O‘ZBEKISTON OSIMLIKLARINING XILMA-XILLIGI
M U N D A R I J A KIRISH………………………………………………………………3 I BOB. O‘ZBEKISTON OSIMLIKLARINING XILMA-XILLIGI VA ULARNING AHAMIYATI…………………………………………5 II BOB. QOQIO‘TDOSHLAR OILASIGA UMUMIY TAVSIF……….11 2.1. Umumiy tavsifi…………………………………………………….....11 2.2. Turkum va turlari…………………………………………………...14 III BOB. BO‘TAKO‘Z (CENTAUREA) TURKUMINING TAVSIFI VA TURLARI………………………………………………………………….25 3.1. Umumiy tavsifi……………………………………………………….25 3.2. Turlarni aniqlash kaliti………………………………………………27 IV BOB. BO‘TAKO‘Z (Centaurea) TURKUMI AYRIM TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA AHAMIYATI……………………………....30 4.1. Ayrim turlarning bioekologiyasi……………………………………30 4.2. Ahamiyati…………………………………………………………….38 XULOSA……………………………………………………………..…45 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………....47
KIRISH Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Barkamol avlod orzusi” asarida kelajak avlod respublikamiz taraqqiyotining poydevori deb bejiz ta kidlamagan [1]. ‟ Shunday ekan, biz yoshlar davlat rahbarimizning bizlarga bergan barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishimiz va munosib mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qilmog„imiz kerak. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston florasi o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Unda barcha tik mintaqalar va ularga xos bo‘lgan o‘simliklari mavjud. Hozirda respublikamizda jami turlar soni 4500 ga yaqin bo‘lib, 15000 dan ziyod turkum va 785 tadan ortiq oilaga birlashtirilgan. Gulli yoki yuksak o‘simliklar ham floramizda keng tarqalgan. Ularning turlar soni 250 mingdan ortiqroqni tashkil etadi. Bu turlar 13000 turkumga va 533 ta oilaga kiritilgan. Botanika bog’laridagi o‘simlik turlarini qo‘shib hisoblaganda, O‘zbekiston florasidagi turlar soni salkam 9000 turni tashkil etadi. Qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) oilasi vakillari O‘zbekiston florasida turlar xilma- xilligi, tarqalishi bo‘yicha eng oldingi o‘rinda turadi. Ularning o‘simliklar qoplamidagi o‘rni ham beqiyosdir. Bu oila vakillari o‘zlarining xo‘jalikdagi qimmatli belgilari, yani ahamiyati nuqtainazaridan ham boshqa barcha oilalardan ustun turadi. Bo‘tako‘z (Centaurea) turkumi vakillarining ham oila tarkibida o‘ziga xos o‘rni bor shu munosabat bilan turkumi vakillarini o`rganish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri xisoblanadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Bo‘tako‘z (Centaurea) turkumining vakillari respublikamiz va boshqa davlatlarning olimlari tomonidan birmuncha 2
o‘rganilgan. Ilmiy adabiyotlarda turkum vakillarining biologiyasi, ekologiyasi, zahirasi va ahamiyati haqida ma lumotlarni topish mumkin. ‟ Tadqiqotning maqsadi: Ilmiy adabiyotlar va shaxsiy kuzatishlar asosida Bo‘tako‘z (Centaurea) turkumi o‘simliklarining bioekologiyasi va ahamiyatini o‘rganish hamda ularni taxlil qilishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - Bo‘tako‘z turkumiga tavsif berish; - turkum vakillarining kelib chiqish tarixini o‘rganish; - taksonomik taxlil qilish; - bioekologik xususiyatlarini aniqlash; - turkum turlarining ahamiyatini ochib berish Tadqiqot ob’ekti: Bo‘tako‘z (Centaurea) turkumi o‘simliklari Tadqiqot predmeti: sistematika, morfologiya, bioekologiya Tadqiqot metodlari: adabiyotlar taxlili, morfologik usullar Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ma lumotlar ‟ ilmiy adabiyotlar asosida taxlillar qilinib, ular asosida to‘plangan ilmiy ma lumotlardan ‟ qishloq xo‘jaligida, biologik maqsadlarda hamda o‘quv jarayonlarida va boshqa sohalarda hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin. Ishning xajmi: Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, 4 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati, 2 ta jadval, 24 ta rasm hamda jami 48 betdan iborat. 3
I - BOB. O‘ZBEKISTON OSIMLIKLARINING XILMA-XILLIGI VA ULARNING AHAMIYATI Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Barkamol avlod orzusi” asarida “Kelajak avlod respublikamiz taraqqiyotining poydevori” deb bejiz ta kidlamagan. Shunday ekan, biz yoshlar davlat rahbarimizning va‟ hukumatimizning bizlarga bergan barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishimiz va munosib mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qilmog„imiz kerak[1]. Tabiatning bitmas-tuganmas boyliklaridan biri o‘simliklardir. O‘simliklar haqida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘z oldimizda tabiatning rang-barang, so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan ajoyib manzaralari namoyon bo‘ladi. Tevarak atrofga sinchiklab razm solsangiz, o‘simliklar hayotimizda juda katta rol o‘ynashi, boy energiya manbai ekanligini sezasiz. Duyoning qaysi qismida, xox shimolda, xox janubda, xox sharq, xox g„arbda bo‘lmasin, xullas, hamma minglab katta va kichik daraxtlarni, o‘n minglab yer yuzasidagi suv ostida o‘sadigan turli-tuman mayda zamburug„larni, suv o‘tlarini va boshqa bir qancha o‘simliklarni, maysa va giyohlarni ko‘rish mumkin. Hozirgi vaqtda bu o‘simliklarning hammasidan ham foydalanilmasa-da, lekin ularning ko‘pchiligi xalq xo‘jaligida muvaffaqiyatli suratda qo‘llanilmoqda [16]. Tabiatda mavjud bo‘lgan o‘simliklar boyligidan shu vaqtga qadar kishilik jamiyati foydalanib keldi. O‘simliklar inson hayotida ham juda katta ahamiyatga egadir. Shunday o‘simliklar guruxiga texnik o‘simliklar ham kiritiladi. Texnik o‘simliklar qatoriga xo‘jalik jixatidan ahamiyatiga ko‘ra moyli, oshlovchi, bo‘yoqbop, tolali, sellyulozali, yelimli va boshqa bir qator o‘simliklar guruxi kiradi. Avvalo insonning uchta asosiy ehtiyojini oziq-ovqatga, kiyim-kechak, turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Ovqat bo‘ladigan o‘simliklardan dunyoning hamma joyida ekiladigan g„alla o‘simliklari inson uchun ayniqsa muhimdir. 4
Insonning ovqatida tutgan ahamiyati jihatidan birinchi o‘ringa bug„doyni va undan keyin sholini qo‘yish kerak. Moyli o‘simliklardan inson keng foydalanadi. O‘simliklarning vegetativ organlarida yog„ odatda kam bo‘lsa, ko‘pchilik turlarning urug„ida, ba zi turlar‟ (masalan, zaytun daraxti)ning mevasi etida ko‘p bo‘ladi. Bularning ba zi birlaridan ‟ qisman texnikada ishlatiladigan, qisman esa oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy olinadi. Shuning uchun ham ular moyli o‘simliklar deb ataladi. MDH dagi eng muhim moyli o‘simliklar kungaboqar va moyli zig„ir, nasha, gorchitsa (xontal), kanakunjut (kanakunjut moyi texnikada yoki meditsinada ishlatiladi), soya va boshqalardir. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘simliklar urug„ida 25 dan 40 % gacha, soyada esa 15-26 % moy bo‘ladi. Eng ko‘p kiyiladigan kiyim uchun kerakli materialni tolali o‘simliklar beradi. Bunday o‘simliklardan tola olinadi, bu xil tolalar juda uzun, ingichka va po‘sti qalin tortgan bo‘lsa ham, yog„ochga aylanmagan hujayralardan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, o‘sha tolalar egiluvchan va elastik bo‘lib, ip qilib yigirishga yaraydi, shu ipdan keyin gazlama to‘qiladi. Yigiriladigan tolalar ba zi o‘simliklarning ‟ poyasidan (zig„ir, kanop) olinsa, boshqalarining bargidan, yana bir xillarining urug„ini qoplab turadigan tuklaridan olinadi. Qamish shakaridek muhim ovqat va mazali moddalar olinadigan qandli o‘simliklarni ham ko‘rsatib o‘tish kerak. Ulardan eng muhimlari mo‘ tadil iqlimda ‟ ekiladigan qand lavlagi va subtropik hamda tropikda ekiladigan shakarqamishidir. Ulardan har yili 15 mln. g qand olinib, buning 60 % ga yaqini sha karqamishdan, 40 % ga yaqini qand lavlagidan olinadi. Odam uchun ovqat bo‘ladigan boshqa muhim o‘simliklardan no‘xat, loviya, soya va shular kabi boshqa dukkakli donlarni ko‘rsatish mumkin. Ular boshqa ko‘pchilik mahsulotlarga qaraganda oqsilga boy bo‘ladi va shuning uchun ham insonning oqsil bilan ovqatlanishida alohida o‘rin olishi mumkin. Biroq ularning oqsillari hayvon oqsillaridek mukammal emas, ya ni odam organizmiga yaxshi ‟ singmaydi. Shunday bo‘lsa-da, dukkakli donlar ba zi mamlakatlarda, masalan, ‟ 5