O‘zbekiston tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari tarixi tadqiqot muammolari va istiqboli
O‘zbekiston tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli Mundar eja KIRISH ……………………………………………………………………… 4-18 I BOB.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston tosh asri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: I.1O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………………………………………… 19-29 I.2. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………………………………………30-39 II-BOB. O‘zbekiston tosh asri jamoalarining madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli II.1. O‘zbekiston paleolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli………………………………………… 40-4 5 II.2. O‘zbekiston mezolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………… 4 6 -5 2 III-BOB. O‘zbekiston neolit davri jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli III.1. O‘zbekiston neolit davri kaltaminor jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………….. 5 3 -5 7 III. 2. O‘zbekiston neolit davri Sazog‘on, Markaziy Farg‘ona va UstYurt jamoalari madaniy aloqalarining tarixi: tadqiqot muammolari va istiqboli……………………………………………………………………… 5 8 -6 4 XULOSA…………………………………………………………………… 6 5 -68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………..….. 69-74 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarinitosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yillklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o‘ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o‘z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o‘zi o‘z davri uchun buYuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Magistrlik dissertatsiya uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlarida madaniy aloqalar va odamzod tomonidan yaratilgan moddiy madaniyatning kelib chiqishi tarixiy ildizlariga bag‘ishlanadi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, so‘nggi paleolit davridan e’tiboran etnos, etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri, xususan tosh asri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o‘rganishda etnik jamoalari, etnomadaniyat, etnogenetik jarayonlar masalasi dolzarbdir. Aniqrog‘i, 2
etnogenetik jarayonlar tosh asrining qaysi taraqqiyot bosqichiga oid degan masala mutaxassislar diqqat markazida bo‘lgan va hanuzgacha tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Nima uchun shunday, sababi etnik birikma jamoalarning mustaqil madaniyati demakdir. Demak, dissertatsiyamizning mazmuni O‘rta Osiyo tosh asri jamoalari madaniyatining shakllanishi va rivojining tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarga bag‘ishlangan ekan, buni yoritishda so‘zsiz, tadqiqotlarda aniqlangan va mustaqil madaniyat sifatida paleolit,mezolit va neolit davrlar uchun ilmiy asoslangan arxeologik madaniyatlarning o‘rni va ahamiyati katta. Sababi shu O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida tosh asri tarixiy davrlari kesimidagi ushbu madaniyatlarningkelib chiqishi tarixiy ildizlari, madaniy aloqalarni biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (UstYurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) UstYurt neolit madaniyati kabi tosh asri jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari, jamoalar madaniy aloqalari ishda yoritiladi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda kishilik tarixi taraqqiyotining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi butun bir davr, ya’ni O‘rta Osiyoda tosh asri tarixi, tarixshunosligi xususan, antropogenez jarayoni, inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tosh asrining davrlashtirilishi va tarixiy bosqichlarning o‘ziga xos xususiyatlari, davr yodgorliklarining xronologik doirasi va mustaqil arxeologik madaniyatlari, jamoalar moddiy madaniyati, odamlar turmush tarzi, kunlik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari va ularning evolYusiyasi, xo‘jalik va madaniy ixtiro, kashfiyotlar, 3
