logo

QIZILQUM CHO’L LANSHAFTLARINING TRANSFORMATSIYASIGA TASHLAMA IRIGATSION KO’LLARNING TA’SIRINI BAHOLASH. SHARQIY QIZILQUM MISOLIDA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61.2109375 KB
QIZILQUM CHO’L LANSHAFTLARINING
TRANSFORMATSIYASIGA TASHLAMA IRIGATSION
KO’LLARNING TA’SIRINI BAHOLASH. SHARQIY QIZILQUM
MISOLIDA.
MUNDARIJA
KIRISH.......................................................................................... 3
I  bob. QIZILQUM   CHO’LINING   VUJUDGA   KELISHI   TARIXI
…………………………………………………………………………
1.1. Qizilqum cho’li haqida malumot .......................................................
1.2. Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi  ............... .................................
1.3. Qizilqum   cho’li   lanshaftlarining   geologik   shakillanishi   va   unga   ta’sir
etuvchi omillar............................................................ ................................. ....
    II 
bob. AYDAR-ARNASOY KO’LLAR TIZIMINING LANSHAFTLAR
TRANSFORMATSIYASIGA TA’SIRINI TADQIQ 
QILISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI...........
2.1. Aydar-Arnasoy   ko’llar   tizimining   lanshaftlar   transformatsiyasiga
ta’sirini tadqiq qilish………………………………………………….
2.2. Lanshaftlar transformatsiyasini tadqiq etish prinsplari va metodlari….
2.3.
III bob.
3.1.
3.2.
XULOSA.............................. ......................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............ I BOB. QIZILQUM CHO’LINING VUJUDGA
KELISHI TARIXI.
1.1. QIZILQUM CHO’LI HAQIDA  MALUMOT.
Turon   tekisligidagi   O’rta   Osiyoning   katta   qismini   egallovchi   va   umumiy
maydoni 300 ming km kv ni tashkil etgan eng katta cho’llardan biri bo’lib,
Qizilqum cho’li O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega  muhim hududlardan biri xisoblanadi. Qizilqum cho’li
asosan, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida (O’zbekiston, Qozog’iston, qisman
Turkmaniston hududida)    joylashgan  bo’lib lekin tabiiy geografik okrugiga
Qizilqum   cho’lining     O’zbekiston   hududida   joylashgan   qismi   kiradi.
Qizilqum cho’li qadimdan tabiatshunolar va sayyoxlarning e’tiborini o’ziga
jalb   qilgan   hudud   hisoblanadi.Uning   hududi   shimol   va   shimoliy-sharqda
Sirdaryo   vodiysi   bilan,   sharq   va   janubiy-sharqda   Nurota   tog’lari   va
Zarafshon   vodiysi,   janubiy   g’arbda   Amudaryo   vodiysi   bilan,   g’arbda
Amudaryo   deltasi   va   shioliy-g’arbda   Orol   dengizi   bilan   chegaralangan.
CHo’lning   katta   qismi   tekislikdan   iborat.Qizilqum   cho’lining   o’rtacha
balandligi   300   metr   bo’lib,   janubiy-   sharqida   300-400   metr,   shimoliy-
g’arbida   70-100   metr,   Orol   dengizi   sohillarida   53   metrgacha   tushadi.
Qizilqum   cho’lining   eng   keng   joyi   shimoldan   janubga   qarab   Jusali-   Farob
meridianida 650km masofaga, g’arbdan sharqqa qarab Sulton Uvays tog’lari
va CHordara suv ombori kengligida 600km masofaga cho’zilgan. Cho’lning
katta qismi mamuriy jihatdan O’zbekiston Respublikasining Navoiy, Buxoro
va   Xorazm   viloyatlariga   va   Qoraqalpog’iston   respublikasiga,   qolgan
shimoliy-sharqiy qismi Qozog’ston Respublikasiga qaraydi. Dengiz sathidan
o’rtacha balandligi 200-300 metrni tashkil qiladi. Qizilqumning tekis relyef
shakli   va   cho’l   lanshaftlari   strukturasi   arid   botiq   lanshaftlari   kuchli
yemirilgan   pasttog’   va   tog’oldi   prolyuvial   tekislik   lanshaftlari   bilan   ancha
murakkablashgan   Qoraqum   cho’l   lanshaftlaridan   keskin   farq   qiladi.
Qizilqumning katta maydonini egallab yotgan qumli va sho’rxok lanshaftlari
orasida uncha baland bo’lmagan va bir- biridan ajralib turgan paleozoy past
tog’lari qad ko’tarib turadi. Tog’larning mutloq balandligi 473 metrdan 922
metr   gacha   boradi.   Past   tog’larning   asosiy   qismi   Qizilqum   cho’lining
markaziy qismida joylashgan bo’lib bularga: Tomditog’-922 m, Quljuqtog’-
785   m,   Bo’kantog’-764m,   Aristontog’-698   m,   Ovminzatog’-   695   m,
Yetimtog’-565   m,   Qozoqtog’-613   m,   va   boshqalar   shular   jumlasidan.
Faqatgina Sulto Uvays tog’i-473 m bo’lib Quyi Amudaryoning o’ng sohilida joylashgan.   Mazkur   tog’lar   paleozoy   erasida   burmalangan   bo’lib,   ular
keyinchalik yakka yakka pasttog’ massivlariga o’xshab qolgan.
Qizilqum cho’lida pasttog’, tog’oldi tekslik va qum massivlarini bir-biridan
ajratib   turuvchi       berk   botiq   lanshaftlar   ham   keng   tarqalgan.   Bular   orasida
eng   yiriklari   Mingbuloq,   Oyoqog’dirma,   Qoraxotin,   Mullali   botiqlaridir.
Shulardan   Mingbuloq   botig’ining   yuzasidengiz   sathidan   -12m   pastda
joylashgan.     Qizilqum   cho’lining   geografik   o’rni   Yevrosiyo   materigi
doirasida   39   va   46   gradus   shimoliy   kengliklar   oralig’iga   to’g’ri   keladi.
Uning   murakkab   relyef   shakliga   ega   bo’lgan   hududi,   materik   ichkarisida
dengiz   va   okeanlardan   uzoqda   joylashganligi   arid   iqlimli   tipik   cho’l
geotizimlarini   vujudga   kelishiga,   shakllanishiga   va   dinamik   rivojlanishiga
bevosita   qulay   imkoniyat   yaratgan.   Maslan,   aynana   shu   kengliklarning
o’zida   Atlantika   okeanidan   keladigan   nam   va   iliq   havo   massalari   ta’sirida
G’arbiy   Yevropada   emanzorlardan   tarkib   tipgan   keng   bargli   o’rmonlar
vujudga   kelgan.   Shu   bilan   birga   SHarqiy   Osiyoda   ham   shu   kengliklar
oralig’idagi Tinch okeaniga yondosh bo’lgan joylarda musson iqlim tufayli
eman-bukzorlardan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar yaxshi rivojlangan.
        Binobarin,   Qizilqum   cho’lining   va   uning   tarkibiy   qismlarini   tashkil
etuvchi   arid   geotizimlarning   makon   va   zamonda   paydo   bo’lishida,   tadrijiy
shakllanishida   va   dinamik   rivojlanishida   birinchi   navbatda   tadqiq
etilayotgan   rayonning   geografik   joylashishini   va   uni   o’rab   turgan   tabiiy
geografik   muxitning   muhim   ahamiyat   kasb   etishi   isbot   talab   qilmaydigan
aksiomadir. 
       Qizilqum cho’lining tabiati, tabiiy resurslarga boyligi, aholi zichligining
nixoyatda   pastligi   inson   xo’jaligi   faoliyatining     ta’sirida   daryo   vodiylari,
tog’oldi   tekisliklari   va   tog’oralig’i,   botiqlariga   nisbatan   nihoyatda   kam
o’rganilganligi   qadimdan   tabiatshunos   olim   va   sayyohlarning     e’tiborini
o’ziga   jalb   etgan.   Uning   tabiiy   sharoiti   va   resurslari   to’g’risidagi   hozirgi
tasavvurlarimiz   bir   necha   avlod   tadqiqotchi   geograflarning   mashaqqatli
xizmatlari evaziga vujudga kelgan, shakllangan takomillashgan.
       1.2 Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi.
       O’rta Osiyo cho’llari haqida ilk bor malumotlar Kichik Osiyo va Pontga
sayoxat   qilgan   qadimgi   yunon   tarixchisi   Gerodot   asarlarida   uchraydi.   U
o’zining   asarida   O’rta   Osiyo   cho’llarining   relyefining   tekisligi,   iqlimining
kontinentalligi to’g’risida so’z yuritgan. Arrian Qizilqumning janubi-sharqiy
qismidan   oqib   o’tuvchi   Zarafshon   daryosiga   tariff   berar   ekan,   uni   sersuv
bo’lishiga   qaramasdan   qumlar   orasiga   singib   ketadi,   deb   yozadi.   Kladviy
Ptolomeyning   “Geografiyadan qo’llanma” asarida O’rta Osiyoning ko’plab
joylariga,   jumladan   Buxoro,   Samarqand,   SHosh,   Farob   va   Farg’ona   kabi
shaharlariga  muhim   geografik   malumotlar   bergan   (Raximbekov,   Dontsova,
1982).
              O’rta   Osiyo   va   Qizilqum   cho’li   to’g’risidagi   tabiiy-geografik
bilimlarning shakllanib va rivojlanib borishida o’rta asrda yashab ijod qilgan
Arab va Eronlik geograf-sayyohlarning   xizmatlari katta bo’lgan. Jumladan
Abulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Xurdodbek   o’zining   “Masofalar
va mamlakatlar haqida kitob” ( “Kitobi ul masolik va-l-mamolik” ) asarida
O’rta Osiyoning tabiati, cho’llari, yirik daryolari, havosi to’g’risida malumot
bergan. Ibn Rustaning “ Qimmatbaxo durlar haqida kitob” ( “Kitobul ul-aloq
in-nafisa”) nomli ensiklopedik asarining geografiyaga oid yettinchi qismida
Qizilqumga   tutash   bo’lgan   Quyi   Amudaryo   vohasi,   daryoning   deltasidagi
o’tloq,   botqoq   joylar,   uning   ko’lga   quyilishi   va   Orol   sohillari   haqidagi
geografik   malumotlar     yozib   qoldirgan.     Abu   Isxoq   Istaxriy     “   Iqlimlar
kitobi”  ( Kitobul aqolim)  asarini yozin O’rta Osiyo kartasini tuzgan,  o’lka
tabiati to’g’risida umumiy malumotlar bergan Amudaryo va Sirdaryoni Orol
dengiziga   quyilishini   ko’rsatgan.     Shu   bilan   birga   u   Xorazm   vohasini
Jayxunning ( Amudaryoning ) butun foydasini  ola bilgan mamlakatdur deb
ta’riflagan.  
        Mashxur   sayyoh   va   geograf     Ibn  Batuta   Yaqin  Sharq,  Kichik,   O’rta   va
Markaziy Osiyo hamda Afrika mamlakatlari bo’ylab sayoxat qilib, to’plagan
materiallar   asosida   “   Turli   shahar   va   safarlardagi   ajoyibotlar     shohidi
bo’lganlar   tuhfasi”     (“   Tuhfat   un-nuzzor   fi   g’aroib   il-amsor     va   ajoyib   il-
asfor)     nomli   asarini   yaratgan.     Asarning   O’rta   Osiyo   geografiyasi   tarixi,
etnografiyasiga   doir   qismida   Ustyurt   platosi,   Quyi   Amudaryo,   Xorazm
vohasi,   Qizilqum   cho’li,     Zarafshon   vodiysi     tabiati   va   Urganch,   Buxoro,
Samarqand   shaharlari   hamda   u   yerdagi     noyob   tarixiy   obidalar     haqida
ko’plab  malumotlar bergan. 
O’rta   Osiyo   va   O’zbekiston   hududlari   tabiatiga   oid   ilmiy   jihatdan
asoslangan   dastlabki   geografik   malumotlar   IX-XII     asrlarda   yashab   ijod
etgan   va   bilim   saloxiyati   bilan   jahonga   mashxur   bo’lgan   qomuschi   olimlar tomonidan   yaratilgan   asarlardan   keng   o’rin   olgan.   Ayniqsa   o’sha   davrda
O’rta   Osiyoda   geografiya   fanining   ravnaq   topishiga   o’zlarining   ulkan
xissalarini   qo’shgan   mashxur   olimlar-   Muhammad   Ibn     Xorazmiy,   Ahmad
Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayxon Beruniy va
boshqalarning xizmati beqiyos katta bo’lgan. 
            O’rta   Osiyolik   qomuschi   allomalardan   Abu   Rayxon   Beruniy
Qizilqumning   va   Qoraqumning   tabiati,   paleogeografiyasi,   geologiyasi,
ularning     tarixiy   o’tmishdagi   dinamik   o’zgarishi,   rivojlanishi,   Amudaryo
o’zanini   o’tmishda     bir   necha   marta   o’zgarib   turganligi,   Turon
pasttekisligida,   xususan   Qizilqum   va   Qoraqum   hududlarida   suvlik   bilan
quruqlikni   almashtirib   turganligi   haqida   teran   fikr   yuritib   ,   ilmiy   xulosalar
qilgan.   Shu   bilan   birga   bunday   o’zgarishlar   endogen   va   ekzogen   kuchlar
tasirida   sodir   bo’lganligini   etirof   etgan.     Bu   esa   Abu   Rayxon   Beruniyning
O’rta   Osiyo   tabiiy   geografiyasi,   paleogeografiyasi,   dinamik   geologiyasi
to’g’risida   mukammal   ilmiy-   nazariy   bilimga   ega   bo’lganligidan   dalolat
beradi( Raximbekov, Dontsova 1982) 
           I.V. Mushketov 1874-1880 yillar davomida O’rta Osiyoning eng yirik
tog’   sistemalari     hisoblangan   Tyanshan   va   Pomir-Oloyda   geologik
glyatsiologik   tadqiqot   ishlarini   olib   borgan.   U   bu   tog’   sistemalarining
orografik   va   geologik   tuzilishini,   foydali   qazilmalarin,   tog’   muzliklarini
atroflicha   o’rgangan.     Shu   bilan   birga   I.   V.   Mushketov   1879-yilda   Turon
pasttekisligining   katta   hududini   egallab   yotgan   Qizilqum   cho’lida   ilmiy
qidiruv   ishlarini   amalga   oshirib,  uning     g’arbiy  qismini   shimoldan   janubga
qarab   kesib   o’tgan,   geologik   tuzulishi,   geomarfologiyasi   va   qazilma
boyliklari   to’g’risida     malumotlar   to’plagan.   1884-yilda   u   G.D.
Romanovskiy   bilan   hamkorlikda   Turkistonning   1 : 260000   masshtabli
geologik   kartasini   tuzgan.     I.V.Mushketovning   O’rta   Osiyo   bo’yicha
to’plagan   geologik,   geomorfologik,   tabiiy   geografik   va   glyatsiologik
materiallari   o’z   ifodasini   uning   “   Turkiston”     (“Туркестан”   1886)
monografiyasida o’z aksini topgan. 
            V.A.   Obuchev     1886-1888   yillarda   Kaspiyorti     temir   yo’lini   qurish
maqsadida   tashkil   etilgan   ekspeditsiyada   ishtirok   etib   Qoraqum,
Qizilqumning janubi-sharqiy qismi va Quyi Zarafshon regionlarida  tadqiqot
ishlarini   olib  borgan  va  bu  hududlarning  tabiiy  sharoiti,  geologik  tuzulishi,
qazilma   boyliklari   hamda   Amudaryoning   qadimiy   o’zani   O’zboy   haqida
qiziqarli   malumotlar   bergan   (Обучев,   1890).   A.B.Xoroshxin   1872-   yilda
Qizilqumga   tashrif   buyurib,   uning   tabbiy   tarixiga,   mahalliy   aholining     urf
odatiga   oid   ko’plab   geografik   va   etnografik   malumotlar   to’plagan.     Shu
bilan   bir   qatorda   u   o’zining   “   Qizilqum   kundaligi   “   (“   Кызылкумский дневник”,   1876)   nomli   maqolasida   bu   o’lkaning   geografik   komponentlari-
relyefi,   geologiyasi,   o’simligi   va   hayvonot   dunyosini     tahlil   qilgan.   Tabiiy
geografik nuqtai nazardan qiziqarli bo’lgan ilmiy tekshirish ishlari В.Пельтс
(1912)   tomonidan   amalga   oshirilgan.   U   Qizilqumning   janubi-sharqiy
qismida   olib   borgan   kuzatishlari   natijasida   bu   yerda   lanshaftlarning   ayrim
elementlari kenglik yo’nalishi bo’ylab yani g’arbdan sharqqa qarab o’zgarib
boradi degan xulosaga kelgan. 
              O’rta   Osiyo   cho’llarini   tabiiy   geografik   kompleks   sifatida   qarash
to’g’risidagi   ta’limotni   rivojlantirishda   Л.С.Берг   (1913),     Д.Н.Кашкаров
(1928),   Е.П.Коровин     (1936)   va   boshqalarning   xizmati   katta.   Л.С.   Берг
(1913)   O’rta   Osiyo   cho’llarini,   Qizilqumni   lanshaft   rayonlashtirish   nuqtai
nazardan   tipologik   tasniflab   uni   to’rtta   tipga-   qumli,   gilli,   sho’rxok   va
toshloq cho’llarga bo’ladi.  М.Г. Попов (1925)  Л.С. Берг ning bu tasnifini
asos   qilib   olib,   O’rta   Osiyo   cho’llarini   geobotanik   nuqtai   nazardan   besh
tipga-   hammada,   qumli   cho’l,   sho’rxok   cho’l,   shuvoqli   toshloq   cho’l   va
efemerli gilli cho’lga ajratadi. Д.Н. Кашкаров va Е.П. Коровиннинг (1932,
1936) ilmiy asarida cho’lni o’ziga xos tabiiy kompleks sifatida tadqiq qilish ,
uni   tabiiy   geografik   sharoitini   va   bu   sharoitni   cho’ldagi   hayot   jarayoniga
ta’sir   ko’rsatishini   o’rganish   e’tirof   etilgan.   Ana   shunday   ilmiy
yondashishlar   sistemasi   asosida   cho’lni   o’ziga   xos   xususiyatlari
qonuniyatlari  bilan birgalikda murakkab tabiiy kompleks deb qarash g’oyasi
vujudga keldi va shakllandi. 
      Qizilqum tabiatini geografik komponentlari bo’yicha o’rganishda tashkil
etilgan   Konimex   kompleks   ekspeditsiyasining   xizmati   diqqatga   sazovordir.
U   adabiyotlarda   Janubi-G’arbiy   Qizilqum   ekspeditsiyasi   deb   ham   ataladi.
Ekspeditsiyaning   asosiy   vazifasi   maydoni   3mln   gektardan   ortiq   bo’lgan
cho’l geotizimlarini tabiiy-tarixiy jihatdan kompleks tadqiq etish va ulardan
qishloq xo’jaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat bo’lgan. 
Ayniqsa   ekspeditsiya   dasturida   Janubi-G’arbiy   Qizilqumning     o’simlik
qoplamini mufassal o’rganishga va kartalashtirishga,yem xashak resurslariga
hamda   yaylovlarga   miqdor   va   sifat   jihatidan   tavsif   berishga   katta   e’tibor
berilgan.   1934-1936   yillar   davomida   faoliyat   ko’rsatgan   ekspeditsiyaga
geobotanik   I.I.   Granitov   raxbarlik   qilgan.   Uninng   tarkibida   turli
mutaxasisilar, jumladan, geobotaniklar ( A.A. Genkel, E.N. Xarchenko, Z.A.
Klimovskaya,   V.S.Tarasevich,   K.P.Smirnova,   I.A.Tishenko),
tuproqshunoslar   (   S.N.Pustovoy,   V.N.   Nagornaya,   P.N.   Shapovalova),
zoologlar ( I.I.Kolesnikov, T.Z.Zoxidov) va boshqalar ishtirok etishgan. Ular
Oyoqog’itma   va   Sho’rko’l   botiqlarida   iqlim,   tuproq,   geobotanik,   zoologik,
o’simliklar   fiziologiyasi   va   anatomiyasi   bo’yicha   keng   ko’lamda   statsionar tekshirishlar   olib   borgan.   Ekspeditsiya   davrida   to’plangan   materiallar
I.I.Granitov   (1937,1953),   T.Z.Zohidov   (1938,1958)     I.I.Kolesnikova
(1937,1949),   V.N.Nagornaya   (1949)   va   boshqalarning   ishlarida   keng
yoritilgan .
         I.I.Granitov (1964,1967) cho’l o’simliklarining   iqlim sharoitini va   suv
bilan taminlanganligini  o’rganish bilan bir qatorda ularning bioiqlim  nuqtai
nazardan   fasliy   vegetatsiya   jarayonlarini   ham   aniqlagan.     Uning
ma’lumotiga   ko’ra,   Janubi   G’arbiy   Qizilqum   florasi   tarkibining   30%   ini
vigetatsiya davri baxor-yozga, 17,5% ini yozga, 17% iniki yoz-kuzga, 11%
iniki kuz-qish-bahorga va 0,5% iniki yil davomida to’g’ri kelar ekan.
        Janubi-Sharqiy   Qizilqumning   tuproq   qoplami     N.A.   Butskov,
Y.M.Nosirov   (1961),   N.A   Butskov,   N.T.Muravyevlar   (1965)   tomonidan
mufassal o’rganilgan. Dala sharoitida tadqiq etilgan va kartalashtirilgan sur-
qo’ng’ir,   qumoq   cho’l,   taqir,   taqirsimon,   daryo   vodiylaridagi   o’tloq-
sho’rxok,   botiqlardagi   sho’rxok   va   sug’oriladigan   cho’l   tuproqlarining
geografiyasi,   mexanik   tarkibi,   fizik   xossalari,   kimyoviy   tahlili   va   boshqa
xususiyatlarining tavsiloti ularning ilmiy asarlaridan keng o’rin olgan.
        E.V.Korovin Janubi-Sharqiy Qizilqumning  geobotanik xususiyatlariga
batafsil   tavsilot   berish   bilan  birga,   uning  tabiiy  ozuqa   resurslarini   iqtisodiy
potensialiga ham baxo beradi va bu hududning  yaylovlarini 3 ta tipga va 21
ta   turga   ajratadi.   Muallif   yaylovlarning   tiplarga   va   turlarga   ajratishda
o’simliklarning     ozuqabop   xususiyatlari,   ularning   fasliy   ahamiyati   va   har
qaysi yaylov turining hosildorligi kabi mezonlarga asoslangan. 
                Ekspeditsiya   davrida   zoologiyaga   oid   to’plangan   materilallar
T.Z.Zoxidovning   (1945,   1948,1953)   asarlarida   keng   yoritilgan.   Muallif
Janubi-Sharqiy   Qizilqumning   tabiiy   sharoiti   umurtqali   hayvonlarning   cho’l
sharoitidagi   hayot     tarzi,   ularning   cho’l   yaylovlari   ekologik   muvozanatini
saqlashdagi roli, biotoplarning xo’jalikdagi ahamiyati va boshqa masalalarga
to’xtalib,   ularning   tavsilotini   bergan.   T.Z.Zoxidov     Janubi-Sharqiy
Qizilqumning   ekologik   holatini   Janubi-G’arbiy   Qizilqumning   ekologiyasi
bilan taqqoslab, uni bu yerda xil ekanligini ta’kidlagan. 
                  1927-   yilda   I.P.Gerasimov   va   P.K.   Chexachyovlarning   geologik
ekspeditsiyasi   Qizilqumda   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   boradi.     Ular
Qizilqum   tabiatining   asosiy   xususiyatlarini,   xususan   geologik   tuzulishini
mukammal   o’rganib,   uning   hududini   uch   qismga   –   shimoliy,   markaziy   va
janubi-g’arbiy qismlarga bo’lgan. Bu materilallar 1931-yilda chop etilgan “
Qizilqumning  geologik   ocherki”   (   “Геологечиский   очерк     Кызылкумов”,
1931) asaridan  olgan.                  1931-1932 yillarda P.S. Makeev Qizilqumda geomorfologik kuzatish
ishlarini   amalga   oshirib,   “   Qizilqumning   relyef   ocherki”   (“Очерк   рельефа
Кызылкумов”, 1933) asarini yaratgan. U qizilqum relyefini ikita yirik relyef
tipiga   –   qator   tepali   va   do’ng   qumlarga   bo’lgan.   Qator   tepali   qumlarning
hosil   bo’lishi   to’g’risida   fikr   yuritib,   ularning   kelib   chiqishini   tektonik
jarayonlar bilan bog’lagan. N.B.Lomakin (1934, 1936) ham Janubi-G’arbiy
Qizilqumda   geomorfologik   tadqiqot   olib   borib,   qum   massivlarining
dinamikasiga   o’z   e’tiborini   qaratgan   va   shunga   asoslanib   ikita
geomorfologik   oblastni   ajratgan:   1)   qumlarni   uchirib   ketish   oblasti   va   2)
qumlarni to’planish oblasti. 
                O’rta   Osiyo   va   Qizilqumning   geologik   struktarasi,   tektonikasi,
petrografiyasi,  magmatik  jinslarning  geografik  tarqalishi   to’g’risidagi   ilmiy
g’oyalar,   foydali   qazilmalarni   hosil   bo’lishida     tektonik   jarayonlar,
magmatik   va   cho’kinda   jinslarning   ahamiyati   X.M.   Abdullayev   (1960),
O.M.   Akramxo’jayev   (1960),   SH.D.   Davlatov   (1971)   va   boshqalarning
asarlarida batafsil yoritilgan.
                  Qizilqumning  stratigrafik  strukturasi,geologik   va  tektonik  tuzulishi,
qumlarda   uyali   relyef   shakllarining   xosil   bo’lish   sabablari,   inson   xo’jalik
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qum relyefining dinamikasi, yer resurslaridan
oqilona   foydalanish   kabi   masalalar   Markaziy   Qizilqum   doirasida   E.D.
Mamedov   ( 1960,1963), E.D. Mamedov va Y.A.Skvotsov (1963) ishlarida
xar tomonlama tahlil qilingan va shular asosida ilmiy xulosalar berilgan. 
          Qizilqumning tabiiy resurslari, ulardan maqsadga muofiq foydalanish,
qishloq xo’jaligini  rivojlantirish  uchun sug’orishga yaroqli  bo’lgan yerlarni
o’zlashtirish,   arid   lanshaftlarning   cho’llanish   jarayoni,   cho’l   tabiatini
muxofaza   qilish   kabi   masalalar   M.U.   Umarovning   (   1967,   1982,   1986)
ishlarida o’z ifodasini topgan.
                  Qizilqum   qumli   cho’llari   va   past   tog’larida   mufassal   geobotanik
tekshirishlar   1960-   yillardan   keyin   I.I.   Granitov   (1964,   1967)   P.Q.Zokirov
(1966,   1971),   N.I.   Oqjigitova   (1971,   1982),   A.   G’.   Olimjonov   (1973)   va
boshqalar   tomonida   bajarilgan.   I.I.   Granitovning   ko’p   yillik   samarali
geobotanik   tekshirishlarning     natijalari   uning   ikki   jildlik   “Janubi-   G’arbiy
Qizilqumning    o’simlik  qoplami  (   “Растительный  покров  Юго-Западных
Кызылкумов” 1964, 1967) monografiyasida umumlashtirilgan. P.Q.Zokirov
(1966, 1971)  bir necha yillar davomida olib borgan    geobotanik tadqiqotlar
asosida Markaziy Qizilqumning paleozoy past tog’lari o’simliklarini tiplari,
kichik tiplari, turlari, formatsiyalari va asotsatsiyalarini ajratgan.
Qizilqumning   yaylov   resusrlarini   tadqiq   etishda,   qumli   va   gilli   cho’llarni
fitomelioratsialash yo’li bilan antropogen yaylovlarni vujudga keltirishda va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini  ishlab chiqishda O’zbekiston
Respublikasi   Qorako’lchilik   va   cho’llar   ekologiyasi   instituti   xodimlarining
ham   xizmati   katta.   Ayniqsa   L.S.Gaevskaya   (1971),   Z.SH.   Shamsutdinov
(1975,   1983),   I.O.   Ibroximov(1983),   M.M.Maxmudov   (1968,2002),   SH.R.
Ubaydullayev (1991)  va R.X.Hayitboyevlarning (2002)  cho’l o’simliklarini
introduksiyalash,   mahalliy   sharoitga   mos   agrofitosenozlar   yaratish   va
ularning ekologiyasini tadqiq etish borasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy
ishlari   va   erishgan   yutuqlari   respublika   chorvachiligini,   hususan
qorako’lchilikni  rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. 
            O’rta   Osiyo   hududini,   xususan   Qizilqum   cho’lini   kompleks   tabiiy
geografik   rayonlashtirish   muammosi   E.M.Murzayev     (1953,   1958),
N.A.Gvozdetskiy (1960), V.M. Chetirkin (1960), N.A.Korjenevskiy (1960),
L.N.Babushkin,   N.A.Kogay   (1964),     T.V.Zvankova   (1965),   P.   Baratov
(1996),   A.A.Abdulqosimov,   S.B.Abbasov   (1997,   2001)   va   boshqalarning
ishlarida yoritilgan.
          E.M.Murzayev   (1953,   1958)   O’rta   Osiyoni   tabiiy   geografik
rayonlashtirish   sxemasida  Qizilqum  cho’lini   birinchi  navbatda   Shimoliy  va
Janubiy   Qizilqum   oblastlariga   bo’ladi.  Shimoliy  Qizilqum   oblasti   tarkibida
Shimoliy   Qizilqum   tabiiy   geografik   rayoni   va   Janubiy   Qizilqum   oblasti
tarkibida   Sulton   Uvays,   Qizilqum   platosi,   Nurota   tog’oldi   tekisligi   va
G’arbiy   Tyanshan   tog’oldi   tekisligi   rayonlarini   ajratgan.   Rayonlashtirish
sxemasi   bo’yicha   tabiiy   geografik   oblastlardan   Shimoliy   Qizilqum   cho’l
zonasining   shimoliy   cho’l   zonasiga   va   Janubiy   Qizilqum   esa   janubiy   cho’l
zonasiga qaraydi. 
          V.M.Chetirkin   (1960)   O’rta   Osiyoni   tabiiy   geografik   rayonlashtirishda
geotip,   geofatsiya,   provinsiya,   regional,   kompleks   va   rayon   taksonomik
birliklar sistemasidan foydalangan. Muallif Qizilqum cho’lini va unga tutash
bo’lgan hududlarni Turon geofatsiyasi deb qarab, uni Quyi Amudaryo, O’rta
Amudaryo   va   Sirdaryo-   Tyanshan   provinsiyalariga   bo’lgan.   Har   qaysi
provinsiya   tarkibida   muofiq   ravishda   Shimoliy   Qizilqum   provinsiyachasi,
Janubiy   Qizilqum   va   Buxoro   regional   komplekslari   hamda   Sharqiy
Qizilqum   regional   kompleksini   ajratgan.     Qizilqumning   shimoli-g’arbiy
qismini   Markaziy   Qozog’ston   geofatsiyasi   tarkibiga   kiritib,   uni   aloxida
To’rg’ay provinsiyasi deb atagan. 
         N.L. Korjinevskiy (1960) O’rta Osiyo o’lkasining eng katta maydonini
egallab yotgan Qizilqum cho’lini mustaqil tabiiy geografik oblast deb qarab,
uni   yer   usti   tuzulishi,   iqlim   sharoiti,   tuproq   va   o’simlik   qoplamining   ichki
tafovutlariga   qarab   uchta   rayonga   bo’lgan:   shimoliy,   markaziy   va   janubi-
g’arbiy.           O’zbekiston   hududi   va   Qizilqum   cho’lini   tabiiy   geografik
rayonlashtirishda   L.N.Babushkin   va   N.A.   Kogay   (1964)   O’rta   Osiyoda
birinchilardan   bo’lib   lanshaft-tipologik       kartalashtirish   yoki   regional
birliklarni kartalashtirishning taksonomik birliklari bilan to’ldirish uslubidan
foydalanganlar. Ana shunday rayonlashtirish uslubiga asoslanib O’zbekiston
hududi   doirasida   Qizilqum   cho’lini   mustaqil   tabiiy   geografik   okrug   deb
qarab, uning tarkibida Sulton Uvays, Shimoliy Qizilqum, Bukan-Yetimtog’,
Janubi Qizilqum va Tomdi-Quljuqtog’ tabiiy geografik rayonlarini ajratgan.
Xar   qaysi   geografik   rayon   tarkibini   2   tadan   6   tagacha   lanshaft-tipologik
kopmlekslar kompleksi tashkil etadi. 
          T.V.Zvankova   (1965)   Qizilqum   cho’lini   O’zbekiston   Respublikasining
Buxoro   viloyati   doirasida   lanshaft-tipologik   kartalashtirish   asosida   tabiiy
geografik   rayonlashtirib,   uning   hududini   4   ta   okrugga   bo’lgan:   Quyi
Amudaryo,   Shimoliy   Qizilqum,   Markaziy   Qizilqum   va   Janubiy   Qizilqum.
Birinchi   okrug   tarkibida   qumli   cho’l,   gilli   cho’l;   ikkinchi   okrugda   pasttog’
toshloq cho’l, qumli cho’l va qumli-gilli, toshloq va sho’rxok cho’l; uchinchi
okrugda pasttog’ toshloq cho’l, qoyali Quljuqtog’ cho’l va qum-gilli toshloq
va sho’rxok cho’l; to’rtinchi okrugda qum-shag’alli cho’l, qum-toshloq cho’l
va   Zarafshonning   hozirgi   deltasidagi   vohalar   tabiiy   geografik   rayonlari
ajratilgan.   Muallif   tabiiy   geografik   rayonlashtirish   sxemasida   regional
birliklarni   kartalashtirishning   taksonomik   birliklari   bilan   to’ldirish   uslubiga
asoslangan.
     P.Baratov (1996) Qizilqum Turon pasttekisligining eng yirik cho’llaridan
biri  deb  ta’riflab,  uning  O’zbekiston  hududida   joylashgan  qismini  mustaqil
okrug  sifatida   ajratadi.  Shuning  uchun  ham  Qizilqum  okrugining  chegarasi
janubi-g’arbda   Turkmaniston   va   shimoli-sharqda   Qozog’ston   davlat
chegarasiga   to’g’ri   keladi.   Vaholanki,regional   va   tipologik   lanshaft
komplekslarining   geografik   tarqalishi   va   tabiiy   chegarasi   hech   qachon
mamuriy chegara bilan chegaralanmaydi. Qizilqum okrugiga tabiiy sharoiti,
relyefi,   iqlimi   va   tuproq-o’simlik   qoplamining   ichki   tafovutlariga   qarab
muallif   tomonidan   4   ta   tabiiy   geografik   rayonga   bo’lingan:   Sulton   Uvays,
Shimoliy Qizilqum, Bo’kan-Yetimtog’, Janubiy Qizilqum.
     So’ngi yillarda tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosiblikni salbiy tomonga
o’zgarishi,   tarixiy   shakllangan   geoekologik   muvozanatning   buzulishiga   va
atrof   muhitni   inson   salomatligiga   ta’sir   etuvchi   ekologik   tanglik   darajasiga
olib   keldi.   Buning   natijasida   O’rta   Osiyo   o’lkasida,   jumladan   Qizilqum
cho’lida   o’ziga   xos   regional   geoekologik   muammolar   paydo   bo’ldi.   Shu
munosabat   bilan   lanshaft   tadqiqot   ishlarida   va   tabiiy   geografik
rayonlashtirishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan lanshaft-ekologik yondoshish   muammosi   ham   geograflarning   e’tiborini   o’ziga   jalb   qila
boshladi. Bu borada A.A. Abulqosimov va S.B. Abbasovning (1997, 2001)
ilmiy asarlari diqqatga sazovordir. Ular Qizilqum cho’lining tabiiy sharoiti,
lanshaft   strukturasi,   ekologik   holati   va   buning   oqibatida   vujudga   kelgan
geoekologik   vaziyatni   lanshaft-ekologik   nuqtai   nazardan   tahlil   qilib
Markaziy Qizilqumni Bo’kan-Yetimtog’, Mingbuloq-Yomonqum va Tomdi-
Quljuqtog’ lanshaft-ekologik rayonlarga bo’lgan.
     Qizilqumni ekologik rayonlashtirish masalasi N.G.Davronovaning (2003)
ilmiy   maqolasida   ham   yoritilgan.   U   Qizilqum   cho’lini   ekologik
rayonlashtirishda   va   uning   1:1000000   masshtabli   karta-sxemasini   tuzishda
ekologik   sistemalar   tasnifini   asos   qilib   olgan.   Muallifning   ta’kidlashicha,
Qizilqum   katta   qismi   Turon   poliekotizimiga   kiradi.   Turon   poliekotizimi
O’rta   Turon   va   Janubiy   Turonga   bo’lingan.   O’rta   Turon   mezoekotizimi
tarkibida   Quyi   Amudaryo   delta   va   Shimoliy   Qizilqum   oligoekotizimlari,
Janubiy   Turon   mezoekotizimi   tarkibida   G’arbiy   Qizilqum,   Markaziy
Qizilqum,   Sharqiy   Qizilqum   va   Janubiy   Qizilqum   oligoekotizimlari
ajratilgan   har   qaysi   oligoekotizim   polibiogeoxorlardan   tashkil   topgan
masalan, Janubiy Qizilqum oligoekotizimi Tuproqqal’a va Buxoro-Karmana
polibiogeoxorlardan   iborat.   Qizilqumning   janubi-sharqiy   qismi   Tyanshan
poliekotizimining   Nurota   oligoekotizimi   tarkibiga   kiritilgan.   Shuni
ta’kidlash   lozimki   N.G.Davronovaning   (2003)   ekologik   rayonlashtirishi
lanshaft-ekologik   yoki   geoekologik   rayonlashtirishdan   tubdan   farq   qilib,   u
o’z   moxiyati   bilan   bioekologik   yo’nalishda   bajarilgan   rayonlashtirish
hisoblanadi.
     O’rta Osiyo tabiatini geografik tekshirilish tarixi R.U.Rahimbekov (1970,
1986), R.U.Rahimbekov, Z.N.Dontsova (1982) va Qizilqum cho’li haqidagi
geografik   va   kartografik   tasavvurning   rivojlanish   tarixi   R.L.Yugaylarning
(1966) monografiyalarida ham keng bayon etilgan.   
1.3  Qizilqum cho’li lanshaftlarining geologik shakillanishi va unga ta’sir
etuvchi omillar.
Qizilqumning   hozirgi   arid   lanshaftlarni   vujudga   kelishi,   shakllanishi   va
rivojlanishida   hududning   geologik   tuzulishi,   tektonik   strukturasi,   litologik
tarkibi   va   relyef   shakllari   asosiy   indekatorlar   vazifasini   bajaradi.   Bu   fikrni
ilmiy   jihatdan   asoslash   uchun   har   qaysi   geografik   komponentning   cho’l
lanshaftlarini shakllanishiga qay darajada ta’sir etish xususiyatlarini batafsil
tahlil qilishni taqozo etadi. 
          Qizilqumning   hozirgi   arid   lanshaftlarini   tarkib   topishida   poleozoy,
mezozoy   va   kaynozoyning   kristall   va   cho’kindi   jinslari   faol   ishtirok   etadi.
Qizilqumda   poleozoy   tog’   jinslari   asosan   uning   markaziy   qismida
joylashgan   va   orolsimon   shaklda   ko’tarilib   turgan   past   tog’larda   –
Tomditog’,   Bo’kantog’,   Quljuqtog’,   Ovminzatog’,   Beltog’,   Aristontog’,
Yetimtog’,   Qozoqtog’   va   boshqalarda   keng   tarqalgan   Masalan,   Beltog’   va
Ovminzatog’da   ko’p   uchraydigan   kristalli   slanes,   ohaktosh,   amfibolit   va
kvarsitlardan iborat kembriy yotqiziqlari, yoki Tomditog’da keng maydonni
egallab yotgan dolomitlashgan ohaktoshlar xilma-xil litogen lanshaftlarning
vujudga kelishi va shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan.
          Qizilqumning   markaziy   qismida   bepoyon   qumli   cho’llar   o’rtasidan
orollar   shaklida   ko’tarilib   turgan   Ovminzatog’,   Beltog’,   Bo’kantog’,
Quljuqtog’   kabi   poleozoy   past   tog’larida   dolomitlar,   kvarsitlar,
dolomitlashgan   ohaktoshlar,   konglomeratlar,   turli   kattalikdagi   donador
yashilsimon   kulrang  qumtoshlardan  iborat  ordovik  yotqiziqlari  rivojlangan.
Kelib   chiqishi   silur   davri   bilan   bevosita   bog’liq   bo’lgan   argilitli   va   sillitli
slaneslar,   qalinligi   600   m   gacha   boradigan   qumtoshlar   ham   Ovminzatog’,
Beltog’,   Bo’kantog’,   Tomditog’   va   Quljuqtog’larda   ko’p   uchraydi.   Silur
yotqiziqlari   orasida   yupqa   qatlam   shaklida   ohaktoshlar,   chig’anoqlar,
gravelitlar,   alevritlar,   dolomitlar,   qumtoshlar   va   kanglomeratlar   keng
tarqalgan ( To’raxo’jayev, G’ofurov, 1986).
         Qizilqumning past tog’lari geologik strukturasini tarkib topishida devon
davrining quyi, o’rta va yuqori bo’limlariga oid xilma-xil yotqiziqlar ishtirok
etadi.   Devon   yotqiziqlari   tarkibida   marmarlashgan   ohaktoshlar,   dolomitlar,
slaneslar, qumtoshlar  va diabaz, porfirit, ohaktoshlarning linzasimon yupqa
qatlamlari   bilan   murakkablashgan   turli   xil   tuflar   ko’p   uchraydi.   Har   qaysi
bo’lim   yotqiziqlarining   stratigrafik   kesmasi   bo’ylab   ikkitadan   uchtagacha
yarus   uchratish   mumkin.   Masalan,   P.N.Podkopayev   (1964)   Muruntovning
quyi   devon   yotqiziqlari   stratigrafiyasini   o’rganib,   uning   tarkibida   to’rtta
kichik   yarus   ajratgan:1)   qumtoshlar   va   slaneslar   svitasi,   2)   qalinligi   200   m gacha   yetadigan   mayda   donachali   amfiporli   dolomitlar   svitasi,   3)   qalinligi
180   m   gacha   boradigan   detritus   ohaktoshlar   va   4)   qalinligi   170   m   atrofida
bo’lgan kul rang va qoramtir kulrang dolomitlar svitasi.
          Karbon   (toshko’mir)   davri   yotqiziqlari   Qizilqumning   Quljuqtog’,
Aristontog’,   Tomditog’,   Bo’kantog’   va   boshqa   past   tog’larida   mavjud.
Quljuqtog’   gravelit,   qumtosh,   slanes   va   konglomeratlardan,   Aristontog’   va
Tomditog’da   orgonagen   ohaktoshlardan   tarkib   topgan.   Bo’kantog’da   esa
karbon   qatlami   jinslari   asosan   konlomerat,   gravelit,   qumtosh,   alevrolit,
argillit   va   ohaktoshlarning   dag’al   parchalaridan   iborat   (   To’raxo’jayev,
G’ofurov,   1986).   Sulton   Uvays   tog’ining   geologik   tuzulishida   kuchli
dislokatsiyalashgan poleozoy jinslari hukmronlik qiladi. Bu yerda poleozoy
yotqiziqlari   katta   qalinlikdagi   metomorflashgan   cho’kindi   jinslardan   va
qisman   intruziv   vulkanik   jinslardan   tarkib   topgan.   Sulton   Uvays   past
tog’larining   arid   iqlimli   litogen   lanshaftlarini   vujudga   kelishi   va
shakllanishida   bunday   metomorflashgan   tog’   jinslarining   bevosita   va
bilvosita ta’siri katta. 
          Qizilqum   hudida   mezozoy   erasida   paydo   bo’lgan   yotqiziqlarning
geografik   tarqalishi   paleozoy   yotqiziqlariga   geografik   tarqalishi   paleozoy
yotqiziqlariga nisbatan ancha chegaralangan. Bu yerda geologik tekshirishlar
natijasida   aniqlangan   yura   davrining   yotqiziqlari   asosan   qatlamlangan
alevrolit,   argillitsimon   gil   va   qumtoshlardan   iborat.   Bo’r   davrining
yotqizqlari esa alevit, gilli va qumoq gilli jinslardan tarkib topgan. Ularning
qalinligi 250 m gacha boradi. Mezozoy erasining bo’r davrida paydo bo’lgan
tekis   yuzali   platolar   poleozoy   tog’larining   etaklarida   joylashgan   bo’lib,
ularning   tarkibi   qumtosh,   konglomerat,   gil,   qum   va   mergeldan   tuzilgan.
Mezozoy   platolarining   yuzasi   shag’al,   chag’irtosh,   gil   va   qum   bilan
qoplangan.   Bu   yotqiziqlar   tekis   platolarning   toshloq   va   gilli   arid   lanshaft
komplesklarini shakllanishida faol ishtirok etadi. 
     Qizilqum hududining aksariyat qismida kaynazoy yotqizqlari va ularning
litologik   asosida   vujudgan   va   shakllangan   arid   lanshaft   komplekslari
hukmronlik   qiladi.   Poleogen   davrida   Qizilqumning   katta   maydoni   suv
lanshaftlari   bilan   band   bo’lgan.   Buning   oqibatida   kelib   chiqishi   dengiz   va
lagunalar   bilan   bog’liq   bo’lgan   mergel,   chig’anoq,   qumtosh   gips   kabi
cho’kindi   yotqiziqlar   hosil   bo’lgan.   Neogen   davri   yotqiziqlari   poleogen
yotqiziqlaridan   farq   qilib,   ularning   tarkibida   kontinental   sharoitda   vujudga
kelgan   qumoq-alevrolit   cho’kindi   jinslar   ko’pchilikni   tashkil   etadi.   Chunki
bu   davrga   kelib   Qizilqumning   katta   qismini   egallab   yotgan   paleogen   suv
havzasi   yangi   tiktonik   harakatlar   natijasida   kontinental   rejm   bilan
almashinadi.   Binobarin,   paleogen   va   neogen   davrlarining   barcha   turdagi yotqiziqlari   Qizilqumda   arid   geotizimlarining   shakllanishida   lanshaft   hosil
qiluvchi litologik indikator vazifasini bajargan. 
         Qizilqumning hozirgi arid lanshaftlarini shakllanishiga va rivojlanishiga
to’rtlamchi   (antropogen)   davr   yotqiziqlarining   ta’siri   nihoyatda   katta.
To’rtlamchi   davr   yotqiziqlari   Qizilqum   cho’lining   hamma   joyida,   ayniqsa
tekislik,   plato   va   botiqlarda   keng   tarqalgan   bo’lib   ular   oldingi   davrlar
yotqiziqlarini yupqa qatlam hosil qilib qoplab olgan. Bu region hududida yer
yuzasini tuzilishi, kontinental iqlim sharoiti bilan bog’liq holda uzoq davom
etgan   jarayonlar   natijasida   yotqiziqlarning   turli   xil   ginetik   tiplari
shakllangan.   Bular   delyuvial,   elyuvial,   delyuvial,   alyuvial,   prolyuvial,
prolyuvial-delyuvial,   prolyuvial-allyuvial,allyuvial   yotqiziqlar   ginetik
tiplardir.   Shulardan   yotqiziqlar   tipi   mayda   zarrachali   qumlardan,   qolgan
yotqiziq tiplari esa kontinental sharoitda nurash tufayli hosil bo’lgan turli xil
shag’al,   chaqir   toshlardan   tortib,   to   qumoq   va   soztuproqlargacha   bo’lgan
yotqiziqlardan tarkib topgan. 
Shunday qilib, Qiziqlum cho’li hududidagi lanshaft komplekslarining ilk bor
vujudga kelishi va rivojlanishi, yoki birinchi bosqichi paleozoy tog’larining
paydo bo’lishi bilan, ikkinchi bosqichi mezozoyning tog’oldi platolari bilan
va   uchinchi   bosqichi   kaynazoyning   to’rtlamchi   davr   yupqa   yotqiziqlari
qoplab olgan bepoyon tekisliklar bilan uzviy bog’liq.
          Qizilqum   cho’lida   har-xil   toifadagi   tipologik   va   regionallanshaft
komplekslarining   shakllanishi   va   rivojlanishi   bu   hududning   faqat   geologik
tuzilishi   bilan   emas,   balki   uning   tiktonik   strukturasi   bilan   ham   bog’liqdir.
Gersin   burmalanish   davrining   boshida   Qizilqumda   tiktonik   rivojlanish
giosinklinal   rejim   sharoitiga   katta   qalinlikdagi   ohaktosh-tirrigen
yotqiziqlarning   to’planish   jarayoni   bilan   boshlanadi.   Bu   yotqiziqlar   quyi
karbonda   to’g’ri   chiziq   bo’ylab   yo’nalgan   past   tog’larga   burmalanib,
tiktonik yoriqlar ta’sirida bir necha bo’limlarga bo’lingan. Yuqori karbon va
perm  davrida tiktonik harakatlar natijasida Qizilqumning markaziy qismida
Janubiy   Tyanshan   megaantiklinoriysining   g’arbiy   davomi   bo’lgan   tog’
burmalari   vujudga   kelgan.   Burmali   tog’lar   doirasida   ikki   xil   tiktonik
struktura   sistemasi-   antiklinoriy   va   sinklinoriylar   keng   rivoj   topgan.
Antiklinoriylarning   uzunligi   30-40   km   dan   100-120   km   gacha   yetgan,
kengligi   esa   10-15   km   atrofida   bo’lgan.   Sinklinoriylarning   uzunligi     50-80
km ni va kengligi 15-25 km ni tashkil etgan. Antiktiklinallar va sinklinallar
sistemasi deyarli kenglik bo’ylab cho’zilgan. 
          Qizilqum   hududining   tiktonik   rivojlanish   tarixidagi   Alp     burmalanishi
bosqichida  namoyon   bo’lgan  va  hozirga  qadar  ham  davom  etib  kelayotgan
yangi tiktonik harakatlar alohida o’rin egallaydi. Bu regionning faqat hozirgi relyef   shakllarigina   emas,   balki   uning   mavjud   bo’lgan   geotizimlarining
strukturasini tashkil etuvchi barcha turdagi lanshaft komplekslari ham yangi
tiktonik harakatlar ta’sirida vujudga kelgan hosila deb e’tirof etish maqsadga
muofiqdir.
          Shunday   qilib,   barcha   orogen   bosqichlardagi   tiktonik   harakatlar
natijasida Qizilqum hududida geologik-tektonik strukturaning asosan ikki xil
shakli   –   antiklinal   ko’tarilmalar   va   sinklinal   bukilmalar   paydo   bo’ldi   va
shakllandi.   A.U.   To’raxo’jayev   va   V.G’.G’ofurovlar   (1986)   bu   yerda
antiklinal   ko’tarilmalarning   uchta   zonasini   ajratgan.   Bular,   Bo’kantog’,
Tomditog’   va   Quljuqtog’   zonalaridir.   Birinchi   zonaga   Bo’kantog’,
Aytimtog’,   Jetimtog’,   Oqjetpestog’,   Oquzaktog’,   To’lantoshtog’   va
Toqtiniqtog’,   antiklinal   ko’tarilmalari   qaraydi.   Ikkinchi   zona   Tomditog’,
Ovminzatog’,   Aristontog’,   Beltog’,   Yetimtog’,   Davg’iztog’,   Muruntog’   va
Sangrintog’   antiklinal   ko’tarilmalardan   tashkil   topgan.   Uchunchi   uchinchi
zona   Quljuqtog’,   Qing’irtog’   va   Tuzkaytog’   antiklinal   ko’tarilmalari
kompleksidan   iborat.   Yuqorida   nomlari   keltirilgan   antiklinal
ko’tarilmalarning litogen asosi arid past tog’ lanshaftlarining tarkib topishida
va rivojlanishida yetakchi omil bo’lib hizmat qiladi.
          Qizilqum   hududida   antiklinal   ko’tarilmalardan   tashqari   geologik-
tektonik strukturaning ikkinchi shaklini tashkil etuvchi sinklinal  bukilmalar
ham yaxshi rivojlangan. Sinklinal bukilmalar asosan Qizilqumning markaziy
qismida antiklinal ko’tarilmalarga bog’liq holda yondosh bo’lib joylashgan.
Bular   kelib   chiqish   va   shakllanish   tarixi   bir-biri   bilan   bevosita   bog’liq
bo’lgan   aloxida   tog’-botiq   paragenetik   lanshaftlar   sistemasini   tashkil   etadi.
Sinklinal   bukilmalar   orasida   eng   yirigi   Bo’kantog’   ko’tarilmasidan   g’arb
tomonda   joylashgan   Tojiqozgan   bukilmasidir.   U   kenglik   yo’nalishda
g’arbdan sharqqa qarab 100 km masofaga cho’zilgan bo’lib, kengligi 80 km
gacha  yetadi. Litogen tarkibida  katta qalinlikdan  iborat   poliogen va  niogen
yotqiziqlari hukmronlik qiladi.
          Qizilqumning   berk   botiqlari   orasida   eng   yiriklaridan   biri   Tojiqozgan
bukulmasidan   janubi-sharq   tomonda   joylashgan   Mingbuloq   botig’idir.
Uning   uzunligi   40-45   km   ni   kengligi   20-30   km   ni   tashkil   etadi.   Litogen
poydevori   bo’r,   poleogen   va   neogen   davrlari   yotqiziqlaridan   iborat.
Botiqning   tashqi   qiyofasi   shimoli-g’arbiy   yo’nalish   bo’ylab   cho’zilgan.
Mingbuloq botig’idan sharqroqda Yomonqum bukilmasi joylashgan. U ham
boshqa   botiqlar   singari   katta   qalinlikdagi   poleogen   va   neogen   yotqiziqlari
bilan qoplangan. Mingbuloq va Yomonqum botiqlari bir-biridan To’lantosh
antiklinal   bukilmasi   orqali   ajralib   turadi   (Pyatkov   va   boshqalar.,   1967).
Qizilqum   cho’lida   yuqorida   aytib   o’tilgan   bukilmalardan   tashqari Oyoqog’itma,   Sardara,   Omontoy,   Ergashquduq   va   Qoraxotin   sinklinal
bukilmalari   ham   mavjud.   Ularning   uzunligi   40   km   dan   100   km   gacha
kengligi   15   km   dan   40   km   gacha   boradi.   Bu   botiqlarning   ham   litologik
poydevori   bo’r,   poleogen   va   neogen   davrlarining   yotqiziqlaridan   tarkib
topgan. 
          Qizilqum   hududidagi   barcha   berk   botiqlar   va   bukilmalarda   sho’rxok
(xemogen)   lanshaftlarning   tarkib   topishi   va   rivojlanishi   uchun   qulay
sharoitlar   mavjud.   Botiqlarning   to’rtlamchi   (antropogen)   davr   yotqiziqlari
tagida   yastanib   yotgan   poleogen   va     neogen   davrlarining   qalin   yotqiziqlari
orasida  tuz miqdori ko’p bo’lgan gilli  qatlamlar, bazi  joylarda bo’r  davriga
oid   kuchli   sho’rlangan   yotqiziqlar   ham   uchraydi.   Shu   boisdan   berk
botiqlarning   litologik   poydevori   tuzga   boy   bo’lgan   yotqiziqlardan   tashkil
topganligi   sababli   bu   yerda   sho’rlanish   jarayoni   qadimdan   faol   namoyon
bo’lgan.   Bundan   tashqari   berk   botiqlarda   ma’lum   miqdorda   tuzlarning
to’planishiga   tevarak-atrofdagi   tog’   yonbag’rlaridan   suv   oqimlari   olib
kelgan yotqiziqlar ham o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Binobarin, Qizilqum
botiqlarida   tub   jinslarning   va   tuproqlarning   kuchli   sho’rlanishi   Gipergenez
zonasida   to’plangan   tuzlar   modda   va   energiya   almashinishi   natijasida
to’rtlamchi   davr   yotqiziqlariga   ta’sir   etib   xemogen   lanshaftlarining   tarkib
topishi   va   rivojlanishiga   sabab   bo’lgan.   Shu   boisdan   Qizilqum   cho’lidagi
barcha   berk   botiq   va   bukilmalarning   katta   qizmini   turli   xildagi   sho’rxok
(xemogen)   lanshafylar   egallab   olgan.   Bu   botiqlarda   tuzlarning
akkumlyatsiyasi jarayoni hozir ham davom etmoqda.
          Qizilqum   cho’lining   aksariyat   qismi   o’rtacha   balandligi   150-200   m
atrofida   bo’lgan   va   to’rtlamchi   (antropogen)   davrning   allyuvial   qumlari   va
gillari   bilan  qoplangan   tekisliklardan   iborat.   Allyuvial   qumlarning  qalinligi
10-12   m   ni   tashkil   etadi.   Allyuvial   qum   qatlamlari   uzoq   yillar   mobaynida
arid iqlim sharoitida shamol yordamida qayta ishlanib qum relyef shakllarini
vujudga keltirgan. Qizilqum cho’lida meridional yo’nalishda o’nlab kilometr
masofaga   cho’zilib   yotgan   va   o’simliklar   bilan   mustaxkamlashgan   qator
tepali qumlar keng tarqalgan. Qator tepali qumlarning balandligi 3-15m dan
ayrim   joylarda   50-75   m   gacha   yetadi.   Cho’lning   markaziy   qismida
mustaxkamlangan   do’ng   qumlar   ham   uchraydi.   Barxanlar   qator   tepali   va
do’ng   qumlarga   nisbatan   kam   tarqalgan   bo’lib,   ular   asosan   aholi
yashaydigan qishloqlar, quduqlar va qo’ralar atrifida uchraydi. 
          Qizilqum   gilli  alyuvial  tekisliklari  aloxida   relyef   shaklini  tashkil   etadi.
Ular   Sirdaryoning   qadimgi   tarmoqlari   bo’lgan   Quvondaryo   va
Janadaryolarning   quruq   o’zanlari   atrofini   egallab   olgan.   Bu   allyuvial
tekisliklar   gilli   arid   cho’l   lanshaftlarini   shakllanishida   asosiy   omil   bo’lib xizmat   qiladi.   Qizilqumning   janubi-sharqiy   qismidagi   mustaxkamlangan
qator   tepali   qumlar   orasida,   gilli   va   qumoq   pasttekisliklarning   pastqam
joylarida,   tog’oldi   prolyuvial   tekisliklarning   eng   chekk   yomg’ir   suvlari
to’planadigan   nishabliklarida   taqirlar   ham   uchraydi.   Taqirlar   cho’l
geotizimlari   tarkibida   o’ziga   hos   va   biotalarga   nihoyatda   kambag’al   arid
lanshaft komplekslarini tashkil etadi.
          Qizilqumning   hozirgi   relyefi,   uning   tuzulishi   va   shakllanishi   odatdan
tashqari murakkab xarakterga ega. I.P. Gerasimovning (1937) takidlashicha,
bu   regionning   relyefini   o’ta   murakkab   tuzulishiga   namlik   miqdori   ko’p
bo’lgan   plyuvial   davrning   quruq   iqlim   sharoiti   bilan   almashinishi   sabab
bo’lgan.
          E.D.Mamedov   (1963)   Qizilqumning   markaziy   qismidagi   ko’p   relyefni
tadqiq etish jarayonida bu regionning relyef shakllari xususiyatlarida uzoqlik
zonallik   ko’zga   yaqqol   tashlanib   turishini   e’tirof   etgan.   Uning   fikricha   bu
regionda   relyefning   rejali   tuzilishi,   qumlarning   parchalanish   chuqurligi,
relyef   tipi   va   uning   tadrijiy   rivojlanishida   g’arbdan   sharqqa   qarab   zonal
o’zgarishlar   kuzatiladi.   Shularni   e’tiborga   olib   E.D.Mamaedov   Qizilqum
cho’lida   relyefning   uchta   zonasini   ajratadi:   1   botiq   uyali   relyef   zonasi,   2
yassi   tekislik   relyef   zonasi   aylanma   dyunalar   lanshafti   bilan   va   3   sertepa-
uyali   relyef   zonasi.   E.D.Mamedov   (1963)   fikricha   Qizilqumning   aksariyat
maydoni   botiq-uyali   relyef   shakli   bilan,   L.N.Babushkin   va
N.A.Kogaylarning (1964) ta’kidlashicha uyali-qator tepali qum shakli bilan
band. 
     Shunday qilib, Qizilqum cho’lining qumli tekisliklarida bo’r, poliogen va
neogen   davr   yotqiziqlari   hamda   Amudaryo   va   Sirdaryo   Allyuvial
yotqiziqlaridagi   qumlarni   shamol   yordamida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  olib
borib   to’plashi   natijasida   dastlab   qator   tepali,   qator   tepali-do’ng   va   barxan
qum relyef shakllari shu relyef shakllariga mos qumli cho’l lanshaftlari ham
shakllanadi.   Poleozoy   tog’   etaklaridagi   prolyuvial,   allyuvial-prolyuvial
yotqiziqlardan   tashkil   topgan   qiya   tekisliklarda   tog’oldi   prolyuvial   tekislik
cho’l   lanshaftlari   rivoj   topdi.   Qizilqumning   markaziy   qismida   keng
tarqalgan   past   tog’larda   litogen   arid   lanshaftlarning   shakllanishi   bilan   bir
qatorda balandligi  800-900 m dan yuqori  ko’tarilgan tog’  tepaliklarida arid
lanshaftlarning vertikal zonal tabaqalanishi ham vujudga kelgan.
          Qizilqum   hududida   hozirgi   arid   lanshaftlarning   tarkib   topishi   va
shakllanishida   O’rta   Osiyoning   kontinental   iqlimiga   xos   xususiyatlarning
ahamiyati   nihoyat   darajada   katta.   Arid   lanshaftlarini   shakllantiruvchi
xususiyatlar   iqlim   kontinentalligining   keskin   namoyon   bo’lishi,
qurg’oqchilik   davrining   uzoq   davom   etishi,   yozning   jazirama   issiqligi, qishning   bir   muncha   sovuqligi,   atmosfera   yog’in   miqdorining   kamligi,
radiyatsiya balansining yuqoriligi, quyoshning uzoq vaqt nur sochib turishi,
mumkin   bo’lgan   bug’lanish   miqdorining   nihoyatda   yuqori   ekanligi   kabilar
bilan   tavsiflanadi.   Qizilqum   hududida   arid   iqlimiga   xos   bo’lgan   bunday
xususiyatlarning vujudga kelishi va shakllanishi birinchidan, uning mo’tadil
va   subtropik   iqlim   mintaqalarining   bir-biri   bilan   tutashgan   joyida
joylashganligi   va   termik   resurslarga   nihoyatda   boyligi,   ikkinchidan,
atmosfera serkulyatsiyasining xususiyati va havo massalarining takrorlanish
harakteri, ochiq, quruq va kam bulutli kunlarning tez-tez takrorlanib turishi,
uchinchidan,   Qizilqumning   kontinental   Turon   pasttekisligining   markazida,
eng   yirik   Yevrosiyo   materigining   ichkarisida   va   okeanlardan   uzoqda
joylashganligi kabi omillarga bog’liq.
         O’rta Osiyoda,   jumladan Qzilqum cho’lida arid iqlim sharoiti va unga
xos   xususiyatlarning   tarkib   topishi   hamda   shakllanishi   antropogen   davrida
sodir bo’lgan materik muzligining qaytishidan keyin keskin namoyon bo’la
boshlagan.   Materik   muzligi   davrida   bu   yerda   iqlim   bir   muncha   nam   va
salqin bo’lgan. I.P. Gerasimovning (1937) paleogeografik sxemasi bo’yicha
O’rta   Osiyo   Qizilqum   cho’lida   muzlik   davrida   plyuvial   iqlim   sharoiti
vujudga kelgan. Bu davrda namgarchilik yetarli darajada bo’lgan, atmosfera
yog’inlari   hozirgi   kontinental   iqlim   sharoitiga   qaraganda   ko’p   tushgan,
prolyuvial   yotqiziqlar   Amudaryo,   Sirdaryo,   Zarafshon   vodiylari   va
Orolbo’yi   pasttekisligi   bo’ylab   keng   tarqalgan.   O’rta   Osiyoda   iqlimning
o’zgarishi   muzlik   davridan   keyin   boshlanib,   bu   jarayon   qadimdan
shakllangan   ekotizimlarni   asta-sekin   aridlanishiga   olib   kelgan.   Buning
oqibatida   geotizimlar   tarkibida   dinamik   o’zgarishlar   sodir   bo’lib,   dastlabki
dasht   lanshaftlari   chala   cho’l   bilan,   chala   cho’l   lanshaftlari   esa   cho’l   bilan
almashishan.
          O’rta   Osiyo   iqlimining   aridlanish   jarayoni   Alp   orogenezi   va   yangi
tiktonik  harakatlar  bilan  uzviy  bog’liq.  Chunki   Alp  burmalanishi  natijasida
O’rta Osiyoning janubiy va sharqiy rayonlarida yirik tog’ sistemalari paydo
bo’ldi,   yangi   tiktonik   harakatlar   tufayli   Turon   pasttekisligida   uzoq   vaqt
hukumronlik   qilib   kelgan   dengiz   havzasi   chekinib,   uning   o’rnida   keskin
kontinental   rejm   vujudga   keldi.   Shu   tariqa   nam   va   salqin   iqlimli   plyuvial
davr   arid   kontinental   iqlim   bilan   almashinadi.   Shuning   uchun   ham
D.V.Navilkin   (1908)   O’rta   Osiyo   kaynazoy   erasining   poleogeografiyasini
o’rganib,   bu   yerda   dasht   yanada   ham   quruqroq   chala   cho’llar   bilan
almashinganligini ta’kidlaydi.
         Qiziqum iqlimining shakllanishida g’arb va shimoli-g’arbdan keladigan
mo’tadil   kenglikhavo   massasi,   shimoli-sharqdan   keladigan   Sibr   antisikloni va janubdan keladiganquruq tropik havo massalarining ro’li katta. Qizilqum
O’zbekistonning   boshqa   hududlaridan   quyosh   nur   sochib   turadigan
davrining   uzoq   vaqt   davom   etishi,   namlanishi   koiffisenti   miqdorining
nihoyatda   kamligi   kabi   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.   Bu   yerda   quyosh
nuri   ancha   tik   tushganligi   sababli   cho’lning   shimolida   quyoshning   nur
sochib turishi yil davomida 2800 soatni tashkil etsa, janubida 2900 soatdan
ham   oshadi   .   quyoshning   nur   sochib   turishi   davrini   davomiyligi   bulutsiz
kunlarning ko’pligiga va yoz bo’yi havoning ochiq kelishiga bog’liq. Ochiq
kunlarning   eng   ko’p   takrorlanishi   iyul   va   avgust   oylariga   to’g’ri   keladi.
Ochiq   kunlar   soni   shimoldan   janubga   qarab130   dan   170   kungacha   ortib
boradi.   Quyoshning   uzoq   vaqt   nur   sochib   turishi   ,   bulutli   kunlarning   kam
bo’lishi   va   huduning   janubiy   kengliklarda   joylashganligi   quyosh
radiyatsiyasi  miqdorini  katta bo’lishiga  saba  bo’ladi. Shu boisdan  bu yerda
quyoshdan keladigan yalpi yillik radiyatsiya miqdori 140-150 kkal/sm kv ni
tashkil etadi. 
          Qizilqum   cho’lida   yilning   aksariyat   qismida   mo’tadil   kenglik   havo
massasi   hukmronlik   qiladi.   Bu   tipdagi   havo   massasining   cho’l   hududida
transformatsiyalanishi oqibatida harorati yuqori va namligi o’ta kam bo’lgan
mahalliy   tropik   havo   vujudga   keladi.   Mahalliy   tropik   havo   yilning   iliq   va
issiq   oylarida   janubdan   kirib   keladigan   quruq   tropik   havo   massasi   bilan
birlashib, iqlimning kontinentallik darajasini  yanada oshiradi. Bunday holat
o’z   navbatida   turli   xil   litologik   tarkibga   ega   bo’lgan   Qizilqum   hududida
qumli, gilli, toshloq, sho’rxok va taqir kabi arid geotizimlarini shakllanishiga
va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
          Qizilqum   cho’li   iqlimining   kontinentalligi   havo   harorati   va   yog’in
miqdorining ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Uning hamma qismida yozda
havo juda issiq, quruq va ochiq bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati shimolda
25-28   gradus   C   ga   teng   eng   yuqori   harorat   46-48   gradus   C   gacha
ko’tarilgan.   Yoz   fasli   4   oydan   4,5-5   oygacha   davom   etadi.   Yozning
boshlanishi   janubda   aprelning   oxiri   va   shimolda   mayning   birinchi   yarmiga
to’gri keladi. Yozning tugashi va kuzga o’tish davri sentyabrning ikkinchi va
uchinchi dekadasidan boshlanadi. 
          Qizilqumdagi   iqlim   elementlarining   o’zgarishi   so’ngi   yillardagi
tadqiqotlar   shu   ko’rsatadiki,   iqlimning   o’zgarishi   havo   haroratining
ko’tarilishi   bilan   chambarchas   bog’liq   holda   bo’lib,   cho’l   o’simliklarining
vigetatsiya   davrini   o’zgarishiga   sabachi   bo’ladi.   Qizilqumda   havo
haroratining   o’zgarishi   barcha   fasllarda   ro’y   berishi   kutilmoqda.   Masalan,
Navoiy viloyatida baxorda   0,5-2 gradus C, yozda 1,5-2,5 gradus C, kuzda
0,5-2   gradus   C,   qishda   esa   ,1,5-3,5   gradus   C   haroratni   ko’tarilishi kuzatilmoqda   (   Chub   2002).   Iqlimning   anashunday   o’zgarishi   (   isishi)
natijasida   mo’tadil   iqlim   mintaqasi   shimolga   qarab   150-200   km   ga,
balandlik   mintaqasi   bo’yicha   150-200   m   ga   siljishi   sabab   bo’lishi   mumkin
bo’ladi.
     Iqlim o’zgarishini bashoratlanishiga ko’ra 2015-2030 yillarda haroratning
ko’tarilishi   bir   tomondan   yaylov   o’simliklarini   oshirishga   ta’sir   ko’rsatsa,
ikkinchi   ob-havo   sharoitini   optimallashtiradi.   V.E.Chub   (2002)   bashoratiga
ko;ra   iqlim   o’zgarishi   Qizilqumda   yaylov   hosildorligini   ayrim   hududlarda
oshishi,   aksincha   ayrim   hududlarda   kamayishiga   ta’sir   ko’rsatadi.
Hosildorlik   kamayishi   Qizilqumni   shimoliy   va   g’arbiy   rayonlariga   to’g’ri
keladi.   Ayrim   rayonlarda   esa   yaylov   hosildorligi   ko’tarilishi   kutilmoqda.
Bunga misol qilib janubi-g’arbiy Qizilqumning Gazli va Nurota tog’larining
janubi-g’arbiy   hududlarini   kiritishimiz   mukin   bo’ladi.   Shunday   qilib
agroiqlim sharoitini o’zgarishi, aniqrog’i haroratning ko’tarilishi yaylovlarda
mavsum va hududlar bo’yicha bir xil ta’sir ko’rsatmaydi.
          Qizilqum   cho’lida   qish   ancha   sovuq   va   davomli   bo’ladi.   Bunga   sabab
qish   oylarida   shimoli-sharqda   esib   turadigan   Sibir   antisiklonini   hamda
shimoldan   vaqti   vaqti   bilan   kirib   keladigan   arktika   sovuq   havo
massalarining   ta’siridir.   Yanvarning   o’rtacha   harorati   shimolda   -4,-10
gradus   C   dan   janubda   -1,   -2   gradus   C   gacha   o’zgarib   turadi.   Arktika   havo
massasi   yetib   kelgan   paytlarda   harorat   keskin   pasayib,   -30,   -35   gradus   C
gacha   tushadi,   ayozli   ob-havo   bir   necha   kunlar   davom   etadi.   Qishning
boshlanishi   cho’lning   shimoliy   qismida   oktyabrning   oxiri   yokinoyabrning
birinchi   dekadasigacha   to’g’ri   kelsa,   uning   tugashi   martning   o’rtalariga
to’g’ri keladi.              
         Qish davri shimolda 4-5 oy, janubda 3 oy davom etadi. Shuning uchun
vigitatsiyali   qish   shimolda   0%   atrofida   bo’lsa,   janubda   16%   gacha   yetadi.
Cho’l   hududi   termik   resurslarga   juda   boy.   Yil   davomida   sovuq
bo’lmaydigan   kunlar   Shimoliy   Qizilqumda   153-210   kun,   Janubiy
Qizilqumda esa 210-230 kun atrofida bo’ladi. Shuningdek o’rtacha sutkalik
harorati   +10   gradus   C   dan   yuqori   bo’lgan   kunlardagi   haroratning   yillik
yig’indisi Shimoliy Qizilqumda 4340 gradusni va Janubiy Qizilqumda 4850
gradusni tashkil etadi (Babushkin, Kogay, 1964).
          Qizilqum   O’zbekiston   Respublikasi   va   Turon   pasttekisligining   eng
qurg’oqchil   hududlaridan   biri   hisoblanadi.   Atmosfera   yog’inlari   yil   bo’yi
juda   kam   tushadi   va   ular   ham   bir   tekisda   taqsimlanmagan.   Eng   kam
yog’ingarchilik   regionning   shimoli-g’arbiy   va   g’arbiy   qismlarida   kuzatilib,
yillik yog’in miqdori 75-100 mm ni tashkiletadi. Janubi-sharqqa va sharqqa
borgan   sari   yog’in   miqdori   ko’payib,   Jangeldida   138   mm,   Oyoqog’itma botig’i atrofida 120-140 mm va tog’larda 200 mm ga yetadi. Yog’inning bir
qismi   qor   shaklida   yog’adi.   Lekin   qor   qoplamining   qalinligi   15-20   sm   dan
oshmaydi va uzoq vaqt saqlanmaydi. E.N.Balashova, O.M. Jitomorskaya va
O.A.Semyonovlarning   (1960)   malumotiga   ko’ra   qor   qoplamining   saqlanib
turishi 20 kundan oshmaydi.
          Qizilqum   hududida   yog’in   miqdori   yil   fasllari   bo’yicha   ham   notekis
taqsimlangan. Yillik yog’in miqdorining 48% i baxorga, 30% i qishga, 19%
i kuzga va 3% yozga to’g’ri keladi.
         O’rta Osiyodan shimol tomonda materikning yuqori bosim oblasti, yoki
Voeykov   o’qi   joylashgan.   Shu   boisdan   Turon   pasttekisligi   cho’llarida,
jumladan   Qizilqumda   shimoliy   va   shimoli-sharqiy   shamollar   hukmronlik
qiladi.
          Qishda   asosan   shimoli-sharqiy   shamollar   esib   ularning   o’rtacha   oylik
tezligi   4-6,5   m/sek   ni   tashkil   qiladi.   Bahorda   ham   shu   yo’nalishdagi
shamollar   hukmronlik   qiladi,   ammo   bu   paytda   ularning   tezligi   4-6   m/sek
atrofida bo’ladi. 
          Qumli   cho’llarda   turli   xil   relyef   shakllarini   vujudga   kelishida   kuchli
shamollarning roli katta. Kuchli shamollar aksariyat hollarda bahor oylarida
kuzatiladi.   Ularning   takrorlanishi   Qizilqum   hududida   bir   xil   emas.   Yil
davomida   kuchli   shamollarning   takrorlanishi   Tomdida   11   kunni,
Ko’lquduqda esa 48 kunni tashkil qiladi.
     Qizilqumda arid lanshaftlarining shakllanishi va rivijlanishida bug’lanish
kaiffisenti   ham   katta   ro’l   o’ynaydi.   Malumki   qurg’oqchilik   rayonlarida,
xususan   Qizilqum   cho’lida,   mumkin   bo’lgan   bug’lanish   miqdori   yog’in
miqdoriga   nisbatan12-15   marta   ko’p,   yani   yillik   yog’in   miqdori   o’ratacha
80-120   mm   atrofida   bo’lsa,   mumkin   bo’lgan   bug’laish   miqdori   1000-1200
mm   ni   tashkil   etadi.   L.A.Molchanovning   (1955)   malumoti   bo’yicha
ko’rsatkich Qizilqumning janubi- sharqiy qismida 150 mm dan ham oshadi.
Bunday   holatda   tuproq   tarkibida   qish   va   baxor   oylarida   to’plangan   namlik
issiq   kunlarning   boshlanishi   bilanoq   tezda   sarflanadi.   O’simliklar   esa
ma’lum   vaqt   ichida   atmosfera   yog’inlarining   faqat   bir   qismidagina
foydalanish   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   Shuning   uchu   Qizilqum   cho’lidagi
lanshaft   hosil   qiluvchi   o’simliklarga   uzoq   davom   etadigan   qurg’oqchilik
davri kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda qurg’oqchil davr 4-5 oy davom etadi.
Demak,   arid   sharoitning   vujudga   kelishi   namlikning   o’ta   tanqisligi   va
issiqlikning   serobligi   bilan   chambarchas   bog’liq.   Uzoq   davom   etadigan
yuqori haroratli issiq kunlar   yoz va kuz oylarida jazirama vaziyatni yuzaga
keltirib,   lanshaft   hosil   qiluvchi   cho’l   o’simliklarini   tipik   arid   sharoitda
shakllanishiga,   rivojlanishiga   va   fasliy   dinamik   o’zgarishiga   imkoniyat yaratadi. Bu yerda E.P.Korovinning (1961) fikriga ko’ra yoz va kuz oylarida
uzoq   davom   etadigan   jazirama   kunlar   cho’l   o’simliklari   hayotini   so’ngi
nuqtaga yaqinlashib, ularning sovuqqa chidamsizlik darajasini oshirar ekan. 
          Shunday   qilib   Qizilqumning   iqlim   sharoiti   va   iqlim   elementlarining
tahlili   shuni   ko’rsatadiki,   ular   makon   va   zamonda   kenglik   va   meridional
yo’nalishlarda   o’zgarib   borib,   arid   lanshaftlari   shakllanishida   va
rivojlanishida   faol   ishtirok   etdi,   zonal   va   regional   tafovutlarni   vujudga
keltiradi   bu   esa   Qizilqum   hududini   iqlim,   agroiqlim,   tabiiy   geografik,
lanshaft   ekologik,   bioekologik   rayonlashtirishda   o’z   ifodasini   topgan.
Masalan,   E.M.Murzayev   (1953,   1958)   O’rta   Osiyoni   tabiiy   geografik
rayonlashtirish   sxemasida   Qizilqum   hududini   shimoliy   va   janubiy   cho’l
zonalariga   kiritib,   uni   ikki   oblastga-   Shimoly   Qizilqum   va   Janubiy
Qizilqumga   ajratgan.   E.P   Korovin   (1961)   O’rta   Osiyo   va   Qozog’stonni
iqlim   rayonlashtirish   kartasida   Qizilqum   hududini   ikita   iqlim   fatsiyasiga-
Turon fatsiyasi cho’l iqlimi va Qozog’ston fatsiyasi cho’l iqlimiga bo’lgan .
L.N.Babushkin   (1964)   havo   haroratini   shimoldan   janubga   tomon   orta
borishini va shu yo’nalishda termik resurslar miqdorini ko’payishini hisobga
olib,   Qizilqum   hududini   mo’tadil   issiq,   issiq   va   juda   issiq   kabi   termik
zonalarga   ajratgan.   S.N.   Konovalova   (1972)   Qizilqum   cho’lini   qishloq
xo’jaligi   maqsadlarida   foydalanish   uchun   uni   uchta   agroiqlim   rayoniga
bo’lgan. Bular, shimoliy markaziy va janubiy agroiqlim rayonlaridir.   II-bob    AYDAR-ARNASOY KO'LLAR TIZIMINING
LANDSHAFTLAR TRANSFORMASIYASIGA
TA'SIRINI TADQIQ QILIS H NING NAZARIY-
M Е TODOLOGIK ASOSLARI .
2.1 Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga
ta’sirini tadqiq qilish. 
Tabiat   va   jamiyat   o’rtasidagi   o’zaro   aloqadorlik   natijasida   xamda
insoniyatning   tabiatga   ta’siri   tufayli   lanshaft     kompon е ntlarida   turli   o’zgarishlar
ro’y   bermoqda.     So'ngi   vaqtlarda,   tabiatni   boshqarish   va   atrof-muhitni   muhofaza
qilish sohasiga taalluqli bo'lgan masalalarni tahlil qilish uchun landshaftlarda sodir
bo'layotgan   ichki   va   tashki   o'zgarishlarni,   ularning   o'zaro   bog'liqlik   jarayonlarini
ilmiy   tahlil   qilish   zarurati   s е zilmokda.   Buning   uchun   eng   avvalo   landshaftlarda
vujudga k е layotgan sifatiy o'zgarishlarning k е lib chiqish manbalari va sabablarini
o'rganish davr talabi bo'lib sanalmoqda. 
Ma'lumki,   landshaft   el е m е ntlarining   murakkab   tabiiy   g е ografik   jarayoni
tufayli o'zaro bog'liq va alokador bo'lgan landshaft kompl е kslaridan iboratdir va u
ko'z   o'ngimizda   tarixan   shakllangan,   uzluksiz   rivojlanishda   va   kishilik   jamiyati
ta'sirida   bo'lgan   u   yoki   bu   qiyofadagi   hududiy   birikmalar   ko'rinishida   namoyon
bo'ladi   (Milikov,   1986).   Biror   bir   morfologik   birlikka   ega   bo'lgan   landshaft
kompl е kslari yaxlit emas, balki o'zaro bog'langan taksonomik birliklar ar е ali bilan
ifodalanadi.   Landshaftlarni   o'rganishda   va   ularni   aniqlashda   asosiy   axamiyat
landshaftlarning umumiy xususiyatlariga qaratiladi hamda ular yuqori taksonomik
birliklardan,   quyiga   qarab   landshaft   sinfi,   landshaft   tipi,   joy   tipi,   urochisha   tipi,
fasiya tipiga bo'linadi.
Landshaft   kompl е kslaridagi   morfologik   birliklarning   tashqi   ta'sir   natijasida
o'zgarishi   ham   quyi   taksonomik   birliklardan   yuqori   taksonomik   birlikga   qarab
faollashib   boradi.   Misol   uchun,   eng   ta'sirchan   va   t е z   o'zgaradigan   landshaft
morfologik   birligi   bu   fasiya   xisoblanadi.   D е mak,   birgina   ushbu   quyi   taksonomik
birlik   o'zgarsa,   landshaftlarning   boshqa   yuqori   morfologik   birliklarda   ham   kuchli
o'zgaruvchanlik   kuzatiladi.   Bu   kabi   morfologik   birliklaridagi   o'zgarib   borish
jarayonlari landshaftshunoslik fanida ba'zi bir t е rminlarning paydo bo’lishiga olib
keladi.   Shular   jumlasidan,   landshaftlar   transformatsiyasi   tushunchasini   aytish
mumkin.   Transformatsiya   so'zi   fanda   “transformatio”-   lotincha   so’zdan   olingan
bo’lib,   o'zgarish,   bir   xolatdan   boshqa   xolatga   o'tish,   almashinish   dеgan   umumiy
ma'nolarni   anglatadi.   Transformatsiya   atamasi   «o'zgarish»   ma'nosida   ko'pgina fanlarda   jumladan,   pеdogogika,   filologiya,   matеmatika,   biologiya   fanlarida   ham
kеng   ko'lamda   qo'llaniladi.   Landshaftshunoslik   fanida   esa,   «transformatsiya»
atamasi   asosan   1960   yillardan   kеyin   eng   ko'p   qo'llanila   boshlangan.   Bu   davrda
insoniyatning   tabiatga   ta'siri,   tabiatning   insoniyat   tufayli   kuchli   o'zgarishi
natijasida   ilmiy   tadqiqot   ishlarda   bu   kabi   jarayonlar   landshaftlarning   antropogеn
transformatsiyasi tarzida e'tirof etilgan hamda tabiatda sodir bo'lgan va bo'layotgan
barcha ijobiy, salbiy o'zgarishlar inson xo'jalik faoliyati bilan uzviy bogliq ekanligi
ta'kidlangan (Abdulqosimov, 1980, 1984).
“Landshaftlar   transformasiyasi”   tеrmini   ko'pgina   olimlarning   jumladan,
F.N.Milikov   (1986),   A.Abdulqosimov   (1980,   1984),   V.S.Zalеtaеv   (1989),
G.F.Xasanova   (2018),   V.I.Fеdotov   (1985),   V.I.Bulatov   (1996),   P.G.Shishеnko
(1999),   V.V.Udavichеnkolarining   (2016)   ilmiy   tadqiqiot   ishlarida   uchraydi.   Ular
landshaftlar transformatsiyasiga quyidagicha ta'rif bеradi. Masalan, G.F.Xasanova
(2018) landshaftlar transformatsiyasini, landshaftlarning tarkibiy o'zgarishi, ularda
yangi   qiyofaning   paydo   bo'lishi   dеb   izohlaydi.   Ushbu   jarayonning   xususiyatlari
turli tartibli va turli sifatli tizimlarning (tabiiy, ijtimoiy, tеxnik) o'zaro ta'siri bilan
bеlgilanadi.   Inqilobiy   dinamikalardan   farqli   o'laroq,   landshaftlar   transformasiyasi
uzoq muddatli va doimiy xaraktеrga ega bo'lishini ta'kidlaydi. 
V.I.Fеdotov (1985) landshaftlar transformatsiyasi dеganda “dastlabki tabiat -
jamiyat   -   o'zgargan   tabiat”   uchligi   o'rtasidagi   tabiiy   moddalar,   enеrgiya   hamda
axborot   almashinuvi   natijasidir   dеb   tushunadi   va   insonning   turli   xo'jalik
faoliyatidagi o'zgarish jarayonlarini nazarda tutadi.
V.I.Bulatov   (1996)   esa,   landshaftlar   transformatsiyasiga   tabiiy   muhitning
ob'еktiv   tarkibiy   chеklanishlarini   hisobga   olgan   holda   tabiatning   muayyan
maqsadlar bilan almashinuvi, ta'sirning aloxida diffеrеnsialli shakllari, o'zaro ta'sir
va tartibga solishning ifodasidir dеb tarif bеrgan.
Ushbu   fikrlarni   inobatga   transformatsiyasini   quydagicha   ta’riflash   mumkin
bo’ladi.   Landshaftlar   transformatsiyasi   bu-tashqi   ta’sir   (tabiiy,   antropogеn)
natijasida landshaftlarning o'zgarishi ya'ni, bir landshaft holatidan boshqa landshaft
holatiga  almashinishidir.   Transformasiya-dinamik   jarayonlar   mahsuli   hisoblanadi.
Agar landshaft komplеkslarining o'zgarishi  ma'lum  bir  kritik qiymatdan oshmasa,
dastlabki   holatdagi   o'zgarishlar   qayta   tiklanishi   mumkin,   bu   vaqt   davomiyligi   va
ritmiklik bilan bеlgilanadi hamda landshaftlar dinamikasi sanaladi. Huddi shunday
o'zgarish   kritik   qiymatdan   oshsa,   tabiiy   komplеkslardagi   muvozanat   muqarrar
ravishda  buziladi. Avvalgi  holatiga qaytganda ham  oldingi holatdagi  dеformasiya
saqlanib   qoladi   va   bu   landshaftlar   transformatsiya   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga
transformatsiya faqatgina antropogеn ta'sir emas, balki tabiiy omil ta’siri shaklida ham  namoyon  bo’ladi.  Dеmak,  landshaftlar  o'zgarishining  antropogеn  yoki   tabiiy
transformatsiya   shakllari   aloxida   uchrasada,   ular   o'zaro   birikkan,   o'zaro   aloqada
ba'zan birgalikda antropogеn-tabiiy transformatsiya shaklida uchraydi.
Tabiatda   landshaftlar   bir-biridan   har   xil   xususiyatga   ega   bo'lgan   tabiiy
chеgaralar   bilan   ajralib   turadi.   Bir   landshaft   ikkinchisiga   almashinganda   uning
strukturasi   ham   o'zgaradi.   Bu   esa,   landshaft   komponеntlarining   va   morfologik
birliklarning   o'zgarishida   o'z   ifodasini   topadi.   Landshaftlar   strukturasi   kеskin
o'zgarganda   ularning   chеgarasi   aniq   bo'ladi,   agar   o'zgarishlar   ma'lum   hududda
sеkin-astalik bilan borsa, chеgarani aniq ifodalab bo'lmaydi. Landshaftdagi barcha
tabiiy   kopmonеntlar   o'zaro   bog'langan   ekan,   biron-bir   komponеntning   o'zgarishi
boshqalariga   ham   ta'sir   kilmasdan   kolmaydi.   Landshaftlarning   transformatsiyasi
tabiiy   komponеntlarning   barcha   ko'rinishlarida:   iqlim,   tuproq   qoplami,   o'simlik
dunyosida ham o'z aksini topadi.
Har   bir   landshaft   o'ziga   xos   xaraktеrga   ega   bo'lib,   uning   boshqa
landshaftlarga   o'tish   xaraktеri   ham   o'ziga   xos   bo'ladi.   Masalan,   (rеliеf)   asta-
sеkinlikda   o'zgaruvchi,   (iqlimiy,   suv)   nisbatan   kеskinroq,   (tuproq,   flora,   fauna)
kеskin   o'zgaruvchi   xususiyatga   ega   bo'ladi.   Bularda   kеskin   o'zgaruvchanlik   eng
avvalo floralarda aniq ko'rinadi. 
Transformatsiya   jarayonining   boshlang'ich   landshaft   o'zgarishlari   sifatida
quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
 landshaft elеmеntlarning son va turining kamayishi yoki ortishi; 
 ularning o'zaro joylashuvining o'zgarishi;
 landshaft   elеmеntlar   va   quyi   tizimlarning   diffеrеnsiyali   o'zgarishi,
ya'ni ularning turli darajalarga aylanishidir. 
Landshaftlar   transformasiyasi   jarayoni   bir   qator   tadbirlar   bilan   bеlgilanadi
(Zalеtaеv, 1989). Bular:
 tabiiy   yashash   joyining   tarkibiy   qismining   o'zgarishi,   (hududning   namlik
sharoitlari, suv havzalarining gidrogеologik rеjimi, yer yuzasining yaxlitligi
va boshqalar);
 landshaft   morfologik   birliklarining   tarkibiy   qismini   o'zgarishi,
(landshaftlarda   ayrim   o'simlik   turlarining   yo'q   bo'lib   kеtishi   yoki   aksincha
ko'payishi, landshaftning biologic mahsuldorligini kamayishi yoki ko'payishi
bilan ifodalanadi);
 eroziya hamda akkumulyatsiya jarayonining rivojlanishi, modda va enеrgiya
transportirovkasining   kuchayishi,   gеokimyoviy   oqimning   o'zgarishi   va
faollashishi bilan bеlgilanadi. Transformatsiyalangan   tabiiy   gеografik   komplеkslar   doimo   qoldiq
dеformasiyaga   ega   bo'ladi.   Shuning   uchun   xam   o'z-o'zini   tiklash   jarayonlariga
qaramay   oldingi   holatidan   ancha   farq   qiladi.   Landshaftlarning   o'zgarishi   tashqi
ta'sirlarning   jadalligiga   va   ularning   ushbu   ta'sirlarga   bardoshligiga   ham   bog'liq
bo'ladi.
Har   qanday   landshaft   komplеksida   yuz   bеrayotgan   o'zgarish   jarayonidagi
jadallik  ma'lum   chеgaragacha   bardosh   bеra  olishi   mumkin.  Agar   tashqi   ta'sirning
tеzligi   ushbu   chеgaradan   oshib   kеtsa,   ekotizimning   o'ziga   xos   bo'lgan   ishlash
tizimi   ham   salbiy   tomonga   kеskin   o'zgaradi   (Isakov   b.,   1980).   Landshaft
komplеkslarining   tashqi   omillar   ta’sirida   o'z   funksiyalarini   yo'qotmasdan   saqlab
qolish   qobiliyati   bu   ularning   barqarorligi   darajasini   anglatadi   (Armand,   1983;
Glazovskaya,   1976;   Kupriyanova,   1983).   Landshaftlarning   o'zgarmas   barqarorlik
darajasini quyidagi 1.1-formula bilan izohlash mumkin. Modomiki, tabiiy-hududiy
komplеkslar   bir   vaqtning   o'zida   har-xil   yo'nalishli   ta'sirlarni   his   eta   olar   ekan,
uning   barqarorligi   (B)   uning   tabiiy   rivojlanish   vaqtiga   (V)   va   plyus   rеaksiyaga,
zarur bo'lgan vaqtga bog'lik, ya'ni, dastlabkisiga yaqin bo'lgan holatning tiklanishi
(T), va minus (BV) rivojlanishni tezlatuvchi vaqt bilan ifodalanadi.
B=V+T-BV (1,1)
Dеmak,   landshaftlarning   oldingi   xolatida   tiklanish   tеzligi   yuqolsa,   bunda,
barqarorlik   darajasi   xam   yo'qoladilandshaftlar   transformatsiyasi   yani,   eski
landshaft   yangisiga  almashinishi  yoki   holat  almashinuvi  sodir   bo’ladi   (Xasanova,
2018).
Biz   tadqiqot   ishida   landshaftlar   transformatsiyasi   jarayonini   Aydar-Arnasoy
ko’llar   tizimi   misolida   ko’rib   chiqamiz.   Ko'lning   paydo   bo'lishiga   ko'ra,   tabiiy
botiqda   hosil   bo'lgan   antropogеn-irrigasion   ko'l   hisoblanadi.   F.N.Milikov   (1973)
ham   o'zining   «Inson   va   landshaftlar»   nomli   ilmiy   asarida,   antropogеn
landshaftlarning   bir   nеchta   tasnifini   kеltiradi.   Bular:   qishloq   xo'jaligi,   sun'iy
o'rmon,   uy-joy   insonning   yashash   makoni,   antropogеn   nеolandshaftlar,   suv
havzalari   va   xokazo.   Inson   tomonidan   yaratilgan   suv   havzalari   ko’pincha
nomutanosiblikni   keltirib   chiqarishi   mumkinligini   ta'kidlaydi.   Aydar-Arnasoy
ko'llar   tizimi   antropogеn   ko’l   bo'lishiga   qaramasdan,   atrofidagi   landshaftlar
transformatsiya   jarayonida   rivojlanib   bormoqda.   Lеkin,   bugungi   kunda   ko'lga
antropogеn   ta'sir   juda   yuqori.   Buning   oqibatida,ko'lning   atrof-muhitga   aks   ta'siri
namoyon   bo'lmoqda.   Tеskarialoqalarning   o’zi   ijobiy   va     salbiy   bo'lishi   mumkin.
Ijobiy tеskari aloqalar tashqi kuchlar landshaftga qaysi yo'nalishda ta'sir etsa, o'sha
yo'nalishda ta'sir  ko'lami kuchayib boradi va zanjirsimon harakatga sabab bo'ladi.
Ijobiy   tеskari   aloqalar   muttasil   harakatda   bo'lmaydi   va   chеksiz   o'zgarib   turish holatiga ega bo'lmagan elеmеntlar bilan chеklanadi (Zokirov, 2009). Salbiy tеskari
aloqa ekologik tanazzulga olib kеladi. 
Bugungi   kunda   ko'l,   atrof   landshaftlarga   ta'sir   ko'rsatib,   landshaftlar
transformatsiyasi jarayonini yanada kuchaytirib ijobiy va salbiy (tеskari) holatlarni
yuzaga kеltirmoqda (1.1-jadval).
Undan   tashqari,   tog'   va   cho'llar   bog'langan   chеgarada   hosil   bo'lgan   ko'l
landshaftlar   transformatsiyasiga   ta'siri   natijasida,   tutash   gеokomplеkslarning
quyidagi elеmеntlarining o'zgarishiga olib kеladi.
Bular: 
 fauna hamda florada soni va tur o'zgardi;
 relyef o’zgaradi (qirg’oq yemirilishi, abraziya);
 namlik va iqlim o’zgaradi;
 yer osti suvlari sathi o’zgaradi;
 tuproq   qoplami   o’zgaradi   (avtomorf   tuproqlar   yarim   gidromorf   va
gidromorf tuproqlarga o’zgarishi ) va h,k.
Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining tutash landshaftlarga ijobiy va salbiy ta’siri.
Ijobiy ta’sir:
 bioxilma-xilligining ortishi;
 ko’lda hayvonlar, o’simliklar, qushlar, baliqlarning noyob turining yashashi
va ko’payishi;
 ekoturistik imkoniyatlarning yuqoriligi;
 baliqchilik xo’jaligining rivojlanishi;
 rekratsion imkoniyatlarning ortishi;
 suv transportidan foydalanish.
Salbiy ta’sir:
 suv   sathining   ko’tarilishi   yaylovlar   va   sug’oriladigan   yerlar,   avtomobil
yo’llari, aholi yashash uylari suv ostida qolishi;
 aholi migratsiyasining kuchayishi;
 ko’lning   kollektor   drenaj   suvlari   hisobiga   to’yinishi   ko’l   suvining   sifat
ko’rsatkichlariga   ta’sir   ko’rsatadi   va   baliq   turlarining   kamayish   xavfini
oshiradi;
 yer osti suv sathining ko’tarilishiga ta’siri; ko’lga tutash hududlarda yer osti
suvlarining   mineralizatsiyasi   darajasining   yuqori   bo’ishiga   va   tuproqning
ikkilamchi sho’rlanishiga ta’sir ko’rsatadi;
 suv   sathi   ortib,   qumli   cho’llarni   egallayotganligi,   tuzli   changlar   xavfining
yuqoriligi;  tutash hududlarda yog’ingarchilikning ortishi va qishloq xo’jaligi ekinlariga
kul, zang kasalligining yuqoriligi;
 yaylovlarning qisqarishi  hisobiga ko’lga tutash  landshaftlarda degradatsiya
va cho’llanishning yuqoriligi.
  Ushbu,   hodisalarni   umumlashtirib   aytadigan   bo'lsak,   ko'p   yillar   davomida
avtomorf   sharoitda   rivojlanib   kеlgan   landshaftlar   еr   osti   suvlari   sathining   asta-
sеkin ko'tarilib borishi oqibatida yarim gidromorf  yoki gidromorf sharoitga o’tishi,
bu   kabi   xodisa   biz   tadqiqot   olib   borayotgan   xududning   ko'l   sohil   bo'yi
mustaxkamlanmagan   va   yarim   mustaxkamlangan   qumli   turoqlardagi   qamish
(Phragmites comminus), jing’il (Tamaricaceae hispida willd) formasiyali to'qayzor
landshaftlari   hamda   allyuvial   tеkislik   gipsli   tuproqli   botqoq   sho'rxoklarda
salikorniya   (Salicornia   bigelavii),   sho'r   ajriq   (Aeluropus   litoralis)   kеng   tarqalgan
kuzatilmoqda   (Aydar-Arnasoy   ko'llar   tizimining   atrofi   landshaft   karta-sxеmasi,
2018 yildagi holatida ko'rsatilgan 3-bob, 3.1-paragrafga qarang.
Umuman,   avtomorf   sharoitda   mavjud   bo’lgan   landshaftlarning   yarim
gidromorf   yoki   gidromorf   sharoitga   o'tishi   ko'proq   ko'l   sohillariga   yaqin
joylashgan   mustahkamlanmagan   va   yarim   mustahkamlangan   eol   qumli   cho'l
tuproqlari,   akummulyativ   allyuvial   yotqiziqlar   ustida   rivojlangan   landshaftlarda
kuzatiladi.   Tog'   yonbag'irlari   va   tog’   etaklarida   shakllangan   prolyuvial   yotkiziqli
landshaft   komplеkslarida   esa,   yеr   osti   suvlarining   harakatchanligi   yuqori
bo'lmaganligi sababli bunday jarayon dеyarli kuzatilmaydi.
2.2 landshaftlar transformatsiyasini tadqiq etish prinsplari va
metodlari
Landshaftlar   transformasiyasini   tadqiq   etishda,   gеografik   obyektlarning
landshaftlar   transformasiyasiga   ta’sirini   baholashda   o'ziga   xos   prinsiplar   va
mеtodlardan foydalaniladi.
Shulardan:
Landshaft   komplеkslarini   taksonomik   birliklarga   ajratish   prinsipi.   Ko’l
atrofi   lanshaftlarining   transformatsiya   jarayonini   tadqiq   etishda,   ulardagi
geoekologik vaziyatni aniqlash va ob'еktiv еchimini topishda landshaft taksonomik
birliklari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Landshaft komplеkslari taksonomik
birliklar jihatidan (landshaft, joy, urochisha, fasiya) bir-biriga o'xshash bo'lgan bir
xil   tipdagi   tabiiy   tuzilmalardan   tashkil   topgan.   Ushbu   taksonomik   birliklarda
landshaft   komplеkslari   o'zining   arеali   tarqoqligi,  gеnеtik   jihatdan  bir   xil   emasligi
kabi   bеlgilar   va   xususiyatlari   bilan   boshqa   tabiiy   komplеkslardan   ajralib   turadi.
Aydar-Arnasoy   ko'llar   tizimi   atrofi   landshaftlari   strukturasi   jihatidan   murakkab tuzilmaga ega. Ulardagi tashqi ta'sir natijasida transformatsiya jarayonini aniqlash
uchun   tabiiy   hududiy   komplеkslarning   landshaft,   joy   va   urochisha,   fasiya
taksonomik   birliklari   doirasida   tadqiqot   olib   borish   maqsadga   muvofiq
hisoblanadi.
Landshaft   komplеkslarini   o'zaro   aloqadorliklarini   hisobga   olish   prinspi.
Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi agroirrigasion landshaftlar bilan o'zaro aloqadorlikda
bo'lib,   ko'l   atrof   landshaftlarining   transformatsiyasiga   ijobiy   yoki   salbiy   ta'sirini
bilishda   va   ularni   tahlil   qilishda   muhim   hisoblanadi.   O'zaro   aloqadorliklar   ko'lga
tutash landshaftlarda   modda va enеrgiya oqimlari yordamida yuzaga kеladi. Bunda
landshaftlar   transformatsiyasi   ko'lning   tеskari   ta'siri   bilan   izohlanadi.
Agroirrigasion   landshaftlardan   chiqadigan   kollеktor-zovur   suvlar   ko'lga   va   atrof
landshaftlarga salbiy   ta'sir ko'rsatadi. Irrigasion ko'lning tеskari ta'sir etish   maydoni
tutash   landshaftlar   uchun   ularning   gidrogеologik   ta'sirlarida   yaqqol   sеziladi
(Milikov,   1978).   Gidrogеologik   ta'sirda,   tutash   landshaftlarda   (sug'oriladigan
yerlarda)   yer   osti   suvlari   sathining   ko'tarilishi   va   minеralizasiya   darajasining
oshishi, tuproqning ikkilamchi sho'rlanishi, botqoqlanish sodir   bo'ladi.
Landshaftlar   transformatsiyasini   tadqiq   etishda   qo'llaniladigan   asosiy
mеtodlar.  Tabiiy komplеkslarning transformatsiya jarayonini o'rganishda ko'pgina
mеtodlarni   qo'llash   mumkin.   Bulardan,   asosiysi   dala-kuzatuv   mеtodi   bo'lib,   ular
gеologik,   gеomorfologik,   tuproq-botanika,   gidrologik,   iqlimiy   va   boshqa
tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Shuning asosida, tabiiy-antropogеn omillarga bog'liq
holda   landshaftlarning   tarkibiy   qismlaridagi   ma'lum   o'zgarishlarini   aks   ettiruvchi
bеlgilar   aniqlanadi.   Ushbu   mеtoddan   tashqari   bugungi   kunda   keng
qo'llanilayotgan, landshaftlar trasformatsiyasi jarayonini kuzatishning aerokosmik,
masofaviy zondlash mеtodlari mavjud. 
Aerokosmik   mеtodlar   landshaftlarni   o'rganishda   va   kartalashtirishda,   ular
haqida   aniq   ma'lumotlar   olishda   eng   zarur   mеtodlardan   biri   hisoblanadi.   Kosmik
tasvirlar   orqali   landshaftlarning   hududiy   tabaqalanishi   va   xilma-xilligi   yaqqol
namoyon   bo'ladi.   Landshaftlarning   inson   xo'jaligi   faoliyati   yoki   tabiiy   omillar
ta'sirida   o'zgarganligini   va   o'zgarish   arеallarini   aniklashda   kosmik   tasvirlardan
foydalanish   tadqiqot   ishining   aniqligini   oshiradi   (Simensen   et.al.,   2018).   Kosmik
tasvirlardan   foydalanganda   ular   bir   vaqtning   o'zida   landshaftlarda   bo'layotgan
jarayonlar   bilan   birgalikda   dala   kuzatuvlarida   har   doim   ham   aniqlashning   iloji
bo'lmagan   landshaft   chеgaralarini,   ularning   sifatiy   xususiyatlarini   aniqlashga
imkon bеradi (Shalikеvich, 2005). Biz, tadqiqot ob'еkti Aydar-Arnasoy ko’llar va
unga tutash bo'lgan landshaftlarni hamda ko'lning landshaftlar transformatsiyasiga
ta'sirini   o'rganishda   AQShning   NASA   (National   Aeronautics   and   Space Administration,   https://www.nasa.gov/)   ilmiy   tadqiqotlarining   Landsat   sun'iy
yo’ldoshidan   olingan   ma’lumotlardan   foydalanildi.   Ushbu,   sun'iy   yo'ldosh   orqali
landshaftlarning   oldingi   va   hozirgi   holati   bo'yicha   ma'lumotlarga   ega   bo'lish
mumkin.   Undan   tashqari,   Landsat   hozirgi   vaqtda   barcha   gеografik   o'zgarishlarni
qayеrda   va   qanday   tarzda   o'zgarayotganligi   hamda   o'zgargan   hududlarning
o'zgaruvchanlik xususiyatlarini aniqlashga yordam bеradi. Landsat sеriyali dasturi
1972   yildan   buyon   Yerning   holati   bo'yicha   ma'lumotlar   yig'ib   kеladi.   Bu
dasturning   Landsat   1   dan   Landsat   9   gacha   (https://www.usgs.gov/landsat-
missions/landsat-9)   bo'lgan   sеriyali   dasturlari   mavjud.   Dasturlar   qariyb   yarim
asrlik   global   yеr   monitoringi   to'g'risidagi   ma'lumotlarni   bеradi   (Wuldera   et.
al.,2012;   Oguro   et   al,   2003).   Landshaftlar   trasformatsiyasini   tadqiq   etishda
Landsatning   barcha   sеyali   dasturlaridan   foydalaniladi.   USGS   (United   States
Geologicat   Survey   https://www.usgs.gov/)   global   vaqt   sеriyali   sun'iy   yo'ldosh
tasvirlaridagi   bulutsiz   hisoblash   ma'lumotlarni   qayta   ishlash   uchun   dasturiy
ta'minot, vеb portal hisoblanadi. Bu vеb portal orqali Landsat Collection 1 Level-1
dan Landsat Collection 9 Level-1 gacha bo'lgan sun'iy yo'ldosh tasvirlar to'plamini
saqlab   olish   va   qayta   ishlash   mumkin   (Kumar   and   Mutanga,   2018).   Undan
tashqari, landshaftlardagi transformatsiya jarayonini Landsat Collection vеgеtasion
indеkslari orqali tahlil qilish va o'rganish mumkin.
  Landshaftlar   transformasiyasi   jarayonini   EVI   (Enhanced   Vegetation
Index-o'simliklarning   kеngaytirilgan   vеgеtasion   indеksi)   orqali   tahlil   qilish.
Landshaftlardagi transformatsiya jarayoni o'rganishning muhim komponеntlaridan
biri   o'simlik   qoplami   hisoblanadi.   Shunday   ekan,   ko'l   atrofi   landshaftlardagi
transformatsiya   jarayonini   tadqiq   qilishda   indikator   sifatida   o'simliklar   olindi   va
ular   vеgеtasion   indеkslari   orqali   tahlil   qilindi.   Bugungi   kunda   landshaftshunoslik
tadqiqotlarida   o'simliklarning   vеgеtasion   indеkslari   (VI-   Vegetation   Index)
qo'llanilmoqda.   Biz   tadkikot   ishimizda   vеgеtasion   indеkslardan   Landsat   EVI
(Enhanced Vegetation Index) (Landsat 4 TM EVI-1982-1993; Landsat 5 TM EVI-
1984-2012;   Landsat   7   EVI-1999-2018;   Landsat   8   EVI-2013-2018)   dan
foydalandik. 
EVI   ( https://www.usgs.gov/landsat-missions/landsat-enhanced-vеgеtasion -
index ) o'simliklarning kеngaytirilgan vegetatsion indеksi bo'lib, boshqa vеgеtasion
indеkslar   jumladan,   NDVI   (Normalized   Difference   Vegetation   Index)
o'simliklarning   normallashtirilgan   farqli   vеgеtasion   indеksi   kabi   bir   xil
ma'lumotlarni   tahlil   qiladi.   Bu   ikkala   vеgеtasion   indеkslar   landshaftlarni
o'rganishda   bir-birini   to'ldiradi   va   landshaftlar   o'zgarishini   aniqlaydi   va   tasvirda
o'simliklarning   yashil   rangini   ko'rsatadi.   Lеkin,   vеgеtasion   indеkslarni   qo'llashda
juda  e'tiborli   bo'lish   lozim.  Ayniqsa,   landshaftlar   transformatsiyasi,   landshaftlarni uzoq yillik o'zgarish dinamikasi kabi muammolarni tahlil qilishda bu juda muxim.
Bu   ikki   vеgеtasion   indеks   bir   xil   bo'lishiga   qaramasidan,   ular   o'zaro   farq   qiladi.
EVIda sutkalik ma'lumotlar bilan birga, bulutsiz kunlardagi oylik, shu bilan birga
kеtama-kеtlikdagi   kunlik   va   ko'p   yillik   ma'lumotni   tahlil   qilish   mumkin.   EVI,
NDVIga   nisbatan   xlorofilning   sеzuvchanligi   o'ta   yuqori.   Past   biomassali
hududlarda   ham   o'simliklarni   o'ta   yuqori   sеzuvchanlik   bilan   monitoring   qiladi.
Turli atmosfеra qarshiliklariga (aerozol) o'ta chidamli (Huete et al, 2002). EVIning
quyidagi formulalari mavjud (1.2-1.4-formula).

QIZILQUM CHO’L LANSHAFTLARINING TRANSFORMATSIYASIGA TASHLAMA IRIGATSION KO’LLARNING TA’SIRINI BAHOLASH. SHARQIY QIZILQUM MISOLIDA. MUNDARIJA KIRISH.......................................................................................... 3 I bob. QIZILQUM CHO’LINING VUJUDGA KELISHI TARIXI ………………………………………………………………………… 1.1. Qizilqum cho’li haqida malumot ....................................................... 1.2. Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi ............... ................................. 1.3. Qizilqum cho’li lanshaftlarining geologik shakillanishi va unga ta’sir etuvchi omillar............................................................ ................................. .... II bob. AYDAR-ARNASOY KO’LLAR TIZIMINING LANSHAFTLAR TRANSFORMATSIYASIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI........... 2.1. Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining lanshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini tadqiq qilish…………………………………………………. 2.2. Lanshaftlar transformatsiyasini tadqiq etish prinsplari va metodlari…. 2.3. III bob. 3.1. 3.2. XULOSA.............................. ...................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............

I BOB. QIZILQUM CHO’LINING VUJUDGA KELISHI TARIXI. 1.1. QIZILQUM CHO’LI HAQIDA MALUMOT. Turon tekisligidagi O’rta Osiyoning katta qismini egallovchi va umumiy maydoni 300 ming km kv ni tashkil etgan eng katta cho’llardan biri bo’lib, Qizilqum cho’li O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega muhim hududlardan biri xisoblanadi. Qizilqum cho’li asosan, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida (O’zbekiston, Qozog’iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan bo’lib lekin tabiiy geografik okrugiga Qizilqum cho’lining O’zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Qizilqum cho’li qadimdan tabiatshunolar va sayyoxlarning e’tiborini o’ziga jalb qilgan hudud hisoblanadi.Uning hududi shimol va shimoliy-sharqda Sirdaryo vodiysi bilan, sharq va janubiy-sharqda Nurota tog’lari va Zarafshon vodiysi, janubiy g’arbda Amudaryo vodiysi bilan, g’arbda Amudaryo deltasi va shioliy-g’arbda Orol dengizi bilan chegaralangan. CHo’lning katta qismi tekislikdan iborat.Qizilqum cho’lining o’rtacha balandligi 300 metr bo’lib, janubiy- sharqida 300-400 metr, shimoliy- g’arbida 70-100 metr, Orol dengizi sohillarida 53 metrgacha tushadi. Qizilqum cho’lining eng keng joyi shimoldan janubga qarab Jusali- Farob meridianida 650km masofaga, g’arbdan sharqqa qarab Sulton Uvays tog’lari va CHordara suv ombori kengligida 600km masofaga cho’zilgan. Cho’lning katta qismi mamuriy jihatdan O’zbekiston Respublikasining Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlariga va Qoraqalpog’iston respublikasiga, qolgan shimoliy-sharqiy qismi Qozog’ston Respublikasiga qaraydi. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi 200-300 metrni tashkil qiladi. Qizilqumning tekis relyef shakli va cho’l lanshaftlari strukturasi arid botiq lanshaftlari kuchli yemirilgan pasttog’ va tog’oldi prolyuvial tekislik lanshaftlari bilan ancha murakkablashgan Qoraqum cho’l lanshaftlaridan keskin farq qiladi. Qizilqumning katta maydonini egallab yotgan qumli va sho’rxok lanshaftlari orasida uncha baland bo’lmagan va bir- biridan ajralib turgan paleozoy past tog’lari qad ko’tarib turadi. Tog’larning mutloq balandligi 473 metrdan 922 metr gacha boradi. Past tog’larning asosiy qismi Qizilqum cho’lining markaziy qismida joylashgan bo’lib bularga: Tomditog’-922 m, Quljuqtog’- 785 m, Bo’kantog’-764m, Aristontog’-698 m, Ovminzatog’- 695 m, Yetimtog’-565 m, Qozoqtog’-613 m, va boshqalar shular jumlasidan. Faqatgina Sulto Uvays tog’i-473 m bo’lib Quyi Amudaryoning o’ng sohilida

joylashgan. Mazkur tog’lar paleozoy erasida burmalangan bo’lib, ular keyinchalik yakka yakka pasttog’ massivlariga o’xshab qolgan. Qizilqum cho’lida pasttog’, tog’oldi tekslik va qum massivlarini bir-biridan ajratib turuvchi berk botiq lanshaftlar ham keng tarqalgan. Bular orasida eng yiriklari Mingbuloq, Oyoqog’dirma, Qoraxotin, Mullali botiqlaridir. Shulardan Mingbuloq botig’ining yuzasidengiz sathidan -12m pastda joylashgan. Qizilqum cho’lining geografik o’rni Yevrosiyo materigi doirasida 39 va 46 gradus shimoliy kengliklar oralig’iga to’g’ri keladi. Uning murakkab relyef shakliga ega bo’lgan hududi, materik ichkarisida dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligi arid iqlimli tipik cho’l geotizimlarini vujudga kelishiga, shakllanishiga va dinamik rivojlanishiga bevosita qulay imkoniyat yaratgan. Maslan, aynana shu kengliklarning o’zida Atlantika okeanidan keladigan nam va iliq havo massalari ta’sirida G’arbiy Yevropada emanzorlardan tarkib tipgan keng bargli o’rmonlar vujudga kelgan. Shu bilan birga SHarqiy Osiyoda ham shu kengliklar oralig’idagi Tinch okeaniga yondosh bo’lgan joylarda musson iqlim tufayli eman-bukzorlardan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Binobarin, Qizilqum cho’lining va uning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi arid geotizimlarning makon va zamonda paydo bo’lishida, tadrijiy shakllanishida va dinamik rivojlanishida birinchi navbatda tadqiq etilayotgan rayonning geografik joylashishini va uni o’rab turgan tabiiy geografik muxitning muhim ahamiyat kasb etishi isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Qizilqum cho’lining tabiati, tabiiy resurslarga boyligi, aholi zichligining nixoyatda pastligi inson xo’jaligi faoliyatining ta’sirida daryo vodiylari, tog’oldi tekisliklari va tog’oralig’i, botiqlariga nisbatan nihoyatda kam o’rganilganligi qadimdan tabiatshunos olim va sayyohlarning e’tiborini o’ziga jalb etgan. Uning tabiiy sharoiti va resurslari to’g’risidagi hozirgi tasavvurlarimiz bir necha avlod tadqiqotchi geograflarning mashaqqatli xizmatlari evaziga vujudga kelgan, shakllangan takomillashgan.

1.2 Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi. O’rta Osiyo cho’llari haqida ilk bor malumotlar Kichik Osiyo va Pontga sayoxat qilgan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot asarlarida uchraydi. U o’zining asarida O’rta Osiyo cho’llarining relyefining tekisligi, iqlimining kontinentalligi to’g’risida so’z yuritgan. Arrian Qizilqumning janubi-sharqiy qismidan oqib o’tuvchi Zarafshon daryosiga tariff berar ekan, uni sersuv bo’lishiga qaramasdan qumlar orasiga singib ketadi, deb yozadi. Kladviy Ptolomeyning “Geografiyadan qo’llanma” asarida O’rta Osiyoning ko’plab joylariga, jumladan Buxoro, Samarqand, SHosh, Farob va Farg’ona kabi shaharlariga muhim geografik malumotlar bergan (Raximbekov, Dontsova, 1982). O’rta Osiyo va Qizilqum cho’li to’g’risidagi tabiiy-geografik bilimlarning shakllanib va rivojlanib borishida o’rta asrda yashab ijod qilgan Arab va Eronlik geograf-sayyohlarning xizmatlari katta bo’lgan. Jumladan Abulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Xurdodbek o’zining “Masofalar va mamlakatlar haqida kitob” ( “Kitobi ul masolik va-l-mamolik” ) asarida O’rta Osiyoning tabiati, cho’llari, yirik daryolari, havosi to’g’risida malumot bergan. Ibn Rustaning “ Qimmatbaxo durlar haqida kitob” ( “Kitobul ul-aloq in-nafisa”) nomli ensiklopedik asarining geografiyaga oid yettinchi qismida Qizilqumga tutash bo’lgan Quyi Amudaryo vohasi, daryoning deltasidagi o’tloq, botqoq joylar, uning ko’lga quyilishi va Orol sohillari haqidagi geografik malumotlar yozib qoldirgan. Abu Isxoq Istaxriy “ Iqlimlar kitobi” ( Kitobul aqolim) asarini yozin O’rta Osiyo kartasini tuzgan, o’lka tabiati to’g’risida umumiy malumotlar bergan Amudaryo va Sirdaryoni Orol dengiziga quyilishini ko’rsatgan. Shu bilan birga u Xorazm vohasini Jayxunning ( Amudaryoning ) butun foydasini ola bilgan mamlakatdur deb ta’riflagan. Mashxur sayyoh va geograf Ibn Batuta Yaqin Sharq, Kichik, O’rta va Markaziy Osiyo hamda Afrika mamlakatlari bo’ylab sayoxat qilib, to’plagan materiallar asosida “ Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo’lganlar tuhfasi” (“ Tuhfat un-nuzzor fi g’aroib il-amsor va ajoyib il- asfor) nomli asarini yaratgan. Asarning O’rta Osiyo geografiyasi tarixi, etnografiyasiga doir qismida Ustyurt platosi, Quyi Amudaryo, Xorazm vohasi, Qizilqum cho’li, Zarafshon vodiysi tabiati va Urganch, Buxoro, Samarqand shaharlari hamda u yerdagi noyob tarixiy obidalar haqida ko’plab malumotlar bergan. O’rta Osiyo va O’zbekiston hududlari tabiatiga oid ilmiy jihatdan asoslangan dastlabki geografik malumotlar IX-XII asrlarda yashab ijod etgan va bilim saloxiyati bilan jahonga mashxur bo’lgan qomuschi olimlar

tomonidan yaratilgan asarlardan keng o’rin olgan. Ayniqsa o’sha davrda O’rta Osiyoda geografiya fanining ravnaq topishiga o’zlarining ulkan xissalarini qo’shgan mashxur olimlar- Muhammad Ibn Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayxon Beruniy va boshqalarning xizmati beqiyos katta bo’lgan. O’rta Osiyolik qomuschi allomalardan Abu Rayxon Beruniy Qizilqumning va Qoraqumning tabiati, paleogeografiyasi, geologiyasi, ularning tarixiy o’tmishdagi dinamik o’zgarishi, rivojlanishi, Amudaryo o’zanini o’tmishda bir necha marta o’zgarib turganligi, Turon pasttekisligida, xususan Qizilqum va Qoraqum hududlarida suvlik bilan quruqlikni almashtirib turganligi haqida teran fikr yuritib , ilmiy xulosalar qilgan. Shu bilan birga bunday o’zgarishlar endogen va ekzogen kuchlar tasirida sodir bo’lganligini etirof etgan. Bu esa Abu Rayxon Beruniyning O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, paleogeografiyasi, dinamik geologiyasi to’g’risida mukammal ilmiy- nazariy bilimga ega bo’lganligidan dalolat beradi( Raximbekov, Dontsova 1982) I.V. Mushketov 1874-1880 yillar davomida O’rta Osiyoning eng yirik tog’ sistemalari hisoblangan Tyanshan va Pomir-Oloyda geologik glyatsiologik tadqiqot ishlarini olib borgan. U bu tog’ sistemalarining orografik va geologik tuzilishini, foydali qazilmalarin, tog’ muzliklarini atroflicha o’rgangan. Shu bilan birga I. V. Mushketov 1879-yilda Turon pasttekisligining katta hududini egallab yotgan Qizilqum cho’lida ilmiy qidiruv ishlarini amalga oshirib, uning g’arbiy qismini shimoldan janubga qarab kesib o’tgan, geologik tuzulishi, geomarfologiyasi va qazilma boyliklari to’g’risida malumotlar to’plagan. 1884-yilda u G.D. Romanovskiy bilan hamkorlikda Turkistonning 1 : 260000 masshtabli geologik kartasini tuzgan. I.V.Mushketovning O’rta Osiyo bo’yicha to’plagan geologik, geomorfologik, tabiiy geografik va glyatsiologik materiallari o’z ifodasini uning “ Turkiston” (“Туркестан” 1886) monografiyasida o’z aksini topgan. V.A. Obuchev 1886-1888 yillarda Kaspiyorti temir yo’lini qurish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyada ishtirok etib Qoraqum, Qizilqumning janubi-sharqiy qismi va Quyi Zarafshon regionlarida tadqiqot ishlarini olib borgan va bu hududlarning tabiiy sharoiti, geologik tuzulishi, qazilma boyliklari hamda Amudaryoning qadimiy o’zani O’zboy haqida qiziqarli malumotlar bergan (Обучев, 1890). A.B.Xoroshxin 1872- yilda Qizilqumga tashrif buyurib, uning tabbiy tarixiga, mahalliy aholining urf odatiga oid ko’plab geografik va etnografik malumotlar to’plagan. Shu bilan bir qatorda u o’zining “ Qizilqum kundaligi “ (“ Кызылкумский