OLACHIPOR KARRAK (SILYBUM MARIANUM (L.) GAERTN) NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
OLACHIPOR KA RR AK ( SILYBUM MARIANUM (L.) GAERTN) NING BA’ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH ...........................................…………………………………........….... ...... 1 . BOB. OLACHIPOR KARRAK ( SILYBUM MARIANUM (L.) GAERTN) NING O’RGANILISH TARIXI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI 1.1. Olachipor karrakning o’rganilish tarixi............................................................... 1.2. Olachipor karrakning kimyoviy tarkibi va yetishtirish texnologiyasi................. 2 . BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI 2.1. Tadqiqot sharoitlari............................................................................................... 2.2. Tadqiqot obyektlari............................................................................................... 2.3. Tadqiqot uslublari................................................................................................. 3 . BOB. OLACHIPOR KA RR AK ( SILYBUM MARIANUM (L.) GAERTN) NING ONTOGENEZI, GULLASH BIOLOGIYASI VA URUG’ MAHSULDORLIGI 3.1. Olachipor ka rr ak ning urug`i ni dala sharoitida unishi... ....................................... .. 3.2. Olachipor ka rr ak ning ontogenezi……………… ……………………………….. 3.3. Olachipor ka rr ak ning fenologik xususiyatlari............. ......................................... . 3.4. Olachipor ka rr ak ning gullash biologiyasi.................... .......................................... 3.4.1. Chang donalarining morfologiyasi, hayotchanligi va changlanishi....... ............. 3.5. Olachipor ka rr ak ning potensial va real urug’ mahsuldorligi……........ ……....... .. 1
XULOSALAR ……………………….........…………….…….……......... ............. TAVSIYALAR ………………..........................................…………............ ............. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ............................................. KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi . Dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish va ularni ko‘paytirish va dori-darmon ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyoni mahalliy sharoitda etkazib berish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o’z navbatida, oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlariga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda, shu bilan bir vaqtda, kishi organizmining barcha zarur moddalarga bo’lgan ehtiyojining to’liq ta’minlanishi ham faqat yetarli miqdorda oziqlanishga bog’liq bo’lmasdan, balki oziq-ovqatning xilma-xilligi ozuqabop o’simliklar hisobiga boyitishni ham taqozo etadi . Ana shunday o’simliklardan biri olachipor karrak ( Silybum marianum ) hisoblanadi. Olachipor karrak O’zbekiston uchun istiqbolli qimmatbaho o’simlik bo’lib, undan oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo sifatida muhim ahamiyatga egadir. Farmasevtik nuqtai nazardan olachipor karrakning dorvorlik xomashi uning to’la pishish davrida yig’ilgan mevalari hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham bu o’simlik dorivor ekin sifatida yetishtiriladi [55] . Olachipor karrakning kimyoviy tarkibi, ekish muddatlari va me’yorlari hamda hosildorligi va kimyoviy tarkibini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar V.A.Kurkin [39], N.V.Nikolaychenko [65, 66], G.S.Ananikyan [3], A.S.Chubarovalar [103], D.V.Rosixin [80], A.Sh.Ramazanovlar [75] tomonidan olib borilgan. Respublikamiz miqyosida S.marianum L. ning urug‘ va biomassa hosildorligiga mineral o‘g‘itlarning ta’sirini, ayrim bioekologik xususiyatlarini, urug‘larning unuvchanligi va o‘sish energiyasini ruderal 2
o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rni va tabiiy zahiralarini hamda anatomik tuzilishini, quruq ekstrakt ishlab chiqish texnologiyasini B.A.Nigmatullaev [62], U.K.Abduraximov [1] tadqiq qilganlar. Ammo adabiyotlardagi bu ma’lumotlar respublikamiz sharoitida ushbu istiqbolli dorivor va introdutsent o‘simlik – S. marianum ni keng miqyosda etishtirishga tavsiya berish imkonini bermaydi. Shu sababdan, respublikada, xususan Samarqand viloyati sharoitida olachipor karrakning o‘ziga xos biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda uning ontogenezini davr va bosqichlarini, fenologik xususiyatlarini, gullash biologiyasi va urug’ mahsuldorligini o’rganish dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqotlar olachipor karrak ( Silybum marianum (L.) Gaertn) larining biologik xususiyatlariga qaratilgan. Tadqiqot predmeti – Samarqand viloyati sharoitida introduksiya etilgan olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning fenologiyasi, morfologiyasi, antekologiyasini o’rganish. Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning ba’zi biologik xususiyatlarini o’rganish. Tadqiqot vazifalari quyidagilar : - o’simlik to’g’risida adabiy manbalar asosida ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish; - o’ simlikning sistematik h olati va tar q alishini o’rganish; - o’simlik urug’ining dala sharoitida unishi; - o’ simlikning ontogenezini o’rganish ; - o’ simlikning feno logik xususiyatlarini o’rganish ; - o’simlikning gullash biologiyasini o’rganish; - o’simlikning urug’ mahsuldorligini o’rganish. Ilmiy yangiligi: Olachipor karrak ( Silybum marianum ) ni dala sharoitida urug’ unuvchanligining biologik xususiyatlari aniqlanadi. O’simlikning ontogenezini davr va bosqichlari, gullash biologiyasi, to’pgullarining morfologiyasi, chang donachalarining hayotchanligi va morfologik tuzilishi 3
o’rganiladi. Gullarning sutkalik va mavsumiy gullash ritmi hamda potensial va real urug’ mahsuldorligi aniqlan a di. Tadqiqotning asosiy masalalari farazlari: Olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning morfologiyasi, gullash biologiyasi, fenologiyasi, urug’ mahsuldorligi va introduksiyasiga oid masalalar ko’rib chiqildi va biologik qonuniyatlar o’rganildi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Ilmiy adabiyotlarda to’liq bo’lmagan ma’lumotlar mavjud bo’lib, bu esa olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning to’liq tavsifini bermaydi. Introduksiya sharoitida olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning urug’ini dala sharoitida unishi, ontogenezining davr va bosqichlaridagi o’zgarishlar, gullash biologiyasi, sutkalik va mavsumiy gullash ritmi, urug’ mahsuldorligi potensial va real urug’ mahsuldorligi to’g’risidagi tadqiqotlar to’liq o’rganilmaganligi adabiyotlarda ko’rsatib o’tilgan. Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Ilmiy izlanishlarni bajarishda asosan, morfologiya, biologiya, ontogenez, antekologiya, fenologiya, introduksiya, biometrik va statistik metodlardan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ko’p tomonlama foydali bo’lgan o’simlik esa olachipor karrak ( Silybum marianum ) ning ba’zi biologik xususiyatlari o’rganildi. Tajriba natijalariga ko’ra sharoiti yangi bo’lgan o’simliklarni mintaqada introduksiyalashda qo’llanildi. Olachipor karrak ( Silybum marianum ) ni shu ma’lumotlar asosida uning urug’ining dala sharoitida unishi, fenologik xususiyatlari, ontogenezini va gullash biologiyasini o’rganish hamda sistematik holati va tarqalishini o’rganish mumkin bo’ladi. Ishning aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari quyidagi ilmiy konferensiyalarda va anjumanlarda muhokama qilindi. 2019-2022 yillar oralig’ida Samarqand davlat universiteti bakalavr talabalari va magistrantlarining ilmiy anjumanida; Zamonaviy biologik ta’limni rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi // Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Jizzax. 2022 yil anjumanlarida ma’ruzalar qilindi. 4
Maqolalar. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha quyidagi ishlar chop etilgan: 1. B.M. Doniyorova, Z.A. Rasulova, Sh.O. Ne’matov, M.U. Sherqulov . Silybum marianum (L.) Gaertn. ning ontogenezi. // Zamonaviy biologik ta’limni rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Jizzax. 2022. B. 65-67. 2. B.M. Doniyorova, Z.A. Rasulova, O.M. Umirzoqova, M.N. Xoliqova. Silybum marianum (L.) Gaertn. ning fenologik xususiyatlari. Zamonaviy biologik ta’limni rivojlantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi // mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Jizzax. 2022. 25-28 b. 3. B.M. Doniyorova, Z.B. Nomozova. Ontogenez Silybum marianum (L.) Gaertn. Международный научн ый журнал “Вестник науки”. Выпуск №5(50). Т.4. -Тольятти. 2022. - С. 243-247. Ish tuzilmasining tavsifi: M agistrlik dissertatsiya ishi 78 betdan iborat bo’lib, kirish, adabiyotlar sharhi va tahlili, asosiy qism (tadqiqot obyekti, uslublari va tadqiqot natijalari), xulosalar, tavsiyalar, adabiyotlar ro’yxatidan va jadval, rasmlarlan iborat. Dissertatsiya da 123 ta adabiyotlardan foydalanilgan bo’lib, shundan 10 tasi chet el adabiyotlaridan iborat. 5