logo

ASOSIY VOSITALAR HISOBI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

198 KB
ASOSIY  VOSITALAR    HISOBI
Reja:
    1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
    2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi
    3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash 
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
    4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning buxgalteriya 
hisobi
    5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha
5-son   BHMSga   muvofiq,   asosiy   vositalar   korxonalar   mahsulot   ishlab
chiqarish   jarayonida   foydalanish,   ishlarni   bajarish   yoki   xizmat   ko‘rsatish
maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va
ijtimoiy-madaniy   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   saqlaydigan   moddiy
aktivlardir.
Asosiy   vositalar   ba’zan   korxona   barcha   aktivlarining   asosiy   qismini   tashkil
etadi,   shuning   uchun   uning   moliyaviy   holatini   moliyaviy   hisobotda   ko‘rsatish
uchun katta ahamiyatga ega.
5-son  BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a)   korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy   foyda tushishiga ishonch
bo‘lsa;
b)   aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona   asosiy   vositalar   obekti   etirof   etishning   birinchi   shartiga   mos
kelishini   belgilashda   dastlabki   etirof   etish   paytigacha   mavjud   dalillar   asosida
kelgusida   iqtisodiy   foyda   olish   ehtimoli   darajasini   baholashi   kerak.   Bu   korxona
kelgusida   olingan   aktivga   ega   bo‘lish,   foydalanish   va   boshqarish   bilan   bog‘liq
barcha haqlar unga tegishli   bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega
bo‘lish   bilan   bog‘liq   barcha   tavakkallikni   o‘z   zimmasiga   olishni   bildiradi.   Ushbu
iqtisodiy   foydani   olishning   etarlicha   yuqori   ehtimoli   korxonaning   aktiv   bilan
bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi
bo‘yicha   aniqlikni   taqazo   etadi.   Bunday   aniqlik   odatda   iqtisodiy   foyda   va
tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha  aktivni
sotib   olish   operatsiyasi   odatda   muayyan   yo‘qotishlarsiz   bekor   qilinishi   mumkin,
shuning   uchun   aktiv   etirof   etilmaydi.   Asosiy   vositalarni   etirof   egishning   ikkinchi
sharti,   odatda,   buxgalteriya   hisobi   amaliyotida   oson   qanoatlantiriladi,   chunki
aktivni   sotib   olishni   tasdiqlaydigan   almashtirish   operatsiyasi   natijasida   uning qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan
vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar,
ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar
asosida amalga oshirilishi mumkin.
5 - BHMSning   4-bandida   quyidagi   mezonlarga   javob   beruvchi   moddiy
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a)   bir yildan ko‘proq xizmat muddati;
b)   O‘zbekiston   Respublikasida   belgilangan   eng   kam   ish   haqining   ellik
baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uch u n.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi
uchun ular qiymatining kam mi qd orini belgilash huquqiga ega.
Asosiy   vositalar   tarkibidagi   jihozlarni ng   hisobi   uchun   ular   qiymatining   kam
miqdorini   belgilashda   xo‘jalik   subekti   rahbari   sohaning   xususiyatlariga,   korxona
ko‘lami   hamda   korxonaning   xo‘jalik   operatsiyalari   xususiyatiga   asoslanishi
mumkin.
SHu   5-BHMSda   xizmat   muddati   va   qiymatidan   qat’iy   nazar   qu y idagilar
asosiy   vositalar   tarkibiga   kiritilmasligi   belgilab   qo‘yilgan:   a)   maxsus   asbob   va
qurilmalar;   b ) maxsus va sani t ar kiyim, maxsus poyabzal; va yo t ar joy buyumlari;
v)   kansel a r i ya   buyumlari;   d)   oshxona   anjomlari,   shuningdek,   oshxona   sochiq -
dasturxonlari;)   qurilish   bo‘yicha   sarflar   qurishmontaj   ishlari   qiymatiga
kiritila d igan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan
kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
SHuni   qayd   etish   kerakki,   bozor   iqtisodi   sharoitidagi   buxgalteriya   hisobida
markazlashgan   rejali   iqtisodiyot   shart   sharoitidan   farqli   o‘laroq,   asosiy
vositalarning   yangi   obektlari   paydo   bo‘ladi   va   hisobga   olinadi.   Ularga   qonun
hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi. YUqorida   ko‘rsatilgan   BHMSning   5-bandiga   muvofiq   asosiy   vositalarning
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish
uchun   mo‘ljallangan   barcha   moslamalar   va   ashyolar   yoki   alohida   konstruktiv
jihozlangan   uskunalari   bo‘lgan   obekt   inventar   obekti,   deb   etirof   etiladi.   Masalan,
ishlab   chiqarish   binosini   ishga   tushirishda   unga,   odatda,   yong‘indan   saqlash,
ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar
bino   bilan   birga   bir   inventar   obekt   sifatida   qaraladi.   Ammo   asosiy   binoga
biriktirilgan   passajir   yoki   yuk   liftlari,   sovutgich   kameralari,   sanoat     pechlari,
odatda,   alohida   inventar   obektlar   sifatida   qaraladi.   Ma’lum   ishni   bajarishga
mo‘ljallangan   va   o‘zida   bir   butunlikni   ifodalovchi   konstruktiv   birikkan
predmetlarning   alohida   kompleksi   ham   o‘z   navbatida   invetar   obekti   bo‘lishi
mumkin.   Konstruktiv   birikkan   predmetlar   kompleksi   deganda   kompleksga
kiruvchi   har   bir   predmet   mustaqil   emas,   balki   faqat   o‘z   vazifasini   kompleks
tarkibida   bajarishi   natijasida   umumiy   moslama   va   xususiyatga   ega   bo‘lgan   bitta
yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta
asosiy   vositaning   turli   foydalanish   muddatiga   ega   bir   nechta   mustaqil   obekti
bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti
sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali
xizmat   muddati   40   yilga   mo‘ljallangan   ishlab   chiqarish   binosiga   ega   bo‘lgan
korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25
yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur
holatda   binoning   yong‘indan   saqlash   tizimi   asosiy   vositalarning   alohida   inventar
obekti sifatida hisobga olinishi kerak. 2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar
tarkibi
5-BHMSning  9-bandiga muvofiq asosiy vositalar  dastlabki  qiymati  bo‘yicha
baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki
sotib   olish   uchun   ketgan   barcha   sarf   harajatlar   qiymati,   deganda,   jumladan,
to‘langan   va   qoplanmaydigan   soliqlar,   shuningdek,   aktivlarni   ishchi   holatga
keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi.
YAna   shuni   hisobga   olish   kerakki,   boshqa   shart-sharoitlarda   qo‘shimcha   qiymat
soligi   va   aksiz   solig‘i   kabi   soliqlar   undiriladigan   soliqlar   hisoblanadi,   ya’ni
umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda
hisobga   olinadi,   biroq   asosiy   vositalarni   sotib   olish   ishga   tushirishda   yuqorida
ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi.
Xo‘jalik   yurituvchi   subektlar   amaliyotida   asosiy   vositalarning   dastlabki
qiymati,   odatda,   ularning   korxonaga   kelib   tushishi   sabablaridan   kelib   chiqqan
holda   belgilanadi.   Asosiy   vositalarning   korxonaga   kelib   tushishining   asosiy
manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olish; kapital
kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi
tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi;
ayirboshlash;   uzoq   mudlatli   ijara   shartnomasi   moddiy-tovar   zaxirasi   tarkibidan
o‘tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarga kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash.
5-BHMSning   11-bandi   haq   evaziga   olingan   asosiy   vositalarning   dastlabki
qiymatiga   kiritilgan   quyidagi   sarflarni   belgilaydi:   shartnoma   bo‘yicha   qurilish-
montaj   ishlari   uchun   pudratchilarga   va   aktivlarni   etkazib   beruvchilarga   to‘langan
summa;   asosiy   vositalarga   egalik   huquqini   olish   bilan   bog‘liq   ro‘yxatga   olish
yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi;
asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat
xizmatlari   uchun   to‘lanadigan   summa;   asosiy   vositalarning   obektlarini   etkazib
berish     tavakkalchiligini   sug‘urta   qilish   bo‘yicha   harajatlar;   asosiy   vositalarning
sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj
qilish,   sozlash,   ishga   tushirishga   to‘lanadigan   harajatlar;   aktivni   maqsadli
foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning   12-bandiga   muvofiq   qurilish   davrida   qurilish   uchun   olingan
uzoq   muddatli   kredit   bo‘yicha   o‘tkazilgan   foizlar   ishga   tushirilgan   asosiy
vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy
vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli
kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar obektning
ishga   tushirilishi   xo‘jalik   yoki   pudrat   usullari   bilan   amalga   oshirilganidan   qatiy
nazar,   ishga   tushirilish   jarayoni   davomida   asosiy   vositalarning   ishga
tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy   vositani   ishga   tushirish   yakunlangan,   ya’ni   u   foydalanishga
topshirilgan   bo‘lsa,   foiz   xarajatlarini   kapitallashtirish   to‘xtatiladi,   asosiy   vositalar
obekti   foydalanishga   berilgandan   keyin   o‘tkazilgan   foizli   xarajatlar   esa   xo‘jalik
yurituvchi   subektning   moliyaviy   faoliyati   bo‘yicha   xarajatlar   (9610   -   «Foiz
ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati
sotib   olingan   aktiv   qiymati   kabi   tamoyil   asosida   belgilanadi,   yani   asosiy
vositalarning   ushbu   obektlarini   ishga   tushirish   bo‘yicha   aniq   sarflar   summasidan
tashkil topadi.
Agar   asosiy   vositalarning   obektlari   chet   el   valyutasiga   sotib   olinsa,   u   holda
ularning   dastlabki   qiymati   barcha   to‘lanadigan   va   qoplanmaydigan   soliqlar,
shuningdek,   aktivni   etkazib   berish   va   montaj   qilish,   o‘rnatish,   ishga   tushirish bo‘yicha   sarflar   va   undan   maqsadli   foydalanish   uchun   ishchi   holatiga   keltirish
bilan   bevosita   bog‘liq   har   qanday   boshqa   xarajatlar   yuk   bojxona   deklaratsiyasi
to‘ldirilgan   sanaladi   O‘zbekiston   Respublikasya   Markaziy   banki   belgilagan   kurs
bo‘yicha   summani   chet   el   valyutasining   qiymatiga   hisoblash   yo‘li   bilan   milliy
valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. SHuni ham
ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obektlari to‘lovlari, moddiy-
tovar   zaxiralarini   sotib   olish   bo‘yicha   kontraktlarni   tayyorlash,   ro‘yxatdan
o‘tkazish   va   yopish   bilan   bog‘liq   xarajatlar   va   bevosita   sotib   olish   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan   boshqa   xarajatlar   moddiy-tovar   zaxiralarining   tannarxiga   kiritilmaydi,
balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
YUqorida   bayon   qilinganidek,   asosiy   vositalarning   boshlang‘ich   qiymati
odatda   ularning   korxonaga   kelib   tushish   sabablaridan   kelib   chiqib   aniqlanadi.
Quyida   asosiy   vositalarning   kelib   tushish   manbalariga   qarab,   ularning
boshlang‘ich   qiymati   shakllanishi,   ya’ni   uni   tan   olish   uchun   maqbul   asoslar
keltirilgan.
Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning
boshlang‘ich qiymatini tan olish
№ Asosiy   vositalariing
kelib tushish manbai Boshlang‘nch kiymatni baxolash uchun asos
1 Tekin   (sovg‘a   qilish
shartnomasi buyicha) Joriy   kiyma t ,   to‘langan   va   qoplanib   berilmaydigan
soliqlar   (yigimlar)   xamda   aktivni   etkazib   kelib,
montaj   kilish,   o‘rnatish,   ishga   tushirish   bo‘yicha
xarajatlar   va   uni   ishchi   holatga   keltirish   bilan
bevosita   bog‘liq   bo‘lgan   har   qanday   boshqa xarajatlarni hisobga olgan xolda
2 Tayyor   maxsulotlar
tarkibidan o‘tkazish O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Malkamasining
1999   yil   5   fevraldagi   54   sonli   qarori   bilan
tasdiqlangan   **Maxsulot   (ishlar,   xizmatlar)ni   ishlab
chiqarish   va   sotish   xarajatlarining   tarkibi   hamda
moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi
to‘g‘risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab
chnkarish tannarx i
3 Tovar-moddiy
zaxiralari   (tayyor
maxsulotlardan
tashqari)   tarkibidan
o‘tkazish O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirliga
tomonidan   1998   yil   27   avgustdagi   44   son   bilan
tasdiqlangan   va   O‘zbeknston   Respublikasi   Adliya
vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486 raqam
bilan   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   4son   BHMS   "Tovar-
moddiy   zaxiralar"ga   muvofiq   aniqlanadngan   balans
kiymati
4 Qonun   xujjatlarida
belgnlangan   tartibda
ayirboshlash   bo‘yicha
olish Ayirboshlashda   berilgan   asosiy   vositalar   obektinnng
qoldik kiymati
5 Qonun   xujjatlarida
belgilangan   tartibda
qo‘shimcha pul to‘lash
yo‘li   bilan
ayirboshlash   bo‘yicha
olish Ayirboshlashda   berilgan   asosiy   vositalarning
obektini   qoldik   kiymatini   ayirboshlash   paytida
berilgan   (olingan)   pul   mablaglari   yoki   uning
ekvivalentlariga ko‘paygan (kamaygan) summasi
6 Qonun   hujjatlarida
belgilangan   tartibda Korxona   tomonidan   bsrilgan   yoki   berilishi   lozim
bo‘lgan   boyliklar   qiymati   yoxud   shunga   o‘xshash majburiyatlarni   pulsiz
vositalar bilan bajarish
(to‘lash)ni   nazarda
tutadigan
shartmomalar   buyicha
olish asosiy   vositalar   obektini   teng   holatlarda   sotib
olinadigan qiymati
3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash
xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi
Korxonalarga   asosiy   vositalar   turli   manbalardan   kirim   qilinadi.   Asosiy
vositalarni   kirim   qilish   jarayonida   turli   xarajatlar   sarflanadi   va   ularning
boshlang‘ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. 
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi
va   harakati,   foydalanilayotgan,   konservatsiya   qilingan   yoki   qisqa   muddatli   ijara
shartnomasi   bo‘yicha   berilgan   asosiy   vositalar   to‘g‘risidagi   axborotlarni
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112   "Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   olingan   asosiy   vositalarni
obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzat gich  moslamalar i ";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar"; 0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik   hisobning   tashkil   qilinishi   respublika   hududi   va   xorijdagi   asosiy
vositalarning   mavjudligi   va   ularning   harakati   to‘g‘risidagi   axborotlarni   olish
imkoniyatini ta’minlashi lozim.
  Buxgalteriyada  mulkni  asosiy  vositalar   tarkibiga  kiritish  tartibi  O‘zbekiston
Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan   2003   yil   10-oktyabrda   114-son   bilan
tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar"
(20.01.2004   y.   1299-sonli   ro‘y.,   "O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari
to‘plami",   2004   y.,   3-son,   35-modda)   va   xarid   qilish   vaqtida   olingan   pasport   va
foydalanish   bo‘yicha   yo‘riqnoma,   hamda   boshqa   texnik   hujjatlar   asosida   amalga
oshiriladi.
  Asosiy   vositalar   asosiy   vositalarni   hisobga   oluvchi   schyotlarda   quyidagi
ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi:
a)   korxonaning   ustav   kapitaliga   ta’sischilar   tomonidan   ularning   ulushi
hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;
b)   korxonaning   o‘zida   tayyorlangan   shuningdek,   to‘lov   evaziga   boshqa
korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish,
tiklash)   barpo   etishga   ketgan   haqiqiy   xarajatlardan   kelib   chiqib   yoki   ushbu
ob’ektlarni   xarid   qilishda,   to‘langan   va   qoplanmaydigan   soliq   (yig‘imlar)
shuningdek,   etkazib   berish,   yig‘ish,   o‘rnatish,   ishga   tushirish   va   ushbu   aktivni
ishchi   holatiga   keltirish   bilan   bevosita   bog‘liq   boshqa   xarajatlarni   hisobga   olgan
holda;
v)   boshqa   korxona   va   shaxslardan   tekinga   olingan   shuningdek,   hukumat
idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor
bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha. Asosiy   vositalarning   boshlang‘ich   qiymati   faqat   qayta   qurilganda,
ta’mirlanganda   va   qisman   tugatilganda   hamda   qayta   baholangan   hollarda
o‘zgartirilishi   mumkin.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2001
yil   31   dekabrdagi   490-sonli   "Asosiy   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   prognozi   va
O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjetining   2002   yilgi   parametrlari
to‘g‘risida"gi   qaroriga   muvofiq   barcha   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   mulkchilik
shaklidan   qati   nazar   har   yili   1   yanvar   holatiga   asosiy   vositalar   qiymatini   joriy
bahoga   keltirish   uchun   qayta   baholashni   amalga   oshiradilar.   Asosiy   vositalar
bahosini   oshirish   (tushirish)   summasi   asosiy   vositalarni   hisobga   oluvchi
schyotlarning   (0100)   debeti   (krediti)   bo‘yicha   8510   "Mulkni   qayta   baholash
bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
  Ta’sischilar   tomonidan   korxonaning   ustav   kapitaliga   ulush   hisobidan
kiritilgan   asosiy   vositalarni   kirim   qilish   asosiy   vositalarni   hisobga   oluvchi
schyotlarning   (0100)   debeti   va   4610   "Ustav   kapitaliga   ta’sischilarning   ulushlari
bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
  Korxonaning   o‘zi   tomonidan   qurilgan   shuningdek,   pudrat   shartnomasiga
asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlarning   (0100)   debeti,   0810   "Tugallanmagan   qurilish"   schyotining   krediti
bo‘yicha kirim qilinadi.
  Mol   etkazib   beruvchilar,   pudratchilar   va   boshqa   shaxslardan   sotib   olingan
asosiy   vosita   ob’ektlari   asosiy   vositalarni   hisobga   oluvchi   schyotlarning   (0100)
debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim
qilinadi.
  Boshqa   korxona   va   shaxslardan   tekinga   olingan   asosiy   vositalarning   kirim
qilinishi   asosiy   vositalarni   hisobga   oluvchi   schyotlarning   (0100)   debetida   8530
"Tekinga   olingan   mulklar"   schyoti   bilan   bog‘langan   holda   aks   ettiriladi.   Biroq, soliqqa   tortish   maqsadida,   tekinga   olingan   asosiy   vositalarning   qiymati   daromad
(foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
  Asosiy   vositalarni   tugatish,   sotish,   tekinga   berish,   ustav   kapitaliga   ulush
sifatida   berish,   uzoq   muddatli   ijaraga   berish,   kamomad   yoki   buzilishi   natijasida
hisobdan   chiqarishda   ularning   boshlang‘ich   qiymati   tegishli   (0100)   asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi"
schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
  0110   "Er"   schyotida   qonunchilikka   muvofiq   korxonaga   mulk   sifatida
berilgan   er   maydonlari   hisobga   olib   boriladi.   0110   "Er"   schyotining   debetida
shuningdek,   er   maydonlarini   xarid   qilishda   to‘lanadigan   qo‘shimcha   xarajatlar,
ko‘chmas   mulk   agentlarining   komission   mukofoti,   advokatlarning   xizmat   haqi,
sotib   olish   bilan   bog‘liq   soliqlar,   zovurlar   qiymati,   erlarni   tozalash   va   tekislash
xarajatlari hisobga olinadi.
Erlarni   foydalanishga   tayyorlash   jumladan,   suv   olib   kelish,   oqova   suvlarni
chiqarish   inshootlari,   geodeziya   ishlari   bo‘yicha   umumiy   xarajatlar   0110   "Er"
schyotida   kapitalizatsiya   qilinadi.   CHunki   ushbu   xarajatlar   erdan   kelgusida
foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib
olinganda,   mavjud   konstruksiyalar   va   boshqa   to‘siqlarni   bartaraf   etish   qiymati
0110   "Er"   schyotining   debetida   kapitalizatsiya   qilinadi.   Bunda   konstruksiyani
tugatishdan   olingan   materiallarni   sotishdan   tushgan   tushum   ushbu   xarajatlarni
kamaytiradi.
Agar er maydoni oldindan tasarrufda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi
qurilish   ob’ektiga   joy   berish   uchun   buzib   tashlansa,   buzish   bo‘yicha   xarajatlar
0110   "Er"   schyotiga   kapitalizatsiya   qilinmaydi,   balki   eski   konstruksiyalarni
hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi.  0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida er maydonlari tuzilishini o‘zgartirish,
kelish   yo‘llari,   avtomobillar   va   boshqa   transport   vositalarining   to‘xtash
maydonlari,   devorlar   va   boshqa   inshootlarning   holatini   yaxshilash   xarajatlari
hisobga olinadi.
  0112   "Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   olingan   asosiy   vositalarni
obodonlashtirish"   schyotida   uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   ijaraga
olingan   mulkni   obodonlashtirish   bilan   bog‘liq   kapital   xarajatlar   hisobga   olinadi.
Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   olingan   asosiy   vositalarni
obodonlashtirish   bo‘yicha   kapital   xarajatlarga   shuningdek,   rekonstruksiya   va
modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi.
  0120   "Binolar,   inshootlar   va   uzatuvchi   moslamalar"   schyotida   quyidagilar
hisobga olinadi:
a)   bino   -   ishlab   chiqarish,   ma’muriy,   ijtimoiy-maishiy,   uy-joy   (inventar
ob’ekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki
qo‘shimcha   qurilishlar   hisoblanadi).   Bino   va   qo‘shimcha   qurilishlar   tarkibiga   bir
me’yorda   foydalanish   uchun   sharoit   yaratib   beradigan   barcha   kommunikatsiya
tizimi   (isitish,   yoritish,   shamollatish,   suv-gaz   ta’minoti   tizimlari,   ichki   telefon   va
kompyuter   tarmoqlari,   lift   xo‘jaligi,   yong‘indan   saqlash   va   qo‘riqlash
signalizatsiya tizimi) kiradi;
b)   inshootlar   -   avtomobil   yo‘llari,  ko‘priklar,   osma   yo‘llar,  suv   ombori,  neft
va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
v) o‘tkazuvchi  moslamalar  - elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo‘llari,
issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
 0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a)   kuchlantiruvchi   mashina   va   uskunalar   -   atom   reaktorlari,   qozonlar,   bug‘
dvigatellari,   turbinalar,   kuchlantiruvchi   transformatorlar,   ichki   yonuv   dvigatellari
va boshqalar; b)   ishchi   mashinalar   va   uskunalar   -   mehnat   buyumlariga   mexanik,   issiqlik,
kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v)   o‘lchov   va   boshqaruv   moslamalari   va   laboratoriya   uskunalari   hamda
jihozlari   -   tarozilar,   manometrlar,   termostatlar,   dispetcher   nazorati   uskunalari,
signalizatsiya,   ilmiy-tekshirish   laboratoriyasi,   seysmologik   stansiya   uskunalari   va
boshqalar;
g)  boshqa  mashinalar  va   uskunalar   -  telefon  stansiyasi   uskunalari  va  boshqa
oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
 0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun
mo‘ljallangan   mebel   va   jihozlar   (stollar,   shkaflar,   mebel   yig‘imlari,   kreslo,   temir
seyflar   va   boshqalar)   shuningdek,   ofis   jihozlari   (telefaks   apparati,   qog‘oz
qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
  0150   "Kompyuter   jihozlari   va   hisoblash   texnikasi"   schyotida   kompyuterlar,
printerlar,   skanerlar,   modem   va   boshqa   kompyuter   jihozlari,   hamda   hisoblash
texnikalari hisobga olinadi.
 0160 "Transport vositalari" schyotida temir yo‘l, suv, havo, avtomobil, ishlab
chiqarish   va   kommunal   transport   vositalarining   harakatlanuvchi   tarkibi
shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
  0170   "Ishchi   va   mahsuldor   hayvonlar"   schyotida   ishchi   kuchi   sifatida
foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va
boshqa   ishchi   hayvonlar   (shuningdek,   yuk   transport   vositasi   sifatida
foydalaniladigan   hayvonlar)   hamda   mahsulot   (nasl,   sut,   jun   va   boshqalar)
beradigan   hayvonlar   -   sigirlar,   biyalar,   qo‘ylar,   echkilar   va   boshqalar   hisobga
olinadi.
  0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar" schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya,
meva-rezavor   daraxtlar   va   o‘simliklar,   yashil   devorlar   va   boshqalar   hisobga
olinadi.   0190   "Boshqa   asosiy   vositalar"   schyotida   yuqorida   keltirilgan   schyotlarda
sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
  0199   "Konservatsiya   qilingan   asosiy   vositalar"   schyotida   qonunlarda
belgilangan   tartibda   konservatsiyalangan   asosiy   vositalar   hisobi   yuritiladi.   (O‘zR
AV   12.11.2003   y.   1181-1-son   bilan   ro‘yxatga   olingan   O‘zR   MV   Buyrug‘i
taxriridagi band)
  Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bog‘lanish i 1.jadval)
Korxona   ustav   kapitaliga   kiritiladigan   ulush   hisobiga   olingan   asosiy
vositalarning   boshlang‘ich   qiymati   bo‘lib,   korxona   ta’sischilari   tomonidan
kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi  qonun
hujjatlarida   boshqalar   nazarda   tutilmagan   bo‘lsa.   Masalan,   "Xususiy   korxona
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq,
1.jadval
T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning
bog‘lanishi
Debet Kredit
1 Qurib   bitkazilgan   va   foydalanishga
topshirilgan   ob’ektlarning   asosiy   vositalar
tarkibiga o‘tkazilishi 0110-0190 0810
2 Asosiy   vositalarni   haqiqiy   tannarxi   bo‘yicha
xarid qilinishi (boshlang‘ich qiymati) 0110-0190 0820
3 Uzoq   muddatli   ijaraga   olingan   asosiy
vositalarni   uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi
tugagandan   keyin   asosiy   vositalar   tarkibiga
qabul qilinishi 0110-0190 0310
4 Ta’sischilarning   ustav   kapitaliga   ulush   (pay) 0110-0190 4610 sifatida   kiritgan   yoki   aksiyalarga   to‘lov
sifatida   kelib   tushgan   asosiy   vositalarning
kirim qilinishi
5 Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi 0110-0190 8530
6 Asosiy   vositalarning   ajratilgan   bo‘linmalar,
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib
tushishi 0110-0190 6110, 6120
7 Qo‘shimcha   qurish,   uskunalar   o‘rnatish,
modernizatsiya,   rekonstruksiya   qilish   va
boshqa   sifat   jihatdan   yaxshilash   natijasida
asosiy   vositalar   boshlang‘ich   qiymatining
ko‘payishi 0110-0190 0890
8 Erni   obodonlashtirish   bilan   bog‘liq
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish 0111 0850
9 Uzoq   muddatli   ijaraga   olingan   asosiy
vositalarni   obodonlashtirish   bilan   bog‘liq
xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish 0112 0860
10 Ishchi   va   mahsuldor   xayvonlarning   asosiy
vositalar tarkibiga kirim qilinishi 0170 0840
11 Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi
b) qiymatining kamaytirilishi 0110-0199
8510 8510
0110-0199
12 Tugatish,   sotish,   tekinga   berish,   ustav
kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli
ijaraga   berish,   kamomad   yoki   buzilish
natijasida   asosiy   vositalarning   boshlang‘ich 9210 0110-0190 qiymatini hisobdan chiqarish
13 Ajratilgan   bo‘linmalarga   asosiy   vositalarni
berilishi 4110 0110-0190
14 Qonunchilikda   belgilangan   tartibda
konservatsiya qilingan asosiy vositalar 0199 0110-0190
mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil
baholaydi.
SHuningdek   "Mas’uliyati   cheklangan   hamda   qo‘shimcha   mas’uliyatli
jamiyatlar   to‘g‘risida"gi   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunining   15-moddasiga
muvofiq,   jamiyatning   ishtirokchilari   va   jamiyatga   qabul   qilinadigan   uchinchi
shaxslar  tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo‘shiladigan pulsiz hissalarning
puldagi   bahosi   jamiyat   ishtirokchilari   umumiy   yig‘ilishining   jamiyatning   barcha
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning   o‘z   kuchi   bilan   qurilgan,   shuningdek   pudrat   shartnomasi
bo‘yicha   qurilgan   asosiy   vositalar   0100   -"Asosiy   vosigalarni   hisobga   oluvchi
schyotlar"larning   tegishli   schyotlari   debetiga,   0810   -"Tugallanmagan   qurilish"
schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi.
Tasischilar   tomonidan   korxonaning   ustav   kapitalidagi   ulushlari   hisobiga
kiritilgan   asosiy   vositalarning   kirim   qilib   olinishi   asosiy   vositalarni   hisobga
oluvchi   schyogning   (0100)   debeti   va   4610-   "Tasischilarning   ustav   kapitaliga
ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa   korxonalar   yoki   shaxslardan   tekinga   olingan   asosiy   vositalarning
kirimi,   8530   -   "Tekinga   olingan   mulk"   schyot   bilan   bog‘lanishda,   asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq
soliqqa   tortish   maqsadida   tekinga   olingan   asosiy   vositalarning   summasi   daromad
(foyda) solig‘ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. SHu   bilan   birga   "Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlarning   huquqlarini
himoya   qilish   to‘g‘risida"gi   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunining   33-moddasi,
jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan
mol-mulkning   puldagi   bahosi   muassislar   o‘rtasidagi   kelishuvga   muvofiq
chiqarilishini belgilab beradi.
Agar   jamiyatning   shu   yo‘sinda   sotib   olinayotgan   aksiyalari   va   boshqa
qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
miqdordagi   ish   haqining   ikki   yuz   baravaridan   ko‘pni   tashkil   etsa,   jamiyat
aksiyalari   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarining   haqi   sifatida   topshirilayotgan   mol-
mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Asosiy vositalar obektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash yo‘li
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Joriy   tamir   —   asosiy   vositalar   obektini   ishchi   holatida   ushlab   turish
maqsadida   amalga   oshiriladigan   tamirlashdir.   O‘rta   ta’mirda   tamirlanadigan
agregatni   qisman   ajratib   yig‘ish   yoki   detallar   qismlarini   qayta   tiklash   yoki
almashtirish amalga oshiriladi.
Uskuna   va   transport   vositalarini   kapital   tamirlash   agregatni   to‘liq   ajratib
yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar
va   uzellarni   almashtirish   yoki   tiklash   hamda   agregatni   yig‘ish,   sozlash   va   sinash
amalga oshiriladigan tamirlashdir.
Bino   va   inshootlarni   kapital   tamirlash   —   bazaviy   va   korpus   detallari   va
uzellarini   tamirlash,   barcha   eskirgan   konstruksiyalarning   detallari   va   uzellarini
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Obektni   ishchi   holatida   ushlab   turish   va   undan   foydalanishda   kelgusidagi
iqtisodiy   manfaatning   dastlab   aniqlangan   malum   summasini   olish   maqsadida
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga
olib   boriladi.   Ishlab   chiqarish   asosiy   vositalarini   ishchi   holatida   saqlab   turish xarajatlari   va   ishlab   chiqarish   asosiy   vositalarning   barcha   turdagi   ta’mirlashini
o‘tkazish   bilan   bog‘liq   xarajatlar   mahsulotlar   (ishlar,   xizmatlar)ning   ishlab
chiqarish   tannarxiga,   ma’muriy   va   ijtimoiy,   madaniy   vazifalarni   amalga   oshirish
uchun   mo‘ljallangan   asosiy   vositalar   obektlari   bo‘yicha   esa   davr   xarajatlari
tarkibiga olib boriladi.
Zarur   holatlarda,   alohida   sohalarning   xo‘jalik   yurituvchi   subektlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligining   ruxsati   bilan   kapital   tamirlash
ishlarini   o‘tkazish   uchun   mablag‘lar   zaxirasini   tashkil   etishlari   mumkin.   Mazkur
zaxira   bo‘yicha   ajratmalar   "Ishlab   chiqarish   tusidagi   boshqa   xarajatlar"   elementi
tarkibida   aks   ettiriladi,   u   asosiy   vositalarning   har   bir   obektini   kapital
ta’mirlanishdan o‘tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy
baholangan   qiymatidan   kelib   chiqib   belgilanadi.   Zaxira   bo‘yicha   ajratmalar
me’yori har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi
moliyaviy  yil   uchun   ajratmalar   hajmi   ko‘paytirilishi   yoki   kamaytirilishi   mumkin.
Agar   kapital   tamirlash   uchun   zaxira   qilingan   mablag‘lar   summasi   mazkur
obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlaridan oshib ketsa, ortiqcha summa
tuzatib   qo‘yilishi   kerak;   agarda   haqiqiy   xarajatlar   zaxira   qilingan   mablag‘lar
summasidan   oshib   ketsa,   unda   ortiqcha   summa   "Ishlab   chiqarish   tusidagi   boshqa
xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va
to‘lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti
bo‘yicha aks ettiriladi.
Zaxira   qilingan   mablag‘lar   summasi   hisobiga   amalga   oshirilgan   haqiqiy
xarajat   va   to‘lovlar,   8910   -   «Kelgusidagi   xarajatlar   va   to‘lovlar   zaxiralari"
schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi
orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi. U   yoki   bu   zaxira   bo‘yicha   summalarning   tashkil   etilishi   va   undan
foydalanishning   to‘g‘riligi   smetalar,   hisob-kitoblar   va   shunga   o‘xshaganlarning
malumotlari   bilan   vaqti-vaqtida   solishtirilib   boriladi   va   zarur   hollarda   ularga
tuzatishlar kiritiladi.
5-son   BHMSning   50-bandiga   muvofiq,   chiqib   ketayotgan   asosiy   vositalar
obektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona
balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta’sis
ulushi   sifatida   ustav   kapitaliga   berilganda;   uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi
bo‘yicha   berilganda;     kamomad   yoki   yo‘qotishlar   aniqlanganda;   qatnashchilar
tarkibidan   qatnashchining   chiqishi   natijasida   berilishi   hollarida   hisobdan
chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan bir necha
mustaqil   obektlar   bo‘lgan   hollarda,   asosiy   vositani   qayta   tiklashda   ushbu   har   bir
obektning   almashtirilishi   alohida   inventar   obektining   chiqib   ketishi   yoki   xarid
qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy   vositalar   obektini   qisman   tugatish   hollarida   uning   boshlang‘ich
qiymati   va   to‘plangan   amortizatsiyasi   obektning   tugatilgan   qismiga   tegishli
boshlang‘ich   qiymati   va   to‘plangan   amortizatsiya   summasiga   mos   holda
kamaytiriladi.
Asosiy   vositalar   obektlari   chiqib   ketishidan   olinadigan   moliyaviy   natija,
asosiy   vositalarning   chiqib   ketishidan   olinadigan   daromad   summasidan   ularning
qoldiq   qiymatini   hamda   asosiy   vositalarning   chiqib   ketishi   bilan   bog‘liq   egri
soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy   vositalar   obektlarining  chiqib  ketishidan  ko‘rilgan  moliyaviy  natijani
aniqlashda,   ilgari   qayta   baholangan   asosiy   vositalar   obektlarini   qo‘shimcha
baholash summasining qoldig‘i, ya’ni avvalgi qo‘shimcha baholash summalarining
asosiy   vositalar   ushbu   obektining   avvalgi   arzonlashtirilgan   summasidan   oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga
kiritilib,   ayni   vaqtda   8510   -   «Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"
schyoti bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi.
O‘zbekiston   Respublikasining   "Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida"gi   qonuniga
muvofiq,   asosiy   vositalarning   haqiqiy   mavjudligini   aniqlash   va   ularning
saqlanishini   nazorat   qilish   maqsadida   korxona   tomonidan   asosiy   vositalarning
inventarizatsiyasi   vaqti-vaqti   bilan,   lekin   ikki   yilda   kamida   bir   marta,   kutubxona
fondlari bo‘yicha esa besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Asosiy   vositalarning   inventarizatsiyasi   19-sonli   buxgalteriya   hisobi   milliy
standartiga   muvofiq   belgilangan   tartibda   o‘tkazilad 1
    Korxonalarda   mulklarni
inventarizatsiya   qilish   natijasida   aniqlangan   asosiy   vositalarning   kamomadi   va
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 2
4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning buxgalteriya
hisobi
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda
ularga   eskirish   (amortizatsiya)   hisoblash   yo‘li   bilan   qoplanadi.   Asosiy   vositaning
amortizatsiyalanadigan   qiymati   uning   butun   foydali   xizmat   muddati   mobaynida
xo‘jalik   yurituvchi   subektning   xarajatlariga   amortizaiion   ajratmalar   ko‘rinishida
muntazam   taqsimlanadi.   Bu   erda   amortizatsiyalanadigan   qiymat   deyilganda
aktivning   moliyaviy   hisobotlarda   aks   ettirilgan   boshlang‘ich   (qayta   tiklash)
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligida   833   son   bilan   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   19-sonli
"Inventarizatsiyani   tashkil   etish   va   o‘tkazish"   O‘zbekiston   Respublikasi   Buxgalteriya   hisobi   milliy
standarti.   1999 yil 2 noyabr
15
  O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan   1334-2-son   bilan   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan
"Inventarizatsiya   jarayonida   aniqlangan   mol-mulk   kamomadi   va   ortiqchasining   buxgalteriya   hisobi   va
soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom". 2015 yil  7-iyul
2 qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan
qolgan summasi tushuniladi.
5-son   BHMS,   aktivning   foydali   xizmat   muddati   davomida   asosiy
vositalarning   amortizatsiyalanadigan   qiymatini(eskiish   qiymati)   uning
tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr
xarajatlariga   muntazam   ravishda   taqsimlanadigan   eskirishning   qiymat
ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish
kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy
vositalar   tarkibiga   qabul   qilingan   oydan   keyingi   oyning   birinchi   sanasidan
boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha
yoki   u   balansdan   chiqarilguncha   amalga   oshiriladi.   Agar   asosiy   vositalarning
obektlari   bo‘yicha   eskirish   hisoblanishi   mazkur   obekt   qabul   qilingan   oydan
keyingi   birinchi   oydan   boshlanadigan   bo‘lsa,   unga   mos   ravishda   mazkur   obekt
bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u
balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Asosiy   vositalar   obektining   foydali   xizmat   muddati   davomida   amortizatsiya
hisoblanishi   to‘xtatilmaydi,   qonunchilikda   o‘rnatilgan   tartibda   ularni
konservatsiyaga   o‘tkazish   hollaridan   hamda   obektning   foydalanishi   to‘liq
to‘xtatilgan   sharoitda   ularning   qo‘shimcha   qurilishi,   qo‘shimcha   jihozlanishi,
rekonstrukiiya   qilinishi,   zamonaviylashtirilishi,   texnik   qayta   qurollantirilishi
davridan tashqari.
Asosiy   vositalar   obektlari   bo‘yicha   amortizatsiya   ajratmalarining
hisoblanishi,   korxonaning   hisobot   davridagi   faoliyati   natijalaridan   qat’iy   nazar,
amalga   oshiriladi   va   u   mos   holatda   hisobot   davrining   buxgalteriya   hisobida   aks
ettiriladi.
21son   BHMSga   muvofiq,   asosiy   vositalar   obektlari   bo‘yicha   hisoblangan
eskirish   summasi   buxgalteriya   hisobida   tegishli   summalarni   to‘plash   yo‘li   bilan asosiy vositalarning eskirishini  hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi. 3
Xo‘jalik   yurituvchi   subektlarning   buxgalteriya   hisobida   asosiy   vositalar   obektlari
bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a)   ishlab   chiqarish   jarayonida   foydalanilayotgan   asosiy   vositalar   bo‘yicha
ishlab   chiqarilayotgan   mahsulot   tannarxining   kalkulatsiyasini   hisoblash   va
xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy
ishlab   chiqarish»   yoki   2510   «Umumishlab   chiqarish»,   Kt   0200   «Asosiy
vositalarning eskirishi» schyoti.
b)   yordamchi   ishlab   chiqarish   yoki   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi
ishlab   chiqarish"   schyoti   yoki   2710   -   «Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar"   schyoti,
K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v)   mahsulotlar   (ishlar,   xizmatlar)   va   tovarlarni   sotishda   foydalanilayotgan,
ma’muriy   maqsadda,   madaniy-marifiy   va   boshqa   ijtimoiy   vazifalarda
ishlatilayotgan   asosiy   vositalar   bo‘yicha:   Dt   9400   «Davr   xarajatlari»   schyoti,   Kt
0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
Korxonaning   mulki   hisoblangan   yoki   uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi
bo‘yicha   olingan   asosiy   vositalarning   eskirishi   to‘g‘risidagi   axborotlarni
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212   "Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   olingan   asosiy   vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
3
  21-sonli   BHMS   "Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati   buxgalteriya   hisobi
schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma". 
  0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi".
Analitik   hisobning   tashkil   qilinishi   O‘zbekiston   Respublikasi   hududidagi   va
xorijdagi   asosiy   vositalarning   mavjudligi   va   eskirishining   harakati   to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
  Asosiy   vositalarning   eskirishini   hisoblash   O‘zbekiston   Respublikasi   Soliq
kodeksi   va   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan   2003   yil   10
oktyabrda   114-son   bilan   tasdiqlangan   (5-BHMS)   "Asosiy   vositalar"   Buxgalteriya
hisobining   milliy   standartida   (20.01.2004   y.   1299-sonli   ro‘y.,   "O‘zbekiston
Respublikasi   qonun   hujjatlari   to‘plami",   2004   y.,   3-son,   35-modda)   belgilangan
me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
 Quyidagi asosiy vositalarga  eskiish  hisoblanmaydi:
a) mahsuldor hayvonlarga;
b) kutubxona fondlariga;
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g)  qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga  o‘tkazilgan fondlarga;
(O‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i
taxriridagi kichik band)
d) muzey qiymatliklariga;
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.   0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy
vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
 0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi"   schyotida   uzoq   muddatli   ijaraga   olingan   asosiy   vositalarning   eskirishi
xususiy   asosiy   vositalarga   eskirish   hisoblash   tartibi   kabi   bir   xil   tartibda   hisobga
olinadi.
 Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning
eskirishini   hisobga   oluvchi   schyotlarning   (0200)   kreditida,   xarajatlarni   hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
  Ijaraga   beruvchi   korxonalar   joriy   ijaraga   berilgan   asosiy   vositalar   bo‘yicha
hisoblangan   eskirish   summasini   tegishli   asosiy   vositalarning   eskirishini   hisobga
oluvchi   schyotlarning   (0200)   krediti   va   9430   "Boshqa   operatsion   xarajatlar"
schyotining debetida aks ettiradilar.
  Korxona   mulki   bo‘lgan   asosiy   vositalarni   tugatish,   sotish,   tekinga   berish,
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki
buzilish   natijasida   hisobdan   chiqarishda   ularga   hisoblangan   eskirish   summasi
tegishli   asosiy   vositalarning   eskirishini   hisobga   oluvchi   schyotlarning   (0200)
debetidan   9210   "Asosiy   vositalarning   chiqib   ketishi"   schyotining   kreditiga
hisobdan chiqariladi.
  Asosiy   vositalar   eskirishini   hisobga   oluvchi   schyotlar   (0200)ning
bog‘lanishi (2.jadval)
2.jadval
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning
bog‘lanishi T/
r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning
bog‘lanishi
Debet Kredit
1 Asosiy,   yordamchi   ishlab   chiqarish   va   xizmat
ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarda   foydalanilayotgan   asosiy
vositalarga eskirish hisoblash 2010, 2310,
2710 0211-0299
2 Umumishlab   chiqarish   maqsadida
foydalanilayotgan   asosiy   vositalarga   eskrish
hisoblash 2510 0211-0299
3 Savdo   korxonalarida   foydalanilayotgan   asosiy
vositalarga eskirish hisoblash 9410 0211-0299
4 Ma’muriy   maqsadlar   uchun   foydalanilayotgan
asosiy vositalarga eskirish hisoblash 9420 0211-0299
5 Quyidagi   maqsadlarda   foydalanilayotgan   asosiy
vositalarga eskirish hisoblash:
a)   yangi   turdagi   mahsulotni   ishlab   chiqarish   uchun
mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;
b)   umumiy   yoki   yakka   tartibda   ishlab   chiqarishga
mo‘ljallanmagan   yangi   texnologik   jarayonlarni
o‘zlashtirishda;
v)   qazib   chiqaruvchi   tarmoqlardagi   tayyorgarlik
ishlarida. 9440 0211-0299
6 Ishchi xayvonlarga eskirish hisoblash 2010, 2310 0270
7 Ko‘p yillik o‘simliklarga eskirish hisoblash 2010 0280
8 Joriy   (qisqa   muddatli)   ijaraga   berilgan   asosiy
vositalarga eskirish hisoblash 9430 0220-0299 9 Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasi   bo‘yicha   olingan
asosiy  vositalarni  xususiy  asosiy  vositalar  tarkibiga
o‘tishi   natijasida   ularga   hisoblangan   eskirish
summasini o‘tkazish 0299 0211-0290
10 Uzoq   muddatli   ijara   shartnomasining   muddati
tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan
asosiy vositalarning eskirishni hisobdan chiqarish 0299 0310
11 Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
b) qiymati kamaytirilganda 8510
0211-0299 0211-0299
8510
12 Asosiy   vositalarni   tugatish,   sotish,   tekinga   berish,
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli
ijaraga   berish,   kamomad   yoki   buzilish   natijasida
ularga   haqiqatda   hisoblangan   eskirishni   hisobdan
chiqarish 0211-0290 9210
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha  eskirish  summasi quyidagi
usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:
1) eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
2)   eskirishni   bajarilgan   ishlar   hajmiga   mutanosib   ravishda   hisoblash   (ishlab
chiqarish usuli);
3) ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Eskirishni  bir tekisda (to‘g‘ri  chiziqli) hisoblash  usulining mohiyati  shundan
iboratki, asosiy vositalarning eskiradigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali
xizmat   qilish   muddati   davomida   eskirish   bir   tekisda   va   teng   ulushlarda   hisoblab
boriladi.   Ushbu   usulga   muvofiq,   asosiy   vositalar   obektining   eskiradigan   qiymati
uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo‘yicha eskirish hisoblash me’yorining
miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog‘liq  bir davr uchun eskirish
summasi   eskiradigan   qiymatini   obekt   foydalaniladigan   hisobot   davrlari   soniga
bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Eskirish   hisoblashning   bir   tekisda   (to‘g‘ri   chiziqli)   hisoblash   usulida
eskirishning   yillik   summasi   asosiy   vositalar   obektining   boshlang‘ich   (qayta
tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning
foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Masalan:   Kompyuterning   boshlang‘ich   qiymati   1100000   so‘m,   uning
foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali
xizmat   muddati   5   yil,   yillik   eskirish   me’yori   eskiradigan   qiymatning   20   %   ni
yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.
Eskirishni   bajarilgan   ishlar   hajmiga   mutanosib   ravishda   hisoblash   (ishlab
chiqarish   usuli).   eskirishni   hisoblashning   ishlab   chiqarish   usuli   asosiy   vositalar
obektining   har   bir   konkret   yildagi   ishlab   chiqarish   hajmiga   asoslanadi.   Mazkur
usul   bo‘yicha   har   yillik   eskirish   summasini   hisoblab   chiqish   uchun   foydali
xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish
hajmini   va   konkret   bir   yildagi   ishlab   chiqarish   hajmini   aniqlash   zarur.   Ishlab
chiqarilgan   mahsulot   birligi   soni,   ishlangan   soatlar   miqdori,   bosib   o‘tilgan
tonnakilometr   miqdori   va   shunga   o‘xshaganlar   ishlab   chiqarish   hajmi   sifatida
qabul qilinishi mumkin.
Eskirishni   hisoblashning   ishlab   chiqarish   usulida   eskirishning   yillik
summasi   hisobot   davridagi   mahsulotlar   (ishlar,   xizmatlar)   hajmining   tabiiy
ko‘rsatkichi   hamda   asosiy   vositalar   obektining   tugatish   qiymati   chegirib
tashlangan   boshlang‘ich   (qayta   tiklovchi)   qiymatining   ushbu   asosiy   vositalar
obektining   butun   foydali   xizmat   muddati   davomida   ishlab   chiqariladigan mahsulot   (ish,   xizmat)larning   taxminiy   baholangan   hajmiga   bo‘lgan   nisbatidan
kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy   vositalardan   intensiv   ravishda   foylalanilgan,   shuningdek,   fan-
texnika   taraqqiyoti   kuchli   tasir   ko‘rsatgan   hollarda   asosiy   vositalarning
eskirishini   tezlashtirish   yo‘li   bilan   ifodalanib,   u   quyida   keltirilgan   ikkita   usul
orqali   hisoblanadi:   ikki   karrali   eskirish   me’yori   bilan   kamayib   boruvchi   qoldiq
usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki  karrali  eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi  qoldiq usuli  bo‘yicha
eskirishni   hisoblash   davrida   aktivning   eskiradigan   qiymati   kamayib   boradi.
Ushbu   usul   bo‘yicha   eskirishni   bir   tekisda   (to‘g‘ri   chiziqli)   hisoblash   usulidan
kelib chiqib hisoblangan eskirish me’yori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot
davridagi  tegishli  asosiy  vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki  karrali
eskirish   me’yori   bilan   kamayib   boruvchi   qoldiq   usuli   bo‘yicha   eskirishni
hisoblashda   taxminiy   baholangan   tugatish   qiymati   boshlang‘ich   (qayta   tiklash)
qiymatidan chegirib tashlanmaydi.
Ikki   karrali   eskirish   me’yori   bilan   kamayib   boruvchi   qoldiq   usulida   yillik
eskirish   summasi   asosiy   vositalar   obektining   hisobot   yili   boshidagi   qoldiq
qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan
va ikki karraga oshirilgan eskirish meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan:   oldingi   -misolda   kompyuterning   foydali   xizmat   muddati   5   yilga
teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik  eskirish  me’yori 20 % (100% /
5)ni   tashkil   etadi.   Ikki   karrali   eskirish   me’yori   bilan   kamayib   boruvchi   qoldiq
usulida, eskirish me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy
stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
3 -jadval 
Kompyuter bo‘yicha eskirish  hisoblanishi Eskirish
hisoblanish
davri Boshlang‘ich
(qayta   tiklash)
q i ymat Eskirishn i ng yillik   summasi To‘plangan
eskirish
summasi Qoldiq
q i ymati
1 - yil oxiri 1 100 000 40% x 1100000=   440000 440 000 660 000
2 - yil oxiri 1 100 000 40% x 660000= 264 000 704 000 396 000
3 - yil oxiri 1 100000 40% x 396000=158 400 862 400 237 600
4 - yil oxiri 1 100000      40% x 237600=95 040 957440 142 560
5 - yil oxiri 1 100 000 (40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
100000 - 57440= 42560 1000 000 100 000
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun eskirish
me’yori eskirish   muddatining oxirigacha qoladigan eskiriadigan qiymatning ulushi
sifatida   aniqlanadi.   Ushbu   ulush,   eskirish   stummasi   tugashigacha   qolgan   to‘liq
yillar   raqami   (soni)ni   eskirish   muddatini   tashkil   qiluvchi   yillarning   tartib   raqami
yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar   yig‘indisi   usuli   (kumulyativ   usul)da   yillik   eskirish   summasi   asosiy
vositalar   obektining   tugatish   qiymati   chegirib   tashlangan   boshlang‘ich   (qayta
tiklash)   qiymati   hamda   maxrajida   ob’ektning   foydali   xizmat   muddati   yillari
yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil
soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega
edi.   Foydalanish   yillari   soni   (raqamlari)ning   yig‘indisi   15   (kumulyativ   son)ni
tashkil etadi.
4 -jadval 
Kompyuter bo‘yicha eskirish  hisoblanishi Eskirish
hisoblanish davri Eskirish   qiymati Eskirishning   yillik
summasi To‘plangan
eskirish summasi
1 - yil oxiri 1000 000 (5/15x1000000)= 333333,3 333333,3
2 - yil oxiri 1 000 000 (4/15x1000000)= 266666,7 600000,0
3 - yil oxiri 1 000 000 (3/15x1000000)= 200000,0 800000,5
4 - yil oxiri 1000 000 (2/15x1000000)= 133333,3 933333,3
5 - yil oxiri 1000 000 (1/15x1000000)= 66666,7 1000000,0
Keyinchalik   har   bir   kasrni   1000000   so‘mga   teng   bo‘lgan
amortizatsiyalanadigan   qiymatga   ko‘paytirish   yo‘li   bilan   har   yilgi   eskirish
summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq   solish   maqsadida,   O‘zbekiston   Respublikasi   Soliq   kodeksida   asosiy
vositalarning   boshlang‘ich   (qayta   tiklash)   qiymatiga   nisbatan   foizlarda   yillik
eskirish me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
Masalan:   kompyuterning   boshlang‘ich   qiymati   1100000   so‘m,   uning
foydalanish   muddati   oxiridagi   qoldiq   (tugatish)   qiymati   100000   so‘m,   xizmat
muddati   5   yil,   O‘zbekiston   Respublikasi   Soliq   kodeksi   bo‘yicha   yillik   eskirish
me’yori   eskirishadigan   qiymatdan   20%ni   yoki   200000   so‘m
((1100000-100000)/5=200000 so‘m)ni tashkil etadi.
Hisobot yili davomida, qo‘llanilayotgan eskirish   hisoblashning usulidan qatiy
nazar (ishlab chiqarish usuli bundan mustasno), asosiy vositalar obektlari bo‘yicha
amortizatsiya   ajratmasi   har   oyda,   yillik   summaning   1/12   miqdorida   hisoblanib
boriladi.
Mavsumiy   xarakterli   ishlab   chiqarishga   ega   korxonalarda   foydalanilayotgan
asosiy   vositalar   bo‘yicha   yillik   eskirish   summasi   bir   tekisda,   korxona   tomonidan
hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida, hisoblab boriladi. Asosiy   vositalarning   turli   guruhlariga   nisbatan   eskirishni   hisoblashning   turli
usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi
obektlari ga  faqatgina bir usul qo‘llaniladi.
Foydalanilayotgan   eskirish   hisoblash   usuli   majburiy   tartibda   korxonaning
hisob   siyosati d a   aks   ettirilishi   kerak.   Kalendar   yil   davomida   hisob   siyosatini ng
o‘zgartirish   mumkin   emas.   Xo‘jalik   yurituvchi   subektning   hisob   siyosatini
quyidagi   hollarda   o‘zgartirishga   yo‘l   qo‘yiladi:   subekt   qayta   tashkil   etilganda;
mulk   egalari   almashganda;   O‘zbekiston   Respublikasi   qonunlarida   yoki
O‘zbekiston   Respublikasida   buxgalteriya   hisobini   tartibga   soluvchi   meyoriy
tizimda   o‘zgarishlar   bo‘lganda;   buxgalteriya   hisobining   yangi   usullari   ishlab
chiqilganda.
Agar   asosiy   vositalardan  foydalanishdan  kutilayotgan  iqtisodiy   manfaatlarda
muhim   o‘zgarish   sodir   bo‘lsa,   u   holda   eskirish   hisoblash   usuli   o‘zgarayotgan
tenden s iyani   to‘la   aks   ettira   oladigan   tartibda   o‘zgartirilishi   mumkin,   qachonki
kelib chiqqan bunday holat eskirish usulining o‘zgarishini oqlasa.
Bunday   o‘zgartirish   albatta   hisob   siyosatida   aks   ettirilishi   kerak.   Bunda,
moliyaviy   hisobotning   tushuntirish   xatida   ushbu   o‘zgarishning   sabablarini   va
ularning iqtiso d iy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi.
Foydali   xizmat   muddati   korxona   tomonidan   aktivning   foydalanilishi
kut i layotgan   vaqt   davri   yoki   korxona   tomonidan   ushbu   aktivni   ishlatishdan
kutilayotgan   mahsulot   (ish   va   xizmatlar)   miqdori.   Asosiy   vositalarning   foydali
xizmat   muddati,   korxona   tomonidan   asosiy   vositalarning   holatini   yaxshilash
maqsadida   va   shuningdek   foydali   xizmat   muddatini   oshirilishiga   yoki   texnologik
o‘zgartirishlar   hisobiga   ushbu   muddatni   qisqartirilishiga   olib   keladigan   amalga
oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tugatish   qiymati   kutilayotgan   foydali   xizmat   mu d dati   oxirida   asosiy
vositalarni   tugatishda   olinadigan   aktivlarning   taxminiy   baholangan   summasidan asosiy   vositaning   chiqib   ketishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xarajatlarni   ayirib   tashlash
natijasidagi qiymatdir.
Asosiy   vositalarning   eskiradigan   qiymatini   hisoblashda   tugatish   qiymati
muhim   tarkibiy   qism   hisoblanadi.   Tugatish   qiymatining   miqdori   jiddiy   summani
tashkil   etmaydigan   bo‘lsa,   bunday   holatda,   eskiradigan   qiymatni   hisoblashda   u
hisobga olinmasligi mumkin.
Agar   tugatish   qiymati   muhim   summani   tashkil   etsa,   bunday   holda,   u   asosiy
vositalar   sotib   olingan   sanada   yoki   qayta   baholangan   sanada   belgilanishi   shart.
Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq
kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.
5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
5-son   BHMSning   20-bandiga   muvofiq,   majburiyatlari   umumiy   summada
ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani
asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash
yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti
buxgalteriya   hisobida   alohida   identifikatsiyalanalgan   asosiy   vositalarning   bir
necha   obektini   bitta   shartnomaviy   qiymatga   sotib   olsa,   bunday   holatda   umumiy
summaga   sotib   olingan   asosiy   vositalar   har   bir   obektning   kirim   qilinishi   lozim
bo‘lgan   qiymati,   ya’ni   boshlang‘ich   qiymati   sotib   olingan   asosiy   vositalar
obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning bozor qiymati ulushiga
qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko‘rib chiqamiz.
4-misol.   "Hamkor"   MCHJ   2016   yil   20   mayda   "Operativ"   AJdan   mulkiy
majmuani   250   000   m.so‘m   bo‘lgan   umumiy   summaga   sotib   oldi.   Ushbu   mulkiy
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli
ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 yil 25 mayda xarid bo‘yicha barcha   summa   to‘lab   berildi.   Ko‘chmas   mulkni   ro‘yxatga   olish,   davlat   boji
to‘lovi,   brokerlik   haqi   bilan   bog‘liq   sarflar,   shuningdek   aktivni   ishchi   holatga
keltirish   bilan   bevosita   bog‘liq   boshqa   xarajatlar,   shu   jumladan   sotib   olingan
mulkni   baholash   bo‘yicha   sarflar   jami   50000m.so‘mni   tashkil   etdi.   Baholovchi
kompaniyaning   xulosasiga   ko‘ra   asosiy   vositalarning   har   bir   obekti   quyidagi
tarzda   baholandi:     ishlab   chiqarish   binosi   1600000   m.so‘m,     minorali   inshoot
1200000 m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m.
Baholovchi   kompani yaning   xulosasidan   kelib   chiqib,   har   bir   asosiy
vositalar   obektining   bozor   qiymatining   sotib   olingan   asosiy   vositalar
obektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash
mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga ega:
Asosiy vositalar
Obekti Bozor
qiymati Bozor
qiymatining
ulushi Ulush  h isob - kitob i
Ishlab   chiqarish binosi 1   60 0   000 4/9 1   60 0  000/3   60 0  000
Minorali inshoo t 1   2 0 0   000 1/3 1   20 0  000/3   60 0  000
Texnologik   liniya 8 0 0   000 2/9 80 0  000/3   60 0  000
Jami: 3   6 0 0 000
YUqorida   keltirilgan   mulkiy   majmuani   sotib   olish   va   uni   ishchi   holatiga
keltirish   bilan   bog‘liq   umumiy   xarajatlar   summ as i   3000 00   m.   so‘mga   teng
(2500 00 +500 00     m.so‘m)   bo‘lgani   sab abli,   sotib   olin g an  asosiy   vosita lar   har   bir
obekt n ing boshlang‘ich qiymati quyidagi   ko‘rinish ga ega:
A sos iy  vos i talar obekti Boshla n g‘ ic
h qiyma t Bozor
kiymatining
U lushi Hisob - ki tob
Ishlab chiqarish binosi 133   000 4/9 (4/9x300 000) Minorali qurilma 100   000 1/3 (1/Zx300000)
Texnologik liniya 67   000 2/9 (2/9x300 000)
JAMI: 300 000
"Hamkor"   MCHJ   buxgalteriya   hisobi d a   mulkiy   majmuani   sotib   olish   bilan
bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
a)   asosiy  vositalar  obektlarini  xarid qilishning  umumiy summasiga:   Dt  0820
- "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti   - 250000 m.so‘m, Kt 6010  - "Mol etkazib
beruvchilar va pudratchilarga   t o‘ lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m.
b)   xarid   qilingan   asosiy   vositalar   obektlari   haqini   to‘lash:   Dt   6010   -   «Mol
etkazib   beruvchilar   va   pudratchilarga   to‘lanadigan   schyotlar»   schyoti-250000
m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti-   250000 m.so‘m.
v)   asosiy   vositalar   obektlarini   xarid   qilish   va   ularni   ishchi   holatga   keltirish
bilan   bog‘liq   xarajatlar   summasiga:   Dt   0820   -   «Asosiy   vositalarni   xarid   qilish"
schyoti-   50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti   -50000 m.so‘m.
g)   xarid   qilingan   asosiy   vositalar   obektlarini   kirim   qilish   (foydalanishga
topshirish):   Dt   0120   -   «Binolar,   inshootlar   va   uzatuvchi   moslamalar   ishlab
chiqarish   binosi"   schyoti-133000   m.so‘m,   Dt   0120   -   «Binolar,   inshootlar   va
uzatuvchi moslamalar   minorali inshoot" schyoti- 100000   m.so‘m,   Dt   0130   -
«Mashinalar   va   uskunalar   texnologik   liniya"   schyoti-   67000   m.so‘m,   Kt   0820   -
«Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti   -300000 m.so‘m.
5-son   BHMSning   21   moddasida   buxgalteriya   hisobiga   qabul   qilingandan
so‘ng asosiy vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va
mazkur   standartda   belgilangan   holatlardan   tashqari   hollarda,   o‘zgartirilmasligi
nazarda   tutilgan.   Masalan,   5-son   BHMSga   muvofiq,   buxgalteriya   hisobiga   qabul
qilingan   asosiy   vositalarning   boshlang‘ich   qiymatini   o‘zgartirishga   qo‘shimcha
qurilish,   qo‘shimcha   jihozlash,   rekonstrukiiya   qilish,   zamonaviylashtirish,   texnik qayta   qurollantirish,   qisman   tugatish   va   asosiy   vositalarni   qayta   baholash
holatlarida ruxsat etiladi.
Qo‘shimcha   qurish,   qayta   jihozlash,   zamonaviylashtirish   ishlariga   asosiy
vositalar   obektining   texnologik   yoki   xizmat   vazifasini   ortiqcha   yuklamalar   va
boshqa   yanada   yaxshilaydigan   sifatlar   orqali   o‘zgartirishlar   natijasida   kelib
chiqadigan   ishlar   kiritiladi.   YA ’ ni   asosiy   vositalar   obekti   bilan   bog‘liq   amalga
oshirilgan   keyingi   xarajatlar   aktiv   sifatida   tan   olinishi   mumkin,   qachonki   ular
asosiy vositalar samaradorligini dastlab   hisoblangan me ’ yorlarini sezilarli ravishda
oshirish   yoki   asosiy   vositalarning   ushbu   obektini   dastlab   balansga   qabul   qilishda
belgilangan   xizmat   qilish   me’yori   jiddiy   tarzda   uzaytirish   yo‘li   bilan   ularning
holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.
Odatda,   qayta   tiklash   ishlarida   ishlab   chiqarishni   takomillashtirish   va   texnik
iqtisodiy   ko‘rsatkichlarini   oshirish   bilan   bog‘liq   asosiy   vositalarning   mavjud
obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish,
mahsulot   (ish,   xizmatlar)   sifatini   yaxshilash   va   nomenklaturasini   o‘zgartirish
maqsadida   asosiy   vositalarni   qayta   tiklash   loyihasi   bo‘yicha   amalga   oshiriladi.
Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish,
ishlab   chiqarishni   mexanizatsiyalash   va   avtomatlashtirish,   ma ’ naviy   jihatdan
eskirgan   va   tabiiy   ravishda   emirilgan   uskunalarni   o‘ta   unumdor   yangilari   bilan
almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida
qismlarining   texnik-iqtisodiy   ko‘rsatkichlarini   oshirish   bo‘yicha   kompleks
tadbirlar tushuniladi.
YUqorida   qayd   etilganidek,   asosiy   vositalar   obektini   qo‘shimcha   qurish,
qo‘shimcha   jihozlash,   rekonstrukiiya   qilish,   zamonaviylashtirish   va   texnik   qayta
qurollantirishga   xarajatlari   tugallanishi   natijasida   asosiy   vositalar   obektining
dastalabki   qabul   qilingan   amal   qilishi   me ’ yorining   ko‘rsatkichlarini   oshishi
sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Asosiy   vositalarning   dastlab   tan   olingan   qiymatini   o‘zgartirish   mumkin
bo‘lgan keyingi sabab  ularni  qayta baholashdir. Masalan,  asosiy  vositalarni qayta
baholash   deganda,   asosiy   vositalar   obektlarining   qayt a   tiklash   qiymatini   bozor
narxining   hozirgi   darajasiga   mos   keltirish   maqsadida   vaqti-vaqti   bilan
aniqlashtirish   tushuniladi.   Xo‘jalik   yuritish   amaliyotida   asosiy   vositalarning
boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta
baholanishi mumkin.
Bunday   vaziyatda   asosiy   vositalar ni   qayta   baholash   natijasida   buxgalteriya
hisob i   va   hisobotida   joriy   qiymati   bo‘yicha   aks   ettirilishi   kerak.   Bunda   5-son
BHMSga   muvofiq,   joriy   qiymat   deganda   asosiy   vositalarning   muayyan   sanaga
qadar   bo‘lgan  holatga   ko‘ra  amaldagi  bozor   narxlari  bo‘yicha  qiymati   yoki   bitim
tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim
tuzilgan  holda   aktivni   egallash   yoki   majburiyatlarni   bajarish   uchun  etarli   bo‘lgan
summa tushuniladi.
Asosiy   vositalarning   boshlang‘ich   (qayta   tiklash)   qiymati   qayta   baholangan
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy
vositalar   boshlang‘ich   (qayta   tiklash)   qiymatining   tegishli   o‘zgarish   indekslariga
nisbatan   tuzatiladi   va   keyinchalik   eskirish   hisoblanishi   qayta   baholangan
qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ma’lumki,   asosiy   vositalar   hujjatlar   asosida   tasdiqlangan   bozor   narxi
bo‘yicha   bevosita   qayta   hisoblash   yoki   indekslash   yo‘li   bilan   qayta   baholanishi
mumkin. 4
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi  oshadigan bo‘lsa,
asosiy   vositalar   obektining   qo‘shimcha   oshgan   bahosi   summasi   zaxira   kapitali
tarkibidagi   8510   -   «Mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"   schyotiga   olib
4
  O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan   1192son   bilan   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   "1   yanvar
holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom.   2002 yil
4 dekabr boriladi.   Biroq,   qayta   baholash   natijasida   asosiy   vositalar,   shuningdek
arzonlashishi   ham   mumkin.   Bunda,   qayta   baholash   natijasida   asosiy   vositalar
obekti   bahosining   arzonlashgan   qismi   summasi   ushbu   obekt   bo‘yicha   oldingi
hisobot davrlarida o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha
oshgan   baho   summasi   miqdorida   zaxira   kapitalini   kamaytirishga,   yani   8510   -
«Mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"   schyotiga   olib   boriladi.   Asosiy
vositalar   ob ’ ekti   bahosining   arzonlashgan   qismi   summasining   ushbu   ob ’ ekt
bo‘yicha  qo‘shimcha  oshgan  baho summasidan  ortiqcha  miqdori  9430 - «Boshqa
operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi.
Hisobot   yilining   birinchi   sanasiga   bo‘lgan   holatida   o‘tkazilgan   asosiy
vositalarni   qayta   baholash   natijalari   buxgalteriya   hisobida   aks   ettirilishi   lozim.
Qayta   baholash   natijalari   oldingi   hisobot   yili   uchun   tuzilgan   moliyaviy   hisobot
malumotlariga   kiritilmaydi   va   hisobot   yilining   boshlanish   sanasidagi   moliyaviy
hisobot   malumotlarini   shakllantirishda   qabul   qilinadi.   Bunda,   oldingi   yil   oxiri
holatidagi   malumotlarning   hisobot   yili   boshlanishi   holatidagi   malumotlar   bilan
to‘g‘ri   kelmasligi   hisobot   yilining   birinchi   sanasidagi   holati   bo‘yicha   o‘tkazilgan
asosiy   vositalarning   qayta   baholanishi   natijalari   sifatida   tushuntiriladi   va   u   joriy
davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.

ASOSIY VOSITALAR HISOBI Reja: 1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha 2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi 3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi 4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi 5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash natijalari hisobi

1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha 5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun katta ahamiyatga ega. 5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo‘lsa; b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi. Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi natijasida uning

qiymati aniqlanadi. SHu bilan birga, agar aktiv xo‘jalik subektining o‘z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 5 - BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati; b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uch u n. Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam mi qd orini belgilash huquqiga ega. Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarni ng hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilashda xo‘jalik subekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin. SHu 5-BHMSda xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar qu y idagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b ) maxsus va sani t ar kiyim, maxsus poyabzal; va yo t ar joy buyumlari; v) kansel a r i ya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq - dasturxonlari;) qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritila d igan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. SHuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shart sharoitidan farqli o‘laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qonun hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan er uchastkasi ham kiradi.

YUqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstruktiv jihozlangan uskunalari bo‘lgan obekt inventar obekti, deb etirof etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash, ventilyasion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar obekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Ma’lum ishni bajarishga mo‘ljallangan va o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o‘z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo‘lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida etirof etiladi. YUqorida keltirilgan misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo‘lgan korxonada foydali xizmat muddati etkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obekti sifatida hisobga olinishi kerak.

2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi 5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo‘yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarf harajatlar qiymati, deganda, jumladan, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi. YAna shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo‘shimcha qiymat soligi va aksiz solig‘i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o‘tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarga kapital kiritmalar; Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash. 5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish- montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni etkazib beruvchilarga to‘langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari;