga   halaqit   bergan
raqiblariga   ogohlantirish,   nasihatlar   va   boshqa   choralar   qo‘llagan,   bu   tadbirlar
natijasiz   qolganda   ularga   harbiy   kuch   ishlatishga   majbur   bo‘lgan.   Ko‘rib
chiqqanimizdek, agar jaloyirlar, qoraquyunlilar Boyazid Yildirim va boshqa davlat
rahbarlari   bilan   munosabatlarni   buzmaganda,   uning   yurishlarining   ko‘lamli   bu
darajada   kengaymagan   bo‘lar   edi.   Biz   bu   bilan   uning   bazida   shafqatsizlik   bilan
84 olib   borgan   yurishlarini   ham   oqlamoqchi   emasmiz,   ammo   bunday   qirg‘inlarga
avvalo   o‘sha   erning   mamurlari   sabab   bo‘lganlar.   Uning   tomonidan   berilgan
imkoniyatlar   raqiblari   tomoinadn   suiistemol   qilindi.   Shuni   alohida
takidlamoqchimizki, Amir Temur hech qachon besabab tinch aholi ustiga yurishlar
uyushtirmagan.   Agar   Sohibqiron   Amir   Temur   ana   shunday   qattiq   jazolar
qo‘llamaganda urushlar xavfi har lahzada tahdid solib turgan o‘rta asrlarda yigirma
etti davlatni o‘z ichiga olgan saltanatni boshqarishi mushkul edi. Amir Temur o‘z
davrida   mintaqadagi   halqlarning   osuda   yashashini,   iqtisodiy   ayirboshlashini
kafolatlagan,   uning   diplomatik   g‘oyasi   zaminida   tinchlik,   hamkorlik   o‘rnatish
maqsadlari   yotgan.   U   raqibini   ichdan   qulatsa-da,   butunlay   yo‘q   qilish   yo‘lidan
bormagan,   yana   qayta   uning   tiklanishiga   imkon   bergan.   Chunki   uning   maqsadi
raqibini yo‘q qilish emas, uni tartibga chaqirib qo‘yish edi xolos.
U tashqi siyosatida qoni, irqi, dini, mafkurasi turli bo‘lgan Sharq va G‘arb
davlatlari   bilan   tinchlik   va   hamkorlik   aloqalarini   o‘rnatib,   yevroosiyo   va
integratsiya   g‘oyasining   tamal   toshlarini   qo‘ygan.   U   tashqi   siyosat   yo‘nalishida
adolat, huquqiy mezonlarga amal  qildi va u o‘zining faoliyati  bilan o‘z davrining
rasmiy   ananalaridan   o‘zib   ketib   keyingi   globallashuv   davrining   dastlabki
darakchisi sifatida ham tarixda nom qoldirdi.
XULOSA
Biz   mazkur   tadqiqotda   Amir   Temur   davrida   milliy   davlatchilikning
rivojlanishining   nazariy   asoslarini   imkon   qadar   tahlil   qilishga   intildik   va
tadqiqotlar olib borishda shunday xulosaga keldikki, bu davr davlatchiligida har bir
85 soha   aniq   va   puxta   ishlab   chiqilgan   davlatchilik   nazariyasi   va   talimoti   orqali
boshqarilgan.   Shuningdek   davlatchilik   mexanizmlarining   o‘zaro   uyg‘unligi,
mutanosibligi,   bir-biriga   muvofiqligi,   qonun   ustivorligi,   xalq   va   davlat   birligi
ta’minlangan. Amir Temur davri davlat boshqaruv asoslari  nazariy jihatdan puxta
ishlab   chiqilgan.   Amir   Temur   ijtimoiy   qarashlariga   ko‘ra,   o‘n   ikkita   ijtimoiy
tabaqani muvofiqlashtirishni davlatni rivojlantirish kafolatlaridan biri hisoblangan.
Davlat kam ta’minlangan, kambag‘al, etim-esirlarni kuchli ijtimoiy himoya qilgan.
Shuningdek,   mansab   va   unvonlarga   tayinlash,   eng   past   tabaqadan   yuqori
tabaqagacha   ularning   ijtimoiy   muhofazasini   tashkillashtirish   muhim   masala   deb
qaralgan.   Amir   Temur   davrida   xodimlar   tanlash   masalasini   hal   qilishda   avvalo
ahloqiy   jihatlarga   etibor   qaratilgan   hamda   mutaxassislarning   kuchli   malaka   va
bilimga   ega   bo‘lishi   shart   deb   qaralgan.   Ularga   maosh   tayinlashda   bir   xillik
yo‘lidan   voz   kechilgan   va   davlat   uchun   katta   nafi   tekkan   mutaxassislar   ayricha
taqdirlangan. Bu esa davlatchilik taraqqiyotiga kuchli ijobiy tasir ko‘rsatgan.
Davlatchilikda   muhim   siyosiy   figura   bo‘lgan   davlat   rahbariga   alohida
e’tibor   berilib,   u   davlatni   boshqarishga   har   tomonlama   chuqur   tayyorlangan.
Rahbarning   avvalo   komil   inson   bo‘lmog‘i   va   o‘zidagi   mavjud   qusurlardan   holi
bo‘lmog‘i,   yani   ahloqiy   barkamolligi   talab   etilgan.   U   qonunchilikni,   boshqaruv
san’atini mukammal egallamog‘i muhim masala deb hisoblangan va davlatni aniq
va puxta ishlab chiqilgan qonunlar  orqali boshqargan. Shuningdek, davlat  rahbari
kuchli   xarakterga   ega   bo‘lsa   va   ruhshunoslik   sirlarini   mukammal   egallasagina
muvaffaqiyat   qozonish   lozimligi     uqtirilgan   va   davlat   rahbarlari   rahbarlik
psixologiyasi   chuqur   o‘rgatilgan.   Rahbarning   rahbarlik   etikasiga   qat’iy   amal
qilmog‘i,   jamiyat   oldidagi   javobgarlikni   seza   bilmog‘i,   atrofdagi,   qo‘tsdni
davlatlardagi   voqea-   hodisalardan   ogoh   bo‘lmog‘i,   jamiyat   manfaatini   o‘z
manfaatidan ustun qo‘ymog‘i, davlatni va fuqarolarni har tomonlama himoya qila
bilmog‘i lozimligi uqtirilgan.
Amir   Temur   davrida   davlat   rahbaridek   ma’suliyatli   va   sharafli   vazifaga
alohida   e’tibor   berilishi   va   bu   sohadagi   Sohibqiron   Amir   Temurning   siyosiy
86 ta’limoti bizningcha bu davr davlatchiligi taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir
va   fikrimizcha   bu   masaladagi   nazariy   masalalarni   bugungi   davlatchiligimizga
yana-da kengroq targ‘ib qilish kerak. Sovet davrida tarixni harakatlantiruvchi bosh
kuch xalq deb ko‘rsatilgan, to‘g‘ri xalq tarixda birlamchi kuch, ammo yirik siyosiy
figuralar tarix g‘ildiraklariga botiniy kuch bergani, ya’ni taraqqiyotning ko‘pincha
davlat   rahbari   faoliyatiga   ham   bog‘liq   ekanligi   ham   sir   ema-   S.   Sohibqironning
davlat boshlig‘i va umuman davlatchilik to‘g‘risidagi siyosiy ta’limoti bizningcha
davlat   va   jamiyat   qurilish   Akademiyasida,   siyosat   bilan   bog‘liq   oliy   o‘quv
yurtlarida,   rahbar   hodimlarning   malaka   oshirish   dargohlarida   o‘qitilishi   kerakki,
bizningcha bu ta’limot har bir rahbar va shaxsga o‘z maqsad va vazifalarini amalga
oshirishda dastur vazifasini o‘tashi mumkin.
Amir   Temur   davlatining   taraqqiyotiga  avvalo   mukammal   ishlab   chiqilgan
boshqaruv   dasturlari   katta   tasir   ko‘rsatganki,   biz   uning   boshqaruv   faoliyatining
qirralarini   tadqiq   etish   asnosida   ushbu   xulosaga   keldik.   Amir   Temurning   davlat
boshqaruv   asoslari   zamonlar   sinovidan   o‘tgan,   amaliyotda   toblangan   eng   afzal
davlatchilikni   tashkillashtirish   shakllari   bo‘lib,   u   ko‘plab   davlatlar   boshqaruvida
andoza sifatida tanlangan.
Sohibqironning   tanlagan   qoida   va   tamoyillari   mamlakat   ichki
potensialining va integratsiya  jarayonlarning kuchayishi  hamda kengayishiga  olib
kelgan.   Bu   davrda   ma’muriy   tizim   strategik   maqsadlar   yo‘lida   tuzilgan.   Bu
ma’muriy   tizimga   davrning   .   eng   afzal   tajribalari   singdirilgan.   Sohibqironning
davlatni boshqaruv tamoyillari siyosiy iqtisodiy, irqiy, diniy, madaniy tafovutlariga
qaramay barcha uchun teng joriy etilgan va barchaning manfaati ko‘zda tutylgan.
Ular   jamiyatda   kuchli   bozor   munosabatlari   va   taraqqiyotning   kelib
chiqishida   bosh   omillardan   bo‘ldi.   Bizningcha,   davlatning   xususiy   mulk   va
tadbirkorlikka   keng   yo‘l   ochib   bergani,   bu   sohada   fuqarolarni   muxofaza   etuvchi
hukuqiy   asoslarning   kuchaytirilishi   davlatchilikning   keyingi   taraqqiyotiga   kuchli
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Amir   Temur   davlatchiligida   Qurultoy   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.
87 Qurultoyda   davlatning   eng   muhim   masalalari-urush   va   tinchlik,   boshqaruvni
takomillashtirish kabi muhim masalalar hal qilingan va bu siyosiy institut davlat va
jamiyat   o‘rtasidagi   munosabatlarni   muvofiqlashtirishda   muhim   rol   o‘ynagan.
Teranroq   qaralsa,   Qurultoylar   Amir   Temur   davlat   boshqaruviga   birdaniga   kirib
kelgan   yangilik   bo‘lmay,   ular   asrlar   osha   faoliyat   yuritib   kelar   va   turkiy
davlatchilikdagi   xos   xususiyatlardan   edi.   Sohibqiron   Amir   Temur   bu   sohadagi
tarixiy   tajribani-turkiy   davlatchilik   asoslarini   takomillashtirdi   va   uni   yana-da
faollashtirib,   uni   davlat   va   jamiyatning   muvofiqligini   taminlovchi   vositaga
aylantirdi.   Uning   faoliyatidan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   boshqaruv   xalq,
jamoatchilik   fikri   asosida   olib   borilgan   va   bu   esa   mukammal   davlatchilik
asoslarining yaratilishida muhim omillardan bo‘lgan.
Bizningcha   Amir   Temur   keyin   jamiyat   hayotida   Qurultoylarning   huquqiy
rolining   pasayishi   inson   huquqlarining   toptalishiga,   parokandalikka   olib   kelgan
sabablardan   biri   edi.   Sohibkiron   Amir   Temur   bu   siyosiy   institutni   kuchaytirish
orqali   inson   farovonligiga   erishishni   muhim   ekanligini   anglagan   va   uni
faollashtirish   orqali   kuchli   davlatchilik   asoslarini   yaratishga   intilgan.
