TURIZM SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI
Mavzu : TURIZM SOHASIDA TRANSPORT XIZMATLARI Reja: • Kirish • ASOSIY QISM 1. Turizm sohasida transport xizmatlarining mohiyati 2. Turistda transport xizmatlarining turlari 2.1 Quruqlik transport turlari 2.2 Suv transport turlari 2.3 Havo transport turlari 3. Turzim sohasida transport vositalariga ehtiyojlari va talablar 3 . Xulosalar 4 . Takliflar 5 . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2
K I R I S H Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida iqtisodiyotning tarmoqlaridan biri bo‘lgan transport sohasi eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Transport sohasining jadal sur’atlarda rivojlanishi, bevosita turizm sohasining barqaror o‘sishiga tug‘ridan-tug‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Yulovchilarni, shu jumladan turistlarni tashish turli transport vositalari yordamida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistlarni tashish uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jug‘rofiy o‘rni va iklim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bogliq bo‘ladi. Har bir transport turining uz ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik kursatkichlar bilan belgilanadi, ammo transport tizimlarining barcha turlari bir asosiy maqsadni — tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘la kondirishni ko‘zlaydi. Shundan kelib chikib, turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishni turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflash mumkin. Respublikada turizm industriyasini rivojlantirish uchun yangi yillarni intensiv ravishda to‘plash va o‘zlashtirish hamda shu asosda butun xo‘jalik mexanizmini o‘zgartirishning istiqbolli dasturini shakllantirish zarur. Bu jarayon ko‘prok darajada maqsadga yo‘naltirilgan holda borishi uchun turli-tuman usullar, ish yuritish shakllari tahlil qilib chiqildi, chet el tajribasidan foydalanildi. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmokda. 3
Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‘yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub’ektlar soni keskin o‘sadi, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi. 4
Turizm sohasida transport xizmatlarining mohiyati Transporttizimlariningbarchaturlariyagonamaqsadni — tashishxizmatlariniko‘rsatishdasayohatchilarningehtiyojlarinito‘laqonliqondirish niko‘zlaydi. Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi. Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transporti va b.) paydo bo‘lishiga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizimlari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda. Muayyan transport tuzilmalari o‘rtasida hamda har bir transport turi doirasida yo‘lovchi tashuvchilar o‘rtasidagi raqobat kurashi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati 5
va darajasining oshishi harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida, yo‘lovchilarga qulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yo‘lovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yo‘lovchilarni ovqatlantirish sifatining oshishida, transport kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida namoyon bo‘lmoqda. Yo‘lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshqa toifa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirmoqdalarki, bu yo‘lovchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish uchun imkoniyat yaratmoqda. 6