MILLIY IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TUTGAN O’RNI
MILLIY IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TUTGAN O’RNI MUNDARIJA: KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR NING MAZMUN VA MOHIYATI 1.1-§. Erkin iqtisodiy hududlar tushunchasi, kelib chiqishi va ularni tashkil etishning nazariy asoslari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8 1.2-§. Erkin iqtisodiy hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning obyektiv zarurati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 19 1.3-§. Xorijiy investitsiyalarni erkin iqtisodiy hududlarga jalb qilishning xorij tajribasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 27 I bob bo’yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 36 II BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR NING HOLATI VA KO’RSATKICHLARI TAHLILI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 37 2.1 -§ . Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hozirgi bosqichi va tahlili . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 37 2.2-§. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni va iqtisodiy holati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 42 2.3-§. Urgut erkin iqtisodiy hududining holati va ko’rsatkichlari tahlili .. 47 II bob bo’yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 50 III BOB. O’ZBEKISTONDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR NING RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 52 3 .1 -§ . O ’ zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning innovatsion yo ’ llari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 52 3 .2-§. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni davlat tamonidan takomillashtish yo’llari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 56 3 .3-§. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb etishning rivojlantirish istiqbollari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . III bob bo’yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 62 XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . . . . . . . . . . . . . . . 66 1
KIRISH Magistrlik disserta t siya si mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi . Jahonda erkin iqtisodiy hududlarni jadal sur’atlarda rivojlantirish har qanday mamalakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlovchi asosiy bo’g’in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Jumladan, Respublikamizga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish, ularni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini o’rganish va O‘zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini rivojlantirish holati tahlilini o’rganib vujudga kelgan muammolar hamda ularni hal etish yo’llarini bayon qilish bilan xususiyatlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishishning muhim yo’nalishlaridan biri barcha ichki manbalardan unumli foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishdir. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida mamlakatimizda eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, eksport qilish, shuningdek, import o’rnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni joriy qilishda erkin iqtisodiy hududlardan foydalanish, jumladan, mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon xo’jaligida tez sur’atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi. Shunga ko’ra, milliy iqtisodiyotni shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali mamlakatning tashqi savdo-sotiq jarayonini va eksport salohiyatini yuksaltirish masalasi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos jihatlarini hisobga olishni, ayniqsa, jahon iqtisodiyoti amaliyotida 2
to’plangan tajribalar va xalqaro qonun - qoidalar asosida mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish borasida va ularni tartibga solish usullarini yanada takomillashtirish zarurligini talab etadi. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda va undagi faoliyatlarni samarali olib borishda xorij mamlakatlarining tajribalaridan va ularning usullaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanib, mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mamlakatimizda jahon andozasiga mos ravishda yuqori texnologiyalar asosida sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini bugungi kun darajasiga ko’tarish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: “Iqtisodiyotni, avvalo, ishlab chiqarish sohalarini oqilona tashkil qilish, ularga yuksak texnologiyalarni joriy etish, shu asosda zamonaviy korxonalar barpo etib, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bir so’z bilan aytganda, O’zbekistonda jahon andozalariga mos, xalqaro bozordagi raqobatga bardosh bera oladigan tizimni yaratish bizdan, shubhasiz, katta vaqt, mehnat va shijoatni talab qiladi” 1 . Shuningdek, bugungi kundagi muhim ustivor yo’nalishlar va investitsiyalarni jalb qilish haqida to’xtalib shunday degan edilar: “Bugungi kunda iqtisodimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustivor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra umumiy qiymati 24 mlrd. AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ishlamoqdamiz 2 Hozirgi kunda “Navoiy” erkin iqtisodiy hududini aytadigan bo’lsak, o’tgan 8 yil mobaynida u yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. O’tgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan. 3 Milliy iqtisodiyotning yangi sifat holatiga erishuvi, mamlakat hududlari iqtisodiyotining rivoji investitsiyalarni va kreditlarni qay darajada jalb qilish va ulardan qanchalik samarali foydalanish darajasiga bog’liqdir. Alohida hudud 3
iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yo’llaridan biri - shu hududda erkin iqtisodiy zonani tashkil etishdir. Chunki, ko’pgina rivojlangan va rivojlanayotgan Tadqiqot obyekti va predmeti. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini, xorij tajribasini samarali tashkil etishni o’rganish va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning moliyaviy masalalrini samarali olib borish istiqbollari hamda takomillashtirish predmeti bo’lib hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Mаgistrlik dissеrtаtsiyа ishining mаqsаdi О’zbеkistоn da erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish faoliyatini o’rganish hamda uni rivojlantirishning moliyaviy holatini tahlil qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar rolini oshirish masalalariga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishning nazariy-uslubiy jihatlarini o’rganishda quyidagi vazifalarni bajarish lozim: – erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirishning nazariy jihatlarini bayon qilish; – O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini o’rganish; – mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining moliyaviy asoslarini o’rganish; – milliy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish faoliyatini tahlilini amalga oshirish; – milliy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni amalga oshirishda iqtisodiy-huquqiy asoslarini o’rganish; – mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni va ahamiyatini tahlil qilish; 4
– erkin iqtisodiy hududlarda xorijiy investitsiyalar faoliyatini amalga oshirishni tahlil qilish; – respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rnini aniqlashdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rnini o’rganishda quyidagi ilmiy yangiliklarni keltirish mumkin: – erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirishning nazariy asoslari bo’yicha takomillashgan ta’rif berildi; – erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi; – mamalkat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning moliyaviy asoslarini oshirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi; – xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati tahlili bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi; – milliy iqtisodiyotda xorijiy inestitsiyalarni jalb etishning rivojlanish istiqbollarini belgilab olish. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi . Jahon iqtisodiyoti amaliyotida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishdagi to’plangan tajribalar va xalqaro qonun-qoidalar asosida milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni bo’yicha o’zlarining alohida hissalarini qo’shgan xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlardan: Aleshin V.A., Zotova A.I., Neshitoy A.S., Polyaka G.B., Shaxovskaya L.S., Xoxlov V.V., Kulakova O.G., Vahobov A.V., Malikov T.S., Haydarov N.H., Jo’rayev A.S. va Z.Yo’ldoshevlarning ilmiy tadqiqotlari, o’quv qo’llanmalari va darsliklari ilmiy- nazariy jihatlarini tadqiq qilgan 1 . 1 Алешин В.А., Зотова А.И. Финансы: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс, 2009 г. – 346 стр.; Нешитой А.С. Финансы. Учебник. – М.: “Дашков и К”, 2009 г. – 528 стр; Поляк Г.Б. Финансы и кредит. Учебник. – М.: Влотерс Клувер, 2010 г. – 800 стр.; Шаховская Л.С., Хохлов В.В., Кулакова О.Г. и др. Бюджетирование: теория и практика: учебное пособие / – М.: КНОРУС, 2009 г. – 400 стр. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 316 b.; Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. – Toshkent: “Fan”, 2004. – 243 b.; Malikov T. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – Toshkent: “Akademiya”, 2002. – 204 b.; Haydarov N.H. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari: O’quv qo’llanma. – Toshkent: “Akademiya”, 2007. – 256 b..; Yo’ldoshev Z., 5