logo

O‘rta Osiyo ibtidoiy davri turar-joylari tadqiqot muammolari va istiqboli

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

11774 KB
O‘rta Osiyo ibtidoiy davri turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli
Mundarija
Kirish … ……………………………………………………………………….4-20
I   Bob.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   va   u ning
o‘rganilishi tarixi
1.1. O‘rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning
o‘rganilishi tarixi ..………………………………………………………21-30
1.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi
tarixi . … ……………………………………………………………..….31-38
1.3. O‘rta   Osiyo   eneolit   va   jez   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   va   uning
o‘rganilishi tarixi .. … ……………………………………………..…….38-49
II   Bob.   O‘rta   Osiyo   tosh   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot
muammolari va istiqboli
2.1. O‘rta   Osiyo   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot
muammolari va istiqboli.……………......................................………………. 50 - 54
2.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va
istiqboli.……………..................................................................……………… 55 - 62
III B ob. O‘rta Osiyo eneolit va jez davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot
muammolari va istiqboli
3.1 O‘rta Osiyo eneolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va
istiqboli .………………………………………………………………………..63-69
3.2   O‘rta   Osiyo   jez   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot   muammolari   va
istiqboli .………………………..………………………………………………70-78
Xulosa…………………………………………………………………………79-83
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.………………………………...………84-89
Ilova: Xaritalar. Rasmlar. KIRISH
Magistrlik   dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi:
Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarini tosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil
avv.   IV   yilliklar).   Bu   davr   tosh   qurollarning   yasalishi   texnikasi   va   ularga   ishlov
berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining
turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga
ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar)
va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy
davrida   o‘ziga   xos   ijtimoiy   tuzumi,   odamlar   turmush   tarzi,   kundalik   va   xo‘jalik
mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy
ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la
qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro
aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu aloqadorlik
tarixiy davrlarda o‘ziga  xoslikni  tashkil  etib, ularning har  birida inson  tomonidan
yaratilgan   ixtiro   va   kashfiyotlar,   ya’ni   o‘z   davri   uchun   innovatsiyalar   bilan
xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining
o‘zi o‘z davri uchun buyuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi
esa,   so‘zsiz,   insonlar   turmushida,   o‘zining   biologik   jihatdan   takomillashuvida
(pishgan   ovqatlarni   tanovul   qilishi),   uning   jamiyatida   muhim   ijtimoiy   ahamiyat
kasb   etgan.   Turar-joylarni   qura   boshlagani   ham   o‘z   davri   uchun   muhim
innovatsiyalar bo‘lib, endi odamzod tabiatga qaramlikdan qutiladi va asta-sekinlik
bilan muqim yashash turmush tarziga o‘tishiga imkon beradi
Magistrlik   dissertatsiya   uchun   tanlagan   mavzumiz   O‘rta   Osiyo   miqyosida
tosh   asri   taraqqiyoti   bosqichlarida   odamzod   tomonidan   yaratilgan   turar-joylar   va
ularning   ijtimoiy   ahamiyati   masalalariga   bag‘ishlangan.   Mavzuning   asoslanishi
o‘tmish tariximizni yoritishda birlamchi manba sifatida kasb etiluvchi turar-joylar
tadqiqoti natijalariga tayaniladi. Bu mavzuni biz   be’jizga tanlamaganmiz. Sababi,
tadqiqotlar   ko‘rsatishicha,   so‘nggi   paleolit   davridan   e’tiboran   turar-joylar   qurila
boshlagan va shu hududiy chegara bilan bog‘liq holda yashovchi etnik birikmalar
shakllana   borganligi   haqida   ma’lumotlar   bor.   O‘rta   Osiyo   sarhadlari   miqyosida
2 ibtidoiy   davr   jamoalari   turar-joylarini   biz   o‘z   ishimizda   yoritib,   eng   so‘nggi
arxeologik   tadqiqotlarda   qo‘lga   kiritilgan   manba,   ma’lumotlar   asosida   ilmiy
asoslab   berishimiz   lozim.   Bunda   madaniyatlar   shakllanishi   avtoxton   xarakteri
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   O‘rta   Osiyo   miqyosida   paleolit   davri,   xususan
Zarafshon,   Farg‘ona,   Surxon   va   Toshkent   vohasi   paleolit   davri   jamoalarining
madaniyati,   mezolit   davriga   oid   Obishir   (Farg‘ona   vohasida),   Vaxsh   (Tojikiston
hududida),   Aydabol   (Ustyurt   palotasida)   kabi   madaniyatlar,   neolit   davriga   oid
Joyitun   (Janubiy   Turkmaniston),   Kaltaminor   (Amudaryo   va   Zarafshon   daryosi
Quyi   oqimlari,   Qizilqumda)   Hisor   (Tojikiston   sarhadlarida),   Markaziy   Farg‘ona
(Farg‘ona   vodiysida),   Sazog‘on   (O‘rta   Zarafshon   vohasida)   Ustyurt   neolit
madaniyati, O‘zbekisto va Turkmaniston, Tojikiston janubiy sarhadlarida Sopolli,
Namozgoh va Vaxsh jez davri  kabi ibtidoiy davr jamoalariga tegishli madaniyatlar
mavjud   va   tadqiq   etilgan.   Ushbu   madaniyatlarda   tadqiq   etilgan   turar-joylar
natijalari  ishda yoritiladi. O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida ibtidoiy davr jamoalari
turar-joylarini   biz   o‘z   ishimizda   yoritib,   eng   so‘nggi   arxeologik   tadqiqotlarda
qo‘lga   kiritilgan   manba,   ma’lumotlar   asosida   ilmiy   asoslab   berishimiz   lozim.
Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki,   kishilik     tarixi     ibtidoiy   davri     jamoalari     ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy   taraqqiyotini     o‘rganishda     turar-joylarning   ijtimoiy   ahamiyati   masalasi
dolzarbdir. Sababi, dastlabki turar-joylar, garchi primitiv holatda bo‘lsada (yerto‘la
va   yarim   yerto‘la   ko‘rinishida),   lekin   bu   turar-joylar   asosida   aholi   muqim
yashaydigan   qishloqlar   yuzaga   kelgan,   obod   qishloqlar   asosida   daryo   vohalarida
shaharsozlik   madaniyati   va   dastlabki   davlat   uyushmalarining   shakllari   paydo
bo‘lganki,   bu   so‘zsiz   qadimgi   sivilizatsiyalar   shakllanishiga   asos   bergan.   Shu
jihatdan   mavzumiz   dolzarbligi   ham   belgilanadi.   Bu   esa   ayni   kunda,   Mustaqil
Respublikamizda   ajdodlarimiz   tomonidan   yaratilgan   madaniy   merosni   o‘rganish
va u bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishdek ustvor masalaning yechimida o‘ziga
ahamiyat kasb etishi bilan ham mavzumiz dolzarbdir. 
Magistrlik   dissertatsiyamiz   mavzusining   dolzarbligi   quyidagilar   bilan
belgilanadi.   Keyingi   yillarda   O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekistonda   xalqimizning
3 o‘tmish   tarixi,   ajdodlarimiz   tomonidan   yaratilgan   madaniy   merosni   chuqur
o‘rganish   va   uni   jahon   hamjamiyatiga   taqdim   etish   ishlariga   katta   e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan,  Respublikamiz Birinchi Prezidenti  I.A.Karimov 1998 yil
yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan   uchrashganida
haqqoniy   tariximiz   faqat   birlamchi   manbalar   asosida   yaratilishini   alohida
ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan
mavzumiz   dolzarbligi   belgilanadi.   Sababi,   dissertatsion   tadqiqotimiz   manbaviy
asosi   faqat   birlamchi   manbalarga   asoslanadi.   Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti
I.A. Karimov tomonidan asos solingan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan   izchillik   bilan   amalga   oshirilayotgan   taraqqiyotimizning   “o‘zbek
modeli”ni   dunyo   hamjamiyati   tan   oldi.   2016   yil   4   dekabrda   yangi   saylangan
Prezidentimiz   Sh.M.   Mirziyoyev   o‘zining   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo‘shma   majlisidagi   nutqida   taraqqiyot
yo‘limiz   borasida   to‘xtalib,   quyidagilarni   ta’kidladi:   “Biz   muhtaram   Birinchi
Prezidentimiz   Islom   Abdug‘aniyevich   Karimov   boshlab   bergan   keng   ko‘lamli
siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   islohotlar   yo‘lini   og‘ishmasdan,   qat’iy   va   izchil
davom ettiramiz. Bu yo‘l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik
jamiyatini   shakllantirish,   Vatanimiz   iqtisodiy   qudratini   yuksaltirish   va   yanada
ravnaq   toptirishning   mustahkam   zaminidir" 1
.   Shuningdek,   madaniy
merosimizni   tadqiq   etishning   huquqiy   asoslari   yaratila   boshlandi.
Konstitutsiyamizning   49-moddasida   fuqoralar   O‘zbekiston   xalqining
tarixiy,   madaniy   va   ma’naviy   merosini   avaylab   asrashga   majburligi,
madaniyat   yodgorliklari   davlat   muhofazasida   ekanligi   belgilab   qo‘yildi.
2001   yilda   « Madaniy   meros   obyektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan
foydalanish   to‘g‘risida » ,   2009   yil   16-iyunda     « Arxeologiya   merosi
1
«Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон   давлатини   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан   бирга
қурамиз”   Шавкат   Мирзиёевнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   лавозимига   киришиш   тантанали
маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи . // Халқ сўзи, 2016 йил,
15 декабрь . 
4 obyektlarini   muhofaza   qilish   va   ulardan   foydalanish   to‘g‘risida »   gi
qonunlar,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   2018   yil
17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish
va   ulardan   foydalanishni   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   F-5181-son   farmoyishi,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Arxeologik   tadqiqotlarni
tubdan   takomillashtirish   to‘g‘risidagi   21   sentabr   2019   yil   792-sonli   qarori   shular
jumlasidandir.   Madaniy   meros   obyektlaridan   foydalanish   borasidagi
farmoyishlarning   ijrosi   sifatida   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus
ta’lim   vazirligining     Ma’naviyat   va   tarix,   arxeologiya   yo‘nalishlaridagi   darsni
o‘quv yili davomida muzeylar, madaniy meros obyektlarida tizimli olib borilishini
ta’minlashning   qo‘shma   chora-tadbirlari   rejasining   (2019   yil   7   dekabr,№   87-03-
4783)   ishlab   chiqilganligi   ta’lim,   fan   va   ishlab   chiqarish   integratsiyasini   amalga
oshirishda dasturi amal bo‘ldi.
Bizning   mazkur   dissertatsiyamizning   mazmuni   va   uning   yozilishi   keyingi
uch   o‘n   yilliklar   davomida   O‘rta   Osiyoda,   shu   jumladan   O‘zbekiston   hududida
tosh   asri   yodgorliklari   tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   kashfiyotlar,   zamonaviy
yondoshuvlar   asosida   katta   hajmdagi   arxeologik   manbalar   tahlili   bo‘yicha
chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz
mustaqilligi   yillarida     tosh   asri   yodgorliklari   tadqiqotida   jahonning   nufuzli   ilmiy
markazlari   bilan   hamkorliklar   yo‘lga   qo‘yildi,   xalqaro   arxeologik   qo‘shma
ekspeditsiyalar   (O‘zbekiston-Rossiya,   O‘zbekiston-Polsha,   O‘zbekiston-Fransiya,
O‘zbekiston-Xitoy     kabi)   faoliyat   ko‘rsatdi,   zamonaviy   metodikalar   qo‘llanildi,
taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mavzuning o‘rganilganligi darajasi : O‘rta Osiyo tosh asri so‘nggi paleolit
davri   jamoalari   turmushida   turar-joylar   qurilganligi   haqida   ma’lumotlar   qo‘lga
kiritilgan.   Bu   manba   va   ma’lumotlar   Samarqand   so‘nggi   paleolit   makoni
qazishmalariga   taalluqli   hisoblanadi.   Mezolit   davriga   oid   turar-joylar
Tojikistonning   Say-Sayyod,   Tutqovul   yodgorliklarida   o‘rganilgan.   Ko‘p   sonli
turar-joy   ma’lumotlari   neolit   davri   yodgorliklari   qazilmalarida   qo‘lga   kiritilgan.
5 Tosh   davri   jamoalari   kunlik   turmush   tarzi,   ijtimoiy   tuzumi,   munosabatlarini
bilishda   ular   yashaydigan   turar-joylar   ham   manba   sifatida   muhim   ma’lumotlar
beradi.   Xususan,   Tolstov   makoni   kompleksi   tadqiqotida   4   ta   turar   joy   qoldig‘i
topilgan.   Shulardan   ikkitasi   yer   sathi   qismiga   qurilgan   kulbalar   hisoblanadi.
Qolgan ikkitasi esa yarim yerto‘la shaklidagi uylar edi. Yer sathi qismida qurilgan
uy,   nisbatan   yaxshi   o‘rganilgan   bo‘lib,   u   110-120   metr   kvadratni   tashkil   etadi.
Ichki   qismida   o‘choqlari   bo‘lgan   bu   uyda   35-50   kishi   –bir   ona   urug‘i   istiqomat
qilgan bo‘lishi mumkin (o‘rtacha 5
  kishidan   iborat   bo‘lgan   8-10   oila   bo‘lgan).   Yarim   yerto‘la   ko‘rinishidagi
boshqa uylar esa o‘z hajmlari bo‘yicha bu uylardan nisbatan kichikroq bo‘lgan. Bu
uylar   chamasi   bir   vaqtda   faoliyat   ko‘rsatib,   150-180   kishi   yashaydigan
umumjamoa   qishlog‘ini   tashkil   etgan.   Tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   jamoaning
ma’lum bir qismi bu yerda yil davomida doimiy yashagan. 
Uchashi   131   makonidan   ham   Tolstov   makonidagidek   150-200   kishi
yashashi mumkin bo‘lgan uchta yer sathi ustki qismiga qurilgan turar joy qoldig‘i
topilgan.   Uchashi   159   makoni   esa   maydoni   ko‘lami   jihatidan   yuqorida   nomlari
tilga   olingan   makonlarga   nisbatan   yirikroq   hisoblanadi   va   bu   makonda   madaniy
qatlam   to‘laligicha   buzilib   ketgan.   Makon   doirasida   arxeologik   manbalarni   9   ta
joyga jamlangan holatda ma’lum chegaraga ega bo‘lgan, bir-biridan alohida holda
aniqlanishining  o‘zi   tadqiqotchilarning  fikricha,   ular  ham   huddi  Tolstov,  Uchashi
131 uylari kabi yashash kulbalari bo‘lishgan. Makon chegarasi doirasi yer sathidan
33   mingdan   ziyodroq   tosh   ashyolar   kolleksiyasi   yig‘ib   olingan.   Agar   Tolstov
makonidan   hammasi   bo‘lib   40   mingta   arxeologik   manba   (sut   emizuvchilar   va
baliqlar   suyaklaridan   tashqari)   qo‘lga   kiritilganini   hisobga   olsak,   Uchashi   159
makoni ham maydon sathi, ham arxeologik manbalari miqdoriga ko‘ra (chunki bu
yerda faqat tosh qurollari hisobga olinadi) yirikroq makon hisoblanadi. 
Tolstov   makonida   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   manbalar   mazkur   makon
sohibkorlarining   moddiy-madaniyati,   turmush   tarzi,   xo‘jalik   yumushlari,   turar
joylar   borasida   qimmatli   ma’lumotlar   berdi.   Tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,
Markaziy   Osiyo   pasttekislik   mintaqasida   yashagan   qadimgi   ovchi,   baliqchi
6 jamoalarning   turarjoylari   yer   sathi   ustiga   qurilgan   hamda   yarim   yerto‘la
ko‘rinishida   bo‘lgan.   Bu   uylar   karkasli   uslubda   qurilgan   bo‘lib,   odatda   to‘g‘ri
burchakli, aylana yoki suyri shakldadir. Uylarning tomi qamish bilan yopilgan va
ustidan kultuproq bostirilgan degan qarashlar mavjud. Katta jamoaga qarashli uylar
markazida, aniqrog‘i, uydan chiqish eshigiga yaqinroq joyda katta o‘choq bo‘lgan.
Bu   o‘choq   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   jamoatchilik   urf-odatlarini   bajarish   maqsadida
o‘rnatilgan. Uyning ichki  yon atrofi  bo‘ylab nisbatan kichikroq, mayda o‘choqlar
tartib   bilan   joylashganki,   ularning   har   biri   bitta   kichik   oilaga   tegishli   bo‘lgan
bo‘lishi   mumkin.   Xo‘jalik   ishlariga   moslashgan   joy   neolit   jamoalari   uylarining
tarkibiy   qismi   hisoblangan.   Tolstov   makonida   xo‘jalik   zonasi   turarjoylari   janubi-
g‘arbiy tomondan yonma-yon qurilgan maydon sathini tashkil etadi. Maydon sathi
o‘lchami   bo‘yicha   yashash   xonalaridan   kattaroq.   Bu   maydonlardan   ustunlar
ko‘milganligini   bildiruvchi   chuqurlar   o‘rni   topilgan.   Demak,   bu   qism   ayvon
shaklda   yengil   yopilgan   kapa   bo‘lib,   bu   joyda   jamoaga   tegishli   bo‘lgan   asosiy
xo‘jalik   ishlari,   hususan,   hayvon   tanalarini   burdalashgan,   baliqlarni   tozalash,
terilarga,   tosh   qurollariga,   suyakka   ishlov   berish,   taqinchoqlar   yasash   kabi   uy
sharoitidagi   ishlar   bajarilgan.   Havo   issiq   paytlarda   ovqatlar   ham   pishirilgan
bo‘lishi   mumkin.   Lekin,   bu   joylarda   kulolchilik   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ishlar
bajarilganligi   haqida   dalillar   topilmagan.   Kulolchilik   ishlari   makon   chegarasi
doirasidan tashqarida - maxsus joylarda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. 
Qizilqum   hududida   tadqiq   etilgan   makonlar   jamoalari   uy-joylari   ichki
tuzilishi elementlari va o‘z o‘lchamlari bo‘yicha bir necha variantlarga bo‘linishini
ko‘rsatdi.   Masalan,   Dorbazaqir   1   makonida   o‘choqlar   turar-joylar   qurilishidan
tashqarida   joylashganligi,   madaniy   qatlam   ham   turar-joylar   maydon   sathi
yarmidagina   saqlanganligi   aniqlangan . 2
  Lavlakon   26   makonida   aniqlangan   turar
joylar   o‘z   o‘lchamlari   va   hajmi   bo‘yicha   Tolstov   uylariga   o‘xshash.   Faqat   bu
joydan aylanasiga  chegara bo‘lib, kul  va  kuygan qumdan iborat  qoldig‘i  saqlanib
qolgan   o‘choqning   topilishi   e’tiborlidir.   Dorbazaqir   1,   Lavlakon   26   uy-joy
2
  Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в
низовьях Зарафшана. Тошкент, 1966.С. 25-29. 
7 binolarida   qiya   holatda   bo‘lgan   ustunlarning   qazilgan   chuqurlari   qoldiqlarining
topilishi   bu   makonlar   uy-joy   qurilishlari   tuzilishining   nisbatan   o‘zgacharoq
bo‘lganligini   bildiradi 3
.   Janubiy   Turkmaniston   hududi   neolit   jamoalarining   turar-
joylari   V.M.Masson   tomonidan   Joyitun   madaniyati   yodgorliklari   asosida
o‘rganilgan 4
.   Markaziy   va   Janubiy   Tojikiston   tosh   davri,   jez   asri   jamoalarining
turar-joylari   V.A.Ranov   tomonidan   Hisor   madaniyati   yodgorliklari,   jej   asri   turar-
joylari   esa   Kangurtut   yodgorligi   asosida   N.M.Vinogradova   tomonidan
o‘rganilgan 5
.
Neolit   jamoalari   ijtimoiy   hayotini   bilishimizda   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Sazog‘on
neolit   jamoalari   yodgorliklaridan   topilgan   uy-joy   qoldiqlari   ham   ahamiyatli
sanaladi.   Xususan,   Sazagan   2.   Jangal-1   makonlaridan   turar-joylar   koldiklari
topilib,   ularning   o‘lchamlari   quyidagicha:   xonalar   aylana   shaklda   bo‘lib,
kundalangiga eni 4,0-4,5 metr, 25-35 santimetr o‘lchamli yupka toshlardan terilgan
balandligi   40-45   santimetrli   devorning   qisman   qoldiqlari   ham   topilgan.   Bu
qoldiqlar   turar-joylar   qoldiqlari   ekanligi   shubhasiz,   lekin   ularda   aniq
konstruksiyasini tiklash imkoniyati muammo. Shunday bo‘lsada mavjud faktlardan
bu   turar-joylar   yarim   yerto‘la   shaklida   devori   toshlardan   qalangan   ustiga   yengil
xodalar   terilib,   shox-shabba   yoki   qamishlar   bilan   yopilgan   imoratlar   bo‘lganligi
borasida   ilmiy   talqinlar   bor.   Jangal   1   yodgorligi   tadqiqotlari   ko‘rsatishicha   turar-
joylarning devor qoldiqlari yupqa tosh plitalardan (30 santimetrgacha uzunligi, eni
9-12   santimetr   o‘lchamli)   qalangan   ekan.   Bu   devor   balandligi   taxminan   40-45
santimetrni tashkil etadi. Devorlar qalanish shakliga qarab ikkita uy-joy to‘g‘risida
ma’lumot   olish   mumkin.   Ular   aylana   yoki   suyri   ko‘rinishida   bo‘lib,   o‘lchamlari
4,0X4,5   metrni   tashkil   etadi.   Jangal   1   uy-joylariga   o‘xshash   Sazog‘on   2   makoni
tadqiqotida 3,85 x 3,65 metr o‘lchamli suyri yoki aylana shaklda toshdan qalangan
uy-   joy   qoldig‘i,   Tepaqul   3   makoni   madaniy   qatlami   tadqiqotida   ham   shu
mazmundagi konstruksiya qoldiqlari kuzatilgan. Sazog‘on 2, Jangal 1 yodgorliklari
3
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М., Наука, 1981. 160-168-
бетлар.
4
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы
становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971. 
5
 Виноградова Н.М., Ранов В,А.,Филимонова Т.Г. Изучение гиссарской культуры и неолитические слои 
поселения Кангуртут. М., 2008.41,42-бб.
8 turar-joylari   o‘zining   ba’zi   xususiyatlari   bilan   Janubiy   Tojikiston   Tutqovul
yodgorligi   turar-joylariga   o‘xshash.   Yuqorida   keltirilganidek,   Jangal   1   yodgorligi
turar joylari ichidan o‘choq qoldiqlari topilgan. Har bir uy ichida bittadan o‘choq
bo‘lgan   va   ular   uy   devoriga   yaqin   joyda   joylashgan.   Tadqiqotlar   o‘choqlarning
o‘lchami   70X45   santimetrni   tashkil   etganligi,   mayda   tosh   bilan   qalangan   devori
bo‘lganligi   hamda   o‘choqlar   kuli   5-7   santimetracha   saqlanib   qolganligini
ko‘rsatdi 6
. 
Shunday qilib, Markaziy Osiyo pasttekislik mintaqasida neolit jamoalarining
yirik,   tayanch,   aholi   uzoq   muddat   yashagan   ko‘p   madaniy   qatlamli   makonlari,
makonlarning   esa   ma’lum   hududlarga   jamlanganligi   aholi   yashaydigan   yirik
markazlari bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bular joylashgan hududlardan tashqari
mintaqaning   qolgan   keng   maydoni   sathlaridan   bir-birilaridan   uzoq   masofada
bo‘lsa-da,   tarqoq   makonlar   faoliyat   ko‘rsatganliklari   ham   ma’lum   bo‘ldi.   Bu
jamoalar   qisqa   muddat   yashagan,   vaqtincha   manzilgoh   rolini   o‘ynagan
yodgorliklar   hisoblanadi.   Ular   ovlash   imkoni   bo‘lgan   hayvonlarning   hamda
iste’mol   qilish   mumkin   bo‘lgan   o‘t-o‘lan,   mevalarning   mavsumiy   o‘zgarishini
izlab hayot kechiradigan bir guruh sayyoh ovchi va termachilarning ko‘chib yurib
qoldirgan   makonlaridir.   Bu   makonlarda   arxeologik   manbalar   kam.   Tabiiyki
tayanch,   aholi   doimiy   yashaydigan   makonlar,   vaqtinchalik   manzilgoh   vazifasini
o‘tgan   yodgorliklardan   farq   qilgan,   xo‘jalik   va   ijtimoiy   tuzilishlari   mohiyatan
shunga yarasha bo‘lgan.
Tadqiqotning   maqsadi:   O‘rta   Osiyo   sarhadlarida   ibtidoiy   davr,   xususan
tosh davri va uning taraqqiyoti bosqichlari, mezolit, neolit, eneolit va bronza davri
6
 Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.  С. 3-122 .
Холматов Н.У. Сазоғон маданияти ва Ўзбекистон неолит даври тадқиқоти муаммолари // Ўзбекистон тарихи
долзарб муаммолари. Республика илмий анжумани материаллари, 1-қисм. - Самарқанд,2016. Холматов Н.У.
Неолит   Узбекистана:   проблемы   и   перспективы   //«Наука   и   мир».   Волгаград,   2018.   Холматов   Н.У.   Неолит
Узбекистана   //   “Global   science   and   innovations   2018   Central   Azia   II»   Международной   научно-практической
конференции.   -   Остана,   2018.   Холматов   Н.У.   Сазаганская   культура   и   ее   место   в   неолитической   эпохе
Узбекистана. Автореферат диссертации на соисконие степени доктора исторических наук. Самарканд, 2019. ;
Холматов Н.У. Сазоғон маданияти ва унинг Ўзбекистон неолит даврида тутган ўрни. Монография, СамДУ
нашриёти, Самарқанд, 2020, Б.383
9 jamoalari   turar-joylari,   ularning   tarkibiy   tuzilmalari   hamda     taraqqiyoti
evolyutsiyasini ochib berishdan iborat.
Magistrlik   dissertasiyasining   maqsad   va   vazifalari:   Tadqiqotimiz   uchun
mazmun   etib   tanlangan   mavzuning   asosiy   maqsadi,   vazifalari   quyidagi   masalalar
hisoblanadi:
1.   O‘rta   Osiyo   miqyosida   ibtidoiy   davr   yodgorliklari   o‘rganilishi   tarixi,
undagi tadqiqot muammolari  va istiqboli  borasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni
manba sifatida yaxlit bir tizimga solib, fundamental ish yaratish.
2.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davri   yodgorliklari   va   ular   tadqiqoti   natijalarini
tarixiy   davr   rivoji   ketma-ketligi   bosqichlari   doirasida   yoritish,   bunda   arxeologik
qazishma   ishlarida   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolarni   moddiy   madaniyat
borasida manba sifatida yaxlit bir tizimga solish.
3.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davr   jamoalari   turar-joylari   borasida   qazilmalarda
qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlarni, shu davr taraqqiyoti ketma-ketligini tashkil
etuvchi bosqichlar asosida tizimlashtirish, uning tadqiqot muammosi va istiqbolini
aniqlashtirish. 
4. O‘rta  Osiyo     tosh  asri  jamoalari  turar-joylarining avtoxtonlik  masalasiga
asosiy   e’tiborni   qaratish   va   buni   arxeologik   topilmalar,   manbalar   bilan   ilmiy
asoslash. 
5. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri aholi turar-joylarining evolyutsiyasini ko‘rsatib
berish.
6.   O‘rta   Osiyo     ibtidoiy   jamoalari   turar-joylarini   ifodalovchi   qazilmalarda
qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolar   ajdodlarimizning   o‘tmish,   boy   madaniy
merosini o‘rganishimizda birlamchi tarixiy manba ekanligi masalalarini yoritish.
Tadqiqot obyekti vа predmeti:
Tadqiqot   obyekti   O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixi,   ajdodlarimiz   tomonidan
yaratilgan   madaniy   merosini   o‘rganishda   shubhasiz,   ibtidoiy   davr   jamoalar
tomonidan   yaratilgan   moddiy   madaniyatning   o‘rni   va   ahamiyati   beqiyos
hisoblanadi.   Bu   tarixda   ibtidoiy   davr   jamoalarining   turar-joylari   masalasi   ham
10 o‘ziga   xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Magistrlik   tadqiqotimizning  asosiy  obyekti  O‘rta
Osiyo, xususan O‘zbekiston hududi miqyosida  ibtidoiy  davri jamoalariga tegishli
yodgorliklar hisoblanadi.
Tadqiqot   predmeti:   O‘rta   Osiyo,   xususan   O‘zbekiston   hududi     miqyosida
ibtidoiy   davr   turar-joylari   tadqiqotida   jamoalar   yashash   joylar   haqida   ma’lumot
beruvchi arxeologik ashyolar topilgan. Ana shu arxeologik manbalar, ma’lumotlar
tadqiqotimiz predmeti hisoblanadi. 
Tadqiqotning   usullari   tadqiqot   mavzusini   yoritishda   qiyosiy   tahlil,
tizimlashtirish, statistik kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Mazkur   magistrlik   dissertatsiyasi
tadqiqotimizning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1.   O‘rta   Osiyo   tosh   asri   jamoalari   turar-joylarini   yodgorliklar   yodgorliklar
tadqiqotida   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   ashyolar,   manbalar   va   ma’lumotlarda
isbotlanadi.
2. O‘rta Osiyo tosh asri jamoalari turar-joylarini ibtidoiy davr tarixiy    rivoji
ketma-ketligi  bosqichlarida evolyutsiyasi dalilanadi. 
3. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri jamoalari turar-joylari yodgorliklar tadqiqotida
qo‘lga  kiritilgan  arxeologik ashyo  va  ma’lumotlar  tayanilib  merosiylik, vorisiylik
va innovatsiya tamoyillarida  asoslanadi.
4.O‘rta Osiyo ibtidoiy davr turar joylarining tarixiy ildizlari mahalliy ildizlar
ekanligi, avtoxton xarakter kasb etishi ilmiy asoslangan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:   O‘rta Osiyo hududi keyingi
yillar maboyinida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (Sel-
ungur,   “Farg‘ona   odami”)   ilk   paleolit   davridanoq   odamzod   tomonidan
o‘zlashtirilganligi   ma’lum   bo‘ldi.   Demak,   bundan   taxminan   1   mln.200   ming   yil
muqaddam   o‘zlashtirilgan   O‘rta   Osiyo   xududida   tosh   asrining   keyingi   barcha
taraqqiyot   bosqichlarida   (paleolit,   mezolit,   neolit)   odamzod   uzluksiz   yashashib,
11 o‘ziga   xos   madaniyat   yaratilib   kelingani   arxeologik   manbalarda   o‘z   tasdig‘ini
topdi.   Paleolit   davri   jamoalarining   turmush   tarzi   oddiy,   ya’ni   ular   hali   tabiatga
to‘la   qaram   bo‘lishgan.   Ibtidoiy   to‘da,   gala   holatda   kun   kechirishgan.   Mehnat
qurollari   ham   o‘ta   sodda,   mashg‘ulotlari   terib,   termichlab   ovqat   topish   bo‘lgan.
Lekin,   odamlar   asta-sekinlik   bilan   o‘zlarini   o‘rab   turgan   atrof-muhit,   tabiat   bilan
yaqin   aloqada   bo‘laboshlashgan,   mehnat   jarayonida   ixtiro   va   kashfiyot   qilishgan.
Mezolit,   neolit   davri   ekologik   sharoiti,   iqlimiy   muhiti   nisbatan   hozirgi   zamonga
yaqin   bo‘lgan.   Shu   sababli   O‘rta   Osiyoning   deyarli   barcha   sarhadlari   odamzod
tomonidan   o‘zlashtirilib,   natijada   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   turli
mezolit,   neolit   madaniyatlari   shakllanadi.   Mezolit   davriga   oid   Obishir,   Vaxsh,
Oydabal,   Machay,   Markansuy   kabi   madaniyatlar   aniqlanib   tadqiq   etilgan.   O‘rta
Osiyo neolit davri bo‘yicha quyidagi madaniyatlar tadqiq etilgan. O‘rta Osiyoning
janubiy-g‘arbiy   mintaqalarida   Kopettog‘ning   quyoshga   tushlov   soy   etaklarida
ibtidoiy   motiga   dehqonchilikka   asoslangan   Joyitun   madaniyati 7
,   Amudaryo   va
Zarafshonning   quyi   havzalarida,   Qizilqumda   ovchi-baliqchi   urug‘   jamoalarining
Kaltaminor   madaniyati 8
,   Hisor   tog‘   tizmalarining   dara   va   yaylovlarida   Hisor
madaniyati 9
, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 10
, O‘rta Zarafshon
vohasida   Sazog‘on   va   Ustyurtda   Ustyurt   neolit   jamoalari   madaniyati   tarkib
topgan 11
.   Ammo,   ularning   xo‘jalik   asosi,   xronologik   doirasi,   etnomadaniy   va
etnografik   qiyofasi,madaniy   aloqalar,   madaniyatlarning   kelib   chiqishi   tarixiy
ildizlari   masalalari,     turar-joylari   Joyitun   va   Kaltaminor   madaniyatlarini   hisobga
olmaganda,   O‘rta   Osiyo   neolitining   o‘ta   bahsli   muammolari   bo‘lib   qolaverdi.  
7
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун (проблемы
становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
8
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
9
  Ранов В.А. Гиссарская культура: распространение, хронология, экономика.  //  Культура первобытной эпохи
Таджикистана. – Душанбе, 1982; Гиссарская культура – неолит горных областей Средней Азии.  //  Каменной
век   Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Неолит   (гиссарская   культура).   История
Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
10
  Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С.
304. 
11
  Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //   Древняя   и   средневековая   культура
юго-восточного   Устюрта.   –   Ташкент :   Фан,   1978.   С.18-79 ;   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание
уч.степени   д.и.н.   –   Нукус,   1996.   С.3-42 ;Джуракулов   М.Д.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего
Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.  С. 3-122 .
12 O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqotida
A.P.Okladnikov,   Y.G.Gulyamov,   V.A.Ranov,   V.M.Masson,   A.V.Vinogradov,
U.Islomov,   V.I.Timofeyev,   G.F.Korobkova,   M.R.Qosimov,   T.Mirsoatov,
YE.Bijanov,   M.Jo‘raqulov,   N.U.Xolmatov   kabi   olimlarning   izlanishlari   muhim
hisoblanadi.     Keyingi   yillar   maboynida   arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   qo‘lga
kiritilgan manbalar paleolit, mezolit, neolit davri jamoalari moddiy madaniyatining
yangi qirralarini yoritish imkonini bermoqda.
Ma’lumki,  tosh   asrining   dastlabki   bosqichi   hisoblanuvchi   paleolit   (qadimgi
tosh asri) davri tarixini yoritishda antropogenez jarayoni o‘z mazmuniga ko‘ra o‘ta
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Farg‘ona vodiysida Sel-ungur g‘or makoni  “Farg‘ona
odami”   antropologik   topilmasining   qo‘lga   kiritilishi   antropogenez   jarayoni
masalalarini   yanada   oydinlashtirib,   O‘rta   Osiyo   hududi   odamzod   tomonidan
bundan   taxminan   1   mln.200   ming   yil   muqaddam   o‘zlashtirilganini   isbotlashga
ilmiy asos berdi. Obirahmat g‘or makonidan “Obirahmat odami” ning topilishi esa
Vatanimiz   sarhadlarida   odamzod   ajdodlari   (neondertal,   kramonyon)   masalasida
muhim kashfiyot bo‘lib, bu boradagi bilimimizni yanada boyitishga xizmat qiladi. 
Ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-joylari   masalasida   turar-joylar   so‘nggi
paleolit   davridan   qurila   boshlagan   degan   xulosa   mutaxassislar   orasida   mavjud   va
bu ilmiy adabiyotlarda yoritilgan. Shuningdek mutaxassislar  dastlabki turar-joylar
qurilishini   ibtidoiy   davr   jamoalarining   etnik   birikmalarning   shakllanishi   masalasi
bilan bog‘lashadi. Buni   biz   tosh   asri   jamoalari   moddiy   madaniyatida   ko‘rishimiz
mumkin. Ma’lumki, etnogenetik  jarayonlarni  tosh asri  qaysi taraqqiyot  bosqichi
rivoji   bilan     bog‘lash     muammosi     ham   muhim     sanaladi.   Bu   masala   yechimini
mutaxassislar   arxeologik   madaniyatlar   mazmun   mohiyatidan   izlamoqdalar,   ya’ni
arxeologik madaniyatlar  etnik  farqlar demakdir. Tosh asri  bosqichlari  miqyosida
arxeologik   madaniyatlarni    ajratish   borasida   ham soha    tadqiqotchilari   orasida
yakdil  fikr  yo‘q.  Bir guruh olimlar  (G.P.Grigoryev,  V.P.Lyubin,  V.N.Gladilin)
ilk  paleolit  davridanoq arxeologik  madaniyatlar  bo‘lganligi  haqida  fikr yuritsa,
ko‘pchilik   mutaxassislar     (A.Y.Bryusov,   A.N.Ragochev,   S.N.Zamyatnin,
13 A.A.Formozov)     mahalliy     xarakterdagi     madaniy   farqlarni     so‘nggi     paleolit
davridan   e’tiboran   bo‘lgan   degan   xulosani   bildirgan.   Arxeologik   madaniyat   bir-
biriga o‘xshash tosh industriyasiga, moddiy madaniyatga ega bo‘lgan yodgorliklar
guruhini aniq, ravshan hududiy chegarada jamlanishidir. A. A. Formozov so‘nggi
paleolit davrida arxeologik madaniyatlar to‘la qonli ravishda shakllangan, keyingi
taraqqiyot   bosqichlarida   -   mezolit,   neolitda   tom   ma’noda   mustaqil   etnik   jamoa
birlashmalaridir   degan   xulosani   bildiradi.   Shu   bois   etnik   jarayon,   «etnos»   ning
boshlanishini so‘nggi paleolit davri bilan bog‘lash maqsadga muvofiqdir. Mezolit,
neolit   davri   etnik   jamoalari   «arxeologik   madaniyatlar»   ida   yanada   ravshanroq
namoyon   bo‘lgan.   Bu   etnik   jarayonlar   mezolit,   neolit   jamoalari   moddiy
madaniyatida   o‘z   aksini   topganki,   buni   O‘rta   Osiyo   miqyosida   amalga   oshirilgan
tadqiqotlar misolida ham kuzatish mumkin. Bu haqda V. M. Masson, S. P. Tolstov,
A.   V.   Vinogradov,   U.   Islomov,   V.   A.   Ranov,   M.   Jo‘raqulov   kabi   mutaxassislar
tadqiqotlarida   ma’lumotlar   mavjud.   Xususan,   V.   A.   Ranov   «neolit   davri   etnik
jamoalar   shakllangan   davr   Joyitun,   Kaltaminor,   Hisor   madaniyatlari   nafaqat
tarixiy-madaniy   jamoalar,   balki   etnik   birlashmalar   hisoblanadi»   degan   fikrni
beradi. 12
  Shu   o‘rinda   V.   M.   Masson   tomonidan   Joyitun,   Kaltaminor,   Hisor
madaniyatlari   xususidagi   turli - tuman   etnik   tarkiblar   borasida   bildirgan   xulosalari
ham   ahamiyatlidir.   Bunda   mazkur   madaniyatlar   ajratilishga   ilmiy   asos   bergan
sopol idishlar va ular naqshlari ahamiyatiga e’tibor qaratilgan 13
. Neolit davri etnik
jarayonlar   etnomadaniyat   hamda   etnik   guruhlar   borasida   A.   V.   Vinogradov
tadqiqotlari  ma’lumotlari alohida ahamiyat  kasb etadi. Qon-qardosh qabilalarning
ma’lum   hududlarga   tarqalib   yashashi,   vaqt   o‘tishi   bilan   mahalliy   harakterdagi
madaniy variantlardan iborat kaltaminor etnomadaniy jamoalari neolit madaniyati
shakllanishiga   olib   kelgan   (Oqchadaryo,   Lavlakan,   Quyi   Zarafshon).   Bu   tom
ma’noda etnogenetik birlashmadir 14
. V. A. Ranov tomonidan hisor madaniyatining
mahalliy   madaniy   variantlarga   ajratilganligi   (Tutqovul,   Sayyod   -   «klassik   hisor»;
12
  Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение   гиссарской   культуры   и   неолитические   слои
поселения Кангуртут. М., 2008.41,42-бб.
13
  Массон   В.М.   Джейтунская   культура.   ЮТАКЭ,   т.10,   Ашхабад,   Ылым,   1961;   Поселение   Джейтун
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
14
 Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М., Наука, 1981. 160-168-
бетлар.
14 Kangurttut,   Bulyoni-Payon,   Qulob;   Yavan   vohasi)   ham   etnik   birikmalarga   misol
bo‘ladi 15
.  Tadqiqotlarda neolit davriga kelib etnik jarayon jadal kechganligi va ular
Joyitun,   Kaltaminor,   Hisor,   Markaziy   Farg‘ona,   Sazog‘on   kabi   neolit   jamoalari
moddiy   madaniyatida   (madaniyatlarning   mahalliy   madaniy   variantlarida   ham)
namoyon bo‘lganligi aniqlangan va buni soha tadqiqotchilari e’tirof etishgan. 
O‘rta  Osiyo  miqyosida   yaqin yillargacha  mezolit  davri  jamoalariga  tegishli
yodgorliklar   bir   zaylda   o‘rganilmagani   fakti   mavjud   edi.   Aniqrog‘i,   Ustyurt
platosi,   Quyi   Amudaryo,   Qizilqum   hududi,   Quyi   va   O‘rta   Zarafshon   vohasi
shunday   sarhadlar   jumlasiga   kiradi.   Lekin,   YE.Bijanov   tomonidan   Ustyurt
platosida Aydabol, Oqtayloq kabi mezolit davri yodgorliklari guruhi tadqiq etildi.
A.V.Vinogradov   tomonidan   Quyi   Zarafshonning   yana   bir,   nisbatan   qadimiyroq
bo‘lgan   o‘zani-Chorbaqti   vohasi   aniqlanib,   undan   bir   qator   mezolit   davri
yodgorliklari   topildi.   Chorbaqti     mezolit   yodgorliklari   materiallari   N.U.Xolmatov
tomonidan   o‘rganilib,   ilmiy   muamolaga   kiritildi.   Shuningdek,   yaqin   yillarda
M.D.Djurakulov,   N.U.Xolmatovlar   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   tizmasi
shimoliy   yon   bag‘rida   bir   qator   mezolit-neolit   davriga   oid   yodgorliklarni   kashf
etishib   Jangal   1,   Tepaqul   3,4,5,   Lolab,   Ochilg‘or,   Qorakamar),   ular   tadqiqotida
qo‘lga   kiritilgan   materiallar   asosida   hamda   oldingi   yillar   tadqiqotida   qo‘lga
kiritilgan materiallarga (Sazog‘on 1 makoni) yangicha yondoshuvda tahlil asosida
vohaning   mezolit   davri   jamoalari   madaniy   bo‘g‘inini   yoritib   berishga   erishishdi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O‘rta Osiyo ibtidoiy davr jamoalari turar-
joylari masalasini oydinlashtirishda muhim hisoblanadi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili):   O‘rta Osiyo tosh
davri   jamolari   moddiy   madaniyati   ilmiy   adabiyotlarda   yaxshi   yoritilgan.
Shuningdek,   ibtidoiy   davr   paleoekologiyasi,   iqlimiy   sharoitlari,   tosh   davri
jamoalari   moddiy   madaniyati,   xususan   ibtidoi   davr   jamoalarining   turar-joylari
borasida   arxeologik   qazilmalarda   muhim   ma’lumotlar   to‘planishiga   erishilgan.
15
Виноградова   Н.М.,   Ранов   В,А.,Филимонова   Т.Г.   Изучение   гиссарской   культуры   и   неолитические   слои
поселения Кангуртут. М., 2008.22-25-бб.
15 Xususan,   V.A.Ranovning   «Изучение   памятников   каменного   века   на
Восточном   Памире   в   1958   г.»   nomli   hamda   «Шугноу-многослойная
палеолитическая   стоянка   в   верховьях   р.   Яхсу»   nomli   asarlarida   Tojikiston
hududi,   xususan   Sharqiy   Pomir   tosh   asri   yodgorliklari,   Shugnov   so‘nggi   paleolit
yodgorligi   to‘g‘risida   ma’lumotlar   keltirilib,   ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-
joylari haqida ma’lumot beradi. M.Fohtugue ning “Kutuzbulak Revisited A Middle
Paleolithic   Sitein   Zeravshan   River   Volley   Uzbekistan”   nomli   asarida   Zarafshon
vohasidagi   Qo‘turbuloq   yodgorligi   keyingi   davr,   ya’ni   so‘nggi   paleolit   jamoalari
ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-joylari   haqida   ma’lumot   beradi.   N.X.
Toshkenbayev   va   R.X.Sulaymanovlarning   “Культура   древнекаменного   века
долины   Зарафшана”   nomli   asari,   R.X.Levning   «Древний   палеолит   в   Аман-
Кутане»   nomli   va     «Новые   памятники   палеолита   в   Узбекистане»   nomli,
M.D.Djurakulovning   “Samarqand   makoni”   nomli   asrlarida   ibtidoiy   davri
jamoalarining   turar-joylari   haqida   qimmatli   ma’lumotlar   keltiriladi.   V.M.
Massonning   «Джейтунская   культура»,   «Поселение   Джейтун   (проблемы
становления   производящей   экономики)»   nomli   asarlarida   Janubiy-G‘arbiy
Turkmaniston   hududi   Kopettog‘   yon   bag‘ri   dehqonchilik   xo‘jaligiga   asoslangan
Joyitun   neolit   madaniyatining   shakllanishi   va   rivojlanishi   borasida   ma’lumotlar
keltiriladi.     A.V.Vinogradovning   «Древние   охотники   и   рыболовы
Среднеазиатского междуречье» nomli asarida Amudaryo Zarafshon daryosining
quyi   oqimlari,   Qizilqum   hududi   Kaltaminor   neolit   jamoalari   madaniyatining
shakllanishi   va   rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ibtidoiy   davri
jamoalarining   turar-joylari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.     V.A.Ranovning
«Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика»,
«Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии»,   «Неолит
(гиссарская   культура)»,   V.A.Ranov,   T.G.Filimonovalarning   «Изучение
гиссарской   культуры   и   неолитические   слои   поселения   Кангурттут   (к
проблеме финального этапа гиссарской культуры)» nomli asarlarida Markaziy
va   Janubiy   Tojikiston   hududi   Hisor   neolit   jamoalari   madaniyatining   shakllanishi
va   rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ibtidoiy   davri   jamoalarining
16 turar-joylari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   U.I.Islamov,   V.I.Timofeyevlarning
«Культура   каменного   века   Центральной   Ферганы»   nomli   asarida   Farg‘ona
vodiysi hududida Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari madaniyatining shakllanishi
va rivoji, madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari, yodgorliklari tadqiqoti natijalari,
ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-joylari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   YE.B.
Bijanovning «Неолитические памятники юго-восточного Устюрта», «Древняя
и   средневековая   культура   юго-восточного   Устюрта»,   «Каменный   век
Устюрта»   nomli   asarlarida   Ustyurt   hududida   neolit   jamoalari   madaniyatining
shakllanishi   va   rivoji,   madaniyatning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   yodgorliklari
tadqiqoti   natijalari,   ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-joylari   haqida   ma’lumotlar
keltiriladi. M.D.Djurakulov, N.U.Xolmatovlarning «Мезолит и неолит Среднего
Зарафшана», N.U.Xolmatovning «O‘zbekiston neolit davri jamoalarining moddiy
madaniyati”   nomli   asarlarda   O‘rta   Zarafshon   vohasi   Qoratepa   tog‘   tizmasi
shimoliy   yon   bag‘ri   Sazog‘on   neolit   jamoalari   madaniyati   hamda   O‘zbekiston
neolit   jamolari   madaniyatlari   shakllanishi   va   rivoji,   madaniyatlarning   o‘ziga   xos
xususiyatlari, yodgorliklari  tadqiqoti  natijalari, madaniyatlar  kelib chiqishi  tarixiy
ildizlari   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.   Xullas,   yuqorida   keltirilgan   ilmiy
adabiyotlarda   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davri   jamoalarining   turar-joylari   borasida
tadqiqotlarda   qo‘lga   kiritilgan   manba,   ma’lumotlar   bayoni,   ular   haqida   xulosalar
keltirilgan.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   O‘rta   Osiyo
hududi   miqyosida   kishilik   tarixi   ibtidoiy   davri   jamoalari   turar-joylari   tarixini
yoritishga bag‘ishlangan. Bu borada arxeologik manbalar, ma’lumotlar bir tizimga
keltirilgan.   Tadqiqotda   zamonaviy   tadqiqot   usullari,   nazariyalar   va   yangicha
yondoshuvlar   qo‘llanilgan.   Arxeologik   manbalar   qiyosiy   tahlili   asosida   xolisona
tarix   yaratiladi.   Tadqiqotda   tarixiylik,   tizimlilik,   xolislik,     to‘plangan     arxeologik
materiallarni   fan   yutuqlari   asosida   umumlashtirish     va   ularga   qiyosiy   tahlil
tamoyillariga tayanib yondashish   ko‘zda tutilgan.
17 Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:  O‘rta Osiyo hududi
miqyosida   kishilik   tarixi   tosh   asri   jamoalari   moddiy   madaniyati,   inson   va   tabiat
o‘zaro   aloqalari   tarixi,   inson   tomonidan   yaratilgan   ixtiro   va   kashfiyotlarning
ijtimoiy   axamiyati   va   o‘rni,   etnos,   etnik   birikmalar,   arxeologik   madaniyatlar,
jamoalar   madaniy   aloqalari,   iqtisodiy   xo‘jalik   asoslari,   ibtidoiy   jamoalar   turar-
joylari   borasida   qimmatli   arxeologik   ashyoviy   manbalar,   ma’lumotlar   qo‘lga
kiritilgan.   Bu   ashyoviy   dalillar   o‘z   mazmun-   mohiyatiga   ko‘ra   mazkur   mintaqa
ibtidoiy davr jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda o‘ziga xos manba bo‘lib
hisoblanadi.   Ular   O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixi,    Vatanimiz  tarixini   yozishda,   ta’lim
jarayonida   ishlatiladi.   Shuningdek,   xalqimiz   boy   madaniy   merosini   targ‘ibot-
tashviqot  qilishda  muzey fondlarida foydalaniladi va ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-
ma’rifiy ishlarda keng qo‘llaniladi. 
Ish   tuzilmasining   tavsifi:   Magistrlik   dissertasiyamiz   muqaddima,   3ta   bob
va   tegishli   paragraflar,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati,   xarita   va
tablisalardan iborat. 89 bet
18 I   BOB.   O‘rta Osiyo ibtidoiy davri jamoalari moddiy madaniyati  va u ning 
o‘rganilishi tarixi:
I.1 .   O‘rta   Osiyo   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   va
uning o‘rganilishi tarixi .  
Kishilik   tarixi   rivoji   mehnat   qurollarining   yasalishi   xom
ashyolariga   qarab   bo‘linishiga   insonlar   qadimdan   e’tibor   qaratishgan.
Bunday bo‘linishda tosh asri uzoq yillarni o‘ziga qamrab olgan, paleolit
(qadimgi   tosh   davri),   mezolit   (o‘rta   tosh   davri)   va   neolit   (yangi   tosh
davri) kabi tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan  iborat  bo‘lgan  tarixiy davr
hisoblanadi.  Jumladan, uning paleolit  davri 3-2 mln.  - 12 000 yilliklarni
o‘z   ichiga   olib,   o‘z   navbatida   ilk,   o‘rta   (mute)   va   so‘nggi   paleolit   kabi
taraqqiyot bosqichlaridan iborat. 
Ilk   paleolit   davri   (3-2   mln   -100   ming   yilliklar)   umum   tarix   fanida
odamzodning   paydo   bo‘lishi   va   uning   ilk   Vatani,   insoniyat   ilk   jamiyati
shakllana   borishi   va   rivojlanishi   kabi   dolzarb   masalalarni   o‘z   ichiga
olganligi   bilan   harakterlanadi.   Bunda   odamzodning   hayvonot
dunyosidan   ajralganligi   to‘g‘risida   ilmiy   yondoshuv   mavjud   va   uning
tarafdorlari ko‘proq. Lekin, masala shundaki, bu tarixiy voqeilik qanday
sharhlanadi.   Bu   ilmiy   yondoshuv   tarafdorlari   odamzod   odamsimon
maymun   turidan   kelib   chiqqan   deb   hisoblashadi   va   uni   tosh
qurollarining   yasashganliklari   bilan   asoslashadi.   Aniqrog‘i,   ular
odamzod hayvonot dunyosidan qachon ajraldi degan savolga, ma’lum
maqsadga   yo‘naltirilgan   hatti-harakati   bilan   tosh   quroli   yasagan
vaqtdan   deb   javob   berishgan.   Tosh   quroli   qachon   yasaldi   va   uni
qanday asoslay olamiz degan savolga, arxeolog olimlar shunday javob
19 berishdi   yer   shari   bo‘yicha   yonidan   tosh   quroli   topilgan   eng   qadimgi
odam   qoldig‘ining   yoshi   necha   bo‘lsa,   shu   sanada   odamzod   paydo
bo‘lgan   va   bunday   topilma   topilgan   joy   odamzodning   ilk   Vatani
bo‘lgan.   L.Liki   tomonidan   yonida   tosh   quroli   bo‘lgan   eng   qadimgi
odamzod   qoldig‘i   Sharqiy   Afrikaning   Oldovay   darasidan   topilishi   va
unig   yoshi   3-   2   mln   yil   bilan   belgilanishi   ushbu   masalaning   hozircha
ilmiy echimi bo‘lib turibdi. Demak, hozircha odamzod bundan 3-2 mln.
yil   muqaddam   paydo   bo‘lgan   va   uning   ilk   Vatani   Afrika,  Osiyo  qit’alari
hisoblanadi.   Tosh   qurollarining   yasalishi   bilan   odamzod   paydo   bo‘ldi,
kishilik tarixi boshlandi, madaniyati shakllana bordi.
Paleolit   davrining   keyingi   taraqqiyot   bosqichi   must’e   davri
(bundan   100-40   ming   yillar   muqaddam)   bo‘lib,   yodgorliklar   tosh
industriyasi   tahlili   natijalari,   ya’ni   tosh   qurollarining   yangi   turlari,
yasalishi   texnologiyasidagi   innovatsion   xususiyatlariga   ko‘ra,   bu   davr
oldingi   tarixiy   davrga   qaraganda   nisbatan   progressiv   xususiyatlarni
o‘zida   jamlagan   tarixiy   davr   hisoblanadi.   Bu   tarixiy   bosqichda
odamzodning ibtidoiy to‘da, gala tarzida kun kechirishi jarayoni davom
etgan.   Lekin,   odamzod   biologik   jihatdan   takomillasha   borganligidan
hamda kunlik mehnati jarayonida to‘plagan tajriba, malaka ko‘nikmasi
asosida   o‘zlarini   o‘rab   turgan   atrof-muhitni,   tabiat   sirlarini   yanada
yaxshiroq   tushunishga   imkoni   bo‘lgan.   O‘z   turmushini   yanada
yaxshilashga   intilgan.   Shu   bois,   mehnat   jarayonida   yangi   ixtiro   va
kashfiyotlar   qilishgan.   Tabiiy   olovdan   foydalanishdan   endi   sun’iy   olov
hosil   qilish   amaliyotiga   o‘tishganlar.   Bu   davrda   masofaga   irg‘itish
moslama   quroli   –   nayza   tig‘i,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   kalta   nayza
20 (drotik), toshdan va suyakdan ishlangan turli-tuman qurollarning kashf
qilinishi   ovchilikning   ixtisoslashuviga   olib   keldi   va   yovvoyi   hayvonlarni
birgalashib qurshab olish, cho‘chitish singari usullari paydo bo‘lib, shu
bois ov qilish jarayoni oldingi davrga qaraganda ancha takomillashgan.
Shu   tarzdagi   xo‘jalik   yuritishning   murakkablasha   borganligi   kishilar
jamoasining   yanada   jipslashuvini   taqozo   qilardi.   Bu   jarayon   oqibatda
lokal,   ya’ni   har   xil   joylarda   qo‘ni-qo‘shni   jamoa   bo‘lib   yashay
boshlashdiki,   bu   istiqbolda   etnik   birikmalarining   shakllanishiga   ham
olib   keldi   shuningdek,   odamlarining   intellektual   sohadagi
rivojlanishiga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatmay   qolmadi.   Insoning   tabiat
kuchlari   sirlarini   tushunmasligi,   ular   oldidagi   ojizliklari,   ularni   asta-
sekinlik   bilan   bunday   tabiat   kuchlariga   topinishi,   sig‘inishlarini   keltirib
chiqargan.   Bu   davrda   dafn   bilan   bog‘liq   urf-odatlar   yuzaga
kelaboshlaganini   kuzatamiz.   Teshiktosh   g‘or   makoni   “neondertal
bolasi”   topilmasi   (qizil   bo‘yoq   sepilgani,   mayit   atrofi   hayvon   shoxlari
bilan o‘ralgan holatlari) bundan dalolat beradi. 
Kishilik tarixi taraqqiyotining tosh davri so‘nggi paleolit bosqichida (40- 14-
12   ming   yilliklar)   muhim   sotsial   o‘zgarishlar   ro‘y   bergan:   Hozirgi   zamon
ko‘rinishidagi   odamzod   paydo   bo‘lgan,   ibtidoiy   jamoa   tuzumidan   urug‘chilik
tuzumiga   o‘tilgan,   mehnat   qurollari   takomillashib   odamlar   turmushi   yaxshilana
borgan. Tasviriy san’at yuzaga kelgan, turar-joylar qurila boshlangan. Urug‘chilik
jamoasi   asosida   etnik   birikmalar   shakllana   borgan.   Aholi   irqiy   farqlari,   ya’ni
antropologik tiplar yuzaga kelaboshlagan. Dastavval,   odamzod   o‘z   biologik
takomillashuvi   jarayonida   (arxantrop,   paleoantrop   va   neoantrop)
21 Homo   Sapiens   Sapiens,   ya’ni   «Aql-idrokli   odam»,   «Hozirgi   zamon
ko‘rinishidagi odam» shakllanganligini alohida e’tirof etish lozim. 
O‘tgan   asr   30-yillar   oxiridan   boshlab   O‘rta   Osiyo   miqyosida   ibtidoiy   davr
yodgorliklari   tadqiqotida   kompleks   fanlar   mutaxassislari   ishtirokida   arxeologik
ekspeditsiyalar   (XAE,   JTAKE)   tashkil   etilib,   ular   maqsadli,   tizimli   izlanishlarni
amalga   oshira   boshlashgan.   1931-yili   Samarqand   shahri   markazida   sun’iy   ko‘l
qirg‘og‘ida   dastlab   N.P.Xorlamov,   keyinchalik   M.V   Voevodskiy   va
V.V.Shumovlar   tomonidan   qidiruv   shurfi   qazilib   qiziqarli   tosh   qurollari
kolleksiyalari   to‘plandiki,   bu   materiallar   keyingi   yillarda   D.N.Lev,
M.Jo‘raqulovlar   tomonidan   Samarqand   makonining   kashf   etilishi   va   bu   yerda
tadqiqotlar   olib   borilishiga   zamin   yaratgan.   S h uningdek,   o‘tgan   asr   30-yillar
oxiriga kelib Ayritom, Teshik-tosh, Amir-Temur  g‘or makonlari ham tadqiq etildi.
Kishilik tarixi taraqqqiyotining uzoq davom etuvchi davri tosh asri jamoalari
moddiy madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Tosh asri ham o‘z navbatida paleolit(qadimgi
tosh   davri),   mezolit   (o‘rta   tosh   davri),   neolit(   yangi   tosh   davri)   kabi   taraqqiyot
bosqichlariga   bo‘linadi.   Xususan,   mezolit   davri   (mil.avv.   14-7   ming   yilliklar)
pleystotsen   davrining   oxirlari   va   golotsen   davrining   boshlariga   to‘g‘ri   kelib,
o‘simlik   va   hayvonat   dunyosi,   hamda   tabiiy   iqlimiy   sharoiti   hozirgi   zamonga
yaqinligi   bilan   izohlanadi.   Muzlikning   chekinishi   va   o‘q-yoyning   ixtiro   qilinishi
bilan mezolit davri boshlanishi xarakterlanadi. 
O‘rta   Osiyo   miqyosida   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   bir
zaylda   o‘rganilmagan.   Sharqiy   Kaspiy   bo‘yi   hududi   mezolit   yodgorliklari
A.P.Okladnikov,   M.E.Markov,   S.Xamrakuliev,   Ustyurt   mezoliti   E.Bijanov,
A.V.Vinogradov,   Qizilqum   mezolit   yodgorliklari   A.V.Vinogradov,   Zarafshon
vohasi   M.Jo‘raqulov,   T.Grechkina,   N.Xolmatov,   Farg‘ona   vodiysida   U.Islomov,
V.I.Timofeev,   Tojikiston   hududida   V.A.P.Okladnikov,   V.A.   Ranov,   V.A.Jukov,
shuningdek  Toshkent  vohasida,   Surxondaryoda  U. Islomov  kabi  arxeolog-olimlar
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar muhimdir.
22 O‘rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqoti   ishlari
o‘tgan   asr   30-   yillari   oxirida   S.P.Tolstov,   A.P.Okladnikov,   B.I.Boriskovskiy   kabi
olimlar   izlanishlari   bilan   boshlangan 16
.   Keyinchalik,   YA.G‘.G‘ulomov,
G.E.Markov,   V.A.Ranov,   A.V.Vinogradov,   V.A.Masson,   G.F.Korobkova,
U.Islomov,   M.Qosimov,   E.Bijanov,   M.Jo‘raqulov   kabi   olimlar   tomonidan
muvaffaqiyatli ravishda davom ettirilgan 17
. Hozirgi kunda O‘rta Osiyo sarhadlarida
mezolit   davri   jamoalariga   tegishli   Obishir   1-5,   Machay,   Qo‘shilish,   Jabal,
Damdamchashma   1,2,   Tutqovul,   Saysayyod,   Oshxona,   Chorbaqti,   Ochilg‘or   kabi
madaniy qatlamli yodgorliklar yaxshi tadqiq etilgan 18
.
O‘rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda
Tojikiston   mezolit   davri   yodgorliklarining  o‘ziga  xos   o‘rni   bor.  Haqiqatdan   ham,
Tojikiston   mezolit   davri   manzilgohlari   yaxshi   o‘rganilgan.   Bu   borada   arxeolog
olimlardan,   A.P.Okladnikov,   V.A.Ranov,   A.G.Amosova,   A.YUsupov,   V.A.Jukov
tadqiqotlari   muhim.   Ayniqsa,   A.P.Okladnikov   va   V.A.Ranov   o‘zlarining   qariyib
20   yillik   birgalikdagi   ilmiy   faoliyatlari   tufayli   1965   –   1984   yillarda   10   dan   ortiq
mezolit davri manzilgohlarini topishib, ilmiy asosda o‘rganishdi 19
.  Keyingi davrda
esa, bu sohada A.Amosova, A.YUsupov, V.Jukov, T.Filimonovalarning xizmatlari
kattadir.   Birgina   Vaxsh,   Kofirnigon   va   Panj   vohalarida   20   dan   ortiq   mezolit
16
Окладников   А.В.   Древнейшие   археологические   памятники   Красноводского   полуострова.   ТЮТАКЭ,
т.11.Ашхабад,1953.Окладников     А.П.   Пещера   Джебел   -   памятник   древней     культуры     прикаспийских
племен     Туркмении.   -     ТЮТАКЭ.   Т.7.   1956.Окладников   А.П.   Исследования   памятников   каменного   века
Таджикистана.   МИА,   №   66,   1958   Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.
Материалы 11   совещания археологов и этнографов   Средней Азии. М.: 1959.Окладников А.П.  Палеолит и
мезолит Средней Азии.  В кн.: Средняя Азия в эпоху камня  и бронзы. М.,Л. 1966. 
17
  Марков   Г.Е.   Грот   Дам-Дам-Чашма-2   в   Восточном   Прикаспии.   СА,   1966,№   2,   Марков   Г.Е.   Памятники
первобытности в Восточном Прикаспии-Грот Дам-Дам-Чашме 1. Вестник МГУ, сер.8,История,1981.Массон
В.М.   К   вопросу   о   мезолите   Передней   Азии.   У   истоков   древней   культур.   МИА,   1966,№   3.   Исламов   У.И.
Обиширская культура. Ташкент, Фан, 1980. Исламов У. И. Пещера Мачай. Ташкент, Фан, 1975. Исламов У, И,
Тимофеев   В,И.   Культура   каменного   века   Центральной   Ферганы.   Ташкент,Фан,   1986.Мамедов     Э.Д.
Изменение   климата   среднеазиатскых   пустын   в   голоцене.   Колебания   увлажненности   Арало-Каспийского
региона в голоцене. М.: 1980.
18
  Марков   Г.Е.   Грот   Дам-Дам-Чашма-2   в   Восточном   Прикаспии.   СА,   1966,№   2,   Марков   Г.Е.   Памятники
первобытности   в   Восточном   Прикаспии-Грот   Дам-Дам-Чашме   1.   Вестник   МГУ,   сер.8,История,1981.
Исламов   У.И.   Обиширская   культура.   Ташкент,   Фан,   1980.Исламов   У.   И.   Пещера   Мачай.   Ташкент,   Фан,
1975.
19
Окладников А.П. Исследования памятников каменного века Таджикистана. МИА, № 66, 1958. Окладников
А.П. Каменный век   Таджикистана.  Итоги и проблемы. Материалы 11  совещания археологов и этнографов
Средней Азии. М.: 1959.Окладников А.П.  Палеолит и мезолит Средней Азии.  В кн.: Средняя Азия в эпоху
камня  и бронзы. М.,Л. 1966. Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на Восточном Памире в 1958
г.   Труды   АН   Таджикистана,   т.17,   1961.Ранов   В.А.   Шугноу-многослойная   палеолитическая   стоянка   в
верховьях   р.   Яхсу.-   АРТ,вып.10,   1973.Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное   поселение
гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.   
23 manzilgohlari   keyingi   10   yilliklarda   topib   o‘rganildi.   Sh ulardan   5   tasi   Tutqovul,
Say-Sayyod,   Oq   tanga,   SHugnov   va   Darai-Sho‘rda   qazish   ishlari   olib   borildi.
Madaniy   qatlamlari   buzilgan   manzilgohlar   ichida   eng   kattasi   va   muhim   dalillar
bergani   CHilchor-CHashma   manzilgohi,   Beshkent   vohasi   manzilgohlari   va
Makoni-Mor   manzilgohlaridir.   Bu   makon   1978   yil   A.X.YUsupov   tomonidan
Nurek suv ombori atrofini arxeologik qidiruv va kuzatuv jarayonida kashf etilgan.
1977-78   yillarda   makonda   qazish   ishlari   olib   borilgan.   Tutqovul   manzilgohi.   Bu
makon 1956 yilda A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan 20
.   Say-Sayyod makoni.
Bu   manzilgoh   A.H.Yusupov   tomonidan   atroflicha   o‘rganganilgan.   3-gorizont
yuqori paleolitningso‘nggi bosqichlari bilan yoshlangan.   Shugnov manzilgohi. Bu
manzilgohning   «O»   gorizonti   mezolit   davriga   ta`lluqli   ekanligi   tadqiqotchilar
tomonidan ilmiy asoslangan. Shunga asoslanib, bu gorizont tosh qurollari Oshxona
mezolit   manzilgohi   tosh   qurollari   bilan   aynan   o‘xshash   jihatlari   borligini
aytishimiz   mumkin 21
.   Sharqiy   Pomir   hududida   mezolit   davriga   oid   yana   bir
madaniyatning   borligi   aniqlandi.   Bu   madaniyat   « Istiq »   g‘or   makoni   arxeologik
materiallari asosida ajratilgan. Jumladan, Istiq g‘or makonidan topilgan arxeologik
materiallar, bir qarashdan o‘z tipologiyasi bo‘yicha Oshxona madaniyatidan keskin
ajralib turadi. Jumladan, Istiq g‘or makonidan dastlabki tekshirish uchun transhey
qazib   ko‘rilgan   (1975   yilda   qazilgan)   va   bu   transheydan   qimmatli   arxeologik
materiallar   olingan.   Istiq   g‘or   makonida   bundan   keyin   1976-78   yillar   mobaynida
uch arxeologik dala mavsumida tadqiqotlar olib borilgan.
Farg‘ona   vodiysi   mezolit   davri   moddiy   madaniyati   o‘tgan   asr   50-yillar   2-
yarmidan   e`tiboran   o‘rganila   boshlangan.   Bu   1958   yili   Markaziy   Farg‘ona
hududida   B.S.Gamburg   va   N.G.Gorbunova   tomonidan   o‘tkazilgan   tadqiqotlar
bilan   1963-1964   yillari   Zadneprovskiy   keyinchalik   1965   yili   esa   O‘.Islomov
mezolit   va   neolit   davriga   oid   qiziqarli   arxeologik   manbalarni   tadqiqotlar   asosida
20
  Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.   Материалы   11     совещания
археологов   и   этнографов     Средней   Азии.   М.:   1959.   Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное
поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.
21
  Ранов В.А. Шугноу-многослойная палеолитическая стоянка в верховьях р. Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973.Ранов
В.А., Коробкова Г.Ф. Туткаул многослойное поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,
№ 2,1971.
24 topishgan 22
. 
Turkmaniston   territoriyasi   mezolit   yodgorliklari   tadqiqoti   natijalariga
to‘xtalamiz.   Bu   region   mezolit   davri   yodgorliklari   asosan   Katta   Balxan   tog‘
tizmasining   Kopetdog   etaklarida   joylashgan   bo‘lib,   hozirgi   kunga   qadar   30   ta
madaniy   qatlami   buzilgan   manzilgoh,   shuningdek   Jabal,   Qaylu,   Dam-Dam-
Chashma 2 kabi madaniy qatlami yaxshi  saqlangan va butun O‘rta Osiyo mezolit
davri uchun asos qilib olish mumkin bo‘lgan manzilgohlar tadqiq etilgan. Ular g‘or
makoni,   hamda   ochiq   holatdagi   manzilgohlardir.   Dam-Dam-   Chashma   2   g‘or
makoni   1947   yili   A.P.Okladnikov   tomonidan   kashf   etilib,   tadqiq   etilgan. 23
Keyinchalik   1963-1964   yillar   mobaynida   manzilgoh   arxeolog-olim   G.E.Markov
tomonidan atroflicha o‘rganilgan 24
. Jabal g‘or makoni 1949-1950 yillar mobaynida
A.P.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan 25
. Dam-Dam-Chashma 1- A.P.Okladnikov
tomonidan kashf etilgan. Lekin, bu yodgorlikning asosiy tadqiqotchisi G.E.Markov
hisoblanadi 26
.
22
  Исламов У. И.   Мезолит Средней Азии. Автореф. дисс.на соиск. уч. степени д-ра.ист.наук-Новосибирск.
1977.Исламов У.И. Обиширская культура – Ташкент: «Фан». 1980.
23
  Окладников   А.В.   Древнейшие   археологические   памятники   Красноводского   полуострова.   ТЮТАКЭ,
т.11.Ашхабад,1953.
24
  Марков Г.Е. Грот Дам-Дам-Чашма-2 в Восточном Прикаспии. СА, 1966,№ 2.
25
  Окладников   А.П. Пещера Джебел - памятник древней   культуры   прикаспийских   племен   Туркмении. -
ТЮТАКЭ. Т.7. 1956 .
26
  Марков Г.Е. Памятники первобытности в Восточном Прикаспии-Грот Дам-Дам-Чашме 1. Вестник МГУ,
сер.8,История,1981.
25 O‘rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda
Ustyurt   hududi   ham   istiqbolli   o‘lka   hisoblanadi.   Mazkur   hududda   mezolit   davri
jamaoalariga   tegishli   yodgorliklar   A.V.Vinogradov,   E.Bijanov   kabi   olimlar
tomonidan tadqiq etilgan. 27
  
Zarafshon vohasi mezolit davri jamoalari moddiy-madaniyati yaqin yillarga
qadar   deyarli   noma`lum   bo‘lib   kelgan   edi.   Faqatgina   A.V.Vinogradovning   Quyi
Zarafshon   vohasi   shimoliy   irmog‘i   Ayokagitma,   echkiliksoydan   tasodifiy   tarzda
mezolit   jamoalariga   oid   tosh   qurollari   to‘g‘risida   ma`lumotlari   mavjud   edi 28
  .
O‘tgan   asrning   80-yillari   ikkinchi   yarmida   Rossiya   FA   etnografiya   Institutining
Xorazm   arxeologik   ekspeditsiyasi   (A.V.   Vinogradov),   ToshDU   geografiya
fakulteti   (E.D.Mamedov),   SamDU   arxeologik   ekspeditsiyasi   (M.J.Djuraqulov)
ilmiy   xodimlari   hamkorlikda   Zarafshon   daryosining   shu   vaqtgacha   fanda
noma`lum bo‘lgan Chorbaqti vohasini topishga va undan oltmishdan ortiq mezolit,
neolit   makonlarini   kashf   etishga   erishganlar.   Chorbakti   mezolit   makonlari
(Chorbakti   11,   23,   27,   41)   tadqiqoti,   ìazkur   jamoalar   moddiy   madaniyatining
mahalliy kaltaminor jamoalari madaniyatlaridan keskin farqi borligini ko‘rsatdi 29
.
  Zamicha-tosh   makoni   1989   yili   UzFA   arxeologiya   institutining   paleolit
guruhi   xodimlari   tomonidan   kashf   etilgan  bo‘lib,  Qoratepa   tog‘   massivi   shimoliy
yon   bag‘ridan   voha   tomon   chiqib   keluvchi   soylardan   biri   bo‘lgan   Sevasoy   yon
qayirida   joylashgan.   (Samarqand   viloyati,   Urgut   tumani) 30
.   Qorakamar   g‘or
makoni 31
,   Sazog‘on   I   makonida   1967-68   yillari   D.N.Lev,   1969-1977   yillar
27
  Бижанов.   Е.   Б.     Мезолитические   и   неолитические     памятники   юго-   западного     Устюрта.   Археология
Приаралья.   Вып.   1.-Ташкент.   1982.Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Автореферат   дисс.   на   соиск.   уч.
степени   д.и.н.   Ташкент.   1996.   Виноградов   А.В.     Древние   охотники     и   рыболовы     среднеазиатского
междуречья.  ТХАЭ, вып. 13. М.: 1981.
28
  Виноградов   А.В.     Древние   охотники     и   рыболовы     среднеазиатского     междуречья.     ТХАЭ,   вып.  13.   М.:
1981.
29
  Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана. ИМКУ, 30. 2000. Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего
Зарафшана. Ташкент, Фан, 2007.
30
Худойбердиев   Р.А.   Гречкина   Т.Ю.   Замича-тош   –   Новый   памятник   каменного   века.   Палеоэкология   и
проблемы первобытной археологии Центральной Азии. ТДК, Самарканд, 1992.
31
  Джуракулов М.Ж., Холматов  Н.У. Самарқанд    Университети    тадқиқотларидан. Ўзбекистон    археологик
тадқиқотлари, 2000,- Самарқанд, 2001.  
26 maboyinida   M.J.Djuraqulov   rahbarligida   arxeologik   tadqiqot   ishlari   amalga
oshirilgan 32
.   Ochil g‘or makoni Sazag‘onsoy yon darasida joylashgan. Samarqand
davlat   universiteti   arxeologik   guruhi   xodimlari   tomonidan   2003-yilda   amalga
oshirilgan   arxeologik   qidiruv   shurfi   paytida   yodgorlikdan   ilk   bor   ibtidoiy
madaniyat   izlari   topilgan.   2004-yili   qisman,   2005-yildan   e`tiboran   2016-yilga
qadar mazkur makonda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan 33
.
Kishilik tarixi taraqqqiyotining uzoq davom etuvchi davri tosh asri jamoalari
moddiy madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Tosh asri ham o‘z navbatida paleolit(qadimgi
tosh   davri),   mezolit   (o‘rta   tosh   davri),   neolit(   yangi   tosh   davri)   kabi   taraqqiyot
bosqichlariga   bo‘linadi.   Xususan,   mezolit   davri   (mil.avv.   14-7   ming   yilliklar)
pleystotsen   davrining   oxirlari   va   golotsen   davrining   boshlariga   to‘g‘ri   kelib,
o‘simlik   va   hayvonat   dunyosi,   hamda   tabiiy   iqlimiy   sharoiti   hozirgi   zamonga
yaqinligi   bilan   izohlanadi.   Muzlikning   chekinishi   va   o‘q-yoyning   ixtiro   qilinishi
bilan   mezolit   davri   boshlanishi   xarakterlanadi.   O‘rta   Osiyo   miqyosida   mezolit
davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   bir   zaylda   o‘rganilmagan.   Sharqiy   Kaspiy
bo‘yi hududi mezolit yodgorliklari A.P.Okladnikov, M.E.Markov, S.Xamrakuliev,
Ustyurt   mezoliti   E.Bijanov,   A.V.Vinogradov,   Qizilqum   mezolit   yodgorliklari
A.V.Vinogradov,   Zarafshon   vohasi   M.Jo‘raqulov,   T.Grechkina,   N.Xolmatov,
Farg‘ona   vodiysida   U.Islomov,   V.I.Timofeev,   Tojikiston   hududida
V.A.P.Okladnikov,   V.A.   Ranov,   V.A.Jukov,   shuningdek   Toshkent   vohasida,
Surxondaryoda   U.   Islomov   kabi   arxeolog-olimlar   tomonidan   amalga   oshirilgan
tadqiqotlar muhimdir.
O‘rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   tadqiqoti   ishlari
o‘tgan   asr   30-   yillari   oxirida   S.P.Tolstov,   A.P.Okladnikov,   B.I.Boriskovskiy   kabi
olimlar   izlanishlari   bilan   boshlangan 34
.   Keyinchalik,   YA.G‘.G‘ulomov,
32
  Джуракулов М.Д. Холматов Н.У.  Мезолит и неолит  Среднего  Зарафшана-Ташкент: Изд-во « Фан». 1991.
33
  Холматов Н.Ў. Очил ғор макони тадқиқотлари. Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2004-2005 йиллар,
5-сон,   «Фан»,   Тошкент,   2006.Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Нижнего   Зарафшана.   Ташкент,   Фан,   2007.
Холматов Н.Ў. Ўзбекистон неолит даври жамоалари моддий маданияти. Тошкент, Фан, 2008.
34
Окладников   А.В.   Древнейшие   археологические   памятники   Красноводского   полуострова.   ТЮТАКЭ,
т.11.Ашхабад,1953.Окладников     А.П.   Пещера   Джебел   -   памятник   древней     культуры     прикаспийских
27 G.E.Markov,   V.A.Ranov,   A.V.Vinogradov,   V.A.Masson,   G.F.Korobkova,
U.Islomov,   M.Qosimov,   E.Bijanov,   M.Jo‘raqulov   kabi   olimlar   tomonidan
muvaffaqiyatli ravishda davom ettirilgan 35
. Hozirgi kunda O‘rta Osiyo sarhadlarida
mezolit   davri   jamoalariga   tegishli   Obishir   1-5,   Machay,   Qo‘shilish,   Jabal,
Damdamchashma   1,2,   Tutqovul,   Saysayyod,   Oshxona,   Chorbaqti,   Ochilg‘or   kabi
madaniy qatlamli yodgorliklar yaxshi tadqiq etilgan 36
.
O‘rta   Osiyo   mezolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda
Tojikiston   mezolit   davri   yodgorliklarining  o‘ziga  xos   o‘rni   bor.  Haqiqatdan   ham,
Tojikiston   mezolit   davri   manzilgohlari   yaxshi   o‘rganilgan.   Bu   borada   arxeolog
olimlardan,   A.P.Okladnikov,   V.A.Ranov,   A.G.Amosova,   A.YUsupov,   V.A.Jukov
tadqiqotlari   muhim.   Ayniqsa,   A.P.Okladnikov   va   V.A.Ranov   o‘zlarining   qariyib
20   yillik   birgalikdagi   ilmiy   faoliyatlari   tufayli   1965   –   1984   yillarda   10   dan   ortiq
mezolit davri manzilgohlarini topishib, ilmiy asosda o‘rganishdi 37
.  Keyingi davrda
esa, bu sohada A.Amosova, A.Yusupov, V.Jukov, T.Filimonovalarning xizmatlari
kattadir.   Birgina   Vaxsh,   Kofirnigon   va   Panj   vohalarida   20   dan   ortiq   mezolit
manzilgohlari   keyingi   10   yilliklarda   topib   o‘rganildi.   Sh ulardan   5   tasi   Tutqovul,
Say-Sayyod, Oq tanga, Shugnov va Darai-Sho‘rda qazish ishlari olib borildi 38
.   Bu
племен     Туркмении.   -     ТЮТАКЭ.   Т.7.   1956.Окладников   А.П.   Исследования   памятников   каменного   века
Таджикистана.   МИА,   №   66,   1958   Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.
Материалы 11   совещания археологов и этнографов   Средней Азии. М.: 1959.Окладников А.П.  Палеолит и
мезолит Средней Азии.  В кн.: Средняя Азия в эпоху камня  и бронзы. М.,Л. 1966. 
35
  Марков   Г.Е.   Грот   Дам-Дам-Чашма-2   в   Восточном   Прикаспии.   СА,   1966,№   2,   Марков   Г.Е.   Памятники
первобытности в Восточном Прикаспии-Грот Дам-Дам-Чашме 1. Вестник МГУ, сер.8,История,1981.Массон
В.М.   К   вопросу   о   мезолите   Передней   Азии.   У   истоков   древней   культур.   МИА,   1966,№   3.   Исламов   У.И.
Обиширская культура. Ташкент, Фан, 1980. Исламов У. И. Пещера Мачай. Ташкент, Фан, 1975. Исламов У, И,
Тимофеев   В,И.   Культура   каменного   века   Центральной   Ферганы.   Ташкент,Фан,   1986.Мамедов     Э.Д.
Изменение   климата   среднеазиатскых   пустын   в   голоцене.   Колебания   увлажненности   Арало-Каспийского
региона в голоцене. М.: 1980.
36
  Марков   Г.Е.   Грот   Дам-Дам-Чашма-2   в   Восточном   Прикаспии.   СА,   1966,№   2,   Марков   Г.Е.   Памятники
первобытности   в   Восточном   Прикаспии-Грот   Дам-Дам-Чашме   1.   Вестник   МГУ,   сер.8,История,1981.
Исламов   У.И.   Обиширская   культура.   Ташкент,   Фан,   1980.Исламов   У.   И.   Пещера   Мачай.   Ташкент,   Фан,
1975.
37
Окладников А.П. Исследования памятников каменного века Таджикистана. МИА, № 66, 1958. Окладников
А.П. Каменный век   Таджикистана.  Итоги и проблемы. Материалы 11  совещания археологов и этнографов
Средней Азии. М.: 1959.Окладников А.П.  Палеолит и мезолит Средней Азии.  В кн.: Средняя Азия в эпоху
камня  и бронзы. М.,Л. 1966. Ранов В.А. Изучение памятников каменного века на Восточном Памире в 1958
г.   Труды   АН   Таджикистана,   т.17,   1961.Ранов   В.А.   Шугноу-многослойная   палеолитическая   стоянка   в
верховьях   р.   Яхсу.-   АРТ,вып.10,   1973.Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное   поселение
гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.
38
  Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.   Материалы   11     совещания
археологов   и   этнографов     Средней   Азии.   М.:   1959.   Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное
28 yodgorliklar tosh qurollari Oshxona mezolit manzilgohi tosh qurollari bilan aynan
o‘xshash jihatlari borligini aytishimiz mumkin 39
.   Oq tanga manzilgohi 1951 yildan
1953   yilgacha   V.A.Ranov   tomonidan   o‘rganilgan 40
.     Sharqiy   Pomir   hududida
mezolit   davriga   oid   yana   bir   madaniyatning   borligi   aniqlandi.   Bu   madaniyat
« Istiq »  g‘or makoni arxeologik materiallari asosida ajratilgan. Jumladan, Istiq g‘or
makonidan topilgan arxeologik materiallar, bir qarashdan o‘z tipologiyasi bo‘yicha
Oshxona   madaniyatidan   keskin   ajralib   turadi.   Jumladan,   Istiq   g‘or   makonidan
dastlabki   tekshirish   uchun   transhey   qazib   ko‘rilgan   (1975   yilda   qazilgan)   va   bu
transheydan  qimmatli  arxeologik materiallar olingan. Istiq g‘or  makonida bundan
keyin   1976-78   yillar   mobaynida   uch   arxeologik   dala   mavsumida   tadqiqotlar   olib
borilgan.   
Turkmaniston   territoriyasi   mezolit   yodgorliklari   tadqiqoti   natijalariga
to‘xtalamiz.   Bu   region   mezolit   davri   yodgorliklari   asosan   Katta   Balxan   tog‘
tizmasining   Kopetdog   etaklarida   joylashgan   bo‘lib,   hozirgi   kunga   qadar   30   ta
madaniy   qatlami   buzilgan   manzilgoh,   shuningdek   Jabal,   Qaylu,   Dam-Dam-
Chashma 2 kabi madaniy qatlami yaxshi  saqlangan va butun O‘rta Osiyo mezolit
davri uchun asos qilib olish mumkin bo‘lgan manzilgohlar tadqiq etilgan. Ular g‘or
makoni,   hamda   ochiq   holatdagi   manzilgohlardir.   Dam-Dam-   Chashma   2   g‘or
makoni   1947   yili   A.P.Okladnikov   tomonidan   kashf   etilib,   tadqiq   etilgan. 41
Keyinchalik   1963-1964   yillar   mobaynida   manzilgoh   arxeolog-olim   G.E.Markov
tomonidan atroflicha o‘rganilgan 42
. Jabal g‘or makoni 1949-1950 yillar mobaynida
A.P.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan 43
. Dam-Dam-CHashma 1- A.P.Okladnikov
поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.
39
  Ранов В.А. Шугноу-многослойная палеолитическая стоянка в верховьях р. Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973.Ранов
В.А., Коробкова Г.Ф. Туткаул многослойное поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,
№ 2,1971.
40
 
41
  Окладников   А.В.   Древнейшие   археологические   памятники   Красноводского   полуострова.   ТЮТАКЭ,
т.11.Ашхабад,1953.
42
  Марков Г.Е. Грот Дам-Дам-Чашма-2 в Восточном Прикаспии. СА, 1966,№ 2.
43
  Окладников   А.П. Пещера Джебел - памятник древней   культуры   прикаспийских   племен   Туркмении. -
ТЮТАКЭ. Т.7. 1956;
29 tomonidan kashf etilgan. Lekin, bu yodgorlikning asosiy tadqiqotchisi G.E.Markov
hisoblanadi 44
.
I.2.   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   va   uning
o‘rganilishi tarixi .
Neolit   geologik   davrlash   bo‘yicha,   asosan,   golotsenga   to‘g‘ri
keladi   va   bu   davr   tabiiy   iqlim     sharoiti,   o‘simlik   va   hayvonot   dunyosi
nisbatan   hozirgi   zamonga   yaqinliligi   bilan   harakterlanadi.   Jumladan,
oldingi   taraqqiyot   bosqichlariga   qaraganda   yangi   tabiatan   ma’qul
hududlarni   o‘zlashtirish   jarayoni   tezlashib,   aholilar   nisbatan   tabora
kengroq   mintaqalarda   yashay   boshlaganlar.   Xususan,   Vatanimiz
miqyosida   mezolit   davri   oxiri-neolit   davrida   odamzod   yashashi   uchun
qulay ekologik muhit mavjud bo‘lib,     bu   davrda,     xususan     janubiy -
g‘arbiy       Ustyurt,       qizilqum     ichki xududlari, Zarafshon va Amudaryo
quyi etaklari ibtidoiy jamoalar tomonidan deyarli o‘zlashtirib bo‘lingan.
Mutaxassislar   ta’kidlashicha   bu   vaqtda   «Lavlakan   namgarchiligi»   deb
ataluvchi tabiiy iqlim sharoitning vujudga kelganligi yangi mintaqalarni
o‘zlashtirishga imkon bergan 45
. Shu tarzda ibtidoiy jamoalar turli tabiiy,
ekologik   muxitlarga   tushib   qolishib,   bu   holat   ular   turmush   tarzini
moslashishi   zaruratini   taqozo   etgan   va   natijada   bu   jarayon   o‘z
navbatida   turli   neolit   madaniyatlarining   vujudga   kelishi   sifatida
namoyon  bo‘ldi.   O‘rta   Osiyo   neolit      davri  jamolari moddiy  madaniyati
yaxshi   tadqiq   etilgan.   O‘rta   Osiyoning   janubiy-g‘arbiy   mintaqalarida
Kopettog‘ning   quyoshga   tushlov   soy   etaklarida   ibtidoiy   motiga
44
  Марков Г.Е. Памятники первобытности в Восточном Прикаспии-Грот Дам-Дам-Чашме 1. Вестник МГУ,
сер.8,История,1981.
45
 Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Первобытний Лявлякан. М., Наука, 1975.
30 dehqonchilik   xo‘jaligiga   asoslangan   Joytun 46
madaniyati,   Amudaryo   va
Zarafshonning   quyi   havzalarida,   Qizilqumda   ovchi-baliqchi   urug‘   jamoalarining
Kaltaminor   madaniyati 47
,   Hisor   tog‘   tizmalarining   dara   va   yaylovlarida   Hisor
madaniyati 48
, Farg‘ona vodiysida Markaziy Farg‘ona madaniyati 49
, O‘rta Zarafshon
vohasida Sazog‘on va Ustyurtda Ustyurt neolit jamoalari madaniyati tarkib topdi 50
.
              Janubiy   Turkmaniston   hududi   Kopettog‘   yon   bag‘rida   tadqiq   etilgan
Joyitun   jamoalari   ilk   dehqonchilik   madaniyatining   yaratuvchilari   bo‘lishgan
(mil.avv.   VII   ming   yillik   oxiri   –   VI   ming   yilliklar   boshlari   –   IV   ming   yillik).
Tadqiqotlarda e’tirof etilishicha, bu mintaqa Yaqin Sharq dehqonchilik madaniyati
tarqalgan   hududning   shimoli-sharqdagi   eng   chekka   qismi   bo‘lgan.   Joyitun
madaniyati   o‘tgan   asrning   50-yillaridan   boshlab   B.A.Kuftin,   A.A.Marushenko,
V.M.Masson,   O.K.Berdiyev   kabi   arxeologlar   tomonidan   o‘rganildi.   Ayniqsa,
V.M.Masson   o‘z   tadqiqotlarida   joyitunliklar   madaniyatini   atroflicha   yoritgan 51
.
Mazkur hududda joyitunliklar madaniyatiga tegishli bo‘lgan 20 ga yaqin makonlar
tadqiq   etilib,   muhim   arxeologik   manbalar   qo‘lga   kiritilgan.   Joyitun   jamoalari
ijtimoiy   tuzumi   masalasida   muhim   manbalar   qo‘lga   kiritilgan.   Xususan,   toshdan,
loydan ayol qiyofasida yasalgan mayda haykalchalarning ko‘plab topilishi mazkur
jamoalarda   matriarxal   urug‘chilik   munosabatlarining   gullab-yashnaganligini
ko‘rsatadi.   Juft   oilalar   mavjud   bo‘lganligini   uy-joylar   ichki   tuzilishlaridan   bilib
olamiz. Katta jamoaga qarashli xonalar mavjudligi esa umumjamoa ijtimoiy hayoti
borasida   ma’lumot   beradi.   Xullas,   joyitunliklar   o‘z   davrining   ilg‘or,   rivojlangan
madaniyatga ega bo‘lgan jamoalari bo‘lishganlar.
46
 Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; Поселение Джейтун 
(проблемы становления производящей экономики). МИА, № 180, 1971.
47
  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречье. М., 1981.
48
    Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной   эпохи
Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //   Каменной   век
Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Неолит   (гиссарская   культура).   История   Таджикского
народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
49
  Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. С. 304.  
50
  Бижанов   Е.Б.   Неолитические   памятники   юго-восточного   Устюрта.   //   Древняя   и   средневековая   культура   юго-
восточного Устюрта. – Ташкент :  Фан, 1978.  С.18-79 ; Каменный век Устюрта. Авт.реф. на соискание уч.степени д.и.н. –
Нукус, 1996.   С.3-42 ;   Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит  и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.
С. 3-122 .
51
Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.- Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10; 
Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии.  //  Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука, 1966; 
Поселение Джейтун (проблема становления производящей экономики). – МИА, №180. – Л.: Наука, 1971. 
31 O‘rta Osiyo neolit jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Hisor jamoalari
makonlari   tadqiqotlari   natijalari   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   Markaziy   va   Janubiy
Tojikiston hududi tog‘, tog‘ yon bag‘ri mintaqalariga tarqalib yashashgan bu neolit
jamoalari   madaniyati   o‘rganishni   o‘tgan   asrning   50-yillarida   A.P.Okladnikov
boshlab   bergan   bo‘lsa,   keyinchalik   uni   atroflicha   o‘rgangan   olim   V.A.Ranov
bo‘ldi 52
.   Hisor   madaniyatining   asosiy   yodgorliklari   Sayyod   1,   2;   Tutqovul   1,   2;
Tepagazion,   Kangurtut   kabilar   hisoblanadi.   Bu   makonlardan   qo‘lga   kiritilgan
arxeologik manbalar mil. avv. VI ming – III ming yilliklarda bo‘lgan madaniyatni
kuzatish imkonini beradi. Tutqovul makoni hisor jamoalari madaniyatining asosiy,
tayanch   yodgorligidir.Hisor   jamoalari   moddiy   madaniyati   o‘z   mazmun-mohiyati,
hususiyatiga   ko‘ra   joyitun   jamoalari   madaniyatidan   keskin   farq   qilgan.   Bu   holat
jamoalarning   turli   landshaft-iqlim   sharoitda   shakllangan   va   rivojlanganligi   bilan
izohlanadi.   Hisor   jamoalari   tosh   industriyasi   qayroqtoshli   industriya   bo‘lib,   unda
«chaqmoqtosh-mikrolit» li element ham mavjud. 
O‘zbekiston hududi, hatto O‘rta Osiyo miqyosida neolit davri jamoalari moddiy
madaniyatini   o‘rganishda   Kaltaminor   tarixiy-madaniy   jamoalari   madaniyatining
alohida o‘rni  bor. Bu madaniyat  o‘tgan asrning 30-yillari  oxirida taniqli  arxeolog
S.P.Tolstov   tomonidan   kashf   etilgan   bo‘lib,   keyingi   yillar   davomida
A.V.Vinogradov   tomonidan   atroflicha   tadqiqot   etilgan   (2-rasm).   Quyi   Zarafshon
vohasidagi kaltaminor jamoalari madaniyati esa O‘. Islomov tomonidan o‘rganildi.
Mazkur   tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   Kaltaminor   jamoalari   nafaqat   Amudaryo
etagi Oqchadaryo havzasida, balki qo‘shni O‘zboy, Zarafshon daryosi etaklarining
qadimiy   o‘zanlari,   Ustyurt,   Qizilqumning   ichki   xududlari,   Janubi   -   G‘arbiy
Qozog‘iston, Sharqiy Kaspiy, Orol bo‘yi Balxon hamda Mang‘ishloq sarhadlariga
tarqalishib   yashashgan   va   o‘zlariga   xos   madaniyat   yaratishgan. 53
  Bunday   keng
52
  Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной   эпохи
Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //   Каменной   век
Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Ранов   В.А.   Неолит   (гиссарская   культура).   История
Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123. 
53
 Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948. Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма  -
МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1968 ;  Виноградов А.В. Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. – ТХЭ,
т. Х III . – М.: Наука, 1981.  173 б .;   Виноградов А.В. Мамедов Э.Д. Первобытный Лявлякан. Этапы древнейшего заселения
и   освоения   Внутренних   Кызылкумов   -   МЭХ,   вып.10.   –   М.:   Наука,   1975 ;   Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.,   Аскаров   А.
Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966 ;  Бижанов
Е.Б. Неолитические памятники юго-восточного Устюрта  //  Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта.
32 hududlarda   yashagan   jamoalar   madaniyati   umumiy   nom   –   Kaltaminor   tarixiy-
madaniy jamoalar madaniyati nomi bilan fanga kirgan. Bu madaniyat tarkibida bir
nechta   mahalliy   xarakterga   ega   bo‘lgan   madaniy   variantlar   mavjud   ekanligi
tadqiqotlarda   aniqlangan.   Bular   Oqchadaryo,   Quyi   Zarafshon,   Lavlakan   kabi
mahalliy madaniy variantlar hisoblanadi 54
. Bu mahalliy madaniy variantlarning bir-
biridan   farqlari   jamoalar   tosh   industriyasi   xususiyatlari,   qurollar   shakli,   yasalish
uslubi,   ishlov   berilish   texnologiyasi,   sopol   buyumlarning   yasalishi,   shakli,
naqshlari, zebi-ziynat ashyolari kabi jihatlari bilan izohlanadi. Kaltaminor tarixiy-
madaniy   jamoalari   shunchalik   keng   sarhadlarga   tarqalib   yashashganki,   ularning
makonlaridan topib o‘rganilgan arxeologik ashyoviy dalillar tahlili, bir tomondan,
ularning   moddiy   madaniyati,   turmush   tarzi,   ijtimoiy   hayoti,   xo‘jalik   asoslari
jihatidan birlashuvchi umumiy qon-qardosh jamoalar ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchi
tomondan,   hududiy   kengligi   turli   iqlimiy,   ekologik   sharoit   nuqtai-nazaridan
mahalliy xususiyatga ega jamoalar madaniy majmuasi ekanligini ko‘rsatadi. 
Zarafshon   daryosi   qadimgi   o‘zanlaridan   biri   bo‘lgan   Chorbaqti   vohasi   –
shimoliy   va   janubiy   o‘zanlar   o‘rtasida   joylashgan   bo‘lib   (Gazli   shahridan   50-60
km. lar chamasi masofada), u yerda 1984-1986 yillarda tadqiqotlar olib borildi. Bu
o‘zanning   asl,   tub   qismi   hozirgi   kunda   atrof   yon   qismlari   tuproqlari   denudatsion
jarayonlar   natijasida   yemirilib   ketilganidan,   yer   sathida   bo‘rtib   chiqib   qolgan
holatda   saqlanib   turibdi.   Chorbaqti   vohasidan   oltmishdan   ortiq   mezolit,   neolit
davri  jamoalariga tegishli  makonlar  topib o‘rganilgan. 55
  Moddiy madaniyati  bilan
O‘rta Osiyo tog‘ va tog‘ yonbag‘ri so‘nggi paleolit-mezolit jamoalari madaniyatiga
yaqin   bo‘lgan   mezolit   davri   makonlarining   kashf   etilishi   bu   o‘zanning   nisbatan
ertaroq  o‘zlashtirganligini ko‘rsatdi 56
. 
–   Ташкент,   Фан,   1978.   18-79-бетлар;   Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание   уч.степени   д.и.н.   –
Нукус, 1996 . С.3-42.  
54
 Виноградов А. В. О локальных вариантах неолитической культуры Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122.  С. 31-36; 
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт .  1981 ,  165 -бетлар .
55
Холматов Н.У. Новые неолитические памятники на староречьях Зеравшана.  //  Новые открытия в Приаралье, вып. 
1, М. ,  1991.  С.4-32;  Холматов Н.У. К хронологии келтаминарских материалов староречий Зарафшана. ИМКУ, 
Вып. 3 4, Самарканд, 2004.  С.17-25.
56
Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиётлар .  1981. 59, 60 -бет;  Холматов Н.У. Мезолит низовьев Зарафшана. – ИМКУ,
№30, 2000.  С. 38-49 ; Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана.  –  Ташкент, “Фан”, 2007, с.27-44.
33 Zarafshon   vohasi   neolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   birmuncha
mukammalroq   o‘rganilgan.   Quyi   Zarafshon   vohasi,   uning   qadimiy   o‘zanlari
bo‘lgan Echkiliksoy, Oyoqagitma, Daryosoy, Chorbaqti, Xo‘jayli va Mahondaryo
vohalari miqyosida ko‘plab makonlar topilib, ular kaltaminor jamoalariga tegishli
ekanligi  aniqlangan 57
. Yuqori  Zarafshon  vohasida  neolit  jamoalari  madaniyati  Oq
Tanga   makoni   misolida   V.A.Ranov   tomonidan   tadqiq  qilingan 58
.  O‘rta  Zarafshon
vohasi neolit jamoalari moddiy madaniyati esa Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon
bag‘ri   yirik   soy   yon   qayirlari   va   ular   yon   daralarida   kashf   etilgan   sazog‘on
madaniyatiga tegishli makonlar asosida o‘rganilgan 59
. 
Tadqiqotlarda   qo‘lga   kiritilgan   manbalar   Qoratepa   tog‘   massivi   shimoliy   yon
bag‘ri   ibtidoiy   jamoalari   moddiy   madaniyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
birmuncha   oydinlashtirish   imkonini   berdi.   Xususan,   Olmabuloq   makoni   tosh
qurollari   kolleksiyasi   o‘zida   levallua-mustye   texnologik   uslubini   namoyon
etganligi uchun voha o‘rta paleolit davri makonlari jumlasiga kiradi. Bu esa o‘rta
paleolit jamoalari nafaqat Zarafshon vohasining pasttekislik mintaqalari, balki tog‘
yon   bag‘irlarini   ham   o‘z   ichiga   olgan   keng   qamrovdagi   ekologik   burchaklarga
tarqalishib   yashashgan   va   o‘zaro   madaniy   qo‘ni-qo‘shnichilik   aloqada   bo‘lishgan
degan   ilmiy   xulosalarni   beradi.   Sazog‘on   1   makoni   jamoalari   esa   o‘z   moddiy
madaniyatida O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi mezolit-neolit jamoalari (Tutqovul, Soy-
Sayyod) 60
  xususiyatlarini   mujassamlashtirgan   holda   o‘z   navbatida   tosh
industriyasida   Samarqand   yuqori   paleolit   jamoalariga   xos   texnologik   uslublari
an’analarini   ham   saqlab   qolgan. 61
  Sazog‘on   neolit   jamoalari   moddiy   madaniyati
o‘ziga   xos   xususiyatlariga   ko‘ra   O‘rta   Osiyo   tog‘   mintaqasi   neolit   jamoalari
madaniyatlari   sirasiga   kiradi.   Bu   jamoalar   yashagan   mintaqa   (Qoratepa   tog‘
massivi   shimoliy   yon   bag‘ri)   jo‘g‘rofiy   jihatdan   O‘rta   Osiyo   tog‘   va   pasttekislik
mintaqalari   o‘rtasidagi   oraliq   hudud   hisoblanadi.   Sazog‘on   jamoalari   garchi   o‘z
57
Гулямов   Я.Г.,   Исломов  У.И.,   Асқаров   А.А.   Кўрсатилган   адабиёт,   1966;   Виноградов   А.В.   Кўрсатилган   адабиёт,   1981.
64-78-бетлар. 
58
 Ранов В.А. Кўрсатилган адабиёт, 1998. 105-123-бетлар.
59
Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991. С.3-122. 
60
 Ранов В.А., Коробкова Г.Ф. Туткаул-многослойное поселение гисса р ской культуры в южном Таджикистане. СА.1971,
№1.  С.138-172.
61
Джуракулов М.Д.  Самаркандская  стоянка   и  проблемы верхнего  палеолита   в Средней  Азии.  –  Ташкент:   Фан,  1987. С.
171 .  
34 madaniyatida   bir   tomondan   O‘rta   Osiyo   tog‘   mintaqasi   hisor   jamoalari
madaniyatining   ba’zi   hususiyatlarini   (ponasimon   qurollar,   tik   ish   maydoniga   ega
bo‘lgan uchirmadan yasalgan  qirg‘ichlar; yon tomoni  old qismiga ishlov berilgan
tosh   o‘zaklari,   tutqovul   tipidagi   teshkich   qurollar,   qayroqtosh   qurollari   kabi),
ikkinchi   tomondan   esa   O‘rta   Osiyo   pasttekislik   mintaqasi   Kaltaminor   jamoalari
ba’zi xususiyatlarini (tosh industriyasinining paraqali qismi, sopol buyumlari, xom
ashyo materiallari kabi) namoyon etgan bo‘lsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga (tosh
industriyasining   otshepli-paraqali,   mikroparaqa   elementli)   ega   bo‘lgan   mustaqil
madaniyat hisoblanadi. Shuningdek, tosh industriyasi paraqali qismi mikroparaqali
elementi   bilan   Markaziy   Farg‘ona   madaniyatiga   yaqinligini   ham   inobatga   olish
lozim 62
.Ta’kidlash   joizki,   sazog‘on   jamoalari   tosh   qurollari   yasalishi   va   ishlov
berilishi   uslublarida   mezolit   va   hattoki   so‘nggi   paleolit   qurollariga   xos   an’analar
saqlanib qolganligi holati kuzatiladi.
O‘zbekiston   miqyosida   neolit   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda
Farg‘ona   vodiysining   ham   alohida   o‘rni   bor.   Keyingi   yillarda   esa   neolit   davri
jamoalari   madaniyati   tadqiqoti   ishlari   asosan   U.Islomov,   V.I.Timofeyevlar
tomonlaridan   bajarilib,   ilmiy   natijasi   «Markaziy   Farg‘ona»   neoliti   o‘ziga   xos
mustaqil   madaniyat   ekanligi   isbotlanishi   va   fanga   kiritilishi   bilan   belgilanadi 63
.
Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari moddiy-madaniyati asosiy tadqiqotchisi O‘tkir
Islomov   o‘z   izlanishlarida   mazkur   jamoalar   madaniyatining   qo‘shni   Tojikiston
hududi   Hisor   neolit   jamoalari,   O‘rta   Zarafshon   vohasi   sazog‘on   jamoalari
madaniyatlari bilan ba’zi jihatlari xususida madaniy o‘xshashliklari borligi haqida
dalillar   keltirgan 64
.   Ta’kidlash   joizki,   o‘z   vaqtida   tadqiqotchilar   tomonidan
Markaziy   Farg‘ona   va   Sazog‘on   madaniyati   O‘rta   Osiyo   tog‘   mintaqasi
umumneolit   madaniyatlari   tarkibiga   kiruvchi,   lekin   ikkalasi   ham   o‘ziga   xos
xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   mustaqil   madaniyatlar   deb   e’tirof   etilgan   edi 65
.   O‘rni
kelganda   aytish   joizki,   bu   ikkala   madaniyatning   bir-biridan   jo‘g‘rofik   joylanishi
jihatidan,   oraliq   masofa   nuqtai   nazaridan   uzoq   masofada   joylashganiga   qaramay,
62
 Исламов У.И., Тимофеев В.И. Культура каменного века Центральной Ферганы. – Ташкент: Фан, 1986. 304  б .
63
Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кўрсатилган адабиёт .  1986, 304 - бет. 
64
 Исламов У.И., Тимофеев В.И. Кўрсатилган адабиёт .  1986. 108, 109-бетлар.
65
 Исломов, Тимофеев, Кўрсатилган адабиёт .  1986. 305 б.; Джурақулов, Холматов .  Кўрсатилган адабиёт .  1991,123 б.
35 ularning   o‘zaro   moddiy   madaniyati   o‘xshashliklariga   yordam   bergan   yana   bir
xususiyat   borligini   keltirish   mumkin.   Bu   ularning   bir   tomondan   tog‘   mintaqasi,
ikkinchi   tomondan   pasttekislik   mintaqasi   o‘rtasidagi   oraliq   mintaqada   (tog‘   yon
bag‘irlari)   joylashganligi   va   o‘ziga   xos   bir   xil   ekologik   sharoitga   ega   bo‘lganligi
bilan izohlanadi. 
Xullas,   Ustyurt   neolit   jamoalari,  O‘rta   Zarafshon   Qoratepa  tog‘   massivi   shimoliy
yon   bag‘ri   sazog‘on   jamoalari   hamda   Farg‘ona   vohasi   Markaziy   Farg‘ona
jamoalari   madaniyati   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalari   madaniyatining
sahifalarini bilib olishimizda muhim o‘rin tutadi.
Xullas,   O‘zbekiston   xududida   neolit   davri   nisbatan   yaxshi   o‘rganilgan.   Bu
davr moddiy madaniyatini o‘rganishda S.P.Tolstov, V.M.Masson, Y.G‘.G‘ulomov,
A.V.Vinogradov,   U.Islamov,   A.Asqarov,   A.Muxammadjonov,   M.Jo‘raqulov,
YE.Bijanov,   R.Sulaymanov,   M.Qosimov,   T.Mirsoatov,   R.A.Ranov,
G.F.Korobkova,   T.G.Filimonova,   V.V.Timofeyev,   N.Xolmatov   singari   arxeolog
olimlarning  tadqiqotlari   samarali  natijalar   berdi.  Ko‘p yillik tadqiqotlar  natijasida
mamlakatimiz     xududida   neolit   davriga   oid   Kaltaminor,     Markaziy   Farg‘ona,
Sazog‘on   (O‘rta   Zarafshon)   kabi   tarixiy-madaniy   jamoalarning   turmush   tarzi
xususiyatlari oydinlashtirildi, asoslandi va fanga kiritilindi.
O‘rta   Osiyo,   xususan   Ikki   daryo   oralig‘i   xududlariga   keng   tarqalgan   ovchi
va   baliqchi   jamoalari   madaniyati   hisoblangan   kaltaminar   madaniyati   nafaqat
Amudaryo   quyi   oqimi,   shuningdek   Oqchadaryo   havzasi,   qizilqumning   ichki
xududlari(Lavlakan),   quyi   Zarafshon   qadimiy   o‘zanlari   (Moxandaryo,   Ho‘jayli-
janubiy;   Echkilisoy,   Oyoqatitma,   Daryosay-   shimoliy,   Chorbaqti   -   o‘rta   o‘zan),
hamda   quyi   Amudaryo   so‘l   sohili   Uzboy,   Sariqamish,   shuningdek   Ustyurt,
Shimoliy-sharqiy   Orol   bo‘yi,   Janubiy   Qozog‘iston   xududlariga   ham   tarqalganligi
so‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar tufayli aniqlandi 66
.
O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Joyitun
neolit   madaniyatining   ham   munosib   o‘rni   bor.   Janubiy   Turkmaniston   hududi
66
Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. М., Наука, 1968.  Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой.
История   формирования   и   заселения.   –   МХЭ,   вып.3.   –   М.,   1960.   С.34-36. Виноградов   А.В.     Древние   охотники     и
рыболовы  среднеазиатского  междуречья.  ТХАЭ, вып. 13. М.: 1981.
36 Kopettog‘   yon   bag‘rida   tadqiqot   etilgan   Joyitun   jamoalari   –   ilk   dehqonchilik
madaniyatining sohibkorlari bo‘lishgan (mil.avv. VII  ming yillik oxiri – VI  ming
yilliklar   boshlari   –   IV   ming   yillik).   Bu   hudud   tadqiqotlarda   e’tirof   etilishicha,
Yaqin   Sharqning   dehqonchilik   madaniyati   tarqalgan   hududining   eng   chekka
shimoliy-sharqiy   tarkibiy   qismi   bo‘lgan.   Joyitun   madaniyati   o‘tgan   asrning   50-
yillaridan   e’tiboran   B.A.Kuftin,   A.A.Marushenko,   V.M.Masson,   O.K.Berdiyev
kabi   tadqiqotchilar   tomonidan   o‘rganilgan.   Ayniqsa,   V.M.Masson   o‘z
tadqiqotlarida joyitunliklar madaniyatini atroflicha yoritgan 67
. 
O‘rta   Osiyo   nyeolit   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda   Hisor
jamoalari   makonlari   tadqiqotlari   ham   muhim   o‘rin   tutadi.   Markaziy   va   Janubiy
Tojikiston   hududi   tog‘,   tog‘   yon   bag‘ri   mintaqalariga   tarqalib   yashashgan,   bu
neolit   jamoalari   madaniyatining   tadqiqoti   ishlarini   o‘tgan   asrning   50-yillarida
dastlab   A.P.Okladnikov   boshlab   bergan   bo‘lsa,   keyinchalik   uni   atroflicha
o‘rgangan olim V.A.Ranov bo‘ldi 68
. Hisor madaniyati asosiy yodgorliklari Sayyod
1,   2;   Tutqovul   1,   2;   Tepagazion,   Kangurtut   kabilar   hisoblanadi.   Bu   makonlar
tadqiqoti  jarayonida  qo‘lga kiritilgan  arxeologik manbalar  mil.avv. VI  ming – III
ming  yilliklarda   bo‘lgan  madaniyatni   kuzatish   imkonini   beradi.   Tutqovul   makoni
madaniyatning asosiy,  tayanch yodgorligi hisoblanadi. Tojikiston neolit jamoalari
moddiy   madaniyat   haqida   keyingi   yillari   V.A.Ranov.,T.G.Filimonova   kabi
arxeolog-olimlar  yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgan. 69
 
I.3.   O‘rta   Osiyo   eneolit   va   jez   davri   jamoalari   moddiy   madaniyati   va   uning
o‘rganilishi tarixi.
67
Массон   В.М.   Южнотуркменистанский   центр   раннеземледельческих   культур.-   Труды   ЮТАКЭ,   1960,   т.   10;
Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии.  //  Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука, 1966; Поселение
Джейтун (проблема становления производящей экономики). – МИА, №180. – Л.: Наука, 1971. 
68
Ранов   В.А.   Гиссарская   культура:   распространение,   хронология,   экономика.   //   Культура   первобытной   эпохи
Таджикистана.   –   Душанбе,   1982;   Гиссарская   культура   –   неолит   горных   областей   Средней   Азии.   //   Каменной   век
Северной,   Средней   и   Восточной   Азии.   –   Новосибирск,   1985;   Ранов   В.А.   Неолит   (гиссарская   культура).   История
Таджикского народа. Том 1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123. 
69
Виноградова   Н.М.,   Ранов   В.А.,   Филимонова   Т.Г.   Памятники   Кангурттута   в   Юго-Западном
Таджикистане (эпоха неолита и бронзового века).-М.,ИВ РАН,2008. c .24-27. 
37 Paleometall   (Mis mil. avv. 4-3 ming yilliklar; bronza mil.avv. 3-2ming
yilliklar) va temir davri inson va tabiat aloqadorligi:
Ilk   jamiyat   rivojida   navbatdagi   taraqqiyot     bosqichi   paleometall
(Mis   mil.   avv.   4-3   ming   yilliklar;   bronza   mil.avv.   3-2ming   yilliklar)   davri
hisoblanadi.   Navbatdagi   inson   taraqqiyoti   konsepsiyasi   doirasidagi
innovatsiya–  metallning  mehnat   qurollari  yasash   uchun   kashf  qilinishi
bo‘lib,   bu   hodisa   ilk   jamiyat   rivojida   o‘ziga   xos   ahamiyat   kasb   etgan.
Metall va metallurgiyaning kashf qilinishi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy
va   madaniy   taraqqiyotida   tub   o‘zgarishga   olib   keldi.   Bu   hodisa
sivilizatsiyaning muhim omili sifatida urbanizatsiya jarayonining tashkil
topishiga   zamin   yaratdi.   Xo‘sh,   bu   innovatsion   faoliyat   qanday   sodir
bo‘ldi? Ilk   jamiyat   rivojida   inson   taraqqiyoti   konsepsiyasiga
doir   innovatsiyalar   zamirida   faqat   insonning   mehnat   jarayonida
to‘plagan   tajriba,   bilim,   malakasi,   yaratuvchanlik   iqtidori   va   qobiliyati,
ijodiy   yondoshuvlari   yotadi.   Yuqorida   keltirganimizdek,   vaqt   o‘tishi
bilan   insonning   o‘zi   biologik   jihatdan   takomillashib,   hozirgi   zamon
qiyofasidagi   odamzod   ko‘rinishiga   keldi.   Kundalik   turmush
mashg‘ulotlari   jarayonida   o‘z   iqtidori,   qobiliyati   asosida   sohaning
kasbiy   ixtisoslashuvidan   mutaxassislar   yetishib   chiqdi.   Masalan,
hunarmandchilik sohasida. Insonlar hayotida paleometallarning paydo
bo‘lishi   ham   o‘z-o‘zidan   sodir   bo‘lmagan.   Sababi,   tabiiy   holdagi   metall
shlaklari   uchrashi   va   ularni   turmushda   ishlatilishi   o‘z   yo‘liga,   biroq
metallurgiya   san’ati,   ya’ni   metalni   issiqda   eritib,   undan   turli   turmush
asbob-anjamlarining   yasalishi   esa   haqiqiy   innovatsion   faoliyat
hisoblanadi.   Ilk   jamiyat   rivojida   metalldan   foydalanishning   ikki
38 bosqichini   ko‘rish   mumkin.   Birinchi   bosqichi   –   mehnat   qurollarining
misdan yasalishi bilan xarakterlanib, u chidamsiz va murt edi. Shuning
uchun   ham   qurollarning   aksariyati   toshdan   yasalib   bu   davr   eneolit,
ya’ni mis-tosh  davri nomini oldi.  O‘rta  Osiyoda dastlab metall mil. avv.
IV   minginchi   yillikning   boshlaridan,   Janubiy   Turkmanistondagi
Namozgoh   I   madaniyati   davridan   ma’lum.   Qadimgi   metallurglar
ma’lum   davrdan   so‘ng   qalayni   misga   qorishtirib,   bronza   olishni   kashf
etdilar.   O‘rta   Osiyoda   bronza   mil.   avv.   II   ming   yillikning   boshlaridan
ma’lum   bo‘lib,   ibtidoiy   davr   taraqqiyotining   so‘nggi   bosqichi
hisoblanadi.  Metallning   mehnat   qurollari   yasash   uchun   kashf
qilinishi,   ya’ni   insonning   buinnovatsiyasining   ijtimoiy   ahamiyati
shundaki,   metallurgiya   inson   jamiyati   keyingi   taraqqiyoti   bosqichlari
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida buyuk o‘zgarishlarga olib kelgan.
Misdan yasalgan mehnat qurollari yumshoq va mo‘rtligi bois ular
turmushdatosh   qurollarni   ishlab   chiqarishdan   siqib   chiqara   olmadi.
Shuning uchun ham bu davr eneolit (mis-tosh) davri deb tarixga kirdi.
Eneolit   davri   yer   kurrasining   barcha   mintaqalarida   bir   vaqtda
boshlanmay, balki har bir hududning ekologik va tabiiy imkoniyatlariga
qarab,   har   xil   vaqtda   boshlangan.   Afrika   va   Osiyoning   qadimgi
hududlarida   ibtidoiy   jamoalar   metall   bilan   ancha   avvalroq,   boshqa
mintaqalarda   esa   birmuncha   keyinroq   tanishdilar.   O‘rta   Osiyo
sharoitida metall miloddan avvalgi IV minginchi yillikning boshlaridan,
Janubiy   Turkmanistondagi   Namozgoh   I   madaniyati   davridan   ma’lum.
O‘rta   Osiyoning   shimoliy   tomonlarida   esa   bu   vaqtda   neolit   davri   –
kaltaminorliklar   madaniyati   gullamoqda   edi.   Kaltaminor   merosxo‘rlari
39 metall   bilan   faqat   miloddan   avvalgi   III   minginchi   yillikning
oxirlaridagina tanishdilar. Urug‘chilik
jamoasining eneolit bosqichida qadimgi dehqonchilik urug‘ jamoalari markazlarida
(metropoliyalarda)   ona   urug‘ining   ijtimoiy   mulk   egaligi   barham   topa   boshlaydi.
Dastlabki   urug‘chilik   jamoalarida   bir   urug‘   a’zolari   o‘rtasida   nikoh   mavjud
bo‘lmagan   va   bu   ayni   kunda   madaniy   jihatdan   qoloq   o‘lkalar   etnografik
materiallarida   ham   yaxshi   kuzatiladi.   Ularda   oilaviy   nikoh   tartib   -   qoidalari   ikki
urug‘ jamoasi a’zolari o‘rtasida bo‘lib, dastlab bu nikoh tizimida ayollarga nomzod
tanlashda   katta   erkinlik   berilgan.   Shunday   qilib,   har   bir   ona   urug‘i   jamoasi
doirasida   mana   shu   tarzda   juft   oilalar   vujudga   kelgan.   Bu   juft   oilalar   eneolit
davrining   so‘nggi   bosqichiga   kelganda   ancha   mustahkamlanib,   endi   erkaklar
oilaga asosiy daromad keltiruvchi otalar rolini o‘ynay boshlashgan. Biroq, ular hali
bu   sharoitda   farzandlariga   meros   qoldirish   hamda   ijtimoiy   va   siyosiy   erkinlik
huquqiga ega emas edilar. Jamoa imtiyozlaridan foydalanmaslik er urug‘iga kelin
bo‘lib   kelgan   ayolda   ham   bo‘lgan.   Tadqiqotlar   ko‘rsatishicha   vaqt   o‘tishi   bilan
yosh   juft   oilalar   orasida   erkin   va   mustaqil   yashashga   intiluvchilar   guruhi,   ya’ni
passionar urug‘ jamoalari tashkil topa boshlaydi.va ular endi yangi yerlarni, yangi
hududlarni o‘zlashtirishga kirishadilar. Shu bois, qadimgi dehqonchilik vohalarida
yangi   qishloqlar   tashkil   topadi.   Chorvador   jamoalari   turmushida   ham   shu   kabi
jarayon   kechgan.   Bunday   o‘zgarishlar   bronza   davrida   ham   davom   etib,   ibtidoiy
jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy asosini tashkil etgan. Lekin, ta’kidlash joizki ikki
xo‘jalik jamoalarida ham onalar shaxsini ulug‘lash, ilohiylashtirish davom etgan. 
Janubiy   Turkmaniston   sarhadlarida   eneolit   davri   yodgorliklarining   dastlabki
tadqiqotlari   amerikalik   arxeolog-olimlar   R.Pompelli,   G.Shmidtlar
tomonidanamalga   oshirilgan   qazilma   ishlari   bilan   bog‘liq.   Bu   qazilmalar
Kopetdog‘   tog‘   yon   bag‘rida   joylashgan   Anovtepada   1904   yildan   boshlangan.
Tadqiqotlar   natijasiga   ko‘ra   Anovtepada   4   ta   rivojlanish   bosqichlari   aniqlangan
(Anov  1,2,3,4).  Anov  1-2  -eneolit  davri,  Anov  3-bronza   davri,  Anov  4-   ilk  temir
davri   hisoblanadi.   Bu   tarixiy   davr   xronologik   jihatdan   mil.avv.   V   -   IV   ming
40 yilliklarni   o‘z   ichiga   oladi.   Mazkur   hududa   keyingi   yillar,   ya’ni   o‘tgan   asr   50-
yillarida   eneolit   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatining   tadqiqoti   B.A.   Kuftin,
V.M.   Masson,   V.I   Sarianidi.   O.K.   Berdiyev   va   I.N.   Xlopinlar   tomonidan   amalga
o sh irilgan.   Xususan,   1950   yillarning   boshlarida   B.A.   Kuftin   Nomozgohtepada
arxeologik   qazishmalar   o‘tkazib,   Janubiy   Turkmaniston   o‘troq   dehqon   jamoalari
tarixining yangi xronologik davriy sistemasini ishlab chiqadi. Unga ko‘ra qadimgi
dehqon   jamoalarining   eneolit   va   bronza   davri   tarixi   6   bosqichga   bo‘lindi.   B.A.
Kuftin bu etaplarni Nomozgoh 1,2,3,4,5,6 deb atadi. Keyinroq, V.M. Masson B.A.
Kuftin   ishlarining   davomchisi   sifatida,   uning   xronologik   davriy   sistemasiga
o‘zgarishlar kiritd i ,  ya’ni  6  bosqich ning har birini   yana  ikkitadan bosqichga bo‘lib
o‘rganish   mumkinligini   taklif   et di.   V.M.   Massonning   ta’kidlashicha,   Janubiy
Turkmanistonning   dehqon   jamoalari   tarixida   eneolit   davri   mil.avv.V   minginchi
yillikning oxirlaridan boshlanib, u to III minginchi yillikning birinchi choragi ga cha
davom   et gan   va   u   Nomozgoh   1 -   ilk   eneolit,   Nomozgoh   2   - o‘rta   eneolit   va
Nomozgoh 3 esa so‘nggi eneolit  taraqqiyot bosqichlariga bo‘lingan . 
O‘tgan asr 60-yillaridan e’tiboran   Geoksur   vohasi eneolit davri   yodgorliklari
V.M.   Masson,   V.I.   Sarianidi,   I.N.   Xlopinlar   tomonidan   keng   o‘rganildi.   Bu
tadqiqotlar   jarayonida   o‘sha   davr   qishloqlari   va   uy-joylarining   tiplari   haqida
muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgan 70
.
Qadimgi   metallurglar   muayyan   davrdan   so‘ng   qalayni   misga
qorishtirib,   bronza   olishni   kashf   qildilar.   Insonning   bu   innovatsiyasi
kishilik tarixida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Bronza egiluvchan va
mustahkam   metall   hisolanadi.   Bronzaning   bu   xususiyatlari   qadimgi
metallurglar   diqqatini   o‘ziga   tortib,   endi     mehnat   qurollari   asosan
bronzadan   yasaladigan     bo‘ldi.   Bu   hodisa   tez   fursatda   takomillashib,
qisqa davr ichida bronza ibtidoiy xo‘jalikning turli sohalariga kirib bordi
va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida   muhim   rol   o‘ynadi.
70
Хлопин И.Н.  Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург, 1997 .С.217.  
41 Bronza   tosh   asriga   nisbatan   juda   qisqa   davrni   o‘z   ichiga   oladi.   Uning
taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning o‘rtalari
–   I   minginchi   yillikning   birinchi   choragiga   to‘g‘ri   keladi.   Bronzaning
kashf   etilishi   bilan   mehnat   qurollarining   turi   ko‘paydi,   mehnat
unumdorligi   oshdi,   harbiy   qurollarning   xilma-xilligi   va   jangavorligi
ortdi,   bronzadan   yasalgan   uy-ro‘zg‘or   buyumlari   paydo   bo‘ldi.   Ammo
mehnat   qurollari   ishlab   chiqarish   uchun   bironza   nodir   va   kamchil
metall   bo‘lib   qolaverdi.   Shuning   uchun   ham   mehnat   qurollarini
tayyorlash   uchun   avvalgidek   tosh   va   yog‘ochlardan   keng   foydalanildi.
Bronza   faqat   temirning   kashf   qilinishi   va   xo‘jalikda   foydalanishga
kirishilishi tufayli turmushdan qisman bo‘lsa-da, siqib chiqarildi.
Bronzaning kashf qilinishi xo‘jalikning butun
taraqqiyotini   larzaga   keltirdi   va   mehnat   unumdorligi   jiddiy   oshdi.
Undan nafaqat mehnat qurollari, shuningdek, turli bezaklar, uy-xo‘jalik
buyumlari,   harbiy   qurol-aslahalar   yasaydigan   maxsus   temirchilik,
zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi.   Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi   tufayli   hududlararo   ayrabosh   ancha   kuchaydi,   madaniy
viloyatlarni   iqtisodiy   jihatdan   bog‘lab   turuvchi   tabiiy   aloqa   yo‘llari,
tronsport   vositalari   paydo   bo‘ldi.   Quruqlikdagi   transport   sifatida
hayvon kuchidan foydalanish boshlandi. Hayvonlar qo‘shilgan g‘ildirakli
aravalar vujudga keldi. O‘rta Osiyo  eneolit  va  bronza davri o‘zining bir
qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan neolit davridan tubdan farq qilardi.
Masalan, bu davrda birinchi navbatda sug‘orma dehqonchilik bazasida
qad   ko‘targan   doimiy   qishloqlarning   ko‘payishi,   binokorlikning
rivojlanishi,   ularda   yashayotgan   aholi   sonining   tobora   zichlashib
42 borishi   va   yangi   yerlarni   jadal   o‘zlashtirish   jarayonining   kuchayishi
kuzatiladi.   Yangi   yerlarning   o‘zlashtirilishi   bilan   bog‘liq   holda
qanchadan-qancha yirik qishloq tipidagi madaniyat o‘choqlari vujudga
keldi,   ibtidoiy   hunarmandchilik   xo‘jaligining   turli   sohalarida   yangidan-
yangi   ixtirolar   qilindi.   Masalan,   bronza   davrida   metallurgiya
hunarmandchiligi,   zargarlik,   kulolchilikda   mexanik   yo‘l   bilan
aylantiriladigan   charxdan   foydalanishga   o‘tish   singari   yangiliklar
urug‘doshlik   jamoasining   madaniy   xo‘jalik   sohasidagi   yirik
kashfiyotlardan   hisoblanadi.   Demak,   metallning   kashf   etilishi   ijtimoiy
va   iqtisodiy   taraqqiyot   jarayoni   ilk   shaharsozlik   -   urbonik
sivilizatsiyaning vujudga kelishiga muayyan darajada zamin yaratdi. 71
Bronzaning   kashf   qilinishi   natijasida   iqtisodiyotning   barcha   sohalarida
mehnat unumdorligi oshdi, ehtiyojdan ortiqcha mahsulot paydo bo‘ldi. Bronzadan
nafaqat mehnat qurollari yasalgan, balki turli bezaklar, uy-xo‘jalik buyumlari ham
yasalib,   shuningdek   harbiy   qurol-aslahalar   yasaydigan   maxsus   temirchilik,
zargarlik   ustaxonalari   vujudga   keldi,   harbiy   qurollarning   xilma-xilligi   va
jangavorligi   ortdi.   Hunarmandchilikning   ixtisoslashuvi   ro‘y   berdiki,   natijada
viloyatlararo   iqtisodiy   tovar   ayraboshlash   ancha   kuchaydi,   madaniy   viloyatlarni
iqtisodiy jihatdan bog‘lab turuvchi tabiiy aloqa yo‘llari, tronsport vositalari paydo
bo‘ldi. Quruqlikdagi transport  vositasi  sifatida hayvon kuchidan (ot,  tuya,  qaromol)
keng   foydalanish   boshlandi.   Hayvonlar   qo‘shilgan   g‘ildirakli   aravalar   vujudga
keldi. Xullas, metallning kashf etilishi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot jarayoni ilk
shaharsozlik   –   urbonik   sivilizasiyaning   vujudga   kelishiga   tarixiy   shart-sharoit
yaratdi. Ammo mehnat  qurollari ishlab chiqarish uchun bironza nodir va kamchil
metall   bo‘lib  qolaverdi.  Shuning  uchun  ham   mehnat  qurollarini  tayyorlash  uchun
avvalgidek tosh va yog‘ochlardan keng foydalanildi. Bronza faqat temirning kashf
71
 Асқаров А., Жўрақулов М. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё // –Самарқанд, 1984, 18, 25-27 бб. 
43 qilinishi   va   xo‘jalikda   foydalanishga   kirishilishi   tufayli   turmushdan   siqib
chiqarilishiga olib kelgan.
Bronza   davri   ijtimoiy   tuzumi   masalasiga   kelganimizda,   urug‘chilik   tuzumi
bo‘lganligi,   lekin   uning   so‘nggi   bosqichlarida   urg‘chilikning   ijtimoiy   tamoyillari
buzila   boshlaganini   ko‘ramiz.   Bronza   davrining   har   ikki   xo‘jalik,   ya’ni   dasht
chorvadorlari   va   qadimgi   o‘troq   dehqonchilik   madaniyati   sohiblari   yashayotgan
hududlarda   migrasion   jarayonlar,   qabila   va   urug‘   jamoalarining   bir-birlariga
yaqinlashish,   iqtisodiy,   etnomadaniy   qorishuvlar   ro‘y   beradi.   Jamoada   katta
patriarxal oila doirasida monogomik nikox, juft oila tarkib topadi. Monogomik oila
yerga,   chorvaga,   savdoga   xususiy   egalik   qilish   tartibini   keltirib   chiqaradi.   Juft
oilalar   o‘zlashtirgan   yerlarning   sohiblari   bo‘lishadi   va   shu   tariqa   yerga   nisbatan
xususiy mulkchilik mexanizmi yuzaga keladi, mulkiy tabaqalanish shakllanadi.
Janubiy   Turkmaniston   e ng   qadimgi   o‘troq   dehqonchilik   va   xonaki
chorvachilik   xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanuvchi   jamoalar   yashagan   hudud
hisoblanadi.
B.A.Kuftinni   xronologiyasiga   muvofiq   Nomozgoh   IV,   V,   VI
bosqichlari   janubiy   Turkmanistonda   bronza   asri   hisoblanadi.   Namozgoh   IV-
ilk   bronza,   Namozgoh   V-   rivojlangan   bronza,   Namozgoh   VI   –   so‘nggi
bronza   bronza   davri   bo‘lib,   mil.avv.II   minginchi   yillikning   2-yarmiga
oiddir.   Janubiy   Turkmaniston   bronza   davri   yodgorliklari   g‘arbda   Qizil
Arvat,   sharqda   Tajan   daryosi   va   Quyi   Murg‘ob   daryosi   bo‘ylab   tadqiq
etilgan.   Bu   yodgorliklar   Namozgoh,   Anovtepa,   Oltintepa,   Oqtepa,
Hapuztepa,   Tekkemtepa,   Gonurtepa,   Tog‘oloqtepa,   Yelkantepa,   Sho‘rtepa,
Keleli kabilar hisoblanadi 7 2
.
Nom oz go h   I V   da vr i   g‘arbda   Qizil   Arvatdan   sharqda   Tejen   daryosiga
qadar   bo‘lgan   xududlardagi   Nomozgohtepa,   Oltin tepa,   Xovuztepa,   Oqtepa
kabi   ko‘p   qatlamli   yodgorliklarda   o‘rganilgan.   Nom ozgoh   I V   davr i ga   xos
72
  Хлопин И.Н.  Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург, 1997 .С.217.
44 hususi yat l ar dan   bi r i   bu   dav rda,   Olt intepa   kabi   yiri k   qishl oqlari   bil an   bi r
qator da   ancha   kichik   hajmdagi   qishloqlari   ham   mavjud   bo‘lgan.   Kichik
hajmdagi   qishloqlarining   ayrimlarini   maydonlari   1   ga   b o r m a g a n i   h o l d a
y i r i k l a r i n i   1 0   g a   d a n   k a m   b o ‘ l m a g a n .   Ularning   madaniy   qatlamlari   ham
ancha   qalin   bo‘lgan.   Ma salan:   Xovuztepani   Nomozgoh   IV   davri   madaniy
qatlami 5 metr gacha,  Oqt epada  esa  7  m etr gacha,  Nom ozgoht epani ki   esa  34
m etr ga c h a   b o r a d i .   S h u n d a n   4   m t t r g a   y a q i n i   N o m o z g o h   I V   b o s q i c h i g a
oiddir.
Nomozgoh   V   manzilgohi   o‘zining   hajmi   jihatidan   ancha   yi rik   bo‘ li b,
Qadi mgi   Sharq   shahar   m arkazlari ni   haj mi ga   yaq i n   b o‘ l ga n.   K ul ol ch i l ar ni
i s hl ag an   va   ya sh ag an   m ah al l a l a r i   ham   ochilgan.   Bular   haqida
manzilgohdan   topilgan   kulolchi likka   oid   chiqindilar   va   asboblarni   topilishi
guvohlik   be radi.   Ikki   qavatli   sopol   pishiruvchi   o‘txonalarning   topilishi   juda
yuqori   darajadagi   issiqlikni   xosil   qila   olganlikla ri dan   dal ol at   ber adi .   35   t a
buqani ,   14   t a   odam   va   8   ta   g‘ildiraklarni   loydan   yasalib,   yuqoridagi   kabi
o‘txonalarda   pishirish   uchun   tayyorlab   qo‘yilgan   loy   haykalchalari   ham
topilgan.   Topilmalar   ichida   bronzadan   yasalgan   xanj ar   va   sopl i   t ova
( skovar odka)  l ar   ham  m avj uddir .Nomozgoh   VI	  yodgorliklari   xronologik   jihatdan   mil.	avv.   1850-	
1100   yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   Maydoni  	70   ga   lik   Nomozgohtepada	
xuddi   Oltintepadagi   kabi   o‘zga	rishlar   yuz   berib,   faqat   uni   shimoliy	
xududidagina «Cho‘qqi»  	d e b   a t a l g a n   k i c h i k   b i r   q i s m i d a g i n a   h a y o t	
d a v o m   e t a d i .  	Uning   beqiyos   maydoni,   mahallalari,   markaziy	
maydoni   bo‘shab  	qoladi   va   Nomozgoh   VI   davri   qabristoniga   aylanib	
qoladi.   26   ga   maydonga	  ega   bo‘lgan   Oltintepada   esa   Nomozgoh   V	
oxirlaridayoq   uni   butun   sharqiy   qismi   -   mafkuraviy	  markaz   aslzodalar	
kvartali   bo‘lib   qoladi.  	Uning   g‘arbiy   qismidagina   hayot   biroz   davom	
etadi.
Mutaxassisning   yozishicha,   Qadimgi   Baqtriyaning   Sopollitepa   va   Dashli
tipidagi   yodgorliklarida   olib   borilgan   ilmiy   arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga
45 ko‘ra,   mazkur   joylarning   bronza   davri   sivilizatsiyasining   shakllanishida   Janubiy
Turkmaniston   dehqon   jamoalari   muhim   o‘rin   tutgan.   Qadimgi   dehqon   jamoalari
Baqtriya   yerlariga   bevosita   Murg‘ob   vohasidan   kelgan.   Murg‘oblik   dehqonlar
Janubiy O‘zbekistonda avval Sherobod cho‘lini o‘zlashtirganlar. Ularning birinchi
qarorgohi   Ulanbuloqsoy   suvi   bazasidi   tashkil   topgan   Sopollitepa   bo‘ldi.
Sopollitepaliklar   asta-sekin   K o‘h it a ng   va   Boysun   tog‘   etaklari   bo‘ylab   shimoli   –
sharqqa   siljidi.   Natijada   Sherobod   daryosining   quyi   havzasi   tarmoqlari   bo‘ylab
qadimgi   dehqonlarning   yangidan-yangi   qishloqlari   qad   ko‘tara   boshladi.   Ana
shunday   qishloqlarning   katta   bir   guruhi   Sherobod   daryosining   Bo‘stonsoy
irmog‘ida   joylashgan.   Vaqt   o‘tishi   bilan   yangi   yerlar   o‘zlashtirilishi   asosida
Bandixonsoy,   Xo‘jayipok,   Sangardak   daryolarining   quyi   havzalarida,   undan
keyingi   hududlar   bo‘lgan   Regar   va   Nurek   atroflarida   ham   shunday   qishloqlar
mil.avv.   II   minginchi   yillik   davomida   paydo   bo‘ldi.   Shu   asosda   joylarda
dehqonchilik mikrovohalari tashkil topdi. Vatanimizning janubiy sarhadlari bonza
davri   yodgorliklari   qadimgi   sug‘orma   dehqonchilik   vohalari   bo‘lgan
Ulanbuloqsoy, Sherobod,, Bandixon va Mirshodidan topib o‘rganilgan.
Sopollitepa.   O‘zbekiston   hududidagi   eng   qadimgi   protoshahar   hisoblanadi.
1969-1974   yillar   davomida   Sopollitepada   olib   borilgan   keng   arxeologik
qazishmalar   vaqtida   yodgorlik   to‘liq     ochildi,   uning   turar-joy   komplekslari,
qadimgi   qishloqni   o‘rab   olgan   mudofaa   tizimi   va   qishloq   doirasida   joylashgan
jamoa   xilxonalari   keng   o‘rganildi.   Sopollitepa   yodgorligi   Sherobod   tumanidagi
Ulanbuloqsoyda     joylashgan  (Termiz  shahridan  70  kilometrlar  chamasi  shimoliy-
g‘arbda) 73
 . 
Sopolli madaniyati tadqiqotida Jarqo‘ton, Bo‘ston, Kultepa, Mo‘lali , Ko‘zali
yodgorliklari   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ular   Sherobod,   Sho‘rchi
tumanlarida   joylashgan.   Xususan,   Jarqo‘ton   yodgorligi   Sherobod   daryosining
quyi   irmog‘i-Bo‘stonsoyda   joylashgan.   Yodgorlikda   asosan   A.A.   Asqarov,   B.
Abdullayevlar   tadqiqot   ishlarini   olib   borishgan.   Xususan,   B.   Abdullayev   1974-
73
  Аскаров А.А.  Сапаллитепа. Ташкент: изд. Фан, 1972 , С.217.
46 1977   yillarda   qazilma   ishlarini   o‘tkazgan 74
.   3   ta   arxeologik   kompleksga   ega
bo‘lgan   719   ta   mozor   ochib   o‘rganilgan.   Bu   yodgorliklar   materiallari   asosida
ularning   quyidagicha   xronologik   davriy   sistemasi   ishlab   chiqilgan:   Sopolli,
Jarqo‘ton,   Ko‘zali,   Mo‘lali,   Bo‘ston.   Jarqo‘ton   yodgorligida   tadqiqot   ishlarini
amalga   oshirgan.   Bu   bosqichlarni   hammasida   bir-biriga   o‘xshashlik   bo‘lsada,
ularni bir - birlaridan ajratuvchi aniq belgilar h am mavjud. Ko‘zali bosqichidan
boshlab,   hunarmandchilikning   barcha   sohalarida   tub   sifat   o‘zgarishlari   yuz
beradi.   Jarqo‘tondagi   qazish   ishlari   ja rayonida ko‘pgina uy ro‘zgor  buyumlari  -
sopol   idishlar,   bronza   buyumlari   va   boshqalar   orasida   granit   toshidan
yasal gan birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan.
Zamonbobo   madaniyatining   ham   alohida   o‘rni   bor.   Ushbu   madaniyat
yodgorliklari bu joylarda Ya.G‘ulomov boshchiligidagi O‘zR FA tarix institutining
O‘zbekiston   arxeologik   ekspedisiyasi   xodimlari   tomonidan   1950-1953   yillarda
topib   o‘rganilgan.   Yodgorliklar   orasida   nisbatan   mukammalroq   qazishma   ishlari
amalga oshirilgan va qiziqarli arxeologik manbalar, ma’lumotlar qo‘lga kiritilgani
Zamonbobo   mozor   yodgorligi   hisoblanadi.   Bu   yodgorlikning   maydoni   sathi
chamasi   100-150   metr   kvadratlardan   iborat   bo‘lib,   undan   yarim   yerto‘la   shaklida
va   yer   sathiga   karkas   usulda   chaylasimon   ko‘rinishli   qurilgan   turar-joylar
qoldiqlari topilgan.
Suvyorg‘on   madaniyatlari.   Suvyorg‘on   madaniyatiga   tegishli   birinchi
yodgorlik   1945-1946   yillarda   Jonbosqa’la   rayonidagi   qarorgohi   misolida
o‘rganildi.   1954   yili   Oqchadaryoning   janubiy   irmoqlari   rayonida   Qamishli–1,
Qamishli-2   qarorgohlari   tekshirilgach,   ularning   arxeologik   kompleksi   ko‘p
jihatdan   Jonbos-6   materiallariga   o‘xshab   ketishi   aniqlangan.   Suvyorg‘on
madaniyati   S.P.Tolstov   yozishicha   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning   birinchi
yarmida  o‘ng qirg‘oq  tomondagi  Xorazm   yerlarida  Qamishli  bosqichi  nomi   bilan
shakllangan.   Uning   keyingi   taraqqiyoti   Bozor-2,   Ko‘kcha-2   makonlari   moddiy
madaniyatida   o‘rganilib,   S.P.   Tolstov   ko‘rsatishicha,   miloddan   avvalgi   II   ming
74
  Аскаров А.А.  Древнеземледелческая култура эпохи бронзы юга Узбекистана. Ташкент, 1977.С.265; 
Аскаров А.А., Абдуллаев Б.  Джаркутан. Ташкент, 1983, 276.
47 yillikning   o‘rtalarida   tozabog‘yobliklar   bilan   assimilyasiyalashib   ketadi.   S.P.
Tolstov   va   M.A.   Itinalarning   yozishicha,   Suvyorg‘on   madaniyatining   Qamashli
etapida mehnat qurollari ishlab chiqarishida chaqmoqtoshning roli katta bo‘lib, bu
etapga uchburchak shaklidagi paykonlar, qistirma, tosh, pichoq, qizil rang berilgan
sharsimon belli  idishlar  xarakterlidir. Bu  davrda  yirik va mayda shoxli  hayvonlar
xonakilashtirilgan, dehqonchilik o‘z rivojining eng dastlabki bosqichida bo‘lgan.
Tozabog‘yob   madaniyati.   Qadimgi   Xorazmning   Tozabog‘yob   kanali
zonasida   tarqalgan   bu   qadimgi   madaniyat   izlarini   1938   yili   S.P.Tolstov   aniqlab,
uni Tozabog‘yob madaniyati deb nomlagan 75
. Tozabog‘yob yodgorliklari, ayniqsa
Amudaryoning   Oqchadaryo   etaklarida   keng   tarqalgan.   M.A.Itina   hisobiga   ko‘ra,
200   ga   yaqin   Tozabog‘yob   madaniyati   makonlari   topilgan.   Tozabog‘yobliklar
huddi   Zarafshonning   Zamonbobo,   qo‘shni   Suvyorg‘on   qabilalari   singari
Oqchadaryoning quyi oqimida toshqin suvlaridan hosil bo‘lgan ko‘l va ko‘lmaklar
atrofida,   zahob   yerlarida   dehqonchilik   qilib,   atrofdagi   keng   yaylovlarda   o‘z
chorvalarini boqqanlar.
Qadimgi   Farg‘onaning   sharqiy   va   shimoliy   viloyatlarida   ilk   dehqonchilik
madaniyati   paydo   bo‘ladi .   U ning   dastlabki   qishloqlaridan   biri   1950   yilda   M.E.
Vorones   tomonidan   Chust   shahri   yaqinidagi   Buvanamozor   deb   atalgan   buloq
yoqasida   topib   o‘rganildi.   Shu   yodgorlik   materiallari   asosida   "Chust   madaniyati"
ilmiy   muamolaga   kiritilgan.   Keyingi   yillarda   c hust   madaniyati
Yu.A.Zadneprovskiy, B.Matbabev, A. Anarboevlar tomonidan tadqiq etilgan.
Vaxsh   va   Bishkent   madaniyatlari.   Janubiy   Tojikiston   hududi   cho‘l   zonasi
bronza   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda   Kofirnigon   va   Vaxsh
vodiylari   istiqbolli   o‘lkalardan   hisoblanadi.   Bu   joyning   landshafti,   tabiati   va
ekologik   sharoiti   jamoalarning   chorvachilik   bilan   shug‘ullanishiga   imkon   beradi.
Kofirnigon   va   Vaxsh   vodiylarida   o‘tgan   asr   50-yillarining   o‘rtalarida   bronza
davriga   oid   yodgorliklar   topib   tadqiq   etilgan.   Xususan,   A.M.   Mandelshtam
chorvador   qabilalarining   ikkita   yodgorligini   –   Tulxar   va   Aruktov   qabristonlarini
topgan.   A.M.   Mandelshtamning   yozishicha   Tulxar   qabristonida   turli   tarixiy
75
  Толстов С.П. Древний Хорезм. М.: 1948.
48 davrlarga oid mozorlar  bor, lekin ko‘pchiligini  bronza davriga oid qabrlar  tashkil
etadi 76
.   Bu   qabrlarga   turli   usulda   odamlarni   ko‘mish   urf-odatlari   qo‘llanilganligi
tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi.
Xullas, yuqorida O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida tosh, mis-tosh va jez davri
jamoalari   moddiy   madaniyati   va   ularing   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hamda   ularning
o‘rganilishi   tarixi   masalalariga   imkoniyat   darajasida   to‘xtaldik   va   tadqiqotlarda
qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni keltirdik
76
  Манделштам А.Н.   Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане // МИА, № 145. Москва-Ленинград,
1968 , С.146;  Пянкова Л.Т.  Бронзовый век Южного Таджикистана // Известия АН Тадж. ССР, № 4. Душанбе,
1986 . С.43-58.
49 II-BOB. O‘rta Osiyo  tosh  davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot 
muammolari va istiqboli
II.1.   O‘rta   Osiyo   paleolit   va   mezolit   davri   jamoalarining   turar-joylari:
tadqiqot muammolari va istiqboli
Paleolit. (bundan 3-2,5 mln.-100 ming yil muqaddam) Umum tarix
fanida odamzodning paydo bo‘lishi va uning ilk Vatani masalasi hozirgi
kungacha   o‘z   mazmuni   bilan   dolzarb   va   o‘z   navbatida   o‘ta   bahsli
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, inson paydo bo‘ldiki, to hozirgi kungacha
o‘z taraqqiyotida biron-bir jamiyat bag‘rida, u bilan uyg‘unlikda yashab
keldi, jamiyat rivojida inson faktori, uning iqtidori, qobiliyati asosiy omil
bo‘ldi va hozirgi biz yashayotgan jamiyatda ham shunday. Shu o‘rinda,
jamiyat   rivojida   inson   taraqqiyoti   konsepsiyasi   doirasidagi
innovatsiyalarning   ijtimoiy   ahamiyati   va   o‘rini   beqiyosligini   alohida
keltirish lozim. 
Ma’lumki,   odamzod   vaqt   o‘tishi   bilan   o‘zi   yashayotgan   atrofi
muhitini   tushunishga   va   o‘z   turmushini   yaxshilash   uchun   doimo
uringan,   harakat   qilishgan.   Mehnati   jarayonida   tajribasi   oshib,   bilim
ko‘nikmasi   ko‘payib   borgan   va   shu   asosda   ixtiro,   kashfiyotlar
qilishganki,   bu   hatti-harakatlarini   tom   ma’noda   o‘z   davri   uchun
innovatsiyalar   deb   atasa   bo‘ladi.   Masalan,   tabiiy   olovdan   foydalanish.
Bexosdan   yashin   tushishdan   olov   paydo   bo‘lgan.   Dastlab   olamzod
undan   qo‘rqib,   qochib   ketgan   bo‘lsa,   vaqt   o‘tishi   bilan   ular   olovga
yaqinlasha   boshlashgan.   Ular   olov   yonida   turganda   tanalari   isishini
sezishgan   va   shu   kelayotgan   naf   evaziga   undan   foydalana
50 boshlashgan,   tushunarliki,   yashash   joylariga   olib   olovni   o‘chirmasdan
saqlashga harakat qilishgan.
Kishilik tarixining navbatdagi bosqichi mustye davri (bundan 100-
40   ming   yillar   muqaddam)   bo‘lib,   yangi   arxeologik   manbalarni
inobatga   olsak,   bu   oldingi   tarixiy   davrga   qaraganda   nisbatan
progressiv   xususiyatlarni   o‘zida   jamlagan   davr   hisoblanadi.   Ibtidoiy
odamlar o‘zlarini o‘rab turgan atrof muhit, tabiatni o‘rganishga yanada
intila   boshlagan.   Mehnat   jarayonida   ixtiro   va   kashfiyotlar   qilishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot zamirida so‘zsiz insonning yaratuvchanligi,
innovatsion   faoliyati   yotadi.   Bu   davr   innovatsiyalari   avvalo   tosh
qurollari   to‘plamida   o‘z   aksini   topgan.   Masofaga   irg‘itish   moslama
quroli   –   nayza   tig‘i,   chaqmoqtoshdan   yasalgan   kalta   nayza   (drotik),
toshdan va suyakdan ishlangan turli-tuman qurollarning kashf qilinishi
ovchilikning   ixtisoslashuviga   olib   keldi   va   yovvoyi   hayvonlarni
birgalashib   qurshab   olish,   cho‘chitish   singari   usullar   vujudga   kelib,
ovchilik shakllari avvallariga qaraganda ancha takomillasha bordi. Shu
tarzdagi   xo‘jalik   yuritishning   murakkabligi   kishi   guruhlarining   yanada
jipslashuvini   taqozo   qilardi.   Bu   jarayon   oqibatda   lokal,   ya’ni   har   xil
joylarda   qo‘ni-qo‘shni   jamoa   birikmalarining   shakllanishiga   olib   keldi
shuningdek,  odamlarining intellektual  sohadagi rivojlanishiga  ham  o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
So‘nggi   paleolit   (40-12   ming   yillar   avval)   davri   muhim   sotsial,
ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarishlar   ro‘y   berganligi   bilan   xarakterlidir.
Dastavval,   odamzod  o‘z   biologik   takomillashuvi  jarayonida   (arxantrop,
51 paleoantrop   va   neoantrop)   Homo   Sapiens   Sapiens,   ya’ni   «Aql-idrokli
odam», «Hozirgi zamon ko‘rinishidagi odam» shakllanganligini alohida
e’tirof   etish   lozim.   Keyingi   muhim   sotsial   o‘zgarish   ibtidoiy   odamlar
o‘rtasida   o‘zaro   qon-qarindoshligi   hissi   yuzaga   kelib,   bu   qarindoshlik
rishtalari   turli   hayvonlar,   o‘simliklar   timsoliga   bog‘lanib,   shu   asosda
urug‘chilik   tuzumi   paydo   bo‘lganligi   hisoblanadi.   Ona   urug‘da   ustvor
bo‘lgan, matriarxat davri deb tarixda yuritiladi. Ma’lumki, oldingi tarixiy
taraqqiyot   bosqichlarida   ibtidoiy   odamlarning   beixtiyoriy,ochlikdan
o‘lib   ketmasdan,   yirtqich   hayvonlarga   yem   bo‘lib   ketmaslik   uchun
yashab   qolishga   intilishib,stixiyali   ravishda   ibtidoiy   to‘da,   galalarga
birikishgan.   Urug‘chilik   tuzumi   esa   nisbatan   yirikroq   odamlar
uyushmasi   bo‘lib,   mazmuniga   ko‘ra   progessiv   ahamiyat   kasb   etgan.
Qon-qarindoshlikka   asoslangan   odamlar   jamoasi   ma’lum   hududiy
birlikda   yashashib,   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   moddiy
madaniyat   sohiblariga   aylanishgan.   Shu   asosda   dastlabki   etnik
birikmalar ma’nosini beruvchi jamoalar uyushmasi yuzaga kelgan.
Tadqiqotlardan   ma’lumki,   ibtidoiy   odamzod   turli   hayvonlarni
iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida ov qilishgan. Hayvonlarning
go‘shtdan   tozalangan   suyaklari   xususan,   polmin,   qovurg‘a,   ilik
suyaklaridan   esa   turmushda   turli   funksiyalarni   bajaruvchi   mehnat
qurollarini   yasashda   material   sifatida   foydalanishgan.   Masalan,
teshgich,   qirg‘ich   qurollari,   igna,   juvoldizlar   yasashgan,   Hayvon
terilarini   silliqlash,   ularga   pardoz   berishda,   sopol   idishlar   sirtini
silliklash   hamda   pardoz   berishda   suyak   qurollarini   ishlatishgan.
Hattoki,   Buxoro   kiyigi   shoxi   qattiqligi,   mustahkamligidan   tosh
52 o‘zagidan payraqalar ajratib olishda qattiq zarb berish vositasi sifatida
ishlatilganligi tadqiqotlardan ma’lum.   Lekin, so‘nggi paleolitda kishilik
jamiyati   ijtimoiy   tuzilmalari   juda   oddiy   bo‘lgan   Homo   Sapiens   Sapiens
zamoni   oxirgi   bosqichlarida   ular   Yevropa,   Osiyo,   Afrika,   Shimoliy   va
Janubiy Amerikada yashay boshlaganlar.  K.Yaspers   bu   davr   borasida
quyidagi xulosalarni keltiradi: 
1. Mehnat qurollari va olovdan foydalanish; 
2. Nutqning paydo bo‘lishi; 
3.   Odamning   o‘zligidan   ustunligi;   o‘zining   qobiliyati,   iqtidorini
yanada yorqinroq payqashi; 
4.   Guruh   va   uyushmalarning   yuzaga   kelishi.   Ongli   ravishda
uyushmalarga birlashish; 
5.   Odamning   ijtimoiy   genotipining   shakllanishi.   Ko‘nikma,   bilim
tajribani avlodga yetkazish; 
6.Etnik   normalar,   ma’naviy   dunyo,   o‘zligini   anglashi   yuzaga
kelishi.
Kishilik tarixining navbatdagi bosqichi mezolit (mil. avv. 12-7 ming
yilliklar)   davri   hisoblanadi.   Bu   davrning   boshlanishi   muzlikning
chekinishi   va   o‘q-yoyning   ixtiro   qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Inson
tomonidan   o‘q-yoyning   ixtiro   qilinishi   ham   tom   ma’noda   buyuk
innovatsiya   hisoblanadi.   Sababi,   mezolit   davri   o‘z   tabiati,   ekologiyasi,
iqlimiy   sharoiti,   o‘simlik   va   hayvonat   dunyosi   bilan   oldingi   tarixiy
taraqqiyotlarga   nisbatan   hozirgi   zamonga   yaqin   hisoblanadi.   Muzlik
53 chekinishi   bilan   janubdan   issiq   tabiiy   iqlim,   issiqsevar   o‘simlik   va
hayvonat dunyosi siljib keldi. Tez yugurar hayvonlar ov qilishning yangi
usullari,   yangi  ov  qurollarining  kashf  etilishi  zaruratini  taqoza   etdi.   Bu
esa   insonning   intellektual   tafakkuri,   innovatsion   faoliyati   bilan
chambarchas   bog‘liqdir.   Endi   irg‘itiladigan   qurollar   ish   bermay   qoldi.
Shu   bois   o‘q-yoy   kamon   yaratildiki,   bu   ham   o‘z   davri   uchun   tom
ma’noda innovatsiya demakdir.  Odamlar   endi   tabora   tabiatga
qaramlikdan   qutilish   yo‘llarini   izlay   boshlashdi.     Ko‘plab   ixtiro-
kashfiyotlar qilishadi (to‘r, qarmoqlar, garpun va h.k.). Ming yillar o‘tishi
bilan   endi   odamzod   tabiatda   tayyor   bo‘lgan   mahsulotlarni   iste’mol
qilishdan,   o‘zlari   mahsulot   yetishtirishga   o‘ta   boshladilar.
Termachilikdan dehqonchilik,  ovchilikdan esa chorvachilik yuzaga  kela
bordi.   Birinchi   bo‘lib   bug‘doy   madaniylashtirildi.   Mil.avv   10-8   ming
yilliklarda   Falastin,   Eron,   Kichik   Osiyo   tog‘liklarda,   mil.avv   6   ming
yilliklarda,   Misr,   Dunay   bo‘ylari   va   Bolqon,   Hindistonda   donli   ekinlar
yetishtirila   boshlandi.   Mezolit  davrida   echki,  qo‘y,   eshak   keyinroq  yirik
shoxli   hayvonlar,   cho‘chqa   honakilashtirilgan.   Xullas,   ishlab   chiqarish
iqtisodiyotiga   o‘tish   bilan   aholining   o‘troqlashishi   yuz   berdi.   Muqim
yashaydigan   qishloqlar   paydo   bo‘ldi.   Iyerexon   (   Falastinda),   Chatay   –
xyuyuk   (   Kichik   Osiyoda);   Bagor   (Hindistonda).   Chorvador  aholilarning
yaylovlarga  talashib,  jamoalar  o‘rtasida  to‘qnashuvlar  ro‘y  berib,  yangi
yerlarga   aholi   siljishlari   sodir   bo‘ldi.   (mil.avv.   8-7   ming   yillar).   Ishlab
chiqarish   iqtisodiyotiga   o‘tish   bilan   odamlar   ma’naviy   dunyoqarashi
ham   o‘zgardi.   Ular   tabiat   kuchlari   sirlarini   tushina   boshladilar.
Odamlarning   mehnat   faoliyati   turlari   ko‘paydi   (tosh,   suyak,   yog‘och
54 qurollari,   yerga   ishlov   berish,   chorvani   boqish,   kulolchilik,   uy   –   joy
qurilishi,   hayvon   terilariga   ishlov   berish,   chorva   mahsulotlari   va   h.k.).
Bular   esa   o‘z   navbatida   iqtisodiy   boshqaruv,   jamoaning   ichki
munosabatlarini,   maxsulotlar   taqsimotini   nazorati   qoidalarini   talab
qilar   edi.   Bu   esa   jamiyat   tuzilmalari   elementlari   shakllanishini   keltirib
chiqardi. 77
  Insonlarni   ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga   o‘tishi   misli   ko‘rilmagan
darajadagi innovatsiyalar edi. Sababi, endi odamlar qo‘nim turmush tarzida yashay
boshlashdi.
Darhaqiqat,   kishilik   tarixi   taraqqiyoti   ilk   bosqichlarida   ibtidoiy   jamoalar
tabiiy   holdagi   joylardan   boshpona,   turar-joylar   sifatida   foydalanishganlar.
Aniqrog‘i,   bu   boshponalar   turkumiga   g‘orlar,   o‘ngirlar,   daraxt   ustlari,   kovaklari
kabilar   kirgan.   Arxeologik   tadqiqotlarda   ma’lum   bo‘lganidek,   ibtidoiy   jamoalar
o‘z   taraqqiyoti   dastlabki   bosqichlarida   termachilik   va   ovchilik   bilan
shug‘ullanganlar.   Shu   sababli   bu   boshponalar   ko‘pincha   vaqtinchalik   turar-joylar
yoki   vaqti   vaqti   bilan   qaytib   qayta   yashagan   turar-joylar   sifatida   qo‘llanilgan.
Aksincha,   tadqiqotlarda   aniqlanishicha   ba’zi   g‘orlar   o‘zoq   muddatli   turar   joylar
vazifasini ham o‘tagan. Masalan: O‘rta Osiyo miqyosida Sel-Ungur, Obi-Raxmat,
Jabol   kabi   g‘or   makonlari   shular   jumlasidan   hisoblanadi.   (Bu   haqda   g‘or   ko‘p
madaniy qatlamli  ekanligi ma’lumot beradi. Masalan,    paleolit, mezolit, neolit  va
x.k.).   Shuni   ta’qidlash   lozimki,   vaqt   o‘tishi   bilan   ibtidoiy   jamoalar   bu   tabiiy
holdagi   boshponalarni,   masalan   g‘or,   ungir   old   qismini   sun’iy   holda,   qushimcha
ravishda devorlar bilan aylantirib olishganlar (sovuq shamollar, yomg‘ir, qorlardan
to‘sib   turish   uchun),   yoki   g‘or   makonlar   og‘iz   qism   oldida   maydon
sathlari(supalar)   barpo   etishganliklari   ham   tadqiqotlarda   aniqlagan.   (yoki   daraxt
kavaklari ustki qismlari qo‘shimcha shox-shabbalar bilan yopilgan). Bunday hatti-
xarakatlar   vakt   o‘tishi   bilan   sun’iy   turar-joylar   qirilishiga   olib   kelgan,   albatta.
Shuningdek,   tabiat   bilan   odamzod   o‘rtasida   ongli   aloqadorlilik   ham   yuzaga
77
  Массон   В.М.   Экономика   и   социальной   строй   древных   обществ   (В   свете   данных   археологии)   //   -Л:
«Наука», 1976, 179-181 бб.
55 kelaboshlagan.   Hamda  turar-joylarda  atrof-muhit,  paleoekologik   sharoitlarni  asta-
sekin   hisobga   ola   boshlaganlar.   Yuqorida   zikr   etganmizdek   ibtidoiy   jamoalar   o‘z
turmushlarini yaxshilashga intilishganlar, ixtiro, kashfiyotlar qilganlar. Bu ixtirolar
faqatgina kunlik turmush, mehnat tajribalari asosida bo‘lgan. Shunday kashfiyotlar
jumlasiga  so‘ngi  paleolit   davrida  jamoalarning o‘z  qullari   bilan  turar-joylar  ko‘ra
boshlaganliklari   ham   kiradi.   Albatta,bu   jarayonda   paleoekologik   muxit   xam
sezilarli   urin   tutgan.   Darxakikat,   tadkikotlarda   aniklanishicha   O‘rta   Osiyo
mikiyosida sungi paleolit davriga kelib, iqlimni sovuklashib, kuruklashganligi ruy
bergan.   (Pleystotsenning   so‘nngi   bosqichlari).   Bu   xolat   shubxasiz   turar-joylarga
xam   ta’sir   etgan.Tug‘ri,   bu   turar   joylar   dastlab   yerto‘la,   yarim   yerto‘la   shaklida
bo‘lgan.   Ana   shunday   sodda   usuldagi   turar   joylar   to‘g‘risida   O‘rta   Osiyo
miqiyosida Samarqand so‘ngi paleolit makonidan topilgan turar-joylar tadqiqotlari
ham qimmatli ma’lumotlar berdi. Xususan, makonning yuqori madaniy qatlamidan
to‘g‘ri   to‘rt   burchak   shaklidagi   umum   jamoa   uyi   qoldig‘i   topildi   (maydoni   100
metr kvadrat). Shuningdek, makon pastki yon qayirlari madaniy katlamlaridan xam
kichik   ulchamli   xonalar   o‘rinlari     aniqlangan.   Xususan,   makondan   topilgan   k o‘ p
sonli   chopper,   chopping   tipidagi   tosh   boltalar   topilishi   xam   ularni   s o‘ zsiz   turar-
joylar  q urilishida ishlatilganidan dalolat beradi. 78
II.2.   O‘rta   Osiyo   neolit   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot
muammolari va istiqboli
Kishilik   tarixi   rivojida   navbatdagi   taraqqiyot   bosqichi   neolit   (mil.   avv.   6-4
ming yilliklar) davri hisoblanadi. Bu davr  arxeologik   davrlashtirish   bo‘yicha
insoniyat   tarixi   tosh   davrining   so‘nggi,   yakunlovchi   taraqqiyot   bosqichi
hisoblanadi.   Bu   davrda   urug‘chilik   tizimi   rivojlangan   bo‘lib,   onalarning   mavqei
jamoada   kuchli     bo‘lgan.   Bu   davrda   muhim   ijtimoiy-iqtisodiy   o‘zgarishlar   ro‘y
bergan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiga o‘tish kashf qilingan. Jumladan,
to‘qimachilik,   kemasozlik,   kulolchilik   paydo   bo‘lgan.   Mehnat   vositalarini
takomillashtirish   xususan,   tosh,   suyak   va   yog‘ochga   ishlov   berish   an’anaviy
78
Жўрақулов, Аванессова 1992  ,с. 15-16 .  
56 uslublari   yuksaklikka   erishilib,   ayniqsa   toshni   silliqlash,   parmalab   teshish   singari
texnologiyalar   kashf   etilgan,   mikrolit   qurollari   esa   yanada   takomillashgan.   Eng
muhimi   mahsulot   ishlab   chiqarish   xo‘jalik   asoslari,   jumladan   dexqonchilik   va
chorvachilik   vujudga   kelgan.Bu   voqelik   shubxasiz,   ibtidoiy   odamzod   ijtimoiy
tuzumi,   kunlik   turmush   tarzi,   xullas   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatining   barcha
sohalarida   keskin,   tub   progressiv   burilishlarga   olib   kelgan.   Aholining
o‘troqlashishi  jarayoni  ro‘y berib natijada muqim yashaydigan qishloqlar vujudga
keldi.   Joyitun   jamoalarining   makonlari   tadqiqida   ibtidoiy   me’morchilik,   uy-joy
imoratlari   qurilishlari   borasida   ham   qimmatli   ma’lumotlar   qo‘lga   kiritilgan.
Joyitunliklar   loy   guvaladan   bir   xil   o‘lchamli,   bir   xonali   uylar   qurishib
yashaganliklari ma’lum bo‘ldi. Eng qiziqarlisi, makonlardan jamoat uchun xizmat
qiluvchi umumjamoa uylari qoldiqlari topib o‘rganildi 79
.   Neolit   davriga   kelib,
turar-joylar   takomillashib   borganini   ko‘ramiz.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davr   turar
joylari  tadqiqotlarida O‘rta Zarafshon voxasi  Qoratepa tog‘ massivi  shimoliy yon
bag‘rida tarqalgan Sazagan jamoalari turar joylari ma’lumotlarining ham o‘rni bor.
Xususan, Sazagan 2. Jangal-1 makonlaridan turar-joylar koldiklari topilib, ularning
ulchamlari   kuyidagicha:   xonalar   aylana   shaklda   bulib,   kundalangiga   eni   4,0-4,5
metr,   25-35   santimetr   o‘lchamli   yupka   toshlardan   terilgan   balandligi   40-45
santimetrli   devorning   kisman   koldiklari   xam   topilgan.Bu   koldiklar   turar-joylar
koldiklari   ekanligi   shubxasiz,   lekin   ular   anik   konstruksiyasini   tiklash   imkoniyati
muammo.   Shunday   bulsada   mavjud   faktlardan   bu   turar-joylar   yarim   yertula
shaklida devori toshlardan kalangan ustiga yengil xodalar terilib, shox-shabba yoki
kamishlar bilan koplangan imoratlar bo‘lganligi borasida ilmiy talkinlar bor 80
. 
Keyingi   tarraqiyot   bosqichlarida   turar   joylar   takomillashib   borilganligi
tadkikotlarda kuzatilgan.  Xususan, mezolit, neolit jamoalari turar- joylari borasida
V.A.Ranov   Tojikiston   xududida   amalga   oshirgan   tadqiqotlari   natijasida   qimmatli
ma’lumotlar qo‘lga kiritgan. YA’ni, Tutqovul makoni 2-madaniy gorizontidan 3 ta
yaxshi saqlangan turar joy qoldig‘i topilgan bo‘lib, ular eng kattasi maydoni sathi
79
  Массон В.М. Поселение Джейтун. Наука,М.,Л.1971.
80
  Джуракулов М.Д.,Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. Изд-во “Фан”, Ташкент, 1991, с.
102-10 3 .
57 40   metr   kvadratni   tashkil   etadi.   Turar   joylar   tadqiqotda   qiziqarli   faktlarga   duch
kelingan. Qizig‘i shundagi yashash xonalar yer sathi tartib bilan jips holatda yupqa
qayroq   toshlar   terilgan   holatda   qoplangan.   Bu   faktni   V.A.Ranov   xonalarga   nam,
zaxni   o‘tmasligi   uchun   himoya   maqsadida   qilingan   deb   izohlaydi   va
tadqiqotchining   ta’kidlashicha   turar-joylar   yer   sathiga   maxsus   tosh   parchalari
yetkizilishi holatlari Yaqin Sharqdagi Iroq xududida joylashgan neolit makonlarida
ham uchratilgan 81
.  (Ranov, Korobkova 1971, 137-138 b). Lekin bu turar-joylardan
ustun izlari topilmagan. Uy tomlari yengil yopilganligi ham ixtimoldan xoli emas.
Makondan diametri 12 metr chuqurligi 1 metr bo‘lgan chuqur o‘rni  turli hajmdagi
toshlar   bilan   to‘ldirib   tashlangan   xolatda   topilgan.   Bu   yarim   yer   to‘la   shaklidagi
turar   joy   qoldig‘i   ekanligi     tadqiqotchilar   tomonidan   etirof   e’tilmoqda.   Sharqiy
Pomir   mintaqasida   joylashgan   mezolit   davriga   oid   Oshxona   makoni   2   madaniy
gorizontidan   ham   turar-joy   qoldiqlari   topilgan.   Bu   qoldiqlar   1,8x1,6   o‘lchamli
qayroq toshli  yotqiziqlar bo‘lib, xona yer sathi   qismi hisoblanadi. Tadqiqotchilar
fikricha bu chaylasimon uylar bo‘lsa, ehtimol. 
