TRANSPORT GEOGRAFIYASI
TRANSPORT GEOGRAFIYASI
Transport yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo‘ylab ham, jahon bo‘ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo‘lganini tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o‘sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lab turuvchi – Buyuk Ipak yo‘li aynan bizning mamlakat hududidan o‘tganligi alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston quruqlik (temiryo‘l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transporti ga ega.
Yuk va yo‘lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va hatto, to‘rt turidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo‘lsak,