logo

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

284.994140625 KB
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR SIYOSATNI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB RAQAMLI   IQTISODIYOT   SHAROITIDA   MONETAR
SIYOSATNI   TAKOMILLASHTIRISHNING   NAZARIY
ASOSLARI 8
1.1 Pul-kredit   konsepsiyalaridan   foydalanish   mexanizmlarining
nazariy masalalari 8
1.2 Monetar   siyosatning   maqsadi,   maqsadli   ko‘rsatkichlari   va
asosiy yo‘nalishlari 1 6
1.3 O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   monetar
siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari 2 6
Birinchi   bob   bo‘yicha   xulosa 37
II   BOB PUL-KREDIT   VOSITALARI   ORQALI   MONETAR
SIYOSATNI   TARTIBGA   SOLISH   AMALIYOTI
TAHLILI 39
2.1 Asosiy   foiz   stavkalarini   (qayta   moliyalash)   o‘rnatish   orqali
pul-kredit munosabatlarini tartibga solish amaliyoti tahlili 37
2.2 Majburiy   zahiralash   vositasi   orqali   pul-kredit
munosabatlarining tartibga solish amaliyoti tahlili 48
2.3 Ochiq   bozor   siyosati,   inflatsiyani   targetlash   vositalari   orqali
tartibga solish amaliyoti tahlili 55
Ikkinchi   bob   bo‘yicha   xulosa 62
III BOB MONETAR   SIYOSATNI   YANADA
TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLARI 63
3.1 Raqamli   iqtisodiyot   sharoitida   hozirgi   zamon   monetar
siyosatining dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari 63
3.2 Monetar siyosatni amalga oshirishda xorij mamlakatlarining
tajribasi 68
Uchinchi   bob   bo‘yicha   xulosa 76
XULOSA VA TAKLIFLAR 78
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR 81
2 Annotatsiya
Magistrlik   dissertatsiyasida   raqamli   iqtisodiyot   sharoitida   monetar   siyosatni
amalga   oshirish   zarurati,   mamlakat   iqtisodiyotida   pul-kredit   siyosatining
o‘rni   va   ahamiyati   muhokama   qilinadi,   chunki   mamlakat   aholisining   turmush
farovonligi,   inflatsiya   darajasi,   milliy   valyuta   barqarorligi   kabilarning   ijobiy
ko‘rsatkichlari   iqtisodiy   tizim   holatidan   kelib   chiqqan   holda   pul-kredit
vositalaridan oqilona foydalanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.  Markaziy bank
tomonidan   yuritiladigan   monetar   ya’ni   pul-kredit   siyosatining   samarali   va
ishonchli   yuritilishi   milliy   valyutaning   barqarorligini   ta’minlash   bo‘lib,   bunda
markaziy bank tomonidan bir qator muhim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishiga
to‘g‘ri keladi. Ushbu vazifalar ichida eng muhimi hisoblangan monetar (pul-kredit)
siyosatini oqilona yuritish,ishlab chiqish hamda uni muaffaqiyatli amalga oshirish
hisoblanadi. .
Magistrlik dissertatsiyasida Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga
oshirish   vositalari   va   ularning   tijorat   banklari   resurs   bazasiga,   kredit   va
omonatlarning foiz stavkalari, bank likvidliligiga ta’siri tahlil qilindi, shuningdek,
O‘zbekiston   Respublikasida   pul-kredit   tizimi   darajasining   bugungi   holati   ko‘rib
chiqildi va ularni yanada rivojlantirish yo‘llari taklif etildi.
Muallif   tomonidan   magistrlik   dissertatsiyasida   olib   borilgan   tadqiqotlar
shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy banki tomonidan pul-kredit
siyosatini   amalga   oshirishning   uzoq   muddatli   strategiyasini   ishlab   chiqish   hamda
rivojlangan davlatlar tajribasini pul-kredit tizimiga joriy etish zarur.
3 Annotation
The master's thesis discusses the need to implement monetary policy in the
digital   economy,   the   role   and   importance   of   monetary   policy   in   the   country's
economy,   because   positive   indicators   such   as   the   well-being   of   the   country's
population, the  inflation  rate,  the  stability of  the  national   currency,  depending  on
the state  of  the economic system  is directly related to the level  of  rational  use of
credit   facilities.   Effective   and   reliable   management   of   the   monetary,   i.e.   money-
credit   policy   conducted   by   the   Central   Bank   is   to   ensure   the   stability   of   the
national currency, in which the Central Bank has to perform a number of important
tasks. The most important of these tasks is the rational management, development
and successful implementation of the monetary policy.
In the master's thesis, the means of implementing the monetary policy of the
Central   Bank   and   their   influence   on   the   resource   base   of   commercial   banks,   the
interest   rates   of   loans   and   deposits,   bank   liquidity   were   analyzed,   as   well   as   the
current   state   of   the   level   of   the   monetary   and   credit   system   in   the   Republic   of
Uzbekistan was considered and ways of their further development were suggested.
The research conducted by the author in his master's thesis showed that it is 
necessary to develop a long-term strategy for the implementation of monetary 
policy by the Central Bank of the Republic of Uzbekistan and to introduce the 
experience of developed countries into the monetary system.
KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   Jahon
amaliyotidan   ma’lumki,   M   arkaziy   bank   faoliyatining   asosiy   maqsadi   milliy
valyuta   va   narxlar   barqarorligini   ta’minlashdan   iboratdir.   Markaziy   bankning
monetar   siyosati   faqatgina   pul   massasi   va   foiz   stavkalariga   ta’sir   ko‘rsatibgina
4 qolmasdan,   balki   iqtisodiy   taraqqitotning   umumiy   darajasiga,   ya’ni
mamlakatimizdagi har bir fuqaroning hayot farovonligiga ham tasir ko‘rsatadi.
Hozirda   jahon   davlatlarining   markaziy   banklari,   shu   jumladan,   O‘zbekiston
Respublikasi  Markaziy banki faoliyatining asosiy mezoni narxlarning barqarorligi
va   inflyatsiyani   nazorat   qilish   samaradorligi   hisoblanadi.   Hozirda   keng   e’tirof
etilgan   fikr   -   narx   barqarorligi,   iqtisodiy   o‘sish   va   aholi   bandligini   ta’minlash
uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratishdan   iborat.   Agar   mamlakatda   yuqori
inflatsiya sur’atlari uzoq vaqt davom etsa, bu iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga
olib keladi.
Davlatimiz   rahbari   ta’kidlanganidek,   “Markaziy   bank   inflyatsiya   va
iqtisodiy   o‘sishning   maqsadli   parametrlaridan   kelib   chiqqan   holda   pul   massasi
hajmini   optimallashtirish   maqsadida   pul-kredit   siyosatining   bozor   vositalaridan
faol  foydalanmoqda ,bank tizimining likvidligini tartibga solish  va foiz stavkalari
barqarorligini   ta’minlashga   asosiy   e’tiborni   qaratish   zarurati,   mamlakatimiz
iqtisodiyotining   yuqori   o‘sish   sur’atlari   mavjud   barcha   imkoniyatlarni   safarbar
etish   va   asosli   islohotlar   strategiyasini   izchil   davom   ettirish   bilan
ta’minlanmoqda” 1
.O‘zbekiston   Respublikasining   2019-yil   19-sentabrdagi   “To‘lov
va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining   2018-yil   9-yanvardagi   “O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy
bankining   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   PF-5296-sonli
Farmoni,   2018-yil   23-martdagi   PQ-3620-son   “Bank   xizmatlari   ommabopligini
oshirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi,   2018-yil   3-martdagi
PQ-3832-son   “O‘zbekiston   Respublikasida   raqamli   iqtisodiyotni   rivojlantirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarorlari   va   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda
belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu   magistrlik   dissertatsiyasi
muayyan darajada xizmat qiladi.
So‘nggi   yillarda   mamlakatimiz   Prezidenti   tomonidan   bank   tizimiga
qaratilayotgan   katta   e’tibor   va   ushbu   yo‘nalishdagi   farmon   hamda   qarorlariga
muvofiq tijorat banklarini kapitallashtirishni yanada jadallashtirish borasidagi sa’y-
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning  2021-yil 6-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi
5 harakatlar   samarasida   korxonalar   va   tashkilotlar   tomonidan   investitsiyalarga
bo‘lgan talab ma’lum darajada oshishiga. erishildi.
Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda,   respublikamizda   raqamli
iqtisodiyotga   o‘tish   bosqichida   banklarning   monetar   siyosatni   takomillashtirishga
qaratilgan   ilmiy   va   amaliy   tavsiyalar   ishlab   chiqish   zaruriyati   hamda   iqtisodiy
adabiyotlarda   ushbu   holatni   chuqur   o‘rganilishi,   ushbu   ilmiy   ishni   tanlash   uchun
asos bo‘ldi.
Tadqiqod  obyekti.   O zbekiston   Respublikasi   Markaziy  bankining monetarʻ
siyosatni takomillashtirish sohasidagi faoliyati tadqiqodning obekti hisoblanadi.
Tadqiqod predmeti  bo‘lib, Markaziy bankning monetar siyosati vositalarini
takomillashtirish   jarayonida   sodir   bo‘ladigan   moliya   va   iqtisodiy   munosabatlari
dissertatsiya tadqiqotining predmetidir.
Tadqiqodning   maqsadi.   Mamlakatimizda   faoliyat   olib   borayotgan
banklarning pul-kredit siyosatini  yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif  va
amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqodning   vazifalari.   Dissertatsiya   ishini   bajarishda   oldinga   qo‘yilgan
maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- monetar   siyosatini   amalga   oshirishdagi   me’yoriy-huquqiy   bazani
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirish;
- Mamlakatimizda   monetar   siyosatning   iqtisodiy   barqarorlikka   ta’sirini
aniqlash;
- Markaziy   bankning   monetar   siyosat   instrumetlaridan   foydalanish   holatini
aniqlash;
- Iqtisodiyotni   tartibga   solishda   monetar   siyosatni   amalga   oshirish   bilan
bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolar va ularni hal etish yo llarini aniqlash;	
ʻ
- xorijiy   davlatlarning   monetar   siyosat   bo yicha   tajribasi   va   ulardan	
ʻ
mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
- rivojlangan   xorij   mamlakatlari   banklarining   tajribalarini   o rganish   orqali	
ʻ
O zbekiston   Respublikasi   monetar   siyosatini   rivojlantirishga   qaratilgan   ilmiy	
ʻ
takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
6 Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.  Monetar siyosatning nazariy
asoslari I.Fisher, D.Yum, R.Dornbush, D.Keyns, Y.Tinbergen, D.Tobin, F.Xayek,
M.Fridmen,   R.Lukas,   F.Kidlent,   F.Mishkin,   E.Preskott,   B.Eychengrin,   K.Uolsh,
R.Mandell,   J.Stiglits,   G.Menkyu,   P.Krugman,   A.Blinder,   R.Barrou,   R.Shiller,
B.Bernanke,K.Rogoff,   B.Fridmen,   J.Teylor,   shuningdek   taniqli   rus   iqtisodchilari
A.Ulyukayev, G.Fetisov, O.Lavrushin, S.Maiseyev, R.Nureyev, S. Drobishevskiy,
P.Trunin,   A.Kudrin,   S.Dubinin   kabi   chet   ellik   olimlar   tomonidan   o‘rganilgan   va
muhim ilmiy-amaliy xulosalar qilingan. 
Milliy   valyuta   barqarorligini   ta’minlash,   monetar   siyosatni
takomillashtirishning   ayrim   nazariy   va   amaliy   jihatlari,   A.Vahobov 2
,,
O.Olimjonov,   T.Malikov 3
,   M.T.Yaxshiyeva 4
,   O.Y.Rashidov 5
,   T.Boboqulov,
Sh.Shodmonov 6
, N.Jumayevlarning ilmiy izlanishlarida o‘zifodasini topgan. 
Shu   jumladan,   T.Boboqulov   so‘mning   to‘liq   konvertatsiyalanishi   va
barqarorligi   masalalari   yuzasidan   ilmiy   izlanish   olib   borgan   bo‘lsa,   A.Vahobov
“Valyuta kursini hisoblash metodikalarini takomillashtirish, uning almashuv kursi
dinamikasiga   ta’sir   etuvchi   sabablar,   O.Nomozov   monetar   siyosat   maqsadlariga
erishishda   uzatish   mexanizmi,   monetar   siyosat   instrumentlari   va   uning   o‘tish
iqtisodiyitiga   ega   mamlakatlarda   o‘ziga   xos   xususiyatlari   tahlil   qilingan.
N.Jumayevning   “O‘zbekistonda   valyuta   munosabatlarini   tartibga   solish
metodologiyasini   takomillashtirish”   mavzusidagi   monogrofiyasida   esa,   so‘mning
almashuv   kursi   tartibini   tanlash,   uning   barqarorligiga   nisbatan   yuzaga   keladiga
ayrim   salbiy   ta’sirlarni   aniqlash   va   ularni   bartaraf   etish   yo‘llarida   o‘z   ifodasini
topgan.     
Mamlakatimizda   monetar   siyosatni   takomillashtirish   masalalari   maxsus
tadqiqod   obekti   sifatida   o‘rganilmagani   bois,   yuqorida   zikr   etilganlar   tanlangan
tadqiqot   mavzusining   dolzarbligini   belgilab   beradi   va   maxsus   chuqur   ilmiy
izlanishlar olib borishni talab qiladi.
2
 A.Vahobov, A.O‘lmasov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent 2014-y
3
O.Olimjonov, T.Malikov “Moliya”. Darslik/Toshkent Moliya Instituti 2019- y 
4
 M.T.Yaxshiyeva “Monetar siyosat nazariyasi” O‘quv qo‘llanma TDIU 2019-y
5
 O.Y.Rashidov “Pul, kredit va banklar” Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi Toshkent 2011 -y
6
 Sh.Sh.Shodmonov “Iqtisodiy nazariya” Darslik Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2010-y
7 Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   quyidagi   natijalarda   namoyon   bo ladi:ʻ
- Monetar   siyosatning   ilmiy   hamda   nazariy   jihatlari   o‘rganilib,   muallif
tomonidan munosabat  bildirildi;
- Markaziy   bankning   monetar   siyosat   vositalaridan   foydalanish   holati   ochib
berildi;
- O zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   monetar   siyosati   amaliy   va	
ʻ
tahliliy   ma’lumotlar   asosida   o‘rganildi,   ularning   iqtisodiy   o sishga   ta’sir   darajasi	
ʻ
aniqlandi hamda asoslab berildi;
- xorijiy   davlatlar   monetar   siyosati   bo yicha   tajribasi   va   ularning   o ziga   xos	
ʻ ʻ
jihatlari o‘rganildi;
- Mamlakatimiz  banklarining  monetar   siyosatni   amalga  oshirishdagi   o‘rni   va
holati   o‘rganildi   va   o‘rganish   natijasida   mavjud   asosiy   muammo   va   masalalar
aniqlandi; O‘zbekiston   Respublikasi   banklarining   monetar   siyosatini   bundanda
rivojlan tirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqodning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Ushbu   magistrlik
dissertatsiyasida   ishlab   chiqilgan   ilmiy   takliflar   va   amaliy   tavsiyalarning
amaliyotga   joriy   etilishi   mamlakatimiz   banklarining   samarali   monetar   siyosatni
yuritishida hamda uni amalga oshirish yo‘llarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   uslublarning   qisqacha   tavsifi.   Dissertatsiya
ishida tarkibiy tahlil, guruhlash, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv,iqtisodiy-statistik
tahlil usuli, ko‘rsatkichlar dinamikasi usuli kabi usullardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.   Mazkur tadqiqotning
ilmiy-amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   unda   keltirilgan   ilmiy   taklif   va   amaliy
tavsiyalardan   O zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   monetar   siyosati	
ʻ
faoliyatini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlari   tizimini   ishlab
chiqishda   foydalanilishi   mumkin.   Ushbu   dissertatsiya   ishining   ilmiy-amaliy
tavsiyalari va tahlillaridan oliy o quv yurtlarida “Pul, kredit va	
ʻ   banklar”, “Monetar
siyosat”,   “Raqamli   iqtisodiyot”,   “Bank   ishi”   fanlari   o quv   dasturlarini	
ʻ
mukammallashtirish va o qitish jarayonida foydalanish mumkin.	
ʻ
8 Dissertasiya   ishining   tarkibiy   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertatsiya   tarkibi
k irish,   asosiy   mazmunni   ifoda   etuvchi   uchta   bob,   xulosa   va   takliflar   hamda
foydalanilgan   adabiyotlar   ro yhatidan   iborat.  ʻ Dissertatsiyaning   hajmi   90   betni
tashkil etadi.
I BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR SIYOSATNI
TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Pul-kredit konsepsiyalaridan foydalanish mexanizmlarining nazariy
masalalari
9 Iqtisodiy   raqobat   kuchayib   borayotgan   hozirgi   sharoitda   pulning   mohiyati,
pul   muomalasi,   uning   qonuniyatlarini   ilmiy   hamda   nazariy   jihatdan   o‘rganish,
tahlil qilish, taqdim etish nafaqat iqtisodiyot, balki hayot uchun ham katta amaliy
ahamiyatga   ega.   Pulning   ijtimoiy-iqtisodiy   hodisa   sifatidagi   mohiyatini   iqtisodiy
nazariyada   to‘plangan   boy   ilmiy   yondashuvlar   tahlili   asosida   o‘rganish   kerak
bo‘ladi.   Chunki pul to‘g‘risidagi nazariya qarashlarda har xil yondashuvlar mavjud
bo‘lib,   ular   o‘rtasida   umumiylik   mavjud   emas.   G‘arb   iqtisodchilari   pul   haqida
keltirilgan   ta riflar   asarlarida  doimo   tadqiqot   ob ekti,  uning   mazmun-mohiyati   vaʼ ʼ
shakllari, tashqi  belgilarini  yetarli   darajada  aniq  tushunmaslik  seziladi.  Jumladan,
pulning   konseptual   xarakteri   ko‘pincha   turli   tarixiy   bosqichlarda   pulning   ma’lum
bir   shakllari   haqidagi   muammolar   bilan   almashinadi.   Birinchi   galda   har   xil   pul
agregatlarini   loyihalashtirish   masalalari,   pul   mablag‘lari   zahirasi   elementlarining
tarkibi   haqidagi   muammolar   yuzaga   chiqadi.   Shuning   uchun,   uning   to‘g‘ri   va
haqiqiy   mazmunini   ko‘rsatib   berish   maqsadida   pul   haqidagi   asosiy   nazariy
qarashlarni o‘rganib, tahlil qilib chiqamiz.
Ma’lumki,   keynschilik   20-asrning   30-40-yillarida   shakllanib,   iqtisodiy
siyosat   dasturlari   va   nazariy   adabiyotlarda   asosiy   qoidaga   aylandi.   Monetarizm
keyinchalik,   1950-yillarning   o rtalarida   vujudga   keldi.   U   pul   massasi   va   uning	
ʻ
iqtisodiyotga   ta'siriga   e'tibor   qaratdi.   Pul   nazariyasi   keynschilik   ta’limoti   va
monetarizm   paydo   bo‘lishidan   ancha   oldin   yaratilgan   va   ko‘p   asrlik   tarixga   ega
hisoblanadi.   Pulning   asosiy   masalalari   g‘arb   siyosiy   iqtisodining   klassik   vakillari
A.   Smit 7
,   D.   Rikardo 8
ning   ishlarida   boshlangan.   Keyinchalik   ular   XIX-XX
asrlarning   buyuk   nazariyotchilari   Dj.   S.   Mill,   L.   Valras 9
,   A.   Marshall 10
  va
boshqalar tomonidan umumlashtirilgan va qayta ko‘rib chiqilgan. So‘ngi yarim asr
mobaynida   DJ.   Xiks 11
,   Dj.   Tobin,   F.   Modilyani,   D.   Patinkin,   M.   Fridman 12
  kabi
g arb   iqtisod   fanining   olimlari   pul   masalalarini   o rgandilar.	
ʻ ʻ   "Keyns-monetarizm"
dixotomiyasi   (ikkiga   bo‘linish)   Nobel   mukofotiga   sazovor   bo‘lgan   ushbu
7
 A.Smit Xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqidagi tadqiqotlar M: 1962-y.
8
 D.Rikardo Asarlar: 5 t. M.: da, 1955-y.
9
 Valras L. Sof siyosiy iqtisod elementlari M.: 2000-y.
10
 Marshall A. Siyosiy iqtisod tamoyillari: 3-jild, M:1983-1984 yy.
11
 Xiks J.R. Xarajat va kapital M: Taraqqiyot – Univers, 1993-y.
12
  Fridman M Pulning miqdoriy nazariyasi M: 1995-y.
10 olimlarning   (Patinkindan   tashqari)   asarlarida   eng   to‘liq   tarzda   amalga   oshirildi..
Urushdan so‘ng «pul renessansi» o‘zining tadqiqotlarini pul nazariyasining abadiy,
fundamental   masalalariga   qaratdi,   “keyns   inqilobi”   esa   e tiborini   ko‘proq   to‘lovʼ
qobiliyatiga ega bo‘lgan talabni tartibga solish masalalarilariga qaratdi va bu holat
“yuqori   nazariya”   muammolarini   chetda   qoldirilishiga   sabab   bo‘ldi.   Ularning
fikricha,   pul   nima   ekanligi   emas,   balki   uning   iqtisodiy   faoliyatga,   ishlab
chiqarishga, mehnat va moddiy resurslar bandligiga ta’siri muhim ahamiyatga ega.
Bunday   ishlab   chiqarish   pul-kredit   nazariyasining   nazariy   asoslaridagi   jiddiy
muammolarni,   ko‘p   faktorli   muammolarni,   asoslarning   real   emasligini   e’tiborsiz
qoldirdi.   Metallist   pul   nazariyasi   pulni   qimmatbaho   metallar,   oltin   va   kumushlar
bilan   izohlaydi   va   kapitalning   dastlabki   jamg armalarini   16—18-asrlarda	
ʻ
rivojlantiradi,   bu   nazariya   vakillari   (Angliyada   —   U.   Stafford,   T.   Men,   D.   Nors;
Fransiyada   —   A.   Monkren)   tangalarning   yemirilishiga   qarshi   chiqdi   va   metallar
muomalasini qo‘llab-quvvatladi.
Ular   pulning   mohiyatini   birlamchi   metallarning   ijtimoiy   xossalari   bilan
emas, balki ularning tabiiy xossalari bilan bog‘ladilar hamda pulni ijtimoiy, ishlab
chiqarish   munosabati   sifatida   emas,   balki   tovar   sifatida   qaradilar.   Shuning   uchun
ular pulning to‘liq tangalarni talab qiladigan funktsiyalarini, ayniqsa, jahon pullari
va xazinalarining funktsiyalarini bekor qildilar. Pulning metallistik nazariyasining
birinchi   metamorfazasi   19-asrning   ikkinchi   yarmiga   tegishli   bo lib,   1871-1873	
ʻ
yillarda   Germaniyada   oltin   tanga   standartining   joriy   etilishi   bilan   bog liq.   Shu	
ʻ
munosabat  bilan nemis iqtisodchilari (K. Knis va boshqalar)  nafaqat  qimmatbaho
metallarni,   balki   markaziy   bankning   metallga   maydalanishi   mumkin   bo‘lgan   pul
belgilarini   ham   pul   deb   hisoblashgan 13
.   Nazariyaning   ikkinchi   metamorfozasi
Birinchi   jahon   urushidan   keyingi   davrga   to‘g‘ri   kelib,   uning   vakillari   oltin   tanga
standartini yaratish mumkin emas deb bilishgan va oltin monometalizmining yangi
shakllarini: oltin quyma va oltin devisni joriy etish orqali o‘z nazariyasini oqlashga
harakat   qilganda   boshlandi.   Pulning   metallistik   nazariyasining   uchinchi
metamorfozi   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyingi   davrga   to‘g‘ri   keladi.   Fransuz
13
 Karl Kniz  “Tarixiy uslub nuqtai-nazaridan siyosy iqtisod” 1873-yil
11 iqtisodchilari   A.Tyulemon,   J.Rueff   va   M.Debre,   ingliz   iqtisodchisi   R.Xarrod,
amerikalik iqtisodchi  M.Galperin va fransuz iqtisodchisi  S.Ristlar  oltin standartni
xalqaro muomalaga kiritish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surdilar. 
Pulning   nominalistik   nazariyasi   namoyondalari   qarashlariga   ko‘ra
metallistik nazariyadan farqli ravishda, pulning metall bilan aloqasi  mavjud emas
va   u   ichki   qiymatdan   mahrum   bo‘lgan   shartli   belgi   sifatida   ko‘rib   chiqiladi.
Pulning   tovar   tabiatini   inkor   etgan   holda,   uning   vujudga   kelishi   esa   davlatning
qonun   hujjatlari   asosidagi   kelishuv   natijasi   sifatida   va   odamlar   o‘rtasida
ayirboshlashni   ta minlash   maqsadida   ko‘rib   chiqilgan.   Shu   boisdan   ham   pulningʼ
davlat   nazariyasi   nominalistik   nazariyasining   bir   turi   sifatida   qarash   mumkin.
Pulning nominalistik nazariyasi vujudga kelishida oltin quymasidan tanga pullarga
o‘tish   tarixiy   shart   bo‘lib   xizmat   qildi,   ushbu   nazariyada   pulni   vazni   bo‘yicha
qabul   qilinmasdan,   balki   nomi   bo‘yicha   qabul   qilinib   boshlangan.   Pulning   ust
tomoniga   yozilgan   qiymatini   uning   ichki   qiymatidan   ayirish   imkoniyati   pulning
davlat   tomonidan   muomalaga   chiqariladigan   qandaydir   shartli   belgilar   ekanligi
haqida   yolg‘on   xulosalarning   yuzaga   kelishi   uchun   zamin   yaratdi.   Qog‘oz
pullarning   paydo   bo‘lishi   bilan   nominalistik   pul   nazariyasi   tarafdori   bo‘lgan
olimlarning soni oshib bora boshladi hamda ularning ta sir doirasi tobora kuchayib	
ʼ
bordi.   Oltinning   pul   muomalasi   doirasidan   chiqarib   yuborilishi   va   uni   qog‘oz
pullar   bilan   almashtirishning   to‘xtatilishi,   shuningdek,   hisob-kitoblarning   naqd
bo‘lmagan   shakllarining   jadal   rivojlanishi   pulning   nominalistik   nazariyasi
hukmronlik   qila   boshlaganidan   dalolat   edi.   Pulning   nominalistik   nazariyasining
vujudga   kelishi   ishlab   chiqarishning   quldorlik   tizimiga   borib   taqaladi.   Pulning
davlat   nazariyasi   paydo   bo‘lishiga   bevosita   dastlab   quldorlik   tuzumi,   so‘ngra
feodal   tuzum   murojaat   qilgan   tanga   pullarning   buzilishi   sabab   bo‘ldi.   Ushbu
amaliyotni qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy mafkuraga ko‘ra, pul hukumat tomonidan
yaratilgan   bo‘lib,   valyutaning   xarid   qobiliyatini   o‘z   xohishiga   ko‘ra   o‘zgartirishi
mumkin.   Keyinchalik   bu   nazariya   qog‘oz   pulga   o‘tishni   qo‘llab-quvvatlay
boshladi.   Pulning   nominalistik   nazariyasi   o‘zining   eng   to‘liq   rivojlaishini   18-asr
olimlarining   asarlarida   topdi.   Nominalizmning   birinchi   vakillari   ingliz   olimlari   J.
12 Berkli   va   J.   Styuart   edi.   Ularning   fikricha,   pul   davlat   tomonidan   yaratiladi   va
ularning qiymati nominal shaklda ifodalanishi bilan bir qatorda. pulning mazmun-
mohiyati ideal narxlar masshtabiga kiradi, deya hisoblaganlar.
 Misol uchun, J. Stuart pulni teng nisbatda ajtalgan narxlar masshtabi sifatida
ta riflaydi.   Jumladan,   J.Stuart   taklif   qilgan   “ideal   pul   birligi”   konsepsiyasigaʼ
binoan,   pul   faqatgina   narx   miqyosi   vazifasini   bajaradi.   Dj.   Billers   va   N.   Barbon
(ingl.)   “pul   bu   –   faqatgina   shartli   belgidir   va   u   tovar   bilan   hech   qanday
umumiylikka   jihatlariga   ega   emas” 14
  deya   hisoblaganlar.   Shu   kabi   fikrlarni
subektiv   idealizm   tarafdori   bo‘lmish   ingliz   iqtisodchi   olimi   Dj.   Berkli   ham
ribojlantirgan.   U   pulni   moddiy   qimmatga   ega   bo‘lmagan,   mavhum   qiymat
munosabatlari natijasi sifatida ko‘rib chiqqan. Boshqa iqtisodchi olimlar uning bu
fikrlarini tanqid ostiga olib, bir bosh qandni o‘lchov birligi qilib olingan og‘irlikka
ega   bo‘lgan   tosh   vositasidagina   o‘lchash   mumkin   bo‘lgani   kabi   pullar   ham
o‘zining   mustaqil   qiymatiga   ega   va   tovarlar   qiymatini   o‘lchay   oladi,   deb
yozadilar 15
.Bundan   xulosa   shuki,   nominalistlar   pullarni   texnik   almashuv   quroli
tariqasida o‘rganib, uning qiymat tabiatini butunlay inkor etishgan. 
  Fikrimizcha,   nominalistlar   nuqtai-nazaridan   ilgari   surilgan   davlat   pul
nazariyasida bir qator xatoliklar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- pulning huquqiy emas, balki iqtisodiy tushunchadir; 
- metall   pullar   mustaqil   qiymatga   ega   va   ular   davlatdan   olinmaydi,   qog‘oz
pullarning   vakillik   qiymati   esa   davlat   tomonidan   emas,   balki   obektiv   iqtisodiy
qonunlar orqali belgilab beriladi.
 Nominalistik pul nazariyasi 17—18-asrlarda pul muomalasi to liq qiymatga	
ʻ
ega   bo lmagan   tangalar   bilan   amalga   oshirilganda   shakllangan.   Nominalizmning	
ʻ
birinchi   vakillari   inglizlar   J.   Berkli,   J.   Lokk   va   J.   Styuartlar   edi.   Ularning
nazariyasiga ko‘ra, pul faqat tovar ayirboshlash uchun xizmat qiluvchi ideal hisob
birligi, mahsulot, davlat hokimiyatining natijasi, pulning asosiy vazifasi esa to‘lov
vositasi   vazifasidir.   tushunish   xarakterli   edi,   nominalistlar   pulni   ayirboshlashning
14
 Sh.Sh. Shodmonov, M.T. Yaxshıyeva, R.A. Yusupov “Pul nazariyasi” Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi Toshkent — 2011 , 40-bet
15
  Jukova Ye.F. Obshaya teoriya deneg.  M.: “Banki i birji”, YuNITI, 1995. –126-s.
13 texnik vositasi sifatida o‘rganib, uning qiymat xususiyatini butunlay inkor etdilar.
Bizningcha,   nominalistlarning   pul   tartib   o‘rnatishdan   iborat   degan   fikri   mutlaqo
noto‘g‘ri,   chunki   haqiqatda   pul   davlat   paydo   bo‘lishidan   oldin,   ayirboshlashning
rivojlanishi   jarayonida   o‘z-o‘zidan,   odamlar   irodasiga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda
paydo   bo‘lgan.   Pulning   mohiyatini   uning   to‘lov   vositasi   sifatidagi   vazifasidan
olishga urinish ham asossizdir. 
1929-1933-yillardagi iqtisodiy inqiroz davrida nominalizm ta’limoti yanada
rivojlandi  va  oltin  standartidan  voz   kechishda   muhim  sabab  bo‘lgan  nazariy  asos
sifatida keng tarqaldi. J.M. Keyns 1930-yilda yozilgan “Pul haqida traktat” asarida
oltin pullarni  “yovuzlik qoldiqlari”, “Аravaning beshinchi  g‘ildiragi” 16
, deb atadi.
Oltinga nisbatan birmuncha egiluvchan bo‘lgan qog‘oz pullarni u ideal, deb biladi
va   ular   jamiyatning   doimiy   va   barqaror   tarzda   gullab-yashnashini   ta minlashlariʼ
kerak,   deb   ta’kidlaydi.   Keyns   qog‘oz   pullarning   oltinni   muomaladan   siqib
chiqarishi pulning oltindan ustunligi natijasi ekanligi va nominalism ta’limotining
g‘alabasi sifatida ta’riflaydi.
Shunday   qilib,   nominalism   ta’limotini   o‘rganish   orqali   uning   barcha
shakllarida pulning kelib chiqishini tovarga xos xususiyatlarini tan olmaslik, uning
muhim funksiyalarini inkor etish, pulni narx shkalasi orqali ideal hisob birligi bilan
belgilash kabi bir xil kamchiliklarga ega duch kelishimiz mumkin: 
Erkin raqobat kapitalizmi hukm surgan davrda (18-19 asrlar) ustunlik qilgan
«qadriyatli   to‘r»   konsepsiyasi   pulning   miqdoriy   nazariyasida   o‘zining   yaqqol
ifodasini topgan. Mazkur nazariyadan “oltin hamda kumush to‘plash orqali millat
boylikka   erishadi”   degan   fikrni   ilgari   surgan   merkantilistlarni   tanqid   qilishda
foydalanilgan.   Pulning   miqdoriy   nazariyasi   tarafdori   bo‘lgan   iqtisodchilarning
fikriga   ko‘ra   oltin   va   kumush   jamg‘arish   natijasida   qimmatbaho   metall
qadrsizlanishga   yuz   tutadi   va   tovarlar   narxi   oshadi.   Millatni   haqiqiy   tarzda   boy
qilish   yo‘li   oltin   va   kumushning   jonsiz   to‘plami   emas,   balki   ishlab   chiqarish
korxonalarini   yaratish   va   ularda   jonli   mehnatdan   foydalanishdir   .   Miqdoriy   pul
nazariyasining   XVIII   asrdagi   yorqin   namoyondasi   D.   Rikardo   hisoblanadi.   Shuni
16
 Jukova Y.E. Obshaya teoreya deneg.  “Banki i birji”, YuNITI, 1995. –126-s
14 alohida   ta kidlab   o‘tish   lozimki,   uning   qarashlari   ikki   tomonlama   tavsifga   egaʼ
bo‘lib,   bir   tomondan,   u   pulning   qiymati   ularni   ishlab   chiqarishga   mehnat   sarflari
bilan aniqlanishida, deb bilsa, ikkinchidan esa alohida bosqichlarda pul birligining
qiymati   pul   miqdorining   o‘zgarishlariga   bog‘liq   ravishda   o‘zgarib   boradi,   deb
hisoblagan .   D.Rikardo pul tovar va o‘z qiymatiga ega, pulning qiymati uni ishlab
chiqarishga   sarflangan   mehnat   miqdori   bilan   belgilanadi,   deb   haqli   ravishda
hisoblaydi.   Biroq,   u   pulning   alohida   tovar   ekanligini   ko‘ra   olmaydi.   Uning
fikricha, pulning nisbiy qiymati har qanday tovarning nisbiy qiymati kabi talab va
taklif ta’sirida o‘zgaradi. U pul alohida umumiy tovar bo‘lganligi uchun u na talab,
na taklif bo‘la olmasligini tushunmaydi.
Rikardo pulni faqat ayirboshlash vositasi vazifasida ko‘radi va uning boylik
to‘plash vositasi sifatidagi funksiyasini yo‘q qiladi. Uning fikricha, pul muomalasi
sohasining   pul   bilan   to‘lib   ketishi   tufayli   uning   qadrsizlanishi   ehtimoli   mavjud.
Qog‘oz   pullar   muomalasi   qonuni   bilan   metall   pul   muomalasi   qonunlarini
farqlamaydi.   Pulning   miqdoriy   nazariyasi   tarafdorlari   pulning   nafaqat   qiymat
o‘lchovi, balki muomaladagi pul miqdorini tartibga soluvchi xazina vazifasini ham
inkor etadilar.
Pulning miqdor  nazariyasi  nafaqat  metallga,  balki  qog‘oz pullarga nisbatan
ham   asossizdir,   buning   sababini   esa   ularning   muomalada   bo‘lish   qonuniyatlari
faqat   ular   qiymatining   mehnat   nazariyasi   asosida   ochib   berilishi   bilan   izohlash
mumkin.
Zamonaviy   sharoitda   pulning   miqdoriy   nazariyasi   keng   qo‘llaniladi.   G‘arb
iqtisodchi olimlari va ishbilarmon doiralar vakillari pulni davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi,   pul   muomalasi   va   butun   sanoat   sikliga   ta‘siri   uchun   dastak   sifatida
qaraydilar.   Aynan   pul   massasini   tartibga   solishda   tovarlar   bahosi   darajasiga   va
iqtisodiy   faoliyat   holatiga   ta'sir   qilish   usuli   nazarda   tutilgan.   U   ushbu   ta'sir
usullarini ishlab chiqqan D. M. Keyns pulning miqdoriy nazariyasini konyunktura
nazariyasi   bilan   bog‘lash   zarurligini   ko‘rsatdi.   Keyns   va   uning   izdoshlari   sanoat
siklining savdo sektori harakatiga ta’sirini quyidagicha aniqladilar. Pul massasi va
kredit resurslari hajmining o‘sishi iqtisodiyotning tiklanishi, foyda va bandlikning
15 o ‘sishi bilan birga keladi. Bunday jonlanishga kredit va investitsiyalarga bo‘lgan
talabni   rag‘batlantiradigan   bank   stavkasining   pasayishi,   shuningdek,   taqchillikni
moliyalashtirish,   ya‘ni   u   yoki   bu   tovarga   davlat   talabining   kengayishi   xizmat
qilishi   mumkin.   U   davlat   xarajatlari   va   pul   muomalasi   hajmini   oshirish   va
iqtisodiyotni jonlantirishga xizmat qilishga qaratilgan.
Keyns   nazariyasi   tarafdorlari   bo‘lgan   iqtisodchi   olimlar   miqdoriy
nazariyaning   yangicha   variantini,   ya’ni   ortiqcha   talab   nazariyasini   ilgari   surdilar,
Unga   muvofiq   inflyatsiya   darajasi   o‘zgarishi   pul   massasi   va   hukumat
xarajatlarining   o‘sishida   bilan   bog‘liq   emas,   balki   aholining   ortiqcha   talabi
oshishiga   («ortiqcha   talab»ning   vujudga   kelishiga)   bog‘liqdir.   Ular   mazkur
ortiqcha   talabni   soliqlarni   oshirish,   zayomlar   chiqarish,   ish   haqini   muzlatib
qo‘yish,   shu   bilan   bir   qatorda,   majburiy   jamg‘armalar   kabo   iqtisodiy   dastajlar
yordamida qisqartirishni taklif qiladilar.
Klassik   yondashuvning   zamonaviy   izdoshlari   talab   va   taklif   faqat   yakuniy
hisob-kitobda   mos   keladi   degan   taxminga   amal   qilishadi.   Bu   bozorning   doimiy
holati   emas,   faqat   uning   yakuniy   muvozanat   holatidir.   Bunday   talqinda
vaqtinchalik nomutanosiblik, ortiqcha talab yoki taklif ehtimoli mavjud. Biroq, bu
nomutanosibliklar   qisqa   muddatli   bo‘lib,   erkin   bozor   iqtisodiyoti   oxir-oqibat
muvozanatni saqlaydi. Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro
iqtisodiy   jamiyat   asoschilaridan   biri   va   ushbu   jamiyatning   birinchi   prezidenti
(1931-1933)   Irving   Fisher   (1867-1947)   pulning   miqdoriy   nazariyani
modernizatsiya qilishga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining “Pullarning xarid
qilish   kuchi.   Uning   belgilanishi   va   kredit,   foizlar   va   tanazzullarga   munosabati”
(1911)   asarida   pul   massasi   va   tovar   narxlari   darajasi   o‘rtasidagi   munosabatni
shakllantirishga harakat qildi. Tovar uchun to‘langan pul miqdori va sotilgan tovar
narxlari yig‘indisi teng bo‘lgani uchun I. Fisher uni masshtab bilan solishtirmoqchi
bo‘ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula ko‘rinishida
tasavvur qilish mumkin bo‘ladi:
16 MV = ∑ PQ
bunda: - (Expenditure) - pul muomalasi jami hajmi, ya ni mazkur jamiyatdaʼ
mazkur yil mobaynida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar yig‘indisi;
M   (Money)   –   ushbu   jamiyatda   yil   mobaynida   muomalada   bo‘lgan   pullarning
o‘rtacha miqdori;
V   (Velocity)   –   ne matlarga   ayirboshlashdagi   pul   mablag‘lari   aylanishining	
ʼ
o‘rtacha soni; P – (Price) – mazkur jamiyatda sotib olinadigan har qanaqa alohida
tovarning   o‘rtacha   sotilish   narxi;   Q   -   (Quanlity)   –   jami   xarid   qilingan   tovarlar
miqdori. 
Fisherning mazkur formulasi u pulning ichki qiymatini hisobga olmaganligi
sababli   oltin   standarti   ostida   to‘g‘ri   bo‘lmaydi.   Lekin   u   oltinga   almashtirib
bo‘lmaydigan   qog‘oz   pullar   muomalasi   sharoitida   ma'lum   ma'no   kasb   etadi.
Bunday   sharoitda   pul   massasining   o‘zgarishi,   garchi   I.Fisher   tovar   bahosining
mutlaq   egiluvchanligini   nazarda   tutgan   holda   narx   mexanizmini   ma'lum   ma'noda
ideallashtirsa-da,   lekin   tovar   bahosi   darajasiga   ta'sir   qiladi.   Boshqa   neoklassiklar
singari,   Fisher   ham   mukammal   raqobatga   asoslanadi   va   o‘z   xulosalarini
monopoliyalar   hukmron   bo‘lgan   va   narxlar   avvalgi   egiluvchanligini   jiddiy
yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb hisoblaydi.
Ko‘pgina   zamonaviy   iqtisodchilar   ayirboshlash   tenglamasini   bir   jinslilik,
ya'ni   V  =   PQ  deb   ta'riflaydilar.  Gap   shundaki,   bu   tenglama  P-T   almashinuvining
tovarlarning   umumiy   massasiga   nisbatan   harakatini   ifodalashga   harakat   qiladi,
ya'ni tovarlar sotib olingan pul summasi sotib olingan tovarlar narxlari yig‘indisiga
teng   (bir   xil)   bo‘ladi.   .   Bu   tavtologiya,   shuning   uchun   ayirboshlash   formulasi
narxlarning   umumiy   (mutlaq)   darajasini   tushuntirishga   xizmat   qila   olmaydi.
Miqdorlar   nazariyasi   tarafdorlari   ayirboshlash   formulasi   EQ   ni   mutlaq   kattalikda
tushuntiradi   (talab   va   taklif   mexanizmi   esa   undan   nisbiy   tebranishlarni
tushuntiradi) deb faraz qiladilar.
17 I. Fisher va uning izdoshlari ana shunday nuqtai nazarga ergashgan. Ular pul
muomalasi   tezligi   (V)   va   ishlab   chiqarish   darajasi   (Q)   muomaladagi   pul   miqdori
(M) va narx darajasiga (R) bog‘liq emasligini asoslashga harakat qildilar. Ular pul
muomalasining   tezligi   birinchi   navbatda   demografik   parametrlarga   (aholi   zichligi
va boshqalar) bog‘liq, deb faraz qildilar. Ishlab chiqarish darajasi, asosan, mehnat
bozoridagi   sharoit   bilan   belgilanadi   va   narx   darajasi   va   muomaladagi   pul
miqdoriga bog‘liq emas. Shubhasiz, bozor iqtisodiyoti hukmron bo‘lgan sharoitda
bunday qoidalar yaqqol noreal bo‘lib qoladi
Keynschilarning   monetaristlardan   asosiy   farqi   shundaki,   ular   davlatning
iqtisodiy   hayotdagi   rolini   boshqacha   ko‘radilar.   Keynschilarning   fikricha,
iqtisodiyotda   turg‘unlikka   surunkali   tendentsiya   mavjud   bo‘lib,   uni   raqobatchi
kuchlarning stixiyali harakati bilan bartaraf etish mumkin. Shuning uchun iqtisodiy
o‘sishni   rag‘batlantirish   uchun   faol   davlat   siyosati   talab   etiladi.   Monetaristlar
zamonaviy   davlatning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   funktsiyalarini   qattiq   tanqid   qiladilar.
Ular   uchun   bu   iqtisodiy   beqarorlikning   asosiy   sababidir.   Xususan,   ular
daromadlarni   tenglashtirishga   va   ijtimoiy   guruhlar   o‘rtasidagi   katta   tafovutlarni
bartaraf   etishga   intiladigan   “farovonlik   davlati”   g‘oyasini   qabul   qila   olmaydi.
Monetaristlar   “kollektivizm”   tendentsiyasini   inkor   etadilar   va   unga
raqobatbardosh,   monopoliyadan   oldingi   kapitalizm   yutuqlarining   ifodasi   sifatida
“bozor orqali shaxslarning ixtiyoriy hamkorligiga” qarshi chiqadilar. Fridmanning
fikricha,   jamiyatning   har   bir   a’zosiga   aynan   shu   tizim   “shaxsiy   erkinlik”ni
kafolatlaydi. 
Yuqorida   keltirib   o‘tilgan   nazariyalarni   umumlashtirgan   holda   pul   tovar
ishlab   chiqarish   ha   ayirboshlashning   rivojlanishi   bilan   yuzaga   kelgan,   degan
xulosaga kelish mumkin. Ko‘rib o‘tilgan nazariyalarning kamchiliklarini qisqacha
tushuntiradigan   bo‘lsak,   shuni   ta’kidlash   kerakki,   hech   qaysi   nazariya   pulning
alohida   tovar   sifatidagi   mohiyatini   to‘g‘ri   va   to‘liq   tushuntirmaydi.   Natijada,
metallistlar   nima   uchun   pul   qimmatli   boylik   ekanligini,   uning   fundamental   asosi
nima   ekanligini   tushunmadilar,   ular   pulning   mohiyatini   uning   yuzaki
ko‘rinishlarida   ko‘rdilar.   Nominalistlarga   kelsak,   qog‘oz   pullar   nima   uchun
18 qimmatli   ekanligini   inkor   etmasdan   tushuntira   olmadilar   va   ular   ham   xuddi
metallistlar   kabi   pulni   yuzaki   tushunib,   davlat   tomonidan   muomalaga   chiqarilgan
pullar faqat shartli belgilar va hisob birliklarini ifodalashini ko‘rsatadilar. Yuqorida
ko‘rsatganimizdek,   pulning   alohida   tovar   ekanligini   va   bu   o‘ziga   xos   xususiyati
uni  boshqa tovarlardan ajratib turishini  klassiklar  ham  tushuntirib bera olmadilar.
Hozirgi davrda, hatto shu kunlarda ham oltin pullar va qog‘oz pullar tarkibini bir
xil deb hisoblaydiganlar ko‘p.
1.2. Pul-kredit siyosatning maqsadi, uning asosiy ko‘rsatkichlari hamda
yo‘nalishlari
Mamlakat   iqtisodiyotida   pul-kredit   siyosatini   barqarorligini   ta’minlashda
Markaziy   bank   tomonidan   ma’lum   bir   maqsadlarga   asoslangan     maqsadli
yo‘nalishiga   ega   bo‘ladi.   Mazkur   ko‘rinishdagi   muayyan   maqsadlarga   erishishda
pul-kredit   siyosati   vositalaridan   foydalanadi.   Bu   jarayonning   ishlash
mexanizmidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki Markaziy bank tomonidan hal
qilinishi   kerak   bo‘lgan   bosh   masalalardan   biri   shundan   iboratki   Markaziy   bank
tomonidan   nazarot   qilinadigan   instrument   va   vositalardan   qay   tarzda
foydalanishida.   Bundan   shuni   anglamog‘imiz   lozimki   oxirgi   maqsadlar   hamda
vositalar   orasida   aniq   taxmin   qilib   bo lmaydiganʻ   bir   nechta   bosqichlarni o‘z ichiga
oladi.   Bundan   shunday   xulosaga   kelinadiki   Markaziy   bank   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   o zi	
ʻ
nazorat   qilolmaydigan,   shu   bilan   birga   o zi tomonidan amalga oshirishi lozim bo‘lgan	
ʻ
ishlarni   echimini   to‘g‘ri   va   aniq   belgilash   talab   etiladi.   Markaziy   bankning   pul-kredit
siyosatini yurtishdan asosiy maqsad –muddaolardan biri shundan iboratki,bugungi
raqamli   iqtisodiyot   sharoitida,qolaversa   komunikatsiya   asri   davrda   mamlakat
milliy   valyuta   barqarorligini   ta’minlash,milliy   valyutaning   qadrsizlanishini   oldini
olish,shu bilan birga qayta moliyalash stafkalarini xalq manfatlari yo‘lida oqilona
o‘rnatish,aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida kreditlash siyosatini to‘g‘ri tashkil
etish   orqali   mamlakat   iqtisodiyotini   barqaror   o‘sishini   taminlashdan
iborat.Shunday   ekan   markaziy   bank   tomonidan   olib   boriladigan   monetar   siyosat
quyidagi   yo‘nalishlarda   amalga   oshirish   zaruriyatini   ko‘rishimiz   mumkin,bu
19 yo‘nalishlarning asosiylari sifatida quydagilarni sanab o‘tish maqsadga muofiq deb
bildik.bular quydagilar:
- kredit   ekspansiyasi   hisoblanib,   bu   jarayonda   mamalakatda   naqd   pulning
muomilaga   chiqarilishini   rag batlantirishʻ   yo li	ʻ   orqali amalga oshiriladi ,   ya’ni   ishlab
chiqarish jarayonlari pastlashish kuzatilgan taqdirdagina   konyuktura rivojlanishga
erishish    mumkin.
– kredit   restriksiya   siyosati  deb nomlanib,   u   iqtisodiy   rivojlanish   davrida   pul-
kredit   emissiyasining   qisqarishiga   sabab   bo‘ladi.   Pul-kredit   siyosatning   asosiy
maqsadidan   kelib   chiqqqan   holda   uning   pirovard   maqsadlarni   ajratib   ko‘rsatish
mumkin.   Pul-kredit   siyosat   konsepsiyasining   oxirgi   va   o‘rtacha   maqsad   hamda
funksiyalarini quydagi jadvalimizda (1.1-jadval) ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Mazkur   jadvaldan   ko‘rishimiz   mumkinki,   pul-kredit   siyosatni   amalga
oshirishda   o‘rtacha   maqsadlar   -   milliy   valuta   kursi   hamda   uning   boshqa
valyutalarga   nisbatan   to‘lov   qobilyatining   qay   darajada   ekanligi,inflatsiya
darajasining   pasayish   suratlari,davlat   zaxirlari   va   aktivlaridan   to‘g‘ri   va   oqilona
foydalanish,milliy   valyutaning   xorij   valyutasiga   nisbatan   ayirboshlash
tendensiyasini   to‘g‘ri   hisob   kitob   qilish,pul-kreditatsiya   ko‘rsatkichini
yaxshilash,barqaror   iqtisodiy   o‘sishni   ta’minlash,haqiqiy   yalpi   ichki   mahsulot
o‘sish suratlarini aniqlash,yangi va ustun tarmoqlarni tuzish,tuzilmaviy islohatlarni
amalga   oshirish,korxonalar   rentabilligi   va   moliyaviy   barqarorligini   taminlashda
turli   xil   pul   mablag‘lari   ko‘rinishida   qo‘llab   quvvatlash   orqali   ijobiy   natijalarga
erishish mumkinligini ko‘rsatadi.
1.1-jadval
Monetar siyosat konsepsiyasining yakuniy hamda oraliq maqsadlari 17
Monetar siyosat
yo nalishi	
ʻ Pirovard maqsadlar Oraliq maqsadlar
Ko rsatkich	ʻ Muassasa Ko rsatkich	ʻ Muassasa
17	
O
.Y .Rashidov, R.R.Tojiev, 	U .Sh .	D o	ʻsqobilov. 	"Markaziy bankning monetar siyosati”.  Toshkent, TDIU nashriyoti, 
2010 yil, 284-b.
20 Indikator Sektori indikator Sektori
Inflyatsiyani
Pasayishi Inflyatsiya
sur’atlari Umuman
iqtisod Yalpi pul
massasi Umuman
Iqtisod
Balansgakeltirilgan	 to lov ʻ
balansi Ayirboshlash
kursi Tashqi
Sector -Haqiqiy
ayirboshlash kursi;
-Davlat
zaxiralari; -pul-kredit
hukumatlar;
-bank
tizimi;
Moliya tizimi
rivojlanishi va
barqarorligi Pul-
kreditizatsiya
darajasi Bank
tizimi -Aktivlar
tuzilmasi va
hajmlari; -
majburiyatlar
tuzilmasi va
hajmlar;
-moliyaviy
vositachilik
ko rsatkichlari	
ʻ Bank
tizimi
Barqaror
iqtisodiy
o sish	
ʻ Haqiqiy
YAIM	o sishʻ	 suratlari Umuman
iqtisodiyot Pulga
bo lgan talab	
ʻ Umuman
Iqtisodiyot
Tuzilmaviy
islohotlar Yangi va
ustun 	
tarmoqlar	
o sishi ʻ
sur’atlari Yangi va
ustun tarmoqlar Yangi va
ustun
tarmoqlarga
bank kreditlarini
hajmi Yangi va
ustun tarmoqlar	
Yirik va o rta	ʻ
korxonalar moliyalarini
Barqarorlashtiris
h Korxonalar
rentabelligi va
moliyaviy
barqarorligi
o sishi	
ʻ Asosiy
yirik va o rta	
ʻ
korxonalar Bank
kreditlari hajmi Asosiy
yirik va 	
o rtaʻ	
korxonalar
Umumna olganda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatini rivojlantirsh
uchun qo‘yilgan talablar mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirshda,aholining
ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   bo‘lgan   qatlamini   qo‘llab   quvvatlashga   qaratilgan
bo‘lishi   lozimligini   hisobga   olgan   holda   pul-kredit   sohasida   quydagi   vazifalarni
amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
–   Markaziy   bankning   eng   asosiy   vazifalaridan   biri   sifatida   monetary   ya’ni
pul-kredit   siyosati   bilan   birga   fiskal   siyosat   (budjet-soliq)     ni   uyg‘unlashtirilgan
holatda olib   borish lozimligi;
21 –   Markaziy   bank   pul   massalari   o‘lchovini   hozirgi   va   qaralyotgan  inflyatsiya	
holati   shu   bilan   birgalikda   valuta   kursi   bo yicha   nazarda   tutilgan  	ʻ	belgilarga  
mos
ravishda tartibga solib   turishi;
–  Monetar siyosatining asosiy ko rsatkichlari sifatida zahira pullari, Markaziy	
ʻ
bank   tomonidan   davlatga   hamda   tijorat   banklariga   beriladigan   kreditlar   miqdori
belgilash;
– Markaziy   bankning   qayta   moliyalash   stafkasi   mexanizmi   barcha   iqtisodiy
tarmoqlarining   kredit   resurslariga   bo lgan   ehtiyojini   qondirish   hamda   shu   bilan
ʻ
birgalikda   tarkibiy   o zgarishlarni	
ʻ   ta’minlashga   qaratilgan   investitsiya   dasturlarini
moliyalashga yordam beradi;
– Markaziy   bank   tomonidan   o‘rnatiladigan   qayta   moliyalash   stafkasinini
moliya   bozoridagi   talab   va   taklifga   asosan   hozirgi   hamda   pirovard   inflyatsiya
darajasini bilgan holda belgilash;
–   Tijorat   banklari   tomonidan   e’tirof   etilayotgan   pul   hajmi(miqdor)ni
to‘laqonli   nazorat   qilish,shu   bilan   birgalikda   omborlarda   shakillangan   pul
mablag;lari   ustudan   nazorat   qila   olishi   hamda   ularni   monitoring   ko‘rsatkichlarini
tahlil qilishdan iborat.
Bugungu   kundagi   Bank   tizimini   zamonaviy   holatda   tubdan   isloh   qilishni
chuqurlashtirishga   qaratilgan   O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   farmoishlari	
ʻ
hamda hukumat   qarorlari   negzida bank tizimini  yanada  rivojlantirishga,  shu  bilan
birgalikda banklar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash,korxona
va   tashkilotlarga   beriladigan   imtiyozlarni   yanada   kengaytirish,aholining   ijtimoiy
himoyaga   muhtoj   bo‘lgan   qatlamiga   imtiyozli   kreditlar   ajratish,investitsiya   va
innovatsiya   jarayonlarini   qo‘llab   quvvatlash   ,   chet   el   banklari   bilan   hamkorlikni
yanada mustahkamlash va kengaytirilishiga alohida e’tibor   qaratish lozim.
Markaziy   bank   monetar   siyosat   unumdorligini   oshirishda   ochiq   bozor
operatsiyalarni,xususan   ikkilamchi   bozordagi   operatsiyalarni   yanada
rivojlantirishdan   iborat   bo‘libgina   qolmasdan   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning
bo‘sh  turgan  pul   mablag‘larini   tijorat   banklari   orqali   jalb qilish  hamda  fond birja
22 va   moliya   bozoriga   jalb   etish   orqali   iste’molchilarning   xususiy   va   davlat
banklariga bo lgan ishonchni oshirish.ʻ
Markaziy   bank   bir   nechta   instrumentlarning   maqsadli   va   ishonchli
natijalaridan   kelib   chiqqan   holda   pul-kredit   siyosatini   yuritishning   aniq
strategiyasini   ishlab   chiqara   oladi   va   uni   tijorat   banklariga   etkazadi.   Bunday
natijalarga   erishish   strategik   maqsad   hamda   tamoillarga     mos   tushadi.   Markaziy
bank   pulning   qadrsizlanishi   hamda   bandlikning   maqsadli   natijalarini
tasdiqlangandan   kiyin,   markaziy   bank   ishsizlik   va   narxlar   darajasiga   to‘g‘ridan
to‘g‘ri   ta’sir   etuvchinatijalar   ro yxatini  	
ʻ (o‘rtacha   maqsadlarni)   belgilaydi.   Biroq
markaziy bank vositalari hatto o‘rtacha  m a q s a dl a r g a ham    bevosita     t a ’ sir    k	
oʻ r sa t a
ol olmaydi .   Sh un dan   kelib   chiqqan   holda,     markaziy   bank   boshqa   o zgaruvchilar	
ʻ
to plamini aniqlaydi.	
ʻ
O‘rtacha   hamda   operatsion   maqsadlardan   foydalangan   holda,markaziy   bank
tomonidan   olib   borilayotgan   monetar   siyosatni   to‘g‘ri   ekanligini   biz   infilyatsiya
darajasining   vujudga   kelishi   hamda   ishsizlik   darajasini   oshib   ketmasligi   orqali
ishonch   hosil   qilishimiz   mumkin.Buni   biz   1.2.-jadvalimizda   markaziy   bank
monetar   siyosatining   vositalari,   shu   bilan   birgalikda   strategik,   operatsion,   oraliq,
maqsadlarining o zaro bog lanishi	
ʻ ʻ   ko rishimiz mumkin.	ʻ
O‘rtacha maqsadlarni tanlab olish mezonlari;
-   Markaziy   bankning   asosiy   yo‘nalishlariga   to‘g‘ri   kelishi.   Bu   o‘rtacha
maqsad javob berilishi lozim bo lgan dastlabki darajali talab.	
ʻ
- Hisoblanish ehtimolligi. Davlat tomonidan chiqariladigan turli xil qimmatli
qo‘g‘ozlar   bozorini   shakillantirish,ularning   qiymat   va   sifat   jihatdan   yaxshilash
orqali   aholi   pil   mablag‘larini   jalb   qilish   hamda   bunday   holatda   markaziy   bank
tomonidan   bu   jarayondagi   o‘zgarishlarni   aniq   va   to‘g‘ri   o‘lchay   olish   imkoniyati
borligi. 
-vaqtida   bajarilganlik   holati.     O‘rtacha   m a q s a d   t o	
ʻ gʻ r i s i d a g i   aniq   a x bo r o t
markaziy bankka vaqtida etkazilishi lozim.
-Boshqarilish   holatiga   ko‘ra.   Ijtimoiy-iqtisodiy   o zgaruvchi   o‘rtacha   aniq	
ʻ
maqsadning   foydali   va   shu   bilan   birga   samarali   bo lishi   uchun,   markaziy   bank	
ʻ
23 tomonidan   boshqaruv   sistemasining   to‘g‘ri   yo‘lga   quyilganligi,bu   orqali   tijorat
banklari   faoliyatini   o‘rganishda   aniq   va   strategig   rejalarning   borligi   hamda
ularning   boshqaruv   jarayonining   samarali   va   ishonchli   ekanligini   tahlil   qila   olish
lozim,bunday   shartlarning   hammasiga   rioya   qilinishi   –   anchagina   darajadagi
murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Bu holatdan kelib chqqan holda,   markaziy
bank   o ziningʻ   aniq   maqsad   va   tamoillariga   etishishi   uchun   bu   kabi   talab,   xohish-
istaklarga   javob   bera   oluvchi   mos   iqtisodiy-ijtimoiy   o zgaruvchanlikni   aniqlashi	
ʻ
hamda samarali foydalanishni talab etadi.
Demak   yuqoridagi   holatlardan   xulosa   qiladigan   bo‘lsak,   markaziy   bank
tomonidan   yuritiladigan   monetar   ya’ni   pul-kredit   siyosatining   samarali   va
ishonchli yuritilishi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlay oladi, valuta kursi
hamda foiz stavkalarini to‘g‘ri yo‘naltirish orqali esa oqilona siyosatni yurita oladi,
pulning   qadrsizlanish(inflyatsiya)   sur’atlarini   aniq   va   to‘g‘ri   boshqarish   chora-
tadbirlarini   amalga   oshirishi   mumkin,   kreditlardan   samarali   foydalanishning
samaradorligini   yuqori   darajaga   olib   chiqish   hamda     iqtisodiyotning   barqaror
suratlarda   o sishini   ta’minlashga   doir   huquqiy   mezon   ko‘rsatkichlarini,shu   bilan	
ʻ
birga   uslubiy   normativlarni   ishlab   chiqish   bilan   birga,   moliya,fiskal   hamda
monetar   siyosat   sektorini   rivojlanib   borishi   bilan   birga   bu     sohaga   doir   mavjud
huquqiy me’yorlar takomillashtirilib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida bank tizimini
barqarorligini   ta’minlash   bilan   birgalikda   yagona   ijtimoiy-   iqtisodiy   rivojlanish
tendentsiyasiga erishishni ko‘zda tutadi.
Umuman   olganda   Markaziy   bankning   bosh   maqsadi   sifatida   o‘zimizning
valutamizning qadri va barqarorligini ta'minlashdan iborat bo‘lib, bunda markaziy
bank   tomonidan   bir   qator   muhim   bo‘lgan   vazifalarni   amalga   oshirishiga   to‘g‘ri
keladi.   Ushbu   vazifalar   ichida   eng   muhimi   hisoblangan   monetar   (pul-kredit)
siyosatini oqilona yuritish,ishlab chiqish hamda uni muaffaqiyatli amalga oshirish
hisoblanadi.
Monetar   siyosatining   bir   qator   usullari   mavjud   bo‘lib,   bunda   ularning
asosiylari quyidagilardan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin:
24 1. markaziy bank tomonidan tijorat banklariga о‘rnatilgan majburiy zahiralash
siyosati;
2.Xususiy   va   davlat   banklarini   qayta   hisob-kitob   stavkasini   moliyalash
siyosati (hisob stavkasi);
3. tijorat banklari tomonidan moliya bozoridagi ochiqlik siyosati;
4.tijorat banklarining valuta va depozitni to‘g‘ri boshqarish siyosati 
Ilmiy,   iqtisodiy   adabiyotlarda   shu   bilan   birga   xalqaro   banklar   amaliyotida
markaziy banklarning pull bilan bog‘liq siyosatini monetar ,monetar instrumentlar
ham   deb   yuritiladi.   Ammo   Markaziy   bankning   monetar   siyosati   qay   tarzida
yuritilishiga   qaramay,   markaziy   bankning   maqsadi   yagona   masalaga,   ya’nikim
mamlakatning milliy valutasi barqarorlgini saqlashga qartiladi.
Xalqaro jahon tajribasi va amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, har bir mamlaakatning
milliy   valyuta   siyosatida   valuta   sotib   olishlilik   qobiliyati   tushib   ketishi   oqibatida
mamlakat iqtisodiyotida milliy valyuta birligining qadrsizlanishiga,ya’ni inflatsiya
darajasining   ko‘tarilishiga   hamda   mamlakatda   aholining   band   bo‘lmagan
qatlamining,ya’ni   ishsizlik   darajasining   pastlashishiga   olib   keladi   shu   bilan
birgalikda,aksincha   bo‘lishi   ham   mumkin.   Ya’ni,   milliy   valyuta   birligining
qadrsizlanish(inflatsiya)   darajasining   pastlashishi   esa   mamlakatda   aholining   band
bo‘lmagan qatlami (ishsizlik) darajasining yuqorilashiga olib keladi.
Bunday iqtisodiy jarayonlarning vujudga kelishi sabab Markaziy bank milliy
iqtisodiyotga   yomon   ta’sir   etmasligi   uchun   ham   pulning   ya’ni   milliy   valyutaning
qadri   va  barqarorligini   positiv  ushlab  turish  maqsadida  monetar   siyosat  usullarini
amaliyotga joriy etishiga to‘g‘ri keladi.
Markaziy   bankning   monetar   siyosati   yuritishdan   asosiy   vositalaridan   biri
sifatida   xususiy   va   davlat   banklariga   o‘rnatilgan   majburiy   zahiralash   siyosati
hisoblanadi.Bunda   Markaziy   bank   pul-kredit   siyosatini   yuritish   orqali   dastlab
tijorat banklarining kapitaliga limit qo‘yishi orqali iste’molda bo‘lgan pul mqdorini
tartibga   solib   turadi,boshqa   bir   holatda   esa   markaziy   bank   tomomidan   tijorat
banklarining   likvidlik   qobilyatining   susayishi   oqibatida   yoki   umuman   to‘lov
qobilyatini yuqotgan taqdirda qisman bo‘lsa ham mijozlar manfatini himoya qiladi.
25 Tijorat   banklari   majburiy   zahiralardagi   mablag‘larni   “O‘zbekiston
Respublikasining   Markaziy   banki   to‘g‘risida”   gi   Qonunning   28   -   moddasi,
“Banklar   va   bank   faoliyati   to‘g‘risida”   gi   Qonunning   24   -   moddasiga   asosan
Markaziy   bank   tomonidan   2000-yil   25-martda   ishlab   chiqilgan   “Banklar
tomonidan Markaziy bankda majburiy zahiralami deponentlash tartibi to‘g‘risida”
gi 449 - sonli Nizom asosida o‘tkazadi 18
. Majburiy zahiralaming obyektlari bo‘lib,
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablag‘lari hisoblanadi.
Tijorat banklari, shuningdek, ularning filiallari tomonidan har  oy boshlanishi
bilan   uch   ish   kuni   davomida   Markaziy   bankning   viloyatlar   bo‘yicha
boshqarmalariga   tijorat   bank   rahbari   va   ularning   bosh   buxgalteri   tomonidan
imzolagan   majburiy   zahiralar   yuritiladigan   hisobi   taqdim   etilishi   shart.   Bunda
tijorat   bankning o‘zi  jalb  qilgan mablag‘larining umumiy miqdori  oshishi   sababli
tijorat   banklarining   zahiralariga   qo‘shimcha   o‘tkazish,shuningdek,   jalb   qilingan
mablag‘lar   miqdorining   pasayishi   sababli,   ilgari   zahiraga   o‘tkazilgan
mablag‘larning ma’lum bir qismini qaytarish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Respublika   Markaziy   bankning   viloyat   boshqarmalari   har   oy   boshlanishinig
sakkiz   ish   kunigacha   tijorat   banklar   tomonidan   majburiy   zahiralarni   yuridik   va
jismoniy   shaxslarni   muddati   o‘tib   ketgan   pul   mablag‘lari(deponentlash)ga   doir
talablari   bajarilishi   to‘g‘risidagi   hisob-kitobni   Markaziy   bankga   taqdim   etishi
lozim.   Umiman   olganda   tijorat   banklarida   majburiy   zahiralar   miqdori   10309   –
“Markaziy bankdagi majburiy zahira hisobvarag‘i” da hisobga yuritiladi. Markaziy
bankda esa ushbu mablag‘lar 21312 hisobvaraqda yuritilishi ko‘zda tutilgan.
Bizning   mamlakatimizda   Markaziy   bank   o‘z   faoliyatini   boshlagandan   toki
bugungi   kunga   qadar   mamlakatimiz   iqtisodiyotida   samarali   hamda   ancha   foydali
tarzda   majburiy   zahiralar   siyosatini   olib   borishda   davom   etmoqda,   buning
oqibatida tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablag‘larga nisbatan o‘matilgan
majburiy zahiralarining hajmi pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib boradi.
Raqamli   iqtisodiyot   sharoitida   bozor   iqtisodiyotining   muntazzam   ravishda
rivojlanishi   hamda   takomillashib   borishi   natijasida   mamlakat   iqtisodiyotida
18
 Ushbu ma’lumotlar www.lex .uz saytidan olindi
26 qo‘shimcha pul mablag‘lariga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi. Banklar o‘zlarining
faoliyati   davomida   xo‘jalik   yurituvchi   subektlarning   moliyaviy   resruslarga   ya’ni
qimmatli   qog‘ozlar,pul   mablag‘lariga   bo‘lgan   ehtiyojini   mijozlarning   qo‘lida
turgan   bo‘sh   pul   mablag‘lari   bilan   qondiradi.Biroq   xo‘jalik   yurituvchi
subyektlaming   manashu   ehtiyojini   aytilgan   vaqtida   hamda   past   foizli   kreditlar
asosida   ta’minlay   olmasligi   natijasida   mamlakat   pul-kredit   siyosatining
rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.Bundan   shunday   xulosaga   kelishimiz
mumkinki shunga o‘xshash  jarayonlarni sodir bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotida pul
taqchilligini yuzaga keltirish mumkinligini alohida e’tirof etish mumkin. Umuman
olganda mamalakat iqtisodiyotda vujudga keladigan pul taqchilligi oqibatida milliy
valutaning qadrsizlanishiga olib keladi, biroq iqtisodiyotda pul defitsit darajasining
yuqorilab borishi natijasida ishlab chiqarish jarayoning pasayishi hamda aholining
ish bilan band bo‘lmagan qatlam darajasining ortishi kabi xavfli ijtimoiy - iqtisodiy
tanglikni   yuzaga   keltirishi   mumkin.   Shuning   uchun   ham   Markaziy   bank   yuzaga
kelishi   mumkin   bo‘lgan   ijtimoiy–iqtisodiy   xavfni   mamlakat   tijorat   banklarining
qo‘shimcha moliyaviy imkoniyalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘zining qayta moliyalash
stafka  siyosati  orqali   bartaraf   etishi  mumkin.Boshqacha  qilib  aytganda,   Markaziy
bank   xususiy   va   davlat   banklariga   o‘zlari   uchun   qulay   bo‘lgan   arzon   moliyaviy
resurslarini   berish   bilan   iqtisodiyotda   pul   miqdori   va   tovar   miqdori   o‘rtasidagi
muvozanatni   ta’minlashga   erishadi.   Bundan   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,
Markaziy bank qayta moliyalash stafka siyosati orqali mamlakatdagi pul resurslari
bozoridagi foiz stavkasiga ta’sir etib, milliy valyutaning qadirsizlaishi oldi olinadi
hamda   uning   barqarorligi   mustahkamlanadi.   Bizga   ma’lumki   iqtisodiyotda   qayta
moliyalash   stavkasining   markaziy   bank   tomonidan   tushirilishi   iqtisodiyotda   pul
yuki   ortishiga,   yoki   buning   aksi,   uning   ko‘payishi   esa   tijorat   banklarining   pul
mannbalariga   bo‘lgan   ehtiyojini   pasayishi   sababli   iqtisodiyotda   pul   yukining
pastga   sho‘ng‘ishiga     olib   keladi.   Markaziy   bank   qayta   moliyalash   sabab   faqat
moliya bozoriga emas, shuningdek, butun mamlakat fond birja bozoriga ham ta’sir
o‘tkaza   oladi.   Bunda   Markaziy   bank   tomonidan   qayta   moliyalash   stavkasining
yuqorilatishi natijasida pul mablag‘lari bozoridagi depozit pullarning foizini hamda
27 bank krediti foizining yuqoriga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Pul mablag‘lari hamda
moliya   bozorida   vujudga   keladigan   deposit   pul   mablag‘larining   hamda   bank
krediti   foiz   stafkasining   ortishiga,bu   esa   o‘z   navbatida,   fond-birja   bozorida
qimmatli   qog‘ozlar   aksiya,obligatsiyalarga   bo‘lgan   talabning   kamayishiga   hamda
ularning   taklifini   yuqorilashiga   olib   kelishi   mumkin.   Buning   asosiy   sabablaridan
biri   shuki   pul   mablag‘lari   bozorida   depozitlarga   to‘lanadigan   foiz   stafkalar
miqdorining ko‘payishi natijasida pul mablag‘lari bozori ishtirokchilarini bevosita
moliyalashtirishga bo‘lgan manfaatdorligini ko‘paytiradi.
Markaziy bankning ochiq siyosati - bu davlatning aksiya, obligatsiya, hamda
veksellari, shuningdek, boshqa qimmatli bo‘lgan qog‘ozlarini yuridik va jismoniy
shaxslarga   naqd   va   naqdsiz   sotishi,shu   bilan   birga   sotib   olishi   bilan   bog‘liq
operatsiyalar   majmui   tushuniladi.   Markaziy   bank   tomonidan   davlatga   va   o‘ziga
tegishli   bo‘lgan   qimmatli   qog‘ozlarini   sotish   orqali   iqtisodiyotda   pul   miqdorini
kamaytiradi.   Buning   natijasi   o‘laroq   mamlakat   milliy   valyutasining   sotib   olish
qobiliyatini   mustahkamlaydi   hamda   mamlakat   pul   birligining   qadrsizlanish
darajasining   pasayishiga   olib   keladi.Umuman   olganda   markaziy   bank   tomonidan
sotilgan qimmmatli qog‘ozlarni yana o‘zi qaytadan sotib olish orqali muomaladagi
pul   miqdorining   ko‘tarilishi   hamda   tijorat   banklarining   ortiqcha   pul
instrumentlariga   bo‘lgan   talabini   qondirishdagi   asosiy   vositalardan   biri   bo‘lib
hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib Markaziy bank Davlat tomonidsn ishlsb chiqilgan qisqa
muddatli qimmatli qog‘ozlarini va o‘zining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish
orqali   o‘zining   ochiq   bozordagi   operatsiyalarini   amalga   oshiradi.   Markaziy   bank
tomonidan   amalga   oshiriladigan   bu   kabi   operatsiyalar   sabab   tijorat   banklari
tomonidan amalga oshiriladigan o‘zlarining to‘lov qobilyatiga ya’ni likvidliligiga,
shuningdek,   bankning   qimmatli   qog‘ozlar   bozorining   foiz   stavkasiga   ham   ta’sir
qilmasdan   qolmaydi.   Markaziy   bank   qimmatli   qog‘ozlari   hamda   davlat
obligtsiyalarini   sotish   biz   bilamizki,   iqtisodiyotda     pul   hajmini   kamayishiga   olib
keladi,   bu   kabi   qimmatli   qog‘ozlarni   muomaladan   qaytarib   sotib   olish   esa   pul
massasining ortishiga olib keladi..
28 Markaziy   bank   hamda   davlat   tomonidan   ishlab   chiqariladigan   qimmatli
qog‘ozlar   (aksiya,   obligatsiya,   veksellar   va   h.k),   birinchi   navbatda,   ularning
ishonchliligi,   ta’minlanganligi   hamda   foiz   stafkasiga   nisbatan   ancha   balandligi
ulaming   jozibadorligini   yanada   oshiradi,buning   natijasida   esa,   bu   qimmatli
qog‘ozlarni iste’molchilar tomonidan yuqori darajadagi sotib olishga undaydi. Shu
bilan bir qatorda, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni fond-birja bozorida
yuqoriligini   ta’minlash,   ulami   xaridorlari   to‘lov   qobilyati   hajmini   ortishiga   olib
keladi.   Shu   boisdan,   homiylarga   boshqa   mablag‘larga   bo‘lgan   zaruriyat   paydo
bo‘lganda   ulami   fond-birja   bozorlarida   muammosiz   sotish   orqali   talab   va
istaklarini qondirishga erishish mumkin. Biroq, bunday ochiq bozordagi operatsiya
siyosati ham o‘zining salbiy va kuchsiz tomonlariga ham ega hisoblanadi. Birinchi
navbatda   bu,   mamlakat   iqtisodiyotida   pulning   qadirsizlanishi   yuridik   hamda
jismoniy shaxslarda davlatning va Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlarini sotib
olishga bo‘lgan talabi anchagina pastlashishi mumkin. Ikkinchi jihatdan esa, davlat
va   markaziy   bank   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   qimmatli   qog‘ozlarini   qaytarish
vaqti     kelganda   ularga   to‘lanadigan   foizlar   bilan   birga   qaytadan   sotib   olinishi
mamlakat pul bozorida dastlabki pul hajmini ortishiga olib kelishi mumkin. Davlat
tomonidan ishlab chiqarilyotgan qimmatli qog‘ozlardan tushgan mablag‘lar deyarli
davlatning   strategik   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   vazifa,   funksiyalarini   bajarishga
hamda mamlakat budjet taqchilligini qoplashga sarflanadi.
Markaziy   bankning   yana   bir   eng   asosiy   vazifa   va   maqasdlaridan   biri   o‘z
milliy   isbatan   bo‘lgan   pul   birligi   kursining   boshqa   mamlakatlar   pul   birligiga
nisbatan barqarorligi,mustahkamligini ta'mminlashga qaratilganligidadir.   Markaziy
bank davlat bilan birgalikda monetar siyosatning asosiy maqsad va yo‘nalishlarini
belgilaydi   munosabatlari   bo‘yicha   siyosatining   asosiy   yo‘nalishlarini   belgilaydi.
Mamlakatda   valuta   siyosatining   joriy   va   kelgusi   davrdagi   holati   yuzasidan
rivojlantirish   strategiyasini   ishlab   chiqadi.   Bunga   misol   tariqasida   mamlakatning
to‘lov   qobilyat i   balansi,   mamlakatning   pul-kredit   munosabati   bo‘yicha   ichki   va
tashqi   monetar   siyosati   va   milliy   pul   birligining   xorij   mamlakatlari   pul   birligiga
nisbatan kursini aniqlash hisoblanadi.
29 Markaziy   bank   pul-kredit   siyosatini   olib   borishda   asosiy   vazifalari   sifatida
quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga xorij pul birligida hisob kitob
qilish uchun bir martalik litzensiya beradi va uni qaytarib oladi.
2.   Markaziy   bank   tijorat   banklarini   xorij   valyutalarini   sotish   va   sotib   olish
miqdorini belgilaydi.
3. Markaziy bank mamlakatimiz valuta bozorida xorij valutalar bilan ishlashni
ya’ni sotish va sotib olishni nazorat qiladi hamda tartibga solib turadi.
4.   Markaziy   bank   tomonidan   tijorat   banklarida   xorij   mamlakarlar   pul   birligi
bilan hamda ularning to‘lov hujjatlari  qimmatliklar bo‘yicha kassa operatsiyalarini
tashkil etish tartib qoidasini belgilaydi.
5.   Markaziy   bank   ayrim   turdagi   tijorat   banklariga   mamlakatimiz   hududida
yashab   turgan   fuqoralarning   mamlakatimiz   pul   birligida   hisob   -   varaqlarining
yuritish tartib qoidalarini belgilaydi.
6.   Markaziy   bank   mamlakatimiz   fuqoralariga   va   vaqtincha   yashab   turgan
xorij fuqarolariga o‘zlarining   hisob varaqasini yuritish tartib qoidasini belgilaydi.
( xorij valyutasida)
7.Markaziy   bank   tomonidan   mamlakatimizda   faoliyat   yuritayotgan   korxona
va tashkilotlaming xorij valutalarida hisob kitob qilish faoliyatini nazarot qiladi va
tartibga soladi . 
Bundan   tashqari   markaziy   bank   mamlakat   resurslar   bozori,   moliya   bozori,
tijorat banklarining deposit bozori va boshqalrni tartibga solidi va ularning mezon
ko‘rsatkichlari va yo‘nalishlarini aniqlab beradi. 
1.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining o‘ziga xos
xususiyatlari.
Mamlakatimiz   mustaqilligining   dastlabki   yillarida   sobiq   ittifoq   davrida
amalda   bo‘lgan   davlat   banki   negizida   O‘zbekiston   Respublikasining   ikki
bosqichdan   iborat   bo‘lgan   bank   tizimi   tashkil   etildi.   Ayni   shu   vaqtdan   boshlab,
30 uning birinchi pag‘onasida Markaziy bank, ikkinchisida esa tijorat banklari, kredit
uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar kabi kredit tashkilotlari faoliyati
yo‘lga   qo‘yila   boshladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   mamlakatimiz
mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab o‘z faoliyatini “Banklar va bank
faoliyati   to‘g‘risida”gi   Qonun   asosida   yo‘lga   qo‘ydi.   Shuni   alohida   qayd   etish
lozimki,   sobiq   ittifoqning   yetmish   yildan   ortiq   vaqt   davomida   markazdan
rejalashtirish   boshqaruvi   asosida   faoliyat   olib   borgan   bank   tizimining   maqsadi-
muddaosi,   majburiyati   hamda   vazifalari,   ish   faoliyati   tartibi   butunlay   yangidan
yo‘lga   qo‘yilgan   ikki   bosqichli   bank   tiziminikidan   butunlay   farqli   edi.   Aynan
ushbu   sababdan   ham   mazkur   tizim   asosida   tashkil   etilgan   bank   tizimi   qarshisida
juda   katta   va   mas’uliyatli   vazifalar   turar   edi.   Jumladan,   mamlakatda   amalga
oshirilayotgan   iqtisodiy   jarayonlarni   to‘xtatmagan   holda,   bozor   iqtisodiyoti
qonunlari   asosida   ishlaydigan   kredit   tashkilotlari   tizimini   tashkil   etish,   milliy
valyutani muomilaga joriy etish, sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan respublikalar bilan
o‘zaro   hisob-kitoblar   davom   ettirish   va   boshqa   ko‘plab   vazifalar   shular
jumlasidandir. Shu boisdan ham mamlakatimiz Markaziy bankning tashkil topishi,
uning mamlakatda amalda bo‘lgan pul muomalasi tizimini tartibga olish va kredit
tashkilotlari faoliyatini nazorat qilib borish bilan bog‘liq vazifalarni doimiy tarzda
mukammallashib, rivojlanib zamon talabiga mos   xalqaro bank andozalariga o‘tib
bormoqda.
Markaziy   bank   o‘z   faoliyatini   amalga   oshirishda     iqtisodiy   tomondan
mustaqil   bo‘lgan,   yuridik   shaxs   maqomiga   ega   muassasa   hisoblanadi.   Markaziy
bank o‘zining daromadlari hisobidan xarajatlarini amalga oshiradi. Agar Markaziy
bank   o‘z   moliyaviy   xo‘jalik   faoliyatini   Zarar   bilan   yakunlasa,   ushbu   zarar   davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Agarda Markaziy bank hisobot yilini
foyda bilan yakunlasa, ushbu foyda to‘lig‘icha davlat budjeti daromadlari qismiga
o‘tkazib   beriladi.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   O‘zbekiston   Markaziy   banki
tashkil   etilganidan   buyon   hisobot   yilini   moliyaviy   zarar   bilan   yakunlamasdan,
aksincha   hisobot   yilining   so‘ngida   juda   katta   miqdordagi   daromad   mablag‘larini
31 davlat budjetiga o‘tkazib kelmoqda. Markaziy bankning asosiy daromad manbalari
tarkibiga quyidagilar kiradi.
– tijorat  banklariga  beriladigan  qayta  molivalash   hisobidan  olinadigan  foizlar
ko‘rinishidagi daromadlar; 
– hukumatga   tegishli   bo‘lgan   oltin   va   valyuta   zahiralarini   tasarruf   etishdan
oladigan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;
–   tijorat   banklari   tomonidan   iqtisodiy   me’yorlar   buzilganda   qo‘llaniladigan
sanksiyalar uchun undiriladigan jarimalardan olinadigan daromadlar; 
– tijorat   banklari   tomonidan   elektron   to‘lov   tizimidan   foydalanganliklari
uchun to‘lanadigan to‘lovlar va boshqa manbalarni keltirish o‘tish mumkin.
Mamlakat   mustaqilligining   dastlabki   yillaridanoq   tashkil   etilgan
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qisqa fursat ichida iqtisodiy tizimda o‘z
o‘rniga ega bo‘lgan banklaming banki sifatida juda katta hajmdag ishlarni amalga
oshirdi,   shu   bilan   bir   qatorda,   uning   faoliyati   takomillashib   va   rivojlanib   bordi.
Buning   natijasi   o‘laroq   Markaziy   bank   faoliyatini   amalga   oshirish,   huquq   va
majburiyatlarini belgilaydigan alohida maqomga ega huquqiy hujjatni qabul qilish
zaruriyati   yuzaga   keldi.   Natijada   1995   yil   21   dekabrda   9   ta   bo‘lim   va   60   ta
moddadan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi
qonun   qabul   qilindi.   Ushbu   qonunda   Markaziy   bankning   maqsad-vazifalari,
majburiyat   va   huquqlari   belgilangan.   Shuningdek,   Markaziy   bank   tomonidan
amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lgan   barcha   faoliyat   yo‘nalishlari   ushbu   qonunda
aniq   va   ravshan   qilib   ko‘rsatib   o‘tildi.   Mazkur   qonunga   ko‘ra,   Markaziy   bankka
quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qat’iyan ta’qiqlanadi.
– tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi;
O‘zbekiston   Respublikasi   Soliq   kodeksida   “Markaziy   bank   va   uning
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahridagi   bosh
boshqarmalari,   shuningdek   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining
32 muassasalari   barcha   soliqlar   va   boshqa   majburiy   to‘lovlarni   to‘lashdan   ozod
qilinadi (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno)” deb belgilab qo‘yilgan 19
.
Markaziy   bank   to‘gridan-to‘g‘ri   aholi   va   mijozlarga   bank   xizmatlarini
ko‘rsatmaydi,   balki   mamlakat   banklarining   banki   hisoblanadi.   “Markaziy   bank,
qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   tartibda   va   shartlarda   davlat   hokimiyati   va
boshqaruv organlari, ayrim davlat qo‘mitasi va muassasalari, shuningdek, o‘zining
huzuridagi   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlaming   asosiy   hisobvaraqlariga
xizmat   ko‘rsatish   bo‘yicha   bank   operatsiyalarini   amalga   oshirishi
mumkin”. 20
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash Markaziy bankning asosiy
maqsadi   bo‘lib,   mazkur   maqsadni   amalga   oshirishda   bank   quyidagi   vazifalarni
amalga oshiradi: 21
- O‘zbekiston   Respublikasida   hisob-kitoblaming   maqbul   tizimini   tashkil
etish hamda ta’minlash;
- Pul-kredit   siyosatini   va   valyutani   tartibga   solish   sohasidagi   siyosatni
shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
- banklar,   kredit   uyushmalari,   mikrokredit   tashkilotlari   va   garovxonalar
faoliyatini   litsenziyalash   hamda   tartibga   solish,   banklar,   kredit   uvushmalari,
mikrokredit   tashkilotlari   va   garovxonalami   nazorat   qilish,   qimmatli   qog‘ozlar
blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
- O‘zbekiston   Respublikasming   rasmiy   oltin   -   valuta   zahiralarini,
kelishuvga asosan hukumat zahiralarini qo‘shgan holda, saqlash va tasarruf etish;
- mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.
Markaziy   bank   o‘tgan   yildagi   faoliyatini   mustaqil   auditorlik   tashkilotlar
tekshiruvidan   so‘ng   hisobotni   keyingi   yilning   15-mayidan   kechiktirmasdan   Oliy
Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi hamda hisobot beradi. Markaziy
bankning   oliy   organi   bo‘lib   uning   Boshqaruvi   hisoblanadi.   Boshqaruv   Markaziy
bank   siyosati   va   faoliyatining   asosiy   yo‘nalishlarini   belgilab   beradi,   bankni
19
  O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-bob 30-moddasi,  O zbekiston Respublikasining 30.12.2019-y. ʻ
O RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan (yangi tahriri)	
ʻ
20
 O‘zbekiston Respublikasi “ Markaziy bank to‘g'risida”gi Qonunning 31 – moddasi 11.11.2019 yil O‘RQ 582-son 
bilan ro’yhatga olingan (yangi tahrir)
21
 O‘zbekiston Respublikasi “ Markaziy bank to‘g'risida”gi Qonunning 12 – moddasi.11.11.2019 yil O‘RQ 582-son 
bilan ro’yhatga olingan (yangi tahrir)
33 boshqaradi.   Boshqaruv   a’zolari   soni   o‘n   bir   kishidan   iborat   bo‘ladi.   Boshqaruv
a’zolari tarkibiga Markaziy bank Raisi. uning o‘rinbosarlari shuningdek, bankning
asosiy bo‘linma rahbarlari kiradi. Boshqaruv majlislari oyiga kamida bir marotaba
o‘tkazib   turiladi,   boshqaruv   majlisida   quyidagi   masalalar   ko‘rib   chiqiladi   va   hal
etiladi:
- pul-kredit   siyosatning   asosiy   yo‘nalishlarini,   shu   jumladan,   Markaziy
bankning   ochiq   bozordagi   operatsiyalari   ko‘lami,   Markaziy   bankning   hisob   va
ssuda   berishdagi   foiz   stavkalari   hamda   banklaming   Markaziy   bankdagi   majburiy
rezervlani nonnasim belgilaydi:
- Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
- Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
- banknotlar   va   tangalaming   nominal   qiymati   va   namunalarini,   shuningdek,
pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
- O‘zbekiston   Respublikasi   Hukumatiga   beriladigan   ssudalar   miqdori   va
shartlarmi tasdiqlaydi
- banklar   uchun   iqtisodiy   normativlami   va   kredit   uyushmalari,   mikrokredit
tashkilotlari   hamda   garovxonalar   uchun   moliyaviy   peratsiyalar   o‘tkazish
qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
- bank   faoliyati   bilan   shug‘ullamsh   uchun   litsenziyalar   berish   va   ularni
chaqirib   olish   to‘g‘risida   qarorlar   qabul   qiladi,   kredit   uy   ushmalari,   mikrokredit
tashkilotlari   va   garovxonalar   faoliyati,  shuningdek,   qimmatli   qog‘ozlar   blankalari
ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;
- Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
- Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi
va tugatadi;
- Markaziy   banknmg   tarkibiy   bo‘linmalari.   muassasalari   va   korxonalari
rahbarlaiini tasdiqlaydi;
- Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
- Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
- Markaziy   bank   tarkibiy   bo‘linmalari,   uning   muassasalari   va   tashkilotlari
34 rahbarlarining hisobotlari hamda maruzalarini tinglaydi;
- Markaziy   bank   vakolati   doirasidagi   boshqa   masalalarini   ko‘rib   chiqadi   va
hal qiladi
-   Markaziy   bank   xodimlarini   ishga   yollash,   ishdan   bo‘shatish,   ularning
mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ulaming kreditlar olishi va aksiyalar
sotib olish tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   mumkinki,   O‘zbekiston   Markaziy   banki
mamlakatdagi   banklar   banki   hisoblanib,   kredit   tashkilotlarining   moliyaviy
tomondan   barqaror   faoliyat   olib   borishiga,   milliy   valyutaning   barqarorligiga
mas’ul bo‘lgan davlat moliyaviy tashkilotidir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Valyuta   bozorini   liberallashtirish
bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   Farmoni   e’lon
qilinganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini
yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   Qarori   qabul   qilganidan   so‘ng
“Pul-kredit   siyosatini   2017-2021   yillarda   rivojlantirish   va   inflyatsion   targetlash
rejimiga   bosqichma-bosqich   o‘tish   bo‘yicha   chora-tadbirlar”   Kompleksi
tasdiqlandi.   Bu   borada   amalga   oshirilgan   galdagi   muhim   qadamlardan   biri
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   9-yanvardagi   “O‘zbekiston
Respublikasi   Markaziy   banki   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi
Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur   farmonda   narxlar   barqarorligini   ta’minlash   vazifasi   Markaziy
bankning   bosh   maqsadi   etib   belgilanib,   Markaziy   bankning   mustaqilligi   va
institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Shuni   ta’kidlash   kerakki,   iqtisodiy   siyosatni   amalga   oshirishda
yondashuvlarning   qayta   ko‘rib   chiqilayotgan   bir   vaqtda   yuzaga   kelayotgan   yangi
voqeliklarda   monetar   sohadagi   o‘zgarishlarning   aholi   va   tadbirkorlik   sub’ektlari
tomonidan   to‘g‘ri   qabul   qilinishi   bilan   bir   qatorda,   ushbu   tadbirlarning   qo‘llab-
quvvatlanishi  yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   “O‘rta   muddatli   istiqbolda
monetar   siyosatni   takomillashtirish   va   amalga   oshirish   Konsepsiyasi”   inflyatsion
35 targetlash   rejimini   amaliyotga   joriy   etishdagi   va   kommunikatsiyalar   kanalining
jamoatchilik fikrini shakllantirish jarayonidagi yetakchi roli inobatga olingan holda
ishlab   chiqilgan.   Ushbu   Konsepsiyaning   maqsadi   inflyatsion   targetlashga
o‘tishning   konseptual   asoslarini   hamda   ushbu   pul-kredit   siyosati   rejimini
amaliyotga   muvaffaqiyatli   joriy   etish   uchun   zaruriy   sharoitlar   yaratish   bo‘yicha
o‘rta   muddatli   rejalarni   keng   jamoatchilikka   yetkazish   va   batafsil   tushuntirishga
qaratilgan
Ushbu   konsepsiyada   ta’kidlab   o‘tilganidek,   Mamlakatda   ichki   narxlar
barqarorligi   ta’minlanishi   makroiqtisodiy   va   ijtimoiy   barqarorlikning   kafolati
bo‘lib,   iqtisodiy   islohotlarni   jadallashtirish   va   rivojlantirish   dasturlarini
muvaffaqiyatli   amalga   oshirishda   zaruriy   sharoit   hisoblanadi.   Bunda
inflyatsiyaning   past   va   barqaror   ko‘rsatkichlari   muvozanatli   iqtisodiy   o‘sishni
ta’minlash,   ishlab   chiqarish   raqobatbardoshligi   va   aholini   yashash   darajasini
oshirishning   muhim   omili   sanaladi.   Shu   nuqtai   nazardan,   narxlar   o‘sish
sur’atlarining   pasayishi   va   barqarorlashishi   davlat   iqtisodiy   siyosatining   asosiy
maqsadlaridan   biri   bo‘lishi   kerak.   Inflyatsiyaning   past   va   barqaror   darajasi   aholi
hamda   yuridik   shaxslar   omonatlarini   uzoq   muddatli   investitsiyalarga   aylanishi
uchun   kerakli   sharoit   yaratadi   hamda   ichki   bozordagi   narxlar   nomutanosibligini
kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. 22
Rivojlanayotgan   va   rivojlangan   mamlakatlarning   markaziy   banklari
tajribalari   hamda   xalqaro   moliya   institutlari   izlanishlari   natijalaridan   shu   narsa
ayonki,   monetar   siyosatni   amalga   oshirishda   narxlar   barqarorligini   ta’minlash
maqsadi   shak-shubhasiz   ustuvordir.   Shu   bilan   bir   qatorga,   pul-kredit   siyosatini
amalga   oshirish   tartiblari   va   o‘zaro   ketma-ketligi   jahonning   turli   mamlakatlarida
iqtisodiyotning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   hamda   tarkibiy   tuzilishiga   qarab   turlicha
bo‘ladi.
O‘zbekiston   Respublikasining   Markaziy   bankning   bosh   maqsadi   milliy
valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. 23
 Bunda “milliy valyuta barqarorligi”
22
 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi 2-bob 
23
  “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni 5-modda Toshkent sh.11.11.2019-yil 
36 tushunchasini   ikki   xil,   ya’ni   almashuv   kursining   xorijiy   valyutalarga   nisbatan
barqarorligi   yoki   uning   ichki   xarid   qobiliyati   barqarorligi   deb   talqin   qilish
mumkin.   Almashuv   kursining   erkin   shakllanishi   sharoitida   milliy   valyutaning
barqarorligi   uning   ichki   harid   qobiliyatini   saqlash   orqali   erishiladi.   Bunda,   erkin
suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini
bajaradi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va
qiyinchiliklar   yuzaga   kelgan   vaqtda   almashuv   kursining   mos   ravishda   o‘zgarishi
ekport   bilan   shug‘ullanuvchi   hamda   import   o‘rnini   bosa   oladigan   tovar   va
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Ayni paytda Markaziy bankning monetar siyosatining bosh maqsadini aholi
va tadbirkorlik su’ektlari tomonidan ikki xil tushunilishining oldini olish va uning
faoliyati   asosiy   yo‘nalishini   aniq   belgilab   olish   uchun   amaldagi   qonunchilikka
tegishli   tartibda   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritilishi   ko‘zda   tutilgan.
Rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlar   markaziy   banklari   tomonidan
inflyatsion   targetlash,   monetar   targetlash,   valyuta   kursini   targetlash   va   nominal
yakorsiz   rejimlar   keng   qo‘llanilib   kelmoqda.   Aksariyat   markaziy   banklar   uchun
inflyatsiyaning   maqsadli   ko‘rsatkichlariga   erishish   vazifasi   asosiy   maqsad
hisoblansada,   yuqorida   ta’kidlab   o‘tilgan   usullar   asosan   tezkor   va   oraliq
mo‘ljallarga qarab farqlanadi
Mamlakatimizda   1994-yildan   boshlangan  
pul-kredit   siyosati   ham   pul
massasining keskin o‘sishining oldini olib, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash
maqsadlariga  qaratildi.  Ushbu  davrda  rezerv  pullar   va  pul   massasining  o‘zgarishi
operatsion   hamda   oraliq   mo‘ljallar   sifatida   qo‘llanildi.   Mazkur   rejim   rasman
“monetar   targetlash”   deb   tasniflansada,   aslida   milliy   valyuta   almashuv   kursini
dollarga   bog‘lash   orqali   bosqichma-bosqich   tarzda   devolvatsiya   qilib   borilganligi
sababli   ham   ba’zi   xalqaro institutlar  va  mutaxassislar   tomonidan ushbu  monetary
rejim aralash turga xosligi ta’kidlangan. Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadni amalga
oshirishga   qaratilgan   almashuv   kursi   siyosati   tashqi   shoklar   vujudga   kelgan
sharoitlarda   samarasiz   ekanligini   ko‘rsatdi.   Bunda   birinchidan   oltin-valyuta
O‘RQ-582-son (yangi tahrir
37 zahiralarini oshirish maqsad qilingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘m barqarorligi
ta’minlash   maqsadida   almashuv   kursini   ma’lum   bir   darajada   ushlab   turishga
harakat   qilingan   .Shu   bilan   bir   qatorda,   mazkur   almashuv   kursi   to‘lov   balansi
holati   va  tashqi  iqtisodiy   shart-sharoitlarni   o‘zida  aks  ettirmagan.  Bunday   siyosat
ichki valyuta bozorida muammolarning yuzaga kelshiga sabab bo‘lgan, pul-kredit
siyosati  samarali  olib borish imkoniyatlarini  pasaytirdi. Bundan tashqari, monetar
vositalardan   foydalanishning   passiv   rejimi   monetar   targetlash   rejimi
samaradorligini oshirishda qo‘shimcha murakkabliklarni yuzaga keltirdi.
Pul   massasi   o‘zgarishiga   ta’sir   etuvchi   omillar   asosida   tahlil   qilish   pul
massasining   ortishi   turli   davrlarda   oltin-valyuta   zahiralarining   o‘sishi   hamda
iqtisodiyot   tarmoqlariga   ajratilgan   kreditlar   miqdorlarining   oshishi   hisobiga
ta’minlanganligini   ayon   bo‘lmoqda.   Shu   bilan   birga,   Mamlakatda   pul   massasi
o‘sishini   rag‘batlantiruvchi   omillar   sifatida   hukumat   hisobraqamlarida   mablag‘lar
yig‘ilishi   va   davlat   byudjetining   muvozanatli   ijrosi,   shuningdek,   O‘zbekiston
Respublikasi   Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi   hisobraqamlarida   pul
mablag‘larning   to‘planib   borilishi   kabilar   namoyon   bo‘lgan.   O‘z   navbatida
iqtisodiyot   tarmoqlarini   kreditlashda   asosiy   manbalar   markazlashgan   mablag‘lar,
jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi
hisobidan   yo‘naltirilganligi   hamda   mazkur   mablag‘lar   asosan   ishlab   chiqarish
tehnika-texnologiyalari   va   xomashyo   materiallarini   importi   uchun   ishlatilganligi
sababli   iqtisodiyotda   pul   massasi   o‘sib   ketishiga   va   mos   tarzda   inflyatsiya
darajasiga   bevosita   ta’sir   ko‘rsatmagan.   Umuman   olganda,   mazkur   vositalar
natijasida pul massasi jadal sur’atlarda oshib ketishining oldi olingan. Shu bilan bir
qatorda, amalga oshirilgan tahlillar natijasida YaIM deflyatori, inflyatsiya darajasi
va   pul   massasi   o‘zgarishi   o‘rtasida   aniq   va   barqaror   o‘zaro   bog‘liq   jihatlar
aniqlanmadi.
Pul multiplikatori va pulning aylanish tezligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham
mazkur   ko‘rsatkichlar   dinamikasining   o‘zgaruvchan   ekanligini,   monetar
ko‘rsatkichlarining   maqsadli   parametrlarini   ishlab   chiqish   jarayonida   turli
xatoliklarni   yuzaga   keltirishi   mumkinligini   ko‘rsatadi   Umuman   olganda,   pul
38 massasining   YaIM   nominal   hajmiga   nisbatan   o‘zaro   mutanosib   ravishda   o‘sishi
inflyatsiya   darajasining   keskin   kuchayishining   oldini   olishga   xizmat   qildi.   Shu
bilan   bir   qatorda,   ushbu   ko‘rsatkichlar   o‘rtasida   aniq   bog‘liqlikning   mavjud
emasligi   ham   zahiradagi   pul   mablag‘lari   va   pul   massasining   aniq   darajasini
hisoblashni imkonsiz qilib qo‘yadi.
Pul-kredit   siyosatini   yuritishda   bir   qator   omillar,   jumladan   pulga   bo‘lgan
talabning o‘zgaruvchanligi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi, keng ma’nodagi
pul   massasining   tarkibi   kabilar   pulga   bo‘lgan   talabni   aniqlash   imkoniyatini
pasaytiririb   yuboradi.   Mana   shunday   vaziyatda,   pulga   bo‘lgan   talab   va   foiz
stavkalari   o‘rtasidagi   bog‘liqlik   sust   bo‘lganligi   natijasida   Markaziy   bank   pul
massasining   maqsadli   darajasini   saqlab   turishda   ba’zi   murakkabliklarga   duch
keladi.   Yuqorida   qayd   etilgan   muammolar   natijasida   keng   ma’nodagi   pullar
hajmining   oraliq   mo‘ljallardan   chetlashishi   Markaziy   bank   tomonidan   olib
borilayotgan monetar siyosatga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keadi.
Markaziy   bankning   pul   agregatlarini   samarali   boshqara   olishi   qobiliyati
masalaning   yana   bir   muhim   jihati   sifatidayuzaga   chiqadi.   Odatda,   markaziy
banklar   zahira   pullar   miqdorina   samarali   taqzda   boshqara   oladilar,   ammo   pul
massasini   nazorat   qilishda   turli   qiyinchilik   va   murakkabliklarga   duch   kelishi
mumkin.   Ushbu   jarayonga   asosan   dollarlashtirish   darajasi   yuqori   bo‘lgan   hamda
moliya   bozorlari   rivojlanish   bosqichini   boshdan   o‘tkazayotgan   mamlakatlar
iqtisodiyotida   ko‘p   kuzatiladi,   binobarin,   shu   kabi   mamlakatlarda   iqtisodiyot
sub’ektlarining kredit va depozitlarga bo‘lgan talabi keskin tarzda o‘zgarib turishi
mumkin.
Barqaror   iqtisodiy   rivojlanish   va   makroiqtisodiy   siyosatni   amalga   oshirish
usullarining   bozor   instrumentlaridan   foydalanish   asosida   tubdan   qayta   ko‘rib
chiqilishi   munosabati   bilan   ichki   bozordagi   narxlar   barqarorligini   ta’minlash   pul-
kredit siyosatining bosh maqsadi sifatida belgilandi. 24
24
  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi 4-bob
39 Bunda   inflyatsiya   sur’atini   pasaytirish   va   uni   past   darajada   saqlab   turish
o‘rta   muddatli   istiqbolda   makroiqtisodiy   barqarorlik   va   iqtisodiy   o‘sishni
ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.
I   bob   bo‘yicha   xulosa
Pul-kredit   siyosati   doirasida   tartibga   solish   pul   massasi   hajmi   va   moliya
bozoridagi   narxlar   bo‘yicha   markaziy   bankning   turli   direktivalari   ko‘rinishidagi
ma’muriy   choralar   orqali   amalga   oshiriladi.   Mazkur   chora-tadbirlarni   amalga
oshirish,   ayniqsa,   mamlakat   iqtisodiyoti   inqirozni   boshdan   kechirayotgan   bir
sharoitda,   depozitlar   va   kreditlarning   foiz   stavkasini   yoki   maksimal   hajmlarini
markaziy bankning nazorat funksiyasi vositasida eng tez ta’sir qiladi. 
Yuqorida   ko‘rib   o‘tganimizdek, markaziy bank, tijorat banklari va aholidan
iborat   uchta   guruh   muomiladagi   pul   massasini   belgilaydi   Markaziy   bank   esa   pul
sifatida   foydalanish   mumkin   bo lgan,   markaziy  ʻ bank   tomonida   amalga   oshirilishi
lozim   bo‘lgan   majburiyatlari   hajmini   o zida   aks   ettiruvchi   pul   bazasini   belgilab	
ʻ
beradi.
Fikrimizcha,   pul-kredit   siyosatining   asosiy   maqsadi   milliy   valyuta
barqarorligini   ta’minlash   bilan   bir   qatorda,   valyuta   kursi   va   foiz   stavkalarini
iqtosodiyotdagi   joriy   holatni   hisobga   olgan   holda   oqilona   o rnatish   asosida	
ʻ
inflyatsiya   sur’atlarini   pasaytirish,   kredit   resurslaridan   foydalanishda
samaradorlikni oshirish va iqtisodiyotning barqaror  o sishini  ta’minlashdan iborat	
ʻ
ekanligini   hisobga   olgan   holda   jahon   iqtisodiyotida   yuz   berayotgan   jarayonlarni
hisobga   olgan   holda   puxta   o‘ylangan   pul-kredit   siyosatini   amalga   oshirish   lozim
deb o‘ylaymiz.
Markaziy   bank   tomonidan   monetar   siyosatni   olib   borishda   asosiy   foiz
stavkasi,   majburiy   zahira   me’yorlari,   ochiq   bozor   siyosati,   inflatsiyani   targetlash
kabi instrumentlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Har   bir   markaziy   bank   pul-kredit   siyosatini   amalga   oshirishda   qator
o zgaruvchilarning maqsadli qiymatlaridan kelib chiqib aniq strategik maqsadlarni	
ʻ
belgilab   oladi.   Ushbu   maqsadli   qiymatlarga   erishish   belgilangan   strategik
40 maqsadlarga   mos   tushadi.   Markaziy   bank   tomonidan   inflyatsiya   va   ishsizlikning
maqsadli   qiymatlari   tasdiqlaganidan   keyin,   bandlik   va   narxlar   darajasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   etuvchi   ko rsatkichlar   ro yhatini  ʻ ʻ (oraliq   maqsadlarni)
belgilab oladi.
Xulosa   o‘rnida   qayd   etish   kerakki,   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirish
jarayonidagi  yondashuvlarining  qayta  ko‘rib chiqilishi   vaqtida  yuzaga  kelayotgan
yangi   voqeliklarda   monetar   sohadagi   o‘zgarishlarning   tadbirkorlik   sub’ektlari   va
aholi   tomonidan   to‘g‘ri   qabul   qilinishi   va   qo‘llab-quvvatlanishi   juda   muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.
II BOB. PUL-KREDIT VOSITALARI ORQALI MONETAR SIYOSATNI
TARTIBGA SOLISH AMALIYOTI TAHLILI
41 2.1. Asosiy foiz stavkalarini (qayta moliyalash) o‘rnatish orqali pul-kredit
munosabatlarini tartibga solish amaliyoti tahlili
Markaziy   bankning   asosiy   foiz   stavkasi   (2019-yilning   31-dekabriga   qadar
qaytamoliyalash   stavkasi   deb   yuritilgan)   bu   Markaziy   bankning   Respublikadagi
boshqa   banklarga   taqdim   qiladigan   puliga   qo‘yilgan   to‘lov   foizidir.   Masalan,
sodda   tilda   aytilsa,   Markaziy   bank   iqtisodiy   tizimdagi   mavjud   tijorat   banklarga
kredit ajratadi, tijorat banklari esa o‘z navbatida ushbu olingan kredit mablag‘larini
jismoniy   va   yuridik   shaxslarga   kredit   yoki   qarz   qilib   qayta   taqsimlaydi.   Bunda
Markaziy bankdan ma lum bir foizga olingan kreditni ustiga o‘z foizini, ya’ni bankʼ
marjasini   qo‘shib   tijorat   banki   aholiga   kredit   tarqatadi.   Masalan,   Markaziy
bankdan ma’lum bir muddatga tijorat banki bir million so‘m olsa, endilikda yangi
stavkaga   binoan   ushbu   summaga   14   foiz   ustama   qo‘shib   ya ni   1   140   000   so‘m	
ʼ
qilib   qaytarish   kerak.   Mazkur   ajratilgan   summadan   tijorat   banki   o‘z   daromadini
qo‘shgan holda aholiga qarz yoki kredit beradi. Markaziy bankdan tijorat banki 14
foizlik stavkada kredit olgan bo‘lsa, aholiga uni 20 yoki 22 foizlik darajada ajratadi
va   o‘rtadagi   farq   bu   tijorat   bankining   daromadi   hisoblanadi.   Qayta   moliyalash
siyosati   Markaziy   bankning   an anaviy   monetar   instrumentlarning   turlaridan   biri	
ʼ
hisoblanib,   Markaziy   bank   tomonidan   mamlakatdagi   tijorat   banklariga   kredit
ajratish bilan bog‘liq                       bo‘lgan tadbirlar majmui hisoblanadi  hamda ushbu
siyosat   quyidagi   uch   turdagi   kreditlash   usullaridan   foydalanilgan   holda   amalga
oshiriladi :
1) Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi qimmatli
qog‘ozlarni garovga olish orqali kreditlash usuli;
2) tijorat banklarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri (bevosita) kreditlash usuli.
3)   Markaziy   bank   tomonidan   tijorat   banklarini   ularning   balansidagi
trattalarini qayta hisobga olish yo‘li bilan kreditlash usuli;
Yuqoridagi   usulda   berilgan   kreditlar   muddatli   kreditlar   shaklida   yoki
overdraft   shaklida   beriladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   iqtisodiy-xo‘jalik
amaliyotida   milliy   valyutada   emissiya   qilingan   ya’ni   mumilaga   chiqarilgan
42 trattalar   muomalasining   mavjud   emasligi   mamlakatimiz   Markaziy   banki   diskont
siyosatini   shakllantirish   imkonini   bermaydi.   Shuning   uchun   O‘zbekiston
Respublikasi   Markaziy   bankining   asosiy   foiz   stavkasining   muomaladagi   pul
massasiga   ta sir   etish   darajasiga   va   milliy   valyutaning   barqarorliginiʼ
ta minlashdagi   ahamiyatini   oshirishga   nisbatan   kuchli   salbiy   ta sirni   vujudga	
ʼ ʼ
keltiradi.
Mamlakatimizda   barqaror   iqtisodiy   o‘sish   darajasi   hamda   Markaziy   bank
tomonidan   qat iy   monetar   siyosatining   olib   borilishi,   ayni   paytda,   davlatning   pul	
ʼ
va   moliya   bozorlaridagi   foiz   stavkalari   dinamikasida,   shu   jumladan,   tijorat
banklarining     depozitlari   va   kreditlari   bo‘yicha   hamda   banklararo   kreditlar
bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topib bormoqda.
Davlatlararo   kapitallarning   erkin   tarzdagi   harakatlari   mavjud   bo‘lgan   bi
paytda   Markaziy   bankning   hisob   stavkasining   o‘sishi   bu   mamlakatga   xorijiy
mamlakatlardan   vaqtinchalik   bo‘sh   valyuta   mablag‘larining   kirib   kelishiga   sabab
bo‘ladi va bu o‘z navbatida to‘lov balansining aktivlashuviga hamda milliy valyuta
kursining   ko‘tarilishiga   olib   keladi.   Asosiy   foiz   siyosatidan   ko‘zlangan   asosiy
maqsad   sifatida   Markaziy   bank   tomonidan   tijorat   banklariga   beriladigan
kreditlarning ajratilish shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan
pul   bozori   va   kapital   bozorining   holatiga   ta sir   qilishdir.   Shu   jihati   ahamiyatliki,	
ʼ
qayta   moliyalashtirish   qimmatli   qog ozlarni   garovga   olmasdan   turib   ham   amalga	
ʼ
oshirilishi mumkin.
Mamlakat   mustaqilligining   dastlabki   yillarida   Markaziy   bank   o‘zining
asosiy   foiz   stavkasidan   inflatsiyaga   qarshi   kurashda   eng   asosiy   va   muhim
ahamiyatga   ega   qurollardan   biri   sifatida   foydalandi.   Milliy   valyuta,   ya’ni   so‘m
muomalaga   kiritilgan   paytda   asosiy   foiz   stavkasi   yiliga   yuqori   foizni   tashkil   etar
edi.   Ammo   milliy   valyutani   muomalaga   kiritilgan   vaqtgacha   bo‘lgan   davrda
inflatsiyaning inertsiya kuchi shunchalik katta ediki, bu esa tez fursatda asosiy foiz
stavkasining bu darajada yetarli emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Inflatsiya darajasini
pasaytirish borasida bundanda qat’iyroq siyosat yuritish maqsadida Markaziy bank
1994-yil oktabr oyidan e’tiboran asosiy foiz stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha
43 ko‘tarishiga               to‘g‘ri  keldi.  1995-yilning  fevral   oyidan  boshlab   bu  ko‘rsatkich
250   foizgacha   oshirilgan   bo‘lsa,   mart   oyidan   esa   300   foiz   etib
belgilandi*.Inflatsiya   darajasining   anchagina   pasaytirilishi   Markaziy   bankning
asosiy foiz stavkasini ham asta - sekin tushirib borishi uchun zamin yaratdi.
1996-yilda asosiy foiz stavkasi 50 foizni tashkil etgan bo‘lib, keyinchalik bu
ko‘rsatkich   pasayib   borish   tendensiyasiga   ega   bo‘lgan.   Jumladan,   2003-yil   16-
iyulida 24 foiz, 2003-yil 10-sentabrda 20 foiz 2004-yil 5-iyulda 18 foiz ,  2004-vilda
12-yanvardan   boshlab   16   foiz,   2006-yil   15-iyulda   esa   14   foiz,   2011-yil   1-
yanvardan   e’tiboran   esa   12   foiz   darajasida   belgilandi.   Bu   tendensiya   2015-yilga
qadar davom etdi va 2015 -yil 1-yanvardan boshlab 9 foiz etib belgilangan.02.05.1994 й. - 30.09.1994 й.	
01.10.1994 й. - 31.01.1995 й.	
20.03.1995 й. - 30.06.1995 й.	
01.08.1995 й. - 30.06.1996 й.	
01.08.1996 й. - 01.12.1996 й.	
01.11.1997 й. - 31.12.1997 й.	
01.04.2000 й. - 30.04.2000 й.	
01.06.2000 й. - 30.06.2000 й.	
01.01.2002 й. - 15.07.2003 й.	
10.09.2003 й. - 04.07.2004 й.	
21.12.2004 й. - 14.07.2006 й.	
01.01.2011 й. - 31.12.2013 й.	
01.01.2015 й. - 27.06.2017 й.	
25.09.2018 й. - 14.04.2020 й.	
11.09.2020 й. - 17.03.2022 й.	
10.06.2022 й. - 21.07.2022 й.	
17.03.2023 й-….
050100150200250300350
1 5 0 1 5 0 2 2 5 2 5 0 3 0 0
1 2 0
8 4
6 0
4 8
3 9 .6
3 0 3 6
3 0
2 8 .8
2 7 .6
2 4 3 0
2 4
2 0
1 8
1 6
1 4
1 2
1 0
9 1 4 1 6
1 5
1 4 1 7
1 6
1 5
1 4
2.1-rasm. Markaziy bank asosiy foiz stavkasining o‘zgarishi dinamikasi
(%da) 25
Keyingi   yillarda   dunyo   mamlakatlaridagi   iqtisodiy   o‘zgarishlar   va   jahonda
ro‘y   bergan   pandemiya   davrida   iste’mol   tovarlari   narxlarining   o‘zgarishi   asosiy
foiz   stavkasining   o‘zgarishiga   ham   o‘z   ta’sirini   o‘tkazdi.   2017-yil   28-iyundan
Markaziy   bank   tomonidan   asosiy   foiz   stavkasi   14   %   etib   belgilangan   bo‘lsa,   bu
25
 Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan  tayyorlandi
44 ko‘rsatkich   2022-yil   18-martdan   17   %   gacha   ko‘tarildi.   So‘ngi   yillarda
mamlakatimizda   hukumat   tomonidan   amalga   oshirilayotgan   oqilona   iqtisodiy
islohotlar   va   Markaziy   bank   tomonidan   olib   borilayotgan   puxta   o‘ylangan   pul-
kredit   siyosati     natijasi   o‘laroq   2022-yil   10   iyundan   asosiy   foiz   stavkasi   16   %,
2022-yil   22-iyuldan   15   %   etib   belgilangan   bo‘lsa,   2023-yil   17-martdan   e’tiboran
14% darajasida belgilandi. 
Markaziy   bank   tomonidan   asosiy   foiz   stavkasining   o‘zgartirib   borish
dinamikasi quyidagi grafik asosida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi (2.1-rasm).
2017-2018-   yillarda   ichki   taklifning   cheklanganligi   sharoitida   yalpi
talabning   oshib   borishi   iqtisodiyotdagi   inflyasiya   jarayonlarini   faollashtiruvchi
omil bo‘ldi. 2018 yilning sentabr-noyabr oylarida tartibga solinadigan narxlarning
oshirilishi   hamda   ma lum   miqdorda   milliy   valyuta   almashuv   kursiningʼ
qadrsizlanishi   bilan   bog‘liq   inflyasiya   omillarining   ta siri   natijasida   yillik	
ʼ
inflyasiya darajasi o‘suvchi trendga ega bo‘ldi (2.2-rasm). 	
28.06.2017 й.
25.09.2018 й. 
15.04.2020 й. 
11.09.2020 й. 
18.03.2022 й. 
10.06.2022 й. 
22.07.2022 й. 
17.03.2023 й
024681012141618
14 16
15
14 17
16
15
14
15.2 16.2
14.5
11.7
10.5 12.2 12.3
11.7
Asosiy foiz stavkasi
Inflatsiya darajasi
2.2-rasm. Markaziy bank asosiy foiz stavkasi va inflatsiya darajasining
o‘zgarishi (% foizda) 26
Pul-kredit   sharoitlarini   qat iylashtirish   bo‘yicha   amalga   oshirilgan   choralar	
ʼ
natijasida,   iqtisodiyotdagi   nominal   foiz   stavkalar   hamda   inflyasiya   darajasi
o‘rtasidagi   tafovut   qisqarib,   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   real   foiz
26
  Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
45 stavkalarni   ijobiy   ko‘rsatkichlarga   yaqinlashtirdi.   Jumladan,   2018   yil   boshidagi
banklarning   depozitlari,   banklararo   depozitlari   hamda   qayta   moliyalash   stavkasi
bo‘yicha salbiy real foiz stavkalar IV chorakda nolga yaqinlashdi, qayta moliyalash
stavkasi bo‘yicha esa musbat ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Markaziy   bank   2020   yilning   II   choragida   ham   nisbatan   qat iy   pulkreditʼ
sharoitlarini   saqlab   qoldi.   Jumladan,   Markaziy   bank   Boshqaruvining   2020   yil   14
apreldagi   qaroriga   asosan   asosiy   stavka   1   foiz   bandga   pasaytirilgan   bo‘lsa   ham,
banklararo   pul   bozoridagi   2   haftagacha   muddatli   depozitlar   bo‘yicha   ijobiy   foiz
stavkalar   tafovuti   (spred)   shakllandi   (2.3-rasm).   Asosiy   stavka   bo‘yicha   qaror
qabul   qilishda   Markaziy   bank   birinchi   navbatda   iqtisodiyotda   narxlar
barqarorligini ta minlash maqsadidan kelib chiqadi.	
ʼ
2018-y 2019-y 2020-y 2021-y 2022-y051015202530
20.5 24.2
22.2
21.3 22.3
14.3 16.2 16.3 16.3 20.5
14 16
15
14 17
Kredit yillik foizi depozit yillik  foizi asosiy foiz stavkasi
2.3-rasm. Markaziy bank asosiy foiz stavkasi va kredit va depozitlar o‘rtacha
foiz stavkasining o‘zgarishi (% foizda) 27
Shu   bilan   birga,   joriy   koronavirus   pandemiyasi   sharoitida   narxlar
barqarorligini   ta minlash   bilan   iqtisodiy   faollikni   qo‘llab-quvvatlash   maqsadlari
ʼ
o‘rtasida   muvozanat   ta minlab   boriladi.   2020   yilning   IV   choragi   davomida	
ʼ
27
  Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
46 iqtisodiyotda   pul-kredit   sharoitlari   Markaziy   bank   asosiy   stavkasining   yil
davomida   16   foizdan   14   foizgacha   pasaytirilishi,   bank   tizimi   likvidligining
muvozanatlashishi,   joriy   etilgan   maqbul   foiz   stavkalari   mexanizmlari   hamda
pandemiya davrida muddati uzaytirib berilgan kredit to‘lovlarining muddati kelishi
sharoitida nisbatan qat iy darajada shakllandi.ʼ
Xususan,   asosiy   stavkaning   pasaytirilishi   va   maqbul   foiz   stavkalar
mexanizmining   qo‘llanilishi   iqtisodiyotdagi   pul-kredit   sharoitlarini   biroz
yumshatib,   karantindan   keyingi   davrda   inflyasiya   darajasiga   xavf   tug‘dirmagan
holda   iqtisodiy   faollikni   qo‘llab-quvvatlashga   xizmat   qildi.   Koronavirus
pandemiyasi   va   global   iqtisodiy   inqiroz   bilan   bog‘liq   noaniqliklar   saqlanib
qolayotgan   sharoitda   inflyasiyaning   2021-yil   uchun   belgilangan   maqsadli
ko‘rsatkich   –   10   foiz   darajasida   shakllanishini   ta minlash   maqsadida   Markaziy	
ʼ
bank joriy yilda ham nisbatan qat iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishga e tibor	
ʼ ʼ
qaratadi.   Bunda,   inflyasiyaning   prognoz   dinamikasi,   unga   ta sir   etuvchi   ichki   va	
ʼ
tashqi  omillarning shakllanish darajasi  va iqtisodiy faollikning tiklanish holatidan
kelib chiqib Markaziy bank asosiy stavkasi bo‘yicha qarorlar qabul qilib borildi.
2022 yilning II choragida iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlari Markaziy bank
asosiy   stavkasining   mart   oyida   17   foizga   oshirilishi   hisobiga   “qat iy”   darajada	
ʼ
shakllandi. Tashqi xatarlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta siri kutilganidan	
ʼ
ko‘ra pastroq bo‘lganligini inobatga olgan holda iyun oyida asosiy stavka yillik 16
foizga   pasaytirildi.   Ushbu   davrda   hukumat   xarajatlarining   ko‘payishi   hisobiga
bank   tizimida   likvidlik   hajmining   ortib   borishiga   mutanosib   ravishda   Markaziy
bankning   pul-kredit   siyosati   operatsiyalaridan   faol   foydalanildi   va   yuzaga   kelgan
qo‘shimcha   likvidlik   sterilizatsiya   qilib   borildi.   O‘z   navbatida,   monetar
omillarning   inflyasiyaga   ta sirini   minimallashtirishga   erishildi.   Pul   bozorida   ham	
ʼ
banklar   faolligining   ortishi   kuzatilib,   undagi   depozit   operatsiyalari   bo‘yicha
o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari chorak davomida to‘liq asosiy stavka foiz koridori
doirasida shakllandi. Shu bilan birga, pul-kredit siyosati operatsiyalariga kiritilgan
o‘zgartirishlar va banklararo REPO bozori faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi hisobiga
Markaziy bank asosiy  stavkasi  bo‘yicha qarorlarning pul  bozoriga va keyinchalik
47 iqtisodiyotga   o‘tishi   samaradorligining   ortib   bormoqda.   O‘z   o‘rnida,   chorak
davomida so‘m almashuv kursi qadrining 4,7 foizga ortishi hisobiga ichki valyuta
bozorida ham, aholi bilan valyuta amaliyotlarida ham talabning muvozanatlashuvi
va   taklifning   ortishi   kuzatildi.   Natijada,   aholi   jamg‘armalarining   milliy   valyutaga
qaytishi   va   jismoniy   shaxslarning   milliy   valyutadagi   muddatli   depozitlarining   21
foizga   o‘sishi   kuzatildi.   Umuman   olganda,   aholi   jamg‘arish   faolligining   ortishi,
iqtisodiyotga   kredit   qo‘yilmalari   o‘sishining   muvozanatlashishi   va   milliy   valyuta
almashuv   kursining   mustahkamlanishi   iqtisodiyotda   “qat iy”   real   pul-kreditʼ
sharoitlarini   ta minlashi   orqali   inflyasiyaga   monetar   omillar   ta sirini	
ʼ ʼ
minimallashtirish   va   global   inflyasion   jarayonlarning   ichki   narxlar   darajasiga
o‘tishini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
2022 yilning I choragida iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlari  Markaziy bank
asosiy   stavkasining   2021-yilda   o‘zgarishsiz   qoldirilishi,   yillik   inflyasiya
darajasining 10 foiz atrofida shakllanishi, oldingi chorakda amalga oshirilgan keng
ko‘lamli   fiskal   rag‘batlantirishlar   fonida   nisbatan   qat iy   darajada   shakllandi.	
ʼ
Tashqi  geosiyosiy vaziyat va u bilan bog‘liq xatarlarning iqtisodiyotimizga ta siri	
ʼ
ostida   mart   oyida   milliy   valyuta   almashuv   kursining   to‘g‘rilanishi,   inflyasion
jarayonlarning   tezlashishi   va   aholi   jamg‘armalarining   valyuta   tarkibida
o‘zgarishlar   kuzatildi.   Bunga   javoban,   Markaziy   bank   joriy   yilda   inflyasiyaning
keskin   o‘sishini   oldini   olish,   aholining   jamg‘arish   faolligini   qo‘llab-quvvatlovchi
pul-kredit   sharoitlarini   saqlab   qolish   hamda   tashqi   xatarlarning   iqtisodiyotimizga
o‘tuvchi   ta sirini   yumshatish   orqali   mamlakatda   makroiqtisodiy   va   moliyaviy	
ʼ
barqarorlikni   ta minlash   maqsadida   asosiy   stavkani   yillik   17  foizga   qadar   oshirdi	
ʼ
hamda   pul-kredit   operatsiyalariga   ham   ma lum   o‘zgartirishlar   kiritdi.   Markaziy	
ʼ
bank   asosiy   stavkasining   oshirilishi   fonida   II   chorakdan   boshlab   pul   bozorida   va
keyinchalik   iqtisodiyotdagi   depozitlar   va   kreditlar   bo‘yicha   ham   real   foiz
stavkalarining   ortishi   kuzatilib,   pul-kredit   sharoitlarini   qat iylashtirishi   orqali	
ʼ
yuzaga kelishi kutilayotgan inflyasion bosimlarni yumshatishga xizmat qiladi.
2022 yilda iste mol tovarlari narxlarining barcha guruhlarida keng qamrovli	
ʼ
o‘sish   kuzatildi   va   bu   umumiy   yillik   inflyasiya   darajasining   12,3   foizgacha
48 tezlashishida   o‘z   aksini   topdi.   Jahon   iqtisodiyotining   o‘zgarishlarga   moslashuvi
hamda  markaziy  banklar  tomonidan  pul-kredit  siyosatini   qat iylashtirish  bo‘yichaʼ
ko‘rilayotgan   choralar,   global   inflyasion   jarayonlarning   yanada   kuchsizlanishi   va
asosiy   oziq-ovqat   mahsulotlarining   birja   narxlarining   nisbatan   pasayishi   bo‘yicha
ehtimollikni   oshirmoqda.   Ushbu   omillar   valyuta   kursining   nisbatan   barqaror
dinamikasi bilan birgalikda inflyasion jarayonlarga pasaytiruvchi ta sir ko‘rsatishi	
ʼ
kutilmoqda.
2022   yilning   IV   choragida   pul-kredit   sharoitlari   Markaziy   bank   asosiy
stavkasining   yillik   15   foiz   darajasida   o‘zgarishsiz   saqlab   qolinishi   va   yillik
inflyasiya   darajasining   12   foizdan   biroz   yuqoriroq   shakllanishi   fonida   “nisbatan
qat iy” bo‘ldi.	
ʼ
Mamlakatimizda   bozor   munosabatlari   sharoitida   qayta   moliyalashtirish
siyosatidan   iqtisodiyotni   pul-kredit   vositalari   orqali   tartibga   solishning   muhim
vositasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. Buni asosan respublikamiz tijorat
banklarining Markaziy  bank kredit  resurslariga  sezilarli  darajada bog liqligi  bilan	
ʼ
izohlash   mumkin.   Тahlil   qilinayotgan   davrda   tiorat   banklari   tomonidan   ajratilgan
kreditlar   salmog‘i   oshib   borganligini   kuzatish   mumkin.   Jumladan,   2018-yilda
jismoniy   va   yuridik   shaxslarga   milliy   valyutada   ajratilgan   kreditlar   hajmi
66   695,50 mlrd. so‘m, xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar 33   962,6 mlrd so‘mni
tashkil   qilgan   bo‘lsa,   2019-   yilda   mos   ravishda   80   406,7   mlrd   va   60   355,7   mlrd
so‘m   milliy   va   xorijiy   vakyutada   kredit   mablag‘lari   ajratilgan.   2020-yilda
pandemiya   salbiy   oqibatlari   kreditlar   ajratishda   ham   namoyon   bo‘lib,   2019-yilga
nisbatan   pasayish   kuzatilgan.   Ushbu   yilda   milliy   valyutada   79   040,6   mlrd   so‘m,
xorijiy valyutada esa 48167,0 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. 
49 2018 2019 2020 2021 20220.0020,000.0040,000.0060,000.0080,000.00100,000.00120,000.00140,000.00
66,695.50 80,406.70
79,040.60 102,258.60 132,662.30
33,962.60 60,355.70
48,167.00 63,982.30 70,464.30
Milliy valuta Xorijiy valuta
2.4-rasm .  Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutada ajratilgan
kreditlar miqdori o‘zgarishi, mlrd so‘m 28
2021-2022-yillarda   mamlakatimizda   iqtisodiyot   sohasida   amalga   oshirilgan
islohotlar samarasi o‘laroq bank tizimida ham kreditlash jarayonida o‘tgn yillarga
nisbatan   keskin   o‘sish   kuzatildi.   2021-yilda   jismoniy   va   yuridik   shaxslarga
ajratilgan   milliy   valyutadagi   kreditlar   hajmi   102   258,6   mlrd   so‘m,   xorijiy
valyutada esa 63 982,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich
o‘tgan   yilga  nisbatan   milliy   valyutada   ajratilgan   kreditlar   bo‘yicha   29,7  %   o‘sish
kuzatilib   132   662,3   mlrd   so‘m,   xorijiy   valyutada   ajratilgan   kreditlar   bo‘yicha   esa
o‘tgan yilga nisbatan 10,1 % o‘sib 70   464,3 mlrd so‘m bo‘lgan. 2.4-rasm.
Markaziy bankning kredit resurslari mamlakatimiz bank tizimining umumiy
resurslarining   katta   qismini   tashkil   etadi.   Respublikamizda   bir   qator   yetakchi
tijorat banklarida markazlashgan kredit resurslarning salmog i birmuncha kattadir.ʼ
Buning asosiy sababi shundaki, bunday banklar yetakchi tarmoqlarni kreditlashga
mo‘ljallangan   davlat   dasturlarini   bajarishda   respublika   hukumatining   o‘ziga   xos
agenti   vazifasini   o‘taydilar.   Respublikamiz   sharoitida   qishloq   xo‘jaligi   asosiy
tarmoq hisoblanganligi uchun, davlat dasturidagi mablag larning asosiy qismi unga	
ʼ
yo‘naltiriladi 2.1-jadval.
28
  Markaziy bank ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
50 2.1-jadval
Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar (sohalar kesimida)  29
Boshqa   tijorat   banklarining   kredit   resurslari   tarkibiga   kelsak,   bu   yerda
markazlashgan   kredit   resurslarining   salmog i   nisbatan   kamroq.   Bu   holat   asosan,ʼ
ushbu   banklarning   kichikligi   va   ularning   ko‘pchiligini   vositachi   korxonalar   va
kichik korxonalarning joriy faoliyatini moliyalashtirayotganliklari bilan izohlanadi.
2.2. Majburiy zahiralash vositasi orqali pul-kredit munosabatlarining
tartibga solish amaliyoti tahlili.
Tijorat   banklari   majburiy   zahiralarni   Markaziy   bankning   pul-kredit
siyosatini tartibga solish borasidagi mavjud tartiblariga muvofiq, Markaziy bankda
saqlaydilar.   Mamlakatimizda   tijorat   banklari   tomonidan   majburiy   zahira
amaliyotlarining   bajarilishi   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bank
Boshqaruvining   Adliya   vazirligi   tomonidan   2018-yil   25-aprelda   3002-   ro‘yxat
raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Tijorat banklarining O‘zbekiston respublikasi
Markaziy   bankida   depozitga   o‘tkaziladigan   majburiy   rezervlari   to‘g‘risidagi”
Nizom talablari asosida tartibga solinadi.
29
 Ma’lumotlar Markaziy bankning www.cbu.uz saytidan olindi 
51 Tijorat   banklarining   depozit   operatsiyalari   natijasida   yuzga   kelgan   bank
resurs   mablag‘larining   Markaziy   bankda   foizsiz   hisobraqamda   saqlanish   talabi
majburiy zahira hisoblanadi. Bu o‘z navbatida bevosita kreditlash imkoniyatlarini
pasaytiradi   va   depozit   emissiyasini   kamaytiradi.   Majburiy   zahiralash   siyosati
Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy usul va vositalaridan biri hisoblanib,
majburiy   zahiralardan   pul-kredit   siyosatining   instrumenti   tarzida   foydalanish
darajasi,   ularga   foiz   hisoblash   tartibi,   majburiy   zahiralar   me yorining   miqdori,ʼ
ularni   tabaqalashtirish   kabi   ko‘rsatkichlar   bo‘yicha   dunyo   mamlakatlar   orasida
jiddiy   farqlar   bor.   Bunday   farqlarning   mavjudligi,   asosan,   pul   muomalasi
sohasidagi   vaziyat,   milliy   iqtisodiyotni   rivojlantirish   xususiyatlari   kabi   sabablar
bilan izohlanadi.
Pul-kredit   siyosatining   instrumenti   sifatida   majburiy   zahiralar   quyidagi
funktsiyalarni bajaradi (2.5-rasm).
2.5-rasm. Majburiy zahira funksiyalari
Majburiy   zahiralar   miqdorini   o zgartirish   usuli   orqali   Markaziy   bank   bank	
ʻ
tizimining likvidliligiga ta’sir o‘tkaza oladi.
Ikkinchi   funksiyaning   mohiyati   shundan   iboratki,   mavjud   miqdorlar
sharoitida majburiy zahiralar, tijorat banklarining Markaziy bank pullariga  bo lgan	
ʻ
ehtiyojini   keltirib   chiqaradi   va   ushbu   ehtiyojning   miqdori   zahira   talablariga
qo yiladigan  	
ʻ	majburiyatlar   summasining   o sishiga   bevosita   bog liq   bo ladi.   Shundan	ʻ ʻ ʻ
52 kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   ular	 Markaziy  banklarning   pullariga   bo lgan	ʻ
barqaror talabning yuzaga kelishiga olib kelganligi sababli, ushbu talab pul-kredit
siyosatining ta’sir mexanizmini yanada kuchaytiradi, chunki minimal zahiralarning
sezilarli   darajada   tebranishi   kredit   tashkilotlarini   Markaziy   bankka   murojaat
qilishga majbur qiladi.
2.3-jadval
Markaziy bank majburiy zahira normativlarining o‘zgarishi 30
Majburiy zahira miqdorlarining tez-tez o zgarib turishi  bozor iqtisodiyotiga	
ʻ
o tayotgan   davlatlar   uchun,   albatta,   xarakterli   hol   hisoblanib,   xalq   xo jaligini	
ʻ ʻ
strukturaviy   qayta   qurish   bilan   bog liq   tadbirlarning   amalga   oshirilishi   va	
ʻ
inflyatsiya   jarayonlarining   nisbatan   yuqoriligi   sababli   muomaladagi   pul
massasining   ko payib   ketishidir.   Misol   tariqasida   O zbekiston   Respublikasida	
ʻ ʻ
1995- 2009-yillar   davomida   majburiy   zahira   miqdorlari   bir   necha   bor   o zgartirilib	
ʻ
kelinganligini aytib o‘tish mumkin (2.3-jadval).
30
 Ma’lumotlar markaziy bankning www.cbu.uz saytidan olindi
53 Ushbu   holatda   majburiy   rezerv   me’yorlari   pul   massasi   va   inflyatsiyaning
belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda tijorat banklarida
uzoq   muddatli   resurs   bazasini   yanada   kengaytirish   maqsadida   saqlash   muddati   1
yilgacha   bo lgan  ʻ depozitlar   uchun   15   foiz,   muddati   1   yildan   3   yilgacha   bo lgan	ʻ
depozitlar   qoldiq   mablag‘lari   uchun   12   foiz,   muddati   3   yildan   ortiq   bo lgan
ʻ
depozitlar   uchun   10,5   foiz   miqdorida   o zgartirilmasdan   qoldirildi.   2019-yil   1-	
ʻ
iyundan   e’tiboran   Markaziy   bank   tomonidan   majburiy   zahira   normalarini
belgilashda tijorat banklaridagi depozit qoldiqlariga zahira shakllantirishda avvalgi
tartibga   o‘zgartirish   kiritilib,   endilikda   jismoniy   shaxslarning   milliy   va   xorojiy
valutadagi   depozitlari   uchun   ham   amal   qiladigan   bo‘ldi,   shuningdek   depozit
muddatlari va zahira me’yorlarida ham o‘zgarishlar amalga oshirildi 2.4-jadval.
2.4-jadval
Markaziy bank majburiy zahira normativlarining o‘zgarishi 31
Jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rishimiz   mumkinki,   mazkur   davrlar   davomida
Markaziy   bank   tomonidan   valuta   va   pul-kredit   siyosati,   iqtisodiyotning   joriy
holati, muomiladagi pul massasi hamda inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda
majburiy   rezervlarini   doimiy   ravishda   o‘zgartirib   kelingan.2021-yil   5-avgustdan
31
 Ma’lumotlar markaziy bankning sbu.uz saytidan olindi
54 Markaziy   bank   tomonidan   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   milliy   valutadagi
depozitlari   uchun   muddatidan   qat’iy   nazar   4   %   miqdorida,   chet   el   valutasidagi
depozitlar uchun esa 18 % miqdorida majburiy zahira me’yori belgilab qo‘yildi.
Markaziy   bank   tomonidan   tijorat   banklaridagi   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning   depozitlari   bo‘yicha   majburiy   zahirani   hisoblashda   o‘rtachalash
koiffisienti ham qo‘llaniladi.
Jumladan,   2018-yilning   1-iyunidan   2019-yil   30-iyuniga   qadar   yuridik   va
jismoniy   shaxslarning   milliy   valutadagi   depozitlari   uchun   0,1   koiffisient,
01.07.2019   -   31.03.2020   davr   uchun   0,25,   01.04.2020   -   14.06.2020   davr   uchun
0,35, 15.06.2020-04.08.2021 davr uchun 0,75 o‘rtachalash koiffisienti, 2021-yil 5-
avgustdan esa 0,8 koiffisient qo‘llanilmoqda.
Tijorat   banklarida   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   depozitlari   qoldig‘i
yildan-yilga   o‘suvchi   tendensiya   hosil   qilmoqda.   Jumladan,   2018-yil   1-yanvar
holatiga jami qoldiq 59578,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa,   2023-yil   1-yanvar
holatiga   kelib   bu   ko‘rsatkich   qariyb   4   barobarga   oshib   216   727,54   mlrd.   so‘mga
yetdi.2.6-rasm.   So‘ngi   yillarda   depozitlar   tarkibida   chet   el   valutasidagi   depozitlar
salmog‘i ham sezilarli darajada oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunga kelib Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud
depozitlarga   nisbatan   shakllantirilgan   majburiy   zahiralar   tarkibida   xorijiy
valyutadagi   zahiralarining   ulushi   jami   summaning   90   foizidan   ziyodini   tashkil
etayotganligi   mazkur   instrumentning   so‘m   likvidligini   tartibga   solish
samaradorligini   birmuncha   kamaytirmoqda.   Buning   oqibatida   tijorat   banklari
milliy   valyutadagi   qo‘shimcha   moliyaviy   resurslarga   ega   bo‘lishi   bank   tizimi
likvidligini   boshqarishdagi   majburiy   zahiralash   instrumenti   samaradorligining
pasayishi  va pul-kredit  siyosati  instrumentlari  ta’sirchanligining kamayishiga  olib
kelmoqda.
Jahon   tajribasini   o‘rganish   natijasida   ushbu   vosita   qo‘llanilayotgan
me’yorlarning   bank   tizimi   likvidligiga   ta’sirini   aniq   baholash   hamda
samaradorligini   oshirish   maqsadlarida   tijorat   banklari   tomonidan   zahiralash
valyutasini   erkin   tanlash   imkoniyatini   chegaralash   maqsadga   muvofiqligidan
55 dalolat bermoqda. Majburiy zahiralar shakllanishiga asos bo‘ladigan majburiyatlar
ro‘yhatini   qaytadan   ko‘rib   chiqilishi   natijasida,   shu   jumladan,   ro‘yxatga   jismoniy
shaxslar   depozitlari   va   boshqa   moliyaviy   resurs   manbalarining   kiritilishi
nomutanosibliklarni   va   zahiralash   tartibidagi   mavjud   tafovutlarni   kamaytirish
imkonini beradi.
01.01.2018 y.  01.01.2019 y. 01.01.2020 y. 01.01.2021 y. 01.01.2022 y. 01.01.2023 y.0.0050,000.00100,000.00150,000.00200,000.00250,000.0059,578.70	
70,001.50	
91,009.00	
114,746.89	156,189.83	
216,737.54	
24,311.00	
34,422.90	
38,120.70	
48,299.17	
65,710.36	
86,624.98	
23,135.40	
20,874.10	
31,836.00	
39,044.18	
48,102.79	
61,363.98	
6,442.40	
8,900.70	
12,919.40	
17,019.17	
29,867.80	
45,169.84	
5,689.90	
5,803.80	
8,132.90	
10,384.37	
12,508.88	
23,578.73
Jami Yu ridik shaxslar milliy valuta Yu ridik shaxslar xorijiy valuta
Jismoniy shaxslar milliy valuta Jismoniy shaxslar xorijiy valuta
2.6-rasm. Tijorat banklarida depozitlari qoldig‘i, mlrd so‘m 32
Kredit   va   depozitlarning   umumiy   hajmida   xorijiy   valyutadagi   kredit   va
depozitlar   miqdorining   balandligi   pul-kredit   siyosati   instrumentlarining
samaradorligini   cheklovchi   yana   bir   omil   hisoblanadi   va   ushbu   omil   amaldagi
majburiy zahiralash tartibining qayta ko‘rib chiqilishi hamda takomillashtirilishini
taqozo qiladi.
Yana   shuni   qo‘shimcha   qilish   mumkinki,   Bazel   III   qoidalarida   ko‘zda
tutilgan talablardan tashqari majburiy zahiralash me’yorlarining aniq ta’siriga baho
berishni   qiyinlashtiruvchi   omil   bo‘lib,  banklar   likvidligiga  qo‘shimcha   prudensial
talablarning   o‘rnatilishi   hisoblanadi.   Buning   uchun   zahiralash   talablariga   tegishli
32
 Ma’lumotlar Markaziy bank saytidan olinib muallif tomonidan tayyorlandi
56 tuzatishlar   kiritilishi   orqali   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   takrorlanishlarning
oldini olish talab etiladi.  
01.01.2018 й01.01.2019 й01.01.2020 й.01.01.2021 й.01.01.2022 й.01.01.2023 й.
  0.0  1 000.0  2 000.0  3 000.0  4 000.0  5 000.0  6 000.0 5 029.4 2 909.6  4 187.1 1 546.8  2 107.3  2 638.0 
2.7-rasm. Majburiy zahira miqdorining o‘zgarish dinamikasi. mlrd. so‘m 33
Respublikamizda nisbatan bahosi yuqori bo‘lgan tovarlarni АQSh dollarida
sotilishi pul muomalasi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ushbu an analarning yanadaʼ
rivojlanishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   aholi   qo‘lidagi   chet   el   valyutalarini   bank
muassasalariga   jalb   qilish   zarur.   Jalb   qilishning   sinalgan   usullaridan   biri   chet   el
valyutasidagi   omonat   hisobraqamlariga   to‘lanadigan   foiz   stavkalarini   oshirish
hisoblanadi.   Bu   esa,   G‘arb   amaliyotida   keng   qo‘llanilayotgan   minimal   zahira
talabnomalarini   chet   el   valyutasidagi   majburiyatlarga   nisbatan   belgilashni
respublikamiz sharoitida qo‘llashni istisno etadi. 
Qimmatli   qog‘ozlar   bozori,   ssuda   kapitallari   bozori   zaif   rivojlangan,
Markaziy bankning valyuta siyosati orqali pul massasiga yetarli darajada ta sir eta	
ʼ
olish   imkoniyati   bo‘lmagan   sharoitda   majburiy   zahiralar   pul-kredit\   siyosatining
eng asosiy va ta sirchan instrumenti bo‘lib qolaveradi. Uning bunday mamlakatlar	
ʼ
uchun   muhim   bo‘lgan   ahamiyatlaridan   biri   shundan   iboratki,   u   bank   tizimining
barqarorligini   kafolatlaydi.   Bu   esa,   aholi   va   huquqiy   shaxslarning   bank   tizimiga
33
 Ma’lumotlar Markaziy bank saytidan olinib muallif tomonidan tayyorlandi
57 bo‘lgan   ishonchlarini   mustahkamlaydi.   Chunki,   iqtisodiy   islohotlarni
muvaffaqiyatli   amalga   oshirish   garovlaridan   biri   –   bank   tizimiga   bo‘lgan   yuksak
ishonchning mavjudligidir. 
Respublikamizda   iqtisodiyotni   erkinlashtirish   sharoitida   majburiy   zahiralar
me yorini   keskin   pasaytirish   maqsadga   muvofiq   emas.   Chunki,   birinchidan,ʼ
iqtisodiyotni   tarkibiy   qayta   qurish   jarayoni   hozirgi   kunda   muomaladagi   pul
massasining o‘sishiga olib keladi. Bundan tashqari, respublikamizga hamon tayyor
mahsulotlarni   sezilarli   miqdorda   chetdan   keltirilishi   potensial   inflyatsiya   manbai
hisoblanadi.   Shuning   uchun   hozirgi   bosqichdagi   iqtisodiyotni   tartibga   solish
tadbirlari   inflyatsiyaga   qarshi   qaratilgan   bo‘lishi   kerak.   Ikkinchidan,   majburiy
zahiralar pul bazasining, uning dinamikasini oldindan ko‘ra bilish mumkin bo‘lgan
qismi   sifatida,   pul-   kredit   siyosatining   muhim   ob ekti   hisoblanadi.   Shuningdek,	
ʼ
Majburiy   zahiralar   orqali   Markaziy   bankning   kreditlar   va   foiz   stavkalariga   qay
darajada ta sir etayotganligini yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.	
ʼ
2.3. Ochiq bozor siyosati, inflatsiyani targetlash vositalari orqali tartibga
solish amaliyoti tahlili
Ochiq   bozor   operatsiyalari   –   Markaziy   bank   tomonidan   bank   tizimidagi
likvidlikni   tartibga   solishning   asosiy   bozor   instrumentlaridan   biri   hisoblanadi.
Ochiq   bozor   operatsiyalarini   doimiy   ravishda   o‘tkazib   borish   pul-kredit
siyosatining   faol   bosqichga   o‘tish   sharoitida   bank   tizimidagi   likvidlikning
maqsadli   operatsion   ko‘rsatkichlarga   mosligini   ta’minlashda   ahamiyatli
hisoblanadi.   Quyidagilar ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini  ishlab chiqishda
ustuvor   ravishda   e’tibor   qaratilishi   lozim   bo‘lgan   yo‘nalishlar   hisoblanadi.2.8-
rasm.
Bunda,   Markaziy   bank   tomonidan   ochiq   bozor   operatsiyalarida
foydalaniladigan   instrument   turlarini   bosqichma-bosqich   ravishda   ko‘paytirilib
boriladi.
58 2.8-rasm.   Ochiq   bozor   operatsiyalari   strategiyasini   ishlab   chiqishda   ustuvor
yo‘nalishlar
Jumladan,   Markaziy   bank   ochiq   bozor   operatsiyalari   hajmlari   va   turlarini
iqtisodiyotdagi   va   bank   tizimidagi   vaziyatdan   kelib   chiqib   belgilaydi, 34
  ular
qatoriga:
garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;

o‘zgarmas   va   o‘zgaruvchan   stavkada   cheklangan   hajmdagi   kimoshdi
savdolari;

milliy valyutadagi muddatli depozitlar;
 davlat   qarz   majburiyatlari   chiqarilishi   bilan   ular   bo‘yicha   REPO
operatsiyalari va boshqalar kiradi .
Ochiq   bozor   operatsiyalarini   o‘tkazishda   asosiy   e’tibor   o‘tkaziladigan
operatsiya   muddatlarining   likvidlik   maqsadli   darajasi   bilan   muvofiqlashtirish,
34
 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi” 4-bob
59 bozorni   yanada   rivojlantirish,   operatsiyalarni   amalga   oshirish   jarayonlarining
ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash kabi vazifalarga qaratiladi.
Shuni   alohida   qayd   etish   kerakki,   mamlakatimizda   1996   yildan   2011
yilgacha bo‘lgan davr mobaynida davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilib
ular   tijorat   banklari   o‘rtasida   joylashtirilgan.   2012   yilga   kelib,   davlat   qimmatli
qog‘ozlarini muomalaga chiqarilishi to‘xtatilgan.
Davlat   tomonidan   qimmatli   qog‘ozlarni   muomalaga   chiqarish,   joylashtirish
va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ko‘plab imkoniyatlar mavjud va bu borada
yetarlicha tajriba shakllangan.
Jahon   amaliyotida   mamlakat   moliya   bozorini   rivojlantirishning   muhim
instrumenti   bo‘lib,   davlat   tomonidan   chiqarilgan   qimmatli   qog‘ozlarning   doimiy
muomalada   bo‘lishi   davlat   byudjeti   defitsitini   moliyalashtirishning   maqbul   yo‘li
hisoblanadi.
Ushbu   jarayonda,   Moliya   vazirligi   bilan   Markaziy   bank   2018   yilda   davlat
qimmatli   qog‘ozlarini   muomalaga   chiqarish   borasida   tegishli   tadbirlarni   amalga
oshirib,   ochiq   bozor   operatsiyalarini   faollashtirishni   maqsad   qiladi.   Shu   bilan   bir
qatorda,   Markaziy   bank   ushbu   yo‘nalishdagi   operatsiyalarini   takomillashtirishga
doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlarini
davom ettiradi. Markaziy bank ushbu bozorning har tomonlama rivojlanishi uchun
zaruriy   sharoitlarni   yaratishga   alohida   e’tibor   qaratadi   va   bunda   ta’sirchan   foiz
siyosatini   amalga   oshirishda   banklararo   pul   bozorining   samarali   ishlashi
muhimligini inobatga olinadi. Jumladan, 2018 yilda qisqa muddatli likvidlik berish
jarayonini takomillashtirish maqsadida banklararo pul bozorining yagona elektron
platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu   tadbirning   amalga   oshirilishi   tijorat   banklarining   bo‘sh   pul
mablag‘lari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   yagona   platformaga   jamlash   va   bozor
ishtirokchilari   uchun   foiz   stavkalari   dinamikasini   kuzatish   imkonini   yaratadi
hamda   foiz   stavkalarining   bozor   mexanizmlari   asosida   shakllanishiga   xizmat
qiladi.
60 Ayni   vaqtda   yagona   elektron   platforma   Markaziy   bankning   bozor
operatsiyalari   orqali   qisqa   muddatli   foiz   stavkalariga   tezkor   ta’sir   ko‘rsatish
imkoniyatlarini   kengaytiradi   va   pul-kredit   siyosati   uzatish   mexanizmining   foiz
kanali ta’sirini kuchaytiradi.
Markaziy   bank   tomonidan   pul-kredit   siyosatini   tartibga   solishning   asosiy
vositalaridab   biri   -   inflyatsion   targetlash   rejimida   inflyatsiyaning   o‘rta   muddatli
maqsadli   darajasi   e’lon   qilinadi   hamda   pul-kredit   instrumentlari   mazkur
inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun yo‘naltiriladi.
Hozirgi   vaqtda   jahondagi   ko‘pgina   rivojlanayotgan   hamda   rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiyotida pul-kredit siyosatini  amalga oshirishning mazkur usuli
keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi o‘rta muddatli istiqbolda
barqaror   va   muvozanatli   iqtisodiy   o‘sishga   erishish   uchun   qulay   sharoitlarni
yaratishi   bilan   bir   qatorda,   inersion   davomiyligini   kamaytirish   va   inflyatsiya
darajasining o‘zgaruvchanligining samarali usuli hisoblanadi.
1989-yilda   Yangi   Zelandiya   inflyatsion   targetlash   rejimini   birinchilardan
bo‘lib   amaliyotga   joriy   qilgan   davlat   bo‘ldi.   Hozirgi   kunda   Buyuk   Britaniya,
Gruziya,   Avstraliya,   Shvetsiya,   Yaponiya,   Chexiya,   Argentina,   Braziliya,   Isroil,
Hindiston,   Kanada,   Polsha,   Turkiya   kabi   dunyoning   30   dan   ortiq   davlatlari   pul-
kredit siyosatining mazkur rejimidan foydalanilanib kelmoqda. MDH mamlakatlari
orasida   bugungi   kunda   inflyatsion   targetlash   rejimi   Armaniston   va   Rossiyada
qo‘llanilmoqda.   Bundan   tashqari   Belarus   Respublikasi   va   Qozog‘iston   markaziy
banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish
rejasi va dasturlari e’lon qilingan.
Inflyatsion   targetlash   rejimining   pul-kredit   siyosatini   yuritishdagi   bir   qator
afzalliklari   bo‘lishiga   qaramasdan,   pul   agregatlarini   targetlash   yoki   valyuta   kursi
rejimlarida   kuzatilgan   bir   nechta   muammolari   ham   mavjud.   Markaziy   bank
tomonidan   amalga   oshiriladigan   pul-kredit   siyosatining   asosiy   yo‘nalishlari   va
maqsadlari, inflyatsiyaning maqsadli  ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha vazifa va
majburiyatlarining   aniq   belgilanishi   jamiyatda   iqtisodiy   kutilmalarning   ijobiy
tomonga shakllanishiga xizmat qiladi.
61 Markaziy   bankning   pul-kredit   instrumentlarini   tanlashdagi   mustaqilligi   va
inflyatsiya   bo‘yicha   miqdoriy   mo‘ljallarni   belgilash   darajasiga   inflyatsion
targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda
ushbu   rejimni   qo‘llashda   pul-kredit   siyosatidan   fiskal   siyosatning   ustunlik
qilmasligi,   ya’ni   pul-kredit   siyosatining   soliq-byudjet   sohasidagi   maqsadlarga
qaratilmasligi talab etiladi.
Inflyatsion   targetlash   rejimida   olib   borilayotgan   pul-kredit   siyosatiga
jamiyatning   ishonchini   mustahkamlash   dolzarb   vazifalardan   biri   hisoblanganligi
sababli   Markaziy   bank   tomonidan   belgilangan   inflyatsiya   bo‘yicha   maqsadli
ko‘rsatkichlarga   erishishda   aholi   va   biznes   vakillarining   inflyatsion   kutilmalari
muhim   ahamiyat   kasb   etishini   hisobga   olish   lozim   bo‘ladi.Bunda   markaziy   bank
tomonidan   aholi   bilan   muloqot   tizimining   kuchaytirilishi   va   faoliyatining
shaffofligi   yuqoridagi   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga   xizmat   qiladi.
Xususan,   markaziy   bank   maqsadli   ko‘rsatkichlarga   erishish   yuzasidan
ko‘rilayotgan   choralar   to‘g‘risida   jamiyat   va   iqtisodiyotning   real   sektori
ishtirokchilarini   xabardor   qilib   borishni   maqsad   qilgan   bo‘lib,   shu   maqsadda
doimiy   ravishda   statistik   ma’lumotlarni   chop   etib   boradi.   Markaziy   bankning
yuqori   darajadagi   mustaqilligi   inflyatsion   targetlash   rejimida   inflyatsiya   bo‘yicha
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Markaziy
bankka   iqtisodiyotdagi   ichki   muammolarga   e’tibor   qaratishiga   imkoniyat
yaratadigan   muhim   bir   jihat   makroiqtisodiy   sharoitlarning   o‘zgarishlariga   tezkor
moslashuvchanlik   imkoniyatining   mavjudligidir.   Ushbu   rejimda   Markaziy   bank
faoliyati   shaffofligining   oshishi   aholining   inflyatsiya   kutilmalarini   pasayishiga
hamda   Markaziy   bankka   bo‘lgan   ishonchi   mustahkamlanishiga   olib   keladi.   Shu
bilan   bir   qatorda,   mamlakatda   muhim   tashkiliy-huquqiy   va   makroiqtisodiy
sharoitlar   majmuini   yaratilishi   ushbu   rejimga   o‘tish   va   uni   samarali   amalga
oshirishda eng muhim  jihat bo‘lib hisoblanadi. Xususan,  Markaziy bankning pul-
kredit   siyosatini   amalga   oshirishdagi   nafaqat   rasman   balki   amalda   ham   bosh
maqsadi past va barqaror inflyatsiya darajasiga erishish vazifasidir.
62 Inflyatsiya   bo‘yicha   maqsadli   ko‘rsatkichga   erishish   yuzasidan   Markaziy
bank   oraliq   mo‘ljal   sifatida   xizmat   qiluvchi   narxlar   dinamikasidagi   o‘zgarishlar
prognozi  asosida  majburiyatni  o‘z zimmasiga oladi. Iqtisodiy o‘sish, pul massasi,
ayirboshlash   kursi   va   boshqa   shu   kabi   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   bo‘yicha
maqsadli   mo‘ljallar   rasmiy   ravishda   qabul   qilinmaydi.   Bunda   markaziy   bank
ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega bo‘lishi amaldagi kutilayotgan
narxlar   dinamikasiga   va   inflyatsiya   darajasi   baho   berishda   asos   bo‘lib   xizmat
qiladi.   Ichki   bozordagi   narxlarning   real   dinamikasini   o‘zida   aks   ettiruvchi
asoslangan   ishonchli,   mukammal   tuzilgan   va   batafsil   statistik   ma’lumotlarning
mavjudligi tahlillarning sifatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatdagi   moliya   bozorlari   va   institutlarining   qay   darajada
rivojlanganligi Markaziy bankning foiz stavkasi inflyatsion targetlash rejimida pul-
kredit   siyosatining   asosiy   instrumenti   bo‘lganligi   sababli   ushbu   rejimning
natijadorligini   belgilab   beradi.   Bunda,   markaziy   bank   bir   qator   vositalar   orqali,
jumladan     likvidlikni   taqdim   etish   yoki   likvidlikni   qaytarib   olish   operatsiyalari
orqali   pul   bozoridagi   foiz   stavkalari   darajasi   va   dinamikasiga   ta’sir   ko‘rsatadi.
Ushbu   holatda,   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   jihat   markaziy   bank   tomonidan
belgilanadigan inflyatsiya o‘zgarishining oraliq intervali amal qilishidir. Markaziy
bank   tomonidan   asosiy   e’tibor   maqsadli   ko‘rsatkichlarning   mazkur   interval
doirasida   bo‘lishini   ta’minlashga   qaratiladi.   Ushbu   parametrlar   bajarilmagan
holatlarda   markaziy   bank   tomonidan   tafovutlarning   sabablariga   tushuntirish
berilishi va keyingi davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar xususida aniq
pozitsiya shakllantirilishi lozim.
Inflyatsion targetlashning natijadorligi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosati  foiz
kanali   samaradorligiga   bog‘liqligini   inobatga   olib,   xorijiy   mamlakatlarda   asosiy
e’tibor   moliya   tizimini   rivojlantirish   va   barqarorligini   ta’minlashga   qaratilmoqda.
Shu   bilan   bir   qatorda,   jahonning   bazi   mamlakatlari   iqtisodiyotida   makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar   sifatining   yaxshilanishi,   markaziy   bankning   texnik   hamda   tahliliy-
prognozlashtirish   imkoniyatlarining   oshishi   inflyatsion   targetlash   rejimining
amaliyotga joriy qilganligi natijasi sifatida izohlash mumkin. 
63 Ayni   vaqtda   pul-kredit   siyosatining   bosh   maqsadi   bo‘lib   barqaror   iqtisodiy
rivojlanish   va   makroiqtisodiy   siyosatni   amalga   oshirish   usullarining   bozor
instrumentlaridan   foydalanish   asosida   tubdan   qayta   ko‘rib   chiqilishi   munosabati
bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash hisoblanmoqda.
Bunda   o‘rta   muddatli   istiqbolda   makroiqtisodiy   barqarorlik   va   iqtisodiy
o‘sishni   ta’minlash   inflyatsiya   sur’atini   pasaytirish   va   uni   past   darajada   saqlab
turish asosiy shart sifatida qaraladi. Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-
kredit   siyosatining   tamoyil   va   usullarini   bosqichma-bosqich   inflyatsion
targetlashga qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni  yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli
istiqbolda   narxlar   barqarorligini   ta’minlashda   inflyatsion   targetlash   samarali   usul
hisoblanadi.
O‘zbekistonda inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi bir nechta sabablar
bilan izohlanadi: 35
Birinchidan , bugungi kunda pul-kredit siyosatining ta’sirchan rejimi sifatida
o‘zini namoyon kelayotgan inflyatsion targetlash o‘rta muddatli istiqbolda narxlar
barqarorligini ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim hisoblanadi.
Ikkinchidan ,   O‘zbekiston   sharoiti   va   zamonaviy   talablariga   monetar
agregatlar   yoki   valyuta   almashuv   kursini   targetlash   kabi   rejimlarning   amaliyotda
qo‘llanilishi   tajribasidan   kelib   chiqqan   holda   ularning   mamlakatdagi   pul-kredit
siyosatini   olib   borishga       muvofiq   emasligini   ko‘rsatmoqda.   Jumladan,   valyuta
almashuv  kursini  targetlash   rejimida  kursning  doimiy  ravishda  maqsadli   darajada
saqlab   turilishi   xalqaro   zahiralarni   sezilarli   miqdorda   kamaytirib,   valyuta
inqirozining kelib chiqish xavf-xatarining oshishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek,   valyuta   almashuv   kursini   targetlash   rejimida   tashqi   salbiy
ta’sirlarni   mo‘tadillashtirish   imkoniyati   valyuta   kursini   mos   ravishda   o‘zgartirish
orqali cheklanadi.
Bundan   tashqari,   ushbu   rejimda   Markaziy   bankning   asosiy   e’tibori   valyuta
almashuv   kursining   maqsadli   darajasini   ta’minlashga   qaratilishi   sababli,   ichki
maqsadlarga   qaratilgan   mustaqil   pul-kredit   siyosatini   amalga   oshirish   imkoniyati
35
 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi” 4-bob
64 birmuncha   cheklanishiga   olib   keladi.   Boshqa   tomondan   olib   qaralganda   esa,
iqtisodiyotni   tarkibiy   o‘zgartirish   va   liberallashtirish,   shuningdek,   xufyona
iqtisodiyotning   sezilarli   darajada   mavjud   bo‘lishi   pul   agregatlarining   keskin
o‘zgarishiga   olib   kelishi   mumkin.   Bu   holat   monetar   targetlash   rejimi   doirasida
maqsadli   ko‘rsatkichlarni   o‘rnatish   va   unga   erishish   vazifasini   birmuncha
qiyinlashlashtiradi.
Shu   bilan   bir   qatorda,   monetar   targetlash   rejimi   samaradorligini
kamaytiruvchi   omil   sifatida   pul   agregatlari   va   inflyatsiya   orasidagi   barqaror
bog‘liqlikning pasayishini aytib o‘tish mumkin.
Ikkinchi   bob   bo‘yicha   xulosa
Markaziy   bank   tomonidan   monetar   tizimni   tartibga   solishda   bir   qator
instrumetlar,   jumladan   asosiy   foiz   stavkasi,   majburiy   zahiralash,   ochiq   bozor
siyosati, inflatsiyani targetlash kabilardan foydalaniladi.
Markaziy   bank   asosiy   foiz   stavkasi   bu   Markaziy   bankning   Respublikadagi
boshqa   banklarga   taqdim   qiladigan   puliga   qo‘yilgan   to‘lov   foizidir.   Masalan,
sodda   tilda   aytganda,   Markaziy   bank   tijorat   banklariga   kredit   beradi,   banklar   esa
o‘z navbatida ushbu kreditni jismoniy va yuridik shaxslarga kredit yoki qarz qilib
qayta taqsimlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
stavkasining   muomiladagi   pul   massasiga   ta sir   etish   darajasiga   va   shu   asosdaʼ
milliy   valyutaning   barqarorligini   ta minlashdagi   ahamiyatini   oshirishga   nisbatan	
ʼ
kuchli salbiy ta sirni vujudga keltiradi.	
ʼ
Markaziy   bank   tomonidan   tijorat   banklarining   jalb   qilingan   depozit
mablag‘lari   natijasida   vujudga   kelgan   bank   resurslarining   foizsiz   hisobraqamda
saqlanish   talabi   majburiy   zahiralar   hisoblanadi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida   bevosita
kreditlash   imkoniyatlarini   chegaralab,   depozit   emissiyasining   kamayishiga   olib
keladi.   Bank   tizimining   likvidlik   hajmi   va   tijorat   banklarining   moliyaviy   holati
inobatga   olingan   holda   majburiy   zahiralash   tartibini   takomillashtirish   va
talablarning maqsadli darajalari belgilanadi. 
65 Monetar   siyosatning   yuqori   bosqichga   o‘tish   sharoitida   bank   tizimidagi
likvidlikning   maqsadli   operatsion   ko‘rsatkichlarga   mosligini   ta’minlashda   ochiq
bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borilishi lozim bo‘ladi.
Monetar   siyosatning   inflyatsion   targetlash   rejimida   markaziy   bank
inflyatsiyaning   o‘rta   muddat   mo‘ljallangan   maqsadli   darajasi   e’lon   qiladi   va   pul-
kredit   vositalari   mazkur   inflyatsiyaning   maqsadli   ko‘rsatkichiga   erishish   uchun
yo‘naltiriladi.
Fikrimizcha,   rivojlanayotgan   mamlakatlarda,   jumladan   bizning
mamlakatimizda  inflyatsiyaga ta’sir etuvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga
ega ekanligi va ularning markaziy bank nazorati doirasidan tashqaridaligi monetar
siyosat   vositalarini   qo‘llash   bilan   bog‘liq   samaradorlik   ko‘rsatkichlarini   sezilarli
darajada   cheklaydi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   maqsadli   ko‘rsatkich   sifatida   haqiqiy
vaziyatni   o‘zida   aks   ettira   oluvchi   narxlar   indeksining   tanlanishi   ham   inflyatsion
targetlash rejimini qo‘llashning yana bir muhim talablaridan biridir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Markaziy bank tomonidan pul-kredit
siyosatini   amalga   oshirishda   asosiy   e’tibor   qaratiladigan   vazifalar   sifatida   pul-
kredit   siyosati   instrumentlarini   takomillashtirish   va   ularning   ta’sir   kanallarini
kuchaytirish,   prognozlash   va   tahliliy  bazani   mustahkamlash,   aholining  ishonchini
oshirish   va   komunikatsion   siyosatni   rivojlantirish   kabilarni   ajratib   ko‘rsatish
mumkin.
III BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR
SIYOSATNI YANADA TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLARI
66 3.1. Raqamli iqtisodiyot sharoitida hozirgi zamon monetar siyosatining
dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari
Markaziy   bankning   so‘ngi   yillarda   mamlakatimizda   bank   nazorati   va
boshqaruvi   yo‘nalishidagi   faoliyati   monetar   siyosatni   olib   borishdagi   mavjud
muammolarni   kamaytirish,   inflyatsiya   darajasini   minimal   darajada   ushlab   turish,
omonatchilar   va   kreditorlarning   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilishga
qaratilmoqda.
Iqtisodiy   siyosat   uchun   mas’ul   shaxslar   oldida   ikkita   eng   dolzarb   amaliy
masala   bor   bo‘lib.   bular   iqtisodiyot   uchun   monetar   siyosati   natijalarining
kechikishi va pul-kredit siyosati ta’sir qiladigan kanallarning noaniqligidir.
Agarda   muomaladagi   pul   massasining   o‘zgarishi   tovar   va   xizmatlar
narxlarining tez o‘zgarishiga olib kelsa, iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida
monetar   siyosatdan   foydalanish   nisbatan   osonroq   bo‘ladi.   Bunday   vaziyatda,
markaziy   bank   narxlar   barqarorligi   saqlanib   turgan   davrda   iqtisodiyot   to‘liq
darajada   bandlikka   erishguniga   qadar   o‘z   siyosat   instrumentlarini   o‘zgartirishi
lozim   bo‘ladi.   Ammo   ko‘plab   empirik   dalillar   shuni   ko‘rsatadiki,   pul-kredit
siyosatidagi o‘zgarishlar iqtisodiyotga ta’sir etishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   monetar   siyosati   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. Tijorat banklari resurslarining qisqarishiga, birinchi
navbatda,   majburiy   zahiralarning   yuqori   miqdori   ta’sir   o‘tkazmoqda.   To‘g‘ri,
majburiy   zahiralar   tijorat   banklarining   likvidligini   ta’minlaydi,   biroq   bu   tijorat
banklarining resurslarini qisqartiradi.
Ikkinchidan tomondan esa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ochiq
bozor   operatsiyalarini   rivojlantirish   vositasi   orqali   muomaladagi   pul   massasiga
ta’sir   o‘tkazish   imkoniyatiga  ega  bo‘ladi,  shu  boisdan  ham   Markaziy  bank ushbu
vositani   rivojlantirish   kerak   bo‘ladi.   Buning   natijasida   esa   Markaziy   bankning
monetar siyosatini yuritish samaradorligini oshirishga zamin yaratiladi.
Erkin o‘zgaruvchan valyuta kurslari tarmog‘ida markaziy bankning monetar
siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapital eksporti va importini rag‘batlantirishda o‘z
67 aksini   topadi.   Uning   mazmuni   milliy   valyuta   kursini   barqaror   ushlab   turish   bilan
belgilanadi. Milliy  valyuta  kursini  barqaror   ushlab  turish  maqsadida   oltin-valyuta
zahiralarini   boshqarish   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankiga   yuklangan.
Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   barqarorlashgandagina   so‘mning   nisbiy
barqarorligiga erishish mumkin bo‘ladi.
So‘ngi   yillarda   mamlakatimizda   ichki   inflyatsiya   darajasining   pasayishi
tovarlar   eksportini   importdan   ko‘ra   foydaliroq   qilish   kerak.   Ammo   aslida   prinsip
buning aksini  ko‘rsatadi.  O‘zbekistonda  ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon
bozorida   jozibadorligiga   ta’sir   ko‘rsatishi,   shu   bilan   birga,   o‘zbek   ishlab
chiqaruvchilarining mahsulot eksport qilishdan manfaatdorligini oshirishi mumkin
bo‘lgan kuchli vosita milliy valyutaning real ayirboshlash kursining qadrsizlanishi
hisoblanadi.   Aynan   shu   maqsadda   oxirgi   yillarda   o‘zbek   so‘mining   AQSh
dollariga nisbatan bir tekis devalvatsiyasi amalga oshirildi.
So‘mning   keskin   qadrsizlantirish   va   shu   bilan   birga   uning   kursini
tenglashtirish   inflyatsiyaning   oshishiga   olib   kelishi   mumkin   bo‘lgan   holatdir.
Shuningdek,   iste’mol   bozoridagi   valyuta   kursiga   bog‘liq   bo‘lgan   bir   qancha
tovarlar   narxini   taqqoslash   shuni   ko‘rsatadiki,   qisqa   muddatda   narx   oshishi
unchalik   katta   bo‘lmaydi   va   uzoq   davom   etmaydi.   Dastlabki   sakrashdan   so‘ng,
narxlar   hatto   tushib   ketishi   mumkin,   keyin   esa   etarli   darajada   qulay   pul-kredit
siyosati amalga oshirilsa, barqarorlashadi.
Inflyatsiya   natijasida   katta   hajmdagi   iqtisodiy   va   ijtimoiy   xarajatlarni
vujudga   keladi.   Natijada   esa   resurslar   notekis   taqsimlanadi   va   bu   ayni   paytda
iqtisodiy   samaradorlik   pasayishiga   olib   keladi.   Inflyatsiya,   shuningdek,   iqtisodiy
vakillarning   kelgusida   o‘z   faoliyatini   rejalashtirishga   to‘sqinlik   qiladi,   ularning
joriy   iqtisodiy   siyosatga   nisbatan   ishonch   darajasini   pasaytirish   bilan   bir   qatorda,
milliy   daromadni   aholining   bir   qismining   foydasiga,   ikkinchi   qismining   esa
zarariga   qayta   taqsimlaydi.   Shuning   uchun   ham   inflyatsiyaga   qarshi   kurashish
butun   jahonda   hukumatning   asosiy   vazifalaridan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.   O‘tish
iqtisodiyotini   boshdan   kechirayotgan   mamlakatlar   tajribasidan   kelib   chiqib   shuni
aytish   mumkinki,   yuqori   inflyatsiya   kuzatilgan   barcha   joylarda   inflatsiyanung
68 yuqori   darajasi   aholi   turmush   sharoitiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatgan.   Bunday
mamlakatlardagi barcha barqarorlashtirish dasturlarida asosiy e’tibor inflyatsiyaga
qarshi   kurash   ekanligi   bejiz   emas.   Ayrim   iqtisodchi   olimlarning   fikricha,   qattiq
pul-kredit   siyosati   kreditlarga   bo‘lgan   talab   va   taklifning   pasayishiga   olib   keladi.
Bu mexanizm pul-kredit siyosatining kredit kanali sifatida tan olingan.
Mamlakatimizda   kredit   hamda   valyuta   mablag‘lari   besamar   sarflanmaydi,
balki ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Asosan, ishlab
chiqarish   ahamiyatiga   ega   obektlarni   qurish   hajmi   jadal   kengayib   borayotgani
fikrimizni   tasdiqlaydi.   Moliyaviy   manbalar   mavjud   bo‘lmagan   sharoitda   qisqa
muddatda   iqtisodiy   o‘sishni   amalga   oshirish   oson   ish   emas.   Ushbu   vazifa
moliyaviy,   jumladan   valyuta   mablag‘laridan   foydalanishda   oqilona   yondashuvni
talab   qiladi.   Buning   uchun   iqtisodiyot   strukturasini   yangilash   jarayoniga   ta’sir
ko‘rsatadigan   ishlab   chiqarish   yo‘nalishlariga   mablag‘   sarflash,   demak,
islohotlarning   muvaffaqiyatini   ta’minlash   zarur.   Ayni   paytda   Markaziy   bank
mablag‘larni   jamlash   va   tijorat   banklari   tomonidan   eksportga   mo‘ljallangan   va
import   o‘rnini   bosuvchi   tarmoqlarga,   asosiy   fondlar   va   texnologiyalarni
yangilashga   sarflash   uchun   shart-sharoit   yaratishni   o‘zining   asosiy   va   muhim
vazifasi deb biladi.
Monetar   siyosatning   ushbu   kanallari   ko‘pdan-ko‘p   tortishuvlarga   sabab
bo‘ladi. Ma’lum bir vaqtda pul-kredit siyosati nechog‘lik “qattiq” yoki “yumshoq”
ekanligi   iqtisodiy   siyosat   yurituvchilarni   qiynab   kelayotgan   savollardan   biridir.
Misol   uchun,   Markaziy   bank   real   foiz   stavkasi   yuqori,   ammo   so‘m   pasaymoqda,
deb   hisoblaydi.   Tabiiy   savol   tug‘iladi,   pul-kredit   siyosati   qattiqmi   yoki   yo‘qmi?
Foiz   stavkasi   kanali   va   kurs   kanalining   nisbiy   kuchini   bilmagunimizcha,   bu
savolga javob berish qiyin.
Pulning   miqdor   nazariyasi   ko‘plab   tadqiqotchilar   tomonidan   e’tirof   etilgan
va   u   jahon   amaliyotida   ko‘p   marta   tasdiqlangan.   Odatda,   empirik   tadqiqotlar
natijalari   ushbu   nazariyaning   asosiy   qoidalarini   tasdiqlaydi,   biroq   inflyatsiya
dinamikasining   intensivligi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   holda   ko‘rsatkichlarning   o‘zaro
bog‘liqligi har xil bo‘lishi mumkin.
69 Mamlakatimiz   iqtisodiyotida   pul   massasi   bilan   inflyatsiya   darajasi
o‘rtasidagi   o‘zaro   bog‘liqlikning   mustahkam   emasligi,   shu   bilan   bir   qatorda
iqtisodiy o‘sish sur’atlariga yaqqol ta’sir ko‘rsatmasligi, inflyatsiyaga ta’sir etuvchi
pul omillari tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. uning sifatini pasaytiradi.
Amalda   keng   tarqalgan   yana   bir   holat   shundan   iboratki,   tabiiy   monopoliya
tovar   va   xizmatlari   narxlarining   sezilarli   darajada   oshishi   pul   massasining   o‘sishi
sekinlashgan   va   pul   muomalasi   tezligi   pasaygan   bir   paytda   inflyatsiya
sur’atlarining pasayishiga olib keladi.
Bugungi   kunda   ba’zi   iqtisodchilarning   fikricha,   kreditlar   hajmining
ko‘payishi   muomaladagi   pul   massasining   ko‘payishiga   va   shuning   uchun
inflyatsiyaning  o‘sishiga  olib  keladi, degan  monetaristik  qoida hozirgi  rivojlanish
davrida   o‘zini   oqlamaydi.   O‘zbekiston   iqtisodiyoti   va   buning   sababi
respublikamizda   bank   aktivlari   va   iqtisodiyotning   kreditlari   etishmasligidir.
ta’minlanish darajasi nisbatan pastligi orqali izohlanishini ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz  bank  faoliyatining  institutsional   asoslarining  zaifligi,  moliya
bozorlarining   yetarlicha   darajada   rivojlanmaganligi   va   umuman   olganda,   ushbu
yo‘nalishda   olib   borilayotgan   islohotlarga   qaramasdan,   bank   faoliyatini   samarali
tashkil   etish   amaliyotida   hali   o‘z   yechimini   kutayotgan   bir   qator   kamchiliklar
mavjud.   Moliyaviy   resurslarni   taqsimlash,   pul-kredit   siyosatining   bilvosita
vositalaridan   samarali   foydalanishga   to‘sqinlik   qiladi.   Chunki   ochiq   bozor
operatsiyalari   qimmatli   qog‘ozlarning   samarali   ikkilamchi   bozorini,   shu   bu=ilan
birga qisqa muddatli qayta moliyalash esa rivojlangan pul bozori va to‘lov tizimini
talab qiladi.
Ayni   paytda,   1990-yillarning   oxirlarida   Janubi-Sharqiy   Osiyodagi   iqtisodiy
inqiroz   tajribasidan   shu   narsa   ayon   bo‘ldiki,   bozor   instrumentlaridan   foydalanish
monetar   siyosat   muvaffaqiyatining   kafolati   bo‘la   olmaydi.   To‘g‘ridan-to‘g‘ri
vositalarning   mavjudligi   zarur,   ammo   pul-kredit   organlarining   yuqori
samaradorligi   uchun   etarli   shart   emas.Qolaversa,   moliyaviy   bozorlarning
rivojlanishini   faqat   ochiq   bozor   operatsiyalari   orqali   jadallashtirish   muhim
ahamiyatga ega
70 Bundan   tashqari,   markaziy   bank   uchun   ochiq   bozordagilarni   rivojlantirish
orqali   bozorni   jadal   rivojlantirish   qiyin,   chunki   uning   bozordagi   hukmronligi
davlat   qarzi   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   xususiy   qarz   tomonidan   ishlab
chiqariladi. REPO yakunlari boshidanoq bozorni rivojlantirish uchun eng samarali
vositadir.   Shu   bilan   birga,   Markaziy   kredit   siyosati   uchun   signal   bo‘lgan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklararo bozorni yaratishni faol qo‘llab-quvvatlash zarur. Agar
Markaziy   bank   o‘ziga   tegishli   qimmatli   qog‘ozlarning   paydo   bo‘lishiga   haddan
tashqari   ishonch   hosil   qilsa,   u   kredit   va   likvidlik   xavfiga   duch   kelishi   mumkin.
Intervensiya   ob’ektlarining   muqobil   varianti   sifatida   davlat   qimmatli
qog‘ozlarining   noan’anaviyligi,   markaziy   bankning   o‘z   emissiyasi   yoinki
g‘aznachilikning   o‘ziga   xos   emissiyasidan   chetga   chiqish,   monetar   siyosat
yo‘nalishlari uchun qat’iy mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Respublikamiz   tijorat   banklarining   daromadli   aktivlari   ichida   birinchi
o‘rinda   kredit,   ikkinchi   o‘rinda   past   darajadagi   aktivlar,   ikkinchi   o‘rinda   foyda
keltirmaydigan bino va asosiy investitsiyalar turadi.
Rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarining asosiy aktivlari ssudalar bo‘lib,
qimmatli   qog‘ozlar   ko‘rinishidagi   aktivlar   salmog‘i   bo‘yicha   birinchi   o‘rinni
egallaydi.   Qimmatli   qog‘ozlar   uchun   qo‘yilgan   mablag‘lar   rentabellik   darajasiga
ko‘ra   ssudadan   keyingi   aktiv   hisoblanadi   va   ular   banklarning   likvidligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu jumladan, banklar binolarni
sotib   olish   uchun   ko‘p   pul   sarflamaydi,   balki   sotib   olinadigan   binolarni   ijaraga
oladi. Faqat katta imkoniyatlarga ega banklar sotib oladi. Shuning uchun ko‘pgina
banklar aktivlarning yuqori rentabelligiga ega.
Yuqorida   ta’kidlab  o‘tilgan  masalalar  to‘la  hal   etilsa,  Respublika   Markaziy
banki   monetar   siyosatini   yanada   takomillashtirishi,   buning   natijasida   bank
sohasining   rivojlantirish   darajasini   oshirish   mumkin.   U   o‘zining   iqtisodiy   o‘sish
sur’atlarini to‘g‘rilashi va buning natijasida aholi o‘z turmush darajasini yaxshilash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
71 3.2. Monetar siyosatni amalga oshirishda xorij mamlakatlarining tajribasi
Mamlakat   iqtisodiyotining   samarali   ishlashini   ta’minlovchi   eng   muhim
omillardan   biri   oqilona   monetar   siyosat   hisoblanadi.   Muomaladagi   pul   massasini
oshirib   yuborish   bilan   bir   qatorda,   iqtisodiy   o‘sishni     sekinlashtirib,   inflyatsiya
sur’atining esa yuqori darajaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Biroq juda qattiq pul-
kredit   siyosati   ham   mamlakatda   ishlab   chiqarish   hajmlarining   kamayishi   va
ishsizlik darajasining oshishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan salbiy oqibatlarga olib
kelishi   mumkin.   Dunyoning   boshqa   mamlakatlarida   olib   borilayotgan   pul-kredit
siyosati tajribalarini o‘rganish orqali pul-kredit siyosatining qaysi strategiyalari eng
natijador ekanligini bilish muhim hiosblanadi.
Monetar   siyosatining   tartibini   yoki   oraliq   maqsadlari   tanlash,   asosan
monetary   tizim   boshqaruvi   organlarining   nimani   afzal   ko‘rishlariga   bog‘liq
bo‘lsada, biroq ma’lum bir darajadagi joriy makroiqtisodiy va institutsional shart-
sharoitlar va pul transmissiyasining ustun keluvchi kanaliga ham uzviy bog‘liqdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda monetar siyosat  tartibining to‘rt asosiy turi alohida ajratib
ko‘rsatiladi. 36
 
- Pul agregatlarini targetlash;
- aniq nominal langarsiz monetar siyosat: 
- valyuta ayriboshlash kursini targetlash;
- inflatsiyani targetlash.
Monetar   boshqaruv   organlari   nominal   langar   vositasidan,   ya’ni   inflyatsiya
darajasi,   valyutalar   kursi   va   pul   massasi   kabi   ko‘rsatkichlarning   nominal
qiymatidan   narxlar   darajasi   o‘sishini   sekinlashtirish   maqsadida   foydalanishadi.
Shundan   kelib   chiqqan   holda   aytish   mumkinki,   narxlar   darajasini   belgilangan
me’yordan   oshib   yoki   pasayib   ketishining   oldini   olish   nominal   langar   vositasida
amalga   oshiriladi.     bu   funktsiya   inflyatsion   kutilmalarni   ma’lum   chegara   ushlab,
milliy   valuta   qiymatiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   yo‘li   orqali   amalga   oshiriladi.
Shuningdek,   undan   foydalanishning   yana   bir   muhim   afzal   jihati   shuki,   uning
36
  Дробышевский С.М, Евдокимова Т.В, Трунин П.В. Влияниее выбора целей и инструментов политики 
денежных властей на уязвимость экономикюМ. Изд. “Дело” 2012 С 11 1
72 kundalik   qarorlarga   asoslanib   bajariladigan   va   uzoq   muddatli   ma’lum   bir   davrda
salbiy   oqibatlarni   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   chegaralanmagan   monetar
siyosatidagi   vaqtinchalik   barqarorlik   masalasini   birmuncha   yumshatishga   ko‘mak
beradi.
Monetar   siyosatning   eng   birinchi   tartiblaridan   biri   –   bu   valyuta   kursini
targetlash hisoblanadi. Mazkur tartib milliy valuta ayriboshlash kursini inflyatsiya
darajasi   nisbatan   past   bo‘lgan   katta   davlatlarning   valyutasiga   bog‘lab   qo‘yishni
nazarda   tutadi.   Bunga   mutanosib   tarzda   milliy   valyutaning   ayriboshlash   kursi
bo‘yicha   mustaqil   harakat   qila   oladigan   oraliq   yo‘l   belgilab   olinishi   mumkin.
Valyuta   kursi   sun’iy   tarzda   ushlab   turilgan   davlatda   inflyatsiya   langar
mamlakatdagi inflatsiyaga nisbatan yuqori bo‘lishining sababi sifatida valyutaning
muntazam qadrsizlanishiga qo‘yib berilishi bilan izohlash mumkin.
Valyuta   kursini   ayriboshlashning   bir   qancha   afzallik   tomonlari   mavjud:
Avvalo ,   nominal   langarni   o‘rnatish   orqali   ichki   inflyatsiya   darajasini   savdo
qilinadigan tovarlar narx-navosining o‘sish sur’ati bilan bevosita bog‘laydi va shu
usul   orqali   inflyatsiya   ushlab   turiladi.   Valuta   kursini   targetlashdan   olinadigan
qo‘shimcha   yutuq   sifatida   mamlakatdagi   inflyatsion   kutilmalarni   langar-
mamlakatdagi inflyatsiya darajasiga bog‘lashni aytish mumkun.
Ikkinchidan ,   belgilangan   valyuta   kursi   avtomatik   tarzda   monetar   siyosatini
yuritish   qoidasini   kiritadi.   Buning   natijasi   o‘laroq,   vaqtinchalik   barqarorlik
masalasi   pasaytiriladi.   Jamoatchilik   uchun   tushunarli   va   oddiy   ekanligi   valuta
kursini targetlashning  uchinchi  afzalligidir.
Hozirgi   kunda   rivojlanayotgan   va   o‘tish   iqtisodiyoti   mamlakatlarida   valuta
kursini   targetlash   rejimi   keng   tarqalganligining   sababi   ham   biz   yuqorida   sanab
o‘tgan bir qator afzalliklar tufaylidir. Biroq pul-kredit siyosatning ushbu tartibi bir
nechta   yevropa   mamlakatlarida,   jumladan   Germaniya,   Fransiya   va     Buyuk
Britaniya kabilar tomonidan muayyan bir davrlarda samarali foydalanilgan.
Bundan   tashqari,   rivojlanayotgan   mamlakatlar   valuta   kursini   targetlash
rejimidan   inflyatsiyani   zudlik   bilan   jilovlashda   samarali   vosita   sifatida
foydalanishadi.   Misol   uchun,   Meksikada   1994-yilda   valyuta   devalvatsiyasidan
73 oldin valyuta kursini targetlash vositasidan foydalanish orqali inflyatsiya darajasini
10   %   dan   kamroq   darajaga   tushirish   imkonini   berdi,   vaholangki   bu   ko‘rsatkich
1988- yildagi 100 % dan ortiqroq darajani tashkil etar edi.
Valuta   kursini   targetlash   rejimining   yuqorida   sanab   o‘tilgan   afzalliklaridan
tashqari   bir   qator   kamchiliklari   ham   mavjud.   Birinchidan ,   valyuta   kursini
targetlovchi   mamlakat   kapital   harakati   erkinligi   sababli   iqtisodiyotdagi   ichki
tebranishlarga   ta’sir   ko‘rsata   olmasdan   o‘zining   mustaqil   monetar   siyosatini
boshqa   amalga   oshira   olmay   qoladi.   Bundan   tashqari,   langar-mamlakatdagi
tebranish   valuta   kursini   targetlovchi   mamlakatga   ham   bevosita   ta’sir   etishini
anglatadi. Buning sababi shuki, birinchi mamlakatda foiz stavkalarining o‘zgarishi
ikkinchisida   ham   ularning   mutanosib   ravishda   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi.
Ikkinchidan ,   valuta   kursini   targetlash   rivojlangan   mamlakatlar   orasida,   jumladan
Ispaniya,Shvetsiya,  Italiya, Fransiya  va  Buyuk  Britaniyada  kuzatilgan  kabi   milliy
valutaga uyushtiriladigan spekulyativ hujumlarga duchor qiladi.
Valuta   kursini   targetlashning   yana   bir   kamchiligi   sifatida   rivojlanayotgan
mamlakatlarda boshqaruvning javobgarligini kamaytirishi bilan izohlash mumkin.
Bu shu bilan bog‘liq jarayonki, valyuta kursini targetlash valyuta kursini (muayyan
o‘zgarmas   qiymatda)   belgilashni   nazarda   tutadi,   bu   monetar   siyosatni   haddan
tashqari liberallashishini oldini oluvchi muhim signalni yo‘qqa chiqaradi.
F.   Mishkin   ko‘rsatganidek 37
,   “Valyuta   kursini   targetlash   rivojlangan
mamlakatlar   uchun   butun   iqtisodiyotni   nazorat   qilishda   monetar   siyosatning   eng
yaxshi strategiyasi bo‘lmasligi mumkin, istisno faqatgina ikki holatda: 
1)   pul-kredit   va   siyosiy   tashkilotlar   samarali   monetar   siyosat   yurgizishga
qodir bo‘lmaganda
2)   valuta   kursini   targetlashning   monetar   siyosat   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan
boshqa afzalliklari mavjud bo‘lsa”. 
Mamlakatda   pul-kredit   va   siyosiy   tashkilotlar   faoliyati   sust   bo‘lganda
hamda   giperinflyatsiyaning   davomiyligi   kuzatilib   turgan   davrda,   valyuta   kursini
targetlash   inflyatsiyani   yengish   va   iqtisodiyotni   barqarorlashtirish   uchun   yagona
37
 Мишкин Ф.Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков, 7-е изд. : Пер. c англ. – 
М.: ООО “И. Д. Вильямс”, 2006. С . 584.
74 chora   sifatida   qaralishu   mumkin.   Lekin   rivojlanayotgan   mamlakatlarda   valyuta
kursini   targetlash   rejimi   oshkora   tartibda   amalga   oshirilmasligi   chuqur   moliyaviy
inqirozlarga sabab bo‘lishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta tartibi
barqarorligini   ta’minlash   uchun   valyuta   boshqaruvi   va   dollarlashtirish   valyuta
strategiyalari   mavjud.   Valyuta   boshqaruvi   strategiysida   ichki   valuta   100   foiz
xorijiy   valyuta   (masalan,   dollar)   bilan   mustahkamlanadi,   dollarlashtirish
strategiyasida   esa   mamlakatning   milliy   valutasi   sifatida   qattiq   valuta   qabul
qilinadi.
Bazi   mamlakatlarda   mamlakat   iqtisodiyotining   kattaligi   yoki   valyutasi
ishonchli   nominal   langar   bo‘lib   xizmat   qila   oladigan   davlatning   yo‘qligi   kabi
obyektiv   omillar   sababli   valyuta   kursini   targetlash   tartibini   joriy   etib   bo‘lmaydi:.
Bunday   mamlakatlar   pul-kredit   siyosatini   olib   borish   uchun   boshqa   tartibni
tanlashi lozim bo‘ladi. Ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘ladigan pul-kredit
siyosatining tartiblaridan biri monetar targetlash edi (iqtisodiy taraqqiy etgan biror
mamlakatda pul taklifini targetlash endi yo‘q 38
.
F.   Mishkinning   fikriga   ko‘ra,   monetar   targetlashning   Kanada,   ayniqsa
Buyuk Britaniyada o‘ziga xos xususiyati mo‘jallarni tez-tez almashtirish bo‘ldi: bu
mamlakatlarning   markaziy   banklari   bir   nechta   agregatlarni   targetlashar,   bazaning
nobarqarorligiga   yo‘l   qo‘yishar,   maqsadli   qiymalarning   o‘zgarishlari   haqida
doimiy axborot berishmas, maqsadli  agregatlar o‘sish sur’atini kamaytirish uchun
sun’iy vositalardan foydalanishar, ko‘pincha maqsadli  ko‘rsatkichlarni ko‘tarishar
va unga qarama-qarshi yo‘nalgan harakatlarni amalga oshirishmas, shuningdek tez-
tez maqsadli ko‘rsatkichlarning chetga chiqish sabablarini yashirishar edi.
AQSH,   Shveytsariya,   Germaniya,   Kanada,   Buyuk   Britaniya,   shuningdek
Yaponiyada   1970-yillarga   kelib   monetar   targetlash   tizimi   joriy   qilindi 39
.
Amaliyotda   monetar   targetlash   Milton   Fridmanning   “tanlangan   pul   agregatlari
o‘sishning   doimiy   sur’ati   haqida”gi   taklifi   dan   katta   farq   qiladi.   Germaniya   va
38
 Moiseyev S. R. Denejno-kreditnaya politika: teoreya i praktika: ucheb. Posobiye. –М.: Moskovskaya finansogo-
promishlennaya akademiya, 2011. S. 222.
39
 Mishkin F.”Ekonomicheskiy teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinok, 7-е izd. : Per. s angl. – М.: 
ООО “I. D. Vilyams”, 2006.  S. 592.
75 Shveytsariyaning   monetar   siyosatini   o‘rganish   jarayonida   quyidagi   ikki   xulosaga
kelish   mumkin.   Birinchidan ,   monetar   targetlash   tartibi   uzoq   muddatli   istiqbolda
maqsaddan   sezilarli   darajada   chetga   chiqilishiga   yo‘l   qo‘yilsa   ham,   inflyatsiyani
chegaralashga qodir. Shundan kelib chiqqan holda “inflyatsiyani  bartaraf  qilishda
yaxshi natijalarga erishish uchun qattiq siyosat yuritish shart emas” degan xulosaga
kelish mumkin.   Ikkinchidan , bu ikki  mamlakatda monetar  siyosat  maqsadlarining
aniqligi va har ikki davlatda ham markaziy bankning jamoatchilik bilan o‘zaro faol
aloqalar olib borishi, garchi tizimdan tez-tez chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilishiga
qaramasdan,monetar tergetlash tizimida muvaffaqiyatga erishishning asosiy sababi
bo‘ldi.
Monetar   targetlashning   ichki   muammolarga   yechim   topishda   markaziy
bankka monetar siyosatdan foydalanish imkonini berishi valyuta tartibiga nisbatan
asosiy   afzalligi   bo‘lib   hisoblanadi.   Bundan   tashqari,   monetar   agregatlarning
maqsadli   qiymatlari   jamoatchilikka   va   bozorlarga   monetar   siyosat   holati   haqida
tezda   axborot   yetkazadi.   Ayni   paytda,   bunday   signallar   inflyatsion   kutilmalarni
ma’lum bir vaqt davomida ushlab turishga imkon beradi va mamlakatda inflyatsiya
darajasining pasayishiga olib keladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan monetar targetlashning barcha qulayliklari birgina
muhim   omilga   bog‘liq:   ular   strategik   maqsadli   o‘zgaruvchi   (inflyatsiya   yoki
nominal daromad) va tanlangan monetar agregat orasida kuchli o‘zaro aloqadorlik
mavjudligini   nazarda   tutadi;   agar   bunday   aloqa   kuchi   yetarli   darajada   bo‘lmasa,
monetar   agregatlarni   targetlash   ishlamaydi.   Bundan   tashqari,   monetar   agregat   va
maqsadli   o‘zgaruvchi   orasidagi   o‘zaro   aloqaning   yetarlicha   ishonchli   emasligi
markaziy   bankni,   uning   jamoatchilik   oldidagi   mas’uliyati   va   javobgarligi   va   pul-
kredit   siyosatning   shaffofligini   kuchaytiruvchi   kommunikativ   funktsiyasini
bajarishiga halal beradi.
So‘ngi yillarda mustaqil ravishda pul-kredit siyosati olib borishni xohlovchi
ko‘pgina   mamlakatlar   monetary   siyosat   tartibi   sifatida   inflyatsiyani   targetlashni
qabul   qilishmoqda.   1990-yilda   Yangi   Zelandiya   birinchilardan   bo‘lib,   iflyatsion
targetlashni   rasmiy   ravishda   qabul   qilgan   bo‘lsa;   uning   ortidan   Kanada   (1991),
76 Buyuk   Britaniya   (1992),   Shvetsiya   va   Finlandiya   (1993),   Avtraliya   va   Ispaniya
(1994)   ham   ushbu   rejimni   amaliyotga   joriy   qildi.   Isroil,   Chili   va   Braziliya   ham
inflyatsiyani targetlash tartibini kiritishdi.
Inflyatsiyani targetlash bir qancha tarkibiy qismlardan iborat:
- narxlar   barqarorligini   monetar   siyosatning   birinchi   navbatdagi   uzoq
muddatli strategik maqsadi  sifatida institutsional  e’tirofi  va bu maqsadga erishish
majburiyatini olish; 
- inflyatsiyaning   o‘rta   muddatli   maqsadli   qiymatini   sonli   ifodada   ommaga
e’lon qilish;
- monetar   siyosat   strategiyasining   shaffofligi,   jamoatchilik   va   bozorlarning
olib borilayotgan monetar siyosatdan xabardorligi;
- markaziy   bankning   inflyatsion   maqsadlarga   erishishi   uchun   javobgarligini
oshirish.
- monetar   siyosat   yuzasidan  qarorlar  qabul   qilishda   foydalaniladigan  ko‘plab
o‘zgaruvchilardan (pul agregatlari ham) iborat axborot tizimi;
- Inflyatsiyani targetlashning yana bir afzal jihati shuki, u ommaga tushunarli
va   to‘la   ravishda   shaffofdir.   Inflyatsiyani   targetlash   vaqtinchalik   barqarorlik
muammosini ham yumshatishi sababli inflyatsiyaning maqsadli oralig‘ini miqdoriy
qiymatlarda aniq qilib belgilash markaziy bankni javobgarligini oshiradi.
Ba’zi  iqtisodchi  olimlar inflyatsion targetlashning to‘rtta kamchiligini aytib
o‘tishiadi:   haddan   tashqari   qattiqlik,   signalning   kechikishi,   unumdorlik
tebranishining kuchayishi xavfi va iqtisodiy o‘sish sur’tini pasayishi.
Iqtisodchi   F.   Mishkin   ta’kidlashicha,   “inflyatsion   targetlashni   o‘ta   qattiq
(egiluvchan emas) deb baholash mumkin emas 40
. Birinchidan, u markaziy bankka
monetar   siyosatni   qanday   olib   borish   to‘g‘risida   oddiy   mexanik   ko‘rsatma
bermaydi,   balki,   u   qanday   choralar   inflyatsion   maqsadlarga   erishish   imkonini
berishini   aniqlash   uchun   barcha   mavjud   axborotlardan   foydalanishni   talab   qiladi.
Ikkinchidan   esa,   amaliyotda   u   bilan   monetar   siyosatning   sezilarli   darajada
egiluvchanligi taxmin qilinmoqda”.
40
 Mishkin F.”Ekonomicheskiy teoriya deneg, bankovskogo dela i finansovix rinok, 7-е izd. : Per. s angl. – М.: ООО
“I. D. Vilyams”, 2006.  S . 592.
77 Inflyatsiyani   targetlash   tizimidagi   yana   bir   muammolardan   biri   uning
unumdorlikning   o‘sishini   kamaytirishi   va   ishsizlikka   olib   kelishidir..   Ammo   bir
qancha   mamlakatlarning   tajribasi   shuni   ko‘rsatmoqdaki,   inflyatsiyaning   past
darajasiga   erishish   natijasida   unumdorlik   va   bandlik   ko‘rsatkichlari   o‘zining
oldingi darajasiga qaytadi va hatto oshadi.
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlarda   biz   monetar   siyosatining   valyuta,
monetar va inflyatsion tartiblarining o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari, shu bilan
bir qatorda ulardan foydalanish amaliyotini ham ko‘rib chiqdik. Endi esa pul-kredit
siyosatining, asosan AQSH amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan noaniq (yashirin)
nominal langariga to‘xtalib o‘tamiz.
Bu   strategiya   ham   boshqa   strategiyalar   singari   o‘zining   bir   qancha   afzal
jihatlariga ega. Bular quyidagilar:
a)   inflyatsiya   va   pul   massasi   o‘rtasida   barqaror   aloqa   bo‘lishini   talab
etmaydi;   b)   monetar   siyosatni   ichki   muammolarni   hal   etishga   yo‘naltiradi;   d)
AQSH   tarixida   eng   uzoq   va   barqaror   tarzda   davom   etgan   iqtisodiy   o‘sish
jarayonida inflyatsiyaning past darajada bo‘lishini samarali tarzda ta’minladi. Shu
bilan   bir   qatorda   mazkur   tartibning   bir   qator   kamchiliklarini   ham   aytib   o‘tish
mumkin:   a)   markaziy   bankning   yetarli   darajada   hisobdor   emasligi   tufayli
demokratik   tamoyillarlarga   qisman   muvofiq   emasligi;   b)   yetarli   darajada   shaffof
(ochiq)   emaslik;   d)   hukumat   va   markaziy   bank   rahbarlarining   shaxsiy   sifatlariga
muhim darajada bog‘liqligi; 
Hozirgi vaqtda pul taklifini targetlash tartibidan foydalanuvchi davlatlar soni
brogan   sayin   qisqarib   bormoqda.   Valyuta   tartibi   esa   ko‘plab   mamlakatlar
tomonidan keng  miqyosda  qo‘llanilayotgan  tartib sifatida  qolmoqda. Biroq  1990-
yildan   buyon   inflyatsion   tartib   rasmiy   ravishda   joriy   etilayotganini   inobatga
olinganda, so‘ngi yillarda ushbu tartibdan foydalanuvchi mamlakatlar soni shiddat
bilan o‘sib bormoqda. Inflyatsion targetlash rejimini joriy etishda talab etiladigan
shartlari   inobatga   olinsa,   ushbu   tartib   asosan   rivojlangan   mamlakatlarda   joriy
etilayotganligi  sababi ma’lum bo‘ladi.
78 Pul-kredit  siyosatini   amalga oshirishda  maqsadli   mo‘ljallarni  e’lon qilishda
turli   mamlakatlarda   turlicha   o‘ziga   xos   yondashuvlari   mavjud.   Avstraliya,
Finlandiya va Shvetsiya markaziy banklari avvalo mamlakat hukumati bilan ochiq
kelishuvsiz   inflyatsiyaning   maqsadli   mo‘ljallarini   bildira   olishar   edi.   Kanada   va
Yangi   Zelandiyada   inflyatsiya   mo‘ljallari   markaziy   bank   va   moliya   vaziri
boshqaruvchilari   bilan   o‘zaro   kelishuv   asosida   amalga   oshirib   kelingan.
Keyinchalik   boshqa   mamlakatlar   ham   shunday   yondashuvga   kelishdi.   Inflyatsion
targetlash   joriy   etilgan   mamlakatlarda   tartibni   amalga   oshirish   bo‘yicha
belgilangan   maqsadlarning   kimlar   tomonidan   belgilanishidan   tashqari   maqsadga
erishish   davrlari   hamda   inflyatsiyani   hisoblash   indekslari   va   maqsadli
mo‘ljallarining oralig‘i har xil.
Mamlakatning   Markaziy   banki   –   ushbu   davlat   bank   tizimining   asosiy
qismidir.   Markaziy   bankning   asosiy   faoliyat   maqsadi   foyda   olish   hisoblanmaydi.
Jahon   amaliyotida   Markaziy   bank   bajaradigan   vazifalari   uzoq   yillar   davomida
deyarli o‘zgarishsiz, aniq modifikatsiyalangan ko‘rinishga ega bo‘lib qolmoqda.
Shuni   alohida   ta’kidlash   o‘tish   joizki,   tijorat   banklari   tarkibidan   Markaziy
banklarning   ajralib   chiqishi   natijasida   mamlakatda   ikki   bo‘g‘inli   bank   tizimi
shakllantirildi   va   birinchi   bo‘g‘inni   Markaziy   bank   egalladi.Ushbu   omil   esa
Markaziy bankning asosiy maqsadi va vazifalarni ishlab chiqishi taqozo etadi.
Uchinchi   bob   bo‘yicha   xulosa
So‘nggi yillarda Markaziy bank tomonidan pul-kredit tizimini tartibga solish
bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   bank   boshqaruvi   va   nazorati   sohasidagi   faoliyati
natisida   belgilangan   maqsadlarni   amalga   oshirishda   mavjud   muammolarni
kamaytirish, bilan bir qatorda, inflyatsiya darajalarini minimal tarzda ushlab turish
maqsadida   hamda   omonatchilar   va   kreditorlar   manfaatlarini   himoya   qilishga
qaratmoqda.
Fikrimizcha   tijorat   banklarining   resurslarining   qisqarishiga   majburiy
zaxiralar miqdorining yuqoriligi asosiy sabablardan biri bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri,
majburiy   zaxiralar   tijorat   banklarining   likvidliligini   ta’minlashi   bilan   bir   qatorda,
79 resurslarining   kamayishiga   sabab   bo‘ladi,   bundan   tashqari   ochiq   bozor
operatsiyalarini   rivojlantirish   ham   lozimdir.   Chunki,   O‘zbekiston   Respublikasi
Markaziy   banki   mana   shu   vosita   orqali   ham   muomaladagi   pul   massasiga   ta’sir
o‘tkaza   olish   qobiliyatiga   ega   bo‘lib,   buning   vositasida   Markaziy   bankning   pul-
kredit siyosatini yuritishdagi ta’sirini oshirishi mumkin bo‘ladi
Bugungi   kunda   ba’zi   iqtisodchilar,   kreditlar   hajmining   ortishi   –
muomaladagi   pul   massasini   oshishiga   va   shuning   asosida   inflyatsiyaning
kuchayishiga   olib   kelishi   to‘g‘risidagi   monetrasitik   qoidaning   O‘zbekiston
iqtisodiyoti   rivojlanishining   hozirgi   davrida   o‘z   isbotini   topmasligi   va   buning
sababi   respublikamizda   iqtisodiyotning   bank   aktivlari   va   kreditlari   bilan
ta’minlanish darajasi nisbatan past ekanligi bilan izohlanishini ta’kidlashmoqda
Xulosa   o‘rnida   shuni   aytish   mumkinki,   Iqtisodiyotni   samarali   ishlashini
ta’minlovchi   eng   muhim   omil   sifatida   oqilona   monetar   siyosat   hal   qiluvchi
ahamiyatga   egadir.   Muomiladagi   pul   massasini   keragidan   tashqari   oshirish,
iqtisodiy   o‘sish   ortga   suruvchi   inflyatsiya   sur’atini   yuqori   darajaga   ko‘tarilishiga
sabab   bo‘ladi.   Biroq   juda   qattiq   olib   boriladigan   monetar   siyosat   ham   ishlab
chiqarish  hajmining  kamayishi  va   ishsizlik  darajasini   oshishiga   ta’sir  o‘tkazuvchi
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Monetar siyosatning qanday strategiyalari
eng   samarali   ekanligini   bilish   uchun,   dunyoning   boshqa   mamlakatlarida   olib
boriladigan pul-kredit siyosati tajribalarini o‘rganish zarur deb hisoblaymiz.
80 XULOSA
Bugungi   kunga   kelib,   jahon   davlatlarining   markaziy   banklari,   jumladan,
O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   faoliyatining   asosiy   mezoni   narx
barqarorligi va inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligi hisoblanadi. Hozirda keng
e’tirof etilgan fikr narx barqarorligi, iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash
uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratishdan   iborat.   Agar   mamlakatda   yuqori
inflyatsiya   uzoq   vaqt   davom   etsa,   bu   iqtisodiyot   uchun   salbiy   oqibatlarga   olib
keladi. Shu bilan birga, valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning
muvaffaqiyatli yakunlanishi pul-kredit siyosatini  takomillashtirish, tijorat banklari
faoliyatini   kuchaytirish,   bank   tizimini   rivojlantirish   chora-tadbirlari   samaradorligi
bilan chambarchas bog‘liq.
Keyingi yillarda Markaziy bankning bank boshqaruvi va nazorati sohasidagi
faoliyati   pul-kredit   siyosati   maqsadlarini   amalga   oshirishdagi   mavjud
muammolarni   kamaytirish,   shuningdek,   inflyatsiya   darajasini   minimal   darajada
ushlab turish, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishga qaratildi..
Oqilona   pul-kredit   siyosati   iqtisodiyotning   samarali   faoliyat   yuritishini
ta’minlovchi   eng   muhim   omil   hisoblanadi.   Pul   massasining   haddan   tashqari
ko‘payishi inflyatsiyaning yuqori sur'atlariga olib keladi, bu esa iqtisodiy o‘sishni
susaytiradi.   Ammo  haddan   tashqari   qattiq  pul-kredit   siyosati   ishlab   chiqarishning
qisqarishi   va   ishsizlikning   ortishi   nuqtai   nazaridan   ham   salbiy   oqibatlarga   olib
kelishi mumkin. Pul-kredit siyosatining qaysi strategiyalari eng samarali ekanligini
81 bilish   uchun   dunyoning   boshqa   mamlakatlarida   olib   borilayotgan   pul-kredit
siyosati tajribalarini o‘rganish zarur.
Davlatimiz   rahbari   tomonidan   iqtisodiyot,   moliya   va   bank   tizimiga   katta
e’tibor   qaratilayotgani   hamda   farmonlarga   muvofiq   tijorat   banklarining
kapitallashuvini   yanada   jadallashtirish   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   sa’y-
harakatlar   tufayli   bu   boradagi   ishlarga   talab   ma’lum   darajada   oshdi.   korxona   va
tashkilotlar tomonidan sarmoya kiritishga erishildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   pul-kredit   siyosatini
takomillashtirish   bilan   bog‘liq   muammolarni   bartaraf   etish   bo‘yicha   quyidagi
takliflar kiritilishi mumkin.
1. Markaziy bank yaqin vaqtgacha pul massasini maqsadli yo lga qo yganligiʻ ʻ
va   yaqin   kelajakda   to liq   inflyatsiyani   maqsadlilashtirishga   o tishini,   shuningdek,	
ʻ ʻ
xorijiy   kapitalning   kirib   kelishi   bilan   bog liq   kreditlarning   haddan   tashqari   tez	
ʻ
o sishini   hisobga   olib,   majburiy   zaxiralardan   foydalanishni   bosqichma-bosqich	
ʻ
liberallashtirish jarayoni. yashash
2.   Dastlabki   bosqichda   muddatli   va   jamg‘arma   depozitlari   bo‘yicha   zahira
me’yorlarini   kamaytirish   va   shu   orqali   banklarni   ushbu   omonatlarga   depozitlarni
jalb qilishni rag‘batlantirish zarur;
3.   Bankdan   tashqari   naqd   pul   muomalasini   qisqartirish   va   bu   mablag‘larni
bank depozitlariga jalb qilish bo‘yicha tegishli dasturlar ishlab chiqish zarur;
4.   Naqd   va   naqd   pulsiz   hisob-kitoblar   -   kitoblar   orasidagi   sun'iy   farqni
kamaytirish   kerak.   Buning   uchun   ichki   bozorni   import   o‘rnini   bosuvchi   sifatli
mahalliy   mahsulotlar   bilan   to‘liq   qondirish   bo‘yicha   tegishli   chora-tadbirlar
ko‘rish;
5.   Mamlakatimizda   kapital   bozorining   to‘liq   shakllanmaganligi   va   uzoq
muddatli   mablag‘larning   etishmasligi   Markaziy   bankning   ochiq   bozordagi
operatsiyalarini   rivojlanishiga   to‘sqinlik   qilmoqda.   Bu   muammolarni   hal   qilish
uchun hukumatning qisqa va o‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlari hamda Markaziy
bank obligatsiyalarini chiqarish hajmini oshirish zarur, deb o‘ylayman.
82 Respublika   Markaziy   banki   faoliyatining   shaffofligini   oshirish   maqsadida
ushbu   sohada   yetakchi   bo‘lgan   rivojlanayotgan   mamlakatlar   amaliyotidan   kelib
chiqib, dastlabki bosqichda quyidagi takliflarni kiritish zarur.
•   Markaziy   bankning   yillik   moliyaviy   hisoboti,   bozor   sharhlari   va   statistik
ma’lumotlarini muntazam e’lon qilish;
• ommaviy taqdimotlar, intervyular va brifinglarni faol o‘tkazish;
• pul-kredit va bank boshqaruvi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini
doimiy nashr etish va joriy etish mexanizmini kuchaytirish;
•   Markaziy   bank   muammolarini   hal   etishda   ishtirok   etayotgan   bank
mutaxassislari,   ekspertlar   va   olimlarning   ochiq   konferensiyalarini   muntazam
ravishda o‘tkazish.
Ta’kidlash   joizki,   iqtisodiy   siyosatni   amalga   oshirish   yondashuvlarini   qayta
ko‘rib   chiqish   jarayonida   shakllanayotgan   yangi   voqelikda   aholi   va   tadbirkorlik
sub’yektlari tomonidan pul-kredit sohasidagi  o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilish va
qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
83 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
1.1. O‘zbekston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2014
1.2.   O‘zbekston   Respublikasining   Mehnat   kodeksi.   –   T.:   “Iqtisodiyot   huquq
dunyosi”, 2015.
1.3.   O‘zbekiston   Respublikasining   “Markaziy   bank   to‘g‘risida”gi   Qonuni
(yangi tahrir). –T.: Toshkent, 2019. O‘RQ 582 son
1.4.   O‘zbekiston   Respublikasining   “Banklar   va   bank   faoliyati   to‘g‘risida”gi
Qonuni (yangi tahrir) 2019. O‘RQ 580 son
1.5.   Tijorat   banklarining   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankida
depozitga   o‘tkaziladigan   majburiy   rezervlari   to‘g‘risidagi   Nizom   2018   yil   3002-
son
1.6.   O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 19-sentabrdagi “To‘lov va to‘lov
tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-son Qonuni,
2. O‘zbekston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Bank xizmatlari ommabopligini
oshirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”   gi   Qarori   23.03.2018   y
PQ-3620-son 
84 2.2. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “ 2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan   Yangi   O‘zbekistonning   Taraqqiyot   strategiyasi   to‘g‘risida”   gi
Farmoni 28.01.2022 yildagi PF-60-son
2.3. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Valyuta   siyosatini
liberallashtirish   bo‘yicha   birinchi   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi
Farmoni 02.09.2017-yil PF-5177-son
2.4.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Pul-kredit   siyosatini   yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 13.09.2017-yil PQ-2272-son
2.5.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   9-yanvardagi
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Farmoni 09.01.2018-yil PF-5296-son 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
3.1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 6-
yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi
3.2.  Karimov   I.A.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,   O zbеkistonʻ   sharoitida  
uni  barataf   etishning   yo llari	
ʻ   va   choralari.   T.:   “O zbеkiston”	ʻ   ,   2009.
3.3.  Karimov I.A. Mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik 
jamiyati   barpo   etish   ustuvor   maqsadimizdir.   O zbеkiston	
ʻ   Rеspublikasi   Oliy   Majlisi
qonunchilik palatasi va Sеnatining qo shma majlisidagi ma'ruza. – 	
ʻ T.:  O zbеkiston,	ʻ
2010.
3.4. Mіrzіyοev SH.M. Buyuk kelаjаgіmіznі mаrd vа οlіjаnοb xаlqіmіz bіlаn 
bіrgа qurаmіz. – Tοshkent: “Ο‘zbekіstοn” NMІU, 2017. – 488 b.
3.5. Mіrzіyοev SH.M. Tаnqіdіy tаhlіl, qаt’іy tаrtіb-іntіzοm vа shаxsіy 
jаvοbgаrlіk – hаr bіr rаhbаr fаοlіyаtіnіng kundаlіk  qοіdаsі  bο‘lіshі  kerаk. – 
Tοshkent: “Ο‘zbekіstοn” NMІU, 2017. – 104 b.
3.6. Mіrzіyοev SH.M. Erkіn vа fаrοvοn, demοkrаtіk  Ο‘zbekіstοn dаvlаtіnі 
bіrgаlіkdа bаrpο etаmіz. – Tοshkent: “Ο‘zbekіstοn” NMІU, 2017. – 56 b.
85 3.7. Mіrzіyοev SH.M. Qοnun ustuvοrlіgі vа іnsοn mаnfааtlаrіnі tа’mіnlаsh – 
yurt tаrаqqіyοtі vа xаlq fаrοvοnlіgіnіng gаrοvі. – Tοshkent: “Ο‘zbekіstοn” NMІU, 
2017. – 48 b.
4.Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va maqolalar to‘plami
4.1. A.Vahobov, A.O‘lmasov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent 2014-y
4.2. O.Olimjonov, T.Malikov “Moliya”. Darslik/Toshkent Moliya Instituti 
2019- y 
4.3. M.T.Yaxshiyeva “Monetar siyosat nazariyasi” O‘quv qo‘llanma TDIU 
2019-y
4.4. O.Y.Rashidov “Pul, kredit va banklar” Cho‘lpon nomidagi nashriyot 
matbaa ijodiy uyi Toshkent 2011 -y
4.5. Sh.Sh.Shodmonov “Iqtisodiy nazariya” Darslik Toshkent “Iqtisod-
Moliya” 2010-y
4.6. Jukova Ye.F. Obshaya teoriya deneg. M.: “Banki i birji”, YuNITI, 1995. 
–126-s
4.7. Sh.Sh. Shodmonov, M.T. Yaxshıyeva, R.A. Yusupov “Pul nazariyasi” 
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2011 , 40-bet
4.6. A.Smit Xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqidagi tadqiqotlar M: 
1962-y.
4.7. D.Rikardo Asarlar: 5 t. M.: da, 1955-y.
4.8. Valras L. Sof siyosiy iqtisod elementlari M.: 2000-y.
4.9. Marshall A. Siyosiy iqtisod tamoyillari: 3-jild, M:1983-1984 yy.
4.10. Xiks J.R. Xarajat va kapital M: Taraqqiyot – Univers, 1993-y.
4.11. Fridman M Pulning miqdoriy nazariyasi M: 1995-y.
4.12. Rο‘zіev А.Ο. TMІ Rаqаmlі іqtіsοdіyοt: mοlіyаvіy xіzmаtlаrdа 
rаqаmlаshtіrіsh texnοlοgіyаlаrі. «Dаvlаt bοshqаruvіdа rаqаmlаshtіrіsh: muаmmο 
vа echіmlаr»mаvzuіdаgі respublіkа іlmіy-аmаlіy kοnferensіyаsі mаterіаllаr 
tο‘plаmі 2019 yіl 12 аprel.45–48-betlаr
4.13. Dοn Tаpscοtt, Аlex Tаpscοtt. Blοckchаіn Revοlutіοn: Hοw the 
86 Technοlοgy Behіnd Bіtcοіn іs Chаngіng Mοney, Busіness, аnd the Wοrld, 2016, 
324 pаges.
4.15. Gulyаmοv S. S. vа bοshq. Rаqаmlі іqtіsοdіyοtdа blοkchyeyn 
tyexnοlοgіyаlаrі. Ο‘quv qο‘llаnmа 21-22 betlаr .TMІ 2019 yіl -447 bet.
5. Davriy nashrlar, statistik to plamlar vaʻ   hisobotlar:
5.1. Bozor, pul va kredit// №1-12 2013. № 1-12, 2014 yil.
5.2. Bank axborotnomasi gazetasi, 2013 yil № 1-18, 2014 yil № 1-20.
5.3.   O zbekiston   Respublikasi   iqtisodiy-ijtimoiy   taraqqiyotining   mustaqillik	
ʻ
yillaridagi   (1990-2010   yillar)   asosiy   tendentsiya   va   ko rsatkichlari   hamda	
ʻ
2011-   2015   yillarga   mo ljallangan   prognozlari:   statistik   to plam.   –	
ʻ ʻ
T:“O zbekiston”, 2012	
ʻ
              5.4.   O zbekiston   Respublikasi   Davlat   statistika   qo mitasi   ma’lumotlari	
ʻ ʻ
O zbekiston Respublikasining statistika axborotnomasi	
ʻ
              5.5.   O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   Pul-kredit   siyosatini
amalga Shirish konsepsiyasi
6. Internet saytlari
8.1. htpp: // www.prezident.uz  – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining veb-
sayti.
8.2.   htpp:   // www.stat.uz   –   O‘zbekiston   Respublikasi   Statistika   Qo‘mitasi
veb-sayti.
8.3. htpp: // www.sbu.uz     -     O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining veb-
sayti
8.4.   htpp:   // www.bearingpoint.uz   –   “O‘zbekiston   iqtisodiyoti”   jurnalining
veb-sayti.
8.5. htpp: // www.lex.uz     –     O‘zbekiston qonunchiligi veb-sayti
87 88

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MONETAR SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 8 1.1 Pul-kredit konsepsiyalaridan foydalanish mexanizmlarining nazariy masalalari 8 1.2 Monetar siyosatning maqsadi, maqsadli ko‘rsatkichlari va asosiy yo‘nalishlari 1 6 1.3 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari 2 6 Birinchi bob bo‘yicha xulosa 37 II BOB PUL-KREDIT VOSITALARI ORQALI MONETAR SIYOSATNI TARTIBGA SOLISH AMALIYOTI TAHLILI 39 2.1 Asosiy foiz stavkalarini (qayta moliyalash) o‘rnatish orqali pul-kredit munosabatlarini tartibga solish amaliyoti tahlili 37 2.2 Majburiy zahiralash vositasi orqali pul-kredit munosabatlarining tartibga solish amaliyoti tahlili 48 2.3 Ochiq bozor siyosati, inflatsiyani targetlash vositalari orqali tartibga solish amaliyoti tahlili 55 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 62 III BOB MONETAR SIYOSATNI YANADA TAKOMILLASHTIRISHNING ISTIQBOLLARI 63 3.1 Raqamli iqtisodiyot sharoitida hozirgi zamon monetar siyosatining dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari 63 3.2 Monetar siyosatni amalga oshirishda xorij mamlakatlarining tajribasi 68 Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 76 XULOSA VA TAKLIFLAR 78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 81 2

Annotatsiya Magistrlik dissertatsiyasida raqamli iqtisodiyot sharoitida monetar siyosatni amalga oshirish zarurati, mamlakat iqtisodiyotida pul-kredit siyosatining o‘rni va ahamiyati muhokama qilinadi, chunki mamlakat aholisining turmush farovonligi, inflatsiya darajasi, milliy valyuta barqarorligi kabilarning ijobiy ko‘rsatkichlari iqtisodiy tizim holatidan kelib chiqqan holda pul-kredit vositalaridan oqilona foydalanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Markaziy bank tomonidan yuritiladigan monetar ya’ni pul-kredit siyosatining samarali va ishonchli yuritilishi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash bo‘lib, bunda markaziy bank tomonidan bir qator muhim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu vazifalar ichida eng muhimi hisoblangan monetar (pul-kredit) siyosatini oqilona yuritish,ishlab chiqish hamda uni muaffaqiyatli amalga oshirish hisoblanadi. . Magistrlik dissertatsiyasida Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish vositalari va ularning tijorat banklari resurs bazasiga, kredit va omonatlarning foiz stavkalari, bank likvidliligiga ta’siri tahlil qilindi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit tizimi darajasining bugungi holati ko‘rib chiqildi va ularni yanada rivojlantirish yo‘llari taklif etildi. Muallif tomonidan magistrlik dissertatsiyasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul-kredit siyosatini amalga oshirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish hamda rivojlangan davlatlar tajribasini pul-kredit tizimiga joriy etish zarur. 3

Annotation The master's thesis discusses the need to implement monetary policy in the digital economy, the role and importance of monetary policy in the country's economy, because positive indicators such as the well-being of the country's population, the inflation rate, the stability of the national currency, depending on the state of the economic system is directly related to the level of rational use of credit facilities. Effective and reliable management of the monetary, i.e. money- credit policy conducted by the Central Bank is to ensure the stability of the national currency, in which the Central Bank has to perform a number of important tasks. The most important of these tasks is the rational management, development and successful implementation of the monetary policy. In the master's thesis, the means of implementing the monetary policy of the Central Bank and their influence on the resource base of commercial banks, the interest rates of loans and deposits, bank liquidity were analyzed, as well as the current state of the level of the monetary and credit system in the Republic of Uzbekistan was considered and ways of their further development were suggested. The research conducted by the author in his master's thesis showed that it is necessary to develop a long-term strategy for the implementation of monetary policy by the Central Bank of the Republic of Uzbekistan and to introduce the experience of developed countries into the monetary system. KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon amaliyotidan ma’lumki, M arkaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlashdan iboratdir. Markaziy bankning monetar siyosati faqatgina pul massasi va foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatibgina 4

qolmasdan, balki iqtisodiy taraqqitotning umumiy darajasiga, ya’ni mamlakatimizdagi har bir fuqaroning hayot farovonligiga ham tasir ko‘rsatadi. Hozirda jahon davlatlarining markaziy banklari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asosiy mezoni narxlarning barqarorligi va inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligi hisoblanadi. Hozirda keng e’tirof etilgan fikr - narx barqarorligi, iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Agar mamlakatda yuqori inflatsiya sur’atlari uzoq vaqt davom etsa, bu iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Davlatimiz rahbari ta’kidlanganidek, “Markaziy bank inflyatsiya va iqtisodiy o‘sishning maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda pul massasi hajmini optimallashtirish maqsadida pul-kredit siyosatining bozor vositalaridan faol foydalanmoqda ,bank tizimining likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish zarurati, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar etish va asosli islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish bilan ta’minlanmoqda” 1 .O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 19-sentabrdagi “To‘lov va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli Farmoni, 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2018-yil 3-martdagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik dissertatsiyasi muayyan darajada xizmat qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan bank tizimiga qaratilayotgan katta e’tibor va ushbu yo‘nalishdagi farmon hamda qarorlariga muvofiq tijorat banklarini kapitallashtirishni yanada jadallashtirish borasidagi sa’y- 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 6-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi 5

harakatlar samarasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan investitsiyalarga bo‘lgan talab ma’lum darajada oshishiga. erishildi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bosqichida banklarning monetar siyosatni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyati hamda iqtisodiy adabiyotlarda ushbu holatni chuqur o‘rganilishi, ushbu ilmiy ishni tanlash uchun asos bo‘ldi. Tadqiqod obyekti. O zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetarʻ siyosatni takomillashtirish sohasidagi faoliyati tadqiqodning obekti hisoblanadi. Tadqiqod predmeti bo‘lib, Markaziy bankning monetar siyosati vositalarini takomillashtirish jarayonida sodir bo‘ladigan moliya va iqtisodiy munosabatlari dissertatsiya tadqiqotining predmetidir. Tadqiqodning maqsadi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan banklarning pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. - Tadqiqodning vazifalari. Dissertatsiya ishini bajarishda oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan: - monetar siyosatini amalga oshirishdagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirish; - Mamlakatimizda monetar siyosatning iqtisodiy barqarorlikka ta’sirini aniqlash; - Markaziy bankning monetar siyosat instrumetlaridan foydalanish holatini aniqlash; - Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar siyosatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolar va ularni hal etish yo llarini aniqlash; ʻ - xorijiy davlatlarning monetar siyosat bo yicha tajribasi va ulardan ʻ mamlakatimizda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash; - rivojlangan xorij mamlakatlari banklarining tajribalarini o rganish orqali ʻ O zbekiston Respublikasi monetar siyosatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ʻ takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. 6