logo

O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li,iqtisodiy isloh qilish tamoyillari.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

57.0732421875 KB
-  
         O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish 
yo’ li,iqtisodiy isloh qilish tamoyillari.
 
 
Reja: 
 
 
I. Kirish. 
II. Asosiyqism. 
1. O’tish     davrining   mazmuni.   Bozor     iqtisodiyotiga   o’tish
yo’llari. 
2. O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  tamoyillari va
xususiyatlari. 
3. Respublikada   bozor   islohotlarini    amalga   oshirish  va uning
asosiy  yo’nalishlari.  III.   Xulosa.  
III. Foydalanilganadabiyotlarro’yxati. 
   
Kirish. 
 
O’tish  davrining mazmuni. Bozor  iqtisodiyotiga o’tish  yo’llari. 
Bozor     iqtisodiyotiga     o’tish     uchun     islohotlar     o’tkazilib,   butun     iqtisodiy
munosabatlar tizimi qayta  quriladi va  o’zgartiriladi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish
davri   - ma‘muriy   buyruqbozlik   tizimini   bartaraf   etish yoki tubdan o’zgartirish -  
hamda     bozor     tizimining     asoslarini     shakillantirish     jarayonlari   amalaga
oshiruvchi     tarixiy     davrdir.   Jahondagi     ko’pgina     rivojlangan     mamlakatlarning
tajribalari  umumlashtirilib, iqtisodiyotning  yangi  taraqqiyot yo’li - ilmiy  asosda
(ravishda)   boshqariladigan     va     tartibga     solinadigan   bozor   iqtisodiyoti   deb     tan
olindi.  Bir qator  davlatlar shu  yo’lni  tanladilar. Ya‘ni:  
1. Rivojlangan  mamlakatlar yo’li; 
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 
3. Sobiq  sotsiolistik mamlakatlar yo’li; 
4. Sotsializm    g’oyalarini    samarali  bozor    iqtisodiyotini    vujudga   keltirish
mexanizmi bilan  qo’shib  olib  borish  yo’li (Xitoy, V‘etnam) 
  Bozor  iqtisodiyotiga     o’tish   har  bir  mamlakat uchun   xos   bo’lgan   model
(nusxa   yoki     andozaga)   ga     asoslanadi.   Bozor     iqtisodiyotiga     o’tishning
umumiyligi   va     farqi   bo’ladi.   Umumiyligi   –   ularning     hammasi     bozor
iqtisodiyotiga     o’tishning     qonun-qoidalariga     amal     qiladi.   Shuning   bilan     birga
ko’rsatib   o’tilgan har bir   yo’lning   o’ziga   xos   xususiyatlari  ham bor. Masalan,
bozor munosabatlariga   o’tishning   rivojlangan mamlakatlar  yo’lida   oddiy   tovar
xo’jaligidan erkin  raqobatga asoslangan  klassik  yoki  erkin  bozor iqtisodiyotiga
va undan hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotiga  o’tiladi. 
  Mustaqil   rivojlanayotgan   mamlakatlarni     bozor     iqtisodiyotiga     o’tish
yo’lining     xususiyati   -     bu     qoloq,     ananaviy     iqtisodiyotga     erkin   bozor
iqtisodiyotiga  o’tishdir. 
  Sobiq     sotsialistik   mamlakatlar     yo’lining     muhim     belgisi
markazlashtirilgan,     ma‘muriy-buyruqbozlikka     asoslangan   iqtisodiyotdan   hozirgi
zamon  rivojlangan bozor  tizimiga  o’tishdan iboratdir. 
Asosiy qism. 
   -  
Bozor     iqtisodiyotiga     inqilobiy   yo’li   bilan   ya‘ni     jadal   usulda   yoki
evolyutsion yo’li  (tadrijiy) bilan, ya‘ni  bosqichma-bosqich o’tish mumkin. 
  Revolyutsion yo’li    qo’llanganda  tub islohotlarni  o’tkazish, avvalgi tizimni
va tarkib topgan iqtisodiy  munosabatlarni   birdaniga va   batamom  sindirish talab
etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb  ataladi. 
 Eski  iqtisodiy  munosabatlarni  bosqichma-bosqich yangi bozor  
munosabatlariga   aylantira borib, samarali bozor   iqtisodiyotini   shikatsiz vujudga
keltirish mumkin. Bu  o’tish davrining  ma‘qul yo’li ekanligini  islohotlar  tajribasi
ko’rsatadi, ya‘ni  kamroq  ijtimoiy  larzalarga  olib keladi.  
Ma‘muriy – buyruqbozlik  tizimi  ikkita  ahamiyati   kamchilik ka ega: 
1. Ro’y     berayotgan   o’zgarishlarga   tezda     moslashuvchan   emasligi,
asta-sekinlik bilan  moslashib borishi; 
2. Samaradorlikning o’ta  darajada pasayib ketganligi . 
  Ma‘muriy-bo’yruqbozlik   iqtisodiyotini     bozor   iqtisodiyotiga     aylantirish
uchun   tizim   islohotlari   utkazish   amal   qiladi.   O’tish   davrda     bozor     iqtisodiyotini
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1. Iqtisodiyotni     erkinlashtirish.   Bu   xo’jalik     hayotining     barcha
sohalaridagi   to’liq   hamda     cheklovlarni,   shuningdek,   davlat   nazoratini   keskin
ravishda     qisqartirish   yoki   bekor   qilishga     yo’naltirilgan   chora-tadbirlar
tizimidan  iborat: 
1. xo’jalik   faoliyatini   amalga   oshirishda   davlat manopoliyasini
bekor  qilish; 
2. resurslarning    markazlashgan  ko’rinishidagi  
taqsimotini  to’gatish; 
3. narxlarning    asosan  talab  va    taklif  nisbati  
asosia  
shakillantirishga o’tish; 
4. ichki     va   tashqi     bozorlarda     transaktsion   bitimlar     ustidan
davlat  nazoratini pasaytirish .   -  
2. Iqtisodiyotni     monopoliyadan   chiqarish   va     raqobat     muhitini
yaratish . 
- barcha     iqtisoiy     agentlarning     ish     faoliyati   uchun   teng     imkoniyat   va
sharoitlar  yaratilishi; 
- bozorga  xorijiy raqobatchilar ham  kirishi uchun  imkon  berilishi; 
- kichik     biznesning     rivojlanishiga     halaqit   beruvchi   ma‘muriy   to’siqlarni
olib  tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash ; 
  3.   Instuttsional     o’zgarishlar.     Mazkur   o’zgarishlar   quyidagi   sohalarni
qamrab oladi; 
- mulkchilik   munosabatlarini   o’zgartirish,   jumladan,   xususiy     sektorni
yaratish; 
- bozor  infratuzilmasini (tijorat banklar,  tovar va fond birjalari, 
invesyotitsiya  fondlari va h.k) shakillantirish; 
- iqtisodiyotni   davlat   tomonian     tartibga     solishning     yangi     tizimini
yaratish; 
- bozor     sharoitlariga     mos     tushuvchi     xo’jalik   qonunchiligini   qabul
qilish .  
4. Tarkibiy     o’zgarishlar .   Tarkibiy     o’zgarishlar     birinchi   navbatda
iqtisodiyot   va   uning     alohida     tarmoqlari     tarkibida   oldingi     tizimdan   qolgan
nomutanosibliklarni   yumshatish   yoki     bartaraf   etishga     yo’naltirilgan.   Iqtisodiyot
tarkibiy     tuzilishini     qayta     kurishdan   asosiy     maqsad-ichki   va   tashqi     bozorlarda
to’lovga   qadar   talabga   ega     bo’lgan     mahsulotlarni     ishlab     chiqarilishini
rivojlantrishdan iborat. 
5. Makroiqtisodiy,   асосан ,   moliyaviy   barqarorlashtirish .   Bu
yo’nalishi   muhim   ahamiyati   shundan     kelib     chiqadiki,   ma‘muriy-buyruqbozlik
tizimining     inqirozi   eng   avvalo   va     kuchli     ravishda     moliyaviy   sohada,   ayniqsa
yuqori     inflyatsiya   shaklida   namoyon   bo’ladi.   Makroiqtisodiy     barqarorlashtirish
choratadbirlari   tizimiga     pul     emissiyasini     cheklash,   davlat   byudjeti   taqchilligini
qisqartirish, ijobiy foiz  stavkasini  ta‘minlash va  boshqalar  kiradi.  -  
6. Bozor   xo’jaligiga   mos     bo’lgan     aholini     ijtimoiy   himoyalash
tizimini shakllantirish. 
  Aholining     nisbatan   muhtoj   qatlamini   aniq     ijtimoiy   qo’llab-quvvatlashni
amalga     oshirishga     yo’naltirilgan.   Ushbu     ko’satib   o’tilgan   bozor   tizimining
asosiy   unsurlarini shakllanishi  o’tish davri tugaganligini  bildiradi .
 
