logo

Zardushtiylik dini

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.21875 KB
Zardushtiylik dini
Reja: 
1. Zardushtiylikning paydo bo`lishi. 
2. Avestoning muqaddas yozuvi. 
3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar. 
4. "Avesto" va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida ayrim 
mulohazalar. Avesto   ayni   zamonda   bu   qadim   o`lkada   buyuk   davlat,   buyuk   ma`naviyat,‖
buyuk madaniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim
inkor   eta   olmaydi1.   Islom   Karimov   "Avesto"   –   jahon   madaniyatining,   jumladan,
Markaziy   Osiyo   va   Eron   xalqlari   tarixining   qadimgi   noyob   yodgorligidir.
Zardushtlik   e`tiqodiga   amal   qiluvchilarning   muqaddas   kitobi   sifatida   Yagona
Tangriga   topinish   shu   ta`limotdan   boshlangan.   Bu   kitob   tarkibi,   ifoda   uslubi   va
timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy
nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniqlangan.   Shu   asosda   uning   vatani   Xorazmdir   degan   qarash   mavjud.   "Avesto"
oromiy   va   pahlaviy   yozuvlari   asosida   yaratilgan   maxsus   alifboda   datslab   to`qqiz
ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21
kitob   holida   yig`ilgan,   bizgacha   ularning   chorak   qismi   yetib   kelgan.   Tiklangan
matnga   "Zand"   nomi   bilan   sharhlar   bitilgan.   "Avesto"   to`rt   qismdan   iborat:   Yasna
("Diniy   marosimlar"),   Yasht   (ma`no   jihatdan   Yasnaga   yaqin),   Visparad   ("Barcha
ilohlar   haqidagi   kitob"),   Vendidad   ("Yovuz   ruhlarga   qarshi   qonunlar   majmuasi").
Yasna   tarkibiga   kirgan   madhlar   "Gatlar"   (ayrim   manbalarda   "gohlar")   deb
nomlanib,   ularni   Zardutsning   o`zi   yozgan   deb   taxmin   qilinadi.   Gatlar   tarkibida
Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar
hayoti lavhalari uchraydi. "Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini
tashkil   etgani   uchun   jahon   olimlarining   e`tiborini   tortgan.   U   haqda   F.Nitsshe,   F.
Shpigel,   A.   Mayllet,   V.   Bartold,   E.   Bertels,   Yan   Ripka,   O.Makovelskiy,   I.
Braginskiy   v.b.   xorijiy   olimlarning   tadqiqotlari   mavjud.O`zbekistonda   "Avesto"ni
o`rganish   qadimdan   boshlangan.   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Jafar   Tabariy,   Abu
Baxr   Narshaxiy   asarlarida   "Avesto"   ta`limotiga   va   unda   tilga   olingan   timsollarga
murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA
SHI   jamg`armasida   saqlanadi.   Hozirgi   o`zbek   olimlari   A.Qayumov,   H.   Homidov,
M.   Isoqov,   N.   Rahmonov   v.b.ning   ilmiy   tadqiqot   va   maqolalari   e`tiborli.
O`zbekiston  Respublikasi  hukumatning qarori  bilan 2001 yilda "Avesto"ning  2700
yilligi   nishonlandi.   "Avesto"   vatani   Xorazmda   bog`   barpo   qilindi,  asarning   o`zbek
tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.  ZARDUSHTIYLIKNING PAYDO BO`LISHI.
Zardushtiylik   eng   qadimgi   dinlardan   bo`lib,   bu   din   er.avval   VII-VI   asrlarda
dastavval   O`rta   Osiyoda-Xorazm   vohasida   paydo   bo`lgan.   Uning   payg`ambari
Zardusht   tarixiy   shaxs   edi.   U   mazdakiylik   dinini   isloh   qilib,   uning   asosida   yangi
yakka   xudolik   dinini   ijod   etgan.   Zardushtiylik   paydo   bo`lgan   davr   birinchi   sinfiy
jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik
tuzumi   yemirilib   aholi   qullar   va   quldorlarga,   zolim   va   mazlumlarga   bo`linayotgan
davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan
edi.   I.A.Karimov   «O`z   kelajagimizni   o`z   qo`limiz   bilan   qurmoqdamiz»   degan
asarida   biz   o`zbek   xalqi   mansub   bo`lgan   xalqning   tarixi   g`oyat   uzun,   beqiyos,
betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon maydonida kuni kecha
paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida
«Avesto»   paydo   bo`lgan   zamonlardan   beri   o`z   hayoti,   o`z   madaniyati,   o`z   tarixi
bilan   yashab   keladi»2   Butun   O`rta   Osiyo   moddiy   va   ma`naviy   madaniyatining
beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek
elati   tashkil   topgan.   I.A.Karimov   juda   o`rinli   qayd   qilganidek,   «Xorazm   davlati
tarixini   biz   2700   yillik   tarix   deb   bilamiz».   Bu   o`rinda   birinchi   davlat   tashkil
topgandan keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari
o`z   xotiralarida   yozib   qoldirgan   keyin   Zardushtiylik   yozuvlarida   berilgan   tarix
nazarda   tutilgan.   Xorazmda   o`troq   hayot   undan   ham   birmuncha   oldin   yuzaga
kelgan,   davlat   uning   mahsuli   tarzida   tashkil   topgan.   Bu   haqda   bundan   tahminan   3
ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk
debochasi   ishonchli   dalolat   bergan.   «Bu   nodir   kitob,   deb   yozgan   edilar,
I.A.Karimov,   bundan   XXX   asrlar   muqaddam   ikkidaryo   oralig`ida   mana   shu
muqaddas   zamin   umrguzorlik   qilgan   ajdodlarimizni   biz   avlodlarga   qoldirgan
ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek qadimiy o`lkada
buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta
olmasligini   ham   ta`kidlagan.   Xulosa   shuki,   Zardushtiylik   eradan   avvalgi   7-6
asrlarga   xos   bo`lgan   din   sifatida   undan   oldingi   urug`   qabilachilik   dinlari   negizida
paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va
o`rta   Sharqqacha   tarqalib,   ayrim   qoldiqlari   haligacha   saqlanib   kelmoqda.   Vujudga
kelishi.   Zardushtiylik   mil.   av.   III-II   ming   yilliklarda   Markaziy   Osiyoda   vujudga
kelgan   dindir.   Zardushtiylik   vahy   orqali   e`lon   qilingan   jahon   dinlarining   eng
qadimiysidir.   U   insoniyatga   boshqa   barcha   dinlarga   nisbatan   bevosita   va   bilvosita
eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm
amalga   oshirilishi,   jannat   va   jahannam,   qiyomat-qoyim,   unda   tanalarning   qayta
tirilishi,   tana   va   ruh   qayta   birlashib   mangu   yashashi   haqida   birinchi   bor   shu   din
doirasida   fikr   yuritildi.   Keyingi   asrlarda   bu   g`oyalar   yahudiylik,   xritsianlik   va
boshqa  dinlar  tarafidan   o`zlashtirildi.  Aytib  o`tish   joizki,  ushbu  din  paydo  bo`lgan
davr   va   uning   vatani   –   hali   fanda   oxirigacha   to`liq   yechilgan   masalalar   emas.
Zardushtiylik   dini   payg`ambar   Zardusht   nomiga   nisbat   berilib,   shartli   ravishda
shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish
Avestoda   «Mazdayasna»   dini   deb   atalgan.   Bu   so`zni   «Mazdaga   sig`inmoq»   deb
tarjima   qilish   mumkin.   «Mazda»   so`zi   «donish,   donishmand,   oqil»   kabi   talqin
etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug`langan.
Uning   ta`limotiga   ko`ra,   barcha   ezgu   borliq   Mazdaning   irodasi   bilan   yaratilgan.
«Mazda»   so`zi   oldiga   ulug`lash   ma`nosini   anglatuvchi   «Axura»   qo`shilib,
zardushtiylikning   ilohiyati   –   Axura-Mazda   nomi   paydo   bo`lgan.   Bu   –   «Janob
Mazda»   yoki   «Iloh»   demakdir.   Zardusht   nomi   tadqiqotlarda   Zaratushtra,   Zarduts,
Zoroatsr   ko`rinishlarida   ham   ishlatiladi.   Tadqiqotchilar   o`rtasida   Zardushtning
tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy
shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar
berishicha,   u   taxminan   mil.   av.   1200-570   yillar   orasida   yashagan   ilohiyotchi,
faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys  ta`kidlashicha,  u mil. av. 1500-1200 yillar
orasida   yashagan.   Zardusht   Markaziy   Osiyo   hududida   mavjud   bo`lgan
ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi
dinga   asos   soldi.   Zardushtning   tug`ilgan   va   ilk   diniy   faoliyatini   boshlagan   joyi
xususida   ikki   xil   qarash   bor.   Birinchisi   –   «G`arb   nazariyasi»   bo`lib,   unga   ko`ra
Midiya   (hozirgi   Eron   hududida)   Zardushtning   vatani   va   zardushtiylikning   ilk tarqalgan   joyi   hisoblanadi.   Bu   fikr   tarafdorlarining   dalili   shuki,   birinchidan,
zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan,
zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning
qadimiy   eron-pahlaviy   tilida   bo`lganligidir.   E`tibordan   chiqarmaslik   kerakki,
zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar
davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketmaket aynan Yaqin va
O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo`lib,
unga   ko`ra,   Zardusht   vatani   va   zardushtiylikning   ilk   tarqalgan   joyi   Xorazm
hisoblanadi.   Ko`pchilik   manbashunoslar   ikkinchi   nazariya   tarafdorlaridirlar.
Xorazm  zardushtiylikning  muqaddas  olovi  Ozarxurra  birinchi  bor  yoqilgan  va eng
buyuk   xudo   –   Axura-Mazdaning   Zardusht   bilan   bog`langan   joyi   hisoblanadi.
Zardushtiylikning   asosiy   manbasi   Avestoda:   «Birinchi   bor   muqaddas   olov   –
«Ozarxurra»   «AiryanemVayeja»   (ba`zi   manbalarda   –   «Yeran-vej»)da   yoqildi»,
deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri
keladi.   Avestoda   Axura-Mazda   tomonidan   yaratilgan   «Barakot   va   najot»   sohibi
bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech
narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva
podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d),  «qudratli   va muqaddas»   Mouru (Marv), «baland
ko`tarilgan   bayroqlar   mamlakati»   Baxdi   (Baqtriya)   zikr   etiladi.   Zardushtiylik
ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan
tabiat   kuchlarini   ilohiylashtiruvchi   e`tiqodlarga   (Markaziy   Osiyo   qadimgi
aholisining   «yeski   dini»ga)   nisbatan   monoteitsik   ta`limotdir.   U   behuda   qon
to`kuvchi   qurbonliklar,   harbiy   to`qnashuvlar,   bosqinchilik   urushlarini   qoralab,
o`troq,   osoyishta   hayot   kechirishga,   mehnatga,   dehqonchilik,   chorvachilik   bilan
shug`ullanishga   da`vat   etadi.   Moddiy   hayotni   yaxshilashga   urinishni   yovuzlikka
qarshi   kurash   deb   hisoblaydi.   Zardushtiylik   dinida   qo`riq   yer   ochib,   uni   bog`u
rog`ga   aylantirgan   odam   ilohiyot   rahmatiga   uchraydi.   Aksincha,   bog`lar,
ekinzorlarni,   sug`orish   inshootlarini   buzganlar   katta   gunohga   qoladilar.   Zardusht
insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga
ko`ra   insonning   bu   dunyodagi   hayotiga   yarasha   narigi   dunyodagi   taqdiri   ham bo`lajak,   har   bir   inson   o`lgandan   so`ng   o`zining   bu   dunyodagi   qilmishiga   yarasha
abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik
ko`rmaydigan  arosat  joy  – misvongatuga  tushadi.  Zardushtiylik negizida  olamning
qarama-qarshiliklar   kurashi   asosiga   qurilgani   turadi:   yaxshilik   va   yomonlik,
yorug`lik   va   qorong`ulik,   hayot   va   o`lim   o`rtasida   abadiy   kurash   davom   etadi.
Barcha   yaxshiliklarni   Axura-Mazda   va   barcha   yomonliklarni   Anxramaynyu   (yoki
Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal
qilishni   buyuradi,   yomon   ishlardan   saqlanishga   chaqiradi.   Zardushtiylikda   imon
uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi.
Har   bir   zardushtiy   kuniga   besh   marta   yuvinib,   poklanib,   quyoshga   qarab,   uni
olqishlab,   sig`inishi   shart.   Zardushtiylik   ibodatxonalarida   doimiy   ravishda   olov
yonib   turadi.   Ularda   dunyodagi   to`rt   unsur   –   suv,   olov,   yer   va   havo   ulug`lanadi.
Zardushtiylik   dafn   marosimi   o`ziga   xos   bo`lib,   o`lganlar   bir   necha   pats,   baland
«sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar
yeb,  suyaklarini  tozalaydi.  Go`shtdan   tozalangan  suyaklar  maxsus   sopol   idishlarga
solinib   minora   o`rtasidagi   quduqqa   sochib   yuboriladi.   Bunda   poklik   bilan
nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi
eng   qadimiy   dinlardan   biri   hisoblanib,   mil.   av.   XII-XI   asrlarda   Markaziy   Osiyo,
Ozarbayjon,   Eron   va   Kichik   Osiyo   xalqlari   unga   e`tiqod   qilganlar.   Eronda
Sosoniylar   sulolasi   hukmronligi   davrida   uning   muqaddas   kitobi   Avesto   ruhoniylar
tomonidan   og`zaki   rivoyatdan   yig`ilib,   birinchi   marta   kitob   shakliga   keltirilgan.
Ayrim   qismlariga,   ayniqsa   «Videvdat»   bo`limiga   o`zgartirishlar   kiritilib,   qayta
ishlangan. VIII asrda O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar
zardushtiylik   mahalliy   xalqlarning   asosiy   dini   hisoblangan.   Buni,   jumladan,
arxeologik   tadqiqotlar   isbotlaydi.   Hozirgi   kunda   zardushtiylikka   e`tiqod   qiluvchi
diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot shtatlarida;
115  ming  kishiga  yaqin),  Pokitson,   Shri  Lanka,  Buyuk   Britaniya,   Kanada,  AQSH,
Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba`zi chekka viloyatlarida
saqlanib   qolgan.   Eron   Islom   Respublikasida   zardushtiylik   diniga   e`tiqod   qilish
qonun   tomonidan   ruxsat   etilgan.   Mumbayda   zardushtiylarning   madaniy   markazi Koma   nomidagi   insitut   faoliyat   olib   boradi.   Undan   tashqari   Mumbayda   homiy
Dxalla   raisligida   dunyo   zardushtiylari   madaniyati   fondi   ishlab   turibdi.   1960   yilda
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi kongresslar
Boybeyda o`tkazildi. 
  AVESTONING MUQADDAS YOZUVI
Avesto   dingina   emas,   dunyoviy   bilimlar,   tarixiy   voqealar,   o`zi   tarqalgan
o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy
e`tiqodlari,  urf-odatlari  haqidagi   manbalardandir.  Unda  bayon   etilgan   asosiy   g`oya
diniy   e`tiqodning   ilk   sodda   bilimlari   Zardusht   nomli   payg`ambar   nomi   bilan
bog`langan.   U   Avestoning   eng   qadimiy   qismi   «Gat»   (xat   –   noma)ni   ijod   etgan.
Avesto   tarkibiga   kirgan   bilim,   ma`lumotlar   qariyib   2000   yil   miloddan   avval   3000
yillik   ohirlari   2000   yillik   boshlaridan   to   milodning   boshlarigacha   o`tgan   davrda
yuzaga   kelib,   avloddan-avlodga   og`zaki   ko`chirib   olingan,   uning   ko`p   qismi
yo`qolgan,   yettidan   bir   qismi   saqlangan.   Miloddan   avvalgi   3   asrda   Arshakiylar
sulolasi davrida to`plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan:
1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda  urug`chilik tuzumidagi  e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari  tasvirlangan;  2.
Gatlar   deb   atalgan   qismidir.   Bunda   Ahuramazda   nomli   xudo   haqida   uydirmalar
yozilgan.   Uni   zardusht   yozgan   deb   tahmin   qilinadi.   3.   Qadimiy   ko`pxudolik   va
keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-
asrda   har   ikkisini   kelishtirgan   Mazdakiylik   dini   shakllangan.   Avesto   bu   dinning
oxirgi   va   asosiy   qismini   tashkil   etdi.   Hozirgi   dinshunoslikka   xos   bo`lgan
Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I
hukmronligi   davrida   yozib   tugatilgan,   keyinchalik   pahlaviy   tiliga   tarjima   qilinib
asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum. Avesto
oldin   12   ming   mol   terisiga   yozilib,   xajmi   g`oyat   katta   bo`lgani   uchun   undan
foydalanish   osonlashtirish   niyatida   «kichik   avesto»   yaratildi.   (Beruniy).   7   asrda
Sosoniylar   davlati   parchalanib,   arab   bosqinchilari,   Eron   va   O`rta   Osiyoni   bosib
olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib
ostiga   olingach   Avestoning   aksariyat   beshdan   uch   qismi   yo`qolgan   va   unitilgan.
Avestoda   bu   dinning   diniy-   falsafiy   tizimining   qoida   dasturlari   bayon   etilgan.   U
qadimiy   ajdodlarimizni   dunyoqarash,   huquqiy,   axloqiy,   tamoyil   qoidalarini   o`z
doirasiga   olgan.   Unda   tabiat   falsafasi,   kosmogoniya,   tarix,   etika,   mediöinaga   doir
materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va
diniy   urf-odatlar   katta   o`rin   olgan.   Hokim   va   zolimlar   ulug`langan;   ruhoniylar
muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo qilingan. Xulosa shuki,
Avesto   Zardushtiylikning   muqaddas   yozuvi   hisoblangan,   2000   yil   davomida
yaratilgan   5   dan   3   qismi   yo`qolib   ketgan   u   yakka   hudolikni   targ`ib   etgan,   olovga
sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning
asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto,
Avatso   kabi   shakllarda   ham   ishlatib   kelingan.   Avesto   O`rta   Osiyo,   Eron,
Ozarbayjon   xalqlarining   islomgacha   davrdagi   ijtimoiy-iqtisodiy   hayoti,   diniy
qarashlari,   olam   to`g`risidagi   tasavvurlari,   urf-odatlari,   ma`naviy   madaniyatini
o`rganishda   muhim  va   yagona  manbadir.  Uning  tarkibidagi  materiallar   qariyb  ikki
ming   yil   davomida   vujudga   kelib,   avloddan-avlodga   og`zaki   tarzda   uzatilib
kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va   Eron   zamini   xalqlari   orasida   tarqalgan.   Ushbu   –   Axura-Mazdaning   Zardusht
orqali   yuborilgan   ilohiy   xabarlari   deb   hisoblangan   bo`laklar   turli   diniy   duolar,
madhiyalar   sifatida   yig`ila   boshlangan.   Bular   Zardushtning   o`limidan   keyin   kitob
holida   jamlangan   va   «Avesto»   –   «O`rnatilgan,   qat`iy   qilib   belgilangan   qonun-
qoidalar»   deb   nom   olgan.   Bu   qadimiy   yozma   manba   bizgacha   to`liq   holda   yetib
kelmagan.   Avesto   haqida   Abu   Rayhon   Beruniy   (v.   1048   y.)   shunday   yozadi:
«Yilnoma   kitoblarida   bunday   deyilgan:   podshoh   Doro   ibn   Doro   xazinasida
[Avestoning]   12   ming   qoramol   terisiga   tillo   bilan   bitilgan   bir   nusxasi   bor   edi.
Iskandar   otashxonalarni   vayron   qilib,   ularda   xizmat   etuvchilarni   o`ldirgan   vaqtda
uni   kuydirib   yubordi.   Shuning   uchun   o`sha   vaqtda   Avestoning   beshdan   uchi
yo`qolib   ketdi».   Avestoning   Aleksandr   Makedonskiy   tomonidan   Gretsiyaga   olib
ketilgani,   zarur   joylarini   tarjima   ettirib,   qolganini   kuydirtirib   yuborgani,   12   ming
qoramol   terisidagi   tillo   matn   haqida   (at-Tabariyda   –   12000   pergament)   keyingi
davrlarda   yaratilgan   zardushtiylik   adabiyotida   («Bundahishn»,   «Shahrihoi   Eron»,
«Dinkard»;   IX asr,  «Arda Viraf-namak»;   IX  asr,  «Tansar  xatlari», alMas`udiyning
«Muruj   az-zahab»,   «Fors-noma»   va   boshqalarda)   ma`lumotlar   bor.   Bu   asarlarda
yunonlar   otashxonalarni   vayron   qilganlari,   ibodatxonalar   boyliklarini   talon-taroj
etganlari,   din   arboblarini   o`ldirib,   asir   olib   ketganliklari   haqida   yoziladi.   Hozir
bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi
xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi
qoldi»   deb   yozgan.   Yozma   manbalarga   ko`ra,   haqiqatan   ham   Avestoni   mo`badlar
avloddan-avlodga,   og`izdan-og`izga   olib   o`tib,   asrlar   osha   saqlaganlar.   Buning
sababi   mo`badlar   mag`lub   xalqlar   (Yaqin   va   Sharq   xalqlari)   yozuvini   harom
hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar. Dastavval
(mil.   II   yoki   III   asrlarida),   Arshakiylar   davrida   Avesto   qismlarini   to`plash
boshlangan.   Keyinchalik,   Sosoniy   Ardasher   Popakon   (227-243)   davrida,   ayniqsa,
Shopur   (243-273)   davrida   atsrologiya,   tabobat,   riyoziyot   va   falsafaga   oid   qismlari
yozib   olinib,   hamma   qismlari   tartibga   keltirilgan,   so`ng   bu   asosiy   matn   to`ldirib
borilgan.   Avestoning   ana   shu   to`ldirilgan   nusxasining   ikki   to`liq   qo`lyozmasi
Hinditsonda   saqlanadi   –   biri   Mumbayda,   zardushtiylarning   madaniy   markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan
yurt   haqida   ma`lumot   berilgan.   Unda   aytilishicha,   «bu   mamlakatning   ko`p   sonli
lashkarlarini   botir   sarkardalar   boshqaradilar,   baland   tog`lari   bor,   yaylov   va   suvlari
bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari,
keng   qirg`oqli   va   kema   yurar   daryolari   o`z   to`lqinlarini   Iskata   (Skifiya),   Pauruta,
Mouru   (Marv),   Xarayva   (Areya),   Gava   (so`g`dlar   yashaydigan   yurt),   Xvarazm
(Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli,
kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur
shaharlar   O`rta   Osiyo   shaharlarining   bu   ikki   daryo   qirg`oqlarida   joylashganlaridir.
Shunga   asoslanib,   biz   Zardushtning   vatani,   zardushtiylikning   ilk   makoni   va
Avestoning   kelib   chiqish   joyi   deb   –   Xorazm,   tarqalish   yo`nalishi   deb   –   Xorazm-
Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha,
Zardushtning   vatandoshlari   unga   ishonmay,   uning   ta`limotini   qabul   qilmaganlar.
Zardusht  vatanni  tark etib, qo`shni  davlatga  ketadi, u yerning malikasi  Xutaosa  va
shoh   Kavi   Vishtaspaning   xayrixohligiga   erishadi.   Ular   Zardusht   ta`limotini   qabul
qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi.
Shundan   so`ng   bu   ta`limot   xalqlar   o`rtasida   keng   tarqala   boshlagan.   Keyingi   davr
rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming
mol   terisiga   yozib   olinib,   otashkadaga   topshirilgan.   Avestoning   tarkibiy   qismlari.
Avesto   zardushtiylik   muqaddas   kitoblarining   majmuidir.   U   –   murakkab   to`plam.
Avestoning   saqlanib   qolgan   to`rtta   kitobidan   birinchisining   nomi   «Videvdat»   (vi-
dayevodatam   –   «Devlarga   qarshi   qonun»)   deb   ataladi.   Ushbu   kitob   Avestoning
saqlanib   qolgan   kitoblari   orasida   eng   mukammali   hisoblanadi.   U   yigirma   ikki   bob
bo`lib,   boblari   fragard   deb   nomlangan.   Fragardlarning   ma`nosi,   vazifasi,   uslubiy
tuzilishi   turlicha:   birinchi   fragard   –   odamlar   yashaydigan   barcha   yurtlarni   Axura-
Mazda   qanday   yaratgani   to`g`risida   bo`lib,   ular   orasida   Xorazm,   So`g`d,
Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi
– kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin
asri   haqida   gap   boradi;   uchinchi   fragard   dehqonchilikning   savobli   sharofatlari   va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-
Mazdaning savoljavoblari  va muloqotlari ham  o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna»
deb   atalib,   Avestoning   e`tiborli   bo`limi   sanaladi.   Yasna   –   yaz   o`zagidan   bo`lib,
«sajda,   topinch,   namoz»   ma`nolarini   ifodalaydi.   Yasna   72   bobdan   iborat   bo`lgan.
Boblari   ha,   haitiy   deb   atalgan.   Har   bir   ha   zarur   o`rniga   qarab   marosimlarda,
ibodatlarda   kohinlar   tomonidan   o`qilgan,   qavmlar   unga   ergashib   ibodat   qilganlar.
Yasna   kitobi   (nask)   tarkibiga   Zardusht   o`zi   ijod   qilgan   targ`ibot   she`rlari   ham
kirgan.   Ular   Yasnaning   28-34,   43-46,   47-50,   51,   53   –   jami   bo`lib,   17   ta   hasini
tashkil   qiladi.   Zardusht   she`rlari   ilmiy   adabiyotda   gatalar   deb   atab   kelinadi.   Ha
«bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti
haHaptanxati   Yasna   –   «Yetti   bob   Yasna»   deb   nomlangan.   Ular   orasida   olovning
muqaddasligi   haqida   bob   bo`lib,   zardushtiylik   urf-odatlari   orasida   olovga   e`tiqod
qilish,   dinning   esa   «otashparatslik»   deb   atalishi   shunga   bog`liq.   Binobarin,   olov
Axura-Mazda   nurining   quyoshda   namoyonligi   va   uning   yerdagi   zarrasi   deb
hisoblangan.   Oliy   haqiqat   Arta   ham   olovda   o`z   ifodasini   topgan.   Olov   haqni
nohaqdan,   eng  oliy   gunoh  hisoblanmish   yolg`onni   rotsdan   ajratib  bergan.   Yolg`on
esa chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab atar,
hozir   esa   otash   shaklida   ishlatilib   kelmoqda.   Uchinchi   kitob   «Vispered»   deb
nomlangan.   U   24   bobdan   tashkil   topgan   va   har   bir   bob   alohida   karde   deb   atalib,
ma`budlar   sha`niga   o`qilgan   duolar   va   ibodat   utsida   ularga   murojaatlar   hamda
olamni   bilishga   doir   pand-nasihatlardan   iboratdir.   Uni   ibodat   namozlari   yig`indisi
ham   deyishadi.   Ayni   paytda   u   Yasnaga   qo`shimcha   hisoblanadi.   To`rtinchi   kitob
«Yasht» (gimn)  deb  ataladi. U Avestoning  eng qadimiy qatlami  bo`lib, 22 bobdan
iborat.   Har   bir   bob   Axura-Mazdadan   boshlab,   u   yaratgan   va   uning   ma`lum
vazifalarini   bajaruvchi   ma`budlar   sha`niga   aytilgan   madhiyalardan   iborat.
Avestoning   bizgacha   yetib   kelmagan   kitoblaridan   ba`zi   qismlari   uning   yig`ma
parchalar   to`plami   «Xo`rdak   Avesto»   kitobida   jamlangan.   Masalan,   Exrpatatsan
kitobidan mo`badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos
ma`lumotlarga   oid   qismlari,   Nirangatsan   –   diniy-mavsumiy,   ijtimoiy   marosimlar
tartib-qoidalari   qismi,   20-naskda   jonning   u   dunyodagi   ahvoli   haqidagi   qismi   va boshqalar   shu   kitobda   saqlangan.   Avesto   haqida   eng   muhim   manba   IX   asrga   oid
«Dinkard»   (din   amallari)   asaridir.   Unda   Avestoning   21   kitobi   to`la   ta`riflab
berilgan.   Bu   ta`riflar   savobli   ishlar   yo`riqnomasi,   diniy   marosimlar   va   rasm-
rusumlar   qoidasi;   zardushtiylik   ta`limoti   asoslari;   dunyoning   Axura-Mazda
tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy
qonun-qoidalar;   Zardushtning   tug`ilishi   va   bolaligi;   haq   yo`lini   tutish;   jamiyat
a`zolarining   haq-huquqlari;   devlar,   jinlar   kabi   yovuz   kuchlarga   qarshi   o`qiladigan
duolar,  amallar  va  boshqalardan  iboratdir.  Zardushtiylik dini   haqida  frantsuz  olimi
Anketil-Dyuperron   juda   qimmatli   ma`lumotlar   qoldirgan.   Masalan,
AnketilDyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar
orasida   uch   yil   yashagan,   ularning   ibodatlari,   urf-odatlarini   yaxshi   o`rgangan   va
Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan.
Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G`arbiy
Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar,
atamalar   aksariyat   hollarda   asliga   to`g`ri   kelmaydi.   Avestoda   turkona   jihatlar   kam
qolgan.   Zartushtiylikni   o`rganish   hozirgi   kunlarda   ham   faol   olib   borilayapti.
Ta`kidlash   kerakki,   bu   sohadagi   tadqiqotlar   O`zbekiston   uchun   alohida   ahamiyat
kasb   etadi.   Chunki   milliy   qadriyatlar   va   ko`p   qatlamli   diniy   tajribada   mazkur
dinning tutgan o`rni beqiyosdir.  AVESTODAGI REAL, DUNYOVIY QADRIYATLAR
  Bu   kitobda   juda   ko`p   g`oya,   fikr,   tavsiya,   o`gitlar   bor   bo`lgani   uchun   biz
faqat   real,   haqiqiy   hayotga   dunyoviy   munosabatlarga   tegishli   hozir   ham   talabalar
uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz. Avestoning asosiy
g`oyalari   olamdagi   barcha   tartiblar,   ezgulik   (yaxshilik)   va   yomonlikdagi,   ziyo   va
zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni
Ahuramazda,   yomonliklarni   Ahriman   ifodalaydi;   bu   kurashda   odam   oliy   kuchlar
ihtiyoridagi   o`yinchoq   emas,   u   tanlash   erkinligiga   ega,   u   o`z   g`ayrati   bilan   bu
dunyoda   adolat   topishiga   ta`sir   eta   oladigan   kishidir.   Demak,   hozir   ham   kimki,
o`zini   ilohiy   kuch   qo`lidagi   qo`g`irchoq   hisoblamasa,   o`ziga   biror   kasbni   tanlab
olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson
bo`lib   yetishishlari   shart.   Avestoda   u   zamonlarda   keng   tarqalgan   ko`chmanchilik
qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib,
hozir   ham   har   bir   odam   hech   bo`lmasa   bir   tup  mevali   daraxt,  gul,   sabzavot   eksin,
o`ziga   mevasi   nasib   etmasa   farzandlariga,   bechoralarga   nasib   etadi,   savob   bo`ladi.
El   rahmatlar   aytadi.   Avestoda   to`rt   element   suv,   olov,   tuproq,   havo   g`oyat
ulug`langan;  bularni  asrash,   avaylashga  da`vat   etilgan.  Uning  tarbiyaviy  ahamiyati
hozir   ham   katta.   Bunga   amal   qilib,   har   bir   ongli,   aqlli   vatanparvar,   xalqparvar,
yoshu-qari   tomchi   suvni   ham   isrof   qilmasligi,   energiya,   hayot   manbai   olovini,
demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni  asrashi;  tuproqni  iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni   nurash,   sho`rlanishga   yo`l   qo`ymasligi;   havoni   esa   pokiza   saqlashi,   ekologik
xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. 
"AVESTO"   VA   QADIMIY   DEHQONCHILIK   AN`ANALARI
XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR.
