logo

NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

75.5 KB
NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
       1.  Nomoddiy aktivlar tushunchasi 
     2.  Nomoddiy aktivlar  baholash            
          3 .  Nomoddiy aktivlar ning bu х galteriya  hisob i  . 1.  Nomoddiy aktivlar tushunchasi
Mamlakatimizda   ularni   etirof   qilish,   baholash   va   buxgalteriya   hisobi
tartiblarini   qatiy   belgilovchi   asosiy   hujjatlar   7-son   buxgalteriya   hisobi   milliy
standarti hisoblanadi. 1
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti,
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga
olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlarni hisobga olish va ularning so‘nggi
bahosi   hamda   ularning   chiqishidan   keyingi   moliyaviy   natijalarni   aniqlash,
shuningdek   korxonaning   moliyaviy   hisobotidagi   nomoddiy   aktivlar   bo‘yicha
axborotlarni ochib berishdan iborat.
Nomoddiy   aktivlar   —   mahsulot   ishlab   chiqarish   jarayonida   korxonalarning
mulk   obektlaridan   foydalanish   maqsadida,   ishlarni   bajarish,   xizmatlar   ko‘rsatish
yoki   tovarlarni   sotish   yoxud   uzoq   muddat   davomida   mamuriy   va   boshqa
vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   mol-mulki   saqlab   turilmaydigan   mulklarning
Identifikatsiya qilingan obektlaridir.
Nomoddiy   aktivlarni   aniqlash,   aktiv   xo‘jalik   foydalanilgani   va   jismoniy
mazmunga   ega   bo‘lmaganini   talab   etadi.   Jismoniy   ma’noga   ega   bo‘lmagan
aktivlar,   agar   ularning   egalik   huquqini   qo‘shgan   va   ular   uzoq   muddat   davomida
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
SHartnomaviy   va   boshqa   yuridik   huquqlar   vujudga   kelishidan   qatiy   nazar.
Agar:
              -   aktiv   bilan  bog‘liq  kelgusida   iqtisodiy   manfaatdorlik   korxonaga  kelishiga
ishonch mavjud bo‘lsa;
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan   ro‘yxatga   olingan   7-son   "Nomoddiy   aktivlar"
Buxgalteriya hisobi milliy standarti .  2005 yil 27 iyun                - aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan
olinali.
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv
bilan bog‘liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:
                -   kelgusida   korxonaning   iqtisodiy   foydasi   (daromadi)ning   ko‘payishi
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish
borasidagi niyati isbotlansa;
                  -   etarli   rusurslar   mavjud   bo‘lsa,   yoki   korxona   kelgusida   kutgan   iqtisodiy
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi.
Nomoddiy   aktivlarning   inventar   obekti   bitta   patent,   guvohnoma,   huquqiy   yon
berish  shartnomasi   va boshqalardan  kelib  chiqadigan  huquqlar   majmuidan iborat.
Bir   inventar   obekt   boshqasidan   farq   qilishining   asosiy   belgisi   uning   mahsulot
ishlab   chiqarishdagi   mustaqil   vazifasini   bajarishda,   ishlarni   bajarish   yoki   xizmat
ko‘rsatish   yoxud   korxonaning   ma ’ muriy   yoki   boshqa   vazifalari   bajarilishida
foydalanishga xizmat qilishidan iborat,
Ikki   yoki   bir   nechta   korxonaning   egaligida   bo‘lgan   nomoddiy   aktivlarning
obekti   umumiy   egalikdagi   uning   ulushiga   qarab   har   bir   korxonaga   nomoddiy
aktivlarning tarkibida aks etadi.
YUqorida   qayd  etilgan  barcha  shartlarga  javob  beruvchi   quyidagi   obektlarni
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:
   ixtiroga   patent,   sanoat   namunasi,   foydali   modelga   egalik
qiluvchining qat’iy huquqi;
   EHM   uchun   dasturlar,   malumotlar   bazalariga   bo‘lgan   mualliflik
yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;
   integral   mikrosxemalarning   topologiyasiga   bo‘lgan   mualliflik
yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;   tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy
huquqi, shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;
   patentga   egalik   qiluvchining   seleksiya   yutug‘iga   bo‘lgan   qat’iy
huquqi;
   gudvill;
   tabiiy   resurslardan   foydalanish   huquqi,   ya’ni   er   osti   va   tabiiy
muhitning boshqa resurslari, geologiya va tabiiy   muhit haqidagi boshqa axborotlar
singarilardan foydalanish huquqi;
   mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni  er  uchastkasi,  binolar  va
boshqalardan foydalanish huquqi;
   boshqa   nomoddiy   aktivlar   (mahsulot   ishlab   chiqarish,   ishlarni
bajarish   va   xizmat   ko‘rsatish,   iqtisodiy   va   boshqa   imtiyozlardan   foydalanish
kabilarga bo‘lgan huquq).
SHu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat
egalik   qilish   huquqiga   ega   shaxs   tomonidan   yoki   uning   roziligi   bilan   uchinchi
shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqdir.
Nomoddiy   aktivlar   tarkibida,   shuningdek   tasis   hujjatlariga   muvofiq   tan
olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi.
SHuni   nazarda   tutish   kerakki,   nomoddiy   aktivlar   tarkibiga   korxona   ishchi
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va
qobiliyati   qo‘shilmaydi,   chunki   bu   xususiyatlar   o‘z   egalaridan   ajralmaydigan
xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
Nomoddiy   aktivlarning   eng   ko‘p   tarqalgan   ko‘rinishlari   litsenziyalar,
patentlar,   mualliflik   huquqi,   kompyuter   dasturi   bilan   taminlanganlik,   import
kvotalari,   nouxau,   franchayz,   savdo   markalari,   tashkiliy   xarajatlar,   gudvill   va
boshqalardir.   Quyida   nomoddiy   aktivlarning   subektlar   faoliyatida   ko‘proq
uchraydigan ba’zi ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi. Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq.
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq
etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab
chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning
ishlab   chiqarilgan   mahsulotning   shakli,   namunasi   yoki   bezagiga   nisbatan
qo‘llanilishiga   o‘xshashdir.   Patent   faoliyatni   himoya   qilsa,   sanoat   dizaynini
ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer
terminalining   yangi   dizayni   dizaynni   ro‘yxatga   olish   tomonidan   himoya   qilinadi,
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik   huquqi   —   qonun   tomonidan   adabiyot   asarlari,   musiqa,   tasviriy
san’at   kabi   ijodiy   ishlarning   mualliflariga   qaratilgan   himoya   shakli.   Mualliflik
huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish,
qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro
etish va yozish huquqi beriladi.
Sav d o   markalari   va   sav d o   nomlari.   Savdo   markalari   (masalan,   "Nestle",
"Adidas")   va   (yoki)   savdo   nomlari   (Coka-Cola)   —  bu   kompaniyalarga,   mahsulot
yoki   xizmatlarga   berilgan   nomlar,   belgilar   yoki   boshqa   belgilovchi   aksiyalardir.
Ular   egalik   qilishni   asoslash   uchun   ro‘yxatdan   o‘tkazilishi   mumkin.   Bunday
holatda   mahsulotlarning   nomi,   belgisi   yoki   boshqa   belgilovchi   identifikatsiyalar
yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Franchayz   —   ma’lum   shakllar,   texnologiyalar   yoki   tashqi   ko‘rinishdan   juda
yaxshi   foydalanishga   bo‘lgan   huquq.   Franchayzlar   odatda   davlat   mulkidan
foydalanish   yoki   kommunal   xizmatlar   ko‘rsatish   huquqini   olish   uchun   hukumat
organlari   tomonidan   va   aniq   vazifalar   hamda   aniq   xizmatlardan   foydalanish
huquqini   olish   uchun   xo‘jalik   subektlari   tomonidan   beriladi.   Franchayz   haqidagi
har   bir   shartnoma   u   amal   qiladigan   davrdagi   muddatni,   shuningdek   franchayz (foydalanish   huquqidagi   imtiyozlarni   beruvchi   subekt)   va   franchayzlar   (mazkur
imtiyozni oluvchi subektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Tashkiliy   xarajatlar   —   faoliyatni   tashkil   etishda   vujudga   keladigan   sarflar.
Tashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub
bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Tashkiliy
xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan
dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha
yig‘indisi   faoliyatning   foyda   bilan   xarajatga   nomutanosiblikka   olib   keladigan
moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq
muddatli   bo‘nak   to‘lovlari   hisoblanadi   va   ular   boshqa   tarafga   sotilishi   mumkin
bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
egalik   qilish   tavsifi   bo‘yicha:   ayirboshlanganlar,   masalan,   litsenziyalar,
patentlar,   dasturiy   ta’minlash,   nouxau   kabilar;   ayirboshlanmaganlar,   masalan,
tashkiliy xarajatlar   va gudvill.
Identifikatsiyalash bo‘yicha: 
a)     alohida   identifikatsiyalanganlar.   Ba’zi   nomoddiy   aktivlar   firmaning
aktivlari d an   alohi d a   tenglashtirilishi   mumkin,   masalan,   litsenziyalar,   savdo
markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar;
b) alohila   identifikatsiyalanmaydiganlar.   Boshqa   nomoddiy   aktivlar
alohida   identifikatsiyalanmaydi,   balki   aksincha   —   ularning   q iymati   firmaning
boshqa   aktivlari   bilan   o‘zaro   aloqalaridan   olinadi.   Masalan,   mijozlarning
ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil.  .2 . Nomoddiy aktivlar aktivlar  baholash
Barcha   turdagi   nomoddiy   aktivlarning   dastlabki   bahosi   uchun   ularning
dastlabki qiymat asos bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ana shu qiymat
bo‘yicha qabul qilinadi.
Dastlabki   qiymat   —   nomoddiy   aktivlarni   tashkil   etish   (ishlab   chiqish)   yoki
sotib  olish,  to‘langan  va soliqlarga  to‘lanmaydiganlarni   qo‘shgan   holda to‘langan
xarajatlar, shuningdek, uni vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun aktivni ish holatiga
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning qiymati.
Qo ld iq   q i y mat   —   moliyaviy   hisobotda   aks   etadigan   nomoddiy   aktivning
dastlabki   qiymati   va   amortizatsiya   tufayli   to‘plangan   summa   o‘rtasidagi   farq
sifatida belgilangan hajmi.
To‘lash   uchun   olingan   nomoddiy   aktivlarning   dastlabki   qiymati   quyida g i
xarajatlardan shakllanishi mumkin:
a)   e galik  huquqiga   ega   shaxsga   shartnomaga   muvofiq   yon  berish   huquqidan
to‘langan summa;
b)   ro‘yxatga   olish   yig‘imlari,   davlat   bojlari,   patent   bojlari   va   egalik   qilish
huquqiga   ega   shaxsning   qat’iy   huquqiga   yon   berish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
o‘tkazilgan boshqa   shunga o‘xshash to‘lovlar;
v)   bojxona bojlari va yig‘imlar;
g)   nomoddiy   aktivlarning   sotib   olish   bilan   bog‘liq   soliqlar,   yig‘imlar   va
to‘lovlar;
d)   nomoddiy   aktivlarni   sotib   olish   bilan   bog‘liq   axborotlar   va   maslahat
xizmatlari uchun to‘lanadigan summa;
e )   nomoddiy   aktivlarni   sotib   olishda   ishtirok   etgan   vositachilarga   to‘langan
haq; j)   nomoddiy aktivlarni   e tkazib berish tavakkalchiligining sug‘urtasi  bo‘yicha
xarajatlar;
z)   aktivlardan   vazifasi   bo‘yicha   foydalanish   uchun   ishchi   holatiga   keltirish
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash, tayyorgarlik ko‘rish, ro‘yxatga
olish   va   sotib   olish   bo‘yicha   shartnomalarni   yopish   bilan   bog‘liq   xarajatlar,
aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy
aktivla r ning   dastlabki   qiymatiga   qo‘shilmaydi ,   balki   o‘sha   hisobot   davrida   ular
vujudga kelgan xarajatlar deb e ’ tirof etilishi kerak.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga to‘lash paytida, agar shartnoma shartlarida
uzaytirish   yoki   bo‘lib - bo‘lib   to‘lash   nazarda   tutilgan   bo‘lsa,   aniq   xarajatlar
buxgalteriya   hisobiga   kredit   or a lik   qarzining   dastlab   e ’ t i rof   etilgan   summasi
bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan   foydalanganlik   uchun   foiz   ko‘rinishidagi   xarajatlarga   to‘liq   yoki
qarz kapitali hisobiga qisman to‘lab sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki
qiymati qo‘shilmaydi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a)   kompyuter   dasturiga   qat’iy   huquqning   dastlabki   qiymatiga:   Dt   0830   -
«Nomoddiy   aktivlarni   xarid   qilish",   Kt   6010   -   «Mol   etkazib   beruvchi   va
pudratchilarga to‘lov schyoti" schyoti.
b)   vositachi   uchun   sarflash   summasiga:     Dt   0830   -   «Nomoddiy   aktivlarni
xarid qilish", Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti.
v)   etkazib   beruvchi   va   vositachi   oldidagi   qarzni   undirish:   Dt   6010   -   «Mol
etkazib   beruvchi   va   pudratchilarga   to‘lov   schyoti",   Dt   6990   -   «Boshqa
majburiyatlar" , Kt «Pul mablag‘lari» schyoti.
g)   bitim   to‘lovi   bo‘yicha   bank   xizmati   xarajatlari   summasiga:   Dt   9430   -
«Boshqa operatsiyalar xarajati", Kt «Pul mablag‘lari» schyoti. d)   kompyuter   dasturi   taminotidan   foydalanishga   o‘tkazish:   Dt   «Nomoddiy
aktivlar», Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
CHet   el   valyutasida   sotib   olingan   nomoddiy   aktivlarning   dastlabki   qiymati
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan
holda   yuk   bojxona   deklaratsiyasi   to‘ldirilgan   sanadagi   O‘zbekiston   Respublikasi
Markaziy   banki   kursi   bo‘yicha   chet   el   valyutasini   hisoblash   yo‘li   bilan   so‘mda
belgilanadi.
Misol.   "Intellektual"   MCHJ   O‘zbekistonda   doimiy   vakolatxonasiga   ega
bo‘lmagan   chet   el   firmasidan   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   kompyuter
dasturini   ko‘paytirish   va   tarqatishga   maxsus   huquq   oladi.   Olingan   maxsus
huquqning   qiymati   1000   AQSH   dollarini   tashkil   etadi   va   bir   yo‘la   to‘lov   bilan
amalga   oshiriladi.   SHartnoma   shartlari   bo‘yicha   nomoddiy   aktivga   egalik   huquqi
2017   yil   1   mayda   xaridorga   o‘tadi,   to‘lov   esa   2017   yil   30   -   maygacha   amalga
oshirilishi kerak.
O‘zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   tomonidan   AQSH   dollariga
belgilangan kurs:
 nomoddiy   aktivning   yuk   bojxona   deklaratsiyasi   to‘ldirilgan   sanada   —   78 00
so‘m (1 AQSH dollari);
 nomoddiy   aktiv   bo‘yicha   qarzning   to‘lovi   sanasida   -   78 15   so‘m   (1   AQSH
dollari)ni tashkil etdi.
Nomoddiy   aktivlarni   sotib   olish   bilan   bog‘liq   xo‘jalik   operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagi cha hisobga olinadi :
a)   nomoddiy   aktivlar   obektlarini   yuk   bojxona   deklaratsiyasi   to‘ldirilgan
sanada   Markaziy   bank   kursi   bo‘yicha   kirimni   qayd   etish :                           Dt
0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6010 - «Mol   e tkazib beruvchi va
pudratchilarga   to‘lov schyoti" schyoti. b)   Nomoddiy   aktivlarning   dastlabki   qiymatiga   qo‘shiladigan   QQS
summasiga:   Dt   0830   -   «Nomoddiy   aktivlarni   sotib   olish",   Kt   6410   -   «Budjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar   (turlar bo‘yicha)" schyoti.
v)   e tkazib   beruvchi   oldidagi   qarzni   undirishda:   Dt   9620   -   «Val yu ta   kurslari
farqlaridan   zarar"   schyoti,   Kt   6010   -   «Mol   e tkazib   beruvchi   va   pudratchilarga
to‘lov schyoti" schyoti, Kt 5200  –“ CHet el val yu tasida pul mablag‘lari» schyoti.
Korxonalarning   o‘zi   tomonidan   yaratilgan   (tayyorlangan)   nomoddiy
aktivlarning   dastlabki   qiymati   ilmiy-tadqiqot   va   tajriba - konstruktorlik
ishlanmalariga aniq sarflangan summa sifatida belgilanadi. 2
Aktivlarni   nomoddiy   sifatiga   buxgalteriya   hisobiga   qabul   qilishda   bir   yo‘la
quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a)   moddiy- mulkiy (jismoniy) mazmun (shakl)larning bo‘lmasligi;
b)   o‘lchamlilik va ma’nolilik;
v)   ishlarni   bajarish   yoki   xizmat   ko‘rsatish   yoxud   korxonani   uzoq   muddat
davomida,   ya’ni   12   oydan   ko‘proq   vaqt   agar   u   foydali   xizmat   12   oydan   ko‘proq
muddatdan ortiq   davrda oddiy operatsiya jarayonida boshqarish ehtiyoji   va boshqa
maqsadlarni bajarish paytida mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishligi;
g)   mazkur mulkni keyinchalik olib sotish niyatning   yo‘qligi;
d)   ishonchlilik, ya ’ ni intellektual faoliyat natijasida korxonada qat’iy huquqni
va aktivning mavjudligini tasdiqlovchi tuzilgan zarur hujjatlarning mavjudligi;
e)   korxonaning   boshqa   mol-mulkdan   identifikatsiyalash   imkoniyati,   ya’ni   u
foydalaniladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati bo‘lishligi.
Nomoddiy   aktivlarni   ishlab   chiqarish   davrida   ularni   ishlab   chiqish   uchun
olingan   kreditlar   bo‘yicha   o‘tkazilgan   foizlar   ishlab   chiqarilgan   nomoddiy
aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi.
2
  O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan   591son   bilan   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   "Ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflar" BHMS. 1998 yil 28 dekabr. Nomoddiy   aktivlarni   ishlab   chiqarish   bilan   bog‘liq   xo‘jalik   operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi:
                a)   ishlanmalar   mualliflariga   ish   haqi   hisoblandi:   Dt   0830   -   «Nomoddiy
aktivlarni   sotib   olish"   schyoti,   Kt   6710   -   «Ish   haqi   bo‘yicha   xodimlarga   haq
to‘lash" schyoti.
b)  ish   haqi   fondidan   25  %  miqdorida   yagona  ijtimoiy  to‘lov  hisoblandi:    Dt
0830   -   «Nomoddiy   aktivlarni   sotib   olish"   schyoti,   Kt   6520   -   «Davlat   maqsadli
fondiga to‘lovlar" schyoti.
v)   ishlab   chiqarish   jarayonida   asosiy   vositalar   bo‘yicha   eskirish   qo‘shib
yozildi:     Dt  0830  -  «Nomoddiy aktivlarni  sotib  olish"  schyoti,  Kt   0200 –“Asosiy
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyot”.
g) ishlanmalarni tegishli davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlarni aks ettirish:    Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt
«Turli kreditorlar qarzini hisobga oluvchi» schyot. 
d)   intellektual   faoliyat   natijasida   mutlaq   huquqlarning   dastlabki   qiymati
bo‘yicha   kirimni   qayd   etish;   Dt   0400   -   “Nomoddiy   aktivlarni   hisobga   oluvchi»
schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Korxonaning   ustav   kapitaliga   ulush   hisobida   olingan   nomoddiy   aktivlarning
dastlabki   qiymati,   agar   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlarida   boshqacha
nazarda   tutilmagan   bo‘lsa,   ularning   korxona   ta’sischilari   bilan   kelishilgan   pul
bahosiga asosan belgilanadi.
Mazkur   xo‘jalik   operatsiyalari   buxgalteriya   hisobida   quyidagi   tarzda   aks
ettiriladi
a) Ta’sischilar qarori bilan jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatga
olish   organlarida   ro‘yxatga   olingan   kunda   ustav   kapitalini   oshirish:   Dt   4610   -
«Ta’sischilarning   ustav   kapitaliga   kiritmalari   bo‘yicha   qarzi"   schyoti,   Kt   8300   –
«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyot. b) ta’sischining ustav kapitaliga badal bo‘yicha qarzi unga tegishli nomoddiy
aktivni o‘tkazish yo‘li bilan qoplandi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish"
schyoti,   Kt   4610   -   «Ta’sischilarning   ustav   kapitaliga   ulushi   bo‘yicha   qarzi"
schyoti.
v) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlarni
hisobga oluvchi» schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti.
Korxona   tomonidan   boshqa   shaxslardan   beg‘araz   va   davlat   subsidiyasi
hisobiga   olingan   nomoddiy   aktivlarning   boshlang‘ich   qiymati   joriy   qiymat
bo‘yicha   aniqlanadi   va   bu   qiymat   nomoddiy   aktivlarning   mazkur   turi   uchun   faol
bozorni, jumladan, ularni olishga bog‘liq tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda
aniqlangan taqdirda to‘g‘ri hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun
faol   bozor   bo‘lmasa,   ularning   boshlang‘ich   qiymati   nominal   qiymat   yoki   ularni
tashkil   etishdagi   haqiqiy   sarf   summasi   bo‘yicha,   shuningdek,   nomoddiy   aktivni
maqsadli   foydalanishga   tayyor   holatga   keltirish   bilan   bog‘liq   sarflar   bo‘yicha
belgilanadi.
Tekinga   olingan   nomoddiy   aktivlar   buxgalteriya   hisobida   quyidagicha   aks
ettiriladi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 8530 - «Tekinga
olingan mulk" schyoti.
b)   nomoddiy   aktiv   foydalanishga   topshirildi:   Dt   0400   -   Nomoddiy   aktivlar»
schyoti, Kt 0830 “Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Qonun   hujjatlarida   ko‘rsatilgan   tartibda   xuddi   shunday   nomoddiy   aktivga
almashtirib  olingan   nomoddiy  aktivning   boshlang‘ich  qiymati   berilgan   nomoddiy
aktivning qoldiq qiymatiga teng.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil nomoddiy
aktivlarni almashtirish hisobiga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati   berilgan   nomoddiy   aktivlarning   almashtirish   paytida   o‘tkazilgan   pul mablag‘lari   yoki   ularning   ekvivalentlari   summasiga   ko‘paytirilgan   qoldiq
qiymatiga teng.
O‘xshash   bo‘lmagan   nomoddiy   aktivga   almashtirish   yo‘li   bilan   olingan
nomoddiy   aktivning   boshlang‘ich   qiymati,   qonun   hujjatlarida   ko‘rsatilganidek,
berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil bo‘lmagan
nomoddiy aktivlarga almashtirib sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati   berilgan   nomoddiy   aktivning   almashtirish   paytida   o‘tkazilgan     pul
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko‘paytirilgan joriy qiymatiga
teng.
Qonun   hujjatlarida   o‘rnatilgan   tartibda   pulsiz   vositalar   bilan   majburiyat
bajarilishini   nazarda   tutgan   shartnoma   bo‘yicha   olingan   nomoddiy   aktivlarning
boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan
qimmatli   buyumlarning   joriy   qiymati   tushuniladi.   Korxona   tomonidan   berilgan
yoki   berilishi   lozim   bo‘lgan   qimmatli   buyumlarning   joriy   qiymatini   korxona
shunga   o‘xshash   boyliklarning  hozirgi   qiymatini   taqqoslaganda   paydo   bo‘ladigan
narxdan kelib chiqib belgilaydi.
Korxona   tomonidan   berilgan   yoki   berilishi   lozim   bo‘lgan   qimmatli
buyumlarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati bo‘lmasa, pulsiz vositalar bilan
majburiyatni   bajarishni   nazarda   tutuvchi   shartnomalar   bo‘yicha   korxona
tomonidan   olingan   nomoddiy   aktivlarning   qiymati   o‘xshash   holatlarda   shu   kabi
nomoddiy   aktivlar   sotib   olinadigan   joriy   qiymatidan   kelib   chiqib   belgilanadi.
Umumiy   summaga   sotib   olingan   nomoddiy   aktivlardan   har   birining   boshlang‘ich
qiymati   bu   summani   alohida   nomoddiy   aktivning   joriy   qiymatiga   proporsional
tarzda teng taqsimlash yo‘li bilan belgilanadi. Korxonalarda   qonun   hujjatlarida   o‘rnatilgan   tartibda   nomoddiy   aktivlarni
ayirboshlash   yo‘li   bilan   sotib   olish   buxgalteriya   hisobida   quyidagi   tarzda   aks
etiriladi:
a)   qo‘shimcha   haq   to‘lamasdan   almashtirish   yo‘li   bilan   olingan   nomoddiy
aktivlar   obektini   uning   qoldiq   qiymati   yoki   o‘xshash   bo‘lmagan   nomoddiy
aktivlarning joriy qiymati bo‘yicha kirim qilishda: Dt 0400 «Nomoddiy
aktivlar» schyotining turi bo‘yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib
ketishi" schyoti.
b)   pul   mablag‘lari   yoki   ularning   ekvivalenti   bilan   qo‘shimcha   haq   to‘lab
ayirboshlash   tariqasida   olingan   nomoddiy   aktivlarning   obektini   kirim   daftarida
qayd   etishda:   Dt   0400«Nomoddiy   aktivlar»   turi   bo‘yicha   schyoti   -o‘tkazilgan
nomoddiy   aktivning   qoldiq   qiymati,   Dt   «Pul   mablag‘lari   yoki   ularning
ekvivalenti»   schyoti,   Kt   9220   -   «Boshqa   aktivlarning   chiqib   ketishi"   schyoti
o‘tkazilgan   nomoddiy   aktivning   qoldiq   yoki   hozirgi   qiymati   bo‘yicha;   Kt   6990   -
«Boshqa   majburiyatlar"   schyoti   ayirboshlash   paytida   to‘langan   pul   mablag‘lari
yoki ularning ekvivalenti summasiga.
v)   pul   mablag‘lari   yoki   ularning   ekvivalentlarini   olish   bilan   ayirboshlangan
nomoddiy aktivlar obektini kirim daftarida qayd etishda: 
Dt 0400 «Nomoddiy aktivlar» aktivning turi bo‘yicha schyoti - berilgan
nomoddiy   aktivning   qoldiq   (joriy)   qiymati   va   almashtirishda   olingan   pul
mablag‘lari  yoki  ularning ekvivalenti summasi  o‘rtasidagi  tafovut  summasiga    Dt
4890   -   «Boshqa   debitorlarning   qarzi"   schyoti   ayirboshlash   paytida   olingan
pul   mablag‘lari   yoki   ularning   ekvivalentlari   summasiga,   Kt   9220   -   «Boshqa
aktivlarning   chiqib   ketishi"   schyoti   berilgan   nomoddiy   aktivning   qoldiq   (joriy)
qiymati.  .3.  Nomoddiy aktivlarning bu[galteriya hisobi
Buxgalteriya   hisobiga   qabul   qilingan   nomoddiy   aktivlarning   boshlang‘ich
qiymati 7-sonli BHMS ko‘rsatilganlardan tashqari hollarda o‘zgartirilishi mumkin
emas. 3
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to‘plangan
amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati
bo‘yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy   aktivni   moliya   hisobotida   ifoda   etishda   qo‘llanilgan   uslub
dastlabki etirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda aks
ettirilishi kerak.
Nomoddiy   aktivlar   tashkil   etilishi   yoki   korxonaga   kelib   tushishi   va
rejalashtirilgan   maqsadlarda   foydalanishga   yaroqli   holatga   keltirish   ishlari
tugatilishiga   qarab   qabul   qilish   dalolotnomasiga   asosan   nomoddiy   aktivlar
tarkibiga kiritilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish
uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo‘qligi
sababli   amaliyotda   ko‘pincha   nomoddiy   aktivlarning   kelib   tushishi   va   chiqib
ketishi   noto‘g‘ri   rasmiylashtiriladi.   SHuning   uchun   qonunning   9-moddasi   va
boshqa   meyoriy   hujjatlar   talablaridan   kelib   chiqqan   holda   nomoddiy   aktivlar
bo‘yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug‘iladi. 4
Balans   qiymat   balans   hisoboti   tuzilgan   kundagi   bozor   qiymatidan   qatta   farq
qilmasligi uchun qayta baholash etarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak.
3
 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1485-son bilan ro‘yxatga olingan 7-sonli 
"Nomoddiy aktivlar" BHMS. 2005 yil 27 iyun
21
  O‘zbekiston   Respublikasining   "Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida"gi   qonunning   9-moddasi.   1996   y
(2016yil yangi tahrirda)
4 Nomoddiy   aktivni   qayta   baholashda,   bunday   aktivlar   uchun   faol   bozor
bo‘lgan  hollardan tashqari   holatlarda mazkur   qayta baholanayotgan  aktiv  mansub
bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.
Qayta   baholash   natijasida   nomoddiy   aktivlar   joriy   qiymati   bo‘yicha
buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy   aktivning   joriy   qiymatini   nomoddiy   aktivning   mazkur   turi
bo‘yicha   faol   bozor   narxi   asosida   aniqlash   mo‘mkin.   Agar   qayta   baholanayotgan
nomoddiy   aktivlar   guruhidan   bo‘lgan   nomoddiy   aktiv   bunday   nomoddiy   aktivga
faol   bozor   bo‘lmaganligi   uchun   qayta   baholana   olmasa,   bunday   aktiv   to‘plangan
amortizatsiya   chiqarib   tashlanib   uning   boshlang‘ich   qiymati   bo‘yicha   hisobga
olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol
bozor   ma’lumotlari   asosida   aniqlanishi   mumkin   bo‘lmasa,   nomoddiy   aktivning
balans qiymati to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor
ma’lumotlari   asosida   so‘nggi   qayta   baholash   kunidagi   tiklovchi   qiymati   bo‘lishi
kerak.
Nomoddiy   aktivlarni   qayta   baholashda   uning   joriy   qiymatini   hujjat   asosida
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan
yozma   shaklda   olingan   o‘xshash   nomoddiy   aktivga   berilgan   narxlar   to‘g‘risidagi
malumotlar;
b)   qayta   baholash   o‘tkazilgan   va   nomoddiy   aktivlar   sotib   olingan   kundagi
Markaziy   Bank   kurslari   nisbatiga   qarab   belgilangan   hisob-kitob   koeffitsentini
qo‘llash   bilan   erkin   muomaladagi   valyutada   sotib   olingan   kundagi   (tasdiqlovchi
hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar;
v)   qayta   baholash   davrida   ommaviy   axborot   vositalari,   maxsus   adabiyot   va
boshqalarda elon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar; g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta
baholash   o‘tkazilgan   kundagi   to‘plangan   amortizatsiyasi   nomoddiy   aktivlarning
boshlang‘ich   qiymati   indeksiga   moslashtiriladi   va   keyingi   amortizatsiya   ustamasi
qayta   baholangan   qiymatidan   o‘tkaziladi.   Qayta   baholash   indeksi   nomoddiy
aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi
"Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"   schyotidagi   zaxira   kapitali
tarkibiga kiritiladi.
Qayta   baholash   natijasida   nomoddiy   aktivlar   bahosini   pasaytirish   summasi
oldingi   hisobot   davrida   o‘tkazilgan   mazkur   obektning   baholashdan   avvalgi
summasi   doirasida   "Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"   schyotidagi
zaxira   kapitalining   pasaytirilishiga   kiritiladi.   Obektni   qo‘shimcha   baholash
summasining   uning   kamaytirilgan   summasidan   ortig‘i   boshqa   operaiion
xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy   aktivlarni   qayta   baholash   natijalari   nomoddiy   aktivlarni   qayta
baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy   aktivlarning   tiklovchi   qiymatigacha   bo‘lgan   uning   balans
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a)   nomoddiy   aktivlar   balans   qiymatining   ko‘payishi:   Dt   0400   «Nomoddiy
aktivlar»   schyoti,   Kt   8510   -   «Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha   tuzatishlar"
schyoti.
b)   nomoddiy   aktivlarning   oldingi   qayta   baholanishi   doirasidagi   summaga
balans   qiymatini   kamaytirish:   Dt   8510   -   «Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. Mazkur   nomoddiy   aktiv   bo‘yicha   avvalgi   qayta   baholashdagi   ko‘payishdan
ortadigan   arzonlashtirish   summasi   xarajat   hisoblanib,   9430   -   «Boshqa   operaiion
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v)   qayta   baholashda   nomoddiy   aktivlar   bo‘yicha   amortizatsiya   summasining
ko‘payishi:   Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti,
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi:         Dt
0500   «Nomoddiy   aktivlar   amortizatsiyasini   hisobga   oluvchi»   schyoti,   Kt   8510   -
«Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy   aktivlar   hisobi   schyotida   xususiylashtirishda   tashkil   topgan
Gudvill   summasiga   ega   bo‘lgan   xususiylashtirilgan   tashkilotlar   qayta   baholash
natijalari   bo‘yicha   bu   summani   kamaytirishi   va   buxgalteriya   hisobida   quyidagi
tarzda   aks   ettirishi   kerak:   Dt   8510   -   «Mol-mulkni   qayta   baholash   bo‘yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Qisqa xulosa
Xo‘jalik   yurituvchi   subektlarda   buxgalteriya   hisobini   to‘g‘ri   tashkil   etish
ulardagi   mavjud   nomoddiy   aktivlardan   samarali   foydalanish   hamda   ularga
sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, eskirish summalarini xarajat obekti bo‘yicha
to‘g‘ri  taqsimlash  mahsulot   (ish   va  xizmat)   lar  tannarxining  shakllanishiga  ijobiy
ta’sir ko‘rsatishidir. Jumladan, moliyaviy natijalarning ham shakllanishiga obektiv
yondashishga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Asosiy   vositalar   hisobini   tartibga   soluvchi   qonuniy   va   meyoriy   hujjatlarni
aytib bering.
2. Korxonalarda asosiy vositalarni turkumlashdan maqsad nima? 3. Asosiy vositalar hisobining harakati deganda nimani tushunasiz?
4. Asosiy   vositalarga   amortizatsiya   hisoblash   usullari   nechta   va   ular   qanday
hisoblanadi?
5. Asosiy   vositalarni   ta’mirlash   qanday   amalga   oshiriladi   va   ularning   hisobi
qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
6. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
7. Asosiy   vositalarni   hisobdan   chiqarish   bo‘yicha   moliyaviy   natijalar   qaysi
schyotlarda hisobga olinadi?
8. Nomoddiy aktivlarning turkumlanishi hisob ishlariga qanday  s amara beradi?
9. Nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati qanday aniqlanadi?
10. Nomoddiy   aktivlar   bo‘yicha   amortizatsiya   hisoblash   qanday   amalga
oshiriladi?
11. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalar qanday aniqlanadi?

NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI Reja: 1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi 2. Nomoddiy aktivlar baholash 3 . Nomoddiy aktivlar ning bu х galteriya hisob i

. 1. Nomoddiy aktivlar tushunchasi Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy standarti hisoblanadi. 1 Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlarni hisobga olish va ularning so‘nggi bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek korxonaning moliyaviy hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha axborotlarni ochib berishdan iborat. Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning mulk obektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomida mamuriy va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning Identifikatsiya qilingan obektlaridir. Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo‘jalik foydalanilgani va jismoniy mazmunga ega bo‘lmaganini talab etadi. Jismoniy ma’noga ega bo‘lmagan aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo‘shgan va ular uzoq muddat davomida foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar. SHartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. Agar: - aktiv bilan bog‘liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa; 1 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 7-son "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya hisobi milliy standarti . 2005 yil 27 iyun

- aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan olinali. Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv bilan bog‘liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin: - kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘payishi aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish borasidagi niyati isbotlansa; - etarli rusurslar mavjud bo‘lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. Bir inventar obekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud korxonaning ma ’ muriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida foydalanishga xizmat qilishidan iborat, Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo‘lgan nomoddiy aktivlarning obekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy aktivlarning tarkibida aks etadi. YUqorida qayd etilgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:  ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy huquqi;  EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;  integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;

 tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi, shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;  patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug‘iga bo‘lgan qat’iy huquqi;  gudvill;  tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti va tabiiy muhitning boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar singarilardan foydalanish huquqi;  mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni er uchastkasi, binolar va boshqalardan foydalanish huquqi;  boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan huquq). SHu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqdir. Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi. SHuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va qobiliyati qo‘shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o‘z egalaridan ajralmaydigan xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin. Nomoddiy aktivlarning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari litsenziyalar, patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subektlar faoliyatida ko‘proq uchraydigan ba’zi ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi.

Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi. Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi, yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi. Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish huquqi beriladi. Sav d o markalari va sav d o nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", "Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi. Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda yaxshi foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish huquqini olish uchun xo‘jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz