logo

1-13 mavzular

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

107.21875 KB
1- Mavzu: Kirish:  Fan tushunchasi.
Reja:
1. Fan tushunchasi. 
2. Fan tarixi kursining predmeti va asosiy vazifalari.
3. Fanning   vujudga   kelishi   va   fan   rivojining   tarixiy   shart-   sharoitlari   hamda
bosqichlari.
4. Fan aspektlari. 
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining
tadqiqot     obyekti,   predmet   va   vazifalari   borasida   tushuncha   berish,   shuningdek
turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars   o’tish   vositalari:   doska,   plakat,   Fan   yuzasidan   manba   va   adabiyotlar,
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
Fan, texnika, tara qq iyot, sivilizasiya, malaka, tajriba, ixtiro, ilk sivilizasiya
markazlari,   Misr,   Mesopatamiya,   fanning   to’rt   bos q ichi,   fan   aspektlari:   institut,
metod,   bilimlarni   to’plash,   tara qq iyot   faktori,   olam   va   odam   o’rtasidagi   faktor,
jamiyat va fan.
O’zbekiston  xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat  qurish maqsadini
qo’ygan va bu yo’lda dastlabki, lekin juda muhim qadamlar qo’yayotgan jarayonda
fanga   bo’lgan   e’tibor   kundan   kunga   ortmoqda.   Negaki   dunyoning   bugungi   rivoji
shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual
salohiyatda, fikrda, aqlda, fan va ilg’or texnologiyalardadir.  Chunki fan va texnika
olga   siljigan   sayin   beto’xtov     yangilanib   boradigan   jarayondir.   Shu   borada
Prezidentimiz   I.A.Karimov   tomonidan   lutf   etilgan:   “Kuch   -   bilim   va   tafakkurda
hamda   uning   rivojida”   degan   hikmat   aynan   bugun   va   ertangi   kun   uchun
aytilgandir.
           Yurtboshimiz I.A.Karimov o’zining “Tarixiy   xotirasiz kelajak yo’q” asarida
fan to’g’risida shunday degan edilar:
    “Umuman men fanni ilg’or, taraqqiyot, progress degan so’zlar bilan yonma-yon
qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish,
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini
ko’rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini,
mustaqil   bo’lmagan   millatning   kelajagi   yo’qligini,   bu   tabiiy   qonuniyat   ekanligini
isbotlab,   tushuntirib   berish   kerak.   Fan   jamiyat   taraqqiyotining         olg’a   siljituvchi
kuchi,   vositasi   bo’lmog’i   lozim.”   (“Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q.”   Muloqot jurnali, 1998 y 3 sentyabr). 
     Darhaqiqat  jamiyat taraqqiyotining asosiy  faktori  bu - fan hisoblanadi. Iqtisodi
rivojlangan,  demokratik jamiyat   qurishning     yangi  strategiyasi     -  bu fanning  ham
mazkur tizimda tutgan o’rni va rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq
belgilab berish zaruratini ilgari suradi.  Ana shu zaruriyat bugungi xalqimiz oldida
turgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun kerakli ilmiy xulosalar chiqarish
uchun   fan   va   texnikaga,   uning   vujudga   kelish   tarixini   o’rganishga,   uning
rivojlanish   bosqichlari,   jamiyat   taraqqiyotida   roli   va   ahamiyatini   o’rganishga
bo’lgan talab va ehtiyojning oshib borishiga sabab bo’lmoqda.
          Biz   o’rganayotgan   “Fan   tarixi”   predmetining   maqsad   va   vazifalari   ham
O’zbekistonning   bugungi   salohiyati   va   iqtisodini   yanada   takomillashtirish,   el-
yurtimiz   omonligi,   faravonligi   va   baxtli   kelajagini   yaratish   uchun   zarur   bo’lgan
ilmiy xulosalar chiqarish yuzasidan xizmat qilmogi lozim.
  Shunday   qilib   jamiyat   taraqqiyotining   asosiy   faktori   bo’lgan   fan   va   uning
rivojlanishi   har   doim   konkret-tarixiy   sharoitlar   jarayoni   bilan   bog’liq.   Bu   tarixiy
sharoitlar   jamiyatning   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish   usullari   bilan
aniqlanadi. 
Fan   oldidagi   vazifalar,   fanga   bo’lgan   munosabat   va   sharoitlarning   barchasi
jamiyat   taraqqiyotining   bosqichlari,   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish
munosabatlari bilan, bog’liqdir. Chunki tarixda ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab   chiqarish   kuchlari   erishgan   darajaga   javob   bermasligi   natijasida   fanning
rivojiga va uning yutuqlarini jamiyatda qo’llashga bo’lgan to’sqinlik holatlari juda
ko’p   uchraydi.   Shuning   uchun   fanning   rivojlanishi   insoniyat   tarixida   juda
notekisdir.   Fanning   eng   tez   rivojlangan   bosqichlari   hatto   ayrim   holatlarda
turg’unlik   va   tushkinlik   bosqichlari   bilan   almashilgan.   Ammo   jamiyat   hayotida
fanning ahamiyati va unga bo’lgan e’tibor umuman olganda doimiy o’sib borgan.
Chunki   insoniyatning   butun   kelajakka   bo’lgan   umidi   fan   progressi   jarayoni   bilan
bog’liqdir.
Biroq   har qanday ilmiy taraqqiyot jarayoni jamiyat nazorati ostida bo’lishi
kerak.   Fanni   boshqarish     kerak.   xuddi   shuning   uchun   ham   bugun   fan   taraqqiyoti
nazariyasini  qurish vazifasi  o’ta muhimdir. Fanni  boshqarish va uni  tashkil  qilish
uchun   amaliy   tavsiyanoma   bo’lgan   umumiy   fan   nazariyasini   yaratish   kerak.
Shuning   uchun   ham   hozirgi   kunda   fan   tarixi   va   uning   rivojlanishi   predmetining
maxsus fan sifatidagi aktualligi oshib bormoqda.
Qadimgi dunyoning eng yirik ilmiy markazlari bo’lib Misr, Mesopatomiya,
Hindiston, Xitoy so’ngra Yunoniston va Rim hisoblanadi. Biroq «Fan tarixi»ning
o’zi hozirgi kunda o’z tarixiga ega. Uning mustaqil  ilmiy fan sifatida tan olinishi
1892 yilda bo’lib o’tdi, chunki shu yili Fransiyada «Fan tarixi» bo’yicha birinchi
maxsus   kafedra   ochildi.   Hozirgi   kunda   dunyoda   100dan   ortiq   shunga   o’xshash kafedralar, 40 dan ortiq ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy jamiyatlar mavjud. Fan
tarixi bo’yicha shug’ullanayotgan olim soni ham doimiy o’sib bormoqda.
Fan tarixi yana o’zining ilk tarixiga, ya’ni vujudga kelishi tarixiga ham ega.
Chunki insoniyat tarixi bizdan ancha uzoq bo’lgan o’tmishga borib taqaladi. Inson
hayvonat   dunyosidan   ajralib   chiqqan   vaqtlardanoq   tabiatning   tayyor
mahsulotlarini, ya’ni  yesa  bo’ladigan boshoqlar, o’simliklarning barglari va ildiz-
mevalarini o’zlashtirish uchun turli usullardan, qurollardan foydalanganlar. Bu esa
ibtidoiy odamlarni yaxshi yashash uchun kurash zaruriyatidan kelib chiqqan holda
tabiatni,   atrof-muhitni   kuzatish,   o’rganish   va   shundan   xulosa   chiqarishga   majbur
qilardi.   Toshdan,   yog’ochdan   va   suyakdan   yasalgan   mehnat   qurollarini
takomillashtirish, ov va termachilik usullarini o’rganish, bir so’z bilan aytganda –
o’z   imkoniyati   darajasidagi   barcha   ishlar   bilan   shug’ullanish   jarayoni   insoniyat
tarixining ancha keyingi bosqichlarida  fan va texnika  degan buyuk nomni oldi.
Arxeologik   davriy   tizimda   insoniyat   tarixining   dastlabki   bosqichi   bo’lgan
«tosh   asri»   ancha   uzoq   davrni,   ya’ni   bundan   3-2   mln   yillar   avval   boshlanib   to
eramizdan avvalgi  4-3 ming yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ana shu
davr   ichida   ibtidoiy   odam   tabiatning   tayyor   mahsulotlarini   o’zlashtirish,   mehnat
qurollarini   va   olovni,   ovchilik   va   termachilikni,   o’q-yoyni,   qoya   toshlarga   rasm
chizish   va   ayollar   statuetkalarini   yasashni,   dehqonchilik   va   chorvachilik,
kulolchilik va kemachilik kabi buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Inson   hayotidagi   har   qaysi   yangi   qadam   o’tmishdoshlarimizdan   yanada
ko’proq   tajribani,   malakani   va   bilimlarni   talab   qilardi.   Shunday   qilib   asta-sekin
malaka va bilimlar yig’indisi to’planib borgan va avloddan-avlodga o’tgan.
Eramizdan   avvalgi   3-1   ming   yilliklarni   o’z   ichiga   olgan   «bronza   asri»ga
kelib   dehqonchilik   va   chorvachilik   yanada   rivojlandi.   Bu   orada   toshga   nisbatan
ancha   mustahkam   bo’lgan   bronzadan   yangi   mehnat   qurollari   motiga,   plug,
g’ildirak   va   boshqalar   kashf   qilindi.   Faqat   ovchilik   hisobiga   kun   ko’ruvchilar
uchun xo’jalikning bu turiga bo’lgan ehtiyoj qisqarib, hayotiy zaruriyatning yanada
ishonchliroq   bo’lgan   manbai,   ya’ni   qishloq   xo’jaligi   vujudga   keldi.   Bu   davrda
Misr, Mesopatamiya va O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga keldi.
Faqat   g’ildirak   kashf   etilishining   o’zigina   sivilizasiya   rivojining   muhim
dvigateli   bo’ldi.   Chunki   g’ildirakning   keng   qo’llanilishi   suv   tegirmoni,   chig’ir,
charxpalaklarning   va   ularda   qo’llaniladigan   gidravlik   dvigatellar   va   richaglarnin
kashf etilishiga olib keldi.
Birinchi   sivilizasiya   markazlaridan   biri   bu   Misr   hisoblanadi.   Misrda
dastlabki   primitiv   kema   va   qayiqlar   qurish   oqibatida   keyinchalik   yanada   tez   va
ishonchli bo’lgan (parusli) yelkanli kemalar kashf qilingan. Parusning kashf etilishi
shamol   energiyasidan   foydalanishda   birinchi   qadam   bo’ldi.   Keyinchalik   shamol
tegirmonlari kashf etildi. Dastlabki   sivilizasiya   markazlarida   shaharlar,   saroylar,   xramlar   va   ulkan
piramidalar   qurilgan.   Biz   hali   ham   o’sha   davr   fan   va   san’atining   bu   me’moriy
obidalariga hayratlanib qaraymiz.
Dj.   Bernalning   ta’kidlashicha   ilk   sivilizasiyalar   texnika   sohasida   katta
progressga   erishganlar.   Masalan:   bundan   5   ming   yillar   ilgari   yasalgan   ayrim
buyumlar o’zining daslabki ko’rinishini deyarli o’zgartirmaganlar. Bizning stol va
stullarimiz – deydi Bernal – o’zining o’sha misr hunarmadlari birinchi bor yasagan
dastlabki   ko’rinishini   o’zgartirmagan.   Masalan:   kreslo   bundan   4500   yil   avval
( er.avv. 2500yil) yasalganligi ma’lum. Biz hali ham o’sha ilk sivilizasiya davrida
ishlatilgan   tarelkalarga   o’xshash   shakldagi   tarelkalardan   foydalanamiz.   Bunday
misollarni   ko’plab   keltirish     mumkin.   (Bernal   .   Dj.   Nauka     istorii   obshestva.
Moskva, 1956 g. s 81- 82).      
Shunday   qilib   dastlabki   sivilizasiyalarning   gullab-yashnagan   davrlaridanoq
fanning ahamiyati muhim o’rin tutgan. Shuning uchun biz fan tarixini o’rganishda
insoniyat  tarixini  uning eng ilk davrlaridan boshlab  kuzatib, o’rganib chiqishimiz
kerak.   bu   esa   fan   tarixi   bilan   birgalikda   butun   sosial—iqtisodiy   tarixni   ham
o’rganishni taqozo etadi.
Chunki   «FAN»   (science)   so’zi   insoniyat   tarixining   butun   evolyusiyasi
davomida juda ko'p o’zgarishlarni o’z boshidan kechirdi.
Fan   tarixi   –   bu   texnika,   fan   va   falsafa   o’rtasidagi   har   tomonlama   o’zaro
bog’liqlik   yig’indisidir.   Bir   tomondan   tartibga   olingan   texnika   yig’indisi   bo’lsa,
ikkinchi   tomondan   rasionalllashgan   mifologiyadir.   Chunki   fan   hunarmandlar
tajribasi va kohinlar targ’iboti asosida vujudga kelib yozuv paydo bo’lganga qadar
uzoq vaqtlar davomida jamiyatda faoliyat ko’rsatdi. Bernal aytganidek – fan yozuv
paydo   bo’lgach   va   undan   keyingi   yillarda   ham   ko’proq   yuqori   tabaqa   uchun,
ruhoniylar va savdogarlar uchun xizmat qildi.
Faqat keyingi uch yuz yillikda fan o’z huquqiga, adabiyotiga va tashkilotiga
ega   bo’lgan   mustahkam   professiya   sifatida   qaror   topdi.   Biz   yuqorida
aytganimizdek,   yuqori   templarda   rivojlangan   sivilizasiyalar   uzoq   davom   etgan
turg’unlik va tushkunlik holatlari bilan almashganlar. Vaqt davomida ilmiy faoliyat
markazlari   ko’chib   turgan   yoki   savdo-sanoat   markazlari   kayerda   rivojlansa,   fan
o’sha   joyda   rivojlangan.   Misol   tariqasida   «Buyuk   geografik   kashfiyotlar»   tufayli
Sharq sivilizasiyasining Yevropaga  ko’chishini keltirishimiz mumkin.
Bobil,   Misr   va   Hindiston   qadimgi   dunyo   fanining   markazlari   edi.
Yunoniston esa bu markazlarning merosxo’ri bo’ldi. Shuni ta’kidlash joizki, ya’ni
xuddi   shu   Yunonistonning   o’zida   birinchi   marta   fan   uchun   rasional   bazis   ishlab
chiqildi.   Rimda   fanga   kam   e’tibor   berilardi.   Meros   keyinchalik   Yunonistondan
yana   o’sha   Sharqqa   qaytib,   Suriyada,   Forsda,   Bog’dodda   va   Hinditonda,   O’rta
Osiyoda, shuningdek uzoq Xitoyda ham yangi fan markazlari shakllandi. Va faqat shu yerlardan – deb yozadi Dj.Bernal fan va texnika O’rta asrlar Yevropasiga kirib
keldi. Bu yerda fan o’zining dastlabki kuchsiz va sekin, keyinchalik buyuk faollik
bilan rivojlanib hozirgi zamon fani vujudga keldi.
Uyg’onish davrida fan rivojining to’rt asosiy bosqichga bo’lish mumkin:
Birinchi   bosqich:   -   ilmiy   markazlar   Italiyada   jamlandi.   Leonar   da   Vinchi,
Vezamey   va   Kopernik   olimlar   yetishib   chiqib,   bu   davrda   antik   davr   olimlarining
odam   va   olam   haqidagi   doktrinalari   tanqidiy   o’rganilib,   mexanika,   anatomiya   va
astronomiya fanlari vujudga keldi.
Ikkinchi   bosqich:   -   ilmiy   markazlar   Nederlandiya,   Fransiya   va   Angliyaga
o’tib,   bu   davr   olimlari   Bekon,   Galiley,   Dekart   va   Nyutonlar   olamning   yangi
matematika-mexanik modelini yaratdilar.
Uchinchi   bosqich:   -   biroz   tanaffuzdan   so’ng   ilmiy   markazlar   sanoat
Angliyasida va inqilobiy Parijda jamlana boshlandi. Bu davrda elektr sohasida bir
qator   eksprimentlar,   tajribalar   o’tkazildi,   qaysikim   yunon   olimlari   bu   sohaga
e’tibor   berishmagandilar.   Xuddi   shu   davrda   elektr   yordamida   ishlab   chiqarish   va
transport sohasida katta o’zgarishlar qilindi.
To’rtinchi   va   eng   muhim   bosqich   –   bizni   davrimizda   bo’lib   o’tgan   fan
inqilobi   bo’lib,   bu   davrda   jahon   fani   vujudga   keldi   va   u   inson   hayotining   barcha
jabhalariga   kirib   bordi.   Shu   bilan   birga   bu   davr   fani   bevosita   dahshatli   urush
girdobini keltirib chiqaruvchi sohalarga ham xizmat qilmoqda.
Qadimgi   Yunonistonda   fan   quldorlik   tuzumining   tovar-pul   xo’jaligi
shakllangan   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotini   aks   ettirdi.   O’rta   asrlarda   fan   feodalizm
natural ekonomikasining rivoji va tushkunlik holatlarini aks ettirib, bu davrda fan
yutuqlaridan kam foydalanildi.
Faqat   feodal   munosabatlar   yemirilib,   kapitalistik   ishlab   chiqarishning
vujudga kelishi bilan fan rivoji uchun keng imkoniyatlar ochildi va bu rivojlanish
yuqorida aytganimizdek hozirgi zamon fanini vujudga keltirdi.
Shunday   qilib,   «Fan   nima,   uning   maqsadi   va   ahamiyati   qanday?»   degan
savolga turli davrlarda turlicha javob berib kelingan.
Insoniyat   faoliyatining   mahsuli   bo’lgan   fan   –   o’zgaruvchandir:
Sivilizasiyalar   arafasida   fan   faqat   hunarmandlar,   oshpazlar,   kohinlar,   temirchilar
faoliyatining   ayrim   jihatlarini   aks   ettirib   kelgan.   Faqat   XVII   asrga   kelibgina   fan
o’zining mustaqil faoliyatiga ega bo’la boshladi. (Dj.Bernal «Aspekti nauki» – 18
str.).
Fan   o’z   taraqqiyoti   davomida   ijtimoiy   hayotning   barcha   tarmoqlariga   kirib
borgan.   Shuning   uchun   ham   hozirgi   zamon   fanining   bir   qancha   asosiy   aspektlari
mavjud   va   ular   quyidagicha:   1)   fan-institut;   2)   fan-metod;   3)   bilimlarni   to’plash
an’anasi; 4) ishlab chiqarish rivojining muhim faktori; 5) olam va odam o’rtasidagi
munosabatlarning eng muhim faktori;6) jamiyat va fanning o’zaro bog’liqligi. Fanning   institut   sifatidagi   va   ishlab   chiqarish   faktorlari   sifatidagi   jihatlari
hozirgi   zamon   bilan   bog’liq   bo’lsa,   uning   metod   sifatidagi   aspekti   qadimgi
Yunonistonga borib taqaladi.
Fanning   bilimlarni   to’plash   va   uzatish   aspekti,   ya’ni   ota-onalarning
farzandlarga, ustalarning shogirdlarga to’plagan malakalari va tajribalaridan iborat
bilimlarini uzatish  fanning eng dastlabki  manbalari  bo’lib hisoblanadi  hamda eng
qadimgi davrlarga borib taqaladi.
  Fanning   keyingi   aspektlari   esa     albatta   jamiyatning   juda   ko’p   qirrali
muammolarini   qamrab   oladi.   Shunday   qilib   fan   va   texnika   sivilizasiyaning
yetakchi   kuchi   va   taraqqiyotining   qudratli   omili   bo’lishi   bilan   birga   u   doimiy
yangilanib   boradi.   Yangi   kashfiyotlar   va   bilimlarning   paydo   bo’lishi   ilgari   hech
qurilmagan sur’atlarda yuzaga chiqaveradi.
    Fan   va   texnikaning   jadallashib   borayotgan   rivojlanish   jarayoni   ilmiy   –
texnika, to’g’rirogi, ilmiy – texnologiya inqilobi (ITI) nomini oldi.
Mavzu bo’yicha savollar:
1. Fan tarixi kursining predmeti va asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
2. Fanning   vujudga   kelishi   rivojlanishi   sharoitlari   va   bosqichlarini   tahlil   qilib
bering.
3. Fan aspektlari deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar ro’yxati
1) Abdunabiyev A. “Vklad v mirovuyu sivilizasiyu”  T.1998
2) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
3) Bolgrad-Levin T.M. “Drevniye sivilizasii” M. 1989
4) Istoriya drevnego mira - Rassvet drevnix obshyestv, upadok drevnix obshyestv. 
M. 1988
2- Mavzu:   Qаdimgi davr fani. Mesopotamiya fani va madaniyati
Reja:
Mesopotamiyada yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. 
Ilmiy    bilimlarning shaqllanish shart-sharoitlari.
Mesopotamiyada astronomiya va matematika fanlari ravnaqi.
Tibbiyot va veterinariya fanlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan qadimgi dunyo fan tarixiga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Mesopotamiya, yozuv, ibodatxona, bilim, astronomiya va matematika 
fanlari, filologiya , tibbiyot va veterinariya, hakim  (vrach). 
Mesopotamiya madaniyati qadimgi zamonda Old Osiyoning hamma xalqlari 
o’rtasida keng yoyilgan va antik dunyoning madaniy taraqqiyotiga zo’r ta’sir 
ko’rsatgan. Eng qadimgi Shumer-Akkad zamonidagi, eramizdan avvalgi IV-ming 
yillik boshlaridagi madaniyatning davomi bo’lgan Bobil madaniyati to’rt ming yil 
davomida nasldan-naslga o’tib, rivojlanib borgan va nihoyatda gullab-yashnagan. 
Shumer va Akkad shaharlari hamda Elamning Mesopotamiyaga yondoshgan va 
Ikki daryo oralig’i bilan qadimdan juda yaqin madaniy-tarixiy aloqa qilib kelgan 
oblastlari bu madaniyatning eng qadimgi markazlari bulgan.
Yozuvning ixtiro qilinishi shumer xalqining eng katta madaniy yutuqlaridan biri 
bo’lgan; Shumer yozuvi Uruq davrida, eramizdan avvalgi IV-ming yillikning 
boshlaridayoq paydo bo’lgan. Qadimgi zamondagi boshqa xalqlarning o’ziga 
alohida yozuv sistemasi paydo bo’lganidek Shumer yozuvi ham dastavval surat 
yozuv tariqasida vujudga kelgan, bunda ayrim surat belgilar aytilmoqchi bo’lgan 
so’zni rasm bilan ifoda etgan. 
Biroq ko’zga ko’rinadigan narsalar va hodisalarning eng qadimgi belgi-rasmlari 
yordami bilan bu oddiy surat yozuvda murakkab tasavvurlar va mavhum 
tushunchalarni tasvirlab bo’lmagan. Shu sababdan mirza bunday so’zlarni ifoda 
qilish uchun bir qancha turli xil belgilarni bir-biriga qo’shishi kerak bulgan. 
Masalan, «yig’lash» so’zini yozish uchun «ko’z» hamda «suv»ni bildiradigan 
belgilarni qo’shib ko’rsatish lozim bo’lgan. «Yomg’ir» suzi «yulduz» (osmon) va 
«suv» belgilarini bir-biriga qo’shish orqali bildirilgan. «Tug’ish» so’zi odatda 
«qush» va «tuxum» belgilarini bir-biriga qo’shish bilan ifodalangan. O’z-o’zidan 
ma’lumki, bunday yozuv murakkab, qo’pol va noqulay bo’lgan. Tilning 
murakkablashib borishi hamda juda ko’p xilma-xil so’zlarning va grammatik 
formalarning paydo bo’lishi yozuv sistemasini soddalashtirishni talab kilgan. Shu 
munosabat bilan qadimgi surat yozuvga (piktografiyaga) asos bulgan tasviriy 
prinsip yuqola borib, uning o’rnini so’zning tovush tomoni (fonema)ni yozma  belgilar orqali ifoda qilish sistemasi asta-sekin ola borgan. 
Turmush sharoitlari, biror hujjatni tez yozish zaruriyati eng qadimgi 
zamonlardayok, shumeriylarning bu juda qadimgi surat yozuvini soddalashtirishni 
talab qilgan. Shu sababdan biror narsaning butunicha rasmini chizish urniga uning 
faqat eng xarakterli qismini chizib, sekin-asta rasmni chiziqli sxemaga aylantira 
borganlar. Misol uchun «ho’kiz» so’zini, odatda, ho’kiz kallasini tasvirlovchi 
sodda chiziq bilan ifoda qilganlar. Zamonlar o’tishi bilan belgilar «Blau lavhalari» 
deb atalgan lavhalardagi  qadimgi Shumer yozuvlari sopol lavhalarga alohida usul 
bilan tushiriladigan bo’lgan, shu munosabat bilan tez yozish zarurati tug’ilgan va 
natijada yozuv belgilari yanada ko’proq sxemalashtirilgan hamda mixxat sistemasi 
ishlab chiqilgan. Belgilar hali qotmagan loy lavhalar ustiga uyib tushirilgan, bu 
belgilar bora-bora ilgarigi surat shaklini yuqotgan va zamonlar o’tishi bilan 
vertikal, gorizontal va egri tushirilgan pona mixlar yig’indisidan iborat turli xil 
formalar tusini olgan.
Bobilliklar Shumer madaniyatining asosiy elementlari bilan birga, shumeriylar 
mixxatini ham qabul qilganlar, keyin esa Bobil savdosi va madaniyatining keng 
rivojlanishi tufayli, bu mixxat butun Old Osiyoga yoyilgan- Qadimgi Akkadda, 
Ossuriyada, Xett davlatida, Urartuda, Suriya va qadimgi Eronda ham mixxatdan 
foydalanilgan. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalarida mixxat xalqaro 
diplomatik yozuv sistemasiga aylangan. Hatto Old Osiyo podsholari bilan hamda 
Suriya va Finikiya knyazlari bilan juda ko’p xat yozishib turgan Misr fir’avnlari va
amaldorlari ham mixxatdan foydalangan.
Filologiya sohasida ba’zi bilimlar orttirish yœlidagi dastlabki intilishlar ham, 
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Qadimgi Mesopotamiyada tillari butunlay boshqa-
boshqa bo’lgan va o’zaro doim aloqa qilib turgan shumeriylar bilan Akkad 
semitlaridan iborat ikki qabilaning mavjudligi bu tillarni o’rganish uchun turli 
maktab qo’llanmalari tuzishni talab qilgan. Mixsimon burinli belgilar 
(sillabarlar)ning ruyxatlari shu maqsad bilan tuzilgan bo’lib, unda bu belgilarni 
shumer va akkad tillarida qanday o’qitish kerakligi ham kursatilgan. Shumer va 
akkad tillarida tegishli izohlar berib tuzilgan mixsimon ideogrammalar (butun-
butun tushunchalarni ifodalaydigan ma’noli belgilar) ning ruyxatlari ham shunday 
ahamiyatga ega bo’lgan. Shu bilan birga, atoqli otlar yozilgan juda ko’p ro’yxatlar,
tog’lar va mamlakatlarning nomlari, xudolar va ibodatxonalar, toshlar, o’simliklar, 
yog’och va teridan yasalgan narsalar va boshqalarning nomlari yozilgan ro’yxatlar 
xilma-xil sohalarda bilim orttirishga bulgan intilishni ko’rsatadi. Shuningdek bu 
ruyxatlar oddiy tarzda va ko’pincha amaliy suratda sistemaga solishning eng 
qadimgi boshlang’ich usullarini hamda bularni shumer yoki akkad tilini o’rganish 
maqsadida ishlatilganligini ko’rsatadi. Xattot (kotib)larning ana shu faqat spravka 
tariqasidagi qo’llanmalari bilan bir qatorda, maktablarning grammatik mashqlari  ham saqlanib qolgan. Bunday grammatik mashqlar qadimgi Shumer shahridagi 
Nippur ibodatxonasining kutubxonasidan topilgan.
Maktablar, Ibodatxonalar qoshidagi maktablar ana shu hamma bilimlarni 
tarqatadigan markaz bo’lgan. O’sha maktablar xattotlarni kelgusida qiladigan 
ishlarga tayyorlagan. Hattotlar ayni vaqtda kohin xam bo’lganlar. Bu maktablarda 
umumiy bilim berish bilan bir qatorda, birmuncha yuqoriroq maxsus ma’lumot 
ham berilgan. Umumiy ma’lumot yozuv va til o’rganish, arifmetika, geometriya va
astronomiyadan elementar bilim olish shuningdek yulduzlarga qarab  fol ochishdan
iborat bœlgan. Nihoyat, din, huquq, medisina va muzikaning turli sohalarini 
o’rganish maxsus ta’lim sistemasiga kirgan. O’qitish sistemasi juda oddiy bo’lib, 
o’qituvchi bergan savollarga o’quvchilarning javobi, bir tildan ikkinchisiga tarjima
qilish, yozuv mashqlari va yodaki takrorlash bilan cheklangan. Marida o’tkazilgan 
qazishlar vaktida o’quvchilarga mahsus skameykalar qo’yilgan maktab binosi 
topilgan edi.
 Mesopotamiyada  diniy-sehriy  dunyoqarashlar   chuqur  singib ketgan bo’lishiga 
qaramay, kundalik turmush ehtiyojlari odamlarni tabiat hodisalarining ichki 
mazmunini obektiv ravishda tushunib olish uchun bu hodisalarni diqqat bilan 
kuzatib borishga majbur etgan. Buning natijasida abstrakt fikrlashning dastlabki, 
hali juda oddiy formalari asta-sekin paydo bo’lgan. Odam tabiatdagi bir-biriga 
o’xshash hodisalarni kuzatar ekan, hali ularni sistemalashtirishga dadil kirisha 
olmagan, asosan amaliy maqsadlarni ko’zda tutibgina hayvonlar, o’simliklar va 
toshlarning ro’yxatlarini tuzgan.
Xo’jalik ehtiyojlaridan asta-sekin eng qadimgi fan kurtaklari, xususan matematika 
va astronomiya kurtaklari o’sib chiqqan. Mahsulot va mollarning miqdorini, 
og’irligini o’lchash, ish kuchlari miqdorini aniqlash, binolar hajmini belgilash, 
dalalarning er yuzasini hisoblab chiqarish zaruriyati eng qadimgi matematik 
hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlarning to’planishiga 
hamda arifmetika va geometriyaning tug’ilishiga olib kelgan.
  2.Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalqlarning matematika sohasidagi 
bilimlarining asosi eng qadimgi shumeriylar zamonida yaratilgan, jumladan asosi 
5, 6, 10 sonlari hamda ularning ko’paytmalari 30 va 60 bo’lgan sanoq sistemalari 
ham o’sha qadimgi shumeriylar zamonida maydonga kelgan. Qo’l panjasiga qarab 
sanash, ya’ni birdan beshgacha sanash hisoblashning eng oddiy usuli bo’lgan. 
Birinchi beshta sonning shumeriycha atalishi buni ko’rsatib turadi. 6, 7, 8 va 9 
sonlarining nomlari beshni tegishli qo’shimcha songa qo’shish natijasida tuzilgan 
(6= 1+5; 7 = 2 + 5; 8 = 3 + 5; 9 = 4 + 5). Hisoblashning oltmishlik sistemasi ham 
shumeriylar davrida yaratilgan, bu sistemaning asosiy birligi 60, 602 = 3600 va 
603 = 216000 bulgan. O’nlik sistemasining kurtaklari shumeriylar davrida, ya’ni 
10 ni ifodalovchi alohida suz va mixxat paydo bo’lgandan   keyin vujudga   kelgan. Akkadda    va Osuriyada    100 va 1000 ni ifodalash uchun alohida  belgilardan 
foydalanganlar, bu esa o’nlik sistemasining rivojlanganini ko’rsatadi. 
Hisoblashning o’nlik   va oltmishlik   sistemalarining uziga xos   usul bilan    
qo’shilishi 10,600 va 36000    raqamlarini, shuningdek bu raqamlarni ifodalovchi 
belgilarni ajratish zaruriyatini tug’dirgan. Hisoblashning turli xil sistemalarining 
o’ziga xos bir tarzda birga ishlatilishi va kombinasiyalari   yilning   360   kunga    
va   doiraning   360   bo’lakka bo’linishida o’z ifodasini topgan. Matematika 
tekstlari shumeriylar davridayoq matematikaning ancha taraqqiy qilganligini   
ko’rsatadi. Bu tekstlarda   alohida formulalar bilan darajaga ko’tarish, kvadrat va 
kub ildizlar chiqarish va hatto hajmlarni hisoblash ham tilga olinadi. Progressiya 
prinsipi ham ma’lum bo’lgan, deb o’ylash mumkin, 16 ga ortib boradigan 
arifmetik progressiya va 2 ga   kamayib, boradigan geometrik progressiyaning tilga
olinishi shu prinsipning  mavjud  bo’lganligidan darak beradi. Hisoblashlarda 
kasrlar, ko’pincha surati birga teng bo’lgan kasrlar qo’llanilgan. Ammo   2/3,   5/ye
kasrlar, shuningdek   3/6, 4/b va 5/6 kasrlarni belgilash   uchun ishlatilgan   
shumeriycha nomlar ham uchraydi.
180 ming raqamigacha (ko’paytishda) ko’paytirish, qo’shish va olish yuzasidan 
tayyor jadvallar bo’lganligi bu qadimgi matematikaning sof amaliy xarakterda 
ekanligini ko’rsatib turadi, bu jadvallar arifmetik amallarni tezda hal etishda 
mirzaga yordam bergan. 2/3 dan 81 gacha bo’luvchilari bo’lgan buluv jadvallari 
ham saqlanib qolgan. Akkad davridan qolgan dala planlarida er bo’laklarining yuzi
aniq o’lchab ko’rsatilganligi geometriya sohasidagi birinchi ma’lumotlar qishloq 
xo’jaligining rivojlanishi munosabati bilan va er uchastkalarini tez-tez o’lchab 
turish zaruriyati orqasida paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Egri-bugri bo’lgan 
dala yuzasini xisoblab chiqarish uchun bu er maydoni bir qator to’g’ri burchaklar, 
uch burchaklar hamda trapesiyalarga bulingan va har bir shaklning yuzasi alohida 
o’lchangan va keyin hosil bulgan sonlar quo’ilib, uchastkaning umumiy yuzasi 
aniqlangan.
Astronomiya Vaqtni hisoblash zaruriyati kalendar sistemasining belgilanishiga 
sabab bo’lgan, bu esa astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. 
Birqancha astronomik ma’lumotlar Shumer-Akkad davridayoq to’plangan. Bu 
davrdan qolgan katta astronomik asarda ancha-muncha astronomik kuzatishlar, 
xususan dunyoning to’rt iqlimi to’g’risidagi tasavvur keltirilgan. Bu astronomik 
ma’lumotlar o’sha davrda juda keng tarqalgan. Masalan, ba’zi nomlarning 
tarkibiga planetalarning nomlari kiritilgan. Shumer va Bobilning astronom-
kohinlari o’z observatoriyalarining tepalaridan turib quyosh, oy va yulduzlar 
harakatini kuzatganlar; observatoriyalar odatda ibodatxonalarning etti pog’onali 
minora-zikkurati tepasidagi maydonchada joylashgan. Bunday minoralarning 
xarobalari Ikki daryo oralig’ining barcha qadimgi shaharlaridan: Ur, Uruq Nippur,  Akkad, Bobil va boshqa shaharlardan topilgan. Ko’p asrlar davomida olib borilgan
astronomik kuzatishlar natijasida juda ko’p bilim to’plangan. Bobil kohinlari 
yulduzlarni beshta planetadan ajrata bilganlar va bu planetalarning alohida nomlari
bulgan. Planetalarning orbitalari am ma’lum bo’lgan. Butun yulduzlar osmoni 
zodiakning bahordagi nuqtasidan boshlab 15 qismga bo’lingan. Yulduzlar yulduz 
turkumlariga bo’lingan. Ekliptika ham aniqlanib, 12 bo’lakka va shunga muvofiq 
12 zodiak yulduz turkumlariga bo’lingan. Bularning nomlari keyingi vaqtlargacha 
saqlanib kelgan. Planetalar, yulduzlar, kometalar va meteorlar hamda quyosh va oy
tutilishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar rasmiy hujjatlarda qayd etilgan. Turli 
yulduzlarning kulminasion paytlari kuzatilganligi va ular qayd etilganligi, 
shuningdek kulminasion davrlar o’rtasidagi vaqtning hisoblab chiqarilganligi 
astronomiyaning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Bobil 
astronomiyasining eng yuksalgan zamoni eramizdan avvalgi VIII—VI asrlarga 
to’g’ri keladi. Bu davrda Bobilning astronom - kohinlari juda ko’p astronomiya 
bilimi to’plaganlar, preqyessiya (tun va kun baravar bo’ladigan vaqtni oldindan 
bilish) haqida tasavvurlari bulgan va hatto quyosh hamda oy tutilishini oldindan 
ayta bilganlar.
Astronomiya sohasidagi elementar bilimlar Bobil kohinlarining o’ziga xos 
kalendar sistemasi tuzishlariga imkon bergan. Bu kalendar sistemasi qisman oy 
fazalarini doim kuzatib borish natijasida hosil qilingan ma’lumotlarga asoslangan. 
Vaqtni hisoblashda sutka (bir kecha-kunduz), qamar oyi hamda 354 kundan iborat 
yil asosi kalendar birligi qilib olingan. Bir sutka uch qorovullik kechaga va uch 
qorovullik kunduzga bo’lingan, bunda sutkaning boshlanishi odatda kun botgan 
vaqtdan hisoblangan. Shu bilan birga, har bir sutka 12 soatga va har bir soat 30 
minutga bo’lingan. Shunday qilib, sutka 12 ta katta va 360 ta kichik bo’lakka 
bo’lingan. Bu esa Bobil matematikasi, astronomiyasi va kalendari sistemasiga asos
qilib olingan oltilik sanoq sistemasiga mos keladi. Doira, sutka va yilni 12 ta katta 
va 360 ta kichik bo’lakka bo’lishga urinish kalendarda ham aks etganligi ko’rinib 
turibdi. Har bir qamar oyining boshlanishi va shunga muvofiq ravishda uning 
davom etish muddati har gal tajriba asosida, maxsus astronomik kuzatishlar 
natijasida belgilangan, chunki har oy albatta yangi oy tug’ilgan kundan boshlanishi
lozim bo’lgan. Kalendar yili bilan tropik yili o’rtasidagi tafovut 11 kundan sal 
oshiqroq (to’g’risi, 11 kunu 5 soat 48 minut 46 sekundga baravar) bo’lgan. Bu 
hatto vaqt-vaqti bilan qo’shimcha oy qo’shib borish yuli bilan to’g’rilanib borgan, 
yilga qo’shimcha oy qo’shish esa Xammurapi davrida markaziy davlat 
hokimiyatining maxsus buyrug’i bilan amalga oshirilgan.
   3. Medisina va veterinariya sohasida ham sekin-asta bilimlar ham to’plana 
borgan. Bobil medisinasi Xammurapi zamonidayoq maxsus tarmoqlarga- 
xirurgiya, ko’z og’riqlarini davolash va hokazolarga bo’lingan. Anatomiya juda  past darajada bo’lgan; hakimlar (vrachlar) kasallik alomatlarini aniqlash yordamida
diagnozni qo’yishda faqat eng muhim a’zolardagi, masalan, yurak, jigar, 
buyrakdagi kasalliklarnigina aniqlay olganlar. Lekin vrachlar kasalning hamma 
alomatlarini belgilash yuli bilan kasalga aniq diagnoz quyish zaruriyatini juda 
yaxshi tushunish bilan birga, kasalliklarni obektiv ravishda urganishga va 
kasalliklarga qarshi samarali kurashga urina boshlaganlar. Chunonchi, Bobil 
koxinlari kasal joydagi ogriqni «boglab quyish bilangina tuxtatib bulmaydi va agar
vrach kasallikning qanday kasal ekanligini bila olmasa... bemorni ulim changalidan
qutqaza olmaydi deb xisoblaganlar. Asosan keyingi zamonlarga oid bulgan 
medisina tekstlarida qorin va ichak yullaridagi, nafas olish a’zolaridagi turli 
kasalliklar (tumov, balgam tashlash, burundan kon oqish) ning alomatlari va bod 
kasali (burinlarning zirqirab og’rishi) alomatlari bayon qilingan. Kupincha 
bezgakning alomatlari: isitma, junjish, qaltiroq bosish, sovuq ter bosishi bayon 
kilinadi. Falajga olib kelgan «sanchiq» alomatlari juda obrazli qilib bayon etiladi: 
«falaj odamning lablari qiyshayib ketgan, ko’zi yumilgan bo’ladi... og’zini ocha 
olmaydi va gapira olmaydi». Bobil vrachlari boshqa kasalliklarni: ko’z, quloq 
og’riqlari, shish, teri kasalliklari (moxov), yuraq buyrak kasalliklari, sariq suv 
kasalliklari, siydik yo’li-tanosil kasalliklari va xotin-qizlar kasalligi, hatto asabiy 
yoki «baxtsizlik tufayli ruhiy tushkunlik» natijasida yuz beradigan ruhiy 
kasalliklarni ham davolashga harakat qilganlar. Davolashga oid asarlarda, ba’zan,  
odamning   «ko’zi tinib»,   «behush   bo’lib   yiqilishi»   tilga   olinadi.   «Chakka 
tomirlari»   degan alohida   kasallik   ochiq-ravshan   tasvirlanadi,  bu kasallik 
miyaga, kisman ko’zga   (bunda  ko’z qorachig’i xiralashadi) qon quyilishi bilan 
bog’liq bo’lsa keraq. Bu kasallikning  eng muhim alomatlari   shundan   iboratki, 
bunda «odamning chakka tomirlari   tepa   boshlaydi,   qulog’i g’uvullaydi, 
ko’zlari charaqlab   yonadi, orqa   miyasi   (ensasi) mijirlab og’riydi,   yuragi   
o’ynaydi   va  oyoqlari   bo’shashib, darmonsiz bo’lib qoladi». Medisinaga   oid 
saqlanib qolgan tekstlarda kasalliklarni ma’lum   sistemaga   solishga urinilganini 
ko’rish mumkin,   ammo   bunda   aniq  bir izchillik yœq. Chunonchi,   nafas   olish
organlariga   oid   kasalliklar umumiy bir sarlavha bilan, yoki to’g’rirog’i: 
«Og’izdan nafas olish qiyinlasha   borganda» degan   kirish   so’zi   bilan bayon 
etilgan. Jigar va o’t pufagi   kasalliklarining   tafsiloti ham alohida bo’limlarda 
birlashtirilgan; nihoyat,  tafsilotiga ko’ra, revmatizm yoki podagraga o’xshab 
ketadigan  «yuroi tomir»   kasalligi   alohida   tavsif   qilingan.    Mana    shu 
barcha  kasalliklarni  davolash  uchun  juda ko’p va xilma-xil  vositalar   
qo’llanilgan. Bu  vositalar  orasida  turli-tuman  dorilar   (ba’zan  juda ham  
murakkab  dorilar)   eng muxim o’rin tutgan. Dorilardan  tashqari, ishqalash, 
kompress, uqalash va yuvish usullari ham qo’llanilgan. Medisinada   suv bilan    
yog’ning   keng   ko’lamda    ishlatilganini shundan ham    bilsa bo’ladiki, hakim   (vrach) so’zining aynan tarjimasi «suv ustasi» yoki  «yog’ ustasi» demakdir.  Bu 
hol qisman    diniy-sehriy    e’tiqodda suv bilan    yog’ning    keng ishlatilganligi 
bilan ham borliqdir. Zero, tabiblar xudosi  Ninazu va uning o’g’li xudo 
Ningishzidalar œz navbatida suv va er ilohlari xam xisoblanganlar. Xudo 
Ningishzidaning belgisi esa  hassaga chirmashib turgan ilon bo’lib, u medisina 
timsoli sifatida shu vaktgacha saqlanib kelmokda. 
Adabiyotlar ro’yhati
Bolgrad-Levin T.M. “Drevniye sivilizasii” M. 1989
Drevniy Vostok “Istoriya, filosofiya, religiya, iskusstvo”  M. 1996
Virgenskiy V.S “Istoriya nauki i texniki” M. 1977
Kuznesova N.I “Nauka v  istorii” M. 1982
Mavzu bo’yicha savollar:
Mesopotamiyada yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi, imiy    bilimlarning 
shakllanish shart sharoitlarini nimada deb tushunasiz?.
Mesopotamiyada astronomiya va matematika fanlari ravnaqining natijalari haqida 
tushuntirib bering.
Tibbiyot va veterinariya fanlarini tahlilab bering.
3-Mavzu: Qadimgi Misr fani va madaniyati.
REJA:
Misrda yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. 
Ilmiy bilimlarning    shakllanish shart- sharoitlari.
Misrda astronomiya va matematika fanlari rivoji
Medisina va veterinariya fanlari.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni 
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari:
Misr, madaniyat, yozuv, iyeroglif, «Nasihatnomalar», «Mirzalar maktabi», 
matematika, «Matematika papirusi», belgilar, Astronomiya, yulduzlar, beshta 
sayyora, Misr kalendar yili, Misr medisinasi, tabiblar, genekologiya, xirurgiya va 
kuz kasalliklari.
Eramizdan 4000 yil ilgari vujudga kelgan Misr madaniyati jahondagi eng qadimgi 
madaniyatlardan biri bo’lib, Qadimgi Misr madaniyati bir qator rivojlanish 
bosqichlarini bosib o’tgan. Uning gullab yashnash davri asosan, (er.avv.28-
23asrlar), O’rta(er.avv 21-18asrlar.) va Yangi Podsholiklar (er.avv 16-
11asrlar)davriga to’g’ri keladi 
Qulay tabiiy sharoitlar bu erda moddiy madaniyat va texnikaning juda barvakt 
taraqqiy etishiga yordam bergan. Sun’iy sug’orish ishlariga bo’lgan benixoya zo’r 
extnyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to’ђonlar, dambalar va dastlabki 
vaktlarda oddiy pishang bilan ko’tariladigan bosmalar, keyinchalik esa 
charxpalaklariing murakkab sistemasini barpo etishga majbur qilgan. Bularning 
barchasi asta sekin yozuv, ilmiy bilimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. 
Shumer, qadimgi hind, qadimgi xitoy yozuvi va boshqa shu kabi eng qadimgi 
yozuv sistemasiga o’xshab Misrning qadimgi ieroglif yozuvi ham o’z holicha 
ibtidoiy davrdagi eng oddiy rasm va shakllardan paydo bo’lgan. Keyinchalik 
ieroglif sifatida taraqqiy etib keng qo’llanila boshlandi.
Ilm-bilimlar to’planib borgan va alohida maktablarda avloddan-avlodga utib 
borgan. Bu maktablarning ko’pchiligi yo mirzalar tayyorlab chiqaradigan saroy 
maktablari bo’lib, unda aristokrat-quldorlarning bolalari o’kigan, yoki markaziy 
mahkama qoshidagi alohida maktablar bo’lib, unda muayyan mahkama, masalan, 
podsho xazinasi uchun amaldor-mirzalar tayyorlangan. Bu maktablarda intizom 
juda kattiq bo’lgan va bu intizom tan jazosi vositasi bilan mustahkamlangan, 
maxsus «Nasihatnomalar» vositasi bilan uqtirilgan. Masalan, bir «Nasihatnoma» 
ning avtori bunday deydi: «Ey mirza, dangasalik kilma, yo’qsa qattiq jazoga 
duchor bo’lasan. huzur-halovatga ko’ngil qo’yma, yuz tuban ketasan. Ko’lingda 
doim kitob bo’lsin, uni ovoz chiqarib o’qigil va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan 
maslahatlashib ish tut. O’z sohasini suvdek ichib olgan mirza baxtlidir... Bir kunni 
ham yalqovlik bilan o’tkazma, yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning quloђi elkasida 
bo’ladi-da, qachon ursang, shunda qulog’iga gap kiradi. Doim maslahat bilan ish 
qil va buni esingdan chiqarma. Yoz va yozuvdan sira zerikma». O’quvchilarni 
asosan og’ir va murakkab savodga o’rgatganlar, ularni maxsus husnixat 
namunasiga karab har kuni salkam uch sahifa yozishga majbur etganlar. O’quvchi 
imlo qoidalarinigina emas, balki murakkab husnixat va stilistikani ham chuqur 
o’zlashtirishga majbur bulgan. Endi savod o’rgana boshlagan mirzalarning  mashqlari yozilgan tekstlar bizning zamonamizgacha saklanib dolgan, bular asosan
tarbiyaviy maqsadni kuzatgan nasihatlardan iborat, *unda puxta yozilgan va ibrat 
bo’ladigan gaplar yozilgan. namunalar ham saqlanib qolgan. Nihoyat, Misrda oliy  
tipdagi «Mirzalar maktabi» ham bo’lgan, ular «turmush  uyi» yoki «hayot uyi» 
(peranx») deb atalgan. Bunday «turmush uyi» xarobalari fir’avn Exnatonning 
qadimgi poytaxtidan topilgan.
Kundalik hayotdagi extiyojlar, xo’jalik va ayirbosh savdosining rivojlanishi va 
tabiatni kuzatib borish natijasida dastlabki ilm-bilimlar to’plangan. Jami bu 
bilimlarning hammasi ham amaliy xarakterda bo’lgan. Masalan, tematika 
sohasidagi eng qadimgi bilimlar shunday turmushdagi amaliy ishlar bilan 
chambarchas bog’langan bo’lib, tanobchi va binokorlarning ishini osonlashtirishda
xizmat kilgan. Masalan, Amenemxet II ning nomlar chegarasini «kitoblarda 
aytilgan va qadimgi yozuvlarda ko’rsatilgan» asospanib belgilanganligini bilamiz. 
Chegaralarni maxsus tanobchilar ma’lum hisoblarga asoslanib belgilaganlar va 
so’ngra ularni yozib qo’yganlar. Maqbaralarda saqlanib qolgan va er o’lchaydigan 
maxsus arg’amchi bilan er o’lchab berilayotganligini tasvirlovchi rasmlar bundan 
dalolat beradi. Matematika masalalarining mazmuniga qaraganda arifmetika va 
geometriya sohasidagi bilimlardan er maydonini aniqlash, g’alla uyumining 
qancha kelishini yoki don saqlanadigan ombor sig’imini aniqlash uchun 
foydalanilgan. Nihoyat, misrliklar matematika sohasida orttirgan bilimlari tufayli, 
joyning sxematik kartasini va primitiv chertyoj chizishni bilganlar. Ko’pdan-ko’p 
muhtasham binolar, ayniqsa piramidalar matematikaning, xususan geometriyaning 
binokorlikda, qurilish ishlarida juda katta ahamiyatga ega bo’lganligini ko’rsatadi, 
chunki piramidalarni fakat bir qancha aniq hisoblar asosidagina ko’rish mumkin 
bo’lgan.
2.Matematika. Qadimgi Misrda, ayniqsa O’rta Podsholik davrida matematika 
bilimlarining rivojlanganligidan o’sha zamondan qolgan juda ko’p matematik 
tekstlar, xususan Moskvada saqlanadigan «Matematika papirusi» dalolat beradi. 
Misrda matematika sohasida erishilgan katta muvaffaqiyatlardan biri o’nlik sanoq 
sistemasining taraqqiy qilganligidir. Misr yozuvida, 1, 10, 100, 1000, 10000, 
100000 va hatto millionni ham bildiruvchi alohida alomatlar bo’lgan; hayron 
bo’lib qo’lini ko’tarib turgan kishi surati millionni bildirgan. Misrliklardagi 
uzunlik o’lchovining o’ziga xos birligi misrliklar matematikasi uchun juda 
xarakterlidir. Barmoq, kaft, tovon, tirsak ana shunday uzunlik o’lchovi birligi 
bo’lib, Misr matematigi ular orasida ma’lum munosabatlar belgilagan. San’atda 
matematika bilimlaridan keng ravishda foydalanilgan. Misr rassomi tekislik 
yuzasiga kishining rasmini chizmoqchi bo’lsa, dastlab to’rt burchak qilib tur 
chizgan va matematikadan foydalanib, kishi tanasidagi a’zolar uzunligining 
nisbatini aniqlagandan keyin, shu asosda haligi tur ustiga kishining rasmini  chizgan. Arifmetikada sodda to’rt amalni qo’llanish usuli misrliklar 
matematikasining bir qadar primitiv bo’lganligini ko’rsatadi. Masalan, 
ko’paytirishda amallarni ketma-ket bajarish usulidan foydalanilgan. Chunonchi, 
misrlik sakkizni sakkizga ko’paytirmoqchi bo’lsa, sakkizni paydar-pay to’rt marta 
ikkiga ko’paytirgan. Bo’luv ko’paytirish yo’li bilan qilingan. Masalan, 77 sonini 7 
ga bo’lganda, 77 sonini hosil qilmoq uchun 7 ga ko’paytiriladigan sonni topish 
lozim bo’lgan. Misrda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan geometriya 
juda ham tarakqiy qilgan. Misr matematiklari to’g’ri to’rt burchak uch burchaq 
xususan teng yonli uch burchaq trapesiyaning yuzini va hatto doiraning yuzi P ga 
teng bulib, u 3,14 qiymatni qabul qilishini ham hisoblay bilganlar. Moskvada 
saqlanadigan «Matematika papirusi» da kesik piramida va yarim sharning hajmini 
hisoblab chiqarish yuzasidan ishlangan murakkab masala saqlangan. Qadimgi 
misrliklar algebradan ham ba’zi bir eng oddiy bilimlarga ega bo’lganlar, ular bir 
noma’lumli tenglamani hisoblab chiqara bilganlar; noma’lumni misrliklar «uyum» 
(«don uyumi» bo’lsa kerak) so’zi bilan ta’riflaganlar. P-belgisi ulkan inshootlar 
piramidalar bunyod etishda qo’llanilib, P-belgisi mil.avv 1700 yil oldinoq 
qo’llanila boshlangan. Zero P-belgisi uchragan Rinda papirusi ham shu davrga oid 
bo;lib u 1855 yilda shotland arxeologi Genri Rinda tomonidan topilgan.
   Astronomiya sohasida ham qadimgi misrliklar ba’zi bir bilimlarga ega 
bo’lganlar. Osmondagi yulduzlarni doim kuzatish natijasida planetalarni 
yulduzlardan ajrata bilganlar va hatto ular yulduzlar osmonining kartasini ham 
tuzganlar. Yulduzlarning shunday kartalari har xil binolarning, ko’proq maqbara va
ibodatxonalarning shiplarida saqlanib qolgan, XVIII dinastiya a’yonlaridan 
Senmut maqbarasining naqshlangan shipi qadimgi misrliklarda bo’lgan bunday 
«astronomiya kartalari» ning eng yaxshi namunalaridan biridir. Shipning shimoliy 
qismi markazida Katta va Kichik Ayiq yulduzlari hamda misrliklarga ma’lum 
bo’lgan Qutb Yulduzini ajratish mumkin, osmonning janubiy qismida esa simvolik
figuralar tarzida Orion va Sirius (So-tis) yulduzlar turkumi ko’rsatilgan, qadimgi 
Misr rassomlari yulduzlar turkumi va yulduzlarni doim shunday simvolik 
figuralarda tasvir etganlar. XIX va XX dinastiyalarga mansub podsho 
maqbaralarining shiplarida ham yulduzlarning ajoyib kartalari va Yulduzlarning 
joylanishi ko’rsatilgan ajoyib jadvallar saqlanib qolgan. Meridian tomonida 
o’tirgan ikkita misrlik kuzatuvchi Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan bunday
jadvallar vositasi bilan hamda mo’ljalga oladigan, passaj asbobidan foydalanib, 
kechasi vaqtni belgilagan.
 Misrliklarga beshta sayyora ma’lum bo’lib, bular Yupiter, Saturn, Mars, Merkuriy
i Veneradir.
    Yupiter, Kunduzi esa vaktni quyosh soati yoki suv soati (eng keyingi 
«klepsidra») vositasi bilan bilganlar. Yulduzlarning joylanishini ko’rsatadigan  qadimgi kartalardan ancha keyingi davrlarda, grek-rim davrida ham 
foydalanganlar; bunday kartalar keyingi Edfu va Dender ibodatxonalarida saqlanib 
dolgan. Astronomiya bilimlari asosida misrliklar alohida kalendar tuzganlar. 
Misrliklarning kalendar yili 12 oyga bo’lingan va har bir oy 30 kundan iborat 
bo’lgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan, shunday qilib, bir yilda 
jami 365 kun bo’lgan. Shu tariqa Misr kalendar yili tropik kalendardan chorak 
sutkaga qolib borgan. U hatto 1460 yil davomidz 365 kunga,  ya’ni rosa bir yilga 
teng bo’lgan. 
Misrda medisina va veterinariya
Misr medisinasi rivojiga Messopotamiya medisinasi katta ta’sir ko’rsatib o’z 
navbatida Misr tibbiyoti Gresiya va Rim tibbiyoti rivojiga ta’sir o’tkazgan. Misr 
medisinasi haqida bizgacha qadimgi Gresiya olim va faylasuflari jumladan 
Gerodot, Diodor, Polibiy, Plutarx, Strabon asarlarida, shuningdek misrlik Manefon
asarlaridan parchalar etib kelgan. Bundan tashqari  O’rta Podsholik zamoniga oid 
bir qancha tekstlarda har xil kasalliklarni  davolash  uchun  reseptlar  ro’yxati  
berilgan yozuvlar topilib, ushbu to’plam kasal bolalarni   davolovchi tabiblarga, 
onalarga va tarbiyachilarga atalgan. Bu to’plamda juda ko’p sehr-jodular bilan 
birga, o’ziga xos g’alati reseptlar, jumladan, ona sutini saqlash va ko’paytirish 
vositalari uchraydi. Ularni o’rganishda bostonlik farmakolog Uors Istis tadqiqotlari
muhimdir. Shunday qilib, davolashda dori-darmon bilan birga sehr-duolar 
o’qittirish, qaytariq qildirish kabi rasmlar ham qo’llanilgan. Ammo odam 
a’zolarining o’rganilishi (mo’miyolash vaqtida murdani yorish munosabati bilan 
odam a’zosini o’rganish ancha osonlashgan) tabiblarga kishi organizmining 
tuzilishi va ishlashi to’g’risidagi masalaga ozmi-ko’pmi to’g’ri yondoshish 
imkonini bergan. Shu tariqa, anatomiya sohasidagi dastlabki bilimlar paydo 
bo’lgan va bu bilimlar bir qancha anatomiya terminlarida qayd etilgan. Manefon 
ma’lumotiga ko’ra dastlabki odam anatomiyasi Atotis (II- sulolaning ikkinchi  
hukmdori) tomonidan tuzilgan. Ba’zi medisina tekstlarida davolashning o’ziga xos 
metodikasi ham berilgan, bunda tabibdan kasalni atroflicha ko’rish, kasal 
alomatlarini bilish, diagnoz qo’yish va davolash usulini aniqlashni talab qilgan. 
Aftidan, kasalning tuzalishi mumkinligini tabibning unga ochiq aytishini talab 
qilgan tabiblik etikasi ham bo’lgan; bunda tabib kasalga nisbatan quyidagi uch 
formuladan bittasini qo’llanishi lozim bo’lgan: «1) Bu kasalni men tuzatishim 
mumkin; 2) bu kasalni ehtimol tuzatishim mumkin bo’lar; 3) Bu kasalni men 
tuzata olmayman». Tabiblar ayrim guruh kasallar yuzasidan ixtisoslashgan. 
Ginekologiya, xirurgiya va ko’z kasalliklarini davolash to’g’risida alohida tib 
kitoblari paydo bo’lgan. Ba’zi bir kasalliklarning, ularning alomat va 
ko’rinishlarining ancha aniq bayon etilganligi misrliklarda diagnostika sohasida bir
qadar bilimlar bo’lganligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Masalan, Misr  medisina tekstlarida me’da-ichak kasalliklari (dizenteriya), nafas yullaridagi 
kasalliklar (eski yo’tal, ziqnafas), qon ketishi, bod, skarlatina, ko’z kasalliklari 
(katarakt •—«ko’z-da suv ko’tarilishi»), teri kasalliklari (gangrena, oyog’dagi 
shishlar, suvli temiratki), «bir kunlik shish» (buning asosiy alomati shu bo’lganki, 
«butun badanni yoki badandagi shish bor joyni qattiq qichuv bosgan») va boshqa 
har xil kasalliklar mufassal bayon etilgan. Ginekologiyadan alohida qo’llanmalarda
barvaqt va kechikib turish hollari tasvir etilgan, shuningdek «tug’ishi mumkin 
bo’lgan xotinni tug’ishi mumkin bo’lmagan xotindan farq qilish» vositasi 
ko’rsatilgan. Qadimgi Podsholik zamoniga mansub maqbaralardan birida har xil 
(qul, oyoq, tizzani) operasiya qilishni aks ettirgan tasvirlar saqlanib qolgan. 
Keyingiroq vaqtlarda xirurgiya ancha yuksak darajada taraqqiy qilgan. Xirurgiya 
to’g’risidagi muhim bir asarda badandagi turli a’zolarning: bosh suyagi, burun, 
iyak quloqlar, lab, bo’g’iz, hiqildoq, o’mrov suyaklari, elka suyagi, ko’krak qafasi, 
umurtqa pog’onasining shikastlanishi va jarohatlanishi mufassal bayon etilgan. 
Ba’zi kasalliklarning nomi va ko’p tajribaga asoslangan resepturasi Misr 
medisinasining ancha yuksak darajada taraqqiy qilganidan dalolat beradi; antik 
dunyoning medisina sohasida asar yozgan avtorlari Misr medisinasining bu 
muvaffaqiyatlaridan keng ravishda foydalanganlar.
Qon aylanishi to’g’risidagi, yurakdan tarqalib ketadigan va misrlik tabibning 
fikricha, kishi organizmining hayotida va kasalliklar prosessida ma’lum rol 
o’ynaydigan «22 tomir» to’g’risidagi ta’limot ilmiy xulosalar chiqarish uchun 
dastlabki urinishlar bo’lganini ko’rsatadi. 
Mavzu bo’yicha savollar:
Misrda yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi va ilmiy bilimlarning    
shakllanish shart- sharoitlarini qanday izohlab berasiz?
Misrda astronomiya va matematika fanlari rivojining sababalari nimada? 
Medisina va veterinariya fanlari rivoji sabablarini aytib bering.
 
Adabiyotlar ro’yxati
Abdunabiyev A. “Vklad v mirovuyu sivilizasiyu”  T.1998
Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
Bolgrad-Levin T.M. “Drevniye sivilizasii” M. 1989
Istoriya drevnego mira - Rassvet drevnix obshyestv, upadok drevnix obshyestv. M.
1988 4-Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoy fani.
Reja:
Qadimgi Hind fani rivojining tarixiy  sharoitlari.
Eramizdan avvalgi 2 ming yillikda Hind fani.
Eramizdan avvalgi 1 ming yillik va eramiz arafasida Hind  fani.
Qadimgi Xitoy fanining vujudga kelishi va  qadimgi    Xitoy  fanining Shan-In 
bosqichi.
Qadimgi Xitoy fanining  Chjou, Sin va Xan  bosqichlari.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Hindiston va Xitoy tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
  Mohinjo-Doro, Xarappa, Hind iyeroglif yozuvlari, dastlabki ilmiy bilimlar, 
Regveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvaveda, Braxmanlar, Aranyaklar, 
Upanishadlar, Vedalardagi tibbiy  ma’lumotlar, Samxita Choraka va Sushrut tibbiy
traktatlari,  «Ramayana»  va «Moxabxarata»  dostonlari, Apastamba va Manu 
qonunlari, Artxashastra traktatlari va Ashoka ediktlari:  Ilk Xitoy  iyeroglif 
yozuvlarining  vujudga kelishi,  Sya,  Shan,  In,  Chjou, Sin, Xan,  shoyi kitoblar, 
qog’ozning  ixtiro qilinishi, Qadimgi  Xitoyning ilk  yozma asarlari: «Chun-Syu», 
«Shi-szin» va «Shu-szin»,  Van-Chun  va Van Man islohatlari, falsafa, geografiya, 
astronomiya va tibbiyot  fanlarining rivoji. 
Hind sivilizasiyasi.
Qadimgi Hindiston ham Misr, Mesopotamiya, Xitoy kabi dastlabki 
sivilizasiya markazlaridan hisoblanadi. Qadimgi Hind madaniyati poydevori 
ibtidoiy davrlardayoq qurilgan bo’lib, u eramizdan avvalgi III-ming yillikning 
ikkinchi yarmida, II-ming yillikning birinchi yarmida gullab yashnaydi va 
eramizdan avvalgi I- ming yillikda eng yuksak darajaga yetadi. Qadimgi Hind 
madaniyati ko’shni xalqlarning madaniy taraqiyotiga xam anchagina ta’sir 
ko’rsatgan.
Arxeologik manbalarga ko’ra Hindistonda bundan 500-300 ming yillar avval
yashagan odam qoldiqlari topilgan. Er.av. V-ming yillikning oxiri-IV ming  yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug’orish asoslangan dehqonchilik
markazlarining vujudga kelishi natijasida keyingi ming yillikda ilk shahar-davlatlar
vujudga kelgan. Bulardan eng yiriklari Hind daryosi o’rta oqimida joylashgan 
Mohinja-Daro va Panjob viloyatida joylashgan Xorappa shahar-davlatlardir. 
Shimoliy-G’arbiy Hindistondagi  bunday shahar-davlatlarning mavjudligi haqidagi
eng qadimgi yodgorliklar er.av.III-ming yillikga oiddir.
Hind yozuvining eng qadimgi asarlari Shimoliy Hindistinda urug’lik 
tuzumining yemirilishi davridan boshlab eng qadimgi quldorlik davlatlarining 
paydo bo’lganiga qadar ilmiy bilimlarning paydo bo’lishi va juda qadimgi 
shakllanish jarayonini  kuzatib borishga imkon beradi. Moxinjo –Daro va Xoranna 
shahar harobalaridan topilgan iyeroglif yozuvlar shuni ko’rsatadiki, er.av.III-ming 
yillikdayoq Hindistonda o’ziga xos ravishda vujudga kelgan su’atli yozuv mavjud 
bo’lgan.
Kundalik hayotda bo’lgan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi zamonlardayoq 
tabiatda turli hodisalarni tartibli suratda kuzatib borishga majbur etgan. Tibiyot, 
astronomiya va matematika sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga 
kelgan.
Qadimgi Hindistoning tarixi va madaniyatini o’rganishda qidimgi 
hindlarnining «Veda» deb ataladigan diniy to’plamlari katta ahmiyatga egadir. 
Qadimgi Hindistoning bu muqaddas kitoblari er.av.II-ming yillikka iod bo’lib, ular
to’rtta katta to’plam (samxita)dan iboratdir; bular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda 
va Atxarvaveda deb ataladi. To’rtinchi to’plam,ya’ni Atxarvaveda eng keyin 
vujudga kelgan bo’lib, keyingi dastlabki uch to’plamga qo’shilib ketgan. Bu 
to’plamlarning eng qadimiysi Rigveda bo’lib, u xudolarga bag’ishlangan diniy 
madhiya (gimn)tardan iboratdir. Boshqa to’plamlarda, jumladan Yajurvedada 
qo’shiqlar va madhiyalar bilan birga, ibodatxonalarda va diniy marosimlarda 
o’qiladigan duolar, shunindek ichimlik (may) xudosi Som sharafiga o’qiladigan 
duolar ham uchraydi. Shunday qilib vedalar er.av. II-ming yilik o’rtalarida 
Shimoliy-G’arbay Hindiston xalqlarining, shunindek bu yerga bostirib kirgan oriy 
qabilalarning ham ijtimoiy tuzumi, xo’jalik va madaniy hayoti haqida ko’pgina 
ma’lumotlarni aniqlashga imkon beradi. Vedalar matnlarining ming yilliklar 
mobaynida bir qadar o’zgartirilganligi ularning eng qadimgi matnlarining saqlanib 
qolmaganligi va borgan sari tushunilish qiyinlashib borgani tufayli, er.av.VIII-
asirdan boshlab Vedalar diniy marosimlarini tushuntirib beruvchi «Braxmanlar»; 
har xil diniy-falsafiy fikrlardan iborat bo’lgan «Aranyaklar» va o’ziga xos 
traktlardan iborat bo’lgan «Upanishadlar» ayniqsa ko’proq mashhurdir.
Diniy dunyoqarash  hukmron bo’lgan davrda Qadimgi Sharqdagi boshqa 
xaqlarda bo’lgani kabi qadimgi hindlarda ham fanning boshlang’ich formalari  
diniy etiqodlar va tassavurlar bilan tirmashib ketgan. Shuning uchun tibiyot fani  to’g’risidagi eng qadimgi ma’lumotlar diniy Veda to’plamlarida, jumladan 
Rigveda madhiyalarida va Atxarvaveda saqlanganligini ko’ramiz. Vaqt o’tishi 
bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (ya’ni jinlarni quvlovchi) garchi o’zining 
qadimgi nomini saqlab qolgan  bo’lsada, sekin-asta tabibga aylanib boradi. Vedalar
tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari odam anatomiyasidan bir qadar xabardor 
bo’lganlar va ba’zi anotomik terminlarni ko’llaganlar. Miyaga, umurtqa 
pog’onasiga va ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasallar uyasi 
deb bilib, tabib bu yerdagi kasalikni topib olib yo’qotish kerak deb hisoblagan. 
Vedalarda kasalliklarning har hil turlari-sariq kasali, bod, bosh og’rig’i, moxov, 
podsho bedarmonligi (ehtimol sil kasaligi bo’lsa kerak) uchraydi, bu esa tibbiyot 
tekshirishlarning tartibga solib borilganligini hamda kasaliklarni aniqlashga 
(diagnoz qo’yishga) intilish paydo bo’la boshlaganlagini ko’rsatadi.
Qadimgi hind tibbiyotida davolashda ishlatilgan dori-darmonlarning 1000 ga
yaqin turi bo’lib, ular dorivor o’simlik (oshadxi)lardan, meneral buyumlar va 
hayvon a’zolaridan tiyyorlanganlar. Rigvedada aytilishicha dori o’tlarni 
«podsholar yig’inidek» to’plagan kishi jinlarni (rakshaslarni)  qiruvchi illatni quvib
chiqaruvcha bilimdon tabib deb ataladi. Hali primitiv bo’lgan bunday tibbiy 
ilmlarning taraqqiy eta tabiblarning ba’zi bir ixtisosliklari, ya’ni massaj, vanna, 
ichki kasaliklarni va ko’z kasaliklarni davolash, jarrohlik usuli bilan davolash 
kabilar vujudga keladi. Tibbiy ilimlarning to’plana borishi eramiz boshlarida 
tibbiyot sohasida dastlabki traktlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Bunday traktlardan birini avtori Samxita Choraka (eramizning birinchi asri) 
hisoblanadi. Sutrut tibbiy traktning bir qismi eramizning V-asrida yozilgan.
Qadimgi Hindistonda aniq fanlar  ham ancha erta rivojlangan. Hind 
faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko’ra «ilm va 
bilimning bosh manbasi tajribadir». Qadimgi Hindistonda astronomiya va 
matematika soxasida xam bir qancha bilimlar to’plangan. Hindlar quyosh va suv 
soatidan foydalanganlar. Quyoshning fazoda yurgandek bo’lib ko’rinishini 
kuzatish, oyning ma’lum yulduzlar (nakshatras) orasida o’ziga xos shakllarga ega 
bo’lishini kuzatib borish hatto Vedalar davridayoq oy zodiakini aniqlashga va 
taqvimlarning o’ziga xos shiklini ishlab chaqishga imkon bergan. Bu taqvimga 
muvofiq yil 12 oyga (360 kunga), shu bilan birga har bir oy 30 kunga bo’lingan. 
Taqvim yil bilan astronomiya yili o’rtasidagi tafovut qadimda qo’shimcha o’n 
uchunchi oy yordami bilan to’g’rilangan. Keyinchalik bu qo’shimcha oyni har 
besh yilda bir marta qo’shadigan bo’lganlar. Eramizning VI-asriga doir 
manbalarda  eng qadigi Hindistonda olimlar yerning o’z o’qi atrofida aylanishini 
va oy o’ziga quyoshdan nur  olishini anqlaganliklari haqida ma’lumotlar 
saqlangan.
Qadimgi Hindlar yerning sharsimon ekanligini IV-V asrlardayoq bilganlar.  Er.av. III-II ming yilardayoq Hindastonda hisobning o’nli tizimi ixtiro qilinadi. 
Bo’shliqni belgisi sifatida «nol»ning dastlab hind hisobida joriy etilishi sonlar 
bilan bo’ladigan amallarni juda osonlashtiradi. Hozir deyarli butun dunyo hindlar 
hisobidan foydalanmoqda.
Biz raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, chunki yevropaliklar uni 
arablardan bilib olganlar, lekin arablarga bu raqamlarni hind raqamlari deb 
atashadi. Shu tariqa qadimgi Hiandistonda ilm- faning ancha rivojlanganligini 
kuzatamiz. 
Qadimgi Hindistoning er.av. ikkinchi ming yillikdagi tarixini o’rganishda 
Veda diniy to’plamlari katta ahamiyatga ega bo’lsa, uning er.av. birinchi ming 
yilikdagi tarixi va madaniyatini o’rganishda ikkita katta epik doston «Ramayana» 
va «Moxabhorat» asarlari ancha muhim manba hisoblanadi: «Moxobhorat» 
(Bxarata podsho urug’ining ikki avlodi –Kauravlar va Pandavlarning taxt uchun 
kurashi haqida buyuk qissa)ning avtori afsonaviy donishmand va shoir Vyasa 
hisoblanadi. Bu doston birinchi marta er.av. birinchi ming yillikda tuzilgan bo’lib, 
keyinchalik unga ko’pgina qo’shimchalar kiritilgan va eramizning birinchi asrlarda
uzil-kesil bir shaklga kirgan. «Ramayana» (afsonaviy hind qahramoni Rama 
haqidagi hamda, ukasi Lakshman va xotini Sitalarning sarguzashtlari haqida 
qissa)ning avtori Valman ismli shoir bo’lib, bu asar taxminan er.av. VI vaII asrlar 
o’rtasida yozilgan. Bu har ikkala doston er.av. I- ming yilikdagi qadimgi hind fani 
va madaniyati haqida ko’plab ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari er.av I-ming 
yilik oxirlariga oid «dxarmashastri» deb ataladigan qonun-qoidalar to’plamlari 
ham qadimgi Hindiston tarixi yuzasidan qimmatli manbalar bo’lib hisoblanadi. Bu 
qonun qoida to’plamlari orasida eng qadimgilaridan biri, rivoyatlarga ko’ra, qonun 
ustozi Apastamba tomonidan tuzilgan qonunlar to’plami bo’lib, bu to’plam er.av. 
IV asrga oiddir. Hindlarning afsonaviy bobosi Manu tomonidan tuzilgan yana bir 
qonunlar to’plami ayniqsa keng tarqalgan. Manu qonunlari er.av. III asrlarda 
tuzilgan bo’lib, eramizning III asrida uzil-kesil bir shaklga kirgan. Bu qonunlarda 
qadimga Hind quldorlik jamiyatining o’ziga xos xususiyatlari, kishilarning 
burchlari va kastalar tizimi ravshan ifodalab berilib, ular asosan braxmanlar, ya’ni 
aslzoda qohinlar manfaati himoya qilingan.
 Bundan tashqari Mauriylar saltanati podsholaridan biri Chandraguptaning 
vaziri traktati qadimgi Hindistoning siyosiy-iqtisodiy tarixi yuzasidan qimmatli 
manba hisoblanadi. Budan asosan davlatni idora qilish, podsho va amaldorlar 
faoliyati, ma’muriy idora ishlari, sud ishlari va harbiy san’at har taraflama tasvirlab
berilgandir. Ilk buddizm davrida, podsho Ashokadavrida ham ko’pgina yozuvlar 
saqlanib qolgan. Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy 
nashatlarni hamda butun Hindistonda budizmning keng yoylishini, shuningdek 
Ashokaning zo’r diniy faoliyatini tasvirlaydi. Xitoy sivilizasiyasi.
Qadimgi Xitoyliklar ham jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan 
xalqlardan biridir. Bu yerda madaniyat juda qadim zamonlardan boshlanib, Xitoy 
iyeroglif yozuvlarining paydo bo’lishi dastlabki taraqiyot jarayonlarini ko’zdan 
kechirishga imkon beradi.
Arxeolog olimlar Xitoyda bundan 600-400 ming yillar ilgari, ya’ni ilk 
paleolit rshel davrida yashagan sinatron va lanshan kabi qadimgi odamlarning 
makonlari va qodiqlarini topganlar. Keynchalik Xitoy aholisi ko’payib er.av. V-III 
ming yiliklarda Xuanxe daryosining o’rta oqimida dastlabki dehqonchilik va 
hunarmandchilik markazlari vujudga keladi.Er.av. II-ming yilikning boshldariga 
kelib mana shu markazlarda daslabki davlat birlashmalariga asos solinadi. Bunday 
davlatlarga daslab Sya, Shan, In, Chjou, keynchalik Sin, Xan saltanatlari kiradi.
In davlati davrida qadimgi Xitoyda madaniyat yanada rivojlanadi va 
dastlabki ilmiy bilimlar paydo bo’ladi. Bundan 4-3,5 ming ilgari vujudga kelgan 
qadimgi Xitoy yozuvi misrliklari kabi ayrim belgilardan iborat iyeroglif yozuv 
bo’lgan. Bu yozuv bir necha o’n ming belgi-iyerogliflardan iborat bo’lgan. In 
podsholigi davridayoq bu yozuv ancha takomillashgan edi. Dastlab yozuv yupqa 
yog’och va bambukdan tayyorlangan taxtachalarga yozilgan. Keyinchalik shoyi 
ixtiro qilingach yozishida shoyi matolardan foydalanilgan. Xat yozilgan «shoyi 
kitoblar» qoldiqlari Xan davridagi mansub mozorlardan topilgan. Xitoyliklar mato,
po’stloq va bambuk aralashmasidan qog’oz tayyorlashni er.av. I-asr oxiri va 
eramiz boshlarida ixtiro qilganlar. Qog’ozni ixtiro qilinishi ilm-fan, maorif va 
madaniyatning rivojlanishi hamda davlat hujjat ishlarida juda katta ahamiyatga ega
bo’lgan.
Shan-In podsholigi davridagi (er.av.XVIII-XII asrlar) savollar tariqasidagi 
qisqa-qisqa yozuvlar qadimgi Xitoyning xo’jalik, ijtimoiy va davlat tuzumini 
birmuncha tisvirlashga imkon beradi. Diniy marosimlarda ishlatiladigan bronza 
idishlardagi yozuvlar Shan-In davrining oxiri va Chjou podsholigi (er.av.XII-XIII 
asrlar ) davriga oiddir. Bular orasida yorliqlar ham uchraydi. Keyingi podsholik, 
ya’ni Sin saltanati (er.av. III asrlar) davriga oid tosh barabanlarga yozilgan 
yozuvlar ham Xitoy sivilizasiyasining yuksak darajada tariqqiy qilganligidan 
dalolat beradi. Qadimgi Xitoy tarixining so’ngi podsholigi ya’ni Xan saltanati 
(er.av. III va eramizning III asri) davriga oid Shandun viloyatida saqlanib qolgan 
bo’rtma suratlar va yozuvlar juda katta madaniy-tarixiy manba hisoblanadi.
Bundan tashqari qadimgi Xitoyning dastlab xalq og’zaki ijodi asosida 
keynchalik yozuvning  vujudga kelishi bilan yozma adabiyot asosida yaratilgan 
mashhur tarixiy, diniy-falsafiy va adabiy mazmunga ega bo’lgan «Chun-syu» 
(Bahor va kuz – Lu podsholigining xronikasi) va «Shi-szin» (qo’shiqlar kitobi) 
kabi asarlari diqqatga sazovordir. Xitoy halqining tarixi endi boshlanyotgan  davlarda uning turli burchaklaridagi halq qo’shiqlari uzoq vaqlar davomida 
to’plash natijasida tuzilgan mashhur «Qo’shiqlar kitobi»da xitoyliklarning juda 
qadimgi hayoti, urf-odatlari, to’y marosimlari, harbiy yurishlari, aslzodalar va 
podsholar hayoti, shuningdek qurbonlik marosimlarida aytiladigan ilohiy 
muqaddas qo’shiqlari va diniy tasavvurlari bu halq qo’shiqlarida aynan aks 
ettirilgan «Qo’shiqlar kitobi»ning eng qadimgi qismi ea.av. XII-VII asrlarga oid 
bo’lsa, uning so’ngi qismlari ea.av. III asrlarda paydo bo’lgan.
Xitoy tarixining eng qadimgi davlariga oid yana bir asar «Chun-syu» 
(«Bahor va kuz» - rivoyatlarga ko’ra, Konfusiyning vatani bo’lgan Lu podsholigini
xronikasi) nomi bilan yuritiladigan kitobni Kofusiyning o’zi yozgan deyiladi. Bu 
kitob er.av. VIII-V asrlarda Lu podsholigi davrida yuz bergan eng muhim 
voqyeallarning qisqacha xronologik obzoridan iboratdir. 
Qadimgi Xitoy klassik adabiyotiga tegishli yana bir asar bu «Shu-szin» 
(«Tarix kitobi» yoki «Hujjatlar kitobi») kitobida ham qadimgi podsholar va 
ularning vazirlariga qarashli nutqlar, nasihatlar va farmonlar haqida, shunigdek 
mamlakatning topografiyasi va bashqarish tizimiga doir qiziq ma’lumotlarni topish
mumkin.
Qadimgi Xitoy tarixini va madaniyatini o’rganishda er.av. 145- 90 yillarda 
yashagan mashhur tarixchi Sima Syanning «Tarixiy xotiralar» nomli asari katta 
ahamiyatga ega. Eng qadimgi davrdan to er.av. II asr oxirigacha bo’lgan davrning 
o’z ichiga olgan bu asarda asosan qadimgi Xitoyning siyosiy, madaniy tarixi va 
xronologiyasi haqida zarur ma’lumotlar beradi.
Eramizning 32-92 yillarida yashagan tarixchi Ban Gu esa o’zining «Xan 
podsholigi tarixi» nomli asarida  Xan podsholarining istilochilik yurishlari, 
qo’zg’olondan cho’chigan hukumdorlarning  islohotlar (Dun Chjun-shu, Van Chun
va Van Man islohotlari) o’tkazishga majbur bo’lganliklari haqida, shuningdek bu 
davrda akademiya tuzilganligi, kutubxona tashkil qilinib, davlat olimlar va 
yozuvchilarga homiylik qilganligi, ochiq imtihonlar o’tkazib, amaldorlarning 
malakalarini oshirishga g’amxo’rlik qilganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Xitoyda diniy e’tiqodlar juda qadim zamonlardan shakllangan bo’lsada, 
biroq er.av. VI-V asrlarda vujudga kelgan diniy-falsafiy dunyoqarashlari 
(konfusiylik, daosizm va h.q.) Xitoy tarixida ayniqsa katta ahimiyatga egadir.
Xitoyda eramizning I asrida paydo bo’lgan progressiv, lekin har holda o’sha 
zamon ilm-fani taraqqiyotiga  muvofiq sodda va stixiyali materialistik falsafa 
oqimi ham bo’lib, bu  oqim namoyandarlaridan biri Van Chun hisoblanidi. U 
«Osmon ham yerga o’xshagan jismdar» deb, ta’kidlab, bu bilan an’anaviy diniy 
falsafaga qarshi chikadi va «tomirida qon yurib turgan jon egalari orasida 
o’lmaydagani yo’q» degan sodda falsafani ilgari suradi. Biroq bu oqim qadimgi 
Xitoyda keng tarqala olmaydi, chunki o’sha vaqtda mamlakatda hukmron sinf  mafkurasi bo’lgan qadimgi dinlar bunga to’sqinlik qiladi. Konfusiylik va daosizm 
dinlari Xitoy fani va madaniyati taraqqiyotiga salbiy ta’sir o’tkazgan, ya’ni 
qadimgi madaniyatning ko’p shakllarini asrlar davomida emas, balki ming yillar 
davomida hyech bir o’zgartirmay saqlab kelgan.
Biroq dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo sohalarining 
rivoji ilmiy bilimlarning ravniqini va bir qancha fan kurtaklarini vujudga keltirgan.
Matematika, xususan geometriya anchagina tariqqiy etgan. To’g’ri burchakli 
uchburchakning xususiyatlari aniqlangan va gepotenuzaning kvadrat katetlar 
kvadratlari yig’indisiga tengligi haqidagi masala hal etilgan. Xo’jalik va savdo-
sotiqdagi ishlar vaqtni hisoblash va taqvim tuzish zaruriyatini keltirib chiqargan. 
Bu esa astronomiya faning maydonga kelishga sabab bo’lgan. Astronomik 
kuzatishlar Shan-In davlati davridayoq boshlangan. Xitoy astronomlari planeta va 
yulduzlarning harakatini to’g’ri kuzatganlar. Ular quyosh va oyning qachon 
tutilishini oldindan aytib beraolganlar. Xitoy astronomlari Qutb yulduzi atrofidagi 
to’p yulduzlarni «oy uylari»ga qarab taqsim qilganlar va shu tariqa yulduzlar 
olamining kartasini tuzganlar. Xitoy astronomlari shu to’p yulduzlarning quyosh 
va qutbga nisbatan turgan joylariga qarab hamda suv soatlaridan foydalanib vaqtini
belgilaganlar. Shu tariqa uzoq astronomik kuzatishlar natijasida alohida taqvim 
tizimi vujudga kelga. Bu taqvimda yil hisobi oyga qarab olingan va har biri 60 
yildan iborat sikllar bilan hisob qilingan.
Er.av. XII-VIII asrlarda In davlati o’rnida Chjou podsholigi tashkil topadi. 
Xitoy tarixida ikki davrga bo’linadi, ya’ni poytaxti Xao shahri bo’lgan G’arbiy 
Chjou davri er.av. XII-VII asrlarni, potaxti Loyan shahri bo’lgan. Sharqiy Chjou 
davri esa er.av. VIII-III asrlarni o’z ichiga oladi. In davlatini bosib olgan chjou 
qabilalari inlarning xo’jalik, harbiy va moddiy madaniyat sohasida erishgan 
yutuqlarini o’zlashtirganlar. In podsholariga tegishli yerlar chjoulik podsholar 
qarindoshlari, lashkarboshilar va nufuzli amaldorga bo’lib berilgan. Shu tariqa 
Xitoy davlatining kengayishi va mamlakatni ma’muriy rayonlarga bo’lish 
zaruriyati geografiya fanining erta paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’lgan. 
Chjou amaldorlari ayrim viloyatlarning ahvoli to’g’risida, ayniqsa yerning 
daromadliligi va to’planadigan soliqlar nuqtai – nazaridan hisobotlar tuzganlar. 
Ana shunday hisobotlardan bari er.av. VIII asrda yozilgan «Shu-szin» kitobida 9 
viloyatga bo’lingan Xitoy davlatining geografiyasi va har bir viloyatning tog’lari, 
daryolari, yerlari va olinadigan soliqlari mufassal bayon etilgan. Qadimgi Xitoyda 
tibbiyot fani ham ancha erta rivojlangan. Xitoy tabiblari bemorlarni uzoq vaqt 
sinchiklab tekshirish va erinmay kuzatish natijasida ularni davolashda katta 
yutuqlarga erishganlar. Xitoy tabiblari bemorlarni uqalash (massaj), igna sanchib 
davolash (igloterapiya), o’simlik va hayvonlardan olinadigan dorilar (jenshen, 
keyik shoxidan olinadigan panti, choy va boshqa dorivor o’simliklar) bilan  davolash usullaridan keng foydalanishganlar. Qadimgi Xitoyning mashhur 
tabiblaridan Van Shu Xe, Ban Sio va Xuo Tular o’sha zamonlardayoq shuhrat 
qozonganlar. Van Shu Xening «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti») va Ban 
Sioning «Qiyinchilik haqida kitob» nomli asarlari tibiyot fanining qadimiy 
namunalaridan hisoblanadi.
   Adabiyotlar ro’yxati
Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
Bolgrad-Levin T.M. “Drevniye sivilizasii” M. 1989
Istoriya drevnego mira - Rassvet drevnix obshyestv, upadok drevnix obshyestv. M.
1988  
Mavzu bo’yicha savollar:
Qadimgi Hind fani rivojining tarixiy  sharoitlarini gapirib bering.
Hind fani eramizdan avvalgi qaysi ming yillikda paydo bo’lgan?
Qadimgi Xitoy fanining vujudga kelishi va  qadimgi    Xitoy  fanining Shan-In 
bosqichini tushuntirib bering.
Qadimgi Xitoy fanining  Chjou, Sin va Xan  bosqichlarini tahlil qilib bering.
5-Mavzu: Qadimgi Yunoniston fani.
Reja:
Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari.
Qadimgi yunon fanining  tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar.
Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi.
Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi.
Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Yunoniston tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Yunoniston klassik madaniyati, yunon polislari, A. Makedonskiyning taxtga 
chiqishi va uning harbiy yurishlari, Gomer, «Iliada va Odiseya», ilmiy jamiyat, 
milet maktabi, platon akademiyasi, peripatetiklar, idealistlar va materialistlar, 
Fales, Geraklit, Demokrit, Gippokrat, Suqrot, Ploton, Aristotel, Arximed, suv,  olov, atom, materiya, apeyron, sillogizm, dexotomiya.
Ilk temir davrida Misr va Bobildan Yunonistonga o’tgan sivilizasiya insoniyat 
tarixining erkin va ajoyib safihalarini yaratdi. Yunonlar o’sha Misr va 
Mesopatamiyada  to’plangan bilimlarni qabul qilgan davrlardanoq fanning tashkil 
topishi va rivojlanishi uzluksiz ravishda takomillashib bordi. 
Taxminan er.avv. X asrlardanoq Qadimgi Yunoniston (Elladada)da klassik 
madaniyat mavjud edi va bu kishilarning keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu 
davr mobaynida jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan avvalgi 
VIII-VI asrlarda quldorlik shahar davlatchalari (bunday quldorlik davlatlarni  
yunonlar - polislar deb atashgan) vujudga keladi. Bu shahar-davlatlar  eramizdan 
avvalgi V-IV asrlarda gullab yashnaydi. Eramizdan avvalgi V asrlarda  Eron-
Yunon urushlarida yunonlarning g’alaba qilishi natijasida Afina davlati qudrati 
ayniqsa Perikl ( er.av. 443-429) davrida  kuchayadi. Shundan so’ng Afina va 
ittifoqchilari bilan Sparta boshchiligidagi Janubiy Yunonistonning shahar-
davlatlari o’rtasidagi uzoq davom etgan urush (tarixda «Pelonones urushi» deb 
nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan 
chiqadi. Yunonistonning shimolida joylashgan Makedoniya bundan foydalanib, 
eramizdan avvalgi IV asr urtalarida (er.avv.337 yilda) butun Yunonistonni bosib 
oldi va buni Korinfs kongressida yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Aleksandr 
Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari natijasida ulkan monarxiya vujudga 
keldi. Keyinchalik, eramizdan avvalgi II asrlarda Rim bilan bo’lgan urushda 
Makedoniya  mag’lubiyatga uchradi va Rimga tobe bo’lib qoldi.
Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336) 
o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar 
Eron Ahmoniylariga qarshi urushga  tayyorgarlik ko’radi. Eramizdan avvalgi 334 
yilda Dardanel (o’sha paytda Gellespont) bo’g’ozidan o’tib, 37 minglik qo’shin 
bilan forslar ustiga yurdi. Eramizdan avvalgi 334 yil Granik daryosi bo’yida 40 
minglik fors qo’shinlarini tor-mor etdi. Eramizdan avvalgi 333 yilda Iss shahri 
yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham Ahmoniylar tor-
mor etildi. Doro III Kodomon jang maydonini tashlab qochadi va keyinchalik 
harbiy isyonchilar tomonidan zaharlanib o’ldirildi. Shunday qilib eramizdan 
avvalgi 330 yilda butun Eron hududi egallandi. So’ngra Makedonlar Misr, 
Mesopotamiya va O’rta yer dengizi qirg’oqlaridagi juda katta hududni bosib 
oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr
fir’avni deb e’lon qilindi.
Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar O’rta Osiyoga, eramizdan 
avvalgi 327-324 yillarda G’arbiy Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirdi. 
Eramizdan avvalgi 324 yilda Iskandar o’z imperiyasining poytaxti qilib Bobilni 
tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi. Ana shu davrlarda klassik madaniyat yunon haykaltaroshlari va me’morlari 
ijodi bilan yanada rivojlandi. Xuddi shu klassik sivilizasiyasining dastlabki 
bosqichlaridayoq yaratilgan, buyuk yunon shoiri Gomerning «Ilida va Odesseya» 
dostoni bizgacha yetib kelgan.
Shunday qilib, qadimgi yunon olimlarining faoliyati natijasida tarixda 
birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga javob berila boshlandi. Fan – bu faqat 
bilimlar yig’indisi emas, balki u bilimlar sistemasini xam o’zida aks ettiradi. 
Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus 
kishilar tomonidan amalga oshiriladigan bu faoliyat – ilmiy jamiyat deb ataladi. 
Barcha bu xarakteristikalar qadimgi yunon sivilizasiyasidan oldingi markazlar, 
ya’ni Misr, Bobil va Assuriya sivilizasiyalarida uchramaydi. Faqat eramizdan 
avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yangi bilimlarni to’plash uchun aktiv faoliyat 
boshlanib, birinchi ilmiy jamiyatlar: Milet maktabi, 
Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq)  va boshqalar vujudga keladi.
Yunon olimlari va faylasuflarining matematika, geometriya, mexanika va 
boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday 
bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina 
ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton nomlari bilan bog’liq. Qadimgi 
Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, 
juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi.
Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 
quyidagicha:
Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham iqtisodiy 
munosabatlarda bo’lingan edi, ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat 
bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan iborat edi. 
Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega 
bo’lib, bu albatta Qadimgi Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi 
g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, ya’ni o’sha davrda tabiiy fanlar va falsafa 
endi kurtak otayotgandi. Falsafa va tabiat haqidagi fan bir butun qarashlar 
sistemasidan iborat edi va uning ijodkorlari faylasuf-tabiatshunoslar edi. Shuning 
uchun ham qadimgi yunon fani abstraktlikka moyil edi. Bu qadimgi yunon 
fanining kuchsiz  tomoni bo’lsa, shu bilan birga uning kuchli. ijobiy tomoni ham 
bo’lib, bu fikrlar va qarashlarning mustaqil va o’ktamligida edi.
Eramizdan avvalgi VI asrlarga kelib quldorlik shahar-davlatlarining 
shakllanishi asosan tugallanadi. Bu davrda Qadimgi yunon sivilizasiyasi Kichik 
Osiyoga, O’rtayer dengizi qirg’oqlaridan Rona daryosi  quyi oqimlarigacha, 
Sisiliya va kora dengiz qirg’oqlarining bir qismiga tarqalgan edi. Bu davrda Kichik
Osiyodagi – Milet, Apenin yarim orolidagi Komi va Neapol, Sisiliya orolidagi  Naksos va Sirakuza, Rona daryosi quyi oqimidagi – Messaliya, Kora dengiz 
sohillarida Olviya, keyinchalik Xersones, Pantikapey, Fanagoriya, Feodosiya kabi 
bir qator polislar ( yunon manzilgohlari) vujudga keladi.
Eramizdan avvalgi VI asr Qadimgi Yunon fanining tug’ilish davri bo’lib 
hisoblanadi va uning rivojlanishini birinchi ioniy bosqichini tashkil etadi. Kichik 
Osiyoning g’arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan 
taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining
ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Qadimgi Yunon falsafasining eng dastlabki bosqichlaridanoq, ikki asosiy 
qarama-qarshi pozisiyalar kurashi, ya’ni – idealistlar va materialistlar oqimi 
vujudga keladi.
Birinchi ioniy faylasuf manbalarda Fales (taxminan er.av. 625-547 yillar) 
hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu maktab antik davr 
falsafasining ilk kurtagi bo’lib hisoblanadi. Fales tug’ilgan Milet shahri o’sha 
davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari 
to’g’risida kam ma’lumot saqlangan. Bu ma’lumotlarni Aflotun va Arastu 
asarlaridan topish mumkin. Fales fikri bo’yicha suv-butun borlikning asosidir, 
ya’ni yer, havo va barcha jonivorlar suvdan paydo bo’lgan. Falesning faylasuf, 
matematik, astronom, injener, siyosiy arbob, va hatto savdogar bo’lganligi 
manbalarda eslatiladi. Fales quyosh tutilishining sabablarini kashf etgan, 
piramidalarga va unga o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini 
aniqlagan deb hisoblanadi.
Falesning ko’plab shogirdlari va o’quvchilari bo’lgan. Shulardan biri 
Anaksimandr (er.av. 610-546 y.) hisoblanadi. Anaksimandr butun borliqning asosi 
Fales aytganidek, suv emas, balki konkret shaklga ega bo’lmagan materiyadir deb 
hisoblaydi va bu materiyani u «apeyron» deb atadi.
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Geraklit Effesskiy (er.av.530-470 y.) 
qadimgi Yunon dealektikasining tashkil etuvchisi bo’lib, u Milet maktabining 
materialistik qarashlarini rivojlantiradi. Geraklit olamning asosi olov deb 
hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse,
kak na zoloto-tovarы-i na tovarы-zoloto»). Geraklit birinchilardan bo’lib 
bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim yangi-
yangi suvlar oqadi. O’sha bitta daryodagi suvga xech qachon ikki marta kirish 
mumkin emas».
Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir.
(er.av. 582-500 y.) Pifagor va uning shogirdlari matematika, geometriya, 
astronomiya va fizika sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirganlar. 
Matematikadagi irrasional tushunchasi, Pifagor teoremasi o’sha davrlardan 
hozirgacha qo’llaniladi. Pifagor yerning shar shaklida ekanligi va uning o’z o’qi  atrofida aylanishini aytgan. Pifagor va uning shogirdlari Pifagor idealistik 
maktabiga asos solganlar. 
Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning
gullab yashnagan davri bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga to’g’ri keladi. 
Bu davr shahar-davlatchalar orasida Afinaning qudratga erishuvi bilan Aleksandr 
Makedonskiy tomonidan yunon polislarining bo’ysundirilishi oralig’idagi davrga 
to’g’ri keladi. Bu davrda forslar bilan urushda g’alaba qilgan Afina iqtisodiy, 
savdo va harbiy flot sohasida katta yutuqlarga erishadi. Bu ko’tarinkilik ilm-fan 
rivojiga xam turtki berdi.
Qadimgi Yunon materializmining vujudga kelishi er.av. 460-340 yillarda 
yashab o’tgan Demokrit nomi bilan bog’liq. Demokrit Frakiyadagi savdo 
shaharchasi Abderada tug’iladi. Yirik savdogar va quldorning o’g’li bo’lgan 
Demokrit bir qator mamlaktlarga sayohat qilib, Misr, Mesopatamiya, Hindistonda 
bo’lib, so’ngra Afinaga ham tashrif buyuradi va Suqrot bilan uchrashadi.
Demokrit fanga atom tushunchasini kiritadi. (atom-yunoncha bo’linmas). 
Butun koinot atom zarrachalaridan tashkil topib, u eng kichik va bo’linmasdir. 
Demokrit fikricha butun borliq atomlardan va bo’shliqlardan tashkil topgan. 
Demokrit xam Geraklit kabi tabiatni abadiy o’zgaruvchan deb hisoblaydi. 
Demokrit koinotni «Abadiy mavjuddir, uning na boshi va na oxiri bor» – deb 
aytdi. Shuningdek Demokrit falsafa, etika, psixologiya, matematika, fizika, 
tibbiyot, san’at va texnika sohasida ham faoliyat ko’rsatgan. U dialektik faylasuf 
bo’lib, haqiqat qarama-qarshi fikrlar to’qnashuvi natijasida vujudga keladi deb 
hisoblardi.
Eramizdan avvalgi 481-411 yillarda Abderada yashagan faylasuf, yirik 
davlat arbobi bo’lgan Pratogor ham Demokrit qarashlari yo’lidan boradi. pratogor 
ateist bo’lib, xudosizlikda ayblanadi. Uning «O bogax» «Xudolar hakida» nomli 
asari yoqib yuboriladi. Bu asarning bizgacha yetib kelgan fragmentlarida quyidagi 
so’zlar yozilgan:
«O bogax ya ne mogu znat ni togo chto oni sushyestvuyut, ni togo chto ix 
net; ni togo, kakovы oni po vidu. Ibo mnogoye prepyatstvuyet znat eto: i neyasnost
voprosa, i kratkost chelovecheskoy jizni».
   " Men xudolar haqida ularning borligini ham, ularning yo’qligini ham va 
ularning qanday ko’rinishda ekanligini ham bilmayman. Chunki masalaning 
noaniqligi va inson hayotining qisqaligi buni bilishga to’sqinlik qiladi". (Istoriya 
filosofii. M., 1957 y, T. 1, s.103).
Taxminan ea.av. 460-370 yillarda kichik Osiyoga yaqin Kos orolida 
Qadimgi Yunonistonning buyuk vrachi afsonaviy Gippokrat yashagan. Gippokrat 
faoliyati natijasida Kos medisina maktabi tashkil topadi. Gippokrat bemorlarni 
kuzatish va o’rganish sistemasini tashkil etadi, davolashning bir qator yangi  usullarini yaratadi. Uning "Gippokrat tuplami" yoki «Korpus Hippokratikum» 
nomli tibbiy asari 72 kitobdan iborat bo’lgan. Uning asarlarida dorivor 
o’simliklarning 236 ta xili tasvirlanib, xususiyatlari bayon etilgan. Buyuk shifokor 
qalamiga mansub «Gippokrat qasamyodi» hali ham o’z ahamiyatini yo’qotgani 
yo’q. «Gippokrat qasamyodi»da tabib bilan bemor orasida bo’ladigan munosabat 
bayon etilgan. Gippokrat er.av. 375 yilda 85 yoshida vafot etgan.
Eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan Suqrot – Qadimgi 
Yunonistonning yetuk faylasufi va oratori edi. Suqrot Afinada tosh kesuvchi 
(kaminotes)  safronik oilasida tug’ildi. Yosh Suqrot dastlab otasining kasbi bilan 
shug’ullanadi. Keyinchalik bir qancha vaqtlar skulptor - haykaltarosh bo’lib 
ishladi. Afina akropoli yonidagi go’zallik ma’budalari –Aglaya, Yevfrosiniya va 
Taliya haykallarini Suqrot yasagan deyiladi. Bizgacha Suqrotning biron bir yozma 
manbalari yetib kelmagan, demak u o’z fikrlarini og’zaki bayon qilgan. Suqrot o’z 
ta’limini to’g’ri kelgan joyda, ko’chalarda, maydonlarda targ’ibot qilib, yurgan. 
Suqrot va uning ta’limoti haqidagi barcha bilimlarni biz uning o’quvchilari Aflotun
va Ksenafont asarlaridan bilishimiz mumkin.
Suqrot qarashlarining asosini  o’zligini anglash yo’li bilan baxtga erishish, 
jahlga ixtiyor bermaslik, bilim va aql birligi tashkil etadi. Masalan: «Ma’lumot va 
tarbiya-aql bilan foyda keltiradi», «Xotirjamlik – bu kuchdir».
Eramizdan avvalgi 399 yilda Suqrot xudolarga hurmatsizlik va yoshlarni 
buzishda ayblanib, Afina sudining qarori bilan zaharlab o’ldiriladi. U o’z 
qarashlarida Suqrot idealist bo’lgan, chunki u tabiatni ilmiy o’rganishga qarshi 
bo’lib, bu ishni xudosizlar ishi deb hisoblagan.
Suqrotnig shogirdi va izdoshi, qadimgi Yunonistonning yirik faylasuflaridan
biri – bu Aflotun edi. (er.av. 428-347 y.) Aflotun birinchi klassik obyektiv idealizm
namoyondalaridan hisoblanadi. O’zining siyosiy karashlariga ko’ra Aflotun Afina 
reaksion aristokratlarining himoyachisi edi. Suqrot o’limidan so’ng Aflotun 
vaqtincha Afinani tark etib, bir necha bor Janubiy Italiyaga bordi.
Aflotun tomonidan Afinada falsafa maktabi ochildi. «Aflotun akademiyasi» 
deb nom olgan bu maktab ming yillarcha faoliyat ko’rsatdi. Aflotunning falsafa 
maktabi bog’da joylashgan bo’lib, unga afsonaviy qahramon «Akadem» nomi 
berilgandi. Shuning uchun ham bu maktab akademiya deb atalgan edi. Taxminan 
40 yillar davomida Aflotun akademiyada tanlab olingan o’quvchilar guruhiga o’z 
ta’limoti haqida dars o’tdi. Shuni ta’kidlash joizki Aflotun o’z fikrlarini o’ta 
mahorat bilan chiroyli va ishonarli tarzda bayon kiluvchi orator bo’lgan.
Aflotun idealist faylasuf bo’lib, butun borliqni ikkita olamga: g’oyalar olami
va buyumlar olamiga bo’lgan. Uning fikricha «abadiy va o’zgarmas g’oyalar» – bu
haqiqat hayotdir, moddiy olam buyumlari esa – bu g’oyalar aksining soyasidir».
Aflotun dialektikasi «qalb» va «sof sevgi» tushunchalarini ham o’z ichiga  olib, bunda Aflotun «qalb»ni g’oyalar dunyosiga yaqin va o’lmasdir. Shuning 
uchun ham inson olamni qalbida yashiringan bilimlari bilan o’zining sezgi 
organlari bilan bilib  oladi, anglab yetadi  deb tushuntiradi. Aflotun o’zining 
«Davlat va Qonun» asarida ideal davlat qurish haqida so’z yuritadi. Uning fikricha 
yangi takomillashgan davlat quyidagi sinflarga bo’linishi shart: hukumdorlar va 
faylasuflar, (U jamiyatni boshqarishda  faylasuflar ahamiyatiga juda katta e’tibor 
beradi), harbiylar hamda aholining quyi tabaqasi bo’lgan, hunarmadlar va 
dehqonlar. Aflotunning aytishlaricha jismoniy mehnat – bu qullar, hunarmandlar 
va dehqonlar ishi bo’lib, hukumdorlar va faylasuflar alohida sharoitlarda yashash 
lozim bo’lgan. 
Qadimgi Yunon fani shakllanishi va rivojlanishida Plotonning xizmati kattadir. 
Ayniqsa Aflotun qarashlarida antik davr kosmosining klassik ravishda tushunilishi 
muhim ahamiyatga egadir. Aflotunning aytishicha (kosmos zrem osyazayem i 
materialem - on sushyestvoval ne vsegda, a poyavilsya v rezultate tvorcheskogo 
akta) kosmos har doim ham mavjud bo’lmagan, ya’ni u ijodiy akt natijasida paydo 
bo’lgan. Kosmos yer shari atrofida aylanuvchi Quyosh va boshqa planetalardan 
iborat yettita osmon doirasidan iboratdir. Shuningdek Aflotun matematika va 
astronomiya bilan ham shug’ullanib, akademidagi o’z o’quvchilaridan 
matematikani yaxshi o’rganishni talab kilgan.
Shunday qilib, Aflotun akadimiyasini oliy o’quv yurtlarining ilk kurtagi deb aytish 
mumkin.
Eramizdan avvalgi 404-323 yillarda yashagan Sinoplik faylasuf Diogen haqida 
ham aytib o’tmaslik mumkin emas, chunki Diogen hayotning barcha lazzatlaridan 
voz kechib, o’ta asketik (zohidona) hayot kechirgan, ya’ni u o’ta  primitiv kiyim 
kiyib, faqat suv ichib, to’g’ri kelgan joyda tunab ketavergan. Diogen ibtidoiy 
hayotga qaytishni targ’ib qilgan. U biron-bir progressiv ijobiy dasturni ilgari 
surmagan.
Qadimgi Yunonistonning yirik faylasufi va tabiatshunosi bo’lgan Arastu (er.avv. 
384-322 y) qadimgi yunon fanining ensiklopedist olimi bo’lgan, chunki bizgacha 
yetib kelgan Arastu asarlari o’sha davr fanining barcha jabhalarini: tabiiy fanlar – 
matematika, mexanika, fizika, astronomiya, biologiya, tibbiyot, mantik, 
psixologiya, tarix, iqtisod, falsafa va boshqalarni o’z ichiga oladi. Arastu yunon 
koloniyasi bo’lgan Frakiyada, vrach oilasida tug’iladi. Eramizdan avvalgi 367 
yilda 17 yoshidan Arastu Aflotun akademiyasiga ma’lumot olish uchun keladi va 
shu yerda faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Aflotun o’limidan so’ng Arastu akademiyada 20 yilcha bo’ldi, so’ng uni tashlab 
mustakil faoliyat ko’rsata boshladi. Er.avv. 343 yilda Makedoniya podshosi 
Filippning o’g’li Aleksandrga o’qituvchilik va ustozlik qildi.  Er.av. 335 yilda 
Arastu Afinada o’zining Likey maktabini tashkil etdi. Uning bu maktabi -  peripatetik maktab deb ham atalardi. (yunoncha - peripatio – proxajivatsya-sayr 
qilmoq).    Arastu o’z leksiyalari va suhbatlari vaqtida o’quvchilar bilan sayr qilib 
yurishni yoktirardi.)
    Er.avv.  323 yil A.Makedonskiy o’limidan so’ng Arastu Afinani tashlab ketishga
majbur bo’ladi va bir yildan so’ng Evbeya orolidagi Xalqida shahrida 62 yoshida 
vafot etadi.
      Sharq dunyosida uni “ birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g’oyat 
keng bilimga ega bo’lgan. Uning “Metafizika” (yoki “Birinchi falsafa”), “Fizika”, 
“Jon to’g’risida”, “Analitika”, “Kategoriyalar”, “Siyosat”, “ Ritorika” va boshqa 
asarlari bizgacha yetib kelgan. 
      Arastu antik davrda yig’ilgan bilimlarning buyuk to’plovchisi va 
tizimlashtiruvchisi (sistematizator) bo’lgan. Uning fandagi va bilimlarni 
tasniflashtirish (klassifikasiyalash) sohasidagi xizmatlari ham juda buyukdir. 
   Uning “Fizika” nomli asarida tabiat falsafasi muammolari, hayot, materiya, 
harakat, zamon va makon, borliq va vaqt muammolari muhokama qilinadi.
     Arastu Aflotunning “g’oyalar” nazariyasiga qarshi chiqib, u tabiatni moddiy 
asosga ega bo’lgan narsalar yig’indisidan iborat, u har doim harakatda va 
o’zgarishdadir deb hisoblaydi. Arastu o’zining “Osmon haqida”, “Meteorologika” 
asarlarida yer va osmon o’rtasidagi hodisalarni, planetalar, kometalar, meteorlar 
masalasi, hamda rangning hosil bo’lishi, kamalak hodisalari kabi muammolar 
ustida so’z yuritadi. 
To’rtinchi kitobda, aniqrog’i Arastuning shogirdi Strabon tomonidan yozilgan bu 
kitobda dastlabki kimyoviy tasavvurlar haqidagi hikoyani bilib olamiz. Arastu 
tabiiy fanlar sohasida biologiyada ham katta yutuqlarga erishgan. U zoologiyani 
uch qismga bo’lgan: anatomiya, umumiy fiziologiya va embrologiyaga. O’zining 
izlanishlarida Arastu 500 dan ortiq hayvonlar haqida aniq va to’la ma’lumot 
beradi. Ayrimlarini hatto o’zi o’z qo’li bilan kesib, operasiya qilib o’rgangan. 
Hayvonlar klassifikasiyasida (tasnifida) Arastu ilgarigi dixotomiya prinsipini 
(yunon: - dichotomia - razdeleniya nadvoye) rad qiladi. Bunga ko’ra hayvonlar 
yerda va suvda yashovchi, qanotli va qanotsiz kabi qarama-qarshi guruhlarga 
bo’linadi. Arastuning aytishicha bunday prinsip bir-biriga juda o’xshash 
hayvonlarni ham ajratib qo’yishga olib keladi, masalan qanotli va qanotli 
bo’lmagan chumolilarni ajratib qo’ygandek. 
      Arastu sillogizmlari (ikkita mustaqil fikrdan kelib chiqadigan xulosa Mas: 
barcha metallar elektr o’tkazuvchi, mis-metal, demak mis elektr o’tkazuvchi)  
uning mantiq sohasida ham faoliyat ko’rsatganidan  dalolat  beradi. Xozirgi nuqtai 
nazardan qaraganda Arastu fizika va astronomiya sohasida kamroq yutuqqa 
erishgan. Chunki Arastu yerni shar shaklida ekanligini tasdiqlasada, ammo u yerni 
butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar yer atrofida aylanadi degan  geosentrik nazariyani ilgari surgan.
   Aleksandr Makedonskiyning shahar davlatlarni bo’ysundirishidan to 
Rimning kuchayishigacha bo’lgan vaqt, taxminan er.avv.330 yildan to er avv. 30 
yillargacha bo’lgan davr qadimgi Yunon fani rivojining uchinchi ya’ni ellinistik  
davri bo’lib hisoblanadi. Qadimgi Yunon fanining bu bosqichi birinchi navbatda 
matematika, mexanika, astronomiya fiziologiya fanlarining rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi, shu bilan birga falsafa sohasida bu davrda ancha kam ish qilinadi. 
Mustaqil polislar va davlatlarning A.Makedonskiy imperiyasiga qo’shib olinishi 
yunon savdosi uchun yangi imkoniyatlarni, yanada kengroq bozorlarni ochilishiga 
olib keldi. Bu o’z navbatida hunarmandchilik ishlab chiqaruvchi va shaharlar 
o’suviga, dengiz transport savdosining rivojlanishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash 
joizki bu jarayon, ya’ni savdoning rivojlanishi va harbiy-texnika vositalariga 
bo’lgan ehtiyoj sababli hunarmandchilik ishlab chiqaruvining yangidan texnik 
takomillashuviga bo’lgan zaruriyat Makedoniya hukmdorlarining: Aleksandr, 
Ptolomey va ular avlodlarining yunon faniga alohida e’tibor va hurmat bilan 
qarashga majbur etdi. Shu bilan birga ularning alohida topshiriqlari bilan amaliy 
fan bilan shug’ullanishga  keng imkoniyatlar yaratildi. A.Makedonskiy tomonidan 
er.av. 332 yilda  qurilgan Misrning yangi poytaxti bo’lgan Aleksandriya shahri 
Ptolomeylar davrida (er.av. 305-30 yillar) ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi.
Balkim, xuddi shu Makedoniya hukmdorlari birinchilardan bo’lib fanni davlat 
miqyosida tashkil qilish va moddiy ta’min etishga uringan bo’lishlari mumkin. 
     Er.av.III - asr boshlarida Aleksandriyada museyon (yunoncha-museion-ruscha-
xram muz, o’zbekcha-muzalar saqlanadigan joy) tashkil etiladi. Museyon fan rivoji
uchun ham katta ahamiyat kasb etib, bir vaqtning o’zida ilmiy muassasa, muzey va
ilmiy maktab rolini ham o’ynagan. Museyon Arastu tashkil etgan Afinadagi Likey 
maktabi bilan  ham bog’liq bo’lib, unga Likeyda xam, Aleksandriya museyonida 
ham dars beruvchi mashhur olim Strabon boshchilik qilardi. 
Qadimgi yunon fani ellin bosqichining  yirik matematik olimlaridan biri er.av. III 
asrda Aleksandriyada yashagan Yevklid hisoblanadi. Uning yirik va mashhur 
asarlaridan biri "Nachala" bo’lib, unda o’sha davr matematika ilmining barcha 
yutuqlari jamlangan va sistemalashtirilgan. "Nachala"dagi hamma ishlar faqat 
Yevklidga tegishli emas, balki boshka yunon olimlari, shuningdek er.av. 406-355 
yillarda yashagan mashhur antik davrning matematik va astronom olim Yevdoksga
ham tegishli. "Nachala" 15 kitobdan iborat bo’lib, uning XIV-XV kitoblari 
Yevklid tomonidan yozilmagan bo’lib, keyinchalik shu to’plamga qo’shilgan. 
"Nachala"da antik davr matematikasi va geometriyasi asoslari, maydonlar, turli 
figura va jismlar hajmini aniqlash, son-sanoq nazariyasi, aksioma usuli (Yevklid 
tomonidan tuzilgan bo’lib-axioma-yunonchada, ruschada-polojeniye, 
prinimayemoye bez dokazatelstvo vsledstviye yego ubeditelnosti.) va boshqalar  haqida yozilgan. 
    Qadimgi Yunoniston  fani rivojining ellinistik davrida mexanika sohasida ham 
katta yutuqlarga erishilgan. Bu davr mexanik - olimlari orasida alohida obro’ga va 
sharafga erishgani er.av. 287-212 yillarda yashagan Arximed hisoblanadi. Bu 
buyuk olim Sisiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug’iladi. U Rim va Karfagen 
o’rtasida O’rta yer dengizida hukmronlik kilish uchun bo’lib o’tgan birinchi va 
ikkinchi Puni urushlari davrida yashagan. Arximedning otasi matematik va 
astranom Fidiy bo’lib, u o’z o’g’liga yaxshi ma’lumot beradi. Arximed o’sha 
vaqtda Aleksandriya ilmiy markazining ko’pchilik olimlari bilan yaqindan tanish 
edi. Arximed Sirakuza shohi Giyeron  II ning  qarindoshi va yaqinlaridan edi. 
Ikkinchi Puni urushi ( er.av. 218-201 yillar) davrida Arximed Sirakuza mudofasiga
rahbarlik qiladi. Uning boshchiligida o’sha davr uchun mukammal hisoblangan 
otiladigan snaryadlar yasaladi, natijada rim legionlari shaharni shturm bilan 
ololmay uni qamal qilishga majbur bo’lishadi. Nihoyat er.av. 212 yilda Sirakuza 
rimliklar tomonidan egallanib, Arximed o’ldiriladi( taxminlarga qaraganda Rim 
qo’mondoni Marsellning buyrug’isiz u o’ldirilgan) . Ma’lumotlarga ko’ra Arximed
o’limi oldindan Rim soldatiga "Mening chizmalarimga tegma" deb aytgan.
  Arximed og’irlik markazi tushunchasini fanga kiritadi va uni turli jismlarda 
aniqlashning usullarini yaratadi." Day mne, gde stat, i ya sdvinu Zemlyu"-degan 
so’zlar Arximedga tegishli. Arximedning ilmiy yutuqlari amaliyot bilan uzviy 
bog’liq bo’lib, u hayotda o’sha davrning barcha mashina va texnikalarida, 
irrigasiya va harbiy sohalarda qo’llanilgan. Arximed tomonidan ko’plab 
kashfiyotlar qilingan. Masalan suvni balandlikka chiqaruvchi qurilma uchun - 
arximed vinti, juda og’ir yuklarni ko’tarish uchun polistpastlar va  vintlar, snaryad 
otuvchi harbiy mashinalar va hokazo injenerlik qurilmalari.
      Arximed falsafiy qarashlarining ham ilg’or xarakterda ekanligini aytib o’tish 
zarur. Bu sohada u materialist  tabiatshunos - faylasuf Demokrit pozisiyasini 
qo’llab - quvvatlaydi va taxminan er.av. 320-250 yillarda yashagan Aristarx 
Samosskiy fikrlariga qo’shiladi. Aristarx birinchi bo’lib geliosentrizm g’oyasini 
ilgari surgan, ya’ni - Kuyosh Yer atrofida emas balki Yer Quyosh atrofida  
aylanadi - deb hisoblagan. F . Engels uni Qadimgi   dunyo "Koperniki" deb atagan 
edi. Shuni aytish kerakki,  ya’ni  Demokrit ta’limoti va Aristarx Samosskiy 
qarashlari o’sha vaqtlarda rasmiy tanqidga va muhokamaga uchragan edi. Xato 
bo’lmasa kerak, agar biz Arximedni so’ngi yirik tabiatshunos va shu bilan birga 
birinchi muhandis  - olim deb aytsak, chunki uning ishlari tabiiy fanlarni mustaqil 
sohaga aylanishini boshlab berdi. Keyingi yillarda uning ishlari uzoq vaqt 
davomida o’z bahosini topmadi va amalda qo’llanilmadi.
  Fakat Uyg’onish Davriga kelibgina Arximed ishlari o’z qiymatini topdi va 
yanada rivojlantirildi. Arximed asarlari birinchi bor 1543 yilda (lotin tiliga) tarjima qilinadi. Shu yili N.Kopernikning "Ob obrasheniyax nebesnix sfer" nomli mashhur
asari nashr etildi.
   Agar Arximed qadimgi yunon tabiatshunoslarining so’ngi buyuk vakili bo’lsa, 
Qadimgi Yunonistonning so’ngi yirik faylasufi bu er.av. 342-270 yillarda 
yashagan Epikur hisoblanadi. O’z qarashlarida Epikur materialist bo’lgan. U 
"hyech narsa yo’qdan vujudga kelmaydi va olam abadiydir" deb hisoblaydi. Epikur
ham demokrit kabi olam atomlardan va bo’shliqlardan iborat deb hisoblaydi. 
Epikurning dinga bulgan munosabati ham qiziq, chunki u xudolarning borligini tan
olsada, lekin xudolar odamlar hayotiga aralashmagan va hyech qanday ta’sir 
o’tkazmaydi, deb hisoblaydi. Keyingi yuz yillikda Epikur xudosiz - faylasuf deb 
hisoblangan.
   Shunday qilib Qadimgi Yunonistonda fan yunon shahar - davlatlarining 
savdo-sanoat va madaniy markaz sifatida rivojlanishi uchun muhim omil bo’ldi. 
   Shuni ta’kidlash joizki, ya’ni Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo 
xalqlarining bilimlari,  ya’ni qisqacha qilib aytganda, Qadimgi Sharq fani Yunon 
dunyosida ilm-fanning rivodlanishiga barakali ta’sir etgan.
Mavzu bo’yicha savollar:
Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari nimada?
Qadimgi yunon fanining  tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar to’g’risida 
qisqacha ma’lumot bering.
Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi 
xususiyatlari qanday? 
Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichini tahlil etib bering.
Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri qaysi yillarga to’g’ri keladi?
Adabiyotlar ro’yhati
Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva”. M.1956.
Bernal D.J.  «Nauka i obshyestvo». M. 1953.
Kuzanskiy K. Istoriya kulturы Drevney Gresii i Rima. M. 1990.
Lukoshin R.K. Organon Aristotelya  M. 1984.  
6-Mavzu: Qadimgi Rim fani
Qadimgi Rim fanining tug’ ilishi va uning bosqichlari
Qadimgi Rim materializimining rivojlanishi
Qadimgi Rim fanlari klassifikasiyasi
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Qadimgi Rim tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Rim - qal’a-qo’rg’on shahri, quldorlik, Romul va Rem, urug’ jamoasi, 
patrisiylar, «urug’ oqsoqollari kengashi» - senat, «urug’ oqsoqollari kengashi» - 
senat, Serviy Tulliy, Tarkviniy Gordiy, «Puni urushlari».
Qadimgi Rim deganda, albatta ilk qal’a-qurg’on yoki qadimiy shahar 
tushuniladi. Shu bilan birga Qadimgi Rim deganda qadimgi Italiyadagi urug’ 
jamoasi, keyinchalik butun Apennin yarim orolidagi yerlarni o’ziga biriktirgan 
shaxar davlat (polis)lar, yanada keyinroq esa –Yevropaning bir qismini 
Њrtayerdengizi qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan butun shimoliy Afrikani o’z ichga 
olgan quldorlik davlati tushiniladi.
Antik mu’lumotlarga kura Rim shaxriga er.avv. 754 yoki753 yildan asoa 
solingan. Uning asoschilari usha afsonaviy ona bo’ri sut berib boqqan va chupon 
tarbiyalagan aka-uka egizaklar Romul va Rem hisoblanadi. Biroq arxeologik 
ma’lumotlar  Rim shahriga taxminan er.avv. X asrlarda asos solingaligini 
ko’rsatadi.
Daslab Rim urug’ jamoasining qarorgoxi edi. Uning aholisi to’la huquqli 
patrisilar, pleybelar va qullardan iborat edi. Rimning tula huquqli  eng qadimgi tub 
axolisi hisoblangan patrisiylar bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra dastlab 
uch yuzta urug’dan iborat bo’lgan. Har o’nta urug’ bitta kuriyani, har yuzta urug’ 
yoki o’nta kuriya bitta tribuni, ya’ni qabilani tashkil etgan.
Oliy hokimiyat organlari ikkita edi: biri kuriyalar tarkibidan yig’ilgan «xalq 
yig’ini» - komisiya bo’lsa, ikkinchisi «urug’ oqsoqollari kengashi» - senat edi. 
Jamoa tepasida komisiyada saylangan podsho turar edi.  Dastlab senat va komisiya
tomonidan cheklangan podshoning huquqi keyinchalik kuchayadi.
Њz qullari va katta yerlariga ega bo’lgan patrisiylar hukumron tabaqani 
tashkil etardi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko’chib kelgan odamlar va 
ularning avlodlari-pleybelar deb atalgan. Ular mayda va o’rta yer egalari, 
hunarmandlar bo’lib «rim axolisi» tarkibiga kirmagan. Qullarning hyech vaqosi 
bo’lmay, barcha huquqlardan mahrum qilingan tabaqa edi. Hali erkin jamoa 
a’zolari mehnati bu davrlarda ustun darajada saqlangan bo’lsada, biroq endi 
quldorlar va qullar sinfiga bo’linish jarayoni allaqachon boshlangan edi.
Antik ma’lumotlarga ko’ra er.avv. VII-VI asrlarda Rimda navbati bilan 
yettita podsho hukumronlik qilgan. Ulardan birinchisi Romul bo’lib, bu Qadimgi  Rim tarixida «podsholik davri» deb ataladi. Oltinchi podsho Sevriy Tulliy 
hukumronligi yillarida islohot o’tkazilib, uning natijasida  keyinchalik pleybeylar 
rim xalqi tarkibiga kiritiladi. Bu islohot pleybelarning patrisiylarga qarshi 
fuqorolik huquqi uchun olib borgan uzoq vaqt davomidagi (200 yildan ortiqroq) 
kurashining natijasi bo’ldi.
Serviy Tulliyni o’ldirib taxtga chiqan «podsholik davri»ning oxirgi yettinchi 
hukumdori Tarkviniy Gordыy er.avv. 510 (yoki 509) yilda rimliklar tomonidan 
quvib yuboriladi. Shundan so’ng Qadimgi Rim tarixining yangi «Respublika 
davri» boshlanadi. Bu davr to’rt yuz yildan ortiqroq, taxminan er.avv.30 
yillargacha davom etadi. Rimda podsho boshqaradigan hokimiyat yo’q qilingach, 
uning o’rniga respublika boshqaruvi ma’lum muddatga saylab qo’yiladigan 
kishilar idora qiladigan davlat joriy qilindi. Bunda har yili bir yil muddatga 
saylanadigan ikkita konsul davlatni boshqardi.  
Pleybelarning patrisiylarga qarshi kurashlari natijasida ular o’zlarining 
manfaatlarini himoya qiluvchi xalq tribunlarini saylash huquqini qo’lga kiritadilar.
Qadimgi Rim tarixining Respublika davri uzluksiz urushlar, Rim qudratining
va hududining yanada oshishi bilan xarakterlanadi. Er.avv 265 yilga kelib Rim 
tomonidan bu yerdagi bir qator yunon polislari bilan birga butun Apennin 
yarimoroli bosib olinadi. Epir podshosi Pirr ustidan qilingan g’alaba (er.avv. 275-
260 yilar) natija er.avv. 275-260 yilar) natijasida Rimliklar Janubiy Italiyaning 
ham bosib olishadi. Shunday qilib butun Italiya Rimga itoat ettiriladi.
Rimning siyosiy boshqaruvi yanada ko’proq aristokratik respublika 
xarakterini ola boradi. Davlat boshqaruvi birinchi nvbatda senat tomonidan amalga
oshirilib, u moliyaviy, ichki xafsizlik, tashqi siyosat, harbiy va diniy masalalarni 
yechish huquqini olgan edi. Patrisiylar va plebeylarning boy qismi o’rtasidagi 
huquqiy farq asta-sekin yo’qolib va xullas ularning aralashuvi natijasida yangi 
nobilist, ya’ni aslzodalar tabaqasi vujudga keladi. Oqibatda Rim er.avv. V-III 
asrlarda patrisiylar va pleybelar xonadonidan chiqan quldorlar va aslzodalar 
respublikasiga aylangan. Ularning vakillari senatda hal qiluvchi kuchga ega bo’lib,
yuqori mansablarni egalaganlar. Konsullar ham senat bilan maslahatli ish olib 
borganlar. Mahalliy hokimiyat – rim magistraturalari-odatda bir yilga saylangan. 
Xalq tribunlarining ta’siri ham ancha kuchli bo’lib, ular mahalliy magistrantlar, 
xalq yig’ini va hatto senat hamda konsullarning plebeylarga zid qarorlarni veto 
huquqi bilan taqiqlab qo’yishga haqli edilar.
Alohida favqulotdda holatlarda 6 oy muddatga oliy harbiy va fuqorolik 
hokimiyatini boshqaruvchi-diktator tayinlangan.
Rim va Karfagen (finikiyaliklar tomonidan er.avv.825 yilda asos solingan 
shahar yoki koloniya) o’rtasida Њrta yer  dengizi havzasida hukumronlikni qo’lga 
kiritish uchun taxminan 120 yil davomida (er.avv.284-146yi) «Puni urushlari» deb  tarixga kirgan jang olib borildi.
Eramizning III asrlarga kelib imperatorlarning tez-tez almashuvi va 
mamlakatdagi ichki ziddiyatlar hamda Rim qo’shinlarining ketma-ket 
muvaffaqiyatsizliklari tufayli Rim imperiyasi zaiflasha bordi. Natijada uning 
tirkibidan Galliya, Ispaniya va Britaniya vaqtincha chiqib ketdi. Garmanlar, 
sarmatlar (shimoliy Qora dengiz bo’yi va Sharqiy Volgada yashovchi chorvador 
qabilalar) va boshqi qabilalar saltanatining chegara viloyatlariga katta zarar 
yetkazishardi.
Eramizning 184-476 yillarini Rim tarixida dominat (lot.dominatus-
gosudarstvo, hukmronlik,cheksiz monarxiya tashaniladi) deb atashadi. 
Qo’zg’olonlar xavfi ostida Diokletian (eramizning284-305 y) va Konstantin I 
(eramizning 306-337y) hukumronligi yillarida xristianlikni rasmiy davlat dini 
sifatida tan olgan absolyut monarxiya o’rnitildi. Senat hyech qanday ahamiyatga 
ega bo’lmay, nomigagina faoliyat ko’rsatadi. Natijada Rim imperiyasi har birining 
o’z imperatori bo’lgan g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketadi. Sharqiy 
imperiyaning poytaxti Vizantiya (Konstantinopol) shahri edi.
Bularning hammasi quldorlik tuzumi inqirozining oldini ololmadi. Yirik yer 
egalari bo’lgan magnatlarning xususiy quroli otryadlari bo’lib, ular bilan hukumat 
o’rtasidagi konflikt davom etardi va kuchayardi. Faqat qullar va dehkonlar emas, 
hatto yirik dehkonlar ham qo’llayotgan varvarlarning hujumi davom etardi. 
Tarixda ma’lumki. Hatto 410 yilning avgustida gotlar (german qabilalari) 
tomonidan Rim vaqtincha egallangan, bunda darvoza kumar tomonidan ochib 
berilgan edi. Rim saltanatidan asta-sekin Britaniya, Ispaniya, Afrika viloyatlari va 
Galliya chiqib keta boshladi.
Rim saltanati hukumronligi tugallashini tarixda  Odoakr boshchiligida 
german qabilalari tomonidan G’arbiy Rim imperiyasining oxirgi Rolul Avgustul 
og’darib tashlagan o’sha eramizning 276 yil hisoblanadi. Vizantiya deb atalgan 
Sharqiy Rim imperiyasi esa yana ming yillar atrofida hukmronlik qildi. 1 (V.A. 48-
49 betlar)
Qadimgi Rim davlatining vujudga kelishi, gullab yashnashi va yemirilishi 
tarixining qisqacha konspektiv ocherki bu davr fani va texnikasi rivojlanishi 
yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Qadimgi Rimda ko’plab qobiliyati faylasuf va tabiyatshunos olimlar bo’lgan
bo’sada, biroq shuni aytish kerakki, ya’ni bu yerda Qadimgi Yunonistonga 
nisbatan ancha ham yangi g’oyalar va fikrlar aytilgan. Buning turli sabablari bo’lib
ulardan asosiy bu quldorlik tuzumining yemirilishi Qadimgi Yunonistonga 
nisbatan ham kuchliroq bo’lganligidir.      
Mavzu bo’yicha savollar: Qadimgi Rim fanining tug’ilishi va uning bosqichlarini alohida gapirib bering.
Qadimgi Rim materializimining rivojlanishi sabalari nimada?
Qadimgi Rim fanlari klassifikasiyasi deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar ro’yxati
Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva”. M.1956.
Bernal D.J.  «Nauka i obshyestvo». M. 1953.
Kuzanskiy K. Istoriya kulturы Drevney Gresii i Rima. M. 1990.
Lukoshin R.K. Organon Aristotelya  M. 1984
7-Mavzu: Feodalizm davrida G’arb mamlakatlari, Rossiya va Kavkaz xalqlari fani.
Reja: 
Feodalizm davrida fan.
G’arb mamlakatlari fani.
Rossiya va Kavkaz xalqlari fani
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan G’arb mamalakatlari tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tarixshunoslik ilmida O’rta asrlar tarixi uzoq davrni, eramizning V asridan, 
ya’ni quldorlik imperiyasining qulashidan to XVII asrning 40-yillarida boshlangan 
ingliz-burjua revolyusiyasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, uni dunyo 
xalqlarining deyarli hammasi o’z boshidan kechirganlar. 1200 yildan ko’prok 
davrni o’z ichiga olgan feodalizm davri Angliya va Fransiyada G’arbiy Rim 
imperiyasining yemirilishi bilanoq boshlanib, Angliyada XVII asrgacha Fransiyada
XVIII asrgacha davom etgan bo’lsa, Rossiyada feodalizm keyinroq, ya’ni IX 
asrdan boshlanib, to 1861 yil  krepostnoy huquqining bekor qilinishigacha davom 
etdi. O’rta Osiyoda esa V-VI asrlardan to XX asrning boshlarigacha davom etdi.
Ma’lumki, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati, qadimgi dunyo sivilizaasiyasi 
Sharq dunyosida vujudga kelib, Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida 
o’zining yuksak taraqqiyotiga erishgan. Shundan so’ng sivilizasiya markazi asta-
sekin G’arb dunyosiga kuchdi.
G’arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda madaniyatida  xristian dinining hukmron dinga aylanishi qanchalik ahamiyat kasb etsa, bu 
davrlarda Sharq dunyosida Islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham uning 
yuksak madaniyatining vujudga kelishiga shunchalik hissa qo’shdi.
Quldorlik tuzumiga nisbatan feodal jamiyatining progressivligi – bu 
qulchilikka nisbatan unumlirok bo’lgan mayda dehqon xo’jaligining paydo 
bo’lishidir. Chunki yersiz va o’z mehnatidan manfaatdor bo’lmagan quldan farq 
qilgan holda dehqon o’z yeriga ega bo’lib, mustaqil xo’jalik yuritar hamda qishloq 
xo’jalik ekinlari mahsuldorligini oshirishdan manfaatdor edi.
Ilk o’rta asrlardayoq qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va 
savdoning taraqqiyoti hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga, bu 
esa o’z navbatida hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari bo’lgan yangi-yangi 
shaharlarning vujudga kelishiga olib keldi.
Lekin, shunday bo’lsada, odamlarning qadimdagi kabi o’rta asrlarda ham 
tabiatning mudhish kuchlari: zilzila, toshqin, qirg’okchilik va epidemiyalar oldida 
ojizligi, fan va texnika taraqqiyotining pastligi, ularni sarosimaga solardi. Insoniyat
tarixida hyech bir jamiyatda feodallarning huquqlari cheksiz xudbinlik darajasiga 
ko’tarilgani kabi jamiyat bo’lmagan hyech qachon mavjud tartiblar va 
qonunlarning feodalizmdagi kabi faqat zaif mehnatkashlar tomonidan bajarilishi 
talab qilingan jamiyatni uchratmaymiz.
Shuning uchun ham dehqonlarning feodallar jabr-zulmidan qutulib 
bo’lmaydi degan; tortayotgan azob-uqubatning chek-chegarasi yo’q degan 
tasavvurlarga kelishi xrestian cherkovini obro’sini ko’tarib yubordi. Xudoga 
bo’lgan ishonch har qanday ilmiy qarashlarning cherkov tomonidan qattiq nazorat 
ostiga olinishiga olib keldi. Cherkov xalqning nodonligi va jaxolatligidan 
foydalanib, boylik ortirar va mavjud feodal tuzumni mustahkamlashdan 
manfaatdor edi. Papalar (yunoncha –papes – ota) indulgensiya (lotincha – avf 
etish) qog’ozi sotishdan g’oyat katta daromad topardi. Cherkov xudo barcha 
odamlarni uch toifaga bo’lgan deb jar solardi:
1-toifadagi «ruhoniylar» – hamma uchun ibodat qilmog’i lozim;
2-toifaga «feodallar» urush qilmog’i;   
3-toifaga «dehqonlar va hunarmandlar» kirib, ular hamma uchun mehnat 
qilmog’i kerak deb uqtirilardi.
Xristian axloqi aholini itoatkorlik va sabr toqatli bo’lish ruhida 
tarbiyalashga, feodal tartiblarga qarshi har qanday fikrni bo’g’ib tashlashga majbur
edi. Cherkov ta’limotiga qarshi chiquvchilarni ruhoniylar yeritik (bid’ftchi) deb 
atardi.
Papa yeretiklarga qarshi kurashish uchun XIII asrda maxsus cherkov 
sudiinkvizisiyani (lotincha – tergov) tashkil etdi. Yeretik deb topilgan kishilar 
gulxanda yoqilardi. Natijada cherkov ta’limotiga zid fikrdagi kishilar, hatto ilm-fan sohasidagi bir qator olimu kashfiyotchilar jazolanardi.
G’arbiy Yevropada xristian cherkovi tepasida Rim papasi, turardi. Uning 
qarorgohi Vatikan shahri edi. Yirik viloyatlarda cherkovni yepiskoplar va 
arxiyepiskoplar boshqargan. Monastirlar boshqaruvchisi-abbatlar (ota) deb atalgan.
Tarki dunyo qilgan kishilar-monaxlar (yunoncha – yolgiz) monastirlarda 
yashaganlar. Barcha cherkov xodimlari ruxoniylar tabaqasini tashkil etgan. 
Eramizning 354-430 yillarda yashagan, cherkov otast deb nom olgan Yepiskop 
Avreliy Avgustin cherkovning tashkiliy strukturasini va dogmatikasini tuzadi. 
Avreliy Avgustin-neoplatonizm tarafdori edi. Uning fikricha butun olam katolik 
cherkovi tomonidan boshqarilishi kerak, ya’ni cherkov koshida (vechnaya 
merovaya bojya derjova) abadiy butun olam cherkov hukmronligi o’rnatilishi 
kerak. Shu bilan birga Avgustik xususiy mulk va ijtimoiy tengsizlikni himoyalab 
chiqdi.
III  asrlarda Rim yepiskopligi zaminida shaklana boshlagan IY asrlarda papa 
unvoni olgan cherkov boshlig’ining ta’siri G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 
yanada kuchaya bordi. Papa turli mamlakatlarining oliy ruhoniylardan iborot 
kardinallar kengashida ko’pchilik ovoz bilan umrbod saylanadigan bo’ldi. Shu 
bilan birga XI asrda feodalizmning diniy falsafasi sifatida sxolastika vujudga keldi.
Uning vazifasi o’rta asrlardagi ijtimoiy tengsizlikni, cherkov dogmatikasini iborat 
edi. Yirik sxolast filosof va teologlardan biri Anselm Kenterberskiy (1033-1109) 
edi. Anselm cherkov mustaqilligi mustahkamlash tarordarlaridan edi. U har qanday
ilmiy bilim ishonchining asosi bo’lishi mumkin (?) deb hisoblardi. U xudoning 
borligini isbotlashga harakat qiladi.
Feodalizm davri faylasuflardan Parijdagi monastir maktabining o’qituvchisi 
faylasuf va yozuvchi Pyer Abelyarni (1079-1142) aytib o’tmaslik mumkin emas. 
Abelyar o’zining traktatlariga asos qilib qo’yidagi tezisni qo’ydi: "Ponimat, chtobы
verit", "Ishonish uchun tushunish" boshqacha qilib aytganda Abelyar u 
ishonadigan hamma narsa oldindan tushunarli bo’lishi kerak deb hisoblardi. 
Bunday talqin o’sha davrda yeretiklikka teng edi M: ikkinchi salb qarashi 
targ’ibotchilaridan biri Bernard Kirvosskiy Abelyarni "antixrist va shayton"deb 
atagan edi.
XII - XIII asrlarda Aristotelning asarlari lotin tiliga tarjima qilindi. Bu esa 
ortadoksal katolik doktrinalarining Arastu qarashlarini bir qanchasini xristian 
ta’limotiga moslashlariga urinishiga olib keldi.
Ana shunday sxolast-faylasuflardan biri Foma Akvinskiy (1225-1274) 
bo’lib, u o’sha davrda keng tarqalgan sxolastik tizimni yaratdi. Bu tizim o’rta 
asrlar ideologiyasida xukmron bo’lgan o’ziga xos ensiklopediya bo’ldi.
Foma Akvinskiy o’z asarlarida nafaqat teologik, diniy muammolarni, balki 
huquq, ahloq, davlat, iqtisod va tabiiy fanlar masalalarini ham yoritdi. Sxolastik olimlardan farq qilib - Fan tarixiga ilg’or fikrlovchi bo’lib kirgan 
olim Angliyalik fransiskan monaxi faylasuf va tabiatshunos Rodjer Bekon (1214-
1232) hisoblanadi. U cherkov va feodal sxolastikani tanqid qilib chiqdi. R.Bekon 
cherkovga yolg’onchilar kirib olgan chunki ruhoniylar boy-badavlat yashashadi va 
shuning o’zi ular ta’limotiga ziddir deb aytadi. U utopik davlat loyihasini ishlab 
chiqadi. Bunda oliy hokimiyat xalq majlisi tomonidan boshqarilishi kerak. 
R.Bekon tabiiy fanlar bilan shug’ullanib, matematika, astronomiya, fizika va 
kimyo sohasida fa’oliyat ko’rsatdi.
Uning fikricha haqiqatni izlashda yagona va muhim vosita bo’lib aql emas, 
balki tajriba xizmat qiladir ya’ni bilimni kuzatishlar va tajribalar yo’li bilangina 
hosil qilish mumkin, deb isbot qilardi. Fanning maqsadi tabiatni o’rganib, uni 
odamlarga xizmat qildirishdan iborat degan edi Bekon. R.Bekon magnit strelkasini
va katta qilib ko’rsatadigan oynani tajriba qilib ko’rdi, demak mikroskop va 
teleskopning kashf qilinishini hamda boshqa kashfiyotlarni oldindan ko’ra bildi. 
Biroq u cherkov tomonidan tanqib ostiga olindi, uning sarlari yo’qotildi, o’zi 
papaning bo’yrug’i bilan 14 yil turmaga tashlandi.
      XI - XY asrlarda G’arbiy Yevropada shaharlarning o’sishi va markazlashgan 
davlatlarning vujudga kelishi ilm-fan, maktab va madaniyatning rivojlanishiga 
turtki berdi. Shaharlar va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan shuningdek salb 
yurishlari vaqtida yevropaliklarning dunyo xaqidagi tasavvurlari kengaydi. XIII- 
asrda venesiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo 25 yil davomida Uzoq Sharq 
mamlakatlarida bo’lib, bu mamlakatlar haqida qimmatli ma’lumotlar to’pladi. 
Italiyaga qaytgach, Osiyodagi davlatlar va xalqlar hayoti va urf-odatlari haqida 
hikoya qiluvchi kitoblar yozdi.
Markazlashgan davlat boshqaruvi bilimli kishilar ko’proq bo’lishini talab qilardi. 
Qirollarga savodli, ma’lumotli amaldorlar va sudyalar kerak edi. Natijada 
shaharlarda cherkovga qarashli bo’lmagan xususiy kishilar yoki shahar kengashi 
tomonidan ochiladigan maktablar vujudga kela boshladi.  
    XII asrda Yevropada dastlabki Oliy maktablar - universitetlar vujudga keldi. 
1160 yilda Parij universiteti tashkil topdi. Taxminan o’sha davrlarda Italiyadagi 
Bolonye universiteti vujudga keldi. 1167 yilda Angliyada Oksford universiteti 
tashkil topdi. Bu yerda R.Bekon ham o’qituvchi bo’lib ishlardi. 1209 yilda 
Kembridj 1222 yilda Paduan, 1224 yilda Neopol, 1347 yilda Praga va 1364 yilda 
Polshadagi Krakov universitetlari paydo bo’ldi. XV asrlarga kelib Yevropada 
universitetlarning soni 65 taga yetdi. Dastlab mashhur o’qituvchilar bo’lgan 
shaharlarda vujudga kelgan bu universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi, 
shuning uchun bu universitetlarda turli mamlakat vakillari o’qiy olardi. 
Universitetlarda dastlab ilohiyot fanlari o’qitilsada, biroq o’qitish jarayoni 
ilgarigiga nisbatan mutloqo farq qilib, sistemali ravishda olib borilardi. Talabalar  shuningdek huquq, tibbiyot, matematika, astronomiya, fizika, gramatika, falsafa va
boshqa fanlar o’qitilardi.
O’qituvchilar ma’ruzalari talabalar tomonidan yozib olinardi va tinglanardi. 
Ma’ruzalar disputlar bilan to’ldirilardi.
Olimlar fikricha Oder, Visla, Dnestr va Pripyat daryolarining yuqori oqimi va 
so’ngra sharqqa tomon Dnepr bilan Desnagacha bo’lgan keng maydonlarda 
qadimgi slavyanlarning avlod-ajdodlari ya’ni praslavyanlar yashaganlar. IX- asrda 
ana shu sharqiy slavyanlarning ya’ni uch qardosh xalq rus, ukrain va 
beloruslarning umumiy davlati bo’lgan Rus feodal davlati qaror topdi. Sharqiy 
slavyanlar o’z poytaxtlarining nomi bilan bu davlatni Kiyev Rusi deb atashgan. 
Rus to’g’risida eng qadimgi yozma ma’lumotlar XII asr boshida Pechora 
monastirining monaxi Nestorning «Povest vremennыx let» «Muvaqqat yillar 
qissasi» nomli asarida uchraydi.  Nestor ko’plab yunon va rus kitoblarini tahlil 
qilish asosida «Kak i otkuda poshla Russkaya zemlya» degan sarlavha bilan o’z 
asarini yozishni boshlagan. Uning fikricha «Rus davlatining poydevori VI asrlarda 
yashagan afsonaviy knyaz Kiy nomi bilan bog’liq bo’lib, u ehtimol Dnepr bo’yi 
qabilalari ittifoqining boshlig’i bo’lgan, lekin hali to’la ma’nodagi feodal podsho 
emas edi. Solnomachi Nestor VIII-IX asrlarda sharqiy slavyanlarning salkam 15 ta 
qabilaviy ittifoqlarini tilga oladi: polyanlar, severyanlar, volinlar va bujanlar, 
ulichlar va tverliklar, dregovichlar, radimichlar, vyatichlar, polochanlar, krivichlar,
slovenlar va boshqalar.
Shunday qilib rus yoki rus xalqlari to’g’risida dastlabki tarixiy ma’lumotlar 
milodiy VI asrlarga tegishli bo’lib, Rus xalqi fani va madaniyatini o’rganishda 
bizga rus knyazlari haqida yaratilgan bir qator dostonlar ham ma’lumot beradi. 
Kiyev Rusi feodal davlatining ilk knyazlaridan biri Oleg (882-912) hukmronligi 
davrida davlat hududi kengaytiriladi. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik 
rivojlanib, uch dalali almashlab ekish, yerga ishlov beruvchi qurollar 
takomillashadi. Oleg vafotidan keyin taxtga chiqqan Igor (912-945) hukmronligi 
davrida Kiyev Rusi yanada mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Biroq u 
drevlyanlar tomonidan 945 yilda qayta o’lpon yig’ish paytida o’ldiriladi. Shundan 
uning beva xotini Olga davlatni boshqaradi. U birinchilardan bo’lib xristianlikni 
qabul qilgan. Igorning o’g’li Svyatoslav (964-972) hukmronligining asosiy qismi 
harbiy yurishlar bilan o’tdi. Svyatoslav qo’shini 972 yilda Vizantiya yurishidan 
qaytayotganida Dnepr ostonalarida ko’chib yurgan pecheneglar bilan to’qnashadi. 
Jangda rus qo’shinlari mag’lub bo’lib, Svyatoslav o’ldiriladi. Pecheneglar xoni 
uning bosh chanog’idan may ichish uchun tilla qoplangan qadah yasashni 
buyuradi. Shundan so’ng taxtga Vladimir Svyatoslavich (980-1015) chiqadi. Uning
asosiy xizmati birinchidan barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusi qo’l ostiga 
birlashtirish, ko’chmanchilarga qarshi mamlakatning mudofaa qudratini oshirishi  bo’lsa, ikkinchidan 988 yilda Rusda xristian dinini joriy etishi edi. Buning 
natijasida Vizantiya yozuvi va san’atining Rusga kirib kelishiga keng imkon 
yaratildi.
IX- asrda (855 yilda) aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyanlar uchun maxsus alefbo
ixtiro qilishadi. U slavyan tilining murakkab tovushlariga moslashtirilgan edi. Endi
rus kishilari savdo shartnomalari yoza boshlaganlar, solnomalar, qonunlar 
majmualarini tuzadigan va yunon tilidan kitoblar tarjima qiladigan bo’ldilar.
Yaroslav Mudriy (1019- 1054) hukmronligi davrida Rusda maorifga davlat 
darajasida e’tibor berilib, kitoblar tarjima qilinadi, kutubxonalar yaratiladi, cherkov
va monastirlar quriladi. Hozirgacha saqlanib qolgan Kiyevdagi oltin darvoza va 
Sofiya ibodatxonasi Yaroslav davriga oid bo’lib, ular rus madaniyatining yuksak 
saviyasidan dalolat beradi. Knyaz Yaroslav Novgorodda tartiblar to’g’risida qonun
yaratib, bu  fanga «Yaroslav sudi» nomi bilan kirgan.
Dono Yarosdav vafotidan keyin uning vorislari o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro 
urushlar keltirgan xonavayronliklar ustiga qurg’oqchilik tufayli kelib chiqqan 
ocharchilik va sharqdan  Rusga bostirib kirgan yangi ko’chmanchilar- 
kipchoqlarning dahshatli bosqini natijasida rus fani va madaniyati biroz 
tushkunlikka uchradi. O’zaro feodal tarqoqlik urushlari va xalq qo’zg’olonlarining 
kuchayishi knyazlar va hukmron sinf manfaatlari himoya qiluvchi qo’shimcha 
qonunlar joriy etish zaruratini tug’dirdi. 1072 yilda aka-uka Yaroslavichlar 
Kiyevda yangi knyaz qonuni – «Russkaya Pravda»ni tuzishdi.
«Russkaya Pravda»ning moddalarida asosan knyaz va uning ma’murlari 
manfaatlari himoya qilindi. M: uning 20-chidan to 24-chigacha bo’lgan 
moddalarida knyaz boshqaruvchisini o’ldirgan kishi yoki jasad topilgan yerdagi 
butun jamoa katta jarima ( 80 ho’kiz yoki 400 qo’y qimmatiga teng) to’lagan. 
Bunday jarima butun qishloqni xonavayron qilgan yoki dehqonlarni knyazga 
qaram qilib qo’ygan. Aksincha oddiy dehqon (smerd yoki qarol) o’ldirilsa, knyaz 
ma’murinikiga nisbatan 16 barobar kam jarima to’langan.
Dono  Yaroslavning nabirasi Vladimir Monomax (1113-1125) «Russkaya Pravda» 
qonunlariga jiddiy o’zgartirishlar kiritib, sudxo’rlardan qarz olib ko’pincha qaram 
bo’lib qoladigan mayda shahar aholisi manfaatlarini himoyalab chiqadi. Bu qonun 
«Monomax ustavi» deb yuritildi. XI- asrning oxirlarida Vladimir Monomaxning 
singlisi Kiyevda qizlar uchun maktab ochadi.   Biroq XI- asr oxirlarida knyazlar 
bilan yirik feodallar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurash kuchayib Rusning 
kuch-qudrati va birligiga  putur yeta boshlaydi. Yaroslav Mudriy va uning nabirasi 
Vladimir Monomaxlar Rusning nisbatan birligiga erishgan so’nggi buyuk knyazlar
edi. Yaroslavning o’g’illari hukmronligi zamonidayoq boshlanib ketgan feodal 
tarqoqlik Kiyev feodal markazlashgan davlatining 1132 yilda 10 dan ortiq mayda 
knyazliklarga bo’linib ketishiga olib  keldi. Shunday qilib ilk feodal davlat bo’lgan Kiyev Rusi 300 yilcha (IX asrdan – XII 
asrgacha) hukmronlik qilib, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirdi va ularning 
fani va madaniyati rivojiga turtki berdi. Dastlab slavyan xalqlarining tuyg’ulari 
ularning qahromonlik-epik dostonlarida (Ilya Muromes, Mikula Selyaninovich.) 
namoyon bo’ldi. So’ngra X asr boshlarida Rusda yozuvning rasm bo’lishi rus fani 
va madaniyatining rivojlanishiga ko’maklashdi.
XI asr o’rtalaridan Rusda yunoncha va bolgarcha qo’lyozma tarjima asarlar: 
«Purhikmat», «To’plam» kabilar tarqaldi. XI asrning oxiri – XII asr boshlarida 
dastlabki original ruscha asarlar paydo bo’ladi. Bular orasida Nestor qalamiga 
mansub «O’tmish yillar qissasi», «Knyazlar Boris bilan Gleb to’g’risidagi 
saboqlar», «Feodosiy Pecherskiy hayoti» va boshqalar bor.
Qadimgi Rus adabiyotining eng salmoqli asarlaridan biri bu 1185 yilda noma’lum 
avtor tomonidan yozilgan «Igor polki jangnomasi»dir. «Jangnoma»da knyaz 
Igorning qipchoqlarga qarshi hamlasi va qipchoq xoni Konchakning uni tor-mor 
etishi bayon etilib, unda rus knyazlarining birlashishiga da’vat etiladi. 
  XII-XIII asrlarda Rusda katta-kichik shaxarlar vujudga kelib, binokorlik va 
me’morchilik yanada rivojlanadi. Poytaxt shaharlarning  jadal qo’rilishi  va  
ularning  bezaklari  rus  me’morlari  ijodini yuksaltirdi. M: Bogolyubovadagi 
Andrey  qasri, Pokrov cherkovi (XII a.), Vladimirdagi Uspenskiy  va 
Dmitriyevskiy soborlari (XII a.), Pereyaslavldagi Spassk sobori, Novgoroddagi 
Spas-Neredisa cherkovi bunga misol bo’la oladi. 
    XV asrda mug’ul-tatar zulmidan ozod bo’lgan Rus yerlarining markazlashuvi 
jarayoni bo’lib o’tadi. Tverlik savdogar Afanasiy Nikitin (--1472 yilda o’lgan) 
1466-1472 yillarda Fors va Hind o’lkalariga sayohat qilib, qaytishda Afrika 
soxillaridagi Somali, Arabiston va Turkiya orqali sayoxat qiladi. Uning «Uch 
dengiz osha sayohat» asari tarixiy-adabiy-geografik xarakterga ega bo’lib, rus 
fanining rivojiga katta hissa qo’shadi. 
 Kavkaz xalqlari: 
    Kavkazliklar  qadimdan yuksak madaniyat arboblari yetishib chiqqan xalqlardan
biridir. IV-V asrlarda Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyada ham o’zlarining 
mahalliy yozuvlari vujudga keladi. Milodiy I-ming yillikning o’rtalarida Kavkaz 
xalqlari Eron, Vizantiya, Saljuqiylar, Arab xalifaligi, so’ngra Temuriylar va 
Usmonli Turklar davlatlari bilan to’xtovsiz urushlar olib borishga majbur 
bulganlar.
VIII asrda Ozarbayjon hududiga islom dini kirib keladi. XII-XIII asrlarda esa 
mamlakatda hunarmandchilik va savdoning keng  rivojlanishi ilm-fan 
taraqqiyotiga ham turtki beradi. Bu davrda Ozarbayjonning yirik faylasufi va shoiri
Ilyos Yusuf o’g’li Nizomiy Ganjaviy (1141-1203) hisoblanadi. Uning besh ajoyib 
dostondan iborat «Xamsa»si (Panj Ganji) Sharq xalqlari adabiyotida yangi bir  bosqich bo’ldi. U 1141 yilda Ozarbayjonning Ganja shahrida tug’iladi. Ganja 
shahri IX asr o’rtalarida vujudga kelib, bu shahar XI-XII asrlarda yirik siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy markaz bo’lib, Arron davlatining poytaxti edi. Nizomiy 
yoshligidan ilm- fanga berilib, arab va fors tillarini mukammal o’rganadi. U 
falsafa, mantiq, tarix, tilshunoslik, astranomiya va boshqa fanlar bilan 
shug’ullangan. Nizomiy ulug’ lirik va epik shoir bo’lib, uning besh dostoni ya’ni 
«Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Xaft
paykar» (Yetti go’zal) va «Iskandarnoma» asarlari uning vafotidan keyin bir kitob 
qilib to’plandi va «Panj Ganj» («Besh xazina») – «Xamsa» (Beshlik) nomi shuxrat 
qozondi.
XIII-XV asrlarda Ozarbayjonda tabiiy fanlar, tibbiyot va me’morchilik sohasida 
ko’plab taniqli olimlar yetishib chiqadi. Bular orasida shoirlardan Zulfiqor 
Shirvoniy, Avhidiy Marog’oiy, Izzaddin Gasan-og’li, shuningdek Marog’a 
rasadxonasining asoschisi Nasriddin Tusiy va boshqalar bor edi. XV asrga oid 
Bakudagi Shirvonshohlar saroyi va Tabrizdagi Moviy machit binolari 
Ozarbayjonda me’morchilikning ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat 
beradi. Hozirgi Armaniston ham qadimgi sivilizasiya markazlaridan biri 
hisoblanadi. 1968 yilda Yerevan shahrining 2750 yilligi nishonlangan edi. Arman 
xalqi ham yuqorida  aytgan bosqinchi davlatlar bilan tinimsiz urushlar olib 
borganlar.
Armanistonda IV asrdayoq xristian dini asosiy dinga aylanadi. Arman xalqining 
fani va madaniyati tarixida V asr boshlarida arman alefbosining joriy etilishi 
muhim vokea bo’ldi. Bunda ma’rifatchi olim Mesrop Mashtosu (361-440)ning  
xizmati kattadir.V asrda qadimgi arman adabiy tilining asoschisi faylasuf va 
yozuvchi Yeznik Koxbesi yashagan. V-VI asrning birinchi yarmida yashagan 
faylasuf David Anaxt Afina va Aleksandriyada bilim olib, Aflotun, Arastu va 
Pifagor asarlarini o’rganishi natijasida  idealist faylasuf bo’lib yetishadi. Uning 
fikricha «hamma narsa xudo tomonidan yaratilgan». Biroq u «tashqi dunyo 
obektlari, jism va hodisalar real mavjud, ularni bilish mumkin» degan materialistik
g’oyani ham ilgari suradi. David Anaxtning asarlari orasida asosiysi bo’lgan 
«Opredeleniye filosofii» nomli asari o’z mohiyatiga ko’ra dunyoviy va rasional 
asar hisoblanadi.
Yana bir arman olimi Ananiya Shirakasi VII asrda arifmetikadan «Masalalar va 
yechimlar» deb atalgan maktab darsligini tuzadi. Arab xalifaligiga qarshi kurash 
jarayonida armanlarning «Sasunsi Davud» (David Sasunskiy) nomli eposi saqlanib
qolgan. Unda tog’li Sasun rayonining xalqi Ovnan Xutesi boshchiligida arablarni 
tor-mor etgan va Mush shahrini ozod qilgan. Sasunlik Davud—yig’ma obraz 
bo’lib, u arman xalqini birlikka da’vat etgan.
      Qadimgi arman faylasuf-tabiatshunosi, shoir va bogoslov Ovanes Imastater  (tax. 1045-1129) bir qator antik va o’rta asrlar davri olimlarining asarlarini, 
jumladan Arastu va Yevklid asarlarini arman tiliga tarjima qilishda katta xizmat 
ko’rsatgan. Shu bilan birga u o’sha paytda  Armanistonnning poytaxti bo’lgan Ani 
shahridagi oliy maktabning asoschisi edi. Armanistonda tibbiyot ham yuksak 
darajada rivojlanib, tabiblardan Grigor Magistr (X-XI a.), Mxitar Gerasi (XII a.) va
Amirdovlat Amasiasi (XV a.)lar mashxur tabiblar edi.
Arman donishmandi Mxitar Gosh (tax. 1133-1213y.y.)ning «Sudebnik» nomli 
asari asosan arman qonunlar to’plamini o’zida aks ettirgan asarlardan hisoblanadi. 
Faylasuf Ovanes Vorotnesi (1315-1386y.) Arastuning izdoshi bo’lib, pedagog, 
siyosatchi va cherkov xodimi edi. U « real olam, holbuki u xudo tomonidan 
yaratilgan bo’lsada, o’z qonunlari bilan mavjud. Insonning olam to’g’risidagi  
nuqtai-nazari hoh u to’g’ri bulsin hoh noto’g’ri faqat real hayotda tekshiriladi va 
o’rnatiladi». Ovanesning shogirdlaridan biri Grigor Tatevasi (1346-1409) ham 
pedagog, faylasuf va cherkov xodimi edi. U ham xudoning mavjudligini ustozi 
kabi inkor etmasada, biroq olam uzliksiz taraqqiyotda va harakatda degan 
materialistik dunyoqarashni ilgari suradi.
Arman me’morlari va binokorlari ham ajoyib inshootlar qurganlar.M: 
Echmiadzinedagi Ripsime cherkovi (VII a.), Tignis qo’rg’oni (IX-Xaa.), 
Xskonkedagi Sarkisa cherkovi (XI a.), Sanain monastыri (X-XIII aa.), Georgiy va 
Mugni cherkovlari (XVIIa.).
  Gruziya hududida ham eng qadimgi davrlardan fan va texnika yuksak 
darajada rivojlangan. Gruzinlar ham boshqa kavkaz xalqlari kabi chet bosqinchilari
bilan (kimmeriylar, skiflar, Rim imperiyasi va Fors, Arab xalifaligi va Vizantiya, 
mug’ullar va Temur hamda Usmonli turklar.) tinimsiz urushlar olib borganlar. IV 
asrlardan Gruziyada xristianlik qaror topa boshlaydi. Arablar quvilgandan keyin 
Kavkazdagi feodal davlatlar Gruziya atrofida birlashadi. XII asrda mamlakatni 
birlashtirishga katta hissa qo’shgan podsholardan biri bu Dovud Binokor 
hisoblanadi. Uning davrida yangi shaharlar quriladi, sud mukammallashtiriladi va 
feodallarning o’zboshimchaligini cheklash uchun ko’p sonli otliq qo’shin tuziladi. 
XII asrning oxirlarida Dovud Binokorning evarasi malika Tamarada ham Gruziya 
davlati ancha qudratga erishadi, bu esa fan va san’atning hamda me’morchilikning 
gullab yashnashiga olib keladi. Bu davrda Gelati shahridagi monastirda akademiya
—oliy maktab barpo qilinadi. Unda ham diniy ham dunyoviy fanlar o’qitilib, 
falsafa, matematika, huquqshunoslikka oid ilmiy asarlar yozilardi.
Feodal jamiyatining shakllanishi va xristianlikning rasmiy dinga aylanishi 
Gruziyada o’rta asrlarning o’ziga xos dunyoqarashi bo’lgan – sxolastikaning 
vujudga kelishiga olib keladi. Ammo sxolastikaga qarshi bo’lgan, qadimgi yunon 
faylasuf-tabiatshunoslari asarlarini o’rganuvchi va targ’ib qiluvchi olimlar ham 
bo’lib, ulardan biri Ioane Petrisi (tax.1055-1130yy.) edi. U Vizantiyada ta’lim olib, Arastu, Prokl Diadox va boshqa asarlarni gruzin tiliga tarjima qilgan. Bagrationlar 
sulolasining vakilasi podsho Tamara saroyida alohida obro’ga ega bo’lgan ajoyib 
gruzin shoiri Shota Rustavili (XII a.)  bo’lib, uning hayoti haqida juda kam 
ma’lumot saqlangan.
8-Mavzu: Uyg’onish davrida fan: Yevropada fan rivojining yangi bosqichi.
reja:
Uyg’onish davri va uning њziga xos tomonlari.
Uyg’onish davrida tarix fan, adabiyot, san’at, haykaltaroshlik rassomlik va 
me’morchilik.
Uyg’onish davrida tarix va geografiya fanlaridagi kashfiyotlar.
Buyuk geografik kashfiyotlarning  iqtisodiy oqibatlari.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Uyg’onish davri tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar.
Uyg’onish davri tushunchasi, gumanizm, antik qadriyatlar, jaholat asri, 
kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi, dastlabki manufakturalar,  burjua 
sinfning tug’ilishi, fan va texnika rivoji, ziyolilar guruhi, adabiyot: Aligyeri, 
F.Rable, U.Shekspir, M. Servantes, J.Bakochcho( xaykaltaroshlik va rassomlik: 
Leonardo, Mikelanjelo, Rafael, geogarfik kashfiyotlar: Vikinglar, B.Diash, 
X.Kolumb, A.Vespuchchi, V.Gamma, F.Magellan, F.Dreyk, kashf etilgan 
mamlakatlar xalqlari madaniyati, taqdiri, fan yutuqlari. 
XVI-XVII asrlar fan tarixida muhim davr bњlib, bu davrda hozirgi zamon 
fani vujudga keldi. Uning asoschilari orasida buyuk olimlardan Galileo Galiley va 
Issak Nyutonlar ham turar edi.
Uyg’onish davrida, asosan XI-XVI asrlarda eski G’arbiy va Markaziy Yevropa 
madaniyatining њrta asrlar kњrinishining њrniga yangi њziga xos shakllarga ega 
bњlgan madaniyat, ya’ni insonparvarlik (gumanizm), antik qadriyatlarga 
qiziqishning uyg’onishi (shu yerdan bu davrning nomlanishi kelib chiqqan), 
sxolastikaning inkor qilinishi, odamning imkoniyatlariga, aqliga ishonish kabilar 
vujudga keldi.
Uyg’onish davri – bu feodal tuzum ichida kapitalistik munosabatlarning vujudga 
kelishi davri bњlib, bu davrda haykaltaroshlik, arxitektura, adabiyot, rassomlik  њziga xos tezlik va yuksaklik bilan rivojlandi. 
Uyg’onish davri, odamlar ongidagi њzgarishlar hamma mamlakatlardan oldin 
Italiyada boshlandi. Italiyada madaniyatning yuksalishi yangi sinfning ya’ni 
burjuaziyaning vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Chunki Italiyaning boy 
shaharlarida XIV asrlarda dastlabki manufakturalar paydo bњldi, burjua sinfi 
tug’ila boshladi. Burjuaziya њzining dastlabki hukumronligi davridanoq fan va 
texnikaning rivojlanishidan manfaatdor edi. Feodallardan farqli њlaroq  burjaziya  
tolonchilik urushlari va boshqa yerlarni bosib olish evaziga emas, balki savdo-sotiq
va manufakturalar orqali boylik orttirishga intilardi. Manufakturalar  bir-birlari 
bilan raqobatlashib, yangi mexanizmlar va asboblarni ishga solar, aniq hisoblar 
asosida qisqa muddatda qal’alar, portlar, kanallar qurdilar. Bu esa њz navbatida 
њqimishli kishilarga bњlgan talab oshishiga olib keldi. Buxgalterlar, yuristlar, 
o’qituvchilar, injenerlar va shifokorlar ko’proq kerak bo’la boshladi. Me’morlar 
dang’illama uylar qurib, rassomlar surat chizib va haykaltoroshlar haykal yasab, 
boylarning uylarini bezar edilar. Shunday qilib shaharlarda – aqliy mehnat bilan 
shug’ullanuvchi alohida kishilar guruhi ya’ni ziyolilar  paydo bo’ldi.
Bu davrga kelib olimlarni inson va uning kuchi, qobiliyati, tabiat hodisalari va 
ularning sabablarini kuzatish, bilib olish va hokazolar qiziqtira boshladi. Natijada 
shu davrlarda Yevropada dastlabki muzeylar, botanika va zoologiya bog’lari va 
boshqa bir qator ilmiy yo’nalishlar paydo bo’ldi.
Gumanistlar (gumanus-lotincha – insoniy) feodal tartiblarni qoralab, odamlarni 
tabaqalarga bo’lishga qarshi chiqsalarda, ammo mavjud tuzumni butunlay rad 
qilmaydilar, uni tuzatishni xayol qiladilar.
Ko’pgina gumanist yozuvchilar cherkovga, papalarning ochkuzligiga qarshi 
chiqsalarda, ammo dindan aloqani uzmadilar. Ularning ba’zilari dinni «avom» 
xalqni itoatda tutish vositasi deb hisoblardilar. Gumanistlarning cherkov qoralagan 
va unitilayozgan qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatiga bo’lgan qiziqishining 
uyg’onishi yangi madaniy davrning «Uyg’onish davri» deb atalishiga olib keldi. 
Ular Qadimgi davr bilan Uyg’onish davrigacha bo’lgan oraliqni «jaholat asri» deb,
unga «O’rta asrlar» deb nom quydilar. O’zlari yashagan zamonni esa «Yangi 
zamon» deb atadilar.
Shunday qilib ilm-fanning monastirlar va universitetlar doirasidan tashqariga, 
ya’ni savodli kishilar doirasiga kengroq yoyilishi «Uyg’onish davri» fani va 
madaniyatida g’oyat buyuk burilish bo’ldi.
XIII-VIV asrlardayoq «Uyg’onish davri» namoyondalaridan biri mashhur italyan 
shoiri, italiya adabiy tilining tuzilishiga katta hissa qo’shgan Dante Aligyeri (1265-
1321) yashagan va ijod qilgan edi. Uning mashhur uch qismdan iborat (Ilohiy 
komediya) «Bojestvennaya komediya» nomli poemasida jannat va do’zaxga 
sayohat qilinadi. Dante o’rta asrning oxirgi va yangi zamonning birinchi  shoirlaridan hisoblanadi, shuningdek, Dante falsafa va siyosat bilan ham 
shug’ullangan.
Uyg’onish davrining yana bir mashhur satirik yozuvchisi Fransua Rable (1494-
1553) hisoblanadi. Uning besh tomli «Gargantyuya va Pantagryuel» romani 
uyg’onish davri madaniyatining ensiklopedik yodgorligi hisoblanadi. F.Rable o’z 
asarida feodal urushlarni, qirol hukumatini, dvoryanlarni, sud amaldorlarini tanqid 
qildi va feodal davlat qonunlarini fosh qildi. Romanda Papa va uning sadoqatli 
qullari yashagan «Papemaniya» oroli tasvirlanib, cherkov, papa va katoliklar bilan 
protestantlar o’rtasiga kurash masxara qilinadi.
Uilyam Shekspir (1564-1616) mashhur ingliz dramaturgi. Uning tragediyalar, 
komediyalar va drammalardan iborat 37 ta mashhur asarlari butun dunyo teatrlari 
sahnalarini zabt etdi. Shekspir o’zining «Gamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Romeo 
va Julyetta» va boshqa tragediyalarida insonning ulug’ligini, u barcha olamning 
ko’rki – ekanligini xitob qiladi. Shekspir feodal tuzumining yovuzligini tanqid 
qilib, uning hatto inson his-tuyg’ulari, muhabbatiga ham aralashayotganini o’z 
asarlarida yoritib beradi.
Buyuk ispan gumanist yozuvchisi Migel de Servantes Saavedrani(1597-1616) 
butun dunyoga mashhur qilgan uning «Don Kixot» romanidir. Servantesning bu 
asarida xo’rlanganlar va mazlumlarning himoya qilish, yovuzlik va adolatsizlikka 
qarshi kurash jarayoni tasvirlanadi.
Shuningdek, Petrarka, Bakochcho, Ariosto, Erazm Rotterdamskiy va 
boshqalarning asarlarida ham Uyg’onish davrining g’oyalari aks ettirildi.
Uyg’onish davrida tasviriy san’at, rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik 
yuksak darajada rivojlanib, o’tgan o’rta asrlar san’atidan o’zining realiyligi, 
hayotiyligi va insoniyligi bilan farq qilardi. Florensiya shahri – butun Italiyaning 
madaniy markazi bo’lib, bu yerda Uyg’onish davri arxitekturasi vujudga kelgan edi
va keyinchalik bu yangi tendensiya butun Italiya bo’ylab so’ngra boshqa 
mamlakatlarga ham yoyilgan edi.
Florensiyalik Leonarda da Vinchi (1452-1519) Italiyadagi Uyg’onish davrining 
eng buyuk arboblaridan biri edi. U rassom, haykaltorosh, me’mor, injener-
ixtirochi, muzikachi va shoir bo’lsada, ammo rassomlik uning asosiy san’at turi 
hisoblanardi. Bu yerda u ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Buning isboti bo’lgan 
uning qalamiga mansub 1483-1494 yillarda ishlangan «Madonna v skalax», 
«Taynaya vecherya» (1495-1497), taxminan 1503 yilda ishlangan Mona Liza (yoki
Jokonda) kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Leonarda genial rassom bo’libgina 
qolmay, balki san’at nazariyasi bilan ham shug’ullangan. Uning o’limidan so’ng 
«Traktat o jivopisi» (rassomlik haqida traktat) nomli asari chop etildi. Bu asar 
Leonardoning shogirdi Melsi tomonidan u qoldirgan qo’lyozmalar va chizmalar 
asosida yaratildi. Leonardo da Vinchining ilmiy va injenerlik qiziqishlari doirasi juda keng edi. U 
matematika, mexanika, fizika va astronomiya, qisman optika, gidravlika va 
geologiya, botanika odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi bilan 
shug’ullangan. Leonardo injenerlik sohasida katta faoliyat ko’rsatib, uning chizma 
daftarlarida tokarlik va to’qimachilik dastgohlarining ham, ip yigirish charxi va 
(metalni ishlovchi stanok) pechat qiluvchi mashinani ham, yer kovlagich mashina, 
yuk ko’tarkich asboblar va daraxtni qayta ishlovchi stanoklarni ham chertyoj va 
rasmlarini ko’rish mumkin. Leonardo uchuvchi apparatlarni konstruksiya qildi, 
gelikopter va parashyut, vertolyot, suv osti kemasi va akvalangchilar kiyimlari 
loyihasini tuzgan. Leonardo ilmiy kuzatishlar natijasida «Donishmandlik – tajriba 
mahsuli» -  degan falsafiy qarashni ilgari suradi. Leonardo mustaqil fikrli kishi 
bo’lgani uchun butun umr sarsongarchilikda yurib, Fransiyada vafot etadi.
Uyg’onish davri insoniyatga yana bir qancha buyuk va ajoyib arboblarni yetkazib 
berdi. Bulardan biri italiyalik haykaltorosh, rassom, me’mor, harbiy injener, va 
shoir Mikelandjelo Buonarroti (1475-1564) edi. Uning mashhur «Dovud» haykali 
marmartoshdan yasalgan bo’lib, uning balandligi 5,5 metr edi. Mikelandjelo 
Rimdagi avliyo Pyotr soborini qurishda qatnashadi. U soborning juda katta 
gumbazi loyihasini tuzadi.
Uyg’onish davrining yana bir arbobi italiyalik rassom va arxitektor Rafael Santi 
(1483-1520) edi. U dastlab Florensiyada yashab ijod qildi. So’ngra Rimga taklif 
qilinib, avliyo Pyotr soborini qurishga rahbarlik qildi. Rafaelning eng mashhur 
rasmlaridan biri bu «Sikstin madonnasidir».
Shuningdek, italiyalik rassomlar Tisian Vechellio (1477-1576); Veroneze Paolo 
(1528-1588); Tintoretto Yakopo (1518-1594); Gollandiyalik rassomlar: Yan Van 
Eyk (1390-1441); Van der Veyden Rogir (1400-1464); Vreygel Piter (1525-1568); 
Rembrand van Reyn (1606-1669); Flamandiyalik rassom va haykaltorosh Pauel 
Rubens Peter (1577-1640); nemis rassomi Dyurer Albrext (1471-1528); Fransuz 
rassomlari: Fuke Jan (tax. 1420-1480); Haykaltorosh Gujan Jan (tax. 1510-1568); 
Klue Fransua (tax. 1505-1527) va boshqalar Uyg’onish davrining yetuk 
namoyandalari hisoblanadi. Shunday qilib, Uyg’onish davrining buyuk 
san’atkorlari hozir ham kishilarni qoyil qoldirayotgan nodir asarlar yaratdilar.
Biz yuqorida aytganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining 
rivojlanishi o’z navbatida fan taraqqiyotiga ham turtki berdi. Masalan, tarix va 
geografiya fanlari sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishildi. 982 yilda 
islandiyalik (Viking) dengizchi Eyrik Raudi Grenlandiyani kafsh etdi va uning 
sohillarida o’z manzilgohlarini qurdi. Uning o’g’li Leyf Eyrikson (Baxtli) 1001 
yilda taxminan Shimoliy Amerika qirg’oqlariga (400 s.sh.) va hozirgi Filadelfiya 
rayonlariga bordi.
XV asrda yevropaliklar oltin qidirib topish uchun uzoq mamlakatlarga ilmiy  safarlar uyushtira boshladilar. XV asr oxirlariga qadar yevropaliklar jahonning 
faqat uch qit’asini Yevropa, Osiyo va Afrikani bilardilar. Aslida skandinaviyalik 
dengizchilar (Eyrik Raudi va Leyf Eyrikson) X asr oxiri va XI asr boshlarida 
Grenlandiyani kashf etib, u yerdan Shimoliy Amerikagacha borgan bo’lsalarda, 
Yevropaning boshqa mamlakatlari bundan bexabar edi. Keyinroq bu kashfiyotni 
hatto Skandinaviyalik dengizchilarning o’zlari ham unitib yuborgan edilar.
Dastlab Hindiston va Xitoy bilan bo’lgan savdoni arablar o’z qo’llariga kiritib 
olgandilar. So’ngra Turklar 1453 yilda Konstantinopolni bosib olgach, 
yevropaliklarning Sharq bilan savdosi yanada qiyinlashdi. Turklar istilosi 
Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yo’llarni qidirib topishni tezlashtirdi.
Portugallarning Bartolomeo Diash boshchiligidagi ekspedisiyasi (1487-1488 y.) 
Afrikaning janubiy chekkasi yonidan aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqadi. Yo’l 
mashaqqatidan charchagan matroslar safarni davom ettirishdan bosh tortadilar. 
Afrikaning janubidagi burunni ular «Yaxshi umid burni» deb atadilar.
Hindistonga g’arb tomondan suzib borishga uringan birinchi dengiz sayyohatchisi 
italiyalik Xristofor Kolumb (1452-1506) edi. U Italiyaning Genuya shahrida 
to’quvchi oilasida tug’iladi. 1485 yil Kolumb Ispaniyaning Kastiliya shahriga 
ko’chib boradi. Yerning shar shaklida ekanligini bilgan Kolumb Yevropada 
Hindistonga eng qisqa yo’lni ochish uchun odatdagidek sharqqa emas, balki 
g’arbga suzilsa bas deb hisoblardi.
Nihoyat 8 yildan so’ng Ispan qiroli bunday dengiz ekspedisiyasiga ruxsat beradi. 
Kolumb Atlantika okeani bo’ylab g’arbga 4 marotaba dengiz ekspedisiyasi 
uyushtiradi.
Birinchi ekspedisiya 1482 yil 3 avgustda Ispaniyadagi Kartaxen shahri yaqinidagi 
Palos qo’ltig’idan safarga jo’nab ketdi. Ikki oydan ortiqroq (70 kun) davom etgan 
suzishdan so’ng  Kolumb Markaziy Amerika sohillariga yetdi. Birinchi 
ekspedisiya davrida Kolumb Amerika materigigacha borolmadi. Uning 
ekspedisiyasi San-Salvador orolini, so’ngra Bagam arxipelagidagi Kuba va Gaiti 
orollarini kashf etdi. 12 oktyabr 1492 yil San-Salvador orolining ochilishi kuni va 
uning sohiliga ekspedisiya a’zolarining tushishi – Amerika kashf qilinishining 
rasmiy sanasi hisoblanadi. 
Ikkinchi ekspedisiya 1493-1496 yillarda amalga oshirilib, uning tarkibida 17 ta 
kema va 1,5 ming kishi bor edi. Bu ekspedisiya ham Amerika materikiga qadam 
qo’ya olmadi. Bu safar Dominik va Gvadelupa orollari, Kichik Antil 
arxipelagining bir qator orollari, Xardenes-de-la arxipelagi Puerto Riko, Yamayka, 
Pinos kabi orollar kashf etildi. Kolumb Gaiti orolining ichki qismiga bosqinchilik 
yurishlari qildi va 11 iyun 1496 yil Ispaniyaga qaytdi.
Uchinchi ekspedisiya (1498-1500) 6 kemadan iborat bo’lib, bu safar Janubiy 
Amerika sohillarigacha ya’ni Orinoko daryosi deltasi rayoniga (hozirgi Venesuela) qadam qo’yildi. Shuningdek, Trinidad va Margarita orollari kashf qilindi.
Kolumbning 4-chi va oxirgi ekspedisiyasi 1502-1504 yillarda bo’lib, unda 4ta 
kema qatnashdi. Kolumb hali ham Hindistonga bo’lgan g’arbiy yo’lni izlardi. Bu 
safar Markaziy Amerika qirg’oqlarigacha hozirgi Ganduras, Nikarauga, Kosta-
Rika va Panama territoriyalariga borildi. Martinika oroli kashf qilindi.
Kolumb yangi qit’a kashf etganligini umrining oxirigacha ham bilmagan edi. U bu 
yerlarni Hindiston, aholisini esa hindular deb atadi. Shu sabab Amerika tub 
aholisini «indeyes»lar deb atash rasm bo’lib qolgan. 
Kolumb kashfiyotlari bu yangi yerlarda ispan koloniyalarining vujudga kelishiga 
olib keldi. Mahalliy tub aholi dahshatli ravishda qirila boshlandi.
Kolumb kashf qilgan yerlarning yangi qit’a ekanligini Florensiyalik dengizchi 
Amerigo Vespuchchi (tax. 1451-1512) isbot qildi. Amerigo birinchi bo’lib bu 
yerlarni yangi kontinent ekanligi haqidagi fikrlarni aytdi va uni «Yangi Dunyo» 
deb atadi. 1507 yil Lotoringiyalik kartograf Valdzemyuller bu yangi kontinentni 
Amerigo Vespuchchi nomi bilan «Amerika» deb atadi. Bu nom tan olinib, 
keyinchalik Shimoliy Amerikaga ham tarqaldi.
Portugaliyalik dengizchi Vasko da Gama (1469-1524) birinchi bo’lib Yevropadan 
Janubiy Osiyo mamlakatlariga dengiz yo’lini ochdi. 1497 yilda Vasko da Gama 
boshliq 4 ta kemadan iborat ekspedisiya Lissabondan Hindiston tomonga yo’lga 
otlanadi. Yaxshi umid burunidan o’tib, ekspedesiya kemalari Somalining Molindi 
portida to’xtashadi. Bu yerda Vasko da Gama Hind okeanini yaxshi biladigan arab 
dengizchisi Ahmad ibn Majidni bortga oladi va u dengizchilarni Janubiy Hindiston
qirg’oqlarida joylashgan Kalikutta shahriga olib boradi. Shunday qilib, 1498 yil 
may oyida Vasko da Gama hind rojasi qabulida bo’ladi va matroslarga sohildan 
murch, dolchin va boshqa ziravorlar sotib olishni buyuradi. Ikki yillik safardan 
so’ng 1439 yilda Lissabonga qaytgan ekspedisiya matroslarining yarmidan ko’pi 
halok bo’ladi. Shunga qaramay safarga sarf qilingan mablag’ga qaraganda 60 
marta ortiq foyda olinadi.
Vaskoda  Gamaning  Hindistonga qilgan ikkinchi ekspedisiyasida 20 ta kema 
safarga otlandi. Kalikut shahridan shimolroqda hind qirg’oqlarida portugallarning 
tayanch bazalari tashkil etiladi. Kalikut shahri bosib olinib, talon-taroj qilinadi. Bu 
xizmatlari uchun Vasko da Gama 1524 yilda Hindistonning vise-qiroli qilib 
tayinlanadi. 
Yerning shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbotlab bergan dunyo aylana birinchi 
ilmiy sayohatni portugaliyalik va ispaniyalik dengizchi Fernando Magellan 
(taxminan 1480-1521 yillar) amaga oshirdi.
Beshta kemadan iborat Magellan ekspedisiyasi 1519 yilda Ispaniya janubidagi 
Sanlukar-de-Barrameda portidan safarga otlandi va g’arb tomonda Janubiy 
Amerika qirg’oqlari bo’ylab suzib 1520 yilda La-Plata qo’ltig’iga yetib bordi (bu  qo’ltiqda Buenos-Ayres joylashgan). U yerdan kemalar Janubiy Amerikaning 
sharqiy sohillari bo’ylab janubga tamon suzishdi va sayohatchilar sohil bo’ylab 
uzoq vaqt suzish davomida o’zlariga notanish ulkan kenglikni (obshirnoye plato) 
ko’rishdi va uni Patagoniya deb atashdi.
Sayohatchilar Atlantika okeanining janubiy qismida Janubiy Amerika 
qirg’og’idagi San-Xulian buxtasida qishlab so’ngra yana janubga endi 4 ta kemada 
otlanishdi. Ekspedisiya muhim geografik kashfiyotni amalga oshirdi, ya’ni Janubiy
Amerika materigining janubiy uchi va Olovli Yer arxipelagining o’rtasidan 
o’tuvchi hamda ikki okeanni (Anlantika va Buyuk yoki Tinch) tutashtiruvchi 
kanalni topishdi. Keyinchalik bu bo’g’oz Magellan bo’g’ozi deb ataldi.
Ekspedisiya kemalari shu kanal orqali endi uchta kemada yangi okeanga chiqishdi.
Magellan ekspedisiyasi yana bir muhim geografik kashfiyotni amalga oshirdi, 
ya’ni Osiyo va Amerika qit’asi o’rtasida Yer yuzidagi eng katta okean 
mavjudligini ko’rsatdi. To’rt oylik dengiz safari vaqtida ob-havo yaxshi edi, 
shuning uchun dengizchilar bu okeanni Tinch okeani deb atadilar. Ammo oziq-
ovqat va chuchuk suv deyarli tugaganligi dengizchilarni juda qiyin ahvolga solib 
qo’yadi. Ko’pgina matroslar singa kasalligi bilan bilan kasallanib o’ladilar. 
Nihoyat ekspedisiya Filippin orollariga borib yetdi. Bu yerda Magellan mahalliy 
aholi bilan bњlgan jangda halok bњldi. Dunyo aylana sayyohatda 5 kemadan faqat 
1 tagina  kemaning Vatanga qaytishi bilan yakunlandi. «Viktoriya» nomli bu 
kemaning  kapitani Elkano edi. U Magelan vafotidan keyin ekspedisiyaning 
boshqardi. «Viktoriya» Hind okeanidan њtib, Yaxshi umid burnini aylanib њtadi 
va shunday qilib Sanlukar-de Barrameda portiga qaytib  keladi.  Shunday qilib 
Magellan ekspedisiyasining 965 kishilik komandasi bњlgan beshta kemasida faqat 
bittasigina 18 ta kasal dengizchi bilan њz vataniga qaytib keladi.
Magellan ekspedisiyasi muhim geografik kashfiyotlardan tashqari Yerning shar 
shaklida ekanligini isbotlaydi, shu bilan birga Yer yuzasining katta qismi okean va 
dengiz suvlari bilan qoplanganligini va u yagona dunyo okeanini tashkil etishini 
ham isbotladi 
Biroq fan yuzasidan ijobiy hisoblangan bunday geografik kashfiyotlarning 
portugallar va ispanlar kashf qilgan mamlakatlar xalqlari taqdiridagi salbiy 
tomonlarini ham biz bilib qњyishimiz zarur. Chunki kashfiyotchilar ortidan bu 
mamlkatlarga osongina boylik ortirish maqsadida ming – minglab istelochilar bora 
boshladi. Ular bњysundirilgan  mamlakatlarni talab boylik ortirishardi. Yangi 
kashf etilgan mamlkatlar sohiliga birinchi bњlib soldat, savdogar va pop qadam 
qњyardi. Istelochilar xaqida «ular qњllarida but va dillarida oltinga hirs bilan 
borardi» deb gapirishar edi. 
Portugaliya qiroli tomonidan Hind okeaniga ketma – ket yuborilgan harbiy 
kemalar yordamida arablarning Hind okeanidagi ustunligiga barham berildi va endi portugallar Hindistonga  boriladigan dengiz savdo yњlini њz nazorati ostiga 
oldilar. Ular arab va hind kemalarini talar va dengizga chњktirib yuborar, asirlarni 
qul qilib sotar edi. Ularning ruxsatisiz birorta kema Hind okeanida suzolmas edi. 
Portugallar ziravorga boy њlkalarni izlab Zond va Molukka orollariga bordilar, 
sњngra yanada sharqroqqa suzib Xitoy va Yaponiya sohillarigacha yetdilar. 
Sharq zirovorlarini Yevropa bozorlariga olib kelib sotishdan juda kњp foyda 
olayotgan portugallar zirovor narxi uning kњpligidan bozorda tushib ketmasligi 
uchun bir yilda besh-olti kema yuk olib kelishardi, xolos. Agar xosil dalada mњl 
bњlsa, ortiqchasini yoqib tashlashardi.
Ispaniya hukumati ham Amerikadan oltin topish uchun u yerga ilmiy 
ekspedisiyalarini yuboraverdi. Masalan, 1519 yilda Kortes boshliq 400 kishilik 
harbiy otryad asteklar yurti Meksikani, Pisarro boshliq 200 kishilik yana bir 
qurollangan otryad inklar mamlakati Peruni vahshiylarcha bosib oldilar va 
mahalliy axolini ayovsiz ravishda њldirdilar.
Tenochtitlan va Kusko podsholiklarining oltin xazinalarini qњlga kiritgan 
istilochilar њljani taqsimlashda oltin va kumushdan yasalgan yuksak san’at 
asarlarini eritib yombi qildilar va њz yurtlariga tashib ketdilar. Shu tariqa fan 
uchun  њta muhim bњlgan Amerika halqlarining qadimgi madaniyati vahshiyona 
suratda yњq qilindi. Hatto, XVI    asr њrtalarida Kuba va Karib dengizidagi ayrim 
orollarining tub aholisi bitta qњymay qirib tashlangan.
Shunday qilib, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo yњllari Њrta yer 
dengizi orqali њtadigan qit’alararo savdo yњllari ya’ni jahon savdosi vujudga 
keldi. Bu jarayon Yevropa davlatlarida savdo-sotiq va tovar ishlab chiqarishning 
њsishiga yordam bersada, biroq Amerika, Osiyo va Afrika halqlari uchun kulfatlar 
olib keldi.
Endi yana XV-XVI asrdagi muhim geografik kashfiyotlarning va tadqiqotlarning 
fan taraqqiyotidagi yutuqlariga qaytamiz. Xristofor Kolumb, Vasko da Gama va 
Fernando Magellan sayohatlaridan keyin ham dengizchilar okean uzra har tomonga
suzib yurishni davom ettirdilar. Shu tariqa XVII   asr boshlarida yana bir yangi qit’a 
– Avstraliya kashf qilindi. Ingliz qaroqchisi Frensis Dreyk Magellandan keyin 
ikkinchi bњlib dunyo aylana sayohatni amalga oshirdi. Rus ovchilari Shimoliy 
Osiyoning inson oyog’i yetmagan joylarini kashf etdilar va Tinch okeani  
sohillariga chiqdilar. Natijada geografiya fani sohasida nihoyatda katta yutuqlarga 
erishdilar.
   
Mavzu bo’yicha savollar:
Uyg’onish davri va uning o’ziga xos tomonlarini gapirib bering.
Uyg’onish davrida tarix fan, adabiyot, san’at, haykaltaroshlik rassomlik va 
me’morchilikning rivojlanishi sabablari nimada? Uyg’onish davrida tarix va geografiya fanlaridagi kashfiyotlar rivojlanishini tahlil 
qilib bering.
Buyuk geografik kashfiyotlarning  iqtisodiy oqibatlari nimada?
9-Mavzu:  Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyoda fan va uning 
ravnaqi.
Reja:
Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining yuksalishi
Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti
Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur va temuriylar davri tarixi faniga 
berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
Amir Temur, Shahrisabz, Xo’jailg’or, 1336 yil 9 –aprel, Tarag’ay Bahodir, Takina 
begim, Suluk ul-mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar», Temur fan va 
madaniyatning ham jonkuyar homiysi, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi 
tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari, Jurjoniy, 
Muxammad Porso, Ibn Xaldunning  «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va 
«Devon ul-mubtado va-l-xabar fi ayyomi-l-arab va va-l-ajam va-l-berber va man 
o’sarahum min zaviy sulton ul-akbar» (Muqaddima).
     
O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, 
siyosiy, harbiy arboblari, va ulug’ allomalarining mamlakat, qolaversa jahon 
tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi. Ana shunday 
kishilardan biri bu buyuk sohibqiron Amir Temur bo’lib, uning zakovati, mardligi, 
jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, ilm-fan homiysi ekanligi, temir irodaviy 
xususiyatlari biz yosh avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, Vatanga xizmat qilish 
namunasi bo’lib qolishi lozim.
Ulug’ bobomiz Amir Temur ko’hna Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or qishlog’ida 
1336 yil 9-aprel kuni tug’ilgan. Otasi Tarag’ay Bahodir Markaziy Osiyoning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan barlos qavmidan chiqqan 
o’rtahol beklardan bo’lib, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Qozonxon (1338-1346) 
lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim esa Buxorolik mashhur faqih Toj  ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo’lgan Ubaydulla ibn Ma’sudning 
qizi edi.
  Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedovning ta’kidlashicha o’sha zamonlarda 
xonzoda, shahzoda va bekzodalar yoshligidan maxsus ustozlar tomonidan ot 
chopish, harbiy ilmlarni o’rganish, ov, saltanat tebratish, ya’ni amaldorlarni tanlash
va o’z o’rniga qo’yish, hukumat ishlarini yuritish, fuqorolarning arz-shikoyatlarini 
eshitish va hukm chiqarish kabi bilimlarni o’rganganlar. Bunga «Suluk ul-
mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar» va boshqa bizgacha yetib kelgan 
asarlar guvohlik beradi.
Demak, albatta, Temur ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Tarixiy 
kitoblarda Temur 7 yoshidan Qur’onni yod bilgan, 12 yoshida bolalarcha 
o’yinlardan orlanadigan, 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va ov qilish 
san’atini mohir egallaganligi va 20 yoshida abjir chavondoz bo’lib yetishganligi 
ta’kidlanadi.  Amir Temur o’zining keyinchalik qo’lga kiritgan barcha zafarlarini 
piru ustozlari Mulla Alibek, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr
Tayobodiy va Mir Sayyid Baraka nomlari bilan bog’lagan edi.
    Sohibqiron  Amir Temur tarixan o’sha murakkab vaziyatda XIV asrning 60- 
yillarida siyosat maydoniga chiqadi, ya’ni o’zaro feodal tarqoqliq urushlariga 
barham berish, mamlakatni mug’ul istibdodidan ozod etish uchun markazlashgan 
kuchli davlat tuzish zaruratini birinchilardan bo’lib anglab yetadi. Temurning haq 
va adolat yo’lida boshlagan bunday qutlug’ ishining shiori «Rosti-rusti» bo’lib, 
uning ma’nosi «Haqguy bo’lsang najot topasan» demakdir. Shu tariqa 
Movarounnahrni mug’ul zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat 
tuzishni o’z oldiga bosh maqsad qilib qo’ygan Temur o’zining barcha faoliyatida 
shunga amal qilib yashadi.
Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun qanchalik zarurligi his qilgan Amir Temur 
olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga 
qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan. 
Qariyb 150 yillik mo’g’ul istibdodi davrida ilm-fan tushkunlikka uchrab, faqat 
Amir Temur davriga kelib mamlakatda osoyishtalik o’rnatildi, tarixiy-ma’rifiy urf-
odatlar qayta tiklanib, Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi bo’lib 
maydonga chiqdi. Temur o’z saroyiga ilmu-fanning turli sohalari bo’yicha iqtidorli
olimlarni jalb etadi. Temurning o’zida ham ilmga zo’r ishtiyoq bo’lganligi haqida 
hatto fransuz muarrixi Alfons de Lamarti shunday deb yozgan: «Amir Temur din, 
tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya ilmining bilimdoni, ko’p qo’llanuvchi uch til 
– turkcha, forscha va arabchani g’oyat mukammal bilgan, zarofat va qudrat ila 
yozish mahoratini puxta egallagan bir hukmdor edi.» Shuningdek Temurning 
ilmga qiziqishi haqida Sultoniya yepiskopining xotiralarida shunday deyiladi: 
«Temur, ayniqsa, tarixni, fiqh va harbiy ilmni yaxshi bilar, me’morchilik, falsafa,  tabobat va yulduzshunoslikka qiziqar, she’riyat va musiqani yoqtirar, o’zi ham 
she’rlar o’qir edi. Temur o’z ona tili- turk-o’zbek tilidan tashqari fors va arab 
tillarida bemalol so’zlashgan.» Amir Temurning ilm-fan va olimlarga qay darajada 
munosabatda bo’lganligini uning «Tuzuklari»da keltirilgan ma’lumotlardan ham 
bilsa
bo’ladi. Masalan: «Saroy kengashlarida taxtning o’ng tomonida ilm ahli ham 
sayyidlar, qozilar, ulug’lar va ashroflar qatorida joy olganlar» 
Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan va buni o’z avlodiga ham 
vasiyat qilib ketgan. Masalan: «Tuzuklarda» shunday deb yozilgan: «baxtli 
farzandlarim va qudratli nabiralarimga ma’lum bo’lsinkim, men sayyidlar, ulamo, 
mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixshunoslarni sara va e’tiborli odamlar 
hisoblab, izzatu-hurmatlarini o’rniga qo’ydim.» 
Tarixdan ma’lumki Sharq mamlakatlarida davlat boshliqlari o’z saroylarida 
iqtidorli olimu shoirlarni to’plaganlar, davlat ahamiyatiga molik masalalar 
xususida ular bilan kengashib turganlar. Sohibqiron Temurning ham mazkur 
an’anaga rioya qilganligini farang muarrixi L. Lyangle ham ta’kidlab shunday 
yozadi: «Temur olimlarga seriltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini
ko’rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-
fan, idora va boshqa ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish 
uchun ko’pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu 
sohalarga g’amxo’rlik qilishga asosiy e’tiborni berar edi.» Shu bilan birga Amir 
Temurning qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga tanilgan 
san’at ahlini va turli tuman kasb-hunar egalarini Samarqandga olib kelganligi 
tarixdan ma’lum. Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur»
(«Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asarida ana shunday olimlardan 
ba’zilari haqida qisqa, lekin o’ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O’z 
saltanati kunlarida Temur Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdulmalikni 
hosil etgan edi – u «Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg’inoniy)ning avlodidan 
bo’lib, mudarrislik qilar, shatranj va narddan ta’lim berar hamda yagona bir 
holatda she’r va nazm etardi.» Shuningdek «Temurning  muhaqqiq (olim)lardan 
mavlono Sa’uddin at-Taftazoniyni—u 791 yilning muharram (1389 yil yanvar) 
oyida Samarqandda vafot etdi va Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniyni—u 
Sherozda vafot etdi , hamda mu-
Muhaddis olimlardan Shayx Shamsuddin Muxammad ibn al-Jazoriy (Temur uni 
Rumdan olib kelgan) va boshqalarni Samarqandga olib keldi.»  «Mana shular – 
deb yozadi Ibn Arabshoh – men tanib, zikriyu ismi xotirimga kelgan kishilardurlar.
Ammo men bilmagan yoinki bilganu biroq zikriyu ismi xotirimga qolmagan 
kishilar son – sanoqsiz bo’lib, hisob-kitobdan xorijdur. Xullasi kalom, Temur har 
bir foydali jonni yig’ib, nimaiki bo’lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada,  Samarqandda har bir ajoyib fan ahli namoyandasidan va san’atlar g’aroyib 
uslubidan, fazilati peshonasida nishona bo’lib, o’z tengqurlaridan ustun turgan o’z 
sohasida alloma kishilar yig’ilgan edi.»
  Shunday qilib Amir Temur davrida Samarqandda ilm-fanning rivojlanishiga,
ayniqsa, mashhur faylasuflardan Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy va Mir Sayyid 
Sharif al-Jurjoniy katta hissa qo’shdilar. O’z davrining ko’zga ko’ringan faylasufi, 
fiqhshunosi va qomusiy olimi bu -- Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy (vafotini 
Fasixiy (Mujmal, 174  bet) 787 (1386) yil, Xondamir (Habib us-siyar, 88 bet) 797 
(1394-1395) yil deb ko’rsatsalarda, hozirgi adabiyotlarda Ibn Arabshoh 
yozganidek 1389 yil deb keltiriladi. Mas: A.O’rolov, M.Hojixonov. «Temuriylar 
ma’naviyati va madaniyat». 54 bet.) bo’lib, u asli Xurosonning Niso shahri 
yaqinidagi Taftazon degan joyda tavallud topadi. Taftazoniy 16 yoshidan arab 
tilini, tafsir, fiqh, mantiq, islom aqidalarini mukammal o’rganadi. Shuningdek 
boshqa ilmlarda ham zamonasining yagona kishisi bo’lgan Taftazoniy Temur 
saroyida o’tkazilib turiladigan ilmiy diskussiyalarning faol ishtirokchisi bo’lgan 
qomusiy olim edi.* U G’ijduvon, Turkiston, Seraxs, Hirot va boshqa shaharlardagi
madrasalarda mudarrislik qiladi. Umrining oxirgi yillarini Samarqandda Temur 
saroyida o’tkazadi. Taftazoniy ilmning  ko’p sohalarida, mantiq, sarfu nahv, fiqh, 
kalom, insho, geometriya va boshqa ilmlarda ijod etganligini J.Yaxshilikov va 
Sh.Ahadovlar ham o’zlarining «Temuriylar ma’naviyati» nomli asarida qayd 
etadilar. Mas: uning «As-sa’diya», «Tahzib ul-mantiq va al-kalom», «Al-irshod al-
xodi» kabi asarlaridan biri  (avtorlar bu yerda aynan qaysi asar ekanligiga aniqlik 
kiritmaganlar)     chiziqlarning paralleliga bag’ishlangan bo’lib, Taftazoniy unda 
Yevklidning mashhur beshinchi aksiomasini sharhlashga harakat qiladi va ikki 
to’g’ri chiziqni uchinchi to’g’ri chiziq kesganda hosil bo’ladigan burchagi unga 
qo’shni bo’lmagan ikki burchagining yig’indisiga teng kelishi zarurligini isbotlab 
ko’rsatadi. Shu jarayonda u o’tkir va o’tmas, qo’shni va yoyiq burchaklarning 
boshqa bir qator xossalarini ham ta’riflaydi hamda dalillaydi.
 Sa’duddin Taftazoniy haqida akademik Botirxon Valixo’jayev ham o’z ilmiy 
tadqiqotlarida  qo’yidagilarni yozib qoldirgan. Mas: «Sa’diddin Ma’sud ibn Umar 
al-Taftazoniy (1322-1390) o’z davrining qomusiy bilimli alloma mudarrislaridan 
bo’lib, u sohibqiron Amir Temur takliflari bilan 1374-1375 melodiy yilda 
Samarqandga kelib, Idigu Temur madrasasining mudarrisi sifatida faoliyat 
ko’rsatdi. Bu davr orasida ko’pgina iqtidorli shogirdlari jumladan Muhammad ibn 
Ahmad al-Hizriy, Shoh Fathulloh Shervoniylarni yetishtirdi. Sa’duddin Taftazoniy 
mudarrislik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarni ham samarali tarzda 
davom ettirib ko’pgina mashhur asarlarni ham yozdiki, ular madrasalarda o’qitilish
bilan birga qator sharhlarning yozilishiga ham asos bo’lganlar. Ana shunday 
mashhur asarlaridan «Miftoh ul-ulum» (Ilmlar kaliti), «Al—muxtasar al-maoniy»  (Maoniy ilmining muxtasar bayoni), «Al-mutavval», «Sharh risola al- shamsiya», 
«Sharh aqoid al-Nasafiya» eslatish mumkin» Olimning ta’kidlashicha Sa’diddin 
Taftazoniyning asarlari faqat Samarqand madrasalarida o’qitilibgina qolmay, uzoq 
yillar davomida asosiy o’quv qo’llanma sifatida O’rta Osiyoning va boshqa 
davlatlarning madrasalarida ham foydalanilgan.
  Ali ibn Muxammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) mashhur faylasuf, 
mantiqshunos, astronom, she’rshunoslik va tilshunos olim bo’lib, uning tug’ilgan 
joyini J.Yaxshilikov va Sh.Ahadovlar keltirgan ma’lumotga ko’ra Jurjon 
viloyatining Tog’u qishlog’i ko’rsatilsa, Ibn Arabshoh asariga yozilgan izohda* 
esa uning Sherozda tug’ilganligi va 1388 yilda Temur Sherozni zabt etganida 
Jurjoniyni Samarqandga olib kelganligi keltiriladi.
   Yoshligidan ilm-fan sirlarini o’rganishga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga, 
so’ngra bu yerda biroz bilim olgach Turkiyaga boradi va taniqli faylasuf 
Muxammad Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. So’ngra u Misrga safar qiladi.
U yerda falsafa va mantiq sohasidagi bilimini rivojlantiradi. Keyinchalik Jurjoniy 
Sherozga kelib, «Dorushshifo» madrasasida dars beradi. 1387 yilda yuqorida 
aytganimizdek Temur Sherozni zabt etgach, Jurjoniyni boshqa olimu 
hunarmandlar qatori Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan 
bilan shug’ullanish bilan birga, Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi. Uning
«Sharh ul-mulaxxas», «Usul ul-mantiqiya», «Tarjimon al-Qur’on», «Fan ul-
muammo», «Odob ul- munozara», «Risolai vujudiya», «Oynai gitinoma» va 
boshqa asarlari o’sha davrda va keyinroq yashagan boshqa tarixchilarning xabar 
berishicha musulmon mamlakatlaridagi barcha madrasalarda talabalar tomonidan 
mutolaa qilib kelingan va ular uchun dastur vazifasini o’tagan. Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, u Movaraunnahr va Xurosonda yashagan olimlar, xususan 
Arastu, Ibn Sino, Asiriddin Abxariy, Nasriddin Tusiy va boshqalarning mantiqqa 
bag’ishlangan risolalariga sharhlar yozgan, ularning g’oyalarini rivojlantirgan. U 
o’zining falsafiy qarashlarida borliq, osmon sayyoralari, to’rt unsur haqida so’z 
yuritib, barcha narsa va hodisalar sababiy bog’langanligi, ularni aql yordamida 
bilish mumkinligiga ishonadi. Uning «Astranomiyaga oid sharh» nomli asarida  
yulduzlar haqida qisqacha ma’lumot berilib, unda osmon jismlarining bo’linishi 
haqida, harakatlanuvchi va harakatsiz yulduzlar haqida, murakkab va sodda 
yulduzlar haqidagi o’z g’oyalarini yozib qoldirgan.
  Jurjoniy insonni tirik mavjudodlar orasida eng a’losi hisoblab, uning fikrlash
qobiliyatiga katta baho beradi. Xondamir ma’lumotiga (Habib us-siyar) ko’ra 
ilmning turli sohalari bo’yicha ilmiy munozaralarda faol qatnashgan  Jurjoniy 
o’zining o’ta qiziqqonligi va o’tkir aql-zakovati bilan ko’pincha yengib chiqqan. 
Bir necha yillar Ulug’bekka ustozlik qilgan Jurjoniy, hatto uning Akademiyasining
tuzilishiga ham katta hissa qo’shgan.      Shunday qilib, Idigu Temur madrasasida 18 yil samarali faoliyat ko’rsatgan Sayyid
Sharif Jurjoniy Temur vafotidan keyin Sherozga borib, u yerda Temuriyzoda 
Iskandar mirzo (1409-1415) huzurida mavlono Natanziy, mavlono Haydar 
Xorazmiy kabi olimlar bilan birga ilm-fan bilan mashg’ul bo’ldi. 1413 yilda 
Sherozda vafot etdi. 
  Temur saroyida hadischi olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-
Jazoiriy ham bo’lib, u 1350 yilda Damashqda tug’ilgan. Keyin Rumga kelgan. 
Temur Boyazidni yenggach uni Rumdan Samarqandga olib keladi. Ibn Arabshoh 
bergan ma’lumotga ko’ra u Sherozda vafot etgan. Ikki ta’limot bilimdoni Shayx 
Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy (1350-1449) Samarqandda samarali ijod 
qilib, Movaraunnahrda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
  Ulug’ tafsirchi, hadischi va hofiz Xoja Muhammad az-Zohid Buxoriy (1419 
yilda Makkada vafot etgan) bo’lib, u Qur’onning yuz jildlik tafsiri (sharh) ni 
tuzgan.
  Amir Temur davrida o’tgan yirik olimlardan yana biri xoja  Muxammad 
Porso edi. U Naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan namoyondalarining 
hayot va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga
bag’ishlangan ko’plab asarlar muallifidir. Uning «Risolayi qudsiya», «Maqomati 
xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Mahaq al-orifin», «Tahqiqot» va boshqa 
asarlarida tasavvufning qat’iyat, ma’rifat, haqiqat va sohalari keng va batafsil 
izohlanadi.
  Amir Temurda katta taassurot qoldirgan olimlardan biri arab tarixchisi va 
mutaffakkiri Valiuddin Abdurahmon Ibn Xaldundir (1332-1406). Ibn Xaldun 
Tunisda tug’iladi. Shimoliy  Afrikada bir qancha davlatlarda yuqori lavozimlarda 
xizmat qilgan Ibn Xaldun 1382 yilda Qohiraga kelib mudarrislik qiladi, qozilik 
lavozimida ishlaydi. 
Keyinchalik Shomda (Suriya) yashaydi. Amir Temur Damashqni zabt etganida
olim yashirincha qochib ketmasdan Temur huzuriga boradi va u bilan uchrashadi. 
Ibn Arabshohning  yozishicha – Amir Temur Ibn Xaldundan Mag’rib podsholari 
tarixi, shaharlari va yerlari vasfini bayonlab berishni so’raydi. Shunda Ibn Xaldun 
– qalblarni titratuvchi fasohatli, chiroyli, balog’atli, kishini maftun etib, aqlini 
oluvchi ajoyib bayoni bilan Temurni maftun qilib, lol qoldiradi. Ibn Xaldunning 
asosiy asarlari «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va «Devon ul-mubtado va-l-
xabar fi ayyomi-l-arab va va-l-ajam va-l-berber va man o’sarahum min zaviy 
sulton ul-akbar» (Muqaddima) nomli risolalari o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy va 
tarixiy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ularda kishilar turmishida axloq, mehnat 
va jug’rofiy muhitning roli haqida so’z yuritiladi. Shuningdek Amir Temur 
saroyida o’z davrining turkcha, forscha, arabchada «malik ul-kalomi» bo’lgan 
mashhur kotib Ahmad ibn Shams ul-Aimma ya’ni mavlono Shamsuddin Munshiy,  mohir hattot Xoji Bandgir Tabriziy, mashhur tabiblardan Husomiddin Ibrohimshoh
Kirmoniy va mavlono Jamoluddin, musiqa ilmida ustoz bo’lgan Abdulqodir al-
Marog’iy va uning o’g’li Safiuddin, kuyovi Nasriyn, Qutb al-Mousuliy, Ardasher 
al-Changi va  boshqalar (bu  yerda Ibn Arabshoh ko’plab shatranjchilar, 
sangtaroshlar, misgarlar, naqqoshlar va bog’bonlarni misol keltiradi) faoliyat 
yuritib ular o’z sohasining mohir kishilari edi.
Shunday qilib, Temur davrida Samarqandda, nainki Samarqandda balkim butun 
Turonzamin o’lkasida fanning barcha sohalari gurkirab o’sadi, tabiiy va gumanitar 
fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqadi, ular jahon fani va 
madaniyatiga munosib hissa qo’shadilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli tarixshunos va 
manbashunos Bo’riboy Ahmedov ta’kidlaganidek tarix fani taraqqiy etib, tarix ilmi
bobida sohibqiron Amir Temurning harbiy zafarli yurishlarini o’zining 
«Zafarnoma» asarida yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, Temur xizmatida 
munshiylik qilib, keyinchalik jug’rofiy va tarixnavis olim sifatida tanilgan «Zubdat
ut-tavorix» (Tarixlar qaymog’i) asarining muallifi Hofizu Abro’, Temur 
devonining arboblaridan biri, «Tarixnoma» asarining muallifi Tojiddin as-
Salmoniy, Temur hayot paytida (1405 yilgacha) unga bag’ishlab «Zafarnoma» 
asarini yozib tugatgan Nizomiddin Shomiy, Temurning tarjimoni, Shom (Suriya) 
olimlari bilan suhbatda tarjimonlik qilgan mavlono Abdujabbor, Temurning 
Hindiston yurishida qatnashgan, 1399-1403 yillar orasida Temur bo’yrug’iga 
binoan ushbu yurish haqida «Kundalik» yozgan G’iyosiddin Ali Yazdiy va 
boshqalar tarixnavislik sohasida barakali ijod qiladilar. 
 
Mavzu bo’yicha savollar:
Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining yuksalishi 
sabablari nimada?
Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyotini izohlab 
bering
Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati nimalardan iborat?
Adabiyotlar ro’yhati
Ahmedov B. Ulug’bek.  T. 1994
Ahmedov B, Mukminova R. Pugachenkova G. Amir Temur   T. 1999
Bartold V. V. Ulugbek i yego vremya. Soch.tom 2  M.1964
Iz istorii epoxi Ulugbeka   T.1965
10-mavzu: Fan va din o’rtasida kurash. Reja:
Gumanizim va atroposentrizm
Dunyoviy fanning paydo bo’lishi
Buyuk geografik kashfiyotlar
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni 
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralar:
Din, politeizm, islom dini, xristian dini,  diniy ta’limotlar, ruhoniylar, gumanizim, 
atroposentrizm, Kopernik kashfiyoti, geliosentrik nazariyasi, Kepler  konuniyatlari,
Galileo Galiley,  teleskop, «Yulduzlar axborotnomasi», katolik cherkovi, Kopernik
ta’limoti, bid’at, Isaak Nyuton, Kembridj universiteti, «Tabiiy falsafaning 
matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») 
   Din va uning vujudga kelishi hamda shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, u
dastlab o’z ichiga totemizm, feteshizm, animizm, sehrgarlik kabilarni qamrab 
oladi. Sinfiy jamiyatga o’tish davrida politeizm xalq milliy dinlari paydo bo’ladi. 
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jahon dinlari: buddizm (er. avv.VI-V
asrlarda Hindistonda), Xristiyanlik (eramizning I asrida Rim imperiyasida), islom 
(eramizningning VII asrida Farbiy Arabistonda) kelib chiqadi.
   Din kishilar ongiga o’z tasirini o’tkazish, bilan bir qatorda jamiyatning 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga, taraqqiyotiga ham katta tasir ko’rsatib 
kelgan. Hozir dinning fanga, uning yutuqlariga bo’lgan munosabati haqida yangi 
fikrlar mavjud. Biz o’tmishda insoniyat madaniyatining tarixi din va fan 
o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. Ammo hayot shuni ko’rsatadiki, fan 
va din o’rtasidagi munosabat hamma davrda bir xil va bir tekis bo’lmagan. Mas: 
Uyg’onish davrida yashagan Farbiy Yevropa olimlari N.Kopernik, D.J.Bruno, 
Galiley, XVIII asr fransuz olimlari Pol Golbax, K.Gelvise-,Deni Didro va 
boshqalar xristian diniga ochiq-oydin qarshi chiqib,  uning malumotini inkor etgan 
bo’lsalar, Markaziy Osiyo mutaffakkirlari fan bilan islom talimotini bir-biriga 
qarama-qarshi qo’ymasdan, ikkalasidan ham bahramand bo’lib kelganlar. Mas: 
Farobiy, Xorazmiy, Beruniy, ibn Sinolar dunyoni xudo yaratgan deb e’tirof 
qilsalar, bobomiz Mirzo Ulug’bek o’zining «To’rt ulus tarixi» asarida «dunyoni  Tangri taolo bino qilgan, odamni ham u yaratgan» degan fikrni aytgan.
Shu tariqa Olam, Yer, Koinot haqidagi o’rta asr diniy ta’limotining 
qarashlari bilan kapitalistik ishlab chiqarish jarayonining yanada rivojlanishi 
natijasida fan va texnika sohasida erishilgan ixtirolar va yutuqlar asosida olingan 
ilmiy qarashlar o’rtasidagi kurash yana davom etaverdi.     
Manufakturalar o’rtasidagi raqobat, dengiz orqali savdo qilish, yangi 
mustamlakalarni topish va ularga ega bo’lish, ochiq dengizda kemaning o’rnini 
planeta va yulduzlarga qarab aniqlash va boshqalar fan sohasida yanada aniqroq 
fikrga ega bo’lishni talab qilardi. 
Shu borada biz Uyg’onish davrining Galeleygacha bo’lgan bosqichida fan 
yutuqlarini kuzatar ekanmiz, albatta hammadan oldin polyak olimi astranom, 
geliosentrik nazariya asoschisi Nikolay Kopernik (1473-1543y) haqida eslamasdan
ilojimiz yo’k. Kopernik Polshaning Torun shahrida tug’iladi. Uning ota-onasi 
Krakovdan  bu yerga ko’chib kelgan edi. Kopernik dastlab Krakov universitetida, 
sungra Italiyaning Boloni, Padui va Ferrari universitetlarida o’qidi. Krakov va 
Boloni universitetlarida Kopernik astranomiya sohasida yaxshi bilimga ega bo’ldi. 
Shundan so’ng Paduan universitetida ikki yil davomida tibbiyot ilmini o’rgandi. 
So’ngra Padui va Ferrari universitetlarida yuridik malumotlarga ega bo’ldi. 
Bundan ko’rinib turibdiki Kopernik faqat yirik astranom emas, balki matematik, 
vrach va yurist ham bo’lgan. U yunon tilini ham bilgan va yunon tilidan lotin tiliga
bir qator tarjimalar qilgan. Kopernik Polshaning Fraunburg (hozirgi Frombork) 
shahrida 20 yildan ko’prok kanonik (diniy unvon, ruhoniylar kengashi yoki 
kollegiyasining a’zosi) lavozimida ishladi. Shu vaqt davomida u sabor devorining 
(bashnya) kurg’onlaridan birida yashadi. Shu yerda u o’zining observatoriyasini 
qurdi va shu shaharda u vafot etdi. 
Kopernik o’z umrining asosiy qismini astronomiyaga bag’ishladi. Eng oddiy 
asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’prok vaqt kuzatgan Kopernikda 
Ptolemey tomonidan qabul qilingan geosentrik nazariyaga shubha bilan qaraydi. 
Ya’ni Ptolemeyning «Yer olam markazida turadi, Quyosh va boshqa planetalar esa
Yerning atrofida aylanadi» degan xulosasidan kelib chiqsak deydi Kopernik, unda 
planetalar harakat qilayotgan orbitalarda o’ta murakkab holat sodir bo’ladi. 
Kopernik o’ta murakkab astronomik hisoblar yo’li bilan Yer Quyosh atrofida va 
shu bilan birga o’z o’qi atrofida aylanib turadi, yer planetalarining bittasi bo’lib, 
hamma planetalar Quyosh atrofida aylanib turadi, degan xulosaga keldi. 
Kopernikning geliosentrik konsepsiyasi Ptolemeyning geosentrik tizimini butunlay
uloqtirib tashladi. Antroposentrizm va diniy afsonalarga kuchli zarba berdi. 
Kopernikning asosiy xizmati ham ana shunda. Uning o’limi arafasida yani 1543 
yilda nashr qilingan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari olamning 
geliosentrik tuzilishining asosiy tasdig’i bo’ldi. « Butun orbitalar markazida» deb  yozadi Kopernik –Quyosh joylashgan, bunday nur taratuvchining barcha tomonga 
yorug’lik uzatish uchun uning boshqa bir yaxshiroq joyda joylashishi ham mumkin
emas. Shuning uchun ham Quyoshni Koinot yuragi, Trimegist esa uni «ko’rinuvchi
xudo» Sofoklning Elektrida u hammani kuruvchi deb nomlanishi bejiz emas.» 
(Bernal Dj. Nauka v istorii obshyestva. M., 1956, str. 223)
Kopernikning bu kashfiyoti fanda g’oyat katta o’zgarish yasadi, u dinning 
obro’ va tasiriga putur yetkazdi. Kopernikning olamning  geliosentrik tizimi 
konsepsiyasi haqidagi murakkab astranomik ilmiy hisoblardan iborat bu ishi uning 
yagona shogirdi Retik tomonidan 1542 yilda nashrga tayyorlandi va chop etildi. 
Kopernikning  «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli olamning 
geliosentrik tizimi xususidagi asari chop etilgach birdaniga tan olinmadi. Bu yangi 
tizimning tan olinishida keyinchalik Kipler va Galileyning ilmiy izlanishlari katta 
ahamiyat kasb etadi.
    N.Kopernik kashfiyotining inqilobiy darajadagi ahamiyatini boshida 
tushunmagan katolik cherkovi «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli 
kitobni 73 yil o’tgach yani 1616 yilda taqiqlangan kitoblar qatoriga kiritdi, faqat 
212 yil o’tgach ya’ni 1828 yilda taqiq olib tashlandi.
Daniyalik astranom Tixo Brage ( 1546-1601) o’zining yulduzlar, planetalar 
va kometalar joylashishi xususidagi uzoq yillar va ko’p qirrali hamda juda aniq 
o’lchovlari, ilmiy kuzatuvlari bilan astranomiya  fanining keyingi rivojiga ayniqsa 
katta hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadi. Kopengagendan unga uzoq 
bo’lmagan Ven orolida joylashgan Uraniborg rasadxonasini qurgan va boshqargan 
Tixo Brage bu yerda 20 yildan ortiqroq ilmiy kuzatuvlar olib bordi. 
Observatoriyada Tixo Brage tomonidan konstruksiya qilingan va uning 
rahbarligida qurilgan zamonasining eng zo’r astranomik asbob uskunalari bor edi. 
Yirik astranom bo’lgan Tixo Brage Kopernikning «Osmon jismlarining 
aylanishi haqida» nomli asari bilan, albatta, tanish bo’lgan. Biroq u olamning 
geliosentrik tizimiga qarshi bo’lgan. Olam haqida T.Brage o’zining xususiy 
konsensiyasini ilgari suradi. Bunga ko’ra: «Yer qo’zg’almas, Quyosh esa Yer 
atrofida aylanadi va boshqa planetalar, Yerdan tashqari, Quyosh atrofida 
aylanadi».
Shunday qilib T.Bragening olamning tuzilishi haqida ta’limoti Ptolemey va 
Kopernik tizimi o’rtasidagi qandaydir yo’nalish edi. 
Mashhur italyan olimi va shoiri Jordano Bruno (1548- 1600) fanda 
materialist, sxolastikaning dushmani, ateist va katolisiziga qarshi kurashchi sifatida
tanilgan. U Nepol yaqinidagi Nola shahrida tug’iladi. Ota-onasi uni 15 yoshida 
Neopoldagi muqaddas Dominik monastiri beradi. 10 yilcha monastirda bo’lgan 
Jordano o’zini toat-ibodatga emas, balki ilm-fanga bag’ishladi va cherkov 
dokmatikasining dushmaniga aylanib bordi. N. Kopernik qarashlari bilan tanishib,  ularning to’g’riligiga ishonch hosil qildi. 1572- yilda Dj.Bruno ruhoniy 
martabasiga ega bo’ladi, biroq inkvizisiya tomonidan yeretiklikda ayblangan 
Dj.Bruno avvaliga Shimoliy Italiyaga  ketadi, so’ngra Italiyani butunlay tark etadi. 
15 yillarcha chet ellarda yurgan Dj. Bruno bu davr mobaynida Tuluza, Parij 
va Oksford universitetlarida astranomiya va falsafadan dars berib yuradi. Hatto 
kalvinizmni tanqid qilgani uchun Jenevada turmada ham o’tirib chiqadi.
N.Kopernik ta’limotini yanada rivojlantirgan Dj.Bruno  «Olamning chek-
chegarasi yo’q degan fikrga kelib, u  Yer ham Quyosh ham koinot markazi emas, 
balki olam san-sanoqsiz yulduzlardan ibrat bo’lib, ularning har biri bizdan 
uzoqdagi Quyoshdir» deb aytadi. 1592-yilda  Dj. Bruno Venesiyalik patrisiy 
Mochenigo taklifiga ko’ra, uni falsafa va mnemonikaga o’qitish uchun Venesiyaga
keladi. Lekin hiyla bilan qo’lga tushirilib inkvizisiya sudiga beriladi. U turmada 8 
yilcha yotadi.  Birok inkvizitorlar uni o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qila 
olmadilar. Shundan sung Dj.Bruno 1601 yil 17-fevralda gulxanda kuydiriladi. U 
qatl kilingan joyda keyinchalik o’rnatilgan haykalga quyidagi so’zlar yozib 
qo’yilgan: «U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun 
qatl etildi».
Shu tariqa Dj.Bruno kishilar xotirasida o’z qarashlariga sadoqatli, qo’rqmas, 
yirik olim sifatida saqlanib koldi.
Tixo Bragening izdoshi ajoyib nemis astranom va matematigi bu Iogann 
Kepler (1571-1630) hisoblanadi. Kepler janubi-garbiy Germaniyadagi uncha katta 
bo’lmagan Veyl-der-Shtadt  shaharchasida kambagal oilada tug’iladi. Butun umr u 
moddiy kiyinchilikda yashagan. 1588 yil cherkov maktabini tugatgan Kepler 
Tyubengin universitetiga o’qishga kiradi. Universitet professori matematik va 
astranom olim M.Mestlin Keplerga alohida etibor berib, uni N.Kopernikning 
geliosentrik nazariyasi bilan tanishtiradi. Masalaning nozik tomoni shunda ediki, 
ya’ni M.Mestlin Kopernik ta’limoti tarafdori bo’lsada, biroq talabalarga 
leksiyalarda o’zi ishonmagan Ptolemeyning giosentrik sistemasi haqida dars 
berishga majbur edi. 
O’qishni tugatgach, universitet rahbariyati Keplerni uzoq Gras hududiga 
matematika o’qituvchisi sifatida jo’natadi. Bu davrda Kepler «Predvestnik 
kosmograficheskix issledovaniy, soderjashyey  kosmograficheskuyu taynu» nomli 
birinchi yirik ilmiy asarini yozadi.
1600-yilda Kepler Pragaga keladi va biz yuqorida aytgan yirik astranom olim Tixo 
Bragega shogird tushadi. 1601 yilda Tixo Brage vafot etgach Kepler ustozining 
o’rniga imperator Rudolf II saroyi  qoshida matematik va astranom olim bo’lib 
faoliyat ko’rsatadi. 12 yil Pragada yashagan Kepler Tixo Bragening osmon 
mexanikasi va yulduzlar jadvali ustida olib borgan ulkan ilmiy kuzatuv materiallari
ustida ish olib bordi.    Astranomiya fani sohasiga g’oyat katta hissa qo’shgan Kepler fanda uchta 
gigant olimlar qatorida turadi. 1). N.Kopernik (Kepler tug’ilishidan 28 yil oldin 
vafot etgan) 2). Galelio Galeley (Keplerning zamondoshi) 3). I.Nyuton (Kepler 
o’limidan 13 yil keyin tug’ilgan), qaysikim  Nyuton Keplerning izlanishlari va 
qonunlari yordamida «Butun olam tortishish qonunini» yaratdi. 
Astranomik kuzatish natijalarini umumlashtirish asosida Kepler Quyoshga 
nisbatan planetalar harakatining 3 ta qonuniyatini tuzdi.
 Keplerning birinchi qonuni:  Har qaysi planeta ellipslar  bo’yicha  harakat qiladi, 
qaysikim uning markazida Quyosh joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni:  Quyoshdan planetaga o’tkazilgan radius-vektor teng 
vaqt oralg’gida teng maydon hosil qiladi. Bu qonundan xulosa shuki, ya’ni orbita 
bo’ylab planetalar harakatining tezligi bir-xil emas, va u qancha tez bo’lsa, planeta 
Quyoshga shuncha yaqin hisoblanadi.
 Keplerning uchinchi qonuni: Planetalarning Quyosh atrofida aylanish vaqtining 
kvadrati  ularning Quyoshga nisbatan O’rtacha masofasining kubiga teng. 
( Kvadratы vremen obrashyeniy planet vokrug solnse otnosyatsya kak kubы ix 
srednix rasstoyaniy ot solnsa.)
   Kepler planetalarni harakatlantiruvchi kuch manbai- bu Quyosh deb hisoblaydi. 
U fandagi «gravitasion massa» tushunchasiga, «og’irlik» tushunchasiga yaqin 
kelgan edi. Biroq bu muammoni hal qilish Nyutonga buyuradi. 
Kepler Quyosh va Oy tutilishi nazariyasini ishlab chiqib, uni oldindan aytish
usullarini taklif etadi. Quyosh va Yer o’rtasidagi masofa kengligiga aniqlik kiritadi
va o’z davri uchun yilning istalgan vaqtida planetalar holatini o’ta yaqinlik bilan 
aniqlab beruvchi masalani, yani Rudolf jadvalini (Imperator Rudolf II sharafiga) 
tuzadi. N.Kopernikning olamning geliosentrik tuzilishi tarafdori bo’lgan Kepler 
asarlarini Rim Vatikani inkor etadi. Keplerning «Sokrashyeniye kopernikovoy 
astronomii» nomli asari Vatikan tomonidan taqiqlangan kitoblar ro’yxatiga 
kiritilgan. Kepler 1630 yilda Regensburg shahrida vafot etadi.  
Galileo Galiley  (1564-1642).Mashhur italyan fizigi va astranom Galileo Galiley  
15-fevral 1564-yilda Piza shahrida tug’iladi. Uning otasi Venchenso muzikant edi. 
Galiley uncha boy bo’lmagan aslzoda oilasidan edi. U 11 yoshiga qadar maktabga 
qatnadi. 1574 yili Vinchenso oilasi Pizadan Florensiyaga ko’chib o’tadi. So’ngra 
o’sha davr taomiliga ko’a u monastirga ma’lumot va tarbiya olish uchun qabul 
qilindi. Asosiysi u bu yerda yunon va lotin yozuvchilarining asarlari bilan tanishdi.
1581-yilda Galiley medisinani o’rganish uchun Piza universitetiga kiradi. 
Tibbiyotga unchalik ham qiziqmagan Galiley, bu yerda matematika, mexanika, 
fizika va astranomiya bilan ishtiyoqmandlik bilan shug’ullandi. Bu yerda asosiy 
rolni otasining do’sti Ostilio Richchi o’ynadi. Uning maslahati bilan u bu yerda 
birinchi marta Yevklid, Arastu va Arximed  asarlarini o’qib chiqdi.  Matematika, mexanika, geometriya, fizika va astranomiyaga ishtiyoqi 
baland bo’lgan Galeley Piza universitetini tashlab, 4 yil Florensiyada matematika 
bilan shug’ullandi. Ana shu davrda uning gidrostatikaga bog’liq bulgan birinchi 
ilmiy  asarini (U metall kotishmalarning tarkibini aniqlaydigan tarozini ixtiro qildi)
va jismlarning harakatlanishida og’irlik markazining rolini aniqlashga doir 
asarlarini yozdi. Bu Arximed ishlarining davomi edi. 
  1589 yildan boshlab Galeley dastlab Pizadagi matematika kafedrasida, 
so’ngra 1592 yildan Paduan universitetida matematikadan dars bera boshladi. 
Galileyning Paduyadagi xayot davri (1592-1610) uning ilmiy faoliyatining eng 
gullagan davri hisoblanadi. 
  Ming yillar davomida odamlar tungi osmonga tikilib, sayyora va yulduzlar 
harakatini kuzatishgan. Ular haqida qanchadan qancha afsona va rivoyatlar 
to’qishgan,  biroq ularning osmon gumbazidagi harakat qonunlari o’sha davr 
olimlari uchun sirligicha qolavergan. Nihoyat, 1632 yilda G.Galileyning 
«Olamning  ikki asosiy sistemasi xakida diolog» (K.Ptolemeyning geosentrik 
sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi ) asari bosilib chiqdi. 
Unda Galiley dinamika asosi - inersiya prinsipi va klassik nisbiylik prinsipiga asos 
soldi. Inersiya qonuniga (lat: inertia-tinch xolat,xarakatsiz, faoliyatsiz. ) ko’ra, agar
jismga hyech qanday kuch tasir qilmasa, jism qancha uzoq muddat bo’lmasin  
o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli va tekis harakatini saqlaydi. Galiley 
jismlarning erkin tushish qonunlarini, qiya tekislikdagi harakatini, gorizontga 
ma’lum burchak ostida otilgan jismning harakat qonunlarini o’rgandi. U 
mayatnikning tebranish qonunini aniqladi. Tebranishlar davri amplitudaga 
(amplituda-tebranish kengligi holatlari orasidagi masofa) bog’lik emas ekan. 
Mayatniklarning bu xossasi izoxronlik (izoxronnost-baravar davom etish) deyiladi.
  1609 yilda Galiley uzining 3 marta kattalashtirib ko’rsatadigan birinchi optik
teleskopini, bir oz vaqt o’tgach, 32 marta kattalashtirib ko’satadigan teleskopni 
ixtiro qildi. Uning yordamida Galiley ilk bor Oy yuzasidagi tog’larni va 
kraterlarni, Quyoshdagi dog’larni va uning o’z o’qi atrofida aylanishini, 
Yupiterning 4 ta yuldoshi borligini, Venera fazalarini kashf qildi. Shu bilan birga 
Somon yo’lining juda uzoqdagi yulduzlar turkumi ekanligini isbotladi. Juda katta 
ahamiyatga ega bo’lgan Galileyning bu kuzatuvlari uning «Yulduzlar 
axborotnomasi» («Zvezdniy vestnik») nomli asarida yoziladi.   
      Cherkov xodimlari uning barcha ko’rganlarini optik aldov, u kishilarni 
chalg’itmokda deb e’lon qiladi. Birok Galiley Olamning geliosentrik sistemasi 
haqidagi N.Kopernik talimotining tarafdori bo’lib qolaverdi. 
      1616 y.da katolik cherkovi rasmiy ravishda Kopernik ta’limotini bid’at deb 
e’lon qildi va uning asarlarini, ta’limotini eslash, fikrlash hamda o’qishni 
ta’qiqladi. Galiley Kopernik haqida gapirmay yurishga yoki imo ishora bilan  gapirishga majbur bo’ldi. Galileyning 1632 yilda nashr qilingan biz yuqorida 
aytgan «Dialog» nomli kitobida u materialistik g’oyalarni uch suhbatdosh: Salviati,
Sagredo va Simplichio orasidagi munozara tarzida bayon qiladi. Cherkov bu 
kitobni ta’qiqlaydi. Galiley kashfiyotlaridan qattiq g’azablangan papa va 
ruhoniylar uni Rimga chaqirishadi.  70 yashar olim inkvizisiya sudiga topshiriladi 
va 5 oy davom etgan so’roqlardan so’ng, u nihoyat 22 iyun 1633 yilda Kopernik 
talimotidan voz kechishga va tavba qilishga majbur etiladi.
      Shundan so’ng Galiley to umrining oxirigacha yolg’iz, odamlardan uzoqda 
Florensiyadan uncha uzoq bo’lmagan Architri villasida yashashga majbur qilinadi. 
1637 yilda Galiley ko’r bo’lib qolsada, biroq umrining oxirigacha ilmiy ishlarini 
davom ettiradi. U 1638 yil 8 yanvarda vafot etadi.
      Nafaqat fizik, mexanik va astranom bo’lgan, balki muzikant va shoir ham 
bo’lgan Galileyning ilmiy faoliyati mexanika, optika, astranomiya  fanlarining 
kelgusi taraqqiyotiga juda katta barakali ta’sir ko’rsatdi. 
Isaak Nyuton (1643-1727).  Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika 
asoschisi Isaak Nyuton 1643 yil 4 yanvarda  Kembridjdan 75 km uzoqlikda 
joylashgan (Grantem shahri yaqinida) Vulstorp qishlog’ida uncha boy bo’lmagan 
fermer oilasida tug’iladi. Uning otasi tug’ilmasdan oldin vafot etgandi. Isaak 12 
yoshida Grantem maktabiga o’qishga kiradi.
     Maktabni tugatgach u 1661-1665 yillarda Kembridj universitetining Triniti yoki
Troisa kolledjini tugatib, bakalavr ilmiy darajasini oladi. Mashhur matematik olim 
professor Barrou yordamida Nyuton  Kembridj universitetining «Lyukasov» 
kafedrasiga ishga kirib, u yerda to 1701 yilgacha faoliyat ko’rsatadi.
     Nyuton hayotining eng muhim ijodiy davri bo’lib, uning vabo epedimiyasidan 
qochib o’zi tug’ilgan Vulstorpda o’tkazgan 1665-1667 yillar hisoblanadi. 
     Bu yerda olimni buyuk kashfiyotlarga olib kelgan asosiy g’oyalari shakllandi. 
Ana shularga: fizikaning matematik asoslari – differinsial va integral hisobni 
yaratishga ko’zgu teliskopning ixtiro qilinishiga, yorug’likni ajratishga oid 
tajribalarga, astronomik kuzatishlar va mexanika asoslariga, eng muhimi butun 
olam tortishish qonunining ochilishiga olib kelgan ishlari kiradi. 1668 yilda 
Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u Kembridj universitetida 
fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi.
      1668 yilda Nyuton o’z qo’li bilan ko’zguli teleskopni qurdi. 1671 yilda xuddi 
shu turdagi, biroq razmeri jihatdan katta va yanada takomillashgan ikkinchi 
teleskopni ixtiro qildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ya’ni Nyutonning teleskop 
sohasidagi ishlari fanda Galeliy xizmatlari qatoriga tenglashtiriladi.
      Nyuton ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari  zamonasining 
ilmiy muammolari bilan uviy bog’langan edi. Masalan: optika sohasidagi 
tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan edi.  «Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi» (1672y) nomli optikaga bag’ishlangan
birinchi ishida Nyuton o’zining yorug’likning korpuskulyar gipotezasiga oid 
qarashlarini bayon qiladi. Qizg’in bahsga sabab bo’lgan Nyutonning yorug’lik 
tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqadi. U 
vaqtda Nyuton yorug’lik haqida korpuskulyar va to’lqin tasavvurlarini o’z ichiga 
oluvchi gipotezani olg’a suradi. Nyuton qorong’ilashtirilgan xonaga kichik tirqish 
ochib, tushayotgan quyosh nuri yo’liga shisha prizma qo’yib hosil qilingan quyosh 
nuri spektrini yetti xil rangga ajratdi. (Umuman odamning ko’zi quyosh yorug’ligi 
spektrida 160 ga yaqin turli ranglarni ajrata oladi).
       Keyingi tajribalarda Nyuton  rangli nurlarni aksincha yig’uvchi linza orqali oq 
yorug’likka to’plashga erishdi. O’zining optik tadqiqotlarini u 1704 yilda yozilgan 
«Optika» kitobida e’lon qilib, unda o’sha zamon faniga ma’lum bo’lgan turli optik 
hodisalarning mukammal manzarasini chizib berdi.
       1687 yil I.Nyuton o’zining «Matematicheskiye nachala naturalnoy filosofii», 
ya’ni «Tabiiy falsafaning matematik asoslari» (qisqacha «Asoslar») nomli kapital 
asarini nashrdan chiqardi. Unda olim butun klassik fizikaning asosini tashkil etgan 
yer va osmon mexanikasining yagona sistemasini yaratdi. Bu ilmiy asarida Nyuton
fizikaning asosiy tushunchalari – massaga, zichlikka ekvivalent materiya 
miqdorining, impulsiga ekvivalent harakat miqdorining, kuchning turli shakllarini 
va boshqalarni ta’riflab berdi.
      1672 yilda Nyuton London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi. 1703 
yilda esa uning prezidenti bo’lgan Nyuton umrining oxirigacha shu lavozimda 
qoladi. 
      1696 yilda Monetnыy dvor- nazoratchisi bo’lib saylangan Nyuton- deb yozadi 
Dj.Bernal (Nauka v istorii obshyestva –str.265) –o’zining halolligi va haqgo’yligi 
tufayli 1699 yilda uning direktori lavozimiga ko’tariladi. 
      1699 yilda u Parij Fanlar Akademiyasining xrijiy a’zosi etib tayinlanadi. Fan 
oldidagi xizmatlari uchun Nyuton 1705 yilda dvoryanlik unvoniga sazovor bo’ladi.
      1727 yil 31-martida 84 yoshida vafot etgan Isaak Nyuton Vestminstr 
abbatligining milliy panteoniga dafn qilinadi. Butun insoniyat tarixida eng buyuk 
olimlardan biri bo’lgan Isaak Nyuton fanning turli sohalari  bo’yicha o’zidan juda 
ulkan ilmiy meros qoldirdi. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini 
Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga 
tatbiq qildi. Bu qonunga ko’ra, barcha moddiy jismlar bir-biriga tortilib, bunda 
tortishish kuchi kattaligi jismlarning fizik va ximiyaviy xossalariga, ularning 
harakat holatiga, jismlar turgan muhitga bog’liq emas. Yerga tortilish har qanday 
moddiy jismni Yerga tortilishi tufayli vujudga keluvchi og’irlik kuchining 
mavjudligidan namoyon bo’ladi.  Mavzu bo’yicha savollar:
Gumanizim va atroposentrizm tushunchalarini tahlil qilib bering
Dunyoviy fanning paydo bo’lishi asoslari nimada?
Buyuk geografik kashfiyotchilarga kimlarni misol keltira olasiz? 
Adabiyotlar ro’yhati
1) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshyestva” M.1956
2) Bernal D.J.  Nauka i obshyestvo M. 1953
3) Virgenskiy V.S. Istoriya nauki i texniki.  M. 1977
4) Kurilin  V. A. Stranisы istorii nauki i texniki   M. 1986 
11-MAVZU: Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy 
taraqqiyoti.
                                        
Reja:
1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan 
ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot.
2. XVII-XVIII asr fani - mexanistik fan.
3.Turkistonda fan va texnika.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni 
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
Fanning  diniy aqidalardan ozod bo’la boshlashi, burjua inqiloblari natijalari,
Ilmiy bilimlarning rivojlanishi,  Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va 
Londondagi «Qirollik jamiyati», soat, tegirmon, tabiiy fanlar, fizika, «Boyl-
Mariott qonuni», Blez Paskal, Havoning massasi haqida»gi asar, X.Gyuygens. 
Markaziy Osiyo Fani, Yevropa, buyuk geografik kashfiyotlar, fan, adabiyot va  san’at, Maxmud ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; 
Munajjim Muhammad Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; 
Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali 
hisobi»; Soqi Muhammad Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari, 
Ahmad Donish, Oy va Quyosh tutilishlari, tabib Ubaydullo ibn Muxammad Yusuf.
         XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada 
cherkovni roli va papa hokimiyatining  halqaro ta’siri ancha pasayib, fan va 
texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot 
sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi.
      Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir 
qator mustaqil yangi fan tarmoqlarining vujudga kelishiga olib keldi. Masalan 
falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda 
cherkov ta’siridan qo’tilmagan bo’lsada bu davrda dunyoviy maktablar kupaya 
boshladi. Ularda o’qitishning yangi usullari yaratildi. Bir qancha mamlakatlarda 
dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi. 
      Fan avvalo tabiiy hodisalarning o’zaro sabab va oqibatlarini rasional 
tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi.
      Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 
yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya 
burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan 
inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan 
rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu 
jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi 
bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning 
o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, 
ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning 
yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar  burjuaziya 
boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka
qahshatgich zarba bera boshladi.
      Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab 
chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning 
rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr 
sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro 
muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi.
      Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini 
xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir 
cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa,  XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari 
paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin 
shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos.
      Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, 
ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha
mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib 
turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga 
xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu
akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday 
akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik 
jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik 
jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin 
(1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, 
Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi.
     1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda 
«Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725
yillarda Peterburgda, 1739 yil Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar 
akademiyalari tashkil qilindi va hokazo.
      Akademiyalar bilan bir vaqtda  ilmiy jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu 
jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» 
hisoblanadi.
     Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining eng muhim ikki xususiyati 
birinchidan uning kuzatishga, tajribaga, eksprimentga, ikkinchidan matematikaga 
tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi
fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob-
uskunalar (termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, 
elektr mashina, teleskop, mikroskop va hokazo)ning ixtiro qilishi va 
takomillashtirilishi asosida , ikkinchi tomondan matematikaning tez  rivojlinishi 
asosida bordi. 
     Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab chiqarishiga va ilk 
mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan 
edi. Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga aylanayotgan manufaktura davrida 
mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi.
      Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan 
edi:
      Soat – amaliy maqsadlar uchun ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib,  tekis 
harakat bilan ishlaydigan ishlab chiqarish nazariyasi ana shu soat asosida 
rivojlangan.
     Tegirmon – dastlabki  suv tegirmoni qurilgan vaqtlardan boshlaboq unda  mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi 
kuchning me’yorini o’lchash, bu kuchni qo’llashdagi eng yaxshi usullar - tishli 
uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon 
asos bo’ldi.
     Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya 
fanlari mashinalashgan sanoatga o’tish, kapitalistik sanoatning taraqqiy qilishi va 
diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi.
      Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar 
va tajribalar tufayli erishilayotgan yutuqlar va falsafa fanining materiyalistik 
yunalishiga turtki berdi… (falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak)
     Tabiiy fanlar:       
       Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos 
olimlar mavjud edi. Ana shulardan biri italyan fizigi va matematigi  Evandjelista 
Torrichelli (1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti Kastilli rahbarligida matematik 
ma’lumot oladi. Torrichellining «Traktat o dvijenii tyajelыx tel», nomli asari 
Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni 
ishonib unga topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 1642 yilda Torrichelli Pizan 
universiteti matematik professori lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39 
yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli
matematika, mexanika, gidravlika sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda yanada 
tanitgan ishi, bu o’ta oddiy tajriba usuli bilan Yerning yuza qismiga havoning 
bosimi mavjudligini, ya’ni havonining og’irligini aniqladi va namoyish qildi, 
atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi.
     Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli sohalar bilan shug’ullangan 
olimlardan biri hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) difraksiyasi, gidravlika va 
ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan.
      Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott 
ham 1676 yilda eksprimental ravishda «Boyl-Mariott qonuni» deb ataluvchi 
qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas 
temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir:          R1 = V2    R2 = V1
       Temperatura ortishi bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi 
J.Sharl eksperimental ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl qonuni nomi bilan 
ataladi, ya’ni: muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut 
temperaturaga proporsionaldir:         
                          R1 = T1        R2 = T2
      Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng 
birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi.
      Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor 
qurg’onida gersog oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi  taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha 
yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. 
Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel 
boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi bilan jang olib borayotganida 
ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi.
      1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida 
ham Boyl asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford 
universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl 
«Qirollik jamiyati»ning prezidenti lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu 
lavozimni rad etadi.
      Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning 
boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton 
ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi».
      Boylning yaqin do’sti va birinchi yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat 
ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703) 
edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl 
Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U 
Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, 
fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan Guk metallarning mexanik xossalari, 
materiallarning elastik deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi ustida ish olib 
borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi, 
ya’ni aylanma prujinli mayatnik keyinchalik aniq soat va xronometrlarning 
yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.»
     Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi
yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki Nyuton va Maksvell kabi yuksak 
matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. 
O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl ensiklopedist olim edi. Uning fandagi 
asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi.
      Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) matematik, fizik, yozuvchi va diniy 
faylasuf edi. U Klermon- Ferrane shahrida matematik E.Paskal oilasida tug’iladi. 
1655 yilda B.Paskal Por-Royaldagi yanseniychilik (Kalvinizmga yaqin diniy-
falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi Yanseniy asos solgan) monastiriga joylashib, 
bu oqimning maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Matematika va fizika sohasida 
ko’p ishlar qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. Bu qonunga ko’ra suyuqlik 
yuzasiga qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik orqali barcha yunalishda bir xil 
uzatiladi. Masalan:
       «Havoning massasi haqida»gi asarida Paskal havo bosimining zichligi Yer 
yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa shuncha kamayib borishini aniqlaydi. Shu 
bilan birga barometr ko’rsatgichi havoning holatiga, ya’ni temperaturasiga va  namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish
pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
      Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk golland matematigi, fizigi va 
mexanigi Xristian Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va siyosiy arbob 
oilasida tug’iladi. Nederlandiyaning Leyden va Bredi shaharlaridagi 
universitetlarida o’qib, huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 yoshida 
aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini 
e’lon qildi.
      Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan 
birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini – muzning erish nuqtasi va suvning 
qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining
yorug’lik kuchini oshirib, ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida 
Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning 
aylanish davrini hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum bo’lgan halqalar 
borligini aniqladi. O’zining «Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u 
mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.
     Gyuygensning matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta 
shuhrat keltirdi. Gyuygens Londonga kelib ko’plab ingliz olimlari bilan tanishdi va
u 1663 yilda London «Qirollik jamiyati»ning birinchi xorijiy a’zosi bo’ldi.
     Fransuz olimlarining taklifiga ko’ra u 1665 yilda Parijga keldi va bu yerda 16 
yil yashadi. Fransuz Fanlar akademiyasi raisligiga taklif qilindi.
     1681 yil Gyuygens vataniga qaytadi va optika bilan shug’ullanadi. U yaratgan 
okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining optika haqidagi ishlarini 
Gyuygens 1690 yilda nashr qilingan «Yorug’lik haqida traktat» nomli asarida e’lon
qildi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. M: 
island shpati kristalida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. 
Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham Gyuygens 
ta’limoti asosida bayon qilinadi.
     «Yorug’lik haqidagi traktat»ga «Og’irlik sabablari» degan ilova qo’shilgan edi. 
Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi. 
Gyuygensning ko’pgina muhim ishlari uning vafotidan keyingina bosilib chiqdi. 
M: «Jismlarning zarba ta’siridagi harakatlari haqida», «Diopritika», 
«Kosmoteoros» va boshqalar.
     Endi XVIII asrda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy ishlar rivojini tahlil qilishni biz 
buyuk matematik va fizik, Peterburg Fanlar akademiyasi a’zosi Leonard Eyler 
faoliyati bilan boshlaymiz.   
Turkistonda fan. XVIII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining Markaziy 
Osiyo va madaniyati o’ziga xos ravishda rivojlandi. Chunki bu davrdagi feodal 
tarqoqlik urushlari, xonliklar o’rtasidagi bo’lib turgan dahshatli janglar ilm ahliga  qanchalik kulfat keltirgan bo’lmasin, u ilm-fan, san’at, va adabiyot rivojini 
to’xtatib qo’ya olmadi. 
     Shunday bo’lsada XVII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo regionida IX – XII va 
XIV – XVI asrlarga nisbatan tabiiy fanlar sohasidagi rivojlanish bir muncha 
tushkunlikka uchradi. Bu davrga kelib bir paytlar dunyo fanining beshigini 
tebratgan yurt, endi o’rta asrlarda, ya’ni xorazmshohlar, somoniylar va temuriylar 
davrida egallagan ilm-fan sohasidagi mavqyeini Yevropaga bo’shatib berayotgan 
edi.
     Biz tahlil qilayotgan ushbu davrlarda Yevropada manufakturalar o’rtasidagi 
raqobat, buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz orqali savdo qilish, sanoat to’ntarishi
va kapitalistik ishlab chiqarish jarayonining yanada rivojlanishi natijasida fan va 
texnika sohasida erishiliyotgan ixtirolar asosida katolik cherkovining diniy 
dogmatikasiga kuchli zarba berilayotgan bir paytda bizda, ya’ni O’rta Osiyoda 
xonliklar o’rtasidagi urushlar, jaholat va diniy mutaasiblikning kuchayishi tabiiy 
fanlar rivojiga keskin to’sqinlik qila boshladi. Ta’lim maskanlarimizda (maktab, 
madrasa) asosan diniy ta’limotni o’rganishga bo’lgan ruju dunyoviy fanlarning 
davlat darajasida e’tibordan chetda qolishiga, shuningdek jahon fani yutuqlarini 
o’lkaga tatbiq qilish va tashqi ilmiy aloqalar o’rnatish masalalarining keskin 
susayishiga olib keldi.
     Biroq ushbu murakkab tarixiy davrning mashaqqatlariga qaramasdan fan, 
adabiyot va san’at sohasida iste’dodli fan arboblari, atoqli shoir va yozuvchi 
olimlarimiz yetishib chiqdi. Ana shulardan biri Bobokolon Muftiy bo’lib, (Risola 
dar ilmu hisob) uning matematikaga oid traktatlari XVII – XIX asrlar davomida 
O’rta Osiyo madrasalarida o’quv qo’llanmasi bo’lib xizmat qildi. Mirza Badi – 
Divonning «Predpisaniye fiska» nomli matematikaga oid ishlari xonlik 
devonxonasi xodimlari tomonidan yer-mulk hisob-kitobi ishlarida foydalanilgan.
     Matematika va astronomiya sohasida faoliyat  ko’rsatgan olimlardan: Mahmud 
ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; Munajjim Muhammad 
Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; Muhammad Amin ibn 
Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali hisobi»; Soqi Muhammad 
Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari bu davr fanining yorqin 
namunalaridan hisoblanadi.
     Astronomiya fani rivojiga katta hissa qo’shgan olimlarimizdan biri bu Ahmad 
Donish (1827-1897) bo’lib, u chuqur bilimli, dunyoqarashi nihoyatda keng 
bo’lganligi sababli zamondoshlari tomonidan Ahmad Kallali -  Donish degan laqab
olgan. Ahmad Donish fan va hunarning bir necha sohalariga qiziqqan. U 
astronomiya, falsafa, tarix, she’riyat, adabiyot, pedagogika va hattotlik bilan 
shug’ullangan. Uni dunyoga mashhur  qilgan asarlari bu «Jadvali soat» (1876); 
«Majmui risolai nujumiy»(1876); «Taqvimiy soli asr»(1881); «Navodirul  vaqoye»(1882); «Mang’it amirlari tarix»(1883) va boshqalardir.
     Nodir voqyealar nomli asarida Ahmad Donish – olamning abadiyligi, Yerning 
sharsimon ekanligi, planetalarning harakat qilib turishi, Oy va Quyosh tutilishlari 
haqida o’z fikrlarini bildirib, buning sabablarini tabiatning o’zidan qidirish 
zarurligini aytib o’tadi. 
     XVII asrning yirik geograflaridan biri qomusiy olim Mahmud ibn Vali 
hisoblanadi. Uning 1636 yilda yozilgan «Bahr ul - asror» (Sirlar dengizi) asari 
O’rta Osiyo geografiyasiga bag’ishlanib, unda dengizlar, daryolar, orollar, 
shaharlar va ularning tabiiy boyliklari alfavit tartibida keltirilgan. 
     Bu davrda yashagan Muhammad Tohir  ibn Abulqosimning «Chudesa zemnыx 
poyasov» nomli geografiko-kosmografik asari asosan yerning yetti iqlim 
hududlariga bag’ishlanadi.
     Boburning xolavachchasi hisoblangan Muhammad Haydar (1500-1556)ning 
«Tarxiy Rashidiy» asarida ham Qoshg’ar, Yorkent, Tibet, Hindiston haqida 
geografik ma’lumotlar keltiriladi.
     Ushbu davrda tibbiyot fani ham rivojlanib, bu sohada bir qator mashhur olimlar 
yetishib chiqadi. Ana shulardan biri mashhur tabib Ubaydullo ibn Muhammad 
Yusuf hisoblanadi. U asosan ko’z kasalliklari bilan shug’ullanganligi uchun xalq 
orasida «Ubaydulla Qahhol» nomini oladi. 1598 yil u «Davolash usullari haqida» 
asar yozadi. Uning bo’limlaridan 18 tasida ayollar kasaliklari, bolalar gigiyenasi, 
bolalar kasalliklari, toksikologiya, kosmetika, semizlik va oriqlik muammolari 
yoritilgan. Ashtarxoniy Subhonqulixon ham (1680–1702) tibbiyotga oid «Ihyo at-
tabibiy Subhoniy» (Subhoniy tabobati bo’yicha davolash) degan risola yozgan. 
                
Mavzu bo’yicha savollar:
XVII-XIX asr boshlarida fan rivojining tarixiy sharoitlari va uning pasayish 
sabablari nimada?
Turkiston xalqlari fani rivoji va unga rus olimlarining qo’shgan hissasi qay 
darajada?
Turkiston jadidlarini ilm-fanga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina 
davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot sekulyarizasiyasini misollar bilan 
gapirib bering
XVII asrdan fanning tez sur’at bilan yuksalib borishi sabablari nimada?
XVII-XVIII asr fanining asosiy olimlaridan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar ro’yhati 1) Bernal D.J. Nauka i obshyestvo.  M. 1953
2) Bernal. D.J.   Nauka i obshyestvo. M. 1956
3) Isxakov F. Nasionalnaya politika sarizma v Turkestane. T. 1997
     4) Lunin B. V Istoriografiya obshyestvennыx nauk v Uzbekistane. T. 1972 
     5) Virgenskiy V.S. Istoriya nauki i texniki.  M. 1977
     6) Kurilin  V. A. Stranisi istorii nauki i texniki   M. 1986
11-MAVZU: Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy 
taraqqiyoti.
                                        
Reja:
1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan 
ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot.
2. XVII-XVIII asr fani - mexanistik fan.
3.Turkistonda fan va texnika.
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni 
talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
Fanning  diniy aqidalardan ozod bo’la boshlashi, burjua inqiloblari natijalari,
Ilmiy bilimlarning rivojlanishi,  Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va 
Londondagi «Qirollik jamiyati», soat, tegirmon, tabiiy fanlar, fizika, «Boyl-
Mariott qonuni», Blez Paskal, Havoning massasi haqida»gi asar, X.Gyuygens. 
Markaziy Osiyo Fani, Yevropa, buyuk geografik kashfiyotlar, fan, adabiyot va 
san’at, Maxmud ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; 
Munajjim Muhammad Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; 
Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali 
hisobi»; Soqi Muhammad Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari, 
Ahmad Donish, Oy va Quyosh tutilishlari, tabib Ubaydullo ibn Muxammad Yusuf.
         XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarigacha bo’lgan tarixiy davr Yevropada 
cherkovni roli va papa hokimiyatining  halqaro ta’siri ancha pasayib, fan va 
texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot  sekulyarizasiya (cherkov ta’siridan xalos etish) qilina boshlandi.
      Burjua mafkurasining va yangi rasional hamda empirik bilimlarning rivoji bir 
qator mustaqil yangi fan tarmoqlarining vujudga kelishiga olib keldi. Masalan 
falsafa, huquq va tibbiyot fanlari diniy aqidalardan ozod bo’la boshladi. Har holda 
cherkov ta’siridan qo’tilmagan bo’lsada bu davrda dunyoviy maktablar kupaya 
boshladi. Ularda o’qitishning yangi usullari yaratildi. Bir qancha mamlakatlarda 
dunyoviy oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar va akademiyalar barpo qilindi. 
      Fan avvalo tabiiy hodisalarning o’zaro sabab va oqibatlarini rasional 
tushunishga va eksprerimentlar orqali hal qilishga harakat qila boshlaydi.
      Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 
yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya 
burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan 
inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan 
rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu 
jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi 
bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning 
o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, 
ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning 
yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar  burjuaziya 
boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka
qahshatgich zarba bera boshladi.
      Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab 
chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning 
rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal 
sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr 
sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro 
muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi.
      Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini 
xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir 
cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa, 
XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari 
paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin 
shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos.
      Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, 
ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha
mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib 
turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga 
xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu
akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday  akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik 
jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik 
jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin 
(1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, 
Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi.
     1652 yilda Germaniyada imperator «Leopold akademiyasi», 1666 yilda Parijda 
«Tabiat fanlari akademiyasi», 1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 1724-1725
yillarda Peterburgda, 1739 yil Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar 
akademiyalari tashkil qilindi va hokazo.
      Akademiyalar bilan bir vaqtda  ilmiy jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu 
jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» 
hisoblanadi.
     Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining eng muhim ikki xususiyati 
birinchidan uning kuzatishga, tajribaga, eksprimentga, ikkinchidan matematikaga 
tayanganida edi. Aniqlik va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i bo’lib qoldi. Yangi
fannnig XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob-
uskunalar (termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, 
elektr mashina, teleskop, mikroskop va hokazo)ning ixtiro qilishi va 
takomillashtirilishi asosida , ikkinchi tomondan matematikaning tez  rivojlinishi 
asosida bordi. 
     Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab chiqarishiga va ilk 
mashinalashgan ishlab chiqarishga bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan 
edi. Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga aylanayotgan manufaktura davrida 
mexanikaning ikki moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi.
      Mashinalashgan sanoatga o’tishda yana shu ikkala moddiy negiz asos bo’lgan 
edi:
      Soat – amaliy maqsadlar uchun ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib,  tekis 
harakat bilan ishlaydigan ishlab chiqarish nazariyasi ana shu soat asosida 
rivojlangan.
     Tegirmon – dastlabki  suv tegirmoni qurilgan vaqtlardan boshlaboq unda 
mashina organizmining hamma muhim elementlari bor edi. Harakatga keltiruvchi 
kuchning me’yorini o’lchash, bu kuchni qo’llashdagi eng yaxshi usullar - tishli 
uzatma, tishlar haqidagi va ishqalanish haqidagi ta’limotga ham ana shu tegirmon 
asos bo’ldi.
     Shunday qilib, fan va texnika, ayniqsa, matematika, mexanika va astronomiya 
fanlari mashinalashgan sanoatga o’tish, kapitalistik sanoatning taraqqiy qilishi va 
diniy dunyoqarashni yengish asosida rivojlanib bordi.
      Sanoatning va tabiiy fanlarning tezkor rivoji, ilmiy izlanishlar, eksprimentlar 
va tajribalar tufayli erishilayotgan yutuqlar va falsafa fanining materiyalistik  yunalishiga turtki berdi… (falsafiy dunyoqarishni yoritish kerak)
     Tabiiy fanlar:       
       Galiley, Kipler va Nyutonlarning zamondoshlari ichida ko’plab tabiatshunos 
olimlar mavjud edi. Ana shulardan biri italyan fizigi va matematigi  Evandjelista 
Torrichelli (1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti Kastilli rahbarligida matematik 
ma’lumot oladi. Torrichellining «Traktat o dvijenii tyajelыx tel», nomli asari 
Galileyning e’tiborini tortadi. Galiley o’z asarlaridan birini qayta ishlab chiqishni 
ishonib unga topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 1642 yilda Torrichelli Pizan 
universiteti matematik professori lavozimini yoki o’rnini egallaydi. Torrichelli 39 
yoshida, ya’ni erta vafot etsada, fan tarixida katta ishlar qilishga erishdi. Torrichelli
matematika, mexanika, gidravlika sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda yanada 
tanitgan ishi, bu o’ta oddiy tajriba usuli bilan Yerning yuza qismiga havoning 
bosimi mavjudligini, ya’ni havonining og’irligini aniqladi va namoyish qildi, 
atmosfera bosimini o’lchash uchun oddiy barometrni ixtiro qildi.
     Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli sohalar bilan shug’ullangan 
olimlardan biri hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) difraksiyasi, gidravlika va 
ayniqsa u o’zining gazlar hususiyatlari ustida olib borgan tajribalari bilan tanilgan.
      Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda va undan mustaqil ravishda Edm Mariott 
ham 1676 yilda eksprimental ravishda «Boyl-Mariott qonuni» deb ataluvchi 
qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas 
temperaturada bosim hajmga teskari proporsionaldir:          R1 = V2    R2 = V1
       Temperatura ortishi bilan gaz bosimining ortishini 1787 yilda fransuz fizigi 
J.Sharl eksperimental ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl qonuni nomi bilan 
ataladi, ya’ni: muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut 
temperaturaga proporsionaldir:         
                          R1 = T1        R2 = T2
      Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. Mariott Parij Fanlar Akademiyasining eng 
birinchi a’zolaridan biri hisoblanadi.
      Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor 
qurg’onida gersog oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi 
taniqli kolledjda o’qidi. Italiya va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha 
yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. 
Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel 
boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi bilan jang olib borayotganida 
ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi.
      1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida 
ham Boyl asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford 
universitetining fizika fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl 
«Qirollik jamiyati»ning prezidenti lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu  lavozimni rad etadi.
      Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning 
boshlang’ich davrida uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton 
ham jamiyatning gullab-yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi».
      Boylning yaqin do’sti va birinchi yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat 
ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib eksperimentator Robert Guk (1635-1703) 
edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl 
Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U 
Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, 
fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan Guk metallarning mexanik xossalari, 
materiallarning elastik deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi ustida ish olib 
borib, fanda «Guk qonuni» deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. Uning ixtirosi, 
ya’ni aylanma prujinli mayatnik keyinchalik aniq soat va xronometrlarning 
yaratilishiga asos bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop sxemasini takomillashtirdi.»
     Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi
yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki Nyuton va Maksvell kabi yuksak 
matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. 
O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl ensiklopedist olim edi. Uning fandagi 
asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga aylanishini boshlab berdi.
      Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) matematik, fizik, yozuvchi va diniy 
faylasuf edi. U Klermon- Ferrane shahrida matematik E.Paskal oilasida tug’iladi. 
1655 yilda B.Paskal Por-Royaldagi yanseniychilik (Kalvinizmga yaqin diniy-
falsafiy oqim. Gollandiyalik va’zchi Yanseniy asos solgan) monastiriga joylashib, 
bu oqimning maslakdoshlaridan biriga aylanadi. Matematika va fizika sohasida 
ko’p ishlar qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. Bu qonunga ko’ra suyuqlik 
yuzasiga qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik orqali barcha yunalishda bir xil 
uzatiladi. Masalan:
       «Havoning massasi haqida»gi asarida Paskal havo bosimining zichligi Yer 
yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa shuncha kamayib borishini aniqlaydi. Shu 
bilan birga barometr ko’rsatgichi havoning holatiga, ya’ni temperaturasiga va 
namligiga bog’liq va shuning uchun ham barometr ob-havoni oldindan aytib berish
pribori bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
      Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk golland matematigi, fizigi va 
mexanigi Xristian Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va siyosiy arbob 
oilasida tug’iladi. Nederlandiyaning Leyden va Bredi shaharlaridagi 
universitetlarida o’qib, huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 yoshida 
aylana, ellips va giperbola yoylari uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini 
e’lon qildi.
      Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga qiziqib qoldi. U R.Guk bilan  birgalikda termometrning doimiy nuqtalarini – muzning erish nuqtasi va suvning 
qaynash nuqtasini aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar obyektivlarining
yorug’lik kuchini oshirib, ularni takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida 
Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri Titanni kashf etdi va uning 
aylanish davrini hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum bo’lgan halqalar 
borligini aniqladi. O’zining «Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u 
mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan qator muammolarni tadqiq qildi.
     Gyuygensning matematika, mexanika va astronomiyaga oid asarlari unga katta 
shuhrat keltirdi. Gyuygens Londonga kelib ko’plab ingliz olimlari bilan tanishdi va
u 1663 yilda London «Qirollik jamiyati»ning birinchi xorijiy a’zosi bo’ldi.
     Fransuz olimlarining taklifiga ko’ra u 1665 yilda Parijga keldi va bu yerda 16 
yil yashadi. Fransuz Fanlar akademiyasi raisligiga taklif qilindi.
     1681 yil Gyuygens vataniga qaytadi va optika bilan shug’ullanadi. U yaratgan 
okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining optika haqidagi ishlarini 
Gyuygens 1690 yilda nashr qilingan «Yorug’lik haqida traktat» nomli asarida e’lon
qildi. Bu asarda u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. M: 
island shpati kristalida ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. 
Optik bir o’qli kristallardagi klassik sinish nazariyasi hozirda ham Gyuygens 
ta’limoti asosida bayon qilinadi.
     «Yorug’lik haqidagi traktat»ga «Og’irlik sabablari» degan ilova qo’shilgan edi. 
Bunda olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi. 
Gyuygensning ko’pgina muhim ishlari uning vafotidan keyingina bosilib chiqdi. 
M: «Jismlarning zarba ta’siridagi harakatlari haqida», «Diopritika», 
«Kosmoteoros» va boshqalar.
     Endi XVIII asrda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy ishlar rivojini tahlil qilishni biz 
buyuk matematik va fizik, Peterburg Fanlar akademiyasi a’zosi Leonard Eyler 
faoliyati bilan boshlaymiz.   
Turkistonda fan. XVIII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining Markaziy 
Osiyo va madaniyati o’ziga xos ravishda rivojlandi. Chunki bu davrdagi feodal 
tarqoqlik urushlari, xonliklar o’rtasidagi bo’lib turgan dahshatli janglar ilm ahliga 
qanchalik kulfat keltirgan bo’lmasin, u ilm-fan, san’at, va adabiyot rivojini 
to’xtatib qo’ya olmadi. 
     Shunday bo’lsada XVII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo regionida IX – XII va 
XIV – XVI asrlarga nisbatan tabiiy fanlar sohasidagi rivojlanish bir muncha 
tushkunlikka uchradi. Bu davrga kelib bir paytlar dunyo fanining beshigini 
tebratgan yurt, endi o’rta asrlarda, ya’ni xorazmshohlar, somoniylar va temuriylar 
davrida egallagan ilm-fan sohasidagi mavqyeini Yevropaga bo’shatib berayotgan 
edi.
     Biz tahlil qilayotgan ushbu davrlarda Yevropada manufakturalar o’rtasidagi  raqobat, buyuk geografik kashfiyotlar, dengiz orqali savdo qilish, sanoat to’ntarishi
va kapitalistik ishlab chiqarish jarayonining yanada rivojlanishi natijasida fan va 
texnika sohasida erishiliyotgan ixtirolar asosida katolik cherkovining diniy 
dogmatikasiga kuchli zarba berilayotgan bir paytda bizda, ya’ni O’rta Osiyoda 
xonliklar o’rtasidagi urushlar, jaholat va diniy mutaasiblikning kuchayishi tabiiy 
fanlar rivojiga keskin to’sqinlik qila boshladi. Ta’lim maskanlarimizda (maktab, 
madrasa) asosan diniy ta’limotni o’rganishga bo’lgan ruju dunyoviy fanlarning 
davlat darajasida e’tibordan chetda qolishiga, shuningdek jahon fani yutuqlarini 
o’lkaga tatbiq qilish va tashqi ilmiy aloqalar o’rnatish masalalarining keskin 
susayishiga olib keldi.
     Biroq ushbu murakkab tarixiy davrning mashaqqatlariga qaramasdan fan, 
adabiyot va san’at sohasida iste’dodli fan arboblari, atoqli shoir va yozuvchi 
olimlarimiz yetishib chiqdi. Ana shulardan biri Bobokolon Muftiy bo’lib, (Risola 
dar ilmu hisob) uning matematikaga oid traktatlari XVII – XIX asrlar davomida 
O’rta Osiyo madrasalarida o’quv qo’llanmasi bo’lib xizmat qildi. Mirza Badi – 
Divonning «Predpisaniye fiska» nomli matematikaga oid ishlari xonlik 
devonxonasi xodimlari tomonidan yer-mulk hisob-kitobi ishlarida foydalanilgan.
     Matematika va astronomiya sohasida faoliyat  ko’rsatgan olimlardan: Mahmud 
ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; Munajjim Muhammad 
Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; Muhammad Amin ibn 
Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali hisobi»; Soqi Muhammad 
Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari bu davr fanining yorqin 
namunalaridan hisoblanadi.
     Astronomiya fani rivojiga katta hissa qo’shgan olimlarimizdan biri bu Ahmad 
Donish (1827-1897) bo’lib, u chuqur bilimli, dunyoqarashi nihoyatda keng 
bo’lganligi sababli zamondoshlari tomonidan Ahmad Kallali -  Donish degan laqab
olgan. Ahmad Donish fan va hunarning bir necha sohalariga qiziqqan. U 
astronomiya, falsafa, tarix, she’riyat, adabiyot, pedagogika va hattotlik bilan 
shug’ullangan. Uni dunyoga mashhur  qilgan asarlari bu «Jadvali soat» (1876); 
«Majmui risolai nujumiy»(1876); «Taqvimiy soli asr»(1881); «Navodirul 
vaqoye»(1882); «Mang’it amirlari tarix»(1883) va boshqalardir.
     Nodir voqyealar nomli asarida Ahmad Donish – olamning abadiyligi, Yerning 
sharsimon ekanligi, planetalarning harakat qilib turishi, Oy va Quyosh tutilishlari 
haqida o’z fikrlarini bildirib, buning sabablarini tabiatning o’zidan qidirish 
zarurligini aytib o’tadi. 
     XVII asrning yirik geograflaridan biri qomusiy olim Mahmud ibn Vali 
hisoblanadi. Uning 1636 yilda yozilgan «Bahr ul - asror» (Sirlar dengizi) asari 
O’rta Osiyo geografiyasiga bag’ishlanib, unda dengizlar, daryolar, orollar, 
shaharlar va ularning tabiiy boyliklari alfavit tartibida keltirilgan.       Bu davrda yashagan Muhammad Tohir  ibn Abulqosimning «Chudesa zemnыx 
poyasov» nomli geografiko-kosmografik asari asosan yerning yetti iqlim 
hududlariga bag’ishlanadi.
     Boburning xolavachchasi hisoblangan Muhammad Haydar (1500-1556)ning 
«Tarxiy Rashidiy» asarida ham Qoshg’ar, Yorkent, Tibet, Hindiston haqida 
geografik ma’lumotlar keltiriladi.
     Ushbu davrda tibbiyot fani ham rivojlanib, bu sohada bir qator mashhur olimlar 
yetishib chiqadi. Ana shulardan biri mashhur tabib Ubaydullo ibn Muhammad 
Yusuf hisoblanadi. U asosan ko’z kasalliklari bilan shug’ullanganligi uchun xalq 
orasida «Ubaydulla Qahhol» nomini oladi. 1598 yil u «Davolash usullari haqida» 
asar yozadi. Uning bo’limlaridan 18 tasida ayollar kasaliklari, bolalar gigiyenasi, 
bolalar kasalliklari, toksikologiya, kosmetika, semizlik va oriqlik muammolari 
yoritilgan. Ashtarxoniy Subhonqulixon ham (1680–1702) tibbiyotga oid «Ihyo at-
tabibiy Subhoniy» (Subhoniy tabobati bo’yicha davolash) degan risola yozgan. 
                
Mavzu bo’yicha savollar:
XVII-XIX asr boshlarida fan rivojining tarixiy sharoitlari va uning pasayish 
sabablari nimada?
Turkiston xalqlari fani rivoji va unga rus olimlarining qo’shgan hissasi qay 
darajada?
Turkiston jadidlarini ilm-fanga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina 
davlatlarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot sekulyarizasiyasini misollar bilan 
gapirib bering
XVII asrdan fanning tez sur’at bilan yuksalib borishi sabablari nimada?
XVII-XVIII asr fanining asosiy olimlaridan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar ro’yhati
1) Bernal D.J. Nauka i obshyestvo.  M. 1953
2) Bernal. D.J.   Nauka i obshyestvo. M. 1956
3) Isxakov F. Nasionalnaya politika sarizma v Turkestane. T. 1997
     4) Lunin B. V Istoriografiya obshyestvennыx nauk v Uzbekistane. T. 1972 
     5) Virgenskiy V.S. Istoriya nauki i texniki.  M. 1977
     6) Kurilin  V. A. Stranisi istorii nauki i texniki   M. 1986 12-Mavzu: XX asr ilmiy texnika taraqqiyoti, O’zbekiston fani va uning rivoji
Reja :
XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik 
tamonlari
XX asr boshida fizika fani rivoji
Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishi
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan O’zbekiston fani tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
     XX asrni olimlar « ilmiy-texnik progress» (ITP) va «ilmiy-texnik inqilob» (ITI)
asri deb atashadi. ITP va ITI deganda quyidagilar tushuniladi. 
     Ilmiy-texnik progress - bu fan va texnikaning yaxlitligi, o’zaro bog’liqligidir. 
Fan asta sekin ishlab chiqirish xizmatkoriga aylana boradi, chunki, ishlab-chikarish
progressi va texnik taraqqiyot faqat ilmiy progress asosida rivojlana oladi. Ilmiy 
texnalogiya inqilobi - bu fanning ijtimoiy ishlab chikarish taraqqiyotining asosiy 
va ilg’or faktoriga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarini tubdan sifatli 
o’zgarishidir. 
     Bunda texnik vazifalarni hal qilishga endi barcha fanlar qatnashadi. Ilmiy 
kashfiyotlar orkasidan bir qator ishlab-chikarish tarmoqlari vujudga keladi: M: 
radioelektronika, atom energitikasining kashf etilishi, kosmonavtika va yaqin 
kosmosning o’zlashtirilishi, informatika va hisoblash texnikasining kashf etilishi,  
kompyuterlar, rabotlar, Yerning suniy yo’ldoshi, yangi energiya manbalari, 
biotexnologiya va gen injeneriyasi hamda kimyo sanoat rivojlandi.
     Shuningdek, XX asrda fanning boshka sohalarida ulkan kashfiyotlar kilindi: 
Mas: ximiya fani sohasidagi yutuqlar katta axamiyat kasb etdi, ayniqsa sun’iy 
materiallarni yaratish bo’yicha. Biologiya va genetika sohasida ham katta ishlar 
qilindi, ilgari davosi yo’qk kasalliklar ustidan g’alaba qilina boshlandi. Vitaminlar,
garmonlar kashf qilindi. Mas. Ingliz mikrobiologi F.Tuort bakteriya virusini-  bakteriofagni kashf qildi. 
     Bu davrda Yer haqidagi fanlarda: geologiya, giofizika, okeanografiya, 
meteorologiya va boshka fanlar sohasida katta yutuqlarga erishildi.  
     XX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ko’pgina kashfiyotlar ikkala jahon urushi 
oralig’ida keng qo’llanildi. Bular: telegraf, telefon, radio, fuqaro aviasiyasi, 
kinematografiya va boshqalar.
     Kishilar kundalik hayotidagi texnik vositalarning roli va o’rni o’zgardi, ya’ni 
elektr yoritgichlar, tramvay va avtomabil, lift, pilesos, muzlatkich, ovoz yozish 
vositalari va televideniya kashf qilindi. 1928 y. 26 iyunda Toshkentda 
B.P.Grabovskiy boshchiligidagi bir guruh kashfiyotchilar ekranga 
harakatlanayotgan tramvay tasvirini uzatib uni ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.
     1896 yil rus olimi Siolkovskiy insonni kosmosga va hatto Quyosh sistemasiga 
chiqishi uchun kosmik apparatlarni loyihalashtirdi. Kosmosni amaliy ilmiy 
o’rganish 1957 yilda sobik sovet ittifoqining Yerning birinchi sun’iy yo’ldoshini 
kosmosga uchirishdan boshlandi. 1861 yil Yu.Gagarin kosmosga parvoz qildi. 
1969 y. amerikalik kosmonavtlar oyga qo’nishdi. Insoniyat tarixida kosmik era 
boshlandi. 
     90 yillarda yangi fan - gen injeneriyasi vujudga keldi. 1998 yil klonlangan 
birinchi hayvon yaratildi. 60-70 yillarda buyrakni o’tkazish (peresadka) va sun’iy 
yurak ixtiro qilindi va hokazo.
  Shunday qilib biz XX asrning buyuk kashfiyotlari to’g’risida qisqacha eslab 
o’tdik. Endi bu davrda O’zbekistonda fan rivojini kuzatadigan bo’lsak, avvalo biz 
buni XIX - asr oxiri, XX-asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik 
harakatidan boshlashimiz kerak. Ular tomonidan yaratilgan yangi usul maktablari 
milliy intellektual elitamizni, milliy fanimizni rivojlanishiga juda katta turtki berdi.
     Jadidchilikni nafaqat yangi oqim sifatida baholash kerak, balki unga 
Turkistonda yangi iqtisodiy-siyosiy qayta qurish konsepsiyasining tug’ilishi, 
gumanitar fanlar, ijtimoiy-siyosiy fikrlarning gullab – yashnagan davri deb qarash 
kerak. Jadidlar o’sha davrda jaholatdan ma’rifat orqali chiqish yo’llarini izladilar. 
Ularning ko’pchiligi sovet totalitar rejimining qurbonlariga aylandilar.
     XX asrning 20-yillarida Turkistonda birinchi milliy kadrlar tayyorlashda, milliy
intelligensiyani shakllanishida Toshkent (O’rta Osiyo)  Davlat Universiteti katta 
rol o’ynadi. Bu universitet 1918 yilda mahalliy vatanparvar – ma’rifatchilar 
tomonidan tashkil etildi va o’z faoliyatini Turkiston Xalq Universiteti nomi bilan 
boshladi. 1920 yilda Davlat Universiteti maqomini oldi. Bu dargoh O’zbekistonda 
oliy ma’lumot va fanning keyingi rivojiga  katta hissa qo’shdi. Keyinchalik 
O’zbekistonda bir qator Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish 
institutlari tashkil etildi. 
     30 - yillarda O’zbekiston fani rivojida burilish davri bo’ldi. Birinchi  milliy  kadrlarimiz, milliy olimlarimiz respublika xalk xo’jaligini rivojlantirishning bir 
qator amaliy va nazariy muammolari ustida samarali ilmiy ish olib bordilar.
     Barcha ilmiy fanlar va yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan olimlardan: geologlar 
X.M. Abdullayev, G.A.Mavlonov, N.A.Kenesarin, matematiklar T.N.Qori-
Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, biologlardan T.Z.Zoxidov, A.G.G’ulomov, ximiklar 
A.S.Sodiqov, K.S.Ahmedov, tarixchi Ya.G’.G’ulomov va boshqalar bu fan 
yunalishlarining asoschilari sifatida dunyoga tanildi. Ilmiy-tekshirish muassasalari 
tarmoqlarining tez o’sishi natijasida ular ishini koordinasiyalash va boshqarish 
maqsadida 1932 yil O’zbekiston Fanlar Qo’mitasi tashkil etildi. 1940 yil 8 
oktyabrda Qo’mita bazasida SSSR FA ning O’zbek filiali tashkil etildi. 1941 yil 
O’zbekistonda 8 ming ilmiy xodim ishlagan 75 ta ilmiy muassasa mavjud edi.  
     Milliy intelligensiyamizning shakllanishi jarayoni murakkab davrda kechdi. 
Qatag’onlar uning safidagi sara gullarni olib ketdi. Biroq bu O’zbekistonda fan 
rivojini to’xtata olmadi. Urush yillarida o’zbek olimlari Markazdan evakuasiya 
qilingan olimlar bilan birga bir qator ilmiy muammolar ustida samarali mehnat 
qildilar.
     1943 yil 4 noyabrda O’zbekiston FA ning tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Unga 
10 ta ilmiy tekshirish institutlari kirdi. Uning birinchi prezidenti etib matematik 
T.N. Kori-Niyoziy saylandi. 1944 yillar oxirida FA tizimida 22 ta ilmiy muassasa 
faoliyat ko’rsatdi.    
     50-70  yillarda Respublikada yangi talantli olimlar pleyadasi vujudga keldi. 
Bular: geolog-akad. I.X.Hamraboyev, bioximik-akad. Ya.X.To’raqulov, ximiklar –
akad. M.N.Nabiyev, S.N.Yunusov, texnika fanlari sohasi akademiklari- M.T. 
O’ozbayev, M.A.Xodjinov va boshqalarning ilmiy ishlari dunyoga tanildi.
     50 yillar boshlarida fan rivojiga qatag’onlarning yangi to’lqini salbiy ta’sir 
ko’rsatdi. 30-yillarda qatag’onlar asosan partiya, sovet, xo’jalik va harbiy 
kadrlarga qaratilgan bo’lsa, 50-yilning boshlarida qatag’onlar asosan fan va 
madaniyat arboblariga zarba berdi. 
     60-80 yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi, «Sovuq urush» va 
«Qurollanish poygasi» XSK (VPK) harbiy sanoat kompleksi sohasida bir qator fan
tarmoqlarining rivojlanishi zaruratini keltirib chiqardi.
     Baxtga qarshi XSK sohasidagi yangi texnologiyalar xalq xo’jaligi sohasiga 
joriy etilmadi. Natijada SSSR boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan sanoat va 
texnologik taraqqiyot borasida birmuncha orqada qola boshladi.  
     Shunga qaramasdan bu davrlarda O’zbekistonning chet el davlatlari bilan ilmiy 
va madaniy aloqalari rivojlandi. O’zbekistonning ilmiy tekshirish muassasalarida 
300 dan ortik chet el olimlari bo’lishdi. Respublika o’quv dargohlarida minglab 
chet el talabalari bilim olishdi.   Mavzu bo’yicha savollar:
XX asr fani rivojining tarixiy sharoitlari, asosiy bosqichlari va o’ziga xoslik 
tamonlari nimada?
XX asr boshida fizika fani rivojiga misollar keltiring
Fanning yangi sihalari yo’nalishi va rivojlanishini tahlil qiling.
Adabiyotlar ro’yhati
1) Abdunabiyev A. Saidov M. Sto imen v vitke istorii.  T. 2000
2) Bernal D.J. “Nauka v istorii obshestva” M.1956
3) Bernal D.J.   Nauka i obshestvo M. 1953
4) Kurilin  V.A.   Stranisi istorii nauki i texniki   M. 1986
13-Mavzu: Mustaqillik davrida fan rivojining yangi bosqichi.
    
Reja:
Prezident I.A.Karimov asarlari
Mustaqillik yillarida fanlar rivoji
Istiqlol yillarida texnika taraqqiyotining o’sishi
Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining 
tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli
davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Mustaqillik davri tarixi faniga berilgan 
ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. 
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, 
tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar
Tayanch iboralari:
O’zbekiston, ilm-fan va madaniyat, Markaziy Osiyo, arxeologik qazishlar, 
mustaqillik, Prezidentimiz I.A.Karimov, madaniy markazlari, «Ta’lim 
to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur», 1997 yil 13 
yanvar qarori.
     O’zbekiston - ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan 
biri, umuminsoniy sivilizasiyaning ajralmas bir qismi hisoblanadi. 
     Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik  qazishlar va tadqiqotlar bu zaminda odamlar juda qadimdan yashaganligini va 
ularda dastlabki emperik (tajribaga asoslangan) bilimlar shakllana boshlaganligini 
ko’rsatadi. 
     O’zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ana shu qadimiy ilmiy merosni
o’rganib, uni boyitib, o’z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilmu-fani va 
madaniyatiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.
     O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach o’zbek olimlarining 
faoliyatida va o’zbek faniing rivojida yangi bir davr, yangi bir bosqich boshlandi. 
«Bizning istiqbolimiz- deb aytgan edi I.A. Karimov O’zbekiston Fanlar 
Akademiyasining 50–yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisda - ko’p jihatdan 
olimlarning hozirgi ilmiy izlanishlariga, ularning yuksak qobiliyatlariga va oqilona
tavsiyalariga bog’liq».* Darxaqiqat Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek 
bugungi o’zbek faninig vazifasi – kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib 
berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini va qonuniyatlarini aniqlab, ko’rsatib 
berishdan iboratdir.
Bugungi kunda O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy- madaniy markaz 
hisoblanib, mamlakatda 59 ta (61ta) Oliy o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda, 
shulardan 16 tasi universitet: 
Toshkent universiteti.
Toshkent texnika universiteti. 
* Karimov I.A. Nasha sel: svobodnaya i prosvetayushaya Rodina. T.,               t.2, 
1996., 77-78str.
     3. Toshkent iqtisodiyot universiteti.
     4. O’zbekiston jahon tillari universiteti. 
    5. Samarqand Davlat universiteti. 
    6. Andijon universiteti. 
    7. Buxoro universiteti. 
    8. Namangan universiteti. 
    9. Termiz universiteti.
    10. Urganch universiteti. 
    11. Farg’ona  universiteti. 
    12. Qarshi  universiteti. 
    13. Qaroqalpoq universiteti. 
    14. Toshkent agrar universiteti. 
    15. Jaxon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti. 
    16. Guliston universiteti. 
     Qolgan 39 tasi  pedagogika, tibbiyot, texnika, iqtisodiyot, qishloq xo’jalik, 
san’at, madaniyat va boshqa institutlardir. Ularda 300 mingga yaqin talaba bilim 
olmoqda. Oliy o’quv yurtlari 276 ta mutaxassislik bo’yicha mutaxassislar  tayyorlamoqda.* Shuningdek respublikamizda 140 dan ortiq  ilmiy-tekshirish 
institutlari bo’lib, ularda 20 mingdan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.* 
     Shu bilan birga yurtimizda 246 (258) ta o’rta maxsus o’quv yurtlari, shu 
jumladan 16 kollej, 133 ta texnikum, 102 ta bilim yurti faoliyat yuritadi. Ularda 
qariyb 250 ming o’quvchi 170 (198) mutaxassislik bo’yicha ta’lim oladi.* 
     O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga (1997 yil 2 avgust) 
muvofiq, umumiy ta’lim uch bosqichdan iborat:
    - boshlang’ich ta’lim --------- (1- 4 sinflar);
    - tayanch ta’lim -----------------(5 – 9 sinflar);  
    - o’rta ta’lim -------------------(10 – 11 sinflar).
    * 100 savolga 100 javob. T., O’qituvchi. 1998., 103 bet.
    * Katyukova T.V. Istorii nauki. T., 2002., str.74.
     Mazkur qonunga ko’ra majburiy ta’lim muddati 9 yilga keltirildi va tayanch 
ta’lim muddatini qamrab oladigan bo’ldi. 1995 yilgi ma’lumotga ko’ra 
O’zbekiston Respublikasida 183 boshlang’ich maktab, 1814 tayanch maktab, 7203
o’rta maktab va 184 kechki maktab bo’lib, ularda 418,7 ming pedagog ishlaydi.
     O’zbekiston maktablarida ta’lim o’zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, rus, 
turkman va tojik tillarida olib boriladi. Shuningdek O’zbekiston uchun yangi 
bo’lgan o’quv yurti turlari: gimnaziya, lisey, biznes maktab va boshqalar ochildi. 
O’zbekiston Respublikasida 185 ta gimnaziya (15,5 ming o’quvchi), 187 ta 
umumta’lim liseyi (50 ming o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi.
     Yana O’zbekistonda 1000 ga yaqin maktabdan tashqari ta’lim muassalari 
faoliyat ko’rsatmoqda:
    -230 ta o’quvchilar saroyi va uyi;
    -137 ta yosh texniklar;
    -118 ta tabiatshunoslar;
    -42 ta yosh sayohatchilari markazi;
    -360 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va h.k.
     1997 yil 29 avgustda Oliy Majlis «Ta’lim to’g’risida» yangi qonun va «Kadrlar 
tayyorlash bo’yicha Milliy dastur» qabul qildi. O’zbekistonda 12 yillik majburiy 
ta’lim joriy qilindi. 9 – sinfni bitirgan yoshlar uch yillik akademik lisey yoki kasb-
hunar kollejlarida o’qiydigan bo’ldi:
     O’zbekistonda uzluksiz ta’lim quyidagi turlarda amallar oshiriladigan bo’ldi:
    -maktabgacha ta’lim;
    -umumiy o’rta ta’lim;
    -o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi;
    -oliy ta’lim;
    -oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
    -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;     -maktabdan tashqari ta’lim.       
     Shu bilan birga O’zbekiston mustaqillikka erishgach sobiq ittifoq davrida 
O’zbekistonda atayin tashkil qilinmagan bir qator muhim (harbiy strategik) 
ixtisosliklar bo’yicha alohida oliy o’quv yurtlarini tashkil eta boshladi. Bularga: 
    -Mudofaa vazirligi qoshidagi Harbiy akademiya;
    -Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi;
    -Bank-moliya akademiyasi;
    -Toshkent aviasiya instituti;
    -Navoiy tog’-kon instituti;
    -Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi o’nlab yangi o’quv 
muassalari tashkil etildi.
     Shunday qilib «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Respublikamizda davr 
talabiga mos keladigan, boy aqliy merosi, ijodiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib 
turadngan yuqori darajada kamolotga erishgan mutaxassislarning yangi avlodini 
shakllantirishni ko’zda tutadi. Shu maqsadda jahonning ilg’or universitetlari 
tajribalaridan kelib chiqqan holda 1993 yildan Oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlariga talabalar qabul qilishda test sinovi o’tkazishga qaror qilindi. Bolalarning 
aqliy qobiliyati va iqtidorini ilmiy test tuzish usulida aniqlashni fransuz psixologi 
Alfred Bine ishlab chiqqan bo’lib, bu tizim g’arbiyevropa mamlakatlarida keng 
tarqalgan.
     Bundan tashqari 1993 yil Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida ikki pog’onali 
o’qish tizimiga o’tish uchun Nizom va Dasturlar ishlab chiqildi. Bunda bakalavr 
ilmiy darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik ilmiy (akademik) darajasini olish 
uchun 6 yil o’qish talab qilinishi ko’zda tutiladi.
     Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni 
amalga oshirish uchun jahon andozalari darajasida bilim olgan iste’dodli, ruhan 
barkamol yosh milliy kadrlar zarur. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov va Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvar qaroriga 
muvofiq «iste’dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xorij 
mamlakatlarda o’qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyoti qonuniyatlarini 
o’rganishlari maqsadida «Umid» jamg’armasi tuzildi».
     Ariza bergan har bir yosh yigit va qiz maxsus tanlovdan o’tadi, ya’ni 2-3 kurs 
talabalari ta’limning bakalavr usuli bo’yicha tanlov uchun o’tkaziladigan saralash 
imtihonlarida, bitiruvchi talabalar, korxona va tashkilotlarning oliy ma’lumotli 
yosh xodimlari ta’limning magistrlik usuli bo’yicha tanlov uchun saralash 
imtihonlaridan o’tadilar.
     Bu ishga ta’lim va til o’rganish bo’yicha Aksels, Ayreks, Britaniya kengashi, 
Konrad Adenauer Fondi, Tasis kabi xalqaro tashkilotlar hamkorlik qilmoqda. 
Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan yoshlarga horijiy o’quv yurtlarida bilim  olish uchun prezident granti berildi.
     Hozirgi vaqtda O’zbekistonlik yoshlar AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, 
Germaniya va Yaponiyaning mashhur oliy o’quv yurtlarida o’qishmoqda.        
Mavzu bo’yicha savollar:
Prezident I.A.Karimov asarlarining Fan uchun muhim ahamiyatlarini aytib bering
Mustaqillik yillarida fanlar rivojining asosiy omillari nimada?
Istiqlol yillarida texnika taraqqiyotining o’sishi sabablari haqida ma’lumot bering. 
Adabiyotlar ro’yhati
Karimov. I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q  T. “Sharq” 1998
Karimov. I.A. Naznacheniye nauki - slujit rassvetu Rodinы   T. 1996
Karimov I.A. Amir Temur faxrimiz g’ururimiz    T. 1997
Tyurikov V., Shagulyamov R. Po puti nezavisimosti. T. 1996.

1- Mavzu: Kirish: Fan tushunchasi. Reja: 1. Fan tushunchasi. 2. Fan tarixi kursining predmeti va asosiy vazifalari. 3. Fanning vujudga kelishi va fan rivojining tarixiy shart- sharoitlari hamda bosqichlari. 4. Fan aspektlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Fan tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralari: Fan, texnika, tara qq iyot, sivilizasiya, malaka, tajriba, ixtiro, ilk sivilizasiya markazlari, Misr, Mesopatamiya, fanning to’rt bos q ichi, fan aspektlari: institut, metod, bilimlarni to’plash, tara qq iyot faktori, olam va odam o’rtasidagi faktor, jamiyat va fan. O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini qo’ygan va bu yo’lda dastlabki, lekin juda muhim qadamlar qo’yayotgan jarayonda fanga bo’lgan e’tibor kundan kunga ortmoqda. Negaki dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual salohiyatda, fikrda, aqlda, fan va ilg’or texnologiyalardadir. Chunki fan va texnika olga siljigan sayin beto’xtov yangilanib boradigan jarayondir. Shu borada Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan lutf etilgan: “Kuch - bilim va tafakkurda hamda uning rivojida” degan hikmat aynan bugun va ertangi kun uchun aytilgandir. Yurtboshimiz I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida fan to’g’risida shunday degan edilar: “Umuman men fanni ilg’or, taraqqiyot, progress degan so’zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotining olg’a siljituvchi kuchi, vositasi bo’lmog’i lozim.” (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.” Muloqot

jurnali, 1998 y 3 sentyabr). Darhaqiqat jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bu - fan hisoblanadi. Iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat qurishning yangi strategiyasi - bu fanning ham mazkur tizimda tutgan o’rni va rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruratini ilgari suradi. Ana shu zaruriyat bugungi xalqimiz oldida turgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun kerakli ilmiy xulosalar chiqarish uchun fan va texnikaga, uning vujudga kelish tarixini o’rganishga, uning rivojlanish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotida roli va ahamiyatini o’rganishga bo’lgan talab va ehtiyojning oshib borishiga sabab bo’lmoqda. Biz o’rganayotgan “Fan tarixi” predmetining maqsad va vazifalari ham O’zbekistonning bugungi salohiyati va iqtisodini yanada takomillashtirish, el- yurtimiz omonligi, faravonligi va baxtli kelajagini yaratish uchun zarur bo’lgan ilmiy xulosalar chiqarish yuzasidan xizmat qilmogi lozim. Shunday qilib jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bo’lgan fan va uning rivojlanishi har doim konkret-tarixiy sharoitlar jarayoni bilan bog’liq. Bu tarixiy sharoitlar jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish usullari bilan aniqlanadi. Fan oldidagi vazifalar, fanga bo’lgan munosabat va sharoitlarning barchasi jamiyat taraqqiyotining bosqichlari, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan, bog’liqdir. Chunki tarixda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari erishgan darajaga javob bermasligi natijasida fanning rivojiga va uning yutuqlarini jamiyatda qo’llashga bo’lgan to’sqinlik holatlari juda ko’p uchraydi. Shuning uchun fanning rivojlanishi insoniyat tarixida juda notekisdir. Fanning eng tez rivojlangan bosqichlari hatto ayrim holatlarda turg’unlik va tushkinlik bosqichlari bilan almashilgan. Ammo jamiyat hayotida fanning ahamiyati va unga bo’lgan e’tibor umuman olganda doimiy o’sib borgan. Chunki insoniyatning butun kelajakka bo’lgan umidi fan progressi jarayoni bilan bog’liqdir. Biroq har qanday ilmiy taraqqiyot jarayoni jamiyat nazorati ostida bo’lishi kerak. Fanni boshqarish kerak. xuddi shuning uchun ham bugun fan taraqqiyoti nazariyasini qurish vazifasi o’ta muhimdir. Fanni boshqarish va uni tashkil qilish uchun amaliy tavsiyanoma bo’lgan umumiy fan nazariyasini yaratish kerak. Shuning uchun ham hozirgi kunda fan tarixi va uning rivojlanishi predmetining maxsus fan sifatidagi aktualligi oshib bormoqda. Qadimgi dunyoning eng yirik ilmiy markazlari bo’lib Misr, Mesopatomiya, Hindiston, Xitoy so’ngra Yunoniston va Rim hisoblanadi. Biroq «Fan tarixi»ning o’zi hozirgi kunda o’z tarixiga ega. Uning mustaqil ilmiy fan sifatida tan olinishi 1892 yilda bo’lib o’tdi, chunki shu yili Fransiyada «Fan tarixi» bo’yicha birinchi maxsus kafedra ochildi. Hozirgi kunda dunyoda 100dan ortiq shunga o’xshash

kafedralar, 40 dan ortiq ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy jamiyatlar mavjud. Fan tarixi bo’yicha shug’ullanayotgan olim soni ham doimiy o’sib bormoqda. Fan tarixi yana o’zining ilk tarixiga, ya’ni vujudga kelishi tarixiga ham ega. Chunki insoniyat tarixi bizdan ancha uzoq bo’lgan o’tmishga borib taqaladi. Inson hayvonat dunyosidan ajralib chiqqan vaqtlardanoq tabiatning tayyor mahsulotlarini, ya’ni yesa bo’ladigan boshoqlar, o’simliklarning barglari va ildiz- mevalarini o’zlashtirish uchun turli usullardan, qurollardan foydalanganlar. Bu esa ibtidoiy odamlarni yaxshi yashash uchun kurash zaruriyatidan kelib chiqqan holda tabiatni, atrof-muhitni kuzatish, o’rganish va shundan xulosa chiqarishga majbur qilardi. Toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan mehnat qurollarini takomillashtirish, ov va termachilik usullarini o’rganish, bir so’z bilan aytganda – o’z imkoniyati darajasidagi barcha ishlar bilan shug’ullanish jarayoni insoniyat tarixining ancha keyingi bosqichlarida fan va texnika degan buyuk nomni oldi. Arxeologik davriy tizimda insoniyat tarixining dastlabki bosqichi bo’lgan «tosh asri» ancha uzoq davrni, ya’ni bundan 3-2 mln yillar avval boshlanib to eramizdan avvalgi 4-3 ming yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ana shu davr ichida ibtidoiy odam tabiatning tayyor mahsulotlarini o’zlashtirish, mehnat qurollarini va olovni, ovchilik va termachilikni, o’q-yoyni, qoya toshlarga rasm chizish va ayollar statuetkalarini yasashni, dehqonchilik va chorvachilik, kulolchilik va kemachilik kabi buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi. Inson hayotidagi har qaysi yangi qadam o’tmishdoshlarimizdan yanada ko’proq tajribani, malakani va bilimlarni talab qilardi. Shunday qilib asta-sekin malaka va bilimlar yig’indisi to’planib borgan va avloddan-avlodga o’tgan. Eramizdan avvalgi 3-1 ming yilliklarni o’z ichiga olgan «bronza asri»ga kelib dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlandi. Bu orada toshga nisbatan ancha mustahkam bo’lgan bronzadan yangi mehnat qurollari motiga, plug, g’ildirak va boshqalar kashf qilindi. Faqat ovchilik hisobiga kun ko’ruvchilar uchun xo’jalikning bu turiga bo’lgan ehtiyoj qisqarib, hayotiy zaruriyatning yanada ishonchliroq bo’lgan manbai, ya’ni qishloq xo’jaligi vujudga keldi. Bu davrda Misr, Mesopatamiya va O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga keldi. Faqat g’ildirak kashf etilishining o’zigina sivilizasiya rivojining muhim dvigateli bo’ldi. Chunki g’ildirakning keng qo’llanilishi suv tegirmoni, chig’ir, charxpalaklarning va ularda qo’llaniladigan gidravlik dvigatellar va richaglarnin kashf etilishiga olib keldi. Birinchi sivilizasiya markazlaridan biri bu Misr hisoblanadi. Misrda dastlabki primitiv kema va qayiqlar qurish oqibatida keyinchalik yanada tez va ishonchli bo’lgan (parusli) yelkanli kemalar kashf qilingan. Parusning kashf etilishi shamol energiyasidan foydalanishda birinchi qadam bo’ldi. Keyinchalik shamol tegirmonlari kashf etildi.

Dastlabki sivilizasiya markazlarida shaharlar, saroylar, xramlar va ulkan piramidalar qurilgan. Biz hali ham o’sha davr fan va san’atining bu me’moriy obidalariga hayratlanib qaraymiz. Dj. Bernalning ta’kidlashicha ilk sivilizasiyalar texnika sohasida katta progressga erishganlar. Masalan: bundan 5 ming yillar ilgari yasalgan ayrim buyumlar o’zining daslabki ko’rinishini deyarli o’zgartirmaganlar. Bizning stol va stullarimiz – deydi Bernal – o’zining o’sha misr hunarmadlari birinchi bor yasagan dastlabki ko’rinishini o’zgartirmagan. Masalan: kreslo bundan 4500 yil avval ( er.avv. 2500yil) yasalganligi ma’lum. Biz hali ham o’sha ilk sivilizasiya davrida ishlatilgan tarelkalarga o’xshash shakldagi tarelkalardan foydalanamiz. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. (Bernal . Dj. Nauka istorii obshestva. Moskva, 1956 g. s 81- 82). Shunday qilib dastlabki sivilizasiyalarning gullab-yashnagan davrlaridanoq fanning ahamiyati muhim o’rin tutgan. Shuning uchun biz fan tarixini o’rganishda insoniyat tarixini uning eng ilk davrlaridan boshlab kuzatib, o’rganib chiqishimiz kerak. bu esa fan tarixi bilan birgalikda butun sosial—iqtisodiy tarixni ham o’rganishni taqozo etadi. Chunki «FAN» (science) so’zi insoniyat tarixining butun evolyusiyasi davomida juda ko'p o’zgarishlarni o’z boshidan kechirdi. Fan tarixi – bu texnika, fan va falsafa o’rtasidagi har tomonlama o’zaro bog’liqlik yig’indisidir. Bir tomondan tartibga olingan texnika yig’indisi bo’lsa, ikkinchi tomondan rasionalllashgan mifologiyadir. Chunki fan hunarmandlar tajribasi va kohinlar targ’iboti asosida vujudga kelib yozuv paydo bo’lganga qadar uzoq vaqtlar davomida jamiyatda faoliyat ko’rsatdi. Bernal aytganidek – fan yozuv paydo bo’lgach va undan keyingi yillarda ham ko’proq yuqori tabaqa uchun, ruhoniylar va savdogarlar uchun xizmat qildi. Faqat keyingi uch yuz yillikda fan o’z huquqiga, adabiyotiga va tashkilotiga ega bo’lgan mustahkam professiya sifatida qaror topdi. Biz yuqorida aytganimizdek, yuqori templarda rivojlangan sivilizasiyalar uzoq davom etgan turg’unlik va tushkunlik holatlari bilan almashganlar. Vaqt davomida ilmiy faoliyat markazlari ko’chib turgan yoki savdo-sanoat markazlari kayerda rivojlansa, fan o’sha joyda rivojlangan. Misol tariqasida «Buyuk geografik kashfiyotlar» tufayli Sharq sivilizasiyasining Yevropaga ko’chishini keltirishimiz mumkin. Bobil, Misr va Hindiston qadimgi dunyo fanining markazlari edi. Yunoniston esa bu markazlarning merosxo’ri bo’ldi. Shuni ta’kidlash joizki, ya’ni xuddi shu Yunonistonning o’zida birinchi marta fan uchun rasional bazis ishlab chiqildi. Rimda fanga kam e’tibor berilardi. Meros keyinchalik Yunonistondan yana o’sha Sharqqa qaytib, Suriyada, Forsda, Bog’dodda va Hinditonda, O’rta Osiyoda, shuningdek uzoq Xitoyda ham yangi fan markazlari shakllandi. Va faqat

shu yerlardan – deb yozadi Dj.Bernal fan va texnika O’rta asrlar Yevropasiga kirib keldi. Bu yerda fan o’zining dastlabki kuchsiz va sekin, keyinchalik buyuk faollik bilan rivojlanib hozirgi zamon fani vujudga keldi. Uyg’onish davrida fan rivojining to’rt asosiy bosqichga bo’lish mumkin: Birinchi bosqich: - ilmiy markazlar Italiyada jamlandi. Leonar da Vinchi, Vezamey va Kopernik olimlar yetishib chiqib, bu davrda antik davr olimlarining odam va olam haqidagi doktrinalari tanqidiy o’rganilib, mexanika, anatomiya va astronomiya fanlari vujudga keldi. Ikkinchi bosqich: - ilmiy markazlar Nederlandiya, Fransiya va Angliyaga o’tib, bu davr olimlari Bekon, Galiley, Dekart va Nyutonlar olamning yangi matematika-mexanik modelini yaratdilar. Uchinchi bosqich: - biroz tanaffuzdan so’ng ilmiy markazlar sanoat Angliyasida va inqilobiy Parijda jamlana boshlandi. Bu davrda elektr sohasida bir qator eksprimentlar, tajribalar o’tkazildi, qaysikim yunon olimlari bu sohaga e’tibor berishmagandilar. Xuddi shu davrda elektr yordamida ishlab chiqarish va transport sohasida katta o’zgarishlar qilindi. To’rtinchi va eng muhim bosqich – bizni davrimizda bo’lib o’tgan fan inqilobi bo’lib, bu davrda jahon fani vujudga keldi va u inson hayotining barcha jabhalariga kirib bordi. Shu bilan birga bu davr fani bevosita dahshatli urush girdobini keltirib chiqaruvchi sohalarga ham xizmat qilmoqda. Qadimgi Yunonistonda fan quldorlik tuzumining tovar-pul xo’jaligi shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettirdi. O’rta asrlarda fan feodalizm natural ekonomikasining rivoji va tushkunlik holatlarini aks ettirib, bu davrda fan yutuqlaridan kam foydalanildi. Faqat feodal munosabatlar yemirilib, kapitalistik ishlab chiqarishning vujudga kelishi bilan fan rivoji uchun keng imkoniyatlar ochildi va bu rivojlanish yuqorida aytganimizdek hozirgi zamon fanini vujudga keltirdi. Shunday qilib, «Fan nima, uning maqsadi va ahamiyati qanday?» degan savolga turli davrlarda turlicha javob berib kelingan. Insoniyat faoliyatining mahsuli bo’lgan fan – o’zgaruvchandir: Sivilizasiyalar arafasida fan faqat hunarmandlar, oshpazlar, kohinlar, temirchilar faoliyatining ayrim jihatlarini aks ettirib kelgan. Faqat XVII asrga kelibgina fan o’zining mustaqil faoliyatiga ega bo’la boshladi. (Dj.Bernal «Aspekti nauki» – 18 str.). Fan o’z taraqqiyoti davomida ijtimoiy hayotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shuning uchun ham hozirgi zamon fanining bir qancha asosiy aspektlari mavjud va ular quyidagicha: 1) fan-institut; 2) fan-metod; 3) bilimlarni to’plash an’anasi; 4) ishlab chiqarish rivojining muhim faktori; 5) olam va odam o’rtasidagi munosabatlarning eng muhim faktori;6) jamiyat va fanning o’zaro bog’liqligi.