O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  tamoyillari va 
xususiyatlari 
Ma‘lumki,     bir   tizimdan   ikkinchi   tizimga     o’tishning     revolyutsion   va
evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga
o’tishning     revolyutsion   yo’lini     tanlab,   birdaniga   katta     o’zgarishlar     qilishni
ma‘qul topdilar. 
  O’zbekiston   esa   o’ziga   xos     madaniy,   tarixiy,   iqtisodiy   va     tabiiy
xususiyatlarini   hamda   bu   yo’ldagi   jahon   tajribasini   hisobga     olgan   holda
revolyutsion     to’ntarishlarsiz,   itimoiy   to’qnashuvlarsiz,   ijtimoiy   himoyani
ko’chaytirgan   holda   asta-sekinlik,   lekin   qay‘iyatlilik   bilan   bosqichma-bosqich
rivojlangan va  boshqariladigan bozor  iqtisodiyotiga  o’tish yo’lini  tanladi. 
  Mamlakatimiz   Prezidenti   ko’rsatib   o’tdiki,   “Bizning     bozor
munosabatlariga   o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga   xos   sharoitlari va
xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va  turmush tarzini har  tomonlama 
hisobga   olishga,   o’tishdagi   iqtisodiyotni   bir     yoqlama,     besunaqay
rivojlantirishning  mudhush merosiga  barham berishga  asoslanadi ”. 
  O’zbekistonda     bozor     munosabatlariga     o’tish   yo’li     ijtimoiy   yo’naltirilgan
bozor     iqtisodiyotini     shakllantirishga   qaratilgan.   Bu   yo’lni   amalga     oshirishga,
iqtisodiyotni     tubdan   isloh   qilishga     Prezident   I.A.Karimov   tomonidan   ishlab
chiqilgan  5 ta  tamoyil  asos qilib  olingan : 
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning  ustunligining  ta‘minlash; 
2. O’tish  davrida  davlatning  bosh  islohotchi bo’lishi;  -  
 
_____________ 
 
3. Butun   yangilanish   va   taraqqiyot   jarayoni   qonunlarga   asoslanishi,
qonunlar ustuvorligini  ta‘minlanishi; 
4. Bozor   munosabatlariga   o’tish   bilan   bir   qatorda   aholini     ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga  oshirish; 
5. Bozor  munosabatlarini  bosqichma-bosqich qaror toptirish.  
Bozor     iqtisodiyotiga   o’tish   uchun     tegishli     huquqiy   negizni,   bozor
infratuzilmalarini     yaratish,   odamlarda   bozor     ko’nikmalarini     hosil   qilish,   yangi
sharoitlarda   ishlay   oladigan   kadrlarni   tayyorlash   uchun   vaqt   kerak   bo’ladi.   Shu
sababli bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi
deb   ko’rsatib     berilgandir.   Bundan   tashqari,   bozor   munosabatlariga     o’zgartirish
bilan  cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu jumladan siyosiy, ma‘naviyaxloqiy,
maishiy   va     boshqa     sohalarni   ham     tubdan   o’zgartirishni   ham     taqozo   qiladi.
Bularning hammasi  bozor    iqtisodiyotinig   boschiqma-bosqich,    evolyutsion yo’li
bilan  o’tish  haqidagi goya juda  muhim va afzal ekanligini  ko’rsatadi. 
Bozor   iqtisodiyotiga  o’tishning   bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov
asarlarida  belgilab  berilgandir. 
Birinchi bosqich  quyidagi ikkita  vazifani birdaniga  hal  qilish  maqsad qilib
quyilganligi  ta‘kidlanadi:
- totalitar     tizimning     og’ir     oqibatlarini     yengish,     tanglikka   barham   berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
- Respublikaning     o’ziga     xos     sharoitlari   va     xususiyatlarini     hisobga   olgan
holda  bozor munosabatlarining  negizlarini shakillantirish . 1[2]
  -  
mahaliiy   sanoat,   savdo,   maishiy   xizmat   korxonalarini,   uy-joy   fondini
xususiylashtirish,   qishloq   xo’jaligida   va     xalq     xo’jaligining   boshqa   sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini  vujudga  keltirish; 
- ishlab chiqarishning  pasayib borishiga  barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini     ta‘minlash.   Bu     vazifalarni     baarilishi     keyingi     bosqichning
strategik  maqsadlari va  ustun yo’nalishlarini  belgilab  olish  imkonini berdi . 
Ikkinchi   bosqich да   investitsiya   faoliyatini     ko’chaytirish,   chuqur   tarkibiy
o’zgarishlarni   amalga oshirish va shuning   negizida iqtisodiy o’sishni   ta‘minlab,
bozor  munosabatlarini  to’liq joriy qilish  maqsad qilib qo’yiladi. Shu  maqsaddan
kelib  chiqib I. A. Karimov asarida bu  bosqich uchun  quyidagi bir qator  vazifalar
ajratib ko’rsatildi: 
- davlat     mulklarini     xussiylashtirish   sohasida   boshlangan   ishni     oxiriga
yetkazish; 
- ishlab     chiqarishning     pasayishiga     barham   berish   va     makroiqtisodiy
barqarorlikni  ta‘minlash; 
- milliy valyuta - so’mni yana  ham  mustahkamlash; 
- iqtisodiyotning     tarkibiy     to’zilishini     tubdan     o’zgartirish,   xomashyo
yetkazib  berishdan tayor  mahsulo  ishlab chiqarish o’tish
O’tish   davrining     ikkinchi     bosqichida     aholining     kam     ta‘minlangan
qatlamlarini  ijtimoiy himoyalashni ko’chaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish
borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’li davom  ettiriladi. 
Prezidentimiz   I.   Karimov   ta‘kidlab     o’tganlaridek,   hozirgi   bosqichda
“erkinlashtirish   va     islohotlarni     chuqurlashtirish   nafaqat   iqtisodiy,   balki   ham
ijtimoiy,   ham     siyosiy   vazifalarini     hal   qilishning   asosiy     shartidir” 2
.   Bu   esa
iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq  vazifalarni  amalga  oshirishni  ko’zda tutadi: 
  -  
- iqtisodiyotning  barcha  sohalari va  tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik   bilan   o’tkazish     va     iqtisodiy     islohotlarni     chuqurlashtirish;
xususiylashtirish jarayonini  yanada  chuqurlashtirish va shu  asosida  
amalda mulkdorlar sinfini  shakllantirish; 
- mamlakat   iqtisodiyotiga   xorij   sarmoyasini     avvalo,   bevosita   yo’naltirilgan
sarmoyalarni     jalb   etish   uchun  qo’lay   huquqiy   shart-sharoit,   kafolat   va   iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish; 
- kichik   va   o’rta     biznes   iqtisodiy     taraqqiyotda   ustuvor   o’rin     olishiga
erishish; 
- mamlakatning   eksport   salohiyatini   rivojlantirish   va   mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning   jahon   iqtisodiy   tizimiga   keng   ko’lamda   integratsiyalashuvini
ta‘minlash; 
- iqtisodiyotda  mamlakatimiz  iqtisodiy  mustaqilligini  yanada
mustahkamlashga   qaratilgan   tarkibiy   o’zgarishlarni   izchil   davom   ettirish   kabi
vazifalar ikkinchi bosqichda  sobit  qadalik bilan  bajarilmoqda . 
 
Respublikada  bozor  islohotlarini  amalga  oshirish 
va uning  asosiy  yo’nalishlari. 
Iqtisodiy     aloqalar   va   iqtisodiy   munosabatlarni     yangi     turiga     o’tish   uchun
iqtisodiy  islohotlar strategiyasini  ishlab  chiqishni  talab etadi. 
  Iqtisodiy islohotlar   – bu bozor munosabatlarini   shakllantirishga   qaratilgan
chora-tadbirlar     majmundir.   Iqtisodiy   islohotlardn   ko’zda     tutilgan   maqsad   -
mamlakat     aholisi   uchun     yashash   va   faoliyat   qilishning   eng   yaxshi   sharoitlarini
yaratish,   ularning     ma‘naviy-ahloqiy     yetukligiga   erishishi,   iqtisodiy,
ijtimoiysiyosiy   barqarorlikni     ta‘minlashdan   iboratdir.   Islohotlarni     amalga
oshirishdan   oldin   bozor     iqtisodiyotiga     utishning     nazariy   model   yaratildi.     Bu
modelda  yangi  iqtisodiyotga  utishning  umumiy tomonlari  va milliy xussiyatlari
nazarda   tutiladi,   islohotlarning   asosiy   yo’nalishlari   belgilanadi.   Respublikada -  
iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirishning   asosiy   yo’nalishlari     quyidagilardan
iborat: 
- Mulkiy munosabatlarni  isloh qilish; 
- Agrar  islohotlar; 
- Moliya-kredit va narx-navo islohoti; 
Boshqarish tizimini  isloh qilish va  bozor  infratuzilmasini  yaratish;  -
Ijtimoiy islohotlar. 
Mulkchilik     munosabatlarini     tubdan     o’zgartirish   -   bu     iqtisodiy
islohotlarni     bosh     bo’g’inidir,  chunki     shu     orqali     ko’p    ukladli     iqtisodiyot     va
raqobatlashish   muhiti     shakllantiriladi   hamda     bozor     iqtisodiyotiga     utishning
shart-sharoitlari yaratiladi. 
Iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishining dastlabki  bosqichidayoq  qishloq
ho’jaligini isloh qilishga   ustunlik  berildi.  Bunga  quyidagilar sabab bo’ldi: 
- Respublikada     va   uning     iqtisodiyotigsha     agrar   soha     ustunlikka   egaligi,
aholining     kupchiligi   qishloq   xo’jaligda     bandligi,   iqtisodiy   o’sishning     kup
jihatdan shu tarmoq  ahvoliga  bog’liqligi; 
- Respublika     butun   sanoat   potentsialining   yarmiga     yaqinini   tashkil
qiladigaen sanoatning  kupgina  tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil
sanoat, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq   xo’jaligi   mashinasizligi va boshqalar)
rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi; 
- Qishloq     xo’jalik   mahsulotlari   paxta   hozirgi   vaqtda   valyuta     resurslari,
respublika   uchun   zarur   bo’lgan   ozoq-ovqat   mahsulotlari,   dori-darmonlar,   texnika
va   texnologiya uskunalarini   chetdan sotib olishni   ta‘minlayotgan asosiy   manba
ekanligi; 
- Mustaqillik     sharoitida     qishloq   xo’jaligining     oziq-ovqat   muammosini   hal
etishdagi  rolining  ortib borishi . 
Moliya-kredit sohasini  isloh  qilish   iqtisodiy  tizimni  izchillik  bilan bozor
munosabatlariga o’sib utishida alohida o’rin  egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat byudjeti tanqisligini   kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar -  
va     subsidiyalarni     bosqichma-bosqich   qisqartirish,   birinchi   darajali,   eng   zarur
ishdir . Dastlab   davlat     xarid     narxlarining     amal     qilish   doirasi     qisqartiriladi   va     keyin
ichki   narxlar   jahon   narxlariga     muvofiqlashtirib   boriladi .   Shuningdek ,   narxlarni
erkinlashtirishda   xomashyo   va     mahsulot   ayrim   turlarining ,   narx - navo   bilan   aholi
va     korxonalar   daromadlari   o ’ rtasidagi   tenglikka     erishishga     harakat   qilinadi .
Narxlar   islohoti   boshlangana   1994   yilgacha   hamma     turdagi   xomashyo   va
mahsulotlar   bo ’ yicha   erkin     narxlarga   o ’ tildi ,  barcha   iste ‘ mol   mollari   narxi   ustidan
davlat    nazorati   bekor    qilindi . 
Isloh   qilishning     dastlabki   davrida   (1992   yil )   keng   doiradagi   ishlab
chiqarish   –   texnik   vositasi   bo ’ lgan     mahsulotlar ,   ayrim   turdagi   xalq   iste ‘ mol
mollari ,   bajarilgan   ishlar   va    xizmatlarning    kelishilgan   narxlar   va    tariflarga   utildi .
Aholining     hisoyalash   maqsadida   cheklangan   doiradagi   oziq-ovqat   va     sanoat
tovarlari narxlarning  chegarasi belgilab qo’yildi. 
Narxlar   islohotining     navbatdagi   bosqichida   (1993   yil)   kelishilgan   ulgurji
narxlarni  davlat tomonidan tartibga  solish  tulig’icha  to’xtatildi.   
Narxlarning     erkinlashtirishning     oxirgi   bosqichida   (1994   yil
oktyabrnoyabr)   xalq   iste‘mol   mollari   asosiy     turlarining   narxi     erkin   qo’yib
yuborildi. 
Shundan   qilib,   iqtisodiyotni   isloh     qilishning   birinchi   bosqichi   narxlarni   to’liq
erkinlashtirish bilan  tugadi. 
Iqtisodiy     islohotlarni     amalga     oshirish     boshqarishning     tegishli     tizimni
yaratishni   talab     qiladi.   Shunga     asosan     kuplab   markaziy   iqtisodiy     organlar   va
vazirliklar  tugatildi:  
1. Davlat reja  qo’mitasi;  
2. Davlat ta‘minot qo’mitasi;  
3. Davlat  narxlar qo’mitasi;  
4. Davlat agrosanoat qo’mitasi va boshqalar . 
Boshqarishning   mahalliy   darajasida   (viloyat,   tuman   va   shahar)   ijrosiga
boshqaruv     vazifalarini   bojorish   uchun   hokimlik   joriy   qilindi.   Bozor   islohotlari bozor     infratuzilmasini   yaratish   chora-tadbirlarini   ham     qamrab   oladi.   Bunda
moliya,   bank-kredit   tizimi     muassasalari,     sug’urta,   auditorlik,   yuridik   va
konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. 
Bu birqancha yo’nalishlar bo’yicha bordi. 
Birinchi  yo’nalish  bo’yicha tovar xom ashyo birjasi tizimi  rivojlandi. Bu o’z
navbatida, brokerlik va   dilerlik   idoralari, savdo uylari,   vositachi firmalar paydo
bo’lishiga  olib keldi. 
Ikkinchi   yo’nalish da     kapital   bozorining   ishini     ta‘minlaydigan   tuzilmalar
vujudga keltirildi. Kredit   resurslari bozori va   valyuta   bozori   vujudga   keltirildi
hamda davlatga qarashli bo’lmagan sug’urta kompaniyalari tuzildi. 
Uchinchi yo’nalish  ishchi  kuchi  bozorini  shakllantirishdan iborat bo’lib, bu
sohada 240 dan  ortiq mehnat  birjasini  o’z ichga  oluvchi  katta  tarmoq tuzildi. 
Bozor     islohotlari     tashqi     iqtisodiy   aloqalarga   ham     tegishlidir.   Bu     sohada
islohotlarni   amalga     oshirish     borasidagi     respublikaning     zamonaviy   tashqi
iqtisodiy   kompleksi   mutlaqo     yangidan     shakllantirildi.   Tashqi   iqtisodiy     faoliyat
bilan     shug’ullanishi   zarur   bo’lgan     muassasalar   (tashqi   iqtisodiy   faoliyat   milliy
banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. 
Amalga   oshirilayotgan   iqtisodiy   islohotlarning   asl   maqsadi   -   insonga
munosib  yashash  va   faoliyat  ko’rsatish    sharoitlarini    vujudga  keltirishdan  iborat.
Shu   sababli   iqtisodiy   islohotlarni   amalga     oshirishning   butun     davri     davomida
aholini  ijtimoiy himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar qo’rish  ob‘ektiv zaruriyatdir.
Respublikada     aholini     ijtimoiy     himoyalash   chora-tadbirlari   quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha amalga  oshirildi. 
Birinchi   yo’nalish   -   narxlar     erkinlashtirilishi   va     pulning     qadrsizlanishi
darajasi   ortib   borishi     munosabati   bilan     daromadlarning     eng   kam     va     o’rtacha
darajasini muntazam oshirib borish.  Ikkinchi yo’nalish   - Respublikaning   ichki   iste‘mol bozorini   himoya qilish
hamda     ozoq-ovqat   mahsulotlari   va     sanoat     mollari     asosiy   turlari   iste‘molini
muayyan darajada saqlab turish. 
Uchinchi   yo’nalish   -   islohotlarning     dastlabki   bosqichida   aholining     kam
ta‘minlangan tabaqalarini  ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash. 
SHunday   qilib,     islohatlarning     barcha     yo’nalishlari     mavjud   iqtisodiy
tizimning  izchillik bilan bozor  iqtisodiyotiga  o’sib  o’tishiga  qaratiladi. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
O’tish   davri   -   bir     iqtisodiy     tizimdan     boshqasiga,   mavjud   iqtisodiy
munosabatlardan butunlay boshqa, yangi   iqtisodiy   munosabatlarga o’tish   taqozo
qilinadigan davrdir.  
Bozor   islohotlari   -   bozor   iqtisodiyotini   va   bozor     munosabatlarini
shakllantirishga  qaratilgan chora-tadbirlar majmundir. 
Iqtisodiy     islohotlar   -   turli     mulkchilikka     asoslangan   xo’jalik     yuritishning
shakllari va turlari. 
Iqtisodiyotni   erkinlashtirish   -   nima   va   qancha     ishlab   chiqarishni   qaerga,
qanday bahoda  sotishni tadbirkorning o’zi  belgilashi  lozim.  
Iqtisodiyotning  barcha  sohalari va  tamoqlarini  erkinlashtirish  - xo’jalik
yurituvchi   sub‘ektlarning     erkinligi     va     mustaqilligini     ta‘minlash,     tadbirkorlik
faoliyatining  rivojlantirish uchun  barcha shart-sharotlarni  yaratish  demakdir. 
Islohotlar  kontseptsiyasi  - itimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va
yo’nalishlari, uni  amalga  oshirishning  vazifalari va  strategik  yo’llarini  umumiy
g’oyasidir. 
Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  - tanglik holatlariga  barham berish asosida
makroiqtisodiy   muvozanatlikni     saqlash   va     ishab   chiqarishni     yuksaltirish   uchun
shart-sharoitlarni vujudga  keltirishdir.
   
 
_____________ 
IQTISODIY ISLOHOTLAR. BOZOR MUNOSABATLARINING 
SHAKLLANISHI. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH YO`LI 
 
Bozorning qadimiy an'analari  
Milliy   davlat   mustaqilligini   qo`lga   kiritgan   O`zbekiston   bozor   iqtisodiyoti
yo`lini   tanladi.   Sho`rolar   davridagi   sotsialistik   tizimning   iqtisodiy   asosini   tashkil
etgan   rejalashtiruvchi   siyosatdan   voz   kechdi.   Xo`sh,   bozor   iqtisodiyotining   o`zi
nima? 
Bozor   iqtisodiyotining   asosida   tovar-pul   munosabatlari   yotadi   va   ana   shu
munosabatlarga   xos   iqtisodiy   qonunlar   harakat   qiladi.   Bozor   iqtisodiyoti
jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish va iste'mol orqali o`zaro raqobatning
ishtirokchilariga aylantiradi. 
Shu   boisdan   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ishlab   chiqarish   muttasil
takomillashib   boradi,   mahsulotning   sifat   darajasi   yaxshilanadi,   uning   miqdori
ko`payadi va jamiyat taraqqiyoti tezlashadi. 
Tarixan   bozor   munosabatlarining   ikki   turi   mavjud:   birinchisi,   tartibsiz,   o`zi
bo`larchilik   asosida,   stixiyali   rivojlanadigan   bozor   iqtisodiyoti   munosabatidir.   U
tarqoq,   maqsadi   va   harakati   oldindan   kelishilmagan   ishlab   chiqaruvchilar   va
iste'molchilar   o`rtasidagi   oldi-berdi   munosabatlariga   asoslanadi.   Ikkinchisi   esa,
tartibga   solinadigan,   boshqariladigan   bozor   iqtisodiyoti   munosabatidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyot yolining asosi qilib ikkinchi yo`lni — davlat tomonidan
tartibga   solib   boriladigan   va   boshqariladigan   bozor   iqtisodiyoti   yo`lini   tanladi. Bunda jamiyat davlat ofqali bozorga narx, soliq, foiz, foyda, renta, subsidiya kabi
iqtisodiy vositalar bilan ma'lum bir yo`nalish beradi va ongli ta'sir ko`rsatadi. 
 
Bozor   iqtisodiyoti   munosabatlarining   o`ziga   xos   sifat   belgilari   va
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Tovar   ishlab  chiqaruvchi   iqtisodiy  jihatdan  erkin bo`ladi, ya'ni  bozor
uchun   mahsulot   ishlab   chiqarayotgan   korxona   yoki   shaxs   erkin   va   mustaqil
faoliyat ko`rsatadi. 
2. Tovar   ishlab   chiqaruvchi   mulk   egasi   bo`ladi   yoki   ijara   mulkiga   ega
bo`ladi   va   uni   o`z   bilganicha   ishlatadi,   unga   hech   kim   monelik   qila   olmaydi,
buyruq bera olmaydi. 
3. Tovar   ishlab   chiqaruvchi   o`zi   ishlab   chiqargan   mahsulotining   egasi,
xo`jayinidir.   Shu   bois,   o`z   mahsulotini   xohlasa   sotadi,   xohlasa   sotmaydi   yoki   u
xohlasa o`z tovarini boshqa bir tashkilot, korxona yo biron bir shaxsga sovg`a qilib
tekinga hadya qilishi ham mumkin. 
4. Bozorga   chiqarilgan   tovarni   oldi-sotdi   qilish   sotuvchi   bilan
xaridoming erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi. 
5. Bozor   iqtisodiyoti   monopolizmni,   ya'ni   yakka   hukmronlikni   inkor
etadi, tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin raqobatini taqozo etadi. 
6. Bozorda   ishlab   chiqaruvchi   emas,   balki   iste'molchi   o`z   shartini
qo`yadi, chunki pul uning qo`lida bo`ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi iste'molchining
talabi,   ehtiyojini   qondiradigan   mahsulot   ishlab   chiqargan   taqdirdagina   daromad
topa oladi. 
7. Ishlab   chiqarilgan   tovarga   sarf   qilinadigan   mehnat   xaridorning
mahsulotga talabi darajasi  miqdorida bo`lishi lozim.   Aks holda ishlab chiqarilgan
tovar bozorda kasodga uchraydi.  8. Bozorda   qanday   tovarga   talab   oshib   borsa,   o`sha   mahsulotni   ishlab
chiqarish foyda keltiradi. 
9. Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   tovar   ishlab   chiqaruvchilar   jamiyat
a'zolari o`z daromadlari miqdoriga qarab tabaqalanadilar. 
 
Bozor   iqtisodiyoti   munosabatlari   mamlakatimiz   uchun   yangilik   emas.   Uzoq
yillar   davomida   qadimdan   ajdodlarimiz   jahon   hamjamiyatining   bir   bo`lagi   va
tarkibiy   qismi   sifatida   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   yashab   kelganlar.   Tarixiy
yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan
ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy
aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 
Miloddan   avval   XI   asrdan   to   milodning   XVI   asriga   qadar   Sharq   va   G`arb
mamlakatlari   o`rtasida   savdo   iqtisodiy   va   madaniyat   sohalarida   ko`prik   rolini
o`ynab   kelgan   «Buyuk   ipak   yo'li»   orqali   amalga   oshirilgan.   12   ming   chaqirimni
tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan.
«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum,
Yunoniston   va   boshqa   mamlakatlar   bilan   bozor   iqtisodiyoti   qonun-qoidalari   va
talablari   asosida   savdo-sotiq   qilganlar.   o`rta   Osiyo   hududlari   Rossiya   tpmonidan
bosib  olingach,  xususan   Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham
topdi. 
Jahon   mamlakatlarining,   shu   jumladan,   o`lkamiz   xalqlarining   tarixiy
tajribalari   shundan   dalolat   beradiki,   iqtisodiyot   har   doim   faqat   uning   o`ziga   xos
bo`lgan   qonuniyatlar   bilan   rivojlanadi.   Bu   qonunlar   inson   irodasidan   tashqarida
harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini
bajarmaydi.   Shu   bois,   bozor   iqtisodiyoti   qonunlarini   nazar-pisand   qilmaslik   yoki
uni   buzish  og`ir  iqtisodiy   oqibatlarga  olib  kelishi   mumkin.  Buni   sobiq  SSSR  deb
atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi.   
O`zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos yo`li va tamoyillari 
Bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga   o`tish   qonuniyatlari,   albatta,   umumiydir.
Biroq,   ana   shu   umumiy   qonuniyatlar   asosida   rivojlanib   borayotgan   har   bir
mamlakat,   u   xoh   Turkiya   yoki   Amerika   Qo`shma   Shtatlari   bo`lsin,   xoh   Janubiy
Koreya   yoki   Yaponiya   bo`lsin,   ularning   har   biri   o`zining   tarixiy-taraqqiyot
an'analari,   milliy   o`ziga   xos   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   o`z   yo`li,   &z
modelini ishlab chiqishi va unga amal qilishi lozim. 
O`zbekiston   ham   ana   shu   umumiy   dastur   va   umumiy   qonuniyat   mezonlari
asosida   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga   o`tishga   imkoniyat   beradigan   o`z
yo`lini tanlab oldi. Bu yo`lning asosiy tamoyillari va qoidalari I.Karimovning 
«O'zbekistonning   o`z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo'li»,   «O'zbekiston   —   bozor
munosabatlariga   o`tishning   o`ziga   xos   yo'li»,   «O'zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni
chuqurlashtirish  yo'lida»  nomli  asarJarida,   mamlakat  parlamentida  qilgan ma'ruza
va nutqlarida bayon qilib berilgan. 
 
Bu yo`lni ishlab chiqishda:  
Birinchidan,   dunyo   davlatlarining   bosib   o`tgan   tarixiy   tajribalari   hisobga
olindi. 
Ikkinchidan,   O`zbekistonning   xo`jalik   imkoniyatlari,   shart-sharoitlari,
mustamlakachilik tuzumlaridan meros bo`lib qolgan muammolar asos qilib olindi.
Chunki 130-yildan ortiqroq davom etgan buyuk saltanat o`lkamizda o`zining og`ir
va ayanchli oqibatlarini meros qilib qoldirgan edi.  Bular: 
• barbod bo`lgan va mutlaqo markazga tobe bo`lib qolgan iqtisod; 
• milliy   davlatchilik   va   boshqaruv   tizimining   tugatilganligi,   milliy
boshqaruv tajribasining yo`qligi, yakkaboshchilik, buyruqbozlik, laganbardorlik, ko`ngil   ovlash,   poraxo`rlik,   o`g`rilik,   mansabni   suiiste'mol   qilish   kabilarni
hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo`q edi. 
Uchinchidan,   bozor   iqtisodiyoti   munosabatlariga   o`tishni   belgilashda
mamlakatimizning   tarixan   tarkib   topgan   milliy   qadriyatlari,   an'analari,
xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. 
O`zbekistonning   bozor   munosabatlariga   o`tish   yo`liga   doir   Prezident
I.Karimov   tomonidan   ishlab   chiqilgan   besh   tamoyil   nafaqat   mamlakatimizda,
shuningdek jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. Eng muhimi, xalqimizning
o`zi besh tamoyilni qabul qildi va qo`llab-quvvatladi. 
 
Birinchi tamoyil. 
Na   siyosat,   na   mafkura   iqtisodiyotni   nazorat   qilish,   unga   tazyiq   o`tkazish
darajasiga   ko`tarilmasligi   zarur.   Ham   ichki,   ham   tashqi   iqtisodiy   munosabatlariii
mafkuradan xoli qilish zarur. 
Bir qancha mamlakatlaming achchiq tajribasi ko`rsatadiki, iqtisodiyot siyosiy
manfaatlarga   bo`ysundirilganda   u   barbod   bo`ladi.   Iqtisodiyot   o`ziga   xos   bo`lgan
ichki   qonunlar   asosida   rivojlanmog`i   zarur.   Iqtisodiyot,—   deb   ta'kidlaydi
I.Karimov, —siyosatga nisbatan ustuvor mavqeida bo`lishi lozim. 
 
Ikkinchi tamoyil. 
Milliy iqtisodni shakllantirish, mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta'minlash, uni
himoya   qilish,   jahon   xo`jaligi   bilan   integratsiyaga   erishish   va   xalq   manfaatini
yuzaga chiqarish uchun iqtisodiyot davlat tomonidan tartibga solib turilishi lozim. 
Jahon   tajribasi   o`tish   davrida   iqtisodiyotni   davlat   yo`li   bilan   tartibga   solib
turish zarurligini ko`rsatdi. Aks holda iqtisodiyot tanazzulga uchrashi mumkin.  «Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat bosh islohotchisi boiishi, iqtisodiyot
va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik
bilan amalga oshirishi zarur»,— deb ta'kidlaydi I.Karimov. 
Davlat   ixtiyoridagi   iqtisodiy   mexanizmni   yo`qotib,   o`rniga   birdaniga   bozor
mexanizmini   o`rnatish   mumkin   emas.   Shu   bois,   O`zbekistonda   davlat   tizimi
birdaniga bo`sh qo`yib yuborilmadi, uning hukmdorligi saqlab qolindi. 
 
Uchinchi tamoyil. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi
lozim. 
Bozor   iqtisodiyoti   qonunchilikka   tayanadi.   Uning   qoidalari,   mezonlari   ming
yillar   davomida   yaratilgan.   Bozor   iqtisodiyoti   huquqiy   normalar   va   qoidalarga
tayanishi bilan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yaxlit bozor tizimini
vujudga keltirish uchun uning qonunchilik tizimi yaratilishi, ularga rioya qilinishi
shart. Qonunchilik buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo`lmaydi. 
Qonunning   ustuvorligi   huquqiy   davlat   barpo   etish   zaruriyatidan   ham   kelib
chiqadi.   Qonun   oldida   hamma   barobardir.   Barcha   ijtimoiy,   va   iqtisodiy
munosabatlar   faqat   qonun   bilan   tartibga   solinadi,   uning   barcha   qatnashchilari   esa
hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo`ladi. Huquqiy
davlatning   mohiyati   ma'lum   qonunlar   tizimi   borligi   bilan   emas,   balki   ommaning
shu qonunlarni bilishi, o`z faoliyatida ularga bo`ysunishi bilan belgilanadi. 
 
To`rtinchi tamoyil. 
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni
o`tkazish zarur.  Buning   zaruriyati   iqtisodiy   ahvol   bilan   bog`liq.   Birinchidan,   O`zbekistonda
aholining   deyarli   to`rtdan   uch   qismi   Sho`rolar   hokimiyatining   so`nggi   yillarida
ham o`zlarining minimal ehtiyojlarini qondirishga qodir bo`lmay, davlat madadiga
muhtoj   edi.   Ikkinchidan,   aholi   tarkibida   davlat   va   jamiyat   o`z   himoyasiga   olishi
zarur  bo`lgan bolalar, o`smirlar, qariyalar  ko`pchilikni  tashkil  etadi. Uchinchidan,
bozor   iqtisodiyotiga   o`tish   jarayonida   dastlab   aholi   ijtimoiy   jihatdan   tabaqalanadi
va   himoyaga   muhtoj   bo`lganlar   qatlami   kengayadi.   Shu   boisdan,   iqtisodiy
islohotlar   jarayonida   avval   odamlarni,   birinchi   navbatda,   himoyaga   muhtoj
qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko`rish zarurligi
inobatga   olindi.   Ijtimoiy   siyosat   inflyatsiya   keltirib   chiqargan   qimmatchilik
sharoitida aholi xarid qobiliyatini himoya qilishni ham ko`zda tutadi. 
 
Beshinchi tamoyil. 
Bozor   iqtisodiyotiga   o`tish   evolyutsion   yo'l   bilan,   puxta   o`ylab
bosqichmabosqich amalga oshirilishi lozim. 
Buning sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti murakkab tizim, uni birdan yaratib
bo`lmaydi. Mamlakat  aholisining mustamlakachilik tuzumi sharoitida tarkib topib
shakllangan   hayotiy   qarashlari   va   ko`nikmalarini   darhol,   birdaniga   bozor
iqtisodiyoti   sharoitiga   moslab   o`zgartirib   bo`lmaydi.   ChunM,   mustamlakachilik
tuzumi   davrida,   odamlarning   ongi,   shuuri   va   psixologiyasiga   zo`rlik   yo`li   bilan
singdirilgan  tobelik,  qaramlik,  qullik,  befarqlik,  boqibeg`amlik,  tayyorga  ayyorlik
kabi   qarashlarni   bir   zarba   bilan   yo`q   qilish   va   aksincha   bozor   iqtisodiyoti   va
mustaqillik   sharoiti   talablari   asosida   egalik,   yaratuvchilik,   bunyodkorlik,
ijodkorlik,   faollik   kabi   olijanob   fazilatlarni   ham   darhol   shakllantirishning   iloji
yo`q.   Buning   uchun   albatta   vaqt,   sabr-toqat   kerak.   Bular   bosqichma-bosqich
yaratiladi.   Bu   tamoyil   jamiyat   a'zolaridan   bizga   o`tmishdan   meros   bo`lib   qolgan
barcha   ijobiy   qadriyatlarga   xayrixohlik   bilan   qarash   va   ularni   asrab-avaylab rivojlantirish,   sayqal   berishni   talab   qiladi.   Prezident   I.Karimovning   «yangi   uy
qurmay   turib,   eskisini   buzma»   degan   hikmatli   so`zi   ham   xuddi   ana   shu   g`oyaga
xizmat qiladi. 
 
Xulosa. 
Xulosaqilibaytganda,     Bozor  iqtisodiyoti   munosabatlari   mamlakatimiz  uchun
yangilik   emas.   Uzoq   yillar   davomida   qadimdan   ajdodlarimiz   jahon
hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida
yashab   kelganlar.   Tarixiy   yozma   manbalarning   bergan   ma'lumotlariga   qaraganda
o`rta   Osiyo   xalqlari   bundan   ming   yillar   ilgari   ham   dunyoning   deyarli   barcha
mamlakatlari   bilan   savdo-iqtisodiy  aloqalar   o`rnatganlar.  Bu   borada   «Buyuk   ipak
yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 
Miloddan   avval   XI   asrdan   to   milodning   XVI   asriga   qadar   Sharq   va   G`arb
mamlakatlari   o`rtasida   savdo   iqtisodiy   va   madaniyat   sohalarida   ko`prik   rolini
o`ynab   kelgan   «Buyuk   ipak   yo'li»   orqali   amalga   oshirilgan.   12   ming   chaqirimni
tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan.
«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum,
Yunoniston   va   boshqa   mamlakatlar   bilan   bozor   iqtisodiyoti   qonun-qoidalari   va
talablari   asosida   savdo-sotiq   qilganlar.   o`rta   Osiyo   hududlari   Rossiya   tpmonidan
bosib  olingach,  xususan   Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham
topdi. 
Jahon   mamlakatlarining,   shu   jumladan,   o`lkamiz   xalqlarining   tarixiy
tajribalari   shundan   dalolat   beradiki,   iqtisodiyot   har   doim   faqat   uning   o`ziga   xos
bo`lgan   qonuniyatlar   bilan   rivojlanadi.   Bu   qonunlar   inson   irodasidan   tashqarida
harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini
bajarmaydi.   Shu   bois,   bozor   iqtisodiyoti   qonunlarini   nazar-pisand   qilmaslik   yoki uni   buzish  og`ir  iqtisodiy   oqibatlarga  olib  kelishi   mumkin.  Buni   sobiq  SSSR  deb
atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi. 
 
 
Foydalanilganadabiyotlarro’yxati: 
1. Karimov    I.A.    «O`zbekiston  – 
bozormunosabatlarigao`tishningo`zigaxosyo`li»   Toshkent   «O`zbekiston»
1993 y.  
2. KarimovI.A.  «O`zbekistoniqtisodiyislohotlarnichuqurlashtirishyo`lida»
Toshkent «O`zbekiston»  1995 y.  
3. KarimovI.A.  «Iqtisodiyotnierkinlashtirish,
resurslardantejamkorlikbilanfoydalanishboshyo`limiz»   Xalqso`zi.   2002   yil
15 fevral.  
4. O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Qarori  
“O’zbekiston 
Respublikasining 2010 yilgi   asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi
va   Davlat   byudjeti     parametrlari   to’g’risida“   O’zbekiston   Respublikasi   qonun
hujjatlari   to’plami,   2009   y.,   52-son,   560-modda)     5.   Rasulov   M.
Bozoriqtisodiyotiasoslari. T.: Mehnat, 1997. 
6. Ibratov B. Tadbirkorlikhuquqi. T.:«Moliya», 2001. 
7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O’zbekiston” 1992 
8. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. “O’zbekitson” 1995 
9. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. «O’zbekiston» 1997  
10. Shodmonov Sh. vabosgqalar, “Iqtisodiyotnazariyasi”, T., 2003;  
11. Tojiboyeva D., Iqtisodiyotnazariyasi, T., 2003. 
12. To‘xliev   N.,   Xaqberdiev   Q.,   Ermamatov   Sh.,   Xolmatov   N.   Iqtisodiy   bilim
asoslari.  Qo‘llanma. T. O‘zME. 2004, 96 b.

- O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’ li,iqtisodiy isloh qilish tamoyillari. Reja: I. Kirish. II. Asosiyqism. 1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. 2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari. 3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari. III. Xulosa. III. Foydalanilganadabiyotlarro’yxati. Kirish. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma‘muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish

- hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda (ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya‘ni: 1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li; 2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 3. Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li; 4. Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, V‘etnam) Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model (nusxa yoki andozaga) ga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi va farqi bo’ladi. Umumiyligi – ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi. Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, ananaviy iqtisodiyotga erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Asosiy qism.

- Bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo’li bilan ya‘ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya‘ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. Revolyutsion yo’li qo’llanganda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikatsiz vujudga keltirish mumkin. Bu o’tish davrining ma‘qul yo’li ekanligini islohotlar tajribasi ko’rsatadi, ya‘ni kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi. Ma‘muriy – buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyati kamchilik ka ega: 1. Ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda moslashuvchan emasligi, asta-sekinlik bilan moslashib borishi; 2. Samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi . Ma‘muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga aylantirish uchun tizim islohotlari utkazish amal qiladi. O’tish davrda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’liq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat: 1. xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini bekor qilish; 2. resurslarning markazlashgan ko’rinishidagi taqsimotini to’gatish; 3. narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosia shakillantirishga o’tish; 4. ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish .

- 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish . - barcha iqtisoiy agentlarning ish faoliyati uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma‘muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash ; 3. Instuttsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi; - mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklar, tovar va fond birjalari, invesyotitsiya fondlari va h.k) shakillantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish . 4. Tarkibiy o’zgarishlar . Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta kurishdan asosiy maqsad-ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qadar talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantrishdan iborat. 5. Makroiqtisodiy, асосан , moliyaviy barqarorlashtirish . Bu yo’nalishi muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish choratadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta‘minlash va boshqalar kiradi.

- 6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishga yo’naltirilgan. Ushbu ko’satib o’tilgan bozor tizimining asosiy unsurlarini shakllanishi o’tish davri tugaganligini bildiradi . O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari Ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma‘qul topdilar. O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. Mamlakatimiz Prezidenti ko’rsatib o’tdiki, “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi ”. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tamoyil asos qilib olingan : 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash; 2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;