SUVSIZ ERIТMALAR ANALITIK KIMYOSI ASOSLARI
MAVZU: SUVSIZ ERI Т MALAR ANALITIK KIMYOSI ASOSLARI Reja: 1. Suvsiz eritmalar va ularni tayyorlash. 2. Uchuvchan suvsiz eritmalar (etanol, xloroform, benzin) haqida tushuncha. 3. Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar (yog’lar va moylar, glitserin) haqida tushuncha.
Suvsiz eritmalar va ularni tayyorlash. Kimyo texnologiyasida suvsiz eritmalar suvli eritmalardan tashqari spirtli, glitserinli, moyli, silikonli va hokazo eritmalar uchraydi. Ko‘pincha ular sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi. Suvsiz eritmalar 2 guruhga bo‘linadi: 1. Uchuvchan (etanol, xloroform, efir, benzin, skipidar) eritmalar. 2. Uchuvchan bo‘lmagan eritmalar: o‘simlik moylari, vazelin moyi (suyuq parafin), glitserin.Uchuvchan erituvchilar bilan eritma tayyorlaganda qizdirish, filtrlash, suzish kabi texnologik bosqichlardan voz kechish lozim, chunki bunda erituvchining uchib ketish ehtimoli bo‘ladi. Efir, benzin, etanol yong‘indan xavflidir. Bu eritmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan, og‘zi zich yopiladigan shisha idishlarda tayyorlanadi. Suvli eritmalardan farqli o‘laroq suvsiz eritma tayyorlashda avvalidishga eritiladigan modda, so‘ngra erituvchi solinadi. Idish quruq bo‘lishi shart. Bu eritmalarni filtrlash zarur bo‘lgan taqdirda voronka ustiga shisha plastinka yopib turib filtr lash kerak. Agar etanolning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 90% li etanol ishlatiladi (hajm foizda).Bundan quyidagilar mustasno:5—10% li yod eritmasi (X DF), 1—2% li yod eritmasi, 1,5% li vodorod peroksid eritmasi, 1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda; 1—2% salisil kislotasi va 0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi
eritmalari —70% li etanolda; 1—2% li brilliant yashili va 1% li metilen ko‘ki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi (O‘z RSSV ning 2002-yil 29-dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i). Etanol eritmalari og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Rr: Acidi borici 0,3Sp. aethylici 70% — 10 mlM.D.S. Sirtga ishlatish uchun.Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°C) solib isitish mumkin.Ba’zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagiformuladan foydalanish mumkin:X = V Ѕ BAMasalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak.X =50 Ѕ 70= 36,8 ml.95Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. O‘lchov silindri bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.Rr: Mentholi 0,2Ol. Vaselini 20,0M.D.S. Sirtga ishlatish uchun. Quruq flakonga 0,2 gmentol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga20 gvazelin moyi solinadi. Og‘zi berkitilgan idishdagi aralashmanisuv hammomida 70— 80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to‘liq eriydi.Rr: Natrii tetraboratis
20,0Glycerini 80,0M.D.S. Og‘izning shilliq pardalarini artish uchun. Quruq flakonga20 g natriy tetraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin solinadi. Idishning og‘zi berkitilib,natriy tetraborat erib ketguncha suv hammomida qizdiriladi. Т egishli yorliq yopishtiriladi. Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning hujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi. Uchuvchan suvsiz eritmalar haqida tushuncha. Etil spirti (vino spirti, etanol), C 2 H 5 OH — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Mol.m. 46,069. Rangsiz, o tkir ta mli, spirtlargaʻ ʼ xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3(20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv bo lgan azeotrop ʻ aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1usulda suvli spirtga ozroq benzol qo shiladi va hosil bo lgan aralashma ʻ ʻ
fraksiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2 usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2— 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qo shib haydash yo li bilan ajratiladi.Etil spirti sanoatda tarkibidaʻ ʻ qand (shakar) bo lgan moddalardan enzimlar va achitqilar ta sirida ʻ ʼ quyidagi reaksiya orqali olinadi: C 6 H 12 O 6 =2C 2 H 5 OH+2CO 2 Xom ashyo sifatida glyukoza yoki uzum sharbatidan foydalanilganda tarkibida 8 dan 16% gacha Etil spirti bo lgan uzum vinosi hosil bo ladi. Ko pincha ʻ ʻ ʻ polisaxaridlar (kraxmal yoki sellyuloza) xom ashyo sifatida qo llanadi. ʻ Etil spirtini umumiy formulasi (C 6 H 10 O 5 ) bo lgan polisaxaridlardan ham ʻ olish mumkin. Bunda ular to la gidrolizga uchratilib glyukozaga, so ngra ʻ ʻ spirtga aylantiriladi. Kraxmalli xom ashyolar sifatida boshokli o simliklar ʻ — bug doy, arpa, sholi, jo xoridan, shuningdek, kartoshkadan ʻ ʻ foydalaniladi.Etil spirti sanoatda bir necha yo llar bilan sintez qilinadi. ʻ Yog och gidrolizatini achitish yo li bilan gidroliz spirt i olinadi. Uning ʻ ʻ tarkibida 2% gacha zaharli modda — metil spirti (metanol) bo ladi. Sulfat ʻ kislota ishtirokida etilenni gidratatsiya qilish reaksiyasidan ham Etil spirti olishda keng foydalaniladi.Ba zi mamlakatlarda Etil spirti atsetilendan ʼ