aholining mafkuraviy qarashlari ma’naviy kechinmalari, diniy tasavvurlari, ibtidoiy san’at, etnos, etnomadaniy qiyofasi va antropologik tiplar, shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy- iqtisodiy Yuksalishlar, urug‘chilik jamoa tuzumining shakllanishi va rivoji, ikki xo‘jalik va madaniy tiplar, ya’ni o‘zlashtirma xo‘jalik va ishlab chiqarish iqtisodiyotiga asoslangan jamoalar madaniyati, iqtisodiy va madaniy aloqalar, madaniyatlar kelib chiqishi tarixiy ildizlari haqida keyingi yillar tadqiqotlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi, xalqaro arxeologik qo‘shma ekspeditsiyalar (O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya, O‘zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko‘rsatdi, zamonaviy metodikalar qo‘llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. O‘rta Osiyo hududi sharq dunyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu madaniyatning jonli guvohlari bo‘lgan tarixiy madaniy yodgorliklar ko‘plab tadqiq etilgan. Jumladan, kishilik tarixi tosh asriga oid yodgorliklar tadqiqotida qo‘lga kiritilgan ashyolar o‘sha davr jamoalari ijtimoiy tuzumi, kunlik turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ma’naviy kechinmalari, o‘zaro qo‘ni- qo‘shnichilik madaniy aloqalari to‘g‘risida qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, tosh davri jamoalarining madaniy aloqalari ibtidoiy davr madaniyatini o‘rganishda dolzarb masalalardan biridir. Dastlab A.P.Okladnikov tomonidan bu masalaga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, V.A.Ranov, U.Islomov, M.Jo‘raqulov, E.Bijanov kabi olimlar ham o‘z tadqiqotlarida O‘rta Osiyo tosh davri jamoalari o‘zaro madaniy aloqalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirishganlar. Jumladan, U.Islomov Farg‘ona 4
vohasi neolit davri jamoalarining Markaziy va Janubiy Tojikiston xududi Hisor neolit jamoalari madaniyatiga o‘xshashligi, V.A.Ranov o‘z navbatida Hisor neolit jamoalarining Farg‘ona, Zarafshon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududi neolit jamoalari bilan madaniy aloqalari to‘g‘risida qiziqarli faktlar keltirgan. M. Jo‘raqulov O‘rta Zarafshon vohasi Sazog‘on neolit jamoalarining Tojikiston hududi Hisor jamoalari, Farg‘ona vohasi Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari, S.P.Tolstov, A.V.Vinogradovlar Xorazm hududi kaltaminor jamoalarining Janubiy Turkmaniston va Yaqin Sharq hududi neolit jamoalari o‘zaro qo‘ni qo‘shnichilik madaniy aloqalari borasida qimmatli ma’lumotlar keltirishadi. E.Bijanov Usturt tosh davri jamoalarining Xorazm, Sharqiy Kaspiybo‘yi, Janubiy Turkmaniston, Yaqin Sharq hududi jamoalari bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lib yashaganliklari to‘g‘risida o‘z tadqiqotida ma’lumotlar keltirgan. Bu madaniy aloqalar tosh asriga oid yodgorliklar tosh industriyasi, tosh qurollari shakli, ishlov berilishi usullari, tosh qurollari yasalish xom ashyolari, turar joylari, qabrlari, sopol idishlari va ularga ishlangan naqshlarida namoyon bo‘lgan. Demakkim, odamzod qadimdan ma’lum bir hudud bilan chegaralanib yashab qolmasdan, balkim ular oziq-ovqat topish ilinjida yoki tosh qurollari yasash uchun xom ashyolar izlashib boshqa joylarga borib qolishganlar va u joydagi jamoalar madaniyatining ba’zi jihatlarini o‘zlashtirib olishganlar, aksincha ular madaniyatiga ta’sir ko‘rsatganlar. Bunday madaniy aloqalar so‘zsiz jamoalar tomonidan yaratilgan madaniyatlarda shu tariqa o‘z aksini topgan. Xulosa shuki, O‘rta Osiyo hududida kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichini o‘z ichiga olgan tosh davridanoq jamoalar o‘rtasida o‘zaro qo‘ni qo‘shnichilik madaniy aloqalari bo‘lgan ekan. Bu madaniy aloqalar tarixiy taraqqiyot keyingi bosqichlarida ham uzluksiz davom etgan va u xalqlarning urf-odati, turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘ulotlari, diniy e’tiqodlari, san’ati, bayramlarida umumiylikni keltirib chiqarganki, elat va xalqlarning kelib chiqish ildizini ham chirmashtirib Yuborgan. Bunga O‘rta Osiyo hududida yashovchi o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari tom ma’noda misol bo‘ladi. 5