logo

Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning ravnaqi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.9755859375 KB
Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning
ravnaqi
Reja:
1) Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining 
yuksalishi
2) Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti
3) Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati O’zligini   anglashga   bel   bog’lagan   har   bir   xalq   va   millat   avvalo   buyuk
ajdodlari,   siyosiy,   harbiy   arboblari,   va   ulug’   allomalarining   mamlakat,   qolaversa
jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi. Ana shunday
kishilardan biri bu buyuk sohibqiron Amir Temur bo’lib, uning zakovati, mardligi,
jasorati,   vatanparvarligi,   topqirligi,   ilm-fan   homiysi   ekanligi,   temir   irodaviy
xususiyatlari biz yosh avlodlar uchun ibrat, hayot  maktabi, Vatanga xizmat qilish
namunasi bo’lib qolishi lozim.
Ulug’   bobomiz   Amir   Temur   ko’hna   Shahrisabzga   qarashli   Xo’jailg’or
qishlog’ida   1336   yil   9-aprel   kuni   tug’ilgan.   Otasi   Tarag’ay   Bahodir   Markaziy
Osiyoning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida   katta   nufuzga   ega   bo’lgan   barlos   qavmidan
chiqqan o’rtahol beklardan bo’lib, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Qozonxon (1338-
1346) lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim esa Buxorolik mashhur faqih
Toj   ash-sharia   (shariat   toji)   taxallusi   bilan   mashhur   bo’lgan   Ubaydulla   ibn
Ma’sudning qizi edi.
  Tarixchi   olim   Bo’riboy   Ahmedovning   ta’kidlashicha   o’sha   zamonlarda
xonzoda,   shahzoda   va   bekzodalar   yoshligidan   maxsus   ustozlar   tomonidan   ot
chopish, harbiy ilmlarni o’rganish, ov, saltanat tebratish, ya’ni amaldorlarni tanlash
va o’z o’rniga qo’yish, hukumat ishlarini yuritish, fuqorolarning arz-shikoyatlarini
eshitish   va   hukm   chiqarish   kabi   bilimlarni   o’rganganlar.   Bunga   «Suluk   ul-
mulk»(«Podsholarga   qo’llanma»),   «Tuzuklar»   va   boshqa   bizgacha   yetib   kelgan
asarlar guvohlik beradi.
Demak,   albatta,   Temur   ham   yoshligidan   shu   ilmlarni   kasb   etgan.   Tarixiy
kitoblarda   Temur   7   yoshidan   Qur’onni   yod   bilgan,   12   yoshida   bolalarcha
o’yinlardan   orlanadigan,   16-18   yoshida   qilichbozlik,   nayzabozlik   va   ov   qilish
san’atini   mohir   egallaganligi   va   20   yoshida   abjir   chavondoz   bo’lib   yetishganligi
ta’kidlanadi.*  Amir Temur o’zining keyinchalik qo’lga kiritgan barcha zafarlarini
piru ustozlari Mulla Alibek, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr
Tayobodiy va Mir Sayyid Baraka nomlari bilan bog’lagan edi.
Sohibqiron  Amir Temur tarixan o’sha murakkab vaziyatda XIV asrning 60-
yillarida   siyosat   maydoniga   chiqadi,   ya’ni   o’zaro   feodal   tarqoqliq   urushlariga barham   berish,   mamlakatni   mug’ul   istibdodidan   ozod   etish   uchun  markazlashgan
kuchli davlat tuzish zaruratini birinchilardan bo’lib anglab yetadi. Temurning haq
va   adolat   yo’lida   boshlagan   bunday   qutlug’   ishining   shiori   «Rosti-rusti»   bo’lib,
uning   ma’nosi   «Haqguy   bo’lsang   najot   topasan»   demakdir.   Shu   tariqa
Movarounnahrni   mug’ul   zulmidan   ozod   qilishni   va   markazlashgan   kuchli   davlat
tuzishni  o’z oldiga bosh maqsad  qilib qo’ygan Temur  o’zining barcha faoliyatida
shunga amal qilib yashadi.
Ilm-fan   va   madaniyat   saltanat   uchun   qanchalik   zarurligi   his   qilgan   Amir
Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga
qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan.
Qariyb   150   yillik   mo’g’ul   istibdodi   davrida   ilm-fan   tushkunlikka   uchrab,   faqat
Amir Temur davriga kelib mamlakatda osoyishtalik o’rnatildi, tarixiy-ma’rifiy urf-
odatlar qayta tiklanib, Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi  bo’lib
maydonga chiqdi. Temur o’z saroyiga ilmu-fanning turli sohalari bo’yicha iqtidorli
olimlarni jalb etadi. Temurning o’zida ham ilmga zo’r ishtiyoq bo’lganligi haqida
hatto fransuz muarrixi Alfons de Lamarti shunday deb yozgan: «Amir Temur din,
tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya ilmining bilimdoni, ko’p qo’llanuvchi uch til
–   turkcha,   forscha   va   arabchani   g’oyat   mukammal   bilgan,   zarofat   va   qudrat   ila
yozish   mahoratini   puxta   egallagan   bir   hukmdor   edi.»*   Shuningdek   Temurning
ilmga   qiziqishi   haqida   Sultoniya   yepiskopining   xotiralarida   shunday   deyiladi:
«Temur, ayniqsa, tarixni, fiqh va harbiy ilmni yaxshi bilar, me’morchilik, falsafa,
tabobat   va   yulduzshunoslikka   qiziqar,   she’riyat   va   musiqani   yoqtirar,   o’zi   ham
she’rlar   o’qir   edi.   Temur   o’z   ona   tili-   turk-o’zbek   tilidan   tashqari   fors   va   arab
tillarida   bemalol   so’zlashgan.»*   Amir   Temurning   ilm-fan   va   olimlarga   qay
darajada   munosabatda   bo’lganligini   uning   «Tuzuklari»da   keltirilgan
ma’lumotlardan   ham   bilsa   bo’ladi.   Masalan:   «Saroy   kengashlarida   taxtning   o’ng
tomonida   ilm   ahli   ham   sayyidlar,   qozilar,   ulug’lar   va   ashroflar   qatorida   joy
olganlar».
Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan va buni o’z avlodiga
ham   vasiyat   qilib   ketgan.   Masalan:   «Tuzuklarda»   shunday   deb   yozilgan:   «baxtli farzandlarim va qudratli nabiralarimga ma’lum bo’lsinkim, men sayyidlar, ulamo,
mashoyix,   oqilu   donolar,   muhaddislar,   tarixshunoslarni   sara   va   e’tiborli   odamlar
hisoblab, izzatu-hurmatlarini o’rniga qo’ydim».
Tarixdan ma’lumki Sharq mamlakatlarida davlat boshliqlari o’z saroylarida
iqtidorli   olimu   shoirlarni   to’plaganlar,   davlat   ahamiyatiga   molik   masalalar
xususida   ular   bilan   kengashib   turganlar.   Sohibqiron   Temurning   ham   mazkur
an’anaga   rioya   qilganligini   farang   muarrixi   L.   Lyangle   ham   ta’kidlab   shunday
yozadi: «Temur olimlarga seriltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini
ko’rgan   kishilarga   ishonch   bildirardi.   U   tarixchilar,   faylasuflar,   shuningdek,   ilm-
fan, idora va boshqa ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish
uchun   ko’pincha   taxtdan   tushib,   ularning   yoniga   kelardi.   Negaki,   Temur   bu
sohalarga g’amxo’rlik qilishga asosiy  e’tiborni berar  edi.»* Shu bilan birga Amir
Temurning qaysi  mamlakatni  zabt  etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga  tanilgan
san’at   ahlini   va   turli   tuman   kasb-hunar   egalarini   Samarqandga   olib   kelganligi
tarixdan ma’lum. Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur»
(«Temur   tarixida   taqdir   ajoyibotlari»)   nomli   asarida   ana   shunday   olimlardan
ba’zilari haqida qisqa, lekin o’ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O’z
saltanati   kunlarida   Temur   Samarqandga   faqih   olimlardan   mavlono   Abdulmalikni
hosil  etgan edi  – u «Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg’inoniy)ning avlodidan
bo’lib,   mudarrislik   qilar,   shatranj   va   narddan   ta’lim   berar   hamda   yagona   bir
holatda   she’r   va   nazm   etardi.»   Shuningdek   «Temurning     muhaqqiq   (olim)lardan
mavlono   Sa’uddin   at-Taftazoniyni—u   791   yilning   muharram   (1389   yil   yanvar)
oyida   Samarqandda   vafot   etdi   va   Sayyid   Sharif   Muhammad   Jurjoniyni—u
Sherozda vafot etdi, hamda muhaddis olimlardan Shayx Shamsuddin Muxammad
ibn al-Jazoriy (Temur uni Rumdan olib kelgan) va boshqalarni Samarqandga olib
keldi.»     «Mana   shular   –   deb   yozadi   Ibn   Arabshoh   –   men   tanib,   zikriyu   ismi
xotirimga kelgan kishilardurlar. Ammo men bilmagan yoinki bilganu biroq zikriyu
ismi   xotirimga   qolmagan   kishilar   son   –   sanoqsiz   bo’lib,   hisob-kitobdan   xorijdur.
Xullasi   kalom,   Temur   har   bir   foydali   jonni   yig’ib,   nimaiki   bo’lsa   sarasini
Samarqandga   keltirdi.   Natijada,   Samarqandda   har   bir   ajoyib   fan   ahli namoyandasidan   va   san’atlar   g’aroyib   uslubidan,   fazilati   peshonasida   nishona
bo’lib, o’z tengqurlaridan ustun turgan o’z sohasida alloma kishilar yig’ilgan edi».
  Shunday   qilib   Amir   Temur   davrida   Samarqandda   ilm-fanning
rivojlanishiga, ayniqsa, mashhur faylasuflardan Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy
va   Mir   Sayyid   Sharif   al-Jurjoniy   katta   hissa   qo’shdilar.   O’z   davrining   ko’zga
ko’ringan   faylasufi,   fiqhshunosi   va   qomusiy   olimi   bu   --   Sa’duddin   bin   Umar   at-
Taftazoniy (vafotini Fasixiy (Mujmal, 174   bet) 787 (1386) yil, Xondamir (Habib
us-siyar, 88 bet) 797 (1394-1395) yil deb ko’rsatsalarda, hozirgi adabiyotlarda Ibn
Arabshoh   yozganidek   1389   yil   deb   keltiriladi.   Mas:   A.O’rolov,   M.Hojixonov.
«Temuriylar ma’naviyati va madaniyat». 54 bet.) bo’lib, u asli Xurosonning Niso
shahri   yaqinidagi   Taftazon   degan   joyda   tavallud   topadi.   Taftazoniy   16   yoshidan
arab tilini, tafsir, fiqh, mantiq, islom aqidalarini mukammal o’rganadi. Shuningdek
boshqa   ilmlarda   ham   zamonasining   yagona   kishisi   bo’lgan   Taftazoniy   Temur
saroyida   o’tkazilib   turiladigan   ilmiy   diskussiyalarning   faol   ishtirokchisi   bo’lgan
qomusiy olim edi.* U G’ijduvon, Turkiston, Seraxs, Hirot va boshqa shaharlardagi
madrasalarda   mudarrislik   qiladi.   Umrining   oxirgi   yillarini   Samarqandda   Temur
saroyida o’tkazadi. Taftazoniy ilmning   ko’p sohalarida, mantiq, sarfu nahv, fiqh,
kalom,   insho,   geometriya   va   boshqa   ilmlarda   ijod   etganligini   J.Yaxshilikov   va
Sh.Ahadovlar   ham   o’zlarining   «Temuriylar   ma’naviyati»   nomli   asarida   qayd
etadilar. Mas: uning «As-sa’diya», «Tahzib ul-mantiq va al-kalom», «Al-irshod al-
xodi» kabi asarlaridan biri   (avtorlar bu yerda aynan qaysi asar ekanligiga aniqlik
kiritmaganlar)   chiziqlain   gparalleliga   bag’ishlangan   bo’lib,   Taftazoniy   unda
Yevklidning   mashhur   beshinchrni   aksiomasini   sharhlashga   harakat   qiladi   va   ikki
to’g’ri   chiziqni   uchinchi   to’g’ri   chiziq   kesganda   hosil   bo’ladigan   burchagi   unga
qo’shni  bo’lmagan  ikki  burchagining yig’indisiga  teng kelishi  zarurligini  isbotlab
ko’rsatadi.   Shu   jarayonda   u   o’tkir   va   o’tmas,   qo’shni   va   yoyiq   burchaklarning
boshqa bir qator xossalarini ham ta’riflaydi hamda dalillaydi.
  Sa’duddin   Taftazoniy   haqida   akademik   Botirxon   Valixo’jayev   ham   o’z
ilmiy tadqiqotlarida   qo’yidagilarni yozib qoldirgan. Mas:  «Sa’diddin Ma’sud ibn
Umar   al-Taftazoniy   (1322-1390)   o’z   davrining   qomusiy   bilimli   alloma mudarrislaridan   bo’lib,   u   sohibqiron   Amir   Temur   takliflari   bilan   1374-1375
melodiy   yilda   Samarqandga   kelib,   Idigu   Temur   madrasasining   mudarrisi   sifatida
faoliyat   ko’rsatdi.   Bu   davr   orasida   ko’pgina   iqtidorli   shogirdlari   jumladan
Muhammad   ibn   Ahmad   al-Hizriy,   Shoh   Fathulloh   Shervoniylarni   yetishtirdi.
Sa’duddin   Taftazoniy   mudarrislik   faoliyati   bilan   bir   qatorda   ilmiy   tadqiqotlarni
ham   samarali   tarzda   davom   ettirib   ko’pgina   mashhur   asarlarni   ham   yozdiki,   ular
madrasalarda   o’qitilish   bilan   birga   qator   sharhlarning   yozilishiga   ham   asos
bo’lganlar. Ana shunday mashhur asarlaridan «Miftoh ul-ulum» (Ilmlar kaliti), «Al
—muxtasar   al-maoniy»   (Maoniy   ilmining   muxtasar   bayoni),   «Al-mutavval»,
«Sharh   risola   al-   shamsiya»,   «Sharh   aqoid   al-Nasafiya»   eslatish   mumkin»*
Olimning   ta’kidlashicha   Sa’diddin   Taftazoniyning   asarlari   faqat   Samarqand
madrasalarida o’qitilibgina qolmay, uzoq yillar davomida asosiy o’quv qo’llanma
sifatida O’rta Osiyoning va boshqa davlatlarning madrasalarida ham foydalanilgan.
Ali   ibn   Muxammad   Sayyid   Sharif   Jurjoniy   (1339-1413)   mashhur   faylasuf,
mantiqshunos,   astronom,   she’rshunoslik   va   tilshunos   olim   bo’lib,  uning  tug’ilgan
joyini   J.Yaxshilikov   va   Sh.Ahadovlar*   keltirgan   ma’lumotga   ko’ra   Jurjon
viloyatining   Tog’u   qishlog’i   ko’rsatilsa,   Ibn   Arabshoh   asariga   yozilgan   izohda*
esa   uning   Sherozda   tug’ilganligi   va   1388   yilda   Temur   Sherozni   zabt   etganida
Jurjoniyni Samarqandga olib kelganligi keltiriladi.
 Yoshligidan ilm-fan sirlarini o’rganishga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga,
so’ngra   bu   yerda   biroz   bilim   olgach   Turkiyaga   boradi   va   taniqli   faylasuf
Muxammad Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. So’ngra u Misrga safar qiladi.
U yerda falsafa va mantiq sohasidagi  bilimini rivojlantiradi. Keyinchalik Jurjoniy
Sherozga   kelib,   «Dorushshifo»   madrasasida   dars   beradi.   1387   yilda   yuqorida
aytganimizdek   Temur   Sherozni   zabt   etgach,   Jurjoniyni   boshqa   olimu
hunarmandlar qatori Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan
bilan shug’ullanish bilan birga, Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi. Uning
«Sharh   ul-mulaxxas»,   «Usul   ul-mantiqiya»,   «Tarjimon   al-Qur’on»,   «Fan   ul-
muammo»,   «Odob   ul-   munozara»,   «Risolai   vujudiya»,   «Oynai   gitinoma»   va
boshqa   asarlari   o’sha   davrda   va   keyinroq   yashagan   boshqa   tarixchilarning   xabar berishicha   musulmon   mamlakatlaridagi   barcha   madrasalarda   talabalar   tomonidan
mutolaa   qilib   kelingan   va   ular   uchun   dastur   vazifasini   o’tagan.   Shuni   alohida
ta’kidlash   lozimki,   u   Movaraunnahr   va   Xurosonda   yashagan   olimlar,   xususan
Arastu,  Ibn  Sino,  Asiriddin  Abxariy,  Nasriddin  Tusiy  va  boshqalarning   mantiqqa
bag’ishlangan   risolalariga   sharhlar   yozgan,   ularning   g’oyalarini   rivojlantirgan.   U
o’zining   falsafiy   qarashlarida   borliq,   osmon   sayyoralari,   to’rt   unsur   haqida   so’z
yuritib,   barcha   narsa   va   hodisalar   sababiy   bog’langanligi,   ularni   aql   yordamida
bilish   mumkinligiga   ishonadi.*   Uning   «Astranomiyaga   oid   sharh»   nomli   asarida
yulduzlar   haqida   qisqacha   ma’lumot   berilib,   unda   osmon   jismlarining   bo’linishi
haqida,   harakatlanuvchi   va   harakatsiz   yulduzlar   haqida,   murakkab   va   sodda
yulduzlar haqidagi o’z g’oyalarini yozib qoldirgan.*
Jurjoniy insonni tirik mavjudodlar orasida eng a’losi hisoblab, uning fikrlash
qobiliyatiga   katta   baho   beradi.   Xondamir   ma’lumotiga   (Habib   us-siyar)   ko’ra
ilmning   turli   sohalari   bo’yicha   ilmiy   munozaralarda   faol   qatnashgan     Jurjoniy
o’zining   o’ta   qiziqqonligi   va   o’tkir   aql-zakovati   bilan   ko’pincha   yengib   chiqqan.
Bir necha yillar Ulug’bekka ustozlik qilgan Jurjoniy, hatto uning Akademiyasining
tuzilishiga ham katta hissa qo’shgan.     
Shunday qilib, Idigu Temur madrasasida 18 yil samarali faoliyat ko’rsatgan
Sayyid   Sharif   Jurjoniy   Temur   vafotidan   keyin   Sherozga   borib,   u   yerda
Temuriyzoda   Iskandar   mirzo   (1409-1415)   huzurida   mavlono   Natanziy,   mavlono
Haydar   Xorazmiy   kabi   olimlar   bilan   birga   ilm-fan   bilan   mashg’ul   bo’ldi.   1413
yilda Sherozda vafot etdi.* 
Temur saroyida hadischi  olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-
Jazoiriy   ham   bo’lib,   u   1350   yilda   Damashqda   tug’ilgan.   Keyin   Rumga   kelgan.
Temur   Boyazidni   yenggach  uni   Rumdan  Samarqandga  olib  keladi.  Ibn  Arabshoh
bergan ma’lumotga ko’ra u Sherozda vafot etgan.* Ikki ta’limot bilimdoni Shayx
Shamsuddin   Muhammad   ibn   al-Jazariy   (1350-1449)   Samarqandda   samarali   ijod
qilib, Movaraunnahrda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.*  Ulug’ tafsirchi, hadischi va hofiz Xoja Muhammad az-Zohid Buxoriy (1419
yilda   Makkada   vafot   etgan)   bo’lib,   u   Qur’onning   yuz   jildlik   tafsiri   (sharh)   ni
tuzgan.*
  Amir   Temur   davrida   o’tgan   yirik   olimlardan   yana   biri   xoja     Muxammad
Porso   edi.   U   Naqshbandiya   tariqatining   ko’zga   ko’ringan   namoyondalarining
hayot va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga
bag’ishlangan   ko’plab   asarlar   muallifidir.   Uning   «Risolayi   qudsiya»,   «Maqomati
xoja   Alouddin   Attor»,   «Fasl   ul-xitob»,   «Mahaq   al-orifin»,   «Tahqiqot»   va   boshqa
asarlarida   tasavvufning   qat’iyat,   ma’rifat,   haqiqat   va   sohalari   keng   va   batafsil
izohlanadi.*
  Amir   Temurda   katta   taassurot   qoldirgan   olimlardan   biri   arab   tarixchisi   va
mutaffakkiri   Valiuddin   Abdurahmon   Ibn   Xaldundir   (1332-1406).   Ibn   Xaldun
Tunisda tug’iladi. Shimoliy   Afrikada bir qancha davlatlarda yuqori lavozimlarda
xizmat   qilgan   Ibn   Xaldun   1382   yilda   Qohiraga   kelib   mudarrislik   qiladi,   qozilik
lavozimida ishlaydi. 
Keyinchalik   Shomda   (Suriya)   yashaydi.*   Amir   Temur   Damashqni   zabt
etganida   olim   yashirincha   qochib   ketmasdan   Temur   huzuriga   boradi   va   u   bilan
uchrashadi. Ibn Arabshohning   yozishicha – Amir Temur Ibn Xaldundan Mag’rib
podsholari  tarixi, shaharlari   va  yerlari  vasfini   bayonlab  berishni  so’raydi.  Shunda
Ibn Xaldun – qalblarni titratuvchi fasohatli, chiroyli, balog’atli, kishini maftun etib,
aqlini   oluvchi   ajoyib   bayoni   bilan   Temurni   maftun   qilib,   lol   qoldiradi.   Ibn
Xaldunning asosiy asarlari «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va «Devon ul-
mubtado   va-l-xabar   fi   ayyomi-l-arab   va   va-l-ajam   va-l-berber   va   man   o’sarahum
min zaviy sulton ul-akbar» (Muqaddima) nomli risolalari o’sha davrning ijtimoiy-
siyosiy   va   tarixiy   masalalariga   bag’ishlangan   bo’lib,   ularda   kishilar   turmishida
axloq,   mehnat   va   jug’rofiy   muhitning   roli   haqida   so’z   yuritiladi.*   Shuningdek
Amir Temur saroyida o’z davrining turkcha, forscha, arabchada «malik ul-kalomi»
bo’lgan   mashhur   kotib   Ahmad   ibn   Shams   ul-Aimma   ya’ni   mavlono   Shamsuddin
Munshiy,   mohir   hattot   Xoji   Bandgir   Tabriziy,   mashhur   tabiblardan   Husomiddin
Ibrohimshoh   Kirmoniy   va   mavlono   Jamoluddin,   musiqa   ilmida   ustoz   bo’lgan Abdulqodir   al-Marog’iy   va   uning   o’g’li   Safiuddin,   kuyovi   Nasriyn,   Qutb   al-
Mousuliy,   Ardasher   al-Changi   va     boshqalar   (bu     yerda   Ibn   Arabshoh   ko’plab
shatranjchilar,   sangtaroshlar,   misgarlar,   naqqoshlar   va   bog’bonlarni   misol
keltiradi) faoliyat yuritib ular o’z sohasining mohir kishilari edi.*
Shunday   qilib,   Temur   davrida   Samarqandda,   nainki   Samarqandda   balkim
butun   Turonzamin   o’lkasida   fanning   barcha   sohalari   gurkirab   o’sadi,   tabiiy   va
gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqadi, ular jahon fani
va madaniyatiga munosib hissa qo’shadilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli tarixshunos
va manbashunos Bo’riboy Ahmedov ta’kidlaganidek tarix fani taraqqiy etib, tarix
ilmi   bobida   sohibqiron   Amir   Temurning   harbiy   zafarli   yurishlarini   o’zining
«Zafarnoma»   asarida   yoritgan   Sharafiddin   Ali   Yazdiy,   Temur   xizmatida
munshiylik qilib, keyinchalik jug’rofiy va tarixnavis olim sifatida tanilgan «Zubdat
ut-tavorix»   (Tarixlar   qaymog’i)   asarining   muallifi   Hofizu   Abro’,   Temur
devonining   arboblaridan   biri,   «Tarixnoma»   asarining   muallifi   Tojiddin   as-
Salmoniy,   Temur   hayot   paytida   (1405   yilgacha)   unga   bag’ishlab   «Zafarnoma»
asarini   yozib   tugatgan   Nizomiddin   Shomiy,   Temurning   tarjimoni,   Shom   (Suriya)
olimlari   bilan   suhbatda   tarjimonlik   qilgan   mavlono   Abdujabbor,   Temurning
Hindiston   yurishida   qatnashgan,   1399-1403   yillar   orasida   Temur   bo’yrug’iga
binoan   ushbu   yurish   haqida   «Kundalik»   yozgan   G’iyosiddin   Ali   Yazdiy   va
boshqalar tarixnavislik sohasida barakali ijod qiladilar.  Аsоsiy vа qo’shimchа аdаbiyotlаr
1. Sh.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlilqat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. Т. 2017 y. -53 b.
2. Shavkat   Mirziyoyev.   O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo’yicha  harakatlar strategiyasi to’g’risida farmoni. Toshkent. “Adolat” 2017
y. 
3. Shavkat   Mirziyoyev .   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta ’ minlash   –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   faravonligining   garovidir . Т. “ O’zbekiston ”. 2017   y .
( lotin grafikasida ) 
4. Shavkat   Mirziyoyev .   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
quramiz . Т. “ O’zbekiston ”. 2017  y . 
5. Мирзиёев   Ш.   М.   Постановление   “ О   дополнительных   мерах   по
повышению   качества   образования   в   высших   образовательных
учреждениях и обеспечению их активного участия в осуshествляемых в
стране широкомасштабных реформах ”  от 06.06.2018 г. № ПП-3775
6. Мирзиёев   Ш.   М.   Выступление   на   церемонии   открытия   43-й   сессии
Совета  Министров иностранных  дел   ОИС.  //   Народное слово. 2016. 19
октября.
7. Мирзиёев Ш. М. Указ «О стратегии действий по дальнейшему развитию
Республики Узбекистан» (7.02.2017.).

Markaziy Osiyoda Amir Temur va temuriylar davrida fan va uning ravnaqi Reja: 1) Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining yuksalishi 2) Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti 3) Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati

O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari, va ulug’ allomalarining mamlakat, qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi. Ana shunday kishilardan biri bu buyuk sohibqiron Amir Temur bo’lib, uning zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, ilm-fan homiysi ekanligi, temir irodaviy xususiyatlari biz yosh avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, Vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim. Ulug’ bobomiz Amir Temur ko’hna Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or qishlog’ida 1336 yil 9-aprel kuni tug’ilgan. Otasi Tarag’ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan barlos qavmidan chiqqan o’rtahol beklardan bo’lib, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Qozonxon (1338- 1346) lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim esa Buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo’lgan Ubaydulla ibn Ma’sudning qizi edi. Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedovning ta’kidlashicha o’sha zamonlarda xonzoda, shahzoda va bekzodalar yoshligidan maxsus ustozlar tomonidan ot chopish, harbiy ilmlarni o’rganish, ov, saltanat tebratish, ya’ni amaldorlarni tanlash va o’z o’rniga qo’yish, hukumat ishlarini yuritish, fuqorolarning arz-shikoyatlarini eshitish va hukm chiqarish kabi bilimlarni o’rganganlar. Bunga «Suluk ul- mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar» va boshqa bizgacha yetib kelgan asarlar guvohlik beradi. Demak, albatta, Temur ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Tarixiy kitoblarda Temur 7 yoshidan Qur’onni yod bilgan, 12 yoshida bolalarcha o’yinlardan orlanadigan, 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va ov qilish san’atini mohir egallaganligi va 20 yoshida abjir chavondoz bo’lib yetishganligi ta’kidlanadi.* Amir Temur o’zining keyinchalik qo’lga kiritgan barcha zafarlarini piru ustozlari Mulla Alibek, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr Tayobodiy va Mir Sayyid Baraka nomlari bilan bog’lagan edi. Sohibqiron Amir Temur tarixan o’sha murakkab vaziyatda XIV asrning 60- yillarida siyosat maydoniga chiqadi, ya’ni o’zaro feodal tarqoqliq urushlariga

barham berish, mamlakatni mug’ul istibdodidan ozod etish uchun markazlashgan kuchli davlat tuzish zaruratini birinchilardan bo’lib anglab yetadi. Temurning haq va adolat yo’lida boshlagan bunday qutlug’ ishining shiori «Rosti-rusti» bo’lib, uning ma’nosi «Haqguy bo’lsang najot topasan» demakdir. Shu tariqa Movarounnahrni mug’ul zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat tuzishni o’z oldiga bosh maqsad qilib qo’ygan Temur o’zining barcha faoliyatida shunga amal qilib yashadi. Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun qanchalik zarurligi his qilgan Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan. Qariyb 150 yillik mo’g’ul istibdodi davrida ilm-fan tushkunlikka uchrab, faqat Amir Temur davriga kelib mamlakatda osoyishtalik o’rnatildi, tarixiy-ma’rifiy urf- odatlar qayta tiklanib, Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi bo’lib maydonga chiqdi. Temur o’z saroyiga ilmu-fanning turli sohalari bo’yicha iqtidorli olimlarni jalb etadi. Temurning o’zida ham ilmga zo’r ishtiyoq bo’lganligi haqida hatto fransuz muarrixi Alfons de Lamarti shunday deb yozgan: «Amir Temur din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya ilmining bilimdoni, ko’p qo’llanuvchi uch til – turkcha, forscha va arabchani g’oyat mukammal bilgan, zarofat va qudrat ila yozish mahoratini puxta egallagan bir hukmdor edi.»* Shuningdek Temurning ilmga qiziqishi haqida Sultoniya yepiskopining xotiralarida shunday deyiladi: «Temur, ayniqsa, tarixni, fiqh va harbiy ilmni yaxshi bilar, me’morchilik, falsafa, tabobat va yulduzshunoslikka qiziqar, she’riyat va musiqani yoqtirar, o’zi ham she’rlar o’qir edi. Temur o’z ona tili- turk-o’zbek tilidan tashqari fors va arab tillarida bemalol so’zlashgan.»* Amir Temurning ilm-fan va olimlarga qay darajada munosabatda bo’lganligini uning «Tuzuklari»da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa bo’ladi. Masalan: «Saroy kengashlarida taxtning o’ng tomonida ilm ahli ham sayyidlar, qozilar, ulug’lar va ashroflar qatorida joy olganlar». Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan va buni o’z avlodiga ham vasiyat qilib ketgan. Masalan: «Tuzuklarda» shunday deb yozilgan: «baxtli

farzandlarim va qudratli nabiralarimga ma’lum bo’lsinkim, men sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, tarixshunoslarni sara va e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu-hurmatlarini o’rniga qo’ydim». Tarixdan ma’lumki Sharq mamlakatlarida davlat boshliqlari o’z saroylarida iqtidorli olimu shoirlarni to’plaganlar, davlat ahamiyatiga molik masalalar xususida ular bilan kengashib turganlar. Sohibqiron Temurning ham mazkur an’anaga rioya qilganligini farang muarrixi L. Lyangle ham ta’kidlab shunday yozadi: «Temur olimlarga seriltifotli edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko’rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm- fan, idora va boshqa ishlarda bilimdon bo’lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko’pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu sohalarga g’amxo’rlik qilishga asosiy e’tiborni berar edi.»* Shu bilan birga Amir Temurning qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga tanilgan san’at ahlini va turli tuman kasb-hunar egalarini Samarqandga olib kelganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asarida ana shunday olimlardan ba’zilari haqida qisqa, lekin o’ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O’z saltanati kunlarida Temur Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdulmalikni hosil etgan edi – u «Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg’inoniy)ning avlodidan bo’lib, mudarrislik qilar, shatranj va narddan ta’lim berar hamda yagona bir holatda she’r va nazm etardi.» Shuningdek «Temurning muhaqqiq (olim)lardan mavlono Sa’uddin at-Taftazoniyni—u 791 yilning muharram (1389 yil yanvar) oyida Samarqandda vafot etdi va Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniyni—u Sherozda vafot etdi, hamda muhaddis olimlardan Shayx Shamsuddin Muxammad ibn al-Jazoriy (Temur uni Rumdan olib kelgan) va boshqalarni Samarqandga olib keldi.» «Mana shular – deb yozadi Ibn Arabshoh – men tanib, zikriyu ismi xotirimga kelgan kishilardurlar. Ammo men bilmagan yoinki bilganu biroq zikriyu ismi xotirimga qolmagan kishilar son – sanoqsiz bo’lib, hisob-kitobdan xorijdur. Xullasi kalom, Temur har bir foydali jonni yig’ib, nimaiki bo’lsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajoyib fan ahli

namoyandasidan va san’atlar g’aroyib uslubidan, fazilati peshonasida nishona bo’lib, o’z tengqurlaridan ustun turgan o’z sohasida alloma kishilar yig’ilgan edi». Shunday qilib Amir Temur davrida Samarqandda ilm-fanning rivojlanishiga, ayniqsa, mashhur faylasuflardan Sa’duddin bin Umar at-Taftazoniy va Mir Sayyid Sharif al-Jurjoniy katta hissa qo’shdilar. O’z davrining ko’zga ko’ringan faylasufi, fiqhshunosi va qomusiy olimi bu -- Sa’duddin bin Umar at- Taftazoniy (vafotini Fasixiy (Mujmal, 174 bet) 787 (1386) yil, Xondamir (Habib us-siyar, 88 bet) 797 (1394-1395) yil deb ko’rsatsalarda, hozirgi adabiyotlarda Ibn Arabshoh yozganidek 1389 yil deb keltiriladi. Mas: A.O’rolov, M.Hojixonov. «Temuriylar ma’naviyati va madaniyat». 54 bet.) bo’lib, u asli Xurosonning Niso shahri yaqinidagi Taftazon degan joyda tavallud topadi. Taftazoniy 16 yoshidan arab tilini, tafsir, fiqh, mantiq, islom aqidalarini mukammal o’rganadi. Shuningdek boshqa ilmlarda ham zamonasining yagona kishisi bo’lgan Taftazoniy Temur saroyida o’tkazilib turiladigan ilmiy diskussiyalarning faol ishtirokchisi bo’lgan qomusiy olim edi.* U G’ijduvon, Turkiston, Seraxs, Hirot va boshqa shaharlardagi madrasalarda mudarrislik qiladi. Umrining oxirgi yillarini Samarqandda Temur saroyida o’tkazadi. Taftazoniy ilmning ko’p sohalarida, mantiq, sarfu nahv, fiqh, kalom, insho, geometriya va boshqa ilmlarda ijod etganligini J.Yaxshilikov va Sh.Ahadovlar ham o’zlarining «Temuriylar ma’naviyati» nomli asarida qayd etadilar. Mas: uning «As-sa’diya», «Tahzib ul-mantiq va al-kalom», «Al-irshod al- xodi» kabi asarlaridan biri (avtorlar bu yerda aynan qaysi asar ekanligiga aniqlik kiritmaganlar) chiziqlain gparalleliga bag’ishlangan bo’lib, Taftazoniy unda Yevklidning mashhur beshinchrni aksiomasini sharhlashga harakat qiladi va ikki to’g’ri chiziqni uchinchi to’g’ri chiziq kesganda hosil bo’ladigan burchagi unga qo’shni bo’lmagan ikki burchagining yig’indisiga teng kelishi zarurligini isbotlab ko’rsatadi. Shu jarayonda u o’tkir va o’tmas, qo’shni va yoyiq burchaklarning boshqa bir qator xossalarini ham ta’riflaydi hamda dalillaydi. Sa’duddin Taftazoniy haqida akademik Botirxon Valixo’jayev ham o’z ilmiy tadqiqotlarida qo’yidagilarni yozib qoldirgan. Mas: «Sa’diddin Ma’sud ibn Umar al-Taftazoniy (1322-1390) o’z davrining qomusiy bilimli alloma