BA’ZI ORGANIK MODDALAR ARALASHMASINI POLIVINILSPIRT GELIDA AJRALISH JARAYONINI TADQIQ ETISH
BA’ZI ORGANIK MODDALAR ARALASHMASINI POLIVINILSPIRT GELIDA AJRALISH JARAYONINI TADQIQ ETISH MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………… …….6 I BOB. POLIVINILSPIRTI (PVS) ASOSIDA GELLAR OLISH VA ULARNIN G XOSSALARINI TADQIQ ETISH (ADABIYOTLAR SHARHI) …………………………………………... …………………………9 1.1. PVS asosida gellar olish…………………………………………. 9 1.2. PVS asosida membrana materiallari olish…………………….....12 1.3. Gellarning fizik xossasi, PVS gelida ajralish jarayon…………...18 II BOB. POLIVINILSPIRTI (PVS) ASOSIDA GELLAR OLISH VA ULAR NING XOSSALARINI TADQIQ ETISH ( TAJRIBAVIYQISM ) ……………………… ………………………….........22 2.1. Polivinil spirti asosida gellar olish sharoitlarini tanlash…….……..22 2.1.1. Limon kislota va PVS asosida gellar olish……………………......23 2.1.2. Kislotali sharoitda PVS va L-glutamat kislota asosida gellar olish…………………………………………………………………………...29 2.1. 3 . G‘ovakligi oshgan PVS va L-glutamat kislotalar asosida gellar olish …………………………………………………………………………...30 2.1. 4 . PVS va L-ornitin L- aspartat kislotalar asosida gellar olish …………………………………………………………………………...31 2.1. 5 . PVS va D-glukar kislotalar asosida gellar olish …………………32 2.1.6. PVS asosidagi gellarni muzlatish – eritish usulida sintez qilish………………………………………………………………………..…33 2.2. Olingan gellarni turli fizik-kimyoviy usullar bilan tadqiq etish ……35 2.2.1. Gellarni olishdagi PVSning molekulyar massasini aniqlash………………………………………………………………………..35 1
2.2.2. IQ-spekrtoskopik usullarda gellarni tadqiq qilish… ……………...36 III .BOB. BA ’ ZI ORGANIK MODDALAR ARALAS H MASINI GELLARDA AJRALIS H JARAY O NINI TADQIQ ETIS H……………40 3.1. Dastlabki reagentlar va mahsulotlarni analizga tayyorlash ……….41 3.1.1. Eritmalarni tayyorlash… ……………………………………...….41 3.2. Olingan gellarda moddalar aralashmalarini statik usulda ajratish ………………………………………………………………………..41 3.2. 1 . Olingan gellarda glyukoza eritmasining yutilishini tadqiq etish …………………………………………………………………………..63 3.3. Gellarda moddalar ajralish jarayonini dinamik usulda tadqiq qilish …………………………………………………………………….……67 XULOSALAR ………………………………………………………………69 ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………………………..………70 2
KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Biologik ob’ektlar bilan bevosita kontaktda bo‘la oladigan, ular bilan moslik darajasi yuqori kimyoviy materiallar ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib, tibbiyot, farmatsevtika, biokimyo va boshqa sohalar rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biologik faol organik birikmalar, masalan, aminokislotalar, oqsillar aralashmasidan komponentlarni individual holda ajratib olish uchun mavjud usullarni takomillashtirish, qo‘llaniladigan harakatsiz fazalarni yangi turlarini ishlab chiqish, moddalarni ajratish jarayonining samaradorligini oshirish hozirgi kunda dolzarb masalalardandir. Oxirgi yillarda biologik ob’ektlar bilan muvofiqligi yuqori bo‘lgan, tanlab ta’sir etish xususiyati yaxshilangan, ajratib olinadigan moddalarning fizik- kimyoviy xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan polimer gellardan foydalanish jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi biologik faol birikmalar, xususan aminokislotalar, oqsillar, oqsil/quyi molekulyar metabolitlar aralashmasini polimer gellar, xususan polivinil spirti (PVS) asosida olingan gellarda ajralish jarayonini tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Bu kabi tadqiqotlar nisbatan kam o‘rganilgan bo‘lib, moddalarning ajralish jarayonini polimergellartarkibi, uning modifikatsiyalanish turi, biofaol birikmalarning kimyoviy tabiati singari omillarga bog‘liqligini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mazkur ishda tadqiqot ob’ekti va predmeti sifatida modifikatsiyalangan polivinil spirti asosida gellar hamda ularda biofaol birikmalar – aminokislotalar, oqsillar, oqsil/quyi molekulyar metaolitlar aralashmasini ajralish jarayonini tadqiq etish belgilangan. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning kimyoviy modifikatsiyalangan polivinil spirti asosida gellar va membrana materiallari olish uchun optimal sharoit tanlash va ularda biofaol moddalar – aminokislotalar, oqsillar, oqsillar/quyi molekulyar biofaol moddalarni gel-filtratsiya usulida ajralish jarayonini tadqiq etish hisoblanadi. 3
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: PVS asosida gellar olish hamda ularning xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llash borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan iborat adabiyotlar to‘plash, tahlil qilish hamda sharhlash; • PVS asosida gel lar hamda membrane materiallari olish ning optimal sharoitlarini tadqiq etish ; • Olingan mahsulotlarni ba’zi biologik jihatdan muvofiq (bio- va gemologik mos) kimyoviy birikmalar vositasida modifikatsiyalash reaksiyalarini amalga oshirish; • Hosil qilingan gellar va membrane materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish; • Olingan gellar va membrane materiallarida ba’zi organik moddalar, xususan, ba’zi aminokislotalar, oqsillar,oqsillar/quyi molekulyar biofaol birikmalar aralashmasini ajralish jarayonini tadqiq etish. Ilmiyyangiligi. Polivinil spirti asosida gellar olish jarayoni keng tadqiq etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ularning turli kimyoviy birikmalar, xususan limon kislota, glutamat kislota hamda boshqa bio- hamda gemomuvofiq birikmalar bilan modifikatsiyalash olib borilmaganligi adabiyotlar ma’lumotlaridan o‘rganildi. Ushbu ishda PVS asosida olingan mahsulotlar limon kislota, glutamat hamda boshqa kimyoviy birikmalar bilan modifikatsiyalash orqali gellar hamda membrana materiallari olindi. Ushbu materiallarda ba’zi aminokislotalar, oqsillar, oqsillar/quyi molekulyar biofaol birikmalar aralashmasini ajralish jarayoni tadqiq etildi. Tadqiqot mavzusi bo ‘ yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Polimer gidrogellar, ularni tibbiyot va biotexnologiya bilan bog‘liq turli sohalarda qo‘llash imkonini beruvchi bir qator noyob xususiyatlari tufayli so'nggi o'n yilliklarda tadqiqotchilarning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, polivinil spirti asosida olingan gellardan dori mahsulotlari ishlab chiqarish, hujayra muhandisligi uchun substratlar, implantlar uchun materiallar va jarrohlikda plomba materiallari va boshqalarda qo‘llanilgan . PVS asosida olingan materiallardan eritmalar muhitiga 4
nisbatan sezgir materiallar olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Nafion tipidagi molekulyar strukturali membranalarning asosiy funksional elementi – ftorsulfon superkislotalar ekanligini aniqlagan holda, u tipdagi membranalar olish uchun polivinil spirti, qahrabo va sulfat kilsotalar hamda sirkoniy dioksid asosida plenkalar olingan. Olingan plenkalar hatto optimallashtirilmagan holda ham proton o‘tkazuvchanligi 0,006 S/cm ekanligini aniqlangan. Olingan membranalar vodorod energetikasida qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. PVS ga turli komponentlar qo‘shish orqali olingan kompozit materiallaridan tibbiy buyumlar, masalan, membranalar, bog‘lov materiallari, qon bilan ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalarning ichki devorlari, dori-darmonlarni saqlash materiallari va boshqalar uchun keng foydalanish borasida tadqiqotlar mavjud. Shu bilan birga, PVS ga bio- va gemomuvofiq kimyoviy moddalar bilan ishlov berish orqali gellar olish hamda ushbu gellardan biofaol birikmalar, masalan, aminokislotalar aralashmasi, oqsil/aminokislota; oqsil/quyi molekulyar biofaol birikmalar singarilarni ajratish borasidagi tadqiqotlar kam uchraydi. S h u sababli ushbu dissertatsiya ishida mazkur vazifalar asosiy etib belgilab olindi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotlar natijasida biologik faol birikmalar, xususan ba‘zi aminokislotalar aralashmasi, oqsil/aminokislota; oqsil/quyi molekulyar biofaol birikmalar aralashmasini selektiv ajratish uchun kimyoviy modifikatsiyalangan PVS asosidagi gellar hamda membrana materiallaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatilgan. Ushbu natijalar ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, farmatsevtika, tibbiyot va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin. Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya ishi kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 3 bobda rasmiylashtirilgan bo‘lib, 80 bet kompyuter matnida, 15 rasm, 10 ta jadvallar va 76 ta ilmiy ishlar ro‘yxatidan iborat. 5