logo

AMIR YALANGTUSH BAHODIR DAVRIDA SAMARQANDNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

623.216796875 KB
AMIR YALANGTUSH BAHODIR DAVRIDA SAMARQANDNING
IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI
MUNDARIJA
KIRISH 
I BOB.  YALANGTUSH BAHODIR FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIKDA 
O'RGANILISHI.
1.1 Yalangtush Bahodir faoliyati yurtimiz tadqiqotchilari asarlarida aks etishi.
1.2 Yalangtush Bahodir faoliyati rus tadqiqotchilari tomonidan o'rganilishi.
I bob bo'yicha xulosa.  
II     BOB.   YALANGTUSH   BAHODIR   MOHIR   SARKARDA   VA   DAVLAT
ARBOBI.
2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
2.2 Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi.
II bob bo'yicha xulosa.
III   BOB.   YALANGTUSH   BAHODIRNING   SAMARQANDDA   AMALGA
OSHIRGAN BUNYODKORLIK ISHLARI.
3.1 Sherdor madrasasi.
3.2 Tillakori madrasasi.
III bob bo'yicha xulosa.
UMUMIY XULOSA.
ILOVALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.
1                                                       KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.     O'rta   Osiyo   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayotida
muhim   o'rin   egallagan   mashhur   sarkardalar,   yo'lboshchilar   va   hukmdorlar   hayoti
va   faoliyati   ajdodlarimiz   tomonidan   yaratilgan   turli   yozma   manbalarda   saqlanib
qolgan. Ana shunday yirik shaxslardan biri Amir Temur vafotidan keyin Zarafshon
vohasida   yetishib   chiqqan,   XVII   asrda   Samarqand   shahri   hokimi   bo'lgan
yurtdoshimiz   Yalangtush   Baahodir   sanaladi.   Yalangtush   Bahodir   Mirzo
Ulug'bekdan keyin Samarqandda juda katta memorchilik ishlarini amalga oshiradi.
Registon   maydonida   Sherdor   va   Tillakori   madrasalari,   Xo'ja   Ahror   Valiy
qabristoni   oldida   Nodir   devonbegi   madrasasi   va   ko'plab   ko'priklar   qurdirgan,
Siyob   bozorini   hozirgi   joyiga   ku'chirgan   va   uning   yonida   karvonsaroy,   savdo
rastalari qurdirgan shaxsdir.
Bundan tashqari Yalangtush Bahodir davri murakkab siyosiy davr bo'lganligi
bilan   ham   ahamiyatlidir.   Bu   davrda   bir   tomondan   ashtarxoniy   hukmdorlar   o'zaro
taxt   talashishar,   ikkinchi   tomondan   esa   bundan   tashqi   dushmanlar   foydalanib
qolishga   urinib,   mamalakat   hududiga   tashqi   dushmanlar   bostirib   kirayotgan   edi.
Jumladan,   bu   davrda   mamlakat   hududiga   Hindistkn   hukmdori   sanalgan   boburiy
hukmdorlar ( Shohjahon ) va bir necha bor qozoq sultonlari bostirib kirayotgan edi.
Yalangtush Bahodir esa yurt tinchligi uchun bor kuch-g'ayrati bilan harakat qilib,
diyorimizni   ulardan   himoya   qilayotgan   edi.   Shunday   tarixiy   murakkab   davr
bo'lishiga   qaramay,   bu   davrda   Samarqandda   ilm-fan   yuksak   darajada   rivojlandi.
Bundan   tashqari,   yurt   obodonchiligiga   ham   alohida   e'tibor   qaratdi.   Yalangtush
Bahodir   o'z   mablag'lari   hisobidan   vayrona   holatga   tushib   qolgan   Samarqanddagi
Registon   maydonida   Ulug'bek   madrasasi   qarshisida   Sherdor   madrasasini,   uning
yonida esa Tillakori madrasasini bunyod ettirdi.
Yalangtush Bahodir Samarqand viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand
vohasida   madaniyat,   adabiyot   va   san'at   rivojlangan,   ulkan   obodonchilik   ishlari
amalga   oshirilgan,   yurt   hududi   chegaralari   mustahkamlangan.   Shu   davrda   Xitoy
2 davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar  hayotiga xavf  solib turgan jung'orlar
hujumi   hamda   qozoq  xonlarining  bosqinchilik   yurishlari   Yalangtush   Bahodirning
say-harakatlari   bilan   bartaraf   etilgan.   Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi   qo'shin
qozoq   xalqini   jung'orlar   zulmidan   saqlab   qolgan,   Balx   viloyati   aholisini   boburiy
hukmdorlardan ozod qilishda ham qatnashgan. 
Bugungi   kunda   tarixiy   manbalarda,   asosan,   Yalangtush   Bahodirning
obodonchilik   ishlari   to'g'risida   ma'lumot   berilgan.   Yalangtush   Bahodirning
shaxsiyati,   siyosiy   faoliyati,   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixida   tutgan   o'rnini
o'rganish   va   jamoatchilikka   yetkazish   dolzarb   vazifa   bo'lib   turibdi.   Mazkur   asar
ana   shu   ehtiyoj   natijasida   yaratilgan.   Bu   asarlar   tarixiy   manbalar   asosida
Yalangtush   Bahodirning   hayoti   va   hukmronligi   davrida   ilm-fan,   san'at   va
madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari 
bilan munosabatiga oid lavhalar qamrab olingan. Asarda tasvirlangan sarkardaning
oilasi, faoliyati  bilan bog'liq voqealar  buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt
ravnaqi yo'lidagi xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi.
                Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   O’zbekiston   miqyosida   Yalangtush
Bahodirning   siyosiy   faoliyatini   o’rganish   va   o’rganish   natijasida   qo;lga   kiritilgan
tarixiy   manbalar.   Xususan,   Sherdor   va   Tillakori   madrasalaridagi   tasvirlar   va
mahalliy hamda chet el tadqiqotchilarining asarlari.
             Tadqiqot  maqsadi.   XVII  asr  Ashtarxoniylar  hukmonligi  davridagi  Buxoro
xonligining   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayotini   o’rganish   va   bu   davga   oid   bir
qancha   muammolarni   tahlil   qilish,   ularning   yurtimiz   tarixini   o’rganishdagi
ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
           Tadqiqotning vazifalari.   –Yalangto’sh Bahodirning siyosiy faoliyati haqida
mustaqillikdan   so’ng   amalga   oshirilgan   tadqiqotlarni   ma’lum   bir   tizimga   solish
umumlashtirish;
      -XVII  asrda   Buxoro   xonligidagi   ijtimoiy-siyosiy   vaziyatni   o’rganishdagi
muammolarga   xorijlik   mutaxassislarning   qarashlarini   tahlil   qilib,   bu
muammolardan ayrimlarining yechimini topish;
3             -   O’zbekistonda   amalga   oshirilgan   ilmiy   tadqiqotlarning   natijalarini   ilmiy
muomalaga kiritish;
      - Sherdor va Tillakori madrasalarini o’rganish asosida ularning memorchilikda
O’zbekiston tarixida tutgan o’rnini aniqlash;
         - O’zbekistonda xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning ilmiy
ahamiyatini aniqlash;
Ilmiy   yangiligi.   Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   Yalangtushbiy   Bahodir
hukmronligi   davri   tarixiy   murakkab   davr   bo'lganligiga   qaramay   Yalangtushbiy
Bahodir   o'zining   hukmronligi   davrida   madaniyat,   san'at,   ilm-fan   va   adabiyot
yuksak darajada rivojlangan. Yalangtush Bahodirning o'zi ilm-fanga alohida e'tibor
qaratib   homiylik   qilgan.   Tadqiqot   ishining   yana   bir   jihati   dissertatsiyada
Yalangtushbiy Bahodirning Samarqand shahri obodonchiligi yo'lida olib borgan bir
qator   ishlari   ochib   beriladi.   Shu   jumladan,   shaharning   Registon   maydonida
joylashgan Sherdor va Tillakori madrasalarini qurdirib, Registon maydonini hozirgi
qiyofaga   keltirgan   tarixiy   shaxs   sifatida   ulug'lanadi.   U   katta   harbiy   yurishlar
natijasida   uning   qo'lida   juda   katta   boylik   to'planadi   va   shu   boyliklarni   yurt
obodonchiligi ishlariga sarflaydi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Dissertetsiyaning   asosiy
masalasi   XVII   asrda   Buxoro   xonligida   ro'y   bergan   siyosiy   o'zgarishlar,   shu
jumladan   ashtarxoniylar   hukmronligi   davridagi   taxt   uchun   kurashlar,   qo'shni
davlatlar   bilan   amalga   oshirilgan   turli   diplomatik   aloqalar   masalalari   ochib
berilgan.   Bundan   tashqari   dissertatsiya   ishida   yer   yuzining   sayqali   sanalmish
Samarqand shahrining XVII asrdagi qiyofasi aks etilgan. Keyingi asosiy masala bu
Yalangtush   Bahodirning   qozoq   botiri   Jalangtosdan   bir   nechta   farqli   jihatlari   bir
qator tarixchilarning fikrlari bilan farqlangan.
Tadqiqot   mavzusi   bo'yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili).   Dissertatsiya
mavzusi   bo'yicha   foydalanilgan   adabiyotlarda   B.B   Ahmedovning   Balx   tarixiga
bag'ishlangan   "История   Балха"   asari,   Н.Н.   Туманович     Герат   в   XVI-XVIII
4 веках,Muhammad   Tohiri   Voxidning   "Tarixi   olamaroyi   Abbosi"   asari,   Abu
Tohirxo'janing   "Samariya"   asari,   Mahmud   ibn   Valining   “”Bahr   ul-asror   fi
manoqibi   ul-ahror”   (“Olijanob   kishilarning   shon-shavkati   haqida   sirlar   dengizi”)
asari,     chet   el   tadqiqotchilaridan   M.M.   Abramov,   Gribov,   Ivanov,   Evarnetiskiy,
Masalskiy,   Massonlarning   maqolalari,   mustaqillikdan   so'ng   B.   Ahmedovning
"Tarixdan   saboqlar",   Azamat   Ziyo.   O'zbek   davlatchiligi   tarixi.   Eng   qadimdan
Rossiya   bosqini   davriga   qadar   asari,   Malikovning   maqolalari,   G.   Taniyevaning
maqolalari,   T.   Jo'rayevning   fikrlariva   boshqa   tarixiy   asarlar   hamda   internet
ma'lumotlari asos  qilib olindi. Bu asarlar chuqur tahlil qilinib o'rganib chiqildi va
bir   qator   qo'shimcha   fikrlar   berildi.   Bu   asarlarda   Yalangtushbiy   Bahodirning
nafaqat   O'zbekiston   balki,   butun   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixida   chuqur   iz
qoldirganini   bilib   olamiz.   Yalangtush   Bahodir   mohir   sarkarda,   siyosatshunos,
diplomat bo'lishi bilan bir qatorda yurt obodonchiligi yo'lida ham bir qator ishlarni
amalga oshirdi. Yalangtush Bahodirni biz tarixda Samarqand shahridagi Registon
maydonida  Sherdor   va   Tillakori   madrasalarini   qurib,   Registonni   hozirgi   qiyofaga
keltirgan   tarixiy   shaxs   sifatida   bu   o'lka   tarixida   iz   qoldirdi.   Biz   Yalangtushbiy
Bahodirni   yurt   tinchligi     uchun   olib   borgan   urushlari   va   mohir   diplomatiyasi
bilangina  emas,   balki   u   ilm-fanga  homiylik   qilgani   va   yurt   obodonchiligiga   katta
hissa   qo'shgani,   ayniqsa,   Samarqanddagi   Registon   maydonini   hozirgi   qiyofaga
keltirgan tarixiy, buyuk shaxs sifatida eslaymiz.
Tadqiqotda   qo'llanilgan   metodikaning   tavsifi.   Dissertatsiya   ishida   tadqiq
etilayotgan masalalarga tarixiy haqiqat va xolislik nuqtai-nazaridan yondashilgan.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tarixiy
tadqiqotlar   oldiga   qo'ygan   vazifalardan   kelib   chiqib,   mavzuni   yoritish   bo'yicha
ilmiy   izlanishlar   olib   borish   ko'zda   tutilgan.   Ilmiy   muammoni   o'rganish   va   tahlil
qilishda tarixiy-falsafiy uslublardan mavhumlikdan murakkablikka intilish, qiyosiy
solishtirma,   obyektiv   holatni   tahlil   qilish   kabi   metodlardan   foydalanilgan.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotda XVII asrda Yalangtush Bahodir davrini o'rganishda
5 qo'llanilgan evolutsion nazariyadan farqli ravishda, yangi va zamonaviy progressiv
ketma-ketlik nazariyasi asos qilib olingan.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   XVII   asrda
Samarqanddagi   Registon   maydoni   hozirgi   qiyofasi   shakllantirildi.   XVII   asrda
birinchi   yarmida   Samarqand   hokimi   Yalangtush   Bahodir   vayrona   holatga   tushib
qolgan   Registon   maydonida,   Ulug'bek   madrasasining   qarshisida   Sherdor
madrasasini,   uning   yonida   Tillakori   madrasa-masjidini   o'z   mablag'lari   hisobidan
bunyod   ettirdi.   Tillakori   madrasasiga   tilladan   ishlov   berildi.   Samarqanddagi
Registon   maydoni   o'zining   rang   barang   koshinkor   bezaklari,   naqshinkor
peshtoqlari,   ulkan   gumbazlari   bilan   O'rta   Osiyo   me'morchiligining   noyob   tarixiy
yodgorligi   sifatida   jahon   jamoatchiligi   va   sayyohlar   e'tiborini   o'ziga   jalb   etib
kelmoqda.   O'zbekistonda   mustaqillikka   erishilganidan   so'ng   Yalangtush   Bahodir
davrini o'rganish borasida amalga oshirilgan natijalarni umumlashgan holda tadqiq
qilish, ularning nazariy amaliy ahamiyatini belgilash ilk marotaba amalga oshirildi.
Yalangtush Bahodir Samarqandda juda katta obodonlashtirish ishlariga boshchilik
qilgan.   Ushbu   ilmiy   ish   XVII   asrda   yashagan   Yalangtushbiy   Bahodir   davri
bo'yicha   to'planayotgan   manbashunoslik   bazasini   yanada   kengaytiradi.   Ilmiy
ishning natijalaridan Yalangtush Bahodir haqida bahs-munozarada foydalanishlari
mumkin.   Samarqand   hokimi   Yalangtushbiy   Bahodir   haqida   turli   izlanishlar   olib
borayotgan tadqiqotchilar bu dissertatsiyadan foydalanishlari mumkin.
Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Dissertatsiya   kirish,   3   ta   bob,   xulosa,   ilova   va
foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
         I bob. Yalangtush Bahodir faoliyati tarixshunoslikda o'rganilishi.
         1.1 Yalangtush Bahodir faoliyati yurtimiz tadqiqotchilari asarlarida aks 
etishi.
6                  Yuz yillardan buyon dunyo xalqlari qatorida O'rta Osiyo xalqlari orasidan
yetishib chiqqan sarkardalar, yo‘lboshchilar haqida ma'lumotlar yozma manbalarda
o‘z aksini topib keladi. Ulardan deyarli ba'zilarining nomlari asrlar osha avloddan-
avlodga   o‘tib   kelmoqda.   O‘z   faoliyati   bilan   zamonasida   tub   burilishlar   yasab,
buyuk ishlarni amalga oshirib, ovozasi uzoqlarga yoyilgan o‘nlab ajdodlarimiz —
davlat   boshliqlari-yu,  harbiy  sarkardalar   ham  borki,  ularning  faoliyatini   manbalar
asosida   chuqur   o‘rganish   tarixdagi   bo‘shliqni   to‘ldirib,   voqealar   zanjirida   o‘z
o‘rnini topadi.
              O‘tmish   tariximizda   Samarqandda   ulkan   me'morchilik   ishlarini   amalga
oshirgan,   o‘z   hukmronligi   davrida   shahar   ravnaqini   ta'minlagan   hukmdorlardan
biri   Bahodir   Yalangto‘sh   (1576   –   1656)   bo‘lib,   uning   shaxsiyati,   tarixda   tutgan
o‘rnini   o‘rganish   va   jamoatchilikka   yetkazish   bugungi   fan   oldida   turgan   dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi 1
.
Yalangtush   Bahodir   1576-yil   15-sentyabrda   Nurota   hokimi   oilasida   tug‘ilgan.
Yalangto‘sh   Bahodir   Buxoro   xoni   Abdullaxon   II   nazariga   tushgan   va   uning
homiyligida   maxsus   harbiy   maktabda   o‘qib,   harbiy   san'atni   o'rgangan   (1590–93).
O‘zining   davlat   oldidagi   munosib   xizmatlari   evaziga   dastlab   Bulung‘ur,   Loyish,
Kattaqo‘rg‘onda tumanboshi lavozimida ishlagan (1593–95) Yalangto‘sh Bahodir,
1611 yil Ashtarxoniy Imomqulixonni taxtga o‘tqazishda faol ishtirok etgan 2
.
              Shundan   so‘ng   uning   mavqeyi   ortgan,   u   Samarqandni   1626   yildan   amalda
mustaqil  boshqargan va unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtush  Bahodir  Buxoro
xonligining barcha harbiy yurishlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623 yil va
1631   yil   Eron   qo‘shinlari   Balx   viloyatiga   kelganda   Balx   hokimi   Nadr
Muhammadxonga Yalangtush Bahodir boshchiligida katta qo‘shin yordam bergan.
                  1640   yil   Imomqulixon   Moskvaga   elchilar   orqali   noma   yo‘llab,   unda   Rus
davlatining   qalmiqlarga   qarshi   kurashida   Yalangto‘sh   Bahodir   boshchiligida   12
1
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.20-21.
2
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.227.
7 amir va katta qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirgan. 1642 yil Imomqulixonning
ko‘zi   ko‘r   bo‘lib   qolganda   Yalangtush   Bahodir   va   amirlar   Balxdan   Nadr
Muhammadni   chaqirib   taxtga   o‘tqazishgan.   Nadr   Muhammad   Yalangtush
Bahodirga   Kobul   atrofidagi   Darai-Suf   viloyati,   Mo‘lg‘on,   Kahmerdni   hamda
tulkichi,   sayqanchi,   zirangi,   kilachi,   hazora-nikudariy   qabilalarini   o‘tovlari   bilan
qo‘shib iqto tarzida in'om etgan edi 3
.
                 Yalangtush Bahodir mamlakatda xondan keyin eng badavlat shaxs bo‘lgan.
1645   yilda   u   Buxoroda   Nadr   Muhammadxon   bilan   janjallashib   qolib,   Xo‘jandda
xonga   qarshi   ko‘tarilgan   amirlar   qo'zg'oloniga   boshchilik   qilgan.   Buxorodan
isyonni   bostirish   uchun   yuborilgan   Abdulaziz   Sulton   asir   olingan,   isyonchilar
Buxoro   shahriga   yurish   qilishgan.   Ular   Buxoro   g‘arbidagi   Oqtepa   mavzesida
Abdulazizni   xon   deb   e'lon   qilib,   keyinroq   poytaxtni   qamal   qilishgan.   Nadr
Muhammadxon   3   oylik   qamaldan   keyin   shaharni   tark   etishga   majbur   bo‘lgan.
Nodir Muhammadxon boburiylar sulolasi vakili Shoh Jahondan yordam so‘ragan.
1646   yil   Shoh   Jahon   Balxga   kenja   o‘g‘li   Murodbaxshni   katta   qo‘shin   bilan
yuboradi.   Bu   qo‘shin   Balx   viloyatini   himoya   qilish   o‘rniga   Balxni   bosib   olgan.
Boburiylar   Balxda   2   yildan   ko'proq   hukmronlik   qilishgan,   biroq   u   yerda
mustahkam o‘rnasha olishmagan. 1648 yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik
qo‘shin   bilan   Balxga   hujum   qilib,   boburiylardan   bu   viloyatni   qaytarib   olgan,   bu
qo‘shin tarkibida Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo‘shin ham bo‘lgan 4
.
                    Abu   Tohirxojaning   «Samariya»da   yozishicha,   «Yalangtush   Bahodirning
qabri Samarqand shahri yaqinidagi Dahbedda, Mahdumi A'zamning oyog‘i ostida,
sufa   ustida,   mozor   devorining»   ichidadur».   Keyinchalik   Yalangto‘sh   Bahodir
haqida   xalq   orasida   ko‘plab   rivoyatlar,   afsonalar   (masalan,   «Yalangto‘sh   botir»
hikoyasi) to‘qilgan.
3
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.20-21.
4 Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.227.
4
8           Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o'rin egallagan
mashhur   sarkardalar,   yo'lboshchilar   hayoti   va   faoliyati   ajdodlarimiz   tomonidan
yaratilgan turli yozma manbalarda saqlanib qolgan. Ana shunday yirik shaxslardan
biri Amir Temur vafotidan so'ng Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda
Samarqand   shahri   hokimi   bo'lgan   yurtdoshimiz   Yalangtush   Bahodir   sanaladi.
Yalangtush   Bahodir   Mirzo   Ulug'bekdan   so'ng   Samarqandda   juda   katta
memorchilik   ishlarini   amalga   oshiradi.   Registon   maydonida   Sherdor   va   Tillakori
madrasalari,   Xo'ja   Ahror   Valiy   qabristoni   oldida   Nodir   devonbegi   madrasasi   va
ko'plab   ko'priklar   qurdirgan,   Siyob   bozorini   hozirgi   joyiga   ko'chirgan   va   uning
yonida karvonsaroy, savdo rastalari qurdirgan 5
.
Yalangtush Bahodir Samarqand viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand
vohasida   madaniyat,   adabiyot   va   san'at   rivojlangan,   ulkan   obodonchilik   ishlari
amalga   oshirilgan,   yurt   hududi   chegaralari   mustahkamlangan.   Shu   davrda   Xitoy
davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar  hayotiga xavf  solib turgan jung'orlar
hujumi   hamda   qozoq  xonlarining  bosqinchilik   yurishlari   Yalangtush   Bahodirning
say-harakatlari   bilan   bartaraf   etilgan.   Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi   qo'shin
qozoq   xalqini   jung'orlar   zulmidan   saqlab   qolgan,   Balx   viloyati   aholisini
boburiylardan ozod qilishda ham qatnashgan 6
. 
Bugungi   kunda   tarixiy   manbalarda,   asosan,   Yalangtush   Bahodirning
obodonchilik   ishlari   to'g'risida   ma'lumot   berilgan.   Yalangtush   Bahodirning
shaxsiyati,   siyosiy   faoliyati,   Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixida   tutgan   o'rnini
o'rganish   va   jamoatchilikka   yetkazish   dolzarb   vazifa   bo'lib   turibdi.   Mazkur   asar
ana   shu   ehtiyoj   natijasida   yaratilgan.   Bu   asarlar   tarixiy   manbalar   asosida
Yalangtush   Bahodirning   hayoti   va   hukmronligi   davrida   ilm-fan,   san'at   va
madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari bilan munosabatiga
oid   lavhalar   qamrab   olingan.   Asarda   tasvirlangan   sarkardaning   oilasi,   faoliyati
5
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.20.
6
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.21.
9 bilan bog'liq voqealar buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt ravnaqi yo'lidagi
xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi.
Yalangtush   Bahodir   Samarqand   shahriga   yaqin   joylashgan   Dahbed
qishlog'ida, hazrati Maxdumi A'zam poyiga dafn etilgan 7
.
Bir   qator   tadqiqotchilar   Yalangtush   Bahodir   haqida   ko'plab   asarlar   yozib
qoldirgan.   Bu   asarlarda   murakkab   tarixiy   sharoitda   faoliyat   yuritgan   o'zbek
o'g'loni,   davlat   arbobi   va   sarkardaning   faoliyatiga   bag'ishlangan   bo'lib,   undagi
voqealarning   barchasi   tarixiy   manbalarga   asoslangan.   Uning   hayot   yo'li   haqida
tarixchilarning   bir   qancha   asarlaridan   bilib   olamiz.   Yalangtush   Bahodirning   uch
nafar  farzandi bo'lgan. Uning o'g'li  Boybek Yalangtush Bahodir vafotidan olti  yil
oldin   (   1650-yilda   )   vafot   etgan.   Uning   Iqlimabonu   ismli   qizj   ham   Yalangtush
Bahodirdan   oldkn   vafot   etgan.   Yalangtush   Bahodir   Registondagi   Tillakori
madrasasi   qurilishi   yakuniga   yetmasdan   1656-yilda   vafot   etadi.   Qurilish   ishlarini
Yalangtush Bahodirning Oybibi ismli qizi davom ettirad 8
i.
XVII   asrda   yashagan   Yalangto‘sh   Baxodirning   nafaqat   O'zbekiston,   butun
O‘rta   Osiyo   xalklari,   balki   mintakaning   kushni   davlatlar   bilan   bo‘lgan   siyosiy
munosabatlari   tarixida   aloxid   urni   mavjud.   U   tarixiy   manbalarda   xarbiy   bilimni
puxta egallagan sarkarda, davlat boshkaruvida faol ishtirok etgan moxir siyosatchi.
madrasa ilmini olgan ziyoli, xashamatli inshootlar qurdirgan xomiy kabi sifatlarni
o‘zida namoyon kilgan murakkab tarixiy shaxs sifati qoldirgan 9
.
M.A. Abduraimov o‘z tadkikotida uning "olchin" urugiga mansub bulgani xakida
yozadi   va   Muhammad   Ma sum   va   Muhammad   Tohiri   Voxidning   "Tarixiʼ
olamaroyi Abbosi" asarida keltirilgan ma'lumot asosida dastlab o‘n tukkiz yoshida
Buxoro   xoni   Dinmuhammadxon   kuliga   xarbiy   xizmatga   kirgani   haqida   bayon
kiladi.   Demak,   uning   faoliyati   dastlab   harbiy   yurishlarda   qatnashish,   isyonlarni
bostirish kabi  ishlar  bilan boshlangan.  U Maxdumi  A zam  silsilasiga  doxi  bo‘lib,	
ʼ
shayx   Hoshimning   (vafoti   1634   y.)   muridi   bulgan.   Yalangto‘p   Baxodirning   o‘zi
7
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.20.
8
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.228.
9
Туманович Н.Н. Герат в XVI-XVIII веках. –М.: Наука, 1989 .   – С .  141.
10 ham  Samarkanddagi  Dahbedda. Maxdumi  A zam  kabri  ning oyok tomonida dafnʼ
etilgan 10
.
               1625 yildan Samarkand shaxrini  mustakil  idora kila boshlagan Yalangtush
Baxodir Nurota hokimi oilasida tugilgan. U Abdullaxon II davrida uning xuzurida
maxsus   xarbiy   mashgulotlardan   dars   olgan.   1593-1595   yillarda   tumanboshi
vazifasida   faoliyat   yuritgan.   Yalangtush   Baxodir   1576   (boshqa   ma lumotlarda	
ʼ
1578)   yilda   Nurota   hokimi   oilasida   tug‘ilgan   bo‘lib,   olchin   urug‘i   peshvolaridan
bo‘lgan. 11
Uning zamondoshi Mahmud ibn Valining “Bahr al-asror fi manoqib al-ahyor”
asarida yozilishicha, amirning asl oti Xatoy Bahodir bo‘lib, Yalangto‘sh esa uning
laqabi   bo‘lgan.   Tarixda   bu   zot   Yalangto‘sh   ibn   Boyxojibiy,   Yusuf   Yalangto‘sh,
Abdukarimbiy, Nizomiddin kabi ismlar bilan tilga olingan. “Yalangto‘sh” (yalang
ko‘kragli,   ochiq   ko‘krakli   botir   ma nosida)   janglarda   ko‘kragini   qalqon   yo	
ʼ
qalchug‘o bilan yopmagan bahodir sifatida ushbu nomni o‘z piridan olgan. 
O‘sha   davrda   otasi   Boyxojibiy   bilan   Xoja   Hoshimi   Dahbediy   (Maxdumi
A zamning   nabiralariga)   huzuriga   kelib   qo‘l   berib,   murid   tushishadi   va   uning	
ʼ
tarbiyasiga   kiradi.   Keyinchalik,   piri   Xoja   Hoshim   uni   harbiy   mahoratni   oshirishi
uchun Dinmuhammadxon xizmatiga yo‘llagan. 
Boyxojibiy   shayboniyxonlar   davrida   saroy   xizmatida   bo‘lganligi   sababli,
uning   o‘g‘li   Yalangto‘shbiy   ham   hukmdor   xonadon   vakillari   xizmatida   o‘sadi.
Yalangto‘sh Bahodir dastlab Buxoro xoni Abdullaxon II nazariga tushgan va uning
homiyligida 1590-1593 yillarda maxsus harbiy maktabda o‘qigan. O‘zining davlat
oldidagi   munosib   xizmatlari   evaziga   1593-1595   yillarda   Bulung‘ur,   Loyish   va
Kattaqo‘rg‘onda tumanboshi lavozimida faoliyat yuritgan. 
Yalangto‘shbiy   Bahodur   yoshligidan   dovyurak,   g‘ururli,   o‘tkir   zehn   va   aql
idrok   egasi   bo‘lib   ulg‘aydi,   harbiy   san atni   chuqur   egalladi.   Hech   narsadan	
ʼ
hayiqmaydigan,   dovyurak,   qudratli   pahlavonga   bahodur   sifatida   qaralgan   va   bu
10
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.228.
11
Қозоқлар,   бошқирд,   Қозон   татарлари,   Қрим   ва   Шимолий   Кавказ   нўғайлари,   қорақалпоқ   ва
ўзбеклар таркибига кирган қадимий йирик туркий уруғ.
11 barcha sifatlar mohir sarkarda Yalangto‘sh ga  xos edi. Mahmud ibn Valining “”Bahr
ul-asror   fi   manoqibi   ul-ahror”   (“Olijanob   kishilarning   shon-shavkati   haqida   sirlar
dengizi”) asarida u “jasur no‘yon, ish bilgan amir” sifatida ta riflanadiʼ 12
. 
Yoshligi   Movarounnahrda   o‘tgan   Yalangto‘sh   Bahodir    fikrimizcha   dastlab   
Buxoro madrasasida tahsil olib, arab va fors tillarini yaxshi egallaydi.  Keyin 1595-
1598 yillarda esa, Bag‘dodda ta lim oladi	
ʼ 13
. 
Keyinchalik   Markaziy   Osiyodagi   murakkab   tarixiy   bir   sharoit,   ya ni	
ʼ
shayboniylar   davlatining   tanazzulga   yuz   tutishi,   hokimiyatni   qo‘lga   olish   uchun
kurashayotgan   guruhlar   o‘rtasidagi   kurashlar   natijasi   yangi   -   ashtarxoniylar
sulolasining   maydonga   chiqishiga   sabab   bo‘ldi.   Natijada,   yosh   Yalangto‘shbiyga
shu   sulolaning   sadoqatli   xizmatchisi   sifatida   o‘zini   namoyon   etishiga   imkoniyat
yaratildi.   Qisqacha   aytganda,   tarixiy   o‘zgarishlar   bunyodkor   shaxsni   tarix
sahnasiga olib chiqdi.
19 yoshidan boshlab Buxoro xoni   Dinmuhammad homiyligiga olinadi.   Bu
haqda   Maxmud   ibn   Valining   “Baxr   ul-asror”   asarida   « jasur   no‘yon,   ish   bilgan
amir;   Olchin   qabilasi   urug’idan   chiqqan;   asl   ismi   Xatoy   Bahodir.
Dinmuhammadxon   zamonida   u   Sag‘noqning   Azoq   mavzeidan   kelib   uning
xizmatiga   kirdi;   sa y-harakati   orqasida   uning   yaqin   kishilaridan   biri   bo‘lib	
ʼ
oldi” 14
,   deb   aytiladi .   Keyinchalik,   o‘zining   botirligi   va   sadoqati   tufayli
ashtarxoniylar sulolasining ishonchini qozonib borgan. Shu davrda   maxsus harbiy
maktabda tahsil olishi  natijasida, harbiy va boshqaruv ishlarini yaxshio‘rganadi va
bu kelajakdagi boshqaruv va harbiy yurishlarni yuritishda katta yordam beradi.
Yalangto‘shbiy   Buxoro   xoni   Boqi   Muhammadxon   (1601-1605)   davrida
hukmdorning maslahatchisi sifatida mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash,
boshqaruv tizimini izga solishga o‘z hissasini qo‘shgan.
1605 yilda Boqi Muhammadxon vafot etganidan keyin, uning o‘rniga ukasi
Vali Muhammadxon (1605 1609) taxt boshqaruvini qo‘lga oladi. Ichki kurash avj
12
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.228.
13
Таниева   Г.   Ялангтўш   Баҳодирнинг   Бухоро   хонлиги   сиёсий   барқарорлигини   таъминлаш-   даги
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.20-21.
14
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.228.
12 olib   olib,   xon   hokimiyatiga   bo‘ysunmay   qo‘yish   holatlari   kuzatilgan.   Ayniqsa,
harbiy-siyosiy   hamda   iqtisodiy   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   Xuroson
hududi Buxoro bilan Eron davlatlarining manfaatlari to‘qnash kelgan asosiy hudud
sanalganligi   bois,   ayni   shu   hududlarda   boshboshdoqlik   kuchayib   borar   edi.
Xurosonga   Yalangto‘shbiy   boshchiligidagi   qo‘shin   yuborilib,   bu   hudud   goh
Ashtarxoniylar va goh Savafiylar o‘rtasida qo‘lidan qo‘lga o‘tib turgan 15
.
1595-1598   yillarda   Bag‘dodda   ta lim   oladi.   U   o‘zining   shijoatliligi,ʼ
iste dodli   xarbiy   bo‘lgani   sababli   Toshkent   va   Turkistonni   3   marta   xarbiy   yurish	
ʼ
natijasida   bo‘ysundiradi.   Shuningdek,   XVII   asrda   Boburiylarga   tegishli   bo‘lgan
Kobul   viloyatiga,   yana   Xuroson   va   boshka   viloyatlarga   bir   necha   bor   kilgan
muvaffakiyatli   yurishlari   natijasida   uning   kulida   juda   katta   boylik   to‘planadi.
Tadkikotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   Yalangto‘sh   Bahodir   ana   shu   yurishlar   natijasida
3000   dan   ortik   kullarga   ega   bo‘lgan.   Bu   kunlar   Yalantush   Bahodirning   keng
ko‘lamda   amalga   oshirgan   bunyodkorlik   ishlariga   jalb   qiligan.   Uning   vakf
xujjatida o‘zi 1646-1647 yilda kurdirgan Tilla- kori va 1618-1619 yilda kurdirgan
Sherdor madrasalari uchun xam 11 610 tanob sugoriladigan yer. 8 ta do‘kon vakf
kilib berilgani kayd etilgan 16
.
XVII   asr  boshida  Buxoro  xonligida Ashtarxoniylar   vakillari   o‘rtasida  o‘zaro
taxt   talashish   avj   oladi.   Bu   kurashning   bir   tomonida   davlat   boshqaruvida
obo‘sizlanib   borayotgan   Buxoro   xoni   Vali   Muhammad   (1606-1611),   ikkinchi
tomonida   esa   Nodir   Muhamadxon   (1642-1645)   va   kundan   kun   siyosiy   mavqei
oshib   borayotgani   Imomqulixonga   (1611-1642)   tarafdor   amirlar   turar   edi.   Bu
haqida akad. B. Axmedov “Bahr al-asror” asarida keltirilgan tarixiy ma lumotlarni	
ʼ
kengroq   tahlil   qiladi.   Shunga   ko‘ra,   o‘zaro   kurash   jarayonida   1611   yilda
amirlardan Nodirbek, Bek o‘g‘li, Muhammad Boqi qalmoq hamda Xoja Hoshimlar
qatorida Yalangto‘sh Bahodir ham  o‘z harbiy qo‘shini  bilan Vali  Muxammadxon
tomonidan Imomqulixon tomonga o‘tib ketadi 17
. 
15
 Туманович Н.Н. Герат в XVI-XVIII веках. –М.: Наука, 1989 .   – С .  141.
16
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 6
17
Таниева   Г.   Ялангтўш   Баҳодирнинг   Бухоро   хонлиги   сиёсий   барқарорлигини   таъминлаш-   даги
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.21.
13 Bu   haqda   Mahmud   ibn   Valining   “Bahr   ul   asror”   asarida   “Samarqand
amirlari   Yalangto‘shbiy   otaliq   olchin,   Muhammad   Boqi   qalmoq,   Nodirbek
Shukurbiy saroy va boshqalar Imomqulixonni qo‘llab quvvatladi”, - deb yoziladi 18
.
Yalangto‘sh   Bahodurning   bunyodkorlik   ishlari   xususidagi   ma lumotni   Abuʼ
Tohirxo‘janing   “Samariya”   asarida   ham   ko‘rish   mumkin:   “Samarqandagi
madrasalardan   (o‘n   ikkinchisi)   Sherdor   madrasasi.   Bu   madrasa   (Samarqand
Registonida) Ulug‘bek qarshisida, uning kunchiqar tomonidan solingandir. Ushbu
madrasa   1028   (1618)   yilda   solindi.   (U)   shunday   madrasakim,   buyuklikdan   xayol
idishiga   sig‘mas,   kattalikda   tavsif   aytishiga   to‘g‘ri   kelmas,   baland   toqi   falak
ravoqidek,   chunonchi   oftob   shaklini   asad   burjiga   yaqin   qilib,   peshtoqiga   surat
solib,   har   ikki   sherni   ohu   oladigan   tarzda   ko‘rsatilgan.   Oftob   panjarasini   dalir
sherlar   peshonasiga   qo‘yib   turgan   va   ikki   ravoq   biqiniga   ranglik   ziynatlangan,
naqshi   nigorlik   ikki   gumbaz   tepasiga   guldasta   bino   qilinganki,   barchani   hayratga
qoldiradi. Qiziqi  shundakim, madrasaning  solinishi  ta rixi “Yalangto‘sh bahodur”	
ʼ
topilibdir”. “Samariya” asarining izohiga ko‘ra, klassik musulmon astronomiyasida
quyoshning   Asad   burjida,   ya ni   sher   ro‘parasida   bo‘lishi   sa d   zamon,   ya ni	
ʼ ʼ ʼ
baxtiyor   zamonga   ishora   ekanligi”   (Abu   Tohirxo‘ja,   1991.B.27)ni   va   bu
madrasaning 1618 yilning iyul oyida bitkazilganligini bilish mumkin bo‘ladi.
  Uning   bunyodkorlik   ishlari   xususida   personografik   jihatdan   “Tavorixi   al
kibor”   asarida   quyidagi   fikrlar   keltirilgan:   “Imomquli   Bahodurxonning
podshohlig‘i   zamonida   bo‘lib   erdikim,   sana   1027   ming   yigirma   yettida   imorat
qilinib   erdi.   Mavlono   Yalangto‘sh   Bahodur   alchin   amirlaridan   erdi,   yigitlik
zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib, ovozasi  yetti iqlimg‘a tushub
erdi   har   yerda   yog‘iy   u,   sarkash   bor   ersa   oning   qilich   haybatidan   qo‘rqub,   oning
tig‘i   zarbidin   qochmay   turolmas   erdi   va   qirg‘iz,   qozoq   va   qalmoq,   iroq   odamlari
unga   tobeliq   qilurg‘a   ittifoq   ilinjida   erdilar.   Oxir   podshohlar   xizmatin   tark   etib
madrasa   va   xonoqoh   misllik   imoratig‘a   xolis   Alloh   uchun   mashg‘ul   bo‘ldi.
Andoqkim   ta rix   sana   1028   ming   yigirma   sakkiz   erdikim   Samarqand   viloyatida	
ʼ
18
  Алексеев   А.К.   Средняя   Азия   при   Аштарханидах   в   ХУ11-ХУШ   вв.:   По   персоязычному
историческому сочинению «Бахр ал асрор». Санкт-Петербург,  2004. ─ С.143.
14 Ulug‘bek   mirzoning   madrasasi   baroborida   bir   madrasa   bino   qildikim   katta   va
qolinliq jihatidan ta rifi  bayon maydonig‘a sig‘mas”  (Tavorix al  kibor,   № S 464ʼ
185 –186 vv).
Buxoro   xonligida   Imomqulixondan   keyin   Buxoro   taxtini   egallagan   Nodir
Muhammadxon   davrida   ham   davlatda   Yalangtush   Bahodirning   nufuzi   baland
bo'lgan.   Bu   uning   o'z   hayoti   davrida   Buxoro   xonligida   ikkinchi   hukmdor   bilan
xonlikdagi   siyosiy   barqarorlikni   ta'minlash   uchun   birga   harakat   qilganini
ko'rsatadi.   B.A.     Ahmedovning   so'zlaruga   ko'ra,   Imomqulixon   hukmronligining
oxirida   keksayib   ko'zi   ojiz   bo'lib   qolganida   Yalangtush   Bahodir   boshchiligida
ko'pchilik   amirlar     Balx   viloyatida   hukmronlik   qilayotgan   Nodir   Muhammadni
Buxoroga   chaqirib   oladi   va   unj   oliy   hokkmiyat   taxtiga   o'tqazishadi.   Bundan
ko'rknadiki,   Yalangtush   Bahodir   o'z   faoliyatida   davlat   boshqaruvidagi   siyosiy
barqarorlikni   saqlashga   alohida   etibor   qaratgan.   Boshqaruvchilik   layoqatini
yo'qotib borayotgan hukmdor o'rniga boshqa bir teran fikrlovchi, sog'lkm  shaxsni
qo'yish lozim deb hisoblagan 19
. 
Yalangtush Bahodirning keyingi hukmdor Nodir Muhammadxon qo'l ostida
xizmat qilgan davridagi siyosiy harbiy faoliyati xususida B.A.   Ahmedov  " Tarix-i
salatin-i   mang'itiya   "   asarida   keltirilgan   ma'lumotlarga   ko'ra   uning   faoliyatini
yoritib   bergan.   Xususan,   uning   qayd   etishicha,   1645-yilda   Xo'jandda   Buxoro
amirlari   Nodir   Muhammadxonga   qarshi   qo'zg'olan   ko'taradi.   Bu   qo'zg'olonga
Yalangtush Bahodir boshchilik qilgan. Qo'zg'olonchilar yoniga bitim tuzish uchun
jo'natilgan   Abdulaziz   sultonni   Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi   amirlar   tutqin
qilib,   Buxoro   tomonga   qarshi   boshlaydi   va   Oqtepa   degan   joyda   Abdulazizni   xon
deb   e'lon   qilishadi.   Shu   tarzda   Buxoro   shahri   uch   oy   qamal   qilinadi   va   Nodir
Muhammadxon shahardan chiqib ketishga majbur bo'ladi. Demak, bu misollardan
Yalangtush Bahodirning o'z davrida xonlar o'rtasidagi taxt talashish jarayonida va
hukmdorlar   almashinuvida   ham   hal   qiluvchi   siyosiy   ta'sirga   ega   bo'lganini
ko'ramiz.
19
Таниева   Г.   Ялангтўш   Баҳодирнинг   Бухоро   хонлиги   сиёсий   барқарорлигини   таъминлаш-   даги
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.21.
15 1993-yilda   nashr   qilingan     "   O'zbekiston   tarixi   "   ning   3-tomida   Nodir
Muhammadning haj safariga jo'nashi va buning ayrim sabablariga oid ma'lumotlar
bor.   Xususan,   unda   Nodir   Muhammadxonning   taxtda   ko'p   vaqt   o'tirmagani,
fitnachi   amirlar   Qarshi   atrofida   ovda   yurgan   Nodir   Muhammadni   o'rniga   uning
o'g'li   Abdulazizni   taxtga   o'tqizishgani,   bu   vaqtda   Hindiston   hukmdori   Shohjahon
Balxni   bosib   olgani,   lekin   12   nafar   o'g'il   va   yuqori   tabaqa   vakillari   bilan   kelisha
olmagani va buning natijasida haj safariga jo'nagan hamda yo'lda vafot etishi kabi
bir qator ma'lumotlar uchraydi.
                              1.2   Yalangtush   Bahodir   faoliyati   rus   tadqiqotchilari   tomonidan
o'rganilishi.                      
Buyuk   shaxslarning   tarixda   tutgan   o‘rnini   anglash   zarurati,   avvalo,   ushbu
shaxslarni personografik jihatdan har tomonlama o‘rganishni talab qiladi. Albatta,
arboblar tarixini personografik jihatidan o‘rganish, shaxs faoliyati haqida qimmatli
ma’lumotlarga   ega   bo‘lish,   tariximizning   yangi   sahifalarini   ochib   berishga   xizmat
qiladi 20
.
Yalangtush   Bahodur   keyingi   faoliyatida   sarkardalikka   chek   qo‘yib,   Alloh
roziligi   uchun   bunyodkorlik   ishlariga   kirishadi.   Musulmon   olamiga   xos   bo‘lgan
amal-sadaqai   joriya   yo‘lini   tutib,   ko‘pchilikka   xizmat   qiluvchi   masjid,   madrasalar
qurdiradi.
Yalangtush Bahodir davri arxitekturasi keladigan bo‘lsak, bu davr Amir Temur
va   Mirzo   Ulug‘beklar   davridan   keyingi,   O‘rta   Osiyodagi   xonliklar   davriga   to‘g‘ri
kelib, o‘shanda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi. Biroq, Yalangto‘sh Bahodir
Samarqandni mustaqil tarzda boshqarish  sharafiga ega bo‘lgan  va hokim  sifatida
erkin harakat qilgan 21
. 
20
Алексеев А.К. Средняя Азия при Аштарханидах в ХУ11-ХУШ вв.: По персоязычному 
историческому сочинению «Бахр ал асрор». Санкт-Петербург,  2004. ─ С.144.
21
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.2 2.
16 Uning bunyodkorlik ishlari xususida personografik jihatdan “Tavorixi al kibor”
asarida   quyidagi   fikrlar   keltirilgan:   “Imomquli   Bahodurxonning   podshohlig‘i
zamonida   bo‘lib   erdikim,   sana   1027     imorat   qilinib   erdi.   Mavlono   Yalangto‘sh
Bahodur   alchin   amirlaridan   erdi,   yigitlik   zamonida   ulug‘   podshohlarning
xizmatlarida  bo‘lib, ovozasi  yetti   iqlimg‘a  tushub  erdi har  yerda  yog‘iy u,  sarkash
bor   ersa   oning   qilich   haybatidan   qo‘rqub,   oning   tig‘i   zarbidin   qochmay   turolmas
erdi va qirg‘iz, qozoq va qalmoq, iroq odamlari unga tobeliq qilurg‘a ittifoq ilinjida
erdilar. Oxir podshohlar xizmatin tark etib madrasa va xonoqoh misllik imoratig‘a
xolis Alloh uchun mashg‘ul bo‘ldi. Andoqkim ta’rix sana 1028 ming yigirma sakkiz
erdikim   Samarqand   viloyatida   Ulug‘bek   mirzoning   madrasasi   baroborida   bir
madrasa bino qildikim katta va qolinliq jihatidan ta’rifi bayon maydonig‘a sig‘mas”
(Tavorix al kibor, № S 464 185 –186 vv) 22
.
Yalangtush   Bahodir   davrida   Samarqand   arxitekturasi   va   shaharsozligidagi
o‘zgarishlar   bu   yerdagi   Amir   Temur   va   Mirzo   Ulug‘beklar   davridagi
rivojlanishlardan o‘zining sifat darajasi va g‘oyaviy yaxlitligi bilan kam bo‘lmadi.
Yalangtushbiy   qurdirgan   bu   ikki   madrasa   Samarqandda   Registon   maydonining
yaxlit   ansambli   bo‘lib   shakllanishiga   olib   keldi.   Aynan   ansamblsozlik   san atiʼ
jihatidan   ulardan   o‘zib   ketdi   va   yangi   g‘oyaviy   yechimlar   yuzaga   keldi.   O‘rta
Sharqning   boshqa   shaharlari   (   Hirot,   Agra,   Dehlida)   ham   shakllanadi.   Bugungi
kunda   o‘tmishimiz   faxri,   ajdodlarimiz   g‘ururi,   sayyohlar   makoni   bo‘lgan   bu
makon hammani hayratlantirib, o‘zining mahobatini namoyish etib turibdi.
Registonning   o‘ziga   xos   «drenaj”   tizimi   mavjud   bo‘lib,   Mirzo   Ulug‘bek
davrida   madrasa,   karvonsaroy,   xonaqoh   va   boshqa   me moriy   yodgorliklar	
ʼ
majmuasi   maydonida   bahorgi   va   qishki   yog‘ingarchilikdan   to‘planadigan   suvni
tashqariga   chiqarib   tashlash   uchun   tegishli   ehtiyot   chorasi   ko‘rilgan.   Bu   ishlar
maxsus   akveduklar   yordamida   amalga   oshirilgan.   Akveduk   pishiq   g‘ishtdan
arkasimon shaklda qurilgan. Uning poli ustiga sopol quvur yotqizilgan, ya ni o‘sha	
ʼ
22
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 6
17 davrdagi   yer   osti   kanalizatsiyasi   Registon   maydonidan   g‘arbga   tomon,   mashhur
Ko‘ksaroy   qal asi   sharqidan   o‘tgan   qadimgi   soyga   ulangan.   Ulug‘bekʼ
zamonasidagi   qurilish   ob ektlarining   o‘ziga   xos   kompozitsiyasi   madrasaning	
ʼ
koshinkor devorlari qurib, erkin «nafas” olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 23
. 
Yalangtushbiy   Registon   maydonida   har   xil   imoratlar   qurib   aralashtirib
yubormay, faqatgina bir xil obidalar guldastasini barpo etishga intilgan. 
Samarqand   shahri   tarixi   haqida   ma lumot   beruvchi   “Samariya”   asarining	
ʼ
“Samarqand   va   uning   atrofidagi   serbarakot   mozorlarning   alomatlari   va   ularning
nomlari  bayoni  va   mashhur   sifatlari  to‘g‘risida”gi   bobida  “Samarqand  shahrining
ichidagi   Sherdor   va   Tillokori   madrasasi   va   jame alarning   egasi   Yalangtushbiy	
ʼ
otaliq dahbedliklar silsilasiga doxil bo‘lib, uning o‘g‘li shayx Hoshimning muridi
bo‘lganligi” aytib o‘tiladi. Yalangtush Bahodur Sherdor va Tillakori inshootlaridan
tashqari   Dahbedda   maxdumi   A zam   sharafiga   1618   yilda   mozorining   janub	
ʼ
tomonida   keng   va   yuksak   bir   dahmali   xonaqoh,   ikki   masjid,   qirq   hujrali   yangi
madrasa bunyod ettirgan (afsuski  bu madrasa bizgacha yetib kelmagan). Mozorni
o‘rab   turgan   devor   va   ravoqli   darvozani   esa   so‘z   ketayotgan   davrning   yana   bir
zabardast davlat arbobi Nodir devonbegi (1568-1644) qurdirgan 24
.
Xonaqohning shimoliy qismidagi, 17,6 metrga 16,6 metr o‘lchovdagi deyarli
kvadrat shaklga ega dahma Samarqandning kulrang marmaridan ishlangan bo‘lib,
balandligi — 1,55 metr, burchaklari marmar yarimustunlar bilan bezatilib, Qur on	
ʼ
oyatlari   bilan   ziynatlangan.   Yalangtush   Bahodirning   Xoja   Hoshimning   ikki
o‘g‘liga turmushga chiqqan qizlari — Iqlimabonu va Oybibining qabrlari ham shu
yerda joylashgan 25
.
U   o‘z   vasiyatiga   ko‘ra,   o‘zi   qurdirgan   Dahbeddagi   Maxdumi   A zam
ʼ
xonaqohiga,   piri   Xoja   Hoshimiy   Dahbediy   (Maxdumi   A zamning   avlodi)	
ʼ
qabrining oyoq tomoniga dafn etiladi. Amir Yalangto‘shbiy shunday vasiyat qilgan
ekan:   “Meni   pirim   Hazrati   Xoja   Hoshimiy   Dahbediyning   oyoq   tomonlariga
23
Алексеев А.К. Средняя Азия при Аштарханидах в ХУ11-ХУШ вв.: По персоязычному 
историческому сочинению «Бахр ал асрор». Санкт-Петербург,  2004. ─ С.144.
24
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 6
25
Туманович Н.Н. Герат в XVI-XVIII веках. –М.: Наука, 1989 .   – С .  141.
18 qo‘yingiz;   pirimning   ziyoratlariga   keluvchilar   mening   qabrimni   bosib   o‘tsinki,
men pirimga yarashgulik xizmat  qila olmadim”. Yalangtush Bahodurning qizlari-
malika Iqlima Bonu va malika Oybibining qabrlari ham otasi qabri kabi Maxdumi
A zam xonaqosidadir. Bundan tashqari bu yerda Afg‘oniston shohlari Hidoyat ibnʼ
Shoxqosim,   Shox   Saodat   (ular   XVII   asrning   ikkinchi   yarmida   vafot   elishgan),
Amir   Sultonqulilar   ham   dafn   etilgan.   Go‘ri   Mir   maqbarasini   hisobga   olmaganda
boshqa   biror   joyda   bir   pirning   oyoq   ostida   bunchalik   ko‘p   hukmdorlar
yotishmagan.
Hozirgi Mahdumi A zam avlodlarining Xojakaloniy tabaqasining ba zilari ota	
ʼ ʼ
tomondan   Maxdumi   A zam   avlodi   bo‘lishsa,   ona   tomonidan   Yalangtushbiy
ʼ
Bahodir avlodi hisoblanishadi.
Barcha zamonlarda buyuk ishlar ulug‘ shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.
Ashtarxoniylar   sulolasi   hukmronligi   yillarida   Yalagto‘sh   bahodur   tomonidan
amalga   oshirilgan   xayrli   ishlar   va   barpo   etilgan   inshootlar   davr   mahobatini   ko‘z-
ko‘z   qilib,   ilmu   ma rifatli   ajdodlarimiz   aql   zakovati   darajasini   isbotlab   turibdi.	
ʼ
Shubhasiz, shular singari Yalangtush Bahodir Markaziy Osiyo ijtimoiy siyosiy va
madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Samarqand shahri to‘rt marta qayta obod etilgandir: 
1.Chingiz  bosqinidan  so‘ng Sohibqiron Amir  Temur   shaharni   qayta tiklatadi
va unga ulug‘vor obidalar qurdirdi; 
2.Mirzo Ulug‘bek davrida shaharning boshqa mavzelarida obodonlashtirishlar
qatorida   Registon   maydoniga   asos   solinib,   mavzeda   madrasa   va   boshqa   yuksak
obidalar quriladi; 
3.Amir   Yalangtush   Bahodir   davrida   ulug‘vor   Sherdor   va   Tillokoriy
madrasalari   qurilib,   Registon   maydoni   butkul   shakllantiriladi   hamda
Yalangtushbekdan   o‘rnak   olgan   a yonlar,   olimu   ulamolar   o‘z   hisoblaridan	
ʼ
madrasa,   masjid,   hammom,   ko‘prik,   shifoxona   kabi   o‘nlab   xalq   foydalanadigan
imoratu   obidalar   quriladikim,   bunaqa   hol   faqatgina   Temur   va   Ulug‘bek
davrlarigagina xos hol edi;
19   4.Samarqandning   keyingi   tiklanishi   Mang‘it   hukmdori   Amir   Ma sum   –ʼ
Shohmurod davriga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda urushu qahatchilik natijasida shahar
kimsasiz   huvillab   qolgan   edi.   Amir   Ma sum   shaharni   qayta   tiriltirib,   turli	
ʼ
yurtlardan   xalqlarni   ko‘chirtirib   keladi,   obidalar   quradi,   buzilganlarini   ta mirlab	
ʼ
vaqflarini tiklatadi.
Tarixda Yalangtushbiy Bahodir nafaqat  mashhur  lashkarboshi, siyosiy arbob
sifatida,   balkim   “Yer   yuzining   sayqali   bo‘lmish   Samarqand   shahrining
zamonasidagi binokori” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan shaxs hisoblanadi 26
.
Tarixda   uch   mashhur   hukmdor   -   Amir   Temur,   Ulug‘bek   Mirzo   va   Amir
Yalangtush   Bahodir   o‘zlari   qurdirgan   me morchilik   obidalari   bilan   shahrimiz	
ʼ
Samarqandni   «Yer   yuzi   sayqali”ga   aylantirishgan.   Amir   Temur   Samarqandni
poytaxtga aylantirib, naqshinkor binolar silsilasini qurishni boshlab bergan bo‘lsa,
shaharning yuragi hisoblangan Registon maydoni Ulug‘bek Mirzo davrida vujudga
kelgan   (u   vaqtda   bu   maydon   «Sardavonak”   deb   atalib,   taxminan   «Sari   jo‘yi
davonak»   (Tez   oqar   ariq   boshi)   ma nosidadir.   Ulug‘bek   bu   maydonda   madrasa,	
ʼ
xonaqoh va karvonsaroy kabi  uch binodan iborat  o‘ziga xos obidalar  ansambilini
yaratadi.
O‘z davrida, Yalangtush Bahodir ham Ulug‘bekning qurdirgan bu binokorlik
majmuasi tuzilishini buzmadi.
M.M   Abramovning   yozishicha,   XVII   asrning   birinchi   yarmi   shahar   tarixida
Alchin urug idan bo lgan o zbek harbiy- feodal zodagonlarining ko zga ko ringan	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
vakili   Yalangtushbiy   Bahodir   faoliyati   bilan   bog liq.   Buxoroda   markaziy	
ʻ
hokimiyatning   zaifligidan   foydalanib,   u   mustaqil   hukmdorga   aylanadi,
Samarqandni o z mulki markaziga aylantiradi. Uning nomi Sharqda juda mashhur	
ʻ
edi.   Unga   Hindiston,   Qandahor,   Xuroson,   qozoq   va   qalmiq   rahbarlari,   Kaltar
xonlari   va   uzoq   Tibetdan   sovg'alar   yuborilgan.   Bir   qancha   harbiy   yurishlar
natijasida   ko'plab   harbiy   o'ljalar   bolan   birga   Yalangtushbiy   Bahodir   qo'lida   ko'p
sonli   qullar   (3   ming   kishigacha)     to'plandi.   Bu   esa   unga   bir   nechta   me'morchilik
26
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.22. 
20 ishlarini   amalga  oshirishga   imkon  berdi.  Imomqulixonning  buyrug'i  bolan  (1611-
yil 12- fevral xujjat) Yalangtushbiyning Samarqanddagi sotib olingan yerlar uchun
soliqdan   ozod   qilingan.Bu   hujjat   Yalangtushbiyning   xonlikda   ulkan   ta siridanʼ
dalolat   beradi.   Iste'dodli   sarkardaga   "otaliq"   unvoni   berildi,   ya'ni.   “ota   o‘rnini
egallash”   .   Bu     Buxoro   xonligidagi   eng   oliy   unvonlardan   biri   edi.   Samarqand
shahrining obodonlashtirilishi, ayniqsa, uning buyuk hukmdorlari: Yalang tushbiy
Bahodir   ataliq   (16II-1656)   va   Amir   Shohmurod-   biy   (1785-1800)   davrida   juda
ko'plab obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi 27
.
         Yalangtush Bahodirbiy Samarqand shahrida 46 yil hukmdorlik qilgan. Uning
qarorgohi   Arkda   (XIV   asrning   70-   yillarida   Amir   Temur   tomonidan   qurdirilgan
qal'a) edi. XVII asr o rtalaridan shaharning bu qismi “Yalangbek” deb atalgan	
ʻ 28
.
                 Uning ko rsatmasi  va bevosita rahbarligi bilan Registon maydonida ikkita	
ʻ
muhtasham madrasalar: Sherdor (1619-1636) va Tillakori (1646-1660) qurildi. Bu
bilan, nihoyat, buyuk o‘zbek olimi Ulug‘bek boshlagan Registon maydoni loyihasi
yakunlandi.   Shu   bilan   birga,   1619-yilda   Dahbet   qishlog‘ini,   ayniqsa,   “Dahmai
Maxdumi Azam” va “Dahmai Isoxon” atrofini obodonlashtirish ishlari boshlandi 29
.
                          Ikkita   madrasa   qurilishi   tugallanishi   bilan   talabalari   o qishga   qabul	
ʻ
qilingan.   Shunday   qilib,   XVII   asr   o rtalaridan   to   1918-   yilgacha   Registon	
ʻ
maydonidagi   uchta   madrasada   o quv   mashg ulotlari   to xtovsiz   davom   etdi.	
ʻ ʻ ʻ
Ularning   shuhrati   butun   musulmon   Sharqiga   tarqaldi.   Turkistonning   ko‘plab
taniqli   olimlari,   shoirlari,   madaniyat   arboblari   Samarqand   madrasalarini
bitirganlar.
              Registon maydonini yakunlash maqsadida 1619-1636 yillarda Yalangtush
yo'nalishida.   Sherlor   madrasasi,   1646-1660   yillarda   esa   Tillaqori   madrasasi
qurilgan.   Yalangtushbiy   1655   yilning   oxirida,   Tillakori   madrasasining   asosiy
qurilish   ishlari   tugallanmagan   vaqtda   vafot   etadi.   U   mashhur   Dagbit   mozorida
(Samarqanddan 1 km uzoqlikda) ruhiy ustozi Muhammad Hoshimxo‘ja (Maxdum
27
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.2 1.
28
Туманович Н.Н. Герат в XVI-XVIII веках. –М.: Наука, 1989 .   – С .  142.
29
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 8.
21 A’zamning nabirasi) yoniga dafn etilgan. U 1611 yilda bu yerda Maxdum A’zam
Kosoniy   (1542   yilda   vafot   etgan)   maqbarasi   yonida   ulkan   sobor   masjidi   (qishki
yoz) qurdirdi 30
.
                          Yirik   rus   sharqshunosi   P.P.Ivanov   quyidagilarni   yozgan:   “Buxoroda
ashtarxoniylarning   siyosiy   nufuzi   tushib   ketishi   o‘zbek   zodagonlaridan   bo‘lgan
alohida buxoro feodallarining harbiy-siyosiy qudrati oshishiga olib keldi, masalan
Abdulaziz   xonning   mashhur   amaldori   (otalig‘i)   Yalangto‘sh   biy,   Samarqanddagi
mashhur SHerdor va Tillakori madrasalarining quruvchisi”.
                        D.I.Evarnitskiyning   quyidagilarni   yozgan:   “Tillakori   masjidi   bizning
eramizning   1618   yilida   o‘zbeklarning   Olchin   urug‘idan   bo‘lgan   Yalangto‘sh
Baxodir   tomonidan   qurilgan.   SHerdor   masjidi   esa   Abu   Toxirxo‘janing   guvohlik
berishicha   1616   yilda   yuqorida   tilga   olingan   o‘zbeklarning   Olchin   urug‘idan
bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir tomonidan qurilgan va Registonda turgan uch ajoyib
binolarning eng ajoyibidir” 31
.
                     V.I.Masalskiy qayd etishicha “Tillakori masjidi va madrasasi  1647 yilda
o‘zbeklarning “olchin” urug‘idan bo‘lgan Yalangto‘sh Baxodir (Imomqulixonning
sarkardasi) tomonidan qurilgan”.Registonning kelajagini belgilab bergan Ulug‘bek
g‘oyasi   va   mehnati   mevasi   bo‘lmish   madrasa   qarshisida   1619-1636   yillarda   qad
ko‘targan SHerdor madrasasini Yalangto‘sh Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan.
  M.E.   Masson   o‘z   tadqiqotida   xojagon   Kosoniy   (Mahdumi   A zam)   qabri   ustigaʼ
qurdirgan   maqbara   va   tillakoriy   madrasalari   qurilishi   uning   avlodlari   tomonidan
davom ettirilganligiga ishora qiladi 32
.
Ushbu   tarixiy   hujjatning   mazmunini   tahlil   qilish   natijasida   ayon   bo'ladiki,
Anisim   Gribov   1646-yilning   noyabrida   Rossiyadan   Isfahonga   kelganida   u   yerda
Mashhaddan Eron shohi huzuriga jo'natilgan Alloquli ismlj chopar bilan ko'rishadi
va   quyidagi   ma'lumotlarni   aynan   shu   chopardan   eshitib   o'z   hisobotiga   yozib
30
Алексеев А.К. Средняя Азия при Аштарханидах в ХУ11-ХУШ вв.: По персоязычному 
историческому сочинению «Бахр ал асрор». Санкт-Петербург,  2004. ─ С.143.
31
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.2 2.
32
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 5.
22 qo'yadi.   Unda   qayd   etilishicha,   Hindiston   hukmdori   Shohjahon   Nodir
Muhammaddan   Balxni   tortib   olib,   u   yerga   o'z   qo'shinini   joylashtiradi.   Bundan
xabar   topgan   Abdulazizxon   va   uning   "   yaqin   kishisi   "   (   hujjatda   aynan   shunday
yozilgan va uning nomi          " Yalantesh kiyaz " nomi bilan berilgan ) Yalangtush
Bahodir   Buxorodan   Balxga   keladi   hamda   shaharni   qamal   qiladi.   Bu   vaqtda
Shohjahon   Balxdagi   o'z   odamlariga   o'ttiz   ming   ho'kizga   ortilgan   oziq-ovqat   va
mablag'   jo'natadi.   Yalangtush   Bahodir   shu   karvonni   Balxga   o'tkazmay   ushlab
qoladi va odamlarni qirib tashlaydi. Bu vaqtda Eron shohi huzuriga qochib ketgan
Nodir   Muhammadxon   Eron   qo'shini   bilan   Mashhad   yaqinida   vaziyatni   kuzatib
turar   edi.   Balxda   qamalda   oziq-ovqatsiz   qolgan   Hindiston   qo'shini   Nodir
Muhammadxonga   yashirincha   elchi   jo'natib,   Balxga   kelsa   unga   Balxni   jangsiz
topshirishi   haqida   xabar   beradi.   Bundan   xabar   topgan   Yalangtush   Bahodir   Nodir
Muhammadxonga   Balxga   kelmasligini   va   Mashhad   yaqinida   turishini   buyuradi.
Bu vaqtda Balxdagi hindlardan Yalangtush Bahodir huzuriga ham elchi kelib, unga
Balx   atrofidan   tezroq   ketishi,   Abdulazizxonni   ham   o'zi   bilan   olib   ketishi,   bu   ishi
uchun   unga   o'ttiz   ming   ho'kizga   ortilgan   molk-mulk   taqdim   qilinishini   haqida
bayon qiladi. Yalangtush Bahodir hindlarning bu taklifiga rozi bo'lmaydi  va Balx
atrofidan   ketmasligini,   qachonki   Balx   qayta   qo'lga   kiritilsa,   u   yerdagi   mol-mulk
bilan birga hindlarning boshi ham uning qo'lida bo'lajagi haqida javob beradi 33
. 
Hujjatda   bayon   qilingan   voqealarning   keyingi   rivojida   Yalangtush   Bahodir
shaxsining   boshqa   qirralari   ham   ochilib   boradi.   Yalangtush   Bahodir   va
Abdulazizxon   Balx   qamalidan   voz   kechmay   turgan   bir   paytda   ularning   huzuriga
Buxorodan   chopar   kelib,   qozoq     o'rdasi   Yangir   sultonning   Toshkentdan   Buxoro
hududiga   tomon   kirib   kelayotgani   haqida   xabar   beradi.   Shunda   Balx   qamalida
bo'lgan   Buxoro   qo'shini   ikkiga   ajratiladi.   Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi
birinchi   qism   Balx   qamalink   davom   ettirib,   hind   qo'shiniga   qarshi   turish   uchun
qoladi. Ikkinchi qism esa Abdulazizxon boshchiligida qozoqlarga qarshi kurashish
uchun Buxoroga jo'nab ketadi. Bu vaqtda Yalangtush Bahodir va hind qo'shinlari
33
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 5.
23 o'rtasida   Balx   uchun   jang   boshlanadi.   Kuchlar   teng   emasligini   anglagan
Yalangtush   Bahodir   Buxoroga   Abdulazizxon   huzuriga   chopar   jo'natib,   qozoqlar
bilan   jang   qilmasdan   bitimga   kelishishini   va   qozoqlar   bilan   yarash   bitimini
tuzishini   va   tezda   Balxga   yordamga   kelishini   maslahat   beradi.   Abdulazizxon
Yalangtush Bahodir ko'rsatmasiga  binoan qozoq sultonlari bilan bitimga kelishib,
o'zaro ittifoqchilikda Balxga qozoq qo'shinlarini ham safarbaretilishiga erishadi va
Yalangtush Bahodirga yordamga yetib keladi 34
. 
Shunday   qilib,   Yalangtush   Bahodir   Balx   uchun   Hindistonga   qarshi   kurash
maqsadida   Buxoro-Qozoq   ulusi   va   yana   Eron   o'rtasidagi   harbiy   ittifoqni   tashkil
etishga   muvaffaq   bo'ladi.   Nihoyat   kuchlarning   birlashuvi   natijasida   Balxdan
Hindiston   qo'shinlarining   haydab   yuborilishiga   erishadi   va   Mashhad   yaqinida
turgan  Nodir  Muhammadxonga  yana  Balx  viloyatini  topshiradi.  Abdulazizxon  va
uning   sodiq   tarafdori   Yalangtush   Bahodir   esa   Buxoroga,   qozoq   sultoni   Yangir
sulton esa Toshkentga qaytib ketadi. 
I bob bo'yicha xulosa. 
Yuqorida tahlil qilingan tarixiy dalillar orqali biz Yalangtush Bahodir xonlik
siyosiy barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu
borada   hukmdorlarga   to'g'ri   yo'lni   ko'rsata   olgan   maslahatchi,   qo'shni   davlat
siyosiy doiralari bilan manfaatli kelishuvlar va muzokaralar olib bora olgan mohir
diplomat   bo'lgan.   Yalangtush   Bahodir     katta   nufuzga   ega   bo'lgan   adolatli,
vatanparvar   siyosatchi   sifatida   bir   emas,   uchta   ashtarxoniy   hukmdor-
Imomqulixon, Nodir Muhammadxon va Abdulazizxon hukmronligi davrida davlat
boshqaruvi,   uning   xavfsizligi   va   siyosiy   barqarorligini   saqlash   yo'lida   fidokorona
xizmat   qilgan   tarixiy   shaxsdir.   XVII   asrda   yashagan   Yalangtush   Bahodir
O'zbekiston   va   butun   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixida   harbiy   bilimni   puxta
egallagan   sarkarda,   davlat   boshqaruvida   faol   ishtirok   etgan   siyosatchi,   madrasa
ta'limini   olgan   ziyoli,   hashamatli   inshootlar   qurdirgan   homiykabi   sifatlarni   o'zida
34
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.22 6.
24 namoyon   etgan   murakkab   tarixiy   shaxs   sifatida   iz   qoldirdi.   Yalangtush   Bahodir
kabi   tarixiy   shaxslarning   faoliyatini   ilmiy   jihatdan   o'rganish   masalasiga   alohida
e'tibor   qaratilsa,   Respublikaning   barcha   ta'lim   muassasalarida   Amir   Temur,
Jaloliddin   Manguberdi,   Yalangtush   Bahodir   singari   sarkardalarni   harbiy   faoliyati
o'rganish uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
II  bob. Yalangtush Bahodir mohir sarkarda va davlat arbobi.
Amir Yalangtush Bahodir harbiy bilimni puxta egallagan mohir sarkarda va
davlat arbobi edi. Yalangtush Bahodir Buxoro xonligida amalga oshirilgan deyarli
barcha   harbiy   yurishlarda   ishtirok   etgan   mohir   sarkarda   hisoblanadi.Yalangtush
Bahodir   Buxoro   xonligida   kuchli   siyosiy   nufuzga   ega   edi.   Yalangtush   Bahodir
hattoki xonlarni almashtirishda muhim rol o’ynagan.
2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
                  Amir   Yalangtushbiy   Bahodir   dastlab   Buxoro   xoni   Abdullaxon   II   ning
saroyida   harbiy   san'atni   o'rganadi 1-rasm .   Yalangtush   Bahodir   Ashtarxoniylar
hokimiyat tepasiga kelishi bilan siyosiy maydonda ancha tasirga ega bo'lib oldi. U
xattoki   xonlarni   taxtdan   almashishida   ham   muhim   rol   o'ynagan.   Taxt   uchun
kurashda   Yalangtush   Bahodir   o'z   tarafdolari   bilan   Imomqulixon   tomoniga   o'tib
ketadi.     Katta   harbiy   kuchga   ega   amirlarning   bunday   qarori   siyosiy   kurashda
Imomqulixon   uchun   g‘alaba   keltirgan   edi.   Xullas,   qo‘li   kalta   kelgan   Vali
25 Muhammadxonning   esa   o‘z   oilasi   va   bir   qancha   amirlar   bilan   Chorjo‘y   orqali
Eronga   qochib   ketishdan   boshqa   chorasi   qolmaydi.   1611   yilning   fevral   oyi
oxirlarida   bir   qancha   amirlar   va   din   rahnamolari   Imomqulixon ni   oq   namatga
o‘tqizishib xon qilib ko‘tarishadi. Bu nufuzli amirlar orasida bo‘lgan Yalangto‘sh
Bahodirning   ta siri   juda   katta   edi.   O‘sha   yilda   Nodir   Muhammadxon   Balxʼ
viloyatiga   hukmronlik   qilishga   tayin   etiladi.   Demak,   katta   harbiy   kuchga   ega
Yalangto‘sh   Bahodirning   Vali   Muhammadxon   xizmatidan   ketishi   uning
muvaffaqiyatsizlikka   uchrashiga   sabab   bo‘lgan   bo‘lsa,   Imomqulixon   tomonida
turib kurashishi esa uning taxtga o‘tirishi uchun xizmat qilgan 35
.  
Keyingi   siyosiy   jarayonlar   Yalangtush   Bahodirning   faol   ishtiroki   bilan
kechgani   ma lum   bo‘ladi.	
ʼ Masalan,   Eronga   shoh   Abbos   huzuriga   qochib   borgan
Buxoroning   sobiq   hukmdor   Vali   Muhammad   shohdan   Buxoro   taxtini   qaytarib
olish uchun yordam so‘raydi. Bunga javoban shoh Abbos o‘zining 80 ming harbiy
qismlarini Vali Muhammadxonning Imomqulixonga qarshi  kurash uchun safarbar
etadi 36
. 
Eron   qo‘shinining   Buxoroga   kelayotganidan   xabar   topib,   cho‘chib   ketgan
yosh   va   tajribasiz   Imomqulixon   muvaffaqiyatsizlikka   uchrasa   Balxga   qochishni
mo‘ljallab,   Qarshiga   borib   o‘rnashadi.   Mana   shu   vaziyatda   Yalangtush   Bahodir
yana asosiy siyosat sahnasiga chiqib, Samarqandda vaziyatni o‘z nazoratiga oladi.
U Shukurbiy saroy bilan birga, barcha amir va ulamolarni Eronga qarshi kurashda
Imomqulixonni   qo‘llab-quvvatlashga   chaqiradi.   Yalangto‘sh   Bahodir   Qarshidan
Imomqulixonni Samarqandga olib keladi. Ular umumiy dushman hujumini bartaraf
etish uchun birgalikda harakatni boshlaydi 37
. 
SHu o‘rinda, Yalangtush Bahodir nafaqat barcha amirlaru din ahlini va hatto
hukmdorni   ham   umumiy   dushmanga   qarshi   kurashda   “boshini   biriktira   olgan”
mohir siyosatchi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, bu dalillar uning yurt
35
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш- даги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.2 2.
36
Мухаммад   Юсуф   Мунши.   Мукимханская   история.   Перевод   с   перс-таджик.,   прим.   и   указ.   А.А.
Семенова. Т. 1956. – С.81-82.
37
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в. ). Тошкент.: Фан, 1982. - С.107.
26 tinchligi   xavf   ostida   qolgan   vaqtda   tez   va   to‘g‘ri   qaror   chiqara   olish   qobiliyatiga
ham ega bo‘lganidan dalolat beradi. 
Shunday   qilib,   Imomqulixon   bilan   Yalangtush   Bahodir   mudofaa   ishini
birgalikda   boshlagan   vaqtda   Eron   qo‘shini   Samarqand   shahri   yaqinidagi   Zarman
mavzesiga   kelib   to‘xtagan   edi.   Kuchlar   teng   bo‘lmagani   sababli,   Imomqulixon,
Yalangtush   Bahodir   va   boshqa   nufuzli   amirlar   qozoq   xonlari   Abulay   sulton   va
Ishim   sultonlardan   yordam   so‘raydi.   Yordamga   kelgan   har   ikki   qozoq   sultonlari
o‘zlarining kam sonli askarlarini Samarqandga yordamga jo‘natib, asosiy askarlari
bilan Movarounnahr shahar qishloqlarini talashga kirishadi. Qizig‘i shundaki, Vali
Muhammadxon ham qozoq sultonlaridan harbiy yordam so‘ragan edi. 
Voqealar   davomidan   ayon   bo‘ladiki,   Imomqulixon   Yalangto‘sh   Bahodir   va
boshqa   amirlar   yordamida   har   ikki   dushman   -   ham   qozoqlar,   ham   eron
qizilboshlari   ustidan   g‘alaba   qozonadi:   Abulay   sulton   Samarqand   atrofidagi
qishloq va mavzelarni talab, Turkistonga qaytib ketadi. Lekin Imomqulixon hanuz
Miyonqolda   turgan   Ishim   sulton   havfini   bartaraf   etish   masalasida   yana
Yalangto‘sh  Bahodir  va  Shukurbiy  saroy bilan  maslahatlashishga  majbur  bo‘ladi.
Ularning   maslahati   bilan   Ishim   sultonga   Toshkent,   Turkiston   va   uning   atrofidagi
yerlarni   berib,   qozoqlar   xavfini   ham   bartaraf   etishga   muvaffaq   bo‘ladi.   Bu
voqealardan   shu   anglash   mumkinki,   demak   davlatda   tashqi   dushmanlar   bilan
bo‘lgan   kurashda   yuzaga   kelgan   tang   holatlarda   hukmdorlar   tez-tez   Yalangto‘sh
Bahodirning fikri bilan hisoblashib turgan.Bu barcha omillar.  Yalangto‘sh Baxodir
mavkeining   nafakat   mam-   lakat   ichkarisida,   balki   xalkaro   doirada   ham   o‘sishiga
sabab   bo‘lgan.   Unga   hadya   va   sovg‘a-salomlar   jo‘natish   xuddi   davlat   xazinasiga
mablag ajratish bilan teng, deb karalgan. Masalan, Hindiston, Kandaxor, Xuroson
viloyatlaridan,   kirgizlar,   kalmiklar   va   qozoq   yo‘lboshchilari   tomonidan,   kashtar
xonlari va xatto Tibetdan har yili unga kimmat sovgalar kelib turgan 38
.
Markazlashtirish siyosatini olib borgan Imomqulixon davri Buxoro xonligida
ashtarxoniylar   sulolasi   hukmronligi   davridagi   eng   rivojlangan   va   kuchaygan
38
Мухаммад Юсуф Мунши. Мукимханская история. Перевод с перс-таджик., прим. и указ. А.А. 
Семенова. Т. 1956. – С.81-82.
27 bosqich sanaladi. Davlat boshqaruvini qo‘lga olishiga hissa qo‘shgani, sadoqatli va
namunali   xizmatlarini   e tiborga   olgan   Imomqulixon   1612   yili   Yalangtushʼ
Bahodirni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlaydi.  Hokimlik mansabini olishida
uning piri X    oja Hoshimning ham qo‘llab-quvvatlashi muhim sanaladi    39
    .  
Yalangt u sh   Bahodir   keyinroq   otaliq   vazifasiga   tayinlanadi.   O‘rta   asrlarda
otaliq eng yuqori mansablardan biri bo‘lib, u hukmdorning otasiga tenglashtirilgan
va  Buxoro  xonligida  suvlar  taqsimotini  nazorat  qilgan.  Ushbu   taqsimot  chegarasi
Samarqanddan   Qorako‘lgacha   bo‘lib,   asosan   Samarqand   va   uning   tumanlariga
yuqori   lavozimli   shaxsdan   tortib   oddiy   xalq   vakillarigacha   suvni   adolatli
taqsimlashi   shart   edi.   Shuningdek,   ushbu   lavozim   bosh   vazir   maqomiga   to‘g‘ri
kelgan va unga asosan o‘zbeklar urug‘idan bo‘lgan shaxslar tayinlangan 40
.
O‘ttiz   yildan   ortiq   hukmronlik   qilgan   Imomqulixon   bilan   bir   davrda   xonlik
hududlari   uchun   bo‘lib   turgan   janglarda   ishtirok   etgan   Yalangtush   Bahodurning
davlat   boshqaruvida   siyosiy   nufuzi   ortib   boradi.   Bu   borada   Ashtarxoniylarning
janubiy   hududlarini   mustahkamlash   uchun   Xurosonga   uyushtirilgan   yurishlarda
salmoqli   hissa   qo‘shdi.   Bu   vaqtda   Movarounnahr   va   Balhda   Ashtarxoniylar
davlatining   siyosiy   barqarorligiga   to‘siq   bo‘lgan   yana   bir   tarixiy   shaxs   -   Vali
Muhammadxonning   o‘g‘li   Rustam   sulton   masalasi   ham   Yalangtush   Bahodir
ishtirokisiz   hal   bo‘lmaydi.   Akad.   B.Ahmedov   “Bahr   al-asror”   asari   asosida   yana
quyidagi   ma lumotlarni   keltiradi.   Sobiq   hukmdor   Vali   Muhammadxon   Eron	
ʼ
tomonga qochayotib o‘g‘li Rustam sultonni Marvda qoldirib ketadi 41
. 
U ham Eron qullab-quvvatlab turishi evaziga Ubeh va Shafelon viloyatlarida
joylashib   olib,   1612-1622   va   1631   yillar   oralig‘ida   Balx,   Seyston,   Farah,
Shibirg‘on,   Andxuy,   Chechektu   hududlariga   tez-tez   hujum   qilib,   mamlakat
tinchligini buzib turgan edi. Nodir Muhammadxon Rustam sulton muammosini hal
qilish uchun Eron bilan bir necha bor o‘rnatgan elchilik aloqalari ham hech qanday
39
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в. ). Тошкент.: Фан, 1982. - С.108.
40
Хидирова   Н.Ў.   Баҳодир   Ялангтуш   шахсига   тарихий   чизгилар   //   Баҳодир   Ялангтўшнинг
Марказий   Осиё   ижтимоий-сиёсий   ва   маданий   ҳаётида   тутган   ўрни»   мавзусидаги   халқаро
конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20 июнь.
41
Ахмедов Б. История Балха..- С. 202-205.
28 foyda   bermagach,   1623   yilda   Yalantush   Bahodir   boshchiligidagi   ko‘p   sonli
qo‘shinni   unga   qarshi   jo‘natadi.   Rustam   sulton   yana   Eronga   qochib   ketadi   va
natijada   1631   yilgacha   Ashtarxoniy   xonlari   u   bilan   bog‘liq   muammodan   holi
bo‘ladi 42
. 
Lekin   1631   yilda   Rustam   sulton   yana   Balxning   janubi-g‘arbiy   hududlariga
hujum qiladi. Bu safar ham unga qarshi jo‘natilgan hal qiluvchi   harbiy kuchlarga
Yalangto‘sh   Bahodir   boshchilik   qiladi.   Bu   safar   u     Meruchak   qal asida   Rustamʼ
sulton kuchlarini  qamal  qiladi  va shu  yo‘l  bilan muammoni  hal  qilishga erishadi.
Xullas,   Rustam   sultonning   Balxga   xiroj   to‘lash   sharti   bilan   ikki   o‘rtada   tinchlik
bitimi tuzilib, qamal bekor qilinadi 43
.  
Yuqoridagilardan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   Ashtarxoniylar
davlatidagi  Valimuhammadxon  va  uning o‘g‘li   Rustam  sulton  bilan bog‘liq ichki
siyosiy muammolar hamda Eron davlati bilan aynan shu shaxslar aloqador bo‘lgan
tashqi siyosat masalalari Yalangtush Bahodirningfaol harakati bilan hal qilinadi. 
Yalangtush   Bahodurxon   Buxoro   xonlarining   Toshkent   va   Turkistonni
egallashdagi   harbiy   yurishlarida   ham   faol   qatnashgan.   Jumladan,   Suhaylning
“Imomqulinoma”   asarida   Yalangto‘shbiyning   qo‘shni   hududlar   uchun   bo‘lib
turgan   doimiy   janglarda   qozoq   sultonlari   Tursun   sulton   va   Abulay   sultonlarga
qarshi kurashib, qo‘lga kiritgan hududlarni saqlab qolish uchun harakat qilganligi
to‘g‘risida ma lumot keltirilgan	
ʼ 44
.
Yalangt u sh   Bahodir   Buxoro   xonligining   barcha   harbiy   amaliyotlarida   faol
ishtirok   etgan.   Xususan,   Buxoro   xonligida   mamlakat   daxlsizligini   ta minlash	
ʼ
yo‘lida   shimolda   dashtiqipchoqlik   kuchlar   -   Yesimxon,   Tursun   sulton   va   Abulay
sultonlarga   qarshi   kurashlarda   ham   jonbozlik   va   botirlik   ko‘rsatgan.   Jumladan,
42
Таниева   Г.   Ялангтўш   Баҳодирнинг   Бухоро   хонлиги   сиёсий   барқарорлигини   таъминлашдаги
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.23-24.
43
Таниева Г. 2019. – Б.24.
44
Сангирова   Д.   Ялангтўш   Баҳодурнинг   Марказий   Осиё   ижтимоий   сиёсий   ва   маданий   ҳаётида
тутган   ўрни   //   Баҳодир   Ялангтўшнинг   Марказий   Осиё   ижтимоий-сиёсий   ва   маданий   ҳаётида
тутган ўрни» мавзусидаги халқаро конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20 июнь.
29 xonlikni qozoq ko‘chmanchilaridan himoya qilishga katta xissa qo‘shgan quyidagi
ishlarni amalga oshirgan:
- 1609   yilda   Yalangto‘sh   Baxodir   qozoq   hukmdori   Abuli   sultonning
Samarqandga qilgan xujumini qaytardi.
-   1612   yilda   Yalangtushbiy   Bahodir   Buxoro   xoni   Imomqulixon
qo‘shinlariga   bosh   bo‘lib,   Toshkent   va   Turkistonni   egalladi.   Qozoq   qabilalari
ustidan qozonilgan g‘alaba natijasida u Balxga amir lavozimiga loyiq ko‘rildi.
  -   1612   yilda   Imomqulixon   Yalangtush   Bahodirni   qozoq   hukmdori
Yesimxon boshliq qo‘shinga qarshi yubordi. 
-   1621   yilda   Yalangtush   Bahodir   Tursun   Sulton   boshchiligidagi   qozoq
qo‘shinlarini xujumini qaytargan ashtarxoniylar qo‘shinini bosh qo‘mondoni edi. 
- 1628 yilda Imomqulixon farmoni bilan Yalangto‘shbiy Toshkent yaqinida
qozoq Abduli Sultonni yengdi va uni Qoshg‘arga qochishiga majbur qildi. 
-   1636   yilda   Imomqulixon   qo‘shinlari   Yalangto‘shbiy   boshchiligida
Sayramga   yurish   qildi   va   shu   atrofda   ular   qozoq   qabilalariga   xujum   qildi.   Bu
yurish Dashti-Qipchoqqacha davom etdi. 45
- 1643 yili Yalangto‘sh Bahodir va Abdurahmon devonbegi boshchiligidagi
qo‘shin   hozirgi   Qozog‘istonning   janubi-sharqidagi   O‘rbuloqda   yuz   bergan   hal
qiluvchi urushda qalmoqlarning ellik minglik lashkarini yenggan 46
.
Yalangto‘sh   Bahodir   umumiy   hisobda   qirq   yil   -   1612-1632,   1633-1642   va
1645-1656 yillarda, ya ni  ʼ uch nafar  ashtarxoniy  podshohlar:  Imomqulixon, Nodir
Muhammadxon   va   Abdulazizxon   davrida   Samarqandni   boshqargan   edi.
Shuningdek, orada hozirgi Afg‘oniston markaziy hududiga to‘g‘ri keladigan tarixiy
Kohmard viloyati hokimi ham bo‘lgan.
Serg‘ayrat   sarkarda   Yalangtush   Bahodir   o‘z   siyosiy   faoliyatida   mustaqil
hukmronlik qilib Buxorodagi markaziy hokimiyatga deyarli bo‘ysunmagan. Uning
so‘zi   ashtarxoniy   hukmdorlar   uchun   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘lgan,   u   bir
45
Маликов А. Ялангтўшбий Баҳодир Бойхожи ўғли.
46
Азамат Зиё. Ялангтўш Баҳодир – илм-фан ва маданият хомийси // Янги Ўзбекистон. 2021 йил, 3
март. 44-сон.
30 necha marotiba mustaqil ravishda xorijiy davlatlarga, jumladan Eronning Xuroson
viloyatiga, Afg‘onistonga yurishlar uyushtirgan edi. Bundan tashqari, Toshkent va
Turkiston   yerlariga   ham   safar   qilib,   u   yerdagi   mahalliy   nizolarni   tinchitgan.   Shu
tufayli,   ko‘pgina   qo‘shni   podshohliklar   Yalangtushga   sovg‘a-salom   yuborib
turishgan. Xorijdagi yurishlardan u ko‘pgina asir va xazinalar bilan qaytar edi 47
.
Yalangto‘sh   Bahodir   o‘z   davrining   eng   badavlat   kishilaridan   biri   edi.
Xususan,   Maxmud   ibn   Vali   Yalangto‘shni   xondan   keyin   ikkinchi   eng   badavlat
shaxs   deb   ta riflaydi,   uning   mol-mulki   miqdorini   esa   davlat   xazinasi   bilanʼ
qiyoslaydi 48
. 
Uning   Samarqand,   Kesh   viloyatlari,   hozirgi   Afg‘onistonda   ko‘pdan-ko‘p
ekin   maydonlari,   chorva   yaylovlari   bo‘lgan.   Yalangtush   Bahodirning   siyosiy,
harbiy,   iqtisodiy   qudrati,   homiyligi   ko‘lamining   ovozasi   yurt   tashqarisida   ham
tarqalgan   edi.   Shu   bois,   har   yili   Hindiston   sarkorlari,   Qandahor,   Xuroson
viloyatlari   hokimlari,   qirg‘iz,qalmiq   va   qozoq   yo‘lbosh   chilari,   Koshg‘ar   xonlari,
hatto Tibetdan unga qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo‘natib turilgan 49
.
Yalangtush Bahodir yirik mulkdor shaxs sifatida, u egalik qilgan mulklarga
oid tarixiy hujjatlar O.D. Chexovich tomonidan o‘rganilib, ularning ayrimlari ilmiy
muomlaga kiritilgan. Xususan, ushbu olima mazkur hujjatlarni :
1) sotib olingan mulklarga oid vasiqalar;
 2) vaqf mulklari ;
3)   soliqlardan   ozod   qilinganligi   to‘g‘risidagi   farmon   (hukmnoma)larga
ajratadi.
Tarixiy   manbalar   orasida   Yalangtushbiyning   yirik   yer   egasi   bo‘lganligini
tasdiqlovchi   bir   hujjatdan   ko‘rinadiki,   1606   yilda   u     Xoja   Ahror   avlodlarining
Ofarinkentdagi   Yarimtugdagi   yerlarini   sotib   olgan.   Hujjatda   bu   mulki   xolis   yer
bo‘lganligi va uning qiymati 4300 tanga ekanligi keltirilgan 50
.
47
Каттаев К.  Амир Ялангтуш Баҳодир даврида Самарқанд. 
48
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.228.
49
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлаш-даги ўрни
// Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.21.
31   Bunga   o‘xshash   hujjatlarda   Yalangto‘shbiyning   mulklari   haqida   yana   bir
qancha   ma lumotlar   keltirilgan   bo‘lib   (Shahrisabzda   52500   tangaga   sotib   olinganʼ
1100   tanob   yer,   Samarqandning   Shavdor   tumanida   Ashur   qushbegi   o‘g‘illarining
bir   qism   bog‘i   va   yerining   sotib   olinganligi,     shu   tumanning   Hinduvon   degan
joyidan  olingan yer), ular ushbu shaxsning  iqtisodiy masalalarda ham nechog‘liq
omilkor  bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yerlar  hisobidan madrasalar  uchun
juda katta miqdorda vaqf tayin qilingan 51
.
Shuningdek,   tarixiy   dalillar,   anikrogi   1932   yil   tarixiy   xujjatlar   to‘plamiga
40,   41,   42-rakamlar   bilan   kiritilga   Rossiyaning   Kadimgi   aktlar   markaziy   davlat
arxivining 1640 yilg doir uchta tarixiy xujjatlarida. Yalangto‘sh Bahodirning ismi
tilg olingan. Bu xujjatlar Balx elchisi Xoja Ibrohim tomonidan Mos- kvaga podsho
Mixail   Fedorovich   huzuriga   olib   kelinayotgan   rasmiy   yorliqlar   bo‘lib,   ularning
mazmunidan   ayon   bo‘ladiki,   1638   yilda   Balxdan   Rossiyaga   kelayotgan   avvalgi
elchilik   karvoni   Mangi   atrofida   Daychin   boshchiligida   kalmoklar   tomonidan
talangan.   Balx-   dan   junatilgan   mazkur   yorliklarning   ikkinchisida   Rossiya
hukumatiga topshirilgan.
Yalangtush   Bahodir   faoliyati   davomida   bunyodkorlik   ishlariga   ham   katta
e tibor   qaratdi.   Musulmon   olamiga   xos   bo‘lgan   amal-sadaqai   joriya   yo‘lini   tutib,	
ʼ
ko‘pchilikka   xizmat   qiluvchi   masjid,   madrasalar   qurdiradi.   Uning   bunyodkorlik
ishlari xususida “Tavorixi al kibor” asarida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Imomquli
bahodurxonning   podshohlig‘i   zamonida   bo‘lib   erdikim,   sana   1027   ming   yigirma
yettida imorat qilinib erdi. Mavlono Yalangto‘sh bahodur alchin amirlaridan erdi,
yigitlik zamonida ulug‘ podshohlarning xizmatlarida bo‘lib,   ovozasi yetti iqlimg‘a
tushub erdi   har yerda yog‘iy u, sarkash bor ersa oning qilich haybatidan qo‘rqub,
oning   tig‘i   zarbidin   qochmay   turolmas   erdi   va   qirg‘iz,   qozoq   va   qalmoq,   iroq
50
  Абдураимов  М.А.  Очерки  аграрных  отношений   в  Бухарском   ханстве  в   XVI--  первой  половине
XIX века. ..  – C. 39 .
51
Сангирова   Д.   Ялангтўш   Баҳодурнинг   Марказий   Осиё   ижтимоий   сиёсий   ва   маданий   ҳаётида
тутган   ўрни   //   Баҳодир   Ялангтўшнинг   Марказий   Осиё   ижтимоий-сиёсий   ва   маданий   ҳаётида
тутган ўрни» мавзусидаги халқаро конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20 июнь.
32 odamlari   unga   tobeliq   qilurg‘a   ittifoq   ilinjida   erdilar.   Oxir   podshohlar   xizmatin
tark   etib   madrasa   va   xonoqoh   misllik   imoratig‘a   xolis   Alloh   uchun   mashg‘ul
bo‘ldi.   Andoqkim   ta rix   sana   1028   ming   yigirma   sakkiz   erdikim   Samarqandʼ
viloyatida   Ulug‘bek   mirzoning   madrasasi   baroborida   bir   madrasa   bino   qildikim
katta va qolinliq jihatidan ta rifi bayon maydonig‘a sig‘mas”	
ʼ 52
.
Ayrim   tarixchilar   Yalangtush   Baxodirning   qozoqlarga   daxl   qilmasligi,
xususan   uning   qozoq   botiri   Jalantosga   xech   qanday   aloqasi   yo‘qligini
qayd etgan holda, quyidagilarni asos qilib ko‘rsatishadi 53
:
  - Samarqand viloyati xokimi sifatida Yalangt u sh nomi barcha turk,
fors, arab va rus manbalarida uchraydi;
-     Tillakori   va   Sherdor   madrasalari   devorlarida   Yalangt u sh   nomi
qayd etilgan;
-   Yalangt u shning   o‘ziga   tegishli   bo‘lgan   yuridik   xujjatlarda   ham
Yalangt u sh nomi mavjud;
-   Shuningdek,   otalar   ismida   ham   farq   bo‘lib,   Yalangt u sh
Boyxojining o‘g‘li, Jalantos esa Seyitkulining o‘g‘li edi;
-   Yalangt u sh   Baxodirdan   erkak   avlod   qolmagan,   shuning   uchun
ham Registondagi qurilishlarni uning qizi davom ettirgan. Jalantosdan
esa ko‘p sonli avlodlar qolgan; 
-   Yalangtush   Baxodir   faoliyatida   aynan   qozoqlarga   qarshi   bir
necha muvaffaqqiyatli yurishlar amalga oshirilgan.
2.2   Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi.
52
Сангирова   Д.   Ялангтўш   Баҳодурнинг   Марказий   Осиё   ижтимоий   сиёсий   ва   маданий   ҳаётида
тутган ўрни ... 
53
Маликов А. Ялангтўшбий Баҳодир Бойхожи ўғли. 
33 Yalangtush   Bahodirning   siyosiy   faoliyati   o'z   navbatida   ashtarxoniy
hukmdorlar bilan bog'liq.
Imomqulixon   davrida   otaliq   mansabida   bo‘lgan   Yalangto‘sh   Bahodir   yirik
amirlarga ulus mulki taqsim qilinganda saroyining yaqin kishisi sifatida bir qancha
mulklari qator G‘archiston viloyati mulki ham qo‘shib berilgan edi 54
. 
Xonlikda   vujudga   kelgan   muammoli   vaziyatlarni   hal   qilishda   xon   doimo
o‘zi bilan Yalangto‘shbiy bahodurni olib yurgan. 
“Tarixiy   Muqimxoniy”   asarida   Balx   mustaqilligini   saqlab   qolish   uchun
Imomqulixon   o‘z   yaqinlari   bilan   ukasi   Nodir   Muhammadxonga   yordam   berish
uchun   qo‘shin   bilan   otlangani   haqida   ma lumot   keltirilar   ekan,   birinchilardanʼ
bo‘lib,   uning   nomi   zikr   etilgan:   “amirlardan:   Yalangto‘shbiy   otaliq,   O‘rozbiy,
Abdurahmon   devonbegi,   Soqi   parvonachi   va   Mansur   hoji   dodhohlar   bor   edi.
Shuningdek, barcha  buyuk oliy nasab, mashhur  olimu fuzalolar, yuqori  martabali
harbiylar va boshqa turli toifadagi yuz mingga yaqin kishi ishtirok etdi” 55
. 
Shuningdek,   Yalangtush   bahodur   Buxoroning   ikkinchi   poytaxti   bo‘lgan
Balx   viloyati   himoyasini   mustahkamlashda   Nodir   Muhammadxonni   qo‘llab
turgan 56
. 
Nodir Muhammadxon davrida ham Yalangtushbiy otaliq lavozimida faoliyat
olib borib, unga hozirgi Afg‘oniston hududidagi qator yer-suvlar tortiq qilingan 57
.
Bu   xususida,   Maxmud   ibn   Valining   «Bahrul-asror”   asarida   “ Nodir
Muhammadxon   davrida   martabasi   yuqorilashib,   uning   otalig‘i   etib   tayinlandi.
Darayi   Suf,   Mulgon,   Kohmard   viloyatlari;   Tulkichi,   Sayqonchi,   Zerangi,   Kilagi,
Hazorai Nekudari  qabilalarining yurtlari, G‘azna, Qandahor, Zamindovar, G‘ur,
Xuroson   hududlarigacha   bo‘lgan   qabilalar   yerlari   unga   iqto   tariqasida   in om	
ʼ ʼ
54
Азамат   Зиё.   Ўзбек   давлатчилиги   тарихи.   Энг   қадимдан   Россия   босқини   даврига   қадар.   –   Т.:
Шарқ, 2001. –Б. 263.
55
  Мукимханская   история.   Перевод   с   таджиксого,   предисловие,   примечания   и   указатели
профессора А.А. Семенова.  – Т.:  Академии наук Узбекской ССР, 1956. ─ С. 94 .
56
Иванов   П.П.Очерки   по   истории   Средней   Азии   (XVI-середина   XIX   в).   –   М.:   Восточной
литератур ы.  1958. – С.71.
57
Азамат Зиё. Ялангтўш Баҳодир – илм-фан ва маданият хомийси // Янги Ўзбекистон. 2021 йил, 3
март. 44-сон.
34 etilgan   edi.   Qandahor,   Seiston   va   boshqa   viloyatlar   hokimlari   uning   qarshisida
zir-zir   titrar   edilar.   Ko‘rgan-bilganlar   uning   boyligi   davlat   xazinasiga   teng
ekanligi, nufuzi podshohlarnikidan qolishmasligini aytganlar », deyiladi 58
. 
Xususan,   G‘azna   va   Qandahorgacha   bo‘lgan   hududni   o‘z   ichiga   olgan
Garchiston iqto  tarzida Yalangtush Bahodirning yer-mulki bo‘lganligi to‘g‘risida,ʼ
o‘sha davrlarda yurtimizga kelgan rus elchisi Anisim Gribov (1641) ham ma lumot	
ʼ
beradi:   « Balxdan   soliq   yig‘ish   uchun   Hindiston   davlati   sarhadlarida   joylashgan
Hindikush   qishloqlarigacha   boriladi.   Balxdan   to   Hindikush   bag‘ridagi   hind
qishloqlariga  olib  boruvchi  yo‘l   otliq  uchun   7  kun,  tuyada  esa   14  kunlik  yo‘ldir.
Balx   va   Hind   sarhadlari   oralig‘idagi   qishloqlar,   shaharlar   Buxoro   va   Balx
xonlarining   yaqin   kishilaridan   bo‘lmish   Amir   Yalangtushning   mulki
hisoblanadi » 59
. 
Otaliq   lavozimida   bo‘lgan   Yalangtush   bahodur     mavqei   va   martabasidan
kelib   chiqib,   ko‘plab   muhim   tadbirlarni   amalga   oshirgan.     Yalangtushbiy
bahodurxon   tomonidan   berilgan   ishonch   qog‘ozi   yoki   tilxat   davlat   xazinasi
tomonidan beriladigan ishonchnomaga teng kuchga ega bo‘lgan 60
. 
Numizmatika tarixidan ma lumki, barcha zamonlarda bunday tadbir albatta,	
ʼ
naqd   pul   ayirboshlash   jarayonlari   ma lum   bir   shaxslarning   boshqa   bir   shaxsga	
ʼ
nisbatan hisob kitoblarida o‘zaro ishonchga asoslangan holda amalga oshirilgan.
Tadqiqotchilar, Rossiyaning Qadimgi aktlar markaziy davlat arxiviga tegishli
tarixiy   hujjatlarda   Yalangtush   Bahodir   nomi   bilan   bog‘liq   voqeiliklar   tilga
olinganligini, qayd etadilar. Jumladan, 1640 yilga doir tarixiy hujjatlar Balx elchisi
Xoja   Ibrohim   tomonidan   Moskvaga   podsho   Mixail   Fedorovich   huzuriga   olib
kelinayotgan   rasmiy   yorliqlar   bo‘lib,   ularning   mazmunidan   ayon   bo‘ladiki,   1638
yilda Balxdan Rossiyaga kelayotgan avvalgi elchilik karvoni Mang‘ishloq atrofida
58
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. –Б.228.
59
Каттаев К. Амир Ялангтуш Баҳодир // Баҳодир Ялангтўшнинг Марказий Осиё ижтимоий-сиёсий
ва маданий ҳаётида тутган ўрни» мавзусидаги халқаро конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20
июнь.
60
Абдураимов   М.А.   Очерки   аграрных   отношений   в   Бухарском   ханстве   в   XVI--   первой   половине
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
35 Daychin boshchiligida qalmoqlar tomonidan talangan. Balxdan jo‘natilgan mazkur
yorliqlarning   ikkinchisida   Rossiya   hukumatiga   ana   shu   qaroqchi   qalmoqlarga
qarshi birgalikda kurashish taklifi bildirilgan edi 61
. 
Unda agar bu taklifga   Moskva hukumati rozilik bildirsa, Imomqulixon Emba
atrofiga   Yalangto‘sh   Bahodir   (hujjatda   uning   ismidan   keyin   “otaliq”   atamasi
yozi lgan) boshchiligidagi o‘n ikki nafar amirlar  va katta qo‘shin yuborishga  tayyor
ekanligi haqida ma lum qilinganʼ 62
. 
Demak,   Yalangtush   Bahodir   nafaqat   Buxoro   xonlariga,   balki   qaysidir
ma noda   xonlikka   tobe   bo‘lsa-da,   aslida   mustaqil   idora   etiladigan   Balx	
ʼ
hukmdorlariga   ham   xizmat   qilgan.   Ulardagi   mazmun   Yalangtush   Bahodirning
hatto   Balx   hukmdorlarining   ham   boshqa   amirlarga   bosh   bo‘lgan   eng   tajribali
sarkardasi sanalganidan dalolat beradi      
O‘ttiz   yildan   ko‘proq   muddat   Imomqulixon   va   Yalangto‘shbiy   o‘rtasidagi
hamkorlik   faoliyati   1642   yilda   Imomqulixonning   ko‘zi   xastalanib   qolishi   bilan
ma lum   bir   chegaraga   yetib   keladi.   Xonning   haj   ziyoratiga   ketishi   munosabati
ʼ
bilan, Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi   ko‘pchilik   amirlar   Balh   viloyatida
hukmronlik   qilayotgan   Nodir   Muhammadni   Buxoroga   chaqirib   oladi   va   uni   oliy
hokimiyat taxtiga o‘tqazishadi 63
.
Bundan   ko‘rinadiki,   Yalangtush   Bahodir   o‘z   faoliyatida   davlat
boshqaruvidagi   siyosiy   barqarorlikni   saqlashga   alohida   e tibor   qaratgan.	
ʼ
Boshqaruvchilik layoqatini yo‘qotib borayotgan hukmdor o‘rniga boshqa bir teran
fikrlovchi, sog‘lom shaxsni qo‘yish lozim, deb hisoblagan 64
. 
Manbalarda, xususan “Silsilat at salotin” asarida yana bir ma lumotlar borki,
ʼ
Nodir   Muhammadxon   dastlab   Balxdagi   valiahd   sifatida   ko‘p   yillik   boshqaruvi
davrida   o‘ziga   sadoqatli,   ishonchli   kishilarni   saroy   xizmatiga   chaqirishi   yirik
zodagonlar   o‘rtasida   nizolarni   kuchaytirgan.   Xususan,   hukmdor   o‘z   davrining
61
Ахмедов Б. История Балха... - С.212.
62
Таниева   Г.   Ялангтўш   Баҳодирнинг   Бухоро   хонлиги   сиёсий   барқарорлигини   таъминлашдаги
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.25.
63
Ахмедов Б. История Балха... -С. 109.
64
Таниева Г. 2019. – Б.25.
36 qudratli amiri bo‘lgan Yalangtushbiyni Kohmard hokimligidan bekor qilib, o‘rniga
boshqasini   qo‘ygan,   o‘ziga   yaqin   bo‘lgan   Abdurahmon   devonbegini   otaliq
mansabiga ko‘targan 65
.
Natijada,   xon   hazratlari   va   Yalangto‘shbiy   bahodur   o‘rtasida     munosabatlar
keskinlashadi. 
Shu kabi ma lumotni akad.ʼ B.A.Axmedov “Tarix-i salatin-i mang‘itiya” asari
asosida   yoritib,   1645   yilda   Buxoro   amirlari   Xo‘jandda   Nodir   Muhammadxonga
qarshi   qo‘zg‘olon   ko‘taradi.   Unga   Yalangto‘sh   Bahodir   boshchilik   qilgan.
Qo‘zg‘olonchilar yoniga bitim tuzishga jo‘natilgan Abdulaziz sultonni Yalanto‘sh
Bahodir boshchiligidagi amirlar tutqin qilib, Buxoro tomonga yurish boshlaydi va
Oqtepa degan joyda Abdulazizni xon deb e lon qilishadi. Shunday tarzda Buxoro	
ʼ
shahri  uch oy qamal  qilinadi  va Nodir  Muhammadxon  shahardan chiqib ketishga
majbur bo‘ladi 66
.
  Demak, bu misollar Yalangto‘sh Bahodirning o‘z davrida xonlar o‘rtasidagi
taxt   talashish   jarayonida   va   hukmdorlar   almashinuvida   ham   hal   qiluvchi   siyosiy
ta sirga ega bo‘lganligi ko‘rsatadi.  	
ʼ
Boshqa   tomondan,   boshqaruvdagi   o‘zgarishlar,   asriy   saqlanib   kelinayotgan
an analarning   buzilishi   tufayli   umrining   sal   kam   ellik   yilida   ashtarxoniy
ʼ
hukmdorlar   vakillariga   sadoqat   bilan   xizmat   qilgan   sarkarda   va   davlat   arbobini
Nodir Muhammadxon boshqaruviga qarshi harakatlar qilishiga sabab bo‘lgan. 
Nodir   Muhammadxonning   taxtda   ko‘p   vaqt   o‘tirmadi.   Fitnachi   amirlar
Qarshi   atrofida   shikorda   yurgan   Nodir   Muhammadxonning   o‘rniga   uning   o‘g‘li
Abdulazizni taxtga o‘tqizishadi, bu vaqtda Hindiston hukmdori Shohjahon Balhni
bosib oladi. Bu viloyatni Buxoro xonligiga qaytarish jarayoni bilan bog‘liq siyosiy
harakatlarda   Yalangto‘sh   Bahodirning   asosiy   siyosiy   maydondagi   faoliyati
namoyon bo‘ladi. 
65
  Зияев   А.   «Силсилат   ас-салатин»   как   исторический   источник.   Автореферат   дисс.   -   Т.,   1990.     ─
С.24 .
66
 Ахмедов  Б.А, 1985 . С.136.
37 Shu   o‘rinda   yana,   Rossiyaning   Qadimgi   aktlar   markaziy   davlat   arxiviga
tegishli tarixiy bir hujjatida bu haqda batafsil  ma lumotlar qayd etilgan. Xususan,ʼ
Balx,   Xiva   va   Buxoroga   jo‘natilgan   rus   elchisi   Anisim   Gribovning   hisobotiga
ko‘ra, Hindiston shohi Shohjahon bilan Buxoro xoni Abdulazizxon o‘rtasida Balx
viloyatining   talash   hududga   aylangani   va   bu   talash   Yalangto‘sh   Bahodir   amalga
oshirgan   tadbirlar   tufayli   barham   topgani   hikoya   qilinadi.   A.Gribov   1646   yilning
noyabrida   Rossiyadan   Isfahonga   kelganida   u   yerda   Mashhaddan   Eron   shohi
huzuriga   jo‘natilgan   Alloquli   ismli   chopar   bilan   ko‘rishadi   va   quyidagi
ma lumotlarni aynan shu chopardan eshitib o‘z hisobotiga yozib qo‘yadi	
ʼ 67
. 
Unda   qayd   etilishicha,   Hindiston   hukmdori   Shohjahon   Nodir
Muhammadxondan Balxni tortib olib, u yerga o‘z qo‘shinini joylashtiradi. Bundan
xabar   topgan   Abdulazizxon   va   uning   “yaqin   kishisi”   (hujjatdan   aynan   shunday
yozilgan va uning ismi “Yalantesh knyaz”  shaklida berilgan) Yalangto‘sh Bahodir
Buxorodan   Balxga   keladi   va   shaharni   qamal   qiladi.   Shu   vaqtda,   Shohjahon
Balxdagi   o‘z   odamlariga   30   ming   ho‘kizga   ortilgan   oziq-ovqat   va   mablag‘
jo‘natgan edi. YAlangto‘sh Bahodir bu karvonni Balxga o‘tkazmay ushlab qoladi
va odamlarini qirib tashlaydi. Bu vaqtda Eron shohi huzuriga qochib ketgan Nodir
Muhammadxon   Eron   qo‘shini   bilan   Mashhad   yaqinida   vaziyatni   kuzatib   turgan
edi.   Balxda   qamalda   oziq-ovqatsiz   qolgan   Hindiston   qo‘shini   Nodir
Muhammadxonga   yashirin   elchi   jo‘natib,   Balxga   kelsa   shaharni   unga   jangsiz
topshirishi haqida xabar beradi 68
. 
Bundan   xabar   topgan   Yalangto‘sh   Bahodir   Nodir   Muhammadxonga   Balxga
kelmasligini   va   Mashhad   yaqinida   turishini   “buyuradi”.   Shu   vaqtda   Balhdagi
hindlardan   Yalangto‘sh   Bahodir   huzuriga   ham   elchi   kelib,   unga   Balx   atrofidan
tezroq ketishi, Abdulazizxonni ham o‘zi bilan olib ketishi, bu ishi uchun unga 30
ming   ho‘kizga   ortilgan   mol-mulk   taqdim   qilinishi   taklifini   bayon   qiladi.
Yalangto‘sh   Bahodir   hindlarning   bu   taklifiga   rozi   bo‘lmaydi   va   Balh   atrofidan
67
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлашдаги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.25.
68
Таниева Г. 2019. – Б.27.
38 ketmasligini, qachonki Balxni qayta qo‘lga kiritsa, u yerdagi mol-mulk bilan birga
hindlarning boshi ham uning qo‘lida bo‘lajagi haqida javob yuboradi 69
.
Ahmedovning   yozishicha,   bu   vaktda   Samarkandda   Yalangto‘sh   Bahodir
vaziyatni   o‘z   nazoratiga   oladi.   U   Shukurbiy   saroy   bilan   birga   barcha   amir   va
ruhoniylarni   Eronga   karshi   kurashda   Imomqulixonni   kud-   lab-quvvatlashga
chakiradi.   Yalangto‘sh   Bahodir   Karshidan   Imomkuli-   xonni   Samarkandga   olib
keladi. Ular umumiy dushman xujumini bar- taraf etish uchun birgalikda harakatni
boshlaydi.   Bu   o‘rnida   guvoxi   bo‘lamizki,   Yalangto‘sh   Bahodir   nafakat   barcha
amirlaru   din   ahlini   va   xatto   xukmdorii   xam   umumiy   dushmanga   qarshi   kurashda
"boshini.   biriktira   olgan"   mohir   siyosatchi   sifatida   namoyen   buladi.   Bundan
tashkari,   bu  dalillar   uning   yurt   tinchligi   xavf   solgan   dushmanlarni   tor-mor   etgan.
Imomqulixon   bilan   Yalangto‘sh   Baxodir   birini   birga-   boshlagan   vaktda   Eron
kushini   Samarkand   shaxri   yaqinidagi   Zarman   mavzusiga   kelib   to‘xtagan   edi.
Kuchlar   teng   bulmagani   sababli   Imomqulixon.   Yalangto‘sh   Baxodir   va   boshka
nufuzli amirlar krok xonlari Abuday sulton va Ishim sultonlardan yordam so‘raydi.
Yerdamga   kelgan   xar   ikki   kozok   sultonlari   uzlarining   kam   sonli   askarlarini
Samarkandga   yordamga   jo‘natib,   asosiy   askarlari   bilan   Movarounnahr   shaxar,
kishloklarini   talashga   kirishadi.   Kizigi   shundaki,   Vali   Muxammadxoi   xam   kozok
sultonlaridan   yordam   s raydi.   davomidan   ayon   bo‘ladiki.   Imomqulixonӯ
Yalangto‘sh   Baho-   dir   va   boshka   amirlar   yordamida   xar   ikki   dushman   xam
kozoklar,   xam   eron   kizi   boshlari   ustidan   galaba   kozonadi:   Abulay   sulton
Samarkand   atrofidagi   kishlok   va   mavzelarni   talab,   Turkistonga   kaytib   ketadi.
Lekin   Imomqulixon   hanuz  Miyonkolda   turgan   Ishim   sulton   xavfini   bartaraf   etish
masalasida yana Yalangto‘sh Bahodir na Shukurbiy saroy bilan maslaxatlashishga
majbur   bo‘ladi.   Ularning   maslaxati   bilan   Ishim   sultonga   Toshkent,   Turkiston   va
uning   atrofi   dagi   yerlarni   berib,   qozoqlar   xavfini   xam   bartaraf   etishga   muvaffak
69
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
39 buladi.   Demak,   davlatda   tashki   dushmanlar   bilan   bulgan   kurashla   yuzaga   kelgan
tang holatlarda xukmdorlar tez-tezurushlar olib borishga majbur b ladilarӯ 70
.
Hujjatda   bayon   qilingan   voqealarning   keyingi   rivojida   Yalangto‘sh   Bahodir
shaxsining   boshqa   qirralari   ham   ochilib   boradi.   Yalanto‘sh   Bahodir   va
Abdulazizxon   Balx   qamalidan   voz   kechmay   turgan   bir   vaqtda   ularning   huzuriga
Buxorodan   chopar   kelib,   qozoq   xoni   Yangir   sultonning   Toshkentdan   Buxoro
hududiga   tomon   kirib   kelayotgani   haqida   xabar   beradi.   Shunda   Balx   qamalida
bo‘lgan   Buxoro   qo‘shini   ikkiga   ajratiladi.   Yalangto‘sh   Bahodir   boshchiligidagi
birinchi   qism   Balh   qamalini   davom   ettirib,   hind   qo‘shiniga   qarshi   turish   uchun
qoladi.   Ikkinchi   qismi   esa,   Abdulazizxon   boshchiligida   qozoqlarga   qarshi   turish
uchun   Buxoroga   jo‘nab   ketadi.   Shu   vaqtda   Yalangto‘sh   Bahodir   bilan   hind
qo‘shinlari   o‘rtasida   Balx   uchun   jang   boshlanadi.   Kuchlar   teng   emasligini
anglagan Yalangtush Bahodir Buxoroga Abdulazizxonga chopar jo‘natib, qozoqlar
bilan jang qilmasdan bitimga kelishishni va u bilan yarash bitimi tuzishni va tezda
Balxga   yordamga   kelishini   maslaxat   beradi.   Abdulazizxon   Yalangto‘sh   Bahodir
ko‘rsatmasiga   binoan,   qozoq   sultonlari   bilan   bitimga   kelishib,   o‘zaro
ittifoqchilikda   Balxga   qozoq   qo‘shinlarini   ham   safarbar   etilishiga   erishadi   va
Yalanto‘sh Bahodirga yordamga yetib keladi 71
. 
Shunday   qilib,   Yalangtush   Bahodir   Balx   uchun   Hindistonga   qarshi   kurash
maqsadida,   Buxoro-Qozoq   ulusi   va   yana   Eron   o‘rtasidagi   harbiy   ittifoqni   tashkil
etishga   muvaffaq   bo‘ladi.   Va   nihoyat   kuchlarning   birlashuvi   natijasida,   Balhdan
Hindiston   qo‘shini   haydab   yuborishga   erishiladi   va   Mashhad   yaqinida   turgan
Nodir Muhammadga yana Balh viloyati topshiriladi. Abdulazizxon va uning sodiq
tarafdori   Yalangto‘sh   Bahodir   esa   yana   Buxoroga,   qozoq   sultoni   Yangir   sulton
Toshkentga qaytib ketadi 72
. 
Nodir   Muhammadxonning   o‘g‘li   Abdulazizxon   (1645-1681)ning   xon
ko‘tarilishi   bilan   Yalangto‘shbiy   xonni   qo‘llab   quvvatlab,   qo‘shni   sarhadlarga
70
Ахмедов Б. История Балха... -С. 109.
71
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
72
Ахмедов Б. История Балха... -С. 10 8.
40 urush olib borgan. Jumladan, Boburiylar imperiyasiga qarashli bo‘lgan Qobulga va
Eronga   ham   yurishlarni   amalga   oshirgan.   Chunonchi,   1648   yilda
Abdulazizxonning   200   minglik   qo‘shini   tarkibida   Balxni   Boburiylardan   qaytarib
olish   jangida qatnashib g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, Ashtarxoniylar davri
uzluksiz isyonkor  qabilalar  va ularning boshliqlarining o‘zaro kurash va isyonlari
bilan xarakterlanadi. Bu isyonlarni bostirishda ham u faol qatnashgan.
Bu   yurishlar   oqibatida   ko‘plab   qullar   asir   olinib   (ular   soni   3000   gacha
bo‘lgan),  ular mehnatidan foydalanib o‘lka obodonlashtirilgan 73
. 
Boshqa   t adqiqotlar   ham,   yurishlar   natijasida   3000   dan   ortiq   qo‘llarga   ega
bo‘lgan Yalangtush Bahodir, ularning yordami bilan keng ko‘lamda bunyodkorlik
ishlarini amalga oshirganligini tasdiqlaydi.
Tarixiy   voqeiliklarda,   Yalangto‘shbiy   Bahodir   boshqa   nufuzli   amirlar
qatorida   xonlarni   biror   manzilda   tantanali   kutib   olish   yoki   kuzatib   borish
jarayonida   ham   faol   qatnashganligini   ko‘rish   mumkin.   Masalan,   “Bahr   al-asror”
asarida   yozishicha,   1639   yilda   Imomqulixonning   farmoniga   ko‘ra,   Qarshi
yaqinidagi Fayzobod qishlog‘i yonida Nodir Muhammadxonni tantanali kutib olish
uchun   Nodir   devonbegi,   Muhammadyorbek   chuhraog‘asi   kabi   nufuzli   amirlar
qatorida Yalangto‘shbiy Bahodir ham jo‘natilgan edi 74
. 
Yalangt u sh   Bahodir   1656   yili   80   yoshida   bu   yorug‘   olamni   tark
etgan.   Vasiyatiga   ko‘ra,   uni   Dahbeddagi   Maxdumi   Aʼzam   xonaqohiga,
piri   Xoja   Hoshim   qabrining   oyoq   tomoniga   ko‘mganlar.   Uning   qizlari
ham shu yerda dafn etilgan.
  Bu   tarixiy   hujjatlar   B.A.   Axmedov   tomonidan   1982   yilda   Balk   tarixiga
bag‘ishlab   nashr   ettirilgan   tadkikotda   xam   taxlil   kilingan.   Unda   agar   bu   taklifga
"Moskva   Hukumati   rozilik   bildirsa,   Imomqulixon   Emba   atrofiga   YAgangto‘sh
Baxodir   (hujjatda   uning   ismidan   keyin   "otalik"   atamasi   yozilgan,   chunki   u
73
Иванов   П.П.Очерки   по   истории   Средней   Азии   (XVI-середина   XIX   в).   –   М.:   Восточной
литератур ы.  1958. – С.71.
74
Ахмедов Б.А. 1982. С.176.
41 muayyan   vakt   otalik   vazifasini   xam   bajargan)   boshchiligidagi   o‘n   ikki   nafar
amirlarni   50   ming   xarbiylari   bilan   birga   jo‘natishga   tayyor   yedi.   Yalangto‘sh
Bahodirning tarixiy hujjatlarda Boybek ismli o‘g‘li eslatib o‘tiladi. Xususan, 1642
yilda   tuzilgan   vasiqada   Mulla   Badi   degan   shaxs   Yalangto‘shbiy   otaliq   o‘g‘li
Boybekning   qonuniy   ishonchli   vakili   sifatida   ma lum   bir   garov   evaziga   mulloʼ
Nodir   Samarqandiyga   chorbog‘dan   qonuniy     foydalanish   huquqini   beradi 75
.
(Kazakov, 1987. 32-b). 
U   otasidan   yetti   yil   oldin   1650   yilda   vafot   etadi.   Yalangtush   Bahodirning
o‘g‘lidan tashqari Iqlimbonu (vafoti 1657) va Oybiy (vafoti 1666) ismli ikkita qizi
bo‘lib, Oybiy otasi  vafotidan keyin uni qurilishlarini davom ettirgan bo‘lsa kerak,
degan   taxmin   bor.   Chunki,       M.E.   Masson   o‘z   tadqiqotida   xojagon   Kosoniy
(Mahdumi   A zam)   qabri   ustiga   qurdirgan   maqbara   va   tillakoriy   madrasalari	
ʼ
qurilishi uning avlodlari tomonidan davom ettirilganligiga ishora qiladi 76
. 
Shunday   qilib   xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   Yalangto‘sh   Bahodir
Buxoro   xonligida   Ashtarxoniylar   sulolasining   eng   ziddiyatli   tarixiy
jarayonlari   kechgan   davrda   mohir   sarkarda   va   davlat   arbobi   sifatida
tarix   sahnasiga   chiqdi.   Uning   butun   hayoti   va   faoliyati   Movarounnahr
va   Xurosonda   kechgan   ijtimoiy-siyosiy   voqeiliklar   bilan   bog‘lanib,
Buxoro   xonligida   mamlakat   daxlsizligini   saqlash   va   hokimiyatni
markazlashtirishda katta rol o‘ynadi.
II bob bo'yicha xulosa.
              Yalangtush   Bahodirning   faoliyatini   o'rganish   orqali   XVI   asr   oxiri   XVII   asr
boshlarida   Buxoro   xonligining   siyosiy,   iqtisodiy-ijtimoiy   hayotini,   O'zbekiston
arxitekturasining  XVI-XVII asrga oid  tarixini,  Ashtarxoniylar   davrida O'rta  Osiyoda
75
Хидирова   Н.Ў.   Баҳодир   Ялангтуш   шахсига   тарихий   чизгилар   //   Баҳодир   Ялангтўшнинг
Марказий   Осиё   ижтимоий-сиёсий   ва   маданий   ҳаётида   тутган   ўрни»   мавзусидаги   халқаро
конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20 июнь.
76
Хидирова Н.Ў. Баҳодир Ялангтуш шахсига тарихий чизгилар ....
42 kechgan   geosiyosiy   jarayonlar   tarixini,   o'zbek   davlatchiligi   tarixining   turli
masalalarini,   o'sha   davrlarda   Buxoro   xonligi   yuritgan   tashqi   siyosat   va   xalqaro
munosabatlarini   yanada   kengroq   o'rganish   mumkin   bo'ladi.   Yuqorida   tahlil
qilingan   tarixiy   dalillar   shuni   tasdiqlaydiki,   Yalangtush   Bahodir   xonlik   siyosiy
barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada
hukmdorlarga   to'g'ri   yo'lni   ko'rsata   olgan   maslahatchi,   qo'shni   davlat   siyosiy
doiralari   bilan   manfaatli   kelishuvlar   va   muzokaralar   olib   bora   olgan   mohir
diplomat   bo'lgan.   Yalangtush   Bahodir     katta   nufuzga   ega   bo'lgan   adolatli,
vatanparvar   siyosatchi   sifatida   bir   emas,   uchta   ashtarxoniy   hukmdor-
Imomqulixon,  Nodir   Muhammadxon   va  Abdulazizxon   hukmronligi   davrida  davlat
boshqaruvi,   uning   xavfsizligi   va   siyosiy   barqarorligini   saqlash   yo'lida   fidokorona
xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston
va   butun   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixida   harbiy   bilimni   puxta   egallagan
sarkarda,   davlat   boshqaruvida   faol   ishtirok   etgan   siyosatchi,   madrasa   ta'limini
olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon
etgan   murakkab   tarixiy   shaxs   sifatida   iz   qoldirdi.   Yalangtush   Bahodir   kabi   tarixiy
shaxslarning   faoliyatini   ilmiy   jihatdan   o'rganish   masalasiga   alohida   e'tibor
qaratilsa,   Respublikaning   barcha   ta'lim   muassasalarida   Amir   Temur,   Jaloliddin
Manguberdi,   Yalangtush   Bahodir   singari   sarkardalarni   harbiy   faoliyati   o'rganish
uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.
III bob. Yalangtush Bahodirning Samarqandda amalga oshirgan 
bunyodkorlik ishlari.
      Amir   Yalangtush   Bahodir     Samarqandda   hukmronligi   davrida   yurt
obodonchiligiga   alohida   etibor   qaratdi.   Yalangtush   Bahodirning   keng   qamrovli
harbiy yurishlari natijasida uning qo’lida ulkan boylik to’planadi. Bu boylikni u yurt
43 davlat obodonchiligi yo’lida sarflaydi. Uning hukmronligi davrida Samaqandda juda
katta   qurilish   ishlari   olib   boriladi.   Jumladan,   Samarqanddagi   Registon   maydonida
Ulug’bek   madrasasining   qarshisida   Sherdor   va   uning   yonboshida   Tillakori
madrasalarini   o’z   mablag’lari   hisobidan   qurqiradi.   Bundan   tashqari   Samarqand
shahri   yaqinida   Maxdumi   A’zam   maqbarasini     qurdiradi.   Juda   ko’plab   ko’priklar,
karvonsaroylar  savdo  rastalari  qurdiradi. Buxorodagi  Nodir devonbegi  madrasasini
tamirlatadi. 
 3.1 Sherdor madrasasi.
                        Registon   ansamblinida   joylashgan   har   bir   binoga   maydon   ichidan   turib
qarasangiz   ularda   yashiringan   sir   -   asrorlarni   ilg‘aymiz.   Binolar   peshtoqi   va
“qanot”laridagi   qismlar,   burchlardagi   adlqomat   minoralar,   ritm   bilan   joylashgan
ravoqlar,   tarzlardagi   go‘zal   naqshu   –   nigorlar,   bularning   barchasi   o‘zaro   bir-biriga
va   ayni   paytda   yaxlit   imorat   tarziga   shaklan   mutanosib     hajmiy   va   mazmunan
simmetrik, me’moriy hamohang va uyg‘undir.   Registon ansamblni tashkil qiluvchi
har bir imoratning go‘zallik siri ham aynan ana shundan iborat.
Registonning  kelajagini   belgilab bergan  Ulug‘bek  g‘oyasi   va mehnati   mevasi
bo‘lmish madrasa qarshisida 1619-1636 yillarda qad ko‘targan SHerdor madrasasini
Yalangtush Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan 77
. 
Buzib   yuborilgan   diametri   15   metr   bo‘lgan   katta   gumbazli   xonaqoh   o‘rnida
Mirzo Ulug‘bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan SHerdor
madrasasi   bunyod   etilgan.   SHerdor   madrasasining   peshtoqi   Mirzo   Ulug‘bek
madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin
sifat   va   me’morchilik   jihatidan   farq   qiladi.   Madrasa   o‘zining   bosh   tarzi   bilan
Ulug‘bek   madrasasi   tarziga   muqobil,   ya’ni   uning   qarama   –   qarshisida,   o‘rtada
maydon qoldirilib, bir umumiy bo‘ylama o‘qda joylashtiriladi 78
.
77
 Азамат Зиё. Ялангтўш Баҳодир – илм-фан ва маданият хомийси // Янги Ўзбекистон. 2021 йил, 3 
март. 44-сон.
78
Хидирова Н.Ў. Баҳодир Ялангтуш шахсига тарихий чизгилар ....
44 Imoratning   tashqi   o‘lchovi   70   metrga   57   metr,   ichki   hovlisining   kattaligi   30
metrga 30 metr. Tarhi to‘rtburchak, ikki qavatli binoning bosh tarzi ikki qanotining
har   birida   qovurg‘ali   gumbaz   va   minorasi   bor.   Hovlisi   ikki   qavatli   hujralar   bilan
o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining burchaklarida darsxonalar joylashgan.
Minora   tepasiga   ellik   olti   zina   bilan   chiqiladi.   Peshtoq   ravog‘i   ichkarisidagi
koshinkori bezak orasida qora asosli koshinga oq harflar bilan me’mor Abdujab bor
nomi yozilgan 79
.
  Ammo   bu   obidada   masjid   yo‘q,   janubi-g‘arbiy   darsxona   esa   ziyoratxona
hisoblangan,   chunki   unga   tashqi   tomondan   bevosita   Imom   Muhammad   ibn   Ja’fari
Sodiq mozori maqbarasi tutashgan.
SHerdor   madrasasi   fasadidagi   minora   va   gumbazlari   Ulug‘bek   madrasasiga
o‘xshash,   ammo   orqa   tomondagi   fasadlar   burchagi   guldasta   minoralar   bilan
o‘ralgan. XVII asrga kelib yer sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli XV
asrdagi   dastlabki   yer   sathidan   ikki   metrga   yaqin   baland   ko‘tarilgan.   Ana   shuning
uchun   bir   muncha   past   ko‘ringan   Ulug‘bek   madrasasining   qisqargan   shaklidek
barpo  etilgan.   SHerdor   madrasasi   qurilganda   XVII   asr   me’morchiligiga  xos   ancha
yangiliklar   qo‘llanilgan,   qurilish   jarayonini   tezlashtiruvchi   va   arzonlashtiruvchi
ilg‘or usullardan foydalanilgan. Ammo badiiy bezaklarning ta’sir kuchi bir muncha
pasayib   ketganligi   sezilib   turibdi.   Lekin   ranglarning   o‘z   o‘rnida   ishlatilganligi   va
ayrim   pannolarning g‘oyat  nafis  bajarilganligi  bu  yodgorlikni  yaratgan  me’mor   va
naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Naqshlar   butun   obida   yuzini   qoplagan.   Ularda   chok,   yirik   xandasaviy   suls,
kufiy   yozuv   naqshlari   va   gul   bandlari   tasvirlarda   uyg‘unlashgan   bo‘lib,   faqatgina
Samarqand obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me’moriy
bezaklar maktabini tashkil qiladi.
SHerdor   madrasasi   peshtoqiga   arabcha   matn   bitilgan.   Bu   Qur’oni   Karimning
“An’om” surasidagi 115-117 oyatlardir. Uning tepasida esa kufiy xatida, ya’ni to‘rt
79
Хидирова Н.Ў. Баҳодир Ялангтуш шахсига тарихий чизгилар // Баҳодир Ялангтўшнинг Марказий 
Осиё ижтимоий-сиёсий ва маданий ҳаётида тутган ўрни» мавзусидаги халқаро 
конференциясидаги маърузаси. 2019 йил 20 июнь.
45 burchak   shaklda   “Mulk   Allohnikidir,   buyuklik   Allohga   xos.   Kuch-qudrat
Allohnikidir. Quvvat Allohnikidir. Allohga shukr” kalimalari bitilgan 80
.
Madrasa peshtoqida esa Bahodir Yalangto‘shning nomi va abjad hisobida katta
qasida bitilgan:"Dushman saflarini buzuvchi odil Yalangto‘sh keldi; Uning kamoloti
madhiga zo‘r til durlarga to‘ldi; U yer yuzidan shunday bir madrasa qurdiki, bu bilan
faxrlanishni falakka qadar yetkazdi. Dono xarifning tafakkur kamondi necha qari (1
qari-35   yil)lar   harakat   qilsada   madrasa   minorining   ma’nosiga   yetolmas;   Me’mor
uning   toqlari   egilishini   shunday   quribdirkim,   falak   bu   yangi   oyni   ko‘rib   ko‘kdagi
Oyga   nisbatan   xushro‘ylikdan   barmoq   tishlab   qoladi.   Uni   bino   etgan   Yalangto‘sh
Bahodur bo‘lgani uchun ham qurilgan yilini abjad hisobida "Yalangto‘sh Bahodur"
deb bilingiz". "Yalangto‘sh Bahodur" so‘zini abjad hisobi bilan sonlarga aylantirsak.
Yalangto‘sh – 816, Bahodir – 212, jami  1028 hijriy hisobi, melodiy hisobda 1619
raqamining   kelib   chiqishi   SHerdor   madrasasining   qurilishi   1619   yilda
boshlanganligiga   ishoradir.   (Abu   Toxir,1904.qayta   nashr   1969.   27-bet.).   SHerdor
madrasasi   qurilgan   paytda   xalq   orasida   va   hujjatlarda   "Yalangto‘shbiyning   katta
madrasasi" deb atalgan 81
. 
Ammo   keyinchalik   SHerdor   nomi   bilan   atala   boshlangan.   Ulkan   peshtoq
ravog‘i   tepasidagi   timpon   diqqatga   sazovordir:   Maydondagi   SHerdor   madrasasi
peshtoqida   oppoq   ohuni   quvlab   borayotgan   kuch-qudrat   timsoli   sher,   tabiat
in’omlariga   nur   sochib   turgan   Yaratguvchining   oppoq   ramziy   siymosi   fonda   aks
etgan. SHer tomon boshini qayirib olg‘a intilayotgan ohular oralig‘ida esa qizg‘ish
zarxal   tusda   hokimiyatning   komillik,   mustahkamlik   ramzi   tasvirlangan.   Bu
kompozitsion syujet zardushtiylik va islomiy ma’naviy qadriyatlar ifodasi sanaladi.
Chuqur   tarixiy   va   falsafiy   mazmunga   ega   tasvirda   Yalangto‘sh   Bahodirning   etnik
kelib   chiqishiga   ishora   bor.   Yalangto‘sh   Bahodir   ilohiy   quyosh   va   sher,   ohu   va
komillik   timsollarini   madrasa   peshtoqiga   muhrlatib,   go‘yoki   bu   orqali   o‘z
hokimiyatining   qudratini   namoyon   etgan.  Quyosh   bodomqovoq,   kiyik  ko‘zli   doira
shaklida   tasvirlangan.   Uning   yuzi   esa   zarhal   yog‘du   bilan   hoshiyalangan.   SHer,
80
Таниева Г. 2019. – Б.24.
81
Таниева Г. 2019. – Б.25.
46 quyosh va ohu tasvirlari qanday falsafiy g‘oyani anglatishini ko‘plab olimlar turlicha
izohlaydi.   Xususan,   olim   Komilxon   Kattayev   bu   borada   sher   va   kiyik   12   burjlik
hijriy   yil   hisobiga   shama   qilinayapti   degan   fikrni   bildiradi.   YA’ni,   quyosh   hijriy-
shamsiy   yili;   SHer   (Asad)   yilning   beshinchi   oyi;   Kiyik   (Jaddiy)   esa-o‘ninchi   oyi;
Madrasa qurilishining boshlanishi va tugallanishi ham shu oylarda bo‘lgan bo‘lishi
mumkin(Suvonqulov.I,2007.30-bet.) 82
.
  Bundan   tashqari,   musulmon   astronomiyasida   Quyoshning   Asad   burjida
bo‘lishi   "Sa’di   zamon",   ya’ni   baxtli   zamonga   ishoradir.   Bu   tasvirlar   Saljuqiylar,
elxoniylar   sulolalari   hukmdorlari   davrida   hamda   XVI-XVII   asrlarda   Eronda   ham
keng   qo‘llanilgan   bo‘lib,   tangalarda   zarb   etilgan   va   bayroqlarda   aks   ettirilgan.
Imoratlarni   yasatishda   quyosh   va   sher   suratlaridan   foydalanish   yangilik   bo‘lmay,
Amir   Temur   Keshda   qurdirgan,   salobati   bo‘yicha   tengsiz   Oqsaroyning   70   metrlik
peshtoqida,   aniqrog‘i,   baland   darvoza   tepasi   hamda   ikki   chetida   quyosh
manzarasidagi   sher   tasvirlangani   ma’lum.   Mazkur   inshootda   sher   tasviri   uchta
bo‘lgan va ispaniyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo ularni 1404 yili o‘z ko‘zi bilan
ko‘rgan 83
.
Shunday   qilib,   Yalangto‘sh   Bahodirning   SHerdor   madrasasini   barpo   etish   va
bezash   bilan   bog‘liq   rejasi,   yuqorida   aytilganidek,   Ulug‘bek   madrasasi   hamda
Oqsaroydan   olingan   taassurot   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   deyish   mumkin.   Negaki,
SHerdorning serhashamligi aynan uning peshtoqi bilan belgilanadi.
Ko‘rib turganimizdek, ba’zi rus va mahalliy tarixchilarning «SHerdordagi sher
va   kiyik   tasvirlari   hukmron   sinf   va   oddiy   xalqning   ramziy   ifodasidir»,   -   degan
to‘qimalari bekor gap ekan 84
.
Aslida esa, Quyosh (murabbiy), sher (talaba)ni ohu (ilm) saydiga undamoqda! 
Butun   kompozitsiyasi   zangori   asosda   bo‘lib,   firuza   va   zarhal   bo‘yoqlar   bilan
tasvirlangan   hamda   bir   biriga   chirmashib   ketgan   novdalar,   ochilib   yotgan   oq
82
Маликов А. Ялангтўшбий Баҳодир Бойхожи ўғли. 
83
Таниева Г. 2019. – Б.25.
84
Иванов П.П.Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX в). – М.: Восточной 
литератур ы.  1958. – С.7 2.
47 gullardan   iborat.   Ana   shu   ajoyib   tasvir   tufayli   u   «SHerdor»   nomini   olgan,   ya’ni
«SHerlarga   ega   bo‘lgan»   mumtoz   musulmon   astronomiyasida   quyoshning   Asad
burjida, ya’ni SHer ustida bo‘lishi sa’d, ya’ni baxtiyor zamonga ishoradir 85
. 
Dunyoni   qaysi   davlatiga   borib   Samarqand   haqida   so‘rasangiz,   ular   birinchi
navbatda   SHerdor   madrasasini   tilga   olishadi.   Shul   jihatdan   ham   2007   yilda
Samarqandning 2750 yillik Xalqaro anjumani  arafasida SHerdor madrasadagi  sher
tasvirini   shaharning   ramzi   sifatida   hokimiyatga   tavsiya   qilingan.   Natijada,
SHerdordagi sher tasviri Samarqand ramzi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik   yillarida   buyuk   sarkarda   va   davlat   arbobi   Amir   Temurning   660-
yillik   yubilelari   munosabati   bilan   madrasaning   janubiy   va   sharqiy   fasadlari,ikki
minora,bosh   fasadini   ta’mirlash,   peshtoq   arki   tiklash   hamda   ichki   hovlisida
konservatsiya borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. 
Madrasa hovlisining dekorativ bezalishi ham uning tashqi devorlari singari boy
va   xilma-xildir.   Madrasa   devorlariga   bitilgan   yozuvlarga   uni   yaratgan   mashhur
me’morlar   -   usta   Abdu   Jabbor   va   o‘ymakor   naqqosh   Avaz   Samarqandiy   nomlari
ham   yozib   qoldirilgan.   Madrasa   binosi   uchun   xonaqohdan   chiqqan   qurilish
materiallaridan ham foydalanilgan 86
. 
Aytish joizki, mazkur bitikning o‘rta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab
o‘chib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta
tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni o‘rganish
ishlari olib borilmoqda. 
Registon ansamblini  tashkil  qilgan har  bir  binoga maydon ichidan turib qarar
ekanmiz,   ularda   yashiringan   sir   -   asrorlarni   ilg‘aymiz.   Binolar   peshtoqi   va
“qanot”laridagi   qismlar,   burchlardagi   adlqomat   minoralar,   ritm   bilan   joylashgan
ravoqlar,   tarzlardagi   go‘zal   naqshu   –   nigorlar,   bularning   barchasi   o‘zaro   bir-biriga
va   ayni   paytda   yaxlit   imorat   tarziga   shaklan   mutanosib   (proporsional)   hajmiy   va
85
Ахмедов Б.А. 1982. С.176.
86
Азамат Зиё. Ялангтўш Баҳодир – илм-фан ва маданият хомийси // Янги Ўзбекистон. 2021 йил, 3 
март. 44-сон. 
48 mazmunan simmetrik, me moriy hamohang va uyg‘undir. Mazkur ansamblni tashkilʼ
qiluvchi har bir imoratning go‘zallik siri ham aynan ana shundadir 87
.
Samarqandda ashtarxoniylar davrida Yalangtush Bahodir ta siri sababli qurilish	
ʼ
ishlari yanada jonlanadi. Mamlakatda tinchlikni o‘rnatishga bo‘lgan ehtiyoj hamda
tashqi  dushmanlardan mamlakat sarhadlarini himoya qilish masalasi  botir sarkarda
Yalangto‘shbiyni   avvaliga   bahodur   sifatida   tanilishiga,   ajdodlaridan   meros   bo‘lib
kelayotgan bunyodkorlik ishlari o‘z zamonasining yetuk kishilari singari ijtimoiy -
iqtisodiy   va   madaniy   sohalarning   barcha   jabhalarida   amaldor   sifatida   faoliyat   olib
borishiga zamin yaratdi 88
.
Buyuk   shaxslarning   tarixda   tutgan   o‘rnini   anglash   zarurati,   avvalo,   ushbu
shaxslarni   personografik   jihatdan   har   tomonlama   o‘rganishni   talab   qiladi.   Albatta,
arboblar  tarixini personografik jihatidan o‘rganish, shaxs  faoliyati haqida qimmatli
ma lumotlarga   ega   bo‘lish,   tariximizning   yangi   sahifalarini   ochib   berishga   xizmat	
ʼ
qiladi.
Yalangto‘sh   Bahodur   keyingi   faoliyatida   sarkardalikka   chek   qo‘yib,   Alloh
roziligi   uchun   bunyodkorlik   ishlariga   kirishadi.   Musulmon   olamiga   xos   bo‘lgan
amal-sadaqai   joriya   yo‘lini   tutib,   ko‘pchilikka   xizmat   qiluvchi   masjid,   madrasalar
qurdiradi.
Yalangto‘sh   Bahodir   davri   arxitekturasi   keladigan   bo‘lsak,   bu   davr   Amir
Temur   va   Mirzo   Ulug‘beklar   davridan   keyingi,   O‘rta   Osiyodagi   xonliklar   davriga
to‘g‘ri  kelib,  o‘shanda   Samarqand   Buxoro  xonligiga   qarar  edi.  Biroq,  Yalangto‘sh
Bahodir   Samarqandni   mustaqil   tarzda   boshqarish   sharafiga   ega   bo‘lgan   va   hokim
sifatida erkin harakat qilgan 89
. 
Uning bunyodkorlik ishlari xususida personografik jihatdan “Tavorixi al kibor”
asarida   quyidagi   fikrlar   keltirilgan:   “Imomquli   Bahodurxonning   podshohlig‘i
zamonida   bo‘lib   erdikim,   sana   1027   ming   yigirma   yettida   imorat   qilinib   erdi.
87
Таниева Г. 2019. – Б.24.
88
Иванов П.П.Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX в). – М.: Восточной 
литератур ы.  1958. – С.71.
89
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлашдаги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.25.
49 Mavlono   Yalangto‘sh   Bahodur   alchin   amirlaridan   erdi,   yigitlik   zamonida   ulug‘
podshohlarning   xizmatlarida   bo‘lib,   ovozasi   yetti   iqlimg‘a   tushub   erdi   har   yerda
yog‘iy   u,   sarkash   bor   ersa   oning   qilich   haybatidan   qo‘rqub,   oning   tig‘i   zarbidin
qochmay   turolmas   erdi   va   qirg‘iz,   qozoq   va   qalmoq,   iroq   odamlari   unga   tobeliq
qilurg‘a   ittifoq   ilinjida   erdilar.   Oxir   podshohlar   xizmatin   tark   etib   madrasa   va
xonoqoh   misllik   imoratig‘a   xolis   Alloh   uchun   mashg‘ul   bo‘ldi.   Andoqkim   ta rixʼ
sana 1028 ming yigirma sakkiz erdikim Samarqand viloyatida Ulug‘bek mirzoning
madrasasi   baroborida   bir   madrasa   bino   qildikim   katta   va   qolinliq   jihatidan   ta rifi
ʼ
bayon maydonig‘a sig‘mas” (Tavorix al kibor,  № S 464 185 –186 vv) 90
.
Yalangto‘sh   Bahodurning   bunyodkorlik   ishlari   xususidagi   ma lumotni   Abu	
ʼ
Tohirxo‘janing   “Samariya”   asarida   ham   ko‘rish   mumkin:   “Samarqandagi
madrasalardan   (o‘n   ikkinchisi)   Sherdor   madrasasi.   Bu   madrasa   (Samarqand
Registonida)   Ulug‘bek   qarshisida,   uning   kunchiqar   tomonidan   solingandir.   Ushbu
madrasa   1028   (1618)   yilda   solindi.   (U)   shunday   madrasakim,   buyuklikdan   xayol
idishiga   sig‘mas,   kattalikda   tavsif   aytishiga   to‘g‘ri   kelmas,   baland   toqi   falak
ravoqidek, chunonchi oftob shaklini asad burjiga yaqin qilib, peshtoqiga surat solib,
har   ikki   sherni   ohu   oladigan   tarzda   ko‘rsatilgan.   Oftob   panjarasini   dalir   sherlar
peshonasiga   qo‘yib   turgan   va   ikki   ravoq   biqiniga   ranglik   ziynatlangan,   naqshi
nigorlik ikki gumbaz tepasiga guldasta bino qilinganki, barchani hayratga qoldiradi.
Qiziqi shundakim, madrasaning solinishi ta rixi “Yalangto‘sh bahodur” topilibdir”.	
ʼ
“Samariya” asarining izohiga ko‘ra, klassik musulmon astronomiyasida quyoshning
Asad   burjida,   ya ni   sher   ro‘parasida   bo‘lishi   sa d   zamon,   ya ni   baxtiyor   zamonga	
ʼ ʼ ʼ
ishora ekanligi” (Abu Tohirxo‘ja, 1991.B.27)ni va bu madrasaning 1618 yilning iyul
oyida bitkazilganligini bilish mumkin bo‘ladi 91
.
Yalangto‘sh davrida Samarqandning avvalgi jome  masjidi va madrasasi, ya ni	
ʼ ʼ
Amir   Temurning   jome   masjidi   va   Bibixonim   madrasasi   buzilgan   bo‘lib,   shahar
aholisi   shunday   masjid   va   madrasalarga   muhtoj   edi.   Buning   ustiga   o‘sha   davrda
90
Таниева Г. Ялангтўш Баҳодирнинг Бухоро хонлиги сиёсий барқарорлигини таъминлашдаги 
ўрни // Ўзбекистон тарихи. 2019, 3-сон. – Б.2 6.
91
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227 .
50 Registon maydonida Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa ta mir talab bo‘lib qolgan,ʼ
Ulug‘bekning   Mirzoi   karvon-saroyi   haroba   holida,   Muqatta   masjidi   va   Ulug‘bek
xonaqosi   esa   butkul   yo‘q   bo‘lib   ketib,   ularning   o‘rnida   va   hozirgi   Registon
maydonida shahar bozori joylashgan edi. Yalangto‘sh ushbu maydonni obod holga
keltirish   va   shahar   aholisining   extiyojlaridan   kelib   chiqib,   Ulug‘bek   karvon-
saroyining saqlanib qolgan qismi va poydevorlariga o‘zgartirishlar kiritadi. 
Ushbu   ma rifatparvar   va   saxovatpesha   hokimning   bevosita   tashabbusi   va	
ʼ
farmoni   bilan   Registon   maydonidagi   vayronalikka   yuz   tutgan   hashamatli   Mirzo
Ulug‘bek   madrasasida   ta mirlash   ishlarini   olib   borish   hamda   batamom   buzilib	
ʼ
ketgan Mirzo Ulug‘bek qurdirgan xonaqoh, Mirzoyi hammomi va karvon saroylari
o‘rnida   ikkita   hashamatli   inshoot   -   Sherdor   madrasasi   (1619-1636)   va   Tillakori
madrasa-masjidi (1646-1660) bunyod etilgan 92
. 
Yirik   rus   sharqshunosi   P.P.Ivanov   quyidagilarni   yozgan:   “Buxoroda
ashtarxoniylarning   siyosiy   nufuzi   tushib   ketishi   o‘zbek   zodagonlaridan   bo‘lgan
alohida   buxoro   feodallarining   harbiy-siyosiy   qudrati   oshishiga   olib   keldi,   masalan
Abdulaziz   xonning   mashhur   amaldori   (otalig‘i)   Yalangto‘sh   biy,   Samarqanddagi
mashhur Sherdor va Tillakori madrasalarining quruvchisi”.
D.I.Evarnitskiyning   quyidagilarni   yozgan:   “Sherdor   madrasasi   bizning
eramizning   1618   yilida   o‘zbeklarning   Olchin   urug‘idan   bo‘lgan   Yalangto‘sh
Baxodir   tomonidan   qurilgan.   Sherdor   masjidi   esa   Abu   Toxirxo‘janing   guvohlik
berishicha 1616 yilda yuqorida tilga olingan o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan
Yalangto‘sh   Baxodir   tomonidan   qurilgan   va   Registonda   turgan   uch   ajoyib
binolarning eng ajoyibidir”.
V.I.Masalskiy   qayd   etishicha   “Tillakori   masjidi   va   madrasasi   1647   yilda
o‘zbeklarning   “olchin”   urug‘idan   bo‘lgan   Yalangto‘sh   Baxodir   (Imomqulixonning
sarkardasi) tomonidan qurilgan” 93
.
92
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
93
Иванов П.П.Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX в). – М.: Восточной 
литератур ы.  1958. – С.71.
51 Registonning  kelajagini   belgilab bergan  Ulug‘bek  g‘oyasi   va mehnati   mevasi
bo‘lmish madrasa qarshisida 1619-1636 yillarda qad ko‘targan Sherdor madrasasini
Yalangto‘sh Bahodir Xoja Hoshimga bag‘ishlagan. 
Buzib   yuborilgan   diametri   15   metr   bo‘lgan   katta   gumbazli   xonaqoh   o‘rnida
Mirzo Ulug‘bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan Sherdor
madrasasi   bunyod   etilgan.   Sherdor   madrasasining   peshtoqi   Mirzo   Ulug‘bek
madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin
sifat   va   me morchilik   jihatidan   farq   qiladi.   Madrasa   o‘zining   bosh   tarzi   bilanʼ
Ulug‘bek   madrasasi   tarziga   muqobil,   ya ni   uning   qarama   –   qarshisida,   o‘rtada	
ʼ
maydon qoldirilib, bir umumiy bo‘ylama o‘qda joylashtiriladi 94
.
Imoratning   tashqi   o‘lchovi   70   metrga   57   metr,   ichki   hovlisining   kattaligi   30
metrga 30 metr. Tarhi to‘rtburchak, ikki qavatli binoning bosh tarzi ikki qanotining
har   birida   qovurg‘ali   gumbaz   va   minorasi   bor.Hovlisi   ikki   qavatli   hujralar   bilan
o‘rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining burchaklarida darsxonalar joylashgan.
Minora   tepasiga   ellik   olti   zina   bilan   chiqiladi.   Peshtoq   ravog‘i   ichkarisidagi
koshinkori bezak orasida qora asosli koshinga oq harflar bilan me mor Abdujab bor	
ʼ
nomi yozilgan 95
.
  Ammo   bu   obidada   masjid   yo‘q,   janubi-g‘arbiy   darsxona   esa   ziyoratxona
hisoblangan,   chunki   unga   tashqi   tomondan   bevosita   Imom   Muhammad   ibn   Ja fari	
ʼ
Sodiq mozori maqbarasi tutashgan.
Sherdor   madrasasi   fasadidagi   minora   va   gumbazlari   Ulug‘bek   madrasasiga
o‘xshash,   ammo   orqa   tomondagi   fasadlar   burchagi   guldasta   minoralar   bilan
o‘ralgan. X VII   asrga kelib yer sathi madaniy qatlamlarining ko‘tarilishi tufayli X V
asrdagi   dastlabki   yer   sathidan   ikki   metrga   yaqin   baland   ko‘tarilgan.   Ana   shuning
uchun   bir   muncha   past   ko‘ringan   Ulug‘bek   madrasasining   qisqargan   shaklidek
barpo   etilgan.   Sherdor   madrasasi   qurilganda   X VII   asr   me morchiligiga   xos   ancha	
ʼ
yangiliklar   qo‘llanilgan,   qurilish   jarayonini   tezlashtiruvchi   va   arzonlashtiruvchi
94
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C.  41.
95
Таниева Г. 2019. – Б.24.
52 ilg‘or usullardan foydalanilgan. Ammo badiiy bezaklarning ta sir kuchi bir munchaʼ
pasayib   ketganligi   sezilib   turibdi.   Lekin   ranglarning   o‘z   o‘rnida   ishlatilganligi   va
ayrim   pannolarning g‘oyat  nafis  bajarilganligi  bu  yodgorlikni  yaratgan  me mor   va	
ʼ
naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
Naqshlar   butun   obida   yuzini   qoplagan.   Ularda   chok,   yirik   xandasaviy   suls,
kufiy   yozuv   naqshlari   va   gul   bandlari   tasvirlarda   uyg‘unlashgan   bo‘lib,   faqatgina
Samarqand obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me moriy
ʼ
bezaklar maktabini tashkil qiladi.
Sherdor   madrasasi   peshtoqiga   arabcha   matn   bitilgan.   Bu   Qur oni   Karimning	
ʼ
“An om” surasidagi 115-117 oyatlardir. Uning tepasida esa kufiy xatida, ya ni to‘rt	
ʼ ʼ
burchak   shaklda   “Mulk   Allohnikidir,   buyuklik   Allohga   xos.   Kuch-qudrat
Allohnikidir. Quvvat Allohnikidir. Allohga shukr” kalimalari bitilgan 96
.
Madrasa peshtoqida esa Bahodir Yalangto‘shning nomi va abjad hisobida katta
qasida bitilgan:"Dushman saflarini buzuvchi odil Yalangto‘sh keldi; Uning kamoloti
madhiga zo‘r til durlarga to‘ldi; U yer yuzidan shunday bir madrasa qurdiki, bu bilan
faxrlanishni falakka qadar yetkazdi. Dono xarifning tafakkur kamondi necha qari (1
qari-35   yil)lar   harakat   qilsada   madrasa   minorining   ma nosiga   yetolmas;   Me mor	
ʼ ʼ
uning   toqlari   egilishini   shunday   quribdirkim,   falak   bu   yangi   oyni   ko‘rib   ko‘kdagi
Oyga   nisbatan   xushro‘ylikdan   barmoq   tishlab   qoladi.   Uni   bino   etgan   Yalangto‘sh
Bahodur bo‘lgani uchun ham qurilgan yilini abjad hisobida "Yalangto‘sh Bahodur"
deb bilingiz". "Yalangto‘sh Bahodur" so‘zini abjad hisobi bilan sonlarga aylantirsak.
Yalangto‘sh – 816, Bahodir – 212, jami  1028 hijriy hisobi, melodiy hisobda 1619
raqamining   kelib   chiqishi   Sherdor   madrasasining   qurilishi   1619   yilda
boshlanganligiga   ishoradir.   (Abu   Toxir,1904.qayta   nashr   1969.   27-bet.).   Sherdor
madrasasi   qurilgan   paytda   xalq   orasida   va   hujjatlarda   "Yalangto‘shbiyning   katta
madrasasi" deb atalgan 97
. 
Ammo   keyinchalik   Sherdor   nomi   bilan   atala   boshlangan.   Ulkan   peshtoq
ravog‘i   tepasidagi   timpon   diqqatga   sazovordir:   Maydondagi   Sherdor   madrasasi
96
Маликов А. Ялангтўшбий Баҳодир Бойхожи ўғ ли. 
97
Туманович Н.Н. Герат в  XVI - XVIII  веках. –М.: Наука, 1989.  – С. 141.
53 peshtoqida   oppoq   ohuni   quvlab   borayotgan   kuch-qudrat   timsoli   sher,   tabiat
in omlariga   nur   sochib   turgan   Yaratguvchining   oppoq   ramziy   siymosi   fonda   aksʼ
etgan. Sher  tomon boshini  qayirib olg‘a intilayotgan ohular  oralig‘ida esa  qizg‘ish
zarxal   tusda   hokimiyatning   komillik,   mustahkamlik   ramzi   tasvirlangan.   Bu
kompozitsion syujet zardushtiylik va islomiy ma naviy qadriyatlar ifodasi sanaladi.	
ʼ
Chuqur   tarixiy   va   falsafiy   mazmunga   ega   tasvirda   Yalangto‘sh   Bahodirning   etnik
kelib   chiqishiga   ishora   bor.   Yalangto‘sh   Bahodir   ilohiy   quyosh   va   sher,   ohu   va
komillik   timsollarini   madrasa   peshtoqiga   muhrlatib,   go‘yoki   bu   orqali   o‘z
hokimiyatining   qudratini   namoyon   etgan.  Quyosh   bodomqovoq,   kiyik  ko‘zli   doira
shaklida   tasvirlangan.   Uning   yuzi   esa   zarhal   yog‘du   bilan   hoshiyalangan.   Sher,
quyosh va ohu tasvirlari qanday falsafiy g‘oyani anglatishini ko‘plab olimlar turlicha
izohlaydi.   Xususan,   olim   Komilxon   Kattayev   bu   borada   sher   va   kiyik   12   burjlik
hijriy   yil   hisobiga   shama   qilinayapti   degan   fikrni   bildiradi.   Ya ni,   quyosh   hijriy-	
ʼ
shamsiy   yili;   Sher   (Asad)   yilning   beshinchi   oyi;   Kiyik   (Jaddiy)   esa-o‘ninchi   oyi;
Madrasa qurilishining boshlanishi va tugallanishi ham shu oylarda bo‘lgan bo‘lishi
mumkin 98
.
  Bundan   tashqari,   musulmon   astronomiyasida   Quyoshning   Asad   burjida
bo‘lishi   "Sa di   zamon",   ya ni   baxtli   zamonga   ishoradir.   Bu   tasvirlar   Saljuqiylar,	
ʼ ʼ
elxoniylar   sulolalari   hukmdorlari   davrida   hamda   XVI-XVII   asrlarda   Eronda   ham
keng   qo‘llanilgan   bo‘lib,   tangalarda   zarb   etilgan   va   bayroqlarda   aks   ettirilgan.
Imoratlarni   yasatishda   quyosh   va   sher   suratlaridan   foydalanish   yangilik   bo‘lmay,
Amir   Temur   Keshda   qurdirgan,   salobati   bo‘yicha   tengsiz   Oqsaroyning   70   metrlik
peshtoqida,   aniqrog‘i,   baland   darvoza   tepasi   hamda   ikki   chetida   quyosh
manzarasidagi   sher   tasvirlangani   ma lum.   Mazkur   inshootda   sher   tasviri   uchta	
ʼ
bo‘lgan va ispaniyalik elchi Rui Gonsales de Klavixo ularni 1404 yili o‘z ko‘zi bilan
ko‘rgan 99
.
98
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
99
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227.
54 Shunday   qilib,   Yalangto‘sh   Bahodirning   Sherdor   madrasasini   barpo   etish   va
bezash   bilan   bog‘liq   rejasi,   yuqorida   aytilganidek,   Ulug‘bek   madrasasi   hamda
Oqsaroydan   olingan   taassurot   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   deyish   mumkin.   Negaki,
Sherdorning serhashamligi aynan uning peshtoqi bilan belgilanadi.
Ko‘rib turganimizdek, ba zi rus va mahalliy tarixchilarning «Sherdordagi sherʼ
va   kiyik   tasvirlari   hukmron   sinf   va   oddiy   xalqning   ramziy   ifodasidir”,   -   degan
to‘qimalari bekor gap ekan.
Aslida esa, Quyosh (murabbiy), sher (talaba)ni ohu (ilm) saydiga undamoqda! 
Butun   kompozitsiyasi   zangori   asosda   bo‘lib,   firuza   va   zarhal   bo‘yoqlar   bilan
tasvirlangan   hamda   bir   biriga   chirmashib   ketgan   novdalar,   ochilib   yotgan   oq
gullardan   iborat.   Ana   shu   ajoyib   tasvir   tufayli   u   «Sherdor”   nomini   olgan,   ya ni	
ʼ
«Sherlarga   ega   бўлган»   mumtoz   musulmon   astronomiyasida   quyoshning   Asad
burjida, ya ni Sher ustida bo‘lishi sa d, ya ni baxtiyor zamonga ishoradir	
ʼ ʼ ʼ 100
. 
Dunyoni   qaysi   davlatiga   borib   Samarqand   haqida   so‘rasangiz,   ular   birinchi
navbatda   Sherdor   madrasasini   tilga   olishadi.   Shul   jihatdan   ham   2007   yilda
Samarqandning   2750   yillik   Xalqaro   anjumani   arafasida   Sherdor   madrasadagi   sher
tasvirini   shaharning   ramzi   sifatida   hokimiyatga   tavsiya   qilingan.   Natijada,
Sherdordagi sher tasviri Samarqand ramzi sifatida qabul qilindi.
Mustaqillik   yillarida   buyuk   sarkarda   va   davlat   arbobi   Amir   Temurning   660-
yillik   yubilelari   munosabati   bilan   madrasaning   janubiy   va   sharqiy   fasadlari,ikki
minora,bosh   fasadini   ta mirlash,   peshtoq   arki   tiklash   hamda   ichki   hovlisida	
ʼ
konservatsiya borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. 
Madrasa hovlisining dekorativ bezalishi ham uning tashqi devorlari singari boy
va   xilma-xildir.   Madrasa   devorlariga   bitilgan   yozuvlarga   uni   yaratgan   mashhur
me morlar   -   usta   Abdu   Jabbor   va   o‘ymakor   naqqosh   Avaz   Samarqandiy   nomlari	
ʼ
ham   yozib   qoldirilgan.Madrasa   binosi   uchun   xonaqohdan   chiqqan   qurilish
materiallaridan ham foydalanilgan. 
100
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
55 Aytish joizki, mazkur bitikning o‘rta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab
o‘chib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta
tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni o‘rganish
ishlari olib borilmoqda.
3.2  Tillakori madrasasi.
Yalangto‘shbiy qurdirgan Tillakori madrasasi ham XVII asr me morchiliginingʼ
nodir   namunasidir.   Bu   madrasa   haqida   manbada   shunday   keltiriladi:   “Sherdor
madrasasidan   o‘n   yil   keyin   1051   (milodiy   1641)   yilda   solindi.   Ushbu   madrasa
Ulug‘bek   va   Sherdor   madrasalarining   shimolida,   ikkalasining   yonidadir.   Jum a	
ʼ
namozini   Amir   Temur   ko‘ragon   jome i   xarob   bo‘lganidan   keyin,   shahar   xalqi	
ʼ
(hozirgi qadar) Tillokoriy madrasayida o‘qiydilar” (Abu Tohirxo‘ja, 1991. B.28). Bu
madrasa jome masjidi vazifasini ham o‘tagan 101
. 
Samarqandda   hukmronlik   qilganlar   ichida   shahar   me morchiligi   va	
ʼ
obodonchiligi   va   shaharsozlik   muhitini   rivojlantirishga   hissa   qo‘shgan   hukmdorlar
anchagina.   Ulardan   eng   taniqlilariga   Amir   Temur   va   Mirzo   Ulug‘beklar   kirsa,
ularning   saflariga,   shuningdek   Ibrohim   ibn   Nasr   Tamg‘achxon   Qoraxoniy   (1040-
1068),   Yalangto‘sh   Bahodir   (1576-1656)   va   Shohmurod   ibn   Doniyolni   ham   tom
ma noda kiritish mumkin	
ʼ 102
.
Tamg‘achxon Qoraxoniy Samarqandga XІ asrda hokimlik qilib, shaharni obod
qilish bo‘yicha ko‘p sa y-harakatlar  ko‘rsatgan va ushbu shaharda bunyod ettirgan	
ʼ
ikkita   ajoyib   inshoot:   ilk   madrasa   va   bemoriston(shifoxona)si   bilan   tarixga
ma lumdir.   Samarqanddagi   ilk   ushbu   madrasa   hozirgi   Shohizinda   me moriy	
ʼ ʼ
majmuasi joylashgan hududda qurilgan bo‘lsa, bemoriston bizgacha saqlangan vaqf
101
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227.
102
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39-40.
56 hujjatiga   ko‘ra   hozirgi   Suzangaron   ko‘chasi   bo‘ylab   joylashgan   va   Registon
maydoniga yaqin bo‘lgan. 
XVI asrda Shayboniylar davrida poytaxtning Buxoroga ko‘chirilishi va o‘zaro
urushlar   natijasida   Samarqand   nisbatan   rivojlanishdan   orqada   qoladi.   Shahar
rivojlanishiga   qayta   turtki   berish   uchun   Buxoro   xoni   Imomqulixon   piri   Xoja
Hoshimning maslahati bilan Yalangtush Bahodirni Samarqand viloyatiga hokim etib
tayinlaydi.   Bu   voqea,   shaharning   madaniy   va   iqtisodiy   rivojiga   juda   katta   ta sirʼ
ko‘rsatadi.   Natijada,   Yalangtushbek   tomonidan   Sherdor,   Tillokori,   Dahbeddagi
Maxdumi   A zam   xonaqohi   qurilgach,   undan   ibrat   olgan   saroy   a yonlari,   tavongir	
ʼ ʼ
boylar va ulamolar Samarqand shahrida shunchalik ko‘p madrasa, masjid, xonaqoh,
karvonsaroy,   ko‘prik,   hammom   kabi   xalq   foydalanadigan   inshootlar   qurishadi,
go‘yo Amir Temur zamoni qaytib kelgandek ta surot uyg‘ongandi	
ʼ 103
. 
Tarixda   Registon   maydoni   ma muriy-siyosiy   ahamiyatga   molik   joy,   xalq	
ʼ
to‘planadigan   shahar   markazi   hisoblangan.   Bu   joy   orqali   qadimgi   Samarqand   —
Afrosiyobga   Darg‘omdan   maxsus   kanal   orqali   suv   keltirilgan.   Suv   Afrosiyob
janubidan o‘tgan keng va chuqur handak ustidan maxsus qo‘rg‘oshin ariq – akveduk
yordamida Samarqand shahri(hozirgi Afrosiyob tepaligi)ga oqib kelib, Hazrati Hizr
masjidi   yaqinida   uch   yo‘nalishga   bo‘lingan   va   shahar   dahalarini   oralab,   uni   suv
bilan   ta minlagan.   Arxeologlar   uning   izlarini   hududdagi   «Lolazor”   mahallasi,	
ʼ
Registon   maydoni   va   Bibixonim   madrasasi   joylashgan   hududlardan     topishgach,
oqib   kelgan   qumlar   hisobiga   Registon   maydonida   qumloq   hosil   bo‘lgani   haqida
taxmin qilishadi 104
.
Registon   maydonida   ilk   bor   XIV   asr   oxirida   Telpakfurushon   (telpak
sotuvchilar) nomi ostida markaziy tim (gumbazli bozor) binosi qad ko‘taradi. Ammo
maydonning   dastlabki   me moriy   shakllanishiga   XV   asrda   asos   solindi.   Bu   joyda	
ʼ
Mirzo   Ulug‘bek   tashabbusi   bilan   1417-1420   yillarda   o‘z   davrining   nufuzli   o‘quv
dargohi   —   Ulug‘bek   madrasasi   quriladi.   Uning   qarshisida   Ulug‘bek   xonaqohi,
shimolida   Mirzoyi   karvonsaroyi   va   masjid   bunyod   etiladi.   G‘arb   tomonida
103
Туманович Н.Н. Герат в  XVI - XVIII  веках. –М.: Наука, 1989.  – С. 141.
104
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.22 8.
57 yog‘ochdan   (sinchli)   Muqatta   masjidi   va   Abusaid   madrasasi   qurilib,   maydon
me moriy jihatdan ajoyib ko‘rinish kasb etadiʼ 105
.
Registon   ansambli   o‘sha   davr   O‘rta   Osiyo   shaharsozligi   va   me morchilik	
ʼ
san atining   eng   oliy   darajadagi   ko‘rinishida,   hozirgi   til   bilan   aytsak,   innovatsion	
ʼ
kompozitsiyasi   tarzida   shakllanadi.   Bu   ansamblga   qadar   O‘rta   Osiyo   o‘rta   asrlar
ansamblsozlik   san atida   “juft”   va   “qo‘sh”   ansambllari   deb   nomlangan   majmualar	
ʼ
yuzaga kelgan. Hozirgi adabiyotlarda Registon ansambli bir necha binolarni yagona
maydon atrofida shakllantirilganligi sababli me moriy tilda “maydoncha ansambli”	
ʼ
deb ataladi.
Mazkur   ansamblning   o‘z   davrida   tengi   yo‘q   edi.   Uning   O‘rta   Osiyo
shaharsozligida hozirda ham anologi, ya ni o‘xshashi yo‘q. U shu qadar jozibali, shu	
ʼ
qadar   go‘zalki,   Registon   ansamblini   tashkil   etgan   binolarning   me moriy	
ʼ
tuzilishidagi   mahobati,   go‘zalligi   va   jozibadorligi   har   qanday   madaniyatli   sayyoh
(tomoshabin)ni ham lol qoldiradi 106
. 
Gap ushbu imoratlar arxitekturasining o‘zaro majmuaviy uyg‘unlashib, yagona
maydon   atrofida   yuksak   me moriy   g‘oya   va   uslub   bilan   joylashtirilganligidadir.	
ʼ
Bunday   uslubning   Amir   Temur   va   Mirzo   Ulug‘bek   davri   shaharsozlik   san atining	
ʼ
uzviy davomi  desak to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq, u yuqorida aytganimizdek, O‘rta Osiyo
shaharsozlik   san atida   Bahodir   Yalangto‘sh   davridagi   ko‘rinishdagidek	
ʼ
yaratilmagan   edi.   Yalangto‘sh   o‘z   davri   me morlari   va   shaharsoz   ustalarining	
ʼ
yuksak g‘oyaviy imkoniyatlarini to‘g‘ri tushunib, ularning orzu-umidlarini ruyobga
chiqarishga   yaxshi   sharoit   yaratib   berdi,   ularni   rag‘batlantiradi.   Bunday   ulkan
shaharsozlik   ansamblini   Amur   Temurning   Shahrisabzdagi   “Oqsaroy”dan   keyin
O‘rta Osiyo me morchiligi tarixida uchratmaysiz. 	
ʼ
Samarqandda ashtarxoniylar davrida Yalangtush Bahodir ta’siri sababli qurilish
ishlari   yanada   rivojlandi.   Mamlakatda   tinchlikni   o‘rnatishga   bo‘lgan   ehtiyoj   va
tashqi dushmanlardan mamlakat sarhadlarini himoya qilish masalasi  jasur sarkarda
105
ТаневаГ.ЯлангтўшБаҳодирнингБухорохонлигисиёсийбарқарорлигинитаъминлаш-дагиўрни//
Ўзбекистонтарихи.2019,3-сон.–Б.20
106
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в.). Тошкент.: Фан, 1982. - С.107.
58 Yalangto‘shbiyni   avvaliga   bahodir   sifatida   tanilishiga,   ajdodlaridan   meros   bo‘lib
kelayotgan bunyodkorlik ishlari o‘z zamonasining yetuk kishilari singari ijtimoiy -
iqtisodiy   va   madaniy   sohalarning   barcha   jabhalarida   amaldor   sifatida   faoliyat   olib
borishiga zamin yaratdi.
Yalangto‘sh   Bahodurning   bunyodkorlik   ishlari   xususidagi   ma’lumotni   Abu
Tohirxo‘janing   “Samariya”   asarida   ham   ko‘rish   mumkin:   “Samarqandagi
madrasalardan   (o‘n   ikkinchisi)   SHerdor   madrasasi.   Bu   madrasa   (Samarqand
Registonida)   Ulug‘bek   qarshisida,   uning   kunchiqar   tomonidan   solingandir.   Ushbu
madrasa   1028   (1618)   yilda   solindi3-rasm.   Bu   shunday   madrasakim,   buyuklikdan
xayol idishiga sig‘mas, kattalikda tavsif  aytishiga to‘g‘ri  kelmas, baland toqi falak
ravoqidek, chunonchi oftob shaklini asad burjiga yaqin qilib, peshtoqiga surat solib,
har   ikki   sherni   ohu   oladigan   tarzda   ko‘rsatilgan.   Oftob   panjarasini   dalir   sherlar
peshonasiga   qo‘yib   turgan   va   ikki   ravoq   biqiniga   ranglik   ziynatlangan,   naqshi
nigorlik ikki gumbaz tepasiga guldasta bino qilinganki, barchani hayratga qoldiradi.
Qiziqi shundakim, madrasaning solinishi ta’rixi “Yalangto‘sh bahodur” topilibdir”.
“Samariya” asarining izohiga ko‘ra, klassik musulmon astronomiyasida quyoshning
Asad   burjida,   ya’ni   sher   ro‘parasida   bo‘lishi   sa’d   zamon,   ya’ni   baxtiyor   zamonga
ishora ekanligi” (Abu Tohirxo‘ja, 1991.B.27)ni va bu madrasaning 1618 yilning iyul
oyida bitkazilganligini bilish mumkin bo‘ladi 107
.
Yalangto‘sh davrida Samarqandning avvalgi jome’ masjidi va madrasasi, ya’ni
Amir   Temurning   jome   masjidi   va   Bibixonim   madrasasi   buzilgan   bo‘lib,   shahar
aholisi   shunday   masjid   va   madrasalarga   muhtoj   edi.   Buning   ustiga   o‘sha   davrda
Registon maydonida Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa ta’mir talab bo‘lib qolgan,
Ulug‘bekning   Mirzoi   karvon-saroyi   haroba   holida,   Muqatta   masjidi   va   Ulug‘bek
xonaqosi   esa   butkul   yo‘q   bo‘lib   ketib,   ularning   o‘rnida   va   hozirgi   Registon
maydonida shahar bozori joylashgan edi. Yalangto‘sh ushbu maydonni obod holga
keltirish   va   shahar   aholisining   extiyojlaridan   kelib   chiqib,   Ulug‘bek   karvon-
saroyining saqlanib qolgan qismi va poydevorlariga o‘zgartirishlar kiritadi. 
107
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в.). Тошкент.: Фан, 1982. - С.106.
59 Ushbu   ma’rifatparvar   va   saxovatpesha   hokimning   bevosita   tashabbusi   va
farmoni   bilan   Registon   maydonidagi   vayronalikka   yuz   tutgan   hashamatli   Mirzo
Ulug‘bek   madrasasida   ta’mirlash   ishlarini   olib   borish   hamda   batamom   buzilib
ketgan Mirzo Ulug‘bek qurdirgan xonaqoh, Mirzoyi hammomi va karvon saroylari
o‘rnida   ikkita   hashamatli   inshoot   -   SHerdor   madrasasi   (1619-1636)   va   Tillakori
madrasa-masjidi (1646-1660) bunyod etilgan 108
. 
Yirik   rus   sharqshunosi   P.P.Ivanov   quyidagilarni   yozgan:   “Buxoroda
ashtarxoniylarning   siyosiy   nufuzi   tushib   ketishi   o‘zbek   zodagonlaridan   bo‘lgan
alohida   buxoro   feodallarining   harbiy-siyosiy   qudrati   oshishiga   olib   keldi,   masalan
Abdulaziz   xonning   mashhur   amaldori   (otalig‘i)   Yalangto‘sh   biy,   Samarqanddagi
mashhur SHerdor va Tillakori madrasalarining quruvchisi” 109
.
D.I.Evarnitskiyning   quyidagilarni   yozgan:   “Tillakori   masjidi   bizning
eramizning   1618   yilida   o‘zbeklarning   Olchin   urug‘idan   bo‘lgan   Yalangto‘sh
Baxodir   tomonidan   qurilgan.   SHerdor   masjidi   esa   Abu   Toxirxo‘janing   guvohlik
berishicha 1616 yilda yuqorida tilga olingan o‘zbeklarning Olchin urug‘idan bo‘lgan
Yalangto‘sh   Baxodir   tomonidan   qurilgan   va   Registonda   turgan   uch   ajoyib
binolarning eng ajoyibidir” 110
.
V.I.Masalskiy   qayd   etishicha   “Tillakori   masjidi   va   madrasasi   1647   yilda
o‘zbeklarning   “olchin”   urug‘idan   bo‘lgan   Yalangto‘sh   Baxodir   (Imomqulixonning
sarkardasi) tomonidan qurilgan” 111
.
Bitta   bino   tarkibida   ikkita   imorat:   jome   masjidi   va   madrasa   bunyod   etadiʼ
(1641-1646   yil) 4-rasm .   Masjid   imorati   qibla   tarafga,   madrasa   esa   uning   sharq
tarafiga qaratib avvalgi karvon-saroy poydevorlari ustiga quriladi. Masjid binosining
bosh gumbazi shiftiga ishlangan naqshlarga tilla suvi yugurtirilib zarhallanadi (1660
y).   Masjid   xonaqosining   gumbazi   ustivon   bilan   baland   ko‘tarilib,   o‘sha   davr
108
 Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в.). Тошкент.: Фан, 1982. - С.107.
109
 Туманович Н.Н. Герат в  XVI - XVIII  веках. –М.: Наука, 1989.  – С. 142.
110
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C. 39
111
 ТаневаГ.ЯлангтўшБаҳодирнингБухорохонлигисиёсийбарқарорлигинитаъминлаш-дагиўрни//
Ўзбекистонтарихи.2019,3-сон.–Б.22.
60 Samarqand   gumbazlari   safidan   munosib   o‘rin   oladi,   Registon   maydonida   esa   u
yagonaligi   bilan   ajralib   turadi.   Ta kidlash   joizki,   o‘sha   davrlar   Islom   dunyosiʼ
masjidlarida baland ko‘tarilgan gumbazlar masjidlarning “jamoli” hisoblangan 112
.
Madrasani   tashqi   tomoni   ko‘plab   serjilo   koshinlar,   islimiy   bezaklar,   arab
yozuvidagi   bitiklar  bilan  bezatilgan.   Madrasa   ichki   hovlisi  to‘rtburchak  (tomonlari
deyarli bir xil-43 metrdan) shaklda bo‘lib, hovlining uch tomoni hujralardan iborat.
G‘arbiy qismida qishki  masjid bunyod etilgan. Masjidning ichki qismi  o‘z davrida
nihoyatda go‘zal qilib bezatilgan bo‘lib, bezashda kundal uslubi keng qo‘llanilgan.
Madrasa   qurilgan   vaqtda   “Yalangto‘shbiyning   kichik   madrasasi”   deb   nomlansada,
uning   ichki   bezaklariga   oltin   ishlatilganligi   bois   u   xalq   orasida   Tillakori   ,   ya ni	
ʼ
oltindan ishlangan degan nom bilan atalib kelinadi 113
.
Tillakori   madrasasida   arab   xatida   xattotlar   tomonidan   kufiy   va   suls(Tillakori
masjidida)   xatlarida   “Payg‘ambar   alayhisalom;   Masjidlar   Allohning   uylari   va
masjidlarning   ahli   esa   Allohning   suyuklilari;   -dedilar”   deb   yozilgan(O‘zbekiston
obidalaridagi   bitiklar   Samarqand,   2015.   28-bet.).   Tarixiy   manbalarda   qayd
etilishicha Tillakori madrasasining  ichkarisiga sarflangan oltinning o‘ziga bir  katta
obida qurish mumkin bo‘lgan. 
Tillakori madrasasidan shahar jome masjidi va madrasa sifatida foydalanilgan.
Shuning   uchun   masjidi   (63x22   m)   katta   va   serhashamligi   bilan   boshqa
madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70x70 m) ga g‘arbiy peshtoq orqali kiriladi.
Peshtoq   chuqur   ravoqli,   ikki   qanotining   oldi   ravoqli,   ikki   qavatli   hujralar,
burchaklarini   teng   hajmdagi   guldasta   mezanalar   egallagan.   Masjid   xonaqohi
(10,8x10,8   m)ning   poygumbazi   baland,   uzoqdan   ko‘zga   tashlanib   turadi.   Uning
gumbazi   nihoyasiga   yetkazilmagan.   Xonaqoh   to‘riga   marmardan   mehrob   va
zinapoyali minbar ishlangan 114
.
112
Маликов А. Ялангтўшбий Баҳодир Бойхожи ўғли. 
113
 Туманович Н.Н. Герат в  XVI - XVIII  веках. –М.: Наука, 1989.  – С. 141.
114
58  Таниева Г. 2019. – Б.25.
61 O‘z davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning ikki yonini
oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yo‘lak)lar egallagan. Peshtoq ravog‘idagi marmar
taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi manbalarda keltiriladi.
Tillakori   madrasasi   bir   necha   bor   ta mirlangan.   Dastlab   1817-yilda   Buxoroʼ
amir   Amir   Xaydar   buyrug‘iga   binoan   zizliladan   zarar   ko‘rgan   peshtoqi   qayta
tiklangan (lekin bu qayta tiklash jarayonida peshtoq shakli o‘zgargan). Keyinchalik,
1885-yilda   ta mirlanish   jarayonida   zarhal   naqshlar   oddiy   bo‘yoqlar   bilan	
ʼ
almashtirilgan.   1930-yil   Tillakori   madrasasida   Samarqand   ta mirlash   ustaxonasi	
ʼ
tashkil etildi, 1970-yilda Tillakori madrasasidagi yo‘qolib ketayozgan noyob zarhal
naqshlar ustalar tomonidan ilmiy o‘rganilib, qayta tiklandi. 1974 yilda madrasaning
peshtoq   ravoqi   va   ravoq   ichidagi   qalqonsimon   bag‘ali,   guldastasi   hamda   xonaqoh
gumbazi, ichidagi tilla halli bo‘rtma naqshlari qayta jilolandi. Baland gumbazi ustiga
feruza   rang   koshin   bilan   qoplangan   gumbaz   o‘rnatildi.   Bosh   tarzidagi   bezak
mavzularining   boyligi,   ichki   va   tashqi   naqshlarning   serxashamligi,   peshtoq   qanosi
va tokchasidagi  iroqi kashtani  eslatuvchi  bezaklar, bo‘rtma yozuvlar o‘ziga xosdir.
1979 yilda masjidning ichki qismini bo‘yash va tiklash bo‘yicha ishlar yakunlandi.
Hozirda   Tillakori   madrasasida   Registon   maydonining   restavratsiya   muzeyi
ekspozitsiyasi joylashgan.
Ravoq   burchaklari,   bezakli   toqilarni   to‘ldirishda   koshinpaz   ustalar   turli
usullarni   qo‘llashgan   (g‘ishtlarning   mayda   naqshlari   koshinlarning   handasiy   va
islimiy   naqshlari   bilan   moslashtirilgan).   Koshinkori   ravoklarda   yashil   tangachalar,
sarg‘ish   yaproqlar   va   feruza   poyalar   aks   ettirilgan.   Xonaqoh   izorasi   koshin
namoyon, devori, gumbazi va bag‘ali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy.
Mehrob   ravog‘i   va   bag‘ali   muqarnas   kosachalar   bilan   to‘ldirilib,   zarhal   berilgan
hamda Qur on oyatlaridan olingan bo‘rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan.	
ʼ
Eshiklar   murakkab   naqsh   va   yozuvlar   bilan   yog‘och   o‘ymakorligida
pardozlangan.  Hovli   saxni  (50x50  m)ga  marmar  yotqizilgan.  Atrofidagi  hujralarga
eshik,   tobadoniga   panjaralar   ishlangan.   Hujralar   yoz   kunlari   ham   salqin   bo‘ladi.
62 Tillakori madrasasida muzey tashkil etilgan bo‘lib, unda madrasani ta mirlashga oidʼ
narsalar saqlangan 115
.
Qurilish ishlari 14 yil davom etdi va 1660 yilda Yalangtush Bahodir vafotidan
so‘ng   tugallandi.   Ehtimol   shu   sababli,   madrasaning   ba zi   elementlarini   bezash	
ʼ
ishlari to‘liq amalga oshirilmagan. Tillakori madrasasi qurilishi Registon maydonini
loyihalashtirishni yakunladi va Tillakori masjid - madrasasi tarzining o‘qi esa ushbu
o‘qqa   perpendikulyar   qilib   o‘tkazilgan.   Har   ikkala   binoning   balandligi   Ulugbek
madrasasiga   qiyoslanib   ikki   qavatli   qilib   quriladi.   Natijada,   ushbu   uchta   alohida
qurilgan   imoratlar   o‘sha   maydon   atrofida   o‘zaro   muayyan   bir   me moriy   tartib	
ʼ
asosida joylashtirilib Registon ansamblini vujudga keltiradi 116
.
Buxoro   me morchilik   maktabiga   mansub   bo‘lgan   me mor,   maydonda	
ʼ ʼ
joylashgan boshqa ikkita madrasaning nisbatlarini ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmadi,
balki   oldidagi   vazifani   kompozitsion   ravishda   hal   qildi,   asosiy   fasad   qanotlarini
kengaytirdi,   bu   esa   maydonni   bo‘sh   joy   bilan   ta minladi.   Madrasaning   asosan	
ʼ
Buxoro   uslubida   qurilgan.   U   markaziy   maydondan   va   16   hujraga   (ikki   tomonida
sakkiztadan   va   satrda   to‘rttadan)   qaragan   kamar   nishlarga   ega   ikki   qavatli   old
qanotlardan iborat. Fasadning simmetriyasi bir vaqtning o‘zida minora bo‘lib xizmat
qilishi   mumkin   bo‘lgan,   guldasta   minoralardan   iborat.   Asosiy   kirish   portali   uchta
peshayvonli chuqur beshburchak joy bilan kesishgan. Madrasa hovlisi to‘rt-ayvanli
atrofi   hujra   bilan   o‘rab   olingan   bo‘lib,   asosiy   fasadi   ikki   qavatli.   Tillakori
masjidining portal gumbazli binosi hovlining g‘arbiy qismida joylashgan.
Hovli   simmetriyasini   saqlab   qolish   uchun   uning   markaziy   o‘qlarida
qo‘shimcha  hovli  portallari  o‘rnatilgan. Masjid  uch qismdan iborat. O‘rtada rejada
xoch   shaklidagi   xona   mavjud   bo‘lib,   unda   marmar   mehrob   va   o‘n   bir   pog‘onali
marmar   minbar   mavjud.   Ikki   tomondan,   markaziy   zal   hovli   tomonidan   ochilgan
ustunlar ustidagi galereyalar bilan tutashgan.
Madrasaning tashqi va hovli qismlari geometrik, gul va epigrafik naqshlar bilan
bezatilgan   g‘isht   va   mozaikalar   bilan   qoplangan.   Masjid   devorlari   va   gumbazi
115
 Туманович Н.Н. Герат в  XVI - XVIII  веках. –М.: Наука, 1989.  – С. 141.
116
Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227.
63 kundal  texnikasi  yordamida  zarhaldan ko‘p foydalangan  holda  rasmlar   bilan to‘liq
qoplangan.
Bizgacha   yetib   kelgan   hujjatlarga   ko‘ra,   mazkur   ikki   madrasaning   moddiy
ta minoti uchun 11 610 tanob sug‘oriladigan yer, 8 ta do‘kondan keladigan daromadʼ
vaqf qilib berilgan.
Uning vaqf  hujjatida  o‘zi, 1646-47 yillarda qurdirgan Tillakori  va 1618-1619
yillarda qurdirgan Sherdor madrasalari uchun ham 11610 tanob sug‘oriladigan yer, 8
ta do‘kon vaqf qilib berilgani qayd etilgan 117
.
Bahodir Yalangtush tomonidan qurdirilgan Sherdor va Tillokori madrasalariga
tegishli   vaqf   mulklari   asosan   Samarqandning   Ofarinkent,   Totkent,   Shovdor
tumanlarining Buyrachi (Buryochi), Qorayog‘och, Sog‘di kalon, Alhasan tepa, Oq-
tepa, Naxri Haydar, Oq Muhammad-soy, Atoliq (Otaliq), Pahlavonhushi, Qorasuv,
Oyimobod kabi qishloq va hududlarida joylashgan bo‘lib, ularning 26 ta yirik yer-
mulklaridan   iborat   edi.   Xususan,   Shovdor   tumanining   Hinduvon   degan   joyida
joylashgan   vaqf   mulklarini   chegaralarini   aniqlash   uchun   tuzilgan   hujjat   hozirgi
kungacha   saqlanib   qolgan   (Chexovich,  1954.   65-68-b).  Shuningdek,  unga   qarashli
ayrim yer-mulklari soliqlardan ham ozod qilingan (Chexovich, 1954. 8-9-b).
Madrasalarni   saqlash   xarajatlari,   mudarrislar   maoshi,   talabalar   nafaqasida
uzilish   bo‘lmasligi   uchun   ko‘pdan-ko‘p   ekin   maydonlari,   karvonsaroy,   do‘kon
singari daromadli joylarni ularga umrbod vaqf qilib bergan 118
.
Tarixiy   manbalar   o‘rta   asrlar   tarixiga   xos   bo‘lgan   an anaga   muvofiq,	
ʼ
Yalangto‘shbiyning   yirik   yer   egasi   bo‘lganligini   tasdiqlaydi.   Bahodir   Yalangtush
shaxsiy   mulklari   jihatdan   Buxoro   hukmdorlaridan   keyin   ikkinchi   o‘rinda   turgan.
Ushbu   mulklarga   oid   hujjatlar   O.D.   Chexovich   tomonidan   o‘rganilib   ularning
ayrimlari ilmiy muomlaga kiritilgan (Chexovich, 1954). Ushbu tadqiqotga asoslanib
Bahodir Yalangtush mulklariga oid hujjatlarni quydagi qismlarga ajratish mumkin:
Sotib olingan mulklarga oid vasiqalar;
117
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в.). Тошкент.: Фан, 1982. - С.107.
118
 Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227.
64 Vaqf mulklari;
Soliqlardan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi farmon (hukmnoma)lar.
Bahodir   Yalangtush   tomonidan   sotib  olingan  mulklarga   oid  hujjatlar  qatoriga
Xoja Hoshim Ahroriyning qizi Oybegimning yer-mulklarini kiritish mumkin. Ushbu
hujjatda   keltirilishicha,   Oybegimga   tegishli   yer-mulklar   Ofarikent   tumanining
Yarimtug‘   (Yarimchug‘)   qishlog‘ida   joylashgan.   Mulk   Oybegimning   ishonchli
vakili Abdulla o‘g‘li mehtar Kolva tomonidan Boyxoja o‘g‘li Yalangtushbiyga 4300
tangaga sotilgan (O‘zR MDA, 323-fond, 1-ro‘yxat №1197/6-7; Chexovich, 1954. 3-
7-b) 119
.
Bunga   o‘xshash   hujjatlarda   Yalangto‘shbiyning   mulklari   haqida   yana   bir
qancha   ma lumotlar   keltirilgan   bo‘lib   (Shahrisabzda   52500   tangaga   sotib   olinganʼ
1100 tanob yer, Samarqandning Shavdor tumanida Ashur qushbegi o‘g‘illarining bir
qism   bog‘i   va   yerining   sotib   olinganligi,   shu   tumanning   Hinduvon   degan   joyidan
olingan   yer),   ular   ushbu   shaxsning   iqtisodiy   masalalarda   ham   nechog‘liq   omilkor
bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yerlar hisobidan madrasalar uchun juda katta
miqdorda vaqf tayin qilingan.
O‘zRMDA  xizinasida  saqlanayotgan   I-323  fond,  1-ro‘yxat,  1-kitobida  1180  -
1180/9,   1181/4   yig‘ma   jildda   Yalangtushbiyga   tegishli   umumiy   hujjatlar   bo‘lib,
1197-1197/6   yig‘ma   jildlardagi   hujjatlarda   Yalangto‘shbiy   Bahodurxon   molu
mulklari   va   unga   berilgan   vakolatlar,   oldi-sotdi   shartnomalari   haqida   ma lumotlar	
ʼ
uchraydi 120
.
Yalangtush Bahodirning o‘zi sotib olgan yer-mulklaridan tashqari, hukmdorlar
tomonidan   iqto   qilib   berilgan   mulklari   ham   bo‘lgan.   Bu   haqida   B.Ahmedovning
Balx tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotida batafsil ma lumot berilgan. Muallif Bahr al-	
ʼ
asror   asarining   Londonda   saqlanadigan   nusxasidagi   dalillarga   asoslanib   yozadiki,
1640   yilda   Nadrmuhammadxon   Balx   viloyatiga   qarashli   Dariyi   suf   hududini
119
ТаневаГ.ЯлангтўшБаҳодирнингБухорохонлигисиёсийбарқарорлигинитаъминлаш-дагиўрни//
Ўзбекистонтарихи.2019,3-сон.–Б.20-21.
120
 Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент, 1994. – Б.227.
65 Kaxmerd,   Molgan   bilan   birga   va   yana   tulkichi,   saykanchi,   zirengi,   kilegi,   xazora-
nikudari   kabi   urug‘lar   yashaydigan   yurtlarni   Yalangtush   Bahodirga   iqto   sifatida
taqdim etgan 121
.
G‘azna va Qandahorgacha bo‘lgan hududni  o‘z ichiga olgan Garchiston iqtoʼ
(katta   yer-mulk)   tarzida   Yalangtush   Bahodirga   in om   etilgan   edi.   O‘sha   davrlarda	
ʼ
yurtimizga kelgan rus elchisi  Anisim  Gribov (1641)  ham Yalangtushbiyga  tegishli
iqto  hududlarini  yuqoridagidek tartibda bayon qilgan edi. Uning axborotida shuni	
ʼ
o‘qish   mumkin:   «Balxdan   soliq   yig‘ish   uchun   Hindiston   davlati   sarhadlarida
joylashgan   Hindikush   qishloqlarigacha   boriladi.   Balxdan   to   Hindikush   bag‘ridagi
hind qishloqlariga olib boruvchi yo‘l otliq uchun 7 kun, tuyada esa 14 kunlik yo‘ldir.
Balx   va   Hind   sarhadlari   oralig‘idagi   qishloqlar,   shaharlar   Buxoro   va   Balx
xonlarining   yaqin   kishilaridan   bo‘lmish   Amir   Yalangtushning   mulki   hisoblanadi”.
«Bahr ul-asror” muallifi Yalangtushni xondan keyin ikkinchi eng badavlat shaxs deb
ta riflaydi, uning mol-mulki miqdorini esa davlat xazinasi bilan qiyoslaydi.	
ʼ
Sadaqai   joriya   amallaridan   yana   biri,   inson   vafotidan   keyin   solih   va   soliha
farzandlar   ota-onasi   ishlarini   davom   ettirishdir.   Yalangto‘sh   bahodurning   uch
farzandi:   bir   o‘g‘il   (Boybek)   va   ikki   qizi   (Iqlima   bonu   va   Oybibi)   haqida
ma lumotlar bor ( Yalangto’sh Bahodir. wikipedia.org.). O‘g‘li Boybek Yalangto‘sh
ʼ
bahodur   hayotligi   chog‘ida   vafot   etganligi   sababli   (balki   shu   voqea   sabab
sarkardalik ishidan voz kechgan bo‘lishi mumkin), uning Registondagi obodonchilik
ishlarini qiz farzandlari davom ettirgan 122
.
Darhaqiqat,   Samarqand   shahrini   tiklatgan   buyuk   hukmdorlar   ichida
Yalangtushbek Bahodir tarixda o‘zining alohida o‘rnini egalladi.
Yalangtush   Bahodir   davrida   madaniyat   nihoyatda   rivojlanib,   o‘nlab   obidalar
qurildi. Uning davrida Samarqandning o‘zida shunchalik ko‘p madrasalar qurildiki,
o‘rta asrlarda bunaqa hol kam uchrardi.
121
Ахмедов Б.А. История Балха ( XVI -первая половина  XVIII  в.). Тошкент.: Фан, 1982. - С.107.
122
Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI-- первой половине 
XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.  – C.  40.
66 Yalangto‘sh   Bahodirning   nomini   abadiylashtirgan   omil   uning   siyosiy-harbiy
faoliyati,   go‘yoki   tugamas   boyligi   emas,   balki   Yer   yuzining   sayqali   sanalmish
Samarqanddagi   Registon   maydonida   qurdirgan   ikki   bino   —   Sherdor   va   Tillakori
madrasalari bilan bog‘liq.
III bobbo'yicha xulosa.
Yalangtush   Bahodirning   ko'pqirrali   faoliyati   tadqiq   etish   orqali   XVI   asr   oxiri
XVII   asr   boshlarida   Buxoro   xonligining   siyosiy,   iqtisodiy-ijtimoiy   hayotini,
O'zbekiston   arxitekturasining   XVI-XVII   asrga   oid   tarixini,   Ashtarxoniylar   davrida
O'rta Osiyoda kechgan geosiyosiy jarayonlar tarixini, k'zbek davlatchiligi tarixining
turli masalalarini, o'sha davrlarda Buxoro xonligi yuritgan tashqi siyosat va xalqaro
munosabatlarini   yanada   kengroq   o'rganish   mumkin   bo'ladi.   Tarixda   uch   mashhur
hukmdor   -   Amir   Temur,   Ulug‘bek   Mirzo   va   Amir   Yalangtush   Bahodir   o‘zlari
qurdirgan me morchilik obidalari bilan shahrimiz Samarqandni Yer yuzi sayqaligaʼ
aylantirishgan.   Amir   Temur   Samarqandni   poytaxtga   aylantirib,   naqshinkor   binolar
silsilasini   qurishni   boshlab   bergan   bo‘lsa,   shaharning   yuragi   hisoblangan   Registon
maydoni   Ulug‘bek   Mirzo   davrida   vujudga   kelgan   (u   vaqtda   bu   maydon
«Sardavonak”   deb   atalib,   taxminan   Sari   jo‘yi   davonak   (   Tez   oqar   ariq   boshi   )
ma nosidadir.   Ulug‘bek  bu   maydonda   madrasa,   xonaqoh  va   karvonsaroy  kabi   uch	
ʼ
binodan   iborat   o‘ziga   xos   obidalar   guldastasini   yaratadi.   O‘z   davrida,   Yalangtush
Bahodir ham Ulug‘bekning qurdirgan bu binokorlik majmuasi  tuzilishini buzmadi.
Darhaqiqat, Samarqand shahrini tiklatgan buyuk hukmdorlar ichida Yalangtushbek
Bahodir   tarixda   o‘zining   alohida   o‘rnini   egalladi.   Yalangtush   Bahodir   davrida
madaniyat   nihoyatda   rivojlanib,   o‘nlab   obidalar   qurildi.   Uning   davrida
Samarqandning   o‘zida  shunchalik   ko‘p   madrasalar   qurildiki,  o‘rta   asrlarda  bunaqa
hol   kam   uchrardi.   Yalangto‘sh   Bahodirning   nomini   abadiylashtirgan   omil   uning
siyosiy-harbiy faoliyati, go‘yoki tugamas  boyligi  emas, balki  Yer  yuzining sayqali
sanalmish   Samarqanddagi   Registon   maydonida   qurdirgan   ikki   bino  —   Sherdor   va
Tillakori madrasalari bilan bog‘liq.
Umumiy xulosa.
67 Yalangtushbiy   Bahodir   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixida   muhim   o'rin
egallagan tarixiy shaxs sifatida iz qoldirdi.   Birinchidan, uning hukmronligi davrida
Samarqand   hududida   ilm-fan,   adabiyot   va   san'at   yuksak   darajada   rivojlandi.
Yalangtush   Bahodir   Samarqandda   Amir   Temur   va   Mirzo   Ulug'bekdan   so'ng   ilm-
fanga   homiylik   qildi.   Ikkinchidan,   Yalangtushbiy   Bahodir   hukmronligi   davrida
Samarqand   diyori   ancha   obodonlashtirildi.   Juda   ko'plab   me'moriy   inshootlar   qurib
bitkazildi.   Shu   jumladan   yer   yuzining   sayqali   sanalmish   Samarqand   hududi
Registon   maydonidagi   Sherdor   va   Tillakori   madrasalari   qurib   bitkazilib,   Registon
maydoni hozirgi qiyofaga keltirildi 5-rasm . 
Uning   hukmronligi   davrida   1619-1635-yillarda   Sherdor,   1646-1660-yillarda
Tillakori madrasalari qurib bitkazildi. Tillakori madrasasi qurilishi tugallanmay turib
1656-yilda   Yalangtushbiy   Bahodir   vafot   etadi 6-rasm   va   qurilish   ishlarini   uning   qizi
Oybibi davom ettirib, oxiriga yetkazib qo'yadi.
Yalangtush   Bahodirni   butun   dunyodagi   ko'plab   tarixchilar   qozoq   botiri
Jalangtos   sifatida   talqin   etadi.   Lekin   bu   boradagi   ikkalasini   farqini   Malikovning
ma'lumotlariga tayangan holda yuqorida bir qancha ma'lumotlar keltirdim.
Amir Temur vafotidan so'ng Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda
Samarqand   shahri   hokimi   bo'lgan   yurtdoshimiz   Yalangtush   Baahodir   hisoblanadi.
Yalangtush Bahodir Mirzo Ulug'bekdan so'ng Samarqandda juda katta memorchilik
ishlarini   amalga   oshiradi.   Registon   maydonida   Sherdor   va   Tillakori   madrasalari,
Xo'ja Ahror Valiy qabristoni oldida Nodir devonbegi madrasasi va ko'plab ko'priklar
qurdirgan,   Siyob   bozorini   hozirgi   joyiga   ko'chirgan   va   uning   yonida   karvonsaroy,
savdo rastalari qurdirgan.
Yalangtush   Bahodir   Samarqan   viloyatidagi   hukmronligi   davrida   Samarqand
vohasida   madaniyat,   adabiyot   va   san'at   rivojlangan,   ulkan   obodonchilik   ishlari
amalga   oshirilgan,   yurt   hududi   chegaralari   mustahkamlangan.   Shu   davrda   Xitoy
davlatiga   chegaradosh   bo'lgan   turkiy   xalqlar   hayotiga   xavf   solib   turgan   jung'orlar
hujumi   hamda   qozoq   xonlarining   bosqinchilik   yurishlari   Yalangtush   Bahodirning
68 say-harakatlari   bilan   bartaraf   etilgan.   Yalangtush   Bahodir   boshchiligidagi   qo'shin
qozoq   xalqini   jung'orlar   zulmidan   saqlab   qolgan,   Balx   viloyati   aholisini
boburiylardan ozod qilishda ham qatnashgan. 
Bugungi   kunda   tarixiy   manbalarda,   asosan,   Yalangtush   Bahodirning
obodonchilik   ishlari   to'g'risida   ma'lumot   berilgan.   Yalangtush   Bahodirning
shaxsiyati, siyosiy faoliyati, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rnini o'rganish
va   jamoatchilikka   yetkazish   dolzarb   vazifa   bo'lib   turibdi.   Mazkur   asar   ana   shu
ehtiyoj   natijasida   yaratilgan.   Bu   asarlar   tarixiy   manbalar   asosida   Yalangtush
Bahodirning hayoti va hukmronligi davrida ilm-fan, san'at va madaniyatga homiylik
qilganligi,   oilada   ota   sifatida   farzandlari   bilan   munosabatiga   oid   lavhalar   qamrab
olingan.   Asarda   tasvirlangan   sarkardaning   oilasi,   faoliyati   bilan   bog'liq   voqealar
buyuq   ajdodimizning   insoniy   qiyofasi,   yurt   ravnaqi   yo'lidagi   xizmatlarini   teran
tasavvur qilishimizga yordam beradi.
Yalangtush   Bahodirning   ko'pqirrali   faoliyati   tadqiq   etish   orqali   XVI   asr   oxiri
XVII   asr   boshlarida   Buxoro   xonligining   siyosiy,   iqtisodiy-ijtimoiy   hayotini,
O'zbekiston   arxitekturasining   XVI-XVII   asrga   oid   tarixini,   Ashtarxoniylar   davrida
O'rta Osiyoda kechgan geosiyosiy jarayonlar tarixini, o'zbek davlatchiligi tarixining
turli masalalarini, o'sha davrlarda Buxoro xonligi yuritgan tashqi siyosat va xalqaro
munosabatlarini   yanada   kengroq   o'rganish   mumkin   bo'ladi.   Yuqorida   tahlil
qilingan   tarixiy   dalillar   shuni   tasdiqlaydiki,   Yalangtush   Bahodir   xonlik   siyosiy
barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada
hukmdorlarga   to'g'ri   yo'lni   ko'rsata   olgan   maslahatchi,   qo'shni   davlat   siyosiy
doiralari   bilan   manfaatli   kelishuvlar   va   muzokaralar   olib   bora   olgan   mohir
diplomat   bo'lgan.   Yalangtush   Bahodir     katta   nufuzga   ega   bo'lgan   adolatli,
vatanparvar   siyosatchi   sifatida   bir   emas,   uchta   ashtarxoniy   hukmdor-
Imomqulixon,  Nodir   Muhammadxon   va  Abdulazizxon   hukmronligi   davrida  davlat
boshqaruvi,   uning   xavfsizligi   va   siyosiy   barqarorligini   saqlash   yo'lida   fidokorona
xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston
69 va   butun   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixida   harbiy   bilimni   puxta   egallagan
sarkarda,   davlat   boshqaruvida   faol   ishtirok   etgan   siyosatchi,   madrasa   ta'limini
olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon
etgan   murakkab   tarixiy   shaxs   sifatida   iz   qoldirdi.   Yalangtush   Bahodir   kabi   tarixiy
shaxslarning   faoliyatini   ilmiy   jihatdan   o'rganish   masalasiga   alohida   e'tibor
qaratilsa,   Respublikaning   barcha   ta'lim   muassasalarida   Amir   Temur,   Jaloliddin
Manguberdi,   Yalangtush   Bahodir   singari   sarkardalarni   harbiy   faoliyati   o'rganish
uchun alohida dars soatlari ajratilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yuqorida tahlil
qilingan   tarixiy   dalillar   shuni   tasdiqlaydiki,   Yalangtush   Bahodir   xonlik   siyosiy
barqarorligi yo'lida qat'iy va to'g'ri qarorlar qabul qilgan siyosiy arbob, bu borada
hukmdorlarga   to'g'ri   yo'lni   ko'rsata   olgan   maslahatchi,   qo'shni   davlat   siyosiy
doiralari   bilan   manfaatli   kelishuvlar   va   muzokaralar   olib   bora   olgan   mohir
diplomat   bo'lgan.   Yalangtush   Bahodir     katta   nufuzga   ega   bo'lgan   adolatli,
vatanparvar   siyosatchi   sifatida   bir   emas,   uchta   ashtarxoniy   hukmdor-
Imomqulixon,  Nodir   Muhammadxon   va  Abdulazizxon   hukmronligi   davrida  davlat
boshqaruvi,   uning   xavfsizligi   va   siyosiy   barqarorligini   saqlash   yo'lida   fidokorona
xizmat qilgan tarixiy shaxsdir. XVII asrda yashagan Yalangtush Bahodir O'zbekiston
va   butun   Markaziy   Osiyo   xalqlarining   tarixida   harbiy   bilimni   puxta   egallagan
sarkarda,   davlat   boshqaruvida   faol   ishtirok   etgan   siyosatchi,   madrasa   ta'limini
olgan ziyoli, hashamatli inshootlar qurdirgan homiykabi sifatlarni o'zida namoyon
etgan murakkab tarixiy shaxs sifatida uzidan ajoyib iz qoldirgan.
Bundan   tashqari  Yalangtush  Bahodir  davri  murakkab   siyosiy  davr  bo'lganligi
bilan ham ahamiyatlidir. Bu davrda bir tomondan ashtarxoniy hukmdorlar o'zaro
taxt   talashishar,   ikkinchi   tomondan   esa   bundan   tashqi   dushmanlar   foydalanib
qolishga   urinib,   mamalakat   hududiga   tashqi   dushmanlar   bostirib   kirayotgan   edi.
Jumladan,   bu   davrda   mamlakat   hududiga   Hindistkn   hukmdori   sanalgan   boburiy
hukmdorlar   (   Shohjahon   )   va   bir   necha   bor   qozoq   sultonlari   bostirib   kirayotgan
70 edi.   Yalangtush   Bahodir   esa   yurt   tinchligi   uchun   bor   kuch-g'ayrati   bilan   harakat
qilib,   diyorimizni   ulardan   himoya   qilayotgan   edi.   Shunday   tarixiy   murakkab   davr
bo'lishiga qaramay, bu davrda Samarqandda ilm-fan yuksak  darajada  rivojlandi 2-
rasm.   Bundan   tashqari,   yurt   obodonchiligiga   ham   alohida   e'tibor   qaratdi.
Yalangtush   Bahodir   o'z   mablag'lari   hisobidan   vayrona   holatga   tushib   qolgan
Samarqanddagi   Registon   maydonida   Ulug'bek   madrasasi   qarshisida   Sherdor
madrasasini, uning yonida esa Tillakori madrasasini bunyod ettirdi.
Yalanto‘sh   Bahodirning   siyosiy   faoliyati   bilan   bir   qatorda   uning   madaniyatga
homiylik   qilgani   ham   hukmdor   faoliyatini   o‘rganishga   muhim   omil   hisoblanadi.
Jumladan,   bugungi   kun   chet   elda   nafaqat   Samarqandning   ramzi,   balki
O‘zbekistonning   ramzi   sifatida   ma'lum   bo‘lgan   Registon   maydonidagi   Tillakori
(1646–1660)   va   Sherdor   (1619–1636)   madrasalari   shaxsan   Bahodir   Yalangto‘sh
tomonidan   qurilgan.   Aytish   joizki,   O‘zbekiston   tarixida   muhim   o‘rin   egallagan
shaxslar   to‘g‘risida   bir   qancha,   maqola,   risola,   monografiyalar   yaratilgani,   ular
faoliyatiga oid konferensiyalar uyushtirilgani holda Bahodir Yalangto‘sh faoliyatiga
doir tadqiqotlar ancha kamligi ko‘zga tashlanadi.
              Yalangto‘sh   Bahodir   faoliyati   bilan   bog‘liq   ba'zi   tadqiqotlar   qo‘shni
Qozog‘istonda   ham   amalga   oshirilgan   bo‘lib,   ularda   aksariyat   hollarda   mazkur
shaxs   faoliyatini   bir   yoqlama   talqin   qilishgan.   Shu   munosabat   bilan   xalqaro
tadqiqotchilar   bilan   hamkorlikda   Bahodir   Yalangto‘sh   faoliyatiga   doir   «Bahodir
Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish, konferensiya materiallari
nashr   ettirish,   mazkur   jarayonni   OAV   orqali   keng   targ‘ib   qilish   muhim   amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Eslatib   o‘tamiz,   Samarqand   viloyati   hokimi   o‘rinbosari   Rustam   Qobilov
Samarqandda   Yalangto‘sh   Bahodirga   bag‘ishlangan   bir   nechta   xalqaro
71 konferensiya   bo‘lib   o‘tishini   ma'lum   qildi.   Shuningdek,   Samarqand   shahrida,
Registon ansambilini yaqinida Yalangto‘sh Bahodir haykali o‘rnatiladi.
                                                  ILOVALAR
1-rasm
72 2-rasm
                  3-rasm
73        4-rasm
                              5-rasm
74                   6-rasm
                   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
                            Siyosiy adabiyotlar
  1.   I.Karimov.   O`zbekistonning   istiqlol   va   taraqqiyot   yo`li.   Toshkent.,   1993.  
 2. I.Karimov. O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Toshkent., 1993. 
  3.I.Karimov.   Vatan   sajdagoh   kabi   muqaddasdir.   Toshkent.,   1996.  
  4.   I.Karimov.   Bizdan   ozod   va   obod   Vatan   qolsin.   Toshkent.,   1994.  
 5  I.Karimov. Bunyodkorlik yo`lidan. Toshkent., 1996
  6.   I.Karimov.   O`zbekiston   XXI   asrga   intilmoqda.   Toshkent.,   1999.  
  7     Mirziyoyev   SH.M.   Olimlar,   yosh   tadqiqotchilar,   ilmiy-tadqiqot
muassasalari   rahbarlari   va   ishlab   chiqarish   sektori   vakillari   bilan   o‘tkazilgan
uchrashuvidagi nutqi. 2020 yil 31 yanvar.
75     8.       Mirziyoyev   SH.M.   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul
qilinganligining   27   yilligiga   bag‘ishlangan   nutqi.   2019   yil   7   dekabr.                          
      9.         Mirziyoyev   SH.M.   Muhammad   al-Xorazmiy   nomidagi   maktabda
yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvidagi nutqi. 2019 yil 27 dekabr.
      10.   Mirziyoyev   SH.M.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Oliy  
Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent , 2020  yil  24  yanvar .
                                  Asosiy   adabiyotlar
1.   Абдураимов   М.А.   Очерки   аграрных   отношений   в   Бухарском   ханстве   в
XVI-- первой половине XIX века. Том 2. - Ташкент, Фан, 1966.
2.   Ахмедов   Б.   История   Балха.   XVI   первая   половина   XVIII   в).   Toshkent.:   Fan,
1982.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. Toshkent, 1994-yil.
4. Azamat   Ziyo.  O'zbek  davlatchiligi  tarixi.  Eng  qadimdan   Rossiya  bosqini  davriga
qadar. - T.: Sharq, 2001.
5.   Azamat   Ziyo.   Yalangtush   Bahodir   -   ilm-fan   va   madaniyat   homiysi.   Yangi
O'zbekiston. 2021-yil, 3-mart. 44-son.
6.   Taniyeva   G.   Yalangtush   Bahodirning   Buxoro   xonligi   siyosiy   barqarorligini
taminlashdagi o'rni // O'zbekiston tarixi. 2019, 3-son. 
7.   Malikov A.  Yalangtush Boyhojibiy o'gli.
8. Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история.   Перевод примечания и
указатели профессора А.А. Семенова.  Ташкент, 1956.
9.   Tursunkulovich,   R.   S.   (2021).   The   social   composition   of   immigrants   from   the
russian empire to Turkestan;-Late 19th century-early 20th century.   ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal,   11(8), 21-26.
10.  Туманович   Н . Н .  Герат   в  XVI-XVIII  веках . – М .:  Наука , 1989.   
76 11. Yakubova, M. (2021). Lighting of the natural scientific spheres of Turkestan in
the   studies   of   german   travelers.   International   Journal   of   Intellectual   Cultural
Heritage,   1(1), 66-78.
12. Jakhongirovich, I. O. (2019). Changes in the management of samarkand in the
second   half   of   the   XIX   century   and   in   the   beginning   of   the   20th   century.   Asian
Journal of Multidimensional Research (AJMR),   8(2), 449-455.
                         Internet ma'lumotlari
              1.   http://www.assalom.uz/   -   O‘zbekistonning   birinchi   qidiruv   sistemasi.
                2.   http://www.book.uz/-O‘zbekistonRespublikasi   xaqidagi   axborotlarni   uz
ichiga   olgan.
                3.http://www.gov.uz/   -  O‘zbekiston  Respublikasi  xukumati saxifasi. Rasmiy
axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi.
              4.   http://www.hravo.eastlink.uz/   -   O‘zbekiston   qonunchiligi   yuridik
informatsion   sistemasiga   bag‘ishlangan   saxifa.   Unda   qonunlar,   turli   xujjatlar   va
kodekslar   keltirilgan.
                5.   http://www.yahoo.com/   -   eng   ommabop   qidiruv   sistemasi.
                6.   http://www.inter.net.ru   -   Jurnal   "Internet".
                7.   http://www.ba’t.uz/   -   Ommabop   ma’lumotlar   to‘plami.
                8.   http://www.freenet.uz/   -   Respublika   Internet   resurslari   xaqidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
77

AMIR YALANGTUSH BAHODIR DAVRIDA SAMARQANDNING IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY HAYOTI MUNDARIJA KIRISH I BOB. YALANGTUSH BAHODIR FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI. 1.1 Yalangtush Bahodir faoliyati yurtimiz tadqiqotchilari asarlarida aks etishi. 1.2 Yalangtush Bahodir faoliyati rus tadqiqotchilari tomonidan o'rganilishi. I bob bo'yicha xulosa. II BOB. YALANGTUSH BAHODIR MOHIR SARKARDA VA DAVLAT ARBOBI. 2.1 Yalangtush Bahodirning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 2.2 Yalangtush Bahodirning ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqasi. II bob bo'yicha xulosa. III BOB. YALANGTUSH BAHODIRNING SAMARQANDDA AMALGA OSHIRGAN BUNYODKORLIK ISHLARI. 3.1 Sherdor madrasasi. 3.2 Tillakori madrasasi. III bob bo'yicha xulosa. UMUMIY XULOSA. ILOVALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI. 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O'rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o'rin egallagan mashhur sarkardalar, yo'lboshchilar va hukmdorlar hayoti va faoliyati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan turli yozma manbalarda saqlanib qolgan. Ana shunday yirik shaxslardan biri Amir Temur vafotidan keyin Zarafshon vohasida yetishib chiqqan, XVII asrda Samarqand shahri hokimi bo'lgan yurtdoshimiz Yalangtush Baahodir sanaladi. Yalangtush Bahodir Mirzo Ulug'bekdan keyin Samarqandda juda katta memorchilik ishlarini amalga oshiradi. Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari, Xo'ja Ahror Valiy qabristoni oldida Nodir devonbegi madrasasi va ko'plab ko'priklar qurdirgan, Siyob bozorini hozirgi joyiga ku'chirgan va uning yonida karvonsaroy, savdo rastalari qurdirgan shaxsdir. Bundan tashqari Yalangtush Bahodir davri murakkab siyosiy davr bo'lganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu davrda bir tomondan ashtarxoniy hukmdorlar o'zaro taxt talashishar, ikkinchi tomondan esa bundan tashqi dushmanlar foydalanib qolishga urinib, mamalakat hududiga tashqi dushmanlar bostirib kirayotgan edi. Jumladan, bu davrda mamlakat hududiga Hindistkn hukmdori sanalgan boburiy hukmdorlar ( Shohjahon ) va bir necha bor qozoq sultonlari bostirib kirayotgan edi. Yalangtush Bahodir esa yurt tinchligi uchun bor kuch-g'ayrati bilan harakat qilib, diyorimizni ulardan himoya qilayotgan edi. Shunday tarixiy murakkab davr bo'lishiga qaramay, bu davrda Samarqandda ilm-fan yuksak darajada rivojlandi. Bundan tashqari, yurt obodonchiligiga ham alohida e'tibor qaratdi. Yalangtush Bahodir o'z mablag'lari hisobidan vayrona holatga tushib qolgan Samarqanddagi Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida esa Tillakori madrasasini bunyod ettirdi. Yalangtush Bahodir Samarqand viloyatidagi hukmronligi davrida Samarqand vohasida madaniyat, adabiyot va san'at rivojlangan, ulkan obodonchilik ishlari amalga oshirilgan, yurt hududi chegaralari mustahkamlangan. Shu davrda Xitoy 2

davlatiga chegaradosh bo'lgan turkiy xalqlar hayotiga xavf solib turgan jung'orlar hujumi hamda qozoq xonlarining bosqinchilik yurishlari Yalangtush Bahodirning say-harakatlari bilan bartaraf etilgan. Yalangtush Bahodir boshchiligidagi qo'shin qozoq xalqini jung'orlar zulmidan saqlab qolgan, Balx viloyati aholisini boburiy hukmdorlardan ozod qilishda ham qatnashgan. Bugungi kunda tarixiy manbalarda, asosan, Yalangtush Bahodirning obodonchilik ishlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Yalangtush Bahodirning shaxsiyati, siyosiy faoliyati, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o'rnini o'rganish va jamoatchilikka yetkazish dolzarb vazifa bo'lib turibdi. Mazkur asar ana shu ehtiyoj natijasida yaratilgan. Bu asarlar tarixiy manbalar asosida Yalangtush Bahodirning hayoti va hukmronligi davrida ilm-fan, san'at va madaniyatga homiylik qilganligi, oilada ota sifatida farzandlari bilan munosabatiga oid lavhalar qamrab olingan. Asarda tasvirlangan sarkardaning oilasi, faoliyati bilan bog'liq voqealar buyuq ajdodimizning insoniy qiyofasi, yurt ravnaqi yo'lidagi xizmatlarini teran tasavvur qilishimizga yordam beradi. Tadqiqot obyekti va predmeti. O’zbekiston miqyosida Yalangtush Bahodirning siyosiy faoliyatini o’rganish va o’rganish natijasida qo;lga kiritilgan tarixiy manbalar. Xususan, Sherdor va Tillakori madrasalaridagi tasvirlar va mahalliy hamda chet el tadqiqotchilarining asarlari. Tadqiqot maqsadi. XVII asr Ashtarxoniylar hukmonligi davridagi Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o’rganish va bu davga oid bir qancha muammolarni tahlil qilish, ularning yurtimiz tarixini o’rganishdagi ahamiyatini aniqlashdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari. –Yalangto’sh Bahodirning siyosiy faoliyati haqida mustaqillikdan so’ng amalga oshirilgan tadqiqotlarni ma’lum bir tizimga solish umumlashtirish; -XVII asrda Buxoro xonligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni o’rganishdagi muammolarga xorijlik mutaxassislarning qarashlarini tahlil qilib, bu muammolardan ayrimlarining yechimini topish; 3

- O’zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalarini ilmiy muomalaga kiritish; - Sherdor va Tillakori madrasalarini o’rganish asosida ularning memorchilikda O’zbekiston tarixida tutgan o’rnini aniqlash; - O’zbekistonda xalqaro hamkorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning ilmiy ahamiyatini aniqlash; Ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Yalangtushbiy Bahodir hukmronligi davri tarixiy murakkab davr bo'lganligiga qaramay Yalangtushbiy Bahodir o'zining hukmronligi davrida madaniyat, san'at, ilm-fan va adabiyot yuksak darajada rivojlangan. Yalangtush Bahodirning o'zi ilm-fanga alohida e'tibor qaratib homiylik qilgan. Tadqiqot ishining yana bir jihati dissertatsiyada Yalangtushbiy Bahodirning Samarqand shahri obodonchiligi yo'lida olib borgan bir qator ishlari ochib beriladi. Shu jumladan, shaharning Registon maydonida joylashgan Sherdor va Tillakori madrasalarini qurdirib, Registon maydonini hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy shaxs sifatida ulug'lanadi. U katta harbiy yurishlar natijasida uning qo'lida juda katta boylik to'planadi va shu boyliklarni yurt obodonchiligi ishlariga sarflaydi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertetsiyaning asosiy masalasi XVII asrda Buxoro xonligida ro'y bergan siyosiy o'zgarishlar, shu jumladan ashtarxoniylar hukmronligi davridagi taxt uchun kurashlar, qo'shni davlatlar bilan amalga oshirilgan turli diplomatik aloqalar masalalari ochib berilgan. Bundan tashqari dissertatsiya ishida yer yuzining sayqali sanalmish Samarqand shahrining XVII asrdagi qiyofasi aks etilgan. Keyingi asosiy masala bu Yalangtush Bahodirning qozoq botiri Jalangtosdan bir nechta farqli jihatlari bir qator tarixchilarning fikrlari bilan farqlangan. Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Dissertatsiya mavzusi bo'yicha foydalanilgan adabiyotlarda B.B Ahmedovning Balx tarixiga bag'ishlangan "История Балха" asari, Н.Н. Туманович Герат в XVI-XVIII 4

веках,Muhammad Tohiri Voxidning "Tarixi olamaroyi Abbosi" asari, Abu Tohirxo'janing "Samariya" asari, Mahmud ibn Valining “”Bahr ul-asror fi manoqibi ul-ahror” (“Olijanob kishilarning shon-shavkati haqida sirlar dengizi”) asari, chet el tadqiqotchilaridan M.M. Abramov, Gribov, Ivanov, Evarnetiskiy, Masalskiy, Massonlarning maqolalari, mustaqillikdan so'ng B. Ahmedovning "Tarixdan saboqlar", Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimdan Rossiya bosqini davriga qadar asari, Malikovning maqolalari, G. Taniyevaning maqolalari, T. Jo'rayevning fikrlariva boshqa tarixiy asarlar hamda internet ma'lumotlari asos qilib olindi. Bu asarlar chuqur tahlil qilinib o'rganib chiqildi va bir qator qo'shimcha fikrlar berildi. Bu asarlarda Yalangtushbiy Bahodirning nafaqat O'zbekiston balki, butun Markaziy Osiyo xalqlari tarixida chuqur iz qoldirganini bilib olamiz. Yalangtush Bahodir mohir sarkarda, siyosatshunos, diplomat bo'lishi bilan bir qatorda yurt obodonchiligi yo'lida ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. Yalangtush Bahodirni biz tarixda Samarqand shahridagi Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalarini qurib, Registonni hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy shaxs sifatida bu o'lka tarixida iz qoldirdi. Biz Yalangtushbiy Bahodirni yurt tinchligi uchun olib borgan urushlari va mohir diplomatiyasi bilangina emas, balki u ilm-fanga homiylik qilgani va yurt obodonchiligiga katta hissa qo'shgani, ayniqsa, Samarqanddagi Registon maydonini hozirgi qiyofaga keltirgan tarixiy, buyuk shaxs sifatida eslaymiz. Tadqiqotda qo'llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya ishida tadqiq etilayotgan masalalarga tarixiy haqiqat va xolislik nuqtai-nazaridan yondashilgan. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tarixiy tadqiqotlar oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqib, mavzuni yoritish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish ko'zda tutilgan. Ilmiy muammoni o'rganish va tahlil qilishda tarixiy-falsafiy uslublardan mavhumlikdan murakkablikka intilish, qiyosiy solishtirma, obyektiv holatni tahlil qilish kabi metodlardan foydalanilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqotda XVII asrda Yalangtush Bahodir davrini o'rganishda 5