logo

Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasini yaratish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

279.9931640625 KB
Mavzu: “Talabalar turar  joyi” ma’lumotlar bazasini yaratish.
Reja:
1. Kirish.
1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni.
1.2. MBBT istiqbollari.
2. Nazariy qism.
2.1. Malumotlar bazasi haqida tushuncha 
3. Amaliy qism.
3.1. “Bug’alteriya” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va 
uni shakllantirish
3.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash
3.3. Ma’lumotlar bazasida turli so’rovlar yaratish
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
   
1  Kirish
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Farmoniga   asosan,   Axborot
texnologiyalari   va   kommunikastiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   tashkil   etildi.
Farmonning   O’zAda   keltirilgan   matniga   ko’ra,   vazirlik   O’zbekiston   Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida
tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida
quyidagilar   belgilangan:   axborot   texnologiyalari   va   kommunikastiyalar   soxasida,
“elektron   xukumat”ni   joriy   etishda   yagona   davlat   siyosati   amalga   oshirilishini
ta’minlash;aloqa   va   telekommunikastiyalar   soxasidagi   faoliyatni,   shuningdek,
radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash
va   nazorat   qilish   borasidagi   funkstiyalarni   amalga   oshirish;Internet   tarmog’ining
milliy   segmenti   yanada   shakllantirilishini   ta’minlash;raqobatdosh   dasturiy
maxsulotlarning   mamlakatimizda   ishlab   chiqarilishini   va   ichki   bozorini   xamda
ularga   ko’rsatiladigan   xizmatlarni   rivojlantirishga   ko’maklashish;axborot
xavfsizligini   ta’minlash;zamonaviy   kommunikastiya   vositalari   soxasida   ilmiy
tadqiqotlar   va  ishlanmalarni, kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini
oshirishni   tashkil   qilish;vazirlik   faoliyati   doirasiga   kiruvchi   boshqa   yo’nalishlar
bo’yicha   xorijiy   investistiyalarni   jalb   etish   va   boshqalar.   “Gazeta.uz”   ning   qayd
etishicha,   Aloqa,   axborotlashtirish   va   telekommunikastiya   texnologiyalari   davlat
qo’mitasi   2012   yil   16   oktyabrida   Aloqa   va   axborotlashtirish   agentligi   negizida
tashkil   etilgan   edi.   O’zAAA   esa,   o’z   navbatida,   2002   yili   Pochta   va
telekommunikastiyalar   agentligi   negizida,   ushbu   agentlik   esa   1997   yili   Aloqa
vazirligi   negizida   tashkil   etilgan   edi.   Aloqa   vazirligining   o’zi   1992   yilda   tashkil
etilgan.   Biz   dasturchilar   uchun   bu   qarorlar   juda   muhim   qarorlardan   biri   bo’ldi.
2013-   yildan   2020-yilgacha   Elektron   hukumat   tizimiga   o’tilish   talab   qilinmoqda.
Shuning   uchun   axborot   tizimlariga   o’tilishga   kata   ahamiyat   berilmoqda.Yangi
o’quv   yurtlari   va   yangi   fakultetlar   ochilmoqda.   Dunyo   globallashib   borgani   sari
axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda.
2 1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni.
  Mamlakatimizda   axborotkommunikatsiya   texnologiyalarini   rivojlantirish
jarayoni   izchil   davom   ettirib   kelinmoqda.   Eng   avvalo,   O‘zbekistonda   mazkur
sohani   tartibga   soluvchi   mukammal   qonunchilik   bazasi   yaratilganini   alohida
ta'kidlash   joiz.   Shu   bilan   birga,   bugun   dunyoda   shiddat   bilan   kechayotgan
globallashuv   sharoitida   AKT   sohasining   keskin   taraqqiy   etib   borishi
kuzatilayotganligi,   ilg‘or   davlatlarning   ushbu   soha   rivojiga   alohida   e'tibor
qaratayotgani   bejiz   emas.   Darhaqiqat,   hozirgi   davrda   AKT   orqali   uzatiladigan
axborot   jamiyat   rivojining   eng   muhim   shartlaridan   biri   bo‘lib   qoldi.   U   ishlab
chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi.
Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot
uzatish   tezligi   hamda   sifatiga   bo‘lgan   talablari   kun   sayin   ortib   bormoqda.   AKT
sohasini   jadal   sur'atlar   bilan   taraqqiy   ettirish   O‘zbekiston   iqtisodiyotida   amalga
oshirilayotgan   tarkibiy   o‘zgarishlar   hamda   iqtisodiy   islohotlarning   bosh
yo‘nalishlaridan   biri   hisoblanadi.   Chunki   bu   yo‘nalish   nafaqat   respublikani
axborotlashgan   jamiyatga   aylantirish   uchun   xizmat   qiladi,   balki   mamlakatimiz
iqtisodiyotini   jadal   sur'atlar   bilan   rivojlantirishda   o‘ziga   xos   yetakchi   tarmoq   —
«lokomotiv»   rolini   o‘ynaydi.Dasturiy   vazifalardan   kelib   chiqib,   mamlakatimizda
komputer   va   axborot   texnologiyalari,   telekommunikatsiya   va   ma'lumot   uzatish
tarmoqlarini,   internet   xizmatlarini   rivojlantirish   va   zamonaviylashtirish,   ularni
dunyo   standartlari   darajasiga   yetkazish   maqsadida   keng   ko‘lamli   islohotlar
bosqichma-bosqich   amalga   oshirilmoqda.   Albatta,   ijtimoiy   hayotning   barcha
sohalarida   bo‘lgani   kabi   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   sohasidagi
islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy
asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham
mamlakatimizda   mazkur   sohada   samarali   huquqiy   mexanizmlarni   yanada
takomillashtirishga   jiddiy   e'tibor   qaratilmoqda.   O‘tgan   davr   mobaynida   sohani
yanada   rivojlantirishga   qaratilgan   11ta   qonun,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   3ta   farmoni,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   hamda   Vazirlar
Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va
3 300dan   ortiq   idoraviy   qonunosti   hujjatlari   qabul   qilindi.   Mustaqillik   yillarida
yaratilgan   keng   huquqiy   maydon   mamlakatimizda   siyosiy   modernizatsiya
jarayonlarida   tobora   muhim   ahamiyat   kasb   etib   borayotgan
axborotkommunikatsiya   texnologiyalarining   jadal   sur'atlarda   rivojlanishi   yo‘lida
qulay   imkoniyatlar   yaratmoqda.Jamiyatni   axborotlashtirish   va
axborotkommunikatsiya   texnologiyalarini   yanada   rivojlantirish   maqsadida   2003-
2004   yillarda   «elektron»   qonunlar   bloki   qabul   qilindi.   Bular   «Elektron   raqamli
imzo   to‘g‘risida»gi,   «Elektron   hujjat   aylanishi   to‘g‘risida»gi   va   «Elektron   tijorat
to‘g‘risida»gi   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlaridir.   Mazkur   qonun   hujjatlarini
ishlab   chiqishda   ushbu   sohadagi   xalqaro   huquqiy   me'yorlar   hamda   bir   qator
rivojlangan   davlatlarning   tajribalari   ham   atroflicha   o‘rganilib,   milliy
qonunchiligimizga   maqbul   jihatlari   uyg‘unlashtirildi.   Ushbu   qonunlarning   qabul
qilinishi   va   joylarda   ularning   ijrosi   ta'minlanishi,   o‘z   navbatida,   ish   yuritish
madaniyatining   elektron   ko‘rinishi   shakllanishiga,   masofa   qisqarishiga,   vaqt
tejalishiga   hamda   iqtisodiy   samaradorlikning   oshishida   muhim   omil   bo‘ldi.
Mamlakatimizda   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarining   jadal   sur'atlarda
rivojlanishi   elektron   hujjat   aylanishi,   elektron   raqamli   imzo,   elektron   tijorat,
elektron   to‘lovlar   kabi   yana   bir   qancha   yangi   xizmat   turlarining   shakllanishiga,
jumladan,  tadbirkorlarimizga   masofadan   turib   dunyoning  xohlagan   mamlakatidan
o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. Mamlakatimiz
milliy   iqtisodiyotida   yangi   yo‘nalish   hisoblangan   mazkur   tizimlarning   tez
sur'atlarda   taraqqiy   etishining   yana   bir   omili   —   bu   axborotkommunikatsiya
texnologiyalarini   raqamlashtirish   darajasining   ortishi,   xususan,   xalqaro   axborot
tarmoqlaridan   foydalanishning   umumiy   tezligi   o‘tgan   yilga   nisbatan   61   foizga
oshib,   bugungi   kunda   7780   Mbit/s.ni   tashkil   etayotgani   va   ulardan   foydalanish
uchun   qulay   shart-sharoitlar   yaratilganligidadir.   Shuningdek,   joriy   yil   boshida
ma'lumotlar   uzatish,   jumladan,   internetga   ulanish   bo‘yicha   xizmat   ko‘rsatuvchi
xo‘jalik   subyektlarining   soni   930   taga   yetgan   bo‘lsa,   jamoaviy   foydalanish
maskanlari   1063tani   tashkil   etdi.Xorijiy   mamlakatlar   tajribasidan   ma'lumki,
elektron   tijoratning   shiddat   bilan   rivojlanishiga   internetdan   foydalanuvchilar   soni
4 aholining   20-25   foizini   tashkil   etgandagina   erishish   mumkin.   Bugungi   kunda
mamlakatimizda   internetdan   foydalanuvchilar   soni   10   millionga   yetgani   elektron
tijoratning   kelgusidagi   yorqin   istiqbolidan   darak   berib   turibdi.   O‘zbekistonda
elektron   hujjatlarga   huquqiy   mavqe   beruvchi   «Elektron   hujjat   aylanishi
to‘g‘risida»gi   qonunning   qabul   qilinishi,   shubhasiz,   elektron   hujjat   aylanishi
tizimini   rivojlantirishga   ko‘maklashib,   davlat   hokimiyatining   turli   idoralari
o‘rtasidagi   hujjat   aylanishini   avtomatlashtirishga   qulay   imkoniyat   yaratmoqda.
Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va
sifatini   oshirishga,   axborot   izlash   samaradorligi   o‘sishiga,   katta   hajmdagi
ma'lumotlar   bilan   ishlash   va   ulardan   foydalanishga   ko‘maklashib,   qog‘ozli   hujjat
aylanishi   ulushining   kamayishiga   yordam   bermoqda.   Ushbu   qonun   elektron
hujjatning   huquqiy   maqomini   va   uning   rekvizitlarini   aniqlagan   bo‘lib,   elektron
hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va
muhofaza   etish   tartibini   belgilab   berdi.   «Elektron   raqamli   imzo   to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuni   elektron   hujjatdagi   elektron   raqamli   imzo   va
qog‘ozdagi   shaxsiy   imzo   teng   kuchga   ega   ekanligini   ta'minlab   berdi.   Natijada
yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   internet   tarmog‘idan   foydalangan   holda
kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda
interaktiv   holda   olish   hamda   soliq   va   statistika   hisobotlarini   topshirish
imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini
tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq
hisobotlarini   to‘ldirishdagi   xato   va   kamchiliklarni   tuzatishga   emas,   balki   o‘z
tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda.
5 1.2. MBBT istiqbollari.
Shuningdek,   mazkur   qonunning   qabul   qilinishi   va   ijrosining   ta'minlanishi
natijasida   respublikamizda   9ta   elektron   raqamli   imzo   kalitlarini   ro‘yxatga   olish
markazlari   tashkil   etildi.   Agar   elektron   raqamli   imzo   kalitlari   soni   2006   yilda
93tani   tashkil   etgan   bo‘lsa,   hozirgi   kunga   kelib   300   mingtadan   ortib   ketdi.Shu
bilan bir qatorda, mijozlarga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslari
kafolatlab   qo‘yildi.   Bu   bilan   iqtisodiyotimizga   «Paynet»   kabi   elektron   to‘lovlar
xizmatini   ko‘rsatuvchi   muassasalar   kirib   keldi,   «SMS-banking»,«Internet-
banking»   kabi   yangi   elektron   to‘lov   xizmatlari   joriy   etildi.   Endilikda   ushbu
xizmatlar sharofati bilan mijozlar kommunal, mobil aloqa va internet xizmatlarini
hisob-kitob   qilib,   uy-ro‘zg‘or   mollarini   internet   orqali   sotib   olishmoqda.2005
yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining internetdagi rasmiy veb-saytlari
ochilishi   tatbiq   etildi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
«Axborotlashtirish   sohasida   normativ-huquqiy   bazani   takomillashtirish
to‘g‘risida»gi   256-qarori   bilan   ushbu   saytlarga   asosiy   talablar   belgilangan   bo‘lib,
unda   saytlarni   to‘laqonli   rasmiylashtirish,   undan   foydalanish   va   yangilash
maqsadida   veb-saytda   joylashtiriladigan   zaruriy   axborotlar   ro‘yxati,   mazmuni   va
boshqa   kerakli   shartlarga   nisbatan   xalqaro   standartlar   aniq   shakllantirildi.   Davlat
va   xo‘jalik   boshqaruvi,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining
axborotkommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanish   vositasida   jismoniy   va
yuridik shaxslar bilan o‘zaro tezkor hamkorligini ta'minlash, shuningdek, davlat va
xo‘jalik   boshqaruvi,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan
ko‘rsatiladigan   xizmatlardan   keng   foydalanilishni   ta'minlash   maqsadida   Vazirlar
Mahkamasi   tomonidan   2007   yil   23   avgustda   «Davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi,
mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan   foydalangan   holda   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   bilan   o‘zaro
hamkorligini   yanada   takomillashtirish   choratadbirlari   to‘g‘risida»gi   qaror   qabul
qilinib,   u   bilan   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalangan   holda
interaktiv   davlat   xizmatlari   ko‘rsatish   to‘g‘risidagi   nizom   tasdiqlandi.
Ma’lumotlarni   boshqarish   vositalarining   rivojlanishi   axborot   texnologiyalari
6 bazasiga   qurilgan   har   qanday   axborot   tizimining   asosi   hisoblanadi.   Ma’lumotlar
bazasi   (date   base)   -   bu   EHM   ning   tashqi   xotirasida   saqlanadigan,   har   qanday
jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob’yektlar, jarayonlar, holatlarning
o‘zaro   bog‘liq   va   tartiblashtirilgan   majmuidir.Ma’lumotlar   bazasi   (MB)   har   xil
foydalanuvchilarning   axborot   yetishmovchiligini   ta’minlash   uchun   mo‘ljallangan.
Amaliyotda   ko‘pchilik   ma’lumotlar   bazasi   chegaralangan   predmet   sohasi   uchun
loyihalashtiriladi.   Bitta   EHMda   bir   qancha   ma’lumotlar   bazasi   yaratiladi.   Vaqti
bilan   turdosh   vazifalarni   bajarishga   mo‘ljallangan   ba’zi   bir   ma’lumotlar   bazasi
birlashishi ham mumkin.
