ETNIK JARAYONLAR ARXEOLGIK MADANIYATLAR TAHLILIDA TADQIQOT MUAMMOLARI VA ISTIQBOLI (O’RTA OSIYO TOSH ASRI MISOLIDA)




















































































ETNIK JARAYONLAR ARXEOLGIK MADANIYATLAR TAHLILIDA: TADQIQOT MUAMMOLARI VA ISTIQBOLI (O’RTA OSIYO TOSH ASRI MISOLIDA) Annotatsiya Magistrlik dissertatsiya sida so‘nggi paleolit, mezolit va neolit davrlari etnik jarayon , etnik birikmalarni arxeologik madaniyatlar tahlilida ochib berishda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni manba sifatida yaxlit bir tizimga solishga harakat qildik. Bunda mazkur davrlarda kechgan etnogenetik jarayon , etnik birikmalarni arxeologik qazishma ishlarida qo‘lga kiritilgan arxeologik ashyolar, ma’lumotlar hamda soha mutaxassislari qarashlari asosida ifodalashga e’tibor qaratildi. Shu asnoda ma’lumotlar tizimlashtirildi, tadqiqot muammosi va istiqboli, jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni masalasi aniqlashtirildi. Shuningdek ishda etnogenetik jarayonlar borasidagi ilmiy konsepsiyalar va yondashuvlar, etnos, etnik birikma, etnologiya maktablari, etnologiyada zamonaviy yo’nalishlar, ajdodlarimizning o‘tmish, boy madaniy merosini o‘rganishimizda birlamchi tarixiy manba ekanligi masalalariga ham e’tibor qaratildi va ilmiy asoslandi. Annotation In the master's thesis, we tried to integrate the data obtained in the analysis of the ethnic process and ethnic groups of the last Paleolithic, Mesolithic and Neolithic periods in the analysis of archaeological cultures into a single system as a source. In this, attention was paid to the representation of the ethnogenetic process of these periods, the ethnic groups based on the archaeological objects, information and views of experts in the field obtained during the archaeological excavations. At the same time, the information was systematized, the problem and perspective of the research, the question of its role in the social life of the society was clarified. In addition, scientific concepts and approaches to ethnogenetic processes, ethnos, ethnic combination, schools of ethnology, modern directions in ethnology, issues of the primary historical source in studying the past, rich cultural 1
heritage of our ancestors were also paid attention to and scientifically substantiated in the work. Mundarija Kirish… ……………………………………………………………………….4-19 I BOB . O‘rta Osiyo tosh asri so‘nggi paleolit, mezolit va neolit davri jamoalarining moddiy madaniyatlari, etnik jarayonlar borasidagi ilmiy konsepsiyalar va yondashuvlar 1.1. O‘rta Osiyo tosh asri so‘nggi paleolit, mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyatlari .……………………………………………………………….20-37 1.2. O‘rta Osiyo tosh asri neolit davri jamoalarining moddiy madaniyatlari … ……………………………………………………………..38-45 II B OB . O’rta Osiyo so’nggi paleolit va mezolit davri etnik jarayonlari: tadqiqot muammolari va istiqboli. 2.1. Etnik jarayonlar borasidagi ilmiy konsepsiyalar va yondashuvlar………46-55 2.2. O’rta Osiyo so’nggi paleolit va mezolit davri etnik jarayonlari: tadqiqot muammolari va stiqboli…………………………… …………………………56-63 III BOB. O’rta Osiyo neolit davri etnik jarayonlari: tadqiqot muammolari va istiqboli. 3.1 . O‘rta Osiyo sarhadlari neolit davrida etnik jarayonlarning arxeologik madaniyatlar bilan uzviyligi masalasi ………………………………………64-68 3.2 O’rta Osiyo neolit davri etnik jarayonlari: tadqiqot muammolari va istiqboli. ………………………………………………………………………79-70 Xulosa………………………………………………………………………... 71-78 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 2
K IRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. S h u jarayonda so‘zsiz, odamninng o‘zining biologik jihatdan rivojlanishi masalasi ham ahamiyatlidir. Masalan, sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Turar- joylarni qura boshlagani ham o‘z davri uchun muhim innovatsiyalar bo‘lib, endi odamzod tabiatga qaramlikdan qutiladi va asta-sekinlik bilan muqim yashash turmush tarziga o‘tishiga imkon beradi. Shu kabi jihatlar ibtidoiy odamlarning ma’lum ijtimoiy uyushmasi mazmuni, xarakteri bilan ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan, magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlari etnik jarayonlari, etnik birikmalari va ularning ijtimoiy ahamiyati masalalarini arxeologik madaniyatlar tahlilida yoritishga bag‘ishlangan. Mavzuning asoslanishi o‘tmish tariximizni yoritishda birlamchi manba sifatida arxeologik madaniyatlar mazmunidagi tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan etnik birikmalar shakllanishi, etnik jarayonlarga oid manba, ma’lumotlarga tayaniladi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bu tarixiy jarayonlar kishilik tarixi so‘nggi paleolit davrida sodir bo‘lgan tub sotsial o‘zgarishlar mohiyoti bilan bog‘liq ekan. Aniqrog‘i, “Aql-idrokli” hozirgi zamon ko‘rinishidagi odamzodning shakllanishi, urug‘ jamoasinning yuzaga kelishi, dastlabki turar-joylar qurila boshlangani ma’lum bir etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumot beradi. 3
Kishilik tarixi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda etnik birikmalar, ularning shakllanishi tarixiy shart-sharoitlari va ularning arxeologik manbalar, ma’lumotlarga tayanib asoslanishi, tahlili masalalari o‘z mazmunlariga ko‘ra dolzarblik ahamiyat kasb etadi. Soha mutaxassislari tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda tadqiqot obyekti sifatida bu masalaga e’tibor qaratishganligi ilmiy adabiyotlardan ma’lum. Faktik materiallar tosh asri tayanch yodgorliklari manbalariga asosan kishilik tarixi tosh asri so‘nggi paleolit davridan e’tiboran dastlabki etnik birikmalar ko‘rinishlari namoyon bo‘la boshlaganligi ma’lumotini bermoqda. Aniqrog‘i, jahon tarixshunosligida dastlabki etnik birikmalar ko‘rinishlarini so‘nggi paleolit davri arxeologik madaniyatlar mazmuni bilan bog‘lash amaliyoti mavjud. Mutaxassislar fikricha, arxeologik madaniyatlar etnik birikmalarga asos beradi. Bunda etnik jarayonni bir-birlaridan moddiy madaniyati jihatidan farqlanuvchi va o‘ziga xoslikni ifodalovchi ma’lum mintaqa miqyosidagi mustaqil arxeologik madaniyatlar e’tirofini anglash mumkin. O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh, Istiq, Markansuy (Tojikiston hududida), Aydabol (Ustyurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati tadqiqotlari natijalari ma’lum ma’noda etnik birikma, etnik jarayonlarnni tahlil etishga ilmiy asos bermoqda. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda xalqimizning o‘tmish tarixi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni chuqur o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga taqdim etish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan taraqqiyotimizning “o‘zbek modeli”ini dunyo hamjamiyati tan oldi. 2016 yil 4 dekabrda yangi saylangan 4
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida taraqqiyot yo‘limiz borasida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “B iz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir" 1 . Shuningdek, Respublikamiz mustaqilligining dastlabki davridanoq madaniy merosimizni tadqiq etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. 2001 yilda «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», 2009 yil 16 iyunda «Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi VMsining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi 21 sentyabr 2019 yil 792-sonli qarori shular jumlasidandir. Madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish borasidagi farmoyishlarning ijrosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviyat va tarix, arxeologiya yo‘nalishlaridagi darsni o‘quv yili davomida muzeylar, madaniy meros ob’ektlarida tizimli olib borilishini ta’minlashning qo‘shma chora-tadbirlari rejasining (2019 yil 7 dekabr,№ 87-03- 4783) ishlab chiqilganligi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dasturi amal bo‘ldi. 1 «Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз” Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи . // Халқ сўзи, 2016 йил, 15 декабрь . 5