Qurultoylarda   maxalliy   xalq   vakillariga   o‘zlari   hohlagan   kishini   saylash   hukuqi
ham   berilgan   edi.   Demak,   mansabga   loyiq   kishilar   yuqori   mansabga   qo‘yilgan
noloyiqlar   esa   ishdan   tushirilgan.   Xalq   so‘roviga   ko‘ra   ba’zan   soliqlar
kamaytirilgan.   Qurultoyda   davlat   amaldorlari,   lashkarboshilar,   olimu   ulamolar,
ulug‘   va   keksa   -   tajribali   kishilar   qatnashgan,   ular   amaldorlarga   maslahatchilikka
tayinlangan va ularning faoliyati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri poytaxtga axborot berib
turilgan.
Amir   Temur   davri   davlat   boshqarish   mexanizmi   -   markaziy   va   mahalliy
davlat   boshqaruv   organlari,   ular   o‘rtasidagi   uzviy   aloqadorlik   to‘g‘ri   yo‘lga
qo‘yilgan.   SHuningdek,   markaziy   va   mahalliy   boshkaruv,   ularning   bir-biriga
bo‘ysunishi, bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar
mamuriy jihatdan muvofiqlashtirilgan. Amir Temur davri davlat boshqaruv tizimi
orqali   markazga   tyozkor   axborotlar   etkazish,   davlat   mexanizmining   bir   maromda
88 uzluksiz ishlashi taminlangan. Bu davrda tasis etilgan mansab va unvonlar ortiqcha
xarajat   va   byurokratik   qusurlardan   xoli   bo‘lib,   unda   tejamkorlik   va   samaradorlik
nazarda tutilgan edi.
Amir Temurning davlat boshqarish talimoti yuzlab yillar davomida ko‘plab
davlatlarga   andoza   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Ular   eski   tizim   boshqarish   asoslarini
chilparchin   etdi,   o‘z   davrining   boshqaruv   imkoniyatlaridan   o‘zib   ketdi   va   bu
davrda   davlatchilik   asoslari   Amir   Temur   davrida   ijtimoiy-   siyosiy,   iqtisodiy,   va
madaniy   inqilobning   ro‘y   berishiga   olib   keldi.   Demak,   bu   asoslar   Amir   Amir
davrida yuz bergan Uyg‘onish davrining kelib chiqishida asosiy omil bo‘lib xizmat
qildi.   Amir   Temur   davridagi   davlatchilik   talimoti   inson   farovonligini   ta’minlash,
kafolatlash   va   fuqarolik   jamiyati   asoslarini   qurishga   qaratilgandir.   Bu   davrda
qonun ustivorligi va adolat  tamoyiliga saltanatda  va tashqi  munosabatlarda qat’iy
amal qilingan.
Amir Temur va temuriylar tinchlik, qonun ustivorligiga erishish, bu yo‘lda
davlatning sud - huquq tizimini to‘g‘ri tashkillashtira bilishimiz zarur.
Shuni   nazarda   tutish   kerakki   O’rta   Osiyo   azaldan   mudim   geosiyosiy
nuqtalardan   bo‘lib   kelgan   va   bundan   keyin   ham   shunday   bo‘lib   koladi.   Tabiiyki,
bu   tashki   xavf   bilan   ham   bog‘liq.   Ushbu   jarayonlarga   samarali   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatish   va   ularni   muvofiqlashtirib   turish   uchun   aynan   Amir   Temurning   davlat
boshqaruv   asoslarini,   jumladan,   davlatning   mudofaa   tizimini   o‘rganish   dolzarb
masala hisoblanadi.
Temur   davrida   davlat   tinchligiga   raxna   soluvchi   ikki   -   ichki   va   tashki
xavfni bartaraf etishga katta e’tibor berilgan.
Bu   davrda   ichki   xavfni   keltirib   chiqaruvchi   omillarga   e’tibor   berilgan   va
hatto   hukmdorning   o‘zi   ham   davlat   ishlarini   birovga   ishonib   topshirish   va
loqaydlik   orqali   davlatga   xavf   tug‘dirishi   mumkin   deb   hisoblangan.   Ogohlik   va
sergaklik   davlatni   bardavom   va   mustahkam   rivojlanishining   kafolati   deb
hisoblangan.
Uning   diplomatiyasidagi   yana   bir   o‘ziga   xos   xususiyat   shuki,   u   elchi
89 tanlash   masalasiga   alohida   e’tibor   berdi   va   ularni   millat   va   yurt   ramzi   deb
tushundi. SHunga monand Amir Temur saroyidagi diplomatiya korpusi mukammal
tuzilgan   bo‘lib,   u   muntazam   ravishda   faoliyat   yuritgan   va   Amir   Temur   davlatida
diplomatik   munosabatlar   shaxsan   Amir   Temur   nomidan   olib   borilgan.   Shunisi
e’tiborliki,   xalqaro   uchrashuvlar,   rasmiy   marosimlar   aniq   va   san’atkorona   ishlab
chiqilgan qoidalar asosida olib borilgan. Bu qoidalarning yuksak me’moriy-badiiy
echim,   etika,   estetika   yutuqlari   bilan   boyitilganligi   ham   davlatchilikda   muhim
ahamiyat kasb etgan.
Shuningdek,   diplomatik   rasmiy   marosimlarda   dasturxon   bezash   va
ovqatlanish   qoidalariga   qat’iy   amal   qilingan   va   bu   soha   ham   san’at   darajasiga
ko‘tarilgan edi.
Bu davrda ayollar ham diplomatik aloqalarning mukammallashuvida katta
rol   o‘ynagan   va   teranroq   qaralsa   Amir   Temurning   diplomatiyasi   butun   bir
diplomatik   nazariyani   tashkil   etadi.   Shuningdek   temuriylar   ham   Amir   Temur
diplomatik merosiga tayanib ish ko‘rganlar va uning ishlarini davom ettirganlar.
Sohibqiron   Amir   Temurning   tashqi   siyosat   yo‘nalishini   o‘rganish   ham   bu
davrdagi   davlatchilik   an’analarini   chuqurroq   tushunishimizga   yordam   beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki:
birinchidan, Amir Temur tinch aholi ustiga sababsiz bostirib kirmagan va u
iloji boricha masalani tinchlik yo‘li bilan hal kilishga intilgan;
ikkinchidan, u tinchlik talab davlatlarning osuda yashashini inson manfaati,
huquqlarini   kafolatlagan,   uning   diplomatiya   g‘oyasi   zaminida   tinchlik,   hamkorlik
o‘rnatish maqsadlari yotadi;
uchinchidan   qoni,   irqi,   dini,   mafkurasi   Sharq   uchun   ziddiyatli   G‘arb
davlatlari   bilan   ham   tinchlik   va   hamkorlik   aloqalarini   o‘rnatib,   Yevroosiyo   va
integratsiya g‘oyasi tamal toshini qo‘ydi. 
Shohruh   Mirzo,   Ulugbek   Mirzo,   Xusayn   Boyqaro   Mirzo   va   boshqa
Temuriylar   ham   diplomatiya   ilmini   san’at   darajasiga   ko‘targan   va   bu   albatta
xalqaro   munosabatlarda   o‘zining   ijobiy   samarasini   bergan.   O‘sha   davrda
90 diplomatiyada   eng   maqbul   yo‘llarning   tanlanishi   Temuriylar   davlatchiligi   san’at
darajasiga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi.
Sohibqiron   islom   dini   insonni   jangarycha   hatti   harakatlarga   emas,
hamkorlik, tinchlik va tarakkiyotga undovchi sof g‘oya ekanligini yaxshi anglagan
va xalqaro munosabatlarda islomiy sof g‘oyalardan foydalangan.
Shuni   ta’kidlash   joizki,   biz   Sohibqiron   Amir   Temurning   benazir
davlatchilik merosining vorislarimiz va bu betakror davlatchilik merosidan har bir
ishimizda   amaliy   foydalanishimiz,   uni   tadqiq   etishni   kuchaytirishimiz   va   xalqqa,
qolaversa butun dunyoga targ‘ib etishimiz lozim.
So‘nggi   so‘z   o‘rnida   shuni   takidlash   joizki,Amir   Temur   va   Temuriylar
davrida   boshqaruvning   har   bir   sohasi   puxta   ishlab   chiqilgan   va   u   davlatchilik
nazariyasini   o‘zida   mujassam   etadi.   Bu   siyosiy   talimot   bu   davrdagi   davlatchilik
asoslarini   kuchaytirishga,   har   bir   jabhada   uyg‘onish   pallasiga   o‘tishda   muhim
ahamiyat kasb etgan. Bizningcha Amir Temurning davlatchilik talimotini yana-da
chuqur   tadqiq   etish,   davlat   boshqaruvining   har   bir   sohasini   yirik   tadqiqotlarda
ko‘rib   chiqish   dolzarb   masala   bo‘lib   bu   tarixiy   meros   bugungi   davlatchilikda
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi deb o‘ylaymiz.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR
I. Meyoriy hujjatlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
asarlari.
1.1 Шавкат Мирзиёев.   Танқидий   таҳлил ,   қатъий   тартиб - интизом   ва   шахсий
91 жавобгарлик   - ҳар   бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши
керак .   Мамлакатимизни   2016   йилда   ижтимоий-щтисодий
ривожлантиришнинг   асосий   якунлари   ва   2017   йилга   мўлжалланган
щтисодий   дастурнинг   энг   муҳим   устувор   йўналишларига   багишланган
Вазирлар   Маҳкамасининг   кенгайтирилган   мажлисидаги   маъруза.   2017
йил 14 январь .
1.2 O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   «Amir   Temur
tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risi»dagi qarori- Toshkent haqiqati,
1995 yil, 4 yanvar.
1.3  Karimov I.A. Amir Temur haqida so‘z. - T.:. O‘zbekiston , 1996. 62 - B. 
1.4 Karimov   I.A.   Azaliy   buyuklik   maskani.   Samarqan   shahrida   Amir   Temur
haykalining   ochilish   marosimida   so‘zlangan   nutq.   YAngicha   fikrlash   va
ishlash davr talabi. Jild V. T.: «O‘zbekiston», 1997. - B. 171-174.
1.5   Karimov   I.A.   Amir   Temur   faxrimiz-g‘ururimiz.   Amir   Temur   tavalludining
660 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada so‘zlangan maruza.
YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. Jild V. -T.: O‘zbekiston, 1997. - B.
181-191.
II. Manbalar
2.1 Abdurazzoq   Samarqandiy.   Matlai   sa’dayn   va   majmai   Bahrayn.   T.   2.   1-
qism.//Fors-tojik   tilidan   tarjimasi,   kirish   so‘z   va   izohlar,   lug‘atlar   A.
O‘rinboevniki. -T.: Fan, 1969.-463 - B. 
