XOTIRA
XOTIRA Reja 1. Xotira h a q ida ma’lumotlar 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari 3. Xotiras turlari 4. Xotira jarayonlari 5. Diqqat haqida ma’lumotlar
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G’.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir". Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha
pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar". Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama- qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa
tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi. Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. Ho zirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz- qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi. Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq