NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI

![K I R I SH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Bugungi kun yoshlarini har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va
kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam
vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan eng
dolzarb masaladir. Shu sababli, yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan
bilimlaridan kelib chiqib tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim”[1.56;].
Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "Chet tillarni o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim
muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy
dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda. Bu
soxada zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash
aloxida axamiyat kasb etadi[2.2011;].
Chet tillarni o‘qitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim
jarayoniga tadbiq qilish, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada
rivojlantirish, ilmiy saloxiyatli mutaxassislarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb
masalalaridan biridir . Mamlakatimiz ta’lim tizimida ilmiy-nazariy jixatdan
asoslangan, chet tillarni o‘qitishda darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalarni yaratish va
o‘quv jarayoniga joriy etib, xorijiy til ta’limini yanada takomillashtirish milliy
ta’lim dasturining asosiy maqsadidir.
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, sintaksis gaplarning va gap sostavidagi
so‘z birikmalarining grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. Gap deb so‘zlar
birikmasidan yoki ayrim bir so‘zdan tuzilgan nisbiy tugal bir fikr ifodalagan formal
va intonatsion hamda grammatik jihatdan shakllangan elementlar nutq bo‘lagiga
aytiladi .
Gap ma’lum fikrni ifodalovchi sintaktik qurilmadir. U orqali kishilar o‘z
fikrlari, maqsadlari his-hayajonlarini ifodalaydilar.
Inson o‘z fikrini turli gap tillari orqali ifodalaydi, sodda yoki qo‘shma gaplar
orqali darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoxud bir sostavli
4](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_2.png)
![gaplar orqali, to‘liq yoki to‘siqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol
fikrning xarakteriga ma’lum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi. Ammo gap
qanday shaklda bo‘lmasin, unda kishining ma’lum bir fikri reallashadi (his-hayajon
yoki so‘roq ifodalovchi gaplar ham bundan mustasno emas).
Tilshunoslikda o‘zga gapning ifoda formalari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Ular bu masalaga turli tomondan yondashib, o‘zga gapning turli tuman
ko‘rinishlarini ko‘rsatadilar. Masalan, N.P.Dronova nemis tilida o‘zga gapning besh
xildagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29;]:
1. ko‘chirma gap;
2. o‘zlashtirma gap;
3. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede);
4. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
5. ichki monolog (gedachte Rede).
O‘zgalar fikrini (ba’zan o‘zinikini ham) bayon qilish ehtiyoji tug‘ilishi asosida har
bir tilda o‘zga gapli konstruksiyalar yuzaga keladi. O‘zga gap asosan uch
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ular ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap va o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap deb nomlanadi. O‘zga gapning bu turlariga tilshunoslikda
ko‘plab ilmiy ishlar bag‘ishlangan bo‘lsada, ularning ayrim tomonlari munozarali
bo‘lib, ular hozirgacha o‘z echimini kutmoqda. Aynan mana shu tufayli ham
tanlangan mavzu o‘ziga xos dolzarblikni kashf etadi.
Mavzuning maqsad i. Mazkur magistrlik ishda ko‘zda tutilgan maqsad
asosan hozirgi zamon nemis tilidagi o‘zlashtirma gapga xos bo‘lgan semantik va
leksik-grammatik belgilarni ko‘rsatib berish orqali uning ifoda formalarini aniqlash
bo‘lib hisoblanadi.
Mavzuning vazifas i. O‘zlashtirma gap o‘zga gapning ifoda uslublari ichida
ko‘chirma gap bilan yaqindan aloqada turadi. Shuning uchun ham bu erda
o‘zlashtirma gapning ayrim tomonlari ko‘chirma gapniki bilan parallel tarzda tahlil
qilinadi.
Bu narsalardan kelib chiqqan holda ishning oldiga quyidagi vazifalar
qo‘yilgan:
5](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_3.png)

![Tadqiqot xulosalari nafaqat nemis tili nazariy grammatikasi uchun, balki
o’ zbek tilshunosligida qiyoslayotgan ikkala tillardagi o‘zga gap va uning ifoda
turlari o’ rganishlik alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot ishining o’rganganligi . Ishda O.Behagel, T.V.Stroeva,
E.V.Guliga, E.V.Rozen, E.A.Rumyanseva, L.Zyutterlin, Z.Eger, G.Helbig,
V.G.Admoni, E.I.Shendels kabi buyuk tilshunoslarning ishlaridan va tasviriy,
komponentlar tahlili ko’rsatilgan. Tadqiqot ishida o’zlashtirma gapning boshqa
grammatik qurilmalardan farq qiluvchi tomonlari tahlil qilinib, o‘zlashtirma gapning
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari belgilab olinadi. Bu erda asosan tilshunoslarning
(E.A.Rumyanseva, E.V.Rozen) nemis tilidagi o‘zlashtirma gap haqidagi qarashlari
tahlil qilinadi. Ular tomonidan taklif etilgan o‘zlashtirma gapning ifoda formalari
tanqidiy o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga intilgan,
yana bir tilshunos K.N.Namozov bo‘lib hisoblanadi. U ham bu erda, birinchidan,
o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi
gapining birlashishini asos qilib olib, ikkinchidan, bu erda asosiy maqsad o‘zga
shaxs gapning mazmunini berish deb hisoblaydi. Bu jihatdan, uning fikricha,
o‘zlashtirma gap turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. K.N.Namozov o‘z
ishida nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning quyidagi grammatik ko‘rinishlarini
ko‘rsatib o‘tadi: [48, 88;].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
Tadqiqot ishining tuzilishi. Ushbu maqsad va vazifalarni bajarish maqsadida
ishimizni quyidagi ko‘rinishda tuzishni lozim topdik:
Kirish
Asosiy q ism:
I. Bob. N emis va o‘zbek tillarida o‘zga gap
II. Bob . O ‘zlashtirma gap va uning o‘zga gap doirasida tutgan o‘rni
7](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_5.png)

![Ishda O.Behagel, T.V.Stroeva, E.V.Guliga, E.V.Rozen, L.Zyutterlin, Z.Eger,
G.Helbig, V.G.Admoni, E.I.Shendels kabi buyuk tilshunoslarning ishlaridan va
tasviriy, komponentlar tahlili, transformatsion kabi uslublardan foydalaniladi.
Har bir bob va qism yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgan bo‘lib, ular
ishning nihoyasidagi “Xulosa” qismda umumiylashtiriladi.
I . BOB. NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘ZGA GAP
1.1.O‘zga gap turlari haqida
O‘zga gap muammosiga tilshunoslikda juda ko‘plab ilmiy maqola,
monografiya va dissertatsiyalar bag‘ishlangan. Biroq uning ko‘pgina tomonlari
borasida yagona fikr yo‘q. Uning ayrim sohalari bo‘yicha olimlar turli-tuman
fikrlar bayon qilib, o‘zaro bahslar olib boradi.
Odatda kishilar o‘z gapi ichiga boshqalar fikrini ham kiritishga majbur.
Tilshunoslikda bunday boshqalar fikrining bayon qilinishi o‘zga gap deb yuritiladi.
Ushbu atama shartli xarakterga ega. Chunki ba’zan so‘zlovchi o‘zining oldin ifoda
etgan fikrini ham qayta bayon etishi mumkin. Masalan:
„Ich bin verheiratet“, habe ich ihr schon vorgestern gesagt.
Bu erdaga ko‘chirma gap so‘zlovchining kechadan oldingi kun aytgan gapi
bo‘lib, u so‘zlovchi uchun hech qanday o‘zgalik xarakteriga ega emas.
Tilshunoslikda o‘zga gapning ifoda formalari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Ular bu masalaga turli tomondan yondashib, o‘zga gapning turli tuman
ko‘rinishlarini ko‘rsatadilar. Masalan, N.P.Dronova nemis tilida o‘zga gapning
quyidagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29]:
6. ko‘chirma gap;
7. o‘zlashtirma gap;
8. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede);
9. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
10. ichki monolog (gedachte Rede).
Muallif fikricha, ushbu o‘zga gap turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatga
ega bo‘lib, muayyan bir funksiyani bajaradi.
9](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_7.png)
![Ko‘chirma gap o‘zga shaxs fikrining so‘zlovchi o‘z nuqtai nazaridan
so‘zma-so‘z bayon qilish uslubi bo‘lib, u bu jihatdan muallif nutqiga qarama-qarshi
turadi.
O‘zgalar fikrining shaklini o‘zgartirib, mazmunini saqlagan holda bayon qilish
ehtiyoji sezilganda o‘zlashtirma gapdan foydalaniladi.
Asar qahramonining ichki kechirmalari va muallif gapini qo‘shib bayon
qilish zaruriyati asosida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap yuzaga keladi.
Monologda esa asar qahramonining ichki kechinmalari, his tuyg‘ulari
muallif gapisiz bayon qilinadi.
Z. Eger o‘zga gapni bayon qilishda 3 ta shaxs ishtirok etadi deydi [19, 123;].
Ular: 1) o‘zga gap tegishli bo‘lgan shaxs (so‘zlovchi); 2) o‘zga gapni bayon etuvchi
shaxs (muallif); 3) tinglovchi.
Biroq N.P.Dronova hamma vaqt ham bunga amal qilinmasligini eslatadi,
chunki ba’zan bu jarayonda ikki kishi ishtirok etishi mumkin. Ushbu tilshunos
bunga misol qilib muallif gapida uchinchi shaxs egallagan holatni ko‘rsatadi. Mana
uning misollari:
1. Ich habe gesagt, der Apotheshendienst sei mein miesester Posten
gewesen, aber da fällt mir ein, das stimmt nicht (10,24).
2. Ich habe dir gesagt, es wird mir nicht besonders schwer fallen, sofern ich
den Chauffeuren Zigaretten geben könnte (2,39).
Bunday holatlarda so‘zlovchi va muallif bir shaxs sifatida namoyon bo‘ladi
va uch shaxs o‘rnini ikki kishi egallaydi.
E.V.Rumyanseva nemis tilidagi o‘zlashtirma gapni o‘zga gapning boshqa
ifoda formalaridan ajratib olishga harakat qilgan tilshunos hisoblanadi. U quyidagi
konstruksiyalarni o‘zlashtirma gapdan farqlanuvchi o‘zga gapning nemis tilidagi
ifoda formalari deb hisoblaydi [Rumyanseva, 1962: 54]:
1. o‘zga shaxs fikrini o‘ta qisqa formada ifoda etish: Er beteuerte seine
Umschuld;
2. o‘zga gapni bayon etuvchi infinitiv konstruksiya: Sie bat ihren Bruder,
ihr dieses Buch zu kaufen;
10](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_8.png)

![Biroq bu jihatlaridan qat’iy nazar o‘zlashtirma gapli konstruksiyalarda ikki
planlilik yaqqol o‘z ifodasiga ega bo‘ladi, ammo bu erda biz muallif gapi va
o‘zlashtirma gapni bir-biridan osonlik bilan ajrata olmaymiz. Bunday holatlarda
ko‘pincha kon’yunktiv yordamga keladi. Chunki u orqali biz osonlik bilan muallif
gapi va o‘zlashtirma gapni bir-biridan ajrata olamiz. Qiyoslang:
Ko‘chirma gap:
Er sagte ( avtor gapi ): „Ich habe davon nicht gehört“ (so‘zlovchi nutqi).
O‘zlashtirma gap:
Er sagte ( avtor gapi ), daß er davon nicht gehört habe ( so‘zlovchi nutqi ) .
Aynan mana shu nutqning ikki qatlamliligini asos qilib olgan
E.V.Rumyanseva yuqorida sanab o‘tgan konstruksiyalarda o‘zlashtirma gap yo‘q,
deb hisoblaydi. Chunki ularda muallif gapi va so‘zlovchi nutqi o‘rtasidagi chegara
yaqqol namoyon bo‘lmaydi.
Ikkinchi bir tilshunos E.V.Rozen o‘zgalar fikrini mustaqil gap ko‘rinishda
ham ifoda etish mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi [Rozen, 1974: 57].
U bu xildagi mustaqil gaplarning kesimi indikativ yoki kon’yunktivda
turishi mumkinligini hisobga olib, ularni ikki mustaqil guruhlarga ajratadi. Ammo
bu kabi fikrga qo‘shilish qiyin. C h unki mayl formalarining o‘zgarishi bilan gapning
grammatik turi, xarakteri o‘zgarmaydi. Qiyoslang:
1. Um ein Uhr klopfte es, und der lange Vogelsberger trat ein. Der
Gauleiter lasse ihn bitten, bei ihm in Einstetten speisen. Es wäre Besuch von
Lufthansa aus Berlin gekommen, mit den der Gauleiter wichtige Besprechungen
habe (7,121).
2. Und Christa erzählte, daß tausend Kerzenflammen den mächtigen Dom
erhelten, Hunderte vom armdicken Kerzen brannten auf dem Hauptaltar, und doch
waren die ungeheuren Unrisse des Kirchenschiffes kaum zu ahnen. Auch von der
dichtgedrangten Menge sah man nicht mehr als schaftenhafte Umross … (2, 260).
Bu misollarning har ikkalasida ham o‘zga shaxs fikri grammatik jihatdan
mustaqil bo‘lgan gaplar ko‘rinishida o‘z ifodasini topgan. Ular o‘rtasidagi yagona
12](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_10.png)
![farq-birinchi misolda kon’yunktiv ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchisida kesim
indikativda ifoda etilgan.
Kesimi indikativda turgan mustaqil gaplar to‘g‘risida tilshunoslar o‘rtasida
yagona fikr yo‘q. Masalan, T.V.Stroeva bu xildagi konstruksiyalarni o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap deb atasa, E.V.Guliga bu haqda quyidagi fikrlarni izhor
etadi: «Samostoyatelnie predlojeniya kosvennoy rechi s glagolom v iz’yavitelnom
naklonenii tolko uslovno mogut bit priznani kosvennoy rechyu, tak kak kosvennost
bledneet, i kosvennaya rech perexodit libo v avtorskuyu, libo v nesobstvenno
pryamuyu rech» [Stroeva, 1950: 350; Guliga, 1971: 49].
Tilshunoslarning bu fikridan qat’iy nazar aytish mumkinki, yuqorida
keltirilgan misollarning har ikkalasida ham o‘zga shaxs fikri bayon etilgan. Kontekst
bizga asar qahramonlarining fikri asosida bu konstruksiyalar yuzaga kelganligini
osonlikcha payqab olishga imkon yaratadi.
Nemis tili bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan tilshunoslarning aksariyati
o‘zgalar fikrining ayrim so‘z birikmalari ko‘rinishida ham o‘z ifodasini topishi
mumkinligini tan olishmaydi. Ularning fikricha, bu kabi konstruksiyalarda muallif
gapi bilan o‘zga shaxs fikri o‘rtasidan grammatik chegarani o‘tkazib bo‘lmaydi.
Biroq K.Namozov bu kabi fikrga to‘lig‘icha qo‘shilmaydi. U ayrim so‘z
birikmalarida o‘zgalar fikri bayon qilinishini isbotlashga harakat qilgan [Namozov,
1976: 103]. Buni isbotlash uchun u quyidagi misollarni keltiradi:
1. Der Zuschauer bewunderte die schöne Stimme dieser Sängerin.
2. Der Zuschauer sprach von der schönen Stimme dieser Sängerin.
Ushbu gaplar grammatik tuzilishi jihatidan bir-biriga juda o‘xshash, biroq
anglatgan ma’nosiga ko‘ra ular ancha farqlidir. Birinchi misolda muallif
tomoshabinning holatini, ya’ni uning hayajonlanganini tasvirlamoqda, ikkinchi
gapda esa tomoshabin gapining mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bundan kelib chiqib
aytish mumkinki, birinchi gapda o‘zga gap yo‘q, ikkinchisi esa o‘zga shaxs
(tomoshabin) gapi asosida yuzaga kelgan. Buni isbotlash uchun ikkinchi gapni
osonlik bilan o‘zga gapli ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin. Qiyoslang:
13](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_11.png)

![Aytilganlardan xulosa shuki, boshqa tillardagi kabi hozirgi nemis va o‘zbek
tillarida o‘zga gapning eng keng tarqalgan va asosiy formalari uchta. Ular:
1.Ko‘chirma gap (die direkte Rede).
2. O‘zlashtirma gap (die indirekte Rede).
3 . O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap ( die erlebte Rede).
Endi o‘zga gapning ushbu turlari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1.2. Ko‘chirma gap
O‘zga gap turlari ichida eng ko‘p tarqalgani – bu ko‘chirma gap bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma gapda o‘zga shaxsning (ba’zan o‘ziniki ham) fikrini bayon etuvchi shaxs
avtor deb yuritiladi, uning gapi esa avtor gapi deb ataladi. Avtor gap bilan
boshqarilib kelgan o‘zga shaxsning fikri o‘zga gap deb yuritiladi. So‘zlari bayon
qilinayotgan shaxs so‘zlovchi deb nomlanadi.
O‘zga gapga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda ko‘chirma gap o‘zga gapning eng
keng tarqalgan turi ekanligi qayd etilib, unda o‘zga shaxsning fikri so‘zma-so‘z,
to‘lig‘icha, leksik-grammatik va stilistik nuqtai nazardan hech qanday o‘zgarishsiz
bayon etiladi degan fikr olg‘a suriladi.
Biroq bunday fikrni yagona, barcha tilshunoslar tomonidan qabul qilingan
deb bo‘lmaydi. Masalan, ba’zi bir tilshunoslar ko‘chirma gapning so‘zma-so‘zligiga
shubha bilan qarab, uni inkor etishadi. B.P.Ardentov bu haqda shunday yozadi:
“Ko‘chirma gapning so‘zma-so‘zligiga ishonish qiyin, chunki ko‘chirma gapni
bayon qilayotgan shaxs har qancha harakat qilsa ham, u magnitofon emaski
birovning gapini so‘zma-so‘z bayon qilsin”[Ardentov, 1972: 16].
Bu satrlarning avtori bir qaraganda haqdek tuyiladi. CHunki haqiqatdan
ham kishiga adashish xos bo‘lib, u biror kishining fikrini bayon qilishda erkinlikka
ham ega. Bundan tashqari o‘zga shaxsning fikri ancha vaqtlar o‘tgandan keyin qayta
bayon qilinishi mumkin. Tabiiyki, bu davrda kishi o‘zga shaxs fikrlarining ayrim
detallarini yodidan ham chiqarishi mumkin.
Biroq bulardan qat’iy nazar avtor biror kishining fikrini ko‘chirma gap
shaklida bayon qilishda maksimal tarzda uni to‘lig‘icha barcha detallari bilan ifoda
15](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_13.png)

![Genri Suit [Sweet, 1929: 46] o‘zlashtirma gapda o‘zga shaxs fikri so‘zma-
so‘z emas, balki faqat mazmunan turli ko‘rinishlarda bayon qilinadi, degan g‘oyani
olg‘a surgan edi. O‘zlashtirma gap so‘zlovchi oldin bayon qilgan fikrini mazmunan
yana qayta bayon qilishda ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Bunday holatlarda o‘zga
shaxs fikri ancha qisqa ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi.Biroq tilshunoslikda
o‘zlashtirma gapga nisbatan turli-tuman qarashlar mavjud. CHunki ayrim
tilshunoslar (turkologlar) faqat ko‘chirma gapni tan olib, o‘zlashtirma gapning tilda
mavjudligini butunlay inkor qilishadi. Masalan, X.Bayliev shunday yozadi:
“Chujaya rech po turkmenski vsegda peredaetsya tolko v forme pryamoy rechi, a
forma peredachi kosvennoy rechi otsutstvuet sovershenno” [Bayliev,1944:6].
X.Baylievning bu qarashlari keyingi tilshunoslar tomonidan tanqid ostiga olindi.
O‘tgan asrning 70-chi yillariga kelib X.Baylievning fikrini U.B.Aliev
Qorachay – bolqar tiliga nisbatan ham takrorladi. Uning fikricha, “ V Karachaevo –
balkarskom yazike net osobix form dlya virajeniya znacheniy kosvennoy rechi, est
tolko forma pryamoy rechi, kotoraya upotreblyaetsya v odinakovoy mere kak
pryamaya i kak kosvennaya rech” [Aliev, 1973: 344].
O‘zlashtirma gapga nisbatan bu kabi qarashni biz Muhammadjon
Iminovning “O‘zbek tili va adabiyot” jurnalida e’lon qilingan “O‘zlashtirma gap
bormi?” nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchimiz.
Maqolada to‘g‘ri ta’kidlanganidek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar
leksikada ham, so‘z yasalishi va morfemikada ham, morfologiya va sintaksis
kurslarida ham mavjud bo‘lib, ular o‘zining yangicha idrok etilishi va talqinini
kutmoqda. Muallif o‘zbek tilshunosligida “Ko‘chirma va o‘zlashtirma gap”
haqidagi qarashlarni real hayotdan, ob’ektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy-nazariy
asoslari etarli bo‘lmagan masalalar qatoriga kiritadi. SHundan keyin maqola
davomida muallif “Xo‘sh, biz ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiramizmi
va qachon:” degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun
“Menga Salimjon: “Bugun men kinoga boraman, - dedi” gapini tahlil qilishga
kirishadi. Avtorning fikricha, “Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantiriladigan
bo‘lsa, unda mana bunday hol ro‘y beradi: birinchi so‘zlovchining gapi (kinoga
17](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_15.png)
![boraman) ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi so‘zlovchi bo‘lib) ikkinchi
tinglovchi (uchunchi kishiga) ko‘chirma gap shaklida etkaziladi. Bu ko‘chirma
gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan o‘zlashtirma gap shaklida uzatadi.
Hayotda, kommunikatsiya jarayonida bunday bo‘lishi mumkin emas”.
Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki
formada axborot (oddiy gap) va ko‘chirma gap formasida bo‘lishini isbotlashga
intiladi. Maqola so‘ngida M.Iminov quyidagi xulosalarga kelgan:
1.O‘zga (ko‘chirma gap) deb atalgan forma eshituvchi uchun o‘zga gap
ham, ko‘chirma gap ham emas, balki oddiy axborotdir.
2.Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga uzatilgandagina avtor gapi qo‘shilib
ko‘chirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab
tilga olinmasa, u “o‘lik” axborotligicha qoladi, basharti, mazmuni birovga etkazilsa,
o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi.
3.Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirilib o‘zgaga
uzatilmaydi.
4.Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant-
usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir.
5.O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q. “O‘zlashtirma gap” va
uning formalari ona tili darsliklaridagina bor, xolos. “O‘zlashtirma gap” yo‘qligi
tufayli bu terminni ishlatish ham o‘rinsizdir [Iminov, 1990: 61].
O‘zlashtirma gap ham ko‘chirma gap bilan bir qatorda o‘zgalar fikrini
bayon qilish uchun xizmat qiladi. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga bag‘ishlangan
ayrim ishlarda o‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapning “ag‘darmasi” sifatida talqin
qilishadi va ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish yo‘llari ustida batafsil
to‘xtaladilar [Gvozdev, 1965: 37; Kachalova, 1964: 300; SHaripov, 1955: 19].
Bizningcha, ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga bunday munosabatda bo‘lish
bu ikki sintaktik kategoriya mohiyatini buzib ko‘rsatishga olib keladi. CHunki
ko‘chirma gap ham, o‘zlashtirma gap ham tilda mustaqil tarzda namoyon bo‘ladigan
sintaktik qurilmalardir. Bu haqda E.V.Guliga shunday yozadi:
18](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_16.png)
![“O‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapning ag‘darmasi sifatida qarashlik
noto‘g‘ridir. Chunki o‘zlashtirma gap ham o‘z navbatida mustaqil model sifatida
yuzaga kelib, u yozma nutqda alohida bir grammatik ko‘rinish sifatida namoyon
bo‘ladi” [Guliga, 1957: 158].
Bu narsa ko‘chirma va o‘zlashtirma gapning ikki parallel tarzda namoyon
bo‘ladigan sintaktik hodisa ekanligini ko‘rsatadi va ularning bir qator o‘ziga xos
xususiyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi zamon nemis tilidagi o‘zlashtirma gapni ayrim tilshunoslar ikkiga
ajratishadi:
a) tor ma’nodagi o‘zlashtirma gap;
b) keng ma’nodagi o‘zlashtirma gap.
Tor ma’nodagi o‘zlashtirma gap deganda tilshunoslar so‘zlash ma’nosiga
ega bo‘lgan fe’l va otlar orqali boshqariladigan o‘zlashtirma gapni tushunishadi.
Keng ma’nodagi o‘zlashtirma gapda ergash gapni boshqaruvchi so‘zlar
sifatida nafaqat so‘zlash ma’nosidagi fe’llar, balki o‘ylash, his qilish, biron joyga
yozish ma’nosidagi so‘zlar ishlatiladi.
Biz bu erda o‘zlashtirma gapga bag‘ishlangan ishlarni shartli ravishda uch
guruhga ajratishimiz mumkin:
I . O‘zlashtirma gapni faqat gapirish ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab
o‘rganadigan ishlar [Zvereva, 1994: 14; Stroeva, 1950: 8].
1. Er bat Frau Hohner, sie solle ihm vorlesen, was auf dem Zettel stehe
(6,12).
2. Mühsam lächelnd fragte Willi, von wem Alois was wisse … (3,160).
II . Ba’zi ishlarda o‘zlashtirma gap so‘zlash va o‘ylash ma’nolariga ega
bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab o‘rganiladi [Duden, 1958: 421; Smirnova, 2006: 8].
1. Der Jäger weinte und schwar, dass der Martin auch andauernd rauf und
runter laufen müsse (3,254).
2. Anna meinte unwillig, dass er diese Schmach nicht überleben könne
(7,498).
19](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_17.png)
![III . Ayrim ishlarda o‘zlashtirma gap nafaaqat aytilgan, o‘ylangan fikr,
balkim his qilingan, biron joyga yozilgan fikrni ifoda etish uchun xizmat qilishi
e’tirof etiladi ” [Guliga, 1962: 14; Busha, 1977: 114; Retrochenko, 2005: 88].
Masalan, E.V.Guliga shunday yozadi:
“Kosvennaya rech ponimaetsya nami shiroko, ne tolko kak peredacha chujix
slov, no i kak peredacha chujix misley, chuvstv i znaniy”. Masalan:
Er fühlte, daß sein Vater heute zu ihm nicht komme.
Er schrieb , daß sein Vater heute zu ihm nicht komme.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirma gap juda serqirra bo‘lib, u tilda o‘zgalarning
turli xil mazmundagi fikrini bayon qilish imkoniyatiga ega.
1.4. O ‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap
Chet el olimi Todler 1887 yilda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapga o‘zga
gapni ifodalashning alohida formasi sifatida ilk bor e’tiborni qaratgan edi
[Voloshinov, 1930: 139]. Rus tilshunosligida esa o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma
gapning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari V.N.Voloshinovning “Marksizm
va til falsafasi” nomli tadqiqotida ochib berilgan edi. Ayrim tilshunoslar o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gapning grammatik xususiyatlaridan ko‘ra ko‘proq stilistik
imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar. Shu kunga qadar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma
gap grammatik hodisami yoki stilistik vositami degan masala uzil-kesil hal
etilganicha yo‘q. Masalan, P.Kozlovskiy, E.M.Stepanova, A.I.Molotov,
I.I.Kovtunova, N.S.Pospelov, A.M.Zemskiy kabi olimlar o‘ziniki bo‘lmagan
ko‘chirma gapni epik-stilistik uslub formasi yoki adabiy usullardan biri deb
hisoblasalar, L.A.Bulaxovskiy va A.N.Gvozdevlar esa uni o‘ziga xos sintaktik
struktura sifatida o‘rganadilar.
Bu nutq formasi rus tilshunosligida hozircha turli xil atamalar bilan
nomlanmoqda: “svoeobraznoe smeshenie pryamoy i kosvennoy rechi”,
“svobodnaya ili skrыtaya rech”, “perejitaya rech”, “nesobstvenno-avtorskaya rech”,
“nesobstvenno-pryamaya rech”, “rech kak fakt”, “nesobstvenno-kosvennaya rech”,
“podrajaemaya rech”, “figuralnaya rech”, “poluchujaya rech”, “nepryamaya rech
20](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_18.png)
![avtora” [Sokolova, 1968: 147]. Bular orasida “nesobstvenno-pryamaya rech”
termini rus tilshunosligida kengroq tarqaldi va qattiqroq o‘rin oldi.
O‘zbek tilshunosligida ilk bor “o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap” termini
A.G‘ulomov va M.Asqarovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksisi” nomli
darsligida tilga olingan edi. “Ba’zan o‘zganing gapi, - deb ta’kidlanadi bu darslikda,
- ko‘chirma gap bilan o‘zlashtirma gap oralig‘idagi holatda bo‘ladi. Bunda
o‘zganing fikri avtor gapisiz-so‘zlovchining ishtirokisiz bayon qilinadi, ya’ni avtor
ko‘chirma gapdagi so‘zlovchi vazifasini bajaradi. SHuning uchun bunday gaplar
o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap hisoblanadi” [G‘ulomov, Asqarova, 1965: 294].
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap konstruksiyalari, boshqa tillarda bo‘lganidek,
nemis tilida o‘zga gapni ifodalashning eng qulay, yorqin formalaridan biridir.
Keyingi yillarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap nemis yozuvchilari tomonidan
qahramon ichki kechirmalarini yoritishda keng qo‘llanmoqda. Ammo o‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap haqida fikr bildirilgan ishlarda mazkur hodisaning sof
lingvistik-grammatik tomonlari, uning stilistik jihatidan aniq farqlanmaydi. Ayrim
olimlar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap termini bilan ataluvchi bu hodisani hatto
tan olmaydilar. Aniqrog‘i, bunday olimlar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni
grammatikada o‘rganish maqsadga muvofiq emas, deb qaraydilar. Masalan, tatar
tilshunosi M.Zakievning fikricha, “ko‘chirma gap” va “muallif so‘zi” tushunchalari
grammatik mohiyatga ega emas [Zakiev, 1972: 65].
Ammo o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni ikki aspektda ham lingvistik, ham
stilistik aspektda o‘rganish zarur ekanligi keyingi yillarda ayrim tilshunoslar
tomonidan aytilmoqda. Masalan, R.A.Budagov o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapda
“unisi ham, bunisi ham bor”, - deb qayd etgan edi [Budagov, 1965: 347]. Biz ham
o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni ana shu ikki aspektda o‘rganish maqsadga
muvofiqdir, degan fikrdamiz. Chunki o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gapni
grammatik xususiyatlarsiz va ular bajargan stilistik funksiyalarsiz to‘liq tasavvur
etish qiyin.
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap o‘zga shaxs fikrini ifodalash usullaridan
biridir. Shunga ko‘ra, u ayrim xususiyatlari bilan odatdagi ko‘chirma gapga, boshqa
21](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_19.png)




![O‘zlashtirma gap muammosi nemis tilida XIX-asrdan boshlab tilshunoslarni
qiziqtirib kelgan. Biz bu bilan dastlab O.Be h agelning ishlarida duch kelamiz. U
tuzilish jihatdan o‘zgartirilib berilgan har qanday o‘zga gapni o‘zlashtirma gap deb
qarashni taklif etadi [Behagel, 1877: 120].
Keyinchalik ham ko‘plab tilshunoslar o‘zlashtirma gap muammosi bilan
qiziqib kelishgan. Masalan, T.Vernaleken ko‘chirma va o‘zlashtirma gapni
o‘rganishda asosiy e’tiborni ularda mayl formalarining ishlatilishiga qaratadi. Uning
fikricha, bu erda indikativ va kon’yunktiv o‘zga gap turlarini bir-biridan farqlash
uchun xizmat qiladi. Agarda indikativ ishlatilsa ko‘chirma gap, kon’yunktiv
turganda esa o‘zlashtirma gap yuzaga keladi, degan fikrni u oldinga suradi. Bundan
tashqari T.Vernaleken ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap bosh gapga
bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz bog‘lanishi mumkin degan g‘oyani olg‘a suradi
[Vernaleken, 1863: 88].
V.Vilmans o‘zlashtirma gap orqali nafaqat o‘zga shaxsning fikri, balki
so‘zlovchining o‘ziga tegishli bo‘lgan fikr ham bayon qilinishi mumkin degan
g‘oyani olg‘a suradi. Uning grammatikasida o‘zlashtirilgan darak, so‘roq va buyruq
gaplarni o‘rganishga keng o‘rin berilgan [Vilmans. 1906:237].
Oxirgi yillar o‘zlashtirma gap ko‘pgina tillarda tilshunoslarning diqqat-
e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ularning ishlarida o‘zga gap o‘zlashtirma gap
ko‘rinishida so‘zma-so‘z emas, balki mazmun saqlangan holda uning grammatik
ko‘rinishi o‘zgartirilib bayon qilinadi, degan xulosa qilinadi.
Biroq V.I.Koduxov, A.I.Zaretskiy, B.P.Ardentov, M.K.Milix kabi tilshunoslar
bu fikrga qarshi chiqib, o‘zlashtirma gapda o‘zga shaxs fikri so‘zma-so‘z va
so‘zma-so‘z bo‘lmagan holatda bayon qilinishi mumkin degan g‘oyani olg‘a
surishadi. Misollar keltirib, o‘zlashtirma gap orqali o‘zga shaxsning fikrini so‘zma-
so‘z bayon etish mumkinligini isbotlamoqchi bo‘lishadi. Masalan, M.K.Milix
[Milix, 1966: 7] ikkita misol keltiradi va bu bilan o‘zga gap o‘zlashtirma gap
formasida ham so‘zma-so‘z bayon qilinishi mumkin ekanligini isbotlamoqchi
bo‘ladi.
On sprosil: “Kuda vedet eta doroga?” (Ko‘chirma gap)
26](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_24.png)

![Biz bu erda o‘zlashtirma gapga bag‘ishlangan ishlarni uch guruhga
ajratishimiz mumkin:
1. O‘zlashtirma gapni faqat gapirish ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab
o‘rganadigan ishlar [Jäger, 1971: 264].
1. Er hat Frau Hohner gesagt, sie solle ihm vorlesen, was auf dem Zettel
stehe. (L. Frank. Die Jünger Jesu. S. 12).
2. Mühsam lächelnd fragte Willi, von wem Alois das Wisse , ... (G.Gärlich.
Das Liebste und das Sterben. S. 141).
2. Ba’zi ishlarda o‘zlashtirma gap so‘zlash va o‘ylash ma’nolariga ega
bo‘lgan so‘zlarga bog‘lab o‘rganiladi [ Duden , 19 71 : 161 ] .
1. Der Jünger weinte und schwur, daß er diese Schmach nicht überleben
könne (7,498).
2. Anna weinte unwillig, daß der Martin auch andauernd rauf und runter
laufen müsse (3,254).
3. Ba’zi ishlarda o‘zlashtirma gap nafaqat aytilgan, o‘ylangan fikr, balki his
qilingan, biron joyga yozilgan fikrni ifoda etish uchun xizmat qilishi e’tirof etiladi.
Masalan. E.V.Guliga shunday yozadi: “Kosvennaya rech ponimaetsya nami
shiroko, ne tolko kak peredacha chujix slov, no i kak peredacha chujix smisley,
chuvstv i znaniy”. [Guliga, 1962: 27].
Boshqa tillardagi singari nemis tilida ham o‘zlashtirma gapning yuzaga
kelishida muallif gapi muhim rol o‘ynaydi, chunki u orqali o‘zga gapning qachon,
qaerda, kim tomonidan va qay holatda o‘z ifodasini topganini bilib olamiz.
O‘zga gapning intonatsion tuzilishi va kommunikativ funksiyasi bu gaplarda
bir-biriga mos kelmaydi. Dreck ist vogelfrei ko‘chirma gapi mustaqil gap tarzida
namoyon bo‘lgan. U shu ko‘rinishda, ya’ni avtor gapisiz ham mustaqil ohangga ega
bo‘lib, mustaqil darak gap deb hisoblanishi mumkin. ... daß er zwei Tage zu spät
komme o‘zlashtirma gapi intonatsiya jihatdan ham, kommunikativ funksiyasiga
ko‘ra ham o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.
Nemis tilida o‘zlashtirma gap muallif gapi tarkibidagi biron-bir so‘z bilan
juda ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Bu so‘zni biz “boshqaruvchi so‘z” deb
28](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_26.png)






![O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap o‘zga gapning mustaqil bir turi bo‘lib, u
ko‘p jihatlari bilan ko‘chirma gapdan ham, o‘zlashtirma gapdan ham tubdan farq
qiladi. Bu erda muallif gapi bilan so‘zlovchi nutqi o‘rtasidan aniq bir chegarani
o‘tkazib bo‘lmaydi. U muallif gapining tarkibiga kirib ketgan bo‘ladi. O‘ziniki
bo‘lmagan ko‘chirma gap ayrim tomonlari bilan ko‘chirma gapga ham, o‘zlashtirma
gapga ham o‘xshab ketadi. Masalan, unda ko‘chirma gapdagi singari so‘zlovchining
o‘ziga xos leksikasi o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, o‘zlashtirma gap singari
qo‘shtirnoqqa olinmagan bo‘lib, muallif nuqtai nazardan qurilgan bo‘ladi.
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap va muallif gapi bir maqsad yo‘lida maxsus
qurilmani tashkil etadi. Qiyoslang:
Er hatte keine Zeit. Er war bei Gott überhäuft. Sie sollte sich gedulden und
sich gefälligst noch fünfzigmal besinnen (Th.Mann. Der Untertan. S. 37).
O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap o‘zining leksik-grammatik qurilishi,
emotsional his-tuyg‘u bezagi va intonatsiyasiga ko‘ra o‘zlashtirma gapga nisbatan
ko‘chirma gapga ancha yaqin turadi. Biroq bundan qat’iy nazar bu erda ham ikki
shaxs fikrini (muallif va so‘zlovchi) bir-biridan ajratib bo‘lmaydi va natijada ularni
o‘zlashtirma gapning ifoda formasi deb bo‘lmaydi. Aynan mana shu xislat, ya’ni
ikki shaxs fikrining birlashishi o‘zga gapning barcha turlariga xos bo‘lgan xususiyat
bo‘lib hisoblanadi.
O‘zga gap turlari ichida ko‘chirma va o‘zlashtirma gap bir-biriga ancha
yaqin bo‘lib, ularning har ikkalasiga xos bo‘lgan umumiy va farq qiluvchi tomonlar
mavjud. Aynan mana shu narsani ko‘rsatish maqsadida endi biz ko‘chirma va
o‘zlashtirma gapni parallel tarzda tahlil qilamiz.
Tilshunoslarning ilmiy ishlari bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi
tadqiqotchilar (ayniqsa turkologlar) o‘zlari o‘rganayotgan tilda o‘zlashtirma gapning
mavjudligini butunlay inkor qiladi. Masalan, U.B.Aliev shunday yozadi: "V
karachaeva-balkarskom yazike net osobix form dlya virajeniya znacheniy
kosvennoy rechi, est tolko forma pryamoy rechi, kotoraya upotreblyaetsya v
odinakovoy mere kak pryamaya i kak kosennaya rech"[Aliev, 1973: 344].
35](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_33.png)
![Shuningdek, o‘zlashtirma gapni o‘zbek tili materiali asosida o‘rgangan
Muhammadjon Iminov o‘zining „O‘zlashtirma gap bormi?“ nomli maqolasida
quyidagi xulosalarga keladi:
1. Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirilib o‘zgaga
uzatilmaydi.
2. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant-usullarini
ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir.
3. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q. „O‘zlashtirma gap“ yo‘qligi
tufayli bu terminni ishlatish ham o‘rinsizdir "[Iminov, 1994: 63].
Tilshunoslarning bu kabi fikrlari keyingi tadqiqotchilar tomonidan tanqid
ostiga olingan va o‘zlashtirma gap o‘zga gapning boshqa ko‘rinishlari bilan bir
qatorda o‘rganilib kelinmoqda "[Yo‘ldoshev, 1996: 10].
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar o‘ziga xos bir qator struktural belgilarga
ega bo‘lib, ular o‘zga gap turlarining tilda mustaqil til birliklari sifatida namoyon
bo‘lishini ko‘rsatadi. Ular o‘rtasidagi umumiylik ularning mazmun ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi.
R.A.Budagov ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning o‘zaro munosabatiga
quyidagicha ta’rif beradi: „Pryamaya rech imeet svoi osobennosti, svoi sredstva
virajeniya, svoi zakonomernosti. To je sleduet, skazat i o kosvennoy rechi …
Konechno, svoeobrazie kajdogo vida rechi vovse ne oznachaet, chto mejdu nimi ne
sushestvuet svyazi, no svyaz eta ne svoditsya k mexanicheskoy “ transpozitsii ” i
obuslovlena … obshim zamislom govoryashego” [Budagov, 1965: 345].
Bu kabi fikrlarni E.V. Guliga ham bayon qiladi: „Ponimanie kosvennoy
rechi tolko kak perletsovka pryamoy predstavlyaetsya nam nevernim … Posle togo
kak kosvennaya rech voznikla i oformilas sintaksicheski, ona suщestvuet kak
opredelennaya model i ispolzuetsya v pismennom yazike kak samostoyatelnoe
grammaticheskoe yavlenie daleko ne vsegda obratimoe“ [ Guliga, 1957: 158].
Ayrim tilshunoslar o‘zlashtirma gapni o‘rganishda bari bir ko‘chirma gapga
tayanishadi. Ular oldin ko‘chirma gapga misol keltirishadi va uni o‘zlashtirma
36](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_34.png)
![gapga aylantirib, bu jarayonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar orqali ko‘chirma va
o‘zlashtirma gapga ta’rif berishadi [ Sharipov, 1955: 19; Belyaeva, 1967: 302].
Bizningcha, o‘zga gapni bu kabi o‘rganish ko‘chirma va o‘zlashtirma gapning
mustaqil sintaktik kategoriya ekanligiga putur etkazib, o‘zlashtirma gapni ko‘chirma
gapning “ag‘darmasi” degan tushunchaga olib keladi. Axir tan olish lozimki, yozma
yoki og‘zaki nutqda kishi hech vaqt o‘zga shaxs fikrini avval ko‘chirma, keyin esa
o‘zlashtirma gap ko‘rinishida bayon qilmaydi. Ularning biri ikkinchisi uchun asos
bo‘laolmaydi. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gap mustaqil sintaktik kategoriyalar
sifatida biri ikkinchisiz o‘zgalar fikrini bayon qilish uchun xizmat qiladi.
Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap
yagona bir fikrga tayanadi. Uni biz shartli ravishda dastlabki fikr deb ataymiz.
Aynan mana shu fikr ko‘chirma va o‘zlashtirma gap uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. U muayyan bir shart-sharoit asosida yo ko‘chirma, yoki o‘zlashtirma gap
ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Masalan, biror kishi “Men ertaga Toshkentga
boraman” deb aytsa yoki xayolidan o‘tkazsa u hali o‘sha kishining fikri, rejasi
bo‘lib hisoblanadi. Endi ushbu fikrni ikkinchi bir shaxs ko‘chirib yoki o‘zlashtirib
qayta bayon etishi mumkin. Shundan keyingina u ko‘chirma yoki o‘zlashtirma
gapga aylanadi. Qiyoslang:
Ushbu misol shuni ko‘rsatadiki, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap zaminida bir
narsa, bir fikr yotadi. Aynan mana shu fikrni ifoda etish uchun ko‘chirma va
o‘zlashtirma gap binnar oppozitsiyani tashkil etib, o‘ziga xos sintaktik sinonimlar
sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu konstruksiyalarni sintaktik sinonimlar deb
atashimizga sabab ularning bir xil mazmunga ega bo‘lishidir.
37Dastlabki fikr :
Men ertaga Toshkentga boraman .
Ko’chirma gap :
“ Men ertaga Toshkentga boraman ” -
dedi u . O’zlashtirma gap :
U o’zining ertaga Toshkentga
borishini aytdi.](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_35.png)

![Ko‘chirma gap ko‘rinishidagi o‘zga gap gaplarga xos bo‘lgan barcha
belgilarga ega: predikativlik va modallik, intonatsion tugallik. Ko‘chirma gapli
konstruksiyalarni qo‘shma gapning qay turiga kiritish borasida tilshunoslar o‘rtasida
yagona fikr yo‘q. Ba’zi tilshunoslar uni bog‘langan qo‘shma gaplar qatoriga kiritsa,
boshqalari ularni ergash gapli qo‘shma gaplar deb ham atashadi. Shuningdek
ko‘chirma gapli konstruksiyalarni qo‘shma gapning maxsus turi deb atovchi olimlar
ham oxirgi yillarda paydo bo‘la boshladi [Zinder, 1957: 300; Guliga, 1966: 165;
Zenchenko. 2007: 61].
O‘zlashtirma gapda o‘zga gap ergash gap ko‘rinishida o‘z ifodasiga ega
bo‘lib, bosh gapga grammatik nuqtai nazardan tobe bo‘lib keladi va uni mazmunan
to‘ldirish uchun xizmat qiladi. (Qiyoslang: Er sagte, dass die Sonne heute hell
scheine ). Bosh gap ham mazmunan to‘liq bo‘lmasdan, u sinsemantik xarakterga ega.
Uning tarkibida sagen fe’li ishtirok etgan bo‘lib, uning grammatik va mazmunan
to‘ldirilishi talab qilinadi. Demak, bu erda bosh gap ham, ergash gap ham bir-biriga
muhtoj bo‘lib, ular biri ikkinchisiz to‘liq emas. Ushbu komponentlar bir-biriga
nisbatan sinsemantik xarakterga ega.
3. O‘zga gap va muallif gapi o‘rtasidagi sintaktik chegara va bog‘lanish.
Ko‘chirma gap bu erda mustaqil gap tarzida namoyon bo‘lishi sababli u va
muallif gapi o‘rtasidagi sintaktik chegara yaqqol saqlangan bo‘ladi. Ko‘chirma gap
bu tilda muallif gapi bilan har doim bog‘lovchisiz bog‘langan bo‘ladi.
39Dastlabki fikr :
:
Akmal schreibt einen Brief
Ko’chirma gap :
Er sagte : „Akmal schreibt einen Brief“ O’zlashtirma gap :
Er sagte, dass Akmal einen Brief schreibe
ёки Er sagte, Akmal schreibe einen Brief](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_37.png)

![holatlarda indikativ o‘rnini kon’yunktiv egallaydi. «V pridatochnix predlojeniyax
(dopolnitelnix, opredelitelnix, pridatochnix podlejaщego i dr.), soderjaщix
kosvennuyu rech, a takje misli, chuvstva, perejivaniya personajey, peredannie v
kosvennoy forme, obichno upotreblyaetsya kon’yunktiv» [Guliga, Natanzon, 1958:
147].
Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapda kon’yunktivning qo‘llanishi borasida
tilshunoslar o‘rtasida turli fikrlar mavjud. XIX – asrning boshlaridagi ba’zi chet
ellik tilshunoslar kon’yunktivning o‘zlashtirma gapdagi ma’nosini mustaqil
gaplardagi ma’no bilan bir xil qilib qo‘yadi, ya’ni ularning fikricha, kon’yunktiv har
doim noaniqlik, ikkilanish kabi ma’nolarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Masalan, X.A.Shyotenzak indikativ va kon’yunktivni bir-biriga qarama-qarshi
qo‘yadi va u agarda so‘zlovchi bayon qilinayotgan fikr mazmuni bilan ham fikr
bo‘lsa indikativ, rozi bo‘lmaganda esa kon’yunktiv qo‘llanadi degan fikrni olg‘a
suradi [Schötensack, 1956: 150].
X.A.Shyotenzakning ushbu fikri keyingi tadqiqotchilarning ishlarida ham
kuzatiladi. Bu narsani biz to XX –asrgacha paydo bo‘lgan ilmiy ishlarda ham
kuzatamiz.
Biz olimlarning bu kabi fikrlarini to‘lig‘icha inkor qilolmaymiz. CHunki bu
xildagi holatlar haqiqatdan ham qadimgi nemis tili davrida kuzatiladi.
Boshqa bir nemis olimi O.Bexagel ko‘p yillik izlanishlari natijasida
kon’yunktivga boshqacha ko‘z bilan qaraydigan bo‘ldi. Uning fikricha, kon’yunktiv
o‘zlashtirma gapda sof formal xarakterga ega, ya’ni kon’yunktiv gapning tobeligini
ko‘rsatuvchi yagona grammatik vositadir [O.Bexagel, 1911: 314]. Bu fikrga
qo‘shilgan G.Paul shunday yozadi: “Kosvennaya rech v sovremennom nemetskom
yazike sleduet rassmatrivat kak nechto grammaticheski zavisimoe prichem
priznakom zavisimosti yavlyaetsya kon’yunktiv” [Paul, 1960: 159].
Tilshunoslikda shunday olimlar ham borki, qaysikim ular kon’yunktiv
haqidagi bu ikki xil fikrni birlashtirib, ularning har ikkalasini ham ma’qullaydi. Ular
jumlasiga V.Flemig va Dudenlarni kiritish mumkin.
41](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_39.png)
![Yana bir nemis olimi Z.Eger o‘zlashtirma gapni tor ma’noda tushinib, unda
Konjunktiv I ning ishlatilishini tan oladi [Jäger, 1971: 54].
Nemis tilidagi Konjunktiv T.V.Stroeva va E.V.Guligalar tomonidan keng
ko‘lamda tahlil qilingan. Ular kon’yunktiv o‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi
grammatik vosita bo‘lib hisoblanadi degan g‘oyani olg‘a suradi. Bu yo‘l bilan
ergash gap bosh gapdan ajratiladi. Bu fikr boshqa tilshunoslar tomonidan ham qabul
qilingan bo‘lib, ular kon’yunktivni o‘zlashtirma gapni kontekstdan ajratib oluvchi
“shablon” sifatida qaraydilar [Stroeva, 1957: 352; Guliga, 1977: 261].
O‘zga gapning ifoda usullarini qiyosiy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
ko‘chirma, o‘zlashtirma va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar bir maqsad yo‘lida,
ya’ni o‘zga shaxslar fikrini bayon qilish yo‘lida xizmat qiladi va ularning har biri
o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
IKK INCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR
O‘zga gapning mustaqil gap doirasida qo‘llanishi borasida turli xil fikrlar
mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar barcha tilshunoslar tomonidan tan olingani uchtadir.
Ular ko‘chirma, o‘zlashtirma va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplardir.
O‘zga gapning barcha turlari uchun umumiy va farq qiluvchi tomonlar ham
mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos sintaktik kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘chirma gapda o‘zga shaxs fikri so‘zma-so‘z bayon qilinsa, o‘zlashtirma
gapda uning asosiy mazmuni izhor qilingan bo‘ladi. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma
gap ayrim tomonlari bilan ko‘chirma gapga, ba’zi jihatlari bilan esa o‘zlashtirma
gapga o‘xshab ketadi. O‘zlashtirma gap ayrim tomonlari bilan ko‘chirma gapga
yaqin turadi.
O‘zlashtirma gapni tilshunoslar tor yoki keng ma’noda tushunishadi. Uning
xarakterini belgilashda asosiy rolni muallif gapi o‘ynaydi. Aynan u orqali
o‘zlashtirma gapning kimga tegishliligini va qachon, qaerda bayon qilinganligini
bilib olish mumkin. Muallif gapidagi bir so‘z o‘zlashtirma gapni boshqarish uchun
xizmat qiladi. Aynan mana shu so‘z orqali o‘zlashtirma gapning bayon
42](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_40.png)


![Muallif gapi ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gaplarda fikr tugallangan bo‘ladi.
Ularda modallik ham mustaqil xarakterga ega bo‘lib, zamon formalarining
qo‘llanishi kontekstga nisbatan nisbiy qo‘llanishga ega. Ifoda maqsadiga ko‘ra bu
xildagi o‘zlashtirma gap o‘z mustaqilligiga ega. So‘z tartibi xuddi oddiy mustaqil
gaplardagi singari bo‘ladi. Xuddi shu narsani ularning intonatsiyasiga nisbatan ham
aytish mumkin.
Darak gaplarga nisbatan mustaqil so‘roq gaplar bir qator farqlanuvchi
tomonlarga ega. Bu erda quyidagi ko‘rinishdagi so‘roq gaplar nazarda tutilmoqda.
Moskau. Ob er wirklich nach Moskau kommen würde? Er wagte es nicht zu
glauben und war doch voller Ungeduld.
Ko‘rinib turibdiki, so‘roq gaplar ham mustaqil gap ko‘rinishidagi
o‘zlashtirma gaplarni hosil qilishi mumkin. O‘zlashtirilgan darak gaplar ham, so‘roq
gaplar ham tugal ma’noga ega. Darak gaplarda odatda bog‘lovchi ishlatilmaydi,
so‘roq gaplarda “ob” bog‘lovchisi yoki so‘roq so‘zlar o‘z ifodasiga ega va natijada
ular so‘z tartibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
O‘zlashtirma gapning mustaqil gap ko‘rinishida o‘z ifodasini topishida nemis
tilidagi kon’yunktiv juda muhim rol o‘ynaydi. Chunki u juda ko‘p holatlarda
o‘zlashtirma gapning zaruriy elementi bo‘lib keladi. Shu boisdan bo‘lsa kerak,
ayrim tilshunoslar uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirma gapni ko‘rsatuvchi yagona
formal element deb yozishadi. Bu haqda Gerhard Helbig shunday yozadi: “V tak
nazivaemoy soobshaemoy rechi” (v kotoroy sleduyut drug za drugom neskolko
bessoyuznix pridatochnix predlojeniy bez povtorno vvodimogo glagola)
kon’yunktiv vistupaet kak edinstvennoe sredstvo ... dlya oboznacheniya kosvennoy
rechi i poetomu on yavlyaetsya i obyazatelnim [Helbig, 1974: 32].
Bu fikrga asosan qo‘shilish mumkin. Biroq ba’zi holatlarda mustaqil gap
ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gaplarda kon’yunktiv o‘rnini indikativ egallaydi.
Bunday paytda situatsiya, umumiy kontekst mustaqil gap ko‘rinishidagi
o‘zlashtirma gapni payqash uchun xizmat qiladi, deb hisoblaydi E.V.Rozen [Rozen,
1974: 22]. U quyidagi ko‘rinishdagi misolni o‘z fikrini tasdiqlash uchun keltiradi:
45](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_43.png)

![pryamoy (spetsionalnoe upotreblenie nakloneniy, soyuzov, lichnix slov), tak chto v
ney suщestvuet spetsialniy i ochen slojniy shablon kosvennoy peredachi rechi, i v
sintaksise takix yazikov izuchenie etogo shablona zanimaet ochen vajnoe mesto”
[Peshkovskiy, 1955: 314].
Aynan shu aytilganlar nemis tiliga ham xosdir. Chunki o‘zlashtirma gap bu
tilda ham o‘ziga xos modelga ega bo‘lib, uni o‘zga gapning boshqa turlaridan farq
qilish uchun xizmat qiladigan bir qator leksik-grammatik belgilarga ega.
O‘zlashtirma gapli konstruksiyalar boshqa unga o‘xshash gaplardan umumiy
mazmuni, ya’ni semantik jihatdan ham farq qiladi. Chunki bu qurilmalarda oldin
aytganimizdek ikki shaxs (muallif va so‘zlovchi) fikri birlashtirilgan bo‘lib, muallif
gapi bosh gapda, so‘zlovchi fikri esa ergash gapda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Agarda
biz ergash gapli qo‘shma gapning kommunikativ funksiyasini bosh gap xarakteriga
qarab belgilaydigan bo‘lsak, har bir funksional tipda uchtadan o‘zlashtirma gapli
variant mavjudligini kuzatamiz. Mana ular:
I. Darak gap.
a) o‘zlashtirilgan xabar bilan: Der Klassenleiter sagte seiner Schülerin, daß er
morgen einen Vortrag halten werde .
b) o‘zlashtirilgan so‘roq bilan: Der Klassenleiter fragte seine Schülerin, ob sie
morgen einen Vortrag halten werde.
v) o‘zlashtirilgan buyruq bilan: Der Klassenleiter sagte seiner Schülerin, sie
solle morgen einen Vortrag halten.
II. So‘roq gap
a) o‘zlashtirilgan xabar bilan : Wer hat gesagt daß sie morgen einen Vortrag
halten werde?
b) o‘zlashtirilgan so‘roq bilan: Wer hat gefragt, ob sie morgen einen Vortrag
halten werde?
v) o‘zlashtirilgan buyruq bilan: Wer gat gesagt, daß sie morgen einen Vortrag
halten solle?
III. Buyruq gap
47](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_45.png)


![antwortete Bummel. daß er zwei Tage zu spät komme.
(E. Strittmatter. Die (W. Hauff. Märchen. S. 94).
Bienkopp. S. 147).
Biz yuqorida aytgan gaplar faqat o‘zlashtirma gapni ergash gap ko‘rinishida
ifoda etuvchi konstruksiyalarga tegishli. O‘zlashtirma gapning bu ko‘rinishi barcha
rus va germanist tilshunoslar tomonidan tan olingan tur bo‘lib hisoblanadi. Agarda
biz o‘zlashtirma gap uchun o‘zga shaxs fikrining asosiy mazmunini bayon qilishni
asos qilib oladigan bo‘lsak uning boshqa grammatik formalarda ham izhor
qilinishini tan olishimizga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pgina tilshunoslar o‘zga gapning ifoda formalarini aniqlashga harakat
qilib kelishgan. Ular buning uchun turli narsalarni o‘zlashtirma gapni ko‘rsatuvchi
belgi sifatida qarashadi. Masalan, E.V.Rumyanseva nemis tilidagi o‘zlashtirma
gapni ko‘rsatuvchi belgi deb gapdagi ikki planlikni tan oladi. Uning fikricha, har
qanday o‘zlashtirma gapli konstruksiyada muallif gapi va o‘zlashtirma gap
o‘rtasidan aniq bir chegara o‘tishi kerak. U shunga asoslangan holda quyidagi
konstruksiyalarni o‘zlashtirma gaplar qatoriga kiritmaydi [Rumyanseva, 1972: 54].
1) o‘zga shaxs fikrini o‘ta qisqa formada ifoda etish: Er beteuerte seine
Unschuld.
2) o‘zga gapni bayon etuvchi infinitiv konstruksiya: Sie bat ihren Bruder, i hr
dieses Buch zu kaufen.
3) Sollen // wollen + infinitiv I yoki II ;
4) o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap;
5) hikoya formasi (pereskaz)
6) nutq ma’nosiga ega bo‘lmagan fe’l yoki otlar orqali boshqariladigan o‘zga
gap. Masalan:
Das Gericht verschob Martins Ver t eidigung, da er der Militärschaft
verdächtig sei (7,253).
E.V.Rumyanseva o‘zga gapning ushbu olti ko‘rinishini o‘zlashtirma
gapning ifoda formalari turkumiga kiritmaydi. Uning fikricha, mavjud
grammatikalardagi o‘zlashtirma gapni ko‘rsatuvchi belgilar etarli emas. Bu erda
50](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_48.png)

![2) Germanistikada Sie bat ihren Brüder, ihr dieses Buch zu kaufen tipidagi
misollarga boshqacha qarashlar mavjud. Masalan, E.A.Zvereva bu haqda shunday
yozadi: “Tak kak pri etom imeetsya podchinenie dannogo infinitivnogo oborota
vvodyaщemu glagolu, otnosyaщemsya k gruppe glagolov, svyazannix s ponyatiem
rechi, kotoroe mojno nablyudat v vide sdviga litsa v mestoimenii. Pri etom
infinitivniy oborot so znacheniem rechi peredaet neposredstvennoe soderjanie
viskazivaniya” [Zvereva, 1964: 40].
E.V.Rumyansevaning fikricha, infinitiv konstruksiyalarni o‘zlashtirma
gapning ifoda formalari qatoriga kiritishda ularning strukturasi to‘sqinlik qiladi.
Chunki bu erda nutqning ikki qatlamligi yo‘q. Fikrning tasdig‘i uchun quyidagi
misollar keltiriladi:
1. Sie bereut, oft über seine Klagebriefe gelacht und sein Gejammer für
übertrieben gehalten zu haben (W.Bredel. Die Söhne. S. 206).
2. Er schämte sich, Peters Manuskript nicht besser versteckt zu haben (7,189).
3. Klage sah ihn nur einem schwachen Lächeln an, froh bei diesem Mann
Verständnis gefunden zu haben (8,117).
4. Raul machte sich Vorwürfe, Jacques seinerzeit schroff abgewiesen zu
haben (8,117).
5. Er gab offen zu, in London weit über seine Verhältnisse gelebt zu haben
(9,36).
6. Er fürchtete belästigt zu werden, fürchtete, für seine Mutter und Schwester
Feuerung besorgen zu müssen (3,199).
E.V.Zvereva infinitiv konstruksiyalarni o‘zlashtirma gapning ifoda formalari
qatoriga qo‘shishiga ularning osonlik bilan „daß“ bog‘lovchili ergashgan qo‘shma
gaplarga aylanishini asos qilib oladi. Mana ikki shaxs fikrining „daß“ bog‘lovchisi
orqali bog‘lanishiga misollar.
1. Sie heu l te tief, daß sie ihren Vater ins Unglück gebracht hat (4,78).
2. Sie schämten sich plötzlich, daß sie sich in dieses grausige Werk,
eingemengt hatten (5,388).
52](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_50.png)


![2. Das Gericht verschob Martins Vereidigung, da er der Mittäterschaft
verdächtig sei (4,253).
Oldin birinchi misolni tahlili qilamiz.Bu erda xizmatkorning mehmon
kelganligi to‘g‘risidagi xabari bayon qilingan. U kon’yunktivga ega bo‘lgan
aniqlovchi ergash gap ko‘rinishiga ega. Endi ushbu gapni o‘zlashtirma gapning
ifoda formasi qatoriga qo‘shish-qo‘shmaslik masalasi turadi. Bu savolga javob
topish uchun biz taxmin qilishimiz mumkinki, o‘zga gap taxminan quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
„Ein junges Mädchen wartet mit dem Brief ihres Vaters auf Ihre Antwort“.
Ko‘rinib turibdiki,aniqlovchi ergash gap o‘zga gapning bir qismini ifoda
etmoqda. Uning qolgan qismi esa bosh gap orqali o‘z ifodasini topgan. ( Ein junges
Mädchen ). Ergash gap doirasidagi „in einem der zahlreichen Zimmer“ iborasi
xizmatkor qizga emas, balki muallifga tegishlidir. Natijada bu erda ikki shaxs fikrini
tuzilish jihatdan ikki qismga ajratishning iloji yo‘q. Shu sababli bunday
konstruksiyalarda o‘zga gapning mavjudligini tan olish qiyin.
Bir qaraganda ikkinchi misolimiz o‘zlashtirma gaplarga ancha yaqin. Bunga
sabab ergash gap kesimning kon’yunktivda turganligi bo‘lib hisoblanadi. Biroq bu
erda ham yanada diqqat bilan tahlil qilinsa struktural ikki planlik, ya’ni muallif gapi
bilan so‘zlovchi nutqining orasidan aniq bir chegarani o‘tkazish qiyin. Aynan mana
shunga ko‘ra bu erda ham o‘zlashtirma gapning bor yoki yo‘qligi ancha bahs
talabdir.
Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga harakat
qilgan yana bir tilshunos E.V.Rozen bo‘lib hisoblanadi. U o‘z maqolasida
o‘zlashtirma gapning quyidagi turlari mavjudligini ko‘rsatadi: [Rozen, 1974: 56].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi sof o‘zlashtirma gap.
2. Kesimi kon’yunktivda bo‘lgan mustaqil gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma
gap.
3. Kesimi indikativda bo‘lgan mustaqil gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. “Y a shirin” yoki “implitsit” o‘zlashtirma gap.
5. “To‘liqsiz” o‘zlashtirma gap.
55](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_53.png)
![Ushbu klassifikatsiya haqida shuni aytish lozimki, bu erda masalaga bir xil
yondashish yo‘q. Chunki 1, 2, 3 va 5-chi tur o‘zlashtirma gaplarda
konstruksiyalarning grammatik tuzilishi asos qilib olingan bo‘lsa, to‘rtinchi tur
o‘zlashtirma gap zaminida konstruksiyaning mazmuni yotadi. Bundan tashqari
mustaqil o‘zlashtirma gaplarni kon’yunktiv va indikativga tayanib ikki turga
ajratadi. Axir mayl formalari gapning turini belgilamaydi-ku!
Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga intilgan,
yana bir tilshunos K.N.Namozov bo‘lib hisoblanadi. U ham bu erda, birinchidan,
o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi
gapining birlashishini asos qilib olib, ikkinchidan, bu erda asosiy maqsad o‘zga
shaxs gapning mazmunini berish deb hisoblaydi. Bu jihatdan, uning fikricha,
o‘zlashtirma gap turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. K.N.Namozov o‘z
ishida nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning quyidagi grammatik ko‘rinishlarini
ko‘rsatib o‘tadi: [Namozov, 1978: 88].
1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap.
3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap.
4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap.
3.3.O‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi qurilmalar
3 . 3 .1. O‘zlashtirma gap ergash gap ko‘rinishida
Barcha tilshunoslar nemis tilida o‘zlashtirma gapning asosiy va eng keng
tarqalgan turi – bu ergash gap deb hisoblashadi.
Ergash gapni o‘zlashtirma gapning ifoda formasi deb hisoblash uchun
quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) ergash gap o‘zga shaxs fikri asosida yuzaga keladi;
b) u muallif nuqtai nazaridan qurilgan bo‘ladi;
v) nutq fe’llari yoki maxsus kontekstga bog‘liq bo‘ladi. Qiyoslang:
Er hat verstanden, dass Omu ihm seine Frage nicht beantworten will. (8,29).
56](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_54.png)


![3. Ega - Es wurde in seinem Brief erklärt, daß Genosse N. angekommen
sei.
4. Kesim - Seine erste Nachricht im Brief war, daß Genosse N. angekommen
sei.
O‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gap boshqa gaplardan ko‘p jihatlari
bilan farq qiluvchi konstruksiya bo‘lib hisoblanadi. Bu kabi qurilmalarning
komponentlari ma’no jihatdan bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi. Butun
gapning “semantik yadrosi” aynan ergash gapda o‘z ifodasini topadi va tugal
predikativlikka ega. Har ikkala komponent birgalikda yagona modallikni tashkil
etadi. Bu erda nafaqat modallik, balki bosh va ergash gapdagi zamon formalari ham
o‘zaro bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Tilshunoslar bosh gap tarkibidagi o‘zlashtirma gapni boshqaruvchi so‘zning
leksik ma’nosiga katta e’tibor qaratishadi. Masalan, Otto Bexagel o‘zlashtirma
gapni boshqaruvchi so‘zlarni quyidagi guruhlarga ajratadi: [Behaghel, 1911: 70].
1. Ob’ektiv fe’llar: anerkennen, erfahren, sehen, verstehen, lesen, wissen usw.
Ushbu guruhga u yana ot kesimlarini ham kiritadi: sicher sein, gewiß sein usw.
2. Sub’ektiv fe’llar: dünken, sich einbilden, fürchten, zweifeln usw.
3. sagen fe’li tipidagi neyotral fe’llar. Bu fe’llar ver va dicendi yoki
declarandi deb yuritiladi.
O.Bexagel o‘zlashtirilgan so‘roq gaplarni boshqaruvchi so‘zlarni alohida
guruhga ajratadi. Fe’llarning ushbu guruhlarini ulardan yasalgan otlarni alohida
ajratish orqali ularni yanada kengaytirish mumkin. Bunday otlar jumlasiga die
Mitteilung, die Versicherung, die Hoffnung, die Überzeugung, der Gedanke kabi
otlarni kiritish mumkin.
Boshqaruvchi so‘zlarning xarakterini har tomonlama o‘rganish o‘zlashtirma
gapni ham va shuningdek ergashgan qo‘shma gapni o‘rganishda ham muhim o‘rin
tutadi. O‘zlashtirma gapni boshqaruvchi so‘zlar ichida eng keng tarqalgani sagen,
sprechen va fragen fe’llari bo‘lib hisoblanadi. Ularga bog‘lanib kelgan ergash
gaplar ko‘pincha to‘ldiruvchi funksiyasini bajarib keladi. Masalan:
59](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_57.png)
![Stefan sagte von ihr, sie sei eine beispiellos mutige Frau, Tochter eines
Arztes, seit 1929 bei uns (N.Ginzburg. Die Stadt und das Haus. S. 128).
Kuzatishlar asosida shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon nemis tilida
o‘zlashtirma gapli ergash gaplarning eng keng tarqalgan turi – bu to‘ldiruvchi
ergash gaplar bo‘lib hisoblanadi. Biroq ergash gaplar to‘ldiruvchi funksiyasidan
tashqari yana bir qator sintaktik funksiyalarni ham bajarib kelish imkoniyatiga ega.
Qiyoslang:
1. Zum erstenmal hätte er die Überzeugung, daß sich Franz nicht auf dem
rechten Weg befinde – aniqlovchi ergash gap.
2. Etwas wie dunkel Ahnung stieg in ihm auf, daß sein Stammhalter ihm noch
großen Kummer bereiten Norde – aniflovchi ergash gap.
3. Es war wirklich sein erster Gedanke gewesen, daß nun bald Friede sein und
daß sein Gänner Don Manuel die Regierung übernehmen worde – ega ergash gap.
4. Die Ansicht, der er vollem Ausdruck gab, war die, daß die Trennung
zwischen Klöterjahnschen Ehepaare nun schon steht lange wäre – kesim ergash
gap.
5. Es sei dringend Wünschenswert, daß Herr Uläterjahnen, wenn anders sein
blühendes Geschäft es irgend gestatte, (), - wieder einmal zu Besuch nach
„Einfried“ käme – ega ergash gap.
Bu misollar o‘zlashtirma gapni faqat to‘ldiruvchi ergash gaplarga bog‘lab
o‘rganishni noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Masalan, M.V.Andrievskaya “Sintaksis
nemetskogo yazika” nomli grammatikasida o‘zlashtirma gapni “To‘ldiruvchi ergash
gaplar” mavzusidagi qismda tahlil qiladi.
Xuddi shuningdek o‘zlashtirma gapni to‘ldiruvchi ergash gap bilan bog‘lab
o‘rganishni T.V.Stroeva doktorlik dissertatsiyasida tanqid ostiga oladi. U bu haqda
shunday yozadi: “V sisteme sovremennogo yazika predlojeniya kosvennoy rechi i
dopolnitelnie predlojeniya imeyut nastolko raznuyu smislovuyu spetsifiku, chto
ob’edinyat ix “metodologicheski porochno” i metodicheski neudobno” [Stroeva,
1955: 242].
60](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_58.png)
![Bulardan shu narsa ayonki, nemis tilidagi o‘zlashtirma gap faqat to‘ldiruvchi
ergash gaplar doirasida o‘ralib qolmasdan, u boshqa ergash gaplar tizimida ham
bemalol namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida to‘ldiruvchi ergash gap ham serqirra, u
o‘zlashtirma gapdan tashqarida ham bemalol namoyon bo‘ladi.
3 .2. 2 . Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap .
O‘zlashtirma gapning bu turi nemis tilida unchalik keng tarqalmagan bo‘lib,
unga ancha ehtiyotlik bilan yondashish talab qilinadi. Bundan oldin biz tahlil qilgan
ergash gap va mustaqil gaplar barcha tilshunoslar tomonidan o‘zlashtirma gapning
ifoda formasi sifatida tan olingan bo‘lsa, infinitiv guruh juda ko‘plab olimlar
tomonidan o‘zlashtirma gapning ifoda formasi turkumiga kiritilmaydi.
Ayrim tilshunoslarning fikricha, infinitiv gruppali konstruksiyalarda muallif
gapi va o‘zlashtirma gap o‘rtasida aniq bir chegara saqlanmagan. Unga ko‘ra
infinitiv gruppalarni o‘zlashtirma gapning ifoda formalari qatoriga kiritmaydi
[Rumyanseva, 1972: 116]. Bu narsani tasdiqlash uchun ular quyidagi ko‘rinishdagi
misollarni kiritishadi:
1. Sie bereut, oft über seine Klagebriefe gelaucht und sein Gejammer für
übertrieben gehalten zu haben (3, 63).
2. Er schämte sich, Peters Manuskript nicht besser versteckt zu haben (3,206).
3. Kluge sah ihn nur mit einem schwachen Lächeln an, froh, bei diesem Mann
Verständnis gefunden zu haben (5,189).
4. Raul machte sich Vorwürfe, Jaeques seinerzeit schroft abgewiesen zu
haben (8,117).
5. Er gab offen zu, in London weit über seine Verhältnisse gelebt zu haben
(4,136).
Biroq ushbu gaplarni biz osonlik bilan o‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi
ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirishimiz mumkin. Qiyoslang:
1. Sie bereute tief, daß sie ihren Vater ins Unglück gebracht hat (8,78).
2. Sie schämten sich plötzlich, daß sie sich in dieses prausige Werk
eingemengt hatten (9,388).
61](/data/documents/2683061f-c9bd-4004-9183-fc3a056fdd39/page_59.png)














NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI MUNDARIJA: I. KIRISH …………………………………………………………. .................................................. 3 I. BOB. NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA O‘ZGA GAP ……………... ................ ...8 1.1 . O‘zga gap turlari haqida........................................................ .....................................8 1.2. Ko‘chirma gap.............................................................................................. ............14 1.3. O‘zlashtirma gap.......................................................................................... ......... ....1 5 1.4. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap................................................................ ........ ... 19 Birinchi bobga oid xulosalar ……………………………………………….……23 II.BOB. O‘ZLASHTIRMA GAP VA UNING O‘ZGA GAP DOIRASIDA TUTGAN O‘RNI …………………………………………………………….24 2 .1. O‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha ……………………………… ….. ….2 4 2.2. O‘zlashtirma gapni o‘zga gapning boshqa turlari bilan qiyoslab o‘rgansh................................................. ...... ...................................... ....33 Ikk inchi bobga oid xulosalar...................................... ...... ......................... ............41 I II . BOB. NEMIS TILIDA O‘ZLASHTIRMA GAPNING MUSTAQIL GAP DOIRASIDA QO‘LLANISHI ……………………..……………………..43 3.1.O‘zga gapni boshqaruvchi muallif gapi va uning tarkibidagi so‘zlarning tahlili …………………………………………………..…………………………………45 3 . 2 . O‘zlashtirma gapning semantik, leksik-grammatik belgilari… ... ........ .....................55 3.3. O‘zlashtirma gapni ifoda etuvchi qurilmalar ...........................................................60 Uch inchi bobga oid xulosalar............................................................ ....... ..... ...........64 XULOSA………………………………......................................................... ..... .... ....... 66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................... ………………….................... ... ... .......69 3
K I R I SH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi kun yoshlarini har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masaladir. Shu sababli, yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan bilimlaridan kelib chiqib tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim”[1.56;]. Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda. Bu soxada zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash aloxida axamiyat kasb etadi[2.2011;]. Chet tillarni o‘qitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, ilmiy saloxiyatli mutaxassislarni tayyorlash hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biridir . Mamlakatimiz ta’lim tizimida ilmiy-nazariy jixatdan asoslangan, chet tillarni o‘qitishda darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etib, xorijiy til ta’limini yanada takomillashtirish milliy ta’lim dasturining asosiy maqsadidir. Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, sintaksis gaplarning va gap sostavidagi so‘z birikmalarining grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. Gap deb so‘zlar birikmasidan yoki ayrim bir so‘zdan tuzilgan nisbiy tugal bir fikr ifodalagan formal va intonatsion hamda grammatik jihatdan shakllangan elementlar nutq bo‘lagiga aytiladi . Gap ma’lum fikrni ifodalovchi sintaktik qurilmadir. U orqali kishilar o‘z fikrlari, maqsadlari his-hayajonlarini ifodalaydilar. Inson o‘z fikrini turli gap tillari orqali ifodalaydi, sodda yoki qo‘shma gaplar orqali darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoxud bir sostavli 4
gaplar orqali, to‘liq yoki to‘siqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga ma’lum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo‘lmasin, unda kishining ma’lum bir fikri reallashadi (his-hayajon yoki so‘roq ifodalovchi gaplar ham bundan mustasno emas). Tilshunoslikda o‘zga gapning ifoda formalari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ular bu masalaga turli tomondan yondashib, o‘zga gapning turli tuman ko‘rinishlarini ko‘rsatadilar. Masalan, N.P.Dronova nemis tilida o‘zga gapning besh xildagi ifoda formalari mavjudligini qayd etadi [18, 29;]: 1. ko‘chirma gap; 2. o‘zlashtirma gap; 3. o‘rama (svernutaya) nutq (geraffte Rede); 4. o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap; 5. ichki monolog (gedachte Rede). O‘zgalar fikrini (ba’zan o‘zinikini ham) bayon qilish ehtiyoji tug‘ilishi asosida har bir tilda o‘zga gapli konstruksiyalar yuzaga keladi. O‘zga gap asosan uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ular ko‘chirma gap, o‘zlashtirma gap va o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap deb nomlanadi. O‘zga gapning bu turlariga tilshunoslikda ko‘plab ilmiy ishlar bag‘ishlangan bo‘lsada, ularning ayrim tomonlari munozarali bo‘lib, ular hozirgacha o‘z echimini kutmoqda. Aynan mana shu tufayli ham tanlangan mavzu o‘ziga xos dolzarblikni kashf etadi. Mavzuning maqsad i. Mazkur magistrlik ishda ko‘zda tutilgan maqsad asosan hozirgi zamon nemis tilidagi o‘zlashtirma gapga xos bo‘lgan semantik va leksik-grammatik belgilarni ko‘rsatib berish orqali uning ifoda formalarini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Mavzuning vazifas i. O‘zlashtirma gap o‘zga gapning ifoda uslublari ichida ko‘chirma gap bilan yaqindan aloqada turadi. Shuning uchun ham bu erda o‘zlashtirma gapning ayrim tomonlari ko‘chirma gapniki bilan parallel tarzda tahlil qilinadi. Bu narsalardan kelib chiqqan holda ishning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 5
1) o‘zlashtirma gap haqida umumiy tushuncha berish; 2) o‘zlashtirma gapning leksik-grammatik belgilarini ko‘rsatish; 3) o‘zlashtirma va ko‘chirma gapni qiyoslab o‘rganish asosida ularga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash; 4) o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini aniqlash va ularga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsatib berish. Mavzuning obyekti va predmeti. Ishning tadqiqot obyektini o‘zlashtirma gapning ifodalanishi, o‘zlashtirma va ko‘chirma gapni qiyoslab o‘rganish asosida ularga xos bo‘lgan belgilari va ifoda formalari ,o’zlashtirma gaplarning mustaqil gap doirasida qo’llanishi tashkil etadi.O’zlashtirma va ko’chirma gaplarning, turlari, modellari va ular negizida yuzaga kelgan mazmunni aniqlash tadqiqot predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ozga gaplar, xususan nemis tilidagi o’zlashtima gaplarning qiyoslab o’rganish qiyosiy tipologik, transformatsion, usullari yordamida aniqlash hamda uni nemis tilida keng hajmda amalga oshirilayotganligi mazkur tadqiqotning ilmiy yangiligidir. Bunda o‘zlashtirma gapning muayyan bir boshqaruvchi so‘zdan yoki muayyan kontekstdan bog‘liq bo‘lishi,ergash gapdan tashqari boshqa konstruksiyalarning osonlik bilan o‘zlashtirma gapli ergashgan qo‘shma gapga transformatsiya qilinishi ishning muhim jihati hisoblanadi. Mavzuning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar til sistemasidagi leksik-semantik munosabatlar mohiyatining yanada oydinlashishiga xizmat qiladi. Ayni paytda dissertatsiya ish natijalari “Nemis tilining nazariy grammatikasi”, “Nemis tilining amaliy grammatikasi”, “Stilistika”, kabi kurslarni o’ qitishda, darsliklar, o’ quv-uslubiy q o’ llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek nemis tili amaliy grammatikasidagi matn muammolarini o’ rganishda muhim amaliy ahamiyatga ega. 6
Tadqiqot xulosalari nafaqat nemis tili nazariy grammatikasi uchun, balki o’ zbek tilshunosligida qiyoslayotgan ikkala tillardagi o‘zga gap va uning ifoda turlari o’ rganishlik alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishining o’rganganligi . Ishda O.Behagel, T.V.Stroeva, E.V.Guliga, E.V.Rozen, E.A.Rumyanseva, L.Zyutterlin, Z.Eger, G.Helbig, V.G.Admoni, E.I.Shendels kabi buyuk tilshunoslarning ishlaridan va tasviriy, komponentlar tahlili ko’rsatilgan. Tadqiqot ishida o’zlashtirma gapning boshqa grammatik qurilmalardan farq qiluvchi tomonlari tahlil qilinib, o‘zlashtirma gapning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari belgilab olinadi. Bu erda asosan tilshunoslarning (E.A.Rumyanseva, E.V.Rozen) nemis tilidagi o‘zlashtirma gap haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Ular tomonidan taklif etilgan o‘zlashtirma gapning ifoda formalari tanqidiy o‘rganiladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning ifoda formalarini belgilashga intilgan, yana bir tilshunos K.N.Namozov bo‘lib hisoblanadi. U ham bu erda, birinchidan, o‘zlashtirma gapli konstruksiyalar uchun ikki planlikni, ya’ni muallif va so‘zlovchi gapining birlashishini asos qilib olib, ikkinchidan, bu erda asosiy maqsad o‘zga shaxs gapning mazmunini berish deb hisoblaydi. Bu jihatdan, uning fikricha, o‘zlashtirma gap turli xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. K.N.Namozov o‘z ishida nemis tilidagi o‘zlashtirma gapning quyidagi grammatik ko‘rinishlarini ko‘rsatib o‘tadi: [48, 88;]. 1. Ergash gap ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap. 2. Mustaqil gap formasidagi o‘zlashtirma gap. 3. Infinitiv gruppa ko‘rinishidagi o‘zlashtirma gap. 4. Ayrim so‘z birikmalari formasidagi o‘zlashtirma gap. Tadqiqot ishining tuzilishi. Ushbu maqsad va vazifalarni bajarish maqsadida ishimizni quyidagi ko‘rinishda tuzishni lozim topdik: Kirish Asosiy q ism: I. Bob. N emis va o‘zbek tillarida o‘zga gap II. Bob . O ‘zlashtirma gap va uning o‘zga gap doirasida tutgan o‘rni 7