QASHQADARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
QASHQADARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………….……. 4 I-BOB. QASHQADARYO VILOYATI YER RESURSLARI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MUAMMOLARI 7 1.1. Qashqadaryo viloyati yer- resurslaridan foydalanishda tabiiy- iqtisodiy omillarning roli ............................................................. 7 1.2 Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan foydalanish muammolari ................................................................................ 16 II-BOB. QASHQADARYO VILOYAT I YER RESURSLARINING HOZIRGI HOLATI VA YER SIFATIDAGI O`ZGARISHLAR…………………………………………….. 27 2.1. Viloyat yer fondi va uning taqsimlanishi … ............................... 27 2.2. Yer resurslarining sifat tavsifi va geo ekologik muammolari ................................................................................. 38 III-BOB. QASHQADARYO VILOYAT I YER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI ………………………………………………. 41 3.1. Yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ...................... 41 3.2. Viloyat yer resurslaridan samarali foydalanishning hududiy xususiyatlari……………………………………………………. 50 XULOSA ……………………………………………… ……… 69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................. 66 1
KIRISH O`zbekistonda yer resurslaridan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari, xususan, dehqonchilikning sug`orishga asoslanganligi, sug`oriladigan yerlarda dehqonchilik mahsulotlarining 90 foizdan ko`prog`ining ishlab chiqarilishi, suv resurslarining cheklanganligi, ekologik vaziyatning murakkabligi, respublikamiz demografik rivojlanishining o`ziga xosligi yer resurslaridan foydalanish samaradorligini muttasil oshirib borishni taqozo etadi. Ushbu masalada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek “Ayni paytda biz qishloq xo`jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko`rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o`z vaqtida bajarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish, selektsiya va urug`chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni tashkil etish va rag`batlantirish bilan bog`liq hali beri ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ham e`tirof etishimiz zarur” 1 . Mavzuning dolzarbligi. Yer resurslarining cheklanganligi va so`nggi yillarda tuproq unumdorligining pasayib borishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmasdan qolmaydi. Shu nuqtai nazardan, Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, unga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni tahlil qilish, yer resurslaridan foydalanish mexanizmini hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish katta ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ega va mazkur magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun ishda quyidagi vazifalar qo`yilgan: - yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda tabiiy- iqtisodiy 1 Ў збекистон Республикаси Президента И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ў збекистонни ижтимоий-иктисодий ривожлантиришнинг устивор йуналишларига багишланган Вазирлар Махкамасининг мажлисидаги маърузаси. “Халк сузи” рузномаси.... январ, 2012 й. 2
omillarning roliga baho berish; - ixtisoslashuv va mujassamlashuv jarayonlarining yerdan foydalanish samaradorligiga ta`sirini iqtisodiy jihatdan aniqlash va baholash; - iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida yerdan foydalanishning miqdor va sifat ko`rsatkichlarini tahlil qilish asosida undan foydalanishni yaxshilash bo`yicha takliflar ishlab chiqish; - Qashqadaryo viloyatining ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligi ekin maydonlarini joylashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qashqadryo viloyati yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda 1. Ixtisoslashuv va mujassamlashuv jarayonlarining yerdan foydalanish samaradorligiga ta`sirini iqtisodiy ji h atdan aniqlandi va baholandi, 2. Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida yerdan foydalanishning miqdor va sifat ko`rsatkichlarini ta h lil qilish asosida undan foydalanishni yaxshilash bo`yicha takliflar ishlab chiqildi, 3. Qashqadaryo viloyatining ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligi ekin maydonlarini joylashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, 4. Ushbu ma`lumotlar asosida tuzilgan xaritalar dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: tadqiqot oldiga qo`yilgan asosiy masalalar ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Dissertatasiya ishiga qo`yilgan bosh masala yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llarini ko`rsatib berishdan iborat. Dissertatsiya ishi oldiga qo`yilgan farazlar (g`oya) ning mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat. Qashqadaryo viloyatida aholining ko`payishi, sug`oriladigan yerlarning kengayishi natijasida sug`orish uchun noqulay bo`lgan joylarni o`zlashtirish, yerdan agrotexnik qoidalarga rioya qilmasdan fodalanish, ya`ni o`t-dalali almashlab ekishga rioya qilmaslik, kimyoviy preparatlarning ortiqcha ishlatilishi va inson xo`jalik faoliyati ta`sirlarida yer resurslari sifatida katta o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Yer resusrlaridagi o`zgarishlarni to`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish orqali 3
ko`rsatish va ularni inson faoliyati tufayli hozirgi holatga yetganligini ko`rsatib berish dissertatsiya ishiga qo`yilgan asosiy g`oya hisoblanadi. Tadqiqot mavzusining o` rganilganlik darajasi. Yer resurslaridan foydalanish samaradorligi, unga hududiy omillarning ta`siri hamda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari MDH olimlari - Blagovidov N.L., Boruk A.YA, Kovalenko N.YA., Marakulin P.P., Popov N.A., Rozov N.N., Semenov B.A., Sobolev S.S., Xaritonov N.S., SHmelev G.I. va boshqalar tomonidan o`rganilgan hamda mamlakatimiz olimlari — Abdu g` aniev A.A., Vaxobov A.V., Juraev A.M., Kayumov F.K., Xusanov R.X., U.P.Umurzakov, T.Farmonov, N.Xushmatov, A.Sultanov, B.Sultanov va bosh q alarning ilmiy tadqiqotlarida o` z aksini topgan. Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning mazkur mavzuni o`rganishga qo`shgan h issalarini e`tirof etgan holda shuni ta`kidlash lozim. Tadqiqotda qo`llanilgan usullar: Tadqiqotda geografik taqqoslash, tarixiy- geografik, kartografik, ekspeditsiya, tayanch-nuqtalar hamda yangi kompyuter dasturlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Nazariy ahamiyati shundaki, to`plangan ma`lumotlar tahlil qilingan ma`lumotlar asosida bir nechta yangi yer resusrlari xaritalar tuziladi. Bunday xaritalar Qashqadaryo viloyati yer resusrlaridan foydalanish uchun muhim bo`lib, ular Qashqadaryo viloyatining ekologik xaritalari uchun ilmiy asos bo`ladi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o`rganilgan ma`lumotlar, berilgan tahlil va tavsiyalar yer resurslaridan samarali foydalanishda ilmiy asos bo`ladi. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, o`rganilganlik darajasi asoslanib, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yoritilgan, shuningdek, izlanish natijalarini sinash to`g`risidagi ma`lumotlar o`rin olgan. 4
I BOB. QASHQADARYO VILOYATI YER RESURSLARI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan foydalanishda tabiiy- iqtisodiy omillarning roli Mamlakatimiz qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islo h otlar tizimida yer isloxotlari alohida ahamiyatga ega. Bu, eng avvalo, yer resurslarining agrar ishlab chiqarishda tutgan o`rni va roli bilan belgilanadi. Yer h ar qanday davlat milliy boyligining muhim manbasi va moddiy ne`matlar ishlab chiqarishning tabiiy asosi hisoblanib, jamiyat mavjudligining asosiy shartidir. Yer resurslaridan oqilona foydalanish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida alohida o` rin tutadi. Ishlab chiqarish sohalari nuqtai nazaridan yerning ahamiyati turlicha. Sanoatda u asosan korxona joylashuvi uchun makon vazifasini bajarsa, qishloq xo`jaligida yerning ahamiyati juda salmo q li. Yer qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun makongina bo`lib q olmay, balki bir paytning o` zida ham me h nat predmeti va vositasi, ham asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Insonlarning mehnat q urollari vositasida yerning yuqori qatlami, ya`ni tuproqka ishlov berish jarayoni yerni qishloq xo`jaligining mehnat predmeti sifatida gavdalantiradi. Tuproq q a ishlov berish jarayonida insonlar uning mexani k , tabiiy va kimyoviy xususiyatlaridan foydalanish or q ali unda eqilgan ekinlarning o` sishiga va rivojlanishiga kerakli shart- sharoitlarni ta`minlab beradilar. Bunda yer mehnat vositasi sifatida q atnashadi. Shundan kelib chiqqan holda yer qishloq xo`jaligida faol ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. U mehnat jarayonining zaruriy moddiy shart- sharoiti, ishlab chiqarishning eng muhim omili sifatida maydonga chi q adi. Yer qishloq xo`jaligida takror ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. U qishloq xo`jaligida alohida, yagona, original va almashtirib bo`lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. 5