Rtveladzening shaharsozlik uchun olib borgan tadqiqotlar
Rtveladzening shaharsozlik uchun olib borgan tadqiqotlar MUNDARIJA Kirish.......................................................................................................................3 1.BOB , EDVARD RTVELADZENVASİLYEVİCH HAYOT YO Lİ VAʻ UNİNG FAOLİYATİ ........................................................................................... ..7 1.1 Edvard Rtveladzen Vasilyevich Arxeologiya soxasiga qo shgan hissasi......... 11 ʻ 1.2.Edvard Rtveladzen Vasilyevich Dastlabki tadqiqot ishlari...............................15 2.BOB EDVARD RTVELADZEN VASİLYEVİCH SHAXAR SOZLİK BORASİDAGİ TATQİQOTLARİ...................................................................... 20 2.1 Markaziy Osiyo hududidagi shaxarsozlik madaniyati ……………………... 22 2.2. Oks Aleksandriyasi shahri................................................................................24 XULOSA ...............................................................................................................26 FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR RO’YXATİ ........................................30 1
KIRISH Qayd etib o‘tilsinki, Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlar aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, uy-joy va ijtimoiy- maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l- transport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish hamda yangilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Urganch, Qarshi, Shahrisabz shaharlarining arxitektura qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi. Tasdiqlangan bosh rejalar bo‘yicha Guliston, Termiz va Jizzax shaharlarini rekonstruksiya qilish yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish natijasida qishloq aholi punktlarining qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda, ijtimoiy-bozor infratuzilmasining rivojlangan tarmog‘i yaratildi. Shu bilan birga shaharsozlik faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzishning ko‘pdan ko‘pfaktlari aniqlandi. Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida funksiya va vakolatlarning aniq chegaralab qo‘yilmaganligi shaharlar va boshqa aholi punktlarini reja asosida rivojlantirish hamda kompleks ravishda qurishga jiddiy zarar yetkazayotgan asossiz va shoshma-shosharlik bilan loyiha-rejalashtirish yechimlari qabul qilinishiga, shuningdek, shaharsozlik hujjatlari va qurilish sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda. 2
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatining butun tizimini tubdan qayta tashkil etishni, shaharsozlikning normativ-huquqiy va institutsional bazasini yanada takomillashtirishni, shaharsozlik hujjatlari sifatini oshirishni taqozo etmoqda. Moddiy-texnika bazasi yuqori darajada bo‘lgan va o‘z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan loyiha tashkilotlarining keng miqyosli hududiy tarmog‘i mavjud emasligi, ilg‘or xorijiy tajriba, arxitektura va dizayn sohasidagi yutuqlardan, shuningdek, innovatsion dasturiy yechimlardan yetarlicha foydalanilmasligi shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bularning hammasi qurilish sohasida davlat mablag‘lari va resurslaridan nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda. 1 Arxitektura va shaharsozlik sohasini yanada rivojlantirish, shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish holatini yaxshilash, aholi punktlarini kompleks qurish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining, qo‘mita hududiy bo‘linmalari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shahar va aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi ishlari qoniqarsiz deb topilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalar asosida aholi punktlarini kompleks qurish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga 1 1. Avdotin L.N. i dr. «Gradostroitelnoe proektirovanie» Uchebnik dlyaVUZa М.,Stroyizdat 1989. 3
so‘zsiz rioya etilishi ustidan tizimli davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, buyurtmachilar tomonidan texnik nazorat va loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazorati o‘tkazilishini tekshirish;respublika hududida aholini joylashtirishning Bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkillashtirish, shaharsozlik hujjatlari va davlat shaharsozlik kadastri amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar olib borish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiya tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etish; shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish normalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish industriyasi, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablarga mos keladigan hududiy tarmoqlarni kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik, loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish;mehnat unumdorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etish, Qurilish pudrat tashkilotlari reyestrini yuritish;bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narx belgilash mexanizmlarini tatbiq etish, korporativ normalar va narx belgilashning rolini 4
oshirish, loyihalash va qurilishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish; Kapital qurilishda davlat xarid tizimini takomillashtirish, tanlov (tender) hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertizadan o‘tkazish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish; arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash, loyiha-smeta hujjatlarini va qurilish faoliyatining ayrim turlarini ekspertizadan o‘tkazish; arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida tizimli asosda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirish, qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaxassislarning doimiy asosda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining raisi, shuningdek, qo‘mita hududiy bo‘linmalarining rahbarlari zimmasiga shahar aholi punktlarining bosh rejalari va mufassal rejalashtirish loyihalari, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqishni ta’minlash, ularni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini qo‘mitaga topshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi etib, arxitektura- qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari bilan, qayta tashkil qilinsin, uning eng muhim vazifasi etib, aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalariga qat’iy muvofiq ravishda kompleks qurilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga so‘zsiz rioya etishlari, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, 5