2.2 Abulg‘oziy   Bahodirxon.   SHajarayi   turk.   Nashrga   tayyorlovchi   Munirov
Q. va Maxmudov Q. -T.: CHo‘lpon, 1992. -187 - B. 
2.3 Abu Tohirxo‘ja. Samariya. «Meros» to‘plami. -T.: Kamalak, 199 - B. 
2.4 Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida. - B.Ahmedov tahriri
ostida.-T.: Fan, 1996,- 296 - B.
2.5 Amir   Temurning   Fransiya   qiroli   SHarl   VI   ga   maktubi.-“Amir   Temur   va
Fransiya” kitobida-T.: Adolat, 1996.- 74 - B.
92 2.6 Amir Temur o‘gitlari. -T.: Navro‘z, 1992. - B.
2.7 Amir   Temurning   o‘g‘li   Mirzo   Mironshohning   xristian   shox   va
shahzodalarga yo‘llagan maktubi,- «Amir Temur va Fransiya» kitobida. -
T.: Adolat, 1996. - B. 78-79.
2.8 Ahmedov - B.Xondamir.-T.: Fan, 1965.- 54 b. 
2.9   Ahmedov - B.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari.-T: O‘qituvchi, -  
2.10 Davlatshoh   Abdurazzoq   Samarqandiy.   SHoirlar   bo‘stoni.   -   B.Ahmedov
tarjimasi.-T.: Fan, 1967.-  86 b.
2.11 Ibn Arabshoh. Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur. So‘z boshi, arab tilidan
tarjima va izohlar muallifi U.Uvatov. II kitob. - Toshkent, Mehnat, 1992. -
192 b. 
2.12 Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. - B.Ahmedovning kirish so‘zi, izohlari
vatahriri ostida. -T.: CHo‘lpon, 1994. -351 b. 
2.13 Nizomiddin   SHomiy.   Zafarnoma.   Fors   tilidan   o‘giruvchi   YUnusxon
Hakimjonov. -T.: O‘zbekiston, 1996. - 527 b.
2.14 Rui   Gonsales   de   Klavixo.   Samarqanddagi   Amir   Temur   saroyiga   sayohat
kundaligi.   (1403-1406 yillar). Ruschadan O.Tog‘aev tarjimasi.- //San’at -
1990. №6, №7, №8.
2.15 Tarixdan saboqlar.Ahmedov - B.A.tayyorlagan.-T.:Fan, 1994.-320 b.
2.16 Temur   tuzuklari.   Prof.   -   B.   Ahmedov   tahriri   ostida   -Toshkent,   G‘afur
G‘ulom, 1991. -200 b.
2.17   Temur   tuzuklari.  Forschadan   Alixon  Sog‘uniy  va   Habibullo  Karomatov
tarjimasi.   So‘zboshi   va   izohlar,   umumiy   tahrir   akademik   -
B.Ahmedovniki. T.: G‘afur G‘ulom, 1996.  344 b.
2.18 Sharafuddin Ali Yazdiy . Z а f а rnom а . -T.:  Ша r қ , 1997. -384  б .
2.19 Qissasi Temur (Malfizoti Temuriy). Toshkent, 2000 y. Inv.№55 /I
2.20 Avtobiografiya   Tamerlana.   Perevod   s   tyurkskogo   Nila   Ljoshina.-T.:
1894,- 115 s.
2.21 Ulojenie Timura (Tamerlana). Pod. Red. N. P. Ostroumova. -Kazan, 1894.
93 -115 s.
III. Asosiy adabiyotlar
3.1. Abduraimov   M.   Temur   va   To‘xtamish.   -T.:   G‘afur   G‘ulom   nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.-79 b.
3.2. Azamat   Ziyo.   Amir   Temur   davrida   davlat   boshqaruvi.-«Amir   Temur   va
uning   jahon   tarixidagi   o‘rni»   mavzuidagi   halqaro   konferensiya   materiallari.   -T.:
O‘zbekiston, 1996. - B. 12-13 
3.3. Azamat   Ziyo.   O‘zbek   davlatchiligi   tarixi.   Eng   qadimgi   davrdan   Rossiya
bosqiniga qadar.-Toshent, SHarq, 2000.- 368 b.
3.4. Alimov R.A. Sohibqiron Amir Temur. (Metodik tavsiyanoma) -T.: 1995 - B.
3.5. Alimov R.A. Sohibqiron Amir Temur.-T.: 1995.
3.6. Amir Temurning Boyazid Yildirimga yo‘llagan maktubi. -//Xalq so‘zi, 1996
y, 10 fevral.
3.6. Amir   Temur   jahon   tarixida.-   Ish   rahbari   prof.   -   S.-   S.Saidqosimov,-   T.:
“SHarq”, 1996,- 293 b.
3.7 Amir Temur jahon tarixida. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri.
-T: SHarq, 2001. -304 b.
3.8. Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan o‘rni.-T.: Fan, 1996. -320 b.
Amir   Temur   va   uning   dunyo   tarixidagi   o‘rni.   //   Xalqaro   konferensiya
ma’ruzalarining tezislari. - Samarqand: 1996. -117 b.
3.9. Amir   Temur   va   uning   jahon   tarixidagi   o‘rni.   //   Xalqaro   konferensiya
ma’ruzalarining tezislari. O‘zbek, rus, ingliz tillarida . -T.: 1996. - 125 b.
3.10. Amir   Temur   va   Temuriylar   davrida   madaniyat   va   san’at.-Toshkent   G‘afur
G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. -88 b;
3.11. Ahmedov - B. Tarixdan saboqlar. -T.: O‘qituvchi, 1994. - 430 b.
3.12. Ahmedov   -   B.   Amir   Temurning   davlatni   idora   qilish   siyosati.   -   Amir
Temurni yod eti- B.- T.: O‘zbekiston, 1996. - B. 5-22 .
3.13. Ahmedov   -   B.   Milliy   tarbiya   sarchashmalari.-«Amir   Temurni   yod   etib»
kitobida. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. - B. 125-126.
94 3.14. Ahmedov   N.,   Badirov   A.   Amir   Temur   va   Temuriylar   davri   tarixiga   kirish
(ma’ruzalar matni) .-Samarqand: 1999.-74 b.
3.15. Ahmedov - B. Amir Temur darslari. - T.: SHarq, 2000. -96 b.
3.16. Boboev   H.   -   B.   O‘zbekiston   siyosiy   va   huquqiy   ta’limotlar   tarixi.   -T.:
Universitet, 1987. -72 b.
3.17. Boboev   H.   -   B.,   Normatov   K.   Milliy   davlatchilik   haqida.   -T.:   YOzuvchi,
1999. -48 b.
3.18. Boltaev   A.   Amir   Temur   muhri   haqida.-//   SHarqshunoslik.   1993.   №4.   -
B.108-109.
3.19. Bo‘riyev   O.   Amir   Temur   davrida   Movarounnahr   va   Mo‘g‘uliston
munosabatlari.-//SHarqshunoslik, 1996. №7.- B. 37-44.
3.20. 3.22. Burxonov   K.L.   Amir   Temur   davlati   va   yagona   Turkiston
konsepsiyasi.   «Amir   Temur   va   uning   jahon   tarixidagi   o‘rni»mavzuidagi   halqaro
konferensiya materiallari. -T.: O‘zbekiston, 1996.B. 38-39.
3.2 1 . Vamberi   Herman.   Buxoro  yohud  Movarounnahr   tarixi.  -T.:  G‘afur  G‘ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1990. -96 b.
3.2 2 . Dadaboev H. Amir Temurning harbiy mahorati.- T.: YOzuvchi, 1996. - 96 b.
Zaynuddinov   0.3.   O‘zbekistonda   bojxona   tizimi   va   uning   o‘zbek   davlatchiligida
tutgan   o‘rni   (1991-2001)   t.f.n.   ilmiy   darajasini   olish   uchun   yozilgan   dissertatsiya
avtoreferati. -T.: 2002.-28 b.
3.2 3 . Zaxoder - B. Imperiya Timura.- // Istoricheskiy jurnal. M., 1941. №6. - S.78-
88.
3.2 4 .  Karimov   -   S.   K.   Amir   Temur   ijtimoiy   ta’limotining   asosiy   tamoyillari   //
O‘rta   Osiyo   sotsiologik   fikrlari   tarixidan.   -   Samarqand   :   SamDU,   2000.   -   B.259-
311.
3.2 5 .  Karimov - S. K. Amir Temur: din vatasavvuf. T.: Fan, 1997. -100 b.
3.2 6 .  Xalqaro   munosabat   va   elchilik   faoliyati,-   Amir   Temur   jahon   tarixida.-   T.:
1996. - B. 94-114.
3.2 7 . Karimov   G‘.,   Xabibullaev   A.   Amir   Temur   va   temuriylar   davlatining
95 diplomatik aloqalari.-// Jamiyat va boshqaruv -1998. №1.B.34-37.
3. 28 .  Karimova N. Temuriylar bilan Xitoy aloqalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha).
-// SHarqshunoslik. 1996. № 7. - B.46-48.
3. 29 .  Karomatov   H.   Ayrim   atamalar   va   tarixiy   istilohlarning   izohli   lug‘ati.
Nizomiddin   SHomiyning   «Zafarnoma»   kitobida.-T.:   O‘zbekiston,   1996.   -   B.506-
521.
3. 30 .  Keren Lyusen, A. Saidov. Amir Temur va Fransiya. T.: Adolat,   1996. -88 -
B.
3.3 1 .  Keren   JL,   A.   Saidov,   Amir   Temurning   diplomatik   yozishmalari.-   Amir
Temur va Fransiya.- T.: Adolat, 1996. - B.72-82
3.3 2 .   Keren   Lyusen.   Amir   Temur   saltanati.   Fransuz   tilidan   tarjima   va   izohlar
muallifi - B. Ermatov. -T.: Ma’naviyat, 1999. -224 b.
3.3 3 .  Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson ahloqi. Birinchi kitob. - Toshkent :
YOzuvchi , 1996. -272 b.
3.3 4 .  Lunin   V.   -   B.   Amir   Temur   va   uning   davriga   oid   manbalar.   Temur   va
Ulug‘bek davri tarixi. -T.: 1996. - B.254-264.
3.3 5 .  Nelson R. Amir Temur ulkan strateg va siyosatdon sifatida. «Amir Temur va
uning jaxon tarixidagi o‘rni» mavzuidagi xalqaro konferensiya tezislari kitobida. -
T.: 1996. - - B. 33-34.
3.3 6 .  Mannonov - B.- S. Amir Temur diplomatiyasi. «Amir Temur va uning jahon
tarixidagi o‘rni» mavzuidagi xalqaro konferensiya materiallari. -Toshkent, 1996. -
B. 104-107.
3. 37 .  Uvatov U. Sohibqiron arab muarrihlari nigohida.-T.: 1997.
3. 38 .  Fayziev T. Temuriylar shajarasi. -T.: YOzuvchi, 1999. -353 b.
3. 39 .  Farzaliev   SH.F.   Temurning   Usmonli   sultoni   Boyazid   bilan   yozishmalari.
«Amir   Temur   va   uning   jahon   tarixida   tutgan   o‘rni»   nomli   konferensiya
materiallari.-T.: 1996. - B.90-92.
3.4 0 .  Fatxi Al -Guveyli. Amir Temur diplomatiyasi. «Amir Temur va uning dunyo
tarixida tutgan o‘rni» mavzuidagi konferensiya tezislari. T.: 1996. - B. 108-109.
96 3.4 1 .  Karomatov   H.   Ayrim   atamalar   va   tarixiy   istilohlarning   izohli   lug‘ati.
Nizomiddin   SHomiyning   «Zafarnoma»   kitobida.-T.:   «O‘zbekiston»   1996.   -   B.
506-521.
3.4 2 .  Axmad   Donish.   Istoriya   Mangitskoy   dinastii.   -   Dushanbe:   Donish,   1967.   -
140 s.
3.4 3 .  Bartold   V.V.   Turkestan   v   epoxu   mongolskogo   nashestviya.   CH.   I.   Tekstm
SPb: 1898. - S. 201; Issledovanie SP- B.1900. -573 s.
3. 44 .  Bartold   V.V.   Timur.   Ensiklopedicheskiy   slovar.   Brakgauz-   Efran,   T.XXX,
M.: Sp-B.: 1901.-S. 195-197.
IV. INTERNET MALUMOTLARI
4.1  http://enc.mail.ru/article/19001291    12   
4.2 http://www.sngnews.ru/frame_article/20/60529.html   
4.3 http://www.vavilon.ru/textonly/issuel3/gugolev.html       
4.4 http://enc.mail.ru/article/67035700       
4.5 http://www.refcity.rU/content/6271/l     1 .html   
4.6 http://www.tuad.nsk.ru/~history/Author/Russ/SH/ShabuldoFM/Vytim         ,ht   
ml
4.7 http://vostok.edunet.uz/tim.htm   
4.8 http://tajforum.ti/index.php?act=Print&client=printer&f-7&t=399   
4.9 http://hronos.km.ru/biograf/timur.html     
4.10 http://rulers.boom.ru/tamerlan/tamer.htm   
4.11 http://hronos.km.ru/biograf/timur.html   
4.12 http://www.peoples.ru/state/statesmen/tamerlan/   
4.13 http://columbia.thefreedictionary.com/    Amir+temur   
4.14 http://rulers.narod.ru/tamerlan/tamer.htm   
4.15 http://www.armenia.ge/georgia/ge_hist4_rus.phphttp://en.wikipedia.org/   
wiki/Timur
97

AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH .................................................................................................................................... 3 I BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI ........................................ 9 1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi. ........................................................................................................ 9 1.2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar. ....................................................... 14 1.3 Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, asosiy mansab va unvonlar. ....... 20 II BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA SUD -HUQUQ TIZIMI. .. 44 2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi. ......................................................................... 44 2.2 Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi. ...................................................................................... 51 III BOB. AMIR TEMUR AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI SIYOSATI VA DIPLAMATIYASI. ................................................................................................................. 60 3.1 Amir Temur davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari. .............................................................. 60 3.2 Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari. ........................................................................ 65 XULOSA ............................................................................................................................... 85 FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ................................................................. 91

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; Mustaqillik milliy o‘zligimizni anglash imkoniyatini yaratdi. Istiqlol yillarida o‘tmishda unutilib ketgan urf-odatlar, o‘zbekka xos an’analar qaytadan tiklanib, milliy tariximizning nomalum sahifalari tadqiq etilmoqda. Yurtimizda shakllangan va turli bosqichlarda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan milliy davlatchilik tariximiz o‘zbek xalqining siyosiy tarixi bo‘lib, ular o‘zbek millatining kuch-qudrati, erki, ozodligi, g‘ururi timsoli hisoblanadi. - Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Dovon, Kushon, Turk xoqonligi, temuriylar kabi davlatlar ana shunday davlatlardan edi. Bu davrlarda o‘ziga xos boshqaruv asoslari - davlatchilik ta’limotlari yaratilgan. Ushbu davlatlarning taraqqiyotiga turtki bergan omillarni tadqiq etish va amaliyotda ulardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish bugungi kundagi davlat boshqaruv asoslarimizning mustahkamlanishiga xizmat kiladi. Milliy tariximizda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur va uning davlatchilik tarixi alohida o‘rin tutadi. Afsuski, sovet davrida Amir Temur faoliyatini xolisona o‘rganishga katta to‘siqlar qo‘yildi va uning nomiga tuhmatu dashnomlar otildi. Sovet davrida Amir Temurga otilgan tuhmatlar mustaqillik davrida barham topdi, uning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib baholandi. Bevosita bu ulug‘ zotning xizmatlarining etirof etilishida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning katta o‘rni bor. Birinchi prezidentimizning tashabbusi bilan 1994-yil 29-dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori, 1995-yil 26- dekabrdagi «1996-yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida'»gi, 1996-yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonlari chiqdi. YUNESKO xalqaro tashkiloti dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini, tarixdagi buyuk xizmatlarini inobatga olib Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul 3

qildi 1 . 1996-yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo miqyosida keng nishonlandi. Tadqiqot obyekti va predmeti; Markaziy Osiyoning Amir Temur davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvidagi davlatlar, Temuriylar davri tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlar usha davrda yozilgan tarixiy-geografik, tarixiy va boshka asarlar, xujjatlar, taqrizlar, malumotlar, insho-yozishmalar kabilardan o‘rin olgan. Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar davri ijtimoiy-madaniy hayotida Amir Temur davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvini o’ziga hos hususiyatlari, temuriylar davri ta’lim tizimi xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Ilmiy yangiligi; “Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi” mavzusi hali tadqiqotchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi darajasida bajarilmaganligi uning ilmiy yangiligiga dalildir. Birinchidan, biz tomonimizdan tanlangan mavzuga tegishli bazi masalalar avval tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o‘rganilgan, ammo ularning hech qaysisida bu sohalarning davlatchilik taraqqiyotiga tasiri va u bilan chambarchas bog‘liqligi, ularning bu davrda yaratilgan davlatchilik talimotining muhim nazariy konsepsiyasi ekanligi tahlil etilmagan edi. Shuningdek bu tadqiqotda Amir Temur davlat boshqaruvining asosiy sohalariga etibor qaratilib, bu sohalarning davlatchilik asoslarini yaratishga ko‘rsatgan tasiri tahlil etiladi. Ikkinchidan, Amir Temurning o‘rta asr boshqaruv ananalariga asoslangan holda davlatni boshqargani, ammo o‘z davridagi forsiy-arabiy, turkiy-chingiziy ananalardan davlatni boshqarishda foydalangani, ular o‘rtasidagi muvofiqlikni topgani va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar haqida tahlillar berishga intildik. Tadqiqotimizda jamiyatda siyosiy ong va manaviyatni yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni ilk bora tahlil etdik. Shuningdek ilm -fan taraqqiyotiga turtki bergan omillarni, jumladan, yagona, yirik qonunchilikka asoslangan saltanatda ilm 1 UNESCO: Resolutions twentyeighteen session ofthe general Conference.-Vol.I. - Paris, 1996. - P.89. 4

fan. taraqqiyotiga katta zamin yaratilgani, Amir Temurning ushbu sohaga davlat siyosati darajasida yondashganligi, natijada ilm-fan integratsiyasi yuzaga kelganligi haqida fikrlar berib o‘tdik. Uchinchidan bu tadqiqotda birinchi marta ijtimoiy tizim va uning davlatchilikning muhim bo‘g‘ini ekanligi tahlil etilgan. Mazkur ishda davlat boshqaruvida ijtimoiy sohaning o‘rni, ijtimoiy sohaning davlat boshqaruvi va qonunchilik bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etganligi, xodimlarni tanlash siyosati, ijtimoiy himoya, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida Amir Temur davrida pul va natura shaklida kredit tizimi yaratilgani, soliqlar xam aynan ijtimoiy ximoyaga yo‘naltirilgan holda tashkil etilganligi tahlil etildi. To‘rtinchidan birinchi marotaba bu davr davlatchilik taraqqiyotida davlat rahbarining o‘rnini Amir Temur misolida ochib berishga intildik. Beshinchidan, ilk bor avvalgi tadqiqotlardan farqli ravishda qurultoylarning davlatchilikda tutgan o‘rni va ta’sirini tahlil etdik. Oltinchidan, Amir Temur markaziy va mahalliy davlat boshqaruv idoralari, ularning o‘zaro aloqadorligi, bir-biriga bo‘ysunishi va chambarchas bog‘liqligi, bu davlat boshqaruv mexanizmining davlatchilikka ta’sirini ilk bor o‘rgandik, avvalgi tadqiqotlarga tayangan holda bu mavzuni yangi ma’lumotlar bilan boyitdik. Yettinchidan, Amir Temur davridagi mansab va unvonlar ularning davlatchilikka ta’siri tahlil etilgan; Sakkizinchidan, birinchi bor davlatni ichki va tashqi xavflardan ximoya qilishga mo‘ljallangan mudofaa siyosati va uning barqaror davlat qurishga ta’siri tahlil etildi. Harbiy soxadagi o‘n ikki pog‘onali amirlik darajalari, harbiylarni mukofotlash va harbiy tizimning boshqa jihatlari olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, bizning ishimizda ulardan farqli o‘laroq harbiy sohaning davlatchilikni mustaxkamlashga ko‘rsatgan ta’siri tahlil etilgan, shuningdek sud-xuquq tizimining Amir Temur davlatining majburlov funksiyasini bajarishdagi o‘rni ochib berilgan. To‘qqizinchidan, dissertatsiyadagi “Amir Temur davri tashqi siyosati va 5

diplomatiyasi” mavzui ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilganligiga qaramay hali diplomatiya va tashqi siyosatning davlat boshqaruv asoslarini yaratishga ko‘rsatgan tasiri ochib berilmagan edi. Avvalgi tadqiqotlardan bizning tadqiqotimizning farqi ham shundadir. takrorlanishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois o‘rganilish darajasiga tegishli bo‘lgan bazi malumotlarni asosiy boblarni yoritishda va adabiyotlar ro‘yxatida keltirdik. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; Amir Temur butun bashariyat tarixida katta iz qoldirgan davlat arbobidir. U o‘z faoliyati davomida yurtimiz va dunyo xalklari obodligi uchun quyidagi murakkab va masuliyatli vazifalarni ado etdi: 1. O‘rta Osiyodan mo‘g‘ullarni tag-tomiri bilan yo‘qotish; 2. Tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan mamlakatni yagona davlatga birlashtirish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga oshirish; 3. Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini yaratish; 4. Uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy asoslarini mustahkamlash; 5.Movarounnahrni dunyoning eng gullagan saltanatiga aylantirish; Shuningdek Amir Temur homiylgi ostida uning davrida yaratilgan intellektual meros Evropa Uyg‘onishiga samarali tasir ko‘rsatdi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan. XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Al-Qalqashandiy, As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn- 6