O‘rta   Osiyo   pasttekislik   mintaqasi   kaltaminar   jamoalari   turar-joylari
nisbatan   yaxshi   o‘rganilgan   bo‘lib,   ular   o‘z   o‘lchamlari,   qurilishlari   bilan   turli
variantlarda namoyon bo‘lgan. Turar-joylar borasidagi dastlabki ma’lumot Jonbas-
4   makoni   tadqiqotida   aniqlangan   bo‘lsa,   keyingi   Qavat   Tolstov,   Dorbazakir   1,2,
Uchashi-131,   Lavlakan   26   kabi   makonlari   tadqiqotlari   bu   boradagi
ma’lumotlarimizni   yanada   boyitdi.   Bu   turar-joylar   ilmiy   talqini   V.A.Vinogradov
tomonidan   atroflicha   bayon   etilgan 82
.   Jonbas-4   uyi   haqida   S.P.Tolstov,
M.P.Gryaznov, A.V.Vinogradovlar tadkikotlari muhim bo‘lib, ular ilmiy qarashlari
yosh   tadqiqotchi   B.Sayfullayev   izlanishlarida   keltirilgan.     A.V.   Vinogradov
tomonidan   e’tiborga   olingan   bir   makonda   turli   uslubda   qurilgan   uylar   aralash
mavjudligi   (1-uy-karkas   uslubida,   2-uy   yarim   yer   to‘la   shaklida)   bizni   qiziqtirdi.
Neolit jamoalari turmushidagi bu holat ajablanarli emas, sababi keyingi taraqqiyot
bosqichlari,   ya’ni   jez   davri   jamoalari   (Zamon   bobo),   ilk   temir   davri   jamoalari
81
   Ранов  В.А. , Коробкова  Г.Ф.  1971, 137-138 б
82
Виноградов А.В.   Древние охотники и рыболовы Среднеазиатского междуречья. М, 
Наука, 1981 , С.  148-155 .
58 (Qo‘yisoy   2),   turmushida   ham   bu   tipdagi   turar   joylar   aralash   holda   uchrashi
tadqiqotlarda   aniqlangan 83
.   Daryo   deltalarida   yashagan   neolit   jamoalari
turmushning   yana   bir   jihati   shundaki,   ular   qishloqlari   barcha   sharoitlarga   ega
bo‘lgan   alohida   uylar   majmuasidan   iborat   bo‘lgan.   (Masalan,   A.V.Vinogradov
tadqiqotiga Tolstov makonida 3 ta, Uchashi 131 makonida 3 ta va x.k.). Ta’kidlash
joizki,   barcha   uylar   yashash   xonalardan   tashqari   o‘zlarining   xo‘jalik   uy   ro‘zg‘or
ishlarini   bajaradigan   alohida   bo‘lgan   qurilishlariga   ham   ega   bo‘lishganlar   (oziq-
ovqat   maxsulotlari   saqlanadigan   xonalar).   Shuningdek,   uylar   ichki   tuzilishlari
xususiyatlaridan   ijtimoiy munosobatlar borasida ham ma’lumotlar olish mumkin.
(Masalan,   o‘choqlari   tartibsiz   holatda   joylashib,   ular   joylari   o‘zgarib   turganligi
holatlari   unchalik   barqoror   bo‘lmagan,   juft   oilalar   to‘g‘risida   ma’lumot   beradi.).
O‘rta   Osiyo   janubiy   xududlari,   dastlabki   dehqonchilik   xo‘jaliklari   soxibkorlari
xisoblangan   joyitun  jamoalari   muhim   qishloqlari,  turar   joylari   borasida   atroflicha
ilmiy talqin V.M.Masson tadqiqotlarida keltirilgan 84
.
Ibtidoiy   davrda   jamoalar   yashash   sharoitining   asosiy   elementi   arxeologik
terminologiyada   makon   deb   ataladi.   Makon   tushunchasida   dastavval   aholi
yashaydigan yirik tayanch, manzilgohlar  tushunilib, ular  tom ma’noda aholi uzoq
vaqt   istiqomat   qilgan   iqtisodiy   va   jamoalar   markazlari   hisoblanadi.   Bu
tushunchaga   ovchi   va   termachilar   ko‘chib   yuruvchi   turmush   tarzidan   qolgan
vaqtinchalik   manzilgohlar   rolini   o‘ynagan   kichik   makonlar   ham   kiradi.   Tayanch,
uzoq   muddat   aholi   yashagan   manzilgohlar   guruhiga   Oqchadaryo   havzasidagi
Tolstov   makoni,   Quyi   Zarafshon   vohasidagi   Uchashi-131,159   Dorbazaqir-   1,2
makonlarini kiritish mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish, mehnat qilish umum urug‘chilik jamoasiga taalluqli
bo‘lgan,   barcha   sohalarda   urug‘chilik   tizimining   hukmronligi   bu   davrning   asosiy
xususiyatlari   edi.   Jamoada   onalar   hukmron   bo‘lgan.   Jamoa   uning   homiyligi,
83
  Гулямов   Я.Г. , Исламов   У.И. , Аскаров   А.А.   Первобытная   культура   и   возникновения
орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана., Ташкент, 1966. с.   131-137 .   Вайнберг   Б.И. ,
1979,  с. 10 .
84
  Гулямов   Я.Г. , Исламов   У.И. , Аскаров   А.А.   Первобытная   культура   и   возникновения
орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана., Ташкент, 1966. с.5-10.
59 an’analari, haq-huquqlari  asosida  tashkil etilgan. Shuning uchun ham  neolit  davri
fanda   matriarxal   urug‘chilik   tartiblarining   gullagan   davri   deb   e’tirof   etiladi.   Bu
davrda nikoh ikki urug‘ o‘rtasida mavjud bo‘lsa-da, guruhli nikoh alomatlari ustun
edi.   Peshma-pesh   matriarxal   urug‘   jamoasining   guruhli   nikoh   doirasida   juft   oila
vujudga   kela   boshladi.   Ayollar   tug‘ilgan   farzandlarining   otalaridan   o‘z   urug‘i
manfaati   uchun   ishlab   berishini   talab   qila   boshlaydilar.   Ona   urug‘iga   qatnovchi
erkaklar endilikda nafaqat o‘z urug‘i uchun, shuningdek, ayollari urug‘i uchun ham
ishlab   berishga   majbur   bo‘ladilar.   Shu   taxlitda   onalar   urug‘i   doirasida   juft   oila
paydo   bo‘la   boshladi,   lekin   bu   dastlabki   bosqich   bo‘lgani   uchun   unchalik
mustahkam va barqaror bo‘lmagan. 
Tolstov   makoni   kompleksi   tadqiqotida   4   ta   turar   joy   qoldig‘i   topilgan.
Shulardan ikkitasi yer sathi qismiga qurilgan kulbalar hisoblanadi. Qolgan ikkitasi
esa  yarim  yerto‘la  shaklidagi  uylar  edi.  Hususan,   bitta  yer  sathi  qismida  qurilgan
uy,   nisbatan   yaxshi   o‘rganilgan   bo‘lib,   u   110-120   metr   kvadratni   tashkil   etadi.
Ichki   qismida   o‘choqlari   bo‘lgan   bu   uyda   35-50   kishi   –bir   ona   urug‘i   istiqomat
qilgan   bo‘lishi   mumkin   (o‘rtacha   5   kishidan   iborat   bo‘lgan   8-10   oila   bo‘lgan).
Yarim yerto‘la ko‘rinishidagi boshqa uylar esa o‘z hajmlari bo‘yicha bu uylardan
nisbatan chag‘roq bo‘lgan. Bu uylar chamasi bir vaqtda faoliyat ko‘rsatib, 150-180
kishi   yashaydigan   umum   jamoa   qishlog‘ini   tashkil   etgan.   Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,   jamoaning   ma’lum   bir   qismi   bu   yerda   yil   davomida   doimiy
yashagan. 
                Uchashi   131   makonidan   ham   Tolstov   makonidagidek   150-200   kishi
yashashi mumkin bo‘lgan uchta yer sathi ustki qismiga qurilgan turar joy qoldig‘i
topilgan.   Uchashi   159   makoni   esa   maydoni   ko‘lami   jihatidan   yuqorida   nomlari
tilga   olingan   makonlarga   nisbatan   yirikroq   hisoblanadi   va   bu   makonda   madaniy
qatlam   to‘laligicha   buzilib   ketgan.   Makon   doirasida   arxeologik   manbalarni   9   ta
joyga jamlangan holatda ma’lum chegaraga ega bo‘lgan, bir-biridan alohida holda
aniqlanishining  o‘zi   tadqiqotchilarning  fikricha,   ular  ham   huddi  Tolstov,  Uchashi
131 uylari kabi yashash kulbalari bo‘lishgan. Makon chegarasi doirasi yer sathidan
33   mingdan   ziyodroq   tosh   ashyolar   kolleksiyasi   yig‘ib   olingan.   Agar   Tolstov
60 makonidan   hammasi   bo‘lib   40   mingta   arxeologik   manba   (sut   emizuvchilar   va
baliqlar   suyaklaridan   tashqari)   qo‘lga   kiritilganini   hisobga   olsak,   Uchashi   159
makoni ham maydon sathi, ham arxeologik manbalari miqdoriga ko‘ra (chunki bu
yerda   faqat   tosh   qurollari   hisobga   olinadi)   yirikroq   makon   hisoblanadi.Tolstov
makonida   qo‘lga   kiritilgan   arxeologik   manbalar   mazkur   makon   sohibkorlarining
moddiy-madaniyati,   turmush   tarzi,   xo‘jalik   yumushlari,   turar   joylar   borasida
qimmatli ma’lumotlar berdi. 
              Tadqiqotlarning   ko‘rsatishicha,   O‘rta   Osiyo   pasttekislik   mintaqasida
yashagan  qadimgi   ovchi, baliqchi   jamoalari  turar   joylari   yer  sathi  ustiga  qurilgan
hamda   yarim   yerto‘la   ko‘rinishida   bo‘lgan.   Bu   uylar   karkasli   uslubda   qurilgan
bo‘lib,   odatda   to‘g‘ri   burchakli,   aylana   yoki   suyri   shakldadir 85
.   Uylarning   tomi
qamish bilan yopilgan hamda kultuproq bostirilgan degan qarashlar mavjud. Katta
jamoaga   qarashli   uylar   markazida,   aniqrog‘i,   uydan   chiqish   eshigiga   yaqinroq
joyda   katta   o‘choq   bo‘lgan.   Bu   o‘choq   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   jamoatchilik   urf-
odatlarini bajarish maqsadida o‘rnatilgan. Uyning ichki yon atrofi bo‘ylab nisbatan
kichikroq, mayda o‘choqlar tartib bilan joylashganki, ularning har biri bitta kichik
oilaga   tegishli   bo‘lsa   kerak.   Bu   o‘choqlar   jamoa   a’zolari   uchun   ovqat   pishirilishi
hamda   qish   vaqtlarida   uyning   isishiga   ham   xizmat   qilgan.   O‘choqlar   aslda   yer
tuprog‘i qatlamining gulxan yonishi natijasida toblanish rangiga qarab aniqlangan.
Uy   ichi   ozoda   saqlangan,   chiqindilar   maxsus   qazilgan   xandaklarga   chiqarib
ko‘milgan.   Bunday   xandaqlar   hovlining   xo‘jalik   ishlariga   tegishli   bo‘lgan
qismlarida joylashgan.
Xo‘jalik   ishlariga   moslashgan   joy   neolit   jamoalari   uylarining   tarkibiy   qismi
hisoblangan.   Tolstov   makonida   xo‘jalik   zonasi   turar   joylari   janubi-g‘arbiy
tomondan   yonma-yon   qurilgan   maydon   sathini   tashkil   etadi.   Maydon   sathi
o‘lchami   bo‘yicha   yashash   xonalaridan   kattaroq.   Bu   maydonlardan   ustunlar
ko‘milganligini   bildiruvchi   chuqurlar   o‘rni   topilgan.   Demak,   bu   qism   ayvon
shaklda   yengil   yopilgan   kapa   bo‘lib,   bu   joyda   jamoaga   tegishli   bo‘lgan   asosiy
xo‘jalik   ishlari,   hususan,   hayvon   tanalarini   burdalashgan,   baliqlarni   tozalash,
85
 Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт .  1981 .  148-155-бетлар.
61 terilarga,   tosh   qurollariga,   suyakka   ishlov   berish,   taqinchoqlar   yasash   kabi   uy
sharoitidagi   ishlar   bajarilgan.   Havo   issiq   paytlarda   ovqatlar   ham   pishirilgan
bo‘lishi   mumkin.   Lekin,   bu   joylarda   kulolchilik   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ishlar
bajarilganligi   haqida   dalillar   topilmagan.   Kulolchilik   ishlari   makon   chegarasi
doirasidan tashqarida - maxsus joylarda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
          Qizilqum   hududida   tadqiq   etilgan   makonlar   jamoalari   uy-joylari   ichki
tuzilishi elementlari va o‘z o‘lchamlari bo‘yicha bir necha variantlarga bo‘linishini
ko‘rsatdi.   Masalan,   Dorbazaqir   1   makonida   o‘choqlar   turar-joylar   qurilishidan
tashqarida   joylashganligi,   madaniy   qatlam   ham   turar-joylar   maydon   sathi
yarmidagina saqlanganligi aniqlangan 86
. 
86
 Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Кўрсатилган адабиёт .  1966. 25-29-бетлар.
62           Lavlakon 26 makonida aniqlangan turar joylar o‘z o‘lchamlari va hajmi
bo‘yicha Tolstov uylariga o‘xshash. Faqat bu joydan aylanasiga chegara bo‘lib, kul
va kuygan qumdan iborat qoldig‘i saqlanib qolgan o‘choqning topilishi e’tiborlidir.
Dorbazaqir   1,   Lavlakon   26   uy-joy   binolarida   qiya   holatda   bo‘lgan   ustunlarning
qazilgan   chuqurlari   qoldiqlarining   topilishi   bu   makonlar   uy-joy   qurilishlari
tuzilishining   nisbatan   o‘zgacharoq   bo‘lganligini   bildiradi.   Shunday   qilib,   O‘rta
Osiyo   pasttekislik   mintaqasida   neolit   jamoalarining   yirik,   tayanch,   aholi   uzoq
muddat   yashagan   ko‘p   madaniy   qatlamli   makonlari,   makonlarning   esa   ma’lum
hududlarga   jamlanganligi   aholi   yashaydigan   yirik   markazlari   bo‘lganligidan
guvohlik beradi. Bular  joylashgan hududlardan tashqari mintaqaning qolgan keng
maydoni   sathlaridan   bir-birilaridan   uzoq   masofada   bo‘lsa-da,   tarqoq   makonlar
faoliyat ko‘rsatganliklari ham ma’lum bo‘ldi.  Bu jamoalar qisqa muddat yashagan,
vaqtincha manzilgoh rolini o‘ynagan yodgorliklar hisoblanadi. Ular ovlash imkoni
bo‘lgan   hayvonlarning   hamda   iste’mol   qilish   mumkin   bo‘lgan   o‘t-o‘lan,
mevalarning   mavsumiy   o‘zgarishini   izlab   hayot   kechiradigan   bir   guruh   sayyoh
ovchi   va   termachilarning   ko‘chib   yurib   qoldirgan   makonlardir.   Bu   makonlarda
arxeologik manbalar  kam.  Tabiiyki   tayanch,  aholi  doimiy  yashaydigan  makonlar,
vaqtinchalik   manzilgoh   vazifasini   o‘tgan   yodgorliklardan   farq   qilgan,   xo‘jalik   va
ijtimoiy tuzilishlari mohiyatan shunga yarasha bo‘lgan.
Neolit   jamoalari   ijtimoiy   tuzumi   va   tashkilotlarining   o‘ziga   xos   ba’zi
xususiyatlarini   aniqlashda,   jamoalar   uzoq   muddatli   yashagan   tayanch   makonlari,
uy-joylarining   ichki   tuzilishi   muhim   ma’lumotlar   beradi.   Neolit   jamoalari   xoh
pasttekislik mintaqasida, xoh tog‘, tog‘ yon bag‘ri hududlarida yashamasin o‘ziga
xos   moddiy   madaniyat   yaratganlar   va   o‘ziga   xos   barcha   taraqqiyot   jabhalarida
an’analariga   ega   bo‘lishgan.   Mazkur   jamoalar   neolit   davri   jamoalari   ijtimoiy
tuzumi, bu davr moddiy madaniyatiga xos bo‘lgan xususiyatlar, umumiylikka ega.
S.P.Tolstov  Jonbos  4  yodgorligi   manbalari  asosida   Kaltaminor  jamoalari  ijtimoiy
tuzumini   ona   urug‘i   jamoalari   tashkil   etishi   va   bunda   juft   oilalar   hali   barqaror
emasligi,   hattoki   er   va   xotin   o‘z-o‘zlarining   urug‘larida   yashaganligi   dalilini
63 keltiradi 87
.   Shu   nuqtai   nazardan,   yirik   makonlar,   xususan,   Uchashi   131,   Uchashi
159,   Tolstov,   Dorbazaqir   1,2,   Lavlakon   26   kabi   makonlar   urug‘   jamoalarining
markazi   yoki   urug‘   jamoalari   yashaydigan   hududning   asosiy   qismining   markazi
bo‘lgan   bo‘lishi   mumkin.   O‘z   vaqtida   juft   oilalarning   nisbatan   barqaror
bo‘lmaganligi  faktini, makonning jamoa yashagan uy ichki qismi  va uyning atrof
xududlarida   o‘choqlarning   bir   tartibda   emas,   beqaror   holatda,   tartibsiz,   tarqoq
holda   uchratilganligi   bilan   izohlangan   edi.   Lekin,   keyinchalik   Tolstov   makoni
tadqiqoti   jarayonida   A.V.Vinogradov   makonning   1-uyi   misolida   kuygan   qum
izlarining   hammasi   ham   o‘choq   qoldiqlari   bo‘lmasdan,   balki   o‘choqning   olov
yonishidan   hosil   bo‘lgan   kulini   vaqti-vaqti   bilan   tozalab,   atrofga   chiqarib
tashlanganligi   izlari   bo‘lgan   degan   xulosaga   kelgan   (sababi,   ularda   kuyib   qotib
qolgan qum parchalari ko‘proq).  
87
 Толстов С.П. Кўрсатилган адабиёт .  1948 .  61,62-бетлар. 
64 III   BOB.   O‘rta   Osiyo   eneolit   va   jez   davri   jamoalarining   turar-joylari:
tadqiqot muammolari va istiqboli
III.1.   O‘rta   Osiyo   eneolit   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot
muammolari va istiqboli
Eneolit  davrining  iqlimiy  sharoiti  o‘zidan  oldingi   tarixiy  davr  bo‘lgan  neolit
davridan   farq   qilgan.   O‘rta   Osiyoning   janubiy   sarhadlarida   havoning   namligi
nisbatan   balandroq   bo‘lib,   yog‘ingarchilik   ko‘proq   bo‘lgan.   Tog‘   oldi   jilg‘alari,
soylari,   daryolar   sersuv   bo‘lib,   shu   bois   yangi   dehqonchilik   yerlari   jadallik   bilan
o‘zlashtirilgan, sug‘orma dehqonchilik ishlari rivojlangan
Tadqiqotlar  ko‘rsatishicha,  e neolit  davri  mustaqil  tarixiy davr  sifatida o‘ziga
xos   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyotga   ega   bo‘lgan.   Aholi   moddiy
madaniyatining   ham   o‘ziga   xosligi   kuzatiladi.   Xususan,   sun’iy   sug‘orish
inshoatlari   keng   qo‘llanilgan   dehqonchilik   va   chorvachilik   xo‘jaligi   asosida
aholining   mustahkam   o‘troqlashganligi,   ishlab   chiqarish   iqtisodiyotiga   imkon
beruvchi   yangi   yerlarning   tez   sur’atlar   bilan   o‘zlashtirilishi,   aholi   yashash
zichligining   oshishi   natijasida   ular   moddiy   madaniyatining   mahalliy   xarakterdagi
madaniy   variantlarining   yuzaga   kelishi,   yangi   texnologiyalarning   yaratilishi   va
keng   qo‘llanilishi   asosida   ishlab   chiqarishning   jadallik   bilan   o‘sishi   va   yangi
sohalarning   yuzaga   kelishi   -   metallurgiya,   sopol   hunarmandchiligining
(xumdonlarning   yaratilishi),   to‘qimachilikning   takomillashuvi,   turar-joylar
qurilishida xom g‘ishtlarning keng qo‘llanilishi, rangdor sopol buyumlarni ko‘plab
ishlatilishi,   loydan   yasalgan   onalik   urug‘iga   xos   haykalchalarning,   odam,   hayvon
tasvirida   b o‘ lgan   haykalchalarining   ko‘plab   uchrashi   shular   jumlasidan
hisoblanadi.
Janubiy   Turkmaniston   hududi   eneolit   davri   jamoalarining   moddiy
madaniyatini o‘rganishda Namozgoh yodgorligi tayanch hisoblanadi. Bu yodgorlik
yuqorida   keltirilganidek,   6   ta   madaniy   qatlamga   ega.   Bu   madaniy   qatlamlarning
xronologik   jihatdan   sanalanishi   tabiiy   fanlar   yutuqlariga   tayanilgan   holda   ilmiy
65 asoslangan. Shu madaniy qatlamlardan pastki 3 tasi Janubiy Turkmaniston eneolit
davri jamoalarining moddiy madaniyatiga tegishli va ular quyidagilar hisoblanadi:
Namozgoh I (Anov 1B), Namozgoh II (Anov II), Namozgoh III .- tartib bo‘yicha
ilk, rivojlangan va so‘nggi eneolitni tashkil etadi. 
Nam oz g oh   I   – ( mil.avv. V ming yillik   o‘ rtalari - IV   ming yillik ning 1-yarmi )
–ilk   eneolit   davri   bo‘lib,   bu   davrga   ayollar   statuetkasi,   misdan   yasalgan   narsa-
predmetlar,   bir   xil   rang   bilan   bo‘yalgan   qo‘lda   yasalgan   sopol   idishlar,   g‘uj o n a k
qilib   bukilgan   holda   dafn   etilgan   yakka   ko‘rinishli   qo‘yindilar,   xom   g‘ishtdan
qilingan   turar-joylar   xarakterli   hisoblanadi.   Aholi   asosan   qishloqlarning   shimoliy
qismida yashashgan. Nomozgoh 1 davri uy joy qurilishida birinchi bor xom g‘isht
ishlatilgan. Xona devorlari somonli loy bilan suvalgan. Uylar tor, kvadrat shaklida
bo‘lib,   maydoni   o‘lchami   10   metr   kvadratga   yaqin   bo‘lgan.   Unga   kiraverishda
chap tomonda kvadrat shaklidagi g‘ishtdan   quril gan o‘choq joylashgan. Xonaning
bir   burchagi   past   devorcha   bilan   ajratib   qo‘yilgan.   Mutaxassislar   fikricha,   bu
oilaning g‘alla «omborchasi»  bo‘lishi  mumkin. Nomozgoh 1 davrining bir  xonali
turar-joylari Geoksur vohasining Dashtlitepa yodgorligida yaxshi o‘rganilgan. 
Nam oz g oh   II -   ( mil.avv. IV   ming   yillik ning   2 -yarmi )   –   rivojlangan   eneolit
davri bo‘lib, bu davrda ikki xil rangga bo‘yalgan sopol idishlar paydo bo‘ladi. Bu
davrda Kopettog‘ oldi hududlarida yashovchi aholi sharqqa tomon siljib, Geoksur
vohasini   to‘liq   o‘zlashtiradilar.   O‘ troq   dehqonchilik   jamoalari   yangi   yerlarni
o‘zlashtirishi   natijasida   ko‘p   sonli   yangi   manzilgohlar   paydo   bo‘ladi.   Shu   davrga
oid   30   dan   ortiq   yodgorliklar   tadqiq   etilgan.   Rivojlangan   eneolit   davriga   kelib
manzilgohlar   maydoni   kengayib,   ularning   ayrimlari   (Nomozgohtepa,   Oltintepa,
Qoratepa)   yirik   ko‘rinishga   ega   bo‘lgan.   Geoksur   vohasidagi   ba’zi   bir
manzilgohlarning   atrofi   devorlar   bilan   aylantirilgan.   Qishloqlar   rejali   qurilib,
ko‘chalar bo‘ylab katta jamoatga qarashli uylar bo‘lgan (Mullalitepa, Yassitepa). 
Nomozgoh   2   davrida   qishloqlarning   maydoni   yanada   kengaygan,   shu   bilan
birga   yirik   qishloqlar   atrofida   mayda   qishloqchalar   ham   qad   ko‘tarilgani   faktlari
ham   aniqlangan.   Nomozgoh   2   davri   uy   qurilishi   uslublari,   tarkibiy   tuzilmalari
66 Geoksur   vohasining   Yolong‘ochtepa,   Mo‘lalitepa   kabi   yodgorliklarida   yaxshi
o‘rganilgan.   Geoksur   vohasi   uchun   eneolit   asrining   bu   davri   «yolong‘och
bosqichi»   deb   ham   yuritiladi.   Yolong‘och   bosqichida   urug‘   jamoalarining
qishloqlari   mudofaa   devorlari   bilan   o‘rab   olina   boshlangan.   Ba’zan   qishloqning
markaziy   qismigina   devor   bilan   o‘rab   olinganligi   ham   kuzatilgan.   Nomozgoh   2
davri mudofaa devorlari ko‘p burchakli bo‘lib, har bir burchakning uzunligi 8,5 –
10 metrga teng bo‘lib, ularda aylana shaklidagi xona joylashgan. Ularning eshiklari
qishloq   ichiga   qaratilgan.   V.M.Masson   bu   xonalarni   bo‘lajak   mo‘la   burj   bo‘lsa
kerak,   deb   hisoblaydi.   Jamoa   a’zolari   yashaydigan   xonalar   masalasiga
kelganimizda, ular tor va maydoni 10 metr kvadratdan oshmaydi.
Yalong‘och   bosqichi   (Nomozgoh   2)   uy-   joylari   o‘z   tuzilishi   jihatidan   uch
guruhga bo‘linadi: 1) o‘choqsiz to‘g‘ri burchak shaklidagi uylar; 2) o‘choqli to‘g‘ri
burchak   shaklidagi   uylar;   3)   dahlizli   uylar.   Bu   faktlar   mazkur   bosqichda   ko‘p
xonali   uy-joy   qurilishida   tizimlilik,   ya’ni   turli   tipdagi   turar-joylar   paydo
bo‘layotganligidan guvohlik beradi. Nomozgoh 2 davri ko‘p xonali uylari orasida
maydoni   keng   doira   shaklidagi   xonalar   ham   uchraydi.  Ular   asosan   urug‘   jamoasi
uylarining markazida joylashgan. Ularning devorlari ancha mustahkam, ularda ikki
qismga   bo‘lingan   to‘g‘ri   burchakli   o‘choqlar   bo‘lgan.   Mutaxassislar   bunday
o‘choqli   uylarni   «o‘t   og‘asining   uyi»   deb   hisoblashgan.   Ularning   old   tomoni
quyosh   chiqish   tomonga   qaratilib   qurilgan.   Ularda   xo‘jalik   o‘choqlarining
qoldiqlari   va   uy-ro‘zg‘or   buyumlari   uchramaydi.   Shu   bois,   eneolit   davrining
Yalong‘och   bosqichidan   boshlab   ibtidoiy   urug‘   jamoa   a’zolarining   eng   qadimgi
olovga   topinish   ibodatxonalari   paydo   bo‘la   boshlagan   degan   xulosaga   kelish
mumkin. 
Nam oz g oh III  –  ( mil.avv. IV  ming yillik ning  oxiri -  III ming  yillikning boshi)
–   so‘nggi   eneolit   davri   bo‘lib,   bu   davrni   aniqlovchi   belgilar   hayvonlar   tasviri
tushirilgan   naqshlarning   keng   yoyilgani,   sopol   idishlar   sirtida   geometrik
naqshlarning   mavjudligi,   kulrangli   sopol   idishlarning   paydo   bo‘lganligi   kabilar
hisoblanadi. 
67 Mutaxassislar   Janubiy   Turkmaniston   sarhadlarining   eneolit   davri
yodgorliklari   uch   guruhda   bo‘lishganini   e’tirof   etishgan:   1)   kichik   o‘lchamli
manzilgohlar-maydoni 0,1-2 ga., 2) o‘rtacha o‘lchamli manzilgohlar-maydoni 4-10
ga.,   3)   yirik   o‘lchamli   manzilgohlar-maydoni   12   -   20   ga.   Birinchi   va   ikkinchi
guruh manzilgohlari eneolit  davri  dehqon jamoasining qishloqlarini  tashkil  etgan.
Uchinchi   guruh   yodgorliklari   esa   tadqiqotchilar   ko‘rsatishicha,   alohida
mikrovohalarning dehqonchilik markazi  bo‘lishi  mumkin. Sababi, so‘nggi  eneolit
davrida O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida sug‘orma dehqonchilik rivojlanib, ilk
sivilizasiyalarga   xos   dehqonchilik   markazlari   qaror   topgan.   Shu   bois,   uchinchi
guruh   yodgorliklari   ushbu   markazlarning   qadimiy   o‘rni   hisoblangan.   Bular
jumlasiga   Anovtepa,   Nomozgohtepa,   Oltintepa,   Xapouztepa,   Qoratepa,
Yalang‘ochtepa,   Mollalitepa,   Chaqmoqlitepa,   Monjuqlitepa,   Ovadantepa,
Gavachtepa   Kaushattepa,   Dashlitepa,   Geoksur   guruhidagi   tepaliklar   kiradi.
Nomozgohtepa,   Oltintepa,   Qoratepa   kabi   yirik   dehqonchilik   markazlarining
maydoni   o‘lchami   20   gektargacha   borgan.   Ularda   yigirmaga   yaqin   xonalardan
tashkil   topgan   katta   oila   jamoasiga   tegishli   uylar   ham   bo‘lgan.   So‘nggi   eneolit
davriga   oid   manzilgohlardagi   (Geoksur   1)   ko‘p   xonali   uylarining   ba’zi   alohida
xonalarida   tutatqi   solib   qo‘yish   uchun   mo‘ljallangan   buyumlar   va   odamning
kuygan   suyaklari   uchraydi 88
.   Bunday   xonalarni   tadqiqotchilar   katta   patriarxal
oilaga   tegishli   oilaviy   ibodatxona   bo‘lishi   mumkin   deb,   e’tirof   etishgan.   Ba’zi
manzilgohlarda   xom   g‘ishtdan   qurilgan   alohida   joylashgan   kvadrat   (Qoratepa)
yoki cho‘ziq (Geoksur I) shakldagi jamoaning nufuzli a’zolariga tegishli sag‘analar
bo‘lgan.   Ularning   usti   aylana   qilib   yopilgan.   Bu   sag‘analardan   chaqmoqtosh
qurollari,   sopol   idishlar,   mis   buyumlar   va   toshdan   ishlangan   marjonlar,
haykalchalar   topilgan.   Shuningdek,   jamoaviy   qabrlar   ham   uchraydi.   Ulardagi
kuzatuv buyumlari son jihatdan juda kambag‘al bo‘lib, ular asosan sopol idishlari,
savatlar va kam sonli zeb-ziynat buyumlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrda sug‘orma
88
  Хлопин И.Н.  Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург, 1997 .
68 dehqonchilik   yanada   takomillashib,   sun’iy   sug‘orish   inshoatlari   ko‘paygan.
Geoksur vohasidan kichik suv omborlarining o‘rni  ham  aniqlangan. 
Eneolit asrining so‘nggi bosqichi. Nomozgoh 3 davrida qadimgi dehqonchilik
qishloqlarining hududi yanada kengayadi. Bu davr uy-joylar qurilishi  tartibli, reja
asosida bo‘lganligi Geoksur vohasidagi Geoksur va Cho‘ngtepa, Artiqvohasida esa
Qoratepa   yodgorliklari   misolida   keng   o‘rganilgan.   Xususan,   Qoratepa
yodgorligida n   130   dan   ortiq   ko‘p   xonali   uy-joy   qoldi q lari   ochilgan.   Ularning
aksariyati ni   alohida   xonadonlarga   mo‘ljallangan   xo‘jalik   komplekslarini   tashkil
etgan.   Yashash   xonalari   asosan   dahlizli   bo‘lib,   yotoqxona   o‘rtasida   sandal   o‘rni
saqlangan. Ko‘p xonali uy tarkibida torroq , o‘lchami jihatidan  kichik roq  xona ham
bo‘lib   unda   o‘choq   yoki   sandal   uchramaydi.   Ulardan   oila   «ombori»   sifatida
foydalanilgan   bo‘lishi   mumkin.   Nomozgoh   3   davri   uy-xo‘jalik   komplekslari
qoshida   hovlilar   paydo   bo‘ladi   va   hovlilarni   birlashtiruvchi   tor   ko‘chalar   ham
shakllangan.   Qishloqning   markaziy   qismi   esa   ochiq   maydon   sifatida   qoldirilgan.
Tor   ko‘chalarning   deyarli   hammasi   shu   maydonga   chiqqan.   Nomozgoh   2   davri
qishloqlari   Geoksur   1   yodgorligida   ham   ochilgan.   U   yerda   ham   xuddi
Qoratepadagidek   ko‘p   xonali   xo‘jalik   komplekslari   bo‘lgan.   Ular   bir - biriga
ulangan   tor   ko‘chalar   sistemasi   orqali   yirik   maha l lal a rga   birlashtirilgan.   Xo‘jalik
komplekslari hovli maydoni orqali bir-birlari bilan birlashgan. Bu holat bir qishloq
ichida bir-biriga qon–qarindosh bo‘lgan bir necha urug‘ jamoalari yashaganligidan
guvohlik   beradi.   Har   bir   xo‘jalik   kompleksi   dahlizli   keng   xona   va   unga   yondosh
qilib   qurilgan   «ombor»   dan   tashkil   topgan.   Qoratepada   xo‘jalik   komplekslari
ichidagi   bir   xonada   doira   shaklida   qurilgan   mehrob   topilgan.   Qoratepa   mehrobi
qadimgi   dehqonchilik   xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanuvchi   urug‘   jamoalariga   tegishli
dastlabki topilgan mehrob hisoblanadi. Shunday mehrob Geoksur   1 qishlog‘ida va
ularning   to‘rttasi   Cho‘ngtepaning   Namozgoh   3   boqichining   madaniy   qatlamidan
ham   topilgan.   Bu   olovga   topinishning   yangi   ko‘rinishi   -   mehrob   paydo
bo‘lganligidan   darak   beradidi.   Shu   tariqa   yirik   qishloqlar   qurilishidagi   bunday
o‘zgarishlar   asta-sekinlik   bilan   shahar   monand   qiyofaga   o‘ta   boshlaganligidan
dalolat beruvchi ilk qadamlar edi. Shuning uchun arxeologlar O‘rta Osiyo tarixida
69 bu   davrni   «shaharmonand»   madaniyatining   ilk   belgilari   bilan   xarakterlanuvchi
davr deb hisoblaydilar. 
Sarazm   madaniyati.   O‘rta   Osiyoning   Yuqori   Zarafshon   vohasi   tog‘   va
pasttekislik   chegarasida   tosh   xom   ashyosi   va   rudaga   ishlov   beruvchi   qadimiy
markaz bo‘lgan-Sarazm yodgorligi tadqiq etilgan.Eneolit va bronza davrlariga oid
bo‘lgan mazkur yodgorlik qadimgi  Panjikent  shaxridan 15 km  g‘arbda Zarafshon
daryosining chap qirg‘og‘idashu nom bilan ataluvchi qishloq yaqinida joylashgan.
Sarazm  yodgorligi  Tojikiston  Fanlar  Akademiyasi  Tarix instituti  ilmiy xodimi  A.
Isoqov   tomonidan   1976   yili   ochilib,   keyingi   yillarda   uzluksiz   tadqiqot   ishlari
amalga oshirilgan. 1983 yildan Tojikiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti (V.A.
Ranov,   A.   Isaqov)   va   CNRS   Fransiya   (J.K.   Garden)   xalqaro   arxeologik
ekspedisiyasi   qazilma   ishlarinidavom   ettirilgan   va   bu   tadqiqot   2010   yilgacha
davom   etgan   (R.Bezenvali).   2011   yildan   esa   F.   Bryune   qazilma   ishlarini   amalga
oshirgan.   Dastlabki   yillar   ta dqiqotlar i   ko‘rsatishicha,   Sarazm   makoni   mil.avv.   IV
ming   yillikning   2-yarmi   -   III   ming   yillikka   oid   bo‘lgan   ilk   dehqonchilik   markazi
bo‘lgan.   Bu   xronologik   davr   eneolit   davrining   o‘rta   bosqichi-ilk   bronza   davriga
to‘g‘ri   keladi.   Qazilma   materiallari   toshga   ishlov   berish,   sopol   hunarmandchiligi,
metallurgiya va qurilish ishlari rivoj topganligini ko‘rsatadi. Makon maydoni sathi
kichik   tepaliklar   guruhi   ko‘rinishiga   ega   bo‘lib,   48   gektar   joyda   madaniyat   izlari
kuzatilgan.   17   gektar   maydon   sathida   2-3   metrgacha   qalinlikda   bo‘lgan   madaniy
qatlam   o‘rganilgan.   Ushbu   madaniy   qatlamdan   4   ta   xronologik   jihatdan   ketma-
ketlikda   bo‘lgan   taraqqiyot   bosqichlari   ajratilgan.   Bu   bosqichlar   radiokarbon
analizlari   asosida   quyidagicha   sanalangan:   1-bosqich   mil.avv.   3400-3200   yil;   2-
bosqich   mil.avv.   3200-2900   yil;   3-bosqich   mil.avv.   2900-2700yil;   4-bosqich
mil.avv.   2700-2000   yil.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   Sarazm   makoni   eneolit   davri
o‘rta bosqichidan boshlab ilk bronza davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli
ekan.   Yaqin   yillarda   F.A.   Razzoqov,   G.R.   Karimovalar   tomonidan   amalga
oshirilgan   tadqiqotlar   natijasida   Sarazm   jamoalari   moddiy   madaniyatining   yangi
qirralari   oydinlashmoqda.   Xususan,   yangi   radiokarbon   analizlari   asosida   Sarazm
qishlog‘i  mil.avv.  V ming yillikning ikkinchi  yarmi-  IV minginchi  yillik boshlari
70 bilan   xronologik   jihatdan   sanalanib,   tadqiqotchilar   yodgorlikni   Namozgoh   2
xronologik davriga to‘g‘ri kelishini ta’kidlashmoqda.
Moddiy   madaniyat.   Makonda   qurilish-me’morchilik   ishlarining
rivojlanishini   turar-joylar   va   yirik   umum   jamoa   binolari   misolida   bilishimiz
mumkin 89
.   Tadqiqotlar   ko‘rsatishicha,   makonda   4   ta   qurilish   taraqqiyoti   bosqichi
bo‘lgan. Sarazm 1 qurilish bosqichi qishloqning shakllanishi jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lib,   yonida   ingichka   o‘lchamli   dahlizlari   bo‘lgan   2   xonadan   iborat   bo‘lgan
uylarda odamlar yashashgan. Ular ba’zida devor to‘siqlar bilan o‘ralgan. Sarazm 2
qurilish   bosqichiga   kelib,   odamlar   endi   ko‘p   xonali   uylarda   yashay   boshlashgan.
Hovlilari   bo‘lgan   va   ko‘chalar   orqali   bir-birlari   bilan   bo g‘langan   uylardan   iborat
yashash   massivlari   paydo   bo‘lgan.   Aylana   shakldagi   o‘choq-mehroblari   bo‘lgan
oilaviy ibodatxonalar shakllangan. Sig‘inish, topinish va ibodat qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan   2   ta   bino   qoldig‘i   topib   o‘rganilgan.   Ularning   biri   markaziy   qismida
mehrobi bo‘lgan va devorlari qizil rang bilan bo‘yalgan bino va ikkinchisi aylana
shakldagi bino bo‘lgan. Sarazm 3 qurilish bosqichiga kelib, umum jamoaviy diniy
urf –odatlar, sig‘inish, topinish ishlari amalga oshiriladigan monumental imoratlar
qurila boshlandi. Ko‘p xonali aholi yashaydigan uylar ko‘payadi, ularning hovlilari
ham kengayadi. Uylarni bog‘lovchi ko‘chalar ham tizimlashgan. Sarazm 4 qurilish
bosqichiga   kelib,   makonda   aholi   soni   kamayganligi   holati   kuzatiladi.   Yashash
uylari chaylasimon ko‘rinish olib, bu haqda yer sathidan suyri shakldagi uy-joylar
hamda   uylardan   topilgan   ustunlar   qoldiqlari   ma’lumot   beradi.   Uylar   aholi
vaqtinchalik yashaydigan xarakter kasb etadi. Xullas, tadqiqotlar natijasida Sarazm
makoni   to‘rttala   rivojlanish   bosqichlarida   imoratlarning   4   ta   tipi   bo‘lganligi
aniqlangan:   turar-joylar,   xo‘jalik   ishlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   imoratlar,   diniy
e’tiqod   ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   inshoatlar   va   jamoaviy-ma’muriy   ahamiyatga
molik binolar.
Mutaxassislar   ta’kidlashicha,   Sarazm   eneolit   davri   qurilishining   xarakterli
jihati   bir   tomondan   janub   o‘troq   dehqonchilik   jamoalari   qurilish   an’analarini,
89
  Исаков А.И.  Саразм. Душанбе, 1991 , С.!93.
71 ikkinchi   tomondan   mahalliy   neolit   jamoalari   qurilishi   an’analarini   o‘ zida
mujassamlashtirgani bilan izohlanadi. 
III.2.   O‘rta   Osiyo   jez   davri   jamoalarining   turar-joylari:   tadqiqot
muammolari va istiqboli
Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyoda
uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning o‘rtalari – II
minginchi   yillikning   oxiriga   to‘g‘ri   keladi.   Bronza   davrining   xo‘jalik   sohasida
erishgan   eng  katta   yutuqlaridan   biri   dehqonchilikning   yangi   yerlarga  yoyilishi   va
mil.avv.   II   minginchi   yillikning   ikkinchi   yarmida   chorvachilikning
dehqonchilikdan ajralib chiqishidir.
Bronza   davrda   xo‘jalikning,   asosan,   yaylov   chorvachiligi   va   dehqonchilikka
asoslangan   ishlab   chiqarish   shakli   qaror   topdi.   Amudaryo   va   Zarafshonning   quyi
kismi,   Farg‘ona   vodiysining   shimoliy-sharqiy   qismi   va   janubiy   Surxon   vohasi
tabiiy   geografik   jihatdan   qadimgi   dehqonchilikning   kelib   chiqishi   va   rivojlanishi
uchun   qulay   bo‘lgan.   Atrofdagi   cho‘l   va   dashtlarda,   asosan,   chorvador   qabilalar
yashagan. O‘zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho‘rchi
va   Bandixon   shakllangan.   Bu   joylarda   qadimgi   ilk   shahar   madaniyati   shakllana
boshlagan.   Jez   davriga   mansub   Sopollitepa,   Mirshodi,   Mo‘lali,   Jarqo‘ton   kabi
urug‘   jamoasining   turar   joylari   -   qishloq   qo‘rg‘onlari,   ilk   shaharlari   va   qabrlar
topilgan.   Ularning   ba’zilari   qal’ali,   mustaqkamlangan   va   ayrimlari
mustahkamlanmagan.   Dehqonlar   vohalarda   bug‘doy,   arpa,   so‘li,   paxta
yetishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorg‘uchoqlar, ketmoncha, hovoncha
dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan
ashyolar aholining o‘sha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, san’ati haqida boy
material berdi. Bu yerda murakkab va o‘ziga xos 3 qatorli mudofaa devori bo‘lgan,
maydoni   qariyib   1   gektar   bo‘lgan   kvadrat   shakldagi   qo‘rg‘on   qazib   ochilgan.
Qo‘rg‘ondagi mahallalar ko‘chalar bilan bo‘lingan. Uylardan mo‘rili o‘choq, ayrim
xonalarda   sandal   o‘rni,   ganch   suvoq   qoldiklari   topildi.   Topilmalar
72 hunarmandchilik, xususan, metallurgiya, kulolchilik, to‘qimachilik, yog‘ochsozlik
kabilar   rivojlanganligini   ko‘rsatdi.   Shuningdek,   kulolchilik   xumdonlarining
ko‘plab   ochilishi,   hunarmandchilikning   bu   tarmog‘i   yuksak   rivojlanganligini
ko‘rsatadi. 
Xorazmda mil. avv. 2-ming yillikning 2-yarmida jez davrining Tozabog‘yop
madaniyati   mavjud   bo‘lgan   va   u   Burgut   qal’a   vohasidagi   Tozabog‘yop   kanali
yaqinida   tadqiq   etilgan.   Ushbu   madaniyat   dehqonchilik   va   sug‘orish   inshoatlari
ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Ko‘kcha-3 va
boshqa   mozorqo‘rg‘onlar).   Aholi,   asosan,   cho‘l,   zonalarida   tomi   qamish   bilan
yopilgan   kulba   va   yarim   yerto‘lali   chaylalarda   yashagan,   xonaki   chorvachilik,
zaxkash   va   nam   yerlarda   obikor   dehqonchilik   bilan   shug‘ullangan 90
.   Bu   davrda
metall   quyish   texnikasi   yuksak   bo‘lgan.   Yassi   tubli   chizma   boshoqsimon
naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. 
Xorazmda   so‘nggi   jez   —   ilk   temir   davriga   oid   Suvyorgan   (mil.   av.   2-ming
yillik)   va   Amirobod   (mil.   av.   1-ming   yillik   boshi)   madaniyatlari   mavjud.
Suvyorgan   madaniyati   qabilalari   yog‘och   ustunli   to‘g‘ri   burchakli   chaylalarda
yashagan 91
.   O‘choq   atrofidan   sirti   qizil   rangga   bo‘yalgan   sopol   idishlar   topilgan.
Topilmalar   ichida   mikrolitlar   ko‘p   uchraydi.   Bu   madaniyat   3   bosqich   (Qamishli,
Bozor   qal’a,   Qovunchi)   ga   bo‘lingan.   Urug‘   jamoalari   ovchilik,   podachilik   va
dehqonchilik   bilan   shug‘ullangan.   Ijtimoiy   hayotda   dastlab   ona   urug‘i   an’analari
kuchli   bo‘lgan,   lekin   keyingi   ikki   bosqichda   erkaklarning   jamoadagi   mavqyei
ortgan.   Endi   qarindoshlik   otaga   qarab   belgilandi,   urug‘lar   ichidagi   munosabatlar
otaning   iqtisodiy   va   huquqiy   hukmronligi   asosida   qurilib,   bolalar   ota   mulkiga
merosxo‘r   bo‘la   boshladi.   Amirobod   madaniyati   odamlari   yarim   yerto‘la   uylarda
yashagan,   uylarning   markazida   katta   o‘choq   bo‘lgan.   Sopol   idishlari   tagi   yassi,
dag‘al   ishlanib,   boshoqsimon   naksh   berilgan.   Aholi   urug‘   jamoalariga   birlashib
dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug‘ullangan.   Sug‘orish   tarmoqlari   yaxshi
90
Итина М.А.  История степных племен Южного Приараля  III  — начала  II  тыс. до н.э. Москва, 1977 , С.267.
91
  Толстов   С.П.   Древний   Хорезм.   Москва,   1948   С.367.;   По   следам   древнехорезмийской   цивилизации.
Москва, 1948 .а, С.312.
 
73 rivojlangan.   Yakkaporson-2   dan   jez   igna,   o‘roq,   suyak   dastali   bigiz,   o‘q-yoy
paykonlari topilgan.
Farg‘ona vodiysida so‘nggi jez davriga mansub Chust madaniyati aholisining
asosiy mashg‘uloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat bo‘lgan.  Chust madaniyati
yodgorliklaridan   topilgan   kompleks   materiallar   tahliliga   ko‘ra,   uning   ikkita   quyi
qatlamlari   so‘nggi   bronza   davrini   xarakterlasa,   uchinchi   yuqori   qatlam   ilk   temir
davriga tegishlidir. Bu davrda Chust madaniyati qishloqlarida otashparastlik diniy
qarashlari   rasmiy   dinga,   umum   aholining   e’tiqod   kultiga   aylanadi.   Aynan   shu
davrda   Dalvarzintepada   uning   o‘rdasi,   dehqon   jamoalari   hukmdorining   qarorgohi
shakllanadi. 
Chust   madaniyatining   quyi   qatlamlarida   guvala   yoki   xom   g‘ishtlardan
qurilgan   kulbalar   uchratilmagan.   Ular   Chust   madaniyatining   ilk   temir   davriga
tegishli bosqichida paydo bo‘lgan. Dastlab, qadimgi Farg‘onaning bobodehqonlari
yarim   yerto‘la   tipidagi   kulbalarda   istiqomat   qilishgan.   Ilk   temir   davriga   xom
g‘ishtdan   uylar   qurilgan,   mudofaa   inshootlari   qad   ko‘targan   (qadimgi
Dalvarzintepa) 92
.
Quyi   Zarafshonning   Zamonbobo   madaniyati   so‘nggi   jez   davrining
Andronovo   madaniyatita   juda   yaqindir.   Andronovo   madaniyatining   yuqori
bosqichiga   mansub   yodgorliklar   Xorazmda,   Toshkentdagi   Ko‘kcha   mozorida,
Buxoro   viloyati   Qorako‘l   tumanida,   Urgut   tumanining   Mo‘minobod   qishlog‘ida,
Chirchiq   daryosi   bo‘yida   -   Achchiqko‘l   va   Sergeli   tepalarida   topilgan.   Toshkent
vohasida   so‘nggi   jez   -   ilk   temir   davri   Burganli   madaniyatida   aksini   topgan.   Bu
vaqtda   ibtidoiy   jamoa   davri   shiddat   bilan   yemirilib,   qabilalar   o‘rtasida   dastlabki
sinfiy   munosabatlar   vujudga   keldi.   Zamonbobo   yodgorligining   maydoni   sathi
chamasi   100-150   metr   kvadratlardan   iborat   bo‘lib,   undan   yarim   yerto‘la   shaklida
va   yer   sathiga   karkas   usulda   chaylasimon   ko‘rinishli   qurilgan   turar-joylar
92
  Заднепровский   Ю.А.   Древнеземледельческая   култура   Ферганы   //   МИА,   №   118.   Москва-Ленинград,
1962 ,С. 196.;  Заднепровский Ю.А.  Чустская культура в Ферганской долине // Средняя Азия в епоху камня и
бронзы.   Москва-   Ленинград,   1966 ,   С.287.; Заднепровский   Ю.А.   Чустская   култьура   Ферганы   и   памятники
раннежелезного века Средней Азии. Автореф. д.и.н. Москва, 1978 , С.57.
74 qoldiqlari topilgan 93
.  Yerto‘lalarning ichki qismidan ustunlar o‘rnatilgan joylarning
diametri 14-16 santimetr bo‘lgan chuqurchalar izlari, somonli loy bilan shuvalgan
xo‘jalik   o‘ralar   hamda   o‘choqlar   qoldiqlari   topilgan.   Yer   sathiga   qurilgan   turar-
joylar   chaylasimon   ko‘rinishli,   karkas   usulda   qurilgan   bo‘lib,   usti   qamish   bilan
yopilgani aniqlangan.
Janubiy   Turkmaniston   e ng   qadimgi   o‘troq   dehqonchilik   va   xonaki
chorvachilik   xo‘jaligi   bilan   shug‘ullanuvchi   jamoalar   yashagan   hudud
hisoblanadi.
B.A.Kuftinni   xronologiyasiga   muvofiq   Nomoz goh   IV,   V,   VI
bosqi chl ar i   j anubi y   Tur km ani st onda   br onza   asri hisoblanadi. Namozgoh  IV-
i l k   br onza,   Namozgoh   V-   ri voj l angan   br onza,   Namozgoh   VI   –   so‘ nggi
br onza   br onza   davr i   bo‘ l i b,   m il .avv.I I   m i ngi nchi   yil l i kni ng   2- yar m i ga
oi ddir .   Janubi y   Tur km ani st on   br onza   davr i   yodgor l i kl ar i   g‘ ar bda   Qi zi l
Ar vat ,   shar qda   T aj an   dar yosi   va   Quyi   Mur g‘ ob   dar yosi   bo‘ yl ab   t adqi q
et i l gan.   Bu   yodgor l i kl ar   Nam ozgoh,   Anovt epa,   Olt i nt epa,   Oqt epa,
Hapuzt epa,   T ekkem t epa,   Gonur t epa,   T og‘ ol oqt epa,   Yel kant epa,
Sho‘ r t epa, Kel el i  kabi l ar  hi sobl anadi .
Nom oz go h   I V   da vr i   g‘arbda   Qizil   Arvatdan   sharqda   Tejen   daryosiga
qadar   bo‘lgan   xududlardagi   Nomozgohtepa,   Oltin tepa,   Xovuztepa,   Oqtepa
kabi   ko‘p   qatlamli   yodgorliklarda   o‘rganilgan.   Namozgohtepa   qishlog‘ining
maydoni   70   gektarlar   atrofida   bo‘lib,   bu   yodgorlikdagi   k o ‘ p   x o n a l i
u y l a r n i n g   b a r c h a s i   x o m   g ‘ i s h t l a r d a n   q u r i l g a n .   Ularni   yonlarida   xo‘jalik
xonalari   ham   mavjud   bo‘lgan.   Bu   qurilish   xonalarining   hovlilari   ham   bo‘lib,
hovlilarga uy-joy  xonalarining eshiklaridan kirilgan.Oltintepa 	yodgorligi 	Nomozgoh V 	davrida o‘zining ichki mazmuni	
va tashqi   shakliga   ko‘ra  	ilk  	shahar   bo‘lgan   bo‘lishi   mumkin.  	Chunki	
bu   yodgorlikda   shaharga   xos   belgilarni  	deyarli   barchasi   mavjud   edi:
93
  Гулямов А.Г., Исламов У., Аскаров А.А.  Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия
в низовьях Зеравшана. Ташкент, 1966
75 mudofaa   devorlarini   mavjud	ligi,   asilzoda   (aristokrat)   l ar   kvartalini	
ochili shi,  	«Kohinlar   qabridan»   oltin   uzuklarni   va   kumush   muhrlarning	
topilishi   belgilardan  	dalolat   beradi	94.  	Ilk   shahar   o‘zining   bundan	
keyingi   hayotida  	shahar-davlat   darajasiga   ko‘tarilib,   u   siyosiy-	
adminstra	tsiv   markaz   sifatida   podsho   hokimiyatining   qarorgohiga	
aylanadi.  	Ana   shunday   shahar-davlatlarning   ichki   tuzilishini  	Shumerda	
Uruk   va  	Eredu   misolida   ko‘rish   mumkin.   Shunday  	qilib   Oltintepani	
bronza   davri   jamiyatida   shahar-davlat  	bo‘sag‘asida   turgan   ilk   shahar,	
ibodatxona-shahar   sifatida  	tasavvur   etish   mumkin.  	Mutaxassislar	
ko‘rsatishicha,   bronza   davrining   Nomozgoh  	VI   madaniyati   Qadimgi	
Sharq   sivilizatsiyasining   ajralmas  	qismi   bo‘lib,   bu   davrda   protogorod	
(shahardan oldingi) 	turidagi ilk shahar madaniyati rivojlanishda davom	
etmoqda e	di.Sopollitepa   yodgorligidan   150   dan   ortiq   8   ta   kvartallarga   bo‘lingan   uy-joy
qoldiqlari   va   138   ta   mozor   komplekslari   ochilgan.   Yodgorlikning   qal’a   qismi
kvadrat   shaklida   bo‘lib,   maydoni   82x82   m,   atrofi   uch   qator   mudofaa   devorlari
bilan   o‘rab   olingan.   Devorlarning   qalinligi   2   m etr dan   ortiq.   Devorlar   murakkab
me’moriy   reja   asosida   qurilgan.   Qadimgi   muhandislarning     g‘oyasiga   ko‘ra,
dastlab   mudofaa   tizimi   tuzoq   usulida   ishlangan   bo‘lib,   aniq   o‘lchamdagi
dahlizsimon     bloklarga   bo‘lingan.   Tashqi   bloklar   dahliz   tipidagi   xonalar   orqali
qal’a   ichidagi   uy-joy   komplekslari   bilan   birlashtirilgan.   Ichki   bloklar   mudofaa
tizimida   qalqon   rolini   o‘ynagan.   Tashqaridan   qaraganda   go‘yo   ular   qal’a   ichiga
olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Ular kvadrat shakldagi qal’aning har tomonida
bittadan joylashgan. Aslida qal’aga kirish darvozasi  bitta, uning janubiy tomonida
joylashgan.Qazishmalar   davomida   olib   borilgan   stratigrafik   kuzatuvlarga   ko‘ra,
uy-joy   komplekslari   uchta   xronologik   qurilish   bosqichlaridan   iborat   ekanligi
aniqlandi.   Mudofaa   tizimini   tashkil   etgan   ichki   va   tashqi   bloklar   aslida   maxsus
mudofaa maqsadida qurilgan bo‘lsada, ammo mintaqada hech bir tashqi  havfning
94
  Масимов   И.С.   Изучение   памятников   эпохи   бронзы   низовев   Мургаба   //   СА,   №   1.   Москва,   1979 ;   Массон
В.М.  Алтын-депе // Труды ЮТАКЕ, т. 18. Ленинград, 1981 .
76 yo‘qligi ulardan keyinchalik har xil maqsadlarda (urug‘ xilxonasi, uy-joy xonalari,
kulolchilik ustaxonalari) foydalanishga olib kelgan. 
Rejaga   ko‘ra,   qal ’ aning   ichki   maydoni   bir-birlaridan   tor   ko‘chalar   bilan
ajratilgan 8   ta kvartallardan    iborat    bo‘lgan. Dastlab uy-joy komlekslari qal’a ichki
devoriga   yopishtirib   qurilib,   kuzatilgan   uchta   qurilish   davomida   ular   qal’a
markaziy   maydoni   bilan   bog‘langan   tor   ko‘chalar   bo‘ylab   kengayib   borgan.
Qazishmalar   jarayonida   ma’lum   bo‘ldiki,   mudofaa   devorlari,   dastlabki   uy-joy
komplekslari  materik (ona yer) ustiga qurilgan,  keyingi bosqichga tegishlilari esa,
hech bir  fundamentsiz,  madaniy qatlam  ustiga  qurilgan. Bu  manzara qalinligi  2,5
metrgacha bo‘lgan madaniy qatlamlar stratigrafiyasida yaxshi kuzatiladi. 
Qazilma   jarayonida   topilgan   turli   xil   arxeologik   materiallar   tahlili   hamda
yodgorlikning   aniq   rejasiga   ko‘ra,   Sopollitepa   bronza   davrining   8   ta   katta
patriarxal urug‘  –  jamoalarining qishlog‘i bo‘lganligi aniqlandi.
Mutaxassislar   ko‘rsatishicha,   Sopollitepani   8   ta   katta   patriarxal   oilalarni
o‘zida   birlashtirgan   protoshahar   sifatida   tasavvur   etish   mumkin.   Har   bir   urug‘
jamoasining,   ya’ni   katta   patriarxal   oilaning   boshligi,   ularni   birlashtirgan   qishloq
urug‘-jamoasining sardori bo‘lgan. Har bir patriarxal oila uy-joy komplekslari ko‘p
xonali   uylardan   (mo‘rili   o‘choq,   dahliz,   sandalli   yotoqxona,   oilaviy   altarxona,
g‘alla ombori, to‘qimachilik dastgohiga mo‘ljallangan keng va uzun xona) tashkil
topgan bo‘lib, bunday katta patriarxal oila Sopollitepa protoshahrini tashkil etgan 95
.
Sopollitepa   mudofaa   inshootlari   va   uy-joylari   faqat   xom   g‘ishtdan   qurilgan,
biror uchastkada paxsa alomati kuzatilmadi.   Xona devorlari bir necha bor somonli
loy   bilan   suvalgan,   poli   esa   alebastr   aralishtirilgan   loy   bilan   suvalgan.   Xullas,
Sopollitepaning   tarixiy   topografiyasi,   u   yerdan   topilgan   ashyoviy   dalillar,   qala
maydonida joylashgan oddiy uy-joylar qoldiqlariga tayangan holda A.Asqarov ,   B.
Abdullayev ,   T.Shirinovlar     Sopollitepa   hali   shahar   darajasiga   o‘sib   chiqmagan
protoshahar   degan   xulosaga   kelishgan.   Sababi,   yodgorlikning   hududiy   doirasida
hukmdor qarorgohi joylashgan Arki A’lo hali shakllanmagan bo‘lgan. 
95
  Аскаров А.А.  Сапаллитепа. Ташкент: изд. Фан, 1972 , С.217.
77 Sopolli madaniyati tadqiqotida Jarqo‘ton, Bo‘ston, Kultepa, Mo‘lali , Ko‘zali
yodgorliklari   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ular   Sherobod,   Sho‘rchi
tumanlarida   joylashgan.   Xususan,   Jarqo‘ton   yodgorligi   Sherobod   daryosining
quyi   irmog‘i-Bo‘stonsoyda   joylashgan.   Yodgorlikda   asosan   A.A.   Asqarov,   B.
Abdullayevlar   tadqiqot   ishlarini   olib   borishgan.   Xususan,   B.   Abdullayev   1974-
1977 yillarda qazilma ishlarini o‘tkazgan.  3 ta arxeologik kompleksga ega bo‘lgan
719   ta   mozor   ochib   o‘rganilgan.   Bu   yodgorliklar   materiallari   asosida   ularning
quyidagicha   xronologik   davriy   sistemasi   ishlab   chiqilgan:   Sopolli,   Jarqo‘ton,
Ko‘zali,   Mo‘lali,   Bo‘ston.   Jarqo‘ton   yodgorligida   tadqiqot   ishlarini   amalga
oshirgan.   Bu bosqichlarni hammasida bir-biriga o‘xshashlik   bo‘lsada,  ularni  bir
-   birlaridan   ajratuvchi   aniq   belgilar   h am   mavjud.   Ko‘zali   bosqichidan   boshlab,
hunarmandchilikning   barcha   sohalarida   tub   sifat   o‘zgarishlari   yuz   beradi.
Jarqo‘tondagi   qazish   ishlari   ja rayonida   ko‘pgina   uy   ro‘zgor   buyumlari   -   sopol
idishlar,   bronza   buyumlari   va   boshqalar   orasida   granit   toshidan   yasal gan
birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan.
A.A. Asqarovning   yozishicha, tarixdan ma’lumki, sug‘orma dehqonchilikka
asoslangan   o‘troq   xalqning   dastlabki   davlatchiligi   zaminida   shaharsozlik
madaniyati yotadi 96
.
A.Asqarovning     ma’lumotiga   ko‘ra,   Jarqo‘ton   yodgorligining   shimoliy
qismida umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etgan Arki a’lo joylashgan. U somon
qo‘shilgan   xom   g‘ishtdan   ishlangan   qalin   mudofaa   devori   bilan   o‘rab   olingan.
Devorning   qalinligi   3   metr,   uning   mudofaa   qudratini   oshirish   uchun   ma’lum
masofada   kvadrat   shaklda   qurilgan   burjlar   bilan   mustahkamlangan.   Qazishmalar
natijalariga   ko‘ra,   Ark   maydonidan   turor-joy   massivlari,   chilangarlik,   kulolchilik
ustaxonalari,   ko‘chalar,   Ark   maydonining   janubi-g‘arbiy   qismidan   shahar
hukmdorining qarorgohi uchratildi. Qarorgoh monumental mudofaa devorlari bilan
o‘rab   olingan.   U   kvadrat   shaklda,   razmeri:   42x42   m.   Bino   tashqi   devorining
qalinligi 4 m. Devor tashqi tomondan 13 ta kvadrat shaklda qad ko‘targan mudofaa
96
  Аскаров   А.А.   Древнеземледелческая   култура   эпохи   бронзы   юга   Узбекистана.   Ташкент,   1977 .;   Аскаров
А.А., Абдуллаев Б.  Джаркутан. Ташкент, 1983 .
Исаков А.И.  Саразм. Душанбе, 1991
78 burjlar bilan mustahkamlangan. Binoga kirish darvozasi uning janubiy devorining
qoq o‘rtasida, ikkita burj oralig‘ida joylashgan.    Arki a’lo ark maydonida ochilgan
3 ta turor-joy massivlari  orasida o‘zining mahobatli ko‘rinishi  bilan boshqalardan
tubdan ajralib turadi. Hukmdor qasri ichidagi xonalar juda oddiy, ular tashqi devor
osti   bo‘ylab   joylashtirilgan.   Saroyning   o‘rta   qismida   esa   yaqin   20   kvadrat   metr
joyni   egallagan   supa   borligi   aniqlandi.   Tarix   taqozasiga   ko‘ra,   monumental   bino
hovlisida   supaning   bo‘lishi   ushbu   saroyni   shahar   hukmdorining   qarorgohi
ekanligidan dalolat edi.
Jarqo‘tonning   shahriston   deb   atalgan   qismi   a rki   a’lodan   janubga   tomon
cho‘zilib  ketgan  15 g ektar   yaqin  tepaliklardan iborat. Shulardan  6 tasida  katta  va
kichik   hajmdagi   qazishmalar   o‘tkazilgan.   Ayniqsa,   №5   va   №6   tepalar
qazilmalarining natijalari sermahsul bo‘lgan.
Tepa   №5   tub   ma’nodagi   turor-joy   massivi   bo‘lib   chiqdi.   50   gektar   yaqin
xonalar va ularning poli ostidan, xonalarga kirish eshiklari ostonasi ostidan, ayrim
xonalarning   devorlari   ostidan   qabrlar   ochildi.   Ochilgan   qabrlar   Sopolli
madaniyatining   jarqo‘ton   bosqichiga   tegishli   bo‘lib,   dastlab   Jarqo‘ton   shahrining
shimoliy-g‘arbiy   qismi   o‘zlashtirilganligi   aniqlandi.   Bu   joyda   ochilgan   uylar   1,5
metr   qalinlikdagi   platforma   ustiga   qurilgan   bo‘lib,   ular   ko‘p   xonali   hovlilardan
iborat  bo‘lgan. Har bir  hovlida o‘choqlarni joylashishiga qaraganda, kamida ikki-
uch   juft   oila   yashagan   ko‘rinadi.   Platforma   ustiga   qurilgan   hovlilar   dastlab
mudofaa   devori   bilan   o‘rab   olingan.   G‘arbiy   devori   ostidan   ayvonli   lahat
tuzilishidagi qabila oqsoqolining qabri topildi (qabr №31). Qabr  topilgan xonadon
4 xonali uy bo‘lib (maydoni 39 kvadrat metr), kirish-quduqli xona, mo‘rili o‘choqli
yotoqxona, altarxona va oziq-ovqat omborxonadan iborat 97
.
Xullas,   yuqorida   biz   imkoniyat   darajasida   O‘rta   Osiyo   sarhadlari   miqyosida
eneolit  va  jez  davri   jamoalarining moddiy madaniyati  borasida  amalga  oshirilgan
arxeologik   tadqiqotlar   natijasida   turar-joylar   haqida   qo‘lga   kiritilgan   manba   va
ma’lumotlarni   yoritishga   harakat   qildik.   Bu   ma’lumotlar   eneolit   va   jez   davri
97
Аскаров А.А.  Древнеземледелческая култура эпохи бронзы юга Узбекистана. Ташкент, 1977 .С.283.  
79 jamoalarining   turmush   tarzida   qo‘llanilgan   turar-joylar   mazmuni   va   ularning
o‘ziga xos xususiyatlarini bilishimizga xizmat qiladi
80 X U L O S A
Kishilik tarixining ilk jamiyati rivojlanishi bosqichlari davr ijtimoiy tuzumi,
sotsial   munosabatlari,   iqtisodiyoti,   moddiy   madaniyati   taraqqiyotining   yoritilishi,
inson   va   tabiat   o‘zaro   aloqalari   masalasi   o‘z   mazmun,   mohiyotiga   ko‘ra   o‘ta
murakkab   va   hozirgi   zamon   umumtarix   fanining   dolzarb   muammolaridan   biri
hisoblanadi.   Bunda   kishilik   jamiyati   tarixining   boshlanishi   qaysi   paytdan,   qaysi
tarixiy, sotsial voqeilikdan xisoblanishi, shuningdek inson taraqqiyoti konsepsiyasi
doirasidagi    inson va tabiat aloqalari, insonning o‘z kunlik yumushlari jarayonida
o‘zi   yashab   turgan   atrof-muhitni   bilishga   qilgan   hatti-harakatlari   natijasida   sodir
bo‘lgan   innovatsiyalar   va   ularning   ijtimoiy   ahamiyati,   o‘rni   kabi   masalalar
muximdir.   Xususan,   inson   jamiyatining   to‘laqonli   ravishda   shakllanishi   borasida
mutaxassis olimlar orasida turli ilmiy qarashlar, yondashuvlar mavjud: 
1.   Bir   guruh   olimlar   odatda   kishilik   jamiyati   odamzod   mehnat   qurollari
yasay   boshlagan   davrdan   e’tiboran   boshlangan   deb   hisoblashgan.   Bunga,   ba’zi
olimlar   hali   odamzodning   o‘zi   biologik   jihatdan   to‘laqonli   shakllanmagan,
shunday   ekan   dastlabki   taraqqiyotda   inson   jamiyati   to‘g‘risida   fikr   yuritishga
ertaroq deb e’tiroz bildirishgan. 
2. Bir gurux olimlar kishilik jamiyati shakllanishi to‘laqonli tarixini so‘nggi
paleolit davri (40 ming yil oldin) «aql-idrokli» odamzod shakllanishidan boshlash
lozim   deb   hisoblaydilar.   Bu   odamlarida   jamiyat   genotepi   shakllana   borgan   ular
keyingi 30 ming yil davomida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishganlar ixtiro va
kashfiyotlar qilishganlar, lekin bu davrda odamlar xali tabiatga to‘liq qaramlikdan
qutulishmaganlar,   termachilik,   ovchilik,   baliqchilik   bilan   shug‘ullanishib,   hali
o‘zlari mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishmaganlar. Turmush tarzi beqaror bo‘lgan.
Shu   sababli,   ovlari   omadli   bo‘lmaganida,   iqlimning   o‘zgarishi,   tabiat
noqulayliklari   odamlar   turmushiga   kuchli   ta’sir   etdi   xatto   ocharchilik,   yoppasiga
qirilib ketish xolatlarini keltirib chiqargan. Ana shu uch o‘n ming yillik taraqqiyot
jarayonida asta-sekinlik bilan bo‘lsada inson jamiyatining to‘laqonli shakllanishiga
dastlabki shart- sharoit yaratilgan xolos. 
81 3.   Bir   guruh   olimlar   kishilik   jamiyatining   to‘laqonli   tarixi   hisobining
boshlanishini   «neolit   inqilobi»   jarayoni,   ya’ni   odamzodni   ishlab   chiqarish
iqtisodiyotiga   o‘tishi   bilan   ishonarli   tarzda     bog‘lab   ilmiy   asoslashgan.   Bu   ilmiy
nazariyaning   tarafdorlari   ko‘p   va   uni   A.V.Yakovetsning   ilmiy   yondoshuvi   bilan
quyidagicha   asoslash   mumkin:   1.   «neolit   inqilobi»   dan   so‘ng   insoniyat   tabiatga
qaramlikdan   butunlay   ozod  bo‘ldi.  Faqat   odamning  o‘zi   emas   balki   oilasi,   urug‘i
o‘zaro   aloqadorliklari,   munosabatlari   jamiyatning   dastlabki   ko‘rinishlarini
namoyon   etgan.   Odamning   extiyoji,   qobiliyati,   bilim   tajribasi,   ko‘nikmalari,
qiziqishlari   jamiyatning   ajralmas   tarkibiy   qismini   tashkil   etgan.   2.   Bu   davrda
jamiyatning   ijtimoiy   mehnat   taqsimotiga   asoslangan   texnologik   bazasi   vujudga
keldi.   Jamiyat   ishlab   chiqarishining   sohaviy   bo‘linmalari,   ishlab   chiqarish
vositalari   va   iste’mol   predmetlari   shakllandi.   Dehqonchilik,   chorvachilik,
hunarmandchilik,   imoratlar   qurilishi   yazaga   keldi.   Kasbiy   mutaxassislashish   ro‘y
berib   unga   mos   qurollar   yaratildi.   Natijada   mehnat   unumdorligi   oshdi.
3.Umumjamoaning   yerga,   chorva   mollariga   bo‘lgan   shaxsiy   egaligi   shakllandi.
Ayrim   qurollarga   shaxsiy   mulk   sifatida   qaraladigan   bo‘ldi.   4.Tovar   ayriboshlash
(mahsulot   tarzida)   ro‘y   berdi.   Maxalliy   xarakterdagi   bozorlar   shakllandi.   5.
Jamiyat va shaxsning ma’naviy dunyosi boyidi. Dehqonchilik, chorvachilikga xos
tajriba,   bilim   shakllandi.   Oila,   urug‘,   jamoa   va   jamoalar   o‘rtasida   o‘zaro   axloq,
odob normalarisistemasi vujudga keldi. 2–malumot beruvchi inqilob – yozuv kashf
etildi (1-inqilob odamda nutqning paydo bo‘lishi edi). Bularning xammasi so‘zsiz
inson jamiyati tuzilmalari elementlarini tashkil etadi. 
Kishilik jamiyatining rivoji  va ravnaqi  albatta, insonlar  tomonidan qilingan
texnologik   kashfiyotlarga   tom   ma’noda   innovatsiyalarga   bog‘liq   bo‘lgan.   Har   bir
tarixiy   taraqqiyot   bosqichlari,   qadimgi   davrlarga   bosqichma-bosqich   o‘tilishining
o‘zi   ham   texnologik   kashfiyotlar   xosilasidir.   Masalan   tosh   asrining   mezolit   va
neolit   davriga   o‘tilishi,   davrga   xos   tosh   qurollari   evalyutsiyasiga,     kulolchilik
hunarmandchiligi   paydo   bo‘lishiga   asoslanilsa,   keyingi   davrda   tabiatdan   metal
(mis, bronza, temir) olish texnologiyasining kashf qilinishi bilan eneolit, bronza va
temir tarixiy davrlariga tadrijiy o‘tiladi.
82 Ushbu tarixiy taraqqiyot silsilalarida ibtidoiy odamzod mehnat jarayonidagi
tajribasidan   bilim   ko‘nikmalarini   orttiraborgan,   aniqrog‘i   instinktivlikdan   ongli
ravishdagi   hatti-harakatga   o‘tishib,   ular   ixtiro   va   kashfiyotlar   sohibi   bo‘lishgan.
Masalan,   olovdan   foydalana   boshlashgan,   mehnat   qurollari   yasash   uchun   sifatli
tog‘   jinslarini   tanlay   olish   tajribasiga   erishgan.   Jamiyat   ijtimoiy   munosabatlari
takomillashuvidan ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tishning o‘zi tom ma’noda
ijtimoiy   tuzilmalarni   shakllanganligini   namoyon   etadi.   So‘nggi   paleolit   davridan
e’tiboran   ma’lum   hududlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   o‘ziga   xos   xususiyatlarni
mujassamlashtirgan qabilalar madaniyati shakllana borganligini ko‘ramiz. Mezolit,
neolit   davriga   kelib   bu   madaniyataholi   etnik   birikmalarini   o‘zida   to‘liq   namoyon
etgan 98
. 
O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixini   yoritishda   kishilik   tarixi   eneolit   va   bronza
davrida   ro‘y   bergan   tarixiy   jarayonlar,   iqtisodiy   va   madaniy   rivojlanish,
aholilarning   tarixiy   migratsiyalari,   shimoliy   cho‘l   hududlarining   ko‘chmanchi
chorvadarlar   va  janubiy   sarhadlarning  o‘troq   dehqon   jamoalari   madaniyatlarining
o‘zaro qorishuvlari, Janubiy hududlar o‘troq dehqon jamoalari madaniyatida Yaqin
Sharq   sivilizatsiyasining   sezilarli   ta’sir   doiralari   kabi   masalalarning   o‘ziga   xos
o‘rni   bor.   Bu   kabi   masalalarning   turli   qirralari   keyingi   yillardagi   arxeologik
tadqiqotlar jarayonida qo‘lga kiritilgan yangi manbalarda aniqlanib, yoritilmoqda.
A.Asqarovning   e’tiroficha,   mazkur   davrlar     odamlarning   ongida   ibtidoiy   diniy
qarashlarning ayrim ko‘rinishlari, ya’ni zoolatrik diniy qarashlarga e’tiqod saqlanib
qolgan bo‘lib, ma’lum  vaqt   o‘tgach,  dehqon  jamoalari  hayotida  olov, yer, suv  va
havo eng zaruriy hayot manbai ekanligini tushunib yetgach, zoolatrik xarakterdagi
hayvonlar     faqat   tumorlarda,   muhrlarda   saqlanib   qoladi.   Ularning   hayotida
tabiatning to‘rt unsurini e’zozlash birinchi darajaga ko‘tariladi. Bu to‘rt unsur esa
zardushtiylik  dinining  muhim  ustunlari,  asosiy  belgisidir.  To‘rt   unsurning  uchtasi
(olov,   yer,   suv)   Jarqo‘ton   ibodatxonasida   o‘z   aksini   topgan.   Aholi   yashash
manzilidan   chetda   shahar   qabristonining   vujudga   kelishi   zardushtiylikdagi
98
Виноградова Н.М., Ранов В.А., Филимонова Т.Г. Памятники Кангурттута в Юго-Западном Таджикистане 
(эпоха неолита и бронзового века).-М.,ИВ РАН,2008.22-42-бб.
83 tabiatning   to‘rtinchi   ustuni-   musaffo   havoning   muqaddaslashtirish   rasmiy   tus
olganligidan dalolat beradi.
Mutaxassislarning  ta`kidlashishlaricha, O‘rta Osiyo hududlarida eneolit va  bronza
davrining qadimgi ko‘chmanchi chorvador  va o‘troq dehqon jamoalari madaniyati
o‘ziga xos rivojlanish yo‘nalishiga ega bo‘lgan. Xususan, Janubning o‘troq dehqon
jamoalari   madaniyati   kelib   chiqish   tarixiy   ildizlariga   ko‘ra,   Qadimgi   Sharq
mintaqalari bilan etnomadaniy bog‘liq bo‘lib, bu hududda urbanistik jarayonlar va
ilk   davlatchilik   bronza   davriga   borib   taqaladi   va   yuksak   darajada   rivojlangan
moddiy   madaniyat   xarakteriga   ega.   Me’morchilikda   moddiy   madaniyat
monumental   xarakter   kasb   etadi.   Hunarmandchilikda   (kulolchilikda)   texnikaviy
kashfiyotlardan   (ikki   yarusli   xumdonlarning   kashf   etilishi,   kulolchilikda   charx
yordamida   idish   yasash)   keng   foydalanish   rivojlangan   bo‘lib,   hunarmandchilik
mahsulotlari tovar xarakterini oladi.   Aynan shu davrda yerga va chorvaga egalik
qilishlikning xususiy shakli paydo bo‘ladi. Yerga xususiy egalik qilish monogamik
juft   oilaning   katta   patriarxal   oilaga   o‘sib   chiqishidan   boshlanadi.   Aynan   shu
sharoitda jamoa mulkchiligining ijtimoiy xarakteri buzilib, uning  o‘rnini patriarxal
xususiy   mulkchilik   egallaydi.   Yerga   va   chorvaga   xususiy   egalik   qilishlikning
paydo bo‘lishi dastlabki davlat  uyoshmalarining kelib chiqishiga olib keladi. 
Xullas,   yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlar   asosida   kishilik   tarixi   ibtidoiy   davri
jamoalariing   moddiy   madaniyatini   o‘rganishda   aholi   turar-joylari   tarixiy   sifatida
ekanligi   masalasi   yanada   ravshanlashadi.   Bunda,   ibtidoiy   odamlarni   yashash
turmush   tarzi,   mashg‘ulotlari,   ularni   o‘rab   turgan   tabiati,   landshafti,   ekologik
muhiti, iqlimiy sharoiti, odam va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalalari naqadar
muhim ahamiyat kasb etganligi tadqiqotlarda aniqlangan.
Mazkur   dissertatsion   tadqiqotimizning   yakuniy   xulosalari   sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
84 1.   O‘rta   Osiyo   miqyosida   ibtidoiy   davr   yodgorliklari   o‘rganilishi   tarixi,   undagi
tadqiqot   muammolari   va   istiqboli   borasida   qo‘lga   kiritilgan   ma lumotlar   manbaʼ
sifatida yaxlit bir tizimga keltirildi.
2. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari  tarixiy davr
rivoji   ketma-ketligi   bosqichlari   doirasida   yoritildi   bunda   arxeologik   qazishma
ishlarida qo‘lga  kiritilgan arxeologik ashyolar  moddiy madaniyat  borasida manba
ekanligi dalillandi.
3.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   davr   jamoalari   turar-joylari   borasida   qazilmalarda   qo‘lga
kiritilgan manba, ma lumotlar, shu davr taraqqiyoti ketma-ketligini tashkil etuvchi	
ʼ
bosqichlar   asosida   tizimlashtirldi,   tadqiqot   muammosi   va   istiqboli   masalalari
aniqlashtirildi. 
4.   O‘rta   Osiyo   tosh   asri   jamoalari   turar-joylarining   avtoxtonlik   masalasiga
aniqliklar kiritildi va bular arxeologik topilmalar, manbalar bilan ilmiy asosladi. 
5. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri aholi turar-joylarining evolyutsiyasi ko‘rsatib berildi.
6.   O‘rta   Osiyo   ibtidoiy   jamoalari   turar-joylarini   ifodalovchi   qazilmalarda   qo‘lga
kiritilgan   arxeologik   ashyolar   ajdodlarimizning   o‘tmish,   boy   madaniy   merosini
o‘rganishimizda birlamchi tarixiy manba ekanligi masalalari dalillandi.
85 FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI
Аскаров А.А.  Древнеземледелческая култура эпохи бронзы юга Узбекистана.
Ташкент, 1977.
Аскаров А.А.  Сапаллитепа. Ташкент: изд. Фан, 1972 .
Аскаров А.А., Абдуллаев Б.  Джаркутан. Ташкент, 1983.
Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Авт.реф.   на   соискание   уч.степени
д.и.н. – Нукус, 1996 . С.3-42.  
Бижанов   Е.Б.   Каменный   век   Устюрта.   Автореферат   дисс.   на   соиск.   уч.
степени   д.и.н.   Ташкент.   1996.   Виноградов   А.В.     Древние   охотники     и
рыболовы  среднеазиатского  междуречья.  ТХАЭ, вып. 13. М.: 1981.
Бижанов. Е. Б.  Мезолитические и неолитические  памятники юго- западного
Устюрта. Археология  Приаралья. Вып. 1.-Ташкент. 1982.
Вайнберг   Б.И.   Памятники   Куюсайской   культуры.   В   кн:   Кочевники   на
границах    Хорезма. ТХЭ, 1979,.
Виноградов А. В. О локальных вариантах неолитической культуры 
Кызылкумов.- КСИА, 1970, вып. 122. 
Виноградов   А.В.   Неолитические   памятники   Хорезма   -   МЭХ,   вып.8.   –   М.:
Наука, 1968 ;
Виноградов А.В., Мамедов Э.Д. Первобытний Лявлякан. М., Наука, 1975.
Гулямов   Я.Г.,   Исламов   У.,   Аскаров   А.   Первобытная   культура   и
возникновение   орошаемого   земледелия   в   низовьях   Зарафшана.   –   Ташкент:
Фан, 1966 ;
Джуракулов М.Д. Мамедов Э.Д.  Работы   в низовьях   Зарафшана – АО 1984.
1986 .
Джуракулов М.Д. Холматов Н.У.   Мезолит и неолит   Среднего   Зарафшана-
Ташкент: Изд-во « Фан». 1991.
86 Джуракулов   М.Д.,   Мамедов   Э.   Геология   археологических   памятников
Зарафшана. Учебное пособие. – Самарканд, 1986. 138  с . ;  
Джуракулов   М.Д.,   Мамедов   Э.,   Зуева   О.В.,   Трафимов   Г.Н.,   Холматов   Н.У.
Полевая практика в горах Каратюбе Учебное пособие. – Самарканд, 1992.  
Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Мезолит   и   неолит   Среднего   Зарафшона.
Фан, Ташкент, 1991. 
Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Самарқанд     Университети
тадқиқотларидан.   Ўзбекистон     археологик   тадқиқотлари,   2000,-   Самарқанд,
2001.  
Джуракулов   М.Ж.,   Холматов   Н.У.   Тепакул   4   неолит   манзилгоҳи   (Ўрта
Зарафшон   воҳаси)   //   Тарих   ва   истиқлол.   Илмий   мақолалар   тўплами.
Самарқанд, 2000.
Джурақулов   М.Ж.   Холматов   Н.У.   Самарқанд   Давлат   Университети
тадқиқотларидан   //   Ўзбекистонда   археологик   тадқиқотлар   2003.   Тошкент.
2004.
Заднепровский   Ю.А.   Древнеземледельческая   култура   Ферганы   //   МИА,   №
118. Москва-Ленинград . 
Заднепровский   Ю.А.   Неолит   Центральной   Ферганы.   КСИА.   вып.106,   М.,
1966. 
Заднепровский   Ю.А.   Чустская   култьура   Ферганы   и   памятники
раннежелезного века Средней Азии. Автореф. д.и.н. Москва, 1978 , С.57.
Заднепровский   Ю.А.   Чустская   культура   в   Ферганской   долине   //   Средняя
Азия в епоху камня и бронзы. Москва- Ленинград, 1966 .
Исаков А.И.  Саразм. Душанбе, 1991 .
Исламов У. И.   Мезолит Средней Азии. Автореф. дисс.на соиск. уч. степени
д-ра.ист.наук-Новосибирск.   1977.Исламов   У.И.   Обиширская   культура   –
Ташкент: «Фан». 1980.
87 Исламов У. И.   Мезолит Средней Азии. Автореф. дисс.на соиск. уч. степени
д-ра.ист.наук-Новосибирск.   1977.Исламов   У.И.   Обиширская   культура   –
Ташкент: «Фан». 1980.
Исламов У. И. Пещера Мачай. Ташкент, Фан, 1975.Исламов У, И, Тимофеев
В,И. Культура каменного века Центральной Ферганы. Ташкент,Фан, 1986.
Исламов У.И. Древнейшая пещерная палеолитическая стоянка Сельунгур 
Ферганской долине. - СА, 1990, №2.  С. 115-126 .  
Исламов У.И. Обиширская культура. Ташкент, Фан, 1980.
Итина М.А.  История степных племен Южного Приараля  III  — начала  II  тыс.
до н.э. Москва, 1977 , С.267.
Касымов   М.Р.     Кремневая     мастерская     близ   кишлака     Иджант-   Ташкент:
«Фан». 1961.     
Касымов М.Р.   Кремнеобрабатывающие мастерские каменного века Средней
Азии: Автореф.дисс.на соиск. уч. степени канд.ист.наук. Л.: 1962.
Мамедов     Э.Д.   Изменение   климата   среднеазиатскых   пустын   в   голоцене.
Колебания увлажненности Арало-Каспийского региона в голоцене. М.: 1980.
Манделштам А.Н.  Памятники эпохи бронзы в Южном Таджикистане // МИА,
№ 145. Москва-Ленинград, 1968 . 
Марков Г.Е. Грот Дам-Дам-Чашма-2 в Восточном Прикаспии. СА, 1966,№ 2, 
Марков   Г.Е.   Памятники   первобытности   в   Восточном   Прикаспии-Грот   Дам-
Дам-Чашме 1. Вестник МГУ, сер.8,История,1981
Масимов И.С.  Изучение памятников эпохи бронзы низовев Мургаба // СА, №
1. Москва, 1979 .
Массон В.М.  Алтын-депе // Труды ЮТАКЕ, т. 18. Ленинград, 1981 .
Массон В.М. Джейтунская культура. ЮТАКЭ, т.10, Ашхабад, Ылым, 1961; 
Поселение Джейтун (проблемы становления производящей экономики). 
МИА, № 180, 1971.
88 Массон   В.М.   К   вопросу   о   мезолите   Передней   Азии.   У   истоков   древней
культур. МИА, 1966,№ 3.
Массон В.М. Южнотуркменистанский центр раннеземледельческих культур.-
Труды ЮТАКЭ, 1960, т. 10; 
Массон В.М.Земледельческий неолит юго-запада Средней Азии.  //  Средняя 
Азия в эпоху камня и бронзы. Л.: Наука, 1966; 
Массон В.М.Поселение Джейтун (проблема становления производящей 
экономики). – МИА, №180. – Л.: Наука, 
Матюшин   Г.Н.   Мезолит   Южного   Урала.   М.:   1976.Матюшин   Г.Н.   О   южных
связях мезолита Урала. В сб. Археология и этнография Башкирии. Т.2. Уфа,
1964.
Окладников     А.П.   Пещера   Джебел   -   памятник   древней     культуры
прикаспийских  племен  Туркмении. -  ТЮТАКЭ. Т.7. 1956.
Окладников   А.В.   Древнейшие   археологические   памятники   Красноводского
полуострова. ТЮТАКЭ, т.11.Ашхабад,1953.
Окладников А.П.  Палеолит и мезолит Средней Азии.  В кн.: Средняя Азия в
эпоху камня  и бронзы. М.,Л. 1966. 
Окладников   А.П.   Исследования   памятников   каменного   века   Таджикистана.
МИА, № 66, 1958 .
Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.
Материалы 11  совещания археологов и этнографов  Средней Азии. М.: 1959.
Окладников   А.П.   Каменный   век       Таджикистана.     Итоги   и   проблемы.
Материалы 11  совещания археологов и этнографов  Средней Азии. М.: 1959. 
Пянкова   Л.Т.   Бронзовый   век   Южного   Таджикистана   //   Известия   АН   Тадж.
ССР, № 4. Душанбе, 1986 .
Ранов   В.А.   Изучение   памятников   каменного   века   на   Восточном   Памире   в
1958 г. Труды АН Таджикистана, т.17, 1961.
89 Ранов   В.А.   Шугноу-многослойная   палеолитическая   стоянка   в   верховьях   р.
Яхсу.- АРТ,вып.10, 1973.
Ранов   В.А.   Шугноу-многослойная   палеолитическая   стоянка   в   верховьях   р.
Яхсу.-   АРТ,вып.10,   1973.Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное
поселение гиссарской культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.
Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное   поселение   гиссарской
культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971. 
Ранов   В.А.,   Коробкова   Г.Ф.   Туткаул   многослойное   поселение   гиссарской
культуры в Южном Таджикистане.- СА,№ 2,1971.
Ранов В.А. Неолит (гиссарская  культура). История Таджикского народа. Том
1. – Душанбе, 1998.  С. 105-123.
Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948. 
Толстов С.П. Древний Хорезм. М.: 1948.
Толстов С.П.  По следам древнехорезмийской цивилизации. Москва, 1948 .
Хлопин И.Н.  Энеолит Юго-Западного Туркменистана. Санкт-Петербург, 
1997 .  
Холматов Н.У. К хронологии келтаминарских материалов староречий 
Зарафшана. ИМКУ, Вып. 3 4, Самарканд, 2004.  С.17-25.
Холматов Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. Ташкент, Фан, 2007. 
Холматов   Н.У.   Мезолит   низовьев   Зарафшана.   ИМКУ,   30.   2000.   Холматов
Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. Ташкент, Фан, 2007.
Холматов   Н.У.   Мезолит   низовьев   Зарафшана.   ИМКУ,   30.   2000.   Холматов
Н.У. Мезолит и неолит Нижнего Зарафшана. Ташкент, Фан, 2007.
Холматов Н.У. Новые неолитические памятники на староречьях Зеравшана.
//  Новые открытия в Приаралье, вып. 1, М. ,  1991.  С.4-32; 
Холматов   Н.Ў.   Очил   ғор   макони   тадқиқотлари.   //   Ўзбекистонда   археологик
тадқиқотлар-2004-2005, Тошкент, 2006.  220-225-бетлар.
90 Холматов   Н.Ў.   Очил   ғор   макони   тадқиқотлари.   Ўзбекистонда   археологик
тадқиқотлар 2004-2005 йиллар, 5-сон, «Фан», Тошкент, 2006.
Холматов   Н.Ў.   Ўзбекистон   неолит   даври   жамоалари   моддий   маданияти.
Тошкент, Фан, 2008.
Холматов   Н.У.   Ўрта   Зарафшон   неолит   даври   моддий   маданиятининг   баъзи
хусусиятлари (Тепақул4 макони асосида). // СамДУ ахборотномаси 2004, №4.
31-34-бетлар.
Худойбердиев Р.А. Гречкина Т.Ю. Замича-тош – Новый памятник каменного
века.   Палеоэкология   и   проблемы   первобытной   археологии   Центральной
Азии. ТДК, Самарканд, 1992.
91 Ilova (xarita va rasmlar)
92 93 Sopollitepa manzilgohi
Obirahmat g‘or makoni
94 Obirahmat g‘or makoni
95 Omonqo‘ton g‘or makon
96 Teshiktosh makoni
Teshiktosh makoni 
97 Zirabuloq makoni 
Qorakamar g‘or makoni 
98 Sazag‘on madaniyati 
99 Tepaqul 4 makoni
100

O‘rta Osiyo ibtidoiy davri turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli Mundarija Kirish … ……………………………………………………………………….4-20 I Bob. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri jamoalari moddiy madaniyati va u ning o‘rganilishi tarixi 1.1. O‘rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi ..………………………………………………………21-30 1.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi . … ……………………………………………………………..….31-38 1.3. O‘rta Osiyo eneolit va jez davri jamoalari moddiy madaniyati va uning o‘rganilishi tarixi .. … ……………………………………………..…….38-49 II Bob. O‘rta Osiyo tosh davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli 2.1. O‘rta Osiyo paleolit va mezolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli.……………......................................………………. 50 - 54 2.2. O‘rta Osiyo neolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli.……………..................................................................……………… 55 - 62 III B ob. O‘rta Osiyo eneolit va jez davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli 3.1 O‘rta Osiyo eneolit davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli .………………………………………………………………………..63-69 3.2 O‘rta Osiyo jez davri jamoalarining turar-joylari: tadqiqot muammolari va istiqboli .………………………..………………………………………………70-78 Xulosa…………………………………………………………………………79-83 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.………………………………...………84-89 Ilova: Xaritalar. Rasmlar.

KIRISH Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Kishilik tarixi taraqqiyoti ilk bosqichlarini tosh asri o‘z ichiga oladi (3-2 mln- mil avv. IV yilliklar). Bu davr tosh qurollarning yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullari, tosh industriyasining o‘ziga xoslik jihatlari, mehnat qurollarining turmushda bajargan funsiyalari asosida o‘z taraqqiyoti bosqichlari ketma-ketligiga ega, ya’ni bular paleolit (3-2 mln- 12 ming yilliklar), mezolit ( 12-7 ming yilliklar) va neolit (6-4 ming yilliklar)tarixiy davrlardan iborat. Tosh asrining har bir tarixiy davrida o‘ziga xos ijtimoiy tuzumi, odamlar turmush tarzi, kundalik va xo‘jalik mashg‘ulotlari, mehnat qurollari bo‘lgan, shuningdek, ularda madaniy va iqtisodiy ixtiro va kashfiyotlari ro‘y bergan. Odamzod ilk jamiyatida ular hali tabiatga to‘la qaramliligi bilan xarakterlanadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi mazmunan o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu aloqadorlik tarixiy davrlarda o‘ziga xoslikni tashkil etib, ularning har birida inson tomonidan yaratilgan ixtiro va kashfiyotlar, ya’ni o‘z davri uchun innovatsiyalar bilan xarakterlanadi. Masalan, tosh qurollarining odamzod tomonidan kashf etilishining o‘zi o‘z davri uchun buyuk innovatsion faoliyat edi. Sun’iy olovning kashf etilishi esa, so‘zsiz, insonlar turmushida, o‘zining biologik jihatdan takomillashuvida (pishgan ovqatlarni tanovul qilishi), uning jamiyatida muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Turar-joylarni qura boshlagani ham o‘z davri uchun muhim innovatsiyalar bo‘lib, endi odamzod tabiatga qaramlikdan qutiladi va asta-sekinlik bilan muqim yashash turmush tarziga o‘tishiga imkon beradi Magistrlik dissertatsiya uchun tanlagan mavzumiz O‘rta Osiyo miqyosida tosh asri taraqqiyoti bosqichlarida odamzod tomonidan yaratilgan turar-joylar va ularning ijtimoiy ahamiyati masalalariga bag‘ishlangan. Mavzuning asoslanishi o‘tmish tariximizni yoritishda birlamchi manba sifatida kasb etiluvchi turar-joylar tadqiqoti natijalariga tayaniladi. Bu mavzuni biz be’jizga tanlamaganmiz. Sababi, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, so‘nggi paleolit davridan e’tiboran turar-joylar qurila boshlagan va shu hududiy chegara bilan bog‘liq holda yashovchi etnik birikmalar shakllana borganligi haqida ma’lumotlar bor. O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida 2

ibtidoiy davr jamoalari turar-joylarini biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyo miqyosida paleolit davri, xususan Zarafshon, Farg‘ona, Surxon va Toshkent vohasi paleolit davri jamoalarining madaniyati, mezolit davriga oid Obishir (Farg‘ona vohasida), Vaxsh (Tojikiston hududida), Aydabol (Ustyurt palotasida) kabi madaniyatlar, neolit davriga oid Joyitun (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor (Amudaryo va Zarafshon daryosi Quyi oqimlari, Qizilqumda) Hisor (Tojikiston sarhadlarida), Markaziy Farg‘ona (Farg‘ona vodiysida), Sazog‘on (O‘rta Zarafshon vohasida) Ustyurt neolit madaniyati, O‘zbekisto va Turkmaniston, Tojikiston janubiy sarhadlarida Sopolli, Namozgoh va Vaxsh jez davri kabi ibtidoiy davr jamoalariga tegishli madaniyatlar mavjud va tadqiq etilgan. Ushbu madaniyatlarda tadqiq etilgan turar-joylar natijalari ishda yoritiladi. O‘rta Osiyo sarhadlari miqyosida ibtidoiy davr jamoalari turar-joylarini biz o‘z ishimizda yoritib, eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan manba, ma’lumotlar asosida ilmiy asoslab berishimiz lozim. Bunda madaniyatlar shakllanishi avtoxton xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, kishilik tarixi ibtidoiy davri jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini o‘rganishda turar-joylarning ijtimoiy ahamiyati masalasi dolzarbdir. Sababi, dastlabki turar-joylar, garchi primitiv holatda bo‘lsada (yerto‘la va yarim yerto‘la ko‘rinishida), lekin bu turar-joylar asosida aholi muqim yashaydigan qishloqlar yuzaga kelgan, obod qishloqlar asosida daryo vohalarida shaharsozlik madaniyati va dastlabki davlat uyushmalarining shakllari paydo bo‘lganki, bu so‘zsiz qadimgi sivilizatsiyalar shakllanishiga asos bergan. Shu jihatdan mavzumiz dolzarbligi ham belgilanadi. Bu esa ayni kunda, Mustaqil Respublikamizda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni o‘rganish va u bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishdek ustvor masalaning yechimida o‘ziga ahamiyat kasb etishi bilan ham mavzumiz dolzarbdir. Magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda xalqimizning 3

o‘tmish tarixi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy merosni chuqur o‘rganish va uni jahon hamjamiyatiga taqdim etish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yil yozida Respublikamizning taniqli tarixchi, arxeolog olimlari bilan uchrashganida haqqoniy tariximiz faqat birlamchi manbalar asosida yaratilishini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan bizning magistrlik dissertatsiyamiz uchun tanlagan mavzumiz dolzarbligi belgilanadi. Sababi, dissertatsion tadqiqotimiz manbaviy asosi faqat birlamchi manbalarga asoslanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan asos solingan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan taraqqiyotimizning “o‘zbek modeli”ni dunyo hamjamiyati tan oldi. 2016 yil 4 dekabrda yangi saylangan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida taraqqiyot yo‘limiz borasida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “Biz muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiramiz. Bu yo‘l – erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir" 1 .   Shuningdek, madaniy merosimizni tadqiq etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. Konstitutsiyamizning 49-moddasida fuqoralar O‘zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab qo‘yildi. 2001 yilda « Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida » , 2009 yil 16-iyunda « Arxeologiya merosi 1 «Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз” Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи . // Халқ сўзи, 2016 йил, 15 декабрь . 4

obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida » gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 17 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologik meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi F-5181-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi 21 sentabr 2019 yil 792-sonli qarori shular jumlasidandir. Madaniy meros obyektlaridan foydalanish borasidagi farmoyishlarning ijrosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviyat va tarix, arxeologiya yo‘nalishlaridagi darsni o‘quv yili davomida muzeylar, madaniy meros obyektlarida tizimli olib borilishini ta’minlashning qo‘shma chora-tadbirlari rejasining (2019 yil 7 dekabr,№ 87-03- 4783) ishlab chiqilganligi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dasturi amal bo‘ldi. Bizning mazkur dissertatsiyamizning mazmuni va uning yozilishi keyingi uch o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston hududida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar, zamonaviy yondoshuvlar asosida katta hajmdagi arxeologik manbalar tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalarga tayanilgani bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, Respublikamiz mustaqilligi yillarida tosh asri yodgorliklari tadqiqotida jahonning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi, xalqaro arxeologik qo‘shma ekspeditsiyalar (O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Polsha, O‘zbekiston-Fransiya, O‘zbekiston-Xitoy kabi) faoliyat ko‘rsatdi, zamonaviy metodikalar qo‘llanildi, taniqli xorij mutaxassislari ishtirok etishdi. Mavzuning o‘rganilganligi darajasi : O‘rta Osiyo tosh asri so‘nggi paleolit davri jamoalari turmushida turar-joylar qurilganligi haqida ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Bu manba va ma’lumotlar Samarqand so‘nggi paleolit makoni qazishmalariga taalluqli hisoblanadi. Mezolit davriga oid turar-joylar Tojikistonning Say-Sayyod, Tutqovul yodgorliklarida o‘rganilgan. Ko‘p sonli turar-joy ma’lumotlari neolit davri yodgorliklari qazilmalarida qo‘lga kiritilgan. 5