XIII-XIV asrlarda Italiya
XIII-XIV asrlarda Italiya Mundarija: KIRISH ……………………………………………………………………..3 –bet I BOB Italiya respublikalarida kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi. ………………..….…6 -bet 1.1. Italiya respublikalarida kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi. ………………..….…6 -bet 1.2. Aholining keng qismi ……………………………….………………...13-bet II BOB Uyg'onish davri tugadi …………………………………………..17-bet 2.1. Uyg'onish davri tugadi ………………………………………………17-bet 2.2. XIII-XIV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida xalq harakatlari ….23 -bet III BOB “ XIII-XIV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida xalq harakatlari ” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish …………………………………….………………...-bet 3.1. XIII-XIV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida xalq harakatlari mavzusini o’qitishda zamonaqviy ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ….. -bet XULOSA ……………………………………………………… -bet GLOSSARIY ……………………………………………………… -bet FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga ko’ra Janubiy Italiya va Sitsiliya shimoliy viloyatlardan farq qilgan. Feodal-krepostnoylik tartiblari bu erda kech shakllanib , XI-XIII asrlarda to’la hukm surgan. Dehqonlarning katta qismi krepostnoylardan iborat bo’lib, ularni yer bilan qo’shib sotish va sotib olish mumkin edi. Biroq yirik xo’jaliklar janubda bo’lmagan. Yarim erkin va erkin dehqon qatlami saqlanib qolganligi feodal munosabatlar sekin rivojlanganligini ko’rsatadi. XI-XII asrlarda janubiy Italiya shaharlari rivojlanadi kuzatiladi. Shaharlar vositachilik savdosi bilan bog’langan bo’lib, ichki savdo va ishlab chiqarish hali rivojlanmagan edi. Shuning uchun va XII asrda kuchli davlat mavjud bo’lgani uchun Janubiy shaharlar mustaqilligini qo’lga kirita olmagan. Janubiy Italiya va Sitsiliysda feodal munosabatlar xorijiy istilochilar hukmronligi davrida rivojlanishi bu hududning tarixida o’z ta’sirini qoldiradi. XI asrda bu yerda normannlar o’rnashadilar. 1130 yil Janubiy Italiya va Sitsiliya Rodjer II davrida yagona Sitsiliya qirolligiga birlashadi. Normannlar istilosi feodal munosabatlarni tezlashtirdi: qirol bosib olingan yerlarni va aholini feod tariqasida feodallarga va cherkovga taqsimlab beradi. XII-XIII asrlarda qiqollik O’rta Yer dengizi havzasidagi eng qudratli davlatga aylanadi. Qirol hokimiyati mayda va o’rta feodallarga, ritsarlarga tayangan. Ular vassallik munosabatlari bilan qirolga tobe bo’lib, kuchli qirol hokimiyati bo’lishidan manfaatdor edilar. Qirol hokimiyatining yana bir tayanchi cherkov bo’lgan. Istilo davrida yerlarning katta qismi domen sifatida qirol ixtiyorida qoldirilganligi qirol xazinasining moddiy jihatdan ta’minlab turgan. Shuning uchun baronlar qirol hokimiyatiga tazyiq o’tkaza olmaganlar. XIII asr oxirida Sitsiliya qirolligida markazlashuv yanada kuchayadi. XII asr oxirida normannlar sulolasi Shtaufenlar bilan sulolaviy nikoh orqali bog’lanib, 1212 yildan 1250 yilgacha Sitsiliya qirolligi Fridrix I Barbarossaning nabirasi Fridrix II qo’liga o’tadi. Fridrix II 1220 yildan bir vaqtning o’zida Muqaddas Rim imperiyasi
imperatori ham hisoblangan. Fridrix II yoshlik yillari qirollik papa Innokentiy III hokimiyati tasiriga tushib qoladi. Innokentiy III vafotidan keyin Fridrix II hokimiyatni o’z qo’liga olib, Sitsiliya qirolligini papalikni, Shimoliy va O’rta Italiyani egallash uchun tayanch nuqtasiga aylantirishga uringan. 1231 yil Fridrix II chiqargan “Melfiy konstitutsiyasi”ga ko’ra mamalakatda yagonama’muriy birlik o’rnatilib, shaharlar va baronlar siyosiy mustaqillikdan mahrum bo’lganlar. Feodal qasrlar buzib tashlanadi, qurol taqib yurish taqiqlanadi, feodal sudlar bekor qilinadi. Episkoplik to’la qirollikka bo’ysundiriladi. Feodallardan mustaqil bo’lish uchun Fridrix II saratsinlardan yollanma qo’shin tuzadi. Flot barpo etiladi. Fridrix II davrida Sitsiliya Italiyaning eng markazlashgan davlatiga aylanadi. Xazina daromadlarini oshirish uchun soliqlar ko’paytiriladi. Bazi buyumlar savdosi davlat monopoliyasiga o’tkaziladi (tuz, metall, g’alla, shoyi) Soliqlar oshishi aholining qashshoqlashishiga va mamlakat rivojiga salbiy tasir etadi. Fridrix II vafotidan keyin 1268 yildan Sitsiliya qirolligi papa yordami bilan frantsuz qirolining ukasi Karl Anjuy tomonidan egallanadi. Karl Italiyaning ko’plab shaharlarini qo’lga oladi, Tunisga qaratilgan salib yurishlarida qatnashadi. Bu xarajatlarni qoplash uchun yangi soliq joriy qiladi. Bunga javoban 1282 yil “Sitsiliya oqshomi” nomini olgan xalq qo’zg’oloni boshlanadi. Qo’zg’olonchilar frantsuz garnizonini qirib tashlaydi. Bu voqealardan keyin Sitsiliya qirolligi bo’linib ketadi. Neapolitan qirolligi Anjuy sulolasi qo’lida qoladi, Sitsiliya 1302 yil Aragon qirolligiga qo’shiladi. XIV-XV asrlarda Janubiya Italiya iqtisodida tushkunlik boshlanadi. Mahalliy savdo va hunarmandchilik izdan chiqadi, shaharlarning ahamiyati yuqoladi. Neapolitan qirollari Sitsiliya uchun Aragon sulolasi bilan o’zaro urushlar olib borganlar. Urushlarni tashkil qilish uchun Shimoliy Italiya savdogarlari qirollarga qarz berib, evaziga yerlar va dvoryanlik unvonlari olganlar. Iqtisodiy asosga ega bo’lmagan Janubiy Italiyaning erta davlat markazlashuvi uzoqqa bormadi. Neapolitan qirolligining iqtisodiy tushkunligi uni siyosiy zaiflashuviga
olib keldi. Anjuy qirollari feodallarga yon berishga majbur bo’lganlar. 1442 yil Janubiy Italiya ham Aragon sulolasi qo’liga o’tadi va Sitsiliya yana Neapolitun qirolligi bilan birlashtiriladi. Bu hududda ko’p asrlar Ispaniya hukmronligi qaror topadi.