ZOL-GEL USULIDA OLINGAN KVARS SHISHALARDA NURLANISH TA’SIRIDA HOSIL BO’LADIGAN RADIATSION MARKAZLARNI O’RGANISH
ZOL-GEL USULIDA OLINGAN KVARS SHISHALARDA NURLANISH TA’SIRIDA HOSIL BO’LADIGAN RADIATSION MARKAZLARNI O’RGANISH MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….. I BOB. Adabiyotlar sharhi………………………………………..………….. 1.1 Zol-gel usuli va u yordamida materiallar olish texnologiyasi haqida ma`lumot ……………………………………………………………………… 1.2. Kvars shishalarini zol-gel usulida hosil qilish jarayonlarini nazariy tahlil qilish 1.3. Zol-gel usuli yordamida olingan kvars shishalar ………………………. 1.3. Kvarts shishalar. ………………………………………………………….. II BOB. TAJRIBA METODIKASI…………………………………………. 2.1. Zol-gel texnologiya asosida shisha olish…………………………………. 2.2. Gibrid usulda zol-kolloid sistema olish…………………………………… 2.3. Nurlanish spektrini o’lchash……….……………………………………… III BOB. TAJRIBA NATIJALARI VA ULARNING MUXOKAMASI.. 3.1. Zol-gel texnologiyasi asosida plastina olishni o’rganish………………… 3.2. Zol-gel usulida olingan kvarts shisha strukturasiga radiatsiyaning ta’sirini o’rganish…… Xulosa. ………………………………………………………………………. Adabiyotlar…………………………………………………………………..
KIRISH Hozirgi zamon texnikasining rivojlanishi fanning tezlik bilan rivojlanishiga imkon yaratmoqda. Shular qatori qattiq jismlar sohasini, ayniqsa amorf materiallar sohasini o’rganish birinchi galdagi talablardan biri hisoblanmoqdi. Chunki, amorf materiallar (shisha) va kristallar texnikada juda keng oraliqda ishlatilmoqda. Shuning uchun ham bu materiallarni tatqiqot qiluvchi mutaxassislar oldiga juda yuqori talablar qo’yilmoqda, yaoni materiallarning tozaligi, shaffofligi, yorug’likni yaxshi o’tkazuvchanligidir. Bunday xususiyatga ega bo’lgan shishashimon materiallar lazer texnikasida, optik priborlar yasashda, integral optikada va aloqa uzatishlarda, meditsinada keng qo’llanilmoqdi. Zol-gel texnologiyasi monolitlar, kukunlar, qatlamlar va tolalar kabi turli xil materiallar olish uchun muqobil usul sifatida keng qo’llaniladi. Ular orasida zol kbartsning asosiy xossasi va zol-gel jarayonida kremniy tolalarini olishda keng qo’llanilgan. Hozirgi zamonda shishasimon materiallarni olishning perspektiv metodlaridan biri Zol-Gel protsessidir. Bu protsessning tekshirish bo’yicha katta hajmda ish bajarilgan bo’lib ammo hosil qilingan materiallarni shisha va monolit kserogellarning xususiyatlarini tekshirish bo’yicha sistematik tadqiqodlar kam o’tkazilmagan. Bunday noan’anaviy metodlar bilan olingan shishalarni EPR spektroskopiya yordamida o’rganishning birqancha aspektlari mavjud. Hozirgi zamonda bu materiallarning xususiy va radiatsion xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida materiallarda hosil bo’ladigan har xil markazlarning xarakterini, tabiatini, qo’shimchalarning qaysi 2
elementga bog’liqligini va shu asosda bu qo’shimchalarni kamaytirish texnologiyasini yaratishga imkon beradi. Shu bilan birga shishalardagi indikatorlar (temir, marganets, mis va boshqalar) holatini o’zgartirish, bu shishalarning ishlatilishi sohalarini kengaytirishga olib keladi. Hozirgi vaqtdaha temir ionlari holatining shishalardagi o’zgarishi eng muhim masalalardan hisoblanadi. Integral optikaning rivojlanishi ayniqsa shishalarning to’lqin o’tkazgich xarakterga ega ekanligining ochilishi EHM texnikasida eng tez hisoblash mashhinalari yaratishga imkon beradi. Bu sohada planar to’lqin o’tkazgichlar texnologiyasini rivojlantirish va to’lqin o’tkazgichlarning hosil bo’lish nazariyasini rivojlantirish integral optikaning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga shishaning tarkibida xamisha mavjud bo’lgan temir ionlari o’zini qanday tutishi masalasi saqlanib qoladi. Noregulyar tugunlar va ular asosida hosil bo’ladigan radiatsion markazlar alohida qiziqish kasb etadi. Ular nafaqat materiallarning ishchi holatiga taosir etadi, balki ularning o’zlari ham aktivlashtiruvchi markazlar haqidagi ma’lumotlarni EPR spektroskopiya metodi yordamida olish mumkin. Ko’p yillardan beri radiatsiya taosirida naomuna bo’yalishining nurlantirish dozasiga va sharoitlariga bog’liqligi o’rganilmoqda. SHu bilan birga qayd etish kerakki bu taosir boshqa optik parametrlarning o’zgarishiga olib kelishi mumkin, yaoni sindirish ko’rsatkichi, uning dispertsiyasi, termik koeffitsienti va mexanik xususiyatlarini o’zgartirishi mumkin. Shunday qilib, bitiruv ishi yangi to’lqin o’tkazgichlar olish usullari, ularning hosil bo’lish nazariyasini rivojlantirish masalasini va yangi olingan shishalarning har xil defektlarini birgalikda umumlashgan bloklar sifatida o’rganishga qaratilgan. Mavzuning dolzarbligi. Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bo’lgan talablarini qondirishga mo’ljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va 3
texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bog’liq. So‘nggi paytlarda shishalarni past haroratlarda olish va ulardan turli sohalarda foydalanish to‘g‘risida ilmiy qarashlar shakkilanib bormoqda. Shular asosida mazkur bitiruv malakaviy ishida zol-gel texnologiyasi asosida silkikat shishalar olish texnologiyasini o‘rganish masalasi qo‘yilgan. Chunki materiallarni olishda yuqori temperaturalar ham qo’llanishi ma’lumdir. Ularda hosil bo’ladigan har xil markazlarning xarakterini, tabiatini, qo’shimchalarning qaysi elementga bog’liqligini va shu asosda bu qo’shimchalar bilan legirlashning yangi-yangi texnologiyasini yaratishga imkon beradi. Shu bilan birga shishalardagi aralashmalar (temir, marganes, mis va boshqalar) holatini o’zgartirish bilan shishalarning ishlatilish sohalarini kengaytirishga olib keladi. Tadqiqot maqsadi – zol-gel texnologiyasi asosida silkikat shishalar olish texnologiyasini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Shisha olish uchun zol hosil qilishni o’rgani sh. 2. Zoldan gelga o’tish jarayoni bilan tanishish va o’rganish . 3. Zol-gel texnologiyasi asosida silkikat shishalar olish va undagi kirishmalar holatini o’rganish . Tadqiqot obyekti va predmeti Zol-gel texnologiyasi asosida olingan shishalar va kirishmalar spektrlarini taqqoslash yo’li bilan o’rganish. Ishning ishlanganlik darajasi. Radiasion fizikaning asosiy masalalaridan bir bo’lgan nurlanishning qattiq jismlarda paramagnet va boshqa xususiyatlarining o’zgarishiga ta’sirini o’rganish hisoblanadi. Qattiq jismlarning xusisiyatlarini o’rganish ayrim nuqsonlar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlarni beradi. Ushbu ish silikat shishalar sirt qatlami xususiyatlarini radiasiya ta’sirida bo’ladigan o’zgarishini o’rganishga bag’ishlangan. Radiatsiya ta’sirida shishalarning xusisiyatlarini o’rganish 4
bilan undan quyosh konsentratorlarini tayyorlashda foydalanish mumkin. Bu yo’nalishning turli muammolari bilan shug’illanuvchi olimlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Zol-gel usulida olingan kvars shishalarni yaratish ustida O.Vofbeis (Germaniya), Mallins (Angliya), Lakovich (AQSh) va boshqalarni sanash mumkin. O’zbekistonda kvars shishalar yaratish bo’yicha turli masalalari bilan Abdurahmonov E., Gevorkyan A.M., Kabulov B.J., Nasimov A.M.,Normuradov Z.N.kabi qator olimlar ishlarini keltirish mumkin. Bajarilgan ishlar tahlili korsatadiki, bu ishlarda turli obyektlar uchun sensorlar yaratilgan bo’lib ular asosan termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarga asoslangan. Tadqiqot usuli Zol-gel texnologiyasi asosida olingan shishalar va kirishmalar spektrlarini taqqoslash yo’li bilan o’rganish. Yangi materiallar olish va olingan na’munalar spektrlarining bir-biriga taqqoslash bilan qo’yilgan masalaga erishish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Zol-gel texnologiyasi asosida shishalar olishni o‘rganish. O’rganilayotgan materiallarda kuzatilgan effektlar asosida kirishmalar kiritilganda uning ta’sirini o‘rganish. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati . Ishda o ’rganilayotgan materiallar qatlamidagi o’zgarishlarni aniqlash bilan kelajakda shishalar dan quyosh elementlari sifatida foydalanish ko‘zda tutilgan. Yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasi natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilardan iborat: - xomashyo materiallariga bog‘liq bo‘lgan yuqori tozalikdagi shisha olish; - boshlang‘ich komponentlar bir jinsliligiga bog‘liq bo‘lgan yuqori bir jinsli shisha olish; 5