O’rta Osiyoda ilk va o’rta asrlarda maktablar
O’rta Osiyoda ilk va o’rta asrlarda maktablar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. O’rta Osiyoda ilk va o’rta asrlarda maktablar. 2. O’rta Osiyodagi Madrassalar va Xonaqohlar 3. O’rta Osiyodagi Madrassaiy Oliyalar va Qorixonalar III. Xulosa IV. Foydalanilgan Adabiyotlar Kirish
Eramizdan oldingi IV-II asrlardagi oromiy va mixxat yozuviari, eramiz boshlaridagi Kushon yozuviari, Turkiston hududidan topilgan VI- VII asriarga doir O'rxin-Enasoy alifbosidagi qator bitiklar ham bu erlik xalqlarning qadimdan savodxon bo'lganIigidan dalolat beradi.Tarixchi olim I.To'xliyevning yozishicha, Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo xalqlarida islom dinigacha (VII-VIII asrlarga qadar) keng tarqalgan budda ibodatxonalarida ilohiy bilimlar bilan birga matematika, tabobat, grammatika,musiqa,yer, shamollar va yulduzlar harakatiga doir bilimlar ham o'qitilgan Shunisi qiziqki, biddaviylik keng tarqalgan davrlarda Sharqiy Turkistonda katta yoshdagi erkaklarning uchdan bir qismi savodxon bo'lgan Islomga qadar Samarqandda bolalarni besh yoshligidan o'qishga berish odati bo'lgan. O'rta Osiyoda islomga o’tilgandan keyingi ta'lim muasasalarining tarkibi asosan maktablar, madrasalarvamadrasayi- oliyalardan tashkil topgan. asosan o'qish va yozishni, husnixatni o'rganganlar. O’qish va yozishni bilgan yoshlar Qur'onni,nomozni va turkiy tildagi be'riy asarlarni yod olganlar. Maktablarda ta'Iimning asosiy shakli bo'lib, bolalar odatda 5-7 yoshdan o'qiy bosh lagan. Bolalarning necha yoshgacha maktabda o'qish zarurligi ularning iqtidoriga qarab belgilangan. Aksariyat maktablar mahallalarning jamoat markazlari guruhlarda joylashib, guzar masjidlari, madrasalar va boshqa vazifadagi jamoat binolari tarkibiga kirgan. Ayrim hoillarda maktablar uchun alohida joylashgan binolar qurilgan.Islomiy an'analarga ko'ra, qiz va o'g'il bolalar ajratib o'qitilgan: qizlar odatda muallimaning uyida, o'g'il bolalar esa maktabda o'qishgan. Boy xonadoniarning farzandlari; odatda o'z uylarida o'qituvchi yollanib o'qitilgan.mahallalardan birining masjidi qoshida qurilgan maktab 2 qavatli bo’lib, uning birinchi qavatida qishda, ikkinchi qavatidagi boloxonada esa yoz faslida dars o'tilgan.Alohida binoda qurilgan maktablar odatda yog'och sinchli, ustunlito'sinli qurilmalar yordamida yoki pishiq g'ishtdan peshtoqli-gumbazli shakllarda ishlangan.
Buxorodagi Chashma-Ayub mahallasida ana shunday alohida binoga ega gumbazli katta maktab bo'lib, u tarhda 29x30 metr, o'rtada joylashgan katta gumbazli zali esa 10,5x10,5 metrga teng bo'lgan. Maktab tarkibida o'qituvchilar xonasi yoki jamoatxona vazifasini bajargan katta zaldan tashqari dahliz, bir necha darsxonalar, ayvonlar va ravoq tomli hujralar bo'lgan. Binoning rejaviy yechimi asimmetrik kompozisiyada ishlangan. Biroq, o'rta asrlarda alohida bino tarzida qurilgan maktablar soni deyarli ko'p bo'lmagan.Maktablarning asosiy qismi boshqa jamoat (guzar, mahkama, madrasa) yoki ibodat (masjid, xonaqoh) binolari bilan birgalikda qurilgan. Arxitektura doktori Osiyoning noqulay issiq va quruq iqlim sharoitini e'tiborga olib xonalarni baland qilish, deraza yuzalarini kamaytirish va bino tarkibiga yozgi ochiq ayvonlar kiritishga harakat qilganlar.XVI-XVII asrlarda Balx shahri Shayboniylarning yirik siyosiy markaziga aylanib, shaharda 200 ming aholi istiqomat qilgan va ularga 900 ta maktab to'g'ri kelgan. Tarixchi olim K.Kattayevning "Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji" kitobida ko'rsatilishicha, 1864-1868 yillarda Samarqand shahri mahallalarida madrasalar qatorida bir nechta maktablar ham qurilgan. Abulxayrboy, So'fi Roziq, Shohskashon, Toshkandiy, Qozi Abdurasul kabi mahalla maktablari shular jumlasiga kirgan.1876 yilgacha Turkistonda 300 ga yaqin madrasa, 7 mingga maktablar faoliyat ko'rsatgan, deb yozadi tarixchi olim Sh.G’afforov. Uning ta'kidlashicha bu davrlarda ayrim manbaiarnmg qayd qilganidek Turkiston aholisining 2 foizigina savodli, qolganlari savodsiz bo'lgan degan fikrlar butkul noo'rindir. Sh.G'afforov tarix fanlari doktori P.G.Kimning tadqiqotlariga asoslanib 1897 yildagi Turkiston aholisi, bu o'Ikadagi maklablar va ulardagi o'quvchilar soni, ularning aholi umumiy soniga nisbati va aholining savodxonligini o'sha davr Rossiya va Belorussiya ahjlisining ana shunday ko'rsatkichlariga asoslanib, bu mamlakatlar aholisining savodxonligi haqida aniq tasavvur beradigan quyidagi jadvalni tuzgan: Albatta, bu ma'lumotlarni ham so'nggi dalillar deb qaramaslik deb yozadi Sh.G'afforov. Sharq olimlari va mutafakkiriari nafaqat ilmu-fanni o'rganish va rivojlantirish,balki ta'lim-tarbiva tizimi va usliblarinu takomllashtirish bobida ham ish asarida ham bolalar tarbitasiga oid turli usullar to'g'risida maxstis boblar mavjud. Ibn Sinoning flkricha, bolaga o'z vaqtida xat- savod, eng kerakli hunarlarni o'rgatish va uni san'at asoslari bilan tanishtira borisli zarurdir.X asr oxiri - XX asr boshlarida ayrim ziyoli kishilar xususiy – maktablar ochib,ularda daromadli oilalarning farzandlarini
o'zlari joshlaydilar. Bunday ziyolilar"maktabdor" deb atalib, ular bolalarga o'qish va husnixatni o'rgatishdan tashqari og'zaki hisobni ham o'rgatganlar. Maktabdorning savodli xotinlari esa "otinoyi" deb atalib, ular o'z uylarida davlatmand kishilarning qizlarini o'qitgan. Bu davrga kelib qizlar ham o'g'il bolalar kabi boshlang'ich maktablarda o'qiy boshlagan. Biroq, ular uchun alohida «qizlar maktabi» - belgilangan. Bunday maktabdagi o'quvchilar soni 10-20 tagacha bo'lgan. Ularga bir muallim dars bergan, katta yoshdagi bolalardan biri guruh boshlig'i, xalfa esa o'qituvchining yordamchisi vazifasini bajargan. Maktabning dasturida Qur'oni karim oyatlari, hadislarni yodlash, shariat asoslarini o'rgatish, arab yozuvi bilan tanishish, abjad usulidagi hisobdan xabardor bo'lish (shuning uchun boshlang'ich bosqich talabalari abjadxon deb ham tilga olinadi), odob-axloq mavzusidagi pandnoma, she'riy asarlarni o'qish va yodlash nazarda tutilgan.Tarixchi A.Abdurasulovning yozishicha, XX asr boshida (1909 y .) Xiva shahrida jami 1500 ta maktab bo'lib, ularda 45 ming bola tahsil olgan. Xivada qizlar o'g'il bolalar bilan qo'shib o'qitilgan Bu davrda Farg'ona viloyatida ham anchagina o'quv maskanlari bo'lib, bularning soni 2316 ta maktabni tashkil qilgan. Ulardan 1749 tasi o'g'il bolalarga, 567 tasi esa qiz bolalarga mo'ljallangan. Ularda 24690 ta o'g'il bola va 6559 ta qiz bolalar ta'lim olgan. Bu davrdagi ta'lim tizimi O'rta Osiyoda asosan uchta yo'nalishda olib borilgan. Birinchisi, eski maktab va madrasalar, ikkinchisi, rus-tuzem maktablari, uchinchisi,yangi usul-jadid maktablari.O'zbekistonda Chor Rossiyasi hukmronligiga qadar tashkil etilgan va o'rta asrlar ta'lim an'analariga asoslangan maktablar "eski maktablar" deb atalgan bo'lsa, rus-tuzem maktabi (ruscha tuzemes-mahalliy odam degani) Turkistonda mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlang'ich ta'lim rus maktablari bo'lgan. Bu maktablarni Chor Rossiyasi hukumati mahalliy hukmdorlar bilan yaxshi aloqa bog’lash va savdo-sotiq ishlarini avj oldirish maqsadida tashkil etgan edi.Rasmiy jihatdan rus-tuzem maktablarining asosiy vazifasi mahalliy xalq bolalariga rus tilini o'rgatib, mustamlaka o'lkalar uchun tarjimon (tilmoch)lar tayyorlash bo'lgan. 1917 yilda Turkistonda 170 yilda rus-tuzem maktablari faoliyat ko'rsatib, shulardan 85 tasi hozirgi O'zbekiston hududida bo'lgan.Rus-tuzem maktablarida ta'lim muddati asosan 4 yil (1-4 sinflar) bo'lgan.1905 yildan boshlab ularning ayrimlarida ikkinchi bosqich ta'limi, ya'ni 5-6sinflar ham tashkil etilgan. Rus-tuzem maktablarida "musulmon" cha va ruscha sinflar tashkil etilgan. Ruscha
sinflarga odatda rus muallimi, musuimon sinflari o'quvchilariga esa mahalliy, ya'ni musuimon muallimi dars bergan. Ayriin rustuzem maktablarida kattalarga ham rus tilini o'rganish maqsadida kechki kurslar ochilgan. Jadid maktablari esa eski musulmon maktablaridagi ta'lim uslubining ayrim tornonlarini isloh qilishga, musulmonlarga yangicha, yevropa uslubida ta'lim berishga qaratilgan maktablardir. Bu harakat Turkistonda XX asrning boshlarida boshlangan mahalliy xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan o'zgarishlar, mahalliy ziyolilar orasida ma'rifat va yangilikka intilish hissiyotlarining kuchayayotganini o'zida aks ettirgan edi.Jadid maktablarida diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Eski maktablardagi yakka o'qitish usulidan sinfda dars berish usuliga o'tiladi, sinflarda geografik xaritafar, globuslar va boshqa ko’rgazmali qo'ilanmalar paydo bo'ladi; maktabning gigiyenik sharoitlari yaxshilanadi,sinflarda partalar, doska, darslar orasida tanaffus berish kabi yangiliklar joriy qilinadi. Ta'lim muddati 4 yil bo'lib, 1914- 1915 yillardan boshlab ayrim jaded maktablarida 2 bosqichli (boshlang'ich va yuqori sinflardan tuzilgan) ta'lim tizimi joriy etiladi. Bunday namunaviy jadid maktablarida arifmetika va geografiyadan tashqari geometriya (handasa) va fizika (hikmat) dan ham darslar berilgan. Bu ta'lim tarmoqlarining har biri o’z davrining o'ziga xos ijtimoiy, siyosiyg'oyaviy jarayonlari bilan uyg'unlashgan holda faoliyat ko'rsatgan. Shunday qilib, maktablar yoshlarga bilim berish bilan birga. ularga yozish va o'qishni o'rgangan, savodli qilgan. Imom, so'fi, muallim va xalfalar maktabda odob-axloq namunalarini, jumladan umumbashariy axloq qonun-qoidalarini yoshlarga o'rgatgan, ularning hayotiga singdirgan. Maktab yoshlarni o'qimishli,madaniyatli qilib tarbiyalagan, ularning ma'naviy qiyofasini shakllantirgan. Xulosa qilib aytganda maktablar O'rta Osiyo xalqining madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Madrasalar Madrasa so'zi arabchada "o'rganmoq" ma'nosini anglatib, u O'rta Osiyoda umumiy va oliy ta'lim muassasasi sifatida VIII asr oxiri, xususan, Somoniylar davrida shakllangan. Madrasalar bu davrning yirik shaharlari Buxoro va Samarqandda VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida qurila boshlangan. Unga qadar ta'lim ishlari, yuqorida qayd qilinganidek, maktablar va masjidlarning kutubxonalarida hamda maxsus bilim uylarida olib borilgan.Dastlabki madrasalar aksari hollarda masjidlar qoshida shakllangan: