XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ELCHILIK MUNOSABATLARI MANBASHUNOSLIGI
XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ELCHILIK MUNOSABATLARI MANBASHUNOSLIGI MUNDARIJA Kirish: ..................................................................................................... betlar 1 Bob XIX asr ikkinchi yarmida xonliklarning diplomatik munosabatlari manbashunosligi...-bet 1 .1 §. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi va qo`shni davlatlar bilan elchilik munosabatlari …………………………….betlar 1.2.§. XIX- А SRNING 50-YILL А RID А XIV А XONLIGI BIL А N ROSSIYA O’RT А SID А GI MUNOS А B А TL А RG А DOIR BOSILIB CHIQQ А N B А `ZI M А NB А L А R 1.3 § XIX-XX asr Buxoro amirligining savdo-iqtisodiy aloqalari ........... betlar 1.4. §. QO’QON XONLIGINING TOSHKENT, BUXORO XONLIGI V А HINDISTON BIL А N S А VDO А LOQ А L А RI 1.5.§. Qo`qon xonligi va Rossiya imperiyasi munosabatlari 2 Bob XX asr boshlarida Xonliklarning diplomatik munosabatlarining o`ziga xos xussiyatlari…………………….bet 2. 1 §. Buxoro amirligining XX asr boshlarida xalqaro munosabatlari……………… betlar 2. 2 §.Xiva xonligi va uning XX asr boshlarida diplomatik aloqalari tahlili….betlar 2. 3 §…………………………………………………………………………betlar 3Bob Markaziy Osiyo davlatlarining XX asr boshlarida diplomatik tamoyillaridagi o`zgarishlar……bet 3.1 §. Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalarining o`ziga xos xususiyatlari…………………………………………………….. betlar
3 .2§. XX asr boshlari Markaziy Osiyo xalqlari xalqaro munosabatlarining chet el tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi o`rganilishi .................................. betlar Xulosa .................................................................................................... betla KIRISH XX asrning oxirgi o’n yilligida elchilik munosabatlarining rivojlanishida g’oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning qator mamlakatlari mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo’liga o’tdi. Sobiq SSSR o’rnida mustaqil davlatlar paydo bo’lib ular jahon hamjamiyatiga bevosita qo’shilib elchilik munosabatlar ning alohida subyektlariga aylandilar. Shu o’rinda O’rta Osiyo hududi qadim zamonlardan to hozirgi kungacha mavjud bo’lgan davlatlarning ko’p ming yillik davr mobaynida elchilik aloqalari tarixini o’rganilishi mumkun bo’lgan ko’plab jo’mboqli materiallar mavjud. O’zbekiston Respublikasi keyingi yillarda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tashqi siyosat konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2017 – yilda “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida quyidagilar belgilab berildi. Jumladan, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ – huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat
chegarasini delimitatsiya 1 va demarkatsiya 2 qilish masalalarini hal etish kabi strategik vazifalarni tashqi siyosat masalasida belgilab berdi . 3 Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz xalqaro aloqalarda hamma zamonlarda ham huquqiy, nazariy hamda ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Jumladan, “O zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja vaʻ martabalari belgilash to g risida ʻ ʻ 4 ”gi qonunda (1992 – yil 3 – iyul), O zbekiston ʻ Respublikasi Prezidenti farmonlari 5 , konstitutsiyasi bilan, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida qonun boshqa qonun hamda normativ hujjatlar diplomatiyamizning huquqiy asoslarini ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat hududiy yaxlidligi uchun faolik ko’rsatilgan edi. I.A.Karimov o’z ma’ruzasida “davlat mustaqilligiga erishish, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish O’zbekistonga o’zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda,... O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatini amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muhim vositasidir” – degan fikrida tashqi siyosatning davlatlar taraqqiyotidagi o’rniga baho bergan edi 6 . 1 Delimitatsiya – Davlat chegarala-rini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash , belgilangan chegaralarni qayta ko rib chiqish. ʻ 2 Demarkatsiya – Qoʻshni davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, bitimga asosan mamlakatlar orasidagi chegarani aniqlash, belgilash. Demarkatsiya chizigʻi harb., siyos. 1) vaqtincha sulh paytida urushuvchi tomonlarning qoʻshinlarini bir-biridan ajratib turgan muvaqqat chegara; 2 ) urushda yengilgan mamlakat hududini ishgʻol qilingan zonalarga boʻluvchi chiziq, doyra. 3 “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. Toshkent.: “Adolat”. 2017. 6-bet. 4 “O zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va ʻ martabalari belgilash to g risida”gi qonuni 1992. ʻ ʻ 5 O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning ma’sulyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prizedenti farmoni. Xalq so’zi. 62 (22.578) 2018. 6 Karimov I. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 – Tom “Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat”. Toshkent .: “ O ’ zbekiston ” 1996. 50- bet .
Qadimiy turkiy atamalarni to’plab, ular yuzasidan keng ko’lamli izlanishlar olib borgan taniqli turkshunos – lug’atshunos L.Z.Budagovning ta’kidlashicha, “elchi” atamasi aslida “el” ya’ni xalq, qabila, jamoa so’zidan kelib chiqqan. Buning isboti uchun u “ellanmoq” – yarashmoq, do’stlashmoq, moyil bo’lmoq, “el turmoq” – tinch, osoyishta, bo’ysunib yashamoq, “el bo’lmoq” – itoatkor, sadoqatli bo’lmoq kabi atamalarga to’xtaladi 7 . Ko’rinib turibdiki, xalqaro aloqalar bu – davlatlar taraqqiyotining muhim bir ko’rinishi hisoblanib, qadim tariximizda ham diplomatiya o’z ahamiyati jihatidan muhim bir soha hisoblangan va uni tadqiq etish tarixchilar oldida turgan vazifalardan hisoblanadi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o’rniga g’oyat yuksak baho berdi: “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba – bu haqqoniy yoritilgan tarixdir,” – deb aytib o’tdilar 8 . XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida T urkistonda elchilik munosabatlari manbashunosligi mavzusi Sobiq ittifoq davrida ham ko’plab tadqiqotlar uchun asos bo’lgan edi. XX asrning so’nggi o’n yilligida esa “elchilik munosabatlar” yo’nalishidagi tadqiqotlar ahamiyati davrimiz keskin siyosiy o’zgarishlari tufayli yanada dolzarblashdi. Elchilik munosabatlarning mafkuradan xoli bo’lishi, sobiq Ittifoq o’rnida o’nlab mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, xorij bilan teng, vositachilarsiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikka kirishish, bizning Respublikamiz oldiga ham ancha mas’uliyatli vazifalar qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi joylashgan, O’rta Osiyo deb ataluvchi hudud bir paytlar xalqaro hamkorlik markazlaridan biri bo’lgan. O’tmishimizda ota bobolarimiz xorijiy mamlakatlar bilan qizg’in savdo – sotiq va elchilik aloqalarini o’rnatgan. Xususan, antik davr mualliflaridan biri Kvint Kursiy Ruf ma’lumotiga ko’ra, “skif (saklar)larning nutqi qat’iy va jozibador bo’lganligini alohida ta’kidlagan... Kvint 7 Будагов Л.З. Практическое рукаводство турецко – татарского азербайджанского наречия М. 2014. с тр -45 8 Karimov.I.A. Milliy istiqlol mafkurasi- xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T: O’zbekiston, 2000. B.26.
Kursiy Ruf 20 nafar skif elchilarining Aleksandr huzurida o’zini tutishiga e’tibor qaratgan”ligi to’g’risidagi ma’lumot ham ko’rsatib turibdi 9 . Yurtimizda turli davrlarda bo’lgan xorijlik elchi, sayyoh, ayg’oqchi kabilarning xotiralari ham manba sifatida yordam beradi. Ayniqsa, Ispaniya sayyohi Ryu Ganzales de Klavixo, arab sayyohi Ibn Battuta, ingliz ayg’oqchilari Mir Izzatullo, Antoniy Jenkinson, Mungo Grem, Elton Faks, vengir olimi H. Vamberi, rus vakillari F.Nazarov, Meyndor, polkovnik Ignatiyov, Danilevskiy kabilarning esdaliklari qimmatli ma’lumotlar keltiriladi 10 . Rossiyadagi oktyabr voqealariga qadar bo’lgan davrdagi hamkorlik aloqalarini o’rganishda H.Ziyoyev, Ilyos Isomiddinov, A.Muhammadjonov, A.Asqarov, N.Baykova, N.A.Xalfin kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyati benihoya katta hisoblanadi 11 . Sovet ittifoqi davrida “ XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida T urkistonda elchilik munosabatlari manbashunosligi ” mavzusi bilan Ch.Abutalipov, U.Rustamov, X.Shukurova, I.To’xtaxo’jayeva, A.Isoxo’jayev, Sh.A.Xaitov kabi ko’plab olimlarning ilmiy taqdiqotlarida mavzuni yoritish bo’yicha tahliliy asoslar yetarli darajada o’rganilgan. Bundan tashqari O’zbekistonning xalqaro aloqalardagi ishtiroki bilan bog’liq voqealarni bayon qilishda O’zbekiston Respublikasi davlat arxivi, hamda bir qator tashkilotlarning joriy arxiv hujjatlari, davriy matbuot materiallari muhimdir. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Respub likasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta 9 Otaxo’jayev.A. Antik davrda diplomatik munosabatlar, “Tarixiy xotira – ma’naviyat asosi” mavzusidagi ananaviy respublika ilmiy – nazariy anjumani matreallari. – Buxoro, 1995. – 46 – bet. 10 Нематулла Ибрагимов. Ибн Баттута и его путешествия по Средней Азии «Наука», 1988. 148 стр, Путешествие Антония Дженкинсона в Бухару (1558–1559) // Тожибаев Ш.А . Молодой учёный №6 (86) март-2 2015 г. Голубевой З.Д. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. М. Восточная литература. 2003 11 Ziyoyev H. O’rta Osiyoning Sibir, Volga va Ural bo’yi xalqlari bilan aloqalar. Toshkent, 2014. – 573-b et , Nizomiddinov I. O’rta Osiyo va Hindiston. - Toshkent.1991. – 200 -bet, A.R.Muhammadjonov, T.Ne’matov. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doir ba’zi manbalar. Toshkent. “O’zbekiston SSR FA nashriyoti” 1957. 211 bet, A.Muhammadjonov, A.Asqarov, N.Baykova “Ipak yo’li orqali savdo va Rossiya hamda sharq mamlakatlari bilan munosabatlar” , Хаlfin N.А. Rоssiya i хаnstvа Srеdnеy Аzii (pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974.