logo

Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida psixologik tahlil

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80.0361328125 KB
                       
M U N D A R I J A
Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida psixologik tahlil
1.Kirish…………………………………………………………………. 3
2. I BOB. PSIXOLOGIZM – BADIIY  VOSITA…………………….
3. 1.1. Psixologik tahlil va uning nazariyasi………………………
4. 1.2.  Muallif ruhiyatining asarda aks etishi…………………
5. II BOB. KONFLIKTLARDA QAHRAMON RUHIYATI…………..
6. 2.1. Ichki va tashqi ziddiyatlarning xarakter yaratishdagi o‘rni………..
7. 2.2. Qahramonlar ruhiyatida milliy kolorit ifodasi……………….
8. III BOB. ROMAN STRUKTURASIDA RUHIYAT OLAMI………..
9. 3.1. “Ota” romanida ruhiy kechinmalar tasviri………………….
10. 3.2. “Ota” romanida psixologik vositalar…………………………..
11. Xulosa……………………………………………………………..
12. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………
KIRISH (ishning umumiy tavsifi)
1   Mavzuning   dolzarbligi   va   zarurati.   O‘zbek   adabiyoti   va
adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixologik tahlil tushunchalari ancha yillardan
beri ishlatilib kelinadi. Uning me’yor va qoidalari ishlab chiqilgan. Bunday asarlar
tahlili   adabiyot   tarixida   salmoqli   o‘rinlarni   egallaydi.   Bunga   turli   ko‘rinishdagi
voqea-hodisalar   tahlili   psixologizm   vositalari   orqali   o‘z   yechimini   topadi.
Tadqiqotda   bir   qator   adabiyotshunos   olimlar   asarlariga  murojaat   qilindi.   Ularning
psixologizm va ruhiy holat borasidagi nazariy qarashlari o‘rganildi. Shu va boshqa
qarashlar orqali o‘zbek adabiyoti namunalari tahlil va talqin etildi. Ruhiy tahlilning
insonlar   turmush   tarzi   va   ruhiyatiga   ta’siri   kuchli   ekanligi,   shuningdek,   ushbu
yo‘nalishda   tahlil   qilingan     asarlar   inson   kechmishini   ochib   berishdagi   o‘rni
masalasi har tomonlama chuqur ko‘rsatib berildi.
Jumladan,  Ulug‘bek  Hamdamning  “Ota”   romani  tahlili  misolida   bir  qancha
o‘zbek   yozuvchilari   asarlari   qiyosiy   o‘rganildi.   Ulardagi   ruhiy   tahlil   bilan   “Ota”
romani  tahlili  solishtirildi. “Ota”  romanidagi  xarakter  yaratish mahorati, yozuvchi
nuqtai   nazari   misollar   orqali   ochib   berildi.   Asarning   yosh   kitobxonlar   o‘rtasidagi
muhim   ahamiyati,   ularning   dunyoqarashlaridagi   ustuvor   vazifalarni   anglashlari
yo‘lidagi   sa’y-harakatlariga   turtki   berilishi     kabi   masalalar   asar   tahlillarida   o‘z
ifodasini topgan. 
Mazkur   kitobning   ommabopligiga   bir   qator   sabablar   ko‘rsatilgan.   Masalan,
birinchidan,     yozuvchining   mashhurligi,   muallifning   bundan   oldingi   kitoblarida
nafaqat   o‘quvchilar,   balki   adabiy   tanqidchilar   tomonidan   ham   juda   iliq   kutib
olinganligi  hamda asarning tili, obrazlar qiyofasi, g‘oyaviy-estetik yo’nalishi va bir
qancha badiiylik hodisalari o‘quvchini o‘ziga torta oladi. 
Ikkinchi   sabab   mavzuning   originalligi,   ijtimoiy   yengil-yelpilikdan   uzoqligi
asar   nomidan   ham   bilinib   turibdi.   Asarning   boshida   “Barcha   otalarga
bag‘ishlanadi”   deb   yozib   qo‘yilishining   o’zi   ham   asarning   dolzarbligini,
o‘qimishliligini belgilab beradi. Demak, romandagi har so‘z, har bir ibora ota kabi
2 qahrli, ota kabi bir so‘zli bo‘lib jaranglaydi. Bunday jumlalarni topishga yozuvchi
izlangan,   ijodning   eng   mashaqqatli   yo‘llaridan   yurishni   bir   necha   bor   sinovdan
o‘tkazganligi badiiy mukammal so‘zlarda o‘z isbotini topmoqda.
Uchinchi   bir   sabab   romanning   hajmini   kichikligidadir.   Asar   katta   emas,
ammo voqealar  bir  inson  umriga teng. Har  bir  kitobxon, uning saviyasidan  qat’iy
nazar kitobni, romanni o‘qib tushunadi, undan o‘z saviyasiga yarasha ruhiy ozuqa
oladi.   O‘lim   va   tug‘ilish,   erkin   yashash,   hayot   zavqi   va   qamoqxona   –   ozodlikdan
mahrum   bo‘lish.   Bular   barchasi   bir   ota   obrazida   o‘z     isbotini   topadi.   “ Bugun
jonajon   O‘zbekistonimiz   “ Milliy   tiklanishdan   –   milliy   yuksalish   sari ”   degan
ustuvor   g‘oya   asosida     o‘z   taraqqiyotining   yangi   bosqichiga   dadil   qadam
qo‘ymoqda ” 1
  ekan Ulug‘bek Hamdam asarlari qatorida “Ota” romani ham o‘zining
xarakterlarining pishiq ishlanganligi, g‘oyaviy yetukligi bilan jamiyatimizga xizmat
qilishda davom etaveradi.
  Mavzuning   o‘rganilganlik   darajasi.   O‘zbek   adabiyotshunosligida   ruhiy
tahlil   borasida   anchagina   ko‘zga   ko‘rinarli   ishlar   amalga   oshirilgan.   Psixologizm
yo‘nalishidagi   asarlarning   mavzu   mundarijasi   ancha   yuqori,   salmoqdor   ekanligini
e’tirof etish kerak.  Romanlarda, qissalarda, hikoyalarda va boshqa janrlarda  ruhiy
tahlil   jarayonlari   ancha   keng   ravishda   o‘rganilgan.   Bu   borada,   ayniqsa,
O.Sharafiddinov,   M.Qo‘shjonov,   U.Normatov,   H.Umurov,   D.Quronov,
M.Boboxonov   va   boshqa   adabiyotshunos,   munaqqidlarning   xizmatlari   beqiyos.
O.Sharafiddinovning   “Ijodni   anglash   baxti”,   “Davondagi   o‘ylar”,
M.Qo‘shjonov ning   “Abdulla   Qahhor   mahorati”,   “O’zbekning   o’zligi”,
U.Normatov ning   “Ijod   sehri”,   “Umidbaxsh   tamoyillar”,   “Ijodkorning   qalb
harorati”,   H.Umurovning   “O‘zbek   romanlarida   psixologizm   muammolari”,
Q.Yo‘ldoshevning   “Yoniq   so‘z”,   D.Quronovning   “Mutolaa   va   idrok   mashqlari”,
B.Karimning   “Ruhiyat   alifbosi”,   U.Jo‘raqulovning   “Nazariy   poetika”,
1
  “Миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилигимиз тимсоли”. Президент Ш.Мирзиёевнинг ўзбек тилига
давлат   тили   мақоми   берилганининг   ўттиз   йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги   нутқи   //
Ўзбекистон овози. – Тошкент, 2019, 22 октябрь. 
3 U.Rasulovaning“XX   asr   o‘zbek   qissachiligi”,   Mavlon   Boboxonovning   “O‘zbek
qissalarida   badiiy   psixologizm”   kabi   monografiyalar   va   to‘plamlari   shular
jumlasidandir.  Mazkur olimlarning sa’y-harakati bilan badiiy asarlarni  ruhiy tahlil
qilish muammosi ancha teran ilmiy yoritib berilgan. Asarlarning ruhiy tahlili orqali
badiiy   kashfiyotning   g‘oyaviy-badiiy   qimmati,   estetik   ahamiyati   hamda
yozuvchilarning   o‘zbek   nasrida   tutgan   o‘rni   o‘ziga   xos   tarzda   mukammal   ochib
berilgan.   Yozuvchining   mahorati,   obrazlarning   badiiy   pishiq   ishlanganligi
kitobxonlar   e’tiborini   o‘ziga   torta   oladi.   Romandan   qanday   xulosa   chiqarish
ularning o‘zlariga havola etilgan. Adabiyotshunosligimizdagi mazkur tadqiqotlarda
yozuvchilarning ruhiy tahlillarda asarlar yaratishdagi mahorati masalasi, ijodkorlar
erishgan   yutuqlari,   adabiyotga   qo‘shgan   yangiliklari,   asarlariga   tanqidchilarning
o‘ziga xos munosabatlari ko‘rib chiqilgan.
Mazkur   tadqiqot   Ulug‘bek   Hamdamning   “Ota”   romanidagi   ruhiy   tahlil
jarayoniga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   bu   orqali   asarlarning   yaratilishiga   sabab   bo‘lgan
yozuvchilarning   o‘ziga   xos   uslubi   bilan   bog‘liq   jihatlar,   ularning   ijodiy   qiyofasi,
qahramonlar ruhiyatining betakror ifodalari, romandagi bir qancha xarakterlarning
real   voqea-hodisalarga   asoslanganligini   tadqiq   etish   orqali   amalga   oshirilishi
zarurligini ko‘rsatuvchi omillardandir.
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari.   Ushbu   BMIning   asosiy   maqsadi
psixologizm   vositalarida,   ya’ni   ruhiy   tahlil   asosida   badiiy   asarga   yondashish,   shu
usullar bilan yozuvchi mahorati va xarakterlar talqinini  Ulug‘bek Hamdam asarlari
misolida,   jumladan   “Ota”   romani   misolida   ko‘rsatib   berishdan   iborat.   Ushbu
maqsadni amalga oshirishda psixologizm nazariyasiga oid qarashlar, ruhiy tahlil va
uning   afzalliklari,   bunday   tahlil   usulining   o‘zbek   adabiyoti   namunalari   misolida
qiyosiy  o‘rganishga ham e’tibor qaratilgan va quyidagi vazifalarni amalga oshirish
ko‘zda tutilgan:
4  - psixologik jarayon va uning badiiy asarda aks etishi, bu usul va uslubning
yozuvchi   mahorati   va   badiiy   asar   tarkibidagi   obrazlarni   tahlil   qilishdagi   yutuqlari
masalasiga  e’tibor qaratish; 
- ruhiy tahlilning xarakterlar o‘zligini ochib berishdagi o‘ziga xosliklarini bir
qator  o‘zbek adabiyoti namunalari misolida ko‘rsatish; 
-   “Ota”   romanida   sujet   va   kompozitsiya     va   uning   badiiy   asardagi   o‘rni,
konflikt va ziddiyatlarning xarakterni ochib berishdagi vazifalarini har tomonlama
keng tadqiq etish; 
-   bosh   qahramonlar   xarakterlari   talqinida   yozuvchi   mahoratini   asoslovchi
badiiy unsurlarni aniqlashtirish kabilardan iborat. 
Bunda   yozuvchi   uslubi,   roman   yaratishdagi   turli-tuman   priyomlari,   ruhiy
tahlilning   asar   badiiyatini   tekshirishdagi   xizmatlari,   murakkab   obrazlar   tasvirida
psixologik   yondashuvning   ahamiyatli   tomonlari,   obraz   yaratishda   turli   vosita   va
unsurlarning   qaror   topishi,   yozuvchi   mahorati   masalasi   va   badiiy   detallardan
foydalanish masalasi tadqiqi ham nazarda tutiladi.
Bitiruv   ishining     obyekti   va   predmeti .   Ishning   obyekti   sifatida   Ulug’bek
Hamdamning   “Ota”   romani   misolida   ruhiy   tahlil   muammolarini   o’rganish,
tadqiqotning   predmetini   Ulug’bek   Hamdamning   “Ota”   romani   tashkil   etadi.
Ishning   keng   qamrovini   ochib   berishda   o’zbek   adabiyoti   namunalari   va
U.Hamdamning boshqa asarlari ham material vazifasini o’taydi 
Bitiruv   ishining   ilmiy   yangiligi   quyidagilar   bilan   belgilanadi.   Mazkur
bitiruv   malakaviy   ishning   ilmiy   yangiligi   shundaki,   bu   ishda   o‘zbek   va   jahon
adabiyotida yaratilgan psixologik tahlilga oid qarashlar va ularning badiiy adabiyot
poetikasiga   doir   jihatlariga   e’tibor   qaratilgan.   Bunday   adabiyotni   tekshirish
vositalari   orqali   yozuvchi   mahoratini   tekshirish,   ularni   har   tomonlama   keng
o‘rganishga   harakat   qilingan.   “Ota”   romanida   urush   mavzusiga   ham   yangicha
yondashuvlarga   e’tibor   qaratilgan.   Urush   g‘oliblarning   bayrami,   mag‘lublarning
iztirobi   emas,   balki   urushning   o‘zi   ofat   ekanligi,   unda   har   ikki   tomonning
5 mag‘lubiyatga uchrashi kabi qarashlar tahlilga tortilgan. BMIda romandagi badiiy-
tasviriy   usullar   yozuvchi   mahoratini   belgilab   beruvchi   asosiy   vositalar   ekanligiga
e’tibor   qaratilgan.   Asardagi   badiiylikni   yuzaga   keltiruvchi   jihatlar     ham   nazarda
tutilgan.
BMIdan   erishilgan   natija   asosan   “Ota”   romani   misolida   ruhiy   tahlilning
afzalliklari   va   uning   badiiy   asarni   tekshirishdagi   qulayliklari,   asar   badiiyatiga   oid
masalalar imkon darajasida to‘laqonli ravishda o‘rganilishi bilan izohlanadi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   tadqiq   usullari.   Mavzuni   yoritishda     hozirgi
kunda   o’zbek   adabiyotshunosligi   qo’lga   kiritgan   yutuqlaridan,   bayon   qilingan
nazariy   fikrlardan,   qiyosiy-tipologik,   germenevtik,   tavsifiy,   qiyosiy   metodidan
foydalanildi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Mazkur   ish
Ulug‘bek   Hamdamning   “Ota”   romani   ilk   marta   o‘rganilganligi,     unda   yozuvchi
mahoratini   turli   psixologik   vositalar   orqali   o‘rganilishining   o‘zi   ham     boshqa
tadqiqotlardan   ajralib turadi. Chunki ushbu roman psixologik asar hisoblanib, biz
tahlilga   tortgan   usullar   orqali   yondashilsa   ilmiy   natijaga   tez   va   oson   erishish
mumkin,   deb   o‘ylaymiz.   Ushbu   tadqiqotdan   pedagogik   yo‘nalishdagi   o‘quv
yurtlarida,   maktablarda,   litseylarda     badiiy   asarlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
bo‘yicha qo‘llanmalar  va kurs ishlar yozishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi.  Mazkur BMI kirish, uch asosiy bob, olti fasl, xulosa
va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
          
