Turizm xizmatlari va mahsulotlari
Mavzu: Turizm xizmatlari va mahsulotlari. Reja: 1. Turizm xizmatlarining faoliyati bo‘yicha tasniflanishi. 2. Turizm turlarining tasniflanishi va ko‘rinishlari 3. Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar. 4. Jozibador turistik mahsulot yaratish va xizmat ko‘rsatish klasslari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Turizm xizmatlarining faoliyati bo‘yicha tasniflanishi Zamonaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik belgilari, turistik oqim yo‘nalishi, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistlarni joylashtirish vositalari va ishtirokchilar soni bo‘yicha tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvofiqdir. 1. Ichki turizm – o‘z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarning vaqtinchalik tashrif buyuruvchi joyiga (to‘lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda sayohat qilishi. Ichki turizm davlat chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy valuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80–90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa u AQShda ommabop hisoblanadi. 2.Xalqaro turizm – vaqtinchalik kelgan joyiga faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilishi. Chet el turistlariga biror davlatga 24 soatdan kam bo‘lmagan muddatga vaqtinchalik tashrif buyurgan shaxslarning barchasi kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi davlatlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) statistik komissiyasining tavsiyalaridan chetlanishga ruxsat beriladi. Masalan, ba’zi davlatlarda 3 kun muddatdan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar
xalqaro turistlar hisoblansa, ba’zilarida 2 hafta, ba’zilarida esa bu muddat 1 oydan kam bo‘lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblanadi. Barcha xalqaro turistik sayohatlarning o‘rtacha 65 foizi Yevropaga, 20 foizi Amerikaga va qolgan 15 foizi boshqa mintaqalarga to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillarda ichki va xalqaro turizmning bir-biriga yaqinlashish tendensiyasi kuzatildi, bu esa turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish bilan izohlanadi (masalan, Birlashgan Yevropadagi Shengen Bitimi). 3.Kiruvchi turizm – faoliyati to‘lanmaydigan turistik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarning o‘zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati. 4.Chiquvchi turizm – bir mamlakat hududida doimiy yashovchi shaxsning boshqa mamlakatga faoliyati to‘lanmaydigan sayohati, tashrifi. 5.Rekreatsion turizm dam olish maqsadidagi turist bo‘lib, qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli hisoblanadi. Ispaniyaga, Italiyaga, Fransiyaga, Avstriyaga chet el turistlarining tashrifi, avvalo, mana shu maqsadni ko‘zda tutadi. Dam olish maqsadidagi safarlar xilma-xilligi bilan farqlanadi va qiziqarli tomosha dasturlarini (teatr, kino, festival va hokazo), qiziqishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar (ov, baliq ovlash, musiqali, badiiy ijodiyot va hokazolar bilan shug‘ullanishni) o‘zga mamlakatning milliy madaniyatini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan etnik sayohatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 6.Sog‘lomlashtiruvchi dam olish turizmi o‘ta shaxsiy individual xarakter kasb etadi. Inson organizmiga ta’sir etish vositasiga qarab davolanish uchun dam olish iqlimli, dengiz, balchiq bilan davolanish va hokazolarga bo‘linadi.
7.Tanishuv (ekskursion) turizmi o‘z ichiga tanishuv (bilish, ko‘rish va eshitish) maqsadlari bilan bog‘liq tashrif va sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Ekskursiya bilishning bir shakli bo‘lib, shaxs intelekti va dunyoqarashini kengaytirish vazifasini bajaradi. 8. Malakaviy ish turizmiga ish maqsadlari bilan bog‘liq safarlar kiradi. Hozirgi taraqqiy etgan zamonaviy jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog‘lash zaruriyatini tug‘dirmoqda. So‘nggi yillarda ishchan soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari ommaviy tus olmoqda. Qator turistik firmalar guruhlarga jamlangan biznesmenlarning turli maqsadlardagi tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda.Ushbu turdagi turizmning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy sayyohga qaraganda mamlakat bo‘ylab sayohat paytida ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga harakat qiladilar. 9.Ilmiy turizmxalqaro turizm ning o‘qish, ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida amalga oshiriladigan nisbatan yangi turihisoblanadi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda ham turbiznesining o‘rnatilgan segmentlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Safarlarning ommabop bo‘lib borayotgan turi bu til o‘rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda. 10.Sport turizmining asosiy maqsadi turistlarga o‘zlari tanlagan sport turi bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, yo‘llar, sport
maydonchalarini, asbob-uskunalar. Sport sayohatlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. 11.Shop-turlar Rossiya va MDH davlatlari uchun xosdir. Xorijiy mamlakatlarga tashrifning asosiy maqsadi xorijdan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilib, uni o‘zining mamlakatida yana qayta sotishdan iborat. (poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlarni Turkiya, Italiya, Portugaliya, Suriyadan; yozgi to‘qilgan kiyimlarni Indoneziyadan; po‘stinlar Gretsiya va Argentinadan; mebellarni Polsha va Italiyadan; elektronika mahsulotrlarini BAAdan; avtomashinalarni Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Gallandiyadan sotb olishadi). 12.Diniy turizm (haj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Har yili yuzlab vatandoshlarimiz Makka-yu Madinaga haj va umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatishi-miz mumkin: 1. Haj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod maqsadida ziyoratgoh joylariga tashrif buyurish). 2. Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din madaniyati bilan tanishuv). 3. Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi). 13.Sog‘inish, qo‘msash turizmi qarindoshlarinikiga, tug‘ilgan joylariga va yaqinlarinikiga tashrif buyurish ehtiyojiga asoslangan va xalqaro turistik