logo

Oʻrta Osiyoda ilk oʻrta asrlar davrining asosiy xususiyatlarini shakllanishida qadimgi turklar va arablar siyosati

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78.4052734375 KB
Mavzu.O rta Osiyoda ilk o rta asrlar davriningʻ ʻ
asosiy xususiyatlarini shakllanishida qadimgi turklar
va arablar siyosati
Reja
1. Ilk o rta asrlarda O rta Osiyoda  siyosiy vaziyat	
ʻ ʻ
2. Ilk o rta asrlarda Movarounnahrda turk-sug diy 
ʻ ʻ
etnomadaniy maydonining tashkil topishi
3. Ilk o rta asrlarda O rta Osiyoda arablar olib borgan 
ʻ ʻ
siyosat              Qadimgi yozma manbalar va arxeologik izlanishlarning tahliliga ko‘ra, ilk o‘rta
asrlar   davrida   jamiyatning   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   etnomadaniy   hayotida   tub   o‘zgarishlar
yuz  beradi.  Bu  davrda  mahalliy  mulk  egaligi-dehqonzodalarning  paydo  bo‘lishi   va  ular
asosida   qishloq   hokimliklarining   tarkib   topish   jarayoni   jadal   kechadi.   Feodal
munosabatlari   shakllanib   boradi.   Uning   xronologik   doirasi   –   milodiy   V-IX   asr
o‘rtalarigacha; asosiy xususiyatlari: yerga, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish uzil-
kesil xususiylashadi, jamiyat ijtimoiy tarkibini kashovarzlar-o‘rta va mayda mulk egalari,
badavlat   dehqonzodalar   -   katta   mulk   egalari   –   feodallar   va   ularga   qaram   kadivarlar   -
ijarachi   qo‘shchilar   tashkil   etadi.   Mahalliy   hokimliklar   timsolida   markazlashgan   feodal
davlat   boshkaruv   tizimining   asoslari   yaratiladi,   jamiyat   asosan   zardo‘shtiylik   va
buddaviylik,   qisman   moniylik,   nasroniylik   va   shomonizm   mafkurasi   asosida   quriladi.
Arablar   bosqinidan   keyin   esa ,   ular   o‘rnini   sekin-asta   islom   mafkurasi   egallaydi.
Zardo‘shtiy   ibodatxonalariga   tegishli   «vag‘nze»   mulki   islom   masjid   va   madrasalari
mulkiga   aylanadi.   Mulkchilikning   savdo   va   hunarmandchilikdagi   tabaqaviy   shakllari
kuzatiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini katta mulk egalari, o‘rta va mayda mulk egalari,
ziroatchi  kadivarlardan tashqari  mahalliy hokimliklarning mudofaa tayanchi – yollanma
chokarlar va qisman qullar  ham tashkil etadi. 
Agar   Movarounnahr   antik   dunyosining   dastlabki   boshqaruv   tizimi   qishloq
hokimliklari   asosida   qurilgan   bo‘lsa,   feodal   munosabatlarining   shakllanish   davriga
kelganda, kechagi qishloq hokimliklari bugunga kelib, tuman, ya’ni rustak hokimliklariga
aylandi.
Mulkchilikning   yirik   shakllari   nafaqat   sug‘orma   dehqonchilik   xo‘jaligining
aslzodalari - dehqonzodalar timsolida, balki chorvador jamoalarida, hunarmandchilikning
qator   jabhalari   va   savdo-sotiq   jamoalari   orasida   ham   kuzatiladi.   Katta   yer   egalarining
shahardan tashqaridagi mulki baland mudafaa devorlari bilan o‘rab olinib, ular o‘rtasida
shohona   qasr   va   qal’a-qo‘rg‘onlar   paydo   bo‘ladi.   Ilk   o‘rta   asrlar   ijtimoiy   hayotining
hosilasi   sifatida   kechagi   kashovarzlarning   kambag‘allashgan   qismi-kadivarlar-yersiz
ijarachi qo‘shchilar qatlami paydo bo‘ladi. Kashovarzlarni boyib borayotgan ishbilarmon
tadbirkor qismi yirik mulk egalariga-dehqonzodalarga aylanadi. Ilk o‘rta asrlar davrining
dehqonzodasi aslida katta mulk egalari bo‘lib, Yevropada shu toifa kishilar feodal, ya’ni katta mulk egasi ma’nosini anglatgan. Shuning uchun bu davr tarixda ilk feodalizm davri
nomini olgan.
Ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyosining dehqonzodalari mayda mulk egalari-kashovarzlar,
ozodkorlar va guvakorlar birgalikda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining asosini tashkil
etganlar,   ular   jamiyatning   asosiy   ishlab   chiqaruvchi   kuchi,   jamoalari   hisoblangan.
Ungacha   O‘rta   Osiyo   sharoitida   katta   mulk   egaligi   bo‘lmagani   uchun   O‘rta   Osiyoda
quldorlik   jamiyati   bo‘lmagan,   degan   xulosaga   kelinmoqda.   O‘rta   Osiyoning   qadimgi
sug‘orma dehqonchilik mintaqalarida bronza davrida paydo bo‘la boshlagan kashovarzlar
yer egaligi va dehqonzodalar jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.   Natijada,   chorvachilik   va   hunarmandchilikning   barcha   jabhalarida,   savdo-
sotiqda   yirik   mulk   egalari   dehqonzodalar   va   o‘rta   va   mayda   mulk   egalari–kashovarzlar
bilan   birgalikda   jamiyat   iqtisodiy   hayotining   asosi   bo‘lib   qoldi.   Jamiyatda   harbiy
hokimiyat o‘rnatgan turkiy siyosiy kuch esa O‘rta Osiyo shimoliy – sharqidan to‘xtovsiz
turkiy   etnik   guruhlarni   kirib   kelishini   tezlatadi.   Joylarda   boshqaruv   tizimini   turk
aslzodalari   ta’siriga   o‘tishi   ham   mintaqada   etnogenetik   jarayonlarni   rivojlanishiga   o‘z
ta’sirini  ko‘rsatadi. Oqibat  natijada, Turon zaminda turkiy etnik qatlamning qalinlashuv
hosilasi sifatida bu yurt yozma manbalarda Turkiston deb atala boshlaydi. Bu tarixiy va
etnogenetik jarayonlar nafaqat yozma manbalarda, balki ilk o‘rta asrlar davri arxeologik
materiallarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi
Arab istilosidan avvalgi davrlarda turkiy qabilalarning kelishlari qanchalik va qaysi
tartibda   sodir   bo‘lganligi   haqida   yozma   manbalar   saqlanmagan   bo‘lsada,   ammo
arxeologik  tadqiqotlarga  ko‘ra,   Shosh   va  qadimgi  Farg‘onada   turkiy  etnosni  eroniy  tilli
aholidan ko‘proq ekanligiga shubha  qilmasa ham bo‘ladi. Bu haqda A.Yu.Yakubovskiy
shunday   deydi:   “Harholda,   arablar   VII-VIII   asrlarda   O‘rta   Osiyoni   istilo   qilishda   faqat
Balx   bilan   Badxiz   atrofidagi   turklar   bilangina   emas,   balki   Farg‘ona   turklari   bilan   ham
to‘qnashdilar”.   Manbalarda   yozilishicha,   Shoshda   o‘g‘uzlarning   qadimdan   mavjudligi,
Farg‘onada   turk   qabilalaridan   o‘g‘uz   va   qarluqlarni   keng   yoyilganligi   haqida
ma’lumotlar   uchraydi.   Har   holda   VII-VIII   asrlarda   o‘g‘uz   va   qarluq   turklari   faqat
Yettisuvda   emas,   hatto   Toxaristonda,   uning   Balx   viloyatida   yashaganligi   ma’lum.
Arablar   Movaraunnahrni   bosib   olgach,   turklarni   Sirdaryo   bilan   Amudaryo   oralig‘iga
bemalol   kirib   kelishlarini   to‘xtatish   maqsadida   Yettisuv   ustiga   yurish   boshlaydi   va   u yerlarning egalari turkashlarga qattiq zarba beradi. Bu voqea 737 yilda sodir bo‘lgan edi.
Shundan   keyin,   turklar   Sug‘dni   butunlay   arablarga   topshirib,   Sug‘d   o‘lkasi   ishiga
aralashmay   qo‘ydilar.   Ammo,   ungacha   Sug‘dda   turk   ta’siri   kuchli   edi.   Arab   istilosiga
qadar   O‘zbekistonning   Sug‘d   va   boshqa   viloyatlaridagi   talay   mahalliy   mulkdorlar   turk
xonlariga   qarindosh-urug‘lashib,   g‘arbiy   turk   yabg‘usi   xonadonlari   bilan   quda-anda
bo‘lib   ketgan   edilar.   “Shunisi   ahamiyatliki,   sug‘d   aslzodalari   o‘rtasida   turk   nomlari   va
unvonlari (titullari) tez-tez uchrab turadigan tabiiy holga aylangan. 710 yilda o‘z joniga
qasd  qilgan Samarqand  ixshidi   Tarhun nomining  turkcha  “tarxon” unvoni   bilan bog‘liq
ekanligiga   shubha   yo‘q.   Arablar   Movaraunnahr   yerlarining   hukmdori   bo‘lib   olsalarda,
ammo   Yettisuv   turklari   ularning   doimiy   raqibi   va   dushmani   bo‘lib   qoladilar.   Bu
dushmanlik   ayniqsa,   arablarga   qarshi   Muqanna   qo‘zg‘oloni   davrida   yaqqol   ko‘zga
tashlanib   qoldi.   Aynan   shu   davrda   arablar   Movaraunnahr   vohalari   atrofini   mudofaa
devorlari   bilan   o‘rab   olishga   majbur   bo‘lganlar.   «Shunisi   harakterliki,   deydi
A.Yu.Yakubovskiy-Yettisuv   viloyati   VIII-IX   asrlar   va   hatto   X   asr   mobaynida   ham   na
abbosiylar   halifaligiga   (VIII-IX   asr),   na   tohiriylarga   (IX   asr),   na   somoniylarga   (IX-X
asrlar)   bo‘ysunmadi.   Abbosiylar   va   ulardan   keyingi   mahalliy   sulolalarning   diqqati
butunlay   g‘arbga,   Movaraunnahrni   Yaqin   Sharq   bilan   aloqalarini   mustahkamlashga
qaratildi.  
Shunday qilib, milodiy VI  asrning ikkinchi  yarmida O‘rta Osiyoda Turk xoqonligi
hukmronligining o‘rnatilishi bilan bu zaminda turkiy qabilalarning kirib kelishi shu qadar
jadallashdiki,   oqibatda   O‘rta   Osiyoning   shimoliy,   shimoliy-sharqiy   va   shimoliy-g‘arbiy
viloyatlarida   turkiy   etnos   jamiyatning   hukmron   etnik   qatlamiga   aylandi.   Sharqshunos
olim   A.Yu.   Yakubovskiyning   yozishicha,   O‘rta   Osiyoning   Amudaryogacha   bo‘lgan
hududlarida   turkiy   qabilalar   kirib   bormagan   biror   joy   qolmagan   edi.   Darhaqiqat,
xoqonlikning   yaqin   100   yil   davom   etgan   hukmronlik   davrida   jamiyatning   ijtimoiy
qiyofasi   turkiygo‘y   etnik   qatlamlar   foydasiga   ishladi.   Milodiy   III-IV   asrdan   e’tiboran
tarkib   topa   boshlagan   hokimliklar   avval   mahalliy   sulolalar   tomonidan   boshqarilgan
bo‘lsa,   Turk   xoqonligi   siyosiy   maydonga   chiqqach,   ular   turk   sulolalari   vakillari   bilan
almashtirila boshlandi. Ba’zi bir viloyatlarda, masalan Janubiy Qozog‘iston va Toshkent
vohasida mahalliy hokimliklar deyarli turkiylar qo‘liga o‘tib ketgan edi. Bu hol, yozma manbalarda   ta’kidlanishicha,   O‘rta   Osiyoning   markaziy   va   janubiy   viloyatlariga   ham
yoyilgan edi.
Bu   davr   iqtisodiy-xo‘jalik   asosini   tarixan   tarkib   topgan   etnomadaniy   viloyatlarda
(Baqtriya,   Sug‘diyona,   Ustrushona,   Qadimgi   Farg‘ona,   Choch,   Xorazm)   sug‘orma
dehqonchilik   va   hunarmandchilik,   dasht   va   cho‘lli   mintaqalarda   chorvachilik   tashkil
etadi.   Agar   ilk   o‘rta   asrlar   davrida   yuz   bergan   ijtimoiy-iqtisodiy   va   etnomadaniy
jarayonlarni   tarixiy-madaniy   mintaqalar   asosida   tahlil   etadigan   bo‘lsak,   quyidagi
holatlarni kuzatish mumkin bo‘ladi: 
1). O‘zbekistonning janubida Sherobod va Surxondaryo havzalarida, Sangardak va
Xo‘jaipak   etaklarida,   shimoliy   Toxaristonda   ilk   o‘rta   asrlarda   Termizshohlar,
Chog‘aniyon   va   Guftan   (Sherobod   vohasi)   hokimliklari   tashkil   topdi.   Bular   orasida
Chog‘aniyon   yirik   hokimlik   bo‘lib,   uning   mahalliy   sulolaviy     hukmdorlari   o‘z
nomlaridan   mis   va   kumush     tanglarni   zarb   etish   qudratiga   ega   edilar.   Mahalliy
hokimliklar nomidan zarb etilgan tangalar birinchi bor shimoliy Toxaristonda, aniqrog‘i,
Choganiyonda   milodiy   V   asrdan   chiqa   boshlagan.   Bu   mis   tangalari   bo‘lib,   uning   yuz
tomonida   mahalliy   hukmdorning   partreti,   orqa   tomonida   esa   yakorsimon   tamg‘a
chekilgan   edi.   V   asrning   oxiri   va   VI   asr   boshlaridan   esa   sosoniylar   podshosi   Feruz
tangalariga   taqlid   qilingan   kumush   tangalar   chiqarildi.   VI     asrning   ikkinchi   yarmidan
Xusrov   draxmalariga   taqlid   qilingan   Chog‘aniyon   ixshidlarining   kumush   tangalari   zarb
etila boshladi. VII asrning ikkinchi yarmidan esa shimoliy Toxaristonda mahalliy feodal
hokimliklari   tangalari   qatorida   arab   dirxam   va   felslari   muomalada   edi.   VIII   asr   oxiriga
kelib   Toxaristonda   mahalliy   hokimliklarga   arablar   tomonidan   barham   berildi.   Kezi
kelganda   ta’kidlash   zarurki,   agar   hukmdor   metalldan   pul   zarb   eta   boshlasa,   demak,   bu
davlatning   tarkib   topganligidan   nishonadir.   Pul   (tanga)   o‘tmishda   davlat   ramzlari-gerb,
bayroq   (tug‘)   va     uning   madhiyasi   bo‘lganligidan   nishonadir.   Mis   tanga   ichki   bozor
muomalasining ekvivalenti. Agar, hukmdor kumush tanga zarb etishga jazm etsa, demak,
bu uning iqtisodiy qudratli, mustaqil davlat sifatida siyosat olib borganligidan nishonadir.
Bronza   va   ilk   temir   davri   arxeologik   yodgorliklaridan   topilgan   muhrlar   esa   tub
ma’nodagi  davlatni tashkil  topganligidan darak bermaydi. Bu qadimda qabila boshlig‘i-
yetakchisining,   diniy-ilohiy   rahnamosining,   harbiy   va   dunyoviy   sardori   (eroniycha
kaviysi,   turkiycha   jabg‘usi)   va   qishloq   jamoasi   boshliqlarining   hukmdorlik   -   sardorlik (avestoda   nmanapatiylarning   vispatiylik)   belgisi     bo‘lgan.   Shuning   uchun   ularda   faqat
urug‘   va   qabila   totemlari   o‘z   aksini   topgan   va   ular   o‘z   navbatida   protodavlat   belgisi,
davlatchilikning   kurtaklari   tarkib   topganligidan,   o‘troq   aholi   ijtimoiy-iqtisodiy   va
madaniy   salohiyati   asosida   mahalliy   ilk   davlatchalar   shakllanib   borayotganligidan
guvohlik   beradi.   Tangalarda   esa   albatta,   hukmdor   siymosi,     yozuv   va   tegishli   xudolar
ramzi o‘z aksini topadi.    
2).   O‘zbekistonning   markaziy   qismida   So‘g‘diyona   joylashgan   bo‘lib,   uning
hududida ilk o‘rta asrlarda uchta mustaqil tarixan tarkib topgan yirik viloyat hokimliklari
shakllangan. Pandjikentdan to Karmanagacha bo‘lgan tumanlar Markaziy Sug‘dni tashkil
etib,   uning   bosh   shahri   Samarqand     hisoblangan.   Zarafshon   vohasining   Karmanadan
g‘arbda  joylashgan  tumanlari  G‘arbiy  Sug‘dni   tashkil   etgan. Uning  bosh  shahri   Buxoro
bo‘lgan.   Qashqadaryo   havzasida   tarkib   topgan  tumanlar   Janubiy   Sug‘d   yerlarini   tashkil
etgan.   Janubiy   Sug‘dning   yuqori   Qashqadaryo   tumanlari,   Kesh   viloyati,   quyi
Qashqadaryo   tumanlari   esa   Naxshab   viloyati   deb   yuritilgan.   Viloyat   hokimliklari
tepasida   turgan   hukmdorlar   Buxoro   hududida   xudotlar,   Samarqandda   ixshidlar   va
Qashqadaryoda   ixridlar   deb   atalgan.   Ilk   o‘rta   asrlarning   dastlabki   bosqichida   har   bir
viloyat doirasida bir  necha rustak xudotliklari, ixshid va ixrid hokimliklariga bo‘lingan.
Bu mahalliy hokimliklarning maydalari iqtisodiy va siyosiy qudratlilari tomonidan asta-
sekin tinchlik yoki  zo‘rlik yo‘li bilan, tarix taqozosiga  ko‘ra, o‘z ta’sir doirasiga  olinib,
yiriklashib   borgan.   Masalan,   G‘arbiy   Sug‘dda   Buxorxudodlardan   tashqari   Vardanxudot
bo‘lganligi  ma’lum. Keyinchalik ular  birlashib,  arablar  bosqini  arafasida  G‘arbiy Sug‘d
yagona Buxorxudotligiga aylangan. Shunday holatni markaziy va janubiy Sug‘d yerlarida
ham kuzatish mumkin. 
Sug‘diyona hududi tarixan tarkib topgan rustaklarga bo‘lingan. Aslida, rustak hudud
masshtabidagi mahalliy hokimliklarning o‘zginasi edi. Masalan, G‘arbiy Sug‘d yerlarini
22   ta   rustaklardan   tashkil   topganligi   ma’lum.   Ularning   15   tasi   Buxoro   vohasining
mudofaa devori ichida, 7 tasi esa voha devori tashqarisida joylashgan. Ularning nomlari
yozma   manbalarda   sug‘diycha   bo‘lib,   Tavovis,   quyi   Xarkana,   Xitfar,   Qoxushtuvon,
Yuqori Samjon va Quyi Samjon, Yuqori Faraviz va Quyi Faraviz, Zar, Fargidat, Poykent,
Farob va boshqa nomlarda bizgacha yetib kelgan. Masalan, Markaziy Sug‘dda, ular VII
asr   o‘rtalarida   11   ta   bo‘lgan.   Bu   haqda   nafaqat   yozma   manbalarda,   balki   qadimgi Afrosiyob   devoriy   suratlarida   ham   tegishli   ma’lumotlar   bor,   ya’ni   Samarqand   ixshidi
Varxumanni   qutlab   turli   mamlakatlardan   kelgan   elchilarni   qabul   marosimiga
bag‘ishlangan   shohona   saroy   devorida,   uning   taxtiravonda   o‘tirgan   holati   rang-barang
chizgilarda   aks   ettirilgan.   Varxuman   atrofida   uning   yaqinlari,   unga   tobe   11   ta   rustak
ixshidlari va ularning tug‘lari (bayroqlari) tasviri  ham chizilgan. Bir qator qilib, tik terib
qo‘yilgan   11   bayroq   dastalari   qizil   lenta   bilan   bir-birlariga   ramziy   bog‘lab   qo‘yilgan.
Ushbu manzara Markaziy Sug‘dda 11 ta ixshidliklar bo‘lganligi va ularning Samarqand
ixshidi   (podshosi)   Varxuman   boshchiligida   “Sug‘d   davlat   konfederatsiyasi”
tuzilganligidan dalolat beradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovar-pul munosabatlari mamlakat iqtisodiy hayotida
juda muhim o‘rin tutgan. Sug‘diyona yunonlar ta’siridan Salavkiylar davridayoq qutilib,
mustaqil   taraqqiyot   yo‘liga   tushib   olgan   edi.   Mahalliy   hokimliklar   yunon   tangalariga
taqlid   qilib,   o‘z   tangalarini   zarb   etganlar.   Miloddan   avvalgi   I   asrda   Sug‘dda   topilgan
tangalar   tahliliga   ko‘ra,   Zarafshon   vohasining   kamida   3   ta   davlat   konfederatsiyasi
bo‘lgan   ko‘rinadi.   Masalan,   Samarqand   Sug‘dining   mahalliy   hokimliklari   Antiox   I
tangalariga taqlid qilib, uzoq yillar  mis tangalar  zarb etishda davom  etadi. Buxoroliklar
esa   Yunon-Baqtriya   podsholaridan   Yevtidem   tetradraxmasiga   taqlid   etib   pul   chiqargan.
Qashqadaryo   mahalliy   hokimliklari   esa   Aleksandr   surati   solingan   Salavkiy   tangalariga
taqlid etib, tanga zarb etadilar. 
Milodiy   eradan   boshlab,   Sug‘diyonada   sug‘d   mahalliy   hukmdorlarining   nomlari
bitilgan   tangalar   zarb   etila   boshlaydi.   Biroq,   ulardagi   yozuv   va   mahalliy   hokimlarning
suratlari   naqadar   sifatsiz   va   texnik   jihatdan   nuqsonli   bo‘lganligidan   ulardagi   bironta
hukmdor nomini aniqlash mumkin bo‘lmadi. Milodiy III asrgacha Sug‘d shahar hayotida
qandaydir   iqtisodiy   tanazzul   bo‘lgan   ko‘rinadi.   Faqat,   III   asr   oxiri   va   IV   asr
boshlaridagina  Ipak yo‘li bilan bog‘liq iqtisodiy yuksalishlar Sug‘d hayotida yuz beradi.
Bu   haqda   birinchi   bor   Dungxuandan   topilgan   hujjat-   “Ko‘xna   xatlar”   (Sug‘d   eski
yozuvilari)    guvohlik  beradi.  Ilk  o‘rta  asrlarda   Sug‘dning  savdo   shahri   nomi   bilan   nom
chiqargan   Poykent   shahrining   iqtisodiy   qudrati   arab   tarixchisi   Tabariyni     lol   qoldirgan.
Uning   yozishicha,   “Poykentda   arablar   tomonidan   shunchalar   ko‘p   oltin   va   kumush
idishlar   talandiki,   ularning   ko‘pligidan   sanog‘iga   yeta   olmaysan   kishi”.   Bunday
yuksaklikni   IV   asrning   oxirlarida   butun   Sug‘d   bo‘ylab   kuzatish   mumkin   edi.   V   asrdan boshlab, mustaqil Sug‘d hokimliklari  suratlari bitilgan tangalar zarb etila boshlaydi. VII
asrga   kelib   Sug‘d   mahalliy   hokimliklarining   kumush   tangalari   jahon   savdosida   o‘z
o‘rniga ega edi. Sug‘diyona shunday yuksakliklarga erishishiga qaramay, mamlakatda ilk
o‘rta   asrlar   davomida     yagona   podsholik   (markaziy   hokimiyat)   bo‘lmagan.   Bunday
hokimiyatni   tarkib   topishiga   dastlab,   xiyoniylar   va   kidariylarning   bu   zaminga   kirib
kelishi   bo‘ldi.   Sug‘diyona   VI   asr   boshlaridan   eftaliylar   tarkibida,   563   yildan   esa     Turk
xoqonligi   qo‘l   ostiga   o‘tdi.   Garchi   ularning   birinchisi   mahalliy   hokimliklar   boshqaruv
tizimiga aralashmagan holda, ulardan katta-katta o‘lpon (soliq)   olish bilan kifoyalanish
siyosatini   olib   borgan   bo‘lsa,   ikkinchisi   ba’zi   viloyatlarda   boshqaruvni   qo‘lga   kiritish
siyosatini   olib   borsada,   amalda   markazlashgan   davlatni   barpo   bo‘lishidan   manfaatdor
emas edilar. Shu bois, Sug‘d mahalliy aslzodalarining boy tajribalaridan o‘z maqsadlari
yo‘lida   foydalanish   ilinjida,   eftaliy   va   turk   xoqonlari,   ularni   davlat   boshqaruv
xizmatlariga faol tortishni afzal ko‘radilar.  Biroq, VIII asr boshlaridan Sug‘diyona xalqi
boshiga   o‘zga   etnik   va   g‘ayri   din   vakillari   bostirib   keldi.   Bosqinchilar   eftaliy   va   turk
xoqonlaridan   farqli   o‘laroq,   yangicha   boshqaruv   tizimini   ishlab   chiqdilar.   Ikki   orada
kuchlar   teng   bo‘lmagan   janglar   boshlanib   ketdi.   Umumiy   dushmanga   qarshi   kuchlar
harbiy   ittifoqini   tuzishga   intilish   har   doim   ham   kutgan   natijani   beravermaydi.   Nihoyat,
VIII asr oxirlarigacha davom etgan qattiq janglar va qo‘zg‘olonlardan so‘ng, bosqinchilar
mahalliy   aslzodalar   orasidan   o‘z   tayanchlarini   topib,   nafaqat   butun   Sug‘diyona,   balki
Movarounnahr va Xurosonda o‘z hukmronligini o‘rnatishga erishdilar. 
3).   Sug‘ddan   sharqda   Sirdaryo   havzasida   ilk   o‘rta   asrlar   davri   Ustrushona   viloyati
joylashgan. Uning g‘arbiy qismini O‘zbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil
etadi.   Uning   sharqiy   qismi   –   Xo‘jand   viloyati   esa     hozirgi   kunda   Tojikiston   hududida
joylashgan..   Birinchi   bor   Ustrushon a   nomi   ilk   o‘rta   asr   Xitoy   manbalarida   uchraydi.
(Shuaydushana,   Suduyshana,   Sudushina).   Bunga   ko‘ra,   Ustrushona   IV-V   asrlardayoq
mustaqil   hokimlik   sifatida   tilga   olinadi.   Uning   yosh,   tashabbuskor   hukmdori   VIII   asr
boshlarida   Samarqand   ixshidining   elchilari   bilan   o‘z   elchisini   Xitoyga   yuboradi.   Arab
geograflarining   xabariga   qaraganda,   Ustrushonaning   bosh   shahri   Bunjikat   (hozirgi
Shahriston   Tojikiston   hududiy   doirasida )   bo‘lgan.   Arxeologik   tadqiqotlar   buni   to‘liq
tasdiqlaydi .   Sha h ristondan   topilgan   kumush   tangalarga   ko‘ra,   Ustrushonani   dastlab
Chirdmish,   Satachari,   Raxanch   kabi   mahalliy   afshinlar   boshqargan.   VIII   asr   birinchi choragidan   Ustrushonani   turkiy   sulola   vakillari   boshqara   boshlagan.   Darhaqiqat,   arab
tarixchisi Ista h riy 737 yil voqealari munosabati bilan Ustrushona afshini turk Xarabug‘a
ekanligini   eslaydi.   (chunki   o‘sha   kezlarda   mahalliy   hukmdorlar   turklar   bilan   birga
arablarga   qarshi   harbiy   ittifoq   tuzgan   edilar).   Undan   so‘ng   yaqin   60   yil   Ustrushona
afshinligini   turk   Xanaxara   egallaydi.   U   mashhur   xalif   Ma’mun   ibn   Xorun   xizmatida
bo‘lib, Iroq va Misrda ko‘tarilgan  q o‘zg‘olonlarni bostirishda qatnashgan .
4).   Ustrushonadan   shimoliy-sharqda,   Sirdarayoning   yuqori   havzasida   qadimgi
Parg‘ana   (Farg‘ona   vodiysi)   joylashgan.   U   Geradotning   «Tarix»   asarida   «parikaniylar
yurti»   nomi   ostida   eslab   o‘tiladi.   Farg‘ona   so‘zi   qadimgi   eroniy     tilli   manbalarda
“Parg‘ana»     shaklida   yozilib,   “atrofi   tog‘lar     bilan   o‘ralgan   va   faqat   bir   tomoni   ochiq”
ma’nosini anglatadi. Arablar O‘rta Osiyoga kelganidan keyin ularning tili xususiyatlariga
ko‘ra,   “P”   tovushi     “F”   ga   o‘zgarib,   “Parg‘ana”     toponimi     “Farg‘ona”   deb   atala
boshlagan.     Qadimgi   Xitoy   manbalarining   asliyatida   Parg‘ana   «Dayyuan”   (hozirgi
o‘qilishi “Davan») deb yozilgan. Dayyuan esa huddi Parg‘ana singari «atrofi tog‘lar bilan
o‘ralgan vodiy» ma’nosini beradi. 
Qadimgi   Farg‘ona   haqidagi   mufassal   ma’lumotlarni   biz   Xitoy   manbalarida
uchratamiz. Bu ma’lumotlar xitoyliklarning mashhur «24 tarixi»ning 1-2 jildi, ya’ni Sima
Syanning   «Tarixiy   xotiralar»   va   Ban   Guning   «Birinchi   Xan   sulolasi   tarixi»da   berilgan.
Bu   ikki   asar   tarjimasi     hozirgi   Xitoy   adabiy   tilida     N.Ya.Bichurin   asarlari   asosida
bizgacha   yetib   kelgan.   Ammo,   «24   tarix»ning   Markaziy   Osiyoga   tegishli   ko‘pgina
boblari N.Ya.Bichurin tarjimasiga kiritilmagan. Ana shu «24 tarix»ning  Farg‘ona-Xitoy
munosabatlariga   doir   ma’lumotlar   «Tarixiy   xotiralar»dagi   «Xan   Udi   tazkirasi»,
«Farg‘ona   tazkirasi»,   «Hunlar   tazkirasi»   va   «Xannoma»dagi   «Xan   Udining   tarjimai
holi», «Farbiy yurt (qo‘rqor) tazkirasi», «Hunlar   haqida qissa», «Xan Vendi tazkirasi»,
Chjan Szyan, Li Guangli tarjimai   holi», «Nag‘ma nova tazkirasi», Besh anosir (modda
yoki   jism)   tazkirasi»   kabi   boblarda   beriladi.   Bularni   ko‘pchiligi   yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   N.Ya.Bichurin   tarjimasiga   kiritilmagan.   Shuning   uchun   Qadimgi
Farg‘ona   (Dayyuan,   Davan)   davlati   va   uning   Xitoy   bilan   bo‘lgan   aloqalari   yaxshi
o‘rganilmagan. Qadimgi   Farg‘onaga   nisbatan   Xitoy   manbalarida   Dayyuan   davlati   haqidagi
ma’lumotlar   oxirgi  marta  milodiy  III  asrda   uchratiladi.  436  yilda   imperator   Vey  elchisi
Dun   Vanning   g‘arbga   safari   munosabati   bilan   qadimgi   Farg‘ona   «Polona»   nomi   bilan
sobiq   Dayyuan   o‘rnida   ishlatilgan.   Qadimgi   Farg‘ona   yana   bir   Xitoy   manbasi   «Bey-
shi»da (VII  asr)  «Boxan», «Feyxan» nomlari  bilan tilga olinadi. «Bey-shi»da Feyxanda
«hukmdor taxti oltin qo‘chqor qiyofasida» ishlangan deyiladi. Boshqa bir Xitoy manbasi
«Tan-shu»da   (X   asr)   Qadimgi   Farg‘onani   «IV   asrdan   boshlab   to   hokimiyat   tepasiga
turklar   kelganiga   qadar   bir   sulola   boshqargan»   deyiladi:   630   yili   O‘rta   Osiyo   orqali
Hindistonga   safarga   otlangan   Xitoy   elchisi   Syuan   Szan   sobiq   Dayyuanda   mamlakat
yagona   hukmdor   tasarrufida   emas,   u   yerda   mayda   mahalliy   hukmdorlar   ko‘pligini
ta’kidlaydi.
Mahalliy   yozma   manbalarda   to   VIII   asrgacha   Farg‘ona   mulki   haqida   hech   bir
ma’lumot uchramaydi. Arablar bosqini munosabati bilan Penjikent hokimi va bir vaqtni
o‘zida   Samarqand   podshosi   Divashtich   arablarga   qarshi   mahalliy   hokimliklarning
birlashgan   harbiy ittifoqini tuzish maqsadida tashabbus bilan chiqqan. U Choch tuduni,
Turk hoqoni va Farg‘ona mulki   hukmdoriga tegishli xatlar bilan o‘z ishonchli kishisini,
ular   huzuriga   yuborgan.   Ana   shu   elchilik   xatlarining   Farg‘ona   ixshidligiga   tegishli
nomasida Farg‘ona nomi sug‘dcha «Parg‘ana» shaklida berilgan. 
Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona mulkining “Parg‘ana” ixshidligi nomi ostida yuritilishini
arab   tarixchilari   ham   tasdiqlaydi.   Arab   tarixchilari   Yaqut   va   Qudamolarning   xabar
berishiga   qaraganda,   ilk   o‘rta   asrlarda   nafaqat   Farg‘ona   mulki,   balki   uning   bosh   shahri
ham   Parg‘ana   deb   atalgan.   Ibn   Xordatbexning   «Yo‘llar   va   mamlakatlar   haqida   kitob»
asarida   xalifalikning   sharqiy   viloyatlaridan   o‘tgan   savdo   karvon   yo‘llarini   qaysi   bir
shaharlar   orqali   o‘tgani,   ular   orasidagi   masofalar   berilgan.   Shunda:   «Samarqanddan
Parg‘anagacha ( bu yerda u qadimgi Farg‘onaning bosh shahrini ko‘zda tutadi) 53 farsax
(1 farsax 6-8 km ga teng), Bab (Pop)dan Parg‘anagacha 4 farsax» deyilgan.
  Darhaqiqat, Ibn Xordatbex asarida ko‘rsatilgan Popdan keyingi 4 farsax masofada
joylashgan   shahar   punkti   aslida   Axsikent   bo‘lib,   u   sug‘diy   manbalarda   arablarga
“Parg‘ana”   toponimi   sifatida   ma’lum   bo‘lgan.   Biz   keltirgan   keyingi   ikki   manba
(Devashtich va Ibn Xordatbex) ma’lumotlariga ko‘ra, VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr   boshlariga   kelganda,   Farg‘ona   vodiysining   mayda   mahalliy   hokimliklari   Parg‘ana
hokimligi   qo‘l   ostida   birlashib,   yagona   Farg‘ona   mulkiga   aylangan   ko‘rinadi.   Bu   holat
arxeologik materiallar misolida yaxshi kuzatiladi.
  Masalan,   Qadimgi   Farg‘onaning   Qoradaryo     havzasida   olib   borilgan   arxeologik
dala   tadqiqot   natijalari   bu   masalaga   oydinlik   kiritishda   misol   bo‘la   oladi.   Arxeolog   B.
Abdulg‘ozievaning tadqiqotlariga ko‘ra, mazkur maskan antik va ilk o‘rta asrlar davrida
bir necha mikrovohalardan tarkib topgan 11 ta irrigatsion rayonlarni tashkil etgan. Ularda
antik   davriga   oid   (miloddan   avvalgi   II-I   asrlardan   to   milodiy   III   asrgacha)   247   ta
yodgorlik   (erkin   dehqon   xo‘jaliklarining   qishloqlari)   bo‘lsa,   ilk   o‘rta   asrlarga   kelib
(milodiy III-VII asrlar), ularning soni 166 taga tushib qolgan. Demak, qishloq jamoalari
ichida   mulkiy   tabaqalanish   jadal   kechgan,   mulk   egalari   –   kashovarzlarning   bir   qismi
mulksiz   kadivarlarga,   ular   hisobiga   boyib   borayotgan     kashovarzlarning   badavlat   qismi
dehqonzodalar-mulkdor feodallarga aylanib borgan. Qoradaryo havzasi yodgorliklarining
tarixiy   topografiyasiga   ko‘ra,   voha   yodgorliklarini   uch   kategoriyaga,   ya’ni   shaharlar,
qishloq hokimliklarining qasrlari va qishloq jamoalari ob’ektlariga ajratilganda quyidagi
holatni kuzatish mumkin bo‘ldi.
Qoradaryo havzasida olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, agar antik
davrida   qishloq   jamoasi   maskanlari   ko‘pchilikni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   ilk   o‘rta   asrlarda
shahar   hokimliklarining   qasrlari   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Demak,   ilk   o‘rta   asrlarga
kelib,   mulkiy   tabaqalanishning   badavlat   dehqonzodalar   foydasiga   ishlayotganligi
kuzatiladi. Har bir irrigatsion rayonda, uning iqtisodiy va siyosiy markazi sifatida shahar
tipidagi   yodgorlik   qayd   qilinadi,   mikrovohalarda   esa,   ularning   bosh   qarorgohi   sifatida
qishloq  hokimliklarining qasrlari  kuzatiladi. 
Shunday qilib, ilk o‘rta asrlarga kelganda, Qoradaryo havzasining har bir irrigatsion
rayoni   doirasida   tuman   hokimliklari,   mikrovohalar   bazasida   qishloq   hokimliklari,
umuman   qadimgi   Farg‘onaning   yirik   shaharlari   tarkibida   esa   shahar-davlatlar   tashkil
topgan   ko‘rinadi.   Qoradaryo     havzasida   arxeologik   materiallar   asosida   kuzatilgan   bu
tarixiy   jarayon   nafaqat   butun   Farg‘ona   mulkiga,   balki   O‘rta   Osiyoning   dehqonchilik
madaniyati rivoj topgan barcha viloyatlarga xos bo‘lib, o‘zbek davlatchiligining mahalliy
ildizlari aynan ana shularga borib taqaladi. 5). Qadimgi Farg‘onadan shimolda joylashgan tarixiy-madaniy o‘lka Choch vohasi
bo‘lib, bu o‘lkada ham ilk o‘rta asrlarda huddi shu tarixiy manzara kuzatiladi. Bu o‘lkada
juda qadimdan Avesto turlari, ya’ni ko‘chmanchi saklar yashagan. 
Saklar yetakchiligidagi antik davri Kangkia (Qang‘) davlati qabilalarining ijtimoiy-
iqtisodiy  va  etnomadaniy  ittifoqi   asosida   milodiy  eraning  boshlarida   (taxminan  milodiy
II-III   asrlarda)   ikki   tilda   so‘zlashuvchi     turkiy   tilli   qang‘ar   xalqi   tashkil   topadi.   Ammo,
milodiy V  asr o‘rtalarida Kangkia (Qang‘) davlatining yemirilishi bilan uning tarkibidagi
elat   va   qabilalar   tarqalib   ketdi,   yangi   siyosiy   uyushmalar   va   etnik   birliklar   vujudga
keladi.     
Arxeologik   tadqiqotlar   tahliliga   ko‘ra,   miloddan   avvalgi   II   -   milodiy   V   asrlarda
Toshkent   vohasida   shahar   madaniyati   jadal   rivojlanadi.   Bu   davrda   vohada   13   punktda
shahar   hayotining   gullashi   kuzatiladi.   Ularning   tarkib   topishi   Qovunchi   madaniyatining
rivojlanish   bosqichlari   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   etnomadaniyatda   turkiy   jilo   kuchli   edi.   Bu
davr   shaharlari   Toshkent   vohasining   janubiy-g‘arbiy   qismini   egallagan   edilar.   Ularning
eng yiriklari Qanha, Kavardan, Kulota, Kindiktepa, Qovunchitepa, Banokat va boshqalar
bo‘lib, ularda shahar hayoti nafaqat ilk o‘rta asrlarda, balki rivojlangan o‘rta asrlarda ham
davom etadi.
Xo‘sh, ilk o‘rta asrlarda Sirdaryoning o‘rta havzasi, aynan Choch vohasida shaharlar
hayoti bilan bog‘liq nimalar yuz berdi?
Avvalombor,   Choch   vohasi   Eftaliylar   davlati   tarkibiga   qo‘shib   olindi.   Milodiy   VI
asrning   60   yillaridan   Choch   Turk   xoqonligi   tarkibiga   o‘tdi.   Bu   voqealar   dastlab,
Chochning   janubi-g‘arbiy   shaharlari   iqtisodiy   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   etmay   qolmas
edi.   Aynan   shu   vaqtda   Iloq   o‘zining   boy   rangli   metallurgiya   sanoatini   intensiv   o‘sishi
hisobiga iqtisodiy salohiyati ko‘tarilib, Chochdan ajralib chiqadi va ma’lum muddatgacha
mustaqil rivojlanadi. VI asr oxirlaridan kuchaygan turk aslzodalarining o‘zaro taxt uchun
kurashlari  davrida, Choch mustaqillikka intilib ko‘rdi. Ammo, VII asr boshlaridan yana
xoqonlikka tobe bo‘lib, Chochni G‘arbiy turk xoqonligining noibi-tuduni boshqaradigan
bo‘ldi.     Hatto,   tobe   viloyatlarni   boshqarish   va   ulardan   dan   (soliq)   yig‘ish   masalalarini
qattiq   nazoratda   tutish   maqsadida   xoqonlikda   ikkita   kichik   xoqon   lavozimi   joriy   etilib,
ularning birini qarorgohi Choch atrofida   (Jabg‘ukat) bo‘lib, u Movarounnahrning Sug‘d o‘lkalarini   boshqarar   edi.   VIII   asr   boshlarida   arablar   bosqini   tufayli   Choch   arablarga
qarshi   Sug‘d,   Parg‘ana   ixshidlari   va   turk   xoqonligining   harbiy   ittifoqiga   qo‘shiladi.   Bu
ittifoq  723-724 yillarda Sirdaryo bo‘yida bo‘lgan janglarda arablarga qattiq zarba beradi.
739 yilda arablar Choch va uning ittifoqchilariga qarshi yangi hujum uyushtiradilar. Jang
davomida   arab   lashkarboshisi   Xoris   ibn   Surayj   sug‘diylar   tomoniga   o‘tib   ketadi.   Turk
xoqonligi   Xitoy   ta’siriga   tushib   qolgan   kezlarda,   arablar   Chochga,   uni   mustaqilligiga
putur   yetkazmaslik   sharti   bilan   o‘z   noiblarini   yubarib,   Xitoyga   qarshi   ittifoq   tuzadi.
Ammo,   bu   shartnoma   uzoqqa   cho‘zilmaydi.   Choch   va   Iloq   VIII   asr   davomida   barcha
arablarga qarshi chiqishlarda faol qatnashadi. 
Shunday   qilib,   VI-VIII   asrlarda   Choch   tarixining   ko‘p   vaqti   tashqi   dushmanga
qarshi   kurashlar   bilan   o‘tdi.   Bu   kurashlar   Choch   iqtisodiy   hayotiga   salbiy   ta’sir   etmay
qolmas   edi.   Shu   munosabat   bilan   yirik   shaharlar   maydoni   dastlab   qisqardi.   Qachonkim
Choch Turk xoqonligi tarkibiga o‘tgach, mavjud etnosiyosiy vaziyatda yuz bergan o‘zaro
iqtisodiy   manfaatdorlik   paydo   bo‘lib,     shaharlar   hayotida   jonlanish   boshlandi.   VIII   asr
boshlariga   kelganda,   Chochda   shaharlar   soni   ko‘payib,   ular   32   taga   yetdi.   Shaharlar
nafaqat  daryo  havzalarining quyi  oqimlarida,  balki  ularning o‘rta  va  yuqori   havzalarida
ham tarkib topdi.
Masalan, Ohangaronning o‘rta oqimida Iloqning poytaxt shahri Tunkat tashkil topdi,
uning maydonida Iloq hukmdorining qasri qad ko‘taradi. Iloq nafaqat mis chaqalar, balki
iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlanganligidan kumush tangalar zarb etish imkoniyatiga ega
edi. Hatto,   Iloq arablar qo‘l ostiga o‘tib, o‘z siyosiy mustaqilligini yo‘qatsada, kumush
tanga   zarb   etishni   davom   ettirar   edi.   Tunkat   ruda   eritish   va   uni   qayta   ishlash
ustaxonalariga   boy   metallurglar   shahriga   aylanadi.   Uning   tog‘   sanoatini   tez
rivojlanishida,   Tunkat   yaqinidan   topilgan   oltin   va   kumush   konlari   katta   rol   o‘ynaydi.
Natijada,   Tunkatning   tog‘   sanoati   nafaqat   uni   Iloqning   yirik   iqtisodiy   markazi,   balki
siyosiy   poytaxtiga   aylanishida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Ilk   o‘rta   asrlarda   Ohangaron
havzasida   Tunkat   (17,5   ga),   Kulota   (15   ga),   Namudlik   (12   ga),   Tepa   (12   ga),
Oshxonatepa   (11   ga),   Mo‘nchoqtepa   (11,2   ga)   kabi   qator   shahar   va   boshqa   aholi
punktlari vujudga keldiki, ularning iqtisodiy negizini asosan tog‘ sanoati tashkil qilardi. Ilk   o‘rta   asrlarda   shaharlar   (Ulkantoytepa-20   ga,   Kavardan-   75   ga,   Chinoztepa-12
ga,   Yo‘g‘ontepa-20   ga)   vohaning   markaziy   va   shimoliy   adirlik   hududlarida   ham
rivojlanadi.   Chochning   eng   yirik   shahar   markazlaridan   biri     Chirchiq   daryosini   o‘rta
oqimi   bo‘lib   qoladi.   Bu   joyda   Solor   va   Jun   kanallari   bazasida   Mingo‘rik   (35   ga),
No‘g‘oyqo‘rg‘on   (11   ga),   Xonobodtepa   (34   ga),   To‘g‘oytepa   (9,5   ga),   Quloqlitepa   (14
ga), Akatatepa (18 ga) kabi shaharlar qad ko‘taradi.
Choch   aholisining   xo‘jalik   mashg‘ulotlariga   kelganda,   ular   ko‘p   tarmoqliligi   bilan
xarakterlanadi.   O‘troq   aholining   asosiy   xo‘jaligi   sug‘orma   va   lalmikor   dehqonchilik
hamda   bog‘dorchilik,   poliz   ekinlari   bo‘lgan.   Cho‘l   va   tog‘   oldi   adirlar   chorvachilik
xo‘jaligi   uchun   qulay   bo‘lgan.   Chorvachilikning   yaylov   turi   rivojlangan.   Shaharlarda
hunarmandchilik va uning turli tarmoqlari keng rivojlangan. Ayniqsa, kulolchilik,   terini
ishlash   va   undan   egar-jabduqlar   tayyorlash,   kitob   muqovalash,   to‘qimachilikda   jundan
to‘qilgan tovarlar  ishlab chiqarish rivojlangan. Hunarmandchilikning xarakteri  va uning
mahsulotlariga   bo‘lgan   katta   talab,   Choch   shaharlari   orqali   bir   necha   savdo   karvon
yo‘llarini   vujudga   kelishiga   olib   keladi.   Ayniqsa,   karvon   yo‘llarining     Iloq   shaharlari
orqali   o‘tgan     tarmoqlari   Choch   iqtisodiyotida   muhim   ahamiyatga   ega   edi.   Bu   yo‘llar
bo‘ylab yangi savdo punktlari (Chinachkat, Tunkat, Navkat) qad ko‘taradi. 
Shunday   qilib,   ilk   o‘rta   asrlarda   Choch   shaharlarining   son   jihatidan     o‘sishi   va
ularning   iqtisodiy   ixtisoslashuvi   kuzatiladi.   Bu   jarayon   Chochdan   Iloqni   ma’lum
muddatga   ajrab,   mustaqil   iqtisodiy   siyosat   yuritishiga   olib   keldi.   Urbanizatsiya
jarayonlari   Chochning   adirli   hududlariga   jadal   kirib   borib,   hatto   Chochning   poytaxti
Sirdaryo   sohillaridan   vohaning   shimoliy   hududlariga,   ya’ni   hozirgi   Toshkent   shahri
rayoniga   –   Mingo‘rikka   ko‘chadi.   Ilk   o‘rta   asrlarda   Chochda   yuz   bergan   urbanistik
jarayonlar vohada asosan kichik shahar punktlarini paydo bo‘lishi hisobiga yuz berdi.
Ilk o‘rta asrlarda vohaga turkiy etnik qatlamlarning to‘xtovsiz kirib kelishi, ayniqsa
Chochning Turk xoqonligi  tarkibida bo‘lishi, uning   madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Choch   eroniy   tilli   aholining   turklashish   jarayoni   jadal   kechgan   maskanga   aylandi.   Bu
holatlar ayniqsa, arxeologik materiallarda yaxshi kuzatiladi va yozma manba materiallari
esa tasdiqlaydi. 6).  Xorazm vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga
ega.   Bu   hududiy   kenglik   Amudaryoning   quyi   havzasi   hisoblanib,   O‘rta   Osiyoning   bu
azim   daryosi   bir   necha   yuz   ming   yillar   davomida   o‘zining   yuqori   oqimlaridan   quyi
havzasiga   unumdor   loyqa   tuproqni   oqizib   kelib,   janubiy   Orol   bo‘ylarida   sug‘orma
dehqonchilik   madaniyatining   rivojlanishi   uchun   zamin   hosil   etgan.   Ammo,   bu   hosildor
ona zamin, na neolit, na eneolit va na bronza davrlarida, tarix taqazosiga ko‘ra, qadimgi
bobodehqon   ajdodlarimiz   tomonidan   o‘zlashtirilib,   sug‘orma   dehqonchilik
madaniyatining Marg‘iyona va Baqtriya singari makoni bo‘la olmadi. Dastlab, bu zamin,
uning   an’anaviy   chorvachilik   va   ziroatchilikning   ibtidoiy   so‘qa   (motiga)   dehqonchilik
xo‘jaligi   asosida   tabiiy   ravishda   tarkib   topgan   makoni   bo‘lib   shakllandi   va   shu   asosda
rivojlanishda davom etdi (Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari).
So‘nggi   bronza   va   ilk   temir   davriga   xos   shu   zaminda   tarkib   topgan   Amirobod
madaniyati   davrining   Janubiy   Xorazm   aholisi   esa   Amudaryo   quyi   havzasining   daryo
o‘zanlari   izlari   bo‘ylab   barpo   etilgan   keng   va   sayoz   kanallari   yordamida   ziroatchilikka
qulay   joylarida   (masalan,   Yakka   Parson   -2   rayonida)   dehqonchilik   qila   boshlaydilar,
o‘troq   hayot   asta-sekin   ularning       kundalik   turmush   tarziga   aylanib   boradi.     Ammo,
Amudaryoning quyi havzalari, uning to‘qayzor va qamishzor keng maydonlari, serunum
maysazor   yaylovlari   chorvachilik   xo‘jaligining   taraqqiy   etishi   uchun   juda   qulay   edi.
Shuning   uchun   ham   arxaik   Xorazmda   Quyi   Sirdaryo   saklari-chorvadorlarning   Quyisoy
madaniyati keng rivojlangan. 
Ko‘chmanchilik hayoti asosiga qurilgan Quyisoy madaniyati aholisi aslida massaget
qabilalari bo‘lib, ular quyi Amudaryo va Orol bo‘ylarining tub joyli aholisi edi. Shuning
uchun   ham   atoqli   arxeolog,   qadimgi   Xorazm   tarixining   chuqur   bilimdoni   S.P.Tolstov
tomonidan   o‘z   davrida   bu   o‘lkani   ezgulik   ma’budasi   Axuramazda   yaratgan   Aryanam
Vaychah bilan lokalizatsiyalashi be’jis emas edi.
Miloddan   avvalgi   VI   asrda   qadimgi   Xorazm   tarixida   kutilmaganda   tub   ma’nodagi
tarixiy   voqea   yuz   berdi.   Eron   Axomaniylari   imperiyasining   podshosi   Doro   I   ning   soliq
siyosati   tufayli,   Xilmend   vodiysining   Avesto   xorasmiylari   o‘z   vatanlarini   tashlab,
Amudaryo   quyi   oqimi   tomon   ko‘chishga   majbur   bo‘ladilar.   Bu   vaqea   Skilak-Geradot
ma’lumotlariga ko‘ra, miloddan avvalgi 513 yildan so‘ng yuz bergan. Kema va sollarda massagetlar  yurtiga birinchi  bor  kirib kelgan xorasmiylar, bo‘lg‘usi  Xorazm  vohasining
g‘arbi   va   janubida   Xumbuztepa,   Xazorasp   va   Ko‘zaliqirda   birinchi   bor   makon   topgan
bo‘lsalar,   ajab   emas.   Ungacha,   xorasmiylar   Xilmend   vodiysida   yashab,   o‘troq   hayot
kechirgan, sug‘orma dehqonchilik madaniyatini rivojlantirishda yuksak va boy tajribaga
ega   bo‘lganlar.   Xorasmiylarning   Amudaryoni   quyi   havzalariga   kirib   kelishi   bilan
massagetlar vatanida yangi etnotoponim –Xorazm atamasi paydo bo‘ladi. 
Arxeologik   tadqiqotlar   natijalariga   ko‘ra,   xorasmiylar   dastlab   vohaning   g‘arbiy   va
janubi   –   g‘arbiy   hududlarini   o‘zlashtiradilar.   Yangi   joylarning   hujumkor   chorvador
egalaridan   cho‘chigan   yangi   ziroatchi   etnik   guruhlar   o‘z   xavfsizliklarini   ta’minlash
maqsadida   dastlabki   qal’a-qo‘rg‘onlarini   (Ko‘zaliqir,   Qal’aliqir)   voha   janubi   -   g‘arbini
o‘rab   olgan   qirlar   tepasiga   quradilar.   Xorazmni   sug‘orish   tarixida   o‘z   o‘rnini   topgan
Charmonyop   va   Daudon     kanallarining   asosi   o‘sha   kezlarda   barpo   etilgan   bo‘lsa,   ajab
emas.
Chorvador aholi bilan savdo-sotiq va mol   ayriboshlash aloqalarini izga solib olgan
ziroatchi   xorasmiylar   mahalliy   muhitga   tezda   moslashadilar.   Ularning   yangidan-yangi
turar-joy maskanlari endi qir osti pasttekisliklarida, suv olib kelishga qulay joylarda ham
qad   ko‘tara   boshlaydi.   Chap   qirg‘oq   Amudaryo   havzalarida   qadimgi   dehqonchilik
mikrovohalarining   yangidan-yangi   o‘choqlari   barpo   bo‘la   boshlaydi.   Masalan,
Sariqamish   havzasini   o‘zlashtirilishi,   Polvonyop,   Charmanyop,   Gavhari,   Daryolik,
Daudan, Xazorasp, Savkan kabi kanallarni arxaik va antik davrlarida qurilishi mana shu
tarixiy xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq edi.
Miloddan   avvalgi   VI   asr   oxirlari   va   V   asr   davomida   chap   qirg‘oq   Amudaryo
havzasida   Xazorasp,   Ichan   qal’a,   Bozor   qal’a,   Qo‘shqal’a-Odoytepa   kabi   mikrovoha
markazlari   qad   ko‘taradiki,   ularning   har   biri   qadimgi   Xorazm   mahalliy   shahar-
davlatlarini   tashkil   etardi.   Bu   jarayon   antik   davrida   ham   jadal   davom   etgan.   Natijada,
chap qirg‘oq Amudaryo havzasida Dingilja, Qanqa qal’a, Katta Oybuyir qal’a kabi o‘troq
aholi   punktlari   paydo   bo‘ladi.   Bularning   barchasi   Amudaryo   quyi   havzasiga,   mashhur
massagetlar   qabila   ittifoqi   yurtiga   qadimgi   sharq   sivilizatsiyasiga   xos,   yuksak   darajada
rivojlangan   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   kirib   kelishi   va   ular   asosida   qadimgi
Xorazm sivilizatsiyasini tarkib topayotganligidan dalolat berardi. Miloddan   avvalgi   IV   –III     asrlardan   boshlab,   qadimgi   Xorazm   tarixida,   uning
madaniy xo‘jalik hayotida ulkan yuksalishlar yuz beradi. Miloddan avvalgi IV- milodiy
III   asrlar   davomida   urbanistik   jarayon   Quyi   Amudaryoning   har   ikki   sohili   hududlarida
rivojlanadi.   O‘lkada   katta   va   kichik   hajmdagi   yuzga   yaqin   qal’alar   qad   ko‘tardi.
Mamlakatda   siyosiy   vaziyat   barqarorlashadi,   yangi   yerlarni   o‘zlashtirish,   shaharlarning
ma’lum   darajada   yiriklashib   borishi,   markazlashish   boshlanadi.   Miloddan   avvalgi   I   asr
boshlaridan   Xorazm   mahalliy   podsholar   surati   tushirilgan   o‘z   pullarini   zarb   eta
boshlaydi.   Bu   pullarda   milodiy   III   asridan   boshlab,   Xorazm   podsholarining   nomlari
uchray   boshlaydi.   Masalan,   Afrig‘iylar   sulolasining   ilk   podshosi   Arsamux-I   nomi,
Xorazmda   podsholik   qilgan   Vazamar   nomlari   uchraydi.   Miloddan   avvalgi   III   asrda
oromiy   alifbosi   asosida   mustaqil   xorazm   yozuvi   kashf   etiladi,   haykaltaroshlik,   tasviriy
san’at,   musiqa   bilimi   rivojlanadi.   Milodiy   I-II   asrlardan   boshlab   vohada   maydoni
kichikroq bo‘lgan yangidan-yangi shaharlar qurilishi avj oladi.
Arxaika davrida Amudaryoning chap sohilida shahar hayoti tarkib topib, shahar va
qishloqlar   aholiga   gavjum   bo‘lgan   bo‘lsa,   antik   davriga   kelib,   gavjumlik   uning   o‘ng
sohiliga   ham   o‘tadi.   Ekin   maydonlarini   suv   bilan   ta’minlash   ishi   dehqonchilik
xo‘jaligining   qon   tomiriga   aylanadi.   O‘ng   qirg‘oq   Amudaryo   havzasida   Amirobod,
Tozabog‘yob     va   Kaltaminor   kabi   kanallar   barpo   etilib,   vohada   dehqonchilik   ekin
maydonlari   yanada   kengayadi,   har   bir   sug‘orish   kanalining   qurilishi   yangidan-yangi
shaharlarning   barpo   etilishiga,   yangidan-yangi   dehqonchilik   massivlarining   tarkib
topishiga olib keladi.
Vohada mahalliy shahar-davlat hokimliklarining Bozor qal’a, Tuproq qal’a, Jonbos
qal’a,   Aqchaxan   qal’a,   Ko‘na-Uaz,   Ko‘xna   Urganch,   Ichan   qal’a,   Kat   qal’a   kabi
dunyoviy   xarakterdagi   qal’alaridan   tashqari   yirik   diniy   markazlar   (Xazorasp,
Qo‘yqirilgan   qal’a,   Shovot   tuproq   qal’asi,   Chilpiq   qal’a,   To‘q   qal’a   va   boshqalar)   qad
ko‘taradi.   Monumental   ibodatxonalar,   pillapoyali   stilobat   ustida   qad   ko‘targan
Otashgohlar,   diniy   markaz   rolini   o‘ynovchi   qal’alarning   aylana   shaklida   qurilishi   va
boshqalar zardushtiylik dini qadimgi Xorazmda davlat dini darajasiga ko‘tarilganligidan
dalolat berardi. Agar   arxaika   davri   yodgorliklarida   asosiy   qurilish   materiali   sifatida   to‘g‘ri   to‘rt
burchakli   xom   g‘ishtlar   ishlatilgan   bo‘lsa,   miloddan   avvalgi   IV   asrdan   boshlab,
qurilishda kvadrat g‘ishtlar  keng qo‘llanildi. Bu davrlar muxandislik bilimi ravnaq topdi.
Bu   davr   me’morchilik   va   muxandislik   bilimining   muhim   xususiyatlaridan   biri
qal’alarning   mudofaa   inshootlarini   mukammal   va   monumental   qurilishi   va   asosiy
darvoza   oldi   qurilmalarining   murakkabligi   bilan   ajralib   turishi   bo‘ldi.   Xorazmshunos
arxeologlarning faraz qilishicha, qadimgi Xorazm qal’alari mudofaa inshootlarida: uning
pastki   qismi   (1-1,5   metrgacha)   paxsadan,   ustki   qismini   esa   xom   g‘isht   bilan   tiklash
an’anaga  aylandi.  Ammo,  bizning  kuzatuvlarimiz,  bu  masalada   o‘zgacha  fikr-mulohaza
yuritishni   taqazo   etadi,   ya’ni   paxsa   deb   atalmish   “devor”qoldig‘i   ulkan   mudofaa
inshootining   asosi,   platformasi,   tagkursisi   bo‘lishi   ham   mumkin.   Chunki,   odatda,   O‘rta
Osiyo   sharoitida,   ayniqsa,   qadimgi   davrlarda,   shahar   atrofini   o‘rab   olgan   mudofaa
inshootlarini qurilish amaliyotida, tosh yoki boshqa bir qattiq qurilish materiali ishlatib,
maxsus   fundament   qilish   tajribasi   bo‘lmagan.   Amalda,   monumental   devor   osti   loy
qilinib,   qalin   loy   qatlami   pishmaguncha   otga   tepalatilgan,   so‘ng   pishgan   fundament
qirg‘oqlari  kesib  olinib,  fundament   ustiga  tashlanib,   paxsa  sifat   loy  holatiga   keltirilgan.
Fundament   qurib   tayyor   bo‘lgach,   uning   ustidan   dev   g‘isht   bosilgan.   Bunday
muxandislik   tajribasi   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatlari   mintaqalarida   bronza   va   ilk
temir   davridan   (Jarqo‘ton,   Kuchuktepa,   Qiziltepa,   Ko‘ktepa,   Tillatepa,   Afrasiyob)
mavjud.
Ta’kidlash   joizki,   Xorazmning   bu   davr   tarixida   qal’alarni   asosan   to‘g‘ri   to‘rt
burchak   shaklida   qurish   an’anaga   aylanadi;   kvadrat,   aylana,   uchburchak   rejali   qal’alar
esa   kam   uchraydi.   Antik   davr   shaharlari   orasida   harbiy   xarakterdagi   qal’alar   (Jonbos
qal’a,   Katta   Guldursun,   Qizil   qal’a,   Kalajik   va   Ayaz   qala-1)   ham   mavjud   bo‘lib,   ular
asosan vohalarning qumliklar bilan chegara hududlarida qad ko‘targan.
Dunyoviy xarakterdagi  antik davr  qal’alari ichki tuzilishiga  kelsak, ular  deyarli  bir
xil   bo‘lib,   bu   davr   qal’alarining   me’moriy   topografik   ko‘rinishi   Jonbos   qal’a   misolida
o‘zining   yorqin   ifodasini   topgan.   Jonbos   qal’a   (3,5   ga)   S.   P.   Tolstov   ma’lumotlariga
ko‘ra,   miloddan   avvalgi   IV   asrda   qurilib,   bu   makonda   shahar   hayoti   to   milodiy   IV
asrgacha   davom   etadi.   Uning   quyoshga   qaratib   qurilgan   yagona   darvozasidan     to‘g‘ri
ketgan keng ko‘cha shahar ichki tuzilishini  teng ikki qismga bo‘ladi. Keng ko‘chani ikki yon tomonlari bo‘ylab qator tor ko‘chalar ketgan. Bu tor ko‘chalar shaharni mahallalarga
bo‘lgan.   Dastlab,   Ko‘zaliqir,   Qal’aliqir   kabi   ilk   shaharlarda   ark   va   burjlar   bo‘lmagan,
ular   Avesto   vari   ko‘rinishida   qurilgan.   Ammo,   ularning   mudofaa   devorlarida   shaxmat
uslubida   joylashtirilgan   ikki   qator   shinaklarni   kuzatish   mumkin.   Miloddan   avvalgi   V
asrdan   boshlab,   Xorazm   shaharlarida   ham   Ark   va   burjlar   paydo   bo‘ladi   (Xazorasp,
Dingilja).  Shahar  darvozasi  bir  necha  yo‘laklardan  tashkil   topgan  to‘g‘ri   to‘rt  burchakli
murakkab   inshootga   ega.   Mudofaa   devori   tashqi   tomondan   xandaq  bilan   o‘rab   olingan.
Qal’a maydonining mudofaa devori osti bo‘ylab qismi aholi uy-joylari bilan band.
Xorazmshunos   arxeolog   Ye.E.Nerazikning   hisobiga   ko‘ra,   qal’aning   aholi   turar-
joylari   bilan   band   1   gektar   maydonida   o‘rtacha   200   kishi   joylashgan.   Shundan   kelib
chiqib,   arxeolog   Q.Sobirov   Jonbos   qal’ada   1400   kishi   yashagan   bo‘lishi   kerak   va   ular
kerak   paytlarda   shahar   mudofaasiga   safarbar   qilingan.   Shuning   uchun   bunday   tipdagi
qal’alar ko‘chmanchilar bilan chegara rayonlarda joylashib, ular birinchi navbatda harbiy
chegara punkti vazifasini o‘tagan, degan to‘g‘ri xulosaga keladi. 
Jonbos   qal’a   tarixiy   topografiyasiga   ko‘ra,   u   vohada   ilk   bor   qurilgan   harbiy
qal’alardan   biriga   o‘xshaydi,   yoki   bunday   tuzilmali   qal’a   qurilishi   qadimgi   Xorazmga
xos urbanizatsiya xususiyati bo‘lishi mumkin.   
Diniy   xarakterdagi   qal’alarga   xos   qadimgi   Xorazm   an’anasi   Qo‘yqirilgan   qal’a
misolida yaxshi kuzatiladi. Qal’a markazida aylana shakldagi ikki qavatli inshoot mavjud
bo‘lib,   qal’aning   me’moriy   tarxi   va   qurilish   jihatidan   o‘ziga   xos   mudofaa   xususiyatini
namoyish   qiladi.   Qaladan   ko‘plab   haykalli   ostodonlar   topilgan.   Ular   zardushtiylik   dini
alomatlarini  eslatadi. Qal’a kichik hajmda bo‘lsa ham  takomillashgan, me’moriy-harbiy
jihatdan talabga to‘la javob beradigan mudofaa tizimga ega. Demak, Qo‘yqirilgan qal’a
me’moriy   vazifa   jihatidan   ikki   xususiyatga   ega:   birinchisi   -   u   tom   ma’nodagi   diniy-
ma’muriy   markaz;   ikkinchidan,   u   O‘rta   Osiyoda   ilk   bor   qurilgan,   eng   qadimgi,   yagona
rasadxonadir. Uning har ikkala funksiyasi bir-biri bilan mantiqan bog‘lanib ketgan.
Ma’lumki,   ilk   shaharlarning   ma’muriy   boshqaruv   tizimi   dastlab,   diniy   rahnamolar
zimmasida   bo‘lgan.   Ular   o‘z   davrining   diniy   faylasuflari,   ilg‘or   ma’rifatli   kishilari
hisoblangan.   Osmon   jismlarini   o‘rganish,   ulardan   jamiyatni,   iqtisod   va   xo‘jalikni
boshqarishda   qanday   foydalanish   yo‘llari   ustida   izlanishlar   olib   borganlar.   Osmoniy jismlar   bilan   “so‘zlashishni”   ilmiy   asosi   Qo‘yqirilgan   qal’a   qurilmasida   o‘z   aksini
topgan.
Shunday   qilib,   qadimgi   Xorazm   madaniy   hayotida   sharq   me’morchiligining
an’anaviy   tantanasi   o‘z   ifodasini   topdi.   Xorazm   vohasining   tabiiy-geografik   sharoitiga
xos   va   mos   yo‘nalish   ishlab   chiqildi.   Me’morchilik   va   muxandislik   ilmida   Xorazm
maktabi   shakllandi.   Zardushtiylik   dini   har   jihatdan   mukammallashgan   tizimga   kirdi.
Qo‘yqirilgan   qal’a,   To‘qqal’a   kabi   noyob   yodgorliklar   misolida   zardushtiylik   diniy
e’tiqodining asosiy mazmun va tub mohiyati qadimgi Xorazm yodgorliklari misolida o‘z
aksini topdi.
Milodiy   IV   asr   Xorazm   tarixida   qarama-qarshiliklarga   to‘la,   O‘rta   Osiyoning
shimoliy-sharqidan   turkiy   qabilalarning   to‘xtovsiz   kirib   kelish   jarayonlari   bilan   bog‘liq
bo‘ldi.     Albatta,   bir   necha   asrlar   davomida   tinch   osoyishta   gullab-yashnab   kelayotgan
vohaga   dasht   qabilalarining   kirib   kelishi   bu   yerdagi   madaniy   hayotni   izdan   chiqishiga,
ekin   maydonlarini   payhon   qilinishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishi   tabiiy   edi.   Uning   ustiga
kashovarzlar   orasida   yuz   berayotgan   mulkiy   tabaqalanish   ham   yirik   shaharlar   zarariga
ishladi.   Chunki,   kashovarzlardan   ajralib   chiqayotgan   yangi   mulk   egalar-dehqonzodalar
qasrlar   qurib,   o‘z   dalasi   tepasida   yashashni   afzal   ko‘radilar.   Shuningdek,   bu   hayotiy
zaruriyat yangi mulk egalari (dehqonzodalar) qal’a va qasrlari atrofida sekin-asta govjum
hayot   rivojlanadi.   Natijada,   antik   davrning   yirik   imperiyalari-kushonlar   va   Qang‘
davlatining   siyosiy   inqirozi   tezlashadi,   ularning   yirik   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy
markazi bo‘lgan ko‘pgina yirik shaharlari inqirozga yuz tutadi. Tuproq qal’a, Qizil qal’a,
Ayaz   qal’a   2,   Burgut   qal’a,   To‘q   qal’a,   Gaur   qal’a,   Xazorasp,   Ichan   qal’a,   Voyagan,
Davkaskan   kabi   shaharlar   inqirozga   yuz   tutib,   bu   shaharlardagi   qaynoq   hayot   susayib,
hatto, Kat kanali yaqinidagi qal’a Firda qurilish tugallanmay qoladi. Amudaryo o‘ng va
so‘l yaqinidagi ravnaq topgan sug‘orish inshootlari to‘xtab qoladi.
O‘sha   kezlarda   shahar   hayoti   Amudaryoning   chap   sohilidagi   hududlarda   qisman
davom etadi. Masalan, milodiy IV-V asrlarda Ichan qal’a, Xazorasp, Voyangan, Darg‘on,
Devkeskan, Zamaxshar, Olmaotishgan 2 kabi  shahar va yirik qishloqlarda hayot davom
etadi.     Milodiy   V1   asrdan   boshlab,   sekin-asta   qadimgi   Xorazm   tuprog‘ida   mayda     va
o‘rta   xajmdagi   shaharlar   qurilishi   avj   oladi.   Ilk   o‘rta   asrlar   shaharsozlik   madaniyatida antik   davr   shaharlari   yaqin   atroflariga   kichik   hajmdagi   “ko‘shk”,   “qo‘rg‘onlar”   qurish
keng   tus   oladi.   Masalan,   arab   yozma   manbalaridagi   ma’lumotlarga   qaraganda   birgina
Mizdahkon   atrofida   12   ming   “ko‘shk”   qurilgan.   Katta   shaharlar   atrofida   “ko‘shk”lar
qurish   markazlashgan   feodal   davlatlarning   qurilish   sohasidagi   asosiy   faoliyati   edi.
Shaharlarda   ta’mir   ishi   kuchayib,   Ichan   qal’a   mudofaa   devorlari   va   uning   Arkida,
qal’aning janubiy-sharqida qurilish ishlari olib boriladi. 
Milodiy V-VII asrlar davomida shahar hayotining jonlanishi Xazoraspda yuz berdi.
Uning   mudofaa   devorlari   ta’mir   qilinib,   qo‘shimcha   devor   qurildi.   Milodiy   VII-VIII
asrlarda Voyagan shahrida yuksalish sodir bo‘ldi. Uning devorlari ta’mir etilib, bu yerda
ham mudofaa devorlariga yopishtirib, qo‘shimcha devor qurildi. Bunday qurilish ishlari
Kat   qal’a   va   boshqa   shaharlarda   ham   olib   borildi.   Arab   tarixchilari   Belazuriy,   Al-
Maqsudiy, Tabariylarning xabar berishiga qaraganda, ilk o‘rta asrlarda Xorazm vohasida
eski shaharlarning kengayishi, yangi shaharlarni paydo bo‘lishi kuzatiladi. Arab sayyoxi
Al-Maqsudiy Xorazmning 32 ta shahri, ulardagi qaynoq shahar hayoti haqida yozar ekan,
u   Kat   shahriga   alohida   e’tiborini   qaratadi.   Xorazmning   13   go‘zal   shaharlari   ichida
madaniy hayotning yuksakligi jihatidan Kat birinchi safda turishini ta’kidlaydi. “Xudud-
ul-   olam»da   Qat   (X   asr)   Xorazmning   bosh   shahri,   go‘zal   Turkiston   darvozasi,
Movarounnahr   va   Xazarlar   muzofoti   mollarining   ombori,   savdogarlar   to‘planadigan,
boyligi   katta   shahar   sifatida   ta’riflanadi.   Uning   aholisi   haqida   esa,   “Aholisi   jangavor,
kamondan   o‘q   otish   san’atida   tengi   yo‘q   mashhurdirlar”   deb   yozadi.   VIII-IX   asrlarda
Xorazm shaharlari atrofida, shahar devorlariga tutashtirib rabotlar qurilishi avj olganligi
eslab o‘tiladi. 
Shunisi   ahamiyatliki,   ilk   o‘rta   asr   shaharlarining   chegara   hududlarga   joylashgan
qal’alari  mudofaa devorlarida shinaklar  qilish katta ahamiyat  kasb etgan. Ulardagi ko‘p
sonli   shinaklar   haqiqiy   bo‘lgan.   Agar   shahar   voha   ichkarisida   bo‘lsa,   shinaklarning   bir
qismi   soxta   shinaklardan   iborat   bo‘lgan.   Ilk   o‘rta   asrlarda   Xorazmda   qurilish   materiali
sifatida  pishiq   g‘isht   ishlatish   boshlanadi.     Somoniylar   davriga   kelganda   esa   biror   yirik
inshoot   pishiq   g‘ishtsiz   qurilmaydigan   bo‘lib   qoldi.   Bu   holatni   butun   O‘zbekiston
hududlari bo‘ylab kuzatish mumkin bo‘ldi. Shunday   qilib,   arablarning   O‘rta   Osiyoga   kirib   kelishi   bilan   an’anaviy   boshqaruv
tizimi   zaminiga   zil   ketdi.   Arablar   Movarounnahr   va   Xurosonni   xalifalikning   sharqiy
mulkiga   aylantirish   yo‘lida   siyosat   olib   bordi.   Chunki,   islom   dini   g‘alabasi   yo‘lida
an’anaviy din zardushtiylikka qarshi, uning ulamoyu-fuzalolari, muqaddas kitobi Avesto
va   uning   g‘oyaviy,   diniy-falsafiy   qarashlariga   qarshi,   uning   mulkdor   e’tiqodchilari,
barchaga   qarshi   ayovsiz   kurash   olib   bordi.   Diniy   e’tiqod   yo‘lida   iqtisodiy   va   siyosiy
mavqedan   qat’iy   nazar,   aholining   barcha   qatlamlari   birlashib,   diniy   e’tiqodda   qattiq
turadilar.   Dastlab,   arablar   isyonkor   mintaqa   aholisini   qarshiligini   zaiflashtirish   uchun
barcha yovuzliklar,  turli  nayrang  va tovlamachiliklarni   qilib  ko‘radi.  Masalan,  mahalliy
mulk   egalaridan   barmoqiylar   xonadonini   qirib   tashlaydi.   Islom   diniy   va   dunyoviy
hokimiyat ta’qibidan aziyat chekkan zardushtiy ruxoniylarining katta qismi ona yurtlarini
tashlab   Hindiston   tomon   ko‘chib   ketib,   asosan   Bombey   va   Kudjarata   viloyatlariga
joylashadilar.
Arablar   sharqiy   viloyatlar   noibligida   qattiqqo‘llik   bilan   olib   borgan   siyosatlari
kutgan   natijani   beravermagach,   806   yilda   xalif   Xorun   ar-Rashidning   fors   xotinidan
tug‘ilgan   o‘g‘li   Abdullo-Ma’munni   xalifalikning   sharqiy   viloyatlar   noibi   qilib
tayinlaydilar. Ma’mun Marvga kelishi bilan mahalliy aslzodalarni  o‘ziga yaqinlashtirish
siyosatini   olib   boradi.   Uning   barcha   xatti-harakatlari   uning   shaxsiy   mavqeini
mustahkamlanishiga xizmat qiladi (Marvda olimlar uyini tashkil etib, unga o‘z davrining
mashhur olimlari    va mahalliy aslzodalar  farzandlarini  tortadi, mahalliy aslzodalar, turk
harbiylaridan   boshqaruv   ishlarida   keng   foydalanish   siyosatini   yuritadi   va   boshqalar).
Ma’munning   noiblik   va   xalifalik   davrlarida   olib   borgan   dono   siyosati   O‘rta   Osiyoda
diniy   islomni   keng   xalq   ommasining   yagona   diniy-g‘oyaviy   mafkurasiga   aylanishiga,
jadal   shakllanib   borayotgan   feodal   jamiyatining   (mahalliy   yirik   mulk   egalari-
dehqonzodalar   asosida)   mustahkamlanib   borishiga   xizmat   qildi.   Mintaqada   mahalliy
hokimiyatchilikka   barham   berildi,   ular   o‘rnida   IX   asr   ikkinchi   yarmiga   kelganda
markazlashgan yirik feodal davlatning tashkil topishiga olib keldi. O‘rta Osiyoda tashkil
topgan   birinchi   yirik   markazlashgan   feodal   davlatning   asoschilari   somoniylar   sulolasi
bo‘lib, ular kelib chiqishi jihatidan sosoniylar davlatining harbiy sarkardasi turk Bahrom
Chubinning   forsiylashgan   avlodlari   somoniylar   bo‘lgan.   Bahrom   Chubinga   o‘z   davrida
sosoniylar davlati oldidagi katta xizmatlari uchun  Balx va Termiz oralig‘idagi yerlar iqto sifatida   berilgan,   u   esa   bu   joylarga   o‘z   yaqinlarini     joylashtirgan.   Somon   xudot   Balx
atrofining   yirik   mulk   egasi-aslzoda-dehqonzoda   bo‘lib,   uning   xonadoni   noib   Abdullo-
Ma’munga   halol   xizmat   qilgan.   Ma’mun   xalifalikni   813   yilda   egallab,   819   yilda
Mariydan   Bog‘dodga   ko‘chish   vaqtida   Somon   xudotning   nabiralariga   Movarounnahr
viloyatlarini   boshqarishni   topshirgan.   Somoniylardan   Nosir   ibn   Asaddan   boshlangan
mamlakatni   mustaqil   boshqarishga   intilish   Ismoil   somoniy   davrida   o‘z   nihoyasiga
yetkazildi.
Somoniylar davlati O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil topgan, ikki tilda (turkiy va forsiy)
so‘zlashuvchi   mahalliy   aholining   birinchi   markazlashgan   mustaqil   feodal   davlatidir.
Uning   Movarounnahr   va   Xorazm   viloyatlari   aholisining   jonli   tili   asosan   turkiy   bo‘lib,
davlat  mahkamachiligi  tili  forsiyda   olib  borilgan.  Aksariyat   ziyolilar,  shahar   va qishloq
aholisi   ikki   tilda   so‘zlashganlar.   Siyosiy   hokimiyatchilik   forsiyda   olib   borilsada,
fundamental   fan   tili   arabiyda   olib   borilgan.   Movarounnahr   va   Xorazm   va   ularning
tevarak   –   atroflarini   birlashtirgan   markazlashgan   somoniylar   davlati   tarkibida   o‘zbek
xalqining   asosi,   uning   o‘troq   negizi,   ikki   tillilikning   til   jihatidan   turkiylashgan   etnik
qatlami,   qarluq-chigil   lahjalari   asosida   yuzaga   keldi.   Shuning   uchun   ham   somoniylar
davlatini   zamonamiz   tarixshunosligida   qanchalar   forsiy   davlat   sifatida   talqin   etishga
urinmasin, bu davlat ko‘p etnosli davlat edi. Uning IX-X asrlar davri davlatchiligi O‘rta
Osiyoning turkiy va forsiyzabon xalqlariga bab barobar tegishlidir. 
Somoniylar   xonadoni   garchi   mamlakatni   boshqaruv   tizimiga   ko‘proq   forsiy   zabon
etnosni   tortishga   intilmasin,   mamlakatning   asosiy   aholisi   turkiyda   so‘zlashuvchi   keng
xalq   ommasi   bo‘lib   qolaverdi.   Mamlakatning   harbiy   jihatdan   boshqaruv   tizgini   turk
generallari qo‘lida, qo‘shin tarkibi mutlaqo turk suvoriylari va piyoda turk g‘ulomlaridan
tashkil   topgan   edi.   Mamlakat   iqtisodiy   jihatdan   qudratli,   harbiy   jihatdan   kuchli,   fan   va
madaniyat   qadimiy   an’analar   asosida   yuksak   darajada   rivojlangan   edi.   X   asrda
somoniylar   davlati   shunchalar   yuksak   darajada   rivoj   topdiki,   uning   ta’sir   doirasi   O‘rta
Sharq doirasidan chiqib, Yaqin Sharq sarhadlarigacha borib yetdi. Uning qudrati, harbiy
salohiyatida   davlatning   turkiylik   xarakteri   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   O‘rta   Osiyoning
g‘arbida somoniylar davlati barq urib, har jihatdan jadal rivojlanayotgan kezlarda, uning
sharqida Qarluqlar davlati, uning asosida qurilgan Qoraxoniylar davlati tarkib topgan edi.
Qoraxoniylar davlati garchi somoniylar kabi sulolaviy feodal davlat bo‘lsada, uning etnik asosini   turkiy   tilli   qavm   va   elatlar   tashkil   etardi.   Qoraxoniylar   davlati   IX-X   asrlarda
somoniylar   singari   har   jihatdan   yuksak   darajada   rivojlangan   davlat   bo‘lmasada,   ammo,
uning harbiy qudrati somoniylardan ustun edi. O‘z elatdoshlari bilan birlashishni ma’qul
topgan   Qoraxoniylar   X   asr   oxirlarida   somoniylar   davlati   sarhadlariga   kirib   keladilar   va
XI   asrning   birinchi   choragi   davomida   Qoraxoniylar   qo‘shini   Amudaryo   sohillarigacha
yetib   boradi.   Juda   qisqa   muddat   ichida   buyuk   somoniylar   davlati   vayronalarida   uchta
qudratli   turk   davlatlari-Qoraxoniylar,   G‘aznaviylar   va   Saljuqiylar   davlati   barpo   etiladi.
O‘rta  Osiyo   va  O‘rta  Sharq  rivojlangan  o‘rta   asrlar   davrida  va   undan  keyin  ham   turkiy
sulolalar va turkiy hukmdorlar qo‘liga o‘tadi. Bu siyosiy jarayonlarning ta’siri mintaqalar
etnik tarkibida, o‘zbek xalqining o‘z hududiy doirasida  uzil-kesil  shakllanishida  muhim
rol   o‘ynagan.   VIII   asr     boshlarida   arablar   O‘rta   Osiyoni   juda   ko‘p   talofatlar   berish
evaziga bosib olgandan keyin ularning oldida qator muammolar paydo bo‘ldi. 
Birinchidan,   erk   sevar   mahalliy   aholi   arablarga   osonlikcha   jon   bermadi.   Arablar
turkiy   sulola   hukmdorlaridan   farqli   o‘laroq,   mamlakatni   boshqarishni   butunlay   o‘z
qo‘llariga   olishga   intildilar.   Mahalliy   hokimliklarning   o‘z   hududiy   doirasida   mustaqil
ichki   va   tashqi   siyosat   olib   borishlariga   qattiq   qarshilik   ko‘rsatib,   hokimiyatni   halifalik
qo‘lida   to‘plashga   intildilar.   Natijada,   Movaraunnahr   va   Xurosonda   birin-ketin
bosqinchilarga qarshi umum xalq harakati, qo‘zg‘olonlar boshlanib ketdi. 
Ikkinchidan,   arablar   mintaqa   hududlarida   ildiz   ortgan   turkiy   hukmron   siyosiy
vaziyatga barham berish siyosatini olib boradilar. Chunki, jangovor turkiy qabilalarning
Movarounnahrga   guruh-guruh   bo‘lib   kirib   kelishini     oxiri   ko‘rinmas   edi.   Ularni
Movarounnahrga kirib kelishini  to‘xtatish  va mintaqaning yagona xo‘jayini  bo‘lib olish
uchun   arablar   Movarounnahr   shimoliy-sharqiga   joylashgan   dehqonchilik   vohalari
chegaralari bo‘ylab mudofaa devorlarini qura boshladilar. 
Uchinchidan,   O‘rta   Osiyoning   otashparast   zardushtiylik   diniy   muhiti   sharoitida
aholining   barcha   tabaqalari   birdam   bo‘lib,   g‘ayri   din   arablarga   qarshi   kurashganlar.   Bu
kurashlar   tepasida   elning   obro‘li   dehqonzoda   va   diniy   rahnomolari   turardilar.   Shuning
uchun   arablar   dastlab,   mahalliy   aholining   barcha   tabaqalariga   dushman   sifatida   qarab,
nafaqat   zardushtiy   mubodlarini,   balki   mahalliy   aholining   badavlat   aslzodalarini   ham
qirg‘inbarod qila boshladilar. Aslzoda-dehqonzoda Barmoqiylar xonadoni bu siyosatning qurboni   bo‘lgan   edi.   Arablarning   bu   siyosati   ham   o‘z   samarasini   bermagach,   endi   ular
mahalliy   aslzoda-dehqonzodalar   bilan   til   topish   yo‘lini   qidira   boshladilar.   Bu   masalada
birinchi   qadamni     xalifalikning   sharqiy   viloyatlari   noibi   Ma’mun   ibn   Xorun   ar-Rashid
boshlab   berdi.   U   mahalliy   Toxiriylar   va   Somoniylar   bilan   til   topib,   ular   yordamida
arablarga   qarshi   qo‘zg‘olonlarini   bostirishga   erishdi.   Ularning   xalifalik   oldidagi
xizmatlari uchun Movaraunnahrning qator viloyatlarining boshqarishni ularga topshirdi.
Abdullo-Ma’munning   yana   bir   dono   siyosati   shu   bo‘ldiki,   u   noiblikning   poytaxti
Marvda   olimu-fuzalolarni   yig‘ib,   ilmiy-tadqiqot   markazini   tashkil   etdi   va   unga   shaxsan
o‘zi   rahnamolik   qildi.   Marvaziylar   ilmiy   markaziga   Movarounnahr   va   Xurosonning
iqtidorli yoshlarini tortdi. Albatta o‘sha davrning iqtidorli yoshlari  aslzodalar farzandlari
bo‘lgan.   Ularning   yig‘ib,   Marvaziylar   maktabida   ularga   ta’lim-tarbiya   berishlikning
xalifalik   uchun   qanchalar   foydasi   katta   ekanligini   tasavvur   qilish   qiyin   emas,   albatta.
Birinchidan,   ular   orasidan   Ahmad   Farg‘oniy   singari   qomusiy   olimlar   yetishib,   arab
dunyosini   olamga   mashhur   etgan   bo‘lsa,   ikkinchidan,   aslzodalarning   farzandlarini
Marvda,   xalifalik   nazoratida   tutib   turishlikning   o‘zi   mahalliy   dehqonzodalarni   xalifalik
foydasiga ikkilanmay xizmat qilishlariga qaratilgan siyosat edi.
Xalifalik tomonidan olib borilgan bu siyosatlarning o‘zbek etnogenezi bilan qanday
aloqasi   bor,   degan   savol   tug‘ilishi   mumkin.   Ha,   bu   tabiiy   savol.   Bu   siyosatlarning
zaminida   birinchidan,   Xuroson   va   Movarounnahrda   islom   dini   va   islomiy   ma’noviy-
ahloqiy   ruhiyatni   mustahkamlashga   qaratilgan   bo‘lsa,   ikkinchidan,   mintaqada   mahalliy
aholi   bilan   qorishib   ketgan   turkiy   hukmronlik   muhitini   siyosiy   maydondan   uloqtirib
tashlash va yagona islom tartiblarini o‘rnatish edi. Ammo, na vohalar atrofini o‘rab olgan
mudofaa   devorlari,   na   mahalliy   aholining   til   jihatidan   arablashtirish   siyosati   amalga
oshmadi,   aksincha   arablargacha   bu   joylarga   kelib   o‘rnashib   qolgan   turkiy   etnik
birliklarning   o‘troqlashish   jarayoni   jadal   kechadi,   eronzabon   sug‘diy,   xorazmiy   va
bohtariylarning   til   jihatidan   turklashish   jarayoni   davom   etadi.   Movarounnahr   va   uning
tevarak-atrof   hududlarida   keng   xalq   ommasining   jonli   tili   tabora   turkiy   tillar   foydasiga
ishlashda   davom   etib,   natijada   mintaqada   ilk   o‘rta   asrlar   davomida   turk-cug‘diy
etnomadaniy maydon tarkib topadi.                         Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Asqarov   A .   O‘zbek   xalqi   etnogenez   va   etnik   tarixining   ba’zi   bir   nazariy   va   ilmiy
metodologik   asoslari  //O’zbekistontarixi.–  2002.№4. – B.54-
2. Ashirov A. «Avesto»dan meros marosimlar» - T.; 2001.
3. Bo‘riev O. va boshqalar «O‘zbek oilasi tarixi».  T., 1995.
4. Jabborov I. «O‘zbeklar an’anaviy turmushi va madaniyati» -T.; 2004.
5. Ismoilov H. «O‘zbek to‘ylari» - T.; 1994.
6. Qoraboev U. O‘zbek xalqi bayramlari.– T.,Sharq, – 2002. – B.8.
7. Sarimsoqov B. Marosim folklori // O‘zbek folklori, ocherklar T.,1988.– 152.  
8. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni.– T., 2001.
9. Asqarov A. O zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T.2019.ʻ

Mavzu.O rta Osiyoda ilk o rta asrlar davriningʻ ʻ asosiy xususiyatlarini shakllanishida qadimgi turklar va arablar siyosati Reja 1. Ilk o rta asrlarda O rta Osiyoda siyosiy vaziyat ʻ ʻ 2. Ilk o rta asrlarda Movarounnahrda turk-sug diy ʻ ʻ etnomadaniy maydonining tashkil topishi 3. Ilk o rta asrlarda O rta Osiyoda arablar olib borgan ʻ ʻ siyosat

Qadimgi yozma manbalar va arxeologik izlanishlarning tahliliga ko‘ra, ilk o‘rta asrlar davrida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va etnomadaniy hayotida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Bu davrda mahalliy mulk egaligi-dehqonzodalarning paydo bo‘lishi va ular asosida qishloq hokimliklarining tarkib topish jarayoni jadal kechadi. Feodal munosabatlari shakllanib boradi. Uning xronologik doirasi – milodiy V-IX asr o‘rtalarigacha; asosiy xususiyatlari: yerga, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish uzil- kesil xususiylashadi, jamiyat ijtimoiy tarkibini kashovarzlar-o‘rta va mayda mulk egalari, badavlat dehqonzodalar - katta mulk egalari – feodallar va ularga qaram kadivarlar - ijarachi qo‘shchilar tashkil etadi. Mahalliy hokimliklar timsolida markazlashgan feodal davlat boshkaruv tizimining asoslari yaratiladi, jamiyat asosan zardo‘shtiylik va buddaviylik, qisman moniylik, nasroniylik va shomonizm mafkurasi asosida quriladi. Arablar bosqinidan keyin esa , ular o‘rnini sekin-asta islom mafkurasi egallaydi. Zardo‘shtiy ibodatxonalariga tegishli «vag‘nze» mulki islom masjid va madrasalari mulkiga aylanadi. Mulkchilikning savdo va hunarmandchilikdagi tabaqaviy shakllari kuzatiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibini katta mulk egalari, o‘rta va mayda mulk egalari, ziroatchi kadivarlardan tashqari mahalliy hokimliklarning mudofaa tayanchi – yollanma chokarlar va qisman qullar ham tashkil etadi. Agar Movarounnahr antik dunyosining dastlabki boshqaruv tizimi qishloq hokimliklari asosida qurilgan bo‘lsa, feodal munosabatlarining shakllanish davriga kelganda, kechagi qishloq hokimliklari bugunga kelib, tuman, ya’ni rustak hokimliklariga aylandi. Mulkchilikning yirik shakllari nafaqat sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligining aslzodalari - dehqonzodalar timsolida, balki chorvador jamoalarida, hunarmandchilikning qator jabhalari va savdo-sotiq jamoalari orasida ham kuzatiladi. Katta yer egalarining shahardan tashqaridagi mulki baland mudafaa devorlari bilan o‘rab olinib, ular o‘rtasida shohona qasr va qal’a-qo‘rg‘onlar paydo bo‘ladi. Ilk o‘rta asrlar ijtimoiy hayotining hosilasi sifatida kechagi kashovarzlarning kambag‘allashgan qismi-kadivarlar-yersiz ijarachi qo‘shchilar qatlami paydo bo‘ladi. Kashovarzlarni boyib borayotgan ishbilarmon tadbirkor qismi yirik mulk egalariga-dehqonzodalarga aylanadi. Ilk o‘rta asrlar davrining dehqonzodasi aslida katta mulk egalari bo‘lib, Yevropada shu toifa kishilar feodal, ya’ni

katta mulk egasi ma’nosini anglatgan. Shuning uchun bu davr tarixda ilk feodalizm davri nomini olgan. Ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyosining dehqonzodalari mayda mulk egalari-kashovarzlar, ozodkorlar va guvakorlar birgalikda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining asosini tashkil etganlar, ular jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, jamoalari hisoblangan. Ungacha O‘rta Osiyo sharoitida katta mulk egaligi bo‘lmagani uchun O‘rta Osiyoda quldorlik jamiyati bo‘lmagan, degan xulosaga kelinmoqda. O‘rta Osiyoning qadimgi sug‘orma dehqonchilik mintaqalarida bronza davrida paydo bo‘la boshlagan kashovarzlar yer egaligi va dehqonzodalar jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Natijada, chorvachilik va hunarmandchilikning barcha jabhalarida, savdo- sotiqda yirik mulk egalari dehqonzodalar va o‘rta va mayda mulk egalari–kashovarzlar bilan birgalikda jamiyat iqtisodiy hayotining asosi bo‘lib qoldi. Jamiyatda harbiy hokimiyat o‘rnatgan turkiy siyosiy kuch esa O‘rta Osiyo shimoliy – sharqidan to‘xtovsiz turkiy etnik guruhlarni kirib kelishini tezlatadi. Joylarda boshqaruv tizimini turk aslzodalari ta’siriga o‘tishi ham mintaqada etnogenetik jarayonlarni rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oqibat natijada, Turon zaminda turkiy etnik qatlamning qalinlashuv hosilasi sifatida bu yurt yozma manbalarda Turkiston deb atala boshlaydi. Bu tarixiy va etnogenetik jarayonlar nafaqat yozma manbalarda, balki ilk o‘rta asrlar davri arxeologik materiallarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi Arab istilosidan avvalgi davrlarda turkiy qabilalarning kelishlari qanchalik va qaysi tartibda sodir bo‘lganligi haqida yozma manbalar saqlanmagan bo‘lsada, ammo arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, Shosh va qadimgi Farg‘onada turkiy etnosni eroniy tilli aholidan ko‘proq ekanligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Bu haqda A.Yu.Yakubovskiy shunday deydi: “Harholda, arablar VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyoni istilo qilishda faqat Balx bilan Badxiz atrofidagi turklar bilangina emas, balki Farg‘ona turklari bilan ham to‘qnashdilar”. Manbalarda yozilishicha, Shoshda o‘g‘uzlarning qadimdan mavjudligi, Farg‘onada turk qabilalaridan o‘g‘uz va qarluqlarni keng yoyilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Har holda VII-VIII asrlarda o‘g‘uz va qarluq turklari faqat Yettisuvda emas, hatto Toxaristonda, uning Balx viloyatida yashaganligi ma’lum. Arablar Movaraunnahrni bosib olgach, turklarni Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘iga bemalol kirib kelishlarini to‘xtatish maqsadida Yettisuv ustiga yurish boshlaydi va u

yerlarning egalari turkashlarga qattiq zarba beradi. Bu voqea 737 yilda sodir bo‘lgan edi. Shundan keyin, turklar Sug‘dni butunlay arablarga topshirib, Sug‘d o‘lkasi ishiga aralashmay qo‘ydilar. Ammo, ungacha Sug‘dda turk ta’siri kuchli edi. Arab istilosiga qadar O‘zbekistonning Sug‘d va boshqa viloyatlaridagi talay mahalliy mulkdorlar turk xonlariga qarindosh-urug‘lashib, g‘arbiy turk yabg‘usi xonadonlari bilan quda-anda bo‘lib ketgan edilar. “Shunisi ahamiyatliki, sug‘d aslzodalari o‘rtasida turk nomlari va unvonlari (titullari) tez-tez uchrab turadigan tabiiy holga aylangan. 710 yilda o‘z joniga qasd qilgan Samarqand ixshidi Tarhun nomining turkcha “tarxon” unvoni bilan bog‘liq ekanligiga shubha yo‘q. Arablar Movaraunnahr yerlarining hukmdori bo‘lib olsalarda, ammo Yettisuv turklari ularning doimiy raqibi va dushmani bo‘lib qoladilar. Bu dushmanlik ayniqsa, arablarga qarshi Muqanna qo‘zg‘oloni davrida yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Aynan shu davrda arablar Movaraunnahr vohalari atrofini mudofaa devorlari bilan o‘rab olishga majbur bo‘lganlar. «Shunisi harakterliki, deydi A.Yu.Yakubovskiy-Yettisuv viloyati VIII-IX asrlar va hatto X asr mobaynida ham na abbosiylar halifaligiga (VIII-IX asr), na tohiriylarga (IX asr), na somoniylarga (IX-X asrlar) bo‘ysunmadi. Abbosiylar va ulardan keyingi mahalliy sulolalarning diqqati butunlay g‘arbga, Movaraunnahrni Yaqin Sharq bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratildi. Shunday qilib, milodiy VI asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda Turk xoqonligi hukmronligining o‘rnatilishi bilan bu zaminda turkiy qabilalarning kirib kelishi shu qadar jadallashdiki, oqibatda O‘rta Osiyoning shimoliy, shimoliy-sharqiy va shimoliy-g‘arbiy viloyatlarida turkiy etnos jamiyatning hukmron etnik qatlamiga aylandi. Sharqshunos olim A.Yu. Yakubovskiyning yozishicha, O‘rta Osiyoning Amudaryogacha bo‘lgan hududlarida turkiy qabilalar kirib bormagan biror joy qolmagan edi. Darhaqiqat, xoqonlikning yaqin 100 yil davom etgan hukmronlik davrida jamiyatning ijtimoiy qiyofasi turkiygo‘y etnik qatlamlar foydasiga ishladi. Milodiy III-IV asrdan e’tiboran tarkib topa boshlagan hokimliklar avval mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, Turk xoqonligi siyosiy maydonga chiqqach, ular turk sulolalari vakillari bilan almashtirila boshlandi. Ba’zi bir viloyatlarda, masalan Janubiy Qozog‘iston va Toshkent vohasida mahalliy hokimliklar deyarli turkiylar qo‘liga o‘tib ketgan edi. Bu hol, yozma

manbalarda ta’kidlanishicha, O‘rta Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga ham yoyilgan edi. Bu davr iqtisodiy-xo‘jalik asosini tarixan tarkib topgan etnomadaniy viloyatlarda (Baqtriya, Sug‘diyona, Ustrushona, Qadimgi Farg‘ona, Choch, Xorazm) sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik, dasht va cho‘lli mintaqalarda chorvachilik tashkil etadi. Agar ilk o‘rta asrlar davrida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlarni tarixiy-madaniy mintaqalar asosida tahlil etadigan bo‘lsak, quyidagi holatlarni kuzatish mumkin bo‘ladi: 1). O‘zbekistonning janubida Sherobod va Surxondaryo havzalarida, Sangardak va Xo‘jaipak etaklarida, shimoliy Toxaristonda ilk o‘rta asrlarda Termizshohlar, Chog‘aniyon va Guftan (Sherobod vohasi) hokimliklari tashkil topdi. Bular orasida Chog‘aniyon yirik hokimlik bo‘lib, uning mahalliy sulolaviy hukmdorlari o‘z nomlaridan mis va kumush tanglarni zarb etish qudratiga ega edilar. Mahalliy hokimliklar nomidan zarb etilgan tangalar birinchi bor shimoliy Toxaristonda, aniqrog‘i, Choganiyonda milodiy V asrdan chiqa boshlagan. Bu mis tangalari bo‘lib, uning yuz tomonida mahalliy hukmdorning partreti, orqa tomonida esa yakorsimon tamg‘a chekilgan edi. V asrning oxiri va VI asr boshlaridan esa sosoniylar podshosi Feruz tangalariga taqlid qilingan kumush tangalar chiqarildi. VI asrning ikkinchi yarmidan Xusrov draxmalariga taqlid qilingan Chog‘aniyon ixshidlarining kumush tangalari zarb etila boshladi. VII asrning ikkinchi yarmidan esa shimoliy Toxaristonda mahalliy feodal hokimliklari tangalari qatorida arab dirxam va felslari muomalada edi. VIII asr oxiriga kelib Toxaristonda mahalliy hokimliklarga arablar tomonidan barham berildi. Kezi kelganda ta’kidlash zarurki, agar hukmdor metalldan pul zarb eta boshlasa, demak, bu davlatning tarkib topganligidan nishonadir. Pul (tanga) o‘tmishda davlat ramzlari-gerb, bayroq (tug‘) va uning madhiyasi bo‘lganligidan nishonadir. Mis tanga ichki bozor muomalasining ekvivalenti. Agar, hukmdor kumush tanga zarb etishga jazm etsa, demak, bu uning iqtisodiy qudratli, mustaqil davlat sifatida siyosat olib borganligidan nishonadir. Bronza va ilk temir davri arxeologik yodgorliklaridan topilgan muhrlar esa tub ma’nodagi davlatni tashkil topganligidan darak bermaydi. Bu qadimda qabila boshlig‘i- yetakchisining, diniy-ilohiy rahnamosining, harbiy va dunyoviy sardori (eroniycha kaviysi, turkiycha jabg‘usi) va qishloq jamoasi boshliqlarining hukmdorlik - sardorlik