  Tarixdan   ma`lumki,   insoniyat   sivilizatsiyasining   qadimgi   markazlari   paydo
bulishi   va   rivojlanishida   dehqonchilik   madaniyati   muhim   omil   bo`lgan.   Dunyo
sivilizatsiyasining   qadimiy   markazlaridan   biri   bo`lgan   Sharqda   dehqonchilik
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma dehqonchilikka asoslanganligi
bilan   ajralib   turadi.   Bu   borada   aytish   joizki   O`rta   Osiyo   zaminidagi   eng   qadimgi
dehqonchilik   madaniyati   Joytun   madaniyati   bo`lib   melodgacha   bo`lgan   6-4   ming
yilliklarda   shakllanganligidan   dalolat   beradi.   Dehqonchilik   tarixini   o`rganish
tarixning   turli   boskichlarida   halqlarning   ijtimoiy-iktisodiy   tizimini   va   ishlab
chikarish   kuchlari   rivojlanishini   xujalik-madaniy   tiplar   tarixi   muammolarini   ilmiy
tahlil   qilishda   royat   muhimdir.   Qadimga   dehqonchilik   madaniyati,   an`anaviy
dehqonchilik   xujaligi   va   u   bilan   bog`liq   marosimlar   hamda   agrar   kultlar   tarixchi,
arxeolog   va   etnolog   olimlar   uchun   doimo   dolzarb   va   qiziqarli   muammolardan   biri
bo`lib   kelgan   va   bu   borada   mutaxassislarning   olib   borgan   ilmiy   tadqiqotlari
natijasida   ma`lum   amaliy   natijalarga   ham   erishilgan.   Ayniqsa   bu   borada
O`zbekiston   xududidagi   dexqonchilik   va   dehqonchilik   madaniyati   tarixi,   sug`orma dexqonchilikning   shakllanishi   va   rivojlanish   bosqichlari   hamda   u   bilan   borliq
bo`lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun
Vatanimiz   xududidagi   eng   qadimgi   dsxqonchilik   madaniyati   tarixi,   dexqonchilik
marosimlari   va   ularning   genezisini   tadqiq   qilishda   o`tmish   ajdodlarimiz   turmush
tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda hamda halqimizning
qadimgi   davlatchilik   an`analari   va   mintakadagi   qadimgi   urbanistik   jarayonlarni
ilmiy-asosli tarzda o`rganixda muhim ahamiyatga ega. Bu borada jaxon fanida boy
tajriba   tuplangan   bo`lib   nemis   folklorshunosi   V.   Mannxardt   tomonidan   ilk   bora
dehqonchilik   bilan   turli   afsonalar   va   obrazlarda   usimliklar   olamining   jonlaniish
sirlari namoyon bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning ta`kidlashicha,
marosimlar   va   kultlar   asosida   inson   tabiatdagi   barcha   boshka   mavjudotlar   kabi
usimliklarda   yashaydi   degan   qarash   mujassamlashgan.   Olimning   fikricha,   ruxning
usimlikka   evrilishi   tug`risidagi   mifologiya   quyi   mifologiya   yukori   iloxdar
tug`risidagi   mifologiyaga   asos   bo`lgan   va   aynan   quyi   mifologiya   o`ziga   xos
yashovchan bo`lgan hamda uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib
qolgan.   Mashxur   ingliz   tadkikotchisi   J.   Frezer   Mannxardt   materiallariga   suyangan
xolda   qadimiy   agrar   diniy   dunyoqarashga   oid   manzarani   qayta   tiklagan   va   uning
rivojlanish   boskichlarini   kursatgan   hamda   antik   kultlar   madaniyatning   turli
rivojlanish   boskichlarida   oralik   bug`in   tarzida   ahamiyatta   ega   deb   ta`kidlagan.
Qolaversa   etnolog   olim   tarixiy-taqqoslash   usuli   asosida   ilk   mifologik   qarashlar   va
rituallar   bilan   Yevropa   halqlarining   dehqonchilik   marosimlarining   o`zaro
bog`liqligini   kursatib   berishga   xarakat   kilgan   .   Darhaqiqat   dehqonchilik   an`analari
qadimiy ildizlarga bog`lanishi bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan.
Har   bir   dehqonchilik   mavsumida   aynan   bir   vakt   takrorlanuvchi   ish   jarayoni   turli
an`ana   va   urfodatlarni   shakllanishiga   sabab   bo`lgan.   Biz   quyida   mintakamizdagi
dehkonchilik madaniyatining ilk ko`rinishlari va rasm-rusumlarini yozma manbalar,
jumladan,   zardushtiylarning   mukaddas   kitobi   "Avesto"   malumotlari   asosida   taxlil
kilishga   hamda   ularning   o`zbek   halqi   an`anaviy   dehqonchilik   marosimlari   bilan
uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4. Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va
chorvachilik   madaniyati   bilan   bog`liq   ijtimoiy   tartib   qoidalarga   oid   qarashlar   va turli-tuman   marosimlarga   ham   keng   urin   berilgan.   Jumladan,   mazkur   manbada
dehqonchilik   bilan   chorvachilikni   yaratgan   zot   Axura   Mazda   nazdida   eng   ma`kul
ish   tarzida   madx   kilinadi.   Ayniksa,   dehqonchilikka   oid   mexnatni   xurmat   kilish,
sevish   va   kadrlash   ta`kidlangan.   Shundan   kelib   chikib   zardushtiylik   axlokiy
qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini
aks   ettiradi.   Dehqonchilikning   yaxshi   tomonlari   Zardushtning   ikkinchi   farzandi
Arvatatnara   obrazida   mujassamlashgan.   Unga   xos   xususiyatlarga   konunga   va
ijtimoiy   tartibga   itoat   kilishlik   hamda   sabr-bardoshlilik   kirgan.   Shuningdeq
mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara xisoblanadi.
"Vendidod"ning   2-fargard,   42-bandida   qayd   etilishicha,   Yimaxshayati   (Jamshid)
bunyod etgan var axli  orasida  Zardusht  va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir.
"Bundaxishn"da   keladi:   "Arvatatnara   dehqonlarning   ulug`i   edi,   endi   Jamshid
bunyod   kilgan   varning   buyugiga   aylandi5.   Shu   urinda   aytib   utish   joizki,
zardushtiylik   an`anasiga   kura   Arvatatnara   abadiy   zotlar   sirasiga   kirgan.
"Avesto"ning   juda   kup   urinlarida   xosildorlikni   oshirishdagi   asosiy   omillardan   biri
yerning   zaxini   qochirish,   shurini   yuvish   deb   maslaxat   beriladi.   Zardushtiylarda
yaxlit   bir   agromadaniyat   yaratish   uchun   maxsus   irrigatsiya   tizimi   va   yer
maydonlarini   jamoa   a`zolari   o`rtasida   tartibli   taksimlanishiga   amal   kilingan.   Shu
urinda   aytib   ugish   kerakki   jinoyat   uchun   odamlarga   beriladigan   jazo   turlari   ichida
suv inshootlari kurishda majburan ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy
mexnat xisoblangan). Bu davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsa-da chorva xususiy
mulk   bo`lganligini   "Avesto"dan   kurishimiz   mumkin.   "Avesto"da   dehqonlarni
vastriofishuyant   deyilgan.   Bu   so`zning   etimologiyasiga   nazar   tashlasak
zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy kuchmanchi mashg`uloti — chorvachilik bilan
bog`lik   juda   qiziq   bir   manzaraning   guvoxi   bulamiz.   Avestoshunos   olim   A.   O.
Makovelskiyning   yozishicha,   "vastriofishuyant"   iborasi   yasalishiga   kura   murakkab
so`z   bo`lib   uning   birinchi   tarkibiy   kismi   yirik   shoxli   koramol   chuponi,   ikkinchi
qismi esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki so`zning
kushilishidan   keyinchalik   dehqon   so`zi   paydo   bo`lgan"6.   "Vendidod"   va
"Visperad"ning   aloxida   qismlarida   yerga   ishlov   berish,   ekin   ekish,   yerning meliorativ   xolatini   yaxshilashga   oid   qator   yul-yurikdar   bayon   qilingan.   Jumladan,
"Vandidod"ning   uchinchi   fargardi,   4-bandida   Zardushtning   Axura   Mazdaga   qarata
"zamini   hammadan   kura   baxtiyorrok   bo`lgan   dunyodagi   uchinchi   joy   qayr?"   —
degan savoliga javob tariqasida Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy
bir   Ashavan   hammadan   kura   kuprok   bug`doy,   yog`   va   mevali   daraxtlar   ekkan,
odamlar kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt ekilmagan va
omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi. Bunday zamin balog`at
pallasiga   kirgan   sohibjamol   qizdir.   Bu   oila   kurish,   kiz   farzand   kurishni   xoxlagani
singari,   xaydalmagan   yer   ham   kushchini   kutadi"8.   Halqimiz   dunyoqarashi   va
dehqonchilikka   oid   an`anaviy   xujalik   mashg`ulotida   xozirgacha   ushbu   qarashlar
bilan   bog`liq   ayrim   ko`rinishlar   saqlanib   qolgan   bo`lib   buni   bevosita   etnografik
ma`lumotlar   ham   tasdiklaydi.   Jumladan,   o`zbeklarda   yerni   xaydash,   uni   ekishga
tayyorlash,   suv   keltirish,   zamin   bag`rida   yetishtirilgan   xosilni   yigib   olish   savob,
dehqonchilik   eng   sharafli   mashg`ulot   hisoblanadi.   Ayniksa,   dehqonchilik
mavsumini   boshlanishi   o`ziga   xos   tantana   tarzda   nishonlangan   bo`lib,   XX   asrning
birinchi   choragigacha   respublikamizning   kator   mintakalarida   baxorgi   shudgor
oldidan   "is   chikarish"   marosimi   utkazilgan.   Xar   bir   oilada   ayollar   bug`irsoq
cho`zma   ("is")   pishirishgan.   Qozonda   moy   yaxshi   kizitilib,   sungra   unga   hamir
tashlangan.   Guyoki,   marxumlar   shu   moy   kizishini   eshitib,   ruxdari   shod   bulishib,
karindosh-urug`larga omad tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari
va buynturig`ini yog` bilan moylaganlar15. Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb
tumorlar   taqilgan.   Keksalarning   ta`kidlashlaricha,   mazkur   odat   zaminida   uning
shoxlari moylanib, bakuvvat bo`lgan xukiz yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan
magik   niyat   mujassamlashgan.   Dastlabki   egat   olish   yoki   urug`   sepishni   oila   yoki
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan. "Avesto"da yozilishicha, "kimda-
kim   bug`doy   eksa,   u   Ashaxni   (Haqiqat)   ekadi.   U   Mazda   dinini   yana   va   yana
kukartiradi.   U   Mazda   dinini   yuzlab   hamdu   sano,   nazru   niyoz   va   o`n   minglab
kurbonliklar   kuvvatlantirgandek   kudratli   kiladi.   Qachonki   egatlarda   urug`   yetilsa,
devlar   urinlaridan   ko`chadilar.   Qachonki   bug`doy   gurkirab   kukarsa   devlar dahshatlardan   titray   boshlaydilar.   Qachonki   bug`doy   un   bulsa,   devlar   nola
chekadilar.   Qachonki   bug`doy   xirmonga   uyulsa,   devlar   nobud   buladilar.   Qay   bir
xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha olmaydilar. Qay
bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan temir devlar buynini chirmab
tashlaydi"9.   Ko`rinadiki,   "Avesto"   paydo   bo`lgan   davrda   g`alla   ekish,   don
yetishtirish,   umuman,   dehqonchilik   madaniyati   yetarli   darajada   rivojlangan   ekan.
Biz   o`zbek   halqining   an`anaviy   turmush   tarzi   bilan   bog`liq   qarashlar   va
marosimlarni   ko`zatar   ekanmiz,   yer,   don   va   nonga   bo`lgan   o`ziga   xos   xurmat-
extiromni   turli-tuman   udumlar   va   marosimlarda   hozirgacha   saklanib
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi halqona
qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab jannatda o`sgan. Shu
bois   ushbu   usimliklar   va   mevalar   doimo   e`zozlangan.   Ayniksa   halq   orasida   yerga
bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni
oyoq osti kilish gunoh xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar
ham   aloxida   kadrlangan.   Jumladan,   baxorda   iliko`zildi   paytida   ayollar   tomonidan
namlangan bug`doyni  kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa  bir  marta sumalak
tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak pishirish udumlari
xozirgacha   davom   etib   kelmokda.   Shu   urinda   halqimizning   nonga   bo`lgan   xurmat
e`tiborini   aloxida   ta`kidlab   utishimiz   lozim.   Asosiy   xujalik   mashg`ulotlaridan   biri
dehqonchilik   bo`lgan   o`zbek   halqida   non   azaldan   asosiy   va   tansik   iste`mol
mahsulotlaridan   bulishi   bilan   birga   non   bilan   bog`liq   kator   marosimlar   va   urf-
odatlar shakllangan. Jumladan,  non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan.  Nonni
bosish   og`ir   gunox   xisoblangan.   Bundan   tashkari   kelinni   kuyovnikiga   ko`zatishda
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy odatga kura
g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. Chunki donni-nonni
yokish   og`ir   gunoh   deyiladi   10.   Axborotchilarimizning   ta`kidlashlaricha,   non   bor
joyga   turli   ins-jinslar   va   yovo`z   kuchlar   yakinlashmas   ekan.   Shu   bois   yomon
ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki
xatna kilingan bolaning yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar
bilan   birga   non   quyilgan.   Xorazmda   non   bulaklarini   tumor   kilib   taqilgan   va   non uchun   hamir   tayyorlab   quyilgan   yerga   (masalan,   tandir   oldiga)   jin,   parilar
yakinlashmaydi   deyiladi.   XX   asr   boshlarida   o`zbeklarda   ba`zan   ekinlar   rivoji   past
bo`lib,   xosil   kam   bulsa   va   bu   xodisa   ikki-uch   bora   qaytarilsa,   bunday   yerlarga
odamlar   salbiy   nazar   bilan   qarashgan.   Giyox   unmaydigan   yoki   kam   xosilli
paykallarni   «it   tekkan   yer»   (ins-jins   tekkan   manosida),   "xudo   qarg`agan   yer"   deb
nomlashgan.   Xorazmda   ulgan   odamning   jasadi   tekkan   yerni   nopok   yer   deyilgan.
Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari topilsa, bu joy xarom
xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan keyingina ekin ekishgan. Ayrim
joylarda   esa   bunday   srlarniig   atrofini   juyak   olib   urab   quyishgan   va   ikki-uch   yil
davomida   sug`ormaganlar,   ekin   ekmaganlar.   Biz   bu   udumga   aynan   uxshash
ko`rinishni "Avesto" kitobida uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi"
konsepsiyasiga   kura   zardushtiylik   paydo   bo`lgan   dastlabki   paytlarda   tuprokning
xolatini   bo`zmaslik   maksadida   va   murdani   "marosimiy   makrux"   xisoblangani   bois
o`lik   yerga   kumilgan.   Murda   odamlar   nazaridan   yiroqqa-baland   tepaliklarga   eltib
maxsus   supalarga   quyilgan.   "Veididod"ning   7-fargardi,   7-bulimida   Zardushtninig
Axura   Mazdaga   karata   "oftob   ostida   yotgan   odam   jasadi   yerga   tushib   ketsa,   yer
necha   vaktdan   sung   o`zining   pokizalik   xolatiga   qaytadi?   —   degan   savoliga   javob
tarikasida   "oftob   ostida   yotgan   odam   jasadi   yerga   tushib   ketgan   laxzadan   bir   yil
utgach, zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" — deb javob bergan. Boshka urinda
Axura   Mazda   Zardushtga   karata   "odam   jismi   tuprokka   topshirilgan   laxzadan   ellik
yil   utganidan   sung   zamin   o`zining   poklik   xoliga   qaytadi"   —   deb   ta`kidlagan11.
Demak biz bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urfodatlari kecha
yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik tarixiga ega ekanligiga
yana   bir   bor   amin   bulamiz.   Fargona   vodiysi   o`zbeklarida   yerga   dastlabki   ishlov
berish,   yani   yil   boshidagi   dastlabki   dehqonchilik   yumushlari   Navro`z   tantanalari
bilan   bir   vaktda   boshlangan.   Navro`z   ayyomi   dehqonlar   uchun   ayniksa   ahamiyatli
bo`lgan.   Chunki   yukorida   aytganimizdeq   bu   kunlarda   ekin   ekish,   dala,   bor
yumushlari   boshlangan.   Dehkonlar,   bog`bonlar   va   chorvadorlar   ayozli   kunlardan
omoneson  chikib, baxorning  issik  kunlarini   intiklik  bilan kutib,  katta dehqonchilik
ishlariga   jiddiy   tayyorgarlik   ko`rganlar,   omochbuyinturiklarni,   molalarni   sozlab, taxt   kilishgan,   otlar   sovutilgan,   aravalar   to`zatilib   ishga   yarokli   xolga   keltirib
quyilgan.   Asosiy   ishchi   kuchi   bo`lgan   xukizlarni   yaxshi   parvarishlab,   ularni   yer
xaydashga olib chikishgan.
XULOSA  
Xulosa   kilib   aytganda,   o`zbek   halqining   dehqonchilik   an`analari   qadimiy
tarixga  ega  bo`lib  bundan 3000  yil  mukaddam   O`rta  Osiyo  zaminida  dehqonchilik
gullab-yashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan biri bo`lgan. "Avesto"da
ta`riflangan   va   targ`ib   etilgan   eng   ulug`   kasb   dexqonchilikka   oid   urf-odat   va
marosimlar   o`zining   xayotiyligi   va   halqchilligi   bilan   aloxida   dikqatga   sazovordir.
Ularda   ijtimoiy   tabaqaviy   cheklanish   alomatlari   yo`q   bo`lib   tabiiy   ehtiyojlar
zaminida paydo bo`lgan va umumxalq manfaatlariga xizmat qilgan. Bu urf-odat va
marosimlar   tabiat   bilan   o`zviy  bogliq   mexnat   jarayoni   hamda   turmushning   muhim
voqealariga   bag`ishlab   nishonlangan   va   xalqning   orzu-umidlarini   ifoda   etgan.
Avestoning   hozirgi   davr   kishilari   uchun   ahamiyati   shundaki,   unda   odamlar   doim
pokiza   yurishga,   badanni   toza   tutishga   yomon   kirdikorlar   qilmaslikka;   har   qanday
yovuz   niyat   va   haqoratli   asabbuzar   so`zlarni   aytmaslikka,   ayollarni,   jumladan
qizlarni   sevishga   hamma sohada   mo`tadil   (optimal)  bo`lishga  da`vat  etuvchi   qoida
da`vat,   o`gitlar   bayon   etilgan.   Avestoning   Gat   qismida   odamlar   halol   mehnat
qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni yaratishga, tayyorga ayyor, o`roqda
yo`q,   mashoqda   yo`q   xirmonda   hozir,   boqimanda,   tekinxo`r   bo`lmaslikka,   bularga
yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham foydasi
katta. Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan birga real,
dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash, rag`batlantirishga
doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. Xulosa shuki, zardushtiylikning o`zidan keyingi
barcha   dinlarga   salbiy   ta`siridan   ko`ra   ijobiy   ta`siri   ustun   bo`lgan.   Deyarli   barcha
dinlarga xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloq-odobli
bo`lib   tarbiyalashga   intilish   zardushtiylik   dinining   ham   asosini   tashkil   qiladi.   Bu
ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir.  Foydalanilgan adabiyotlar:
  1.   Karimov   I.A.   Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo`q.   T.,   Sharq,   1998.   2.
Sulaymonova   F.   Sharq   va   G`arb.—Toshkent.   Fan,   1997.   3.   Avesto.   O`zbekcha
tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001. 4. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili
va   adabiyoti   jurnali,   1999.   №2-   5.Abu   Rayhon   Beruniy.   Al-osorul-boqiya   an-al
qarunul-holiya. Т .:   1969   6.H.   Homidov.   "Avesto"   fayzlari.   –   Т .:   2001
7.N.Rahmonov.  "Avesto"ning  paydo  bo`lishi.  "O`zbekiston   ovozi"  2001,  26.  8.  N.
Rahmonov.   "Avesto":   Zamin,   vatan   demakdir.   -   "O`zbekiston   ovozi"   2001,   25
sentabr.   9.   www.e-tarix.uz   10.   www.ziyonet.uz   Sheraliyev   Husniddin   Kasb
------------------ta’limi yo’nalishi.

Zardushtiylik dini Reja: 1. Zardushtiylikning paydo bo`lishi. 2. Avestoning muqaddas yozuvi. 3. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar. 4. "Avesto" va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida ayrim mulohazalar.

Avesto ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat,‖ buyuk madaniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi1. Islom Karimov "Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. "Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. "Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto" ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

ZARDUSHTIYLIKNING PAYDO BO`LISHI. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2 Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan. I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix nazarda tutilgan. Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. «Bu nodir kitob, deb yozgan edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan. Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom

etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda. Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so`zni «Mazdaga sig`inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so`zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash ma`nosini anglatuvchi «Axura» qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo`lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G`arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk

tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketmaket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «AiryanemVayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi. Zardushtiylik ta`limoti. Zardushtiylik ta`limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e`tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «yeski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta`limotdir. U behuda qon to`kuvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanishga da`vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham