logo

Rivojlangan o’rta asrlarda arxivchilik.Amir Temur va temuriylar davri hujjatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.8134765625 KB
Mavzu:Rivojlangan o’rta asrlarda arxivchilik.Amir Temur va temuriylar 
davri hujjatlari.
Reja
1. Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyoda arxiv ishi.
2. Amir Temur va temuriylar davri hujjatlari.
3. Amir Temur davri hujjatlari va maktublaridan namunalar. Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyoda arxiv ishining qay tarzda
yo’lga   qo’yilganligi   to’g’risida   aniq   ma’lumotlar   saqlanib   qolmagan.
Biroq   mavjud   qo’lyozma   asarlardagi   faktik   materiallar   asosida   arxiv
ishining   tashkil   qilinishi   xususida   bazi   tasavvurlarga   kelish   mumkin.
Ma’lumki   Temur   va   temuriylar   davri   davlatchiligi   o’zbek   davlatchiligi
taraqqiyotida   alohida   o’rin   egallaydi.   Davlat   boshqaruvi   tizimi   va   ish
yuritish   jarayoniga   katta   e’tibor   qaratilgan.   Bu   davrda   ilm-fan   yuksak
darajada   rivojlangan.   Arxiv   hujjatlarining   bizning   davrimizgacha   saq -
lanib qolmaganligi bois u to’g’rida to’liq ma’lumotga ega bo’lish qiyin.
Ammo   O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Sharqshu noslik
instituti   fondlarida   hujjatlar   to’plami   saqlanayotgan   bo’lib,   ularni   arxiv
ishi yuritilishining bir ko’rinishi deyish mumkin. Masalan, Amir Temur
va   temuriy   hukmdorlarning   qo’shni   davlat   hukmdorlari   bilan
yozishmalari   jamlanib   to’plam   holiga   keltirilgan   va   u   Maktu boti
Temuriya  deb nomlanadi.
Maktuboti   Temuriya     hozirgi   kunda   mazkur   institut   qo’lyoz ma lar
fondida   2278   raqam   ostida   saqlanayotgan   maktublar   majmuasining
nomidir.   Majmua   191   varaqdan   iborat   bo’lib,   XVI   asrda   kitobat
qilingan.
Eronlik olim Abulhusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turki ya,
Ozarbayjon   va   Fors   hukmdorlarining   xatlarini   ham   qo’shib,   1991   yili
Isnod   va   maktuboti   tarixi   Eron   (az   Temur   to   shoh   Ismoil)     nomi   bilan
nashr  etgan.   To’plamga   Temur   va  temuriylar  (Shohrux,   Sulton  Husayn
Boyqaro   va   boshqalar)ning   Fors,   Ozarbayjon,   Iroq   va   Turkiya
hukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan. To’plamga   kiritilgan   maktublar   Amir   Temur   va   Tumuriylarning
mazkur   mamlakatlar   bilan   bo’lgan   siyosiy   munosabatlari   tarixini
o’rganishga,   jumladan   Amir   Temurning   1381-1404   yillari   Eron,   Iroq,
Ozarbayjon,   Suriya   va   Turkiya   ustiga   qilgan   harbiy   yurishlarining
saboqlarini to’g’ri anglashga yordam beradi. Maktuboti   Temuriya     xurosonlik   mashhur   shayx,   Amir   Temur ning
pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Tayobodiy (1395 yili vafot etgan)ning
o’z   muridi   Amir   Temurga   yo’llagan   bir   tarixiy   maktubi   bilan
boshlanadi. Amir Temur bu maktubni Temur tuzuklari ning Tadbirlar va
kengashlar   deb   atalgan   birinchi   maqolasida   keltirgan.   Tuzuklar   da
keltirilgan   mazkur   maktub   haqida,   xususan,   mana   bular ni   o’qiymiz:
Pirim   Zayniddin   Abubakr   Tayobodiy   menga   yozmish lar kim,
Abulmansur  Temur  saltanat  yumushlarida  to’rt  ishni   qo’l lasin,  ya’ni   1)
kengash;   2)   mashvaratu   maslahat;   3)   hushyorligu   mulo hazakorlik;   4)
ehtiyotkorlik.   Chunki,   kengash   va   mashvaratsiz   salta nat ning   barcha
qilgan   ishlari   va   (podshohning)   aytgan   gaplari   xato   bo’lgan.   Unday
podshohni   johil   odamga   qiyoslash   mumkin.   Uning   so’zlari   va
qilmishlari   boshga   pushaymonlik   va   nadomat   keltirgan.   Shunday   ekan,
saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin,
toki   oqibatda   nadomat   chekib,   pushaymon   bo’lma gay san.   Yana   shuni
ham   bilginkim,   saltanat   ishlarining   bir   qismi   esa   bilib   bilmaslikka,
ko’rib-ko’rmaslikka   solish   bilan   bitur.   (Xullas)   tadbirlardan   ogoh
qilingandan   keyin   shuni   ham   aytish   joizdirkim,   qat’iylik,   sabr-toqat,
chidamlilik,   hushyorlik,   ehtiyotkorlik   va   shijoat   bilan   barcha   ishlar
amalga oshirilgay. Vassalom . Amir Temur piri ning bu o’g’itlariga umr
bo’yi,   butun   faoliyati   davomida   amal   qildi.   Bu   maktub,   -   deb   yozadi
hazrat   sohibqiron,   -   menga   yo’l   boshlovchi   yang’lig‘   rahnomalik   qildi.
U   menga   saltanat   ishlarining   to’qqiz   ulu shi ni   mashvarat,   tadbir   va
kengash   bilan,   qolgan   bir   ulushini   esa   qilich   bilan   bajo   keltirilishni
anglatadi . Maktuboti   Temuriya   da   Amir   Temurning   Eron,   Ozarbayjon   va
Turkiya  davlatlariga  nisbatan   1381-1404 yillarda  olib   borgan  siyosa tini
va   yuqorida   nomlari   zikr   etilgan   mamlakat   hukmdorlarining   Amir
Temurga   qarshi   harbiy   ittifoq   tuzish   xususida   olib   borgan   siyosatini
tushunishda   yordam   beradi.   Quyida   to’plamga   kiritilgan   maktublardan
bir nechtasini misol keltiramiz:
Iroq hukmdori Sulton Ahmad jaloir (1382-1410)ning Fors hukm dori
Muzaffariy Shoh Shujo‘ (1359-1384)ga yozgan maktubi;
Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim Boya -
zid I (1389-1402)ga yo’llagan maktubi;
Yildirim B o yazid I ning Qora Yusufga javob maktubi;
Amir Temur ko’ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi;
Sultoni A’zam Amir Temur ko’ragonning Sayyid Ali Qiyo bu zurg -
ga (Gilon) yuborgan xati.
Amir   Temur   ko’ragonning   Bog’dod   podshosi   Sulton   Ahmad
Jaloirga yo’llagan maktubi;
B a g’dod   podshosi   Sulton   Ahmad   Jaloirning   hazrat   Amir   Temurga
javob maktubi;
Qora   Yusuf   Qoraqo’yunluning   Yildirim   Boyazid   I   ga   yo’llagan
nomasi;   Amir   Temurning   Yildirim   Boyazid   I   ga   yo’llagan   birinchi
maktubi;
Sulton   Boyazid   I   ning   Amir   Temurga   do’stona   javob   xati;   Amir
Temurning   Rum   qaysariga   yozgan   ikkinchi   maktubi;   Rum   podshosi
Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob xati
Amir   Temurning   Rum   qaysari   Yildirim   Boyazid   I   ga   yo’llagan
uchinchi maktubi; Yildirim B o yazid I ning Amir Temurga javob maktubi;
Amir Temurning Sulton Boyazidga yo’llagan to’rtinchi maktubi;
Sulton   Yildirim   Boyazid   I   ning   hazrat   Amir   Temurga   yo’llagan
javob maktubi;
Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga sulh taklif qilib Marog’adan
jo’natgan maktubi;
Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati;
Maktuboti   Allomiy       Maktuboti   Abulfazl   ,   Inshoyi   Abul– fazl
(Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan va (ko’chirilgan) mak tub lar ) deb
ham   ataladi.   Maktublarning   asosiy   qismi   Boburiylar   sal tanati   (1526-
1858)ning   atoqli   podshohlaridan   Jaloliddin   Akbar   (1556-1605)
nomidan,   bir   qismi   vazir   va   yirik   tarixchi   olim   Abulfazl   ibn   Muborak
Allomiyning   shaxsiy   mazmundagi   mktublaridan   iborat.   To’p lam   uch
qismga   bo’lingan.   Undan   bizga   uchdan   ikki   qismi,   ya’ni   ikkita   daftar
yetib   kelgan,   xolos.   U   Allomiyning   qarindoshi   Abdusa mad   ibn   Afzal
Muhammad tomonidan tuzilgan.
Maktuboti   Allomiy   da   1586-1596   yillarda   Bux’oro   va   Balx
xonliklari   bilan   Boburiylar   davlati   (Hindiston)   o’rtasidagi   siyosiy
munosabatlar haqida o’ta qimmatli ma’lumoltlarni uchratamiz. Ma’ lum -
ki, o’sha yillari Hindistonning nafaqat Buxoro va Balx xonliklari, balki
Eron   bilan   ham   munosabatlari   jiddiy   tus   olgan   edi.   Agar   Bobu riylar
bilan   Shayboniylar   davlatlari   o’rtasidagi   siyosiy   munosa bat lar
Badaxshon tufayli, to’g’risi Badaxshonni o’z hukmronligiga kiritib olish
xususida   bir   qadar   buzilgan   bo’lsa,   Safaviylar   Eroni   bilan   Hin diston
o’rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik ahamiyatga ega bo’lgan
Kandahor xususida birmuncha buzilib qolgan edi. To’plamdagi   maktublarda   mana   shu   chigal   masalalrning   mohiya tini
tushuntirib bera oladigan daliliy ma’lumotlar ko’p. Bu jihatdan Akbar ning
Abdullaxonga   yo’llagan   uchta   maktubi   va   Abdullaxonning   mav lono   Mir
Quraysh,   Ahmad   otaliq   boshchiligida   Hindistonga   yu bor gan  elchiligi,   va
Buxoro   elchisi   olib   borgan   maktub,   va   Akbarning   Balx   bilan   Buxoroga
xo‘ja   Afzal,   Hakim   Humom   va   Mir   Sadrijahon   boshchi ligida   yo’llagan
elchiliklari xususida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Maktublarning   birida   kelgusida   tutiladigan   siyosat   xususida   ikki
davlat     Boburiylar   davlati   va  Buxoro   xonligi   hukumdorlarining   max– -
sus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko’tariladi. 
Maktuboti   Allomiy     majmuasining   yaxshi   bir   qo’lyozma   nusxasi
O’zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Sharqshunoslik   insti tuti -
ning   qo’lyozmalar   fondida   №   290   raqam   bilan   saqlanmoqda.   Maj mua
154 varaqdan iborat.
Yana   shunday   to‘plamlardan   biri   “Muraqqayi   Mir   Alisher”   yoki
“Majmua’yi   murosilot   (“Maktublar   to‘plami”)”   bo‘lib,   u   o‘z   davrining
nufuzli ruhoniylari – Abdurahmon Jomiy (1414-1492), xo‘ja Ubaydul la
Ahror   (1404-1492),   xoja   Ahrorning   o’g’li   xoja   Muhammad   Yahyo
(1500   yili   o’ldirilgan),   xo‘ja   Ahrorning   safdoshi   va   kuyovi   Mir   Abdu -
lav val Nishopuriy (1495 yili  vafot etgan) va boshqalarning  Sulton  Abu
Said   Mirzo   (1451-1469),   Sulton   Husayn   Mirzo   va   Alisher   Navo iy ga
yo’llagan maktublarini o’z ichiga oladi.
Mazkur to’plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun Mu raq -
qayi Mir Alisher  yoki Navoiy albomi  nomi bilan ham ataladi. To’plam
XIX   asrning   yirik   ziyolilaridan   biri   Buxoro   qozi   kaloni   Sharifjon
Mahdum sadri Ziyo kutubxonasida saqlangan va undan Alisher Navoiy nomidagi   Xalq   kutubxonasining   Sharq   qo’lyoz malari   bo’limiga   va
undan   keyin     1943   yili   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi–
Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondiga o’tkazil gan. U 2178 tartib
raqami bilan saqlanmoqda.
To’plamga   Abdurahmon   Jomiyning   334   ta   xatlari   kiritilgan   bo’lib,
ular   shaxsiy   mazmunda   bitilgan   xatlar   hisoblanadi.   Ularning   ko’pchiligi
har xil iltimosnomalardan iborat. Ularda soliq va jarima lar ning og’irligi va
soliq yig’uvchilarning zulmu bedodligi, Temuriy zodalarning o’zaro nizosi
tufayli   mamlakat   va   xalq   ahvolining   og’irlashgani,   shuningdek,   madrasa
talabalariga yordam berish to’g’risidagi Alisher Navoiy, Sulton Husaynga
iltimosnomalardan iborat.
Xo‘ja Ahrorning maktublariga kelsak, ular 128 ta bo’lib, maz munan
Abdurahmon   Jomiy   xatlariga   o’xshashdir.   Ularda   Movaroun nahr   va
Xurosonning XV asrning II yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Samar qand
hokimi Sulton Abu Said Mirzo va Xuroson podshosi Sulton Husayn Mirzo
(1469-1506)   o’rtasidagi   og’ir   munosabatlar,   soliq   va   jarimalar,   xususan
tamg’a  solig’ining  og’irligi   va uni  imkoni   bo’lsa,  bekor  qilish  masalalari
ko’tariladi.   Tinimsiz   harbiy   yurishlar   va   o’zaro   urushlarning   pirovardida
fojeaga   olib   kelishini   Temuriylarga   uqtirishga   harakat   qilinadi.   Masalan,
Xo‘ja   Ahror   Sulton   Abu   Said   yo’llagan   bir   maktubida   uni   Ozarbayjon
ustiga,   uning   hukmdori   Qora   Yusuf   ustiga   qilmoqchi   bo’lgan   yurishiga
qarshi   chiqadi.   Maktubda,   Hargiz   az   Marv   maguzarid     (Hargiz   Marvdan
nariga   o’tmasinlar   )   deb   ochiq   ogohlan tirgani   yozilgan.   Ma’lumki,   o’sha
yurish natijasi Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda
u halok bo’ldi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Temur va temuriylar davrida dav lat
mahkama   ishini   yuritishi   yuqori   darajada   tashkil   qilingan.   Afsus ki,   bu
davr arxivi bizning kunimizgacha yetib kelmagan 1
.
1
 Ushbu mavzu B.Ahmedov asari asosida yozilgan.

Mavzu:Rivojlangan o’rta asrlarda arxivchilik.Amir Temur va temuriylar davri hujjatlari. Reja 1. Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyoda arxiv ishi. 2. Amir Temur va temuriylar davri hujjatlari. 3. Amir Temur davri hujjatlari va maktublaridan namunalar.

Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyoda arxiv ishining qay tarzda yo’lga qo’yilganligi to’g’risida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq mavjud qo’lyozma asarlardagi faktik materiallar asosida arxiv ishining tashkil qilinishi xususida bazi tasavvurlarga kelish mumkin. Ma’lumki Temur va temuriylar davri davlatchiligi o’zbek davlatchiligi taraqqiyotida alohida o’rin egallaydi. Davlat boshqaruvi tizimi va ish yuritish jarayoniga katta e’tibor qaratilgan. Bu davrda ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Arxiv hujjatlarining bizning davrimizgacha saq - lanib qolmaganligi bois u to’g’rida to’liq ma’lumotga ega bo’lish qiyin. Ammo O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshu noslik instituti fondlarida hujjatlar to’plami saqlanayotgan bo’lib, ularni arxiv ishi yuritilishining bir ko’rinishi deyish mumkin. Masalan, Amir Temur va temuriy hukmdorlarning qo’shni davlat hukmdorlari bilan yozishmalari jamlanib to’plam holiga keltirilgan va u Maktu boti Temuriya deb nomlanadi. Maktuboti Temuriya hozirgi kunda mazkur institut qo’lyoz ma lar fondida 2278 raqam ostida saqlanayotgan maktublar majmuasining nomidir. Majmua 191 varaqdan iborat bo’lib, XVI asrda kitobat qilingan. Eronlik olim Abulhusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turki ya, Ozarbayjon va Fors hukmdorlarining xatlarini ham qo’shib, 1991 yili Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shoh Ismoil) nomi bilan nashr etgan. To’plamga Temur va temuriylar (Shohrux, Sulton Husayn Boyqaro va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, Iroq va Turkiya hukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan.

To’plamga kiritilgan maktublar Amir Temur va Tumuriylarning mazkur mamlakatlar bilan bo’lgan siyosiy munosabatlari tarixini o’rganishga, jumladan Amir Temurning 1381-1404 yillari Eron, Iroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga qilgan harbiy yurishlarining saboqlarini to’g’ri anglashga yordam beradi.

Maktuboti Temuriya xurosonlik mashhur shayx, Amir Temur ning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Tayobodiy (1395 yili vafot etgan)ning o’z muridi Amir Temurga yo’llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni Temur tuzuklari ning Tadbirlar va kengashlar deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. Tuzuklar da keltirilgan mazkur maktub haqida, xususan, mana bular ni o’qiymiz: Pirim Zayniddin Abubakr Tayobodiy menga yozmish lar kim, Abulmansur Temur saltanat yumushlarida to’rt ishni qo’l lasin, ya’ni 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulo hazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki, kengash va mashvaratsiz salta nat ning barcha qilgan ishlari va (podshohning) aytgan gaplari xato bo’lgan. Unday podshohni johil odamga qiyoslash mumkin. Uning so’zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo’lma gay san. Yana shuni ham bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi esa bilib bilmaslikka, ko’rib-ko’rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogoh qilingandan keyin shuni ham aytish joizdirkim, qat’iylik, sabr-toqat, chidamlilik, hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom . Amir Temur piri ning bu o’g’itlariga umr bo’yi, butun faoliyati davomida amal qildi. Bu maktub, - deb yozadi hazrat sohibqiron, - menga yo’l boshlovchi yang’lig‘ rahnomalik qildi. U menga saltanat ishlarining to’qqiz ulu shi ni mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirilishni anglatadi .

Maktuboti Temuriya da Amir Temurning Eron, Ozarbayjon va Turkiya davlatlariga nisbatan 1381-1404 yillarda olib borgan siyosa tini va yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakat hukmdorlarining Amir Temurga qarshi harbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siyosatini tushunishda yordam beradi. Quyida to’plamga kiritilgan maktublardan bir nechtasini misol keltiramiz: Iroq hukmdori Sulton Ahmad jaloir (1382-1410)ning Fors hukm dori Muzaffariy Shoh Shujo‘ (1359-1384)ga yozgan maktubi; Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim Boya - zid I (1389-1402)ga yo’llagan maktubi; Yildirim B o yazid I ning Qora Yusufga javob maktubi; Amir Temur ko’ragonning Gilon hokimi Mir Said Aliga maktubi; Sultoni A’zam Amir Temur ko’ragonning Sayyid Ali Qiyo bu zurg - ga (Gilon) yuborgan xati. Amir Temur ko’ragonning Bog’dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirga yo’llagan maktubi; B a g’dod podshosi Sulton Ahmad Jaloirning hazrat Amir Temurga javob maktubi; Qora Yusuf Qoraqo’yunluning Yildirim Boyazid I ga yo’llagan nomasi; Amir Temurning Yildirim Boyazid I ga yo’llagan birinchi maktubi; Sulton Boyazid I ning Amir Temurga do’stona javob xati; Amir Temurning Rum qaysariga yozgan ikkinchi maktubi; Rum podshosi Yildirim Boyazid I ning Amir Temurga yozgan javob xati Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid I ga yo’llagan uchinchi maktubi;