logo

2017-2021 yillarda o’zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik fuqarolik jamiyati rivojlanishining dasturi sifatida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.8271484375 KB
2017-2021 yillarda o’zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik fuqarolik
jamiyati rivojlanishining dasturi sifatida
Reja:
1. “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar 
strategiyasi”ni ishlab chiqish zarurati
2. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar 
strategiyasining maqsadi va vazifalari
3. «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar 
strategiyasi»ning ustuvor yo`nalishlari Mustaqillik yillarida mamlakatda xuquqiy demokratii davlat, kuchli fuqarolik 
jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga 
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot 
kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O`zbekistonning 
munosib o`rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Bo`larning barchasi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Mustaqillik me'mori I.A. Karimov tomonidan taraqqiyotning yangi yo`nalishi 
sifatida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlarning 
nazariy-amaliy poydevori bo`lib xizmat qilayotgan «O`zbek modeli»ning 
hosilasn, desak xato qilmagan bo`lamiz.
O`zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   O`zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Mustaqillik me' mori, buyuk davlat va jamoat
arbobi   I.A.   Karimovning   o`zbek   xalqi   oldidagi   tarixiy   xizmatlariga   baxo   berar
ekan, uzining barcha nutq va ma'ruzalarida: « Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov
biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil O`zbekiston bunyodkori
sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo`lib xalqimiz qalbida
abadiy yashaydi. Albatta, Islom Abdug`anievichning siyosiy merosini qancha ko`p
o`rgansak,  uning qanday ulkan xazina ekanini  yanada chuqurroq anglaymiz. Viz
bu ibrat maktabiga, uning saboqlariga qaerda, qaysi lavozimda bo`lmaylik, doimo
murojaat qilamiz va undan o`zimizga hayotiy dastur, qo`llanma bo`ladigan yangi-
yangi   fikr   va   g`oyalar   topamiz.   Shaxsan   men   ulug`   Yurtboshimiz   asos   solgan,
dunyoda «O`zbek modeli» deb tan olingan taraqqiyot yo`lini, u kishi rahbarligida
amalga   oshirilgan   barcha-barcha   ezgu   ishlarni   davom   ettirishni   o`zimning
muqaddas burchim va vazifam deb bilaman 1
. Biz taraqqiyotning O`zbek modeliga
asoslangan   yo`lni   qat'iy   davom   ettirib,   mamlakatimizning   iqtisodiy   qudratini
oshirish, jahon maydonida uning raqobatddoshligini  ta'minlash,  iqtisodiyotni  mo -
dernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilishga   qaratilgan   ishlarni   yangi   bosqichga
ko`taramiz 2
.
1
Mirziyoev Sh.M.  Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga qo`ramiz. -T.: «Uzbekistan» NMIU, 2017. -B.41-42.
 
2
  Mirziyoev Sh.M.  Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalq,imiz bilan birga kuramiz. -T.: «O`zbekistan» NMIU, 2017. -B.109-110. Aziz   Islom   Abdug`aniyevichning   siyosiy   merosi,   davlat   va   jamiyat   qurilishi
bo`yicha   kelajakni   oldindan   ko`rib   ishlab   chiqqan   strategik   g`oyalari,   belgilab
bergan maqsad va vazifalari bizning faoliyatimiz uchun bundan buyon ham asosiy
qo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
Halq   manfaati,   yurtimiz   tinchligi,   Vatanimiz   ravnaqi   uchun   ulug`
Yo`lboshchimiz kabi bor kuch va salohiyatim, butun borlig`imni safarbar etishini
men o`zimning muqaddas burchim deb bilaman»",  —   degan edi.
O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning chin yuragidan otilib
chikkan ushbu purma'no suz va dono fikrlar hyech mubolagasiz aytish mumkinki,
barkamol   avlodlarimizning   buyuk   ajdodlarimizga,   akli   raso   fazandlarimizning
mu'tabar   ota-onala-   rimizga,   dili   toza   nabiralarimizning   mutafakkir
bobokolonlariga   bo`lgan   o`zbekona   ehtiromining   york;in   namunasi   bo`lib,   har
birimizni   ajdodlar   vorisiyligining   ma'rifiy-ma'naviy   tamoyillariga   moe   ravishda,
odilona ish yuritib, halol rizq topib, ozod va obod ona-Va- tanimiz O`zbekistonda
tinch va osuda, serfayz, mazmundor hayot kechi- rishga chorlaydi.
Mustaqillik   yillarida   mamlakatda   huquqiy   demokratik   davlat,   kuchli   fuqarolik
jamiyati   qurishga,   erkin   bozor   munosabatlariga   va   xususiy   mulk   ustuvorligiga
asoslangan   iqtisodiyotni   rivojlantirishga,   xalq   osoyishta   va   farovon   hayot
kechirishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratishga,   xalqaro   maydonda   O‘zbekistonning
munosib   o‘rin   egallashiga   qaratilgan   kompleks   chora-tadbirlar   amalga   oshirildi.
Bosib   o‘tilgan   yo‘l   va   orttirilgan   tajribani   xolisona   baholashdan,   mustaqillik
yillarida   erishilgan   yutuqlarni   tahlil   qilishdan   hamda   zamon   talablaridan   kelib
chiqqan   holda,   oldimizda   demokratik   islohotlarni   yanada   chuqurlashtirish   va
mamlakat   taraqqiyotini   jadallashtirishning   muhim   ustuvorliklarini   hamda   aniq
marralarini belgilash vazifasi turgan edi. Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida
aholining   keng   qatlamlari,   jamoatchilik   va   ishbilarmon   doiralar   vakillari,   davlat
organlarining   rahbarlari   va   mutaxassislari   bilan   amaliy   suhbat   hamda
muhokamalar   olib   borildi,   shuningdek,   amaldagi   qonun   hujjatlari,   milliy   va
xalqaro   tashkilotlarning   axborot-tahliliy   materiallari,   ma’ruzalari,   tavsiyalari   va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
Kelib   tushgan   takliflarni   jamlash,   chuqur   o‘rganish   hamda   umumlashtirish
asosida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”gi   Farmoni
loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi
(keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi); Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi
o‘rinlarda – Davlat dasturi) tasdiqlandi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining
keng   qatlamlari   orasida   qizg‘in   muhokamalar   olib   borildi.   Loyihalar   muhokama
uchun   turli   axborot   maydonlariga   joylashtirildi,   ularning   natijasida   ko‘plab   taklif
va mulohazalar kelib tushdi. 
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan
islohotlarga   alohida   qiziqish   va   daxldorlikni   namoyon   qildilar.   Xususan,
loyihalarning   “Qonun   hujjatlari   ta’sirini   baholash   tizimi”   portalida   yo‘lga
qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1310 ta taklif va mulohaza
kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi. SHu
bilan birga, 2017 yil  23 – 27 yanvar  kunlari Toshkent  shahrida media-haftalik va
xalqaro   davra   suhbati   tashkil   etilib,   ularda   1300   dan   ortiq   mutaxassis   va   ekspert,
jamoatchilikning,   ommaviy   axborot   vositalarining,   diplomatik   korpus   va   xalqaro
tashkilotlarning,   shuningdek,   O‘zbekistonda   faoliyat   yuritayotgan   yirik   xorijiy
investorlarning vakillari ishtirok etishdi. 
Harakatlar   strategiyasiga   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoev   tomonidan   saylovoldi   jarayoni,   jamoatchilik,   ishbilarmon   doiralar
vakillari   hamda   davlat   organlari   bilan   uchrashuvlar   chog‘ida   bildirilgan
mamlakatni   ijtimoiy-siyosiy,   sotsial-iqtisodiy,   madaniy-gumanitar
rivojlantirishning   konseptual   masalalari   kiritildi.   Harakatlar   strategiyasining
maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va
jamiyatning   har   tomonlama   va   jadal   rivojlanishini   ta’minlash   uchun   shart-
sharoitlar   yaratishdan,   mamlakatni   modernizatsiyalash   va   hayotning   barcha sohalarini   erkinlashtirishdan   iboratdir.   Xususan,   mamlakatni   rivojlantirishning
quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5.   Xavfsizlik,   millatlararo   totuvlik   va   diniy   bag‘rikenglikni   ta’minlash,   chuqur
o‘ylangan,   o‘zaro   manfaatli   va   amaliy   ruhdagi   tashqi   siyosat   yuritish.   Mazkur
yo‘nalishlarning   har   biri   mamlakatdagi   islohotlarni   va   yangilanishlarni   yanada
chuqurlashtirishga   oid   aniq   bo‘limlardan   iborat.   Harakatlar   strategiyasini   besh
bosqichda   amalga   oshirish   nazarda   tutilmoqda,   bunda   yillarga   beriladigan
nomlarga   muvofiq   har   yili   uni   amalga   oshirish   bo‘yicha   Davlat   dasturi
tasdiqlanadi.
Davlatimiz rahbari 2017 yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili”, deb e’lon qildi. Har bir davlat idorasi fuqarolarimiz uchun xizmat
qilishi shartligi aniq belgilab berildi. Zero, yurtimizda inson, uning hayoti, ozodligi
sha’ni,   qadr-qimmati   va   boshqa   ajralmas   huquq   hamda   erkinliklari   muqaddas
sanaladi.   Insonni   e’zozlash,   manfaatlarini   himoya   qilish   esa   demokratik,   adolatli
davlatga   xos   xususiyatdir.   Asosiy   Qonunimizda   demokratik   huquq   va
erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilishni belgilab qo‘yilgani
buning yaqqol tasdig‘idir. Darhaqiqat, islohot – islohot uchun emas, inson uchun,
uning   farovon   hayoti   uchun   shiori   hayotimizda   o‘z   tasdig‘ini   topayotir.   Inson
manfaatlari,   xalq   farovonligini   ta’minlashda   xalq   bilan   muloqot   qilish,   ularning
orzu- niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini bilish muhim hisoblanadi. 
Prezidentimizning   ma’ruzasida   ta’kidlanganidek,   xalq   bilan   muloqot   inson
manfaatlarining   yuksalishiga   olib   keladi.   YA’ni   muloqot   va   manfaat   tushunchasi
xalq   davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqimizga   xizmat   qilishi   kerak,
degan   tamoyilga   asoslanadi.   Eng   oliy   qadriyat   sifatida   ulug‘langan   inson
manfaatlarini   har   tomonlama   ta’minlashdek   ustuvor   maqsadimiz,   avvalo,   xalq
bilan   muloqot   qilish,   odamlarning   dardu   tashvishlari,   hayotiy   muammo   va ehtiyojlarini   yaxshi   bilishni   taqozo   etadi.   Ushbu   qo‘llanmada   yurtimizda   inson
manfaatlari   uchun   hukumatimiz   tomonidan   qilinayotgan   ishlar   haqida   qisqacha
ma’lumotlar,   shuningdek,   2017   yilda   axborot-kutubxona   muassasalari   tomonidan
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar rejasi berilgan.
Manfaat,   odatda,   ikki   xil   yo‘nalishda   zohir   bo‘ladi:   birinchisi   –   manfaat
ko‘rmoq,   ikkinchisi   –   manfaat   etkazmoq.   Odam   borki,   avvalo,   kundalik
tirikchilikka   qaratilgan   turmush   tarzida   u   yoki   bu   narsadan   manfaat   ko‘rishni
ko‘zlab oldinga intiladi, mehnat qiladi, ro‘zg‘or tebratadi. Agar faoliyati halol yo‘l
bilan rizq topishga, foydali yaratuvchanlikka qaratilgan bo‘lsa, o‘zi bilib-bilmagan
holda,   el-yurtga   ham   manfaat   etkazaveradi.   Ushbu   uzluksiz   tabiiy   jarayon
mamlakat   taraqqiyotining,   xalq   farovonligining   asosiy   omillaridan   biri   ekanligi
hech   kimga   sir   emas.   Binobarin,   Prezidentimiz   Konstitutsiyamiz   qabul
qilinganining   24   yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimda   2017   yilni
mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb atashni taklif
qilgani milliy g‘oyaning harakatlar strategiyasi bilan uzviy bog‘liqligini bildiradi.
1. “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishi, mazmuni va mohiyati 
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strategiyasi
I.   Davlat   va   jamiyat   qurilishi   tizimini   takomillashtirishning   ustuvor
yo‘nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya
qilishda   Oliy   Majlis   palatalari,   siyosiy   partiyalarning   rolini   yanada
kuchaytirish:
 davlat   hokimiyati   tizimida   Oliy   Majlisning   rolini   oshirish,   uning   mamlakat
ichki   va   tashqi   siyosatiga   oid   muhim   vazifalarni   hal   etish   hamda   ijro
hokimiyati   faoliyati   ustidan   parlament   nazoratini   amalga   oshirish   bo‘yicha
vakolatlarini yanada kengaytirish;
 qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga
oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   sud-huquq   islohotlari
jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish;  siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
 davlat   boshqaruvi   va   davlat   xizmati   tizimini   davlat   boshqaruvini
markazlashtirishdan   chiqarish,   davlat   xizmatchilarining   kasbiy   tayyorgarlik,
moddiy   va   ijtimoiy   ta’minot   darajasini   oshirish   hamda   iqtisodiyotni
boshqarishda   davlat   ishtirokini   bosqichma-bosqich   qisqartirish   orqali   isloh
qilish;
 mamlakatni   ijtimoiy-siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   bo‘yicha
vazifalarni   amalga   oshirishda   o‘zaro   manfaatli   hamkorlikning   samarasini
oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini
joriy etish;
 davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligini
ta’minlash,   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   huquq   va   erkinliklari   hamda
qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini
joriy etish;
 «Elektron   hukumat»   tizimini   takomillashtirish,   davlat   xizmatlari
ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
 xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
 jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirishning   zamonaviy   shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
 fuqarolik   jamiyati   institutlarini   rivojlantirish,   ularning   ijtimoiy   va   siyosiy
faolligini oshirish;
 mahalla   institutining   jamiyat   boshqaruvidagi   o‘rni   va   faoliyati
samaradorligini oshirish;
 ommaviy   axborot   vositalarining   rolini   kuchaytirish,   jurnalistlarning
professional faoliyatini himoya qilish.
II.   Qonun   ustuvorligini   ta’minlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
 sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va
ijtimoiy   ta’minot   darajasini   oshirish,   sudlarning   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash;
 sudyalarga   g‘ayriqonuniy   tarzda   ta’sir   o‘tkazishga   yo‘l   qo‘ymaslik   bo‘yicha
ta’sirchan choralar ko‘rish;
 sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va
teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
 «Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud
nazoratini kuchaytirish;
 sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
 sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish.
2.2.   Fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya   qilish
kafolatlarini ta’minlash:
 fuqarolarning   murojaatlarini   o‘z   vaqtida   hal   etish,   murojaatlarni   ko‘rib
chiqishda   sansolarlik,   rasmiyatchilik   va   loqayd   munosabatda   bo‘lish
holatlariga   yo‘l  qo‘yganlik  uchun  javobgarlikning  muqarrarligini  ta’minlash,
shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;
 sud,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   faoliyatida
fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya   qilish   kafolatlarini
ta’minlash;
 fuqarolarning   xususiy   mulkka   bo‘lgan   huquqlarini   amalga   oshirish
kafolatlarini mustahkamlash;
 fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;
 sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:  jinoyat   va   jinoyat-protsessual   qonunchiligini   takomillashtirish   va
liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar
va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
 odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy,
jinoyat,   fuqarolik   va   xo‘jalik   sud   ish   yurituvining   protsessual   asoslarini
takomillashtirish;
 jinoyat,   fuqarolik   va   xo‘jalik   ishlarini   ko‘rib   chiqish   tartibini
takomillashtirish,   bir-birini   takrorlaydigan   vakolat   va   instansiyalarni
qisqartirish;
 elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini
joriy etish.
2.4.   Jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini   olish
tizimini takomillashtirish:
 jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini   olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
 diniy   ekstremizm   va   terrorizmga,   uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa
shakllariga   qarshi   kurashish   bo‘yicha   tashkiliy-amaliy   choralarni   yanada
kuchaytirish;
 korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   tashkiliy-huquqiy   mexanizmlarini
takomillashtirish   va   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   tadbirlarining
samaradorligini oshirish;
 aholining   huquqiy   madaniyati   va   ongini   yuksaltirish,   bu   boradagi   chora-
tadbirlarni   amalga   oshirishda   davlat   tuzilmalarining   fuqarolik   jamiyati
institutlari,   ommaviy   axborot   vositalari   bilan   o‘zaro   samarali   hamkorligini
tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
 huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   ishini   samarali
rejalashtirish   va   uning   natijalarini   tahlil   qilish,   tizimli   huquqbuzarliklarni
aniqlash hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish;  sud,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   xodimlarini
o‘qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya
qilish tizimini takomillashtirish;
 huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   xodimlari   orasida
huquqbuzarliklarning   oldini   olish,   profilaktika   qilish   va   bartaraf   etish
bo‘yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
 huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   faoliyati   ustidan
jamoatchilik   nazorati   mexanizmlari   samaradorligini   oshirish,   fuqarolarning
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish:
 davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   yuridik   xizmati   faoliyati
samaradorligini oshirish;
 advokatura   institutini   rivojlantirish,   jinoyat,   fuqarolik,   ma’muriy   va   xo‘jalik
ishlarini ko‘rib chiqishda advokatlaring o‘rni va nufuzini oshirish;
 notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh
qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:
 makroiqtisodiy   mutanosiblikni   saqlash,   qabul   qilingan   o‘rta   muddatli
dasturlar   asosida   tarkibiy   va   institutsional   o‘zgarishlarni   chuqurlashtirish
hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
 harajatlarning   ijtimoiy   yo‘naltirilganinini   saqlab   qolgan   holda,   Davlat
byudjetining   barcha   darajalarida   mutanosibligini   muvozanatni   saqlash,
mahalliy   byudjetlarning   daromad   qismini   mustahkamlashga   yo‘naltirilgan
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
 ilg‘or   xalqaro   tajribada   qo‘llaniladigan   instrumentlardan   foydalangan   holda
pul-kredit   siyosatini   yanada   takomillashtirish,   shuningdek   valyutani   tartibga
solishda   zamonaviy   bozor   mexanizmlarini   bosqichma-bosqich   joriy   etish,
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;  soliq   yukini   kamaytirish   va   soliqqa   tortish   tizimini   soddalashtirish   yo‘lini
davom   ettirish,   soliq   ma’muriyatchiligini   takomillashtirish   va
rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;
 bank   tizimini   isloh   qilish,   banklar   depozit   bazasining   kapitalizatsiyasini
chuqurlashtirish   va   barqarorligini   oshirish,   ularning   moliyaviy   barqarorligini
va   ishonchligini   mustahkamlash,   istiqbolli   investitsiyaviy   loyihalar   hamda
kichik   biznes   va   tadbirkorlik   sub’ektlarini   kreditlashtirishni   yanada
kengaytirish;
 sug‘urta,   lizing   va   boshqa   moliyaviy   xizmatlarning   xajmini   ularning   yangi
turlarini   joriy   qilish   va   sifatini   oshirish   hisobiga   kengaytirish,   shuningdek
fond   bozorini   kapitalni   jalb   qilish   hamda   korxona,   moliyaviy   institutlar   va
aholining   erkin   resurslarini   joylashtirishdagi   muqobil   manba   sifatida
rivojlantirish;
 xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro
va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan
tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy
investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarini   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish   hisobiga   uning
raqobatbardoshligini oshirish:
 milliy   iqtisodiyotning   mutanosibligi   va   barqarorligini   ta’minlash,   uning
tarkibida   sanoat,   xizmatlar   ko‘rsatish   sohasi,   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;
 ishlab   chiqarishni   modernizatsiya   qilish,   texnik   va   texnologik   jihatdan
yangilash,   ishlab   chiqarish,   transport-kommunikatsiya   va   ijtimoiy
infratuzilma   loyihalarini   amalga   oshirishga   qaratilgan   faol   investitsiya
siyosatini olib borish;
 sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xom   ashyo   resurslarini   chuqur   qayta   ishlash   asosida   yuqori   qo‘shimcha
qiymatli   tayyor   mahsulot   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   jadal   rivojlantirishga qaratilgan   sifat   jihatidan   yangi   bosqichga   o‘tkazish   orqali   yanada
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
 iqtisodiyot   tarmoqlari   uchun   samarali   raqobatbardosh   muhitni   shakllantirish
hamda   mahsulot   va   xizmatlar   bozorida   monopoliyani   bosqichma-bosqich
kamaytirish;
 prinsipial   jihatdan   yangi   mahsulot   va   texnologiya   turlarini   o‘zlashtirish,   shu
asosda   ichki   va   tashqi   bozorda   milliy   tovarlarning   raqobatbardoshligini
ta’minlash;
 ishlab   chiqarish   mahalliylashtirishni   rag‘batlantirish   siyosatini   davom   etish
hamda,   eng   avvalo,   iste’mol   tovarlar   va   butlovchi   buyumlar   importining
o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
 iqtisodiyotda   energiya   va   resurslar   sarfini   kamaytirish,   ishlab   chiqarishga
energiya   tejaydigan   texnologiyalarni   keng   joriy   etish,   qayta   tiklanadigan
energiya   manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish,   iqtisodiyot   tarmoqlarida
mehnat unumdorligini oshirish;
 erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat  zonalarni tashkil etish,
faoliyat ko‘rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish;
 xizmatlar   ko‘rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish,   yalpi   ichki   mahsulotni
shakllantirishda   xizmatlarning   o‘rni   va   ulushini   oshirish,   ko‘rsatilayotgan
xizmatlar   tarkibini,   eng   avvalo,   xizmatlarning   zamonaviy   yuqori   texnologik
turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
 turizm   industriyasini   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   uning   roli   va   ulushini
oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, turizm
infratuzilmasini kengaytirish;
 eksport   faoliyatini   liberallashtirish   va   soddalashtirish,   eksport   tarkibini   va
geografiyasini   diversifikatsiya   qilish,   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   hududlarning
eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
 yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:  tarkibiy   o‘zgartirishlarni   chuqurlashtirish   va   qishloq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarishini   izchil   rivojlantirish,   mamlakatimiz   oziq-ovqat   xavfsizligini
yanada   mustahkamlash,   ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni
kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
 paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga
kartoshka,   sabzavot,   ozuqa   va   yog‘   olinadigan   ekinlarni   ekish,   shuningdek,
yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini
yanada optimallashtirish;
 fermer xo‘jaliklar, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish
bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va
xizmatlar   ko‘rsatish   bilan   shug‘ullanayotgan   ko‘p   tarmoqli   fermer
xo‘jaliklarini   rag‘batlantirish   va   rivojlantirish   uchun   qulay   shart-sharoitlar
yaratish;
 qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor
oziq-ovqat   mahsulotlari   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   eng   zamonaviy   yuqori
texnologiyalar asosida asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash
korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga
qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
 qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarini   saqlash,   tashish   va   sotish,   agrokimyo,
moliyaviy   va   boshqa   zamonaviy   bozor   xizmatlari   ko‘rsatish   infratuzilmasini
tarmoqlarini yanada kengaytirish;
 sug‘oriladigan   erlarning   meliorativ   holatini   yanada   yaxshilash,   melioratsiya
va   irrigatsiya   ob’ektlari   tarmoqlarini   rivojlantirish,   qishloq   xo‘jaligi   ishlab
chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan
zamonaviy   agrotexnologiyalarni   joriy   etish,   unumdorligi   yuqori   bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
 yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy
er-iqlim   va   ekologik   sharoitlarga   moslashgan   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarining
yangi   seleksiya   navlarini   hamda   hayvonot   turlarini   yaratish   va   ishlab
chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;  global   iqlim   o‘zgarishlari   va   Orol   dengizi   halokatining   qishloq   xo‘jaligi
rivojlanishi   hamda   aholining   hayot   faoliyatiga   salbiy   ta’sirini   yumshatish
bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
3.4.   Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   xususiy   mulk   huquqini
himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va
xususiy   tadbirkorlik   rivojini   rag‘batlantirishga   qaratilgan   institutsional   va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
 xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash,
barcha   turdagi   to‘siq   va   cheklovlarni   bartaraf   etish,   xususiy   tadbirkorlik   va
kichik   biznes   rivojiga   to‘liq   erkinlik   berish,   «Agar   xalq   boy   bo‘lsa,   davlat
ham boy va kuchli bo‘ladi» degan prinsipni amalga oshirish;
 kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   uchun   qulay
ishbilarmonlik   muhitini   yaratish,   tadbirkorlik   tuzilmalarining   faoliyatiga
davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy
aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
 davlat   mulkini   xususiylashtirishni   kengaytirish   va   uning   tartib-taomillarini
yanada   soddalashtirish,   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   ustav
jamg‘armalarida   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   mulki
xususiylashtirilgan   ob’ektlar   bazasida   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
 investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol
jalb qilish;
 korporativ   boshqaruvning   zamonaviy   standart   va   usullarini   joriy   etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
 tadbirkorlik   sub’ektlarining   muhandislik   tarmoqlariga   ulanishi   bo‘yicha
tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
 ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlarini   tartibga  solishda  davlat  ishtirokini
kamaytirish,   davlat   boshqaruvi   tizimini   markazlashtirishdan   chiqarish   va demokratlashtirish,   davlat-xususiy   sheriklikni   kengaytirish,   nodavlat,   jamoat
tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
3.5. Viloyat, tuman  va shaharlarni   kompleks  va mutanosib  ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish,   ularning   mavjud   salohiyatidan   samarali   va   optimal
foydalanish:
 ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   jadallashtirish,   xalqning   turmush   darajasi   va
daromadlarini   oshirish   uchun   har   bir   hududning   tabiiy,   mineral   xom   ashyo,
sanoat,   qishloq   xo‘jaligi,   turizm   va   mehnat   salohiyatidan   kompleks   va
samarali foydalanishni ta’minlash;
 hududlar   iqtisodiyotini   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish   ko‘llamini
kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni,
eng   avvalo,   sanoat   va   eksport   salohiyatini   oshirish   yo‘li   bilan   jadal
rivojlantirish   hisobiga   mintaqalar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasidagi
farqlarni kamaytirish;
 yangi   sanoat   korxonalari   va   servis   markazlarini   tashkil   etish,   kichik   sanoat
zonalarini   tashkil   qilish,   yirik   xo‘jalik   birlashmalarining   mablag‘larini,
banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga
kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
 subvensiyaga   qaram   tuman   va   shaharlarni   kamaytirish,   sanoat   va   xizmatlar
ko‘rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish   hisobiga   mahalliy   byudjetlarning
daromad bazasini kengaytirish;
 sanoat   korxonalari   va   boshqa   ishlab   chiqarish   ob’ektlarini   joylashtirishga
qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish
hamda   aholining   turmush   sharoitini   yaxshilash   maqsadida   hududlarning
ishlab   chiqarish,   muhandis-kommunikatsiya   va   ijtimoiy   infratuzilma
tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:  aholining   real   pul   daromadlarini   va   xarid   qobiliyatini   oshirish,   kam
ta’minlangan   oilalar   sonini   va   aholining   daromadlari   bo‘yicha   farqlanish
darajasini yanada kamaytirish;
 byudjet   muassasalari   xodimlarining   ish   haqi,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy
nafaqalar   hajmini   inflyasiya   sur’atlaridan   yuqori   miqdorda   bosqichma-
bosqich oshirish;
 yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy
o‘quv   muassasalari   bitiruvchilari   bandligini   ta’minlash,   mehnat   bozori
infratuzilmasining   mutanosib   rivojlanishini   ta’minlash,   ishsizlik   darajasini
kamaytirish;
 mehnatga   layoqatli   aholining   mehnat   va   tadbirkorlik  faolligini   to‘liq  amalga
uchun   sharoitlar   yaratish,   ishchi   kuchi   sifatini   yuksaltirish,   ishga
joylashtirishga   muhtoj   shaxslarni   kasbga   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va
malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
4.2.   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog‘liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
 aholiga   majburiy   ijtimoiy   kafolatlarni   ta’minlash,   aholining   ehtiyojmand
qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati
cheklangan   shaxslarni   davlat   tomonidan   qo‘llab-quvvatlash,   ijtimoiy   xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish;
 sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy
xizmat   ko‘rsatish   qulayligi   hamda   sifatini   oshirishga   qaratilgan   dastlabki
bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi
o‘rtasida   sog‘lom   turmush   tarzini   shakllantirish,   tibbiyot   muassasalarining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
 oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar
va   bolalarning   sifatli   tibbiy   xizmatdan   foydalanishni   kengaytirish,   ularga
ixtisoslashtirilgan   va   yuqori   texnologiyalarga   asoslangan   tibbiy   yordam ko‘rsatish,   chaqaloqlar   va   bolalar   o‘limini   kamaytirish   bo‘yicha   kompleks
chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish;
 xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   davlat   va   jamiyat
boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi
qizlarining   bandligini   ta’minlash,   ularni   tadbirkorlik   faoliyatiga   keng   jalb
etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
 pensionerlar,   nogiron,   yolg‘iz   keksalar,   aholining   boshqa   ehtiyojmand
toifalarining   to‘laqonli   hayot   faoliyatini   ta’minlash   uchun   ularga   tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
 farmatsevtika   sanoatini   yanada   rivojlantirish,   aholi   va   tibbiyot
muassasalarining   arzon,   sifatli   dori   vositalari   va   tibbiyot   buyumlari   bilan
ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
 aholi   o‘rtasida   kasallanish   ko‘rsatkichlari   pasayishini   va   umr   uzayishini
ta’minlash.
4.3.   Arzon   uy-joylar   barpo   etish   bo‘yicha   maqsadli   dasturlarni   amalga
oshirish,   aholining   hayot   sharoitlari   yaxshilanishini   ta’minlovchi   yo‘l-
transport,   muhandislik-kommunikatsiya   va   ijtimoiy   infratuzilmani
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
 aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar
va   uy-joy   sharoitini   yaxshilashga   muhtoj   boshqa   fuqarolarning   yashash
sharoitini   imtiyozli   shartlarda   ipoteka   kreditlari   ajratish   hamda   shahar   va
qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
 aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish,
eng   avvalo,   yangi   ichimlik   suvi   tarmoqlarini   qurish,   tejamkor   va   samarali
zamonaviy   texnologiyalarni   bosqichma-bosqich   joriy   etish   orqali   qishloq
joylarda   aholining   toza   ichimlik   suviga   bo‘lgan   talab   va   ehtiyojini
ta’minlashni tubdan yaxshilash;
 odamlarning   ekologik   xavfsiz   muhitda   yashashini   ta’minlash,   maishiy
chiqindilarni   qayta   ishlash   komplekslarini   qurish   va   modernizatsiya   qilish, ularning   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash,   chiqindini   yo‘q   qilish
bo‘yicha zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;
 aholiga   transport   xizmati   ko‘rsatishni   tubdan   yaxshilash,   yo‘lovchi   tashish
xavfsizligini   oshirish   va   atrof   muhitga   zararli   moddalar   chiqishini
kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal
va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
 yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish,
eng   avvalo,   mintaqaviy   avtomobil   yo‘llarini   rivojlantirish,   xo‘jaliklararo
qishloq   avtomobil   yo‘llarini,   aholi   punkti   ko‘chalarini   kapital   va   joriy
ta’mirlash;
 yangi   elektr   energiya   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   qurish   va   mavjudlarini
modernizatsiya   qilish,   past   kuchlanishli   elektr   tarmoqlari   va   transformator
punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari
bilan   ta’minlashni   yaxshilash   va   qayta   tiklanadigan   energiya   manbalaridan
foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida
aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash;
 teatr   va   tomosha   maskanlarini,   madaniy-ma’rifiy   tashkilotlar   va   muzeylar
faoliyatini   rivojlantirish   hamda   takomillashtirish,   ularning   moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash.
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
 uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli
ta’lim   xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish,   mehnat   bozorining   zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
 ta’lim   muassasalarini   qurish,   rekonstruksiya   qilish,   kapital   ta’mirlash,   ularni
zamonaviy   o‘quv-laboratoriya   uskunalari,   kompyuter   texnikasi   va   o‘quv-
metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali
ularning   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash   yuzasidan   aniq   maqsadga
qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
 maktabgacha   ta’lim   muassasalari   tarmog‘ini   kengaytirish,   bolalarning   har
tomonlama   intellektual,   estetik   va   jismoniy   rivojlanishi   uchun   ushbu muassasalaridagi   shart-sharoitlarni   tubdan   yaxshilash,   bolalarning
maktabgacha   ta’lim   bilan   qamrab   olinishini   jiddiy   oshirish   va   uning
qulayligini   ta’minlash,   pedagog   va   mutaxassislarning   malaka   darajasini
yuksaltirish;
 umumiy   o‘rta   ta’lim   sifatini   tubdan   oshirish,   chet   tillar,   informatika   hamda
matematika,   fizika,   kimyo,   biologiya   kabi   boshqa   muhim   va   talab   yuqori
bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
 bolalarni   sport   bilan   ommaviy   tarzda   shug‘ullanishga,   ularni   musiqa   hamda
san’atga   jalb   qilish   maqsadida   yangi   bolalar   sporti   ob’ektlarini,   bolalar
musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
 kasb-hunar kollejlari  o‘quvchilarini  bozor  iqtisodiyoti  va ish beruvchilarning
ehtiyojlariga   javob   beradigan   mutaxassisliklar   bo‘yicha   tayyorlash   hamda
ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
 ta’lim   va   o‘qitish   sifatini   baholashning   xalqaro   standartlarini   joriy   etish
asosida   oliy   ta’lim   muassasalari   faoliyatining   sifati   hamda   samaradorligini
oshirish,   oliy   ta’lim   muassasalariga   qabul   kvotalarini   bosqichma-bosqich
ko‘paytirish;
 ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya
yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali  mexanizmlarini yaratish, oliy
o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-
eksperimental   laboratoriyalar,   yuqori   texnologiya   markazlari   va
texnoparklarni tashkil etish.
4.5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
 jismonan   sog‘lom,   ruhiy   va   intellektual   rivojlangan,   mustaqil   fikrlaydigan,
qat’iy   hayotiy   nuqtai   nazarga   ega,   Vatanga   sodiq   yoshlarni   tarbiyalash,
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
 o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   va   oliy   ta’lim   muassasalari   bitiruvchilarini   ishga
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;  yosh   avlodning   ijodiy   va   intellektual   salohiyatini   qo‘llab-quvvatlash   hamda
amalga   oshirish,   bolalar   va   yoshlar   o‘rtasida   sog‘lom   turmush   tarzini
shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
 yoshlarni   ijtimoiy   himoya   qilish,   yosh   oilalar   uchun   munosib   uy-joy   va
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;
 yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning
samarali faoliyatini tashkil etish.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda
chuqur   o‘ylangan,   o‘zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat   sohasidagi
ustuvor yo‘nalishlar
5.1.   Xavfsizlik,   diniy   bag‘rikenglik   va   millatlararo   totuvlikni   ta’minlash
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
 O‘zbekiston   Respublikasining   konstitutsiyaviy   tuzumi,   suvereniteti,   hududiy
yaxlitligini muhofaza qilish;
 axborot   xavfsizligini   ta’minlash   va   axborotni   himoya   qilish   tizimini
takomillashtirish,   axborot   sohasidagi   tahdidlarga   qarshi   o‘z   vaqtida   va
munosib harakatlarni tashkil etish;
 fuqarolik,   millatlar   va   konfessiyalararo   tinchlik   hamda   totuvlikni
mustahkamlash;
 davlatning   mudofaa   qobiliyatini   mustahkamlash,   O‘zbekiston   Qurolli
Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
 atrof-tabiiy   muhit,   aholi   salomatligi   va   genofondiga   zarar   etkazadigan
ekologik muammolarning oldini olish;
 favqulodda   vaziyatlarning   oldini   olish   va   bartaraf   etish   tizimini
takomillashtirish.
5.2. CHuqur o‘ylangan, o‘zaro  manfaatli  va amaliy tashqi  siyosat  sohasidagi
ustuvor yo‘nalishlar:
 davlat   mustaqilligi   va   suverenitetini   mustahkamlash,   mamlakatning   xalqaro
munosabatlarning   teng   huquqli   sub’ekti   sifatidagi   o‘rni   va   rolini   oshirish, rivojlangan  demokratik  davlatlar   qatoriga  kirish,   O‘zbekistonning   tevaragida
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;
 O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro   nufuzini   mustahkamlash,   jaxon
hamjamiyatiga  mamlakatda  olib  borilayotgan  islohotlar   haqida  xolis  axborot
etkazish;
 O‘zbekiston   Respublikasining   tashqi   siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   faoliyatini
normativ-huquqiy   bazasini   hamda   xalqaro   hamkorlikning   shartnomaviy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
 davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish. A dabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 2018. 
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami, 1-23 jildlar. – T.: O’zbekiston, 1996-2016. 
3. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, 
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
kirishish   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining
qo’shma   majlisidagi   nutq   /Sh.M.   Mirziyoyev.   -   Toshkent:   ―O’zbekiston ,‖
2016. -56 b. 
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
6. Sharifxo’jayev M. O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi.
–T.: Sharq, 2003. 
7. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. –
T.: O’zbekiston, 2010. 
8.  Jalilov A boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015. 
9.   Fuqarolik   jamiyati.   Darslik   loyihasi–   T.:   2016.   Ziyonet.uz.   Mualliflar
jamoasi. 
10.   O’tamurodov   A.   va   boshqalar.   Fuqarolik   jamiyati   fanidan   tushuncha   va
atamalar lug’ati.  Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.

2017-2021 yillarda o’zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik fuqarolik jamiyati rivojlanishining dasturi sifatida Reja: 1. “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ni ishlab chiqish zarurati 2. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi va vazifalari 3. «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi»ning ustuvor yo`nalishlari

Mustaqillik yillarida mamlakatda xuquqiy demokratii davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O`zbekistonning munosib o`rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bo`larning barchasi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Mustaqillik me'mori I.A. Karimov tomonidan taraqqiyotning yangi yo`nalishi sifatida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlarning nazariy-amaliy poydevori bo`lib xizmat qilayotgan «O`zbek modeli»ning hosilasn, desak xato qilmagan bo`lamiz. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Mustaqillik me' mori, buyuk davlat va jamoat arbobi I.A. Karimovning o`zbek xalqi oldidagi tarixiy xizmatlariga baxo berar ekan, uzining barcha nutq va ma'ruzalarida: « Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov biz uchun yangi hayot, yangi jamiyat asoschisi, mustaqil O`zbekiston bunyodkori sifatida tariximizda mangu qoladi, yuksak ibrat namunasi bo`lib xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. Albatta, Islom Abdug`anievichning siyosiy merosini qancha ko`p o`rgansak, uning qanday ulkan xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Viz bu ibrat maktabiga, uning saboqlariga qaerda, qaysi lavozimda bo`lmaylik, doimo murojaat qilamiz va undan o`zimizga hayotiy dastur, qo`llanma bo`ladigan yangi- yangi fikr va g`oyalar topamiz. Shaxsan men ulug` Yurtboshimiz asos solgan, dunyoda «O`zbek modeli» deb tan olingan taraqqiyot yo`lini, u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha-barcha ezgu ishlarni davom ettirishni o`zimning muqaddas burchim va vazifam deb bilaman 1 . Biz taraqqiyotning O`zbek modeliga asoslangan yo`lni qat'iy davom ettirib, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, jahon maydonida uning raqobatddoshligini ta'minlash, iqtisodiyotni mo - dernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko`taramiz 2 . 1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga qo`ramiz. -T.: «Uzbekistan» NMIU, 2017. -B.41-42. 2 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalq,imiz bilan birga kuramiz. -T.: «O`zbekistan» NMIU, 2017. -B.109-110.

Aziz Islom Abdug`aniyevichning siyosiy merosi, davlat va jamiyat qurilishi bo`yicha kelajakni oldindan ko`rib ishlab chiqqan strategik g`oyalari, belgilab bergan maqsad va vazifalari bizning faoliyatimiz uchun bundan buyon ham asosiy qo`llanma bo`lib xizmat qiladi. Halq manfaati, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi uchun ulug` Yo`lboshchimiz kabi bor kuch va salohiyatim, butun borlig`imni safarbar etishini men o`zimning muqaddas burchim deb bilaman»", — degan edi. O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning chin yuragidan otilib chikkan ushbu purma'no suz va dono fikrlar hyech mubolagasiz aytish mumkinki, barkamol avlodlarimizning buyuk ajdodlarimizga, akli raso fazandlarimizning mu'tabar ota-onala- rimizga, dili toza nabiralarimizning mutafakkir bobokolonlariga bo`lgan o`zbekona ehtiromining york;in namunasi bo`lib, har birimizni ajdodlar vorisiyligining ma'rifiy-ma'naviy tamoyillariga moe ravishda, odilona ish yuritib, halol rizq topib, ozod va obod ona-Va- tanimiz O`zbekistonda tinch va osuda, serfayz, mazmundor hayot kechi- rishga chorlaydi. Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi. Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va

sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi); Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) tasdiqlandi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi. SHu bilan birga, 2017 yil 23 – 27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart- sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha

sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan: 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Davlatimiz rahbari 2017 yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qildi. Har bir davlat idorasi fuqarolarimiz uchun xizmat qilishi shartligi aniq belgilab berildi. Zero, yurtimizda inson, uning hayoti, ozodligi sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanaladi. Insonni e’zozlash, manfaatlarini himoya qilish esa demokratik, adolatli davlatga xos xususiyatdir. Asosiy Qonunimizda demokratik huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilishni belgilab qo‘yilgani buning yaqqol tasdig‘idir. Darhaqiqat, islohot – islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon hayoti uchun shiori hayotimizda o‘z tasdig‘ini topayotir. Inson manfaatlari, xalq farovonligini ta’minlashda xalq bilan muloqot qilish, ularning orzu- niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini bilish muhim hisoblanadi. Prezidentimizning ma’ruzasida ta’kidlanganidek, xalq bilan muloqot inson manfaatlarining yuksalishiga olib keladi. YA’ni muloqot va manfaat tushunchasi xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilga asoslanadi. Eng oliy qadriyat sifatida ulug‘langan inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlashdek ustuvor maqsadimiz, avvalo, xalq bilan muloqot qilish, odamlarning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va