Ekologik muammolar
I KIRISH REJA: 1. Ekologik muammolarning tarkibi. 2. Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari. 3. Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar. III XULOSA IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bog ’ liq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisa tushuniladi. (iqlim o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 1 Global (umumbashariy). 2 Regional (mintaqaviy). 3 Lokal (mahalliy). Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi S0 2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o'zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi S0 2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg’ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan S0 2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin.
Natijada: 1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o'zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning erishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi. O`zbekiston ekologiyasi O`zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, jumhuriyatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda ma`lum bo`lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o`rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. Inson faoliyati ta`sirida beosferaning o`zgarishi juda tezlik bilan borayapti. 1. "Atmosferaning dimiqishi" hodisasi. 2. "Ozon qatlamining siyraklanishi" hodisasi. 3. "Chuchuk suv" muammosi . 4. "Tirik tabiatdagi o`simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi" muammosi.
5. "Pestisetlardan foydalanish" muammosi. Mintaqaviy ekologik muammolar. Yer yuzasining muayan mintaqasi o`ziga xos tabiiy iqlim, ijtimoiy - ekologik, etnogirafik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o`rtasidagi o`zaro aloqa munosabatlari harakterini belgilab beradi. O`zbekistondagi ekologik muammolar Bugungi kunda mustaqil o`zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo`lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko`zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. Respublikada keskin bo`lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq Chirchiqlarda, Farg`ona- Marg`ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda. 2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar. 3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o`g`itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir. 4. O`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish . O`zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo`llari O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi: Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni saqlash; O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar
ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma - xiligini saqlash. Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik - iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo`yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo`yidagi barcha tabiiy ko`llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan. Ozon qatlamining siyraklanishi: Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimgava yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bo’lib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.