7-SINF O‘QUVCHILARIDA AMIR TEMUR SHAXSI VA UNING DAVLAT BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISHDAGI XIZMATLARINI YORITISHDA TARIXIY METODLARNI O‘RNI
7-SINF O‘QUVCHILARIDA AMIR TEMUR SHAXSI VA UNING DAVLAT BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISHDAGI XIZMATLARINI YORITISHDA TARIXIY METODLARNI O‘RNI I BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR FAOLIYATIGA DOIR TARIXIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI I.1. Mustaqillik davri tadqiqotlarida Amir Temur hayoti va faoliyati tahlili 1.2. Barkamol shaxsni shakllantirishda Amir Temur jasoratining ahamiyati II BOB. AMIR TEMUR SHAXSI VA FAOLIYATI II.1. Amir Temur hayot yo‘lini tushuntirishda “Individual dars” shakli va Amir Temur va temuriylar davri tarixi mavzularini yoritishda “taxt” metodidan foydalanish II.2. Markazlashgan davlat sari yo‘l va ulkan hududlarni egalanishi metodologik tahlili II BOB. AMIR TEMUR SALTANATIDA BOSHQARUV TIZIMI VA DAVLAT RIVOJI UCHUN QILGAN XIZMATLARI. III BOB. TARIX DARSLARIDA AMIR TEMUR MAVZUSINING O‘QITILISHI III.1. Mustaqillik davri tarix darslarida Amir Temur siymosi III.2. Darsning tashkiliy va didaktik tamoyillari XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH Ta’lim-tarbiya ishi bugungi kunda ta’lim oluvchilarning har tomonlama rivojlantirishini ta’minlovchi majmuaviy jarayon sifatida namoyon bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning aqliy rivolanishi, o‘quv-biluv jarayonida faoliyati, tahsil olishi va rivojlanishining o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam bermog‘i lozim. Xuddi shu borada ta’limtarbiyada Amir Temur o‘gitlari orqali o‘quvchilarni bilim sifatini a’lo darajada ko‘tarish hayotga tatbiq etish, amalga oshirib borish ko‘zda tutiladi. Vatanini, millatini yangi jahonshumul ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’naviy ufqlarga olib chiqish omillarini ishga soladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida «Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak» deb ta’kidlagandi. Yaya’ni, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi bo‘lgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar ko‘p o‘rgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urib, elu yurtga bo‘lgan muhabbati yanada ortadi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa, xalqimiz tarixida o‘tgan ko‘plab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini o‘rganish ham muhim ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Ma’lumki, Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi bo‘lganligi, hamda uning ijtimoiy- siyosiy qarashlari, saltanat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan islohotlari borasida uning zamondoshlari ham, keyingi davr olimlari va siyosatchilari ham o‘z fikrlarini bayon etganlar. Endi ana shu fikrlar tahlili bilan yaqindan tanishishni lozim deb topdik. Amir Temurning zamondoshi muarrih Hofizi Abru yozishicha: “...hazrat 2
Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi». Aytib o‘tish joizki, azaldan olim u fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar) ijod qilish uchun qaerda qulay sharoit bo‘lsa, shu tomonga talpinib yashagan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoning Ko‘kdala tumaniga tashrifida o‘tkazilgan faollari bilan uchrashuvda Amir Temur mudofaa merosi haqida gapir ib “ Ozroq vaqtim bo‘lsa kitob o‘qiyman. Sohibqiron Amir Temurning To‘xtamishxonning jangi haqida o‘qib chiqdim. Amir Temur bu jangda yettita usulni qo‘llagan ekan. Jasorati, o‘z askarlarini mardonavor tarbiyalashi bilan birga, janglarni ham o‘zi boshqargan. O‘zim uchun ham bu yangilik bo‘ldi. Keyin kimdir shu jang usulini o‘rgangani bilan qiziqib ko‘rdim. Hech kim o‘rganmagan ekan. Eng avvalo bobolarimizning usullarini o‘rganishimiz kerak», — dedi prezident va sohibqironning jangovar merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi ” 1 . Yangilanayotgan O‘zbekistonda boy madaniy merosni asrab avaylash, madaniyatimizni jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish va ta’limda zamonaviy tadqiqot usullarini tarixiy izlanishlarga keng joriy etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. «Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda» 2 . Bugungi kunda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davriga poydevor qurish uchun ta’lim tizimining tarixiy asoslarini, Amir Temur va Temuriylar ning ta’lim sohasida olib borgan davlat siyosati va uning mohiyatini 1 https://daryo.uz/k/2022/04/21/ozim-uchun-ham-bu-yangilik-boldi-shavkat-mirziyoyev-amir-temur-mudofaa- merosi-haqida-gapirdi 2 Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. Халқ сўзи, 2020 йил, 186(7688)-сон. 3
chuqur o‘rganish, izchillik bilan manbalar asosida yoritib berish ilmiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Amir Temur davlatida yosh avlod tarbiyasi masalasida so‘z yuritganda uning chinakam vorislari sifatida bobomiz pand nasihatlariga amal qilishimiz ham farz, ham qarz chunki bu ugitlar bebaho xazinadir. Vatanparvar, insonparvar, erksevar va milliy g‘urur tuyg‘usi kuchli odam bo‘lgani bois Turkistonni mug‘ullar asoratidan ozod qildi. Bu yerda markazlashgan davlat tuzib, uni boy va buyuk bir o‘lkaga aylantirdi. Temuriylar davlatida ilm-fan va madaniyat sohasida o‘ziga xos o‘rin tutgan Movarounnahr va Xuroson ta’lim tizimini tadqiq etish tanlangan muammoning xususiy jihatlarini aniqlash va tizimli o‘rganishga imkon beradi. Bu esa dissertatsiyaning tarix fani sohasidagi zaruratini ko‘rsatadi . Tadqiqot obyekti va predmeti. Maktab darsliklarida berilgan Amir Temur mavzusining mazmun mohiyatini ochib berish orqali o‘quvchilarda buyuk sarkarda faoliyati bilan bog‘liqq ma’lumotlaarni shakllantirish va targ‘ib etish, o‘qish va o‘rganish tadqiqotning obyektini, buyuk sardardaning davlatchilik qarashlari orrqaali uning tarixiy siymosini o‘rganish esa bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Belgilangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar davri ijtimoiy-madaniy hayotida Amir Temur va Temuriylar davri ijtimoiy siyosiy taarixiy xusuusiyaatlarini ochib berishdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda mavzuni yaxlit o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi: Amir Temur taarixiy siymosi va faoliyatiga yozma manbalar, tarixiy tadqiqotlarda bildirilgan fikrlar va qarashlarni ta’riflab berish; Amir Temur faoliyatining o‘quvchilarda vatanparvarlik tamoyillarini shakllantirish ; 4
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo markazlashgan davlat tuzilishida Amir Temurning tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish: Amir Temurning g‘oliblik sifatlarini tarixiy ma’lumotlar asosida asoslab berish; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xuroson ta’lim muassasalari faoliyatiga doir ma’lumotlar Temuriy hukmdorlar olib borgan siyosatning tub mohiyatini aniqlashga xizmat qiluvchi nazariy metodologik yondoshuvlarni mukammallashtirish foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Bu davrda tadqiqot mavzusiga yaqin doirasida yaratilgan ilmiy ishlar va adabiyotlar salmoqli bo‘lsada, tadqiqotlarda Temuriylar davri ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmagan. Rossiya sharqshunoslaridan V.V.Bartold, B.Vaymern, A.Yu.Yakubovskiy, A.N.Boldirev, A.M.Beleniskiy, N.N.Tumanovich kabi olimlar Samarqand, Buxoro va Hirotdagi ba’zi madrasalarni eslatib o‘tganlar va Temuriylar davri Hirotdagi madrasalar o‘z faoliyatini XVI-XVIII asrlarda ham davom ettirganliklari haqida ma’lumotlar beradilar. Mazkur davr tarixshunosligida A.Yu. Yakubovskiy Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ilmiy asarlari bilan ajralib turadi. U o‘zining 3 Alisher Navoiy hayotidagi ijtimoiy va madaniy chizgilarga bag‘ishlangan maqolasida Hirotning Alisher Navoiy faoliyati bilan bog‘liq va uning mablag‘i hisobiga qurilgan ba’zi madrasalar xaqida ma’lumot beradi 4 . Mustaqillik yillarida Amir Temur va Temuriylar davrini tarix fanida yangicha nazariy-metodologik yondashuvlar asosida o‘rganish mezonlari va tarixshunoslik 3 Якубовский А.Ю. Самарканд при Тимуре и темуридах, Ленинград, 1933; Ўша муаллиф. Черты общественной и культурной жизни эпохи Алишера Навои. Сборник статей. Москва-Ленинград, 1946, С.5-30. 4 Якубовский А.Ю. Черты общественной и культурной жизни эпохи Алишера Навои. С.5-30. 5