logo

Autoplay dasturiy vositasi.Uning vazifasi va o’quv jarayonida qo’llanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

691.5390625 KB
Autoplay dasturiy vositasi.Uning vazifasi va o’quv
jarayonida qo’llanishi.
Reja:  
           I. KIRISH
1. Autoplay dasturi haqida umumiy ma’lumot.
II. ASOSIY QISM
       1.Autoplay  dasturi imkonyatilari.
       2.AutoPlayda qo’llaniladigan obyektlar.
       3.   Plaginlar va ulardan foydalanish
III. XULOSA
         IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR              KIRISH
Autoplay dasturi haqida umumiy ma’lumot.
Keyingi   yillarda   multimedia   hujjatlarini   yaratishga   oid   juda   ham   ko’plab   dasturiy
ta minotlar   ishlab   chiqilgan.   Ulardan   biri   AutoPlay   dasturidir.   Istalgan   fayl   yoki   fayllar‟
to’plamini   bitta   muhitga   birlashtirish,   qolaversa,   CD   yoki   DVD   disklar   uchun   Autorun-
menyusi   hosil   qilishda   Autoplay   Media   Studio   eng   kuchli   vizual   paket
hisoblanadi.Multimedia   texnologiyalariga   asoslangan   amaliy   dasturlarni   yaratish   uchun
Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay
interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari
talab   qilinmaydi.   Foydalanuvchi   faqat   turli   dizaynli   dasturiy   muhitni   tanlash   uchun   bir
nechta   tayyor   shakllardagi   loyiha   shablonlaridan   foydalanishi   mumkin   .Bunda   amaliy
dastur   muhitini   dizaynga   boy   holatga   tashkil   etish   uchun   Autoplay   dasturiy   vositasi
tarkibida   tayyor   obyektlar   mavjud   bo’lib,   ular   tarkibiga   buyruq   tugmasi,   tovush
kuchaytirgichi,   fayllarni   printerdan   bosmaga   chiqarishni   ta’minlovchi,   Web-saytllarni
ochuvchi   va   ularga   murojaatni   amalga   oshirib   beruvchi   qator   funksional   obyektlarni
kiritish   mumkin.Amaliy   dastur   uchun   grafik   qobiqlarni   yaratish,   uni   avtmatik   ishga
tushirish   uchun   Autoplay   Media   Studio   barcha   kerakli   fayllarni   o’zi   yaratadi.
Foydalanuvchilar   zimmasiga   esa   faqat   qattiq   disk   va   kompakt   diklarni   yozish   uchun
tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning   12-martida   Indigo   Rose   Corparition   kompaniyasi   Autoplay   Media   Studio
7.1.1007.0 versiyasini  iste molga   chiqardi.  Dastur   foydalanuvchilarga  obyektlarni  o’zaro	
‟
bog’lashni   amalga   oshirishga   yordam   beradigan   yuzlab   vositalarni   taqdim   eta
oladi.Autoplay   Media   Studio   dasturi   muhitida   Visual   Basic,   Visual   C++,   Java,
Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash
mumkin   .   Dastur   yordamida   animatsiyalanuvchi   menyuni,   kataloglar   daraxtini,
ma lumotlar   bazasini   va   shunga   o’xshash   obyektlarni   nafaqat   tez   yaratish,   balki   ularni	
‟
boshqarish ham  mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi  oynalarni  o’zining kutubxonasidagi
“niqob”lardan   foydalangan   holda   ixtiyoriy   shaklda   (formada)   yaratish   mumkin.   Bunday
“niqob”  sifatida  .jpg,  .bmp  va  .png  kabi  formatdagi   fayllardan  foydalanilsa  ham  bo’ladi.
Qolaversa, ma lumotlarni  CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD	
‟
yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega
ekanligini ko’rsatadi.  Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali  fayl sifatida o’zi  ochiluvchi
arxiv ko’rinishda  yoki  qattiq diskdagi  alohida  papkada shakllantirilishi  mumkin. Bundan
tashqari,   dasturga   matnni   orfografik   tekshirish   imkoniyati   ham   kiritilgan.   Dasturning   bu
xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur
kompyuterga   to’liq   versiya   bilan   o’rnatilgan   bo’lsa,   matnni   orfografik   tekshirish   uchun
uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug’atlar bo’lishi mumkin.  Shunday  qilib,  AutoPlay  Media  Studio  7.0  ning  yangi   versiyasi   quyidagi   imkoniyatlarga
ega holda iste molga chiqarilgan:‟ 1. Avtomatik   ishga   tushuvchi   xususiy   menyu,   interfaol   taqdimotlar,   multimedia-
ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta minotlarni yaratish; ‟
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni
biriktira olish xususiyati; 
3. Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 
6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 
7. Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi; 
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 
9. Obyektlarni formatlash imkoniyati; 
10. Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi; 
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 
AutoPlay   Media   Studio   ishga   tushirilgach,   avvalo   loyiha   bilan   bog’liq   bir   nechta
buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi :
AutoPlay dasturining ishga tushirilishi  Bu muloqot oynasida quyidagi to’rtta taklif ilgari surilgan bo’ladi: 
1) Create a new project (Yangfi loyiha yaratish); 
2) Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish); 
3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
4)   Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). 
Agar   AutoPlay   Media   Studioning   ruscha   varianti   o’rnatilgan   bo’lsa,   u   holda   taklif   rus
tilida, inglizcha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda taklif ingliz tilida bo’ladi. 
AutoPlay har  bir  buyruq  tugmasi  funksiyasi   va unga  mos  scriptlar  uchun  tayyor   kodlar
to’plamini   ham   taqdim   etadi.   Bu   tayyor   kodlardan   qulayroq   foydalanish   uchun
dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma qul. ‟
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Creat a new project” bandini tanlasak, u
holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi
yuzaga keladi:
Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi
  Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini
tanlashimiz   yoki   o’zimiz   istagan   yangi   loyihani   tashkil   qilishimiz   mumkin.   Quyida
“Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan : “Quiz” loyihasining tanlanishi
  Mavjud loyihani tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, unda Web-sahifa uchun
ba zi   ssenariylar   tayyor   yozilgan   holatda   bo’ladi.   Ba zi   obyektlar   uchun   bajariladigan‟ ‟
funksiyalar   esa   tayyor   holatda   berilgan   bo’ladi.   Bunday   imkoniyat   qisqa   vaqtda
murakkab tuzilmali katta loyihani yaratishda amaliy yordam beradi. 
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega:
1. Dastur oynasining darlavha satri. 
2. Dastur oynasining menyu satri. 
3. Instrumentlar paneli satri. 
4. Project Explorer muloqot oynasi. 
5. Properties muloqot oynasi. 
6. Holat satri. 
Dastur   oynasinig   sarlavha   satrida   loyiha   nomi,   dastur   nomi   va   oynani   boshqarish
elementlari joylashgan. Oynaning menyu satrida quyidagi menyular joylashgan:   ASOSIY QISM
  Autoplay  dasturi imkonyatilari.
AutoPlay   dasturi   oynasining   tuzilishi   Keyingi   yillarda   multimedia   hujjatlarini
yaratishga   oid   juda   ham   ko’plab   dasturiy   ta’minotlar   ishlab   chiqilgan.   Ulardan   biri
AutoPlay   dasturidir.   Istalgan   fayl   yoki   fayllar   to’plamini   bitta   muhitga   birlashtirish,
qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media
Studio   eng   kuchli   vizual   paket   hisoblanadi.   Multimedia   texnologiyalariga   asoslangan
amaliy   dasturlarni   yaratish   uchun   Autoplay   Media   Studio   dasturidan   foydalanish
foydalanuvchilar   uchun   juda   oson   va   qulay   interfeysni   taqdim   etadi.   Autoplay   Media
Studio   bilan   ishlashda   deyarli   dasturlash   ishlari   talab   qilinmaydi.   Foydalanuvchi   faqat
turli   dizaynli   dasturiy   muhitni   tanlash   uchun   bir   nechta   tayyor   shakllardagi   loyiha
shablonlaridan   foydalanishi   mumkin   [5].   Bunda   amaliy   dastur   muhitini   dizaynga   boy
holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud
bo’lib,   ular   tarkibiga   buyruq   tugmasi,   tovush   kuchaytirgichi,   fayllarni   printerdan
bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga
oshirib   beruvchi   qator   funksional   obyektlarni   kiritish   mumkin.   Amaliy   dastur   uchun
grafik   qobiqlarni   yaratish,   uni   avtmatik   ishga   tushirish   uchun   Autoplay   Media   Studio
barcha kerakli   fayllarni  o’zi   yaratadi.  Foydalanuvchilar  zimmasiga  esa   faqat  qattiq  disk
va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 2008-
yilning   12-martida   Indigo   Rose   Corparition   kompaniyasi   Autoplay   Media   Studio
7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o’zaro
bog’lashni   amalga   oshirishga   yordam   beradigan   yuzlab   vositalarni   taqdim   eta   oladi.
Autoplay   Media   Studio   dasturi   muhitida   Visual   Basic,   Visual   C++,   Java,   Macromedia
Flash   kabi   qator   tizimlarda   yaratilgan   hujjatlarni   ham   bemalol   qayta   ishlash   mumkin.
Dastur   yordamida   animatsiyalanuvchi   menyuni,   kataloglar   daraxtini,   ma’lumotlar
bazasini va shunga o’xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham
mumkin.   Avtomatik   ishga   tushuvchi   oynalarni   o’zining   kutubxonasidagi   “niqob”lardan
foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida
.jpg,   .bmp   va   .png   kabi   formatdagi   fayllardan   foydalanilsa   ham   bo’ladi.   Qolaversa,
ma’lumotlarni   CD   uchun   tayyorlagan   holda   uni   dasturning   o’zidan   turib,   CD   yoki
DVDga   yoza   olishi   Autoplay   Media   Studio   dasturi   naqadar   keng   imkoniyatlarga   ega
ekanligini ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi
arxiv ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan
tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu
xossasi   uning   Label,   Paragraph   va   Button   kabi   obyektlari   bilan   birga   ishlaydi.   Agar
dastur   kompyuterga   to’liq   versiya   bilan   o’rnatilgan   bo’lsa,   matnni   orfografik   tekshirish uchun   uning   kutubxonasida   juda   katta   hajmdagi   lug’atlar   bo’lishi   mumkin.   Shunday
qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda
iste’molga chiqarilgan 
1.   Avtomatik   ishga   tushuvchi   xususiy   menyu,   interfaol   taqdimotlar,   multimedia-
ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni
biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar;
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi;
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
9. Obyektlarni formatlash imkoniyati;
10. Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega:
1. Dastur oynasining darlavha satri.
2. Dastur oynasining menyu satri.
3. Instrumentlar paneli satri.
4. Project Explorer muloqot oynasi.
5. Properties muloqot oynasi.
6.   Holat   satri.-dastur   oynasinig   sarlavha   satrida   loyiha   nomi,   dastur   nomi   va   oynani
boshqarish   elementlari   joylashgan.   Oynaning   menyu   satrida   quyidagi   menyular
joylashgan:
File.  Bu menyu orqali yangi loyiha oynasini ochish, mavjud
loyiha   oynasini   ochish,   loyihani   xotiraga   saqlash,   loyihani
export   qilish,   hujjat   xossasini   o’zgartirish   va   dasturdan
chiqish kabi ishlarni bajarish mumkin. 
Tools.   Ba zida AutoPlay dasturining galeriyasidagi  mavjud‟
buyruq   tugmalari   dizayn   jihatidan   yetarli   bo’lmay   qolishi
mukin.   Shunday   paytlarda   ushbu   menyuning   “Button
Maker”   bandiga   murojaat   qilib   yangi   dizayndagi   buyruq
tugmalarini yaratish mumkin. Bundan tashqari loyiha uchun
ssenariy kodini yozish ham shu menyuda amalga oshiriladi.  Publish.   Bu   menyu   yordamida AutoPlayda   tayyor   holatga
kelgan   amaliy   dasturni   ishlatib sinovdan   o’tkazish   va
kompilyatsiyalash mumkin. 
Edit.   Bu   menyu   orqali   oxirgi
bajarilgan   amalni   bekor   qilish   yoki   takrorlash,   ajratilgan
obyektni   kesib   olish,   uning   nusxasini   olish,   boshqa   joyga
qo’yish,   o’chirish,   sahifa   dublikatini       hosil       qilish,       bir
turga   mansub   obyektlarni  guruhlash, obyektni “qulflash”,
obyektni fiksirlab qo’yish va yashirin holatga o’tkazish kabi
ishlarni bajarish mumkin.
Align.   Bunda   obyektning  sahifaga   (ishchi   sohaga)   nisbatan
koordinatalar bo’yicha, masalan,   % Cut   gorizontal, vertikal,
va boshqa o’lchamlarga nisbatan joylashuv holatini belgilab
olish mumkin 
Page.   Bu   menyu   loyihadagi   sahifalar   uchun   xizmat   qiladi.
Masalan, loyihaga yangi sahifa 
qo’shish,   mavjud   tanlangan   sahifani   o’chirish,  
mavjud
sahifaning   dublikatini   (aynan   nusxasini)   hosil   qilish,
sahifaning   xossasiga   oid   muloqot   oynasini   chaqirish   kabi
ishlarni bajarish mumkin. 
Object.  Bu menyuda 24 ta obyektni sahifaga  V Hide  qo’yish imkoniyati mavjud bo’lib,
shundan 17 tasi konstruktorlik tizimida ishlatiladigan standart
obyektlar   bo’lsa,   qolgan   7   tasi   plagin   tarzida   tashkil   etilgan
obyektlar   bo’lib,   ular   “Plugins”   buyrug’i   orqali   sahifaga
qo’yiladi,   masalan,   Calendar,   Windows   stilidagi   “Win–
Button”   nomli   buyruq   tugmasi,   Slider   va   hk.   Shuningdek,
“Properties”   buyru-g’idan   foydalanib,   sahifada   belgilangan
obyektning xossalar oynasini hosil qilish imkoniyati mavjud.
   
Project.   Loyihani   har   tomonlama   mukammal   ishlash   uchun
imtiyozli   yordam   ko’rsatadigan   ajoyib   menyu   hisoblanadi.
Uning   “Settings”   bandiga   murojaat   qilib,   loyihaga   oid
xossalarni   o’zgartirish,   “Menu   Bar…”   bandiga   murojaat
qilib, yaratilajak amaliy dastur oynasini xususiy menyu bilan
ta minlash,   “Global   Functions…”   bandi   orqali   loyihadagi‟
barcha   sahifalarga   birdek   tegishli   bo’lgan   funksiya-qism
dasturlarini   yozish   mumkin.   Shuningdek,   turli   multimedia hujjatlarini   va   plaginlarni   joylashtirishni   ham   shu   menyuda   muvaffaqiyatli   amalga
oshirish mumkin. 
View.   Bu menyu asosan amaliy dastur
qurish   jarayonida   AutoPlay   dastur
oynasining   tashqi   ko’rinishini   turli
jihozlar bilan boyitishga xizmat qiladi,
masalan,   turli   instrumentlar   panelini
ko’rinadigan   qilib   qo’yish   (ToolBars),
turli   muloqot   oynalarini   dastur
oynasida   akslantirib   qo’yish   (Panes),
sahifa   parametrlarin   belgilash   uchun
chizg’ich   (Ruler)   va   to’r   (Grid)   hosil
qilish,   bir   sahifadan   boshqa   sahifaga
tez   o’tish   (Find   Page)   va   boshqa
ishlarni bajarish mumkin. 
Help.   Bu   menyuda   AutoPlay   dasturi   ma lumot-nomasiga   murojaat   qilish   (F1),‟
foydalanuvchilar   uchun   qo’llanmani   o’qish,   On-Line   rejimda   dastur   xususiy   sayti   bilan
bog’lanish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.
 AutoPlay dasturi muhitida 6 ta instrumentlar panelidan foydalanish mumkin bo’lib, ular
quyidagilardan iborat:
1. Standard; 
 
2. Objects; 
 
3. Advanged objects; 
  4. Common; 
 
5. Project; 
 
6. Align. 
“ Project   Explorer ”   muloqot   oynasida   joriy   loyihani   tashkil   etuvchi   elementlar ,
masalan   sahifalar ,   obyektlar   va   ularning   nomlari   haqida   axborot   olish ,   ular   bilan   ishlash
imkoniyatiga   ega   bo ’ lamiz .“ Properties ”   muloqot   oynasida   loyiha   sahifasining   o ’ zi   va
sahifadagi   har   bir   obyektga   xos   atributlar   ro ’ yxati   aks   etgan   bo ’ lib ,   bu   muloqot   oynasi
tanlangan   obyektga   qarab   o ’ zgarib   turadi .   Chunki ,   turli   obyektlarning   atributlari   turlicha
bo ’ lishi   mumkin . Project   Size   satrida   biz   yaratayotgan   loyihaning   xotira   o ’ lchami
haqidagi   axborot   aks   etadi .   Shu   axborotga   binoan   uni   CD   yoki   DVD   ga   mos
kompilyatsiya   qilish   variantini   tanlash   mumkin . Holat   satrida   joriy   obyektga   xos
ma ‟ lumotnomani   chaqirish ,   loyiha   o ’ lchami ,   sichqoncha   kursori   va   obyektning
sahifadagi   o ’ rni   haqida   ma ‟ lumot   olish   mumkin . 
Help - bu   menyuda   AutoPlay   dasturi
ma ’ lumotnomasiga   murojaat   qilish   ( F 1),
foydalanuvchilar   uchun   qo ’ llanmani   o ’ qish ,   On -
Line   rejimda   dastur   xususiy   sayti   bilan   bog ’ lanish
va   boshqa   ishlarni   bajarish   mumkin AutoPlayda qo’llaniladigan obyektlar.
AutoPlayda   har   bir   loyiha   uchun   bir   yoki   bir   nechta   sahifalar   to’plami   taqdim
etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obyektlardan foydalanish mumkin. Bu
obyektlardan   har   birining   alohida   funksiyalari   mavjud   bo’lib,   ular   orqali   dasturni
boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish alohida ahamiyat kasb
etadi. 
Obyektlar va ularning funksiyalari  
1. Button   Buyruq   tugmasi.   Bir   nechta   rangdagi   turli   variantlari   mavjud.   Asosan
boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi. 
2. Label . Yozuv   maydonchasi .   Ishchi   sohadagi   yozuvlar   shu   obyekt   bilan   beriladi .
Yozuv gorizontal va vertikal ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
3. Paragraph . Bir   nechta   satrdan   iborat   matnni   o’z   ichiga   oladigan   yozuv
maydonchasi.   Ko’rinish   sohasiga   sig’may   qolgan   pastdagi   yozuvlar   uning   o’ng
tomonidagi   lift   yugurdagi   orqali   o’qilishi   mumkin,   .txt   va   .quiz-kengaytmali   matn
fayllarini yuklab olib o’qitish ham mumkin. 
4. Image . Turli   formatdagi   ikonkalar   va   rasmlarni   ishchi   sohada   joylashtirish   uchun
ishlatiladi. 
5. RichText   . WordPad,   Блокнот ,   MS   Word   kabi   matn   muharrirlarida
tayyorlangan   .txt   va   .rtf-fayllarni   yuklash   va   uni   samarali   o’qish   imkonini   beradigan
yozuv maydoni. 
6. Hotspot . Shaffof   holatdagi   to’g’rito’rtburchak   ko’rinishdagi   faollashtiruvchi
obyekt.   U   orqali   sahifada   bo’sh   turgan   sohani   biror   funksiyani   bajaruvchi   faol   sohaga
aylantirish mumkin. 
7. Video .   Video fayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, …) ishchi sohaga joylashtirish va
turli o’lchamlarda ko’rish uchun foydalaniladigan obyekt. 
8. Flash   Macromedia   .Flashda       tayyorlangan       .swf-fayllarni       ishchi   sohaga
joylashtirish va unda foydalanish imkonini beradigan obyekt. 
9. Web .   Bu obyekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni ishchi sohaga Web-sahifa
orqali joylashtirish va ko’rish mumkin. 
10.   SlideShow . Bir nechta grafik fayllarni bu obyekt orqali  yuklab olish va ma lum‟
vaqt oralig’ida ketma-ket slayd ko’rinishida namoyish etish mumkin. 
11. Input . Dasturga   parol   qo’yish   yoki   klaviaturadan   kiritiluvchi   biror
ma lumotga ehtiyoj sezilganda mazkur obyektdan samarali foydalaish mumkin. 	
‟ 12. CheckBox   .Bu   obyekt   orqali   ishchi   sohada   e’lon   qilingan   bir   nechta   variantli
ma lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin. ‟
13. Radio   Button .Bu   obyekt   orqali   ishchi   sohada   e’lon   qilingan   bir   nechta   variantli
ma lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin. 
‟
14. ListBox .   Ishchi   sohaga   ro’yxat  shaklidagi   ma lumotlarni  joylashtirish   va  ulardan	
‟
birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt. 
15. ComboBox .Ishchi   sohaga   ro’yxat   shaklidagi   ma lumotlarni   “yashirin”   tarzda	
‟
joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan
obyekt. 
16. Tree .   Ma lumotlarni   daraxt   ko’rinishida   ishchi   sohada   tasvirlash   imkonini	
‟
beradigan obyekt. 
17. Progress .   Vaqtga   bog’liq   jarayonni   vizual   tarzda   ishchi   sohada   aks   ettiruvchi
obyekt.   Xususan,   ko’p   o’lchamli   fayllarni   nusxalashda,   o’chirishda,   xotiradan   katta   joy
egallovchi   dasturni   ishga   tushirishda   jarayonning   kechishini   bu   obyekt   orqali   vizual
tarzda kuzatib turish mumkin. 
Bu   obyektlar   sichqoncha   yordamida   dastur   galeriyasidagi   tayyor   to’plamdan   olib
qo’yiladi.   Multimedia   hujjatlarini   tayyorlash,   uning   dasturlanuvchi   qismlari   uchun
scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu
obyektlar   dasturchiga   imtiyozli   yordam   ko’rsatadi.   AutoPlayning   ajoyib
xususiyatlaridan   yana   biri   shundaki,   bu   obyektlar   xossalarini   tanlash   uchun   maxsus
xossalar   panelini   ham   dasturchiga   taqdim   etadi   va   u   orqali   bir   qiymatli   xossalar
qiymatidan samarali foydalanish mumkin .  Buyruq tugmasi (Button) va uning xossalari  
№ 
1.   Obyekt   Xossalari   Funksiyalari  
Button   Settings   Bu xossasiga binoan, buyruq tugmasi fayli-ning
nomi,   rangi,   shrift   turi   va   o„lchami,   sa-hifada
joylashuv   holati,   stili   va   matnning   obyektga
nisbatan pozitsiyasi belgilanadi.  
Atributes   Bu   xossaga   binoan,   buyruq   tugmasinig   nomi,
sahifadagi   pozitsiyasi,   ko„rinish   va   yashirin
holati, avto-o„lchami, izoh matni, obyekt ustida
kursor holati belgilab olinadi.   Quick Action  
Bu xossaga binoan, buyruq tugmasi sichqoncha
chap   tugmasi   bosilganda   (Click   hodisasi
ishlatilganda)   uchun   10   ta   funksiyadan   bittasi
bajariladi.   Bu   funksiyalar   quyidagicha
nomlanadi:   Show   Page   (loyihadagi   bir   nechta
sahifadan   bittasi   ochiladi),   Run   Program   (exe-
kengaytmali faylni ochadi), Open Document
(Word,   Excel   va   shunga   o„xshash   muharrir
hujjatlarini ochadi), Print Document (Word, 
Excel va shunga o„xshash muharrir hujjatlari-ni
printerdan   chiqaradi),   Send   E-mail
(ko„rsatilgan   elektron   pochta   manziliga   xabar
yuboradi),   View   Website   (Web-sahifani
ko„rishga   imkon   beradi),   Explore   Folder
(Papka   provodnigini   ochadi),   Play   Multimedia
(multimedia   hujjatlarini   ishga   tushiradi),
Play/Pause   Background   Music   (fon   uchun
qo„yilgan   musiqani   ishga   tushiradi   va   pauza
beradi), Exit/Close
(joriy dastur bilan ishni tugatishni ta minlaydi).‟     Script  
Quick   Action   ga   ekvivalent   xossa   bo„lib,
undan   farqi   shundaki,   Quick   Action   orqali
buyruq    tugmasiga    faqat    bitta    funksiyani
biriktirish   mumkin   va   bu   funksiyalar   albatta
standart 10 ta funksiyalardan biri bo„lishi shart
Script   xossasiga   binoan   esa   bitta   buyruq
tugmasiga   bir   vaqtda   bir   nechta   funksiyalarni
biriktirish   mumkin.   Bunda   funksiyalar   soni   10
tadan ko„ra ko„proq songa ega. Script quyidagi
hodisalar uchun yoziladi:  
·   On Click (sichqoncha chap tugmasi bir marta
bosib qo„yib yuborilgandagi holat);  
·  On Right Click (sichqoncha o„ng tugmasi bir
marta       bosib       qo„yib       yuborilgandagi
holat);  
·   On Enter (klaviaturadagi Enter tugmasi 
bosilgandagi holat);  
·   On Leave (sichqoncha ko„rsatkichi obyekt 
ustiga keltirilganda ro„y beradigan holat).  
Buyruq tugmalari grafik turda bo„lganligi uchun loyiha kutubxonasida mavjud bo„lgan
standart   buyruq   tugmalaridan   tashqari   foydalanuvchi   didiga   mos   istalgan   dizayndagi
buyruq tugmalarini yangidan yaratish mumkin. Buning uchun 
AutoPlay   dastur   oynasidagi   “Tools”   menyusining   “Button   Maker”   bandiga   murojaat
qilish   yetarli.   Natijada   “Untitled   –   AutoPlay   Media   Studio   Button   Maker”   sarlavhali
muloqot oynasi yuzaga keladi XULOSA
Xulosa   qilib   aytganda   Autoplay   dasturi   rasmlar,   audio,   video,   internet   saytlari,   iSpring
dasturida yartilgan tayyor fayllar, html fayllar, word, powerpoint, animatsiyalar kabbi bir
qator dasturiy ta’minotlar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Buning afzalligi shundaki u
yuqoridagi   barcha   fyllarni   cheklanmagan   hajmda   bitta   muhitga   to’plash   va   ishlash
imkoniyatiga   ega.   Bu   kabi   dasturlar   bilan   dars   jarayonlarini   integratsiyalash   ijobiy
samara   berishini   tajribalarimiz   natijalaridan   ko’rib   kelmoqdamiz.   Yosh   avlodga   ta’lim
tarbiyani   zamonaviy   texnologiya   yutuqlari   bilan   hamohanglikda   bersakgina   ularni
fanlarga   bo’lgan   qiziqishini   yanada   ortishiga   erishishimiz   mumkin.   Zero   vatanimiz
kelajagi biz tarbiyalab kelayotgan ilmga chanqoq yosh avlodimiz qo’lida. Yosh avlodga
munosib zamonaviy bilimlar berish esa biz pedagoglar zimmasidadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, O’RQ-637-son, Toshkent 2020 yil.
  2.   T.   Madumarov,   M.   Kamoldinov  “Innovasion   p е dagogik  t е xnologiya  asoslari   va  uni
ta’lim tarbiya jarayonida qo’llash”, T. “Talqin”, 2012 yil. 
3.   http://www.findsoft.ru/.   AutoPlay   Media   Studio   7.0   –   быстрое   создание
мультимедиа-приложений 
4.  https://www.indigorose.com/autoplay-media-studio/  
5. X. X. Muratov, Qalamtasvir, o’quv qo’llanma, Toshkent IJOD-PRINT-2020 yil. 
7.   Botir   Boltabaevich   Baymetov,   Khusan   Kholmuratovich   Muratov.   Self   Sketches   as   a
Tool   in   the   Professional   Training   of   a   Future   Artist-Teacher.   Solid   State   Technology.
2020/2/29. Vol. 63 № 2 (2020). 224-231.

Autoplay dasturiy vositasi.Uning vazifasi va o’quv jarayonida qo’llanishi. Reja: I. KIRISH 1. Autoplay dasturi haqida umumiy ma’lumot. II. ASOSIY QISM 1.Autoplay dasturi imkonyatilari. 2.AutoPlayda qo’llaniladigan obyektlar. 3. Plaginlar va ulardan foydalanish III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH Autoplay dasturi haqida umumiy ma’lumot. Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar‟ to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun- menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin .Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi Autoplay Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste molga chiqardi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o’zaro ‟ bog’lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin . Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma lumotlar bazasini va shunga o’xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni ‟ boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD ‟ yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug’atlar bo’lishi mumkin.

Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste molga chiqarilgan:‟

1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multimedia- ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta minotlarni yaratish; ‟ 2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati; 3. Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 7. Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obyektining mavjudligi; 8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 9. Obyektlarni formatlash imkoniyati; 10. Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi; 11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi : AutoPlay dasturining ishga tushirilishi

Bu muloqot oynasida quyidagi to’rtta taklif ilgari surilgan bo’ladi: 1) Create a new project (Yangfi loyiha yaratish); 2) Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish); 3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish); 4) Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda taklif ingliz tilida bo’ladi. AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos scriptlar uchun tayyor kodlar to’plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma qul. ‟ Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Creat a new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi: Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o’zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan :