Transport jarayoni asoslari
Mavzu: Transport jarayoni asoslari. Reja: 1. Transport jarayoni ahamiyati va turlari. 2. Transport tarmoqlari va unga ta’sir etuvchi omillar. 3. Transport turlaridan foydalanish.
Transportning asosiy vazifasi keng aholi ommasi hamda milliy iqtisodiyot korxona va tashkilotlarining transport xizmatiga bo’lgan barcha talab ehtiyojlarini to’la va yuqori sifat bilan qondirishdan iborat
O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon uyushmasiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo’lish kerak. Turli xil transport vositalari sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga o’z vaqtida, isrof qilmasdan etkazishda faol ishtirok etadi.
Mamlakat transport tarmog’i temir yo’l, avtomobil, aviasiya, quvurlar va daryo suv yo’llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida Respublikada har yili xalq xo’jaligi uchun zarur bo’ladigan turli tuman yuklar va yo’lovchilar tashiladi.