TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA MADANIY HAYOT
TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA MADANIY HAYOT . M U N D A R I J A KIRISH………………………………………………………………..…..… 3-5 1-bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA ILM-FAN RAVNAQI. 1.1 Amir Temur – ilm-fan va madaniyat homiysi……………………….…….6-12 1.2 Mirzo Ulug bek akademiyasi faoliyati…………………………………....12-22ʻ 1.3 Mirzo Ulug bek rasadxonasi to g risidagi ma’lumotlar tarixi tahlili…......22-31 ʻ ʻ ʻ 2-bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA TA’LIM TIZIMI VA ME’MORCHILIK. 2.1 Temuriylar davri ta’lim tizimi……..……………………………………...32-48 2.2 Temuriylar davri me’morchiligi…………………………………………..48-57 XULOSA………………………………...…………………………………… 58-60 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR…..……........... 61-63 1
KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi . Amir Temur kabi Vatan farzandlari odatda shaxsiy manfaatlarini chetga surib qo ʻ yib, xalqi, millati uchun astoydil xizmat qiladilar. Vatan farzandlari katta ma’naviy salohiyatga ega bo ʻ ladilar. Ularning ma’naviy imkoniyatlari bir kishiga xizmat qilish doirasidan chiqib, ulkan qudratli ijtimoiy kuchga aylanadi. Natijada u, ijtimoiy kuch eliga, xalqiga, Vataniga xizmat qila boshlaydi. Temur ilm olishni xush ko radigan, ilm egalariniʻ qadrlaydigan zot edi. Istiqlol Amir Temurni yuqori davlat siyosati darajasida ulug ʻ ladi. O ʻ znavbatida sohibqiron Amir Temur ham yana Vatan mustaqilligiga ma’naviyxizmat qilib kelmoqdalar. Amir Temurni “o ʻ ldiramiz” deganlarning o ʻ zlari bu dunyoni tark etdilar. U – qizil, kaltabin “dohiy”lar tushunmadilarki, millat, Vatan dardi bilanyashagan ulug ʻ insonlarni o ʻ ldirib bo ʻ lmaydi. Chunki ular hayotliklaridayoqhech qachon “o ʻ lmaslik” chorasini ko ʻ rib qo ʻ yganlar. Bu tarixning hechqayerida yozilmagan, hamma ham darhol hazm qila olmaydigan falsafasidir. Amir Temur vorislari ham u kabi ilm-fan, madaniyat homiylari bo lib ʻ tanildilar. Shoxrux Mirzo, Ulug bek, Abulqosim Bobur, Ibrohim Mirzo, Zahiriddin ʻ Muhammad Bobur kabi temuriylar vakillarining ilm-fan rivoji uchun qo shgan ʻ hissalari beqiyos bo lib, ularning merosini o rganish muhim ahamiyatga egadir. ʻ ʻ Muammoning o’rganilganlik darajasi. Xalqimiz tarixi haqida juda ko ʻ plab asarlar yozilgan. Ular turli davrda turli mafkuralar ta’sirida yaratilgan. Vatandoshlarimiz ham boshqa mamlakatlarning tadqiqotchilari ham o ʻ lkamiz tarixini yaratganlar. Lekin ularning har birini taqqoslab, sinchiklab, tahlil qilib o ʻ rganish hozirgi davrda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, ikki jilddan iborat Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” bilan B.Ahmedovning “Amir Temur” kitobini taqqoslaydigan bo ʻ lsak boshqacha ohang, ma’no-mazmun beradi. Lekin Ibn Arabshoh kitobi ham qator ma’lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. Amir Temur va temuriylarning ilm-u fan, madaniyat, san’atga qo shgan ʻ hissasini o rganish ʻ bo’yicha mamlakatimiz olimlaridan tashqari xorij olimlari tomonidan hambir necha yo ʻ nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. 2
Amir Temur va temuriylar davlatida ilm-fan, ta’lim, ma’daniyat mavzulari doirasidagimasalalarni o ʻ rganishda R. M. Abdullaev, S. Mamashokirov, N. A. Abdurahimova, A. Ahmedov,D. Alimova, A. Abdurahmonov, B. Ahmedov, S. S. A’zamxo’jaev, A. Begmatov, A. O ʻ rolov, I. Suvonqulov, N. Jo ʻ raev, N. Norqulov,Sh. Ziyodov, H. Ziyoev, D. Ziyoeva, B. Ishakov, A. Mansur,A. Nabiev, Q. Rajabov, U. Uvatov, M. Haydarov, K. Shoniyozov, B. Eshonjonov,Z. Qodirov, O. Qoriev, D. G ʻ ulomova kabi tarixchi, faylasuf, dinshunos,islomshunos olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni alohidaqayd etish zarur. Malakaviy bitiruv ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi Samarqand davlat universitetining ilmiy-tadqiqot rejasi bilan uzviy bog’liq. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Amir Temur va temuriylar davri madaniy hayoti, ta’lim tizimi va fanda erishilgan yutuqlarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. – Amir Temur va temuriylar davri madaniy hayoti, ta’lim tizimi va fanda erishilgan yutuqlarni tadqiq qilish; –Temuriylar davri ma’naviy hayotini o rganish;ʻ – Temuriy shahzodalarning ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat rivojiga qo shgan hissasini aniqlash; ʻ – Temuriylarning mintaqa ma’naviy qiyofasining shakllanishidagi o rniga ʻ to’g’ri baho berishdan iborat. Tadqiqotning metodlari. Ko’zlangan maqsadga erishish, belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlashda ilmiy bilishning: ob’ektivlik, sistemalilik, umumiy aloqadorlik, rivojlanish, vorislik, milliylik va umuminsoniylik, tarixiylik va mantiqiylikning birligi tamoyillari hamda qiyosiy tahlil, analiz va sintez, analogiya, umumlashtirish usullari metodologik asos bo’lib xizmat qildi. Tadqiqotning ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishining ahamiyati unda o’z aksini topgan xulosalarning Temuriylar davri ma’naviy hayotini chuqurroq anglab 3
yetishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. Ularnitadqiq etish konkret mamlakatimiz ma’naviy va madaniy sohasida sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlarning mazmunini to’g’ri anglashga yordam beradi. Ayni paytda, malakaviy bitiruv ishida bayon etilgan xulosalar ushbu yo’nalishdagi keyingi tadqiqotlar uchun muayyan nazariy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Malakaviy bitiruv ishining ahamiyati unda o’z aksini topgan nazariy xulosalar va umumlashmalar, konkret amaliy taklif- tavsiyalardan Temuriylar davrimintaqa ma’naviy hayotini tadqiq etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, mustaqillik sharoitida tarixiy tafakkurda sodir bo’layotgan keng qamrovli ijobiy o’zgarishlarni ushbu yo’nalishda faoliyat yuritayotgan uyushmalar, jamg’armalarning faoliyati orqali keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib va tashviq qilish jarayonida, o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tegishli o’quv kurslarini o’qitishda ham foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati dan iborat . 4
I.BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAMARQANDDA ILM-FAN RAVNAQI. I. 1. Amir Temur – ilm-fan va madaniyat homiysi. Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun ma naviy ozuqadir. Buni Amir Temurʼ yaxshi bilardi. Shuning uchun ham u olim va fozil kishilarni o ziga do st tutgan, ʻ ʻ ularning izzat-hurmatini o rniga qo ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash ʻ ʻ va maslahatlaridan foydalangan. Buni u avlodiga ham vasiyat qilib ketgan. Masalan, «Tuzuklar»da o qiymiz: «...baxtli farzandlarim va qudratli nabiralarimga ʻ ma lum bo lsinkim, men sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, ʼ ʻ tarixshunoslarni sara va e tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o rniga ʼ ʻ qo ydim». Ibn Arabshohning aytishicha, Temur shoirlar va hazil-mutoyiba ahlidan ʻ ko ra olimlarni ko proq xush ko rardi ʻ ʻ ʻ 1 . Amir Temur saltanat rivojida ilm-fanning o rni muhim ekanligini teran idrok ʻ etgan holda ilm ahliga homiylik qildi, madrasalar, kutubxonalar tashkil etdi. Vengriyalik atoqli sharqshunos Arminiy Vamberi ma’lumot berishicha, Temur Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk tashiydigan hayvonlarga ortib, Samarqandga ko chirtirgan ʻ 2 . U poytaxtining ilm-fan va madaniyat markazi bo lishi yo lida ʻ ʻ harakat qildi. Tarixchilar (Sharafuddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh va b. q.)ning guvohlik berishicha, Amir Temur o z saroyiga yetuk olimlarni, xususan ilohiyot olimlarini, ʻ faqihlarni, riyoziyot (matematika), falakiyot (astronomiya), tibbiyot (meditsina), falsafa, tarix, musiqashunoslik, ilmi aruz fanlarining yetuk namoyondalarini to plagan ʻ 3 . U, deydi Vamberi, yoshligida otasining va ruhoniy imomlarning talqinlari ta siri bilan hayotga islom va tasavvuf nazaridan qaragan edi. Uning qat iy ʼ ʼ jangovar ruhi va chegara bilmas yagona rayosati hamisha bu sifatlari bilan botiniy kurashda edi. So nggi sifatlar unda g olib bo lsa kerakki, o zi shundan deydi: ʻ ʻ ʻ ʻ «Hokimiyatni qo lda qilich bilangina ushlab turish mumkin». U askariga Isfahonni ʻ 1 Аҳмедов Б . Амир Темур дарслари. Т.: 2001. Б-68. 2 ВамбериA . БухороёхудМовароуннаҳр тарихи .Iжилд. Т.: 1990. Б-33. 3 Аҳмедов Б . Амир Темур дарслари. Т.: 2001. Б-68. 5