6 I BOB. PSIXOLOGIZM – BADIIY VOSITA
                                     1.1. Psixologik tahlil va uning nazariyasi
              Adabiyot rivojining antik davrdan bugungacha bo‘lgan davrida o‘ziga xos
tarzda   psixologizm   ko‘rinishlarining   o‘zgarish   jarayonlarini:   ichki   hayot
qonuniyatlarini   tushunishning   teranlashayotganini,   ruhiyatni   tasvirlashning   badiiy
vositalari   ko‘payib   borayotganini,   madaniy   jabhada   psixologizmning   estetik
ahamiyati   va   mukammallashuvi   orta   borayotganini   ko‘rishimiz   mumkin.
Adabiyotda   psixologizmning   kelib   chiqishi   borasida   tadqiqotchilarning   fikrlari
turli-tuman.   Agar   uni   keng   ma‘noda   tushunishga   harakat   qiladigan   bo‘lsak,
psixologizm   adabiyotga   immanent   (ichki-biror   hodisaning   ichki   xususiyatga   xos
bo‘lgan,   uning   tabiatidan   kelib   chiqadigan)   va   uning   poydevori   so‘z   san’ati
rivojining ilk bosqichlaridanoq qo‘yilganligiga qo‘shilishimiz kerak bo‘ladi.
Psixologizmni   anglangan   (ongli)   estetik   tamoyil   sifatida   tushuniladigan
mulohazalarga   ko‘ra,   uning   yuzaga   kelishini   adabiy   jarayonning   eng   qadimgi
davriga   taqash   mumkin.   Psixologizmning   paydo   bo lish   davri   sifatida   ayrimʻ
olimlar qadimgi antik davrni tushunishsa (II-IV asrlar; A.B.Yesin, V.P.Ragoysha),
ba‘zilari   buni   Uyg‘onish   davriga   (B.T.Udodov)   yo‘yishadi.   Biroq   uning   paydo
bo‘lishini   XVII-XVIII   asrlarga   olib   borib   taqash   odati   ko‘proq   ommalashgan
(L.Ya.Ginzburg).   Ayni   paytda,   tadqiqotchilar   badiiy   psixologizm   tadrijiy
taraqqiyotining cho‘qqisi sifatida XIX asrni yakdillik bilan tan olishadi.
A.B.Yesin,V.Ragoysha   fikricha,   o‘zining   alohida   shaxs   g‘oyaviy-axloqiy
asoslariga   qaratilgan   antik   davr   so‘nggi   adabiyoti   psixologizm   rivojining   birinchi
bosqichini tashkil etadi. A.B.Yesin Geliodorning “Efiopika” va Longning “Dafnis
va Xloya “romanlarida” rivoya bayonining yetarlicha qismiga bag‘ishlangan "shaxs
ichki dunyosining anchagina mufassal, vaqti-vaqti bilan chuqur tasvirlangan"ligini
ko‘radi. Qayd etishicha,"Gohida qahramonlar o‘z ichki dunyolarini tahlil qilmoqchi
(albatta,   sodda   ko‘rinishda)   bo‘lishadi”.   Ammo   ushbu   romanlarning   haqiqiy
7 mazmuni eng yuqori cho‘qqisida ham statikligicha qolgan tuyg‘ular tahlilida emas,
garchi,   (istisno   tariqasida)   muallif   qahramonlar   o‘zini   tutishining   psixologik
motivlarini   ta’kidlash   imkoniga   ega   bo‘lsa-da,   sevgi   iztiroblari   (diniy-mistik
ruhdagi)   tasvirida   ko‘rinadi.   M.M.Baxtin   “ichki”   odamning   shakllanishini   inson
birligi   va   butunligiga   putur   yetkazgan   hamda   "xususiylik   va   uzlatlik"ni,
yolg‘izlangan ong fenomenini keltirib chiqargan "pinhon va yashirin sohalar"paydo
bo‘lgan   davrga   taqaydi.   Yevropa   madaniyatida   bu   –   psixologik   tasvirning   ikki
ambivalentlik   (Амбивелентность   –   (qisqartirilgan   izohi)   istiloh   voqelikka   bir
vaqtning   o‘zida   ham   sevgi,   ham   nafrat   ma‘nosini   beradi)   shakli   bilan
belgilanadigan   o‘rta   asrlar   davridir.   Ulardan   birinchisi   va   eng   keng   tarqalgani
insonni tasvirlash stretotiplari bilan bog‘liq bo‘lib, qadimgi rus adabiyotida uslublar
dinamikasini   o‘rgangan   D.S.Lixachyov   bu   qoidalarning   mohiyatini   quyidagicha
qayd   etgan:   emotsional   kechinmalarning   cheklangan   diapazoni,   ularning
individuallashtirilmasligi va ifodalanishining maksimal darajada namoyon bo‘lishi.
Psixologik   jihatdan   izlanish   chizig‘i   ilk   nasroniylik   adabiy   an’analari   bilan
taqqoslanadi.   Uning   ixtirosi   ma’naviy   shakllanish   yo‘lidagi   (gunohkordan   to
taqvodorgacha)   kulminatsion   nuqtalarda   aks   ettirilgan   “ko‘ngil   odami”   bo‘ldi.
Avliyolar haqidagi qissalarda “gunohlardan forig‘” etuvchi iztiroblar, zohidlik, o‘z-
o‘ziga qarshi kurashga bag‘ishlangan turmush lavhalari” ham tasvirlanishi mumkin
edi.   Xuddi   shundan   e’tiboran   adabiyotda   ichki   konflikt   tadqiqot   obyektiga
(Avgustinning   “Istifor”i)ga   aylandi,   o‘zining   falsafiy     ko‘rinishida   ellinistik
madaniyat tomonidan kashf etilgan refleksiya (o‘z ruhiy holati haqida o‘ylash) esa
badiiylikka  yuz  tutdi.
Ilk   nasroniylik   adabiyotida   yangi   –   “o‘z-o‘ziga   hisobot-istig‘for"
(S.S.Averintsev   iborasi   bilan   aytganda,   lirik   biografiya)   janri   shakllandi.   Unda
avtopsixologik   qahramon   diniy   tozarish   yo‘lida   o‘z-o‘zini   ma’naviy   taftish   qilish
bilan   band   edi.   Antik   adabiyotda   bo‘lganidek,   bu   shakl   –   o‘z-o‘zi   bilan   dialog,
tashqaridan yo‘nalgan nutqdir.
8     Psixologik   tahlil   rivojining   muhim   bosqichini   ritsar   va   xonim   o‘rtasidagi
azob-uqubatli muhabbatdan hikoya qiluvchi kurtuaz romani (o‘rta asrlarda G‘arbiy
Yevropada   ritsarlikni   tarannum   qilgan   saroy   adabiyoti)   tashkil   qiladi.   Bu
transformatsiya, avvalo, sevgi  hislari rivojining u yoki bu pallasiga qiziqish, turli-
tuman   kayfiyat   va   kechinmalarning   qalamga   olinishi   bilan   bog‘liq.   Tristan   va
Izolda   haqidagi   romanlarda   (K.De.Trua,   G.Strasburgskiy)   psixologik   tahlil
qahramon   ichki   olamini   asl   holiday   tiklashni   maqsad   qilib   olmaydi.   U   muayyan
darajaga   ko‘tarilishi   va   his-tuyg‘ular   davomiyligini   aks   ettirishi   mumkin,   biroq
uning   lokal,   chegaralangan   ekanligi   ko‘rinib   turadi.   Bu   o‘rta   asrlardagi   iztirob
chekayotgan inson konsepsiyasi mahsulidir. Bu yagona maqsad emas, balki vosita,
Xudoning marhamatiga erishish yo‘lidir.
Ritsarlik   adabiyoti   psixologik   tahlilning   binar-qo‘shaloq   prinsipi   doirasida
kechadi: personaj va uning hislari, mohiyatan, bir-biridan uzilgan holatda beriladi,
psixologik   konflikt   esa   iztirob   va   baxt   qarama-qarshiligiga   tenglashtiriladi.
Uyg‘onish adabiyotida insondagi jismoniy va ruhiy ibtidolarning birligi masalasida
olg‘a   ilgarilash   yuz   berdi.   Uning   natijasida   badiiy   obrazlar   individuallashdi,   jonli
va   ko‘p   tomonlama   tasvirlana   boshlandi.   A.B.Yesin   fikricha,   aynan   Uyg‘onish
davri lirikasi va dramaturgiyasida psixologizm rivojining jadallashganligi seziladi.
Turmushdagi   uyg‘unsizlik,   fojiaviylik   konsepsiyasiga   sig‘ingan   Barakko   va
klassitsizm   adabiyotlari"   abstrakt   psixologizm"   doirasida   qolib   ketdi.   Barakkoda
ruhiy   holatlar,   ehtiroslar   tasviri   inson   xarakteridan   uzilgan.   Bu   tariqa   psixologik
tahlil   prinsipi   –   binar   (ikkili),   ifoda   shakli   –"ritorik"   (tortishuvlar,   monologlar,
personajlarning yozishmalari, qistirma iqrorlar, muallif  bayoni). Klassitsizm buyuk
dramaturglarining   ijodiga   ham"   ichki   dunyoni   ratsional   tarzda   sodda   tasvirlash"
(L.Ginzburg)   xos:   "Ehtiroslar   chigal   va   aniq,   ora-orada   va   nozik   farqlari   tadqiq
etiladi, ammo bu aynan ehtiros tahlili, o‘z hissiyotlaridan ko‘ra oddiyroq, soddaroq
inson   tahlili   emas".   Bu   prinsip   klassitsizm   tragediyasiga   xos   konfliktni   (ehtiros-
9 burch,  aql-tuyg‘u)  va "u  xoh qanchalik ichki  qarama-qarshiliklarga ega  bo‘lmasin
statik qahramon tipini yuzaga keltiradi.
Badiiy psixologizm rivojining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi XIX
asr   psixologik   romanining   kashf   etilishi   bilan   bog‘liq.   U   bir   tomondan,
sentimentalistlar,   romantiklar   romanchilik   tajribasi,   ikkinchi   tomondan,   XVIII   asr
memuaristikasi   negizida   tayyorlandi.   Lafayet,   Krebiyon,   Dyuklo,   Marivo
romanlarida “ichki hayot universal mexanizmlarini” o‘zini tutish harakatlari, tashqi
nutq va intellektual refleksiya (o‘zini tahlil qilishga moyillik) orqali fosh etadigan
“obyektiv   psixologik   tahlil”   ishlab   chiqildi.   Bu   holatda   obyektivlik   romandagi
barcha personajlarining ichki olami turgan muallif -analitik funksiyasi bilan bog‘liq
edi.   Sentimentalizm,   avvalambor,   ichki   hayot   hissiy   sohasining   nutqda
ifodalanishini   va   lirik   o‘z-o‘zini   ifodalashni   mujassamlashtiruvchi   sentimental
refleksiyani   kashf   etdi.   Russo,   Stern,   Richardson   asarlarida   “nozik   va   chuqur   his
qiladigan   odamlarning     ruhiy   holatlari   birinchi   planga   ko‘tarildi”.   Umuman,
psixologik roman sentimentalizmdan quyidagilar uchun "qarzdor"sanaladi:
–   personajning   xarakter   mantig‘i   o‘z-o‘zicha   qadriyat   kasb   etib,   sujetni
harakatga   keltirishini   nazarda   tutadigan   muallif   va   qahramon   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarning erkin ko‘rinishi;
–   muallifning   matnda   falsafiy-lirik   jihatdan   namoyon   bo‘lishi,   ya’ni
chekinishlar personaj xarakteri va ruhiyati uchun ishlaydi;
–   umumiy   psixologik   fonga   mimika   vositalari   (ohang,   nazzora,   ma’nodor
ishoralar), assotsiatsiyalardan iborat bo‘yoqlarning qo‘shilishi.
Ruhiy holatlarning murakkabligi, ong ostining kashf etilishi romantiklar uchun
hikoya   qilishning   o‘ziga   xos-aloqalarsiz   (garchi   assotsiatsiyalar   bilan   bo‘lsa-da)",
psixologik matn texnikasidan iborat quyidagi yo‘llarni ochdi:
–  muallif psixologik rivoyasi va tahlili;
–  ichki monolog (uni ichki nutq qoidalariga ko‘ra tuzishga urinish);
–  psixologik detal;
10 –   tush,   uning   talqinlari,   gallyutsinatsiya,   fantaziyalarning   kompozitsion
shakllari;
–  ruhiylashtirilgan peyzaj va musiqa.
  Romantizm adabiyotidagi psixologik tahlil, konflikt, personaj obrazi binarlik
(ikkilik,   qo‘sh)   prinsipiga   borib   taqaladi.   Realistik   xarakterning,   tip-qahramon
xususiyatlariga   qarama-qarshi   keluvchi   sifatlari   psixologizmning   quyidagi
ko‘rinishlarini ajratishga asos bo‘ladi:
–   individuallashgan   va   tipiklashgan.   Individuallashgan   psixologizm   yagona
shaxs va holat haqidagi tasavvurlardan, tipiklashgan psixologizm esa inson tabiati
haqidagi qarashlardan kelib chiqadi;
–   shartlovchi   va   abstrakt.   Shartlovchi   psixologizm   fikrlash   va   ruhiy
jarayonlarni,   personajning   o‘zini   tutishini   tushuntiradi,   dalillaydi.   Abstrakt
psixologizm   o‘z-o‘zidan   yuz   beradigan   his-tuyg‘u   va   ehtiroslarni   inson
xarakteridan   ajratib,   ularning   universal   ahamiyatiga   ko‘ra   psixologik   tahlil   qilish
bilan bog‘liq;
– deduktiv va induktiv. Psixologizmning deduktiv ko‘rinishi psixologik tahlil
yakuniga,   tuyg‘ular   harakatining   (ko‘proq–so‘z,qiliq   va   boshqalarda   namoyon
bo‘ladigan)   yakuniy   natijalariga   diqqat-e’tiborni   qaratadi.   Psixologizmning
induktiv ko‘rinishi" ichdan", parallel tahlilni nazarda tutadi.
Psixologizmning   keyingi   taraqqiyotini   belgilab   bergan   XIX   asrdagi   yuksak
yutuqlarini   an’anaviy   tarzda   L.Tolstoy   va   F.Dostoyevskiyning   yangicha   usullari
bilan   bog‘lab   kelishadi.   Ikkala   yozuvchi   ham   inson   ichki   olamining   ko‘p
qatlamliligini   mislsiz   darajada   ishonarli   tasvirlashadi,   ammo  bu   yo‘lda   psixologik
tahlilning   turli   usullarini   tanlashadi.   L.N.Tolstoy   insonni   xarakter   sifatida
tasvirlashning   kompleks   metodini   qo‘llaydi:   "qalb   dialektikasini"   bilvosita   ruhiy
xarakteristika   shakllari   bilan   to‘ldiradi.   F.M.Dostoyevskiy   personajning
xarakterliligi   va   ijtimoiy   shartlanganligidan   voz   kechib,   "g‘oyalar   dialektikasiga"
yuz   buradi;   uning   psixologizmi   qalb   hayotini   bir   tomonlama   va   ko‘p   tomonlama
11 yo‘nalgan shuuriy-g‘ayrishuuriy istaklar–hukmron g‘oya orqali qayta tiklash bilan
bog‘liq.
          A.Qahhor iborasi bilan aytganda: “Psixologizm kishilarning ichki dunyosiga,
ularning latif-zarif  tomonlari va  go‘zalligiga yaxshi e’tibor qilish to‘g‘risida jiddiy
o‘ylab ko‘rish fursat idir.  Bu yozuvchilar mahoratining eng muhim jihatidir”. 2
                  Muallif   “Ota”   romanida   Po‘lat   va   uning   xotini   Yog‘duning   ruhiyatini,
psixologizmni ruhiy tahlillar orqali yorqin ochib beradi. Ular uylanganlariga, ya’ni
turmush   qurganlariga   o‘n   besh   yildan   oshibdiki,     hamon   farzandsiz.   Bu   dard,
qayg‘u alam ularning qalbini necha yildirki, ezib keladi.
                  Kunlardan   bir   kuni     Erboy   hamma   sinfdosh   jo‘ralarini   oldida   unga   juda
tegadigan,   nomuslarda   o‘ldiradigan   bir   gapni   aytadi.   Bu   er   kishini   farzandsiz   bir
kishini yer bilan bitta qiladigan gap edi. Shundan beri u ko`chaga chiqolmay qoldi.
Ko‘chaga   chiqdi   deguncha   “Ana   u,   bitta   xotinniyam   tug‘dira   olmagan   latta!”
deyayotganday   bo‘laverardi.   Ha-da,   nima   qilsin   bechora,   Shu   so‘zni   choyxonada
uning yuziga aytishgan. Po‘lat  xonanishinlik qilib yotib oldi. Hech bir  ishga qo‘li
bormaydi.   Butkul   hayotdan   sovib   ketdi.   Uning   har   bir   xatti   –   harakatidan   uning
ichki dunyosida talatum bo ronlar to‘qnashuvi ketayotganidan darak beradi.ʻ
          – Siz qo‘ymasangiz ekinlarga suvni mana men qo‘yay! Axir, qarang, qanday
qovjirab borishyapti, – dedi bir kuni Yog‘du Po`latning oldiga kelib.
– Sen qatilma!
– Ularni quritib nima topasiz?  Nima istaysiz o‘zi?!
                    –   Istagimmi?   –   dedi   Po‘lat   o‘tirgan   o‘rnida   xotiniga   yovqarash   qilib
dunyodagi   hamma   narsa   jonli-jonsiz,   yosh-u   qari,   yaxshi-yu   yomon   hamma-
hammasi   mendek,   qovjirab   qurisin!   Men   ana   shu   qurishni   o‘z   ko‘zlarim   bilan
ko‘rishni istayman.
                  Mazkur   jumlalar   qiyinchiliklarga,   Ollohning   sinovlariga   bardosh   bera
olmagan,   uning   yo‘l-yo‘riqlariga   rozi   bo‘la   olmagan   bir   bandaning   isyoni   bo‘lib
2
 Qahhor A. Asarlar. 5 tomlik. 5-jild. T. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1988. 158-b.
12 tuyuladi. Uning nazarida barcha o‘t-o lanlar, qurt-qumursqalar yillab yashnasin-da,ʻ
bitta   u   ko‘chaga   chiqolmay   yuzi   shuvut   bo‘lib   ko‘kragini   zaxga   berib   yotaversin.
Yo‘q,   yo`q,   u   yashamasa   hamma   narsa,   butun   borliq   yashamasligi   kerak.   Bu
albatta, Xudoga, yaratganga isyon edi. Yog‘du ham shuncha o‘tgan yillar davomida
xursandchilik,   xushchaqchaqlikda   yashasa-da,   yurak   zardobi   bilan   yashab   keldi.
Po`latga   aytilgan   oshkora   uning   ko`ziga   qarab   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   aytilmasa-da,
nigohlarda,   imo-ishoralarda   unga   nisbatan   bir   necha   bor   aytilgan.   Bu   ruhiy
zarbalar, uni ichki dunyosini izdan chiqargan. Ammo u musulmon kishi, muslima
Ollohga, uning yoziqlariga qarshi borolmaydi. Dardida, ko‘z yoshlari pana-panada
to‘kiladi.   O‘zining   dard-u   dunyosi   bilan   o‘zgalarning   shodligiga   og‘u   solishni
istamaydi.   U     Po`latni   asrashga   ahd   qilgan.   Po‘lat   esa   bugun   shuncha   iltifotlarga,
mehr-muhabbatga   xudoning   sinovlariga   ters   ishlarni   qilib   turibdi.   Erkak   ojizlik
qilmoqda.   Urushda   kechirgan   daxshatli   voqealar,   inson   boshiga   tushishi   mumkin
bo‘lgan   balo-yu   battarlarni   yengib   kelgan,   so‘ngra   Stalin   qatog‘oni   uning   qalbini
shikastlolmagan   edi.   Birgina   Erboyni   gapi     butunlay   uni   ruhiy   muvozanatdan
chiqarib yubordi. U endi nima qilsin. Inson ham shunchalik ojiz  bo‘ladimi, Asarda
muallif   donishmandligi   asar   qahramonlariga   ham   ko‘chgan.   Ularning   ijtimoiy
muhit bilan bog‘liq jarayonlarini juda izchillikda, hayot qonunlariga mos ravishda
tasvirlagan.   Po‘lat   va   Yog‘duning   ruhiyatini   yozuvchi   zavq   va   shavq   bilan   ochib
berishga   harakat   qilgan.   Bunga   tom   ma’nodagi   yozuvchilik   mahorati   bilan
erishgan. 
                 Po‘lat ruhiyatida kechayotgan boshi  so‘ngisi  yo‘q g‘alayonlar muammolar
nutqida  juda  keng  ochib  berilgan.  U  kundan  kunga  qovjirab  borayotgan   pomidor,
kartoshka,   piyoz,   makkajo‘xori,   anvoyi   gullarga   termulib   qarar   ekan   hayolidan
shunday   fikrlar   o‘tadi:   “Po‘lat   hammasini   sovuqqon   kuzatardi.   Ammo   bu
sovuqqonlik   uning   tashqi   ko‘rinishida   edi,   xolos.   Aslida   uning   jismi   sayoz   joyda
botib   qolgan   ulkan   kemadek   harakatsiz   ko‘ringani   bilan   ichida   xolos   bo‘lish
ishqida   o‘zini   har   tomonga   urayotgan   po‘rtanalar   sodir   bo`layotgandi.   Bu
13 po‘rtanalar   uni   javobi   yo‘q   savollar   qoyasiga   olib   borib   ayovsiz   urar   olingan
jarohatlardan Po‘latning yuragida, ha-ha, yuragida g‘urralar paydo bo`lardi.” 3
                  Po‘lat   har   xil   rangdagi   jo‘jalarini   ergashtirib   yurgan   kurk   tovuqqa,   ona
tovuqqa   tikilgan   kuyi   yana   xayol   daryosiga   sho ng‘idi.   Uning   xayollari   hamʻ
donishmandona   tusda   edi.   Chunonchi   u   urush   ko‘rgan,   qamoq   azobini   boshidan
kechirgan,   Xudoning   yorug   dunyosini   nima   qiyinchiliklari   bo‘lsa   boshidan	
ʻ
o‘tkazgan   Uni   iztiroblar   donishmand   qilib   qo‘ygan,   uni   hayot   tashvishlari,
ko‘rgiliklari tafakkurini charxlagan. U ta’limni bir savodsiz, subyektiv qarashlarga
ega bo‘lgan bir muallimdan yoki mulla-domladan olmadi. U hayot sabog`ini keng
dunyodan   qiyinchiliklar   girdobiga   tushgan   bandalardan   o‘rgandi.   Ta’limni   unga
ijtimoiy   hayot   berdi.   Faqat   ota-onasidan   olgan   bilimlarini   hayotiy   tajribalarini
sinovdan   o‘tkazdi.   Shuning   uchun   u   faylasuf,   shuning   uchun   u   tushkinlikka
tushganda tiniq fikrlaydi.
           “Po‘lat ularga qarab uyga toldi. Hayotning ma’nosi oila qurib bola kurishda
bolani yuvib oq tarab elga qo‘shishda, degan yakuniy o‘yinni shu choqqacha yetib
kelgan   eng   oily   xulosasini   yana   bir   karra   eslab   ketdi.   Eslab   yuragi   ezildi.   Bir
tovuqning   ham   o‘nlab-yuzlab   jo‘jasi   bo‘lgani   holda   men   tirnoqqa   zorman,   deb
o‘yladi. “Hayot nima o‘zi” Bir kelish-u bir ketishda! Shu kelib ketishda ortingdan
qoladigan   faqat   bola!   Bola   –   o‘limning   yuzaga   inson   tushirgan   tarsaki.   Ortidan
farzand qoldiribgina “Dunyoda men ham borman!” deya oladi erkak kishi. Yo‘qsa,
umr   deganlari   hovuchiga   olgan,   suvdek   gap-oqadi,   ketadi,   farzand,   faqatf   arzand!
Qolgani bekor, qolgani-birpul, lekin qanisan? Qaylarga qolding! Nega kelmaysan?
Ko‘zlarim yo‘llaringda to‘rt bo‘ldi-ku, Nega hayallading, ey bolam, Kel endi, kel!
Kelib meni o‘ttizdan o`tib, qirqqa yetmay qaddi dol bo‘lgan otang qaddini tik qil!
Boshi   egilib   qolgan   onaning   boshini   ko‘tar!...”   –   Po‘latning   ikki   yanog‘idan   oqib
tushayotgan   ko‘z   yoshlari   duv-duv   etib   quchog‘iga   toma   boshladi.   –   “Bilasanmi,
bolajonim,   onang   bilan   turmush   qurganimizda   juda   baxtli   edik!   Shunday   baxtga
3
 Hamdam U. Ota. T. Yangi asr avlodi. 2020. 23-b. 
14 to‘lib   oylar   o‘tdi.   Keyin   urush   asirlik   qamoq   keyin   yana   birga   bo‘ldik.   Shunda
bizga hech narsa kerak emas edi. Hatto seni ham eslamas, yo‘qlamas… hozirgidek
chorlamas   edik.   Baxtli   bo‘lishimiz   uchun   onang   ikkimiz   bo‘lishimiz   kifoya   edi.
Qolgan butun dunyo yonib ketsa ham ishimiz yo‘q edi. Eshityapsanmi ishimiz yo‘q
edi.”
                 Yozuvchi mahorati o‘zga yozuvchilar uslubidan ajralib turadi. U. Hamdam
qahramoni   tug`ilmagan   farzandi   bilan   g‘oyibona   suhbatga   kirishadi.   Dard-u
dunyosini   bolasiga  aytib beradi.  O‘zicha  falsafa  to‘qiydi.  Barcha  xatti-harakatlari,
boshidan   o‘tkazgan   qiyinchiliklari,   inson   umri   fasllarida     nimalarni   o‘ylashi
pag‘onama-pag‘ona   so‘zlab   beriladi.   Albatta   bularning   barchasi   xayollarida
kechadi. Uni ruhiy jarayondagi savol-javoblar, mulohazalar, ong osti oqimida sodir
bo‘lgan kechinmalar qay bir ma’noda muallif aytishi mumkin bo‘lgan fikrlarni ham
aytib umumxulosaga olib keladi. 
                        1.2. Muallif ruhiyatining asarda aks etishi
Insonning   mohiyatini   faoliyatdagina   emas,   balki   tin   olib   turgan   yoki
o‘ylayotganda ham namoyon bo‘lishi mumkinligi badiiy tasvir tajribasiga kirib kela
boshladi.   Shuning   uchun   ham   Ulug‘bek   Hamdamning   "Isyon   va   Itoat"
romanidagi   :"...Qachonki   uning   bag‘rida   gurillab   yongan   isyon   gulxani
o‘chgach,g‘ofillik   ham   uni   qiynamay   qo‘ydi.   Qaytaga,   isyon   o‘rnida   tug‘ilgan
o‘sha   kayfiyat   –   o‘sha   itoat...ruhida   qandaydir   ma’rifat   bor   edi.   Endi   uning
ko zlarida,   bag rida,   butun   borlig‘ida   itoat   nuri   hokim,   itoatki,   mislsiz   isyondanʻ ʻ
so‘nggina   tug‘iladigan,   itoatki,   isyondan   ming   karra,   milliyon   karra   yuksakroqqa
eltadigan!..."tarzidagi   falsafiy   mushohadalar   o‘quvchiga   o‘rinsiz   donolik   bo‘lib
ko‘rinmaydi,   balki   o‘z   mohiyatini   anglamoqchi,   o‘zini   topmoqchi   bo‘lgan
insonning ruhiy to‘lg‘anishlari tarzida qabul qilinadi. Bu adiblarning asarlarida  bir
ijtimoiy   qatlamga   mansub   odamning   o‘zga   qatlamdagi   kimsaga   qarshi   kurashi
emas,   balki   o‘zini   anglash   yo‘lida   borayotgan   odamning   o‘zi   bilan   omonsiz   va
15 azobli   olishuvi   tasvirlanadi.   Demak,   badiiy   asar   muallifi   o‘z   yaratig‘ida   asar
dunyoga   kelgan   davrdagi   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy   hamda   ma’rifiy
mavzularni   ko‘tarib   chiqishi   va   o‘z   asarida   ushbu   mavzularni   tanqidga   olishi   yo
yuksaklarga ko‘tarib parvoz qildirishi mumkin. Muallif yaratadigan har bir asar xoh
nazmda   bo‘lsin,   xoh   nasrda   ma‘lum   shakl   va   mazmun   birligi   asosida   dunyoga
keladi.   Haqiqiy   badiiy   asarda   mazmun   va   shakl   bir-biriga   kirishib,   birikib   ketadi,
ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Mazmunni ifodalovchi shakl, - deb ta’kidlaydi
V.G.Belinskiy,   -   bir-biri   bilan   shunday   bog‘liqki,   shaklni   mazmundan   ajratish-
mazmunni yo‘q qilish, mazmunni shakldan ajratish-shaklni barbod qilish demakdir.
Asarning qiymati, eng avval, uning mazmun jihati  bilan o‘lchangani  holda, uning
badiiy   asar   ekanligi   mazmunidan   emas,   balki   shakl   va   uslubidan   ma‘lum   bo‘ladi.
Badiiy   asar   o‘z   tuzilishiga   ko‘ra   go‘yo   jonli   bir   organizmdirki,   uning   hech   bir
a’zosiga tegib bo‘lmaydi. Adabiy asarda hamma narsa o‘z o‘rnida va o‘z me’yorida
bo‘lishi shart. Muallif  ham o‘z ruhiyatini, psixologiyasini badiiy asar shakli orqali
emas, mazmuni bilan yoritib beradi. Jumladan, ma’rifatchilik adabiyotining noyob
durdonalarida,   Muallif   asarda   personajlarning   har   bir   holat,   harakat   yoki   yuz
ifodasini   butun   tafsiloti,   eng   mayda   ikir-chikirigacha   tasvirlaydi.   Ma’lumki,   bitta
narsa haqida bir vaqtning o‘zida bir necha xil xayolga borish deyarli barchaga xos
xususiyat.   Lekin   bu   holatni   adabiyotga   olib   kirib,   undan   badiiy   ma’no   chiqara
bilish   hammaning   ham   qo‘lidan   kelavermaydi.   Bunday   usul   kitobxonga
qahramonni o‘z tabiiy holatida ko‘rish imkonini beradi. Muallif ham o‘z ruhiyatini,
psixologiyasini   badiiy   asar   shakli   orqali   emas,   mazmuni   bilan   yoritib   beradi.
Jumladan,   ma’rifatchilik   adabiyotining   noyob   durdonalarida,   jadid   adiblarining,
darg‘alarining   asarlarida   muallif   ruhiyati   aynan   aks   etgan   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida   Chor   Rossiyasining
Turkistonga   bostirib   kelishi   hamda   bosqinchilik   siyosati   butun   xalqning   og‘ir
bo‘lgan   hayotini   yanada   qiyin   ahvolga   soldi.   Adolatsizlik,   huquqiy   tengsizlik
tufayli   tobora   kambag‘allashib   borayotgan   xalq   ommasida   johillik,   mu’telik,
16 g‘urursizlik, loqaydlik singari illatlar paydo bo‘lmoqda ediki, bu hol o‘z millatining
o‘tmishidan   xabardor   va   kelajagidan   umidvor   jadid   adiblarini   qurol   bilan   emas,
balki   qalami   bilan   jang   qilmoqqa   undar   edi.   Asta-sekin   jadid   adabiyotida   insoniy
taqdirlar,   turli   qismat   fojialari,   shaxs   va   millat   erki,   xalqni   g‘aflat   uyqusidan
uyg‘otish singari mavzular qalamga olindi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi
inson taqdiri bilan birgalikda ifoda etiladi. Badiiy asar yaratmoqchi bo‘lgan ijodkor
davrga   bog‘lanib   o‘z   asarini   yaratadi.   Haqiqiy   san’atkor   qaysi   ijtimoiy   guruhga
mansubligidan, qanday ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishidan qat’i nazar, muallif
yaratgan   badiiy   asarda   umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorlik   qiladi.   Shu   bois   ham
chinakam badiiy asarda muallif   har vaqt ezgulik, go'zallik, adolat, insoniylik kabi
mangu   qadriyatlar   tomonida   turadi   va   o‘z   ruhiyatini   ham   singdirib   boradi.
Umuminsoniy   qadriyatlarga   zid   g‘oyalarni   o'ziga   singdirgan   asarning   chinakam
badiiy qimmatga ega bo'lishi mumkin emas. Zero, bunday asar o'quvchini o‘zidan
uzoqlashtiradi (ilon tanasi qancha go‘zal ranglar jilosiga ega bo'lmasin, o'ziga jalb
qilish   o'rniga   o'zidan   itaradi).   Badiiy   asar   yaratmoqchi   bo‘lgan   ijodkor   davrga
bog‘lanib   o‘z   asarini   yaratadi.   Birgina   Tog‘ay   Murodning   "Otamdan   qolgan
dalalar"   romanini   olaylik.   Ushbu   romanda   muallif   mustabid   tuzum   mohiyatini,
ya’ni   o‘sha   davrning   haqiqiy   qiyofasini,   unga   olib   keluvchi   yo‘llarni,   uning
ayanchli   asoratlarini   bir   xalq   timsoli   tarzida   Jamoliddin   ketmon,   Aqrab   va   o‘g‘li
Dehqonqul obrazlari orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritgan.
"Men   qaytib   kelaman.Yetti   iqlimdan   bo‘lsa-da,   qaytib   kelaman.   Ana   shunda
paxtamni   cho‘tkali-cho‘tkali   mashina   bilan   yig‘ib-terib   olaman..   Men   dalalarimni
deya,   qaytib   kelaman.   Meni   dalalarim   qaytarib   keladi", 4
  -   deya   asar   tugallanadi.
Ushbu   misralar   orqali   Dehqonqul   tilidan   sovet   dehqonining   hayotning   barcha
lazzatlarini   unutib,   faqat   va   faqat   dalam   deya,   yerim   deya   butun   umrini
o‘tkazganligi   yaqqol   aks   etgan.   Hozirgi   vaqtda   sermahsul   ijod   etayotgan
4
 T. Murod.Otamdan qolgan dalalar.Sharq.T.:1994.164-bet
17 yozuvchilarimizdan   biri   Ulug‘bek   Hamdamdir.   Uning   "Muvozanat"   romanida
yaqin o‘tmishimiz odatlanilgan turmush tarzidagi o‘zgarishlar ruhiyatimizda keskin
evrilishlarni   keltirib   chiqargan   davrdagi   muvozanatsizlik   holati   qalamga   olingan.
"Ota"   romanida   esa     oilaviy   munosabatlar,   ikkinchi   jahon   urushining   oqibatlari
birgina   obraz   -   Ota   ruhiyati   orqali   ochib   berilgan.   Romanda   Ota   ruhiyati
monologlar yordamida yanada ta‘sirli tasvirlangan.O‘zbek yigitlari borki, bir so‘zli,
or-nomusli,   andishali   va   g‘ururli   bo‘lishadi.   Po‘lat   ota   ham   shunday   fazilatlarga
ega, farzandi  uchun har  ishga tayyor  otalardan biri edi. Ammo or-nomusli  o‘zbek
yigiti   qizining   ota   ruxsatisiz   turmush   qurganligi   va   farzandini   dunyoga
keltirganligiga chidab turolmaydi.O‘z farzandining qotiliga aylanadi, qilgan ishidan
afsuslanmaydi   ham.   "Hayotda   shunday   savollar   bo‘ladiki,   inson   degani   ming
donish bo‘lsa-da, aqli qilni qirq yorsa-da, javob ulgurni topolmaydi. Unday savollar
javobini   hayotning   o‘zi   topib   beradi."Po‘lat   otaga   ham   hayotning   o‘zi   savoliga
javob   topib   beradi.   Asar   so‘ngida   qilgan   barcha   ishlaridan   afsuslanadi,   Yaratgan
Allohga   tavba   qiladi.   Yuqorida   ko‘rib   chiqilgan   barcha   badiiy   asar   yaratiqlarida
muallif   ruhiyati,uning   psixologiyasi   asar   qahramonlariga   singdiriladi,   monologlar
orqali   yanada   ta’sirli   qilib   tasvirlanadi.   Badiiy   obraz   borliqning   (undagi   narsa,
hodisa va b.) san’atkor ko‘zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlanib,
hissiy   idrok   etish   mumkin   bo‘lgan   shaklda   ifodalangan   aksidir,   Albatta,   bu   aksda
borliqning   ko'plab   tanish   izlarini   topamiz,   biroq   bu   endi   biz   bilgan   borliqning
aynan o‘zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik - badiiy borliqdir. Tushunishimiz
osonroq   bolishi   uchun   rangtasvir   san’atiga,   musavvir   ijodiga   murojaat   qilaylik.
Musavvir   yaratgan   peyzaj   -   tabiat   manzarasi   tasviri   bilan   «natura»   -   asarga   asos
bo lgan   real   manzara   orasida   juda   katta   tashqi   o‘xshashlikni   topishimiz,   hattoʻ
«xuddi   o‘zi-ya»   deya   hayratlanishimiz   mumkin.   Ehtimol,   kimlar   uchundir
tomoshabinning   bu   nav   hayrati   musavvir   ijodiga   berilgan   yuksak   baho   bolib
ko‘rinar   ham.   Biroq   haqiqatda   bu   san’atni   tushunmasligimizdan   dalolatdir.   Zero,
biz   real   manzara   bilan   tasvir   orasidagi   o'xshashlikni   ko'roldik,   xolos.   Tasvirda
18 musavvir   ayricha   bo'rttirgan   ranglarni,   ularning   qalb   kechinmalariga   «hamohang»
jilosini,   bizning   nazarimizda   ahamiyatsiz   ko'ringani   uchun   e’tibor   bermaganimiz,
biroq   muallif   nazarida   muhim   bo lgani   uchun   bo'rttiribroq   berilgan   chizig‘ini,ʻ
naturada   bo‘lsa-da   asarda   aksini   topmagan   yoki   bo‘lmasa-da   asarda   aks   ettirilgan
jajji   detalni...   ilg'ay   olmadik,   demak,   san’at   hodisasiga   oshno   bo‘lolmadik,   undan
bebahra   qoldik.   Boshqacha   aytsak,   biz   obrazdagi   obyektiv   ibtidoni   ko'rganimiz
holda   undagi   subyektiv   ibtidoni   -   asarga   singdirib   yuborilgan   muallifni,   muallif
qalbini,   uning   ruhiyatini   ko‘ra   olmadik.   Modomiki   badiiy   obrazda   faqat   obyektiv
ibtidonigina ko'rar ekanmiz, demak, asarni ko'rmagan - badiiyat hodisasidan chetda
qolgan   bo'lib   chiqamiz.   Zero,   badiiyat   ijod   va   retsepsiya   (o'qish,   tomosha   qilish,
tinglash)   jarayonlaridagina   mavjuddir.   Ayon   boladiki,   haqiqatda   badiiy   obrazning
materiali   real   voqelikgina   emas,   ijodkor   shaxsiyati   hamdir.   Ya’ni   badiiy   obrazda
obyektiv  va   sub-yektiv   ibtidolar   uyg'un   mujassam   topadi.  Shu   vajdan  ham   bir   xil
mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, bitta narsaning suratini chizgan ikki rassom
tomonidan   yaratilgan   obrazlar   bir   xil   bo‘lmaydi,   bo‘lolmaydi.   Darhaqiqat,   ikki
yozuvchiga   "vatan–kindik   qonim   to‘kilgan   zamin"   mavzusida   asar   yozishni
berishsa, mualliflar o‘z dunyoqarashi, ruhiyati, psixologiyasidan kelib chiqib asarni
yaratishga   kirishishadi.   Mavzu   bir   xil,   biroq   mazmun   turlicha   bo‘ladi.   Shuni
ta‘kidlashimiz   kerakki,   badiiy   asarda   voqelik   quruqqina   «aks   ettiril»   maydi,   unga
muallifning   g‘oyaviy-hissiy   bahosi   ham   qo‘shiladi   (hatto   muallif   o‘ta   «obyektiv»
bo'lishga   intilganida   ham,   uning   nuqtayi   nazaridan   ko'rilgan   va   taqdim   etilgan
badiiy   voqelikda   ijodkor   subyektiv   akslanaveradi).   Demakki,   hayot   materialini
tanlashdan   boshlab   uning   qanday   umumlashtirilishi,   badiiy   voqelikda   obrazlarni
iyerarxik   tartibda   joylashtírish,   ularning   qiyofasini   chizish,   fe’l-xo‘yini   ta’riflash,
xatti-harakatlari  va  ruhiyatini   tasvirlash  -  barida  muallif  ruhiyati, u  ifodalamoqchi
bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni shu narsa asarning o'quvchi tomonidan
qabul   qilinishini   boshqaradi,   o'quvchini   asarni   muallif     istagandek   tushunishga
yo‘naltiradi. 
19 Adabiyotshunos   olim   Sh.Hasanov   ta‘biri   bilan   aytganda,   “ijodkor   shaxsiyati
alohida   olingan   vakuumda   emas,   jamiyatda   kamol   topadi.   U   jamiyatdagi   mavjud
aqidalarni   o zgartiradi,   qarashlarni   yangilaydi.   Uning   asari   muayyan   bir   davrdaʻ
yaratilsa-da,   o‘sha   davr   doirasida   qolib   ketmaydi.   Zamonlar,   tuzumlar   o‘zgarishi
barobarida badiiy so‘z o‘zining yangi qirralarini namoyon etaveradi. Binobarin, har
bir badiiy asar muallif qarashlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Vaqt o‘tgani sari bu
qarashlar   mohiyati   ochilib   boraveradi.     Mualliflarning   shaxs   va   adib   sifatidagi
mentalitetini   o‘zgartirmay   turib,   adabiyotimiz   mentalitetini,   tiynatini   o‘zgartirib
bo‘lmaydi,   –   deb   yozadi,   Xurshid   Do‘stmuhammad.   Qodiriy   nasridagi   badiiy
yetuklik,   Cho‘lpon   she’riyatidagi   nozik   tuyg‘ular   sarchashmasi   vujudga   kelishini
yozuvchi   muallif   meni   bilan   bog‘laydi.   Insonlar   xarakteri   bir   xil   bo‘lmaganidek,
Muallif     shaxsiyatining,   ruhiyatining   asarda   aks   etishi   barcha   yozuvchilarda
turlicha   namoyon   bo‘ladi.   Bu   holat   uning   ijodiy   jarayonda   badiiy   asarga
munosabatida o‘zini namoyon qiladi. Hayot haqiqati muallif qalbiga ko‘chib, uning
his-tuyg‘ulari   bilan   qorishiq   holda   yuzaga   chiqadi.   Muallifning   hayot   haqidagi
qarashlari   unga  munosabati   bilan   uyg‘unlashib,   badiiy-estetik   mohiyat   kasb  etadi.
Badiiy   asar   muallifi   o‘zi   tasvirlayotgan   olamda   yashaydi   va   uni   ijodiy
imkoniyatidan kelib chiqqan holda talqin qiladi. 
Badiiy   asarda   muallif   nutqi   personajlar   nutqini   tartibga   solib   turadi.   Uni
ba’zan   roviy   ham   deyishadi:   “Roviy   –   yozuvchi   qarashlarining   ifodachisi.   Ayni
vaqtda,   roviydagi   topqirlik,   obraz   sifatidagi   betakrorlik   yozuvchiga   kuch-quvvat,
ilhom   beradi.   Yozuvchi   esa,   hisob-kitobni,   kompozitsiyadagi   izchillikni
strukturadagi   tartibli   tarkibni   boshqarib   boradi.   Xullas,   roviy   –   badiiy   asardagi
zaruriy   vosita,   badiiy   estetik   kuch.   Haqiqiy   san’atkor   voqea-hodisalarni   roviy
tushunchalari, didi, ta’sirchanligiga moslab tanlaydi, ifodalaydi…
Qisqasi,   yozuvchi   uslub   –   roviy   tushunchalari   aro   uzviy,   botiniy   bog‘liqlik
mavjud”. 5
5
 Rasulov A. Badiiylik – bezavol  yangilik. T. Sharq. 2007. 305-b.
20 Ko‘rinadiki, roviy tushunchasi  muallif uslubi bilan bog‘liq holdagi hikoyachi
ekanligi   ravshanlashmoqda.   Ulug‘bek   Hamdamni   o‘zbek   adabiyotida   shoir,
yozuvchi,   adabiyotshunos   olim,   universitet   o‘qituvchisi,   adabiy   tanqidchi   ekanini
yaxshi bilamiz. Undan tashqari uning modern she’riyatida, modern hikoyachilikda
ham   o‘ziga   xos   o‘rni   bor.   Tarjimon   sifatida   esa   Jaloliddin   Rumiy   asarlarini
o‘zbekchalashtirgan,   Rumiy   falsafasidagi   olam   va   odam   haqidagi   fikrlarni   to‘g‘ri
va aniq ifodalay olgan sirqirra yozuvchidir, madaniyat va ma’rifat, tarix, adabiyot
borasidagi   fikrlari   esa   Respublikamizning   barcha   ommaviy   axbarot     vositalarida
tez-tez namoyish etib turiladi. 
Biz fikrni uzoqdan boshlashimiz sababi, Ulug‘bek Hamdam asarlaridagi roviy,
muallif,   sharqona   bilimlar   homiysi,   millat   va   uning   urf-odatlari   targ‘ibotchisi,
turkiy xalqlar birlashuvi tarafdori, xullas o‘zligini anglashga qaratilgan har qanday
ma’naviy   meros   targ‘ibotchisi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Biz   bunday   o‘rinlarni
asarning har bir qismida, bo‘limida ko‘rishimiz mumkin.
Masalan,   asarda     roman   qahramonlariga   qo‘yilgan   ismlarda   buning   yaqqol
namunasini   ko‘rish   mumkin.   Bosh   qahramonning   ismi   Po‘lat,   demak   u   toshdan
ham   qattiq,   mustahkam.   Urushda,   asirlikda,   qamoqda   ham   u   po‘lat   kabi   toblansa
toblanadiki, darz ketmaydi. Yog‘du sof turkcha, o‘zbekcha ism. Nurning yog‘ilishi,
Po‘latlar xonadoniga Olloh nurining yog‘ilish timsoli. Bu holatlarni asar mutolaasi
davomida   anglab   borish   mumkin.   U   har   o‘rinda,   har   nuqtada   Yog‘du   ismiga
munosib   ekanini   namoyon   qilib   boraveradi.     O‘tkir   bu   ham   sof   o‘zbekcha   ism.
Erboyga   qolganda   yozuvchiga   qoyil   qolmasdan   iloj   yo‘q.   Uning   o‘ziga   xos-mos
ism   topa   bilgan.   “O‘zni   er   bilsang,     boshqani   sher   bilgin”   maqoliga,   xalqi   urf-
odatiga, Xudovandi Karimning   tartibotlariga rioya qilmaganligi bois ham kundan
kunga   ishi   orqaga   ketaveradi.   Nimaiki   qilmasin   teskarisi   bo‘ladi.   Shu   so‘zda
qandaydir  achchiq kinoya ham  yashiringan. Farzandlari  nogiron, turmush o‘rtog‘I
saraton   kasali   bilan   kasallangan,   keyinchalik   vafot   etadi.   Ikkinchi   xotini   esa
ko‘ngildagiday   emas.   Xullas   unga   yorug‘   jahon   kulib   boqmagan.   Shuning   uchun
21 ham   o‘zbekcha   aytganda,   u   “Errayim”,   lekin   bundan   kimga   foyda   kimga   ziyon.
Uning   baxilligi   o‘z   boshiga   yetadi.     Shuning   uchun   ham     uning   ismi   Erali   emas,
Ergash   emas.   Erboy.     Bu   so‘z   o‘zbek   tilida   ijobiy   so‘z   emas.   Uni   fazilatli,   aqli-
hushi   bor   asar   qahramonlariga   ism   sifatida   tanlashmaydi.   Qandaydir   unda
noto‘kislik   bor,   kinoya   bor.   Po‘lat   va   Yog‘duning   sevikli   qizining   ismi   Sevinch.
Keyingi   paytlarda   bu   ism   o‘zbek   ismlari   ichida   o‘zbek   ismlarining   yo‘qolib
borayotgan   mavqeini   tiklab   bormoqda.     Xalqimizda   forscha,   arabcha   ismlar
darajasidan   ortda   qolayotgani   yo‘q.   Muallif   nazarida   bu   ism   ularning   sevinchi
bo‘lgani   uchun   qo‘yilgan.   Roviy   nazarida   bu   ism   o‘zbekcha   ism   bo‘lgani   uchun
qo‘yilgan. 
Demak,   mana   shu   o‘rinda   roviy   bilan   muallif   –   hikoyachi   nutqi   o‘rtasidagi
farqlar seziladi. 
– Chatoq bo‘ldi-ku, - dedi Po‘lat ancha vaqtdan keyin ular xavfsiz deb topgan
joylarda – qalin o‘rmonda nafas rostlarkan.
–  Nimasini aytasan! Ammo bitta narsaga xursandman… - dedi Nikita.
–   Bolani   o‘lmay   qolganiga   men   ham   sevinib   turibman,   –   mayin   jilmaydi
Po‘lat safdoshining fikrini uqib.
–  Loaqal bitta ezgu ish qildik.
–  Urushda odam o‘ldirmaslikni epladik.
–  Ha…
–  Katta urushda kichkina tinchlik o‘rnatdik.
Mazkur   urush   tasvirida     personajlar   ruhiyatidagi   fikr-mulohazalar,   muallif
kechinmalari hosilasidir.  Sobiq sho‘rolar idiologiyasi bo‘yicha XX asrning birinchi
yarmidagi   odamlar   dunyoqarashi   bugunga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Bu   faqat   badiiy
asarning XXI asrning birinchi choragida yozilganligi bilan baholanadi.  Roviy ham
bugungi   davr   kishilari   ruhiyati   bilan   fikrlaydi.   Bu   holat   E.   Xemenguey,   Erik
Mariya Remark asarlaridagi urush tasvirlaridan keying adabiy jarayondagi holatdir.
Bu asarlarda bosh g‘oya urushda g‘olib ham, mag‘lub ham bo‘lmasligidir. Shuning
22 uchun “Ota” romanida ham muallif ruhiyatida uning urush tushunchasidagi fikrlari
personajlar tilida namayon bo‘ladi.
Taniqli   adabiyotshunos   olim   Ozod   Sharafiddinov   o‘zining   O‘tkir
Hoshimovning   “Dunyoning   ishlari”   qissasiga   bag‘ishlangan   “Dunyoda   oftob
borki…”   maqolasida:   “Dunyoning   ishlari   avtobiografik   material   asosida   qurilgan
bo‘lsa-da,   unda   30-35   yil   avval   kechgan   voqealar   haqida   hikoya   qilinsa-da,   qissa
tom ma’noda zamonaviy ruh bilan sug‘orilgan, ijtimoiy-psixologik janrga mansub
asardir. Muallif o‘sha paytlarda o‘zbeklar hayotida keng tarqalgan, hozir ham tez-
tez   uchrab   turadigan   juda   oddiy,   maishiy   voqealarni   tasvirlar   ekan,   shu   tasvir
jarayonida   Ona   obrazini   chizar   ekan,   xalq   hayotining   negizini   tashkil   qiluvchi
ma’naviy-axloqiy   e’tiqodlarni   badiiy   tahlil   qilushni,   ularni   bugungi   kun   nuqtai
nazaridan   baholashni   bosh   maqsad   qilib   olgan.   Bu   esa   qissaga   falsafiy   yo‘nalish
baxsh etgan” 6
, deb yozadi. Munaqqid to‘g‘ri ta’kidlaganidek, asar bir necha oldingi
voqealarni aks ettirsa ham, zamonaviy ruh bilan sug‘orilgan. “Ota” romanida ham
shunday ruh hukmronlik qiladi.  Unda ham voqealar qirqinchi yillardan boshlanadi.
U paytlarda fikrlar boshqacha, mafkura boshqacha. Har bir obraz, voqea va hodisa
sho‘rolar  mafkurasidan – sotsialistik realizm qoliplaridan tashqariga chiqish qat’iy
ta’qiqlangan bir paytda bunday ruhdagi asarlarni yozish mumkin emasdi. Shuning
uchun   romanga   yozuvchi   bugungi   e’tiqodlar   nuqtai   nazaridan   yondoshgan.
Voqealar   tarixiy   –   tasvirlar   zamonaviy   ko‘rinish   olgan.   Shu   bois   ham   roman
bugungi   kun   talablariga   to‘liq   javob   beradi.   Yozuvchi   pozitsiyasi   zamonaviylik
ruhi bilan sug‘orilgan.
Xullas   qilib,   muallif   asar   qahramonlarining   ham,   sujet   va   kompozitsiyaning
ham,   butun   bir   pafosni   ham   o‘z   dunyoqarashi   chegarasida   baholaydi.   Shunday
tasvir   ifodalarni   singdirishga   harakat   qiladi.   Bejizga   “uslub   –   bu   yozuvchi”   deb
aytilmagan.   Ulug‘bek   Hamdam   bu   yerda   Po‘lat,     sujetni   rivojlantiruvchi   kuch
6
 Sharafiddinov O. Haqiqatga sadoqat. T. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989.334-b.
23 sifatida   salbiy   qahramon   Erboy.   Qolaversa   asar   so‘nggida   ko‘ringan   imom   ham
Ulug‘bek Hamdam fikrlari qiyofasidagi odam. 
Xullas, asarni hikoyachi, roviy boshqarganligi sezilib turibdi. Romanda to‘liq
muallif ruhiyati xohlagan barcha ikir-chikirlar batafsil tasvirlab berilgan.
             II BOB. KONFLIKTLARDA QAHRAMON RUHIYATI
         2.1. Ichki va tashqi ziddiyatlarning xarakter yaratishdagi o‘rni.
24 Konflikt   (lot.to‘qnashuv)   dеganda   badiiy   asar   pеrsonajlarining   o‘zaro
kurashlari,   qahramonning   o‘z   muhiti   bilan   ziddiyatlari,   shuningdеk,   uning
ruhiyatida kеchuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Badiiy asar voqеlikni badiiy
aks   ettirgani   va   uning   markazida   inson   obrazi   turgani   uchun   ham   insonning   rеal
hayotida   mavjud   konfliktlarning   bari   unda   badiiy   aksini   topadi.   Shu   nuqtayi
nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi:
       1. Xaraktеrlararo konflikt.
       2. Qahramon va muhit konflikti.
       3. Ichki (psixologik) konflikt. Aytish kеrakki, konfliktning mazkur turlari
badiiy   asarda   aralash   holda   zuhur   etadi   va   o‘zaro   uzviy   aloqada   bo‘ladi:   biri
ikkinchisiga   o‘tadi,   biri   ikkinchisini   kеltirib   chiqaradi,   biri   ikkinchisi   orqali
ifodalanadi.   Ya’ni   qahramonning   muhit   bilan   konflikti   uning   boshqa   pеrsonajlar
bilan to‘qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli jarayonlar tasviri orqali ochib bеriladi.
Masalan,   Cho‘lponning   "Kеcha"   romanidagi   Miryoqub   –   o‘z   muhiti   bilan
ziddiyatga kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning Akbarali
bilan   o‘zaro   ziddiyatli   munosabatlari   fonida   yеtishadi,   ayni   shu   munosabatlar
qahramon   ruhiyatidagi   murakkab   jarayonga   –   o‘y-fikrlar   kurashiga   turtki   bеradi.
Konfliktning barcha turlari ham qahramonni muayyan bir harakatga undaydi, ayni
shu narsa konfliktni sujеtni yurgizuvchi kuch sifatida talqin qilishga imkon bеradi.  
      Buni   yana   Miryoqub   misolida   ko‘rishimiz   mumkin:   Akbarali   bilan   ochiq
to‘qnashuv   darajasiga   yеtmagan   ziddiyati   Miryoqubni   harakatga   –   o‘zini
valinе’mati bilan qiyoslash asosida o‘zining kimligini, hayotdagi o‘rnini anglashga
undadiki,   uning   ruhiyatida   murakkab   o‘ylov   jarayoni   ("ichki   harakat")   boshlandi.
Bu   o‘ylovlar   natijasida   u   o‘zini   ijtimoiy   shaxs   sifatida   tanishga,   o‘zining   ijtimoiy
maqomini anglashga kеldiki, bu endi uni faol ijtimoiy harakatga ("tashqi harakat")
undashi   tabiiy   (uning   jadidlarga   xayrixoh   mavqеni   egallashi   romanning   ikkinchi
kitobida   Miryoqub   ijtimoiy   faoliyatda   tasvirlanishi   mumkin   edi,   dеgan   taxminni
paydo qiladi)  ko‘rinadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, konflikt qahramonning qay yo‘sin
25 harakat   qilishini   ham   bеlgilaydi   va   shu   asosda   sujеt   voqеalarining   qay   tarzda
rivojlanishiga   ham   ta’sir   qiladi.   Masalan,   Otabеk   ruhiyatidagi   ziddiyat   shuki,   u
zamonasining   ilg‘or   ziyolisi   sifatida   inson   shaxsini   hurmat   qiladi   va   ayni   choqda
o‘z   davri,   muhiti   ta’siridan   butkul   holi   ham   emas.   Natijada   Otabеk   muhit   bilan
konfliktda   (ota-onasi   uni   ikkinchi   bor   uylantirishga   jazm   qilganda   qarshi   turgani
mohiyatan   qahramon-muhit   konflikti,   faqat   bu   narsa   ota-ona   bilan   munosabat
orqali ifodalanadi) yon bеrdi: "Bir bеchorag‘a ko‘ra-bila turib jabr ham xiyonat..."
bo‘layotganini,   Zaynab   "qarshisida   bir   jonsiz   haykal"   bo‘lishini   bila   turib,
uylanishga   rozilik   bеrdi.   Ya’ni,   Otabеk   ruhiyatidagi   eskilik   va   yangilik   kurashida
avvalgisining   qo‘li   baland   kеldi:   u   o‘sha   damda   Zaynab   shaxsini,   uning   huquqini
himoya   qilolmadi.   Kеyinroq,   Zaynabning   o‘ziga   nisbatan   muhabbatini   bilgach,
Otabеk   aybini   chuqur   his   qildi,   shu   bois   ham   Kumushning   qat’iy   talablariga
qaramasdan uning javobini bеrishga jur’at qilolmadi, natijada o‘zi istamagani holda
fojiaga   yo‘l   ochib   bеrdi.   Ko‘rinadiki,   qahramon   ruhiyatidagi   ziddiyatlar   uning
muhit va shu muhitdagi kishilar bilan ziddiyati asosida yuzaga kеladi, ayni paytda
ularga faol ta’sir ham qiladi – sujеtning u yoki bu tarzda rivojlanishini bеlgilaydi.
Bu   esa   konflikt   sujеtni   harakatlantiruvchi   kuch   ekanligini   ko‘rsatuvchi   yorqin
dalildir. 7
 
Hayotiy   ziddiyatlar   asarga   ifoda   etilgan   g‘oyalar,   tasvirlangan   xarakterlar,
kayfiyatlar kurashi tarzida ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi. Konflikt – syujetni
harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko‘lamini belgilovchi
unsurdir. Uning turli xillari uchraydi:
1.   Psixologik   (ruhiy)   konflikt   qahramon   qalbidagi   hissiyotlar,   tushunchalar
(ojiz va kuchli jihatlar) kurashi.
2.   Ijtimoiy   konflikt   —   asar   qahramonlari   bilan   ular   yashayotgan   sharoit
o‘rtasidagi kurash.
7
 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T. O‘qituvchi. 2007. 116-117.
26 3.   Shaxsiy   –   intim   konflikt     bir-biriga   qarama-qarshi   xarakterlar,   guruhlar
o‘rtasidagi  kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham  uchraydi,
lekin psixologik konflikt yetakchi bo‘lgan asarlar («Sarob» – A.Qahhor; «Ulugbek
xazinasi»   –   O.Yoqubov)   doimo   adabiyotning   sifat   ko‘rsatkichi   bo‘lib,   yorqin   iz
qoldirganlar.   Jumladan,   «O‘tkan   kunlar»   romanida   Yusufbek   hoji,   Otabeklarning
maslakdoshlari bilan Musulmonqul, Azizbekka o‘xshash feodal tuzum hukmdorlari
orasidagi   to‘qnashuv   ijtimoiy   konfliktga   asos   solsa,   Otabek,   Hasanali,   Qutidor   va
Homid, Mutal, Sodiq, Jannat  kampir o‘rtalaridagi olishuv shaxsiy-intim konfliktni
keltirib   chiqaradi.   Otabek   ikkinchi   martaba   uylanish   Kumushga   nisbatan   xiyonat
ekanini  tushunadi, axloqsizlik  qilayotganini  tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga
bo‘ysunadi.   Ana   shu   jarayonda   qalbida   kechgan   kurash-psixologik   konfliktni
vujudga   keltiradi.   Uch   xil   konflikt   birlashib,   katta   qudrat   kasb   etadi   va   «O‘tkan
kunlar»   sujetining   shiddatli   va   ta’sirchan   harakat   qilishini,   asar   qahramonlarining
dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi. 8
Hayotning   o‘zida   ham   kuchli   to‘qnashuvlar,   keskin   ziddiyatli   voqealar
ko‘proq   kishilar   e’tiborini   tortadi.   Kishilar   o‘shanday   hodisalarni   kuzatish,   ular
xususida eshitish, bilishni yoqtirishadi. Badiiy asar sujetining o‘quvchilarni o‘ziga
qay   darajada   jalb   qilishi   ham   undagi   konflikt   va   uning   ifodalanish   tarziga
bog‘liqdir.   Konflikt   (lotincha   conflictus–to‘qnashuv)   personajlarning   asar   sujetida
o‘z   badiiy   ifodasini   topadigan   o‘zaro   to‘qnashuv   va   kurashlari,   qahramon   bilan
muhit orasida yoki uning ichki olami – ruhiyatida kechadigan ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklardir.   Badiiy   asar   sujeti   muayyan   zamon   va   makonda   kechgan
voqealardan   tarkib   topadi.   Voqealar   esa   odamlarning   xatti-harakati   (eshitishi,
ko‘rishi,   kuzatishi   va   boshqa),   o‘zaro   munosabati   tufayli   yuzaga   keladi.   Syujet
bilan   konflikt   orasida   ikki   tomonlama   aloqadorlik   mavjud.   Birinchidan,   sujet
konfliktlarni   umumlashtirib   namoyon   qiladi.   Ikkinchidan,   esa   konflikt   sujetni
harakatga keltiradi. Badiiy asar sujetidagi voqealar tizimi konfliktning boshlanishi,
8
 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi nashriyot. 2004. 123-124 b.
27 keskinlashishi   va   yechimidan   iboratdir.   Konfliktning   uch   turi   mavjud:
xarakterlararo   kurash,   qahramon   va   muhit   o‘rtasidagi   ziddiyat   va   ichki   (ruhiy)
ziddiyat.   Badiiy   asarlarda   konfliktning   ushbu   turlari   aralash   holda   namoyon
bo‘ladi.   Chunki   qahramonlarning   dunyoqarashi,   maqsadi,   ma’naviy-axloqiy
xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Bu esa ular o‘rtasida turli ziddiyatlarni keltirib
chiqaradi.   Konflikt   qahramonning   harakatini   belgilab,   voqealarning   rivojlanishi,
sujetning   kengayishini   ta’minlaydi.   Qahramon   ruhiyatidagi   ziddiyatlar   uning   o‘zi
yashayotgan muhitdagi  sharoit, tartibdan noroziligi, urf-udum, taomillardan aziyat
chekishi,   boshqalarning   qarshiligiga   duch   kelib,   mushkul   ahvolga   tushishidan
tug‘iladi.   Konflikt   shakl   unsur   bo‘lib,   u   asar   badiiy   konsepsiyasini   ifodalashda
muhim o‘rin tutadi. Epos va drama turidagi asarlar voqeaband sujetga asoslangani
bois ularda konflikt aniq bilinib turadi. Lirik turga mansub asarlarda esa sujet voqea
emas,   his-tuyg‘u,   o‘y-kechinmalar   rivoji   tarzida   namoyon   bo‘lgani   bois   konflikt
epos   va   drama   turidagi   asarlardagi   singari   ochiq   ko‘rinmaydi.   Drama   turidagi
asarlarda   ko‘proq   xarakterlararo   kurash   lirik   asarlarda   esa   xarakterlararo   kurash,
qahramon va muhit orasidagi ziddiyat, personajning ruhiyatida kechadigan qarama-
qarshi o‘y-mushohadalar bilan qorishiq holda aks etadi. Badiiy konfliktning ushbu
ko‘rinishlari,   ayniqsa,   F.Shekspir,   F.Dostoyevskiy,   L.Tolstoy   kabi   adiblarning
asarlarida yorqin ko‘rinadi. Konflikt odamlar orasidagi muomala-munosabatdagina
emas,   kishining   o‘z   ichida   ham   kechadi.   Chunki   inson   o‘z   atrofidagilardangina
emas,   ba’zan   o‘zi   o‘zidan   ham   norozi   bo‘ladi.   “Nima   uchun   shu   ishni   qildim?
Qilmasam   bo‘lardi-ku!”   deb   o‘zini   ayblaydi,   o‘zicha   kuyinadi.   Boshqalardan,
o‘zidan   norozi   bo‘lish   inson   tabiatida   qanoatlanmaslik   hissi   mavjudligidan   kelib
chiqadi. Hayotning o‘zida ziddiyatlar xilma-xil bo‘lgani singari badiiy asarda ham
konfliktning   turli   ko‘rinishlari   qo‘llaniladi.   Ular   shartli   tarzda   quyidagicha
guruhlarga   ajratiladi:   ichki   ruhiy   konflikt   (qahramon   qalbidagi   kurashlar,
hissiyotlar   to‘qnashuvi),   ijtimoiy   konflikt   (turli   guruhlar   o‘rtasidagi   ziddiyatlar),
oilaviy konflikt  (oila  a’zolari  o‘rtasidagi  mojarolar),  shaxsiy-intim   konflikt  (shaxs
28 va   boshqalar   manfaati   o‘rtasidagi   kurash)   kabilar.Asarlarda   konfliktning   turli
ko‘rinishlari   qo‘llanadi.   Eng   yaxshi   asarlarda   qahramon   qalbidagi   kurashlar,
hissiyotlar to‘qnashuvini ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi. Bu jihatdan, ayniqsa,
Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy romanlari diqqatga sazovordir. 9
Xususan,   o‘zbek   romannavisi   Ulug‘bek   Hamdam   ijodidagi   asarlarda   ham
ko‘rishimiz mumkin.
Asarda   ichki   va   tashqi   ziddiyatlar   o‘z   o‘rnida   ajoyib   tasvirlangan.     Hayotni
oddiy   ertak   emasligi,   faqat   mashaqqatlardan   iboratligi,   Ollohning   sinovi   maydoni
ekanligi asarda bo‘rtib ko‘rinadi. Umumiy ma’noda ham asar qahramoni Po‘latning
har tomonlama toblanishida, insonning joni temirdan ham qattiqligiga ishonishida,
insonni   hech   qachon   yengib   bo‘lmasligida,   ziddiyatlarning,   ruhiy   kolliziyaning
o‘rni   beqiyosdir.   To‘qnashuvlar   asar     qahramonini   toblaydi.   Po‘latning   hayotida
tinch, osoyishta turmushi   bilan – urush to‘qnash keladi. G‘alaba nashidasi bilan –
asirlik   ziddiyatga   boradi.   Urushning   tugashi,   baxtli   hayotning   boshlanishi   bilan
Stalin   repressiyasi,   qamoq   qarama   qarshilikka   boradi.   Bunday   ziddiyatlar
keyinchalik ham Po‘latni ta’qib qilishdan to‘xtamaydi. Hayotda sevgisiga yetishish
va   farzandsizlik,     farzand   baxtiga   erishish   va   Sevinchning   yuzidagi   chandig i,ʻ
Sevinchdagi fidoyi kasbiga ustalik va kutilmaganda uning farzandli bo‘lib qolishi.
Bunday qarama-qarshiliklarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Ba’zan kitobxonda
savol   tug‘iladi.   Bunchalik   og‘ir   sinovlar   bir   insonning   boshiga   og‘irlik
qilmasmikan.   Bu   yozuvchini   qora   bo‘yoqni   quyuqlashtirib   yuborganlikda
ayblaymiz ham. 
Aslida,   bizning   nazarimizda,   Ulug‘bek   Hamdam   “Ota”si   E.   Xemenguey
“Chol”i   kabi   yengilmas   bir   obrazdir.   “Chol   va   dengiz”da   faqat   jismoniy   olishuv
ifodalansa,   Ulug‘bek   Hamdam   romanida   Ota   ham   jismoniy,   ham   ruhiy   kurashlar
girdobida   ko‘rsatiladi.   Po‘latni   hech   bir   kuch   yenga   olmaydi.   O‘zligidan,
o‘zbekligidan   voz   kechdirishga   erisha   olmaydi.     Undagi   o‘zbek   erkaklariga   xos
9
 Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. O‘qituvchi. 2017. 80-82 b.
29 qatiyatlilik,   sharqona   islom   falsafasiga   sodiqlik.   Olloh   nazaridan   qolmaslik   kabi
umuminsoniy   tuyg‘ular   uni   mavh   bo‘lishiga   to‘sqinlik   qilib   qoladi.   Bular   asarda
munosib isbotini topgan.
Po‘latning   ruhiyatida   kechayotgan   ichki   va   tashqi   to‘qnashuvlar,   ziddiyatlar
o‘zi  bilan  o‘zi  gaplashganda  yanada   teranroq  ochiladi.  Yozuvchi   mahorati  ko‘zga
tashlanadi.
–Ey, Olloh, nega meni  u jannatimdan ayirib, manavi do‘zaxga tashlading?! –
yozg‘irib qolardi turib-turib Po‘lat. Shunday paytlar ayasiga quloq solmay, urushga
kelganiga   o‘kiniblar   ketar,   afsus-nadomatdan   ich-yetini   yerdi.   “Kelmaganimda
hozir o‘sha jannatda, ayam-u sevgilimni qoshida yashayotgan bo‘lardim!... lekin bir
pas o‘tib esa:  “Ayamni  etagiga berkinib, bitta-yu bitta farzandman deya urushdan
omon   qolishga   qolardim-u,   keyinchi,   keyin   qanday   bosh   ko‘tarib   yurardim?
Odamlarim,   bolalarim   tug‘ilsa,   ularning   ko‘zlariga     qanday   qarardim?”     “Ota   siz
ham   urushga   borganmisiz,   borib   dushmanni   quvib   solganmisiz?   deyishsa,   nima
degan   odam,   nima   degan   ota   bo‘lardim!..   ”   deya   o‘zini,   o‘zini   hozirgi   tanlovini
yoqlab ketardi.
Fikrlash,   o‘y-xayol   surish   insonni     insoniylashtiradi;   xayollarsiz,
mulohazalarsiz   inson   shaxs   bo‘la   olmaydi.     Shuning   uchun   insonga   mushohada
qilish   buyurilgan,   tafakkur   qilish   insonni   tozartiradi.   Po‘lat   ichki   va   tashqi
to‘qnashuvlar   girdobida   qolib   o‘zi   uchun   mutlaq   to‘g‘ri,   haqqoniy   yo‘lni   izlaydi.
Uning hayotda qoqilishida, ruhiy dunyosining talotuplarda toblanishida o‘z-o‘ziga
savol-javobi   yaqindan   yordamga   keladi.   Xayolan   barcha   issiq-sovuq,   yaxshi-
yomon,   vatan-   vatansizlik,   sevgi-ayriliq,   mardlik-nomardlik,   insoniylik   va
noinsoniylik     kabi   insoniy   va   g‘ayriinsoniy   fazilatlar   qurshovida   qolib   aqlan
komolga   yetadi.   Har   birida   o‘zini   u   yoki   bu   ma’noda   taroziga   solib   ko‘radi.
Qaysidan   qay   tariqa   chiqishni   o‘zicha   chamalaydi.   Xulosa   qiladiki,   o‘zining
qarashlari,   yo‘li   to‘g‘ri.   Shu   yo‘lda,   shu   xarakterga   ega   bo‘lgan   holda   yashasa   u
30 o‘zbekchiligini,   er   yigit   ekanligini   saqlab   qoladi.   Ajdodlari   qilgan   ishni
davomchisi, xayrixoh davomchisi bo‘lib qoladi.
Asarda   ona   obrazi,   ya’ni   Oychechak   obrazi   ham   muhim   rol   o‘ynaydi.   Bu
obraz   ham   qaysi   bir   jihatlari   bilan   “O‘tgan   kunlar”dagi   o‘zbek   oyim   timsoliga
o‘xshab   ketadi.   Unda   ham   puxta   soddalik,   dumbul   tabiatlik,   yopishgan   narsasini
qo‘yib   yubormaslik,   e’tiqodiga   manfaatlaridan   kelib   yondashish   holatlari
hukmronlik   qiladi.     O‘ylab   ketasan   kishi,   barcha   ozbek   ayollari,   onalari
shundaymikin.   O‘zbek   adabiyotida   keng   mulohaza   yuritayotgan,   asar   qahramoni
darajasida   fikrlayotgan   xotin-qizlarni   ko‘pam   uchratavermaymiz.   Xullas,   O‘tkir
akaning xotini ham shu toifadan. Shuning uchun ham O‘tkir aka uning nolishlariga,
maslahatlariga xo‘p deydi-yu, teskarisini qiladi. Boshqa iloj ham yo‘q.
  –   Bilaman,   o‘g‘lim.   Yog‘du   menga   kelin   emas,   qizimdek   bo‘lib   qolgan,
qizimdek!   Lekin   nima   qilay,   O‘g‘iloy   azayimxon   ham,   Tursun   tabib   ham,
qorabog‘ishlik folbinni oti, ha-a esim qursin, o‘sha ham, hammasi uni tug‘mas deb
aytdi.   Birini   duosi   kor   qilmadi,   boshqasini   duosi,   alqissa   bo‘lmas   ekan,   bolam
bo‘lmas   ekan.Sen   ha   deb   duxtiringga   ishonavermay,   mundoq   ota-bobomizdan
qolgan eskichaga ham qarab ko‘r/ mana bugun yana… – Oychechak onaning gapi
ichida   qoldi.   Po‘lat   kutilmagan   shartta   o‘rnidan   turib,   ichkariga   shitob   bilan   kirib
ketdi, so‘ng bir pas o‘tib, qo‘lida bir necha har xil rangdagi xaltachalarni ko‘tarib
chiqdi. Ularni barchasini axlatga uloqtirdi.
– Unday qilma bolam, gunoh bo‘ladi-ya!
–  Shunday  qilmasa  gunoh  bo‘ladi,  aya!   –deya  alam  va   iztirob  bilan  hayqirdi
Po‘lat”.
Po‘latdagi   isyonni     olov   oldirishda   xarakterlararo   konfliktlar   ham   muhim   rol
o‘ynaydi.   O‘z   onasidagi   irim-sirimlarga   ishonch   har   gal   Po‘latni   g‘ashiga   tegadi.
Biroq   u   onasining   fikr   doirasi   o‘zi   shundoq   ekanligi,   lekin   maqsadi,   niyati   qora
emasligini tushunib, onasiga ba’zan yon beradi. Murosaga keladi. Axir u ham ona,
31 bolam,   chaqam   deydi.   Shularni   ertasini   o‘ylaydi.   Ajrashsa,   balki   o‘g‘li   farzandlik
bo‘larmikan degan xayolga boradi.
Erboyning ham o‘z yashash tarzi bor. O‘zining tor fikri, xayoli nimani ma’qul
ko‘rsa   shuni   qilishga   harakat   qiladi.   El-xalq   nima   deydi,   xalqning,   mahallaning
oldida     aybdor   bo‘lishi,   sharmanda   bo‘lib   qolishi,   yo‘qsa   bir   qur   qalbiga   quloq
solish   kabi   insoniylik   xislatlar   unga   butunlay   begona.   U   bilganidan   qaytmaydi.
“O‘tgan   kunlar”dagi   Homiddan     farq   qiladigan   biror   jihati   yo‘q.   Yovuzlar,
yomonlar  yo bir xil bo‘lisharmikan.
“Yog‘du   men   tirik   ekanman,     bu   savdo   tugamaydi!...   –dedi   Erboy   ilondek
vishillab.
– Gapiring gapizni! –qat’iy dedi. Yog‘du, –yo‘qsa tushib ketaman!
– Eringdan ajrashibsan deb eshitdim, shu gap rostmi?
– Yolg‘on! –sapchib turib ketdi Yog‘du o‘rnidan.
– Kim aytgan bo‘lsayam, bo xton bu! –“erdan ajrashdi” degan gapning butunʻ
og‘irligini Yog‘du ilk kez endi anglab yetdi. Anglab qolib ichi bu so‘zni yetkazgan
zilziladan   naq   ag‘dar-to‘ntar   bo‘layozdi.   Holbuki,   o‘zi   “Hammamiz   ham   qiynalib
ketdik,   ajrashsak   ajralib   qutilaylik”   deb   uyga   kelib   olgan   edi,   lekin   hali   xom
bo‘lgan   bu   gapning   pishib   rostga   aylanishi   naqadar   dahshatli   ekanligini   bugun,
hozir, shu soniyalarda tushunib yetgandi.
–   Men   hammasini   eshitdim.   El   og‘ziga   elak   tutib   bo‘lmaydi   axir!..
Ajrashmagan  bo‘lsang, ajrash!  Nima qilasan  o‘sha bepusht  bilan guldek umringni
xazon qilib!. Ajrash, mana men olaman seni!
– Erboy aka nimalar diyapsiz? Men erli xotinman. Siz ham oilali bo‘lsangiz.
Ikki farzandingiz bor.
–Eshit   unda!   –   dedi   Erboy   vojohat   bilan   “Xotinim   saroton   bo‘lib   og‘rib
yotganidan xabarsizmisan…”
Tubanlik   qilish,   niyat   bilan   bir   yostiqqa   bosh   qo‘ygan   xotini   o‘lmay   turib,
ko‘cha   da   bir   insonning   jufti   haloliga   nazar   tashlash   Erboy   va   Erboyga
32 o‘xshaganlarning   kundalik   ishi.   Ular   ikki   oyoqli   hayvonlar   toifasidagi   kishilar.
Albatta,   bu   holat   Yog‘duni   ham   juda   sergak   torttiradi.   Erboy   yoki   Erboyga
o‘xshaganlarga   erga   tekkuncha   bir   umr   farzandsiz   o‘tishga   rozi   bo‘lardi   Yog‘du.
Shu   va   boshqa   sabablar   bilan   Po‘lat   Yog‘dular   xonadoniga   borganida   gap-so‘z
demasdan   unga     ergashib   kelaverdi.   Mana   sizga   hayotiy   ziddiyatlarning
umuminsoniy tarbiyasi.
 
                     2.2.  Qahramonlar  ruhiyatida  milliy  kolorit ifodasi
                         Adabiyot xalq hayotini aks ettirar ekan, u, albatta, ijtimoiy turmushdagi
milliy,   umuminsoniy   jihatlarni   badiiy   ifodalashi   tabiiy   bir   holdir.   Adabiyot
xalqning hayoti, kasb-kori, ijtimoiy ongini aks ettirish yo‘li bilan milliy xarakterni
ifodalaydi.   Adabiyotshunos   olim   T.Boboyevning   shunday   fikrlari   bor:
"Adabiyotning   milliy   xususiyatlari:   millatlar   hamda   xalqlarning   o‘ziga   xos
alomatlari; ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-geografik, ruhiy xususiyatlari; qahramonlarning
tili,tashqi  ko‘rinishi, kiyim-kechagi, urf-odati; xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti,
uning   ijtimoiy-iqtisodiy   tajribasi,   milliy   manfaatlarini   nechog‘li   aks   ettirganligi
bilan   aniqlanadi.   "Darhaqiqat,   milllat   yoki   xalqning   milliy   xususiyatlari   abstrakt
holdagi   hodisa   emas,   balki   konkret   tarixiy   davrning,   ijtimoiy-iqtisodiy   tuzumning
mahsuli.   Biz   milliylik   haqida   gapiryapmiz,   endi   milliylikka   aloqador   tushuncha
kolorit atamasiga ham izoh berib o‘tamiz. Kolorit (ital. colorito, lot. color — rang,
bo‘yoq)   –   tasviriy   san’at   asarlari   (ko’pincha   rang-tasvir)   voqelikni   real   va   ifodali
tasvirlashda   ranglarning   o‘zaro   mutanosibligi.   Voqelikni   ta’sirli   tasvirlash
vositasining tarkibiy qismi bo‘lgan kolorit asarning g‘oyasi, mazmuni, davri, uslub,
urf-odatlari hamda muallifning shaxsiga bog‘liq. Qahramonlar portreti, peyzaj, urf-
odatlar   kitobxonda   o‘sha   xalq,   o‘sha   millat   haqida   tasavvur   uyg‘otadi.   U   yoki   bu
badiiy   asar   qaysi   xalq   yoki   millat   hayoti   haqida   hikoya   qilsa,   shu   xalq   yoki
millatning   ruhini,   an’analarini   hamda   milliy   belgilarini   ifodalaydi.   Agar   yozuvchi
33 o‘zi mansub bo‘lgan xalqning milliy mavqeida mustahkam tursa, tasvirlanayotgan
voqea-hodisalarga   o‘z   xalqining   ilg‘or   farzandi   nuqtayi   nazaridan   qarasa   va
kelajakka   nazar   sola   bilsagina,   uning   asarida   ifodalangan   milliy   tuyg‘ular
umumbashariylik   tusini   oladi.   Adabiyotning   bunday   xususiyatlarini   esa   kitobxon,
birinchi   galda,   qahramon   siymosida,   uning   faoliyatida,   xatti-harakatlarida,
odatlarida,   axloq-odobida   ko‘radi.   Badiiy   adabiyotdagi   milliylik   faqat   shakl
hodisasigina   emas,   balki   mazmun   masalasi   hamdir.   Chunki   badiiy   asarda
millatning   iqtisodiy-siyosiy   turmushi,xalq   dunyoqarashining   ichki   murakkab
mazmuni ham aks etadi. Badiiy adabiyotdagi milliylik xususida O‘.Hoshimovning
quyidagi fikrlarini keltirib o tishimiz joizdir:  "Milliy kolorit shunchaki  “ekzotika”ʻ
emas,   xalqning   asrlar   davomida   shakllangan   dunyoqarashi,   tafakkuri,   fe’l-atvori,
boringki,   butun   qismatini   ko‘rsatuvchi   vositadir.   Bunday   ruhda   yozilgan     asarlar
uzoq   umr   ko‘radi.   “Shunday   asarlardan   biri,   o‘zbek   romanchiligiga   tamal   toshini
qo‘ygan   A.Qodiriyning   “O‘tkan   kunlar”   romanidir.   Ushbu   roman   XIX   asrdagi
o‘zbek   xalqning   mashaqqatlarini,   bir   so‘z   bilan   aytganda,   ”eng   kirlik,   qora
kunlarini” aks ettiradi. Roman XIX asr voqea-hodisalarini aks ettirsa ham, bugungi
kunga   kelib   hali-hanuz   o‘z   mavqeini   yo‘qotgani   yo‘q,   kechagina   yozilgan   asarga
o‘xshaydi.   Romanda   bir   qarashda   unchalik   e‘tiborni   tortmaydigan   tasvir   bor:
"Otabek   farzandli   bo‘ldi."O‘zbek   oyim   bilan   Otabek   orasida   shunday   dialog
bor.O‘zbek oyim aytyapti:
          –  O‘g‘il muborak bo‘lsin bolam!
            Otabek so‘rayapti:
          – O‘zi tetikmi?
          –  Tetik!
          –  Oldiga kiraymi?
          –  Yo‘q,–dedi O‘zbek oyim. – Chillalik uyga kechasi ko‘chadan kelib kirish
yaxshi emas...
34                     Ushbu   dialogli   matnda   ham   o‘zbek   millatiga   xos   bo‘lgan   milliy   odat
tasvirlangan. Chaqaloq dunyoga kelganidan keyin 40 kun chilla saqlanadi. O‘zbek
oyimning   ruhiyatida   milliylik   aks   etadi.   Shuningdek,   U.Hamdamning   "Ota"
romanida   ham   asar   qahramonlarining   ruhiyatida   milliylikni,   milliy   koloritni
ko‘rishimiz   mumkin.   Xususan,   ushbu   romandagi   voqealar   muallif   tomonidan
hikoya qilib beriladi. Romanda Oychechak opa, O‘tkir aka, Po‘lat, Yog‘du, Erboy,
Nikita   kabi     ikkinchi   jahon   urushini   ko‘rgan,   unda   ishtirok   etgan   achchiq   taqdir
egalari hamda Po‘lat ota va Erboy ota o‘rtasidagi adovat tufayli yuzining bir tarafi
kuyib,   ne   azoblarni   boshidan   kechirgan   Sevinchning   ayanchli   hayoti   qalamga
olinadi.   Roman   qahramonlari   orasida   Oychechak   opaning   ruhiyatida   milliylik,
umumbashariylik   ustunlik   qiladi.   Birdan   bir   ishongan   farzandi   Po‘latning
befarzandligi   uni   shifokorlardan   umid   bo‘lmagach,   to   folbin-domlalargacha
borishiga sababchi bo‘ladi. Xususan, romanning boshlanma qismida shunday tasvir
bor:   "Belida   churrasi   bor   emasmi,   unday   o‘tirsa   "o‘poq"bo‘ldi,   bunday
o‘tirsa"so‘poq". Soat emas, daqiqa sanab, bo‘lari bo‘lib, so‘lari so‘lib, ammo umid
bilan   axiyri   Toshkentga   yetib   oldi   opa.   Endi   birgina   istagi   shulkim,   "isonafas"
domulloning sehrli damidan belidagi belangisi ketib, o‘g‘il-kelini murodiga yetib–
peshonalariga   farzand   bitib,   hammalari   bir   bo‘lib,   Yaratganga   shukrona   aytib,
tuqqan   yurtiga   ravona   bo‘lishsa,   bas..."Oychechak   opa   barcha   dardlariga   malham
sifatida   "isonafas"   Toshdomla   deb   bilardi.   Chunki   boshqa   umid   qolmagan   edi.
Ushbu   tasvirda   Oychechak   opaning   milliy   odatlarimizga   qarshiligi   aks   etgan:
"Yo‘q!   Tilab   olgan   nevaramni   to‘yini   buzishga   hech   kimning   haddi   sig‘maydi!
"deya to‘polon ko‘tardi.
         - Xotin, esingni yig‘! Mahallada o‘lim! Ertaga nima degan odam bo‘lamiz?–
deya ovozini imkon qadar pastlatib gapirishga urindi O‘tkir aka.
                    -   O‘lsin   o‘lmay!   –   deya   tutaqdi   Oychechak   opa.   O‘lishga   topgan   vaqtini
qarang   bularni!..."Ushbu   tasvirda   Oychechak   opa   nevarasini   15   yil   kutganligi,
mahallada o‘lim bo‘la turib, karnay-surnaylarning ovozini pasaytirishni xohlamay,
35 to‘yni to‘xtatgisi kelmasdi. Milliy odatlarimizga ko‘ra, mahallada o‘lim bo‘lsa, bir
tarafda   xursandchilik,   to‘y-hashamlar   ham   bo‘lsa,   to‘ylar   to‘xtatiladi.   Oychechak
opa   yakka-yu   yolg‘iz,   arzanda   o‘g‘lining   farzandini   15   yil   kutdi,   15   yil   deganda
ularning uyida ham chaqaloq yig‘isi eshitildi, ularning oilasida tug‘ilgan farzand bu
shunchaki   farzand   emas,   balki   hayot-mamot   masalasi,   ular   naslining   davomchisi,
ulardan keyin chirog‘ini yoqib qolguvchi merosxo‘r edi. Shuning uchun ham to‘yni
to‘xtatgisi   kelmadi,   milliy   odatlarimizga   qarshi   bordi.   Romanda   keltirilgan   ushbu
tasvirda esa Oychechak opaning nevarasi – Sevinch salomatligini o‘ylab: "Hamma
shu yerda edi-yu chaqaloqni ko‘rsa, onasi Yog‘du, otasi Po‘lat ko‘rar, qolganlarni
bu zavq chetlab o‘tar, Oychechak opa hatto eri O‘tkir akani ham Sevinchginaning
yoniga yo‘latmasdi. Nima emish, chillasi chiqmagan bolaga nomahramning nigohi
tushib, nafasi tegmasligi kerakligi to‘g‘risida muqaddas kitoblarda bitilganmish...",
–hech kimni Sevinchni yoniga kiritmaydi. Oychechak opa ham O‘zbek oyim kabi
ish   tutadi.   Ularning   ruhiyatida   milliylik   ustuvor.   Roman   qahramonlaridan   biri   –
O‘tkir   akaning   ruhiyatida   milliylik   nevarasiga   ism   qo‘yishda   ko‘rinib   turadi:
"Shundog‘am bir tomonimiz arabiyu boshqa tomonimiz forsiy otlarga to‘lib ketgan.
Hatto   ular   juda-juda   ko‘p.   O‘rtada   muvozanatni   saqlash   uchun,   otlarimiz
aytilganda,   qaysi   millatga   tegishli   ekanimiz   bilinib   tursin.   Yo‘q,   men   boshqa
millatlar ismlarini qo‘yishga qarshi emasman, Faqat me’yor bo‘lsin, chek-u chegara
bo‘lsin,   deyman.   Oilalar   bor,   otlarini   so‘rasang,   nuqul   arabcha,   oilalar   bor,   nuqul
forscha. O‘zlari turkiy bo‘lgani, qonlarida turkiylarning qonlari jo‘shib oqib turgani
holda   nega   bunday   ot   qo‘yishadi,   sira   tushunmayman..."O‘tkir   akaning   gaplarida
ham   jon   bor.   Hozirgi   kunda   shunday   ismlar   qo‘yilyaptiki,   bolalarning   o‘zlari   o‘z
ismlarini   xohlashmay,   boshqa   ism   qo‘yib   olmoqdalar.   Mashhur   kino   aktrisa   yoki
aktyorning   ismlarini   o‘z   farzandlariga   qo‘yishmoqdalar.   Ism   qo‘yish   to‘g‘risida
Hadisi   Shariflarda   shunday   deyilgan:   "Qiyomat   kuni   har   bir   inson   o‘z   ismi   bilan
chaqiriladi.     Abu   Dardodan   rivoyat   qilinadi:   Rasululloh   (sollallohu   alayhi   va
sallam)   aytdilar:   «Batahqiq,   qiyomat   kuni   sizlar   o‘z   ismlaringiz   va   otalaringiz
36 ismlari   bilan   chaqirilasizlar.   Bas,   (shundoq   ekan)   ismlaringizni   go‘zallashtiring!»
Hadislarda   shunday   deyilgani   bois   ko‘pchilik   arabcha   ismlar   qo‘yishadi.   Hadisda
arabcha   ism   qo‘ying   demayapti.   Ma’noli,   mazmunli   ulug‘   insonlarni   ismini
qo‘ying.   Ular   ham   shularga   o‘xshab   mard,   botir,   pahlavon,   fazilatli   bo‘lsin,
deyilmoqda.
                 Bola tug‘ilganida ko‘pincha ota-onalar unga qanday ism qo‘yishga o‘ylanib
qolishadi.   Lekin   ko‘p   bosh   qotirmay,   ma’nosi   g‘aliz,   tumtaroq   ismlarni   qo‘yib
yuborishadi.   Shu   qo‘yiladigan   ism   bola   bilan   nafaqat   foniy   dunyoda,   balki
qiyomatda,   jannat   yo   do‘zaxda   ham   birga   bo‘ladi.   Shu   jumladan,   O‘tkir   aka   ham
nevarasiga   Sevinch   deb   ism   qo‘yadi.   Shu   vaqtgacha   bo‘lgan   voqelarni   unutib,
sevinaylik,   xursand   bo‘laylik,   baxtli   yashaylik   degan   maqsadda   shunday   ism
qo‘yishadi.   Romanning   asosiy   qahramonlaridan   biri   Po‘latning   ruhiy   olamida
milliylik,   milliy   kolorit   masalasi   konflikt   holda   nomoyon   bo‘ladi.   Po‘lat   onasi   –
Oychechak opaning "ishlari"ga, turli xil "kuf-suf"larga tobi yo‘q, azayimxon, tabib,
domlalarga   esa   ishonmaydi.Oychechak   opa   "folga   ishonma,folsiz   yurma"
qabilidagi   ayollardan,   o‘g‘li   –   Po‘lat   esa   onasining   teskarisi.   Po‘lat   ham   otasi
singari   har   bir   masalaga   milliy   an’analardan   turib   yondashadigan,   milliy   o‘zlikka
uyg‘un tarzda hal qilishga intilardi. Shunday bo‘ladi ham. Po‘lat ota o‘z qizini, o‘n
besh     yil   tirnoqqa   zor   bo‘lib,   o‘   besh   yil   kutgan   jigargo‘shasini   hech   nimani
surishtirmay, do‘sti – Erboy otaning: "Asakani  tug‘ruqxonasida birovdan nikohsiz
bola tug‘ib yotibdi", –degan gapi bilan uni o‘ldiradi. Musulmon olamida nikohsiz
tug‘ilgan   bolalar   harom   sanaladi.   Shu   o‘rinda,   Po‘lat   ota   ruhiyatida,     uning   ichki
olamida   shunday   gaplar   aylanadi:   "Nega   bunday   qilding,   Sevinch,   nega?   Senga
shunday   tarbiya   bergan   edimmi?   Kim   o‘rgatdi   senga   bunday   yo‘l   tutishni?   Otani
aldashni-chi?.. Hech zamonda musulmon qiz haromdan bola tug‘adimi? Uni bolam
deb   qaysi   yuz   bilan   bag‘ringga   bosasan?   Odamlarni   ko‘ziga   qanday   qaraysan?
Meni ko‘zimga-chi? Ajdod-avlodimiz oldida nima degan odam bo‘ldik endi? Hech
o‘yladingmi  shuni?.. Sevinch!.. Sevinch!.. Sen hammasiga nuqta qo‘yding, nuqta!
37 Axir,   dardni   bir   o‘zing   chekdingmi?   Biz   ham   yoningda   edik-ku!..Tortgan
azoblarimiz   sen   tufayli   suvlarga   oqdi   endi!   Ha,   oqdi!   Hech   narsa   qolmadi,   hech
narsa! Faqat bitta ish qoldi: ota qiladigan ish, men qiladigan ish!...
                       Ushbu Po‘lat ota monologida milliylik, milliy kolorit aks etgan. O‘zbek
xalqi musulmon xalq bo‘lganligi bois, Po‘lat ota ham musulmon urf-odatlarini o‘z
o rniga   qo‘yib   ado   etardi.   Shu   uchun   ham   nikohsiz,   yakka-yu   yagona,   arzandaʻ
qizidan tug‘ilgan nevarasini qabul qilolmadi. “Ulug‘bek Hamdam ijodidan birinchi
o‘qigan   kitobim   mana   shu.   Asar   nomi   men   uchun   bir   olam,   bir   dunyo.   Romanda
otalar   farzandlari   uchun   har   qanday   ishga   tayyor   ekanliklari   haqida   so‘z   boradi.
Erkaklar   (otalar,   akalar,   ukalar)   uchun   butun   dunyodagi   barcha   narsalar   bir   taraf
bo‘lsa,   or-nomus,   andisha,   ularning   g‘ururi   esa   bir   taraf.   Mana   shu   ikkala   taraf
o‘rtasidagi   muvozanat   buzulsa   ular   hatto   o‘z   farzandlarining   qotiliga   ham
aylanishlari   mumkin”   (Muhayyo   Sulaymonova),   deb   yozadi   Internet   sahifalarida.
Haqiqatan   ham,   mazkur   fikrlarda   milliy   o‘ziga   xoslik,   milliy   kolorit   haqida   so‘z
boradi. 
                    Hayotda   uch   xil   toifali   insonlar   bo‘ladi.   Po‘lat   otaga   ham   qilgan   ishidan
so‘ng,   ularning   gap-so‘zlariga   duch   keladi.   Po‘lat   otaning   bu   ishini   birinchi
toifadagilar   to‘g‘ri   der,   ikkinchi   toifadagilar"   o‘z   qizining   qotili"   deb   qo‘llarini
bigiz   qilib   ko‘rsatishar,   uchinchi   toifaga   kiruvchilar   esa   chetdan   shunchaki
tomoshabin bo‘lib kuzatib turishi tabiiy. Romanda yana shunday tasvir borki, faqat
va faqat otalar uchun aytilganday: "Axir men otaman, ota! Bu dunyo otalar qo‘lida
edi-ku yoki men tufayli chiqib ketdimi? Yo‘q, yo‘q bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Aslo   kerak   paytda   otalar   qattiq   turmas   ekan,   dunyo   ham   o‘z   o‘rnida   turmaydi:
buziladi-ketadi.   Mana,   men   seni   ko‘p   yaxshi   ko‘rib   yubordim.   Yuzing   kuyik,
yuraging   kuymasin   dedim,   erkaladim,   papaladim."O‘zbek   xalqi   mehmondo‘st,
bolalarini ham sizlab gapiradigan, bolajon yurt. Po‘lat ota ham o‘n besh yil kutgan
farzandini   juda   yaxshi   ko‘rardi,   hech   kimga   ishonmasdi.   Po‘lat   ota   mehribon,
jonkuyar otalardan edi. U qizini hech kimdan kam qilmay o‘stirdi, kiymay-kiydirdi,
38 yemay-yedirdi,   loqaydlik   tufayli   uning   yuzi   badbashara   bo‘lib   qoldi.   Milliy
odatlarimizga   ko‘ra,   qiz   bolaning   bo‘yi   yetganidan   keyin   unga   sovchilar   kelishi
kerak.   Lekin   Po‘lat   otaning   uyiga   hech   kim   kelmasdi.   Po‘lat   ota   va   Yog‘duning
ruhiyatida   “endi   nima   qilamiz,   biz   nimalarni   orzu   qilmagan   edik,   nevaralarimiz
bo‘lsa,   ularni   o‘ynatib   yurar   edik   qarilik   gashtini   surib”   degan   o‘y   aylanardi.
Roman qahramonlarining ruhiy olamida milliylik, milliy kolorit namoyon bo‘lgan.
Ayniqsa, Po‘lat ota ruhiyatida o‘zbek milliy otasining ruhiyati aks etgan.
         
               
39                  III BOB. ROMAN STRUKTURASIDA RUHIYAT OLAMI
                            3.1. “Ota” romanida ruhiy kechinmalar tasviri
                     Ulug‘bek Hamdam shaxsi haqida gapirishdan oldin uning Ahmad Otaboy
bilan   bo‘lib   o‘tgan   suhbatini   keltirib   o‘tishni   o‘rinli   deb   hisoblaymiz.     Suhbat
roman janri haqida boradi: “Aslida, nafaqat roman, balki to‘rt qator ma’qul she’rni
aytish   ham   ijodkordan  yaxshigina   tajriba   va  mahoratni   talab  qiladi.   Biroq  savolni
tushundim, roman baribir, toshi og‘ir janr.Shunchaki hoy-yu havas   bu janrda ham
yoza olishingni ko‘rsatib qo‘yishga yo‘naltirilgan xudbinlik bilangina yaxshi roman
yozish mumkin emas. Yozuvchining juda muhim aytadigan gapi bo‘lsagina va shu
bilan birga botinidagi ana shu “muhim gap”ga asar davomida o‘zining xiyonat qilib
qo‘ymaslikka   ko‘zi   yetsagina   romanga   qo‘l   urishi   mumkin,   deya   o‘ylayman…
Nazarimda,   asar   yozishga   kirishgan   yozuvchi   ruhiy   ma’naviy   jihatdan   hurlikka
talpingan insondir. Ijodkor uchun muhim ana shu ehtiyoj, ana shu talpinish! Shular
bo‘lsa o‘ylaymanki, janr qiyinchiliklari u yoki bu darajada “bosib o‘tiladi”. 10
  
                   Ulug‘bek Hamdam roman haqida so‘zlarkan, bizning e’tiborimizni tortgan
birgina   jihat   g‘oyat   ibratli,   ahamiyatli   fikr   ekanligini   angladik.   Ya’ni   roman
yozishda “yozuvchining juda muhim aytadigan gapi  bo‘lsagina va shu bilan birga
botinidagi   ana   shu   “muhim   gap”ga   asar   davomida   xiyonat   qilmasligiga   ko‘zi
yetsagina” roman yoziladi deb aytadi..
         Albatta, “Ota” romanida ham yozuvchining bir necha yillardan buyon bezovta
qilib kelayotgan  “muhim  gapi”  bor  edi.   shunday  muhim   gaplariing  oldingi  uchta
romanida ham qay bir ma’noda aytishga harakat qilgan edi. biroq ular bir kishining,
ya’ni bir o‘zbek otasining yutug‘I va kamchiliklari, g‘ururi va faxri, qahri va mehri
haqida to‘liq badiiy tadqiqotlar emasdi. Shuning uchun ham Ulug‘bek Hamdam bor
dardini shu romanga to‘kib soladi. O‘zbek otasining mukammal obrazini zavq bilan
yaratishga kirishadi.
10
 Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji. T. Fan. 2007. 181-b.
40                       Umarali   Normatov   romanga   yozgan   “so‘z   boshi”da   quyidagi   fikrlarni
keltirib   o‘tadi:   “Tinim   bilmas   bu   ukamizning   “Ota”   nomli   yangi   romani
qo‘lyozmasi   bilan   tanishib   chiqib   quvonib   ketdim.   Mavzu   –   mundarija,   tasvir,
talqin   jihatidan   avvalgi   asarlarning   birortasini   takrorlamaydigan   bu   romandagi
ikkinchi   jahon   urush   voqealaridan   tortib   bugungi   kunimizga   qadar   sodir   bo‘lgan
ham   vahshatli,   ham   quvonchli   lavhalar   o‘quvchi   ko‘z   oldida   barilla   gavdalanadi.
Bir   ixcham   roman   bag‘rida   yigirmadan   ortiq   turfa   tirik   siymolarning   ham   chigal,
ham  quvonchli  kunlari, g‘aroyib qismati  bilan tanishgan  kitobxon hayratdan  yoqa
ushlaydi.   Adabiyotimiz,   jumladan   romanchiligimiz   falaj   holatga   tshib   qolgan
hozirgi sharoitda bu asar roman janriga qayta jon ato etdi”. 11
    
               Umarali Normatov bu roman bilan o‘zbek romanchiligiga qaytadan jon ato
etildi, deb yozadi. Roman voqealari haqiqatan ham o‘qigan kitobxon borki,   uning
hayratdan   yoqa   ushlashga   majbur   qila   oladi.   Undagi   rangin   tasvirlar,   hayot
haqidagi   o‘y-mushohadalar,   asar   qahramonlarining   cheksiz   orzu-armonlari,
o‘shalmagan, gullab meva tugmagan insoniy taqdirlar kitobxonni tafakkur qilishga,
mushohada   qilishga   undayveradi.   Oq   va   qorani   farqlashni,   muhim   bilan   shart
emaslikni,   muvofiqlik   bilan   nomuvofiqlikni   Anglashda   yordam   beradi.   Qanday
yashash to‘g‘riroq kabi mangi savollarga  qayta-qayta tutilaveradi. O‘zlikni angash
sari qadam tashlashda davom etaveradi.
            O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” romanida o‘zbek onasining tipik
vakili obrazi yaratilgan. Biroq u fojialar girdobida ko‘rsatlmagan. “Ota” romanida
esa   ota   timsoli   fojiadan   olib   fojiaga   solinadi.   Bu   bilan   inson   tabiati,   toblanishi
fojialarda   sinovdan   o‘tadi,   degan   aqida   ham   yo‘q   emas.   Mohiyat   e’tibori   bilan
roman   bugungi   kun   nafasini   ham   o‘zida   namoyon   eta   oladi.   Fikrlar,   g‘oyalar
bugungi   yoshlar,   keksalar,   ayollar,   bolalar,   urf-odatlar   borasida   bahsga   kirishadi.
Ba’zan   inkor   etadi,   ba’zan   ma’qullaydi.   Pirovardida   xulosa   chiqarib   olish
o‘quvchining o‘ziga yuklatiladi.    
11
 Normatov U. so‘zboshi. “Ota” romani. 2020.
41                     Yozuvchi   asardagi   ruhiy   muvozanatni   ushlab   turadi.   Izdan   chiqarib
yubormaydi.   Har   bir   qahramon   xatti   harakatining   asosi,   ildizi   nimadan
boshlanishini   unga   aloqasi   bo‘lmagan   voqea-hodisalar   bilan   bog‘liqlikda
tasvirlanadi.   Hayotda   to‘y   va   aza   har   doim   yonma   yon   kelishini   ham   roman
bag‘riga singdirib yuboradi.
                  O‘tkir   aka   xonodonida   yillab   kutilgan   farzandning   –   yangi   mehmonning
tantanalari   boshlangan   bir   paytda   ko‘chaning   u   boshida   Erboyning   xotini   hayot
bilan   vidolashadi.   Xullas   Po‘lat   xonadonida   yana   bir   tantana,   shodlik   qarshilikka
uchraydi.   O‘lim   va   To‘y,   aza   va   xursandchilik.   Doim   yonma   yon   yuradigan
hodisalardir. Po‘latda shodlik tantanasi, Erboyda qayg‘u diydiyosi.  Xarakteri past,
odamlarga   faqat   yomonlik   istovchi   odam   hayoti   shunday   bo‘ladi.   Romanda   bu
voqealar yorqin ifodasini topgan.
              – Xotin esingni yig‘! Mahallada o‘lim! Ertaga nima degan odam bo‘lamiz?
–deya ovozini imkon qadar pastlatib, gapirishga urindi O‘ktam aka.
– O‘lsin  o‘lmay!  –deya  tutaqdi   Oychechak  ona.  –O‘limga  topgan vaqtini
qarang bularni?...
– Ayb bo‘ladi, xotin, ayb – dedi O‘tkir aka xotinining ko‘ziga tik qarab.
                          –   He   aybi   boshidan   qolsin!   Men   hali   o‘ynaganim   yo‘q!   Nevaramning
to‘yida   o‘ynayman,   deb   niyat   qilganman!   Bir   marta   yaxshilab   chalsin,   mundoq
davra aylanay, ene, mayli bas qilinglar! – rozi bo‘ldi Oychechak opa…
                      Xuddi   shu   damda   mahallaning  narigi   chekkasida   boshiga   do‘ppi,   beliga
belbog‘   boylagan   Erboy   akaga   kelayotgan   tumanat   odamni   kutib   olib,   ularning
ta’ziyasini   qabul   qilarkan,   bir   pasga   tinib   yana   boshlanib   ketgan   karnay-surrnay
tovushiga quloq solib turdi-da:
           – Xap sanimi Po‘lat! Xap sanimi, Yog‘du!... – dedi tishlarini g‘ijirlatib….
          Mazkur kechinmalar ham Erboyga atayin qilingandek tuyuldi. Uning nafrati
qaytadan qo‘zg‘aladi. O‘ch olish niyati alangalanadi. Bu endi Sevinchning baxtsiz
42 bo‘lib   qolishiga   sabab-oqibat   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Bunga   ham   yana   o‘sha
Oychechak aya aybdordek tuyuladi.
                      Romanda   voqea-hodisalar,   taqdirlar   keyingi   hayotda   ko‘rilishi   mumkin
bo‘lgan   fojialar   asar   qahramoni   Po‘lat   kechinmalarida,   o‘y-xayollarida   beriladi.
Po‘lat   xayollarida   ertangi     taqdirini   kinolentalardek     ko‘z   oldidan   o‘tkazadi.   Bu
ham   yozuvchining   o‘ziga   xos   uslubi.   Ruhiy   olamni   qahramon   ruhiyatini   chizish
tarxi, xaritasi. Balki shu boisdir, roman hajmi kichik lekin o‘qigan kitobxon undan
olamjahon tasavvurga ega bo‘ladi. Xayolan asar qahramonlari bilan birga yashaydi.
U   bilan   dardlashadi.   Hayotda   har   bir   o‘tgan   kuniga   shukrona   qilib   yashashga
odatlanadi.   Roman   ruhi   shunday   tabiatga   ega.   “Hay-yov,   bu   qanaqasi   bo‘ldi?
Erboy!   Sen   nomard,   nega   bunday   ish   qilding!   Nima   xusumating   bor   edi   yana
menda?  Xo‘p, Yog‘duni men olib ketibman. Axir, bunga ming yil bo‘ldi-ku, ablah.
Yana qachon, qayerda arpangni xom o‘rdim?   Bir-birimizni yoqtirmasligimiz bu –
bir   umr   bir-birimizga   dushmanlik   qilishimiz   kerak   degani   emas!   Dunyodan
qanchadan   qancha   bir-birini   iqi   suymaydigan   odamlar   bor.   Lekin   ular   sen   qilgan
ishni   qilishmaydi-ku!   Nima   qilganing   bu?   Uyimga   o‘t   qo‘ygandan   ko‘ra,   kelib
meni   o‘ldirib   ketsang,   yaxshiroq   emasmidi?   Yaqinlarim   bir   kun  yig‘lashardi,   ikki
kun yig‘lashardi, uchinchi kun ko nikib ketishardi. Endi-chi? Endi Sevinch qandayʻ
yashaydi!   Biz-chi?...  unga   bir   kun   kuysak   ham,  ming   kun  kuysak   ham,   dardi   ado
bo‘lmaydi-ku endi, ado bo‘lgur! Endi qizimga qo‘shilib hammamiz, butun oilamiz
bir bo‘lib, kuyib yonib o‘tamiz-ku! Shunday bo‘lyapti-ku, Erboy, nomard!...”
                   Nomard orqadan pichoq  sanchadi  deydilar. Erboyning bu tubanligi  odam
o‘ldirishdan ham tubanroq ekanligini o‘zi ham bilarmikan.  Bu voqealarning tagida
bundan   ham   ulkanroq   fojialar   yashirin   ekanligini   balki   Erboydan   boshqa   biror
kimsa bilmas. Erboy qasd qilar ekan, u dushmanini  ham joniga, ham moliga qasd
qilishni niyat qiladi. Bu alangada barcha odamlar o‘lishi mumkin edi. Ularni xudo
xuddi  janggohlardagi singari yana bir bor asraydi. Inson qiyofasini kasb etgan iblis
ekanini mana shu razil ishlari, xatti-harakatlari bilan Erboy yana bir bor isbotlaydi.
43                      Po‘lat  ertaklar  o‘qishni   yaxshi   ko‘rardi. U  ertaklardagi   baxtli  yakunlarni
yoqtirardi. Qancha qiyinchilik, mashaqqatlar chekib, oxir oqibat murod maqsadiga
yetibdi   degan   so‘zlar,   xayrli   xotima   uni   yengil   tortiradi.   Ertaklardagi   iblislar,
yalmog‘izlar,   yajuj-ma’jujlar,   hayvonot   olamining   eng   vahshatli   turlari   barchasi
kurashda mag‘lub bo‘lib ezgulikka taslim bo‘lishi, Po‘latda yorug‘ olamga ishonch,
rag‘bat   uyg‘otadi.   Shuning   uchun   u   ertak   o‘qishni   joni-dili   deb   biladi.   Aslini
olganda, Po‘lat hayoti ham  xuddi shu ertakka o‘xshaydi. Hatto ertak voqealaridan
dahshatliroq, fantaziyaga boyroq. Negaki, urushdan, ajdaho komidan butun qaytish,
sovuqda suv ichiga kirib o‘tirib muzlab qolmaslik, qamoq   jazosini bir emas, ikki
marta   totib   ko‘rish,   ko‘rgandayam   tiriklikda   yaxshi   yashashni   eplolmagan,   qorni
nonga   to‘ymagan   sho‘rolarning   qamoqxonasi   qanday   bo‘lishini   tasavvur
qilavering. 
                     Kutib-kutib farzandli  bo‘lganida, Sevinchning boshiga  tushgan  kulfatlar,
yana baxtga erishdim deganda, o‘z farzandini pichoqlab qo‘yishi, hammasi  tugadi
endi,endi   huvullab   yotgan   bu   yorug‘   dunyodan   nasl   qoldirmasdan   abdul-abad
ketish taraddudidagi po‘lat otaning yo‘q joydan nabirasi borligini daragini eshitishi,
o‘zi   bilmagan   holda   ko‘nglida   umid   uchqunlarining   paydo   bo‘lishi.   Barcha-
barchasi ertaklarga o‘xshab bormoqda. Po‘lat bobo hammasini kechirdi. Unda faqat
bir   ko‘ngil   xijillik   qoldi.   Bolaning   nikohsiz   tug‘ilganligi.   Unday   bolalarni   xalq
haromi   deb   aytadi.   Ertangi   kunda   uning   yuziga   solmaydilar   deb   kim   kafolat   bera
oladi.   Erta   bir   kun   xalq   jamiyat   uni   qanday   kutib   oladi.   Xotimasi   yo‘q   bunday
savol-javoblar   Po‘lat   otani   juda   qiynab   tashladi.   Po‘lat   ota   har   gal   shunday
xayollarga borganda yuragi orqaga tortib ketadi. Uning otasi tatar millatiga mansub
shifokor,   o‘rta   yoshli   erkak   kunlardan   bir   kun   otaxonning   hovlisiga   kirib   keladi.
Shunda Po‘lat otaning birinchi so rovi shu bo‘ldi. ʻ
            – Nikoh o‘qilganmi?
            – O‘qilgan!
44 Birgina   shu   so‘zni   u   necha   yil   kutdi.   Shunday   bo‘lishiga   ishonmasa   ham   kutdi.
Shunday   mo‘jiza   ro‘y   berdi.   Nevara,   o‘g‘il   Po‘lat   ota   bu   yorug   olamdan   izsizʻ
yo‘qolib   ketmaydi,   endi.   Uning   nasli   davom   etadi.   Uning   sharafini   avlodlarga
so‘zlab beradi. Avlodlar shunday suvda cho‘kmas, o‘tda yonmas odamni faxr bilan
tilga olishadi.
                     Romanga bir detal va voqea-hodisa bekorga kiritilmaydi, deyiladi. Miltiq
haqida gap borsa, u asar  so‘nggida otilishi  kerak, degan A.P.Chexovning  bir  fikri
ham bor. K.Simyonovning “Meni kutgil” she’ri juda ta’sirli. O‘z vaqtida bu she’rni
barcha yoddan bilgan. Uni urush olovi ichida Po‘latning do‘sti Nikita yoddan aytib
yurardi.   Uning   og‘zidan   Po‘lat   ham   yodlab   olgan.   Ta’sir   doirasi   juda   yuqori
bo‘lgan she’r ta’sirida xayol qayerlaga borib kelmaydi deysiz. Har qanday holatda
ham u odamga taskin beradi. Biz ham quyida shu she’rni matnini to‘liq keltirishni
lozim   topdik.  Bu  she’rni   hassos  shoirimiz  H.Olimjon  o‘zbekchaga   tarjima  qilgan.
O‘zbekiston   xalq   artisti   Sh.   Jo‘rayev   maroq   bilan   kuylagan.   Shuning   uchun   ham
ushbu she’r d0illarga yetib brogan, ko‘ngillardan joy olgan. Nazarimizda, yozuvchi
she’rni bekorga to‘liq keltirmagan.
Meni kutgil va men qaytarman!
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.
Atrofingni harorat qoplab,
Yer-u roryb chang  tutganda kut.
Boshqalarni uzatgan do‘stlar,
Kechagina unutganda, kut!
Xat kelmasdan uzoq yerlardan
45 Yuragimni qilganida qon.
Kutgil sen-la birga kutganlar, 
Zerikkandan  chekkanda fig‘on.
Mayli, o‘g‘lim, singlim, volidam,
Aza ochsin men yo‘q tufayli.
Kuta berib sabri tugagan
Yoru do‘stlar oshnolar mayli.
Ayriliqqa berolmasdan tob,
Achchiq-achichiq ichsinlar sharob.
Ko‘zlaringga to‘lsa hamki, yosh
Faqat sen kut va ayla bardosh.  
Meni kutgil va men qaytarman
O‘limlarni qoldirib dog‘da.
Ishi o‘ngdan keldi desinlar
Kutmaganlar meni u chog‘da.
Yot tuyular kutmaganlarga
Bunday ajib toliyeng saning. 
Kuta-kuta meni ofatdan
Omon saqlab qola olganing.
Qanday omon qolganligimni
Yolg‘iz senga aytaman sirdosh. 
Kuta olding meni sen faqat
46 Buyuk edi sendagi bardosh. 12
 
Haqiqatda   Po‘lat   va   uning   oilasi   bir-birini   kutib   yashaydi.   Goh   Po‘lat   urush   va
qamoq   jazolarini   boshidan   kechirganida   uni   umr   yo‘ldoshi,   oilasi   entikib   kutadi.
O‘zi   qamoqxonada   qotillikda   ayblanib   qamalganda   esa   yo‘q   odamlarni   entikib
kutadi. Kitobxon she’r ta’siridan chiqib ketolmaydi. Qizi “uch oy komandirovka”ga
ketganida   uni   intiqlik   bilan   kutadi.   Oila   barbod   bo‘lib   hech   kimdan   nom-nishon
qolmaganda   esa   yolg‘iz   nevarasi   bobosi,   tog‘olarini,   xolalarini     kutib   yashaydi.
Bolani   ham   uyiga   olib   kelib   ham   Ota   kutishdan   to‘xtamaydi.   Endi   u   nevarasi
Yodgorni     otasini   kutishda   davom   etadi.   Xullas,   kutish   Po‘lat   ota   xonadonining
ramziga aylanib qoladi.
                    E’tibor   berib   qarasak   she’rdagi   misralar   ham   Po‘lat   ota     hayotida   sodir
bo‘lgandek tuyuladi. “Sen kuta-kuta meni ofatdan saqlab qolding” deyiladi she’rda.
Haqiqatda ham Po‘lat otani Yog‘duga bo‘lgan muhabbati, Yog‘duning Po‘lat otaga
bo‘lgan muhabbati uni balolardan asrab qoladi. “Kuta olding meni sen faqat, buyuk
edi   sendagi   bardosh”   misralari   Po‘lat   bilan   Yog‘duga   atab   yozilgandek   taassurot
qoldiradi.          
                                 3.2.  “Ota”romanida psixologik vositalar
                  “Badiiy   psixologizm   –   bu   asar   personajlarining   xayolat   olami,   fikrlari,
mulohazalarining   o‘ziga   xos   badiiy   vositalardan   foydalangan   holda   juda   to‘liq,
batafsil va chuqur ifodalab berish” (A.B.Yesin) ekan, demak uni amalga oshiruvchi
bir   necha   tasvir   vositalarini   ham   sanab   o‘tishimiz   maqsadga   muvofiq.   Masalan,
Ichki manolog(monolog muhokama,   monolog xotira, monolog mulohaza), nutqiy
xarakteristika,   takror   so‘zlar,   ong   oqimi,   psixologik   portret,   ramzlardan   umumiy
foydalangan holda noodatiy badiiy tasvir vositalari, galliyusitatsiya, shaxsiyatning
ikkilanuvi, o‘zi bilan suhbat, maktub va kundaliklar, tush kabi tasvir vositalari faol
ishtirok   etadi.   Shular   yordamida   xarakter   ochib   beriladi.   Bunday   priyom,   usullar
12
 U.Hamdam. “Ota” T. Yangi asr avlodi. 2020. 44-b.
47 “Ota” romanida ko‘plab uchraydi. Misol uchun ichki monologning har uchala turi,
o‘zi bilan suhbat, hali tug‘ilmagan farzandi bilan suhbat, gunohlariga tavba qilish,
ong oqimi, shaxsiyatning ikkilanuvi, tush kabi vositalar “Ota” kabi badiiy barkamol
asar yaratilishida qo‘l kelgan.
        Romanda shunday tush tasviri berilgan: “Po‘lat tush ko‘rdi. Dahshatli bir tush.
Tushida u qizi Sevinch bilan baland bir devorning ustida yiqilib ketay- yiqilib ketay
deb yurib ketayotganmish. Pastda devorning ikki tarafida esa, gurullab do‘zaxiy bir
olov yona yotganmish. Sevinch otasining qo‘lidan mahkam tutib olgancha oldinda,
ota   bo‘lsa,   qizining   qo‘lchasini   qizidan   ham   qattiqroq   siqimlab   olgancha   orqada
odimlab   borayotganmish.   Otasining   har   nafasida   qizchasining   devordan   qulab
pastda   lovullab   yonib   turgan   omonsiz   olov   qa’riga   tushib   ketmasaydi,   degan
tashvish  yasharmish.   Dam-badam  ular  devorning o‘pirilgan  joylariga  –  jarliklarga
duch kelishar, bu joylarning ostidan olovning ko‘kka o‘rlagan tillari ularga hamla
qilar, ota bilan qiz yuraklarini hovuchlab jarliklardan sakrab amallab o‘tib olishar-u
keyin   hovuchdagi   yuraklarini   tishlariga   olib,   mahkam   tishlagan   kuyi   ilon   izidek
yolg‘izoyoq   yo‘llarda   davom   etisharmish.   Ammo   jarliklarning   biriga   kelganda
Sevinchning   oyog‘I   yomon   toyib,   olovning   tubanda   gurullab   otashning   domiga
uchib ketishiga sal qolibdi. Po‘lat uning qo‘lchalaridan jon holatda ushlab yuqoriga
tortib, jonini qutqazibdi. “O‘zingga shukur!” – otaning butun badanidan muzdek ter
chiqib ketibdi. Sal es-u hushini tuplab olgach esa, Sevinchning qo‘llaridan yanada
qatiqqroq   tutib   olgancha   yurishda   davom   etibdi…     Go‘yo   butun   olam   ulkan   bir
gulxanning   ichida   yonarmish-u   yolg‘izgina   bu   devor   ustida   jon   saqlash   mumkin
emish.   Ammo   uning   usti   ham   xuddi   muqaddas   kitobda   tasvirlangan   qil   ko‘prik   –
sirotdagidek, o‘ta tor, o‘ta tahlikali bo‘lib, unda bir odim otish ham ota bilan qizni
har lahzada hayot-u mamot oralig‘iga otib yuborarmish” 13
.
          Mazkur tush reallikka ko‘chib Po‘latning hayotida chindanam sodir bo‘ladi.
Xalqda bir gap bor, “ko‘p o ylaversang amalga oshadi” yoxud “har bir gapga hamʻ
13
 U.Hamdam. Ota. T. Yangi asr avlodi. 2020.100-b.
48 farishta   omin   deydi”,   degan   ibora   ham   bor.   Asralgan   ko‘zga   cho‘p   kiradi.
Nimagaki,   Po‘lat   o‘z   kasbidan   kelib   chiqib,   ko‘pgina   oilalarni   gulxandan,   olov
qa’ridan   olib   chiqishga   to‘g‘ri   keldi.   Shu   bois   uning   ko‘z   oldiga   o‘sha   bolalar
Sevinch bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa, hech ajablanmaymiz. Shunday xayollar suraverib,
qizi   bilan   yuqorida   eslaganimiz   tush   sodir   bo‘ldi.   Tushda   u   qizini   qutqarib   qoldi.
Ammo falokat  qandaydir  o‘z-o‘zini  qidirishini  ham  ich-ichidan his etdi. Butunlay
egallab oldi. Xayolidan ketmadi. Tush ta’biri kitobida tush haqida bir qancha fikrlar
aytilgan. Uning rostligi, amalga oshishi yoki cho‘pchakligi, ba’zan esa ruhiyat bilan
bog‘liq   o‘tkinchi   hodisa   ekanligi     haqida   bir-birini   inkor   etadigan   yoxud
qo‘llaydigan fikrlar bor.
           Biroq “Ota” romanida bu izsiz ketmadi.Erboyning, Iblisning beting, ko‘zing
demay aytgan quyidagi gapi: “Qizing Asakaning shifoxonasida bolali bo‘libdimi?”
degani   Po‘lat   otani   ruhiy   muvozanatdan   chiqarib   yuboradi.   U   tamonam   o‘zini
yo‘qotadi.   U   Asakadagi   shifoxonaga   qarab   yo‘lga   tusharkan,   yozuvchi   uning   ichi
dunyosini,   ruhiy   holatini   yaqqolroq   ko‘rsatish   uchun   yo‘lda   keta-keta   psixologik
vositaning   o‘ziga,   ya’ni   “o‘z-o‘ziga   gapirish   turidan   unumli   foydalanadiSenga
shunday   tarbiya   bergan   edimmi?   Kim   o‘rgatdi   senga   bunday   yo‘l   tutishni?   Otani
aldashni-chi?...   Hech   zamonda   musulmon   qiz   xaromdan   bola   tug‘adimi?     Uni
bolam   deb,   qaysi   yuz   bilan   bag‘ringga   bosasan?   Odamlarning   ko‘ziga   qanday
qaraysan?   Meni  ko‘zimga-chi?   Ajdod-avlodimiz  oldida  nima  degan   odam   bo‘ldik
endi?   Hech   o‘yladingmi   shuni?   …   Sevinch!...   Sevinch…   Sen   hammasiga   nuqta
qo‘yding, nuqta!. Axir dardni bir o‘zing chekdingmi? Biz ham  yoningda edik-ku!
Ammo   hammasining   bir   mukofoti   bor   deb   o‘ylardik.   Yaratgan   egam     hammasi
uchun   seni,   meni,   ayangni   hali   sevintiradi,   bir   suyunchi   berib   .zimizni   kuldiradi,
deb yurardik. Endi-chi?.. tortgan azoblarimiz, sen  tufayli  suvlarga oqdi  endi!. Ha,
oqdi!. Hech narsa qolmadi, hech narsa! Faqat bitta ish qoldi, ota qiladigan ish, men
qiladigan ish!...
49                   Po‘lat   ota   bir   yog‘i   oshig‘ib  yurganidan,   boshqa   yog i   o‘ziga   o‘zi   gapiribʻ
turganidan   charchab   halloslab   qoldi”. 14
  Shu   asosda   yozuvchi   Po‘lat   otaning
ruhiyatida kechayotgan talato‘plarni qalamga oladi. Kitobxonga shu priyom orqali
xarakterni   yaxshilab   tushuntirib   beradi.   Psixologik   vositalarning   har   biridan
yozuvchi   unumli   foydalansa   asar   badiiyligi,   mukammalligi,   o‘qimishliligi
shunchalik   ortib   boradi.   Inson   va   uning   ijtimoiy   hayotdagi   faoliyati   yorqinroq
yoritiladi. 
                      Badiiy   asar   mazmunini   boyitishda,   voqealar   ta'sirchanligini   oshirishda
badiiy detallar muhim rol o‘ynaydi. "Detal - (fr. detail - tafsilot, mayda-chuyda) -
badiiy   asarda   muayyan   mazmun   ifodalovchi   g‘oyaviy-   badiiy   yuk   tashuvchi
tafsilot."   Detallar   voqelikni   yaratish   vositasi   bo‘lish   barobarida,   tasvirlanayotgan
narsa-hodisa   yoxud   holatni   konkretlashtiradi,   hissiy   idrok   etish   mumkin   bo‘lgan
tarzda gavdalantiradi. "Hayotni tipiklashtirishda, uni badiiy ifodalashda, qahramon
xarakteri   qirralarini   ochishda,   asar   g‘oyasini   ifodalashda,   uning   emotsional   ta’sir
kuchini   oshirishda   badiiy   detallar   katta   rol   o‘ynaydi.   Detal   odatda,   lo‘nda,   aniq,
yorqin va obrazli bo‘lib, asosan, tasvir obyektini sintezlashtirib ko‘rsatishga xizmat
qiladi.   Qisqa-yu   sermazmunlikka   erishish   -   badiiy   detalning   xarakterli
xususiyatidir.   "Odatda,   badiiy   asarlarda   detallar   turli   shakllarda   qo‘llaniladi.
Jumladan,   ularning   predmet   detal,   portretik   detal,   nutqiy   va   ruhiyat   (psixologik)
detallari   kabi   turlaridan   ko‘p   foydalaniladi.   Badiiy   asar   mazmunini   yuzaga
chiqarishda aynan shu eng kichik unsur  – detallar  qahramonlar taqdirida g‘oyatda
muhim ahamiyat kasb etadi. Hatto oddiy bir predmet detali ham juda katta g‘oyaviy
mazmunga ega bo‘ladi.   Qahramonlar nutqini  o‘ziga xos qilib ko‘rsatishda nutqiy
detallarning   qo‘llanilishi   asardagi   obrazlar   xarakterini   ochib   berish   uchun   ham
muhim   vositadir.     Kitobxon   qalbiga   ta’sir   o‘tkazishda   ruhiyat   detallaridan
foydalanish   ahamiyatlidir.   Bunda   yozuvchi   qahramonlarning   g‘am   chekishi-yu
xursand   bo‘lishini   keng   sharhlamaydi,   aksincha,   g‘oyatda   ta'sirchan   bir   jumla
14
 O‘sha asar, 157-b.
50 keltiradi-yu   o‘sha   holat   ruhini   beradi.   "Quruq   bayon   va   uzundan-uzun   sharhlar
emas,   balki   xuddi   shunday   ustalik   bilan   topilgan   aniq   detallar,   lo‘nda   va   yorqin
obrazli   chizgilar   tasvirigina   kitobxonda   chuqur   taassurot   qoldiradi."O‘tkir
Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarida  qahramonlar  tabiatini, qismatini  ochib
berishda  detallarning  turli  namunalari  qo‘llanilishi   bilan  bir  qatorda  yozuvchining
so‘z qo‘llash mahorati nutqiy detallar vositasida ko‘rsatilgan. Asardagi "Eng og‘ir
gunoh" hikoyasida yozuvchi bir  qator  predmet detallarini  keltirar ekan, shu orqali
davr   muhiti,   obrazlarning   ijtimoiy   ahvolini   ifodalaydi.   Bunda   ijodkor   uzundan-
uzoq hikoya qilib o‘tirmaydi, balki "kichik zarra" (detal)lar  vositasida kitobxonga
ta’sir ko‘rsatadi. Hikoyadagi TOLQON ( uyimizda tez- tez oyim tolqon qilar edilar.
Endi   bilsam   o‘sha   paytlarda   oyim   nonning   ko‘pligidan   emas,   kamligidan   qilgan
ekanlar), LAVLAGI ( yeyishga hech narsa qolmagani, har kuni yeyilganidan jonga
tekkanligi, baribir non kabi emasligi), YONG'OQ kabi predmet detallari vositasida
bir   oilaning   ijtimoiy   ahvoli   ko‘rsatib   berilgan.   Yozuvchi   "urush   tugab,
og‘irchilikning   zahri   ketmagan   yillar"   tasvirini   berishda   yuqoridagi   detallardan
samarali   foydalangan   va   bu   orqali   nima   demoqchi   ekanini   kitobxonga
anglatishning   uddasidan   chiqqan,   desak   mubolag'a   bo'lmaydi.   Qolaversa,   meva-
chevalar,   sumalak,   ismaloq,   tut   mayiz   detallari   orqali   xalqning   urushdan   keyingi
hayoti, ro‘zg‘or tebratish mashaqqatlari badiiy ifoda etilgan.     Badiiy asar sujetiga
aloqador   eng   kichik   (aslida   eng   katta)   muammolardan   biri   –   badiiy   detal   va
tafsilotlardir.   Chunki   «Detallarni   haqqoniy   tasvirlashdan   tashqari,   tipik
xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash — realizmdir», degan ta’rifni ko‘pchilik yod
biladi.   Bundan   ko‘rinadiki,   sujet   voqealari   (tipik   sharoit)   tipik   xarakterlami
namoyon   qilarkan,   bu   vazifani   detallarsiz,   detallarning   haqqoniyligi,   aniqligi,
ta’sirchanligisiz to‘la ro‘yobga chiqara olmaydi. Demak, asar detalsiz (uni «zarra»
deb   atasak),   tafsilotsiz   yashay   olmaydi.   Badiiy   zarra   va   tafsilot   «ko‘z
ilg‘amaydigan   har   bir   mayda   narsani»   (A.Pushkin)   barchaga   bo‘rttirib   ko'rsatadi,
shu   sabab   «romannavistning   san’ati   hamma   detallarni   haqqoniyligi»ga   bog'liq
51 (Balzak).   Darvoqe,   unda   (eng   mayda   zarrada)   butun   bir   koinot   (xuddi   tomchida
quyosh   aks   etganidek)   joylashadi.   «Detal   –   san’atning   miniatyura   modeli»   ekan,
demak,   «hamma   gap   tafsilotlarda»   (/.Turgenev)dir.   «O‘tkan   kunlar»ga   bir   nigoh
tashlaylik:   «-   Nega   qochasiz?   Nega   qaramaysiz?   -   dedi   bek.   Kumushbibi   shu
choqqacha   qaramagan   va   qarashni   ham   tilamagan   edi.   Majburiyat   ostida,   yov
qarashi   bilan   sekingina   dushmaniga   qaradi...   Shu  qarashda   bir   muncha   vaqt   qotib
qoldi.   Shundan   keyin   bir   necha   qadam   bosib   Otabekning   betiga   yaqin   keldi   va
esankiragan hayajonlangan bir tovush bilan so‘radi:
         – Siz o‘shami?
                –   Men   o'sha,   –   dedi   bek...»   (60-bet).   Mana   shu   parchada   biz   ta’kidlagan
(«Majburiyat   ostida,   yov   qarashi   bilan   sekingina   dushmaniga   qaradi».   «Siz
o‘shami?»)   ikkita   holat   va   nutqiy   detaining   o‘ziyoq   Kumush   holatini   va
muhabbatining   tarixini   shunchalik   yaqqol   ko‘rsatadiki,   uni   o‘nlab   sahifalardagi
tasviri   bu   ishni   bajara   olmagan   bo‘lardi.   Chunki   bu   ikki   «zarra»   nishonga   to‘g‘ri
urgan: Dushmanga qarashni istamaslik, majburiyat-la qaragach, sevganini – baxtini
ko‘rish   va   «Siz   o‘shami?»   so‘zlariga   butun   borlig‘ini   (orzularini,   qiynalishlarini,
zoriqishlarini, sevgisini, ibosini, samimiyligini, qalbini...) baxshida etish... Qisqa va
sodda,   ravshan   va   ta’sirdor   (Birinchi   bo‘lib   ko‘zga   tashlanadi   va   kitobxonni   lol
qoldiradi). Tipik va o‘ziga xos.«Ba’zilar asarga chiroyli detal kiritishga o‘ch boiadi.
O'sha   detal   chiroyli   bo‘lsa   bordir.   Ammo   asarning   bosh   maqsadiga   xizmat
qilmaganidan   keyin   tegirmonchining   maxsisiga   o‘xshab   qolaveradi,   oyoqni   bir
qoqsangiz   yopishgan   un   gardi   tushib   ketadi-yu,   burishgan   mahsi   ko‘rinib   qoladi.
Detal pardoz emas, husn bo‘iib asami ochishi kerak» (A.Qahhor). Ana shundagina
detal   va   tafsilotlar   kitobxonda   xarakter   holati,   sharoit   xususiyati   haqida   asosli
tasavvur uyg‘otadi. 15
 
              Ulug‘bek   Hamdam   urush   qatnashchisi   emas,   u   urushni   jismi   jonida   sinab
ko‘rgani yo‘q. u urushni bilimlari, o‘qiganlari, kinolarda ko‘rganlari bilan anglaydi,
15
 Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004.131-132 b.
52 shu orqali  his etadi. Shu orqali  uning shiddatli  va iztirobli  voqealarini  tasvirlaydi.
Bu   ham   rostga   ko‘chishi   mumkin.   Ba’zan   urush   ko‘rib   ham   urushni   butun
murakkabligicha   tasvirlay   bilmaslik   holatlari   uchrab   turadi.   Ulug‘bek   Hamdam
tasvirlari   ishonchli.   Nimagaki,   u   voseani,   iztirobni   his   qila   oladi.   Butun   borlig‘I
bilan   jangga   kirmagan   bo‘lsa-da,   xayolan   jangga   kira   oladi.   Shuning   uchun
yozuvchi   tasvirlarida   psixologik   jarayonlar   yetakchilik   qiladi.   Ijodkor   Urush
dahshatlarini  Po‘lat  ichki  monologlari  orqali  tasvirlashni  xush  ko‘radi. Shu usulni
asar tabiatiga mos deb o‘ylaydi.
           “Ochlik va sovuqning iztirobi o‘zining haddi a’losiga yetganda, Po‘lat o‘ylay
boshladi: 
                Dushman   kim   o‘zi?   O‘rmonni   to‘rt   yoqdan   o‘rab   olgan,   yaxshi   kiyingan,
yaxshi qo‘rollangan, yaxshi boqilgan ikki oyoqli yovmi yoki meni Nikitani, anovi
uchovlonni   ichdan   kemirayotgan,   yemirayotgan   ochlik,   sovuq   va   chorasizlikmi?
Qaysi ko‘proq dushman bo‘ldi ekan.?  Qaysi biri bizlarni tezroq o‘ldiradi?.. Tezroq
o‘ldirgani yaxshiroq dushmanni sekinroq o‘ldirgani?” qiziq…
                         Urush nima o‘zi? Kimga kerak u? nega birovlar urush qilsa, men unga
qo‘shilib   ketdim?   Vatan   uchunmi?   Nima   degani   o‘zi   Vatan?   Nega   men   uning
uchun   jonimni   qurbon   qilishim   kerak.   Men,   Nikita,   anovi   uchavlon   nima   uchun
o‘lib ketyapmiz o‘zi? Yana  o‘sha  Vatan uchunmi? Shu hammadan  qoladigan yer,
suv, ko‘k uchunmi? Nahotki bularning hammasi inson hayotidan ustun bo‘lsa! Bu
yorug‘   olamdagi   eng   oily   ne’mat   hayot   emasmidi?   Qolgan   hamma   narsa   undan
keyin kelishi to‘g‘rimasmidi? Nega biz larni o‘rnini almashtirib qo‘yganmiz? Axir,
men   o‘lsam,   yerning   ham,   suvning   ham,   ko‘kning   ham   qimmati   qolmaydi-ku!
Boshqalar   uchun   ham   shunday.   Biz   hammamiz   o‘lsak   und   anima   bo‘ladi…   Eh,
aya,   ayajon!   Sizni   juda   sog‘indim.   Gohida   o‘shanda   gaplaringizga   kirsam   yaxshi
bo‘larmidi, deb o‘ylab qolaman. Ana, kechaginda ham shunday o‘yladim. Bir yosh
olmon   yigitini   juda   yaqindan   ko‘rdim.   Bizning   nikita   borku,   o‘sha   olmon   yigitini
yaralagan   edi,   chunonam   dod   soldiki,   yurak   bag‘rimiz   ezilib   ketdi.   Menimcha,
53 onasini   chaqirib   faryod   soldi-yov.   O‘shanda   men   o‘sha   yigitni   o‘zi   xohlab   bizni
o‘ldiraman,   deb   kelganiga   ishonmadim.   Oldin   ishonar   edim,   endi   yo‘q!
Dushmanimni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib< uni qanday iztirob chekayotganini yurak-
yurakdan   his   qilganimdan   keyin   ular   ham   o‘zimizga   o‘xshagan   odamlar   ekaniga
iymon keltirdim, aya. Endi men urushga ishonmay qo‘ydim. Urushga kirib to‘g‘ri
ish   qilganimga   ham   shubhalana   boshladim.   Men,   Nikita,   anovi   olmon   yigiti…
hamma-hammamiz   kimnidir   nog‘arasiga   o‘ynayotgandekmiz   ,   aya!   Agar   vatan   –
siz,   otam,   Yog‘du,   qo‘shnilarimiz,   mahallamiz   odamlari,   butun   o‘zbekistonliklar
bo‘lsa,   tushunaman,   sizlar   uchun   har   qanday   urushga   kiraman!   Lekin   bu   yerda
boshqa narsa borga o‘xshaydi, aya, boshqa narsa…” 16
          Yozuvchi bosh qahramon ichki monologi orqali urush va uning oqibatlariga
falsafiy   yondoshadi.   Urushning   maqsadi   nimaligi,   nima   uchun   unda   oddiy
fuqarolarning   o‘lib   ketishi   kerakligi,   aslida   urush   ikkita   o‘zini   boshqara   olmagan
qutirgan ikki oyoqli itning dushmanligi, yeb to‘ymasligi oqibati emasmi, deb o‘ziga
o‘zi   savol   beradi.   Bundan   kelib   chiqadigan   mushohada   shundan   iboratki,   bitta
zo‘ravonni   urush  qildirmasligi  uchun  butun  bir   xalqlar   birlashishlari  kerak.  Kerak
bo‘lganda   o‘sha   zo‘ravonni   taxtdan   olib   uloqtira   bilishi   kerak.   Uni   otini
demokratiya   deb   atashadi.     Demokratiya   degani   xalqlarning   uyushgan   jamiyati.
Unda   bir   hovuch   monopolistlar,   korrupsionerlarni   emas,     balki   xalqlarning   orzu-
istaklari   inobatga   olinadi.   Hech   bir   oddiy   odam   birovni   yurtini   bosib   olishni
xohlamaydi,   degan   badiiy-estetik   g‘oya   yotadi.   Undan   tashqari   Po‘lat   o‘ylab
qoladi.   Vatan   deyilmoqda   mening   vatanim   uzoqda   bo‘lsa,   ota-onam,   Yog‘du,
mahalladoshlarim   tinch-xotirjam   bo‘lsa,   men   kim   bilan   urishayapman   o‘zi.   Bu
yerda   nimadir   notugallik   bor,   deb   vatanda   vatansizlikni   aytmoqchi   bo‘ladi   asar
qahramoni.
16
 O‘sha kitob. 42-b.
54 Xulosa
                      Ulug‘bek   Hamdam   o‘zbek   adabiyotida   o‘zining   bir   qancha   badiiy
mukammal   asarlari   bilan   nom   qozongan   yozuvchilardan   biridir.   Uning   asarlarida
milliy   tafakkur   tarsi   tasviri   yetakchilik   qiladi.   Muallifning   har   bir   asarida   milliy
o‘ziga   xoslik,   o‘z   urf-odatlariga   sodiqlik,   o‘zbeklik-turkchilik   kabi   g‘oyalarga
moyillik   xislatlari   bo‘rtib   ko‘rinadi.   Ijodkorning   aynan   “Ota”   romanida   ham
g‘oyaviy-estetik maqsad shu yo‘nalishlarga borib tutashadi. 
                    1.  Asarda   mavzu   yo‘nalishidan   kelib  chiqib,   psixologik  jarayonlar,  ruhiy
tahlil   psixologik   tahlil   muammolariga   to‘xtalib   o‘tilgan.   Ruhiy   tahlil   ham,
psixologik   tahlil   ham   bir-birini   to‘ldiradigan   jarayonlar   ekanligiga   urg‘u  berilgan.
Biroq   psixologizmni   ruhiy   tahlildan   kengroq   tushuncha   ifodalashiga   ham   to‘g‘ri
yondashilgan.
                    2.   Badiiy   asarda   muallif   ruhiyati   masalasi   adabiyotda   tarixan   shakllanib
kelingan.   Shu   jihatlarga   qaraganda,   badiiy   asarga   yondashish   yozuvchi   ruhiyatiga
bog‘liq masala ekanligi bir muncha soddalshtirilib berildi. Ya’ni romanda roviy va
hikoyachi,   muallif   obrazlari   tushunchalari   mavjud.   Ularning   bir-biridan   nozik
farqlari   ham   ko‘rinadi.   Roman   tahlili   misolida   ularning   tipologik   farqlari   ham
ko‘rsatilib berilgan.
          3. Psixologizmlar qatnashgan asarlar tahlilida konfliktlar chetlab o‘tilmaydi.
Shu boisdan “Ota” romani tahlili jarayonida konfliktlar qo‘llanishi, ularning qay bir
turlaridan qay holatlarda qo‘llanish maqsadga muvofiqligi masalalari asarda bo‘rtib
ko‘rinadi.   Ichki   va   tashqi   ziddiyatlarning   badiiy   asar   kompozitsiyasi,   sujetida
tutgan   o‘rni   talqinlarda   o‘z   ifodasini   topgan.   Roman   qahramonlari   ruhiy
kechinmalari misolida milliy kolorit tushunchasi ochib berilgan.
                    4.   Roman   strukturasi   yozuvchi   maqsadlariga   muvofiq   tarzida   ishlangan.
Sarlavhalar jiddiy o‘ylab toplgan kashfiyot. “Ota” romanida bosh obraz ulug‘lanib,
mavzuga  ko‘tarilgan.  Asarning   qurilishi  otaning  g‘oyaviy-estetik  maqsadini   ochib
55 bera   oladi.   Ota   obrazini,   xarakterini   ochib   berishda   psixologik   usullar   yaxshi
ishlangan.   Ularni   Yog‘du,   O‘tkir   aka,   Erboy   kabi   qahramonlar   xatti-harakatlari
orqali   yaqqol   sezish   mumkin.   Asar   bir   nafasda   o‘qiladi.   Qora   bo‘yoqlar   ko‘p
ishlatilgan   bo‘lsa-da,   asardagi   badiiy   tafakkur   ularni   o‘z   haqiqatiga   yashirib   bera
oladi.
                5.   Romandagi   bor   yolg‘on-u   haqiqatlarni   yuzaga   chiqarishda   bir   qancha
priyomlar,   usullar   o‘ylab   topilgan.     Shulardan   asosiylari   psixologik   vositalar
hisoblanadi.   Psixologik   vositalardan   ichki   monolog,   o‘z-o‘ziga   gapirish,   tush,
psixologik   portret   kabilar   joy-joyida   ishlangan.   Ularning   har   biriga   misollar
keltiririlib   yozuvchi   mahorati   ochib   berildi.   Ulug‘bek   Hamdamning   xarakter
yaratishdagi tajribalaridan biri qahramonlar ichki dunyosi orqali o‘zligini ko‘rsatish
yoxud   fosh   etishdir.   Romanda   ushbu   usul   yetakchilik   qildi.   Undan   tashqari
personajlar,   asar   qahramonlari   tahlilida   boshqa   o‘zbek   romanlari   obrazlari   bilan
qiyosan o‘rganilgan jihatlar ham ko‘rsatib berildi.
        6. “Ota” romani birinchi marta bitiruv malakaviy ish sifatida o‘rganildi. Ishni
hali   magistrlik   ishi   sifatida   o‘rganish   ham   maqsadga   muvofiqdir   deb   o‘ylaymiz.
Zero, roman hali bir qancha yetuk tadqiqotlarga  manba bo‘la oladi.
56 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
I.  Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1.   Мирзиёев   Ш.  М.   Буюк  келажагимизни  мард   ва  олижаноб   халқимиз   билан
бирга қурамиз. –Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 488 б.
2. Мирзиёев Ш. М. “Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш
–   юрт   тараққиёти   ва   халқ   фаровонлиги   гарови”   мавзусидаги   Ўзбекистон
Республикаси   Конституцияси   қабул   қилинганининг   24-йиллигига
бағишланган   тантанали   маросимдаги     маърузаси.   –   Тошкент:   Ўзбекистон,
2017.
3.Ўзбекистон   Ёзувчилар   уюшмаси   фаолиятини   янада   такомиллаштириш
чора-тадбирлари   тўғрисида   //   Ўзбекистон   адабиёти   ва   санъати,   2018   йил   6
апрел №15 (4465).
Ilmiy va badiiy  adabiyotlar
1. Adabiy turlar va janrlar. Birinchi jild. –T: “Fan”, 1991. 384 b.
2. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 1-tom, -T.: “Fan”, 1978. 232 b.
3. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. 2-tom, -T.: “Fan”, 1979. b-448.
4. Ahmedova. Sh. Adabiyot tanqidchiligi janrlari. -T.: “Fan”, 2006.  196 b.
5. Adabiyotimiz faxri. A.  Qahhor haqida. –T.: O‘zbekiston. 2007. 325.
6. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. -T.: “O‘zbekiston”, 2002. 558 b.
7. Boboxonov M. O‘zbek qissalarida badiiy psixologizm. T. Bayoz. 2014.
8. Do‘stmuhammad X. Ijod – ko‘ngil munavvarligi. –T.: “Mumtoz so‘z” 2011.  
315 b.
9. Jahon adiblari adabiyot haqida. -T.: “Ma’naviyat”, 2010. 390 b.
10. Jo‘rayev T. Ong oqimi, modern. -F.: “Farg‘ona” nashriyoti, 2010. b-204.
11. Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. – T.: “G‘.G‘ulom nomidagi 
nashriyot- matbaa ijodiy uyi”. 2015. 354 b.
57 12. Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2006. 546 b.
13. Komilov N. Tafakkur karvonlari. –Toshkent: “SHARQ”, 2011. 319 b.
14. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. –T.: “Yangi nashr”, 2010. 263 b.
15. Karimov B. Ruhiyat  alifbosi. – T. “G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at 
matbaa ijodiy uyi”. 2016. 324 b.
16. Mustaqillik davri adabiyoti.  Ilmiy to‘plam.  -T.: “Adabiyot va san’at 
nashriyoti”, 2006.   287
22.  Sh.Rizayev. Sh.Rizo mutolaa qiladi. Tafakkur. 2008. 4-son., 
23.  Y.Solijonov. Mehrli ayollar madhi. O‘zAS.2013.16-avgust.
  24.   N.Dilmurodova. Vorisiylik va ijodiy an’analar ildizi.   “Sharq yulduzi” 2014.
4-son 
25.  L.Bo‘rixon. Sirli satrlar haqida so‘z. “Yoshlik” 2017. 2-son.
26.     Xushboqov   J.   Yurakdan   chiqqan   so‘z.   T.   G‘.G‘ulom   nomidagi   Adabiyot   va
san’at nashriyoti. 1993., 
27.  I.G‘afurov. Parivashlar majlisi. T. Yangi asr avlodi. 2015. 
28. To‘rayev D. Rangin tasvirlar jilosi. T. Akademnashr. 2014., 
17. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. -T.: “Ma’naviyat”, 2000. 110 b.
18. Normatov U. Yangi o‘zbek adabiyoti. -T.: “Universitet”, 2007. 171 b.
19. Normatova Sh. Jahon adabiyoti. –Toshkent: “Cho‘lpon nomidagi nashriyot – 
matbaa ijodiy uyi”, 2008. 95 b.
20. Normatov U. Ijod sehri. -T.: Sharq, 2007. 352 b.
21. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. -T.: “Sharq”, 2007. 335 b.
22. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. –Toshkent: “O‘qituvchi”, 1980. 392 b.
23. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. -T.: 2004. b-128.
24. Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko‘zlari. -T. “O‘zMK” nashriyoti, 2009
25. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -T.: “A. Qodiriy nomidagi xalq 
merosi nashriyoti”, 2004. 262 b.
26. Umurov H. Saylanma. 5 jildlik. 3-jild. T.Fan. 2007.
58 27. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T. “G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot
va san’at matbaa ijodiy uyi”. 2018. 307 b.
28. Sharafiddinov O. Haqiqatga sadoqat. -T.: “G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va 
san’at nashriyoti”, 1989. 416 b.
29. Sher A. Abadiyat va umr. – T.: Faylasuflar, 2017.
30. O‘zbek adabiy tanqidi. Antologiya. –T.: “TURON-IQBOL”, 2011.542 b.
31. O‘zbek nasri tarixidan. –Toshkent: “Fan”, 1982. 196 b.
32. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. -T.: “Fan”, 2007. 227 b.
33. Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji. -T.: “Fan”, 2007. 195 b.
34. Ahmad S. Kiprikda qolgan tong. T.,  “ Sharq ” , 2008.
35. A’zam A. Asqartog‘ tomonlarda. T., “Yosh gvardiya”. 1989.
36. Vohidov E. O‘zbegim. T.:  “ O‘zME ” , 2006. 320 b.
37. Do‘stmuhammad X. Beozor qushning qarg‘ishi. T.,  “ Sharq ” , 2006.
38. Chexov A. P. Hikoyalar. T.  “ Yangi asr avlodi ” . 2011.
39. Hamdam U. Muvozanat. T.Sharq. 2018.
40. Hamdam U. Yangilanish ehtiyoji. T. Fan. 2007
41. Hamdam U. Olisdagi Dilnura. T.  “ Sharq ” , 2010.
42. Hamdam U. Ota. T. Yangi asr avlodi. 2020.
43. Eshonqul  N . Shaftoli guli. T.  “ O‘zbekiston ” ,   2011
44. Eshonqul N. Mendan “men”gacha – T. “Akademnashr”. 2014.
45. Eshonqul N. Ijod falsafasi. – T. “Akademnashr”. 2018.
Internit materiallari
46. https://ilmlar.uz/xurshid-dostmuhammad-hikoyalari-tarjimai-holi/   
47. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/xurshid-dostmuhammad-fikr-   
shoirining-hikoyalari.html
48. https://arxiv.uz/uz/documents/diplom-ishlar/adabiyot/xurshid-do-   
stmuhammad-prozasining-poetikasi
59

M U N D A R I J A Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida psixologik tahlil 1.Kirish…………………………………………………………………. 3 2. I BOB. PSIXOLOGIZM – BADIIY VOSITA……………………. 3. 1.1. Psixologik tahlil va uning nazariyasi……………………… 4. 1.2. Muallif ruhiyatining asarda aks etishi………………… 5. II BOB. KONFLIKTLARDA QAHRAMON RUHIYATI………….. 6. 2.1. Ichki va tashqi ziddiyatlarning xarakter yaratishdagi o‘rni……….. 7. 2.2. Qahramonlar ruhiyatida milliy kolorit ifodasi………………. 8. III BOB. ROMAN STRUKTURASIDA RUHIYAT OLAMI……….. 9. 3.1. “Ota” romanida ruhiy kechinmalar tasviri…………………. 10. 3.2. “Ota” romanida psixologik vositalar………………………….. 11. Xulosa…………………………………………………………….. 12. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………… KIRISH (ishning umumiy tavsifi) 1

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. O‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixologik tahlil tushunchalari ancha yillardan beri ishlatilib kelinadi. Uning me’yor va qoidalari ishlab chiqilgan. Bunday asarlar tahlili adabiyot tarixida salmoqli o‘rinlarni egallaydi. Bunga turli ko‘rinishdagi voqea-hodisalar tahlili psixologizm vositalari orqali o‘z yechimini topadi. Tadqiqotda bir qator adabiyotshunos olimlar asarlariga murojaat qilindi. Ularning psixologizm va ruhiy holat borasidagi nazariy qarashlari o‘rganildi. Shu va boshqa qarashlar orqali o‘zbek adabiyoti namunalari tahlil va talqin etildi. Ruhiy tahlilning insonlar turmush tarzi va ruhiyatiga ta’siri kuchli ekanligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda tahlil qilingan asarlar inson kechmishini ochib berishdagi o‘rni masalasi har tomonlama chuqur ko‘rsatib berildi. Jumladan, Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani tahlili misolida bir qancha o‘zbek yozuvchilari asarlari qiyosiy o‘rganildi. Ulardagi ruhiy tahlil bilan “Ota” romani tahlili solishtirildi. “Ota” romanidagi xarakter yaratish mahorati, yozuvchi nuqtai nazari misollar orqali ochib berildi. Asarning yosh kitobxonlar o‘rtasidagi muhim ahamiyati, ularning dunyoqarashlaridagi ustuvor vazifalarni anglashlari yo‘lidagi sa’y-harakatlariga turtki berilishi kabi masalalar asar tahlillarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur kitobning ommabopligiga bir qator sabablar ko‘rsatilgan. Masalan, birinchidan, yozuvchining mashhurligi, muallifning bundan oldingi kitoblarida nafaqat o‘quvchilar, balki adabiy tanqidchilar tomonidan ham juda iliq kutib olinganligi hamda asarning tili, obrazlar qiyofasi, g‘oyaviy-estetik yo’nalishi va bir qancha badiiylik hodisalari o‘quvchini o‘ziga torta oladi. Ikkinchi sabab mavzuning originalligi, ijtimoiy yengil-yelpilikdan uzoqligi asar nomidan ham bilinib turibdi. Asarning boshida “Barcha otalarga bag‘ishlanadi” deb yozib qo‘yilishining o’zi ham asarning dolzarbligini, o‘qimishliligini belgilab beradi. Demak, romandagi har so‘z, har bir ibora ota kabi 2

qahrli, ota kabi bir so‘zli bo‘lib jaranglaydi. Bunday jumlalarni topishga yozuvchi izlangan, ijodning eng mashaqqatli yo‘llaridan yurishni bir necha bor sinovdan o‘tkazganligi badiiy mukammal so‘zlarda o‘z isbotini topmoqda. Uchinchi bir sabab romanning hajmini kichikligidadir. Asar katta emas, ammo voqealar bir inson umriga teng. Har bir kitobxon, uning saviyasidan qat’iy nazar kitobni, romanni o‘qib tushunadi, undan o‘z saviyasiga yarasha ruhiy ozuqa oladi. O‘lim va tug‘ilish, erkin yashash, hayot zavqi va qamoqxona – ozodlikdan mahrum bo‘lish. Bular barchasi bir ota obrazida o‘z isbotini topadi. “ Bugun jonajon O‘zbekistonimiz “ Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari ” degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda ” 1 ekan Ulug‘bek Hamdam asarlari qatorida “Ota” romani ham o‘zining xarakterlarining pishiq ishlanganligi, g‘oyaviy yetukligi bilan jamiyatimizga xizmat qilishda davom etaveradi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil borasida anchagina ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilgan. Psixologizm yo‘nalishidagi asarlarning mavzu mundarijasi ancha yuqori, salmoqdor ekanligini e’tirof etish kerak. Romanlarda, qissalarda, hikoyalarda va boshqa janrlarda ruhiy tahlil jarayonlari ancha keng ravishda o‘rganilgan. Bu borada, ayniqsa, O.Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov, U.Normatov, H.Umurov, D.Quronov, M.Boboxonov va boshqa adabiyotshunos, munaqqidlarning xizmatlari beqiyos. O.Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti”, “Davondagi o‘ylar”, M.Qo‘shjonov ning “Abdulla Qahhor mahorati”, “O’zbekning o’zligi”, U.Normatov ning “Ijod sehri”, “Umidbaxsh tamoyillar”, “Ijodkorning qalb harorati”, H.Umurovning “O‘zbek romanlarida psixologizm muammolari”, Q.Yo‘ldoshevning “Yoniq so‘z”, D.Quronovning “Mutolaa va idrok mashqlari”, B.Karimning “Ruhiyat alifbosi”, U.Jo‘raqulovning “Nazariy poetika”, 1 “Миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилигимиз тимсоли”. Президент Ш.Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // Ўзбекистон овози. – Тошкент, 2019, 22 октябрь. 3

U.Rasulovaning“XX asr o‘zbek qissachiligi”, Mavlon Boboxonovning “O‘zbek qissalarida badiiy psixologizm” kabi monografiyalar va to‘plamlari shular jumlasidandir. Mazkur olimlarning sa’y-harakati bilan badiiy asarlarni ruhiy tahlil qilish muammosi ancha teran ilmiy yoritib berilgan. Asarlarning ruhiy tahlili orqali badiiy kashfiyotning g‘oyaviy-badiiy qimmati, estetik ahamiyati hamda yozuvchilarning o‘zbek nasrida tutgan o‘rni o‘ziga xos tarzda mukammal ochib berilgan. Yozuvchining mahorati, obrazlarning badiiy pishiq ishlanganligi kitobxonlar e’tiborini o‘ziga torta oladi. Romandan qanday xulosa chiqarish ularning o‘zlariga havola etilgan. Adabiyotshunosligimizdagi mazkur tadqiqotlarda yozuvchilarning ruhiy tahlillarda asarlar yaratishdagi mahorati masalasi, ijodkorlar erishgan yutuqlari, adabiyotga qo‘shgan yangiliklari, asarlariga tanqidchilarning o‘ziga xos munosabatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur tadqiqot Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanidagi ruhiy tahlil jarayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, bu orqali asarlarning yaratilishiga sabab bo‘lgan yozuvchilarning o‘ziga xos uslubi bilan bog‘liq jihatlar, ularning ijodiy qiyofasi, qahramonlar ruhiyatining betakror ifodalari, romandagi bir qancha xarakterlarning real voqea-hodisalarga asoslanganligini tadqiq etish orqali amalga oshirilishi zarurligini ko‘rsatuvchi omillardandir. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu BMIning asosiy maqsadi psixologizm vositalarida, ya’ni ruhiy tahlil asosida badiiy asarga yondashish, shu usullar bilan yozuvchi mahorati va xarakterlar talqinini Ulug‘bek Hamdam asarlari misolida, jumladan “Ota” romani misolida ko‘rsatib berishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda psixologizm nazariyasiga oid qarashlar, ruhiy tahlil va uning afzalliklari, bunday tahlil usulining o‘zbek adabiyoti namunalari misolida qiyosiy o‘rganishga ham e’tibor qaratilgan va quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: 4

- psixologik jarayon va uning badiiy asarda aks etishi, bu usul va uslubning yozuvchi mahorati va badiiy asar tarkibidagi obrazlarni tahlil qilishdagi yutuqlari masalasiga e’tibor qaratish; - ruhiy tahlilning xarakterlar o‘zligini ochib berishdagi o‘ziga xosliklarini bir qator o‘zbek adabiyoti namunalari misolida ko‘rsatish; - “Ota” romanida sujet va kompozitsiya va uning badiiy asardagi o‘rni, konflikt va ziddiyatlarning xarakterni ochib berishdagi vazifalarini har tomonlama keng tadqiq etish; - bosh qahramonlar xarakterlari talqinida yozuvchi mahoratini asoslovchi badiiy unsurlarni aniqlashtirish kabilardan iborat. Bunda yozuvchi uslubi, roman yaratishdagi turli-tuman priyomlari, ruhiy tahlilning asar badiiyatini tekshirishdagi xizmatlari, murakkab obrazlar tasvirida psixologik yondashuvning ahamiyatli tomonlari, obraz yaratishda turli vosita va unsurlarning qaror topishi, yozuvchi mahorati masalasi va badiiy detallardan foydalanish masalasi tadqiqi ham nazarda tutiladi. Bitiruv ishining obyekti va predmeti . Ishning obyekti sifatida Ulug’bek Hamdamning “Ota” romani misolida ruhiy tahlil muammolarini o’rganish, tadqiqotning predmetini Ulug’bek Hamdamning “Ota” romani tashkil etadi. Ishning keng qamrovini ochib berishda o’zbek adabiyoti namunalari va U.Hamdamning boshqa asarlari ham material vazifasini o’taydi Bitiruv ishining ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi shundaki, bu ishda o‘zbek va jahon adabiyotida yaratilgan psixologik tahlilga oid qarashlar va ularning badiiy adabiyot poetikasiga doir jihatlariga e’tibor qaratilgan. Bunday adabiyotni tekshirish vositalari orqali yozuvchi mahoratini tekshirish, ularni har tomonlama keng o‘rganishga harakat qilingan. “Ota” romanida urush mavzusiga ham yangicha yondashuvlarga e’tibor qaratilgan. Urush g‘oliblarning bayrami, mag‘lublarning iztirobi emas, balki urushning o‘zi ofat ekanligi, unda har ikki tomonning 5