Vizantiyaning Kiyev rusi bilan aloqalari
Vizantiyaning Kiyev rusi bilan aloqalari MUNDARIJA KIRISH I. BOB. SHARQIY RIM IMPERIYASI FEODOSIYLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA . 1.1. Feodosiy II Kichik 1.2. Vizantiyada Levrlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi II.BOB.VIZANTIYANING KIYEV RUSI BILAN ALOQALARI 2.1. Rusda nasroniylikning qabul qilinishi Vizantiya 2.2. Vizantiya va Kiev o'rtasidagi savdo Rossiya III.BOB. “ VIZANTIYANING KIYEV RUSI BILAN ALOQALAR” MAVZUSINI O’TISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLARDAN 3.1. « Uchta to’g’ri Bitta notog’ri » metodi 3.2. Klasster metodi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1
KIRISH Vizantiya imperiyasi qachon paydo bo‘lgan degan savolga olimlar turlicha javob beradi, biroq ularning ko‘pchiligi imperiyaning paydo bo‘lishi IV asr boshlaridan toki VII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi degan to‘xtamga kelishgan. Tarixchilar Vizantiya tarixini rasmiy boshlanishini bildiruvchi biror bir voqeani ajratib ko‘rsatishga harakat qilishgan. Ko‘pchilik uchun bu kabi voqea Vizantiya davlatining poytaxti, so‘nggi antik davr va o‘rta asrlarning siyosiy, diniy, madaniy va iqtisodiy markaziga aylangan, ikkinchi Rim deb atalgan Konstantinopolning paydo bo‘lishi edi. Bu 330-yil 11 mayda sodir bo‘ldi. Imperator Konstantin Buyukning xoxishiga ko’ra, qadimgi Vizantiya yangi nom-Konstantinopolis deb atala boshladi va yunon tilidan tarjima qilganda “Konstantin shahri” degan ma’noni anglatadi. Xristian shahri sifatida Vizantiya poytaxtining tarixi oradan 1123-yil o‘tib, 1453-yil 29 mayda Konstantinopolga Usmonli turklar bostirib kelgan vaqtda o‘z nihoyasiga yetdi. Imperiyaning nomi-Vizantiya so‘zini tarixchilar yangi davrga kelib Konstantinopol shahrining o‘tmishdoshi nomidan olib ishlata boshladilar. Vizantiyaliklarning o‘zlari ularning davlatida yunon tili hukmron bo‘lishiga qaramay imperiyaning so‘nggi kunigacha o‘zlarini rimliklar yoki xristianlar deb atadilar. Shunisi qiziqki, chet elliklar ularni yunonlar deb atashi Vizantiyaliklarga yoqmagan. Biroq, Paleologlar davrida vaziyat bir oz o‘zgara boshladi. “Ellin” so‘zi “majusiy” ma’nosini yo‘qotdi va vizantiyaliklar o‘zlarining yunoncha o‘tmishi bilan faxrlana boshladilar. Biroq vizant etnosi xech qachon mavjud bo‘lmagan va Konstantinopol imperatoriga itoat etganlar aralash xalqlardan iborat bo‘lgan. Ming-yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Vizantiya davlati sarhadlari bir necha marotaba o‘zgardi. VI asrda, imperiya o‘z qudratining cho‘qqisiga ko‘tarilgan vaqtda uning chegaralari uch qit’a: Yevropa, Osiyo va Afrikada yerlarni o‘z ichiga olardi. Vizantiya inqirozi arafasida uning tarkibiga faqatgina Konstantinopol, Peloponesning bir qismi va Egey dengizidagi bir qancha orollar kirardi. Davlat tepasida vizantiyaliklar Xudo bilan alohida munosabatlarga ega deb hisoblagan imperator turardi. U o‘z qo‘li ostidagi barchani avf etilishi uchun 2
javobgar hisoblangan. Shuning uchun ham hukmdorning nafaqat dunyoviy, balki, diniy ahamiyati ham katta bo‘lgan. Imperatorlar adolatliligi, jasurligi, donoligi, mulohazaliligi, atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘rligi va ixlosliligi bilan ajralib turishi lozim edi. Dastlabki bir necha yuz yilliklarda Vizantiya imperatorlari rim unvoni Imperator Augustos deb atalgan. 629-yil Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Irakliy kelib chiqishiga ko’ra, yunoncha bo‘lgan-vasilevs unvonidan foydalana boshladi. 800-yilda Karl Buyukka imperatorlik toji kiydirilishi natijasida Vizantiya hukmdorlari rim imperatorlarining merosxo‘ri ekanligini e’tirof etish maqsadida Basileus ton Romaion-rimlik imperatorlar unvonini oladigan bo‘lishdi. Paleologlar davrida quyidagi aqidadan ko‘p foydalanildi: “Xudo va Xristosga sadoqatli imperator va yakka hukmron rimlik”. Biz buni dastlab XV asrda Manuil II Paleolog, uning rafiqasi Yelena Dragash va ularning uch farzandi (Ioann, Andronik va Feodor) tasvirlangan miniatyurada ko’ra,miz. Bu yerda hukmdor “Manuil Xudo va Xristosga sadoqatli imperator va yakkahukmron rimlik, Paleolog va Avgustning maslakdoshi” sifatida gavdalangan. Shu bilan birga imperatorni boshqa oliy hukmdorlar orasidan ajratib ko‘rsatish uchun “yakka hukmdor” va “buyuk vasilevs” unvonlaridan ham foydalanilgan. Vizantiyaliklar xristian dunyosida o‘z davlatlarining ustunligiga to‘liq ishonardi. Ularning vasilevslari yetti hukmdor deb atalganlarning boshlig‘i bo‘lishi lozim edi. Boshqa barcha hukmdorlar ular boshqarayotgan davlatining nufuzidan qat’iy nazar imperatorning yaqin qarindoshlari nomini bo‘lib olishar (imperatorning o‘g‘li yoki ukasi unvonini eng kuchli monarxlar qo‘lga kiritgan) yoki ularga saroy unvonlari (masalan, patritsiy yoki magistr) berilgan. Vizantiya imperiyasi va uning siyosati ta’sirida bo‘lgan xalqlar va davlatlarning bu o‘ziga xos tuzilishiga mashhur vizantshunos olim Dmitriy Obolenskiy “Vizantiya millatlar hamdo‘stligi” deb nom bergan. “Hamdo‘stlik”ning amalda bo‘lish masalasi Komninlar sulolasi davrida (1081-1185) juda ham muhim edi. Paleologlar hukmronligi davrida, imperiya 1204 yilgacha mavjud bo‘lgan xududning soyasida qolib ketgan vaqtda ham u o‘z pozisiyasini himoya qilgan. 3
I. BOB. SHARQIY RIM IMPERIYASI FEODOSIYLAR SULOLASI HUKMRONLIGI DAVRIDA . 1.1. Feodosiy II Kichik 395-yilda Rim imperiyasining hukmdori Feodosiy vafot etdi. U o‘limidan oldin imperiyani ikki o‘g‘liga bo‘lib berib, imperiyaning g‘arbiy qismi o‘n bir yoshli Gonoriyga, sharqiy tomon o‘n sakkiz yoshli Arkadiyga tegadi. Gonoriyga regent sifatida Stilixon, Arkadiyga prefekt Rufin belgilanadi. 395-yil imperiyaning amalda ikki qismga bo‘linish yili hisoblanib, shu vaqtdan boshlab davlat farmonlari ikkala imperator nomidan chiqarilgan. Aka – ukalarning hukmronligi davrida imperiyaning birligi rasmiy jihatdan saqlanib tursa-da, ular o‘rtasidagi dushmanlik kayfiyati kuchayib borgan. Aka – ukalarning o‘zaro munosabatlari hatto G‘arb va Sharq o‘rtasidagi savdo - sotiqning to‘liq to‘xtatilishi darajasiga olib kelgan. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq faqatgina 408- yilga kelib qayta tiklangan. Arkadiy (395-408) davlat boshqaruvi borasida uquvi bo‘lmaganligi sababli hokimiyat amaldorlar qo‘lida bo‘lgan. Dastlabki regent Rufin o‘ldirilgandan keyin Arkadiyga amaldor (yevnux ) Yevtropiyning ta’siri kuchli bo‘lgan. U hattoki o‘z manfaati yo‘lida 395-yil 27 aprel kuni Arkadiyning frank harbiysining qizi Yevdoksiya bilan nikoh marosimini uyushtirgan edi. Arkadiy hokimiyatga kelgan vaqtda Bolqon yarim orolining shimolidagi Alarix boshchiligidagi vestgotlar Meziya, Frakiya va Makedoniyaga hujum uyushtirib, poytaxtga xavf sola boshlagan. Rufinning diplomatik faoliyati natijasida Alarix Konstantinopolga hujum qilish rejasidan voz kechib, g‘arbga, ya’ni Yunonistonga qo‘shin tortadi. Tashqi siyosatda gotlar xavfi bartaraf etilgan bo‘lsada, ichki siyosatda imperiyaning harbiy va ma’muriy boshqaruvidagi yuqori lavozimlar ham Regent – boshqaruvchi, voyaga yetmagan, betob yoki mamlakatda bo‘lmagan hukmdor o‘rniga davlatni vaqtincha boshqargan. Prefekt - Rim imperiyasidagi eng yuqori lavozimlaridan bo‘lib, Konstantinopolda bu lavozim XIII asrga qadar saqlanib qolgan. Prefektlar dastlab qo’shinga qo‘mondonlik qilgan bo‘lsa, keyinchalik ular ma’muriy va huquq sohalardagi imtiyozlari ham ko‘payib, imperatorlarning yaqin yordamchilariga aylangan. Vizantiyadagi yevnuxlarning asosiy vazifasi saroyda imperator va malikalarga xizmat qilish bo‘lgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri imperator bilan muloqat qilish imtiyoziga ega bo‘lishi natijasida davlat boshqaruvini ham nazorat qilgan. 4
germanlar qo‘lida edi. Ayniqsa imperator qo‘shini qo‘mondoni, kelib chiqishi got bo‘lgan Gayna rahbarligidagi german guruhining ta’siri kuchli bo‘lgan. Mazkur guruhdan tashqari amaldor Yevtropiy va prefekt Avrelian boshchiligidagi guruhlar ham faoliyat olib borgan. Guruhlar o‘rtasida doimiy ravishda siyosiy kurash borgan va unda germanlar ustunlikka ega bo‘lgan. Hukumat va xalq germanlar tomonidan bo‘lgan x avfni borgan sayin ko‘proq his etar edi. Arkadiy taxtga o‘tirgandan so‘ng hokimiyatni boshqarayotgan Yevtropiyga qarshi Gayna fitna uyushtirdi. Bir vaqtning o‘zida Feodosiy Buyuk davrida Frigiyaga ko‘chirilgan gotlar ham Tribigild rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘tarib, mamlakatni xonavayron qilgan. Qo‘zg‘olonchilarga qarshi yuborilgan Gayna ularning rahbari bilan yashirin ittifoq tuzdi va ular Yevtropiyni hokimiyatdan chetlatishga muvaffaq bo‘ldilar. 399-yilda Arkadiy Yevtropiyni mamlakatdan surgun qilgan, ammo gotlar uni poytaxtga qaytarishni va sud orqali o‘lim jazosini berishni talab qildilar. Poytaxtda qolgan gotlar davlat ishlarida faol ishtirok eta boshlaydilar. Ammo Gayna erishgan g‘alabasiga qaramay Konstantinopolda uzoq vaqt qola olmaydi, sababi, poytaxtda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida gotlarning ko’pchiligi o‘ldiriladi. Vaziyatdan foydalangan Arkadiy gotlarga qarshi majusiy got Fravittani yuboradi. U Gaynaning qo‘shinini Kichik Osiyoga qochayotgan paytida yakson qildi. Gaynaning o‘zi Frakiyaga qochayotgan vaqtida xunnlarga asir tushadi. Xunnlar tomonidan uning boshi tanasidan judo qilinib, Arkadiyga tuhfa sifatida yuboriladi. Shu tariqa V asrning boshiga kelib mamlakatdagi gotlar xavfi bartaraf etildi. Keyingi gotlarning hokimiyatni egallash borasidagi harakatlari hech qanday natija bermaydi. 403-yilda Kichik Osiyoning janubiy qirg‘oqlarida yashovchi isavrlar qabilasi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ular yashayotgan hududlarning tog‘lardan iborat ekanligi va qirg‘oqlardagi o‘tkir qoyalar imperiya kemalariga noqulaylik tug‘dirganligi sabab mahalliy aholining yunonlashtirish siyosatidan chetda qolgan. Tog‘lar orasida yashagan aholi Rim qo‘shinlar i ga tutqich bermas edi. Isavrlar qo’zg’olonchi Frigiya- Kichik Osiyo g’arbida joylashgan tarixiy Frigiya- Kichik Osiyo g’arbida joylashgan tarixiy viloyat. 5