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala echiladi: 
• predmet   sohasi   ob’ektlarini   qanday   qilib   ma’lumotlar
modellarining abstrakt obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu
masalaga ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi. 
• ma’lumotlar   bazasiga   so‘rovlarning   bajarilish   effektivligini
qanday ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash
masalasi deyiladi. Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi
bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini
(konseptual   sxemalar)   tuzish   bilan   yakunlanadi.   Bu   bosqichda
foydalanuvchining   so‘rovlari   tahlil   qilinadi,   axborot   ob’ektlari   va
uning   xarakteristikalari   tanlanadi,   hamda   o‘tkazilgan   tahlil   asosida
predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch
bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 
• konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 
• axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 
• predmet   sohasining   konseptual   modelini   qurish   va   MBni
konseptual sxemasini loyihalashtirish. 
7 II.Nazariy qism.
2.1 Malumotlar bazasi haqida tushuncha
Ma’lumotlar   bazasi     -   bu   EHM   ning   tashqi   xotirasida   saqlanadigan,   har
qanday   jismoniy,   ijtimoiy,   statistik,   tashkiliy   va   boshqa   obyektlar,   jarayonlar,
holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
Ma’lumotlar   bazasi   (MB)   har   xil   foydalanuvchilarning   axborot
yetishmovchiligini   ta’minlash   uchun   mo‘ljallangan.   Amaliyotda   ko‘pchilik
ma’lumotlar   bazasi   chegaralangan   predmet   sohasi   uchun   loyihalashtiriladi.   Bitta
EHMda   bir   qancha   ma’lumotlar   bazasi   yaratiladi.Vaqti   bilan   turdosh   vazifalarni
bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
Har  qanday axborot  tizimi  bizni  qamragan real  dunyoning ba’zi  tomonlarini  yoki
predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin.
Muammoli   muhit   vaqti   o‘zgarishi   bilan   o‘zgarishi,   ya’ni   ob’yektlar
xususiyatining o‘zgarishida, eski ob’yektlarning yo‘qolishi va yangilarining paydo
bo‘lishida   ifodalanadi.   Bu   o‘zgarishlar   voqealar   natijasida   bo‘lib   o‘tadi.
Voqealarning   ketmaketligi   jarayonni   tashkil   etadi.Har   qanday   axborot   tizimi
ob’yektlarning   o‘zlari   bilan   emas,   mavjudiy   borliq   singari,   balki   ularning   belgili
yoritqichi-idenfikatori bilan ishlaydi.
Belgi   -   idenfikatorlarning   bosh   vazifasi   -   ob’yektni   guruhdagi   turdosh
ob’yektlardan   farqlash.Ob’yektning   idenfikatori,   umumiy   aytganda,   ob’yektning
xususiyati   haqida   yoki,   ya’ni   shunga   o‘xshash,   uning   u   yoki   bu   sinfga   tegishligi
haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin.
Ma’lumotlar.   Belgili   shaklda   ifodalangan   ob’yekt   yoki   ob’yektlarning   muomalasi
haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi.
Bu   ma’lumotlar   inson   yoki   qandaydir   texnik   qurilma   tomonidan   qabul
qilinishi   va   tegishli   tarzda   interpretatsiya   qilinishi   mumkin.   Ma’lumotlarning
tavsifli   xususiyati   shu   hisoblanadiki,   ya’ni   ularni   bir   belgili   tizimdan   boshqasiga
qayta   kodlash   axborotni   yuqotmagan   holda   o‘tkazish   mumkin.Belgili
ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati - mavjud predmetli holatning
8 qabul   qiluvchiga   yo‘naltirilgan,   belgilarning   har   xil   tizimlarida   ifodalanish
imkonini beradi.
Ma’lumotlar   bazasini   qurishda   insonga   yo‘naltirilgan   mantiqiy   ifodalanish
haqida   va   uzoq   muddatli   xotira   qurilmasiga   yo‘naltirilgan   jismoniy   ifodalanish
haqida gapirish an’anaga aylangan.
Ma’lumotlar   ba’zasi   -   ma’lum   masalaga   yoki   biror   faoliyatga   taalluqli
o’zaro bog’langan va aloxida ko’rinishda tashkil etilgan ma’lumotlar. 
MB ma’lumotlarni xsusiyatlari:
 – tuliklik;
 – aktuallik; 
– kulaylik; 
– Tugri tashkil etish. 
Ma’lumotlar   banki   -   bir   nechta   MB,   texnik   vosita   va   dastur   ta’minotidan
iborat   avtomatlashtirilgan   tizim.   Malumotlar   bazasini   (MB)   yaratish   “MYSQL”
dasturi bilan ishlash.
MB   tashkil   qilish,   ularga   qo’shimcha   ma’lumotlarni   kiritish   va   mavjud
MBdan   foydalanish   uchun   maxsus   MBlar   bilan   ishlaydigan   programmalar   zarur
bo’ladi.   Bunday   programmalar   majmui   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
sistemalari   (MBBT)   deb   yuritiladi.   Aniqroq   qilib   aytganda,   MBBT–bu   ko’plab
foydalanuvchilar   tomonidan   MBni   yaratish,   unga   qo’shimcha   ma’lumotlarni
kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir.
MBBTning   asosiy   tarkibiy   qismi–ma’lumotlar   bo’lsa,   boshqa   tarkibiy   qismi–
foydalanuvchilardir.   Bulardan   tashqari   Hardware-   texnik   va   Software-dasturiy
ta’minoti   ham   MBBTning   samarali   ishlashini   ta’minlovchi   tarkibiy   qismlar
hisoblanadi.   Hardware   tashqi   qo’shimcha   qurilmadan   iborat   bo’lsa,   programma
qismi   esa   MB   bilan   foydalanuvchi   o’rtasidagi   muloqotni   tashkil   qilishni   amalga
oshiradi.   MBning   tuzilishi   o’rganilayotgan   ob’ektning   ma’lumotlari   ko’rinishi,
ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. 
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
1. foydalanuvchi-programma tuzuvchi;
9 2. sistemali programma tuzuvchi;
3. ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda   programma   tuzgan   foydalanuvchi   MBBT   uchun   yozgan
programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning
ishlashi   uchun   javobgar   hisoblanadi.   U   holda   MB   administratori   sistemaning
saqlanish   holatiga   va   ishonchliligiga   javob   beradi.   MBBT   quyidagicha
tavsiflanadi:
Ispolnimost-Bajarilishlik,   foydalanuvchi   so’roviga   hozirjavoblik   bilan   muloqotga
kirishish;
Minimalnayapovtoryaemost-   Minimal   takrorlanishlik,   MBdagi   ma’lumot
iloji   boricha   kam   takrorlanishi   lozim,   aks   holda   ma’lumotlarni   izlash   susayadi;
Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni
asragan holda bo’lgani, ayni muddao;
Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya
qilingan   bo’lishi   lozim.   Faqat   foydalanuvchi   va   tegishli   tashkilotgina
ma’lumotlarga   kira   olish   va   foydalanish   huquqiga   egalik   qilishi   mumkin;
Migratsiya–ba’zi   bir   ma’lumotlar   foydalanuvchilar   tomonidan   tez   ishlatilib
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlar
tashqi   xotiralarda   joylashtiriladi   va   uni   shunday   tashkil   qilish   kerakki,   eng   ko’p
ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   sistemasida   har   bir   MB   modeli   quyidagi
xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi:
 Ma’lumotlar tuzilmalarining turi;
 Ma’lumotlar ustida bajariladigan 
amallar; 
 Butunlikning cheklanganligi.
 Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi modellari 
quyidagi turlarga bo’linadi:
 Daraxtsimon (ierarxik) modellar;
 Tarmoqli (to’rli) modellar; 
10  Relyatsion modellar.
Yana   shu   narsani   ta’kidlash   lozimki,   ma’lumotlar   bazasi   modellarining
faqatgina   yuqorida   qayd   qilingan   modeli   mavjud   deyish   noto’g’ri.   CHunki
bulardan   tashqari   yana   ma’lumotlar   bazasining   binar   munosabatlar   modeli,   ER   –
modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan
dastlabki   ta’kidlangan   3   turli   modellar   ko’proq   qo’llanilib   kelinmoqda.SHuning
uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Daraxtsimon (ierarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi.
Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bog’langan bo’lsa, unday ma’lumotlar
tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi.Tarmoqli modellarda ham ob’ektlar
daraxtsimon   modellardagi   kabi   yozuvlar   ko’rinishida   tasvirlanadi.Ob’ektlarning
o’zaro aloqalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion   modellarda   esa   ob’ektlar   va   ularning   o’zaro   aloqalari   ikki
o’lchovli   jadval   ko’rinishida   tasvirlanadi.   Ma’lumotlarning   bunday   ko’rinishda
tasvirlanishi ob’ektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.
MBBT alohida olingan quyidagi modullardan tashkil topadi:
MBni   boshqarish   bloki-disklardagi   ma’lumotlar   bilan   foydalanuvchi
programmasi va sistemaning so’rovi orasidagi interfeysni aniqlaydi;
Fayl   menedjeri-ma’lumotlar   tuzilmasi   bilan   disklar   o’rtasidagi   bog’lanishni
boshqaradi;
Guery   protsessor-ingliz   tilida   yozilgan   guery   gaplarini   MBni   boshqarish
bloki tushunadigan tilga o’tkazadi;
Prekompilyator   DML(Data   Manipulation   Language)-   ma’lumotlar   bilan
manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:
MBdan ma’lumotlarni ajratib olish;
MBga ma’lumotlarni kiritish;
MBdan ma’lumotlarni olib tashlash;
MBni modifikatsiya (o’zgartirishlar) qilish;
11 Kompilyator   DDL(Data   Definition   Language)-MB   tilini,   uning   tuzilmasini
va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MBning tuzilmasi ko’pincha jadval
shaklida bo’ladi.
MBga  qo’yiladigan talablar :
• Minimum  xatolik va dulikat. MBBT  ga ma’lumot  kiritilayotganda dublikat
bo’lmasligiga tekshiriladi; 
• Aktualizatsiya   imkoniyati.   MB   saklanayotgan   ma’lumotlar   eskirishi
mumkin, bunda ma’lumotlar strukturasi yangi ma’lumotlarni kiritishga va eskisini
uchirishga imkon berishi kerak. 
• Ma’lumotlarni   butunligini   ta’minlash.   MBBT   ma’lumotlarni   buzilishlardan
ximoya   kilishni   ta’minlashi   va   buzilgan   ma’lumotlarni   tiklash   imkoniyatini
yaratish kerak;
• Yuqori   qidirish   tezligi.   Xotira   qurilmalarida   ma’lumotlarni   saklash   usullari
ma’lumotlar banki bilan ishlashni dialog rejimini ta’minlashi kerak; 
• Xavfsizlik   va   maxfiylik.   Foydalanuvchi   fakat   uziga   berkitilgan
zaruriyma’lumotlari bilan ishlashi kerak. 
• Murakkab   surovlar.   Foydalanuvchilarni   xar   xil   kurinishdagi   surovlarini
kayta ishlashni ta’minlashi kerak
Kontseptual   talablar   va   axborot   extiyojlarini   tahlil   qilishda   quyidagi
masalalarni hal qilish kerak: 
• foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish; 
• MBdan   o’rin   olishi   lozim   bo’lgan   axborotlarga   ishlov   berish
bo’yicha mavjud masalalarini aniqlash; 
• kelajakda   hal   qilinishi   lozim   bo’lgan   masalalarni   aniqlash;     tahlil
natijalarini hujjatlashtirish.
12 AMALIY QISM
3.1 “Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va
uni shakllantirish
Qo’yilgan masala yuzasidan ma’lumotlar bazasida 10ta jadvallar hosil qilindi.
Ular   orasidagi   bog’lanishlar   mos   keluvchi   (ustma-ust   tushuvchi)   maydonlari
yordamida   bog’langan.   Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   orasidagi   munosabatlar
quyidagi   to’rtta   turda   bo’lishi   mavjud:   birga-bir,   birga-ko’p,   ko’pga-bir,   ko’pga-
ko’p.  Masala   yuzasidan   ma’lumotlar   bazasini   loyilahashda  birga-ko’p  va  ko’pga-
ko’p bog’lanish munosabatlaridan foydalanildi. Birga-ko’p bog’lanish munosabati
ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   ko’p   uchraydi   va   uning   vazifasi
takrorlanmaydigan qiymat oluvchi (kalit) maydonga ega bo’lgan jadvalning har bir
yozuvi   qiymatiga   ushbu   maydon   qiymatlari   orqali   bog’langan   jadvaldagi   ko’p
sondagi yozuvlarini mos qo’yishdir.
Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   va   uning   tarkibiy   qismlari   –   maydonlari
haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
“ Talabalar ” - Talabalar yotoqxonasidagi talabalar haqida ma’lumot beradi.
Maydon nomi Tipi Izoh
id int(11) Kalit maydon
first_name varchar(255) Talaba ismi
last_name varchar(255) Talaba familyasi
fakultet
varchar(255) fakultet nomi
guruh int(11) guruh raqami
viloyat varchar(255) manzili
xona int(11) xona  raqami
id_hodim Int(11) Xobim idsi
“  Tibbiyot bo’limi ” – Tibbiyot bo’limi   haqida ma’lumotni saqlovchi jadval  
Maydon nomi Tipi Izoh
id int(11) Kalit maydon
Ism varchar(256) Hodim ismi
13 familya Varchar(256) Hodim familyasi
lavozimi Varchar(256) Hodim lavozimi
xona Int(11) Xona raqami
Ish kuni Varchar(256) Ish kuni
Talaba_id Int(11) Talaba idsi
“ Rahbariyat ” –jadvali haqida
Maydon nomi Tipi Izoh
Id int(11) Kalit maydon
ism varchar(256)
Ism
familya Varchar(256)
familya
Tel_raqami Int(11)
Tel raqami
email Varchar(256)
emaili
“  Shartnoma ” –haqidag saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
Id int(11) Kalit raqami
Tuzilgan_vaqt varchar(10) Shartnoma tuzilgan vaqti
Amal_qilish_muddat varchar (10) Shartnoma amal qilish 
muddati
Hisob_raqam int(11) Hisob raqami
tolov_summa Int(11) To’lov summa
idtalaba Int(11) Talaba id
“ Qorovul ” –Qoravullar haqida ma’lumot saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
id int(11) Kalit maydon
ism varchar(45) Ism
familya varchar(45) familya
maosh varchar(45) Maosh $
Id_talaba int(11) Talaba id
“Hodimlar”  - haqidagi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
id Int(11) Hodim idisi              
14 Maydon nomi Tipi Izoh
Ism Varchar(256) Ismi
Familya Varchar(256) Familyasi
Tel_raqam Int(11) Telifon raqami
Lavozim Varchar(256) lavozimi
oylik Int(11) maoshi $
Id_rahbar Int(11) Rahbar idisi
3.2. JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI
Talabalar jihozlar, shartnomalar, tibbiyot_bo’limi, qorovulxona jadvallari
n:1 bog’lanish turini hosil qilgan.
Shartnoma va bug’alteriya 1:1 bog’langan.
15 Talabalar, hodimlar va bino jadvallari 1:1 bog’langan
Hodimlar va Rahbarlar jadvallari 1:1 bog’langan
16 Talabalar turar joyi MBning relatsiyon modeli
3.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va  jadvallarga 
ma’lumotlar kiritish.
 1-jadval. “bino” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE bino (
 id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,    
 qavat_son int(11) NOT NULL,
    xona_son int(11) NOT NULL,   
  id_hodim int(11) NOT NULL
);
2-jadval. “Hodimlar” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Hodim (
 id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
 Ism VARCHAR(45) NOT NULL,
 Familya VARCHAR(10) NOT NULL,   
 Tel_raqam int(11) NOT NULL,
 lavozim VARCHAR(45) NOT NULL,
 oylik int(11) NOT NULL,
 id_rahbar int(11) NOT NULL;
    );
17  
3-jadval. “Bug’alteriya” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Client (     
id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,     
kirim int(11)  NOT NULL,
chiqim int(11) NOT NULL,
id_shartnoma int(11) NOT NULL;
);
4-jadval. “Jihozlar” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Hodim (
    Id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
    Jihoz_nomi VARCHAR(20) NOT NULL,
    Jihoz_soni INT(2) NOT NULL,
    Jihoz_narxi INT(2) NOT NULL,
    Id_talaba int(11) NOT NULL;
);
5-jadval. “Qoravulxona” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish 
CREATE TABLE Bolim (
    Id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
    ism VARCHAR(45)  NOT NULL,
    familya VARCHAR(45) NOT NULL,
   maosh int(11) NOT NULL,
   id_talaba int(11) NOT NULL;
   );
6-jadval. “Rahbariyat” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish 
CREATE TABLE Lavozim (
    id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
    ism VARCHAR(45)  NOT NULL,
   familya VARCHAT(45) NOT NULL,
   Tel_raqam int(11) NOT NULL,
   Email VARCHAR(45) NOT NULL;
    );
18 7-jadval. “Shartnoma” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE  Shartnoma (
   id  INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
Tuzilgan_vaqt VARCHAR(45),
Amal_qilish_muddat VARCHAR(45),
Hisob_raqam int(11),
Tulov_summa int(11),
       idtalaba INT(11) NOT NULL,    
);
8-jadval. “Talabalar” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Talabalar(
id INT(11) NOT NULL PRIMARY KEY,
first_name VARCHAR(45) NOT NULL,
last_name VARCHAR(45) NOT NULL,
Fakultet  VARCHAR(45) NOT NULL,  
guruh INT(11) NOT NULL,  
viloyat VARCHAR(45) NOT NULL,
Xona int (11) NOT NULL,
Id_hodim int(11) NOT NULL;
)
9-jadval. “Tibbiyot_bo’limi” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil 
qilish
CREATE TABLE Tibbiyot_bolimi(
Id INT(11)NOT NULL PRIMARY KEY,
Ism VARCHAR(45) NOT NULL,
Familya VARCHAR(45) NOT NULL,
Lavozim VARCHAR(45) NOT NULL,
Xona INT (11) NOT NULL,
Ish_kuni VARCHAR(45) NOT NULL,
Id_talaba INT (11) NOT NULL;
)
19 3.4.  SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish
1-jadval. “BUG'ALTERIYA” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT INTO `bug'alteriya`(`id`, `kirim`, `chiqim`, `id_shartnoma`) VALUES 
(1, 60000000, 50000000,2),
(2, 75000000, 55000000, 3);
2-jadval. “HODIMLAR” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT INTO `hodimlar`(`id`, `ism`, `familya`, `tel_raqam`, `lavozim`, `oylik`, 
`id_rahbar`) VALUES 
(12, 'Kamol','Soydariy', 996656644, 'bug`alter','5000000','5')
3-jadval. “Rahbariyat” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT INTO `Rahbariyat`(`id`, `ism`, `familya`, `tel_raqam`, `email`) VALUES 
(15,'Axmat','Salimov','995545562','axnat@gmail.com')
SQL operatorlari yordamida jadval yozuvlariga o’zgartirish kiritish
 UPDATE `Rahbariyat` SET 
`ism`='Qamariddin',`familya`='Saidov',`tel_raqam`='998845563' WHERE id = 6
UPDATE `hodimlar` SET `ism`='Doston',`lavozim`='Ergashev' WHERE id = 7
SQL operatorlari yordamida jadval yozuvlarini o’chirish
DELETE FROM `hodimlar` WHERE id = 5 OR `familya`='Asadbek'
DELETE   FROM   `Talabalar`   WHERE   `first_name`='Davlat'   OR   `last_name`   =
'Qurbonov' AND `viloyat`='Samarqand'
20 Ma’lumotlar bazasida so’rovlar yaratish
SELECT   hodimlar .ism ,   hodimlar .familya ,   Rahbariyat .tel_r
aqam   FROM   `hodimlar` JOIN   Rahbariyat   ON   hodimlar .id_rahb
ar   =   Rahbariyat .id ;
SELECT   * ,   Talabalar .first_name ,   Talabalar .last_name   FRO
M   `qodovulxona`   LEFT   JOIN   Talabalar   ON   qodovulxona .id_t
alaba = Talabalar .id ;
SELECT   * ,   shartnoma .Tuzilgan_vaqt ,   shartnoma .hisob_raqa
m   FROM   `bug'alteriya`   RIGHT   JOIN   shartnoma   ON   `bug'alte
riya` . `id_shartnoma` = shartnoma .id ;
21 Xulosa
Hozirgi   kunda   Respublikamizda   keng   tarqalib   borayotgan   ish   joylarini
avtomalashtirish   va   ish   joylarida   axborot   kommunikatsiya   vositalaridan   keng
foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. 
Men ushbu “Talabalar turar joyi ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi
kurs   ishimni   bajarish   davomida   ko`plab   izlanishlar   olib   bordim.   Jumladan,
Xodimlarni   oylik  maoshini   ishlab   chiqish   bo`yicha  yaratilgan   ma’lumotlar   bazasi
bilan   tanishib   chiqdim.   U   yerda   kerakli   ma’lumotlarni   qanday   olish   haqida
tassavvurga ega bo`ldim. 
MB ni yaratish davomida dasturlash texnologiyasi  bilan chuqurroq tanishib
chiqdim va chuqur malaka hosil qildim. 
Shuningdek   ma’lumotlar   bazasi   bilan   ishlash,   ularni   oddiy   va   dinamik
usullarda   tashkil   qilish   malakasini   hosil   qildim.   Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
tizimlari   bilan   tanishib   chiqdim   va   “Talabalar   turar   joyi   ma’lumotlar   bazasini
yaratish”   ma’lumotlar   bazasini   bilan   shuningdek   undagi   turli   xil   so’rovlar   orqali
ishlar olib bordim. 
22 Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni  modernizatsiya va isloh etishdir”. – T.,”Xalq so‘zi”,
2005- yil 29-yanvar. 
2. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Kompyuterlashtirishni   yanada
rivojlantirish   va   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   joriy   etish
to‘g‘risida”gi Farmoni (№PF-3080 30.05.2002 y.). 
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Axborotlashtirish   to‘g‘risida”gi   Qonuni.
(№563-11.   №   560-II   11.12.2003   y.).   5.   “Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish
tizimlar” fani bo’yicha elektron o’quv qo’llanma, TATU FF. 
4. Ayupov R.X., Ismoilov S.I., Azlarov A.X., “MS Access 2002 - ma’lumotlar
majmuasini   boshqarish   tizimi”(o’quv   qo’llanma)   Toshkent.:   Toshkent
Moliya instituti, 2004. 
5. Кодд   Э.Ф.,   “Реляционная   модель   данных   для   больших   совместно
используемых банков данных”.  СУБД. 1995 г. 
Internet saytlari  
1. www.ictcouncil.gov.uz-Kompyuterlashtirishni   rivojlantirish   bo`yicha
Vazirlar Maxkamasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining sayti. 
2. www.ecsoman.edu.ru–Rossiya   Federatsiyasi   Oliy   o`quv   yurtlarida
o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy komplekslar. 
3. http://www.voydod.uz/ - qidiruv tizimi. 
4. ziyonet.uz–O`zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi. 
5. http://ITPortal sayti.
 
23

Mavzu: “Talabalar turar joyi” ma’lumotlar bazasini yaratish. Reja: 1. Kirish. 1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni. 1.2. MBBT istiqbollari. 2. Nazariy qism. 2.1. Malumotlar bazasi haqida tushuncha 3. Amaliy qism. 3.1. “Bug’alteriya” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish 3.2. Ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish operatorlarini qo’llash 3.3. Ma’lumotlar bazasida turli so’rovlar yaratish 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. 1

Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: axborot texnologiyalari va kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga oshirish;Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash;raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish;axborot xavfsizligini ta’minlash;zamonaviy kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni jalb etish va boshqalar. “Gazeta.uz” ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi. O’zAAA esa, o’z navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013- yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Yangi o’quv yurtlari va yangi fakultetlar ochilmoqda. Dunyo globallashib borgani sari axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. 2

1.1. MBBT ni hozirgi kundagi ilm-fandagi o’rni. Mamlakatimizda axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 3

300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003- 2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi. Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborotkommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930 taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni 4

aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi. O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga qulay imkoniyat yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va sifatini oshirishga, axborot izlash samaradorligi o‘sishiga, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘ozli hujjat aylanishi ulushining kamayishiga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta'minlab berdi. Natijada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. 5