Yulduz to`dalarini tadqiq etish
Yulduz to`dalarini tadqiq etish
MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………… 3 I - BOB . YULDUZ TO`DALARI H A Q IDA UMUMIY MA`LUMOT 1. 1 . Y u lduz to`dasi h a q ida tushunchalar ……………………………….. 7 1.2. Sharsimon yulduz to`dalari……………………………………….. . 11 1.3. Tarqoq yulduz to`dalari …………………………………………... 22 II-BOB. YULDUZ TO`DALARINI TADQIQ ETISH USULLARI 2.1. Yulduz to`dalarini sinflashtirish ………………………………….. . 28 2.2. Yulduz to`dasigacha bo`lgan masofani topish usullari……………. 3 5 2.3. Galaktikada yulduz to`dalarini taqsimoti …………………………..41 XULOSA ……………………………………………………… …. 4 3 ADABIYOTLAR ………………………………………………… . 4 4 KIRISH 2
Hozirgi kunda yulduz to`dalarini o`rganishning yangi davri boshlandi deb xisobga olish mumkin unga bir nechta sabablarni keltirib o`tamiz. Gap shundaki, o`tgan asrning 90-yillarigacha asosan fot o grafik usul bilan yulduz to`dalari urganilgan. Fotografik usul bilan o`rganilganda olingan suratlar o`rtasidagi davr far q i 20 yil atrofida bo`lishi talab q ilinar edi. S h unda biz yulduz t o’ dalaridagi xususiy h arakatlarni to` g’ riro g’ i to`da a`zolarini ani q lay olar edik. Misol uchun to`dadagi o`zgaruvchan yulduzlarni o`rganish uchun odatda Fotoelektron kuchaytirgichlar (F.E.K) yordamida o`rganilgan. Demak biz yulduz to`dalaridagi o`zgaruvchan yulduzlarni panaramal o`rganish imkoniyatiga ega bo`lmaganmiz. Bundan tashqari ulardagi nozik harakatlarni sezish katta qiziqishlar bilan amalga oshirilgan. O`tgan asrning 90-yillaridan boshlab kuzatuv astronomiyasida zaryadli bog’langan qurilmalar (Z.B.Q) keng qullanila boshlanishi bilan birga yulduz to`dasini o`rganish yangi bosqichga kutarildi. Misol uchun bunga sabab kuzatuv astranomiyasida foydalanilayotgan asbob-uskunalarning ani q ligi bir necha borabar ortdi. Shu bilan birga zaryadli bog’langan qurilmalar yulduz to`dalarida panaramal tarzida o`rganish imkoniyatini yaratib berdi. Shu yerda yulduz to`dalarining 2-xil turiga to`xtalib utamiz. Yaxshi ma`lumki, yulduz to`dalari odatda 2-xilga bo`linadi. 1 - sharsimon yulduz to`dalari va 2 - tar q o q yulduz to`dalari. Bizni eng ko`p qiziqtirgani ularning evalyutsiyasi bo`lib, a`zolarining xususiy harakatlari ranglari, o`zgaruvchan yulduzlarni o`rganish orqali koinot haqidagi ilmiy bilimlarimizni kengaytiramiz va yangilaymiz. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING MAQSADI VA VAZIFASI. 3
Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi sharsimon va tarqoq yulduz to`dalarini o`rganish usuli ya`ni ularni sinflarga ajratish, tashkil etuvchilaridagi (a`zolari)o`zgaruvchanliklarini o`rganish orqali ulargacha bo`lgan masofani aniqlash bilan bog’liq qator masalalarni o`rganib chiqishdan iborat. Bunday masalalarda qo`yidagilarni keltirib o`tishimiz mumkin. Yulduz to`dalarini inflashtirish, ulargacha bo`lgan masofani topish usullari va Galaktikadagi yulduz to`dalari taqsimotini o`rganish kabi asosiy masalalarga e`tibor qaratilgan. Misol uchun sharsimon yulduz to`dalarini sinflashtirishda ularning tash q i ko`rinishi inobatga olinadi. Shu yerda aytib o`tish kerakki ulardagi yulduzlar soni juda kichik burchaklar sohasida yuzlab yulduzlar joylashgan bo`lishi mumkin. Ya`ni yulduz to`dalarigacha bo`lgan masofani aniqlash o`z-o`zidan koinot o`lchamlari haqidagi (galaktika) o`lchamlari haqida tug’ri tasavvur berishga harakat qilinadi. Ushbu B.M.I ni vazifasiga to`xtalsak birinchi galda yulduz to`dalari haqida sinflarga bo`lingan holda umumiy ma`lumotlarni o`rganib chiqish, ayrim yulduz to`dalari bilan yaqindan tanishib chiqishga sharoit yaratish, kelgusda shu sohada qilingan ishlarga ham amaliy, ham fundamental quyish vazifasi quyilgan. Ushbu vazifalarga eng muhimi Galaktikamizda yulduz to`dalari taqsimotini o`rganishga qaratilgan. Agarda biz Galaktikada yulduz to`dalarini to`g’ri taqsimlay olsak Galaktikamiz tuzilishi haqida bilimlarimizni mukammallashtirgan bo`lamiz. BITIRU V MALAKAVIY ISHNING ILMIYLIGI VA AMALIY A H AMIYATI . 4
Ushbu B.M.I hozirda uni e`tirof etilgan fizik va matematik usulardan foydalanishga asoslangan. Zamonaviy ilmiy adabiyotlardan shunisi ma`lumki, xususan sharsimon yulduz to`dalarining diametri 20-60pk dan iboratdir. Ularning o`rtacha massasi 10 4 – 10 6 M tengdir. Agar biz shu narsani tarqoq yulduz to`dalari uchun keltirib o`tadigan bo`lsak ularning diametri 5 dan 30 pk gacha massani ~10 3 M teng. Faqatgina mana shu bir necha parametrlarning o`zi fundamental ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib turibdi. Biz o`rgangan yorqinligi atamasini har ikki xil yulduz to`dasiga qullab ko`rib chiqadigan bo`lsak, ular orasidagi farq sezilarli darajada ekanligini his qilamiz. Misol uchun tipik sharsimon yulduz to`dalari yorqinligi ~ 10 5 Quyosh yorqinliklari birliklarida bo`lsa xuddi shu parametr tarqoq yulduz to`dasi uchun ~ 10 4 ni tashkil qiladi. Bu esa o`z navbatida dolzarb ekanligini ko`rsatib turibdi. Agar biz B.M.I ning amaliy ahamiyatiga to`xtalsak u holda biz kelajakka tegishli darajada keng foydalanishimiz, amaliy ishlarni bajarishda, rejalar tuzishda katta samara berishida ishonchimiz komil. Chunki, bu B.M.I da oxirgi yillardagi yulduz to`dalari haqidagi ma`lumotlar jamlandi va umumlashtirildi. Shu bilan birga bir necha o`nta yulduz to`dalari haqidagi ma`lumot jadval ko`rinishiga keltirilib kelajakdagi bajariladigan ishlarga poydevor vazifasini o`tashi kerak bo`lgan darajaga keltirildi.Har qanday moddani qanday agregat holatda bo`lishidan qat`iy nazar ularni fizikaviy-ximiyaviy xossalarini, ayniqsa spektroskopik xossalarini bilish, ulardan amaliyotda to’g’ri foydalanishga olib keladi. Bu esa o`z navbatida hurmatli Prezidentimiz aytganlaridek tabiat in`om etgan xom-ashyolardan to`g’ri ilmiy asoslangan holda foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi [1]. 2010 yil 12 noyabr kuni hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida «Mamlakatimizni demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi» mavzusida ma`ruza qildilar [2]. 5