logo

Amir Temur davrida davlat boshqaruvi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida ichki va tashqi siyosat.

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.154296875 KB
Amir Temur davrida davlat boshqaruvi. Amir Temur va temuriylar davri
davlatchiligida ichki va tashqi siyosat.
R Ye J A:
1. Amir Temur davlati boshkaruvining   ustivor xususiyatlari
2. »Temur tuzuklari»da davlat boshqaruv tizimi.
3.Tashqi siyosat va diplomatiya.
Amir Temur davlatining markaziy boshqaruv tizimi
AMIR - MUTLOQ HUKMDOR-BOSh VAZIR – Devonbegi
Mamlakat va raiyat  ahvoli, hosil, soliqlar, kirim – chiqimlar bilan 
shug‘ullanuvchi   vazir.Sipoh   vaziri   –   harbiy   ishlar   bilan   shugullangan.Mulkchilik
va   soliq   ishlari   vaziri   o‘lib   ketganlar,   qachonlar   kelib   –   ketayotganlar,   chorvalar,
o‘tloq-yaylovlar   va   ulardan   olinadigan   daromadlarni   nazorat   qiluvchi
vazir.Saltanat ishlarini 
yurituvchi   vazir.Chegara   yerlar   va     tobe     davlatlar   ishi   bo‘yicha   3   vazirlik-Soliq
ishlari bilan shug‘ullanuvchi vazir.Sipoh ishlari vaziri.Daraksiz yo‘qolgan kishilar,
kelib – ketib yuruvchilar, hosil, aqldan ozganlar, vorissizlar mol-mulki, qozilar va
shay-xulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirgan.
QURULTOY VA UNING DAVLAT HAYoTIDAGI O‘RNI
 Jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilgan;
 xalq vakillari bilan kengashish vositasi;
 Qurultoyda   urush,   tinchlik   masalalari   yoki   davlat   boshqaruviga   oid   boshqa
muhim ishlar hal etilgan;
 U oliy tabaqa vakillarining kengashi;
 Qurultoy  boshqaruvda jamoat fikriga tayanish imkonini yaratgan;
 Markaziy   va   mahalliy   boshqaruv   tizimi   o‘rtasidagi   aloqadorlikning
ta'minlashiga ta'sir etgan;
 Qurultoy   monarxiyaning   demokratiya   bilan     uyg‘unlashgan   ko‘rinishi
davlatda tenglik,  adolat tamoyillarini shakllantirishga katta ta'sir ko‘rsatgan;
 Qurultoy  davlatning manbai xalq bo‘lganligini anglatadi.
AMIR TEMUR DAVLATINING MA Ъ MURIYTUZILIShI SALTANAT-Ulus   –Viloyat-Tuman   (10   ming   askar   yetkazib   bergan)-Hazora
(minglik)-Sada  (yuzlik)-Daha  (o‘nlik).
Viloyat va tuman boshkaruvlari-Hokim-Moliyadevoni boshlig‘i-Adolatamiri-Qozi-
Muftiy   -Mutavalliy   –Muxtasib-Kutvol(komendant)-Mahalliyerkin   jamoalar-
Mahallaoqsoqollari.
AMIR TEMUR BOShQARUVIDA USTUVOR XUSUSIYaTLAR 
 Boshqaruvda   turkiy,   mo‘g‘ul   va   forsiy     boshqaruv   an'analaridan
foydalanilgan, ammo mahalliy an'analar ustunlik qilgan;
 O‘troq va ko‘chmanchi aholi manfaatlari himoya qilingan;
 Davlat   mafkuraviy,   ma'naviy   va   axloqiy   asoslarni   kuchaytirishda   shariat
qoidalariga tayangan;
 Saltanatda   xalqlarning   tinchligi,   barqarorligi,   qonuniylik   va   adolat
ta'minlangan; 
 Davlat   soliqlar,   bojlar,   xiroj,   moli   omon,   o‘ljalar,   badavlat   zamindor,
tadbirkorlarning xayriya hadyalari va boshqa manbalar evaziga to‘ldirilgan;
 Davlatda kuchli ijtimoiy himoya ta'minlangan;
 Kuchli harbiy va mudofaa tizimi shakllangan;
 Ilg‘or sud-huquq tizimi joriy etilgan;
 Tadbirkorlik   ichki   va   halqaro   miqyosda   keng   rivojlangan,   yer   egalari
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan;
 Ilm-fanga homiylik qilingan;
 Balki saltanatning barcha qishlog‘u shaharlarida ko‘plab qurilishlar bunyod
etilgan;
 Buyuk Ipak yo‘liga e'tibor berilgan va uning ustidan nazorat o‘rnatilgan;
 Yagona   makon,   integratsiya,   globallashuv   asoslarining   dastlabki
ko‘rinishlari paydo bo‘lgan;
 Madaniyatlar, dinlararo ko‘prik o‘rnatilgan.
AMIR TEMUR DAVLATINING IJTIMOIY TUZILIShI
 Bu   davrda   yirik   zamindorlar,   o‘rta   va   kichik   yer   egalari   hayotida   sifat
o‘zgarishlari yuz bergan;
 Ruhoniylar   tabaqasi   -   shayxulislom,   qozi,   imom   xatib,   voiz,mudarris,   sadr,
shayxlar va boshqalar.  Savdo ahllari - tujjorlar, “ahl-i bozor”, savdogarlar, olib sotarlar va b.
 Hunarmandlar,   ularning   birlashmalari   -   kasb-hunar,     maorif   va   axloqiy-
ma'rifiy  maskan bo‘lgan;
 Qishloq   aholisi   -   Mayda   xususiy   yer   egalari,   ijarachilar,   erkin   dehqonlar,
qullar  
 Yer   egaligi   turlari:   1-davlat   mulki   (mamlaka);   2-xususiy   yerlar;   3-vaqf
yerlari;  4-jamoa yerlari;
 Harbiylar:   oddiy   askar,   bahodirlar,   o‘n   boshi,   yuz   boshi,   ming   boshi,
tumanboshi (10.000 askar boshlig‘i), o‘n ikki darajali amirlik tizimlari, beklarbegi,
amir ul–umaro (jami 313 amirlar);
 Ziyoli aholi va harbiylar
 Mutaxassislarni   tanlashda   nomzodning   nasl-nasabi,   kasbiy   malakasi,
sog‘ligi,   aql-farosati,   yuksak   ma'naviy   axloqi,   ko‘rsatgan   jasorat   hamda
xizmatlariga e'tibor berilgan.
 Kam   ta'minlangan   tabaqalar   ijtimoiy     himoya   qilingan,   dehqonlar   va
savdogarlikning   faoliyat   boshlashlariga   xatto   kambag‘allarning   uy-joy
qurilishlarida ham foizsiz davlat  ko‘mak bergan
 Raiyat   –   xazina   –   qo‘shinning   boyligi   saltanat   qudratining   tayanchi   deb
tushunilgan.
SUD-HUQUQ TIZIMI
 Dorulimorat- xokimlik boshqarmasi;
 qozixona-sud idorasi;
 doruladolat-adliya boshqarmasi;
 fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;
 shariat ishlari bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;
 harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;
 Asaslar - kecha qorovullari, qidiruv ishlari boshliqlari;
 qo‘rchi - davlatning qurol-yarog‘larini avaylab-asragan ma'murlar;
 kunduzgi, tungi, fuqarolik va harbiy ishlarga tegishli bo‘linmalar;
 muhtasib   -   toshu   tarozilar,   ma'naviy   gunohlar   uchun   jazoni   tayinlovchi
kishilar;  arzbegilar   –   aholidan   tushgan   arz-shikoyatlarni   ko‘rib   chiqib,   muhim
choralar belgilagan.
Amir Temurning tarixdagi xizmatlari
 Amir   Temur   yurtimizda   ildiz   otgan   mo‘g‘ullar   zulmiga   uzil-kesil   barham
berdi;
 mayda   davlatlarga   bo‘linib   ketgan,   tarqoqlik,   ichki   urushlar   va
adolatsizliklar   hukm   surgan   Movarounnahrni   yagona   davlatga   birlashtirib,   uning
boshqaruv asoslarini shakllantirdi va mustahkamladi; 
 Davlat boshqaruv asoslarini takomillashtirib yangi bosqichga ko‘tardi; 
 qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini barpo etdi;
 saltanatning   iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy   va   ma'naviy   asoslarini
mustahkamladi;
 nisbatan   qisqa   vaqt   ichida   Movarounnahrni   dunyoning   eng   rivojlangan
davlatlaridan biriga aylantirdi;
 Osiyo,   Afrika,   Yevropa   mintaqalaridagi   xalqlarning     tinchligi,   farovonligi
uchun   katta   xizmatlar   qildi   va   halqaro   maydonda     adolatni   ta'minlash   uchun
kurashdi;
 turli   din,   millat,   elat   vakillari   o‘rtasida   o‘zaro   aloqalarning   o‘rnatilishi
oqibatida   birinchi   marta   yagona   makon   va   integratsiya   g‘oyalari   shakllana
boshladi;
 Saltanatda   islom   dinining   ilmiy   asoslariga,   bag‘rikenglik   tamoyillariga
tayanilib davlat boshqaruvi amalga oshirilgan;
 Amir   Temur   hukmronligi   davrida   davlat,   jamiyat   va   shaxs   manfaatlari
uyg‘unlashtirildi;
 Bu   davrda   saltanat   hayotida   siyosiy,   iqtisodiy   va   ma'naviy   barqarorlik
o‘rnatilgan;
 Davlat   boshqaruvining   muhim   sohalaridagi   faoliyat   adolat,   tinchlik,
hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar shu
maqsadlarga yo‘naltirilib, o‘z vaqtida ijrosini topgan;
 Amir   Temur   birinchi   marotaba   g‘arb   va   sharq   xalqlari   o‘rtasida   hamkorlik
ko‘prigini   o‘rnatgan.   Bugun   uning   bu   faoliyati   «qo‘l   cho‘zish   siyosati»   deb
baholanmoqda;
 Saltanatning barcha hududlarida keng bunyokorlik ishlari olib borilgan;  Amir   Temur   davlatida   ilm-fan,   ma'naviyat,   me'morchilik   va   san'at   beqiyos
darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi Uyg‘onish davri deb talqin
etildi.
1.Boshqaruvda   turkiy,   mo‘g‘ul   va   forsiy     boshqaruv   an'analaridan   foydalanilgan,
ammo mahalliy an'analar ustunlik qilgan;
 O‘troq va ko‘chmanchi aholi manfaatlari himoya qilingan;
 Davlat   mafkuraviy,   ma'naviy   va   axloqiy   asoslarni   kuchaytirishda   shariat
qoidalariga tayangan;
 Saltanatda   xalqlarning   tinchligi,   barqarorligi,   qonuniylik   va   adolat
ta'minlangan; 
 Davlat   soliqlar,   bojlar,   xiroj,   moli   omon,   o‘ljalar,   badavlat   zamindor,
tadbirkorlarning xayriya hadyalari va boshqa manbalar evaziga to‘ldirilgan;
 Davlatda kuchli ijtimoiy himoya ta'minlangan;
 Kuchli harbiy va mudofaa tizimi shakllangan;
 Ilg‘or sud-huquq tizimi joriy etilgan;
 Tadbirkorlik   ichki   va   halqaro   miqyosda   keng   rivojlangan,   yer   egalari
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan;
 Ilm-fanga homiylik qilingan;
 Balki saltanatning barcha qishlog‘u shaharlarida ko‘plab qurilishlar bunyod
etilgan;
 Buyuk Ipak yo‘liga e'tibor berilgan va uning ustidan nazorat o‘rnatilgan;
 Yagona   makon,   integratsiya,   globallashuv   asoslarining   dastlabki
ko‘rinishlari paydo bo‘lgan;
 Madaniyatlar, dinlararo ko‘prik o‘rnatilgan.
Temur davlati o‘z davrida nisbatan markazlashgan davlat edi. Bu davlat, asoschisi
(Amir   Temur)   ko‘zda   tutganday,   mamlakatdagi   barcha   ijtimoiy   tabaqalar
(sayyidlar va ruhoniylar, olim va fozil kishilar, ahlu hunar, ziroatchilar, sipohiylar,
savdo-sotiq   ahli   va   boshqalar)   ning   maqsad   va   manfaatlarini   himoya   qilishi,
maslahat va kengash ila qattiq qo‘llik bilan boshqarilishi kerak edi.     Bu – davlat
tuzishda   amal   qilish   zarur   bo‘lgan   birinchi   shartdir.         Davlatni   shakllantirishda
amal   qilish   lozim   bo‘lgan   ikkinchi   shart-sharoit     -   bu   saltanatning   to‘rt   asosiy
ustunini to‘g‘ri anglash va unga suyana bilish. Bu ustunlar quyidagilar: 1) Islom va shariat  aqidalari;  2)qadimdan amalda bo‘lgan odatlar – yo‘sin va tuzuklar; qonun
ustuvorligi; 3) xazina; 4) raiyat, ya'ni mehnatkash xalq.
Amir   Temur   saltanatning   shu   to‘rt   ustuniga   suyanib   ish   tutdi   va   davlatini
shakllantirishda, uni boshqarishda shu ustunlarga suyana bildi. 
      El-yurtning   taqdiri,   raiyatning   turish-turmushi   ko‘p   jihatdan   markaziy   davlat
tuzumi,   uning   shahar,   viloyat,   tuman   va   katta-kichik   qishloqlardagi   idoralarining
ish yuritishiga bog‘liqdir va yana o‘sha muassasa va idoralarda xizmat qilib turgan
mansabdorlarning   nasl-nasabli,   imon-insofli,   tadbirkor   bo‘lishlariga   ham   bog‘liq.
Amir   Temur   davlat   tizimini   shakllantirishda   shunga   ham   alohida   e'tibor   berdi.
Masalan,   hukumatning   ijroiya   muassasalari   (devonlari)   ni   boshqarib   turuvchi
vazirlar, Amir Temurning fikricha, to‘rt sifatga ega bo‘lishlari talab qilingan. 
Birinchisi  - asllik va toza nasllik; 
    Ikkinchisi – aql-farosatlilik; 
        Uchinchisi     -   sipohu   raiyat   ahvolidan   xabardorlik,   ularga   nisbatan   yaxshi
muomalada bo‘lishlik; 
   To‘rtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Vazirlikka tayinlash, unga el-
yurtning inon-ixtiyorini topshirish xususida hazrat sohibqironning aytgan mana bu
uqdirishlari   ham   muhimdir:   «Kimki   shu   to‘rt   sifatga   ega   bo‘lsa,   unday   odamni
vazirlik   martabasiga   loyiq   deb   bilsinlar,   uni   vazir   yoki   maslahatchi   qilib
tayinlasinlar,   mamlakat   ishlarini,   sipoh   va   raiyat   ixtiyorini   unga   topshirsinlar.
Bunday   vazirga   to‘rt   imtiyoz:   ishonch,   e'tibor,   ixtiyor   va   qudrat   (hokimiyat)
berilsin».
Amir   Temur   mahalliy   hokimiyatlarda   ham   imon-insofli,   ishbilarmon   odamlarni
qo‘ydirdi,   ulardan   el-yurtni   muhofaza   qilish,   raiyatning   mol-joninihimoya   qilish,
uni soliq undiruvchilarning zulmidan himoya qilish, yurtni obod qilish, viloyatdan
o‘tayotgan   savdo   karvonlarini   qo‘riqlashni   qattiq   talab   qiladi.   «Tuzuklar»   da
o‘qiymiz:   «Mahalliy   hokimlardan   katta-kichik   shaharlar   va   qishloqlarda   masjid,
madrasa va xonaqohlar bunyod etish, faqiru miskinlar uchun langarxonalar qurish,
bemorlar uchun shifoxonalar qurish topshirilsin». Hazrat sohibqironning mana bu
uqtirishlari   ham   muhimdir:   «Amr   qildimki,   raiyatdan   mol-xiroj   yig‘ishda   ularni
og‘ir ahvolga solib qo‘yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan
saqlanish   lozim.   Negaki,   raiyatni   xonavayron   qilish   davlat   xazinasining
kambag‘allashishiga   olib   keladi.   Xazinaning   kamayib   qolishi   esa   sipohning
tarqalib   ketishiga   sabab   bo‘ladi.  Sipohning   tarqoqligi,   o‘z   navbatida,   saltanatning
kuchsizlanishiga olib keladi». 
Temuriylar   davlatining   tizimi   ham,   avval   o‘tgan   davlatlar   tizimi   singari,   ikki
qismga: qonun chiqaruvchi va ijroiya tizimlariga bo‘lingan.        Qonun   chiqaruvchi   tizim   qurultoy   atalib,   u   asosan   yirik   turk-mo‘g‘ul
qabilalarining   yo‘lboshchilari   ishtirokida   o‘tgan   va   oliy   hukmdor   istagan   paytda
chaqirilgan.   Qurultoy  urush  va  sulh,   oliy  hukmdorning  (podshoh,  xon)   saylanishi
kabi masalalarni muhokama qilgan va qonunlashtirgan. 
      Ijroiya   tizimi   devonlar   va   boshqa   oliy   davlat   idoralaridan   iborat   bo‘lgan.
Davlatning   ijroiya   tizimi   (devonlar)   qurultoy   qabul   qilgan   qarorlarni,   podshoh
farmonlarini va davlatning kundalik yumushlarini hayotga tatbiq etgan. 
        Tarixiy   manbalarda   xususan   «Tuzuklar»   da   aytilishicha,   Temur   davlatini
quyidagi to‘rt vazir boshqargan. 
1)   Mamlakat   va   raiyat   vaziri   –   mamlakatning   muhim   va   kundalik   ishlarini   ado
etgan;   raiyatning   ahvolini   nazorat   qilib   turgan,   viloyatlardan   yig‘ilgan   kirim-
chiqim,   Oliq-soliqlar   va   ularni   taqsimlash,   mamlakat   obodonchiligi   va   riyatning
farovonligini, mamlakatning umumiy ahvolini nazorat qilib turuvchi vazir bo‘lgan.
Uni   bosh   vazir   (vaziri   a'zam)   deb   atash   mumkin.   U   bosh   bo‘lgan   muassasa   esa
devoni oliy deb atalgan.
   2) sipoh vaziri – sipohiylarning umumiy ahvoli, ularni yurishlar oldidan to‘plash,
joylashtirish,   oziq-ovqat   va   harbiy   aslaha   bilan   ta'minlash,   ularning   maoshi   va
nafaqalarini   o‘z   vaqtida   yetkazib   berish   bilan   shug‘ullangan.   U   bosh   bo‘lgan
muassasa devoni tavochi deb atalgan.
        Uchinchi   vazirga   egasiz   qolgan   yer-suv,   mol-mulkni,   haqiqiy   merosxo‘rlari
topilguncha, tasarruf qilib turish, shuningdek, savdogarlardan olinadigan boj-xiroj
va yaylovdagi  mol-qo‘ydan olinadigan zakot  undirish bilan shug‘ullangan. Uning
devoni   devoni   sarkor   deb   ham   atalganTo‘rtinchi   vazir   saltanat   ishlarini,   ya'ni
davlat   idoralarining   sarf-harajatlari,   podshohning   turli   marosimlariga   ketgan
sarflarini,   umuman   xazinadan   ketgan   barcha   harajatlarning   hisob-kitobi   bilan
shug‘ullangan.   Ushbu   vazirning   ixtiyoridagi   devoning   aniq   nomi   Amir   Temur
davriga oid manbalarda ko‘rsatilmagan. Fikrimizcha, u devoni mushrifga o‘xshash
bo‘lgani shubhasiz.
        «Tuzuklar»da   chegara   yerlar   va   tobe'   mamlakatlarni   boshqarish   ishlariga   mas
Mansab va unvonlar..
        Amir Temur davrida davlat yumushlarini ado etgan quyidagi oliy lavozimlar:
otaliq,   arzbegi,   a'lam,   boqovulboshi,   bitikchi,   daftardor,   jalol   ul-islom,   jarchi,
zinbardor,   kutvol,   majlisnavis,   miroxur,   munshiy,   muftiy,   muxtasib,   mushrif,
muhandis,   muhosil,   filbon,   sadr   a'zam,   sohib   devon,   yasovul,   tavochi,   farrosh,
faqih, xazinador, xonsolor, chuhra og‘asi, shayxulislom, eshik og‘a boshi, yurtchi,
qozi asqar, qozi ahlos kabi lavozimlar tilga olinadi. Arzbegi   –   oliy   hukmdorning   huzuriga   arz-shikoyat   bilan   kelgan   kishilarni   qabul
qilib,   ularning   shikoyatini   podshoh   (xon)   ga   yetkazib   turuvchi   va   ularga   javob
qiluvchi mansabdor.
A'lam  – fiqh (musulmon qonunshunosligi)  va boshqa  ilmlardan keng ma'lumotga
ega bo‘lgan bu mansabdor qozilarning faoliyatini nazorat qilgan. Qozi qabul qilgan
qaror yoki ajrim faqat a'lamning tasdig‘idan o‘tgandan keyin kuchga kirgan.
Baqovulboshi   –   podshoh   (xon)   oshxonasida   xizmat   qilib   turgan   va   ovqat
piiruvchilar tepasida turgan mansabdor.
'ul  etib  yana  uchta  vazir   tayinlangani   aytiladi.  Lekin hozirgacha  ularning  nomlari
aniqlanmagan.   Akademik   B.Ahmedovning   fikricha,   ulardan   biri   xorijiy
mamlakatlar   bilan   olib   boriladigan   munosabatlarga   boshchilik   qilgan   oliy   davlat
muassasasi   devoni   insho,   yoki   devoni   rasoil,   deb   atalgan.   Shuningdek,   devoni
mushrif (maxsus nazoratchilar devoni) va devoni kuzat (adliya ishlari devoni) kabi
oliy davlat muassasalari va shu ishga nozirlik qilgan vazirlar ham bo‘lgan, albatta.
        «Temur   tuzuklari»da   qabul   marosimlari,   saltanat   saroyida   vazirlar,   amirlar,
ulamo va boshqa toifa kishilarining o‘ltirish tartibi ham qat'iy belgilangan.
        Saltanat   majlisida   o‘ltirish   tartibiga   ko‘ra,   toj-taxt   va   podshohni   xuddi   oy
qo‘rg‘onlaganday   o‘rab   o‘ltirganlar.   Podshohning   o‘ng   tarafidan   uning   baxtiyor
o‘g‘illari,   nabiralari   va   yaqin   qarindoshlari,   daraja   va   martabalariga   qarab
o‘ltirganlar. Sayyidlar, shayxlar, qozilar, ulamo, shuaro va boshqa ulug‘ zotlarning
o‘rni ham shu tarafda bo‘lgan.
        Qo‘shin   boshliqlari,   amir   ul-umaro,   beklarbegi,   no‘yonlar,   mingboshilar,
yuzboshilar, o‘nboshilar, ulus hamda tuman boshliqlari taxtning so‘l tarafidan joy
olganlar.   Devonbegi,   vazirlar,   o‘zga   mamlakatlardan   kelgan   elchilar   taxt
qarshisidan   joy   olganlar.   Ellu   ulusning   kalontarlari   va   kadxudolar,   ularning
orqasidan baxodirlar, atoqli o‘g‘lonlar taxt orqasining o‘ng tarafida, qorovulbegilar
taxt  orqasining  so‘l  tarafida turganlar. Katta chodir  eshigi  oldida, taxt  to‘g‘risida,
ichkilar   (podshohning   xos   xizmatkorlari),   podshohning   xususiy   yasovuli,   o‘ngu
so‘lda esa dodxohlar tik turishgan.
Amir Temur davlatida qonun barchaga – vazirga ham, amirga ham, hokim uchun
ham,   shahzoda   uchun   ham   barobar   bo‘lgan.   Sharafuddin   Ali   Yazdiyning
«Zafarnoma»sidan   ikkita   misol   keltirish   mumkin:   G‘arbiy   Eron   va   Ozarbayjon
hokimi   Mironshoh   mirzo   maishat   va   kayfu   safoga   mukkasidan   ketib,   davlat
ishlariga   e'tibor   qilmay   qo‘ygani   uchun   lavozimidan   olib   tashlangan,
atrofidagilarning   ba'zilari   esa,   oliy   jazoga   mahkum   etilganlar.   Fors   hokimi
Pirmuhammad   sulton   yetti   yillik   urush   (1399-1404)   paytida   sustkashlikka   yo‘l
qo‘ygani uchun u ham egallab turgan mansabidan olib tashlangan.      Amir Temur davlatida huquqiy munosabatlar Qur'oni Karim va Hadisi sharifda
bayon   qilingan   tartib-qoidalarga   asoslangan.   Amir   Temurning   huquq   va   qonun
unsurlari   «Temur   tuzuklari»da     o‘z   aksini   topgan.   Bu   asarda   davlat   yumushlari,
harbiy soha, raiyat va ijtimoiy tuzumning barcha qatlamlari haqida so‘z yuritilgan.
«Tuzuklar»da qat'iy tartiblar va qonunlar ifoda etilgan:
      -   qishloq   oqsoqoli,   shahar   ulug‘lari   pastroq  toifadagi   kishiga   zulm   qilsa,   o‘sha
zulmga yarasha katta miqdorda jarima solingan;
      -   xalqqa   jabr-zulm   qilgan   harbiy   kishi   jarima   to‘lagan   yoki   dara   bilan
kaltanlangan;
      -   kimda-kim   birovning   tishini   sindirsa,   ko‘zini   ko‘r   qilsa,   sharob   ichsa,   zino
ishlar   bilan   mashg‘ul   bo‘lsa   shariat   qozisi   tomonidan   tegishli   jazolarni   olgan   va
hokazo.
Hullas, Amir Temur davri davlatchiligida harbiy tizim san'at darajasiga ko‘tarilgan
bo‘lib,   bu   tizim   avvalo,   mamlakat   xavfsizligini,   adolat   va   barqarorlikni
kuchaytirish, tartibsizliklar hamda
boshboshdoqliklarning oldini olish maqsadlariga qaratilgan. U harbiy
yurishlarda qonun ustivorligini ta'minlab, mazlumlarni zolimlardan himoya qilgan.
Sohibqiron   o‘z   qo‘shini   tuzilishidan   ixchamlikni,   ularning   bir   biriga   o‘zviy
bog‘liqligini, bir biriga bo‘ysunishini, pog‘onalar tizimliligini ta'minlagan. 
3.Tashqi siyosat va diplomatiya.
 Tadqiqotchilarning e'tirof etishlaricha (Sh. O‘ljayeva) Amir Temur dastlabki
siyosiy   faoliyatidan   to   vafotiga   qadar     o‘z   qudratining   undan   to‘qqiz   qismiga
diplomatik salohiyati tufayli erishgan. 
 Sohibqironning   vorislari   Mironshoh,   Ulug‘bek,   Shohruh,   Husayn   Boyqaro,
Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning
diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar.
 Tinchlik,   tomonlar   manfaatdorligi,   raqibiga   shavqat   qilish   va   unga   katta
imkon yaratish, har qanday og‘ir sharoitda ham
 elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qat'iy amal qilish,
inson hayoti daxlsizligi Amir Temur tashqi siyosati va
 diplomatiyasining   asosi   hisoblangan.   Chunonchi,   Amir   Temur
maktublaridan   birida,   “Elchiga   o‘lim   va   bandilik   yo‘qdir,   elchining   gardanidagi
vazifa buyruqni aniq yetkazishdan boshqa narsa emasdir”, deb yozadi.    Amir   Temurning   tashqi   siyosati   va   diplomatiyasining   o‘ziga   xos
tomonlaridan yana biri shundaki u, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa, bir dinni boshqa
dinga, bir mafkurani o‘zga mafkuraga qarshi qo‘ymay, har ikki
 ziddiyatli   tomonning   manfaatlarini   ifoda   etadigan   muammoning   ijobiy
yechimini   hamda   ular   o‘rtasidagi   taraqqiyot   yo‘lini   topishni   asosiy   masala   deb
bilgan.  Manbalarning ma'lumot berishicha, Sohibqiron diplomatik
 munosabatlarda   tashabbus   ko‘rsatib,   xalqaro   aloqalarni   rivojlantirishga
intilgan. Uning tashqi siyosati va diplomatiyasi tinchlik va tenglik, doimo raqibiga
yon bosish, diniy va dunyoviy bag‘rikenglik g‘oyalariga asoslangan.
 Sohibqironning   tashqi   siyosati   hamda   diplomatiya   borasidagi   bag‘rikenglik
va   insonparvarlik   fazilatlari   Xorazmdagi   So‘fiylar   sulolasi   (Yusuf   So‘fi),   Oltin
O‘rda   xoni   To‘xtamish,   Misr   hukmdori   Faraj,Turkiya   sultoni   Boyazid   kabilar
bo‘lgan munosabatlarda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
 Ta'kidlash   joizki,   Amir   Temurning   kuchli   va   puxta   diplomatik   salohiyati
tufayli dinlar, mafkuralar, madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo munosabatlar
zamon talablari hamda vaziyat taqozosi darajasida yo‘lga qo‘yilgan.
 Amir   Temur   murakkab   tarixiy   sharoitida   tashqi   siyosat   olib   borgan   edi.
Chunki   o‘sha   davrdagi   vaziyat,   ya'ni,   Chingiziy   mug‘ullarning   xavfi   kuchli
ekanligi,   Chig‘atoy   ulusini   birlashtirish   va   egalik   qilish,   Xorazm,   Oltin   O‘rda,
Mug‘uliston,   Eron,   Xuroson   kabi   o‘z   davrining   kuchli   davlatlari   bilan
munosabatlar   masalalarida   davlat   manfaatlariga   mos   tashqi   siyosat   yurgizishni
taqazo   etardi.   Sohibqironning   tashqi   siyosatdagi   ustivor   maqsadi   –   oqibatli
qo‘shnichilik, tingchlik va hamkorlik bo‘lib, Xorazm ustiga bir necha yurishlar va
Urganchning vayron etilishi sufiylar sulolasi vakillarining uzoqni ko‘rmay yuritgan
siyosati natijasi edi.
 Amir   Temurning   tashqi   siyosatidagi   asosiy   yo‘nalishlardan   biri   –
Movarounnahrning xavfsizligini  ta'minlash bo‘lgan. Xorazmdagi sufiylar sulolasi,
Fors   viloyati   hokimi   Shoh   Shujo',   Ozarbayjon   hokimi   Tahurtan,   Mug‘uliston
hokimi Qamariddin, Oltin O‘rdadagi  To‘xtamishxon, Oq O‘rdadagi  Temur Malik
kabilar bilan bo‘lgan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi.
 Sohibqiron   o‘z   davrida   Frantsiya   qiroli   Karl   VI,   Angliya   qiroli   Genrix   IV
hamda   Kastiliya   va   Leon   qiroli   Genrix   III   de   Trastamaralar   bilan   xam   aloqalar
o‘rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu munosabatlar dastavval Turkiya ustiga yurish
munosabati   bilan   boshlangan   bo‘lsa-da,   g‘alabadan   so‘ng   G‘arbiy   Yevropa
mamlakatlari   bilan   bo‘lgan   aloqalarning   mazmuni   tubdan   o‘zgardi.   Endilikda,
Temur   ular   bilan   do‘stona   munosabatlarni   mustahkamlash   hamda   elchilik   va
o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar bilan cheklanadi. Shu maqsadda   Frantsiya   va   Angliyaga   elchilar   yuborilib,   Ispaniyadan   (Klaviho)
elchilar qabul qilinadi.
 Xullas,   Amir   Temur   va   temuriylar   davri   davlatchiligida,   davlat   boshqaruv
asoslari   nazariy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilib,   amaliyotga   jadal   joriy   etilgan.
Davlat   kam   ta'minlangan,   kambag‘al   va   yetim-esirlarni   ijtimoiy   jihatdan   kuchli
himoya qilgan.
   Bu davrda davlat rahbariga alohida e'tibor berilib, rahbarning avvalo komil
inson bo‘lmog‘i, axloqiy barkamolligi talab etilgan. Davlat rahbari qonunchilikni,
boshqaruv   san'atini   mukammal   egallagan   hamda   davlatni   aniq   va   puxta   ishlab
chiqilgan qonunlari orqali boshqargan.
Manbalar va adabiyotlar
1.Amir Temur jahon tarixida. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri. – T.:
Sharq, 2001.
2.Ahmedov   B.,   Mukminova   R.,   Pugachenkova   G.   Amir   Temur.–   T.:   Universitet,
1999. 
3.Temur   tuzuklari   /   Forschadan   Alixon   Sog‘uniy   va   Habibullo   Karomatov
tarjimasi.   So‘zboshi   va   izohlar,   umumiy   tahrir   akademik   B.   Ahmedovniki.   –   T.:
Adabiyot va san'at, 1996.  
4.Keren L., Saidov A. Amir Temur va Frantsiya. – T.:  Adolat, 1996
5.Keren  L.  Amir   Temur   saltanati   /   Frantsuz   tilidan   tarjima   va  izohlar   muallifi   B.
Ermatov. – T.: Ma'naviyat, 1999. 
6.Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. – T.: Xazina, 1995.
7.Vohidov   Sh.,   Qodirov   A.   Sharqning   mashhur   sulolalari.   –   T.:   Akademnashr,
2013.
8.Azamat   Ziyo.   O‘zbek   davlatchiligi   tarixi.   Eng   qadimgi   davrdan   Rossiya
bosqiniga qadar. – T.: Sharq, 2000.
9.Sagdullayev   A.,   Aminov   B.B.,   Mavlonov   O‘.M.,   Norqulov   N.   O‘zbekiston
tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
10.Sagdullayev   A.,   Mavlonov   O‘.   O‘zbekistonda   davlat   boshqaruvi   tarixi.–
Toshkent: Akademiya, 2006.
11.   Eshov   B.J.   O‘zbekiston   davlatchiligi   va   boshqaruvi   tarixi.-   T.;   Yangi   asr
avlodi, 2012. 12.   Eshov   B.J.   O‘zbekiston   davlatchiligi   va   boshqaruvi   tarixi.-   T.;   Yangi   asr
avlodi, Birinchi va Ikkinchi kitob 2019.

Amir Temur davrida davlat boshqaruvi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida ichki va tashqi siyosat. R Ye J A: 1. Amir Temur davlati boshkaruvining ustivor xususiyatlari 2. »Temur tuzuklari»da davlat boshqaruv tizimi. 3.Tashqi siyosat va diplomatiya. Amir Temur davlatining markaziy boshqaruv tizimi AMIR - MUTLOQ HUKMDOR-BOSh VAZIR – Devonbegi Mamlakat va raiyat ahvoli, hosil, soliqlar, kirim – chiqimlar bilan shug‘ullanuvchi vazir.Sipoh vaziri – harbiy ishlar bilan shugullangan.Mulkchilik va soliq ishlari vaziri o‘lib ketganlar, qachonlar kelib – ketayotganlar, chorvalar, o‘tloq-yaylovlar va ulardan olinadigan daromadlarni nazorat qiluvchi vazir.Saltanat ishlarini yurituvchi vazir.Chegara yerlar va tobe davlatlar ishi bo‘yicha 3 vazirlik-Soliq ishlari bilan shug‘ullanuvchi vazir.Sipoh ishlari vaziri.Daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib – ketib yuruvchilar, hosil, aqldan ozganlar, vorissizlar mol-mulki, qozilar va shay-xulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirgan. QURULTOY VA UNING DAVLAT HAYoTIDAGI O‘RNI  Jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilgan;  xalq vakillari bilan kengashish vositasi;  Qurultoyda urush, tinchlik masalalari yoki davlat boshqaruviga oid boshqa muhim ishlar hal etilgan;  U oliy tabaqa vakillarining kengashi;  Qurultoy boshqaruvda jamoat fikriga tayanish imkonini yaratgan;  Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi o‘rtasidagi aloqadorlikning ta'minlashiga ta'sir etgan;  Qurultoy monarxiyaning demokratiya bilan uyg‘unlashgan ko‘rinishi davlatda tenglik, adolat tamoyillarini shakllantirishga katta ta'sir ko‘rsatgan;  Qurultoy davlatning manbai xalq bo‘lganligini anglatadi. AMIR TEMUR DAVLATINING MA Ъ MURIYTUZILIShI

SALTANAT-Ulus –Viloyat-Tuman (10 ming askar yetkazib bergan)-Hazora (minglik)-Sada (yuzlik)-Daha (o‘nlik). Viloyat va tuman boshkaruvlari-Hokim-Moliyadevoni boshlig‘i-Adolatamiri-Qozi- Muftiy -Mutavalliy –Muxtasib-Kutvol(komendant)-Mahalliyerkin jamoalar- Mahallaoqsoqollari. AMIR TEMUR BOShQARUVIDA USTUVOR XUSUSIYaTLAR  Boshqaruvda turkiy, mo‘g‘ul va forsiy boshqaruv an'analaridan foydalanilgan, ammo mahalliy an'analar ustunlik qilgan;  O‘troq va ko‘chmanchi aholi manfaatlari himoya qilingan;  Davlat mafkuraviy, ma'naviy va axloqiy asoslarni kuchaytirishda shariat qoidalariga tayangan;  Saltanatda xalqlarning tinchligi, barqarorligi, qonuniylik va adolat ta'minlangan;  Davlat soliqlar, bojlar, xiroj, moli omon, o‘ljalar, badavlat zamindor, tadbirkorlarning xayriya hadyalari va boshqa manbalar evaziga to‘ldirilgan;  Davlatda kuchli ijtimoiy himoya ta'minlangan;  Kuchli harbiy va mudofaa tizimi shakllangan;  Ilg‘or sud-huquq tizimi joriy etilgan;  Tadbirkorlik ichki va halqaro miqyosda keng rivojlangan, yer egalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan;  Ilm-fanga homiylik qilingan;  Balki saltanatning barcha qishlog‘u shaharlarida ko‘plab qurilishlar bunyod etilgan;  Buyuk Ipak yo‘liga e'tibor berilgan va uning ustidan nazorat o‘rnatilgan;  Yagona makon, integratsiya, globallashuv asoslarining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lgan;  Madaniyatlar, dinlararo ko‘prik o‘rnatilgan. AMIR TEMUR DAVLATINING IJTIMOIY TUZILIShI  Bu davrda yirik zamindorlar, o‘rta va kichik yer egalari hayotida sifat o‘zgarishlari yuz bergan;  Ruhoniylar tabaqasi - shayxulislom, qozi, imom xatib, voiz,mudarris, sadr, shayxlar va boshqalar.

 Savdo ahllari - tujjorlar, “ahl-i bozor”, savdogarlar, olib sotarlar va b.  Hunarmandlar, ularning birlashmalari - kasb-hunar, maorif va axloqiy- ma'rifiy maskan bo‘lgan;  Qishloq aholisi - Mayda xususiy yer egalari, ijarachilar, erkin dehqonlar, qullar  Yer egaligi turlari: 1-davlat mulki (mamlaka); 2-xususiy yerlar; 3-vaqf yerlari; 4-jamoa yerlari;  Harbiylar: oddiy askar, bahodirlar, o‘n boshi, yuz boshi, ming boshi, tumanboshi (10.000 askar boshlig‘i), o‘n ikki darajali amirlik tizimlari, beklarbegi, amir ul–umaro (jami 313 amirlar);  Ziyoli aholi va harbiylar  Mutaxassislarni tanlashda nomzodning nasl-nasabi, kasbiy malakasi, sog‘ligi, aql-farosati, yuksak ma'naviy axloqi, ko‘rsatgan jasorat hamda xizmatlariga e'tibor berilgan.  Kam ta'minlangan tabaqalar ijtimoiy himoya qilingan, dehqonlar va savdogarlikning faoliyat boshlashlariga xatto kambag‘allarning uy-joy qurilishlarida ham foizsiz davlat ko‘mak bergan  Raiyat – xazina – qo‘shinning boyligi saltanat qudratining tayanchi deb tushunilgan. SUD-HUQUQ TIZIMI  Dorulimorat- xokimlik boshqarmasi;  qozixona-sud idorasi;  doruladolat-adliya boshqarmasi;  fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;  shariat ishlari bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;  harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi qoziliklar;  Asaslar - kecha qorovullari, qidiruv ishlari boshliqlari;  qo‘rchi - davlatning qurol-yarog‘larini avaylab-asragan ma'murlar;  kunduzgi, tungi, fuqarolik va harbiy ishlarga tegishli bo‘linmalar;  muhtasib - toshu tarozilar, ma'naviy gunohlar uchun jazoni tayinlovchi kishilar;

 arzbegilar – aholidan tushgan arz-shikoyatlarni ko‘rib chiqib, muhim choralar belgilagan. Amir Temurning tarixdagi xizmatlari  Amir Temur yurtimizda ildiz otgan mo‘g‘ullar zulmiga uzil-kesil barham berdi;  mayda davlatlarga bo‘linib ketgan, tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirib, uning boshqaruv asoslarini shakllantirdi va mustahkamladi;  Davlat boshqaruv asoslarini takomillashtirib yangi bosqichga ko‘tardi;  qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini barpo etdi;  saltanatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy asoslarini mustahkamladi;  nisbatan qisqa vaqt ichida Movarounnahrni dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirdi;  Osiyo, Afrika, Yevropa mintaqalaridagi xalqlarning tinchligi, farovonligi uchun katta xizmatlar qildi va halqaro maydonda adolatni ta'minlash uchun kurashdi;  turli din, millat, elat vakillari o‘rtasida o‘zaro aloqalarning o‘rnatilishi oqibatida birinchi marta yagona makon va integratsiya g‘oyalari shakllana boshladi;  Saltanatda islom dinining ilmiy asoslariga, bag‘rikenglik tamoyillariga tayanilib davlat boshqaruvi amalga oshirilgan;  Amir Temur hukmronligi davrida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg‘unlashtirildi;  Bu davrda saltanat hayotida siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy barqarorlik o‘rnatilgan;  Davlat boshqaruvining muhim sohalaridagi faoliyat adolat, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar shu maqsadlarga yo‘naltirilib, o‘z vaqtida ijrosini topgan;  Amir Temur birinchi marotaba g‘arb va sharq xalqlari o‘rtasida hamkorlik ko‘prigini o‘rnatgan. Bugun uning bu faoliyati «qo‘l cho‘zish siyosati» deb baholanmoqda;  Saltanatning barcha hududlarida keng bunyokorlik ishlari olib borilgan;

 Amir Temur davlatida ilm-fan, ma'naviyat, me'morchilik va san'at beqiyos darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi Uyg‘onish davri deb talqin etildi. 1.Boshqaruvda turkiy, mo‘g‘ul va forsiy boshqaruv an'analaridan foydalanilgan, ammo mahalliy an'analar ustunlik qilgan;  O‘troq va ko‘chmanchi aholi manfaatlari himoya qilingan;  Davlat mafkuraviy, ma'naviy va axloqiy asoslarni kuchaytirishda shariat qoidalariga tayangan;  Saltanatda xalqlarning tinchligi, barqarorligi, qonuniylik va adolat ta'minlangan;  Davlat soliqlar, bojlar, xiroj, moli omon, o‘ljalar, badavlat zamindor, tadbirkorlarning xayriya hadyalari va boshqa manbalar evaziga to‘ldirilgan;  Davlatda kuchli ijtimoiy himoya ta'minlangan;  Kuchli harbiy va mudofaa tizimi shakllangan;  Ilg‘or sud-huquq tizimi joriy etilgan;  Tadbirkorlik ichki va halqaro miqyosda keng rivojlangan, yer egalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan;  Ilm-fanga homiylik qilingan;  Balki saltanatning barcha qishlog‘u shaharlarida ko‘plab qurilishlar bunyod etilgan;  Buyuk Ipak yo‘liga e'tibor berilgan va uning ustidan nazorat o‘rnatilgan;  Yagona makon, integratsiya, globallashuv asoslarining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lgan;  Madaniyatlar, dinlararo ko‘prik o‘rnatilgan. Temur davlati o‘z davrida nisbatan markazlashgan davlat edi. Bu davlat, asoschisi (Amir Temur) ko‘zda tutganday, mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar (sayyidlar va ruhoniylar, olim va fozil kishilar, ahlu hunar, ziroatchilar, sipohiylar, savdo-sotiq ahli va boshqalar) ning maqsad va manfaatlarini himoya qilishi, maslahat va kengash ila qattiq qo‘llik bilan boshqarilishi kerak edi. Bu – davlat tuzishda amal qilish zarur bo‘lgan birinchi shartdir. Davlatni shakllantirishda amal qilish lozim bo‘lgan ikkinchi shart-sharoit - bu saltanatning to‘rt asosiy ustunini to‘g‘ri anglash va unga suyana bilish. Bu ustunlar quyidagilar: 1) Islom va