Geografiya va ekologik axborot tizimlarining dasturiy ta’minotlari
Mavzu: Geografiya va ekologik axborot tizimlarining dasturiy ta’minotlari Kirish 1. Geografik axborot tizimlarining tabiiy resurslarni o’rganishdagi axamiyati 2. Geografik axborot tizimining tarkibiy qismlari 3. GISlarning qisqacha tavsiflari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asming 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyutyer texnologiyasining ancha rivojlanishi bo’Idi. Kartalar yaratishning "Qog’ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda i geografik axborot tizimidan foydalangan xolda kartalar yaratishning kompyutyerli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va xodisalari xaqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig’ish, ularga ishlov berish, EXM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo’ladi. Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlami kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlami bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to’plangan tabiiy tarmoqlar xaqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim xisoblanadi. Xozirgi paytda foydalanish soxalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo’q— u navigastiya, transport, qurilish, geologiya, xarbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa soxalarda keng qo’llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo’llanilmoqda, chunki katta xajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas.
Geografik axborot tizimlarining tabiiy resurslarni o’rganishdagi axamiyati Xozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Yerda geodezik ishlami olib borish bo’yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o’qish) natijasida. Bunday rasmlar Yeming turli sun’iy yo’ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolyotlar va vyertolyotlardan olingan yarim tonalli (rangliga o’xshash) yoki oq-qora kosmik va ayerofotosuratli tasvirlaridan iborat. GISni ilmiy-texnik adabiyotlarda ko’pchilik mualliflar u yoki bu muxim yo’nalishi, belgisi yoki boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tizimlashga xarakat qilmoqdalar. Eng ko’p tarqalgan tasnif bizningcha qo’yidagi xossalarga asoslangan bo’lishi kyerak: - maqsadiga ko’ra - foydalanish soxasi va xal etayotgan masalalad va vazifalari bo’yicha; - muammoli-mavzuli yo’nalishiga ko’ra - qo’llanish soxasi bo’yicha; - qamrab olgan xududiga ko’ra - mazkur GIS malumotlari bazasini tashkil etadigan raqamli kartografik malumotlar masshtablari qatori bo’yicha; - geografik ma’lumotlami tashkil etish usuliga ko’ra - kartografik ma’lumotlami EXM xotirasiga kiritish formati, saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi bo’yicha. GIS maqsadiga ko’ra - ko’p maqsadli, axborot-ma’lumotnomali, monitoring va inventarizastion, tadqiqotli, boshqaruvli, o’quv ishlariga mo’ljallangan, nashrli va boshqa yo ’nalishli bo ’ lishi mumkin. Muammoli - mavzuli yo’nalishiga ko’ra - ekologik va tabiatdan foydalanish maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, yer kadastriga oid, geologik, muxandislik inshootlari va shaxar xo’jaligi, favquloddagi vaziyatlar, ekologik, navigvstion, transport, savdo-marketing, arxeologik va boshqa yo’nalishlilarga ajratiladi. Qamrab olgan xududiga qarab - global, umummilliy, regional, lokal, soxalar miqyosidagi GISlarga bo’linadi.
Geografik malumotlami tashkil etish usuliga qarab - vektorli, rastrli, vektorrastrli yoki uch o’lchamli GISlar bo’lishi mumkin. Xar bir amaliy soxalarda o ’ziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin GIS boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda fazoviy geografik xususiyatli axborotlar bilan ishlaydi. Bugungi kunda GISni qo’llayotgan soxa va tarmoqlar sifatida quyidagilami keltirish mumkin: 1. Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida. 2. Ishlab chiqarish infratizimi, ularni boshqarish va obektlar inventarizastiyasida. 3. Shaxar qurilishida, arxitektura, sanoat va transport qurilishini loyixalashda, muxandislik izlanishlarida va rejalashtirishda. 4. Istalgan soxa bo’yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalami tuzishda. 5. Dengiz kartografiyasi va navigastiyasida. 6. Ayeronavigastion kartalashtirishda va xavo kemalari xarakatini boshqarishda. 7. Suv resurslarini boshqarish va suv kadastrida; suv ob’ektlarining inventarizastiyasi va suvning mavsumiy va yillik xolatlari xamda bashoratlashda. 8. Navigastiya va yer transporti xarakatini boshqarishda. 9. Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda. 10. Tabiiy resurslardan foydalanish va ulami boshqarishda (suv, o’rmon xo’jaligi va boshqalarda). 11. Joy rel’efini tasvirlash va taxlil qilishda. 12. Tabiiy muxitdagi jarayonlami modellashtirish, tabiatni muxofaza qilish tadbirlami olib boishda 13. Atrof muxit monitoringida, texnogen oqibatlami baxolashda, favqulodda va krizisli vaziyatlami xal etishda. 14. Ekologik muammolami belgilab, dolzarbligini baxolashda va ulami
bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda. 15. Yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda. 16. Geologiya, minyeral-xom ashyo resurslari va tog’ jinslarini qazib olish sanoatlarida. 17. Transport va telekommunikastiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda. 18. Marketing va bozor iqtisodiyotini taxlil qilishda. 19. Arxeologiyada. 20. Xududlar va shaxarlaming rivojlanishini kompleks boshqarish va rejalashtirishda. 21. Xavfsizlik, xarbiy ish va razvedkada. 22. O’rta, maxsus va oliy talimda. 23. Qishloq xo’jaligida va boshqa soxalarda. Ro’yxatda keltirilgan soxalami bir nechta asosiy guruxlarga ajratsa bo’ladi: birinchi guruxga xisob-ro’yxatli soxalami kirish mumkin, ularda GIS joyda bajarilgan o’lchashlar natijalariga tayanadi (masalan, yer kadastri, katta korxonalaming taqsimlangan ishlab chiqarish infrastrakturasini boshqarish va boshqalar); ikkinchi guruxga, GIS tizimida boshqarish va qaror qabul qilish ishlarini bajarishga mo’ljallangan soxalami; uchunchi guruxga modellashtirish va murakkab taxlillami o’z ishlarini bajaradigan soxalami kiritish mumkin. Ro’yxatdagi soxalardan eng ko’p GIS bilan ishlaydiganlari asosan, birinchi guruxga taalluqli. Shu sababli bugungi kunda amalda qo’llanilayotgan va foydalanilayotgan GISIaming ko’pchiligi o’lchash natijalarini qayta ishlab chiqishga va ularni taxlil qilishga mo’ljallangan. GIS bilan ishlayotganda kompyutyer ekranida bir yoki bir nechta kartani (yoki plan-sxemani) ko’rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o’zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaxarda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlami ко ’ rishimiz mumkin. Bxmdan tashqari, Siz ma’lumotlaming mavzuli tarkibi bo’yicha boshqarish