logo

AXBOROT TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.4794921875 KB
AXBOROT TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH
Reja:
1.Kirish
1. Axborot tizimi nima ?
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida malumot bering.
3. Axborot tizimlari modellari.
4. Axborot tizimini yaratish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Tizim   so’zi rus tilidagi sistema so’zining tarjimasi bo’lib, oxirgisi yunoncha so’zi
bo’lmish ―systema  so’zidan olingan. Systema so’zining asl ma‘nosi – bu bir-biri bilan‖
bog’liq   bo’lgan   qismlar   va   elementlar   to’plamining   yaxlit   butun   ob‘ekti   tushuniladi.
Tizimlar   umumiy   nazariyasi   -   bu   ilmiy   yo’nalish   bo’lib,   ishlab   chiqarish   tabiati
murakkab  tizimlar  tahlili  va sintezining  birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini
o’rganadi.   Hozirgi   kunda   fan   va   tеxnikada   ko`p   qo`llaniladigan   tushunchalardan   biri
tizimdir.
Tizim  – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum  qoida 
asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami 
oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida 
tizim bo`lishi mumkin. Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin.
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida 
moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash 
tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday 
tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. 
Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar,bilimlar, 
gipotеzalardan iborat. 
«Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har 
qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli 
elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar 
yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi.
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. 
Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va 
dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash
mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-
kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb 
hisoblash mumkin. Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat: 1. kiritish; 2.ishlov berish; 
3.chiqarish; 4. teskari aloqa. Axborot tizimi
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq 
bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday 
sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, 
saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan 
maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va 
chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq 
majmui. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov 
berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni 
ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot 
tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash 
mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot 
foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin 
bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy 
timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Tashkilot deganda 
umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy 
vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish
uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki so’z - 
«tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi. Kompyuterlar va 
axborot tizimlari o’rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan
dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo’lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza
va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib 
boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.     
Axborot tizimlarining qo’llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har 
bir tizimga xos bo’lgan xususiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli-tumandir. 
Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko’plab omillar 
orasida uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular: tizimning texnik 
darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, 
ya’ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi.  Sanab o’tilgan omillar ham tizimning o’zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim 
etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va 
tizimning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy 
ta’minoting tarkibini belgilab beradi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari 
kuyidagi tizimlarga bo’linadi:
    dastaki;
    mexanizatsiyalashgan;
    avtomatlashtirilgan; 
    avtomatlashgan. 
Tizimni sanab o’tishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks 
ettiradi. Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari
qo’lda bajariladi. Qo’lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi 
uncha katta bo’lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday 
tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi.
Aslini olganda dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar 
majmui bo’yicha zarur axborotni qidirishni engillashtiruvchi qurilmalar 
hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun 
oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan 
axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli 
mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash 
perforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot 
tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib, perfokartalar hisoblanadi. Bunday 
mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya 
mashinalari to’plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi.  
Perforator yordamida axborot dastlabki hujjatlardan perfokartalarga 
o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida 
guruhlar bo’yicha joylashtiradi. Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot 
tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda 
kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni 
iste’molchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham  foydalaniladi. Bu tizimlar keng funktsional imkoniyatlarga ega va axborotning 
juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu erda axborot 
eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir. Eng keng tarqalgan 
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga ishlov berish 
texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to’plash va uni kompyuterga
kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AAT ning 
tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan 
unga mo’ljallangandir. AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o’tadi. Odatda 
avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan ob’ektlar va 
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. 
Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida 
boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va 
boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-
bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish 
va sozlash uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan 
ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular 
foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday 
tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda 
topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki
foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda 
foydalanadi. Aeroflot va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborotma’lumot tizimi uchun misol bo’lib 
xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi, 
chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati 
o’zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar qo’shiladi va h.k.). 
Axborot-ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida 
saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga 
oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, 
shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit 
qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan 
axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga 
kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan 
o’tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to’plash,  
ro’yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo’yicha manbadan 
kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o’tqazish, axborot fondlarini yaratish 
va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, 
aloqa kanali bo’yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul
qilishi uchun yaroqli shaklga o’zgartirishdan iborat.
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali 
amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: kiritiladigan
axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga 
kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish 
(chiqarish kichik tizimi). Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik 
tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo’yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi.
Bu kichik tizim doirasida ob’ektlar to’g’risida ob’ekt uchun tabiiy bo’lgan shaklda,
ya’ni tabiiy tilning so’zlari va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi 
raqamlarida taqdim etilgan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish 
bo’yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning 
matnlari, tovar-transport yukxatlari mazmuni va hokazo) to’plash amalga 
oshiriladi. Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali 
mavjud bo’lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot 
takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur 
bo’lgan elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan 
muayyan shaklga Axborot manbai Axborotn i to’plash va dastlabki ishlov berish 
kichik tizimi Aloqa kichik tizimi Foydalanuvchi Axborot fondi Saqlash va ishlov 
berish kichik tizimi Axborotni kiritish kichik tizimi Chiqarish kichik tizimi  va 
formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi  jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo’yicha 
annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona 
tizimiga keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o’tgan va muayyan tarzda shaklga 
keltirilgan axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog’ozda qayd etiladi. 
Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot 
kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish 
kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to’g’ri
ko’chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi. 
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko’pincha kompyuter bilan 
maxsus tarmoq vositalari orqali bog’langan displey va aloqa kanallaridan 
foydalaniladi. Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va
axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari 
bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va 
qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining 
dolzarb holatda saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig’iga 
muvofiq bo’lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini 
shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov 
berish bo’yicha barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi 
tarkibiga kiradigan dasturlar majmui boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu kichik 
tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish 
imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik 
tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning 
o’zi ham), shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi
(AIST) ga birlashadi. AIST o’z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va 
ishlov berish usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik 
vositalar majmuini oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari 
yordamida aloqa qilishi AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko’rib 
chiqishda bu vositalarni ham albatta hisobga olish zarur. Axborotga ishlov berish 
kichik tizimi adabiyotlarda ko’p hollarda ma’lumotlarga ishlov berishning 
avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, bunda «ma’lumotlar» tushunchasi  «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi. «Axborot» tushunchasidan 
odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta’kidlashni istagan holatlarda foydalaniladi.
Lekin AIST ning asosi bo’lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan 
xabarlarning ma’nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlarga nisbatan 
ko’pincha «ma’lumotlar» tushunchasi qo’llaniladi va kompyuter mashina 
eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bilan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. 
Bunda har qanday belgilar to’plami, uning mazmunidan qat’i nazar, 
ma’lumotlar hisoblanadi. Ma’lumotlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov 
berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. SHuning uchun bundan buyon 
«axborot» tushunchasidan asosan ma’noviy mazmuni muhimligini ta’kidlash 
zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o’zbek adabiyotida keng qo’llaniladigan va 
o’rnashib qolgan so’z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz. 
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) 
berilgan so’rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, bunda uni foydalanuvchi 
qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib 
beriladigan xabarning zaruriy shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmui va 
chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi.
So’rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar 
yordamida chiqarib berilishi mumkin. Kichik tizimlarning o’zaro aloqasi axborot 
manbalari va foydalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida 
joylashgan, degan nuqtai nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot 
tizimlarida axborot manbalari va (yoki) foydalanuvchilar aksariyat hollarda 
markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab kilometrgacha bo’lgan masofada 
joylashgan bo’ladi. Bunday hollarda markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga 
ma’lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan terminallar (ular hozir o’zi 
kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Uzoqlashgan terminallarni – shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun aloqa 
kanallaridan foydalaniladi, ular telefon tarmoqlari, umumfoydalaniladigan 
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning maxsus 
tarmoqlaridan iboratdir. Kanal belgilangan yo’nalishda va zaruriy tezlikda  ma’lumotlar bilan almashinishni ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari
ma’lumotlarni faqat bir yo’nalishda uzatishni ta’minlaydigan – simpleks; 
ma’lumotlarni har ikki yo’nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat bir 
yo’nalishda uzatishni ta’minlaydigan – yarimdupleks; bir vaqtning o’zida har ikki 
yo’nalishda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan dupleks kanallarga bo’linadi. 
Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – 
tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga mu-vofiq axborotlarni 
yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart 
protseduralar xodimlar, dasturiy vosi-talar, asbob – uskuna, ma’lumotlarning 
o‘zaro bog‘langan majmuidir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.  Avtomatlashtirilgan
axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtta nisbatan «hayotiy sikl» 
kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan 
foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. 
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). 
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyhalashtirish). 
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyhalashtirish). 
Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi).
Ekspluatatsiya (kuzatib quyish, modernizatsiyalashtirish).  Axborot tizimlari modellari
Axborot   tizimlari,   bilan   iqtisodiyot,   siyosat,   madaniyat   va   boshqa   ko'plab
sohalarda   ma'lumot   almashishda   ishlatiladigan   tizimlar   hisoblanadi.   Bu   tizimlar,
ma'lumotlarni   saqlash,   olish,   qayta   ishlash   va   tarqatishni   ta'minlash   uchun
yaratilganlar.
Axborot tizimlarini modellashtirish, bu tizimlarning faoliyati va ularga mos
keladigan   algoritmlarni   yaratishdir.   Bu   modellar   yordamida,   tizimlarning
xususiyatlarini   va   xatoliklarini   aniqlash   va   ulardan   foydalanuvchilarga   qulaylik
ko'rsatish mumkin.
Modellashtirilgan axborot tizimi, muhim ma'lumotlarni o'rganish va ulardan
foydalanuvchi   talablariga   javob   berishga   imkon   beradi.   Bunday   modellarning
yordami   bilan   tizimlarning   zamonaviy   axborot   texnologiyalariga   moslashtirilishi
mumkin.
Axborot   tizimlarining   modellashtirilishi   eng   ko'p   ishlatiladigan   usullardan
biridir   va   bu   sohada   faol   ishchi   uchun   mustaqil   ish   imkoniyati   mavjud.   Mustaqil
ish   yo'nalishida   faol   ishchi,   qulaylikli   axborot   tizimlari   yaratish   uchun   zarur
bo'lgan ko'nikmalar va mahoratga ega bo'lishi kerak.
Ma'lumotlar tizimlari modellashtirish, boshqa so'z bilan, ularni o'rganish va
ularga to'g'ri foydalanishni ta'minlash uchun xizmat qiladigan dasturlarni yaratish,
muhim va zamonaviy vazifalar orasida hisoblanadi. Bu yuzden, axborot tizimlarini
modellashtirishga oid ko'plab masalalar mavjud.
Birinchi   navbatda,   axborot   tizimining   asosiy   qismlarini   aniqlash   kerak.   Bu
qismlar   ma'lumotlar   bazasi,   foydalanuvchilar   interfeysi,   dastur   interfeysi,
ma'lumotlar tashuvchi va saqlash tizimlari, xatolarni aniqlash va tuzatish tizimlari
kabi bo'lishi mumkin.
Keyin,   har   bir   qism   uchun   kerakli   sinflarni   yaratish   kerak.   Masalan,
ma'lumotlar   bazasini   boshqarish   uchun   SQL   sinfni   yaratish,   foydalanuvchilar
interfeysini boshqarish uchun UserInterface sinfni yaratish kabi.
Shuningdek,   axborot   tizimining   barcha   funksiyalarini   yaratish   kerak.
Masalan,   ma'lumotlarni   o'qish,  yozish  va  tahrirlash  funksiyalari, foydalanuvchilar bilan  aloqada  ishlatiladigan   funksiyalar   (masalan,   login,  ro'yxatdan   o'tish,  parolni
tiklash kabi), dastur interfeysini boshqarish funksiyalari va hokazo.
Axir,   tizimni   sinov   qilish   va   xatolarni   aniqlash   uchun   qo'shimcha
funksiyalar  yaratish kerak. Masalan,  tizimni sinov qilish uchun testlar yaratish va
xatolarni   aniqlash   uchun   xatolarni   kuzatuvchi   va   tuzatuvchi   funksiyalar   yaratish
kabi.
Bularning hammasi bir necha sinflar, funksiyalar va interfeyslarni yaratishni
talab qiladi. Shuning uchun, bu misol kodida ko'rganimizdek, biz sinflarni yaratdik
va   ularning   funksiyalarini   yaratdik.   Keyin,   barcha   funksiyalarni   birlashtirib,
axborot   tizimini   yaratdik.   Bunday   tizimlar   juda   ko'p   qadamdan   iborat   bo'lishi
mumkin, shuning uchun ularni yaratish juda ko'p vaqt va kuch talab qiladi.
Modellar mavhum bo'lib, odamlarga muhim bo'lmagan tafsilotlarni e'tiborsiz
qoldirib,   tizimning   muhim   jihatlariga   diqqatni   jamlashga   imkon   beradi   (Quvur
xaritasida   poezdlar   yoki   xodimlar,   yo'llar   yoki   daryolar   haqida   hech   qanday
ma'lumot yo'q).
Modellar   soddalashtirishdir:   ular   bizga   katta,   ko'p   qirrali,   murakkab
tizimlarni tushunishga yordam beradi.
Modellar   bizga   aniq   artefaktlar   qurmasdan   muammolarni   hal   qilishga
yordam beradi (masalan, biz ko'prikni qurishdan oldin ko'prik modelini qurishimiz
mumkin - juda foydali).
Modellar   tizimlarning   murakkabligini   boshqalarga   etkazishimiz   uchun
umumiy tavsif tilini (modellash tili) taqdim etadi.
Axborot   tizimlari   modellashtirilishi  kerak  bo'lgan  bir   nechta  turli  jihatlarga
ega.
Uskuna
Dasturiy ta'minot
Funktsionallik (tizim nima qiladi)
Ma'lumotlarni saqlash (tizimda qanday ma'lumotlar mavjud)
Foydalanuvchi interfeysi (foydalanuvchining tizim bilan o'zaro aloqasi)
Tarmoq/aloqa ATni  loyihalashda  har bir  jihat  tizimning turli  ko'rinishlarini hisobga olgan
holda alohida modellashtiriladi.
Turli   xil   ko'rinishlarga   ega   bo'lish   murakkablikni   kamaytirishga   yordam
beradi   va   dizaynerlarga   potentsial   muammolarni   erta   bosqichda   aniqlash   va
bartaraf etishga yordam beradi.
 Statik va dinamik modellar
Modellar tizimning statik va dinamik elementlarini ifodalashi kerak.
Statik elementlar - bu vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan elementlar (masalan,
apparat yoki ma'lumotlar tuzilmalari).
Dinamik   elementlar   -   bu   tizimdan   foydalanilganda   o'zgarib   turadigan
elementlar (masalan, bank hisobidagi qoldiq).
Dinamik elementlarni   modellashtirish  odatda jarayonni   modellashtirish  deb
ataladi.
Ma'lumotlarni   modellashtirish   odatda   ma'lumotlarni   modellashtirish   deb
ataladi.
Modellashtirish tillari
Modellashtirish   tillari   -   bu   bir   yoki   bir   nechta   diagramma   usullaridan
foydalanadigan yozuv tizimlari.
Diagrammalash   texnikasi   axborot   tizimlarida   ob'ektlar,   jarayonlar   va
munosabatlarni tasvirlash uchun grafik belgilar to'plamidan iborat. Modellashtirish
tillari va diagramma texnikasi quyidagilarga mo'ljallangan:
Aniq
Universal
Ishlab chiqarish oson
Chizma asboblari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi
Axborot   tizimlarini   ishlab   chiquvchilar   uchun   turli   xil   modellashtirish   tillari
mavjud. Eng ko'p uchraydiganlar orasida:
Yagona modellashtirish tili (UML)
Strukturaviy tizimlarni tahlil qilish va loyihalash usuli (SSADM) Axborot tizimlarining modellarini yaratish uchun bir qator vositalar mavjud.
Ba'zilari   ma'lum   modellashtirish   tillariga   xosdir   (masalan,   UML   uchun
Rational Rose).
Boshqalar   umumiy   bo'lib,   ko'plab   turli   modellashtirish   tillari   va
diagrammalash texnikasi (masalan, Microsoft Visio) uchun belgilarni taqdim etadi.
Oddiy   diagrammalar   Word   kabi   asosiy   chizma   vositalari   yordamida   ham
yaratilishi mumkin, ammo professional darajadagi chizmalarni yaratish qiyin.
Tizim   va uning  turlari. Hozirgi   kunda “tizim”  degan  so’z hayot  jarayoning
turli   jabhalari   -   iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy   sohalarda,   shuningdek   oddiy
so’zlashuvda,   televidenie   yoki   gazeta-jurnallarda   ham   tez-tez   qo’llanib   kelinadi.
Bir   qaraganda   amalda   muomalaga   kirib   ketgan   bu   oddiy   so’z   aslida   kibernetik
atama   bo’lib,   grek   so’zdan   kelib   chiqqan   hamda   qismlar   yoki   elementlar
to’plamidan   tarkib   topgan   va   o’zaro   bir-biri   bilan   bog’langan   aniq   bir   butunlik,
yagonalik tashkil  qiluvchi  degan  ma’noni  anglatadi. Tizim  - bu bir-biriga bog’liq
bo’lgan   va   yagona   maqsadga   erishish   uchun   belgilangan   qoidalar   asosida   o’zaro
munosabatda   bo’ladigan   unsurlar   to’plamidir.   Bu   ta’rifdan   ko’rinib   turibdiki,   har
qanday   iqtisodiy   ob’ektni   o’z   faoliyati   jarayonida   aniq   maqsadga   erishishga
intilayotgan   tizim   sifatida   qarash   mumkin.   Misol   sifatida   kompyuter   tizimi,
energetika tizimi, oddiy korxona, transport va boshqa tizimlarni keltirish mumkin.
Tizim uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir:
1. murakkablik; 
2. bo’linuvchanlik; 
3. yaxlitlik; 
4. elementlarining ko’p qirraliligi va ular tabiatining turliligi; 
5. tuzilmaviyligi. 
Tizimni   murakkabligi   -   unga   kiruvchi   unsurlarni   ko’pligi,   ularni   o’zaro
hamkorligi,   tashqi   va   ichki   aloqalarinig   murakkabliligiga   bog’liq   bo’ladi.
Tizimning   bo’linuvchanligi   -   tizimning   aniq   maqsadlarga   javob   beruvchi
belgilariga   asosan   ajratilgan   bir   qator   quyi   tizimlar   va   elementlardan   tashkil
topganligini   bildiradi.   Tizimni   butunligi   -   tizimning   elementlari   to’plami faoliyatining   yagona   maqsad   uchun   bo’ysundirilganligini   bildiradi.   Tizim
elementlarinig   ko’p   qirraliligi   va   ular   tabiatining   turliligi   -   har   bir   elementi
faoliyatining maxsusligi va avtonomligi bilan bog’liqdir. Tizimning tuzilmaviyligi
- tizim  ichidagi  elementlar  orasida munosabatlar  va aloqalar o’rnatilganligi, tizim
elementlarini ierarxik daraja bo’yicha taqsimlanganligini bildiradi. Tizimlar tashkil
qilinishi   va   uning   elementlariga   bog’liq   holda   moddiy   yoki   mavhum   tizimlar
bo’lishi   mumkin.   Moddiy   tizimlar   asosan   moddiy   ob’ektlar   to’plamidan   tashkil
topadi.   Bunday   tizimning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   insonlar   o’rtasidagi
munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. 
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo’lib har xil nazariyalar, bilimlar, 
gipotezalardan iborat bo’ladi. Tizimlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab 
bo’lishi mumkin. Murakkab tizimlar bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo’lib, 
bu unsurlar ham o’z navbatida quyi tizimlarga bo’linishi mumkin va ular orasidagi 
aloqalar murakkab bo’ladi. Oddiy tizimlarda tizim tashkil etuvchilar kam bo’lib, 
sodda aloqa va tuzilishlarga ega bo’ladi. Vaqt davomida o’zgarishiga qarab esa 
statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o’zgarish 
bo’lmaydi, aksincha dinamik tizimning vaqt o’tishi bilan holati o’zgarib boradi. 
Tashqi muhit bilan aloqasiga qarab esa ochiq yoki yopiq tizimlar bo’lishi mumkin. 
Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan faol aloqada bo’lsa, yopiq tizim unsurlari tashqi 
muhitdan ta’sirlanmaydi. Bunga misol tariqasida maorif tizimini ochiq, energetika 
tizimini yopiq tizim sifatida olish mumkin. Tizimlar tarkibi hamda asosiy 
maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Xulosa
Men   bu   mustaqili   ishimni   bajarish   davomida   axborot   tizimining   modeli
haqida   ma’lumotga   ea   bo’ldim.   Tizim   –   bu   o`zaro   bog`liq   va   yagona   maqsadga
erishish   uchun   ma'lum   qoida   asosida   o`zaro   munosabatda   bo`ladigan   elеmеntlar
to`plami   hisoblanar   ekan..   Bu   elеmеntlar   to`plami   oddiy   elеmеntlar
yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi
mumkin ekan. Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratsa bo’lar ekan 
Axborot   tizimlari   modellashtirilishi  kerak  bo'lgan  bir   nechta  turli  jihatlarga
ega.
Uskuna
Dasturiy ta'minot
Funktsionallik (tizim nima qiladi)
Ma'lumotlarni saqlash (tizimda qanday ma'lumotlar mavjud)
Foydalanuvchi interfeysi (foydalanuvchining tizim bilan o'zaro aloqasi)
Tarmoq/aloqa
ATni  loyihalashda  har bir  jihat  tizimning turli  ko'rinishlarini hisobga olgan
holda alohida modellashtiriladi.
Turli   xil   ko'rinishlarga   ega   bo'lish   murakkablikni   kamaytirishga   yordam
beradi   va   dizaynerlarga   potentsial   muammolarni   erta   bosqichda   aniqlash   va
bartaraf etishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-1717-сонли «Мустаҳкам 
оила йили” Давлат дастури.  2012 йил 27 февраль. 
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2007 йил 6 апрелдаги 616- 
сонли “Аҳоли бандлигини ошириш ҳамда меҳнат ва аҳолини ижтимоий 
муҳофаза қилиш органлари фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги Қарори. – Тошкент: 2007 йил 6 апрель. 
3. Баркамол авлод -Ўзбекистон таракқиётининг пойдевори. //Ўзбекистон 
Республикасининг «Таълим тўғрисида» ва «Кадрлар тайёрлаш Миллий 
дастури тўғрисида»ги қонунлари. -Т.: «Шарқ», 1998. -64 б.
4.   Aripov   M.,   Begalov   V.,   Begimqulov   U.,   Mamarajabov   M.   Axborot
texnologiyalari. Toshkent: Noshir, 2009. -368 b. 
5.   Alimov   R.X.,   Begalov   B.A.,   Yulchiyeva   G.T.,   Alishov   Sh.   Iqtisodiyotda
axborot   texnologiyalari:   O'quv   qo'llanma.   Toshkent:   O'zbekiston   Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. -184 b. 
6. Google.com.

AXBOROT TIZIMLARINI MODELLASHTIRISH Reja: 1.Kirish 1. Axborot tizimi nima ? 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida malumot bering. 3. Axborot tizimlari modellari. 4. Axborot tizimini yaratish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Tizim so’zi rus tilidagi sistema so’zining tarjimasi bo’lib, oxirgisi yunoncha so’zi bo’lmish ―systema so’zidan olingan. Systema so’zining asl ma‘nosi – bu bir-biri bilan‖ bog’liq bo’lgan qismlar va elementlar to’plamining yaxlit butun ob‘ekti tushuniladi. Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo’nalish bo’lib, ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o’rganadi. Hozirgi kunda fan va tеxnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri tizimdir. Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin. Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar,bilimlar, gipotеzalardan iborat. «Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob- kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin. Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat: 1. kiritish; 2.ishlov berish; 3.chiqarish; 4. teskari aloqa.

Axborot tizimi Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki so’z - «tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi. Kompyuterlar va axborot tizimlari o’rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo’lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi. Axborot tizimlarining qo’llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har bir tizimga xos bo’lgan xususiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko’plab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi.

Sanab o’tilgan omillar ham tizimning o’zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga bo’linadi:  dastaki;  mexanizatsiyalashgan;  avtomatlashtirilgan;  avtomatlashgan. Tizimni sanab o’tishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks ettiradi. Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajariladi. Qo’lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi uncha katta bo’lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini olganda dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar majmui bo’yicha zarur axborotni qidirishni engillashtiruvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash perforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib, perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya mashinalari to’plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dastlabki hujjatlardan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiradi. Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham

foydalaniladi. Bu tizimlar keng funktsional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu erda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir. Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to’plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AAT ning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan unga mo’ljallangandir. AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o’tadi. Odatda avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan ob’ektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror- bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborotma’lumot tizimi uchun misol bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi, chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar qo’shiladi va h.k.). Axborot-ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir.