logo

INVESTITSIYALAR HISOBI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61.5 KB
INVESTITSIYALAR HISOBI
Reja:
         1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi
Bozor   munosabatlariga   o‘tish   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasida   amalga
oshirilayotgan   iqtisodiy   islohot   teran   va   keng   miqyosda   davlat   mulkini
xususiylashtirish   jarayoniga,   aksioner   jamiyatlari,   xususiy   korxonalar,   qo‘shma
korxonalar   va   shunga   o‘xshaganlarni   tashkil   etishga   asoslangan.   Bu   jarayonlar
quyidagi   infratuzilmalar   bilan   chambarchas   bog‘langan:   tijorat   banklari,
investitsiya   va   sug‘urta   fondlari,   birjalar,   moliya   –   sanoat   guruhlari,   lizing
kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k. 
Kapital   bozorini   rivojlantirish   maqsadida   O‘zbekistonda   fond   birjalari
mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan. 1
 
Qimmatli   qog‘ozlar   muomalasi   deganda   qimmatli   qog‘ozlarni   tasarruf
etuvchilarni   almashishga   olib   keluvchi,   ularni   oldi   –   sotdi   va   boshqa   xarajatlari
tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada
bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner
jamiyatlarning   aksiyalari,   obligatsiyalar,   depozit   sertifikatlari,   veksellar   va
boshqalar kiradi.
Aksiya   – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat
tugatilganda   mulk   qoldig‘ini   taqsimlashda   qatnashish   huquqini   beruvchi   aksioner
jamiyatining   ustav   kapitaliga   qo‘shilgan   mablag‘ni   tasdiqlovchi   qimmatli
qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati
davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat   korxonalari   asosida   tashkil   qilingan   ochiq   tipdagi   aksioner
jamiyatlarining   aksiyalarini   ro‘yxatga   olish   va   muomalaga   chiqarish   tartibiga
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»
gi   farmoni.   1995   yil   7   sentyabrdagi;   2015   yil   11-yanvardagi   274-sonli   qarori   bilan   kiritilgan   o‘zgarishlar.   O‘zbekiston
Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.  binoan 2
,   hujjat   sifatida   aksiya   quyidagi   rekvizitlarga   ega   bo‘lishi   kerak:   aksioner
jamiyatining   nomi   va   joylashgan   joyi,   qimmatli   qog‘ozning   nomi   –   «aksiya»,
uning   turi,   tartib   raqami,   chiqarilgan   sana,   nominal   qiymati,   chiqariladigan
aksiyalarning   miqdori,   ro‘yxatga   oladigan   organ   tomonidan   berilgan   aksiyaning
kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh
buxgalterining   imzolari,   aksiyalarni   chiqarish   kuniga   bo‘lgan   ustav   kapitalining
hajmi.
Sotib   olingan   aksiyalar   uchun   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   pul
milliy   va   xorijiy   valyutalarda,   shuningdek   asosiy   vositalar,   nomoddiy   va   boshqa
aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
SHaxsini   belgilash   usuliga   qarab   ismi   yozilgan   va   ko‘rsatuvchiga   berilgan
aksiyalarga   bo‘linadi.   Ismi   yozilgan   aksiyalarda   mulkdorning   maxsus   daftarida
ro‘yxatga   olinadi.   Bu   o‘z   navbatida   kimda   qancha   va   qanday   aksiyalar   borligini
aniqlash   imkoniyatini   beradi.   Ko‘rsatuvchiga   berilgan   aksiyalarda   mulkdorning
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega
bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya   egalariga   berilgan   huquqlar   hajmiga   qarab   aksiyalar   oddiy   va
imtiyozliga   bo‘linadi.   Oddiy   aksiyalar   aksioner   jamiyatini   boshqarishda
qatnashish,   hisobot   davri   tugaganda   aksionerlar   majlisi   tomonidan   aniqlanadigan
miqdorda   dividend   olish   va   jamiyat   faoliyatining   moliyaviy   natijalarini   aniqlash
huquqini beradi. 
Imtiyozli   aksiyalar   aksioner   jamiyatini   boshqarishda   qatnashish   huquqini
bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi
navbatda   qat’iy   belgilangan   miqdorda   dividend   olish   huquqini   beradi.   Bunday
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
2
 O‘zR VM 1994 yil 8   iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23   sentyabrdagi 274– sonli O‘zR
VM qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. Imtiyozli   aksiyalarni   chiqarish   aksioner   jamiyatiga   o‘z   mablag‘larini   jalb
qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya   –   uni   saqlovchilarga   qat’iy   belgilangan   foiz   bilan   birga   nominal
qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. 
Obligatsiyani   tasarruf   etuvchi   obligatsiya   chiqargan   aksioner   jamiyati   yoki
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsini   belgilash   usuli   va   boshqa   xususiyatlariga   qarab   ismi   yozilgan   va
ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala
doirasi   cheklangan   obligatsiyalarga   bo‘linadi.   Obligatsiyalarni   har   qanday   mulk
shakliga   ega   bo‘lgan   korxona   chiqarishi   mumkin.   Ularni   sotishdan   olingan   pul
faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki   davlat   obligatsiyalari   va   mahalliy   zayomlar   bank   muassasalari   orqali
tarqatiladi;   ularni   sotishdan   olingan   mablag‘lar   tegishli   Respublika   yoki   mahalliy
budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar   bo‘yicha   foizlar   ularning   harakat   muddati   ichida   davriy   berib
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi
mumkin.
Omonat   sertifikatlari   –   kredit   muassasalarining   pul   mablag‘larini
deponentlangani   to‘g‘risidagi   guvohnomasidir.   Bu   guvohnomani   tasarruf   etuvchi
omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish
huquqiga   ega.   Omonat   sertifikatlarini   davlat   va   tijorat   banklari   beradi.   Omonat
sertifikatlari   shaxsi   yozilgan   va   ko‘rsatuvchiga   berilgan   bo‘ladi.   Ko‘rsatuvchiga
berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi
–   sotdi   muomalasida   qatnashmaydi.   Ko‘rsatuvchiga   berilgan   sertifikat   debitor   va
kreditorlar   o‘rtasida   hisob   –   kitob   vazifasini   bajarishi   mumkin.   Sertifikatlar
bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi. Veksel   –   qaysi   muddatga   yozilgan   bo‘lsa,   shu   muddat   tugagach,   unda
ko‘rsatilgan   summani   to‘lashni   so‘zsiz   talab   qilish   nafaqat   hisob-kitobning   qulay
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu
vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu
vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo‘ladi.
Veksel   qarz   majburiyatlarning   bir   turi   bo‘lib,   u   qat’iy   belgilangan   shaklda
tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz   pul   majburiyatligi   shundan   iboratki,   uning   to‘lanishi   qandaydir
shartlar   bilan   chegaralanmaydi,   yoki   boshqacha   aytganda,   bevosita   vekselni
to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi.
Veksel   bo‘yicha   majburiyatning   mavhumligi   shundan   iboratki,   uning   tekstida
qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi
faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy   veksel   –   korxona   tomonidan   bo‘sh   mablag‘lari   hisobidan   boshqa
korxonalarga   ssuda   berishdir.   Moliyaviy   veksellarga   korxonaning   muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar   vekseli   sotuvchi   bilan   oluvchi   o‘rtasidagi   mahsulot   jo‘natish   yoki
xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning   ikki   turi   mavjud:   oddiy   va   o‘tkazma.   Oddiy   veksel     qarzdor
tomonidan   to‘ldirilib   imzolanadi   va   kreditorga   ma’lum   summani   belgilangan
muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan
qarz   majburiyatida   daslab   ikki   shaxs   qatnashadi:   bir   tomondan   kreditor,   ikkinchi
tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu   holda   teskari   vaziyat   vujudga   keladi:   veksel   qarzdor   tomonidan   yozilmasdan
haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi
kreditor   hisoblanadi.   Qarzdor   esa   veksel   saqlovchi   emas,   faqat   to‘lovchi   bo‘lib
hisoblanadi.   Odatda   o‘tkazma   vekselni   ushlovchi   bo‘lib   uchinchi   shaxs
hisoblanadi.   Vekselda   ko‘rsatilgan   summani   qarzdor   to‘lovchi   uchinchi   shaxsga
to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani
remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi
oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash
majburiyati   faqat   veksel   beruvchi   oldidagi   qarz   majburiyati   bilan   bog‘liq   bo‘lib,
hech   qanday   keyingi   veksellar   uni   o‘zgartirmaydi.   SHu   munosabat   bilan   veksel
beruvchi   o‘tkazma   vekselni   o‘zi-o‘ziga   ham   yozib   berishi   mumkin,   va   dastlab
o‘tkazuvchi   bo‘yicha   majburiyatda   ham   faqat   ikkita   shaxs   qatnashadi:   Bir
tomondan   –   qarzdor   to‘lovchi   ikkinchi   tomondan   esa   –   bir   vaqtning   o‘zida   ham
veksel   beruvchi   ham   veksel   saqlovchi   bo‘lgan   kreditor.   Keyinchalik   veksel
saqlovchi   o‘z   huquqini   indossament   tartibida   uchinchi   shaxsga   o‘tkazib   berishi
mumkin.   O‘tkazma   veksel   to‘lovchi   tomonidan   akseptlanishi   kerak   va   faqat
shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
Moliyaviy   qo‘yilma   bu   korxonaning   qimmatli   qog‘ozlarni   sotib   olish   uchun
qilgan   xarajatlari,   ya’ni   pul   mablag‘larini   qo‘shma   korxonalar,   aksioner
jamiyatlari,   shirkatlarning   asosiy   vositalari,   nomoddiy   va   boshqa   aktivlariga
qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan
debitor qarzlardir.
Muddatiga   qarab   moliyaviy   qo‘yilmalar   qisqa   muddatli   va   uzoq   muddatli
bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   moliyaviy   qo‘yilmalarni   u   yoki   bu   kategoriyaga
o‘tkazish   qimmatli   qog‘ozlarni   sotib   olish   maqsadiga   bog‘liq.   Masalan,   bir   yil ichida   undan   foyda   olish   va   qaytadan   sotish   maqsadida   sotib   olingan,   qaytarish
muddati   bir   yildan   ortiq   bo‘lgan,   aksiya   yoki   obligatsiyalar   qisqa   muddatli
qo‘yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan
aksiyalar,   turli   sertifikatlar,   obligatsiyalar,   amalga   oshirilgan   qo‘yilmalar
summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi.
Korxonaning   amalga   oshirgan   qo‘yilmalariga   bo‘lgan   huquqini   tasdiqlovchi
hujjatlari   olinmagan   moliyaviy   qo‘yilmalar   mablag‘lari   alohida   hisobga   olinadi.
Qimmatli   qog‘ozlar   sotilganligini   tasdiqlovchi   hujjatlarga   obligatsiyalar   va
berilgan   qarzlarni   qaytarilganini   tasdiqlovchi   oldi   –   sotdi   dalolatnomasi,   to‘lov
topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy   qo‘yilmalar   hisobi   5800   –   «Qisqa   muddatli   investitsiyalarni
hisobga   oluvchi   schyotlar»   va   0600   –   «Uzoq   muddatli   investitsiyalarni   hisobga
oluvchi schyotlar»da yuritiladi.
Uzoq   muddatli   investitsiyalar   hisobini   ko‘rib   chiqamiz.   0600   –   «Uzoq
muddatli investitsiyalarni  hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, Debet  saldosiga
ega bo‘lib, u oy boshiga bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu
schyotning   Debetida:   qimmatli   qog‘ozlarni   sotib   olish,   boshqa   korxonalarga
qilingan qo‘yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar
aks ettiriladi. Krediti bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan
qarz summalar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi.
0600–«Uzoq   muddatli   moliyaviy   qo‘yilmalarni   hisobga   oluvchi   schyotlar»
bo‘yicha   quyidagi:   0610   -   «Qimmatli   qog‘ozlar”;   0620-«SHu’ba   xo‘jalik
jamiyatlariga   investitsyalar»;   0630   -   «Qaram   xo‘jalik   jamiyatlariga
investitsiyalar»;   0640   -   «CHet   el   kapitali   mavjud   bo‘lgan   korxonalarga
investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi
mumkin. Aktivlarni   investitsiyalarga   o‘tkazish   tartibi   va   ularning   turlari:   12
–“Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-“Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va
shu’ba   xo‘jalik   jamiyatlariga   investitsiyalar»   va   14   -   «Qo‘shma   faoliyatda
qatnashish   ulushini   moliyaviy   hisobotda   aks   ettirish»   buxgalteriya   hisobi   Milliy
andazalari bilan tartibga solinadi.
0610-“Qimmatli   qog‘ozlar»   schyotida   davlat   va   mahalliy   foizli   zayom
obligatsiyalari va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mavjud uzoq
muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«SHu’ba   xo‘jalik   jamiyatlariga   investitsyalar»,   0630-«Qaram   xo‘jalik
jamiyatlariga   investitsiyalar»   va   0640   -   «CHet   el   kapitali   mavjud   bo‘lgan
korxonalarga   investitsiyalar»   schyotlarida   shu’ba,   qo‘shma,   uyushgan   va   qaram
korxonalarga   qo‘yilgan   mavjud   uzoq   muddatli   qo‘yilmalar   hamda   ularning
harakati hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish
maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo‘yilgan uzoq
muddatli   investitsiyalar   hisobga   olinadi.   Bu   schyotlarning   Debeti   5110-«Hisob   –
kitob   schyoti»   9220-«Boshqa   aktivlarning   chiqib   ketishi»,   5210-«Mamlakat
ichidagi   valyuta     schyotlari»   va   qimmatli   qog‘ozlar   sotib   olish,   boshqa
korxonalarga   qo‘yilgan   investitsiya,   berilgan   qarzlar   qaysi   mablag‘lar   hisobidan
amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi.
YUqorida keltirilgan schyotlar bo‘yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan
qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo‘yicha yuritiladi.
Qimmatli   qog‘ozlar   bozorining   mavjudligi,   fond   birjalarida   qimmatli
qog‘ozlarni   oldi   –   sotdi   muomalalarini   amalga   oshirilishi   aksiya   obligatsiyalarni
nominal   qiymatidan   ortiq   yoki   kam   baholarda   sotib   olinishini   nazarda   tutadi.
Aksiyalar   ularni   sotib   olish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   haqiqiy   xarajatlar   summasida
qabul   qilinadi   va   hisobga   olinadi.   Fond   birjasida   aksiyalar   kursini   oshishi   va kamayishiga va aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish
qiymati   bilan   nominal   qiymati   orasidagi   farq   yoki   potensial   foyda   olishga   yoki
zarar qilishga olib keladi.
Qisqa   muddatli   moliyaviy   qo‘yilmalarni   hisobga   olish   uchun   5800-«Qisqa
muddatli   investitsiyalar»   schyotidan   foydalaniladi.   Bu   schyot   aktiv   bo‘lib,   Debet
qoldig‘i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
yoki   berilgan   qarzlar   summasini   aks   ettiradi.   Debet   oboroti   hisobot   oyida   sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan
summani ko‘rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar
yoki   zayomlar   va   depozit   summalar   aks   ettiriladi.   Ko‘rsatib   o‘tilgan   qo‘yilmalar
hisobi   qo‘yilmalar   turlari   bo‘yicha   quyidagi:   5810-«Qimmatli   qog‘ozlar»;
5830-«Berilgan   qisqa   muddatli   qarzlar»   va   5890-«Boshqa   joriy   investitsiyalar»
schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo‘yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli
moliyaviy   qo‘yilmalarga   o‘xshagan,   ularning   analitik   hisobining   tuzilishi   va
yuritilishi ham shunday.
Boshqa   korxonalarga   asosiy   vositalarni   qo‘yish   yo‘li   bilan   uzoq   va   qisqa
muddatli   qo‘yilmalar   qilinsa,   9210-«Asosiy   vositalarning   chiqib   ketishi»   schyoti
kreditlanib   0600   va   5800–schyotlarning   tegishli   schyotlari   debetlanadi,   Agar
nomoddiy va  boshqa  aktivlar  qo‘yilma  qilinsa,  9220-«Boshqa  aktivlarning chiqib
ketishi» schyoti  kreditlanadi. Aksiyalar  sotib olinsa,  boshqa korxonalarning ustav
kapitaliga   moliyaviy   qo‘yilmalar   o‘tkazilsa,   5110,   5210   –   schyotlari   kreditlanib,
0600   va   5800   –   schyotlarning   tegishli   schyotlari   debetlanadi.   Sotilgan   yoki
qaytarilgan  va o‘tkazib  berilgan qimmatli  qog‘ozlarning balans  qiymatiga 9220 –
schyot   debetlanib   0600   va   5800   –   schyotlarning   tegishli   schyotlari   kreditlanadi.
Depozit   qo‘yilmalar   va   berilgan   qarzlarning   qaytarilishi   5110   va   5210   –
schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida
aks ettiriladi. Aksiyalar   bo‘yicha   olinadigan   dividendlar   hisoblanganda   4840-«Olinadigan
dividendlar»   schyoti   debetlanib   9520-«Dividendlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»
schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan
foizlar»   schyoti   debetlanib   9530-«Foizlar   ko‘rinishidagi   daromadlar»   schyoti
kreditlanadi.   Ushbu   dividend   va   foizlar   olinsa,   5110   «Hisob-kitob   schyoti»
debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning   aktividagi   aksioner   jamiyatlaridan   sotib   olingan   aksiya   va
obligatsiyalari   turli   sabablarga   ko‘ra   sotilishi   mumkin:   aksiyalar   rejadagi   foydani
keltirmasligi;   aksiya  va  obligatsiyalarni   faqat  uzoq   vaqt   ichida  foyda   olish   uchun
emas,   balki   ularni   keyinchalik   sotish   yo‘li   bilan   foyda   olish   maqsadida   sotib
olinishi.
Qimmatli   qog‘ozlarni   sotish   va   sotishdan   olingan   natijani   aniqlash   uchun
9220-«Boshqa  aktivlarning  chiqib  ketishi»  schyotidan  foydalaniladi.  Bu  schyotga
xo‘jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan.
Sotilgan   yoki   qaytarilgan   qimmatli   qog‘ozlarning   balans   qiymatiga   9220   -
schyoti   debetlanib   0600   va   5800   -   schyotlarning   tegishli   schyotlari   kreditlanadi.
Ushbu   qiymatliklarni   sotishdan   foyda   olinsa,   9220   -   schyoti   debetlanib,   9320
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -
9430-«Boshqa   operatsion   xarajatlar»   schyoti   debetlanib,   9220   -schyoti
kreditlanadi.   Qimmatli   qog‘ozlarni   sotishdan   olingan   tushumga   5110   yoki   5210-
schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz
olish,   shuningdek   qaytarilgandan   so‘ng   obligatsiyalarning   nominal   qiymatini
olishdir.   SHu   boisdan   obligatsiyaning   haqiqiy   qiymati   bilan   nominal   qiymati
orasidagi   farq   shunday   amortizatsiyalanishi   kerakki,   qaytarilish   vaqtida   haqiqiy
qiymati   obligatsiyaning   nominal   qiymatiga   teng   bo‘lsin.   Bunda   ikki   variant
mavjud: -   obligatsiyani   nominal   qiymatidan   ortiq   summaga   sotib   olinishi.   Bunday
hollarda   obligatsiyalar   bo‘yicha   foizlar   sotib   olingan   vaqtda   olingan   daromad
hisobidan   ularning   qiymatlari   orasidagi   farqini   qisman   hisobdan   chiqarish   yo‘li
bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi;
-   obligatsiyani   nominal   qiymatidan   kam   summaga   sotib   olinishi.   Bunday
hollarda   obligatsiyadan   foydalanish   muddati   ichida   undan   olinadigan   foiz
daromadini   ko‘paytirish   yo‘li   bilan   obligatsiyani   qaytarish   muddatigacha   uning
sotib olish narxi nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi.
Obligatsiyalarni   haqiqiy   sotib   olish   qiymati   bilan   nominal   qiymati   orasidagi
farqi,   ularning   muomalada   bo‘lish   muddati   ichida   bir   tekisda   -   xo‘jalik
faoliyatining natijasiga o‘tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
-   obligatsiya   nominal   qiymatidan   ortiq   summaga   sotib   olinishi.   Bunday
hollarda   obligatsiyaning   haqiqiy   qiymati   har   oyda   qiymatlar   orasidagi   farqini
zararga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi;
-   obligatsiyani   nominal   qiymatidan   kam   summaga   sotib   olinishi.   Bunday
hollarda   obligatsiyani   qaytarish   muddati   ichida   farqini   bir   qismini   har   oyda
hisoblab,   firmaning   foydasiga   o‘tkazish   yo‘li   bilan   nominal   qiymatiga   etkazib
qo‘yiladi.
Qisqa   muddatli   obligatsiyalar   va   shunga   o‘xshagan   qimmatli   qog‘ozlar
bo‘yicha   foiz   summasini   puli   olingunga   qadar   foydaga   o‘tkazsa   bo‘ladi.   Uzoq
muddatli   obligatsiyalar   bo‘yicha   foiz   hisoblash   mumkin   emas,   chunki
moddiylashtirilmagan   foyda   hosil   bo‘ladi.   Ehtiyotkorlik   prinsipiga   binoan
moliyaviy   natijalarni   aks   ettirishda   uzoq   muddatli   obligatsiyalar   muomalalari
bo‘yicha sodir bo‘lgan zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin,
lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu
demak, olingan foyda miqdorini buzib ko‘rsatishdir.
Uzoq   muddatli   obligatsiyalarni   sotib   olish   xarajatlari   ularning   nominal qiymatidan   ortiq   bo‘lsa,   uzoq   muddatli   obligatsiyalar   muomalalari   bo‘yicha
zararlar  obligatsiyalarni  muomalada bo‘lish muddati  ichida har  oyda teng qismda
korxonaning   zarariga   o‘tkazib   boriladi.   Lekin   bunday   muomalalarning   foydasi
yo‘q, shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Uzoq   muddatli   obligatsiyalar   ko‘pincha   qirqib   olinadigan   talonlari   bilan
chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo‘lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular
bo‘yicha   foizlar   to‘lanadi.   Bunday   hollarda   obligatsiyalarni   sotib   olish   qiymati
bilan   nominal   qiymati   orasidaga   farqi   har   gal   korxonaga   daromad   hisoblaganda
hisobdan   chiqarib   boriladi.   Agar   obligatsiyalarni   sotib   olish   qiymati   ularning
nominal   qiymatidan   ortiq   bo‘lsa,   har   gal   foiz   hisoblanganda   obligatsiyalarning
nominal   qiymatidan   ortiq   summaning   bir   qismiga   haqiqiy   daromad   kamaytirib
boriladi.   Schyotlarda   quyidagicha   buxgalteriya   yozuvi   beriladi:   Dt
4830-«Olinadigan foizlar» – obligatsiyalar bo‘yicha olishga tegishli bo‘lgan foizlar
summasiga,   Kt   0610   «Qimmatli   qog‘ozlar»   –   obligatsiyalarning   nominal
qiymatidan olingan haqiqiy qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi
daromadlar»   schyoti   –   olishga   tegishli   foizning   qolgan   qismiga,   ya’ni   4830   va
0610 – schyotlarga o‘tkazilgan summalar orasidagi farqiga.
Xalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar
kabi,   investitsiyalar   ham   faqat   o‘zlarida   mujassamlangan   foydani   korxona
kelajakda olishga etarli darajada ishonchi bo‘lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar
tarkibida   hisobga   olishi   mumkin.   Ularni   sotib   olishi   uchun   birgina   qilingan
xarajatlar  etarli  emas.   Bu  xarajatlar   kelajakda  iqtisodiy  naf  keltirishi  to‘g‘risidagi
ishonchni   tasdiqlash   zarur.   Basharti   bunday   ishonch   bo‘lmasa,   qilingan   sarflar
aktivlar emas xarajatlar deb hisoblanadi. 3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi
Investitsiya   fondlari   –   bu   faoliyatini   o‘z   aksiyalarini   chiqarib   aholi   o‘rtasida
tarqatish   yo‘li   bilan   mablag‘lar   yig‘ib,   keyin   o‘z   mablag‘larini   maxsus   davlat
kreditlariga,   davlat   xazina   majburiyatlariga   investitsiya   qiluvchi   va   qimmatli
qog‘ozlar oldi sotdi bitimlarini bajaruvchi ochiq turdagi aksioner jamiyatidir.
Investitsiya   fondlarining   daromadlari   quyidagilardan   iborat:   korxonalardan
sotib   olingan   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar   va   qimmatli   qog‘ozlar
muomalalaridan   olingan   daromadlar.   YUqorida   keltirilgan   faoliyat   investitsiya
fondlarining   maxsus   faoliyatidir.   Investitsiya   fondlarining   aksiyalar   va   qimmatli
qog‘ozlar   bilan   bo‘ladigan   barcha   muomalalari   depozitariyada   hisobga   olinadi.
Investitsiya   fondlari   aktivlarining   vakolatli   boshqaruvi   fondni   boshqarish
to‘g‘risidagi   shartnomaga   binoan,   haq   to‘lash   yo‘li   bilan   boshqaruvchi
kompaniyaga topshiriladi.
Investitsiya   fondlari   faoliyatining   o‘ziga   xosligi   -   bu   muomalalarni
buxgalteriya   hisobida   ham   alohida   xususiyatni   vujudga   keltiradi.   Xalqaro
buxgalteriya andozalari talablariga javob beradigan xususiylashtirilgan investitsiya
fondlari   schyotlar   Rejasi   qabul   qilingan.   Umumiy   qabul   qilingan   schyotlar   rejasi
asosida   tuzilgan   bo‘lib,   faqat   yangi   schyotlar   qo‘shilgan.   Bu   schyotlar
xususiylashtirilgan   investitsiya   fondlarining   aktivlari   kapitali,   daromad   va
xarajatlari hisobini analitikligini oshiradi.
Sof   foyda   investitsiya   fondlarining   barcha   xarajat   va   daromadlarini   balansi
bo‘lib, u 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olinadi.
Hisobot   davri   tugab,   schyotlar   xotimalangandan   so‘ng   sof   foyda
8710-«Hisobot   davrining   taqsimlanmagan   foydasi   (qoplanmagan   zarari)»
schyotiga o‘tkaziladi. Aksionerlarning   umumiy   majlisi   qarori   bo‘yicha   rezerv   kapitali   schyotida
belgilangan   summa   tashkil   etilgandan   so‘ng   sof   foyda   qisman   yoki   to‘liq
kapitallashishga   yo‘naltirilishi   yoki   aksionerlar   o‘rtasida   taqsimlanishi   mumkin.
Rezerv   kapitalidan   aksionerlarning   umumiy   majlisi   qarori   bo‘yicha   qoplanmagan
zararlarni   qoplashga   yo‘naltirilishi   mumkin.   Dividendlar   to‘lashga   yo‘naltirilgan
sof foyda 6610 «To‘lanadigan dividendlar» schyotida hisobga olinadi.
Investitsiya   fondlarining   daromad   va   xarajatlarini   buxgalteriya   hisobi   va
hisobotida   to‘liq   va   to‘g‘ri   aks   ettirish   uchun   har   bir   daromad   va   xarajat   turlari
bo‘yicha   schyotlar   ochish   kerak.   Investitsiya   fondlarining   daromadlari   asosan
qimmatli   qog‘ozlarga   egalik   qilish   va   ularni   sotishdan   olingan   summa   hisobiga
tashkil bo‘ladi.
Investitsiya   fondlarining   daromadlari   quyidagilardan   iborat:   kapital   bo‘yicha
foydalar;   moliyaviy   faoliyatdan   olingan   daromadlar;   davlat   xazina   obligatsiyalari
bo‘yicha  hisoblangan  va  olingan foizlar;  xususiylashtirilgan   korxonalar   aksiyalari
bo‘yicha olingan dividendlar; da’vo qilish muddati ichida olinmagan dividendlar.
Investitsiya   fondlarining   xarajatlari   quyidagilardan   iborat:   davlat   krediti
bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar; investitsiya fondlarining faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; soliq va boshqa majburiy to‘lovlar; moliyaviy va boshqa
xarajatlar.
Qimmatli   qog‘ozlar   hisobi   0610-«Qimmatli   qog‘ozlar»   schyotida   yuritiladi.
Bu   schyotda   quyidagilar   hisobga   olinadi:   korxonalar   aksiyalari;   foizli
obligatsiyalar;   diskontli   obligatsiyalar;   hisoblangan   foizlar;   aksiyalar   va
obligatsiyalarni   baholaridagi   farqlarni   hisobga   olish.   Analitik   hisob   bir   tip,
elementlar va bir chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar jami bo‘yicha yuritiladi.
Qimmatli   qog‘ozlarning   hisob   bahosi   ularning   turlari   bo‘yicha   o‘rtacha
tortilgan   bahoda   baholanadi.   Qimmatli   qog‘ozlar   sotib   olish   bahosida   hisobga
olinadi. Maxsus   davlat   kreditidan   foydalanib   xususiylashtirilgan   korxonalarning
aksiyalari sotib olinsa, quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
Dt   0610-«Qimmatli   qog‘ozlar»,   Kt   5110-«Hisob-kitob   schyoti»   -   bitim
summasining   1/6   qismiga,   Kt   7830-«To‘lanadigan   obligatsiyalar»   schyoti   -   bitim
summasining 5/6 qismiga.
Basharti   xususiylashtirilgan   korxonaning   aksiyalari   faqat   o‘z   mablag‘lari
hisobidan   sotib   olinsa,   bitimning   to‘liq   summasiga   5110-«Hisob   -   kitob   schyoti»
kreditlanadi.
Agar   sotib   olingan   qimmatli   qog‘ozlarni   kirimga   olish   sanasi   bilan   ularning
qiymatini   to‘lash   sanasi   orasida   vaqt   oralig‘i   vujudga   kelsa,   5110   -   schyotining
o‘rniga 6830-«To‘lanadigan obligatsiyalar» schyoti kreditlanadi.
Qimmatli   qog‘ozlarni   sotishdan   olinadigan   daromad   ularni   sotib   olish   narxi
bilan   sotish   narxi   orasidagi   farqdan   iborat.   Bu   farqi   kapital   bo‘yicha   amalga
oshirilgan   foyda   9220-«Boshqa   aktivlarning   chiqib   ketishi»   schyotining   kreditida
aks   ettiriladi.   Hisoblangan   foizlar   esa   daromad   sifatida   bu   daromadni   vujudga
kelish   paytida,   ya’ni   foizlar   hisoblanganda   9530-«Foizlar   ko‘rinishidagi
daromadlar»   schyotida   aks   ettiriladi.   9220-   schyotining   kreditidagi   summa   9320-
schyoti orqali 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining kreditiga o‘tkaziladi.
Xulosa
Moliyaviy qo‘yilmalar – bu xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan qimmatli
qog‘ozlar   operatsiyalariga   amalga   oshirish   uchun   srflangan   xarajatlari   bo‘lib,
ushbu xarajatlar kelgusida daromad keltiruvchi aktivlarning shakllanishidir.
N azorat va muhokama uchun savollar
1. Uzoq muddatli qo‘yilmalar hisobini yuritishda qaysi meyoriy hujjatlar asosida
tartibga solinadi? 2. Uzoq muddatli qo‘yilmalar deganda nimani tushunasiz?
3. Qimmatli   qog‘ozlar   ham   uzoq   muddatli   qo‘yilmalar   tarkibida   hisobga
olinadimi?
4. Uzoq muddatli qo‘yilmalar qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
5. Uzoq   muddatli   qo‘yilmalar   bo‘yicha   olingan   daromadlar   qaysi   schyotlarda
hisobga olinadi?
6. Uzoq   muddatli   qo‘yilmalar   bo‘yicha   ko‘rilgan   zararlar   qaysi   schyotlarda
hisobga olinadi?
7. Qimmatli   qog‘ozlar   operatsiyalari   bo‘yicha   olinadigan   daromad   va   zararlar
qanday hisobga olinadi?
8. Korxona   tomonidan   sotib   olgan   aksiyalari   bo‘yicha   dividend   to‘lovlari
buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
9. Daromad sifatida olinayotgan dividend to‘lovlaridan soliq undiriladimi?
10. Aksiyalarning   nominal   va   sotish   baholaridagi   farqlar   qaysi   schyotlarda
hisobga olinadi?

INVESTITSIYALAR HISOBI Reja: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi 3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari, investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k. Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan. 1 Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi. Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi. Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida» gi farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.

binoan 2 , hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi. Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin. SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi. 2 O‘zR VM 1994 yil 8 iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23 sentyabrdagi 274– sonli O‘zR VM qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar.

Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi. SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi mumkin. Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul mablag‘larini deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi – sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi.

Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo‘ladi. Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir. So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi. Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud.