SAMARQAND SHAHRI ATMOSFERA HAVOSINI AVTOTRANSPORT VOSITALARI TA`SIRIDA IFLOSLANISHI VA UNI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI
1 SAMARQAND SHAH RI ATMOSFERA HAVOSINI AVTOTRANSPORT VOSITALARI TA`SIRIDA IFLOSLANISHI VA UNI OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI Mundarija Kirish............................................................................................................... ..1 2 I. BOB. Adabiyotlar sharhi............................................................................... ...2 2 1.1. Samarqand shahar atmosfera havosining ifloslanish darajasini o`rganilish tarixi. .......................................................... .............................................................2 2 1.2. Samarqand shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi tarixini tahlil qilish ........................................................................................................................29 II . BOB. Tadqiqot sharoitlari, ob`ekti va uslublari….. ……………. .............. ...3 5 2.1. Tadqiqot sharoitlari ………………………………………………… .......... ....3 5 2.2. Tadqiqot ob`ektlari……………………………………………………… ... ..... 39 2.3. Tadqiqot uslublari……………………………………………………… ..... ....4 1 III. BOB. Tadqiqot natijalari Samarqand shahar atmosfera havosining ifloslanishida avtomobil transportining ta`siri................................................. ...4 7 3.1. Samarqand shahrining sanoat korxonalari atrofining ifloslanish holati………………………………………………………………………………4 7 3.2. Samarqand shahrining avtotransportlardan chiqadigan chiqindilardan atmosferaning ifloslanishi va uni oldini olish choralari ………………………… ..51 3. 3 . Samarqand viloyatida mavjud transport vositalarining umumiy tavsifi, ularning atmosfera havosini ifloslantirishi ………………………………………………….5 6 3. 4 . Samarqand sha h ar taransport vositalaridan atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlar va chiqindilar........................................................................................... ..... 60
2 3. 5 . Transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlarni atrof-muhitga va inson salomatligiga ta`siri................................................................................... ..............6 2 3.6 . Atmosfera h avosining chiqindilar bilan ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari............................................................................................... ...................6 6 3.7. Samarqand shahar atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan chora va tadbirlar................................................................................. ...6 7 Xulosalar ............................................................................................................ .... 7 0 Tavsiyalar .......................................................................................................... ....7 2 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati................................................................... ...7 3
3 Kirish Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamizning turli hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilish muammosi asosiy muammolardan biri bo`lib hisoblanadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, transport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkasib turish, Toza havo kunini o`tkazish GAI xodimlari transport vositalarini haqqoniy ko`rikdan o`tkazib turushlari lozim va bu kechiktirib bo`lmaydigan hal etilishi lozim bo`lgan ish hisoblanadi. Chiqindilarning hosil bo`lish jarayonini hamda ularni qayta ishlashda va saqlanishi haqida, qayta ishlanishning dolzarbligi, transport vositalarida tashilish jarayoninig muhimligi va chiqindilarni tozalash ustidan samarali nazorat o`rnatish, sog`liq saqlashdagi, tashqi muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanishda va barqaror taraqqiyot kafolatlarini ta`minlash juda muhim ahamiyatni kasb etib bormoqda. Atmosfera h avoning ifloslanishida o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar, odamzotning faoliyati va kelgusi hayoti uchun og`ir darajada xavfli bo`lib borayotganligi, ota-bobolarimiz oldindan aytib ketishgan va biz bunga amal qilishimiz lozim. Ota-bobolarimiz o`gitlarida, ifloslanib qolgan atmosfera havosidan nafas oladigan tiriklik, fauna va floralarimiz bora-bora nobud bo`lishi mumkin, karbonat angidridning ko`payib ketishi asnosida batamom qirilib bitishi mumkin. Atmosfera gazlarining tarkibining ifloslanib ketishi kelib chiqayotgan barcha infeksion kasalliklar o`chog` i bo`l ishi mumkin . Havo, tabiiy resurslarning tarkibi qismi bo`lib, u umummilliy va har bir davlatning, jumladan O`zbekistonning boyligi hisoblanib va davlat va qonun bilan muhofaza qilinishi O`zbekiston konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan. Fuqarolarnin quyida keltirilgan huquqlarga ega ekanligi: o‘z hayoti va sog‘lig‘i haqida qulay atmosfera havosidan foydalanish huquqiga ega hisoblanadi. Atmosfera havosining bugungi holati haqida hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning O`zbekiston davlat va nodavlat organlari tomonidan o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish uchun doimiy nazorat
4 qilinmoqga. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar to`g`risida va tirik organizmlar tomonidan chiqarilayotgan hamda unga fizik- kimyoviy omillarning zararli va zaharli ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘z sog‘lig‘i va mol-mulki ziyon ko`rganda zararning o‘rni qoplash mumkinligini aytish mumkin. Atmosfera havosini muhofaza qilish bo`yicha keng jamoatchilik fikrini o‘rganish talab etiladi hamda jamoatchilik ekologik ekspertizasi va monitoringini amalga oshirish borasida ishtirok etish talab etiladi. O`zbekiston fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari barcha uchun birdek muhimdir [1]. Bugungi kunda Samarqand shahar atmosfera havosining ifloslanishida avtomobil transportining ta`sirini o`rganish dolzarb muammolardan biri bo`lib hisoblanadi. Hozirgi davrda va kunda ushbu masala yanada jiddiy va keng ahamiyat kasb etib bormoqda, jamiyat va davlatning eng birinchi o`rinda hal qilinishi lozim bo`lgan masalalar qatori turibdi. Insoniyat jamiyatida o`zining ko`p asrlik hayotiy tajribalari jarayonida toza havo va toza suv va shifobaxsh ona tabiatning inson va tirik organizmlarning salomatligi uchun nihoyatda kerak ekanligini anglab etish, sinab ko`rilgan tajribalari hamda o`zlarining turli hikmatli so`zlari, maqolalari va fikr va so`zlari bilan yoshlarga o`rgatib kelganlar hamda nazorat qilib boorish muhimdir. Mustaqillikdan keyin jamiyatda yashovchi shaxs va fuqarolarning hayoti va sog`lig`i asnosida toza atmosfera havosiga ega bo`lishligi, ifloslanishiga, kamayish ketishiga hamda fizik va kimyoviy omillarning zararli ta`sir etishiga olib keluvchi hatti - harakatlarni qilmasliklari zarur hamda oldini olosh qolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda jamiyatning taraqqiyoti transport vositalarisiz rivojlangan jamiyat asosini yaratishning imkoni yo`q. Ma`lumki, transport vositalari har qanday mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining asosiy tarkibiy hisoblanadi. Mustaqil O`zbekistonimizda transport vositalari keng ko`lamda ahamiyat k asb
5 etmoqda . Binobarin, iqtisodiy, siyosiy va psixologik ahamiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Har qanday mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalda ko`llash uchun ishlab chiqarishda, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirishda va kengaytirishda, amaldagi ishlab chiqarishdan jadal foydalanishda, boshqaruv tizimini va xo`jalik mexanizmini takomillashtirishda asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish kerakligi va uning samaradorligini oshirish dolzarbdir. Avtomobil vositalari respublikamizda g`oyat ko`p va xilma-xil ishlarni bajarishda kerakligini aytish lozim. U insonlarni kundalik ehtiyojlari, barcha viloyat va rayonlar o`rtasidagi muntazam aloqalar bi lan ta`mi nlab beradi . Transport sohalarining keng rivojlanganligi hamda yuqori darajadagi tashish tezligi va ularning o`sishiga katta ta`sir etib bormoqda. Tabiiy muhitni asrash borasidagi barcha chora-tadbirlar ruyobga chiqarish i yaqin vaqt larda oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo`lib qolgan ekologiya va atrof-muhit sohasidagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltir ishi lozim . Shuningdek, keng ko`lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirishda, jamiyat aholisi uchun, jismonan sog`lomlik, yoshlarning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar hamda ekologik jihatidan toza hayotiy muhit yaratish imkonini belgilab bermoqda. Ikkinchi ming yillikning intihosi - oxirgi o`n yilligi YUNESKO qarori bilan «Atrof-muhit sohasidagi jahon ta`limi o`n yilligi deb e`lon qilingan edi. Uchinchi ming yillikning ibtidosi ham inson bilan atrof- muhit, tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi ekologik muvozanatning buzilishi, ziddiyatlarning chuqurlashuvi bilan boshlandi. Ekologik muvozanatning buzilishi alohida hududiy, milliy-mintaqaviy chegaralardan chiqib, umumbashariy muammoga aylanib qoldi. Respublikamizning turli hududlarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasida muammolarining jiddiy keskinlashuvi aholining barcha qatlamlari, birinchi navbatda o`quvchi-yoshlar ekologik madaniyatini, ya`ni tabiatga nisbatan, atrof- muhitga jiddiy munosabat shakllantirilishi lozimligini ta`kidlash muhimdir [1,2]. Vujudga kelayotgan ekologik noxushliklaming bosh sababchisi tabiiy