logo

ILK OʻRTA ASRLAR SUGʻD HUKMDORLARI PORTRETIGA ChIZGILAR

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

363 KB
ILK O ʻ RTA ASRLAR SUG ʻ D HUKMDORLARI PORTRETIGA
ChIZGILAR
MUNDARIJA:
Kirish ..................................................................................................... ........... 3
I -BOB. MARKAZIY   SU G ʻ D   HUKMDORLARINING   ShAJARASI
MASALASI  …………………………………………………….. 8
II -BOB. MARKAZIY   SUG ʻ D   –   SAMARQAND   IXShIDLARI   VA
ULARNING SIYoSIY FAOLIYaTI  ………………………….. 15
II I - BOB. JANUBIY SUG ʻ D –  KESh AXURPATLARI 33
IV- BOB. ShARQIY   SUG ʻ D   -   PANCh   AFShINLARI   VA
HUKMDORLIKDAGI SIYoSIY JARAYoNLAR 41
Xulosa .......... ........................................................................................... .......... 59
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati  .……….. .............................. 62
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi   va   asoslanishi .   O zbekiston   Respublikasiʻ
mustaqilikka erishgandan so‘ng fanning barcha sohalariga alohida e’tibor  qaratila
boshlandi. Shu j umladan, tarix fani  va uning  rivojiga ham   katta  e’tibor berildi. Bu
borada   1998   yilda   O zbekiston	
ʻ   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov ning   FA   qoshidaga   Tarix   instituti   faoliyatini   takomil lashtirish
to‘g‘risidagi farmoni bu yo‘ldagi dastlabki qadam bo‘ldi 1
. 
Bugungi  kunda  tarix  faniga  bo‘lgan  munosabat  va  talablardan  kelib  chiqqan
holda   O zbekiston   tarixining   ilk   o‘rta   asrlar   davrini   tadqiq   etish   muhim   va	
ʻ
dolzarbdir.   Bu   davrda   davlatchiligimiz   tarixining   muhim   tarixiy   jarayonlari   sodir
bo‘lgan.   Albatta   bu   tarixiy   jarayonlar   va   ular   bilan   bog‘liq   voqeliklar   siyosiy
munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shunga asoslangan holda aytish
mumkinki,   Sug‘ddagi   arablar   bosqini   arafasidagi   siyosiy   munosabatlar   tarixi   va
Turk xoqonligining mahalliy hokimliklar bilan aloqalarni o‘rganish va unga Mug‘
tog‘i sug‘diy hujjatlari hamda mavzuga oid boshqa manbalar asosida xolisona baho
berish muhim masaladir.
Ilk   o‘rta   asrlar,   ayniqsa   o‘rganilayotgan   VI-VIII   asrlarda   Sug‘dning   tarixini
yorituvchi   manbalar   bilan   tanishish   natijasida   aksariyat   tadqiqotchilar   sug‘diy
yozma   yodgorliklarning   o‘rni   beqiyos   ekanligini   ta’kidlaydilar.   Garchi,   bu
masalada   xitoy   yilnomalari   o‘zining   yanada   tadrijiy   va   uzluksiz   ma’lumotlarga
boyligi   bilan   qiymati   yuqori   bo‘lsa-da,   ularda   keltirilgan   turli   atamalar,   kishi
ismlari,   unvonlar,   joy   nomlari   va   boshqalar   xitoy   tili   va   yozuviga   moslashtirilib
berilganligi   sababli   asliyatdan   ancha   uzoqlashgan   va   ularni   tiklash   tadqiqotchilar
uchun hanuzgacha  muammo bo‘lib qolmoqda. Shu jihatdan olganda ham  sug‘diy
tilli   yodgorliklar   mintaqa   tarixini   yorituvchi   tadqiqotchilar   uchun   birlamchi   va
ishonchli   manba   bo‘lib   qolaveradi.   Bundan   tashqari,   o‘zining   mahalliy   muhitda
1
  Ўзбекистон   Республикаси   ФА   қошидаги   Тарих   институти   фаолиятини   такомиллаштириш   тўғрисида
Вазирлар маҳкамасининг қарори /  Халқ сўзи. 1998 йил. 28 июль.
2 yaratilganligi bois sug‘diy tilli manbalar Sug‘dning siyosiy hayoti va davlatchiligi
haqida yanada yaqqolroq va teranroq tasavvur bera oladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, mintaqa tarixiga oid ko‘plab nashrlarda sug‘d yozma
yodgorliklariga   yetarli   darajada   murojaat   etilmagan.   Ayniqsa,   Sug‘dning   VI-VIII
asrlar Markaziy Osiyo siyosiy hayotida tutgan o‘rnini yozma yodgorliklar asosida
belgilash ishi  to‘laqonli amalga oshirilmagan. Binobarin, sug‘dshunoslik sohasida
1970-yillardan   boshlab   yirik   tadqiqotlar   amalga   oshirildi.   Sug‘dcha   matnlarning
dastlabki o‘qilishi  jarayonida vujudga kelgan nashrlar qayta ko‘rib chiqildi. Ilmiy
izohlar,   yangicha   qarashlar   mujassam   bo‘lgan   bir   qator   nashrlar   vujudga   keldi.
Bizning   vazifamiz   sug‘dshunoslik   sohasida   to‘planib   qolgan   tajribalarni   tizimli
ravishda umumlashtirish, sug‘diy yozma manbalar; hujjatlar, bitiklar, numizmatik
va   boshqa   epigrafik   yodgorliklarga   to‘g‘ri   ilmiy   talqin   berish,   ulardagi
ma’lumotlarni   mavzuga   taalluqli   xitoy,   arab,   fors,   qadimgi   turk   va   boshqa
manbalardagi   ma’lumotlar   bilan   taqqoslash   asosida   ishonchli   va   xolisona
xulosalarga kelishdan iborat bo‘ldi. 
O zining geografik joylashuviga ko‘ra qadimdan alohida bir tarixiy-madaniyʻ
hudud   sifatida   shakllangan   Sug‘dda   o‘ziga   xos   voha   davlatchiligi   ko‘p   asrlar
davomida   mavjud   bo‘lgan.   Shimoli-sharqda   Nurota,   Zarafshon   tog‘   tizmalari,
janubi-sharqda   esa   Hisor   tog‘   tizmalari   bilan   o‘ralgan   va   Zarafshon   hamda
Qashqadaryo   daryolari   havzalarining   o‘troq   turmush   tarzi   bu   hududda   voha
davlatchiligining tashkil topishiga zamin yaratgan.
Hududiy   va   siyosiy   jihatdan   Samarqand,   Panch   (Panjikent),   Kesh,   Naxshab
kabi   nisbatan   yirik   hukmdorliklar   va   Kushoniya,   Kabudon,   Maymurg‘,   Xaxsar,
Ishtixon,   Fay   singari   kichik   hokimliklardan   iborat   Sug‘d   konfederatsiyasining
shakllanish davri, bosqichlari, o‘ziga xos xusuiyatlari, boshqaruvdagi O rta Osiyo	
ʻ
voha   davlatlariga   o‘xshash   va   farqli   jihatlari,   ushbu   voha   davlatlar   olib   borgan
siyosiy-iqtisodiy munosabatlari o‘rganildi va baholandi.  
Sug‘d   konfederatsiyasi   O rta   Osiyo   voha   davlatlarining   aksariyati   bilan	
ʻ
qo‘shni   bo‘lib,   o‘zining   geografik   joylashuviga   ko‘ra   ular   orasida   alohida   o‘rin
3 egallagan.   Xususan,   Sug‘d   shimol   va   shimoli-sharqdan   Ustrushona,   g‘arbda
Buxoro,   janubdan   Toxariston   hukmdorliklari   bilan   o‘zaro   hamhudud   bo‘lgan.
Shuningdek,   vohaga   nisbatan   shimoli-sharqda   joylashgan   Choch   va   Farg‘ona
hukmdorliklari   ham   Sug‘dga   masofa   jihatidan   yaqin   bo‘lib,   ular   o‘rtasida   ham
aloqalar   yo‘lga   qo‘yilgan.   Ya’ni,   Sug‘d   konfederatsiyasi   ma’lum   bir   muddat
o‘zining   hududiy   joylashuv   o‘rni,   davlatchilik   an’analari,   siyosiy   mavqyei,
iqtisodiy-madaniy   salohiyati   kabi   jihatlari   bilan   ushbu   hukmdorliklar   orasida
nisbatan markaziy hukmdorlik vazifasini bajargan.
Ma’lumki,   bu   nodir   yozma   manbalar   Vatanimiz   tarixining   muhim   tarixiy
voqeliklari   xususida   ma’lumot   beradi.   Ularda   keltirilgan   sug‘diy   hukmdorlarning
faoliyati va bu davrdagi siyosiy jarayonlar tarixini hukmdorlar portretiga chizgilar
shaklida   tadqiq   etish   bu   davrdagi   muammolarni   yanada   aniqroq   tasavvur   qilish
imkonini beradi. Ushbu muammo yuzasidan XX asr davomida va hozirda bir qator
tarixchilar,   numizmatlar   tadqiqot   olib   borganlar.   Muammo   yuzasidan   ilmiy
nashrlarda,   maqolalarda,   to‘plamlarda,   ilmiy   asarlarda     mualliflarning   maqsadlari
yo‘lida   yo‘l-yo‘lakay   aytib   o‘tilgan.   Ushbu   muammo   yuzasidan   bir   qator   ilmiy
izlanishlar   olib   borilgan   bo‘lib,   ulardagi   mavzuga   oid   ma’lumotlarni
umumlashtirish,   tarixiy   talqin   etish,   siyosiy   jarayonlarning   asosida   yotgan
sabablarni   va   omillarni   aniqlash   muhim   va   dolzarbdir.   Bu   esa   mavzuning
dolzarbligini belgilab beruvchi asoslardan hisoblanadi.
Tadqiqotning  obyekti  sifatida Sug‘d tarixining ilk o‘rta asrlar davri tanlangan.
Malakaviy   bitiruv   ishining   predmeti   esa   ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘d
hukmdorliklarida faoliyat ko‘rsatgan hukmdorlar tarixi tashkil etadi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   maqsadi.   Yozma   manbalar   va   numizmatik
materiallarning   nashrlari   asosida   ilk   o‘rta   asrlar   Sug‘dda   hukmdorlik   qilgan
shaxslar   siyosiy   faoliyatini   o‘rganish   va   ular   hukmronligi   davridagi   siyosiy
jarayonlar mohiyatini ochib berishdan iborat.
Malakaviy   bitiruv   ishining   vazifasi.   Yuqorida   keltirilgan   maqsaddan   kelib
chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
4 Markaziy Su g‘d hukmdorlarining shajarasi masalasi o‘rganish;
Markaziy Sug‘d – Samarqand ixshidlari  va ularning siyosiy  faoliyatini tahlil
qilish;
Janubiy Sug‘d –  Kesh axurpatlari davridagi siyosiy jarayonlarni o‘rganish;
Sharqiy   Sug‘d   –   Panch   hukmdorlari   va   hukmdorlikdagi   siyosiy   jarayonlar
tarixini manbalar asosida o‘rganish.
B itiruv   malakaviy   ishini   tayyorlashda   foydalanilgan   adabiyotlarning
qisqacha   tahlili .   Bugungi   O zbekiston   hududining   markaziy   mintaqasini   tashkilʻ
etgan tarixiy Sug d tarixi yuz yildan ko proq vaqt davomida o rganib kelinmoqda.	
ʻ ʻ ʻ
Lekin Sug dda ushbu davrda  	
ʻ mintaqani  boshqargan hukmdorlar  shaxsiyati ga doir
ilmiy   ishlar   unchalik   ham   ko p   emas.   Shu   jihatdan   ushbu   qismda   bevosita	
ʻ
muammoga doir ilmiy izlanishlarni tavsiflash maqsad qilib olingan.  
Turk   xoqonligi   hukmronligi   davrida   Sug ddagi   boshqaruv   va   mazkur	
ʻ
boshqaruvda turkiylarning o rnini numizmatik materiallar asosida numizmat olima	
ʻ
O.I.Smirnova   tadqiq   etgan.   Ushbu   tadqiqotlarning   qiyosiy   tahlil   asosida   olima
o zining   qator   ilmiy   qarashlarini   ilgari   surdi	
ʻ 2
.   Olima   V.V.   Bartoldning   Sug d	ʻ
boshqaruvining mohiyatiga doir firklarini rad etib, olimning Syuan-Szanning Chu
daryosidan   Sug dlar   mamlakati   boshlanadi   degan   fikriga   izoh   berib   o tdi.   1970	
ʻ ʻ
yilda chop etilgan «Sug d tarixidan lavhalar» kitobida O.I.Smirnova Sug dning ilk	
ʻ ʻ
o rta   asrlardagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy   hamda   hukmdorliklarning   ma’muriy	
ʻ
tuzulishini  sug d, arab, fors va xitoy tilli  manbalar asosida  tahlil qilib, Sug dning	
ʻ ʻ
rivojlangan davri Turk xoqonligi hukm ronligi davriga to g ri kelishini asoslagan	
ʻ ʻ 3
.
Xususan,   uning   tadqiqot larida   davlatning   boshqaruv   tizimi,   uning   pog onalari,	
ʻ
jamiyatning   tabaqalari,   Sug d   konfederativ   davlati   tizimi   doirasida   viloyatlarning	
ʻ
davlat   bilan   va   o zaro   munosabatlari,   ichki   bozorning   ahvoli,   mamlakatning	
ʻ
xo jaligiga   oid   ko plab   faktik   materiallar   va   mintaqaning   Turk   xoqonligi	
ʻ ʻ
hukmronligi davrining xususiyatlari o z aksini topdi.    	
ʻ
2
 Смирнова О.И. Каталог монет с городища Пенджикент. –М.: Наука, 1963. -С. 24-26; Смирнова О.И. Очерки
из   истории  Согда.   –  Москва:  Наука,   1970.  –  С.  10-12;   Смирнова  О.И.   С водный  каталог  согдийских  монет.
Бронза. – Москва: Наука, 1981. – С. 18. 
3
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. –М.: Наука, 1970. –288 с.
5 Ilk   o rta   asrlar   Sug ddagi   davlat   boshqaruviʻ ʻ   va   hukmdorlari   sug dshunos	ʻ
olimlar   M.Is’hoqov,   A.Otaxo	
ʻ jayev,   G .Boboyorov,   A.Kubatin   kabi   olimlarning	ʻ
tadqiqotlarida   anchayin   o rga	
ʻ nilgan   bo lib	ʻ 4
,   ularning   tadqiqotlari   manbalarga
asoslanilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlarni xoqonlikning Sug ddagi	
ʻ
siyosatiga doir yangi ilmiy izlanishlar sifatida baholash mumkin.
Shuningdek, muammo yuzasidan sug dshunos B.S.G oyibov tadqiqotlari ham	
ʻ ʻ
ilmiy   ahamiyatga   ega   bo lib,   tadqiqotchining  ishlari   asosan   Sug dning  siyosiy   va	
ʻ ʻ
mintaqaning   boshqaruv   tarixini   tadqiq   etishga   qaratilgan.   Shuningdek,   Sug d	
ʻ
siyosiy tarixini o rganish asnosida tadqiqotchi mintaqaning xoqonlik tasarru	
ʻ fidagi
davri va turkiylarning Sug ddagi o rni masalasiga ham e’tibor qaratgan	
ʻ ʻ 5
. 
B itiruv malakaviy ishin ing nazariy va amaliy ahamiyati.   Ushbu  malakaviy
bitiruv   ishida   nazariy   jihatdan   zamonaviy   tadqiqot   yondashuvlariga   asoslangan
holda   umumjahon   tarixiy   jarayonlari   doirasida   ilk   o rta   asrlar   Sug ddagi   davlat	
ʻ ʻ
boshqaruvining   an’anaviy   xususiyatlari,   jumladan,   mintaqada   faolyait   ko‘rsatgan
hukmdorlar   faoliyati   o rganiladi.   Dissertasiya   vazifalarining   amalga   oshirilishi	
ʻ
Markaziy   Osiyo,   xususan,   ilk   o rta   asrlar   Turk   xoqonligi   tarkibidagi   va   arablar	
ʻ
bosqini   davrida   Sug d   boshqaruv   tarixi   va   siyosiy   jarayonlarini   tadqiq   etishda	
ʻ
amaliy  jihatdan  muayyan darajada xizmat qiladi.
B itiruv  malakaviy  ishi   tuzilmasining  tavsifi .   Malakaviy   bitiruv  ishi  kirish,
to‘rt bob, xulosa hamda foydalangan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
4
  Исҳоқов   М.  Унутилган   подшоликдан   хатлар.   –  Тошкент,   1992;   Отахўжаев   А.   Илк   ўрта   асрлар   Марказий
Осиё   цивилизациясида   турк-суғд   муносабатлари.   –   Тошкент:   2010;   Бобоёров   Ғ.   Турк   хоқонлиги   давлат
бошқарув тузуми: тарих фанлари бўйича докторлик диссертацияси автореферати. – Тошкент: 2012; Кубатин
А.В. Система титулов в Тюркском каганате. Генезис и преемственность. – Ташкент: Yangi nashr, 2016.
5
  Ғойибов   Б.   Суғд   конфедерациясининг   Турк   хоқонлиги   сиёсий   тизимидаги   мақоми   //   “XXI   аср   –
интеллектуал авлод асри” мавзуидаги ҳудудий илмий-амалий конференция материаллари. Самарқанд ш. 3-4
июн  2015  й.  –  Самарқанд,  2015.  –  Б.   37-43;   Gayibov  B.  About   to  the   Question  of  the  Main  Origin   of  Sogdian
Rulers   //   International   journal   of   Humanities   &   Social   Science   Studies.   Volume-III,   Issue-I .   July.   –   Karimganj-
Assam, India: 2016.  –  P. 235-242 ; Ғойибов Б. Суғд тарихидан лавҳалар. – Самарқанд: СамДУ, 2020.
6 I-BOB.  MARKAZIY SU G ʻ D HUKMDORLARINING ShAJARASI
MASALASI
Bugungi   kun   sug‘dshunosligidagi   bahsli   muammolardan   biri   Sug‘d
konfederatsiya sini   boshqargan   hukmdorlarning   shajarasi,   ular   mansub   bo‘lgan
sulolaning kelib chiqishi masalasidir. Sug‘d konfederatsiyasining ilk o‘rta asrlarga
qadar   boshqargan   hukmdorlarning   ism lari   fanga   ma’lum   emas.   Sug‘d
konfederatsiyasini ilk o‘rta asrlarda boshqargan hukmdorlari aksariyatining ism lari
esa,   asosan,   xitoy   yilnomalari   va   tangalar   orqali   yetib   kelgan.   Yozma   manbalar
orqali   faqat   Devashtich,   G urak   yoki   Tarxun   kabi   hukmdorʻ larning   ismlari   yetib
kelgan xolos 6
. 
Xitoy   yilnomalarida   keltirilgan   ba’zi   ma’lumotlar   bu   masalani   yechishda
yordam   berishi   mumkin.   Xususan,   “ Bey   shi ” ,   “ Suy   shu ”   va   “ Tan   shu ”
yilnomalarida   Kan   (S amarqand )   hukmdorlarining   kelib   chiqishi   Chjaovu   o‘lka -
sidagi hudud ga  borib  taqalishi qayd etiladi  hamda markazi Choch va o‘rta Sirdaryo
bo‘lgan   Qang‘   davlati   hukmdorlarining   ham   Samarqanddagi   Kan   xonadoni   bilan
qarindoshligi tilga olinadi 7
. 
Xitoy   yilnomalarida   keltirilgan   Kan   (Samarqand)   hukmdorlarining   kelib
chiqishi   xususida   K.Shoniyozov   o‘z   fikrlarini   bildirib,   ularni   Qang‘   davlati
hukmdor   xonadoni   tarmog‘idandir,   degan   mulohazani   bildirib,   ta’kid laydiki:   -
“Xan   sulolasi   davridan   (mil.   av.   206   –   mil.   220   yillar)   boshlab   hokimiyatning
avloddan-avlodga   o‘tib   kelishi   odat   tusiga   kirgan 8
.   Keyingi   asrlarda   bu   odat
muayyan   ravishda   davom   etib   kelgan   hamda   Kan   hukmdori   Yuechji 9
  hukmron
xonadonidan chiqqan”. 
6
  Moammoni   o’rganishda   sug’dshunos   B.G’oyibov   xulosalariga   tayanildi.   Shu   bois   muallif   B.G’oyibovga
minnatdorlik bildiradi.
7
  Ўзбекистон тарихи. (Хрестоматия). 2 -жилд. 1- қисм.  –  Тошкент: Фан, 2014.  –  Б. 30 .
8
  Юй   Т.   C ведения   о   ранней   Согдиане   в   официальных   историях   HAN ,   WEI ,   JIN   Южной   и   Северной
династии  / Согдийский сборник. Выпуск 4. Новейшие исследования по истории и истории культуры Согда в
Узбекистане // Ред. Ш. Камалиддин. – Lambert Akademic Publishing:  LAP ,  2017. – С. 49.
9
 Абдуҳолиқ Абдурасул ўғли. “Юэжи” атамаси ҳақида // O’zbekiston tarixi. – 1999. – №4. – Б. 9-16.
7 Ushbu   ma’lumot   izohtalabdir.   Xan   sulolasi   Xitoyni   boshqargan   davr   2
bosqichga bo‘linadi: G arbiy Xan (mil. av. 206 ʻ –  mil. 25) hamda Sharqiy Xan (mil.
25 – 220). Bu esa Kan xonadonida hokimiyatning ushbu davrlarning qaysi biridan
boshlab   meros   sifatida   o‘tganligini   aniqlashda   qiyinchilik   tug‘diradi.
K.Shoniyozov ushbu sanani mil. av. 206  –  mil. 25 yillar deb ko‘rsatib, bunga asos
sifatida milodiy 25 – 220 yillarda Sug‘dning Kushon davlati tarkibida bo‘lganligini
keltiradi 10
. B.Gafurov  esa  Sug‘dning  Kushon  davlati  tarkibiga  qo‘shib  olinganligi
sanasini Kanishka (78 – 123) hukm ron ligi davri bilan bog‘lashga harakat qiladi 11
.
Ammo   soha   mutaxas sis larining   aksariyat   ishlarida   Sug‘dning   Kushon   davlati
tarkibida  bo‘lgan ligi  masalasi   ochiq qoldirilgan. Bu  borada  tadqiqotchilar   orasida
yagona   fikr   yo‘q.  Bunga   sabab   manbalar   yetishmasligi   bo‘lib,  arxeologik   materi -
allar hamma vaqt ham kerakli xulosaga kelishga asos bo‘lavermaydi.  
Endi,   xitoy   yilnomalarida   Sug‘d   hukmdorlari   shajarasi   bilan   bog‘liq
ma’lumotlar   tahliliga   qaytsak.   Yilnomalarda   keltirilgan   Kan   (Samar qand)dagi
xonadon   to‘qqizta   suloladan   biri   ekanligi   ta’kidlanishi   bilan   birgalikda,   ular
orasida   uning   markaziy   mavqyega   ega   ekanligiga   alohida   urg‘u   beriladi.
Shuningdek,   “Bey   shi”   va   “Suy   shu”da   Xe   (Kushoniya)   va   Mi   (Maymurg‘)
hukmdorlarining kelib chiqishi Chjaovu sulolasidan ekanligi va ularning nasli Kan
(Samarqand)   xonadoniga   borib   taqalishi   haqidagi   ma’lumotlar 12
  yuqoridagi   fikrni
tasdiqlaydi.   Bu   esa   Chjaovu   shahridan   kelgan   xonadon   vakil lari   dastlab
Samarqandga kelib o‘z sulolasini tashkil qilgani bora sidagi fikrga asos beradi 13
. Bu
esa   K.Shoniyozovning   Samarqandda   hoki miyat   mil.   avv.   206   yildan   boshlab
avlod dan-avlodga   o‘tib   kelgani   bora sidagi   fik rining   tarixiy   haqiqatga   yaqinroq
ekanligidan dalolat beradi.  
Ba’zi tadqiqotchilar Sinlyan tog‘i atrofidan kelgan Chjaovularning tamg‘alari
asosida masalaga oydinlik kiritishga harakat qilishadi. Ular Sug‘d konfederatsiyasi,
10
 Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Тошкент: Фан, 1990. – Б. 53.
11
  Гафуров Б.Г. Таджики. Древнейшая, древняя и средневековая история. Книга. 1. – Душанбе: Ирфон, 1989.
– С.  189.
12
  Бичурин Н.Я. (Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. В 3-
х томах. – М.-Л.: Изд. АН СССР. –   Том II. – 1950.  –  С. 272, 274-275, 282, 286-287.
13
  Ўзбекистон тарихи. (Хрестоматия). 2-жилд. 1-қисм. ... – Б. 30.
8 Buxoro   va   Choch   hukmdorlari   o‘rtasida   bog‘liqlik   borligini   taxmin   qiladilar.
Xususan,  VI – VIII  asrlarga taalluqli  c’cynk  γ w β w   –  “Choch hukmdori” unvonli, 
shaklli  tamg‘ali  tangalar  bilan qariyb xuddi  shu  davrlarda muomalada  bo‘lgan  
shaklli   tamg‘ali   Buxoro   tangalari   va     shaklli   tamg‘ali   Samarqand   ixshidlari
tangalari   orasida   yaqinlik   bo‘lishi   mumkin.
  Balki   ushbu   tamg‘alar   markaziy
xonadon   bo‘lmish   Samarqand   Chjaovular   sulolasining   tamg‘asidan   o‘sib
chiqqandir:  
  ←  
  →   . Tam g‘a lardagi shakliy o‘xshashlik Samarqand, Buxoro
va   Choch   markaziy   boshqaruv chilarining   qarindosh   va   Chjaovu   xonadoniga
mansub   bo‘lishi   mumkinligi   haqidagi   taxminga   kelishga   imkon   beradi 14
.   Bunga
Xitoy yilnomalarida keltirilgan Samarqand, Buxoro, Choch hukmdorlarining nasli
bir   ekanligi   borasidagi   ma’lumot   yanada   aniqlik   kiritadi 15
.   Chjaovu   sulolasining
dast labki tashkil topishida turkiylar va keyinchalik sug‘diylar yetakchilik qilganligi
yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladi.  
Xitoyshunoslar   yilnomalarda   keltirilgan   “...   yuechji larning   tukyuye
(turk)lardan mag‘lu biyatga uchragach, janubga qarab siljiganliklari”   mazmu nidagi
ma’lumotni mil. avv. II- asr o‘rtalariga, aniqrog‘i, 177   –   176 yil larga taalluqli deb
hisoblashadi.   Ayni   mana   shu   davrda   chjaovular   Kangkiya   (Kan   /   Samarqand)
davlatlariga asos solishgan.  Bu esa Chjaovu larning janu bi-g‘arbiyga siljishi hamda
Sug‘dga   kelib   joylashuvi   ayni   miloddan   avvalgi   II-   asrning   oxirida   yuz   bergan -
ligidan darak beradi. 
Xitoy   yilnomalaridagi   ushbu   ma’lumotlar   arxeologik   materiallar   talqini
asosida ham o‘z tasdig‘iga ega. Xususan, arxeologik tadqiqotlar natijasida fransuz
arxeologi   K.Rapen   yuechjilar ning   dastlabki   hujum lari   mil.   avv.   145   yil,   ikkinchi
davri   mil.   avv.   130-   yillarga   to‘g‘ri   keladi,   degan   xulosani   bildirgan   edi.   Xitoy
yilnomalaridan   esa   yuechji larning   g‘arbga   siljishlari   mil.   avv.   177   –   176   yillarga
to‘g‘ri   kelib,   aynan   Sug‘d   kirib   kelishlari   mil.   avv.   145-   yillar   atrofiga   to‘g‘ri
keladi. 
14
 Бобоёров Ғ. Чоч тарихидан лавҳалар (Илк ўрта асрлар). – Тошкент: Yangi nashr, 2010. – Б. 27.
15
 Захидов П. Государство Кангуй. – Ташкент: 2009.   – С. 23-29. 
9 O.I.Smirnova   tangalarda   uchraydigan   Chjaovu   sulo lasi   vakillari   ism larining
eroniy asosga ega ekanligi va ularning kuchli eroniylashgani haqidagi fikrni ilgari
suradi 16
.   Olima   xitoy   manbalaridagi   chjaovu   iborasining   Tan   davridagi   xitoycha
(t’śiä   miu)   va   Xan   davridagi   arxaik   xitoycha   (tíog   miwo)   o‘qilish   shaklini   izoh
sifatida   keltiradi   hamda   maz kur   iborani   arab   va   mahalliy   manbalarda   Markaziy
Osiyoning   islomdan   oldin gi   aslzoda   tabaqasi   nomi   sifatida   tilga   olingan   “ jamuk”
(“qim matbaho tosh”   ma’nosida)   so‘zi   bilan  taqqoslaydi 17
. O.I.Smirnova  fikrlariga
tayangan holda aytish mumkinki,  chjaovu  atamasini nafaqat Sug‘d hukmdorlariga,
balki   boshqa   sulolalarga   ham   nisbatan   ishlatish   mumkin.     Xususan,   kushonlar
davridagi   davlat   boshlig‘ining   unvoni   yab γ ū   –   yabg‘u   bo‘lib,   u   ham   jamuk   va
undan keyin  chjaovu  bilan bilan aloqador. 
A.Otaxo ‘ jayev   esa   H.V.Haussigga   suyangan   holda   yab γ ū   –   yabg‘u   unvoni
turkiy   jibu   unvoni   ekanligini   va   musulmon   manbalarida   siljibu   va   yunon
manbalarida   siljibul   shaklida  keltirilganligini  hamda  “g‘arbiy  turk  xoqon lari”ning
nasabi   ekanligini   ilgari   suradi 18
.   At-Tabariy   ham   o‘zi ning   “Podsholar   va
payg‘ambarlar   tarixi”   asarida   jamuk   haqida   keltirib   “ular   turk   azimlaridan”   deb
keltiradi .   Bizningcha,   Chjaovu   sulo la sining   kelib   chiqishida   eroniy   qabilalarning
ham   o‘rni   bo‘lgan.   Sug‘ddagi   davlat   qurilishida   har   ikkala   etnosning   ulushi
bo‘lgan. Bu esa konfederatsiya hukmdorlarining kelib chiqishida ikkita etnik asos
bor deb xulosa qilishga imkon beradi. 
Sug‘d   konfederatsiyasi   boshqaruvchi   sulolasining   kelib   chiqishi   xusu sida
Afrosiyob   devoriy   suratlaridagi   bitiklarda   ham   ma’lumotlar   keltirilgan.   Xususan,
1965   yilda   topilgan   Afrosiyob   shaharchasining   shimoliy   qismidagi   saroy
majmuasidagi   devoriy   suratlarda   aks   ettirilgan   16   satrli   sug‘diy   yozuvda
konfederatsiya   hukmdori   Varxumanning   urug‘i   ’wn š w  ʼ –   Unashu   (yoki   Unshu )
deb   keltirilgan   bo‘lib,   de voriy   suratlardagi   yozuv   sug‘dshunos   V.A.Livshis
tomonidan o‘qib chiqil gan. Bitikdagi yozuv dastlab  ’βrγwm’n ’wnγw MLK’  – “Xun
16
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда.  –  Москва: Наука, 1970.  – С. 25.
17
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда.  ...  – С. – С. 32-35.
18
  Отахўжаев  А. Илк  ўрта асрларда  Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд  муносабатлари. – Тошкент,
2010. – Б. 66.
10 hukmdori Avarxuman” deb, talqin etilgan 19
. Keyinchalik esa olim mazkur iborani
’βrγwm’n   ’wn š   MLK’   –   “Unash   (urug‘idan)   hukmdor   Avarxuman”   deb   o‘qishni
paleografik jihatdan to‘g‘ri deb hisobladi. O z fikrlariga dalil sifatida V.A.Livshisʻ
’wn š w	
ʼ   (Unashu)   iborasining   etnonim   sifatida   o‘xshashi   xitoy   yilnomalarida   Kan
(Samarqand) hukmdorlari xonadonining nomi sifatida   Vыn shu   tarzida uchrashini
keltirdi.   Shu bilan birga, ushbu masalada keyingi yillarda V.A.Livshis tomonidan
yana   boshqa   fikr   taklif   qilindi.   Unga   ko‘ra,   ’wn š   so‘zini   Xitoy   yilnomalarida
keltirilgan   wen-na-sha   («wen-nasha»)   so‘zi bilan bog‘liq holda talqin qilish va bu
so‘z   xitoychada   Sug‘d   ( Su-te )   mamlakatining   nomlaridan   biri   bo‘lishi   mumkin,
deb   hisoblasa   bo‘ladi 20
.   B.G oyibovning   lutfan   bergan   ma’lumotlariga   ko‘ra,	
ʻ
Avarxuman   –   Varxuman   nomidan   zarb   qilingan   tangalardagi   yozuvlar   asosida
Varxuman   ismli   hukmdor   ikkita   (Varxuman   I   va   Varxuman   II)   bo‘lgan,   degan
fikrlar (Varxuman nomidan zarb qilingan tangalardagi yozuvning tuzilishi asosida)
tarixda hukmdorlik qilgan bo‘lishi mumkin. 
Ayrim  tadqiqotchilarning  fikricha,  V.A.Livshis   va  shu  asosda   ilgari  surilgan
bu   boradagi   fikrlar   o‘zini   oqlamaydi.   Ularning   yozishicha,   avvalo,   V.A.Livshis
tomonidan   keltirilgan   “Xitoy   manbalarida   Samarqand   hukm dor lari   mansub   urug‘
nomi   Vin-shu ”   mazmundagi   ma’lumot   xitoy   yilno malarida   aslida   boshqacha
shaklda   keltirilgan.   Ularga   ko‘ra,   yilnomada   ushbu   ma’lumot   -   “(Samarqand)
hukmdor   xonadonining   nomi   Ven   bo‘lib,   kelib   chiqishi   Yuechjilardan”   tarzida
uchraydi.   “Tan-shu”   yilnomasini   xitoy   ti li dan   ruschaga   o‘girgan   N.Ya.Bichurin
ushbu   jumlani   “Sobstvenno   vladetel   prozivayetsya   Vin;   proisxodit   iz   Doma
Yuyechji”   shaklida   tar ji ma   qilgan   bo‘lsa,   turkshunos   E.Shavann   mazkur   jumlani
“Le nom de famille du prince est Wen. C’étaient à l’origine des Yue-tche”  tarzida
fransuz   tiliga   tarjima   qilgan.   Samarqand   hukmdorlari   mansub   bo‘lgan   xonadon
nomi sifatida uchraydigan   Ven   so‘zi  “Suy-shu” (636 y.)  yilnomasida ilk bor tilga
19
  Лившиц   В.А.   Правители   Согда   и   “цари   хуннов”   в   китайских   династических   историй   //   Письменные
памятники и проблемы истории культуры народов Востока. IХ годичная научная сессия ЛО ИВ АН СССР
(аннотации и краткие сообщения).  –  М.: 1973.  – С. 2 6 .
20
 Хўжаев А. Хитой манбаларида суғдларга оид айрим маълумотлар //  O’zbekiston tarixi‚ 2004 .   –  №1. – Б.  53.
11 olingan.   Keyinchalik   esa   ushbu   jumla   “Bey-shi”   (659   y.)   va   “Tan-shu”   (945   y.)
yilno malarida ayni ko‘rinishda takrorlanadi. 
Tadqiqotchilarning   fikrlariga   ko‘ra,   G arbiy   Turk   xoqonligining   nomiʻ
qadimgi turkiy bitiktoshlarda  On  O
q  – “O n O q / qabila”,	
ʻ ʻ   Xitoy yilnoma larida esa
“ Ven   familiyali o‘n aymoq / qabila” tariqasida ham uchraydi 21
. Bu esa Samarqand
hukmdori   Avarxuman   (650-   yillar)   kelib   chiqishi   G arbiy   Turk   xoqonligiga,   O n	
ʻ ʻ
O qlarga   mansub   hukmdor   bo‘lgan,   mazmunidagi   fikr   bildirishga   imkon   beradi.	
ʻ
Ya’ni,   yilnomalarda   Samarqand   hukmdorlari   urug‘i   sifatida   tilga   olingan   “Vыn
shu”   so‘zi   ’wnš’w   –   “Unashu”   tarzida   emas,   balki   ’wn γ w   yoki   ’wn γ ’w   tarzida
o‘qiladi.  Sug‘d ixshidi Mastich tangalaridagi hukmdor urug‘ining nomi paleografik
jihatdan ’wnγ  – “O n O q” deb o‘qish imkonini beradi. 	
ʻ ʻ Bu esa ushbu so‘zni “un uq”
yoki “o‘n o‘q” deb talqin qilishga asos hisoblanadi.  
Yozuvlar   talqinini   tarixiy   jarayonlarga   solishtirganda   ham   ushbu   so‘zning
turklar   bilan   bog‘liq   “O n   O q”   sulolasiga   to‘g‘ri   kelishi   ma’lum   bo‘ladi.	
ʻ ʻ
Afrosiyob   devoriy   suratlarini   talqin   qilgan   L.I.Albaumning   keltirishicha,   VII
asrning 40- yillarida G arbiy turk xoqoni Yuquq-xon (Ibi Dulu-xon) Janubiy O rda	
ʻ ʻ
hukmdori   Ishbara-xon   (Shexu-xon)   bilan   Yetti suvda   ro‘y   bergan   nizolar   sababli
Sug‘d   orqali   Toxaristonga   qochishga   maj bur   bo‘ladi.   Mana   shu   paytda   uning
lashkarboshilaridan   biri,   G arbiy   turk	
ʻ lar ning   “ Dulu”   urug‘i   vakili   bo‘lgan
Varxuman   Samarqandda   hokimiyat ni   qo‘lga   kiritgan   va   o‘zini   bu   yerning
hukmdori  deb e’lon qilgan bo‘lishi  mumkin 22
. Varxumanning aynan sug‘diy yoki
turkiy   ekanligini   aytish   qiyin.   Lekin   manbalar   tahlili   uning   ko‘proq   sug‘diydan
ko‘ra,   turkiy   etnos   vakili   ekanligiga   ishora   beradi.   Shuningdek,   boy   turkiy
zodagonlarning   sug‘diy   ismga   ham   ega   bo‘lganligi   Mug‘   tog‘i   sug‘diy   hujjatlari
orqali   ma’lum 23
.     “Dulu”   va   “Nushibi”   qabila   itti foq lari   o‘rtasidagi   urushda
mag‘lubiyatga   uchra gan   “Dulu”   Sug‘dda   hukmronligini   o‘rnat gan   va   bu
21
  Юй Т.  C ведения о ранней  Согдиане в официальных историях  HAN ,  WEI ,  JIN . …  – С. 58 .
22
  Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. – Ташкент: Фан, 1975.   –  С .  38.
23
  Согдийские   документы   с   горы   Муг.   Вып.   II   /   Юридические   документы   и   письма   /   Чтение,   перевод   и
комментарии В.А. Лившица. – М.: ИВЛ, 1962.  ( Keyingi   o ’ rinlarda   СДГМ  II).
12 Varxumandan   keyingi   hukmdorlarning   ana   shu   urug‘dan   bo‘lishi   mumkinligiga
ishora beradi.
Sug‘d   konfederatsiyasi   markazini   boshqargan   sulolaning   kelib   chiqishi
manbalarda  chjaovu lar deb keltirilgan. Mahalliy shakli  jamuk  yoki  chamuk  bo‘lgan
deb   taxmin   qili nadigan   ushbu   sulolaning   etnik   kelib   chiqi shida   sug‘diy   va   turkiy
etnoslar   ishtirok   etganlar.   “Suy   shu”   yilno masida   Xe   (Kushoniya)   va   Mi   (May -
murg‘)   hukmdor larining   kelib   chiqishi   Chjaovu   sulolasidan   ekanligi   hamda
ularning   nasli   Kan   (Samar qand)   xonadoniga   borib   taqalishi   keltirilgan   bo‘lib,   bu
sug‘diy   hukmdorlarning   yagona   xonadondan   tarqalganliklari   borasidagi   fikrni
kuchaytiradi. 
Xullas,   VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Samar qanddagi sulola g‘arbiy
turklarning   O n   O qʻ ʻ   ittifoqi   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   ungacha   bo‘lgan   Sug‘d
hukmdorlari   shajarasi   Xitoy   yilno malarida   keltirilgan   chjaovular   yoki   mahalliy
Kan   xonadoni   vakillari   bo‘lgan   sug‘diylar   bilan   aloqador   bo‘lishi   ehtimoli
yuqoriligini ta’kidlab xulosa qilish mumkin.
13 II-BOB.  MARKAZIY SUG D – SAMARQAND IXShIDLARI VAʻ
ULARNING SIYoSIY FAOLIYaTI 
Sug‘d   hukmdorliklarining   markaziy   hokimiyat   bilan   o‘z   navbatida,
hukmdorliklar va rustoqlar (hokimliklar) o‘rtasidagi munosa bat larini tanqidiy tahlil
qilish hamda bu orqali mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni aniqlash muammoni
o‘rganishda muhimdir. Sug‘d konfederatsiyasida markaziy va mintaqaviy-mahalliy
boshqaruv,   ma’muriy   birliklar   o‘rtasi dagi   munosabatlar,   hukmdorliklarning
chegara   va   hududla rini   aniqlash,   ularning   bir-biriga   o‘xshash   va   farqli   tomonlari
kabi   omillar   bu   borada   e’tibor   qaratilishi   lozim   bo‘lgan   asosiy   masalalardan
hisoblanadi.
Markaziy   Sug‘d   hozirgi   O zbekiston   hududining   Samar	
ʻ qand,   Qashqadaryo,
Tojikistonning Panjikent atrofi dagi yerlarni birlash tirgan. Xususan, Zarafshonning
yuqori oqimidan boshlanuvchi Samarqand vohasi Samarqand botig‘ida joylashgan
bo‘lib,   shimoldan   G ubdintog‘	
ʻ - Oqtog‘ - Qoratog‘,   janubdan   Qoratepa - Zirabuloq-
Ziyovud din kabi tog‘lar bilan o‘ral gan. Voha shimoldan Qizilqum bilan, sharqdan
Qo‘shtepa,   Azkamar,   Quyi mozor,   Qayna g‘ach,   Qumsulton   kabi   tepaliklar,   janub
va janubi-g‘arbdan esa Qorako‘l platosi bilan o‘ralgan. Zarafshon daryosi Sharqiy
Sug‘d chegarasidan bosh lanib, G arbiy Sug‘d 	
ʻ –  Buxoroda tugagan 24
. 
Sug‘dning   siyosiy   chegaralanishida   tabiiy   omillar   muhim   o‘rin   egallagan.
Zarafshon   daryosi   bo‘ylab   cho‘zilgan   konfederatsiyaning   barcha   hukmdorliklari
o‘zlarining   chegaralariga   ega   bo‘lganlar.   Daryo   irmoqlari   konfederatsiyaning
ma’muriy jihatdan bo‘linishi asoslaridan biri bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa ajab emas.
Shunday ekan ,   geografik omillar nati jasida Sug‘d konfederatsiyasi hukmdorliklari
chegaralarga  ajralgan  bo‘l ib,   u lar markazga nisbatan turli xil masofada joylashgan.
Bu esa boshqaruvda o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Natijada esa ,   konfederatsiya
tarkibidagi   hukmdorliklarning   har   biri   joylashuviga   qarab   o‘z   mavqyeiga   ega
bo‘lishning   asoslaridan   biri   yaratilgan.   Masalan,   markaz   Samarqandga   yaqin
24
 Отахўжаев А. Ғарбий Суғднинг суғориш тармоқлари билан боғлиқ  атамалар хусусида //  O’zbekiston tarixi .
– 2005. – №3. – Б. 3-7.
14 bo‘lgan   Maymurg‘   hukmdorning   qarindoshlari   yoki   valiahd   shahzodalar
tomonidan   boshqarilgan.   Yoki   markaziy   hokimiyatga   geografik   jihatdan   yaqin
turib u bilan chegaradosh bo‘lgan Kesh va Panchning boshqaruviga alohida e’tibor
berilgan hamda ushbu hukmdorliklar nazorati kuchaytirilgan. Bu jarayonlar xitoy,
sug‘diy, arabiy va forsiy tilli manbalarda o‘z aksini topgan. Ayni mana shu omillar
asosida konfederatsiya tarixini tadqiq etish tarixiy haqiqatni ochib berishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bugungi   kunda   Sug‘d   konfederatsiyasi   hukmdorliklarining   umumiy   soni
xususida   ikkilanishlar   mavjud.   Ba’zi   tadqiqotchilar   Markaziy   Sug‘dda   11   ta
ixshidlik   bo‘lganligi   va   ularning   Samarqand   ixshidligiga   bo‘ysunganli gini
keltirishadi 25
. Aslida esa ixshidlik bitta bo‘lib, uning tarkibidagi ma’muriy birliklar
“ixshidlik”   hisoblanmaydi.   “Ixshid”   o‘ziga   teng   mav qye dagi   “ixshid”   unvonli
hukmdor   ustidan   hukmronlik   qilishi   mantiqan   noto‘g‘ri.   Bundan   tashqari,
konfederatsiya   birlashgan   hukmdorlik   soni   ham   11   ta   emas.   Sug‘d
konfederatsiyasining   9   ta   hukmdorligi   bo‘lib   (ixshidlik   markazi   Samarqand   bilan
birga),   Afrosiyob   devoriy   suratlarida   kelti rilgan   11   ta   tug‘   G arbiy   turkʻ
xoqonligining xoqon, ya’ni “O n O q” va “yabg‘u-xoqon”ga tegishlidir. Afrosiyob	
ʻ ʻ
devoriy   suratlarining   G arbiy   devo	
ʻ ridan   joy   olgan   9   tug‘   esa   Sug‘d
hukmdorliklariga   oid   bo‘lib,   ular   xitoy   yilno malari,   sug‘diy   hujjatlar   va   arabiy
manbalarda   uchraydigan   Samar qand   (konfederatsiya   markazi),   Kesh,   Naxshab,
Maymurg‘, Panch, Ishtixon, Kabudon, Kushoniya, Fay hukmdorliklari hisoblanadi.
Qadimdan   Sug‘dning   markazi   Samarqand   bo‘lganligi   manbalar   asosida   o‘z
isbotini   topgan.   Sug‘d   konfederatsiyasi   hududida   davlatchilikning   shahar-
davlatchiligidan   voha-davlatchiligi   bosqichiga   o‘tilgan   davrda   ham   Zarafshon
vohasi   hayotida   Samarqand   shahri   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Samarqandning
savdo   yo‘llari   kesish gan   chorrahada   joylashganligi   turli   davrlarda   uni   egallashga
qilingan   harakatlarga   sabab   bo‘lgan   edi 26
.   Sug‘d   konfederatsiyasi   shakllangan
25
 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 387.
26
  Мавланов У. Самарканд в системе древних путей Среднеазиатского междуречья // Самарқанд шаҳрининг
умумбашарий   маданий   тараққиётида   тутган   ўрни.   Самарқанд   шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига
бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари. – Тошкент-Самарқанд: Фан, 2007. – С. 102-103.
15 davrda Sug‘dning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy markazi bo‘lgan Samarqand geografik
jihatdan markazda joylashgan bo‘lib, bu iqtisodiy va siyosiy masalalarni yechishda
muhim omil hisoblanadi. 
Bugungi   kunda   Samarqand   viloyati   shimoldan   va   g‘arbdan   Navoiy   viloya ti,
janub dan   Qashqadaryo,   shimoliy-sharqdan   Jizzax   viloyati   bilan   chegara dosh
bo‘lib,   geografik   jihatdan   Pomir - Oloy   tog‘larining   g‘arbiy   chek ka sida,   Zarafshon
daryosining o‘rta qismida joylashgan. Bu shahar tarixan “Samar qand Sug‘di” deb
nomlan gan Sug‘dning markaziy qismiga to‘g‘ri keladi. 
Zarafshon   tog‘   tizmasi   janubda   Samarqand   va   Qashqadaryo   vohasini   ajratib
turgan   tabiiy   chegara   hisoblangan.   Bu   tabiiy   chegara   Sug‘d   konfederatsiyasining
ma’muriy   tizimining   vujudga   kelishiga   ham   ta’sir   etgan   omil   ekanligi   shubhasiz.
Konfederasiya   markazi   Samarqand   hukmdorligi   Darg‘om   va   Siyob   kanallari
orasida joylashgan bo‘lib, undan sharqda Panch, ja nubda Kesh va Naxshab, uning
shimoli-g‘arbiy hududida Ishtixon, shimolda Kabudon hukmdorliklari joylashgan.
Samarqandning   janubiy-sharqida   esa   Maymurg‘   hukmdorligi   joylashgan   bo‘lib,
konfederatsiya   markazi   bo‘lishiga   sabablardan   biri   ham   Samarqandning   Sug‘d
markazida joylashganligida edi. 
Xitoy   yilnoma larida   Kang   iyeroglifi   Samarqand   toponimining   qisqar tirilgan
xitoycha transkripsiyasi ekanligi va shu asosda “Kan” atamasi ham joy nomi, ham
Samarqand   sulolasi   nomi   sifatida   Xitoy   manbalaridan   joy   olgan   holatlar   ko‘zga
tashlanadi. 
Ushbu   o‘rinda   Samarqand   to‘g‘risida   Xitoy   yilnomalarida   keltirilgan
ma’lumotlar keltirish ayni muddao bo‘ladi.  “Tan shu” yilnomasida bu haqda quyi -
dagilar   keltiriladi:   “Samarqand   (boshqa   nomi   “Samogyan”   yoki   “Limogyan”)
Yuan-vey sulolasi davrida “Sivangin” deb nomlangan. Undan janubga  Shы  (Kesh)
hukmdorligigacha   150   li,   shimoliy-g‘arbda   G arbiy  ʻ Sao   (Kabu don)gacha   100   li
atrofida,   janubi-sharqda   Mi   (Maymurg‘)gacha   100   li,   shimol da   Markaziy   Sao
(Ishtixon)gacha   50   li.   Nami   (Zarafshon)   daryosi   uning   markazidan   oqib   o‘tadi.
Hukmdorning (xonadon) ismi  Vыn . U  Yuechji  xonadonidan kelib chiqqan. Dastlab
16 bu   xonadon   Silyan   tog‘larining   (hozir gi   Sinzyan   (Xitoy))   shimoliy   qismida
Chjaovu   shahrida   istiqomat   qilish gan.   Turklardan   mag‘lubiyatga   uchragandan
so‘ng,  ular   janubga  Piyozsimon   (Pomir)   tog‘larni   aylanib  o‘tishib,   hozirgi   yerlari
(Sug‘d)ni   egallashgan.   U   (Sug‘d)   G arbiy   hududlarning   katta   qismini   itoatdaʻ
tutgan 27
.   Ular   quyida gilar:   Mi   (Maymurg‘),   Shы   (Kesh),   Sao   (Ishti xon),   Xe
(Kushoniya   /   Katta qo‘rg‘on),   Kichik   An ,   Nashebo   (Naxshab),   Unaxe ,   Mu .
Ibodatxonada  Xu  (sug‘diy) nizomi saqlanadi”. 
Yuqorida   keltirilgan   “turklardan   mag‘lubiyatga   uchragandan   so‘ng   ...”
ma’lumoti   xitoyshunoslarning   fikricha,   “Bey-shi”   va   “Suy-shu”   yilnoma larida
“xunlardan   mag‘lubiyatga   uchragandan   so‘ng”   shaklida   keltiriladi.   Bu   yerda
xitoylik   mualliflar   chalkashlikka   yo‘l   qo‘yishgan,   ya’ni,   Xunlar   dav rida   (tax.
milodiy   III- IV   asrlarda)   bo‘lib   o‘tgan   voqyeliklarni   Turk   xoqon ligi   tarixi   bilan
chalkashtirib   qo‘ygan   bo‘lishlari   mumkin.   Ehtimol,   bu   holat   ular   xunlar   va
turklarni   bitta   xalq   deb   bilganliklari   yoki   turklarni   xunlardan   kelib   chiqqan,   deb
talqin qilganliklari bilan izohlanishi ham mumkin.
Xitoy yilnomalarida keltirilishicha,  VI asrning so‘ng gi  choragidan VII  asrning
o‘rtalarigacha   Samarqandni   Shifubi   ( Tayshebi )   ( VI   asr ning   so‘ng gi   choragi),
Kyu ye muchji   (600   –   620),   To‘nga   (64 2 )   singari   hukmdorlar   boshqar gan.
Samarqand   hukmdor laridan   Shifubi   va   Kyuyemuchji   ismlari   bizga   yilnomalar
orqali,   To‘nga   ismi   tangalar   orqali   ma’lum.   645   yillarda   Xitoyga   elchi   jo‘natgan
Samarqand   hukmdorining   ismi   M.Is’hoqov   tomoni dan   wzwrk   –   Vazurg   shaklida
talqin   qilgan   bo‘lsa,   G .Boboyorov   va   A.Ku	
ʻ batinlar   tnwk’   –   Tnuga   yoki   Tonuga
(To‘nga)   shaklida   o‘qishni   to‘g‘ri   deb   hisoblaydi.   Bundan   tashqari,   ayni
tadqiqotchilar   Samarqanddagi   O n   O q	
ʻ ʻ   sulolasiga   Varxuman   emas,   balki   undan
oldin To‘nga asos solgan deb taxmin qilishadi 28
. Lekin ushbu   – “sirtmoq” va   –
“triskeles”   shakllar   tushi rilgan   tangalar   sug‘diy   tangalar   katalogida   ancha   ko‘p
27
 Ўзбекистон тарихи. (Хрестоматия). 2-жилд. 1-қисм. ... – Б. 31 .
28
  Бабаяров   Г.,   Кубатин   А.   К   новой   интерпретации   имени   правящего   рода   Самарканда   из   надписей   в
росписях   Афрасиаба   //   Самарқанд   шаҳрининг   умумбашарий   маданий   тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни.
Самарқанд   шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига   бағишланган   халқаро   илмий   симпозиум   материаллари.   –
Тошкент-Самарқанд:  Фан,  2007.  – С. 219.
17 bo‘lib 29
, ulardagi sug‘ diy iboralarni o‘qishda bugungi kunga qadar yakdillik yo‘q.
Yozma manbalarda esa  To‘nga  haqida ma’lumot keltirilmagan. 
Kyuymuchji   ismli   hukmdor   to‘g‘risida   xitoy   yilnomalarida   ma’lumot
uchraydi.   Xitoy   yilno malarida   u   to‘g‘risida   quyidagicha   ma’lumot   kelti riladi:   -
“ Chjen guan   hukmronligining beshin chi yilining (631 y.) bahorida   Kan   hukmdori
Guyu muchja   ( Kyuymuchji )   Xitoydan   o‘z   himoyasiga   olishini   so‘raydi.   Shunda
Xitoy  hukmdori   “quruq  obro‘   uchun   xalqni   xarob  qilish   nima   kerak”,   10   ming  li
uzoqlikka   askarlarni   yubormayman”,   deya   javob   bergan” 30
.   Aftidan,   mana   shu
voqyeadan   keyin   Sug‘d   hukmdorlari   Turk   xoqonligi   bilan   aloqalarni
mustahkamlashga   yanada   qattiqroq   kirishganlar   va   buning   natijasi   o‘laroq
xoqonlar va Samarqand hukmdorlari o‘rtasida qarindoshlik aloqalari o‘rnatilgan.
Sug‘diy yozuvli bronza tangalar ham Sug‘dning ilk o‘rta asrlar tarixini tadqiq
etishda   birlamchi   manbalar   hisoblanib,   u larda   quyidagi   Sug‘d   (Samarqand)
hukmdorlarining nomlari kelti rilgan.
Tangalarda ismi keltirilgan Sug‘dning birinchi hukmdori  š y š pyr  (yoki  š ē š pēr )
–  Shishpir bo‘lib, ushbu ism so‘zma-so‘z “Din (zardushtiylik ?) targ‘ibotchisi” deb
tarjima   qilingan.   V.A.Livshis   ushbu   ismni   ikki   qism ga   š y š   –   “sochilmoq,   erib
ketmoq”,   pyr   –   “din,   dinga   ishonmoq”   deb   izohlashga   harakat   qilgan.   Mazkur
hukmdor   ismi   Xitoy   yilnomalarida   (“Tan   shu”)   642   yilda   Xitoy   imperatoriga
jo‘natilgan   elchilik   munosabati   bilan   tilga   olinadi.   Shishpir   650   yoki   655
yilargacha   taxtni   boshqargan   va   Xitoy   yilnomalariga   ko‘ra,   uning   hukmronligi
davrida Sug‘d konfederatsiyasining markazi Kesh bo‘lgan deb keltiriladi. Shishpir
tomonidan   zarb   qilingan   tangalar   (tangalarda   ushbu   hukmdor   ismi   š y š pyr   MLKʼ
deb   kelti riladi)   ushbu   hukmdorning   Varxuman   taxtga   o‘tirganidan   keyin   ham
Keshni idora etganligi borasidagi fikrga kelishga turtki bo‘ladi. Shishpir va undan
keyingi   Kesh   hukmdorlari   zarb   etgan   tangalarda   konfederatsiya   markazi
Samarqand   tangalaridagi     shakllarning   mavjud ligi   bu   fikrga   kelishga   imkon
29
  Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. Бронза. – Москва: Наука, 1981.  – С. 453-454.
30
  Бичурин Н.Я. Собрание сведений . ...  II.  –  С. 311.
18 beradi.   Mazkur   hukmdor   davrida   Sug‘dda   yuz   bergan   ijtimo iy-siyosiy   jarayonlar
xususida manbalarda ma’lumotlar qariyb yo‘q hisobi.  
Shishpirdan   so‘ng   Sug‘d   konfederatsiyasi   taxtiga   Afrosiyob   devoriy
suratlarida  ismi   ’ β rxwm’n   –  Avarxuman   (yoki  Varxuman)   ( 655   –   675 )  deb   talqin
qilingan hukmdor   chiqqan. Varxuman ( β rxwm’n  yoki  ’ β rxwm’n ) ismining ma’nosi
sug‘dshunoslar   tomonidan   *Bara(t)-humānah,   ya’ni,   “ezgu   fikr   eltuvchi”,   deb
talqin   qilingan.   Ushbu   hukmdorning   taxtga   chiqishi   va   uning   kelib   chiqishi
bo‘yicha   turli   fikrlar   bildirilganini   aytib   o‘tish   lozim.   Varxuman   ismining
tangalarda  β rxwm’n – Varxuman  hamda Afrosiyob devoriy suratlaridagi shakli esa
’ β rxwm’n   –   Avarxuman   ko‘rinishida   keltiriladi.   Uning   davrida   Sug‘dda   sulola
almashinuvi   yuz   berib,   mam la kat   boshqaruvida   turkiy   sulola   vakillari   hokimiyat
tepasiga   keladi.   Afro siyob   devoriy   suratlaridagi   turkiy   etnosga   mansub   kishilar
Sug‘d ixshid   βrγwm’n   – Varxuman saroyining xos mulozimlari bo‘lib, ular maro -
sim   egalari   (mezbon)   sifatida   tasvirlangan 31
.   Varxuman   hukm ronlik   qil gan   yillar
Sug‘dda   konfederatsiya   taraqqiy   etgan   davr   hisoblanib,   bu   Afrosiyob   devoriy
suratlarida   keltirilgan   Sug‘dning   mustaqil   tashqi   alo qalar   o‘rnatganligi   bilan
bog‘liq ma’lumotlar asosida o‘z isbotiga ega.
Shishpir   va   Varxuman   hukmronligi   yillari   orasida   hyech   qanday   uzilgan
bo‘sh   yil   bo‘lmasa-da,   ular   oralig‘ida   Vazurg   (“buyuk”,   “katta”   ma’nolarini
anglatadi) ismli hukmdor o‘tganligi numizmatik manbalarda o‘z ifodasini  topgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida 30 dan ortiq Vazurg nomidan zarb qilingan tanga
pullar   topilgan.   Ammo   Vazurg   ismining   o‘qilishi   hanuzgacha   taxminiy   bo‘lib
kelmoqda 32
.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   Vazurg   ismi   To‘nga   deb   ham   talqin
etilmoqda. Buni  hokimiyat  uchun kurash ketayotgan  bir  pallada  To‘nga (Vazurg)
o‘zining hokimiyatga da’vosini ko‘rsatish maqsadida tanga-pullar zarb qilgan deb
izohlash mantiqli bo‘ladi. 
31
 Аржанцева И.А. Новые хозяева Азии   /   Материалы международной конференции, посвещенной 100-летию
со дня рождения С.П. Толстова. – Нукус :  2007 .  –  C . 104-105.
32
  Исхаков М.М. Центральная Азия в системе мировой пысменной культуры. – Ташкент: УМ Э Д, 200 8 . – С.
179.
19 Sug‘d   konfederatsiyasi   hukmdorlari   to‘g‘risida   numizmatik   manbalar   bilan
birga   Xitoy   yilnomalarida   keltirilgan   ma’lumotlar   qimmatli   ahamiyatga   ega.
Yilnomalariga   ko‘ra,   Varxumandan   keyin   taxtga   Dusoboti   kelgan.   Sug‘diycha
twk’sp’ δ ’k   (“Kuchli   qo‘shin   sohibi”)   –   Tukaspadak   ismning   xitoycha   talaffuzi
Dusaboti   shaklida   keltiriladi 33
.   Dusoboti   695   –   696   yillarda   Sug‘d
konfederatsiyasini boshqargan. 
Varxuman hukmronligi tugagandan (675 y.) keyin Tukaspadakkacha (695 y.)
20   yilga   yaqin   davr   bo‘lib,   bu   orada   Sug‘dni   boshqargan   hukmdor   ismi   yozma
manbalarda keltirilmagan.  
Numizmat olima O.I. Smirnovaning Xitoy manbalariga suyanib keltirishicha,
Tukaspadak   o‘zidan   oldingi   hukmdor   –   Varxuman   mansub   bo‘lgan   suloladan
bo‘lmasligi   mumkin.  Bunga   sabab   esa   mazkur  hukmdor   tomonidan  zarb  qilingan
tangalarda   Varxuman   tangalaridagi     triskeles   shaklli   tamg‘aning   yo‘q ligi
hisoblanadi.   Balki,   Tukaspadak   hukmdor   avlo didan   bo‘lmaganligi   uchun   ham
tangalarda sulolaviy belgi o‘zgargandir. Yoki turkiy sulola vakillari hokimiyatdan
chetlashtirilib, yana “Oqsoqollar kengashi” sug‘diylardan hukmdor tayinlagan.  
Varxuman   va   Tukaspadak   o‘rtasida   675   yildan   695   yillar   oralig‘ida
hukmronlik   qilgan   Sug‘d   hukmdorining   ismi   uning   nomidan   zarb   etilgan
tangalarda   wrk   wrtmwk   MLKʼ ʼ   –   hukmdor   Urk   Vartramuk   deb   keltirilgan   bo‘lib,
ushbu   hukmdorning   ismi   yozma   manbalar   orqali   ma’lum   emas.   Lekin   uning
nomidan   zarb   etilgan   tangalardagi   tamg‘alar   sug‘diy   hukmdorlar   tangalaridagi
tamg‘alarga   o‘xshash.   Afsuski   Urk   Vartramukning   hukmronlik   yillari   xususida
boshqa manbalar orqali ma’lum emas.
O.I.Smirnovaning Xitoy manbalari asosida bergan ma’lumotida Sug‘d taxtiga
698   yilda   o‘tirgan   hukmdor   ismi,   u   zarb   etgan   tangalarda   nnyšyš   –   Nineshish
(yilnomalarda   ninje-shi-shi   ko‘rinishda)   deb   keltirilgan   bo‘lib,   u   Varxumanning
o‘g‘li   bo‘lgan 34
.   Agarda   Nineshish   Varxumanning   o‘g‘li   bo‘lsa,   u   holda   nima
33
  Лившиц   В.А.   История   изучение   Согда   /   Рахмат-наме.   Сборник   статей   к   70-летию   Рахмата   Рахимовича
Рахимова. – СПб.: Кунсткамера, 2008.  – С. 198.
34
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда.  ... – С. 170-171.
20 uchun otasidan keyin taxtga chiqmagan, degan savol tug‘ulishi tabiiy. Bizningcha,
buning sababi Nineshish voyaga yetmagan bo‘lib, hali taxtni boshqarishga erta edi.
Shuning   uchun   ham   lashkarboshilardan   biri   bo‘lgan   twk’sp’ δ ’k   –   Tukaspadak
(“Kuchli qo‘shin sohibi”) homiyligida Sug‘d taxti boshqarilgan.
Nineshishdan keyin Sug‘d taxtiga Mastich (yoki Mastan)  ( m’stč ) (tax. 698   –
700) o‘tirgan bo‘lib, uning nomidan zarb qilingan tangalarda mazkur hukmdorning
’wn š   /   una š   –   “Unash”   urug‘idan   ekanligi   keltiriladi 35
.   Lekin   ushbu   hukmdor
urug‘ining   nomi   una š   –   “unash”   tarzida   emas,   balki   “O n   O q”   tarzida   talqinʻ ʻ
qilingan hamda  m stc/n  wnγ MLK  	
ʼ ʼ ʼ –   “O n O q (urug‘idan) hukmdor Mastich” deb	ʻ ʻ
qayta tiklangan. Varxuman tangalarida keltirilgan   – “sirtmoq” va   – “triskeles”
shakllar   Mastich   tangalaridagi   ushbu   tamg‘alarga   juda   o‘xshash.   O.I.Smirnova
mazkur hukmdor ismini  m ʼ stn   n ʼ wy ʼ n MLK ʼ   –   hukmdor Mastan Navyan  deb talqin
etgan 36
. Bu esa  Varxu man va Mastichning  bir  urug‘dan ekanligi  borasidagi  fikrni
yanada kuchay tiradi. 
Xitoy yilnomalarida ta’kidlanishicha,  Samarqand  xalqi ga   Tuxun   (700   –   710)
ismli   bir   kishi   hukmdor   et ib   tayinla na di.   Uning   ismi   cug‘diy   manbalarda   trγwn
(Tarxun), musulmon manbalarida esa  ﻥﻮﺤﺮﺘ   shakl ida uchraydi.  Ba’zi tadqiqotchilar
Tarxun   ismining   “tarxon”   unvoni   bilan   aloqador   ekanligini   ta’kidlashadi.   Lekin
Tarxun   ismining   arab   manba larida   tarxon   unvoni   bilan   chalkashtirilganligi   o‘z
isbotini topgan 37
.
Tarxun arablarning O rta Osiyoga yurishlari davridagi voqyealarda muhim rol	
ʻ
o‘ynagan.   Arab   xalifaligi   kuchlariga   qarshi   o‘n   yil   davomida   (700   –   710 )   urush
olib   borgan.   Tabariy   asaridagi   85/704   yil   voqyealari   bayonida   Tarxunning   Muso
ibn   Abdullohga   qarshi   kurashganligi   haqida   ma’lumot   keltiriladi.   U   to‘g‘risida
alohida   ma’lumot   esa   88/707   yilda   Qutayba   ibn   Muslim ning   Buxoroni   egallashi
bayoni   orqali   keltiriladi 38
.   V.A.Livshis   Tabariy   asarining   birlamchi   nashriga
35
  Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. ... – С. 171.
36
  Смирнова О.И. Каталог монет с городи щ а Пенджикент. – М.: Наука, 1963. – С. 8-15.
37
  Бобоёров   Ғ.,   Ғойибов   Б.   Илк   ўрта   асрлар   Суғд   бошқарувидаги   элтебар,   тудун   ва   тархон   унвонлари
хусусида   //   Марказий   Осиё   халқлари   тарихи   манбашунослиги   ва   тарихнавислиги   масалалари.   5.   2-қисм.   –
Тошкент: ТДШИ, 2013. – Б. 67-78. 
38
 Мухаммад Наршахи. История Бухары / перевод с персидского Н. Лыкошинь. – Ташкент: 1897. – С. 15-17.
21 (Tabari, II. 1230) suyangan holda, Buxoroning Qutayba tomonidan egallanishi va
kelishuv hamda shart nomasi 90/710 yilga to‘g‘ri keladi deb keltiradi. Bizningcha,
Buxoroning arablar tomo nidan egalla nishining tarixiy sanasi  borasida manbalarda
ba’zi   qarama-qarshiliklar   mavjud.   Ushbu   qarama-qarshiliklar   hijriy   yil   sana sini
milodiy yilga o‘girish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, har bir sug‘diy
hukmdor   taxtga   kelgan   yilida   boshlab   o‘zining   erasini   (Tarxun   erasi,   Devashtich
erasi)   boshlagan.   Bu   esa   ilk   o‘rta   asrlar   davridagi   vaqt   hisobi   masalasini
o‘rganishni murakkablashtiradi.
Masalan,   Qutayba   ibn   Muslimning   o‘z   ukasi   Abdurahmonni   Samar qandga
Tarxundan   o‘lpon   olish   uchun   jo‘natishi,   oradan   ko‘p   vaqt   o‘tmasdan,   Tarxun
yaqin kishilari tomonidan taxtdan ag‘darilishi hamda o‘z joniga qasd qilgan (yoki
o‘ldirilgan) bo‘lishi mumkinligi masalasida ham noaniqliklar ko‘p. Bu haqda Mug‘
tog‘i   sug‘diy   Nov.   3   va   Nov.   4   hujjatlarida   keltirilgan   podsho   Tarxunning
hukmronlik yilla ri bilan bog‘liq voqyelar ham guvohlik beradi.
Manbalar   va   muammoga   doir   ilmiy   adabiyotlar   tahlili   natijasida   ma’lum
bo‘ladiki,   Tarxunning   arablarga   qarshi   sustkashlik   siyosati   nati jasida   mahalliy
zodagonlardan   iborat   “Oq so qollar   kengashi”   uni   taxtdan   mahrum   etgan   va   u   o‘z
joniga   qasd   qilgan.   Bu   esa   Qutayba   uchun   qo‘l   keldi   va   u   o‘zini   Tarxunning
qasoskori   deya   e’lon   qilib   Buxoro   hukmdori   bilan   ittifoqchilikda   Samarqandni
qamal   qiladi.   Sug‘d   konfederatsiyasining   yangi   ixshid   Ghūrak   –   G urak   (710   –ʻ
738) shaharni mudofaa qilolmay arablar bilan sharmandali sulh imzolagan. 
Samarqand   hukmdorlari   bo‘lmish   aka-uka   Tarxun   va   G urak   munosabat-lari	
ʻ
turli   da rajalarda   o‘zgarib   turgan.   Tadqiqotchilarning   fikrlariga   ko‘ra,   G urak	
ʻ
93/711   –   712   yilda   Samarqand   arablar   tomonidan   egallanga nidayoq   ular ning
hokimiyatini   tan   olgan.   Lekin   u   arablar   ta’sirini   rasman   tan   olgan   bo‘lsa-da,
amalda Xitoydan yordam so‘raganligi to‘g‘risida maktub saqlanib qolgan. Bu holat
G urakning xatosi sifatida tilga oli	
ʻ nadi.
Tarxunga   qadar   Sug‘d   taxtida   sulolaviy   (otadan   o‘g‘ilga   yoki   akadan   ukaga
taxtning   meros   bo‘lib   o‘tishi)   boshqaruv   mavjud   bo‘lmagan.   Tarxundan   so‘ng
22 taxtga   ’w γ rk   –   G urakning   (lug‘aviy   ma’nosi   “Kuchli”,   “Baquvvat”   ma’ʻ no larini
anglatadi) chiqishi bu yerda sulolaviy boshqaruvni ta’min ladi. Bu shaxs ismi  Xitoy
yilnomalarida   Ulega ,   Sug‘d   tangalarida   ’wγrk   ( U g‘rak)   yoki   ’wr’kk   (Urak)
shaklida   keltiriladi.   Tarxundan   so‘ng   taxtga   chiqqan   G urak   710  	
ʻ –   738   yillarda
hukmronlik qilgan 39
. 
A.Freyman   esa   G urak   ismining   asli   eroniy   tillardagi,   masalan,   Avestodagi	
ʻ
“uγraka”   (ug‘raka “quvvatli”)   so‘zi   bilan   aloqador   ekanligini   yozadi .   G urak	
ʻ
nomidan zarb qilingan tangalardagi shakllari ( ’wγrk   –  U g‘rak va ’wr’kk   –   Urak)ga
asoslanib,   uning   ismini   turkiy   Ug‘roq,   Ag‘roq   yoki   Uroq   ismlari   bilan
tenglashtirish   mumkin.   Zero,   o‘sha   davrlarda   ug‘roq   nomli   turkiy   urug‘
bo‘lganligini   ham   nazardan   qochirmaslik   kerak.   G urakning   nasabi   xususida	
ʻ
to‘xtalgan   Z.V.To‘g‘on,   mazkur   shajaraga   tayanib,   uni   turkiy   turgash   urug‘iga
mansub   bo‘lgan,   deb   hisoblaydi.   Tabariy,   G urak	
ʻ   “o‘zini   turk   xoqonining
qullaridan biri sifatida bilishini” qayd qiladi 40
. 
“ Tan   shu ”   yilnomasida   U le ga   (G urak)   Do	
ʻ - ge   ismli   o‘g‘lini   Sao   (Ishtixon)
shahriga,   Mo - chjo   ismli   ikkinchi   o‘g‘lini   Mi   (Maymurg‘)   shahriga   hokim   etib
tayinladi, degan ma’lumot bor. Mazkur yilnomada Do ge otasining o‘limidan so‘ng
738 750 yillarda Samarqand hukmdori bo‘lganligi aytiladi.
Qadimgi   Panjikent   tadqikotchilari   «G urak   I»   guruhiga   oid   tangalarning	
ʻ
Panjikentdan   kam   topilganligini   ta’kidlaydilar.   Bu   tanganing   muomalaga   kirish
bosqichi faqatgina shaharning 740 yilda qayta tiklanishi bilan belgilanadi. VIII asr
birinchi   choragida   Panjikent   pul   muomalasida   Panjikent   va   Samarqand   tangalari
qatorida   G urak   II   guruhiga   oid   o‘rtasi   to‘rtburchak   teshik   tangalar   uchraydi.	
ʻ
A.M.Beleniskiy va V.I.Raspopova Panjikent to‘plamlari orasida bu guruhning zarb
qilingan   tangalari   mavjudligini   ta’kidlaydilar.   O.I.Smirnova   esa   ular   orasida
quyilgan tangalar ham mavjudligini e’tirof etadi. O.I.Smirnova to‘rtburchak teshik
39
 Камалиддинов Ш.С. Новые данные о потомках царя Согда Гурака   // ОНУ. – 2003. – №3.  – С. 15.
40
  История ат-Табари / Пер. с араб. В.И. Беляева с допол. О.Г. Большакова, А.Б. Халидова. – Ташкент: Фан,
1987.  – С. 225 .
23 tasvirli   tangalarni   belgilarining   old   tomonda   joylashuviga   qarab   ikki   guruhga
bo‘ladi 41
.
A.M.Beleniskiy va V.I.Raspopovalar G urak A (I) va G urak B (II) tipiga oidʻ ʻ
tangalar   turli   zarbxonalar   tomonidan   chiqarilgan   degan   fikrni   ilgari   surishadi.   I
tipga   oid   tangalar   Samarqandda   chiqarilgan   bo‘lsa,   II   tip   tangalar   G urak	
ʻ
tomonidan   Ishtixonda   turib   muomalaga   kiritilgan.   Xususan,   Ishtixondan
chiqarilgan   tangalar   720   yilga   qadar   G urakning   asosiy   emissiyasi   bo‘lgan   va	
ʻ
Sug‘d bo‘ylab muomalada yurgan. Biroq ushbu II guruhga oid tangalar Panjikent
shaharchasidan   ham   ko‘plab   miqdorda   topilgan.   Bundan   ko‘rinadiki   Panjikentda
ham   shu   tipdagi   tangalar   chiqarilgan 42
.   Qolaversa,   to‘rtburchak   teshik   tasvirli
tangalar   butun   Samarqand   Sug‘di   bo‘ylab   juda   kam   topilgan   (Panjikentdan
tashqari).
O.I.Smirnova   bu   guruh   tangalarning   orqa   tomonidagi   yozuvni   «Urak
MALKA»   (Urak   podsho)   deb,   A.A.Freyman   esa   «Ug‘rak   MALKA»   (Ug‘rak
podsho   deya   o‘qiydi 43
.   X.G.Axunbabayev   Afrosiyobdan   topilgan   tangalardagi   bu
yozuvni   «Afrig‘   MALKA»   (Afrig‘   podsho)   deya   talqin   qiladi 44
.   Bizningcha   bu
tanga turkumida Afrig‘ so‘zini o‘qish o‘zini oqlamaydi.
Mazkur tangalarning old tomonida ikkita belgi bo‘lib, o‘ngdagisi «U» shakli
barcha ixshidlarning tangalarida uchraydi. Chapdagi romb shakli Sug‘d podsholari
Tukaspadak, Tarxun va Panch hukmdorlari tangalarida aks ettirilgan 45
. 
X.G.Axunbabayev   Gamaukyan   (Panch   hukmdori)   tangalaridagi   belgilarga
Bey   Chjou   sulolasi   vakili   U-di   (561-579   yillar)   tomonidan   chiqarilgan   qiymati   5
shuga teng BUChUAN xitoy tangalarining avers tomoni asos bo‘lib hizmat qilgan,
deya   ta’kidlaydi.   V.A.Livshisning   ta’kidlashicha,   Samarqand   Sug‘di   bronza
tangalaridagi ko‘plab belgilar iyerogliflarning sxematik ravishda qaytarilishi bilan
bog‘lanadi va bu Panjikent hukmdorlarining tangalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
41
 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. … – С. 43.
42
 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. … – С. 44.
43
 Лившиц В.А. Правители Панча // НАА. 1979. – №4. – С. 61.
44
 Ахунбабаев Х.Г. Дворец ихшидов Согда на Афрасиабе. – Самарканд: Саратон-Хамар, 1999. – С. 60.
45
 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. … – С. 43-44.
24 G urak ilk o‘rta asrlar Sug‘d tarixida muhim iz qoldirgan hukmdor hisoblanib,ʻ
u   bir   arablar   bilan   kelishish   bilan   birga   Xitoyga   ham   elchi   jo‘natganligi   ma’lum.
Ushbu   elchilik   maktubi   dastlab   xitoy   tilida   va   undan   keyin   fransuz   tilida   e’lon
qilingan   bo‘lib,   o‘zbek   sug‘dshunoslari   tomonidan   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilingan.
Mant quyidagicha:
Sug‘d hukmdorliklarining Xitoy bilan munosabatlari tarixiga doir.     Ye ttinchi
Kayyuan yilining (719 yil) ikkinchi oyida  keng-u  kuni Samarqand hukmdori  Ulega
(G urak) xitoy imperatoriga shu shaklda talabnoma (xat) yubordi:	
ʻ
“Tobeingiz   Ulega   (G urak)   shuni   ma’lum   qiladiki:   Tobeingiz,   Osmonning	
ʻ
inoyati   bilan   butun   koinot   ustidan   hukmronlik   qiluvchi   ilohiy   imperator   amri
ostidagi bir millionlik bir zaminda, otlaringizning oyoqlari ostida ezilgan o‘tlar va
tuproq   misoli   bir   qulingizdir.   Oila   a’zolarim   va   hokazo   turli   Xu   (sug‘diylar   va
boshqa   o‘troq   xalqlar)   hukmdorliklari   uzoq   vaqtdan   beri   sizning   buyuk
imperatorligingizga   chin   ko‘ngildan   bo‘ysungan   va   buyuk   imperatorligingizga
qarshi   hyech   bir   vaqt   isyon   etmagan,   zarar   keltirmagan.   Aksincha,   buyuk
imperatorligingizga foydali bo‘lish uchun harakat qilgandir. Shu onlarda biz naqd
o‘ttiz besh  yildir   Dashi   (arab)  bosqinchi  galalariga qarshi  jang qilmoqdamiz.  Har
yili imperatorlikning lutfi karamidan foydalanib, uning askarlaridan hyech qanday
bir   yordam   olmasdan   o‘zimizning   ko‘p   sonli   jangchi   va   suvoriylarimiz   bilan
safarga   chiqdik.   Olti   yil   avval   Dashi   (arab)   bosh   qo‘mondoni   Imi   Kutebo   (Amir
Qutayba)   son-sanoqsiz   qo‘shin   bilan   bu   yerga   keldi 46
.   Bizga   hujum   qildi,
dushmanlarimizga   og‘ir   zarba   berdik,   ammo   bizdan   ham   juda   ko‘p   kishi   halok
bo‘ldi   va   jarohatlandi.   Arab   piyoda   askarlari   va   suvoriylari   haddan   tashqari
darajada   ko‘p   bo‘lganliklari   va   bizning   piyoda   askarlarimiz   ularga   teng   kela
olmasligini   bilib,   qal’a   devorining   orqasiga   chekindim.   Shu   tariqa   arablar   shahar
(Samarqand)ni qurshab oldilar. Qal’a devorlarining ro‘parasida uch yuz manjaniq
(devor teshar moslama) o‘rnatdilar. (Shahar devorining) uch tomonidan uchta katta
teshik   ochdilar.   Shahrimizga   va   hukmdorligimizga   barham   berishni   istaydilar.
46
 Bu yerda hijriy 93 (712) yilda Qutayba ibn Muslimning Samarqandga hujum haqida gap borayapti.
25 Ahvoldan  xabardor   qilingan   imperatorlikdan   ushbu   qiyin   kunlarimizda   yordamga
kelishlari   uchun   bir   miqdor   askar   yuborishga   lutf   etishlarini   ojizona   ravishda
iltimos   qilaman.   Ushbu   arablarga   kelsak,   ular   faqat   bir   asr   kuchli   bo‘lishlari
mumkin 47
, ki bu yil o‘sha yillari yakunining tugaydigan yilidir. Agar xitoy qo‘shini
bu   yerga   kelishsa,   men   va   xalqim   tamoman   arablarni   yenga   olamiz.   Hozir   sizga
mukammal   bir   ot,   bitta   Eron   tuyasi   va   ikkita   xachirni   bajonidil   sovg‘a
qilmoqdaman.   Agar   zoti   oliylari   meni   hadyalarga   musharraf   qilishni   istasalar,
ularni   menga   keltirib   beradigan   elchimga   bersinlar.   (Yo‘lda)   talon-taroj
qilinmasligini umid qilaman” 48
. 
Yettinchi Kayyuan yilining (719 yil) ikkinchi oyida   An   (Buxoro) hukmdori
Dusaboti   (Tukaspadak   /   Tug‘shoda)   ba’zi   masalalarning   dolzarb   ekanligini
ta’kidlab (xitoy imperatoriga) quyidagi arznomani yetqazish uchun elchi yubordi:
“Tobeingiz   Dusaboti   (Tukaspadak   /   Tug‘shoda)   shuni   ma’lum   qiladiki:
Tobeingiz,   Osmonning   inoyati   bilan   butun   koinot   ustidan   hukmronlik   qiluvchi
ilohiy   imperator   amri   ostidagi   bir   millionlik   bir   zaminda,   otlaringizning   oyoqlari
ostida   ezilgan   o‘tlar   va   tuproq   misoli   bir   qulingizdir.   Uzoq   masofadagi   o‘z
o‘rnimda turib, qo‘llarimni  qovushtirgan holda tiz cho‘kaman va zoti oliylarining
himmat   va   marhamatlariga   ko‘kka   topingan   kabi   topinaman.   Buxoro
hukmdorligiga   egalik   qilgan   kunimizdan   shu   paytgacha   oila   a’zolarim   hyech
qanday   uzilishsiz   bir   ravishda   taxtni   bir-birlariga  meros   qoldirishgan.   Qo‘shinlari
va   boshqa   vositalar   bilan   samimiyat-la   imperatorlikka   xizmat   qilishgan.   So‘nggi
yillardan   hozirgacha   har   yili   Dashi   (arab)   bosqinchi   galalarining   ishg‘ol   va
vahshiyliklaridan bezor bo‘ldik va o‘lkamizda huzr-halovatdan asar ham qolmadi.
Imperatorlikning   qudratli   qo‘llari   bilan   ushbu   qiyin   kunlarimizda   menga   yordam
qilishlarini   shaxsan   iltimos   qilaman,   shuningdek,   Tu-kyuye-shi   (G arbiy   Turk   /ʻ
Turgash   xoqonligi)ga   menga   yordamga   yetishishlari   uchun   (maxsus)   bir   farmon
bilan   buyruq   berishingizni   so‘rayman.   Men   ham   askarlarim   va   suvoriylarimga
47
  Aftidan,  o’sha  paytda   arablarning  faqat   bir asr   hukmronlik  qilishlari   va  shundan  keyin  bu  holat   barham  topishi
haqida gap-so’zlar yurgan.
48
 Chavannes  E.  Çin yıllıklarına göre Batı Türkleri. Çeviri M. Koç. – İstanbul :  Selenge, 2007. S. 263-264.
26 bosh   bo‘laman   va   ma’lum   bir   uchrashuv   joyida   Dashi   (arab)larning   tomirini
qo‘poramiz. Imperatorlikning iltimosimga mos bir himmat ko‘rsatishlarini ojizona
ravishda   talab   qilaman.   Hozir   sovg‘a   sifatida   ikkita   Eron   xachiri,   bitta   jilvakor
Fulin   (Vizantiya)   gilami,   o‘n   besh   kilo   Yu-kin   mushki   va   yuz   kin   (60   kg)   tabiiy
sha’mni yubormoqdaman. Endi, ushbu hadyalarning izidan zoti oliylaridan mening
shaxsimga   uchinchi   darajadan   bir   unvon   bag‘ishlashingizni   iltimos   qilaman.
Shuningdek,   rafiqam   Xotun   qirolicha   xonimga   ikkita   chobi   (?)   gilami   bilan   bir
dona   bezakdor   gilam   yubormoqda.   Agar   imperator   hazratlari   lutf   qilsalar   menga
egar-jabduqlar,   yugan-jilovlar,   qurol-aslahalar,   kiyim-kechaklar   va   kamar
(qayish)lar hadya qilinishini, rafiqam Xotunga esa kiyim-kechaklar va o‘pa-eliklar
berilishini so‘rayman 49
.
712 yilda Samarqand Arab xalifaligi qo‘shini tomonidan egallangach, G urakʻ
“Samarqand   shartnomasi”da   keltirilgan   bandlarni   qabul   qilib,   so‘ngra   Samarqand
taxtida  qolishni  Qutayba  ibn  Muslimdan  iltimos  qila di.  Lekin  unga  Samarqandda
qolishga   ruxsat   berilmaydi.   Natijada,   G urak   hozirgi   Ishti	
ʻ xon   hududidagi
qarorgohiga   borib,   o‘sha   yerdan   davlat   ishla rini   boshqaradi.   712   yil   “Samarqand
shartnomasi”da   G urak  	
ʻ ixshid   emas,   afshin   deb   keltirilgan.   Sug‘diy   manbalarda,
jumladan,   Mug‘   tog‘i   arxi vida   afshin   unvoni   qayd   etilmagan.   G urakni  	
ʻ ixshid
emas,   afshin   deb   keltirish   orqali   arablar   uni   podsho   deb   tan   olmay,   Devashtich
bilan raqo batiga qasddan yo‘l ochgan bo‘lishlari ham mum kin.
Abu   Xafs   Umar   ibn   Muhammad   an Nasafiyning   “al Qand   fi   zikri   ulamo
Samarqand”   ( “ Samarqand   ulamolari   xotirasiga   doir   qanddek   shirin   kitob ” )   nomli
asarida   G urak  	
ʻ turkiy   sulola   vakili   bo‘lganligi   keltiri lad i.   Manbada   G urakning	ʻ
avlodlaridan   biri   hadis   roviysi   bo‘l gan ligi   haqida   xabar   berib,   uning   shajarasi
quyidagi   tartibda   kelti r ilgan :   Abuhusayn   Ubaydulloh   ibn   al Marzbon   ibn   Turkish
Taqiy ibn Kasiyr ibn Tarxun ibn Banoyjur ibn G urak	
ʻ 50
.  
49
 Chavannes  E.  Çin yıllıklarına göre Batı Türkleri. Çeviri M. Koç. – İstanbul :  Selenge, 2007. S. 26 2
50
  Нажмиддин   ан-Насафий.   Самарқандия   /   Арабчадан   Усмонхон   Темурхон   ўғли   ва   Бахтиёр   Набихон   ўғли
таржимаси. – Тошкент: ЎМЭ, 2001. – Б. 127.
27 G urak   hukmronligi   davrida  ʻ Sug‘d   konfederatsiyasi   Xitoy   bilan   itti foqchi
bo‘l ishga harakat qilgan .   A rablarga   ( dashi )   qarshi kurash olib bor gan G urak 719	
ʻ
yilda   Xitoyga   elchi   jo‘natib,   arablar   bosqinini   bartaraf   etish   uchun   yordam
so‘ragan .   Ammo   Xitoydan   Sug‘dga   yordam   kelganligi   man balarda   keltirilmaydi.
G urakning   arablarga   qarshi   faoli	
ʻ yat   olib   borgan ligiga   qaramay,   uning   738
yilgacha   o‘z   hokimiyatini   saqlab   qola   olganligi   borasida   manbalarda   aniq
ma’lumot yo‘q. 
Sug‘d   hukmdori   G urakning   719   yilda   Xitoy   imperatoridan   harbiy   madad	
ʻ
so‘rashi barobarida ,   u Turk xoqonligining yordamidan umidvor bo‘l gan. Ayni shu
yilda   Panch   hukmdori   Devashtichning   Turk   xoqoni   huzu riga   elchisi   Fatufarnni
yuborishi   arablarning   Sug‘ddagi   hokimiyati ning   zaif lashib   qilganligidan   va
mahalliy hukmdorlar bundan foydalanib qo lish ga harakat q i layotganligidan dalolat
berardi.
“Tan   shu”   yilnomasida   Ule ga   (G urak)  	
ʻ Do ge   (Turg‘ar)   (738   –   750)   ismli
o‘g‘lini   Sao   (Ishtixon) g a,   Mochjo   (Bek -ch o‘r)   ismli   ikkinchi   o‘g‘lini   Mi
(Maymurg‘) shahriga hokim etib tayinla gan .  G urakdan so‘ng taxtga chiqqan shaxs	
ʻ
ismi uning nomidan zarb etilgan  tangalarda  twr γ ’r MLK’  yoki  twr γ ’r xšē δ  shaklida
uchraydi .   Bu   Xitoy   yilnomalarida   kel tirilgan   Doge   bo‘lishi   mumkin .   Turg‘ar
tangalari   xitoycha   kvadrat   shaklidagi   teshikli   bo‘lib 51
,   bu   Sug‘d da   Xitoy
tangalariga taqlidan tanga zarb qilinganligidan darak beradi. 
Sug‘d hukmdori sifatida  tangalarda  nomi  uchraydi gan  yana bir   hukmdor  ismi
tadqiqotchilar   tomonidan   Tu rak   ( MLK’   twrk )   deya   talqin   qilingan.   Uning
hukmronlik   yillari   boshqa   manbalar   orqali   ma’lum   emas.   Lekin   Turak   ismining
aynan ushbu shaklda o‘qilishi yang lish   bo‘lishi ham mumkin .   U shbu tangalardagi
yozuvlar talqini nati jasida Samarqand hukmdorlari VI asr oxiri – VII asr boshlariga
taalluqli   xw β   twrnyn   – “Turon hukmdori” (I tip)   yoki   xw β   twrnyn x’ γ ’n   – “Turon
hukmdori Xoqon” (II tip) iboralari bilan tanga zarb qilganliklari aniqlangan. Ushbu
51
  Смирнова О.И. Очер ки из истории Согда.  ... – С. 172.
28 sug‘diy yozuvli Samarqand tangalarining unvon va ikonog ra fik jihatlarini ularning
xoqonlikka bevosita aloqa dorligi bilan izohlanadi 52
. 
Tadqiq   etilayotgan   davrda   Samarqand   markaz   sifatida   konfederatsiya
hayotida   muhim   mavqyega   ega   bo‘lib,   bu   yerda   mamlakat   qonunchiligini   aks
ettiruvchi “ qonun lar majmuasi” saqlanadigan maxsus ibodatxona mavjud bo‘lgan.
Ibodatxonada   konfederatsiya   hukmdorlari   yilning   belgilangan   kunida   birgalikda
markazga   sadoqatlarini   ifodalash   maqsadi da   diniy   amallarni,   aniqrog‘i   qurbonlik
marosini  birga bajarishgan 53
. “B e y shi” va  “Suy shu” yilnomalari ning nashrlarida
yozilishicha,   “ Kan   (Samarqand)da   ibodatxonada   turadigan   tuzuklar   (majmuasi)
bor.   (Biron   bir)   jazoni   belgilashda   ushbu   tuzuklar   (majmuasi)ni   olib,   unga
asoslangan   holda   hukm   chiqaradilar”.   V.A.Livshis   taxminiga   ko‘ra,   mazkur
ibodatxona bilan   Nov. 3 va Nov. 4 raqamli sug‘diy   nikoh hujjatlarida O ttegin vaʻ
Dug‘dg‘uncha   orasida   nikoh   shartnomasi   tuzilgan   joy   sifatida   qayd   qilingan
“Qonunlar uyi” bitta joydir 54
. Ushbu qonunlar uyi mahkama hisoblanadigan bo‘lsa,
uning   Samarqand   yaqinidagi   Kofirqal’ada   bo‘lganligi   borasida   fikrlari     mavjud.
Kofirqal’ada   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   bu   yerdagi   muhrlarning   tahlili
ushbu   taxminga   kelishga   imkon   beradi.   Shuningdek,   Samarqandni   Sug‘dning
markazi   bo‘lganligini   hisobga   oladigan   bo‘lsak,   qonunlar   to‘plamining
Samarqandda bo‘lganligi ehtimoli yuqori 55
.
Xullas,   Samarqand   ixshidlari   tomonidan   VII   asr   ikkinchi   yarmidan   to   VIII
asrning   o‘rtalarigacha   zarb   qildirilgan   xitoy   taqlidi   tangalaridagi   sug‘diy   bitikda
Shishpir (640- yy.)‚ Varxuman (650- yy.)‚ Tukaspadak (690- yy.)‚ Mastich (698  –
700), Tarxun (700  –  710)‚ G urak (710 	
ʻ –  738)‚ Turg‘ar (738  –  750) kabi hukmdor
ismlari   o‘rin   olgan   bo‘lib,   ular   haqidagi   ma’lumotlar   asosan   xitoy   va   arabiy
manbalarda‚   qisman   esa   sug‘diy   hujjatlarda   uchraydi.   Ammo   ushbu
hukmdorlardan   oldin   ( VI   asrlar   o‘rtalaridan   VII   asrning   40-   yillarigacha)   yoki
52
  Бабаяров   Г.,   Кубатин   А.   К   новому   чтению   и   интерпретации   легенд   на   некоторых   доисламских   монетах
Самаркандского   Согда   //   Тарих   тафаккури.   “Баркамол   авлод”   йилига   бағишланган   Республика   тарихчи
олимларининг илмий ишлар тўплами / Масъул муҳар .  ва тузувчи: Ш.Ҳ. Воҳидов.  –  Бухоро: 2010. – Б. 26-29.
53
  Гафуров Б. Таджики. ... Кн. 1. – С. 315.
54
 СДГМ  II.  – С. 38.
55
 Ғойибов Б. Суғд конфедерациясида Панчнинг ўрни (илк ўрта асрлар). – Тошкент: Наврщз, 2012.   – Б. 45.
29 keyin hukm surgan sug‘diy hukmdorlarning ismi tangalarda joy olganligi bugungi
kunga qadar ma’lum emas. 
Konfederasiya markaziy hokimiyatiga bog‘liq bo‘lgan yana bir masala shuki,
VII  asr oxiri –  VIII  asr boshlariga taalluqli‚ deb taxmin qilinuvchi   shaklli tamg‘a
va turkiy qiyofali ikki shaxs “hukmdor” hamda “malika” tasvirli tangalarda  x ’ ttwn
– “xotun‚ malika” unvonli  tangalar    xoqonlik va konfederatsiya o‘rtasidagi  nikoh
rishtalari tufayli Samarqand hukmdorlari tomonidan zarb qilingan 56
. Bu esa Samar -
q and   hukmdorlarining   Turk   xo qon i   sharafiga   uning   unvonini   qo‘yib   tanga   zarb
qilganligidan va ayni shu yo‘l orqali  Sug‘dning konfederativ boshqa ruvini  saqlab
qolganliklaridan dalolat beradi.
Keyinchalik   esa   Samarqand   tangalarida   hukmdor   tasvirlari   o‘rnini   xitoycha
o‘rtasi to‘rtburchak teshikli tangalar egallaydi 57
. Bu esa xoqon likning o‘z vassallari
ustidan   nazorati   birmuncha   zaiflashgan   paytda   Samar qand   hukmdorlari   mustaqil
tangalarini Xitoy ta’sirida zarb qila boshla gan ligini bildiradi. 
Xitoy  yilnomalari   va   numizmatik  materiallarni   tahlil   qilinganda   shu   ma’lum
bo‘ladiki,   VII   asr   ikkinchi   yarmidan   to   shu   asrning   oxirigacha   bo‘lgan   vaqt
mobaynida   Samarqand   hokimiyatida   sulola   almashinuvlari   bo‘lib   turgan.   Bu
voqyealar   qisman   yozma   manbalarda   va   numizmatik   material larda   aks   etgan
bo‘lib‚   Samarqandning   an’anaviy   “sirtmoq”   shaklidagi   tamg‘asi   ( )   bilan
birgalikda boshqacha tamg‘alar o‘rin olganida ham ko‘zga tashlanadi 58
. 
Xullas   strategik   ahamiyatga   ega   hududda   joylashgan   Samarqand   Sug‘d
konfederatsiyasining   boshqaruv   markazi   bo‘lib,   ixshidlar   Samarqanddan   barcha
hududlar   ustidan   nazorat   qilganlar.   Konfederasiya   a’zolari   bo‘lgan   hukmdorliklar
Samarqandga   kelib   diniy   amallarni   birga   bajarish   orqali   konfederatsiyaga
birlashish   shartini   ado   etishgan.   Bu   yerdagi   ibodatxonada   “Xu   nizomi”   saqlanib,
ana   shu   nizom   asosida   davlat   ishlari   yuritilgan.   VII   asrning   o‘rtalarida
Samarqandda sulola almashinuvi  yuz bergan. Bu numizmatik ma’lumotlarda ham
56
  Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет . ... – С. 359-370 .
57
  Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет . ... – С. 316.
58
  Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет . ... – С. 92-93.
30 o‘z   aksini   topgan.   Bir   so‘z   bilan   aytganda   Samarqand   konfederatsiya   markazi
sifatida   voha   hayotida   yetakchi   o‘ringa   ega   bo‘lgan.   650-655   yillarda   Kesh
hukmdorligining   Sug‘d   konfederatsiyasining   markazlik   maqomi   uchun
harakatlarini   hisobga   olmaganda   Samarqand   mazkur   mavqyeda   doimiy   ravishda
turgan deyish asoslidir.
31 II I - BOB. JANUBIY SUG D – ʻ KESh AXURPATLARI 
Qashqadaryo   (Janubiy   Sug‘d)   vohasi   Pomir-Oloy   tog‘   tizmasining   g‘arbiy
tarmog‘ida   joylashgan   bo‘lib,   uning   yuqori   qismida   sharqdan   Shahrisabz   vohasi,
quyi   qismi   esa   g‘arbdan   Qizilqum   cho‘llari   orqali   o‘ralgan 59
.   Qashqadaryo
vohasida   shahar   madaniyatining   rivojlanishi   O zbekiston   hududidagi   boshqa	
ʻ
hududlarga   nisbatan   ancha   erta   boshlangan.   Hatto   ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘dning
birinchi   markazi   ham   Kesh   ( Kash-Kaš   /   Kishsh-Kiš )   bo‘lganligi   ma’lum.   Kesh
hozirgi  Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh
shahri   hozirgi   Kitob   o‘rnida   bo‘lgan   bo‘lsa,   keyinchalik   u   hozirgi   Shahrisabz
hududiga   ko‘chgan.   Kesh   janubda   Naxshab,   sharqda   Panjikent,   shimolda
Samarqand   va   janubi-g‘arbda   Buxoro   bilan   chegardosh   bo‘lgan.   Boshqa
hukmdorliklar   kabi   Keshning   chegaralari   tog‘   va   tog‘   oldi   hamda   pasttekisliklar
bilan chegarlangan.
Keshning   ilk   o‘rta   asrlar   siyosiy   tarixi,   bu   hududni   boshqargan   hukmdorlar
borasida ayrim tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘z davrida  S.K. Kabanov,
R.   Sulaymonov,   O.I.   Smirnova,   E.   Rtveladze,   M.   Is’hoqov,   Sh.   Kamoliddin,   G .	
ʻ
Boboyorovlarning   ishlari   alohida   ajralib   turadi.   Biroq   Sug‘d   konfederatsiyasi
tarkibida   Kesh   hukmdorligini   boshqargan   axurpatlar   faoliyatiga   doir   maxsus
tadqiqot amalga oshirilmagan. Bundan tashqari Keshning Sug‘d tarkibidagi siyosiy
maqomi, uni boshqargan  axurpat  unvonidagi hukmdorlarning kelib chiqishi, tanga
zarbi bilan bog‘liq ma’lumotlarga aksariyat tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan.
Arab   manbalarida   keltirilgan   Arg‘an,   Aru,   Balandarin,   Buzmajan,   Kashk,
Maymurg‘,   Kashkrud,   Ichki   Sankarda,   Tashqi   Sankarda,   Miyon   Kish,   Rasmain,
Rud, Siyam, Surruda, Jajrud, Xuzar, Xuzarrud kabi hududlarni o‘zida birlashtirgan
Kesh 60
 Turk xoqonligi davlati va undan oldin mavjud bo‘lgan Eftaliylar davlatining
muhim harbiy nuqtasi hisoblangan.
59
  Шишкина   Г.В.,   Сулейманов   Р.Х.,   Кошеленко   Г.А.   Согд   //   Д ревнейшие   государства   Кавказа   и   Средней
Азии. Археология СССР. – М . :  1985.  – С. 173-2 73 .
60
  Камалиддин   Ш.С.  Историческая  география   Южного  Согда   и  Тохаристана   по  арабоязычным   источникам
IX -начала  XIII  вв. – Ташкент: Ўзбекистон, 1996.   – С. 23-24.
32 Xitoy   manbalaridan   ma’lum   bo‘lishicha,   Szyuysha   viloyatining   poytaxti
Sishi   shahriga  VII  asrda  asos   solingan  mazmunida  fikr  mavjud  edi. Bu  esa   Kesh
shahrining   yoshini   aniqlashni   chalkashtiradi.   Lekin   keyingi   40   yil   davomida
amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   natijasida   Qashqadaryo   vohasida   shaharsozlik   mil.
avv. I ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlanganligini hamda shu asosda  Kesh
(Shahrisabz) ning 2700 yoshdaligi ilmiy jihatdan isbotlandi. 
So‘nggi   Ahamoniylar   davriga   oid   Nosir   Xalil   (London)   kolleksiyasidagi
oromiycha   hujjat   (Saul   Shaked   tomonidan   nashr   etilgan)   ham   Kesh   xususidagi
arxeologik   ma’lumotlarni   tasdiqlovchi   asosga   ega 61
.   Lekin   Keshning
konfederatsiya   tarkibidagi   holati   va   hukmdorlikning   Sug‘ddagi   siyosiy   maqomi
masalasi borasidagi fikrlar ancha tarqoq. 
Xitoy   yilnomalarida   Kesh   shahri   nomining   turlicha   keltirishi   shaharning
tashkil   topgan   davrini   aniqlashda   chalkashliklarga   sabab   bo‘lgan.   Kesh   toponimi
Kashkrud   nomi   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   bu   so‘z   gidronim   yoki   V.A.   Livshis
ta’kidlagani   kabi   antroponim   bo‘lishi   ham   mumkin.   Bundan   tashqari   milodiy   IV
asrga   daxldor   deb   qaralgan   Yuqori   Hind   vodiysidan   topilgan   563   chi   raqamli
yozuvda   xwt wn mk   ZK   kšyknδcʼ ʼ   –   Keshkanddan   (Kesh   shahridan)   Xutāvnāmak
iborasida Kesh shahar sifatida talqin etilgan.
Keshni   ilk   o‘rta   asrlarda   axurpat   unvonli   hukmdorlar   boshqarganligi
masalasiga   to‘xtaladigan   bo‘lsak   bu   avvalo   numizmatik   materiallar   asosida
oydinlashadi.   Keshda   zarb   qilingan   tangalarning   bir   qanchasida   sug‘diy   yozuvli
kšy’n’k   γ w β   ’’xwrp’t   –   “Kesh hukmdori Axurpat” jumlasi uchraydi. Panjikentning
topilgan   Kesh   tangalaridagi   yozuvni   O.I.   Smirnova   dastlab   βγy   –   bag‘a   “ilohiy”
deb uning orqa tomonidagi sug‘diy iborani  rγβ n k γwβ  γwrpt	
ʼ ʼ ʼʼ   – Rag‘fan Axurpati
deb   talqin   etgan   va   bu   bir   qator   yanglish   fikrlarga   yo‘l   qo‘ygan   edi.   Tangadagi
rγβ n k 	
ʼ ʼ iborasi   kšy’n’k  tarzida talqin qilinishi lozim. Iboradagi  - k 	ʼ va   - n k 	ʼ ʼ cug‘diy
61
  Кошеленко  Г.А. Новые   письменные  документы  по  истории   центральноазиатского региона  в древности   /
Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллик юбилейига бағишланган “Самарқанд шаҳрининг умумбашарий маданий
тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни”   мавзуидаги   халқаро   конференция   материаллари.   –   Тошкент-Самарқанд:
Фан, 2007.  – С.  52-54 .
33 tilda   ko‘proq   tegishlilik   ma’nosida   ishlatilgan.   Xuddi   shunday   so‘z   tuzulishi
s γ w δ y’n’k  (“sug‘dcha”, “sug‘diy”) iborasida ham ishlatilgan 62
. 
V.A.   Livshisning   ta’kidlashicha,   γwrpt   –   aaxurpat  ʼʼ iborasi   unvon   sifatida
Shopur I chi davrida ham ishlatilgan.   “Ka’bai Zardusht”da  Wārdan āxwar (r) pt –
Vardan   otxonasining   boshlig‘i   sifatida   talqin   etilgan   āxwar   (r)   pt   ayni   aaxurpat
so‘ziga   yaqin.   Bu   esa   ushbu   unvon   nafaqat   Sug‘dda   balki   unga   qo‘shni   bo‘lgan
Eronda ham ishlatilganligidan dalolat beradi.
Ushbu   ism   xitoy   yilnomalarida   720-yillarda   Xitoyga   elchi   yuborgan   Shi
(Kesh)   hukmdori   Axubido   shaklida   qayd   etiladigan   ism   bilan   tenglashti riladi.
Axurpat   ismi   esa   aslida   sug‘diycha   unvon   bo‘lib‚   ’’ γ wyrpt   –   aaxvirpat,   “otxona
boshlig‘i”,  “oxur (sayis)xona boshlig‘i” degan ma’noni bildiradi.   Mug‘ arxivining
V-9 hujjatidagi sug‘diycha   ’’ γ wyr   so‘zi asl so‘zning o‘zagini tashkil etib “otxona”
ma’nosini   bildirgan.   So‘zning   o‘zagidagi   “oxur”   so‘zi   ham   o‘zbek   va   tojik
tillaridagi otga yemish beriladi gan jihozni anglatadi. Otliqlar (kavaleriya) boshlig‘i
keyinchalik hukmdorlik darajasiga erishgan bo‘lishi mumkin.
“Axurpat” ismi va ayni paytda unvonining sug‘diy tangalarda uchrashi hamda
bir qator hukmdor ismlarining sug‘diy ekanligi Kesh hukmdorligida sug‘diy etnos
vakillari boshqarganligi fikrini kuchaytiradi.
Axurpat   tangalari   tadqiqotchilar   VII-VIII   asr   boshlariga   tegishli   deb   taxmin
qilingan.   Ta’kidlash   lozimki,   Kesh   hukmdorlarining   V-VI   asrlarda   zarb   qilgan
tangalari   va   ularning   talqini   masalasi   hanuzga   qadar   o‘z   yechimini   topganicha
yo‘q.
Edmond   Druen   tomonidan   VI   asrgacha   bo‘lgan   davrda   Kesh   hukmdorlari
tomonidan   zarb   qilingan   deb   taxmini   qilingan   Mozori   Sharif   (Afg‘oniston)
yaqinidan   topilgan   va   “oromiy-kushon”   tangalari   guruhiga   daxldor   deb
hisoblangan tangalar nashr etilgan. Bu tangalardagi sug‘diy kursiv yozuv (V asrda
vujudga   kelgan)   asosida   tadqiqotchilar   Sug‘d   konfederatsiyasining   Kesh
hukmdorligida   tanga   zarbida   V   asrdan   VIII   gacha   uzulish   bo‘lmaganligini
62
 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет.  ...  – С. 306-308.
34 ko‘rsatishga  harakat  qilishadi. Ushbu tangalarning Toxariston hududidan topilishi
ularning zarb qilingan hududlari bilan bog‘liq tasavvurlarni yanada boyitadi. Balki
sug‘diy hukmdorlar Xitoy ta’sirida kvadrat teshikli tanga zarb etganliklari kabi, VI
asrda   Keshda   sosoniylar   ta’sirida   tangalar   zarb   qilingandir 63
.   Yuqorida
ta’kidlangan   sosoniylar   davrida   aaxurpat   unvonining   mavjudiligi   borasidagi   fikr
ushbu taxminga asos bo‘lishi mumkin.
Keshning   konfederatsiya   tarkibidagi   o‘rnini   aniqlash   Kesh   hukmdorlari
tomonidan zarb qilingan tangalar tadqiqi bilan bog‘liq. Yuqorida ta’kidlanganidek,
Kesh bir muddat Sug‘d konfederatsiyasi ning markazi (poytaxti)ga aylangan. Ayni
mana   shu   davrda   Kesh   hukmdorlari   o‘ng   yuzasiga   podsho ,   orqasiga   shersimon
mahluq bilan jang qilayotgan hukmdor  tasviri tushirilgan tangalar zarb ettirganlar. 
Sug‘dshunos   V.A.   Livshisning   ta’kidlashicha,   O.I.   Smirnovaning   ushbu
tangalardagi sug‘diy yozuvni   kwš[ n] βrz – ʼ “kushoniy, kushonga oid” talqin etishi
S.K.   Kabanovning   Qashqadaryo   vohasida   so‘nggi   kushonlarning   manzilgohlari
bo‘lganligi   to‘g‘risidagi   taxminni   ilgari   surishiga   sabab   bo‘lgan   edi 64
.   Dastlab
xioniylar   so‘ngra   kidariy   va   eftaliylar   tarkibiga   singib   ketgan   kushonlar
manzilgohlarining Sug‘dning Naxshab hukmdorligi hududida bo‘lganligi ehtimoli
ham   yo‘q   emas.   Lekin   ma’lumot   bahsli   va   isbot   talab.   Bundan   tashqari
tangalardagi   kwš[ n]	
ʼ   jumlasining     “kushoniy”   yoki   “kushonga   oid”   deb   talqin
qilinishi   Janubiy   Sug‘ddagi   so‘nggi   Kushon   hukmdorlariga   taqlidan   tanga   zarb
qilinganligidan   darak   berishi   mumkin.   Chunki,   Markaziy   Sug‘dda   Xitoy   ta’sirida
tanga   zarb   etilgani   kabi   Janubiy   Sug‘dda   kushonlarga   taqlidan   tanga   zarb
etilgandir.
Kesh axurpatlari tangalari tadqiqotchilar tomonidan VII – VIII asr boshlariga
taalluqli deb hisoblangan. VIII  asr  boshlarida Kesh arablar  tomonidan egallangan
bu yerda boshqaruv arablar tomonidan tayinlangan noib tomonidan olib borilgan.
VIII   asrning   ikkinchi   yarmida   zarb   etilgan   Kesh   tangalarida   arabiy   yozuvda
63
 Лившиц В.А. Согдийская эпиграфика Средней Азии и Семиречья. – СПб.: 2008.   –  С. 276-278.
64
 Лившиц В.А. Согдийская эпиграфика Средней Азии и Семиречья. …   –  С. 277. 
35 aversda “Kesh  dehqoni  Ixrid”  va reversda  “Bu  tanga Keshda  zarb etilgan” degan
ibora aks ettirilgan.
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   lozimki,   musulmon   manbalarida   Kesh   hukmdorlari
ixrid   deb   keltiriladi.   M.   Is’hoqovning   fikriga   ko‘ra,   ixrid   deb   tushunib   kelingan
unvon   paleografik   jihatdan   manbalarda   chindan   ham   shunday   o‘qiladi.   Biroq,   bu
unvonning tarkibidagi - r - harfi Janubiy Sug‘d mintaqasida  -sh-  deb o‘qilishi lozim .
Bunday noyob paleografik hodisa Janubiy Sug‘dga qo‘shni Baqtriyada amal qilgan
yunon-baqtriy yozuvidagi me’yor ta’sirida yuzaga kelgan. Baqtriy yunon yozuvida
resh   harfi   shin   uchun   ishlatilgan.   Buning   fonologik   ma’nosi   ushbu   tovushlarning
o‘zgarishi   o‘rni   birligi,   talaffuzda   esa,   biri   tor   oraliq   shovqinli,   ikkinchisining
talaffuzi titroqligi bilan belgilanadi. Boxtariy yunon yozuvida esa   shin   uchun   resh
dan foydalanish kabi  qabul qilingan paleografik usul  bir  muddat “milliy” sug‘diy
yozuvning   janubiy   mintaqa   amaliyotiga   ta’sir   qilgan.   Biroq,   bu   amaliyot   keng
tarqalmagan.   Shu   sababli,   ixrid   atamasi   tarixan   ixshid   atamasining   mahalliy
varianti   deb   hisoblanishi   lozim 65
.   Sug‘dning   markaziy   hokimiyatlar   bo‘lmish
Samarqand   ( ixshid )   va   Keshda   ( ixrid )   qo‘llanilgan   hamda   negizi   bir   bo‘lgan
unvonlarning   mavqyei   nafaqat   Sug‘dda,   balki   mintaqaning   boshqa   voha
hukmdorliklarida   ( mas.   Farg‘onada)   ham   yuqori   bo‘lganligi   ko‘zga   tashlanadi.
Lekin   manbalarda   bevosita   ixrid   va   axurpat   unvonidagi   hukmdorlarning   qay   biri
yuqori turishi xususida ma’lumot keltirilmaydi.     
Konfederasiya   taraqqiy   etgan   VII   asrdan   boshlab   Keshning   Sug‘d
konfederatsiyasi markazligiga da’vosi yanada kuchaydi. Bu haqda tizimli ra vishda
ma’lumotlar  keltirilgan manba  xitoy yilnomalari  bo‘lib, ularga  ko‘ra,  Keshni   640
yilgacha  Ticho (Dichje)  ismli hukmdor boshqarib, uning hukmronligi davrida Kesh
Sug‘dning   markaziga   aylangan.   Xitoy   yilnomala rida   keltirilishicha,   Kesh
hukmdorlaridan   Shashebi   (sug‘d.     šyšpyr   –   Shish pir )   (sug‘diy   tildan   so‘zma-so‘z
“Din   (zardushtiylik   ?)   targ‘ibotchisi”   deb   tarjima   qilingan)   davrida   642   yilda
Xitoyga elchilik yuborilgan. Bu esa Keshning Sug‘d konfederatsiyasining markazi
65
  Исҳоқов   М.   Суғдиёнада   “ихшид”   ва   “ихрид”   унвонлари   ҳақида   /   Ўзбек   давлатчилиги   ва   маданияти
тарихида жанубий Ўзбекистоннинг ўрни. Республика илмий анжумани. – Қарши: 2011. – Б. 64-65.
36 sifatida   mustaqil   tashqi   siyo sat   olib   borganligidan   va   ushbu   hukmdorlikning
markazlik maqomi Shishpirdan oldingi davrga daxldor ekanligidan dalolat beradi.
Konfederasiya   hukmdorlarining   xususiyatlaridan   biri   ham   mustaqil   tashqi
faoliyatni   amalga   oshirishida   edi.   Shishpir   650   yoki   655   yilargacha   taxtni
boshqargan   va   Xitoy   yilnomalariga   ko‘ra,   uning   hukmronligi   davrida   Sug‘d
konfederatsiyasining   markazi   Kesh   bo‘lgan   deb   keltiriladi.   Shishpir   tomonidan
zarb   qilingan   tangalar   (tangalarda   ushbu   hukmdor   ismi   š y š pyr   MLK  ʼ deb
keltiriladi)   ushbu   hukmdorning   Varxuman   taxtga   o‘tirganidan   keyin   ham   Keshni
idora etganligi borasidagi fikrga kelishga turtki bo‘ladi. Shishpir va undan keyingi
Kesh   hukmdorlari   zarb   etgan   tangalarda   konfederatsiya   markazi   Samarqand
tangalaridagi     shakllarning   mavjudligi   bu   taxminga   kelishga   sabab   bo‘ladi.
Ushbu hukmdor  davrida Sug‘dda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  xususida
manbalarda ma’lumotlar qariyb yo‘q hisobi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Kesh hukmdorligi tanga zarbiga ega edi. Bu dav -
rda   ma’lum   muddat   Kesh   hukmdorlari   Sug‘dda   yetakchilik   qilganligi   haqidagi
yozma   manbalardagi   ma’lumotlarni   numizmatik   materiallar   ham   tasdiqlaydi.
Xususan‚   VII   asr   o‘rtalarida   zarb   qilingan   ba’zi   Samarqand   tangalarida   Kesh
hukmdorligi tangalarida uchraydigan triskeles shaklli   tamg‘a uchraydi 66
. 
Sug‘d konfederatsiyasida Kesh hukmdori Shishpirning hukmronligi taxminan
644 yildan 655 yilgacha 10 yildan ortiqroq vaqt davom etgan. Samarqand taxtiga
Varxuman   (Avarxuman)   -   β ’r γ wm’n   (655-675)   kelgach,   butun   Sug‘d   markaz
Samarqandga bo‘ysundirila boshlandi. 712 yildagi G urak va Qutayba o‘rtasidagi	
ʻ
“Samarqand   shartnomasi”ga   ko‘ra,   Sug‘d   hududiga   Keshning   ham   kiritilganligi
shundan dalolat beradi. 
Tadqiqotchilar   xitoy   yilnomalari   va   arab-fors   manbalaridagi   ma’lumotlarga
asoslangan holda Keshni Dichje (600-640), Shashebi (Shishpir; 640-650), Shi-Axe
(650 yillar), Vek (720 yillar), Xubido (727), Yandun (730-738), Sы-ginti (Ishkand;
738-741), Ixrid (751), Taran (752) kabi  hukmdorlar  boshqarganligini keltirishadi.
66
 Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет.  Бронза. ...  – С. 37-38
37 Lekin   ushbu   hukmdorlarning   hukmronlik   yillarida   yuz   bergan   tarixiy   jarayonlar
to‘g‘risida manbalarda ma’lumotlar juda kam.
Xitoy   manbalarida   keltirilgan:   “ Keshda   har   bir   qurbonlik   keltirish   marosi -
mida   mingtagacha   qo‘y   so‘yiladigan   ibodatxona   bor.   Har   bir   urushga   ketish dan
oldin   shu   yerda   ibodat   amalga   oshiriladi.   ...” 67
.   mazmunidagi   ma’lumot
Veretragna   (urush   ilohi)   haykalining   Keshda   bo‘lganligidan   darak   beradi.   Ushbu
ma’lumot   konfederatsiyaga   birlashishning   shartlaridan   biri   diniy   amallarni   birga
bajarish bilan bog‘liq bo‘lib, konfederatsiya hukmdorliklari urushdan g‘alaba tilab
o‘z   ilohlariga   qurbonlik   keltirishgan.   Gap   shundaki,   konfederatsiya   a’zolari
o‘zlarining markazga tobeliklarini hukmdor saroyidagi ibodatxonada bajariladigan
qurbonlik marosimi – diniy  amali bilan isbotlashgan. Bu esa Keshning bir muddat
konfederatsiya markazi bo‘lganligi masalasini yanada kuchaytiradi. 
Konfederasiya markazi Keshning so‘nggi hukmdorlari haqida ilk islom davri
tarixchilaridan Tabariy shunday deydi: - “Hijriy 134 (751) yilda Abu Davud Xolid
bin Ibrohim Keshga yurish qilib, uning podshosi Ixridni, uning ko‘plab dehqonlari
bilan   birga   o‘ldirdi   va   ukasi   Taranni   o‘rniga   Keshga   hukmdor   etib   tayinladi”.
Tarandan   keyin   konfederatsiya   Kesh   taxtini   boshqargan   sug‘diy   hukmdor
bo‘lganligi ma’lum emas. Undan keyingi hukmdorlar arablar noibi sifatida ish olib
borgan.
Arablar   bosqini   davrida   ular   Keshda   o‘zlarining   harbiy   istehkomini   barpo
etishgan. Arablar 710 yilda Keshni egallaganlaridan so‘ng konfederatsiya markazi
Samarqand   shuningdek,   Farg‘ona,   Choch,   Turk   xoqonligi   koalisiya siga   qarshi
kurashda nasaflik va keshliklardan ham foydalanishgan.    
Arablar   Xitoyga   qarshi   751   yilda   Talos   jangida   ularga   jiddiy   zarar
yetkazishdi.   Aftidan   shu   davrdan   boshlab   Xitoyning   Markaziy   Osiyo   davlatlari
bilan aloqalari sustlashgan ko‘rinadi va Kesh hukmdorlari ham ayni shu yillardan
arablar tomonidan tayinlangan noiblar tomonidan tangalar zarb etishgan.
67
  Бичурин Н.Я. (Иакинф) Собрание сведений. … II.  – С.  311-318.
38 Demak,   Sug‘d   konfederatsiyasidagi   Kesh   siyosiy   va   iqtisodiy   barqaror,
ma’mu riy  boshqaruv   tizimiga  ega   bir  necha   mulklarni  o‘zida  mujassamlashtirgan
hukmdorlik bo‘lib, o‘z tanga zarbiga ega bo‘lgan.   “Kesh hukmdori Axurpat” jum -
lasi   aks ettirilgan tangalar  bundan darak beradi. Sug‘d konfederatsiyasi  tarixidagi
o‘z   yechimini   to‘liq   topmagan   muammolar dan   biri   bu   Keshning   konfederatsiya
markazi   (poytaxti)   bo‘lganligidir.   Xitoy   yilnomalarida   Shishpir   hukmronligi
davrida Sug‘dning markazi Kesh bo‘lganligi keltiri ladi. Markazlik maqomi uchun
Samarqand   va   Kesh   o‘rtasidagi   bo‘lgan   kurashlar   natijasida   Shishpir   taxtdan
ag‘darilib,   uning   o‘rniga   Varxuman   keladi   va   konfederatsiya   markazi
Samarqandga   ko‘chadi.   Kesh   10   yilcha   Sug‘d   konfederatsiyasining   markazi
bo‘lgan.   Numizmatik   ma’lumotlar   ham   bunga   oydinlik   kiritadi.   Bundan   tashqari
xitoy   yilnomalarida   keltirilgan   Kesh dagi   qurbonliklar   ibodatxonasi   mazmunida
fikr buni yana bir marotaba tasdiqlaydi. 
Sug‘d   konfederatsiyasidagi   hukmdorliklarning   markazga   tobeligi   turlicha
bo‘lib, bu borada Keshning konfederatsiya markazi Samarqandga tobe bo‘lganligi
masalasida yana ko‘plab dalillar ega ehtiyoj bor. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar
tahlili   Kesh   o‘z   salohiyati   bilan   Sug‘d   konfederatsiyasida   Samarqanddan   keyingi
mavqyeda turganligidan darak beradi. 
39 IV- BOB. ShARQIY SUG D - ʻ PANCh HUKMDORLARI VA
HUKMDORLIKDAGI SIYoSIY JARAYoNLAR 
Zarafshon   vohasi   Yevroosiyo   materigining   markazida   joylashgan   bo‘lib,
uning o‘lchamlari sharqdan-g‘arbga 781 km.ni, o‘rtacha kengligi (vohaning yuqori
qismidagi 4-5km.dan, Buxoro vohasida 60-70 km.gacha) taxminan km.ni umumiy
maydoni 31ming km 2 
ni tashkil qiladi. 
Vodiyning hozirgi O zbekiston hududiga tegishli qismining uzunligi 480 km	
ʻ
bo‘lib,  bu hududda bir-biri bilan tabiiy chegaralari orqali ajralib turuvchi uch voha
(Samarqand, Buxoro va Qorako‘l) joylashgan. 
Muhim   strategik   nuqtada   joylashgan   sug‘d   turli   bosqinlar   va   istilolar
markazida bo‘lgan. Jumladan, Mil. av. VI asrlarda Eron ahamoniylari, mil. av. IV
asrda   Aleksandr   Makendonskiy   Sug‘dni   o‘z   davlatining   tarkibiy   kismiga
aylantirgan.   So‘ngra   bu   yerda   Yunon-Baqtriya   hukmdorlari   podsholik   qilganlar.
mil.   av.   VI   asr   o‘rtalaridan   to   milodiy   II   asrga   qadar   Sug‘d   qisman   Kushon
saltanati   tarkibida   bo‘ldi.   Kushonlardan   keyin   tashkil   topgan   kidariylar,   xioniylar
va   eftaliylar   davlatining   negizini   ham   aynan   Sug‘d   tashkil   etgan   edi.   Nihoyat   VI
asr   o‘rtalaridan   Sug‘d   Turk   hoqonligi   tasarrufida   bo‘ldi.   Garchi   turli   davlatlar   va
sulolalar   Sug‘dda   hukmronlik   qilgan   bo‘lsalarda,   bu   o‘lka   o‘zining   ichki
ma’muriy-mahalliy boshqaruvini saqlab qoldi 68
.
Ilk   o‘rta   asrlar   Sug‘d   konfederatsiyasining   Panch   mulki   esa   Sug‘d   tarkibida
bo‘lib turib, avtonomiya huquqini talab qilgan hudud hisoblangan. (Shuni alohida
ta’kidlash lozimki Sug‘d konfederatsiyasi  tarkibidagi Panch mulki tarixini alohida
o‘rganish ham fan oldida dolzarb muammodir).
Arxeologik   va   numizmatik   ma’lumotlar   shuningdek   arab   manbalariga
tayangan   holda   Pang   mulki   tarixining   asosiy   mavjud   bo‘lgan   davrini   aniqlash
mumkin. Bu boradagi dastlabki ishlarni numizmatik manbalarga asoslangan holda
O.I.Smirnova amalga oshirdi.
68
 Гафуров Б.Г. Таджики. Кн.1. …  – С. 315.
40 Arxeologik   ma’lumotlarga   asoslangan   holda   aytish   mumkinki,   qadimgi
Panjikentni   milodiy   V   asrda   vujudga   kelib   VIII   asrning   70-80   yillarida   o‘z
mavjudligi to‘xtatgan.
Numizmatik   manbalar   esa   Panch   hukmdorlarining   o‘z   nomidan   tanga   pullar
zarb etganligini tasdiqlaydi. Bunday tangalar fanga VIII asrning ikkinchi yarmidan
ma’lum.   Numizmatik   manbalarga   asoslanib   Panch   VIII   asr   ikkinchi   yarmidan
keyin   hukmronlik   qilgan   hukmdorlarinigina   biz   bilamiz.   Undan   oldingilari
to‘g‘risida   afsuski   ma’lumotlar   yo‘q.   Bunday   tangalar   Samarqand   Sug‘didan,
Buxoro vohasidan  (Paykend), Xuttalondan, Farg‘ona vodiysidan  ( Q uva)  topilgan.
Bu   esa   Panch   hukmdorlari   davrida   iqtisodiy   savdo   munosabatlari   ravnaq
topganligidan dalolat beradi.
Numizmatik   manbalarda   mavjud   bo‘lgan,   bizga   ma’lum   bo‘lgan   Panchning
birinchi hukmdori G amaukyan (yoki Xamaukyan) dir. «Panch afshini Amogyan»ʻ
MR’Y’n   deb   o‘qishdan   ko‘ra,   O.I.Smirnova   bu   hukmdorning   nomini   tangalarda
pncy   mr’γ   γ’m’wky’n   «Panch   hukmdori   G amaukyan»   deb   talqin   etishni   ta’qul	
ʻ
hisoblaydi.   MR’Y   //   MRY’   ideogrammasi   sug‘dchadan   «hukmdor»   deb   tarjima
qilinadi. Sug‘d yozuvida  MR’Y’n  shakli va sug‘d yodgorliklarida  afšĭn  unvoni ham
uchramaydi. 69
Gamuakyan   sug‘dcha   nom   bo‘lib,   «ilohiy   tuhfa»   degan   ma’noni   anglatadi.
Panjikentdan   topilgan   numizmatik   manbalarga   asoslangan   holda   G amaukyan,	
ʻ
Chakin Chur  Bilgadan oldingi hukmdor  deyish mumkin. Chakin Chur Bilgani  15
yil   ya’ni   709   yilgacha   hukmronlik   qilgan   deb   aytadigan   bo‘lsak,   u   holda
G amaukyanning   hukmronlik   davri   VII   asrning   2-chi   yarmiga   (70-80   yil)   to‘g‘ri	
ʻ
keladi 70
.
Sug‘d   hukmdorlarining   shajarasini   tiklashda   hozirgacha   baxslarga   sabab
bo‘luvchi   asos   bu   Sug‘da   yil   hisobini   har   bir   hukmdorning   taxtga   chiqqanidan
bashlanganligidir.   O rganilayotgan   Panch   hukmdorlari   shajarasi   ham   bundan   xoli	
ʻ
emas.
69
 СДГМ  II . –   С.   50.
70
 Лившиц  В.А.  Правители Панча.  ...  – С. 57.
41 Mug‘   tog‘i   sug‘d   hujjatlarida   G amaukyandan   keyingi   hukmdor   sifatidaʻ
Bichut   o‘g‘li   Chakin   Chur   Bilga   tilga   olinadi.   Sug‘dshunos   olim   M.Is’hoqov   bir
turkum Mug‘ tog‘i sug‘d hujjatlarini o‘zbek tiliga nashr ettirib, unda Chakin Chur
Bilgani Sug‘d viloyatlaridan biri bo‘lgan «Baxt podshosi va Sug‘d hukmdori» deb
ta’kidlaydi 71
. Chakin Chur Bilganing aniq hukmronlik qilgan yillari ma’lum emas.
Uning   nomidan   tuzilgan   hujjatlarga   asoslanib   bu   hukmdor   Panch   mulkini   15   yil
boshqargan   degan   to‘xtamga   kelish   mumkin.   Hujjatlarga   asoslanib   Chakin   Chur
Bilga. Devashtichdan oldin hukmronlik qilgan va bu ikki hukmdor orasida boshqa
hukmdor   bo‘lmaganligini   bilsak   bo‘ladi.   U   holda   Chakin   Chur   Bilganing
hukmronlik yillari 693-708 yoki 691-706 yillarga to‘g‘ri keladi. U ham Devashtich
kabi unvonga (pncy MR`Y) ega bo‘lgan.
Chakin Chur  Bilganing  to‘liq unvoni  «Baxt  (yoki  Kasht)  podshosi  va Panch
hukmdori»   bo‘lgan.   Lekin   uning   «Baxt   yoki   Kasht   podshosi»   unvoni   kabi
nomlanishi boshqa manbalarda uchramaydi. «Kasht» bu hozirgi «Kshtut» bo‘lishi
mumkin. 72
M.Is’hoqov bir turkum sug‘d hujjatlarining o‘zbekcha nashrida Chakin Chur
Bilganing   turkiy   aholi   orasidan   chiqqanligi   keltiriladi.   Shuningdek   olim   Chakin
Chur   Bilga   ismini   qadimgi   turkiy   ismlar   bilan   solishtirgan.   Unga   ko‘ra   bu   ismni
uch qismga bo‘lib izohlagan: Chakin – ism, Chur – martaba, Bilga – sifat. Asosiy
qism «Chakin» so‘zining etimologiyasini Chiyqon so‘zi bilan bog‘lash mumkindir.
Bundan  tashqari   Chakin  so‘zini  A-9,5,7;   V-17,14  kabi   hujjat  matnlarda  uchragan
shikan   yoki   shaykin   («lashkarboshi»)   so‘zi   orqali   izohlash   mumkinligini
M.Is’hoqov isbotlab bergan.
Shuningdek olim ismning ikkinchi qismi bo‘lgan Chur so‘zini ko‘plab manba
va   hujjatlarga   asoslanib   Chura   ismi   hozirgi   Jo‘ra   ismining   qadimgi   shakli
emasmikan degan xulosaga kelib bu so‘zning ma’nosini filologik nuqtai nazardan
izohlab bergan.
71
 Исҳоков М. Унитилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: Фан, 1992. – Б. 33.
72
 Смирнова О.И. Каталог монет с городище Пенджикент. – Москва, 1963. – С. 11.
42 Bilga   so‘zi   shaxs   nomlarining   tarkibida,   ba’zida   esa   mustaqil   ism   sifatida
«donolik,   donishmandlik»   ma’nolarini   ifodalashi   ma’lumdir 73
.   Bundan   tashqari,
yuz   yillar   davomida   arab-fors   tarixiy   an’analarida   Devashtichdan   oldingi
hukmronlik qilgan shaxs sifatida «Chur podsho» tilga olinadi.
Chakin   Chur   Bilgadan   so‘ng   taxtga   chiqqan   shaxs   Yodxshetaka   o‘g‘li
Devashtichdir. 74
  Mug‘   chog‘i   sug‘d   hujjatlarida   Devashtich   709   yilda   Taxtga
chiqqanligi   keltiriladi.   Panjikent   taxtida   o‘tirgan,   bizga   ma’lum   bo‘lgan   uchchala
(G amaukyan,   Chakin   Chur   Bilga,   Devashtich)   hukmdor   ham   qarindoshʻ
bo‘lmaganlar. Shunday ekan «Panjikent sulolasi» haqida gapirishga asos yo‘q. Bu
uchchala   hukmdordan   tashqari   O.I.Smirnova   numizmatik   manbalarga   asoslangan
holda   yana   ikkita   bizga   nomi   ma’lum   bo‘lmagan   malikalarning   ham   Panchda
hukmronlik qilganliklarini ilmiy izohlagan.
Xitoy   yilnomalaridagi   ma’lumotlarga   ko‘ra,   butun   Sug‘dda,   shuningdek
Ustrushanada, Chochda, Farg‘ona va Xorazmda Kan (Samarqand) «xonadoni» ga
mansub   kelib   chiqishi   yuyechjilardan   bo‘lgan   chjaou   unvoniga   ega   bo‘lgan
hukmdorlar   davlatni   boshqarganlar.   Afsonaviy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   bu
an’anani ayniqsa VII-VIII  asrga oid bo‘lgan ma’lumotlarni  tahlil  qilganda yaqqol
ko‘zga tashlanganligini ko‘rish mumkin.
Taxtning   otadan   o‘g‘ilga   o‘tishi   yoki   saylash   (masalan:   Xitoy   manbalarida
Tarxunning   Sug‘d   hukmdori   etib   saylanganligi   keltirilgan)   hollari   ham   ehtimoli
ham   ilk   o‘rta   asrlar   Sug‘di   uchun   xos   xususiyatdir.   Bu   hol   Panjikentda   ham
bo‘lishi mumkin.
Yuqorida   aytib   o‘tilgan   I.Yu.Krachkovskiy   tomonidan   Mug‘   tog‘i   Sug‘d
hujjatlari   orasidagi   arab   tilidagi   hujjatning   ajoyib   tarzda   talqin   etilishi   ko‘pgina
tarixiy   voqyeliklarga   oydinlik   kiritdi.   Bunda   I.Yu.Krachkovskiy   Devashtichni
«Divastich»  deb  talqin etgan.  Devashtich  islomni   qabul  qilgandan  keyin  ham  o‘z
ismini o‘zgartirmagan.
73
 Исҳоқов М. Унитилган подшоликдан хатлар. … – Б. 17.
74
 СДГМ  II . – С. 57.
43 Bunga o‘xshash ismlar manbalarda VII-IX asrgacha ko‘p uchraydi. Sug‘d va
Ustrushonada   islomiy   nomlashlar   ham   ana   shunga   o‘xshash   bo‘lgan.   Masalan,
ustrushonalik   Abul-Sadj   Devdad   ibn   Devdast.   Az-Zabidiyning   «Taj   al-Arus»
(XVIII asrning oxiri) kitobida Devashtichning nomi forschadan «jin bilan» degan
ma’noni   anglatadi   deb   keltiriladi.   Mug‘   tog‘idan   topilgan   arab   tilidagi   hujjatda
keltirilishicha, 710 yilda vafot etgan Sug‘d hukmdori Tarxunning o‘g‘li Devashtich
qo‘lida   bo‘lgan.   Bizningcha   bu   Devashtichning   Sug‘d   taxtiga   da’vogarlik   qilishi
uchun asos bo‘lishi mumkin. 712 yildagi Samarqand shartnomasiga asosan arablar
tomonidan   rasman   tan   olinib,   737   yilgacha   hukmronlik   qilgan   va   o‘z   nomidan
Sug‘dda   tanga   pullar   zarb   qilgan   G urak   Mug‘   tog‘i   Sug‘d   hujjatlari   biror   martaʻ
tilga olinmaydi 75
.
A.A.Freymanning   ma’lumotlariga   ko‘ra,   Devashtich   ikki   yil   davomida
«Sug‘d   podshosi   Samarqand   hukmdori»   unvonini   o‘zida   saqlagan.
V.A.Livshisning   yangi  fakt  va  manbalar   asosida  Devashtich   podsho  unvoni  bilan
ish   ko‘rgan   yilni   717/718-19   yillar   ekanligini   M.Is’hoqov   bir   turkum   Mug‘   tog‘i
Sug‘d   hujjatlarining   o‘zbekcha   nashrida   keltiradi.   Chunki   A-14   hujjatining
yozilishi ana shu ikki yildan biriga to‘g‘ri keladi deb ko‘rsatiladi 76
. Devashtichning
podsho   unvoni   bilan   ish   ko‘rgan   yili   Mug‘   tog‘i   Sug‘d   hujjatlarining   ikkitasida
keltiriladi.   Qolgan   bunday   unvon   keltirilgan   hujjatlarning   sanasi   yo‘q.   Lekin
Devashtichning   qaysi   ikki   yil   Sug‘d   podshosi   bo‘lganligi   yoki   G urak   o‘rniga	
ʻ
taxtga o‘tirganligi to‘g‘risidagi fikrni isbotlovchi fakt yo‘q.
Tabariyning   yilnomasida   ham   Devashtichni   podsho   deb   emas   «Samarqand
ahli   dehqoni»   deb   keltiriladi.   Shuningdek   Sug‘ddan   topilgan   tangalarning
birortasida   ham   Devashtichning   nomi   uchramaydi.   Devashtich   Tarxun   q olaversa
G urak va Afarunlarning opasi yoki singlisi bo‘lgan Panch malikasi Nana nomidan	
ʻ
tanga   pullar   zarb   qilgan.   Shunday   ekan   Devashtich   davrida   Panjikent   har
tomonama kuchayib Samarqand taxtiga da’vogarlik qilgani aniqlangan .
75
 Лившиц В.А. Правители Панча. … – С. 61.
76
 Исҳоқов М. Унитилган подшоликдан хатлар. … – Б. 7.
44 Biz   ko‘proq   Devashtichning   Panjikent   hukmdori   bo‘lgan   davri   bilan
qiziqadigan   bo‘lsak,   u   Panjikent   taxtida   14   yil   davomida   turgan.   Agarda   14-chi
yilni   uning   hukmronligining   oxiri   va   vafoti   (722   y)   deb   hisoblaydigan   bo‘lsak.
Arab   xalifaligi   kuchlariga   qarshi   kurashgan   vatanparvar   shaxslardan   biri
Devashtich   bo‘lganligi   yuqorida   ta’kidlandi.   Devashtich   tomonidan   yo‘llangan
ko‘pgina   maktublarda   u   o‘zini   sγwδyk   MLK’   sm’rknδč   MRY’   δyw’štyc   –   «Sug‘d
podshosi Samarqand hukmdori Devashtich» deb ataydi 77
.
Mug‘   tog‘idan   topilgan   V-4   hujjatida   ham   «Sug‘d   podshosi   Samarqand
hukmdoriga»   deb   maktub   yuborilganligi   ma’lum.   Bu   o‘z   navbatida
Devashtichning   ma’lum   vaqt   Samarqand   hukmdori   bo‘lganligini   bildiradi.
Devashtichning o‘z-o‘zini emas, balki uning nomiga yo‘llangan maktublarda unga
nisbatan   ana   shunday   murojaat   qilingan.   I.1   raqamli   Abdurahmon   ibn   Subhning
(Abdurahmon   ibn   Subh   720-721   yillarda   Sug‘dda   faoliyat   olib   borib,   Said
Xaroshiyning   Devashtich   faoliyatini   nazorat   qilib   turuvchi   vakili   bo‘lgan)
maktubida Devashtichga ana shunday murojaat shakli o‘rin olgan.
Devashtichdan   oldin   taxtni   boshqargan   G amaukiyon,   Chakin   chur   Bilgaʻ
qarindosh bo‘lishmagan. Bu esa Panchda taxt nasldan-naslga o‘tmagan deb taxmin
qilishga imkon beradi. Shunday ekan sulolaviy boshqaruv ham mavjud bo‘lmagan.
Lekin Panch hukmdorlarining sulolaviy jihatdan bir-biriga bog‘liqliklari to‘g‘risida
ma’lumotlar ham yo‘q emas. 
Tadqiqotchilar   Devashtichning   kelib   chiqishini   sug‘diy   hisoblash   bilan
birgalikda,   uning   bir   tarmog‘i   turkiylarga   borib   taqalishini   ham   ilgari   suradilar.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Devashtichning ajdodlari Bahrom Go‘r (421-438) asos
solgan   “Mikola   xonadoni”ga   borib   taqaladi.   V.A.Livshis   Devashtichning   otasi
Ywδ’γšytk = Yōδxšētak   –   Yodxshetak   ismini     so‘zma-so‘z   tarjima   qilib   “jangda
yarqiragan, porlagan” shaklida o‘girib, ushbu ismni eroniy til guruhiga mansub deb
ta’kidlaydi.   Ayni   tadqiqotchi   manbalarda   keltirilgan   Devashtich   shajarasida   Shur
ismi   uchrashi,   bu   esa   turkiy   “chur”   unvoniga   aloqador   ekanligini   yozadi 78
.   Shu
77
 СДГМ II. – С. 64.
78
 Лившиц В.А. Правители Панча. ... – С. 27-39.
45 tariqa, Devashtichning eroniylashgan   “chur”lar   sulolasiga mansub desak, u holda
V-14   hujjatiga   ko‘ra,   Devashtich   Yodxshetak   o‘g‘lining   turkiy   Chakin   chur
Bilgadan so‘ng, 708 yilda Panch hukmdorligi taxtiga kelishi tasodif emasligi ayon
bo‘ladi. 
Numizmat   olima   O.I.Smirnova   Panch   hukmdorlari   orasidagi   sulolaviy
bog‘liqlikni ular tomonidan zarb qilingan tangalardagi sulolaviy tamg‘a-belgilarga
asoslangan   holda   izohlashga   harakat   qiladi.   Tangalardagi   sulolaviy   belgi   –
tamg‘alar   hukmdorlar   o‘rtasidagi   nasliy   bog‘liqlikni   ifodalagan   bo‘lib,   bu
belgilarda   ayrim   qo‘shimchalar   bilan   shakliy   jihatdan   o‘xshashlik   ko‘zga
tashlanadi. Bu esa davlat ramzlaridan biri bo‘lgan tangalardagi belgi-tamg‘alarning
saqlab   qolishga   harakat   qilinganligidan   dalolat   beradi.   Shunga   o‘xshash   fikr
Dj.Ya.Ilyasov   tomonidan   ilgari   surilib,   tadqiqotchi   tangalardagi   belgilarni
eftaliylar davriga tegishli bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. 
Panch hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalardagi   tamg‘alarda turkiy
tamg‘a   elementlari   uchraydi.   Bu   esa   Chakin   chur   Bilga   va   G amaukiyonʻ
(Amogyan)   o‘rtasidagi   munosabatlarni   oydinlashtirib,   Chakin   chur   Bilga
G amaukiyonning vorisi bo‘lgan, deb hisoblashga imkon beradi.	
ʻ
O.I.Smirnova   Devashtichni   podsho   bo‘lgan   deb   ko‘rsatib,   “pncy   MR’Y”
unvonini   etimologik   jihatdan   tahlil   qilishga   harakat   qilgan.   Olima   hujjatlardagi
βγtyk   so‘zini   turkiycha   “qutluγ”   so‘zi   bilan   solishtirib,   uni   mazmunan   «baxtli»
ma’nosini   anglatadi   deb   izohlagan.   Shu   o‘rinda   Devashtich   ismining   mazmuni
to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozimdir. Az-Zabidiyning  «Taj al-arus» («Kelinlik toji»)
asarida   Devashtich   ismiga   to‘xtalib,   uni   “Jin   bilan”   degan   ma’noga   ega   ekanligi
to‘g‘risidagi  fikr  keltiriladi. Boshqa  bir  manbada esa  Devashtich  – “harakatchan”
degani ekanligi ta’kidlanadi 79
.  
Sug‘diy   manbalarga   asoslangan   V.A.Livshis   Sug‘dning   VII   asr   oxiri   –   VIII
asr   boshlaridagi   hokimlari   masalasiga   to‘xtalib,   Devashtich   “Sug‘d   podshosi
Samarqand   hukmdori”   unvoni   bilan   ish   ko‘rgan   ikki   yilni   717-719   yillar   bilan
79
 Лившиц  В .А .  Правители Панча. ... – С.  27-39
46 belgilaydi.   Zero,   A-14   hujjatining   yozilgan   sanasi   ham   shu   ikki   yildan   biriga
to‘g‘ri   keladi,   deb   ko‘rsatadi.   M.M.Is’hoqov   ham   bu   fikrni   ma’qullaydi.
A.Otaxo‘jayev esa Devashtichning Sug‘d taxtiga da’vosini 712-714 yillarga to‘g‘ri
keladi deb hisoblaydi 80
. Yuqorida keltirilgan fikrlarni asosli deb qabul qilgan holda
aytish joizki, Tarxun vafotidan   (710 y.) keyin doimiy ravishda Devashtich Sug‘d
taxtiga   o‘z   da’vosini   namoyish   etib   turgan.   Tarxunning   o‘g‘illari   uning   taxtga
da’vosiga bahona bo‘lgan. 
Turli yillarda yozilgan hujjatlar mazmunidan Devashtichga turlicha unvonlar
bilan   murojaat   qilinganligi   ayon   bo‘ladi.   Ularning   birida   Devashtichga   “Sug‘d
podshosi,   Samarqand   hukmdori”,   yana   birida   esa   “Panch   hukmdori”   sifatidagi
murojaat   shakli   uchraydi.   Bu   esa   Devashtich   o‘z   hukmronligining   ma’lum
bosqichida   Sug‘dning   markaziy   hokimiyatiga   da’vo   qilganligi   bilan   izohlanadi.
Devashtich “Panchi xvabu” deb atalgan hujjatlar sonining nisbatan ko‘pligi esa, bu
hukmdorlikda   mahalliy   hokimiyat   arab   istilosi   paytlarida   ham   bir   qadar   barqaror
bo‘lganidan dalolat beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Devashtich arablar qo‘shiniga
qarshi mustaqil siyosat olib borgan.
Devashtich davrida Panch hukmdorligi Sug‘d markaziy hokimiyatiga va Turk
xoqonligiga   nisbatan   nisbiy   avtonomiyasini   ba’zi   bir   hollarda   namoyish   eta
olganligini   aytish   joiz,   Turk   xoqonligining   siyosiy   boshqaruvi   mavjudligini   va
asosiy   hukmron   kuch   ekanligini   inkor   etmagan   holda.   Xususan,   bu   Panch
hukmdorlaridan   birining   ismi   (shu   o‘rinda   Chakin   chur   Bilgani   eslash   kifoya),
unvonlar tizimi  (cho‘r, tarxon),  tanga zarbi va hokazolarda o‘z tasdig‘iga ega. 
Panjikent   shahri   xarobalarida   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   mingdan
ortiq tangalar topilgan. Tangalarda Panjikent hukmdorlarining nomlari o‘rin olgan.
Bu   tangalarni   tadqiq   etish   natijasida   ayol   hukmdorlar   ham   Panjikent   taxtida
o‘tirganligi   ma’lum   bo‘ldi.   Shu   o‘rinda   ushbu   ayol   hukmdor   kim   bo‘lgan
mazmunda savol tug‘iladi. Tadqiqotlar natijasida bu ayol hukmdor Devashtichning
xotini   malika   nnδβ’npnh   –   Nandibanpan   ekanligi   aniqlangan.   Devashtich   ixshid
80
 Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари. ... – Б. 129.
47 ya’ni,   hukmdorlar   xonadonidan   bo‘lmaganligi   uchun   o‘z   nomidan   tanga   pullar
zarb   qilmay   xotini   malika   Nandimanpan   nomidan   tanga-pul   chiqargan.   Xotini
nomidan   tanga   pullar   zarb   etish   to‘g‘ri   qaror   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   quyidagi
fikrni   ham   inkor   etib   bo‘lmaydi.   Devashtich   mustaqil   mulk   hukmdori   bo‘lib,   o‘z
nomidan tanga pullar zarb qilolmasligi mumkin emas. Agarda u bu ishni qilmagan
ekan,   ma’lum   maqsadni   ko‘zlagan   bo‘lishi   ham   mumkin.   Ya’ni   bevosita
Samarqand   taxtiga   da’vogarlik   qilayotgan   Devashtich   uni   egallab,   Panchga   o‘z
vakili   sifatida   xotinini   qo‘yib,   uning   nomidan   taxtni   boshqarishni   ko‘zlagan
bo‘lishi   ham   mumkin.   Devashtich   Panchning   avtonomiyasini   tanga   pullar   zarb
qilish orqali ko‘rsatgan. Qolaversa, Panjikentning o‘zida zarbxonaning bo‘lganligi
bu   nisbiy   avtonomiyaning   tasdig‘idir.   Sug‘d   ixshididan   so‘ng   xitoycha   kvadrat
shakldagi   tanga-pul   zarb   qilish   huquqining   faqatgina   Panch   hukmdorligida
bo‘lganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi 81
. 
Xotini   tomonidan   ixshidiylar   xonadoni   vakili   bo‘lganligi   uchun   Devashtich
Oqsoqollar   kengashi   tomonidan   Panch   hukmdorligiga   saylangan.   Uning   rafiqasi
podsholik xonadonidan bo‘lganligi sababli Devashtich tangalarida xotinining nomi
qayd   etilgan.   Bu   masalada   V.A.Livshisning   fikri   ma’qul.   Muallif   Nandibanpan
tangalari   Devashtich   tomonidan   rafiqasi   nomidan   zarb   qilinganligini   keltiradi.
Devashtichning   Samarqand   taxtiga   da’vosi   masalasiga   kelsak,   uning   qo‘lida
podsho   Tarxunning   ikki   o‘g‘li   bo‘lib,   ular   bahonasida   taxtga   da’vogarlik   qilishi
mumkin edi. 
Sug‘d   podshosi   Tarxunning   farzandlarini   aynan   Devashtich   homiylikka
olganligi quyidagicha izohlanadi: birinchidan, Sug‘dning sharqiy qismi hali arablar
tomonidan   istilo   qilinmaganligi   uchun   bexavotirroq   edi;   ikkinchidan,
Devashtichning   Tarxunga   qarindoshligi   bo‘lishi   ham   mumkin   edi.   M.Is’hoqov
Devashtichni   oddiy   zodagon   bo‘lgan   va   u   Tarxunga   kuyov   bo‘lgan   deb   taxmin
qiladi. Shu sababli u Tarxunning o‘g‘illariga homiylik qilgan 82
. Devashtich bolalari
ammasi   yoki   opasi   huzurida   panoh   topishgan.   Balki   Tarxunning   bevasi   –   Sug‘d
81
  Смирнова О.И. Сводн ы й каталог согдийских монет. ... – С. 5-15.
82
 Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. ... – Б.  36.
48 malikasi   panoh   izlab   o‘z   qarindoshi   Panch   hukmdorining   oldiga   borgan   bo‘lishi
ham ehtimoldan xoli emas.
Samarqand   712   yilda   bosib   olingach,   bu   yerda   arablar   hukmronligi
o‘rnatiladi.   Oradan   ko‘p   o‘tmay,   715   yilda   Qutayba   ibn-Muslimning   Farg‘onada
o‘ldirilishi   Sug‘dda   arablar   hokimiyatini   zaiflashtira   boshladi.   Natijada   arablarga
ularning   yo‘rig‘i   bilan   ish   ko‘radigan   kishi   zarur   bo‘ldi.   So‘zsiz   bunday   talabga
Devashtich qaramog‘ida bo‘lgan Tarxunning o‘g‘illari mos kelardi. 
710 yilda Tarxun vafot etgan bo‘lsa, oradan 9 yil o‘tib, arablarga nima uchun
uning   o‘g‘illari   kerak   bo‘lib   qoldi?   Aftidan,   arablar   Sug‘d   taxtiga   o‘zlarining
izmida bo‘ladigan qo‘g‘irchoq hukmdorni qo‘yishmoqchi  va shu yo‘l  bilan taxtni
boshqarmoqchi bo‘lgan ko‘rinadi. 
Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlarining nashrlari haqida hali gap ham bo‘lmagan bir
vaqtda   bunday   fikrning   ilgari   surilishi   juda   ahamiyatlidir.   Devashtich   qo‘lidagi
Tarxunning o‘g‘illari juda yosh bo‘lib, ularning davlatni boshqarishlariga hali erta
edi.   Buni   tushungan   Devashtich   esa   arablarga   o‘zini   musulmon   dinida   deb
ko‘rsatib, taxtga da’vosini namoyish etadi. 
Ushbu   masalaga   quyidagi   asos   ham   oydinlik   kiritishi   mumkin.   Said   al-
Xaroshiyning   Devashtich   faoliyatini   nazorat   qiluvchisi   Abdurahmon   ibn   Subh
hisoblansa-da,   Devashtich   Said   al-Xaroshiy   bilan   shaxsan   o‘zi   bog‘lanishga
harakat qilgan. Bu borada Devashtich Nijitak va Kohin Ko‘rchini Said al-Xaroshiy
huzuriga yuborgan. Bundan ko‘zlangan maqsad arablar bilan yaxshi munosabatda
bo‘lish   yoki   ularga   yon   bosish   emas,   balki   Tarxun   bolalarining   otalig‘i   sifatida
taxtga bo‘lgan da’vosini mustahkamlash edi.  
Turk   xoqonligiga   tayangan   holda   Devashtichning   Sug‘d   taxtiga   kelishini
tezlashtiradigan yana bir taxminni keltirish mumkin. Kursul boshchiligidagi turklar
720   yildagi   Sug‘d   qo‘zg‘olonini   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   Samarqandga
keladilar, Arab xalifaligi qo‘shinlari esa ular bilan to‘qnashmasdanoq sulh istab 40
ming   dirham   tovon   to‘laydilar.   Ayni   paytda   Amir   Abdurahmon   Musayib   ibn-
Bashir   ar-Riyoh   boshchiligidagi   qo‘shinni   qo‘zg‘olonchi   sug‘diylar   ustiga
49 jo‘natadi 83
.   Lekin   bu   harakat   ham   muvaffaqiyatsizlik   bilan   tugab,   arablar
Samarqand tevaragini tark etishga majbur bo‘ladilar. 
Ushbu   harakat   turk-sug‘d   qo‘shinlarining   Arab   xalifaligi   qo‘shinlari   ustidan
qozongan   yirik   g‘alabasi   edi.   Lekin   bu   ittifoq   doimiy   tarzda   birlashgan   holda
umumiy   dushmanga   qarshi   kurash   olib   bormadi.   Bundan   foydalangan   Arab
xalifaligi   qo‘shinlari   “nafas   rostlab   oladilar”   va   keyingi   harakatlar   uchun   zamin
tayyorlaydilar. 
Qutayba ibn-Muslim Samarqandni bosib olganidan so‘ng, shaharni Said ibn-
Abdulaziz   bosib   olguniga   qadar   sug‘dliklar   masjidlarni   yondirib   o‘z   dinlariga
qaytganlar.   Shahar   Said   ibn-Abdulaziz   tomonidan   qaytib   olingandan   keyin
qo‘zg‘olonchilardan shafqatsizlik bilan o‘ch olingan.
Ana   shu   voqyeadan   so‘ng,   Devashtich   “Sug‘d   podshosi,   Samarqand
hukmdori”   bo‘lgan.   Bu   fikr   Abdurahmon   ibn   Subhning   “Sug‘d   podshosi,
Samarqand   hukmdori   Devashtichga”   deb   boshlanuvchi   maktubi   orqali   o‘z
tasdig‘iga   ega.   Maktub   mazmunidan   Devashtichning   arablar   tomonidan   Sug‘d
podshosi, Samarqand hukmdori” sifatida tan olinganligi  ayon bo‘ladi. Devashtich
bu  unvon   bilan  721   yildan  boshlab   taxtga   o‘tirganligini   va   umumiy  hisobda   to‘rt
oy hukmronlik qilgani haqida ham ma’lumotlar manbalarda aks etgan.
Boshqa voha hukmdorliklaridan farqli holda Panch Arab xalifaligi qo‘shinlari
tomonidan   bosib   olinmaganligi   Devashtichning   arablarga   qarshi   ochiq   harakat
qilmay     yozishmalar   asosida   harakatlanganligidan   dalolat   beradi.   Vaholanki,
arablar Sug‘d qo‘zg‘olonchilari izidan Panjikent yaqinidagi Varagsargacha kelgan
edilar.
Keyingi   tadqiqotlar   natijasida   Devashtichning   “Sug‘d   podshosi,   Samarqand
hukmdori”   unvoni   bilan   ish   ko‘rgan   davri   ancha   oldingi   yillarga   to‘g‘ri   kelishi
aniqlandi.   “Sug‘d   podshosi,   Samarqand   hukmdori”   Devashtichga   uning   eng
e’tiborsiz quli Fatufarndan deb boshlanuvchi A-14 raqamli hujjatdagi murojaatdan
Devashtichning   Sug‘d   podshosi   ekanligini   anglash   mumkin.   Ma’lumki,   maktub
83
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. ... – С. 217.
50 arab   istilosi   natijasida   yuzaga   kelgan   murakkab   vaziyatda   717-718   yillarda
Chochda turgan panchlik elchi Fatufarn tomonidan Devashtichga yo‘llangan edi 84
.
Fatufarnning   murojaati   yuqorida   keltirilgan   Devashtichning   sug‘diylar
qo‘zg‘olonidan keyin, 720 yilda “Sug‘d podshosi, Samarqand hukmdori” unvonini
olganligi   haqidagi   taxminni   rad   etadi 85
.   Bu   hujjat   Panchning   nisbiy
avtonomiyasining   xronologik   chegarasini   oldinroqqa,   ya’ni   717   yilga   suradi.
Chunki   turk   xoqonidan   uning   qo‘l   ostidagi   vassal   sifatida   emas,   balki,   o‘z
ittifoqchisiga   murojaat   qilganday   madad   so‘rash   Devashtichning   ancha-muncha
mustaqil siyosat yuritganligining alomatidir.
Qutayba   ibn   Muslimning   o‘limidan   so‘ng   vujudga   kelgan   ozodlik   uchun
harakatlar kayfiyati ko‘pgina hududlarda, shu jumladan, Panch hukmdorligida ham
nisbiy   mustaqillikka   asos   solish   uchun   uchqun   bo‘lgan.   Binobarin,   Turk
xoqonligining   umumiy   hukmronligi   amaldagi   siyosiy   hokimiyat   sifatida   Sug‘dda
tan   olingan.   Shunga   qaramay,   Sug‘dning   konfederativ   ichki   siyosiy   tizimi,
Chochda   xoqonlikning  noibi  Bahodur  (Moxedu)  tudun  nazorati   ostidagi  mahalliy
Choch boshqaruvi, Farg‘onada ixshid kabi mahalliy boshqaruv amal qilmoqda edi.
Shunday   bir   vaziyatda   Devashtich   o‘z   elchisini   Chochga,   undan   so‘ng
Farg‘onaga   yo‘llagani,   uning   arablarga   qarshi   ittifoq   tashabbuskorlaridan   biri
bo‘lganligidan   dalolat   beradi.   A-14   hujjatidan   ma’lum   bo‘ladiki,   Devashtich   turk
xoqonining   vaziyatga   faol   munosobatda   bo‘lishidan   umidvor   bo‘lgan.   Bu   paytda
arablar G urakni Sug‘dning podshosi sifatida tan olgan edilar. Bu esa Devashtichniʻ
yanada faol harakatlar olib borishga undardi. 
Shu   o‘rinda   aytish   joizki,   sug‘diylarning   yana   bir   tarmog‘i   Korzanch
boshchiligida   arablarga   qarshi   kurash   olib   borganlar.   Farg‘ona   podshosi   Alutar
bilan   shartlashgan   Korzanch   sug‘dlarning   katta   guruhiga   bosh   bo‘lib,   Xo‘jand
orqali Farg‘onaga o‘tishi kerak edi. Ammo Alutar Korzanchga xiyonat qiladi. Uni
va   odamlarini   arablarga   tutib   beradi   va   tinimsiz   janglarda   qurolsizlantirilgan
84
 Исҳоқов М. Унутилган подшоликдан хатлар. ... – Б. 5.
85
 Ливши ц  В.А. Согдийский посол в Чаче (Документ А–14 с горы Муг)   // С оветская Этнография .   –  Москва,
1960.   – №2.  – С. 34-51.
51 sug‘diylar   ochiq   qo‘l   bilan   arablarga   qarshi   oxirgi   nafaslarigacha   kurashdilar.
Sug‘diylar   va   Korzanchning   harbiy   harakatlari   fojeaviy   yakun   topadi.   Faqatgina
400 badavlat xonadon arablardan o‘zining xunini sotib oladi. 
721 yilning bahorida Said ibn Abdulaziz (Huzayna) o‘rniga Said al-Xaroshiy
noib   etib   tayinlanadi.   Bu   davrga   kelib   Sug‘dda   notinch   vaziyat   o‘zining   yuqori
cho‘qqisiga   chiqqan   bo‘lib,   tinimsiz   harbiy   harakatlar   natijasida   shahar   va
qishloqlardagi   sug‘orish   tizimi   ishdan   chiqqan,   mamlakatda   ocharchilik   hukm
surardi.   Bu   haqda   o‘sha   davrda   bitilgan   Mug‘   tog‘i   sug‘diy   hujjatlarida   ham
ma’lumotlar   keltirilgan 86
.   Sug‘diylar   arablarga   jizya   solig‘ini   to‘lamay   qo‘ygan
edilar. Al-Xaroshiy qo‘zg‘olonchilarga qarshi harbiy harakatar olib borishdan oldin
ular bilan kelishuvga kelishga, shartlashishga harakat qiladi. Balazuriyning bergan
ma’lumotlariga   ko‘ra,   Al-Xaroshiy   qo‘zg‘olonchi   sug‘diylarga   qarshi   o‘zining
elchilarini   jo‘natib,   ularni   islom   diniga   o‘tkazishga   va   bo‘ysindirishga   harakat
qilgan. 
Balazuriy   keltirgan   siyosiy   jarayonlarni   to‘ldiradigan   mohiyatdagi
ma’lumotlar   Tabariy   asarida   uchrab,   unga   ko‘ra,   bu   davrni   to‘liqroq   tasvirlash
uchun voqyealar jarayonida yetakchilik qilgan shaxslarning ism ma’nolarini ochib
borish muhim ahamiyatga ega edi.
Tabariy   o‘z   ma’lumotlarini   al-Xaroshiyning   noib   etib   tayinlagach,   buni
eshitgan   sug‘diylarning   o‘z   vatanlarini   tashlab   ketishga   qilgan   harakatlaridan
boshlaydi.   Tabariyning   al-Madoiniyga   tayangan   holda   keltirgan   yana   bir
ma’lumoti   shuki,   sug‘diylarning   o‘z   vatanlarini   tark   etishlarini   eshitgan   Arab
xalifaligining   Iroqdagi   noibi   Umar   ibn   Hubayr   ularni   bu   yo‘ldan   qaytarishga
hamda   kimning   noib   bo‘lishini   xohlasalar   o‘shani   tayinlashini   yetkazadi 87
.   Amir
Abdurahmon   ibn   Subhning   Devashtichga   yo‘llagan   maktubida   sug‘diylarning
kimni noib etib tayinlashni xohlashlari borasida gap borgan bo‘lishi ham mumkin.
Shuning uchun ham bu maktubning yozilgan davrini 721 yil deb aytish mumkin.
86
  СДГМ  II . – С. 103.
87
  История ат-Табарий. ... – С. 184-185
52 Voqyealar rivoji qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sug‘diylar o‘z ona yurtlarini
tashlab   Xo‘jandga   borishga   qaror   qilganliklari   ma’lum.   Ularni   bu   yo‘ldan
qaytarmoqchi   bo‘lgan   hukmdorlarining   (bu   davrda   Sug‘dda   G urak   hukmronʻ
bo‘lgan) gaplariga kirmaydilar. Ta’kidlash lozimki, 10 mingdan ortiq arablar bilan
kelisholmagan   sug‘diylar   o‘z   vatanlarini   tark   etganlar.   Qolganlari   o‘zlari   uchun
xavfsiz   deb   hisoblagan   Farg‘onaga   borishga   va   o‘sha   yerdan   arablar   bilan
muzokaralar olib bormoqchi bo‘ldilar. 
G urak   arablar   bilan   kelishuvga   kelganidan   so‘ng,   Devashtich   vaziyatni   o‘z	
ʻ
qo‘liga   olishga   va   arablarga   qarshi   mustaqil   harakat   olib   borishga   kirishadi.
Devashtichning   Xaxsar   hukmdori   Afshunga   yo‘llagan   maktubida   uning   G urak	
ʻ
tomoniga  o‘tib  ketmasligini   oldini   olish   maqsadida   buyruq  berganligi   Mug‘   tog‘i
sug‘diy   hujjatlaridan   ma’lum.   V-17   hujjatida   Afshunga   Panch   hukmdori
Devashtich   buyruq   ma’nosida   emas,   balki,   uni   tinchlantirish   ma’nosida   murojaat
etgan.   Bundan   tashqari,   bu   hujjatda   Devashtich   o‘zini   “Sug‘d   podshosi”   emas,
balki oddiy hukmdor  xwβw  (xuvu) deb tilga oladi. Aftidan maktub Devashtichning
mushkul   holatida   yozilgan.   V-18   hujjatida   esa   Devashtich   o‘zini   “Sug‘d
hukmdori”   deb   ko‘rsatib,   Afshunga   nisbatan   buyruq   ma’nosidagi   murojaatini
ko‘rish mumkin 88
. Demak V-17 va V-18 maktublari yozilgan sana orasida sharoit
o‘zgargan. Afshun esa o‘z navbatida Devashtichni  G urakka qarshi  o‘z xukmdori	
ʻ
deb   bilgan   va   o‘sha   qabul   qilgan   qarorini   endilikda   har   qanday   vaziyatda
o‘zgartirishning   iloji   bo‘lmagan.   Mug‘   tog‘i   arxivida   uchramasa-da   tarixiy
manbalarda   Afshun   Sug‘d   podshosi   G urakning   ukasi   sifatida   tilga   olinganligi	
ʻ
qayd qilinadi (An-Nasafiy. Qandiya). 
Devashtich V-17 hujjatida Afshundan o‘ziga sodiq qolish ma’nosidagi talabni
qo‘ygan   bo‘lsa,   V-18   hujjatda   o‘z   maqsadiga   erishgan,   xotirjam,   har   qanday
vaziyatda   usiz   (ya’ni,   Afshunsiz)   maqsadiga   erisha   oladigan   ma’noda   o‘zini
ko‘rsatib,   Afshunni   so‘roqqa   tutadi.   Panch   hukmdori   Devashtich   nima   uchun
aynan Xaxsarga maktub yuborgan va Afshunni o‘z izmida tutishga harakat qilgan
88
 СДГМ II. – С. 90-91, 123-124.
53 degan savol tug‘ilishi tabiiy. Xaxsar – Samarqanddan ikki  farsax  uzoqlikda bo‘lib,
g‘arbdagi   mulklar   bilan   aloqa   o‘rnatishda   muhim   ahamiyatli   strategik   nuqta
hisoblangan 89
.
Devashtich   va   Afshun   o‘rtasidagi   munosabatlar   qanday   holatda   bo‘lmasin,
722   yilda   arablarga   qarshi   Qum   qishlog‘i   yaqinidagi   jangda   Afshun   Devashtich
bilan yelkama-yelka turib jang qiladi. Devashtichning Afshun bilan munosabatlar
olib   borishda   ehtiyotkorligiga   asosiy   sabablardan   biri   uning   aksincha   ish   tutib,
G urak tomoniga o‘tib ketishining oldini olish bo‘lganʻ 90
.
Arablardan   muhofozalanish   maqsadida   ikkiga   bo‘lingan   sug‘diylarning   bir
guruhiga   Korzanch   va   uning   jiyani   Chalanj   hamda   ikkinchi   guruhiga   Panch
hukmdori   Devashtich   boshchilik   qiladi.   Sug‘diylarning   birinchi   guruhi   Sug‘dni
tark etib Farg‘ona sari harakatlanadilar 91
.
Tabariy   asarida   ham   Korzanch   Ishtixon   hukmdori   deb  keltirilib,  uning  Fayy
va   Ishtixonlik   bir   guruh   sug‘diylar   bilan   birgalikda   Ustrushona   orqali   Farg‘ona
tomonga qarab yo‘nalganligi keltiriladi 92
.
Shunday   ekan   Karzan   (Arbinjon)   hunarmandlari   ham   qo‘zg‘olonda   muhim
o‘ringa ega bo‘lganlar. Bu esa Devashtichning aynan Arbinjonda qatl qilinganligi
tasodif emas  degan xulosaga  kelishga sabab bo‘ladi. Devashtich  qo‘lga tushgach,
Said   al-Xaroshiy   Korzanch   va   uning   tarafdorlari   bilan   muzokaralar   olib   borish
uchun   Arbinjonga   kelgan   va   uning   bir   guruh   qo‘zg‘olonchilar   bilan   birga
Farg‘onaga   ketib   qolganligini   bilgach,   uning   sherigi   bo‘lgan   Devashtichni   aynan
Arbinjonga keltirib qatl etish orqali qo‘zg‘olonchilardan qasd olmoqchi bo‘lgan.
Tabariy   keltirgan   ma’lumotlar   qanday   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,   Said   al-
Xaroshiy   noib   etib   tayinlanguniga   qadar   norozilik   harakatlari   butun   Sug‘dga
yoyilib   ulgurgan   bo‘lib,   uning   o‘choqlari   Miyonqol   va   Panch   bo‘lgan.   Miyonqol
hududidagi   qo‘zg‘olonlar   arablar   tomonidan   bostirilgach,   qo‘zg‘olon   markazi
Sug‘dning eng chekka hukmdorligi bo‘lgan Panchga ko‘chgan edi. 
89
 СДГМ II. – С. 116-117.
90
 Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари… – Б. 127.
91
 Матбабаев Б.Х. К истории культуры Ферганы в эпоху раннего средневековья. – Ташкент: 2009. – С. 55.
92
  История ат-Табарий. ... – С. 185.
54 Manbalarda   Panchdagi   qo‘zg‘olonchilarga   Samarqand,   Xaxsar,   Rust   va
boshqa hududlardan norozilik harakati vakillarining kelib qo‘shilganligi to‘g‘risida
ma’lumot keltirilmaydi. Faqatgina buni Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlari orqali taxmin
qilish mumkin. 
Voqyealar jarayonidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qo‘zg‘olonning dastlabki
davrida   Devashtich   Panjikent   shahriga   borib,   o‘sha   yerdan   arablar   bilan
muzokaralar  olib  borishga  majbur  bo‘lgan.  Uning  Panjikentda  ekanligini   bilgach,
arablar   shaharni   qamal   qilganlar   va   keyinchalik   unga   o‘t   qo‘yganlar.   Natijada
shaharni   tark   etgan   Devashtich   uchun   tog‘   yo‘li   orqali   Kshtut,   Madm,   Qum,
Xshikat   va   Shahriston   dovoni   orqali   Xo‘jandga   yo‘l   ochiq  edi.   Lekin  Devashtich
Qumga   yetib   borganida   Arab   xalifaligi   kuchlari   uning   orqasidan   yetib   kelgan
bo‘lib,   u   Abargar   qal’asida   himoyalanishga   majbur   bo‘ladi.   Devashtich
Abargardan   tashqari   Madrushkatdagi   mustahkam   qal’ada   himoyalanishi   mumkin
edi. Lekin bu yerdagi cho‘qqida joylashgan qal’adan arablar bilan muzokaralardan
keyin   chiqib   ketish   amri   mahol   ekanligini   Devashtich   taxmin   qilgan   ko‘rinadi.
Devashtich   taxmin   qilgan   tog‘   qal’alaridan   faqatgina   Abargarda   arablarga   qarshi
ko‘proq vaqt qarshilik ko‘rsatib turish mumkin edi. Devashtich esa vaqtni cho‘zish
hamda iloji topilganda Xo‘jand sari yo‘nalishni tadbir qilgan 93
.
Devashtich   hyech   kimdan   madad   kuchlarining   yetib   kelmasligiga   ko‘zi
yetgach,   o‘zining   yaqinlari   bilan   Abargar   qal’asiga   yashirinib,   himoyalanishga
majbur   bo‘lgan.   Chunki   u   Korzanch   boshchiligidagi     qo‘zg‘olonchilarga   o‘z
kuchini   qo‘sha   olmaydi   va   Abargarda   qamalib   qoladi.   Agarda   dovon   orqali
Korzanch   va   Devashtich   kuchlari   birlashganda   edi   balkim   voqyealar   rivoji
boshqacha tus olardi.
Devashtich   bilan   birga   qal’ada   yuzdan   ortiq   xonadonning   (asosan
zodagonlar)   ham   bo‘lganligi   ma’lum.   Qo‘zg‘olonchilar   qal’adan   chiqib   ketishga
ulgurmay   uni   Sulaymon   Abu-s-Soriy   qamal   qiladi.   Uning   qo‘l   ostida   majburan
arab   qo‘shiniga   qo‘shib   olingan   va   janglarda   ilg‘or   (avangard)   qism   sifatida
93
  СДГМ II. – С. 90-91, 123.
55 foydalanilgan.   Buxoro,   Xorazm   va   boshqa   O rta   Osiyolik   askarlardan   tashkilʻ
topgan   kuchli   bo‘linma   harakatlanardi.   Arablarga   al-Xaroshiy   tomonidan
yordamchi   kuchlar   ham   jo‘natilgan 94
.   Qamalning   qancha   vaqt   davom   etganligi
ma’lum   emas.   Aftidan   ko‘p   qaqt   davom   etmagan.   Birinchidan,   Devashtich   qo‘l
ostida arablar kuchlariga qarshi turadigan kuchlar nisbati teng emasdi. Ikkinchidan,
qal’a   joylashgan   hudud   uzoq   vaqt   jiddiy   harbiy   harakatlar   olib   borish   uchun
noqulay  edi.   Natijada   buni   o‘z  vaqtida   tushungan   Devashtich   o‘zini   faqatgina   al-
Xaroshiy   hukmiga   olib   borsalar   taslim   bo‘lishini   aytadi 95
.   Devashtich   al-
Xaroshiyning shafqa tidan umidvor bo‘lgan.
Al-Xaroshiy huzuriga yuborilgan Devashtichni u o‘zi bilan birga Keshga olib
ketadi.   Undan   so‘ng   Arbinjon   sari   harakatlandi.   Al-Xaroshiy   qayerga   bormasin
Devashtichni   o‘zi   bilan   birga   olib   yurgan.   722   yilda   Devashtich   al-Xaroshiy
shartlarini   (manbalarda   bu   shartlar   to‘g‘risida   ma’lumot   keltirilmaydi)   qabul
qilgach,   xufya   tarzda   o‘ldiriladi.   O sha   davr   g‘oliblarining   an’anasiga   muvofiq	
ʻ
uning   boshi   Iroqqa   xalifa   Umar   ibn   Hubayrga,   chap   qo‘li   esa   Toharistonda   jang
qilayotgan sarkarda Sulaymon Abu-s-Soriyga jo‘natiladi. Tanasi esa zardushtiylar
ostadonlari qo‘yiladigan qurilma – naus tepasiga qo‘yiladi.
Uning jasadini kim olsa, mahalliy aholidan yuz kishining boshi tanasidan judo
kilinishi   ma’lum   qilinadi.   Nima   uchun   al-Xaroshiy   Devashtichni   Keshda
ekanligida yoki yo‘lda o‘ldirmagan? Aynan Arbinjonga keltirib qatl etgan. Buning
o‘ziga xos sababi bo‘lishi mumkin.  
Ko‘p o‘tmay Korzanch ham taslim bo‘ladi va arablar tomonidan Marvga olib
ketiladi hamda o‘ldiriladi. Xuddi mana shunday tarzda Farg‘ona hukmdori Alutar
ham o‘ldiriladi. 
Shu o‘rinda, nima uchun Devashtich qiynab o‘ldirilgan degan savol tug‘ilishi
mumkin. Uning ham boshi tanasidan judo qilinishi mumkin ediku? Devashtichning
aynan   ana   shunday   o‘limga   hukm   qilinishining   o‘ziga   xos   sababi   bo‘lgan.
Birinchidan,   Devashtich   o‘zini   arablarga   islom   dinida   deb   ko‘rsatib,   ularni
94
 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. ... – С. 253.
95
 История ат-Табарий. ... – С. 189.
56 chalg‘itishga   va   bu   yo‘l   bilan   o‘z   maqsadiga   erishishga   harakat   qilgan.   Bundan
tashqari   uni   arablar   musulmon   deb   tan   olmaslik larini   bildirish;   ikkinchidan,
norozilik   harakatining   o‘choqlaridan   biri   bo‘lgan   Arbinjondagi   Devashtich   va
Korzanch tarafdorlariga arablar izmiga bo‘ysunmaganlarga qo‘rquv solish edi. 
Devashtich   boshchiligida   719   yilda   boshlangan   qo‘zg‘olon   uning   halokati
bilan yakun  topdi. Lekin ushbu  norozilik harakatlari  issiz   yo‘q bo‘lib  ketmadi   va
o‘zidan   keyingi   Arab   xalifaligiga   qarshi   keyingi   qo‘zg‘olonlar   uchun   zamin
yaratdi.
Xullas,   Devashtichning   arab   ma’muriyati   bilan   munosabatlari   bir-necha
asoslarga   ko‘ra   o‘zgarib   turganligi   ma’lum.   Devashtich   o‘ziga   xos   sirg‘anuvchi
diplomatiya   yuritgan.   Uning   arablarga   nisbatan   munosabatini   o‘zgartirishga
G urak yuritgan siyosat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 718 yilning 2-chi yarmidaʻ
G urakning   Xitoyga   maktub   yo‘llaganidan   keyin   arablar   Devashtichning
ʻ
Samarqand taxti uchun da’vosini qo‘llab-quvvatlaydilar. Devashtich nafaqat «ko‘p
narsana bilgan» balki, sug‘d-farg‘ona-turk arablarga qarshi koalisiyasining boshida
turganlardan   biri   bo‘lgan.   720-722   yillardagi   sug‘dliklar   qo‘zg‘olonini   G urak	
ʻ
qo‘llab-qvvatlamaydi   Buxoro   va   Xorazmliklardan   tashkil   topgan   arab   otryadi
Mug‘ tog‘idagi Abargar qal’asani qamal qiladilar va egallaydilar.
Abargar   qal’asi   bosib   olingach   Panjikentning   oxirgi   hukmdori   Devashtich
xalifalikning   Xurosondagi   noibi   hukmiga   jo‘natilgan.   Noib   tomonidan   qo‘yilgan
talablarni   qabul   qilganidan   so‘ng   esa   Sug‘dga   qaytariladi.   Lekin   xufya   bo‘yruq
asosida u Rabinjon (Hozirgi Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinida joylashgan ilk o‘rta asr
shahri xarobasi) qabristonida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.
Arablarning   Mavorounnahrga   hujumlari   natijasi   ko‘plab   hududlar   bosib
olindi.   Lekin   Devashtichning   mohirona   diplomatiyasi   natijasida   kichkinagina
Panch mulki arablar tomonidan qiyinchilik bilan egallangan. 
57 XULOSA
Ilk   o‘ rta   as rlar   Sug‘dda   hukmdorlik   qilgan   hukmdorlarning   siyosiy   faoliyati
va shaxsiy portretini o‘rganish quyidagi xulosalar va mulohazalar surish imkonini
beradi:
1. Sug‘diyona tarixi bilan izlanishlar olib borgan V.A.Livshis, M.M.Is’hoqov,
O.I.Smirnova,   M.N.Bogolyubov,   A.Otaxo‘jayev,   G .Boboyorov,   B.G oyibov,ʻ ʻ
Sh.Shoyoqubov,   A.Kubatin,   B.Mamarximova   kabi   olimlar   o‘zlarining
tadqiqotlarida   ilk   o‘rta   asrlarda   Sug‘dda   hukmdorlik   qilgan   shaxslar   to‘g‘risida
ma’lumot   keltirib   o‘tishgan.   Lekin   ular   o‘zlarining   maqsadlari   yo‘lida   izlanishlar
olib borib, biz rejalashtirgan mavzu yuzasidan tadqiqot olib borilmagan;
2. Sug‘d ilk o‘rta asrlarda Samarqand, Panch, Maymurg‘, Ishtixon, Kabudon,
Kushoniya   hukmdorliklarini     hamda   Qashqadaryo   daryosi   havzasidagi   Kesh   va
Naxshab  hukmdorliklarini   o‘z  ichiga olgan  muayayn  siyosiy  uyushma  tushunilib,
uning   tarkibidagi   mazkur   hukmdorliklar   o‘z   ichki   boshqaruvida   mustaqil
bo‘lishgan. Ularning har biri o‘z boshqaruv markazi – poytaxti, hukmdor sulolasi,
hokimiyat ramzlari (tanga, tamg‘a va h.k.), qo‘shini kabi hokimiyat xususiyatlariga
ega   bo‘lishgan.   O z   navbatida   ularning   bitta   siyosiy   ittifoqqa   birikishlari   asosida	
ʻ
mazkur   hukmdorliklarning   o‘zaro   yetakchi   hukmdorlik   (yoki   sulola)ga
bo‘ysunishlari, hukmdor sulolalar kelib chiqishi jihatidan yagona xonadonga borib
taqalishlari   yoki   ayrim   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy-mafkuraviy   majburiyatlarni
bajarishlari kabi omillar yotgan;
3. Jumladan,   Samarqandda   Chjaovu   (Jamuk)   xonadoni   hukm   surib,   qolgan
hukmdorliklardan   aksariyatini   ushbu   xonadonga   mansub   sulolalar   boshqarishgan
va   ular   orasida   Samarqanddagi   sulola   yetakchilik   qilgan.   Tashqi   dushmanlarga
birgalikda   kurashish   majburiyatida   bo‘lgan   hukmdorliklar   vakillari   yilning
muayyan   vaqtlarida   bitta   joyga   yig‘ilgan   holda   diniy   amallarni,   xususan,
zardushtiylar udumlarini hamkorlikda bajarishgan. Jumladan, ushbu konfederatsiya
tarkibida   bo‘lgan   Samarqand,   Panch,   Kesh   va   Naxshab   tangalarining   bir   qismida
58 yana   bir   qator   unvon   va   hukmdor   ismlarining   aniqlanishi   Markaziy   Sug‘d
konfederatsiyasining   mohiyati,   har   biri   alohida   yarim   mustaqil   boshqaruvga   ega
bo‘lgan   hukmdorliklar   orasidagi   sulolaviy   bog‘liqliklar,   ularning   kelib   chiqishi,
bitta   ittifoqqa   uyushuvlarining   asos   va   shartlari,   ushbu   ittifoqdosh   hukmdorliklar
orasida   mavqyei   farqliligi,   ulardan   aynan   qay   biri   bosh,   qaysi   biri   esa
bo‘ysunuvchi   hokimiyat   bo‘lganligi   borasidagi   shu   paytgacha   tadqiqotchilar
orasida   mavjud   fikrlarga   qo‘shimcha   bo‘ladigan   yoki   ularni   o‘zgartiradigan
ma’lumotlarning   mavjudligini   ko‘rsatmoqda.   Aytib   o‘tish   zarur   tadqiqotchilar
masalaga   aynan   shu   kriteriyalar   asosida   nisbatan   kam   yondashgan   bo‘lib,   ularda
ko‘proq   e’tibor   numizmatik   materiallarga   emas,   yozma   (asosan,   xitoy   va   arab)
manbalariga qaratilgan edi. 
4. Bugungi   kunda   perzonalizasiya   yo‘nalishlarida   tadqiqotlar   bir   muncha
oldinga siljigan davrda ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyo tarixida muhim iz qoldirgan
shaxslar   faoliyatini   o‘rganish   amaliy   ahamiyat   kasb   etgandigini   ta’kidlash   lozim.
Bu   yo‘lda   ayniqsa,   xitoy   yilnomalarida   keltirilgan   ma’lumotlar,   numizmatik
materiallardagi qaydlar, Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlaridagi tavsilotlar hamda arabiy
va   forsiy   tilli   manbalardagi   ma’lumotlar   muammoni   o‘rganishda   muhim   samara
beradi;
5. Ilk   o‘rta   asrlar   Sug‘dni   boshqargan   hukmdorlarning   nomlari   ilmiy
adabiyotlarda   kam   uchraydi.   Ushbu   shaxslar   ko‘proq   sohaga   doir   izlanishlarda
keltirilgan bo‘lib, ular tarixini va shaxsiy hayotini umumsug‘d tarixi bilan bog‘liq
holda   o‘rganish   sug‘dshunoslikdagi   muhim   masalalardan   hisoblanadi.   Sug‘dni
ma’muriy jihatdan Markaziy Sug‘d, Janubiy va G arbiy Sug‘dga bo‘lib o‘rganishʻ
sug‘dshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. Bunda 22 mahalliy mulkni birlashtirgan
Buxoro   Sug‘di   bilan   bog‘liq   holat   alohida   tadqiqot   obyekti   sifatida   ochiq
qoldiriladi.   Darhaqiqat, Buxoro ilk o‘rta asrlarda alohida tuzilma bo‘lib, u mustaqil
boshqaruv, ma’muriy tuzulishi, tanga zarbi, unvonlar tizimi, hokimiyat ramzlariga
ega   ediki   ushbu   ma’muriy   birlikda   hukmdorlar   tarixini   alohida   o‘rganish   o‘sha
davrdagi tarixiy jarayonlarga mos keladi; 
59 6. Varxuman,  Tukaspadak,  Mastich,  Tarxun,  G urak,  Turg‘ar  kabi   Markaziyʻ
Sug‘d   hukmdorlari,   Panchda   ilk   o‘rta   asrlarda   hukmdorlikni   boshqargan
G amukiyon,   Chakin   chur   Bilga,   Devashtich   ismli   shaxslar,   Janubiy   Sug‘dda	
ʻ
hukmdorlik   qilgan   x itoy   yilnomalari,   arabiy   va   forsiy   tilli   manbalarda   ismlari
uchraydigan Dichje, Shashebi (Shishpir), Shi-Axe, Vek, Xubido, Yandun, Sы-ginti
(Ishkand), Ixrid, Taran kabi hukmdorlar bo‘lganligi bugungi kunda fanga ma’lum;  
7. Ushbu   hukmdorlar   tarixini   o‘rganish,   ularning   siyosiy   faoliyatiga   baho
berish   hamda   ularning   amalga   oshirgan   ishlarini   qiyosiy   tahlil   qilish   tarixdagi
muhim   bo‘shliqni   to‘ldirish   bilan   birga,   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodni
vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalashda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Ushbu
hukmdorlardan   Tarxun,   G urak,   Devashtichlar   uzoq   yillar   davomida   Arab	
ʻ
xalifaligi   istilolariga   qarshi   kurash   olib   borganliklarini   hisobga   oladigan   bo‘lsak,
ularning   faoliyatini   o‘rganish   yoshlarni   vatanga   sadoqat   va   vatanparvarlik   ruhida
tarbiyalashda ahamiyatli ekanligini ta’kidlab xulosa qilish mumkin.
60 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro ‘ yxati:
1. Абдуҳолиқ   Абдурасул   ўғли.   “Юэжи”   атамаси   ҳақида   //   O’zbekiston
tarixi. – 1999. – №4. – Б. 9-16.
2. Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. – Ташкент: Фан, 1975.   –  С .  38.
3. Аржанцева   И.А.   Новые   хозяева   Азии   /   Материалы   международной
конференции,   посвещенной   100-летию   со   дня   рождения   С.П.   Толстова.   –
Нукус :  2007 .  –  C . 104-105.
4. Асқаров   А.   Ўзбек   халқининг   келиб   чиқиш   тарихи.   –   Тошкент:
Ўзбекистон, 2015. – Б. 387.
5. Ахунбабаев Х.Г. Дворец ихшидов Согда на Афрасиабе. – Самарканд:
Саратон-Хамар, 1999. – С. 60.
6. Бабаяров   Г.,   Кубатин   А.   К   новой   интерпретации   имени   правящего
рода Самарканда из надписей в росписях Афрасиаба // Самарқанд шаҳрининг
умумбашарий   маданий   тараққиёт   тарихида   тутган   ўрни.   Самарқанд
шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига   бағишланган   халқаро   илмий  симпозиум
материаллари. – Тошкент-Самарқанд:  Фан,  2007.  – С. 219.
7. Бабаяров Г., Кубатин А. К новому чтению и интерпретации легенд на
некоторых доисламских монетах Самаркандского  Согда  //  Тарих тафаккури.
“Баркамол   авлод”   йилига   бағишланган   Республика   тарихчи   олимларининг
илмий ишлар тўплами / Масъул муҳар .   ва тузувчи: Ш.Ҳ. Воҳидов.   –   Бухоро:
2010. – Б. 26-29.
8. Бичурин  Н.Я.  (Иакинф)  Собрание   сведений  о народах,  обитавших  в
Средней Азии в древние времена. В 3-х томах. – М.-Л.: Изд. АН СССР. –   Том
II. – 1950.  –  С. 272, 274-275, 282, 286-287.
9. Бобоёров   Ғ.   Чоч   тарихидан   лавҳалар  (Илк  ўрта   асрлар).   –  Тошкент:
Yangi nashr, 2010. – Б. 27.
10. Бобоёров   Ғ.,   Ғойибов   Б.   Илк   ўрта   асрлар   Суғд   бошқарувидаги
элтебар,   тудун   ва   тархон   унвонлари   хусусида   //   Марказий   Осиё   халқлари
61 тарихи   манбашунослиги   ва   тарихнавислиги   масалалари.   5.   2-қисм.   –
Тошкент: ТДШИ, 2013. – Б. 67-78.
11. Гафуров   Б.Г.   Таджики.   Древнейшая,   древняя   и   средневековая
история. Книга. 1. – Душанбе: Ирфон, 1989.  – С.  189.
12. Захидов П. Государство Кангуй. – Ташкент: 2009.   – С. 23-29.
13. История   ат-Табари   /   Пер.   с   араб.   В.И.   Беляева   с   допол.   О.Г.
Большакова, А.Б. Халидова. – Ташкент: Фан, 1987.  – С. 225 .
14. Исхаков   М.М.   Центральная   Азия   в   системе   мировой   пысменной
культуры. – Ташкент: УМ Э Д, 200 8 . – С.  179.
15. Исҳоков М. Унитилган подшоликдан хатлар. – Тошкент: Фан, 1992.
– Б. 33.
16. Исҳоқов   М.   Суғдиёнада   “ихшид”   ва   “ихрид”   унвонлари   ҳақида   /
Ўзбек   давлатчилиги   ва   маданияти   тарихида   жанубий   Ўзбекистоннинг   ўрни.
Республика илмий анжумани. – Қарши: 2011. – Б. 64-65.
17. Камалиддин   Ш.С.   Историческая   география   Южного   Согда   и
Тохаристана   по   арабоязычным   источникам   IX -начала   XIII   вв.   –   Ташкент:
Ўзбекистон, 1996.   – С. 23-24.
18. Камалиддинов Ш.С. Новые данные о потомках царя Согда Гурака   //
ОНУ. – 2003. – №3.  – С. 15.
19. Кошеленко   Г.А.   Новые   письменные   документы   по   истории
центральноазиатского   региона   в   древности   /   Самарқанд   шаҳрининг   2750
йиллик   юбилейига   бағишланган   “Самарқанд   шаҳрининг   умумбашарий
маданий  тараққиёт  тарихида  тутган   ўрни”  мавзуидаги   халқаро  конференция
материаллари.  – Тошкент-Самарқанд: Фан, 2007.  – С.  52-54 .
20. Ливши ц  В.А. Согдийский посол в Чаче (Документ А–14 с горы Муг)
// С оветская Этнография .   –  Москва,  1960.   – №2.  – С. 34-51.
21. Лившиц   В.А.   Правители   Согда   и   “цари   хуннов”   в   китайских
династических   историй   //   Письменные   памятники   и   проблемы   истории
62 культуры   народов   Востока.   IХ   годичная   научная   сессия   ЛО   ИВ   АН   СССР
(аннотации и краткие сообщения).  –  М.: 1973.  – С. 2 6 .
22. Лившиц В.А. Правители Панча // НАА. 1979. – №4. – С. 61.
23. Лившиц В.А. История изучение Согда / Рахмат-наме. Сборник статей
к   70-летию   Рахмата   Рахимовича   Рахимова.   –   СПб.:   Кунсткамера,   2008.   –   С.
198.
24. Лившиц В.А. Согдийская  эпиграфика Средней Азии и Семиречья. –
СПб.: 2008.   –  С. 276-278.
25. Мавланов   У.  Самарканд  в  системе   древних  путей  Среднеазиатского
междуречья   //   Самарқанд   шаҳрининг   умумбашарий   маданий   тараққиётида
тутган   ўрни.   Самарқанд   шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига   бағишланган
халқаро илмий симпозиум материаллари. – Тошкент-Самарқанд: Фан, 2007. –
С. 102-103.
26. Матбабаев   Б.Х.   К   истории   культуры   Ферганы   в   эпоху   раннего
средневековья. – Ташкент: 2009. – С. 55.
27. Мухаммад   Наршахи.   История   Бухары   /   перевод   с   персидского   Н.
Лыкошинь. – Ташкент: 1897. – С. 15-17.
28. Нажмиддин   ан-Насафий.   Самарқандия   /   Арабчадан   Усмонхон
Темурхон ўғли ва Бахтиёр Набихон ўғли таржимаси. – Тошкент: ЎМЭ, 2001.
– Б. 127.
29. Отахўжаев   А.   Ғарбий   Суғднинг   суғориш   тармоқлари   билан   боғлиқ
атамалар хусусида //  O’zbekiston tarixi . – 2005. – №3. – Б. 3-7.
30. Отахўжаев   А.   Илк   ўрта   асрларда   Марказий   Осиё   цивилизациясида
турк-суғд муносабатлари. – Тошкент, 2010. – Б. 66.
31. Смирнова О.И. Каталог монет с городи щ а Пенджикент. – М.: Наука,
1963. – С. 8-15.
32. Смирнова  О.И.   Очерки   из   истории  Согда.   –   Москва:   Наука,   1970.   –
С. 25.
63 33. Смирнова   О.И.   Сводный   каталог   согдийских   монет.   Бронза.   –
Москва: Наука, 1981.  – С. 453-454.
34. Согдийские   документы   с   горы   Муг.   Вып.   II   /   Юридические
документы и  письма  /  Чтение,  перевод  и  комментарии  В.А.  Лившица.  – М.:
ИВЛ, 1962 .
35. Хўжаев   А.  Хитой   манбаларида   суғдларга   оид   айрим   маълумотлар   //
O’zbekiston tarixi‚ 2004 .   –  №1. – Б. 53.
36. Шишкина   Г.В.,   Сулейманов   Р.Х.,   Кошеленко   Г.А.   Согд   //
Д ревнейшие   государства   Кавказа   и   Средней   Азии.   Археология   СССР.   –   М . :
1985.  – С. 173-2 73 .
37. Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Тошкент: Фан, 1990. – Б.
53.
38. Юй Т.   C ведения  о ранней   Согдиане  в официальных историях   HAN ,
WEI ,   JIN   Южной   и   Северной   династии   /   Согдийский   сборник.   Выпуск   4.
Новейшие   исследования   по   истории   и   истории   культуры   Согда   в
Узбекистане   //   Ред.   Ш.   Камалиддин.   –   Lambert   Akademic   Publishing:   LAP ,
2017. – С. 49.
39. Ўзбекистон тарихи. (Хрестоматия). 2 -жилд. 1- қисм.   –  Тошкент: Фан,
2014.  –  Б. 30 .
40. Ғойибов   Б.   Суғд   конфедерациясида   Панчнинг   ўрни   (илк   ўрта
асрлар). – Тошкент: Наврщз, 2012.   – Б. 45.
41. Chavannes   E.   Çin   yıllıklarına   göre   Batı   Türkleri.   Çeviri   M.   Koç.   –
İstanbul :  Selenge, 2007. S. 263-264.
64

ILK O ʻ RTA ASRLAR SUG ʻ D HUKMDORLARI PORTRETIGA ChIZGILAR MUNDARIJA: Kirish ..................................................................................................... ........... 3 I -BOB. MARKAZIY SU G ʻ D HUKMDORLARINING ShAJARASI MASALASI …………………………………………………….. 8 II -BOB. MARKAZIY SUG ʻ D – SAMARQAND IXShIDLARI VA ULARNING SIYoSIY FAOLIYaTI ………………………….. 15 II I - BOB. JANUBIY SUG ʻ D – KESh AXURPATLARI 33 IV- BOB. ShARQIY SUG ʻ D - PANCh AFShINLARI VA HUKMDORLIKDAGI SIYoSIY JARAYoNLAR 41 Xulosa .......... ........................................................................................... .......... 59 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati .……….. .............................. 62 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi . O zbekiston Respublikasiʻ mustaqilikka erishgandan so‘ng fanning barcha sohalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shu j umladan, tarix fani va uning rivojiga ham katta e’tibor berildi. Bu borada 1998 yilda O zbekiston ʻ Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ning FA qoshidaga Tarix instituti faoliyatini takomil lashtirish to‘g‘risidagi farmoni bu yo‘ldagi dastlabki qadam bo‘ldi 1 . Bugungi kunda tarix faniga bo‘lgan munosabat va talablardan kelib chiqqan holda O zbekiston tarixining ilk o‘rta asrlar davrini tadqiq etish muhim va ʻ dolzarbdir. Bu davrda davlatchiligimiz tarixining muhim tarixiy jarayonlari sodir bo‘lgan. Albatta bu tarixiy jarayonlar va ular bilan bog‘liq voqeliklar siyosiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shunga asoslangan holda aytish mumkinki, Sug‘ddagi arablar bosqini arafasidagi siyosiy munosabatlar tarixi va Turk xoqonligining mahalliy hokimliklar bilan aloqalarni o‘rganish va unga Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlari hamda mavzuga oid boshqa manbalar asosida xolisona baho berish muhim masaladir. Ilk o‘rta asrlar, ayniqsa o‘rganilayotgan VI-VIII asrlarda Sug‘dning tarixini yorituvchi manbalar bilan tanishish natijasida aksariyat tadqiqotchilar sug‘diy yozma yodgorliklarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydilar. Garchi, bu masalada xitoy yilnomalari o‘zining yanada tadrijiy va uzluksiz ma’lumotlarga boyligi bilan qiymati yuqori bo‘lsa-da, ularda keltirilgan turli atamalar, kishi ismlari, unvonlar, joy nomlari va boshqalar xitoy tili va yozuviga moslashtirilib berilganligi sababli asliyatdan ancha uzoqlashgan va ularni tiklash tadqiqotchilar uchun hanuzgacha muammo bo‘lib qolmoqda. Shu jihatdan olganda ham sug‘diy tilli yodgorliklar mintaqa tarixini yorituvchi tadqiqotchilar uchun birlamchi va ishonchli manba bo‘lib qolaveradi. Bundan tashqari, o‘zining mahalliy muhitda 1 Ўзбекистон Республикаси ФА қошидаги Тарих институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида Вазирлар маҳкамасининг қарори / Халқ сўзи. 1998 йил. 28 июль. 2

yaratilganligi bois sug‘diy tilli manbalar Sug‘dning siyosiy hayoti va davlatchiligi haqida yanada yaqqolroq va teranroq tasavvur bera oladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, mintaqa tarixiga oid ko‘plab nashrlarda sug‘d yozma yodgorliklariga yetarli darajada murojaat etilmagan. Ayniqsa, Sug‘dning VI-VIII asrlar Markaziy Osiyo siyosiy hayotida tutgan o‘rnini yozma yodgorliklar asosida belgilash ishi to‘laqonli amalga oshirilmagan. Binobarin, sug‘dshunoslik sohasida 1970-yillardan boshlab yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. Sug‘dcha matnlarning dastlabki o‘qilishi jarayonida vujudga kelgan nashrlar qayta ko‘rib chiqildi. Ilmiy izohlar, yangicha qarashlar mujassam bo‘lgan bir qator nashrlar vujudga keldi. Bizning vazifamiz sug‘dshunoslik sohasida to‘planib qolgan tajribalarni tizimli ravishda umumlashtirish, sug‘diy yozma manbalar; hujjatlar, bitiklar, numizmatik va boshqa epigrafik yodgorliklarga to‘g‘ri ilmiy talqin berish, ulardagi ma’lumotlarni mavzuga taalluqli xitoy, arab, fors, qadimgi turk va boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash asosida ishonchli va xolisona xulosalarga kelishdan iborat bo‘ldi. O zining geografik joylashuviga ko‘ra qadimdan alohida bir tarixiy-madaniyʻ hudud sifatida shakllangan Sug‘dda o‘ziga xos voha davlatchiligi ko‘p asrlar davomida mavjud bo‘lgan. Shimoli-sharqda Nurota, Zarafshon tog‘ tizmalari, janubi-sharqda esa Hisor tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan va Zarafshon hamda Qashqadaryo daryolari havzalarining o‘troq turmush tarzi bu hududda voha davlatchiligining tashkil topishiga zamin yaratgan. Hududiy va siyosiy jihatdan Samarqand, Panch (Panjikent), Kesh, Naxshab kabi nisbatan yirik hukmdorliklar va Kushoniya, Kabudon, Maymurg‘, Xaxsar, Ishtixon, Fay singari kichik hokimliklardan iborat Sug‘d konfederatsiyasining shakllanish davri, bosqichlari, o‘ziga xos xusuiyatlari, boshqaruvdagi O rta Osiyo ʻ voha davlatlariga o‘xshash va farqli jihatlari, ushbu voha davlatlar olib borgan siyosiy-iqtisodiy munosabatlari o‘rganildi va baholandi. Sug‘d konfederatsiyasi O rta Osiyo voha davlatlarining aksariyati bilan ʻ qo‘shni bo‘lib, o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra ular orasida alohida o‘rin 3

egallagan. Xususan, Sug‘d shimol va shimoli-sharqdan Ustrushona, g‘arbda Buxoro, janubdan Toxariston hukmdorliklari bilan o‘zaro hamhudud bo‘lgan. Shuningdek, vohaga nisbatan shimoli-sharqda joylashgan Choch va Farg‘ona hukmdorliklari ham Sug‘dga masofa jihatidan yaqin bo‘lib, ular o‘rtasida ham aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, Sug‘d konfederatsiyasi ma’lum bir muddat o‘zining hududiy joylashuv o‘rni, davlatchilik an’analari, siyosiy mavqyei, iqtisodiy-madaniy salohiyati kabi jihatlari bilan ushbu hukmdorliklar orasida nisbatan markaziy hukmdorlik vazifasini bajargan. Ma’lumki, bu nodir yozma manbalar Vatanimiz tarixining muhim tarixiy voqeliklari xususida ma’lumot beradi. Ularda keltirilgan sug‘diy hukmdorlarning faoliyati va bu davrdagi siyosiy jarayonlar tarixini hukmdorlar portretiga chizgilar shaklida tadqiq etish bu davrdagi muammolarni yanada aniqroq tasavvur qilish imkonini beradi. Ushbu muammo yuzasidan XX asr davomida va hozirda bir qator tarixchilar, numizmatlar tadqiqot olib borganlar. Muammo yuzasidan ilmiy nashrlarda, maqolalarda, to‘plamlarda, ilmiy asarlarda mualliflarning maqsadlari yo‘lida yo‘l-yo‘lakay aytib o‘tilgan. Ushbu muammo yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ulardagi mavzuga oid ma’lumotlarni umumlashtirish, tarixiy talqin etish, siyosiy jarayonlarning asosida yotgan sabablarni va omillarni aniqlash muhim va dolzarbdir. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilab beruvchi asoslardan hisoblanadi. Tadqiqotning obyekti sifatida Sug‘d tarixining ilk o‘rta asrlar davri tanlangan. Malakaviy bitiruv ishining predmeti esa ilk o‘rta asrlarda Sug‘d hukmdorliklarida faoliyat ko‘rsatgan hukmdorlar tarixi tashkil etadi. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi. Yozma manbalar va numizmatik materiallarning nashrlari asosida ilk o‘rta asrlar Sug‘dda hukmdorlik qilgan shaxslar siyosiy faoliyatini o‘rganish va ular hukmronligi davridagi siyosiy jarayonlar mohiyatini ochib berishdan iborat. Malakaviy bitiruv ishining vazifasi. Yuqorida keltirilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: 4

Markaziy Su g‘d hukmdorlarining shajarasi masalasi o‘rganish; Markaziy Sug‘d – Samarqand ixshidlari va ularning siyosiy faoliyatini tahlil qilish; Janubiy Sug‘d – Kesh axurpatlari davridagi siyosiy jarayonlarni o‘rganish; Sharqiy Sug‘d – Panch hukmdorlari va hukmdorlikdagi siyosiy jarayonlar tarixini manbalar asosida o‘rganish. B itiruv malakaviy ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlarning qisqacha tahlili . Bugungi O zbekiston hududining markaziy mintaqasini tashkilʻ etgan tarixiy Sug d tarixi yuz yildan ko proq vaqt davomida o rganib kelinmoqda. ʻ ʻ ʻ Lekin Sug dda ushbu davrda ʻ mintaqani boshqargan hukmdorlar shaxsiyati ga doir ilmiy ishlar unchalik ham ko p emas. Shu jihatdan ushbu qismda bevosita ʻ muammoga doir ilmiy izlanishlarni tavsiflash maqsad qilib olingan. Turk xoqonligi hukmronligi davrida Sug ddagi boshqaruv va mazkur ʻ boshqaruvda turkiylarning o rnini numizmatik materiallar asosida numizmat olima ʻ O.I.Smirnova tadqiq etgan. Ushbu tadqiqotlarning qiyosiy tahlil asosida olima o zining qator ilmiy qarashlarini ilgari surdi ʻ 2 . Olima V.V. Bartoldning Sug d ʻ boshqaruvining mohiyatiga doir firklarini rad etib, olimning Syuan-Szanning Chu daryosidan Sug dlar mamlakati boshlanadi degan fikriga izoh berib o tdi. 1970 ʻ ʻ yilda chop etilgan «Sug d tarixidan lavhalar» kitobida O.I.Smirnova Sug dning ilk ʻ ʻ o rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hamda hukmdorliklarning ma’muriy ʻ tuzulishini sug d, arab, fors va xitoy tilli manbalar asosida tahlil qilib, Sug dning ʻ ʻ rivojlangan davri Turk xoqonligi hukm ronligi davriga to g ri kelishini asoslagan ʻ ʻ 3 . Xususan, uning tadqiqot larida davlatning boshqaruv tizimi, uning pog onalari, ʻ jamiyatning tabaqalari, Sug d konfederativ davlati tizimi doirasida viloyatlarning ʻ davlat bilan va o zaro munosabatlari, ichki bozorning ahvoli, mamlakatning ʻ xo jaligiga oid ko plab faktik materiallar va mintaqaning Turk xoqonligi ʻ ʻ hukmronligi davrining xususiyatlari o z aksini topdi. ʻ 2 Смирнова О.И. Каталог монет с городища Пенджикент. –М.: Наука, 1963. -С. 24-26; Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. – Москва: Наука, 1970. – С. 10-12; Смирнова О.И. С водный каталог согдийских монет. Бронза. – Москва: Наука, 1981. – С. 18. 3 Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. –М.: Наука, 1970. –288 с. 5